ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLIGIDAGI “TABIATNI ASRAYMIZ” MAVZUSINI O‘RGATISH METODIKASI
ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLIGIDAGI “TABIATNI ASRAYMIZ” MAVZUSINI O‘RGATISH METODIKASI (3-SINF MISOLIDA) MUNDARIJA KIRISH ........................................................................................................... 3 I BOB. ONA TILI VA O QISH SAVODXONLIGI DARSLIGIDAGIʻ “TABIATNI ASRAYMIZ” MAVZUSINI O RGATISHNING ILMIY- ʻ METODIK ASOSLARI 1.1. 3-sinf ona tili va o qish savodxonligi darsligidagi “Tabiatni asraymiz” ʻ mavzusini o qitish ʻ ning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati....... .....................................1 2 1.2. 3-sinf ona tili va o qish savodxonligi darsligidagi “Tabiatni asraymiz” ʻ mavzusini o qitish ʻ orqali o quvchilarni nutqini o stirish va tabiatga muhabbat ʻ ʻ ruhida tarbiyalash ...................................................................................................2 5 II BOB. ONA TILI VA O QISH SAVODXONLIGI DARSLIGIDAGI ʻ “TABIATNI ASRAYMIZ” MAVZUSINI O RGATISH METODIKASI ʻ 2.1. “Tabiatni asraymiz” mavzusini o qitishda interfaol metodlardan ʻ foydalanish ..........………….......………………………………….……………...3 0 2.2. “Tabiatni asraymiz” mavzusini o‘qitish jarayonida o‘quvchilar nutqini ostirishda topshiriqlar tizimidan foydalanish …………………………………..4 0 III BOB.TAJRIBA-SINOV ISHLARINING TAHLILI VA NATIJALARI 3.1.Tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish va o tkazish metodikasi………..47 ʻ 3.2.Tajriba-sinov ishlari tahlili va yakuniy natijalari………………………..48 XULOSA …………………………………………...………………………50 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……... …………………….……52 1
K I R I SH Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan – shu xalq. Barchamizga tuz-nasiba bergan ham – shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan shu xalq. Shunday ekan, biz, birinchi navbatda, kim bilan muloqot qilishimiz kerak – odamlarimiz bilan. Kim bilan bamaslahat ish tutishimiz kerak – avvalo, xalqimiz bilan. Shunda xalqimiz bizdan rozi bo ladi. ʻ Xalq rozi bo lsa, ishimizda unum va baraka bo ladi. Xalq bizdan rozi ʻ ʻ bo lsa, Yaratgan ham bizdan rozi bo ladi. Shu ma’noda, buyuk Alisher Navoiy ʻ ʻ bobomizning «Odamiy ersang, demagil odami, Onikim, yo q xalq g‘amidin g‘ami» ʻ degan satrlarida qanchalik chuqur hayotiy hikmat, falsafa bor. Ya’ni bu dunyoda insonlarning dardu tashvishlarini o ylab yashash – odamiylikning eng oliy ʻ mezonidir, xalqning g‘amidan uzoq bo lgan insonni odam qatoriga qo shib ʻ ʻ bo lmaydi, deb ta’kidlamoqda ulug‘ bobomiz. Bu o lmas satrlar bizning bugungi ʻ ʻ hayotimiz bilan, bizning orzu-intilish va amaliy harakatlarimiz bilan naqadar hamohang ekani odamni hayratga soladi. 1 Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning ʻ hayotda o z o rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama ʻ ʻ qo llab-quvvatlash, kasbga yo naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini ʻ ʻ 1 Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz (Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi). Toshkent “O’zbekiston” nashriyoti, 2017, 18-bet. 2
rag‘batlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganidan dalolat bermoqda 2 . Shuning uchun yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga ko tarish maqsadidaʻ “Yoshlarga oid davlat siyosati to g‘risida”gi qonunni yangi tahrirda qabul qildik. ʻ Yoshlar haqida gap ketganda, men doim bir narsani o ylayman. Mana, bugungi ʻ kunda qancha-qancha yoshlarimiz chet ellarda ta’lim olmoqda, mehnat qilmoqda. Albatta, ularning orasida o z yo lini topib, begona yurtda hech kimdan kam ʻ ʻ bo lmay yashayotganlari ham ko p. Lekin Vatan sog‘inchi har qanday odamni ham ʻ ʻ qiynaydi. Shuning uchun ular bilan doimiy aloqa o rnatish, ularning huquq va ʻ manfaatlarini himoya qilish, yurtimizga qaytish istagida bo lganlarni qo llab- ʻ ʻ quvvatlash bo yicha ishlarni kuchaytirishimiz zarur. ʻ Shu maqsadda O zbekiston ʻ yoshlari xalqaro assotsiatsiyasi ni tuzish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun tegishli sharoit yaratib berishimiz kerak. Yoshlarimiz xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bo lishlari maqsadga muvofiq. Bu ularning o z salohiyatini dunyo miqyosida ʻ ʻ namoyon etishlari uchun katta imkoniyat yaratadi. Shuning uchun har yili Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari forumi ni o tkazish ko zda ʻ ʻ tutilmoqda. Joriy yilda olib borgan islohotlarimizning eng muhim natijalaridan biri – bu, hech shubhasiz, mamlakatimizda bolalar mehnati va majburiy mehnatga butunlay chek qo yilgani bo ldi. Bunday ijobiy o zgarishlar Xalqaro mehnat ʻ ʻ ʻ tashkiloti va boshqa tuzilmalar tomonidan e’tirof etilgani e’tiborga loyiq, albatta. Biz bundan buyon ham ingliz tili va boshqa xorijiy tillarni chuqur o qitish ʻ masalasiga ustuvor ahamiyat qaratamiz. Shu bilan birga, biz uchun zarur bo lgan ʻ mutaxassisliklar bo yicha ta’lim olish va kadrlar malakasini oshirish ishlarini keng ʻ ko lamda yo lga qo yamiz. ʻ ʻ ʻ Bu haqda so z yuritganda, aytish lozimki, biz ulug‘ ʻ bobolarimizning munosib davomchilari bo ladigan yetuk insonlarni tarbiyalash ʻ masalasiga, afsuski, yetarlicha ahamiyat bermadik. Holbuki, intellektual va madaniy salohiyatning qanday noyob boylik ekani, nodir talant egalarini tarbiyalab 2 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning “Yoshlarga oid siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston “Yoshlar ittifoqi” faoliyatini qo’llab quvvatlash” to’g’risidagi farmoni. Internet ma’lumotlari. 1-bet. 3
kamolga yetkazish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo q.ʻ Rivojlangan mamlakatlar bugungi yuksak taraqqiyot darajasiga aynan shuning hisobidan yetgani – bu ham haqiqat 3 . Bugun gap xalqimiz, Vatanimizning taqdiri va kelajagi, jondan aziz bolalarimizning baxti va kamoli haqida bormoqda. Shunday ulug‘ maqsadlar yo lida barchamiz belimizni mahkam bog‘lab ishlashimiz, bor aql-zakovatimiz, ʻ bilim va tajribamizni, jonajon Vatanimizga farzandlik mehrimiz va sadoqatimizni safarbar etishimiz kerak. O zimiz o zimizga xiyonat qilmasak, o zimiz o zimizni ʻ ʻ ʻ ʻ aldamasak, halol-pok bo lib mehnat qilsak, men aminman, ko zlagan barcha ʻ ʻ marralarimizga albatta yetamiz. 4 Mustaqil O zbekistonimizning yanada ravnaq topishida barkamol shaxsni ʻ , komil insonni har tomonlama tarbiyalash eng dolzarb vazifalardan biridir. Boshlang‘ich ta’lim – shaxs shakllanishi davrining eng muhim bosqichi. Bu davr bola ong ostida olamni anglash, tasavvur va bilimlar poydevorini tiklash pallasi bo lgani uchun ham nozik e’tibor talab etadi. Ayni shu pallada bola o zida ʻ ʻ «o quvchi shaxsi»ni yaratadi, maktabga va ta’lim olishga nisbatan qiziqishni, ʻ mehrni tuyadi, ilm yo lidagi kelgusi natijalar uchun kuch to plashni boshlaydi. Bu ʻ ʻ esa, zamonaviy pedagogika oldidagi doimiy va murakkab masala sifatida darsliklarning g‘oyaviy, tarbiyaviy va ma’rifiy saviyasiga jiddiy yondashishni talab etadi. 1-4-sinflar uchun yaratilgan yangi zamonaviy maktab darsliklari "4K" modeliga asoslangan innovasion yondashuvni taqdim etadi . Ushbu metodologiya bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan bo‘lib, quyidagi asosiy kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi: kollaboratsiya - o‘quvchilarga hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini o‘rganishga ko‘maklashadi; 3 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Toshkent, “O’zbekiston” nashriyoti, 2018. 72-bet. 4 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Toshkent, “O’zbekiston” nashriyoti, 2018. 78-bet. 4
kommunikativlik - o‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq va ravshan ifodalashga, suhbatdoshni tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga o‘rganadilar; kreativ fikrlash - o‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo‘llashni o‘rganadilar, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar; kritik fikrlash - o‘quvchilar muammolarga analitik nuqtayi nazardan yondashishni o‘rganadilar va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtai nazarini shakllantiradilar. Boshlang‘ich sinflar uchun ushbu yangi darsliklar o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirish, nafaqat bilim, balki zamonaviy jamiyatga muvaffaqiyatli moslashish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Maktabga endi qadam qo‘ygan bolalarga yangi darsliklar tayyorlashda “4K” modelidan foydalanish ko‘plab sinovlardan o‘tgan, muhimi, zamonaviy yondashuvdir. Avvallari bolalarning yozuviga ko proq e’tibor qaratilgan,ʻ diktanatlar yozdirilgan. Yangi tajriba bilan esa bolalarning tanqidiy fikrlashi, o z ʻ fikrini erkin bayon eta olishiga ko‘proq ahamiyat beriladi. Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim uchun istiqbolli ustivor yo nalishlardan ʻ biri, bu shaxsni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga yo naltirilgan ta’lim jarayonidir. Kichik maktab yoshidagi bolalarda milliy axloq ʻ tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy, nafosat va jismoniy tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda o quv materiali shaklida berilgan ta’lim o quvchilar nutqini o stirish, ʻ ʻ ʻ turli shaklda axloqiy-ma’naviy tarbiya me’yorlarini hamda umuminsoniy qadriyatlarni o quvchilar ongiga singdirish nazarda tutiladi. ʻ Birinchi Prezidentimiz “Tarixiy xotirasiz - kelajak yo q” asarida komil ʻ inson tushunchasiga aniq ta’rif keltirganlar. “Komil inson deganda biz, eng avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq – atvori i bilan o zgalarga ibrat bo la oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz” ʻ ʻ 5 . Ta’lim tizimi va maktab oldiga maqsad qilib, ya’ni komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish qo yildi. Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohatlarning ʻ 5 Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Тошкент “Шарқ” нашриёти, 1998, 6 – бет. 5