logo

TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATINING BOSQICHLARI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

59.7255859375 KB
MAVZU:  TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATINING BOSQICHLARI.
R Е J А :
1. Texnik ijodkorlik faoliyatning bosqichlari
2. O’quvchilarning ijodiy jihatdan tayyorgarlik darajalari  Texnik   ijodkorlik   faoliyatning   bosqichlari .   Texnik   ijodkorligida   yangi
yechimlarni   ishlab   chiqishdan,   to   rasmiylashtirishgacha   bo’lgan   davrni   amalga
oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatga bog’liq
holda   fikrlash   jarayoni   turli   davrlarda   amalga   oshadi.   Bu   o’rinda   eng   katta
qiyinchiliklar   aniq,   haqiqatdan   mavjud   buyum   va   ko’rsatgichlardan   abstrakt,
yaratilajak   mavhum   modellarga   o’tish   va   nazariy   tajriba   sinov   ishlarini   bajarish
bilan   bog’liq   bo’ladi.   Talabalardagi   umumpedagogik   bilim   va   ko’gnikmalarni
reproduktiv,     reproduktiv-   ijodiy,   ijodiy-reproduktiv   va   ijodiy   darajalarga   bo’lib
ko’rsatadi. Shu asosda texnik ijodkorligi g’oyalarini amalga oshirishning fikrlash
faoliyati produktiv va reproduktiv xususiyatlari almashuviga bog’liq bo’lgan 4 ta
davrini ajratib oldik (1-shakl).
Birinchi   davr dafikrlash   qobiliyati   produktiv   xususiyatiga   ega   bo’ladi,   bunda
mavjud   muammoni   anglash,   idrok   qilish,   yechimini   topishga   extiyoj   sezish
jarayoni boradi. Izlanuvchining bilim va tajribasi qanchalik ko’p bo’lsa, bu jarayon
shu qadar kam vaqt davom etib, reproduktiv xarakterga ega bo’lgan  ikkinchi davr  –
muammo   yechimini   topishga   o’tiladi.   Bu   davrning   davomiyligi   ham   izlanuvchi
bazaviy   bilimi,   tajribasi,   dunyoqarashi   kengligi,   qidiralayotgan   yechimning
izlanuvchi   mutaxasisligiga   bog’liq   bo’lib   unda   qarayolayotgan   muammoning
yechimi   bo’lib,   xizmat   qila   oladigan   xolatlar   taxlil   qilinadi.   Uchinchi     produktiv davr da hal qilinishi lozim bo’lgan muammo va tanlangan yechim o’zaro bolanadi
va texnik  yechim   konsepsiyasi   taklif   qilinadi. U  ixtironi  amalga  oshirishning  eng
ma’suyatli  davri bo’lib, uning muvafaqiyatli amalga oshirilishi taklif yetilayotgan
g’oyaning   ijtimoiy   bahosini   shakllantirishga   hal   qiluvchi   tasir   ko’rsatadi.   Ya’ni,
yechim ijobiy natija bersa uning amaliyotga tatbiq qilinishiga asos yaratiladi, yoki
aksincha,   yechim   kutilgan   natijani   bermasa   u   inkor   qilinadi.   To’rtinchi,
reproduktiv davr da taklif etilayotgan yechimni asoslash uchun xisoblash va tajriba-
sinov ishlari bajarilib, texnik yechimni ishlab chiqishning uchinchi davrida amalga
oshirilayotgan ishlarning natijasi nazariy va amaliy isbotlab beriladi.
 Texnik yechim g’oyasini amalga oshirish davrlari.
Har bir bosqichning natijaligi o’quvchilarda texnik fikrlash, mehnat ko’nikma va 
malakalari rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. 
O’quvchilarning ijodiy jihatdan tayyorgarlik darajalari. O’quvchilarning 
ijodiy faoliyatiga tayyorgarlik besh darajasini ko’rsatuvchi me’yoriy  ilmiy jihatlar 
asoslangan. Ularqo’yidagilardaniborat:
1. O’quvchilarningbuyumniuningshaklinitakomillashtirishyokidetallarnirasionalj
oylashtirishmaqsadidachizmaga, sxemagaqismano’zgartirishkiritib, 
berilganxujjatlarbo’yichatayyorlayolishi.
2. O’quvchininginstruksiyalanishioxirigayetkazibvaberilgantexnikxujjatgayokial
ohidasxemagao’zigao’zgartirishlarkiritibbuyumlarniyasayolishi.
3. O’quvchiningbuyumni, 
unikonstruksiyasinidastlabkioriginaltakomillashtiribvatexnologiksxemagamustaq
ilholdao’zgartirishlarkiritibtayyorlayolishi.
4. O’quvchiningoriginalkonstruktorlikg’oyasinimustaqilholdatexnologikjixatdan
ishlabchiqishivaunitayyorlashniudalayolishi.
5. O’quvchi   buyumning   original   konstruktorlik   yoki   rasionalizatorlik  
g’oyasini   mustaqil   holda   asoslab   va   ta’riflab   beraoladi, xujjatlarni   ishlab   chiqish  
va   buyum   yasashni   bajara   oladi.
O’ quvchilar ijodkorlik g’oyalarini baholashda ekologik xavfsizlik mezonlari. Insoniyat   taraqqiyotining   barcha   davrlari   mobaynida   dolzarb   bo’lib   kelgan
muammolardan   biri   bu   ekologiya,   ya’ni   atrof-muhitni   muhofaza   qilish
muammosidir.   Har   qanday   muammolarni,   jumladan   ekologik   muammolarni   hal
qilishning   eng   samarali   yechimiga   ijodkorlik   g’oyalarini   muvaffaqiyatli   amalga
oshirish orqali erishish mumkin.
Ma’lumki, ijodkorlik deyilganda insonning borliqni  bilish va o’zgartirishga
qaratilgan   ongli,   maqsadga   yo’naltirilgan   faoliyati   tushunilib,   uning   natijasida
yangi,   o’ziga   xos,   ilgari   mavjud   bo’lmagan   moddiy   va   ma’naviy   ne’matlar
yaratiladi.   Ushbu   ta’rifda   keltirilgan   faoliyat   turiga   mos   keluvchi   yangi
g’oyalarining samaradorligini baholashda quyidagi to’rtta asosiy tamoyilga amal
qilinadi:   g’oyaning   ijtimoiy   ahamiyati;   ekologik   xavfsizligi;   texnik–iqtisodiy
samaradorligi; kafolatlangan ishonchliligi.
Keltirilgan tamoyillar har biri o’z o’rnida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq
ijodkorlik g’oyasining ekologik xavfsizligi tamoyiliga muvofiq kelmasligi uning
jamiyat amaliyotiga tadbiq qilinishida inkor etilishiga olib keladi, bu holat uning
alohida   dolzarblik   kasb   etishini   ta’kidlaydi.   Shuning   uchun   ana   shu   tamoyil
quyidagi mezonlar asosida quriladi:
1.   Yaratiladigan   ijodkorlik   g’oyasini   amalda   tatbiq   qilishda   yuzaga   kelishi
mumkin   bo’lgan   salbiy   holatlar   nafaqat   hozirgi,   balki   kelajak   avlodlarga   ta’siri
nuqtai nazaridan ham tahlil etiladi.
2.     Tashqi   muhit,   o’simliklar,   hayvonlar   dunyosi   hamda   insonlarga   zararli
moddalar,   nurlanishlar   va   boshqa   salbiy   ta’sirlarni   baholashda   ular   umumiy
yig’indi sifatida qaraladi, chunki ushbu ta’sirlar bir – biriga kuchaytiruvchi ta’sir
ko’rsatadi.   Baholash   har   bir   salbiy   ta’sirning   ko’rsatishi   mumkin   bo’lgan   eng
yuqori natija asosida olib boriladi.
4. Yaratiladigan ijodkorlik g’oyasining salbiy ekologik ta’siri shartli olingan
ko’rsatkichga nisbatan emas, balki uni qo’llashda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
barcha salbiy holatlar yig’indisiga nisbatan o’rganiladi.
5. Ijodkorlik g’oyasining asosida yaratiladigan texnika va texnologiyalarning
ekologik   ko’rsatgichlari   nisbiy   baholash     tamoyiliga   ko’ra   amalga   oshiriladi, ya’ni loyihalash jarayonida u xuddi shu vazifani bajaruvchi ekologik jihatdan eng
yaxshi   ko’rsatkichlarga     ega   bo’lgan,   texnika   yoki   texnologiya   namunasiga
nisbatan o’rganiladi, sanoat ishlab chiqarishda esa  almashtirilayotgan obyektning
ekologik ko’rsatkichlariga nisbatan baholanadi.
6.     Yaratilayotgan   ijodkorlik   g’oyasi   asosida   texnik   yechimning   ekologik
xavfsizligini   u   tadbiq   etiladigan   texnik   tizimning   ekologik   xavfsizligi   nuqtai
nazaridan baholanadi.
7.   Yaratiladigan   ijodkorlik   g’oyasining   texnik   yechimini   ishlab   chiqishda
salbiy ta’sirlarning eng og’ir oqibatlari keltirib chiqaradigan eng yomon holatlari
yig’indisi uning ekologik pasporti sifatida qaraladi.
Qarab chiqilgan ijodkorlik g’oyasining ekologik jihatdan keltirib chiqarishi
mumkin bo’lgan salbiy holatlari uning eng yuqori qiymatlari asosida o’rganiladi.
Bu   jihatdan   olib   qaralganda   yaratiladigan   ijodkorlik   g’oyalarining   ekologiyaga
ko’rsatadigan salbiy ta’sirlarining minimal qiymatda bo’lishi ta’minlanadi.
Ekologik   xavfsizlik   jihatidan   ijodkorlik   g’oyasi   ishonchliligining   eng
maqbul ko’rsatkichini aniqlash ketma–ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1.   Ijodkorlik   g’oyasi   ishonchliligi   ko’rsatkichlari   bilan   uni   amalga
oshirishdagi sarflanadigan harajatlar o’rtasidagi bog’liqliklar topiladi.
2.   Ishonchlilik   ko’rsatgichlaridan   kelib   chiqqan   holda   texnik   yechimlardan
voz kechishning texnik zararlarga aloqadorligi aniqlanadi.
3.   Ishonchlilik   ko’rsatgichlaridan   kelib   chiqqan   holda   texnik   yechimlardan
voz kechishning ekologik zararlarga aloqadorligi aniqlanadi.
4.  1,2,3, ko’rsatgichlarning o’zaro aloqadorligi aniqlanadi.
5.   Aniqlangan   aloqadorlik   eng   kichik   qiymati   uchun   mos   ravishdagi
ishonchlilik   qiymati   topiladi.   U   sarf-harajatlarning   eng   kichik   miqdorini
belgilashda eng maqbul hisoblanadi.
Yangi   ijodkorlik   g’oyasining   ekologik   samaradorligi   ikki   asosiy   shaklda
namoyon   bo’ladi.   Ularning   birinchisi   alohida   ishlab   chiqarish   resurslarini
tejalishi, chiqindisiz texnologiyaning joriy etilishi, yuzaga keladigan chiqindi va
ikkilamchi xom–ashyoni zararli ta’sirlarini bartaraf qilish yo’llarini ishlab chiqish bilan   belgilanadi.   Ekologik   samaradorlikning   ikkinchi   shakli   mavjud   ishlab
chiqarish vositalari yoki usullarining keltirayotgan zararini kamaytirish yo’llarini
ishlab   chiqish   bilan   belgilanadi.   Har   ikkala   shakldagi     ijodkorlik   yechimlarini
joriy   qilishda   uning   ekologik   zaxirasi   degan   baholash   mezoniga   asoslanadi.
Ekologik   zaxira   ijodkorlik   texnik   yechimini   tadbiq   qilishda   erishish   mumkin
bo’lgan eng oliy ekologik samara bilan amalda erishilgan ekologik samaradorlik
o’rtasidagi   tafovutdan   kelib   chiqadi.   Mazkur   ekologik   zaxira   ijodkorlik
g’oyasining   ekologik   pasporti   uchun   asos   vazifasini   o’taydi.   Ijodkorlik
g’oyasining   ekologik   pasporti   texnik   yechimlar   muqobil   variantlarini   ularning
ekologik   jihatdan   nomukammalligini   baholashda   aniq   mezonga   tayanib   ish
ko’rilishini   ta’minlaydi.   Shuningdek,   ijodkorlik   g’oyasining   ekologik
samaradorligini   aniqlash   uning   ijtimoiy   bahosini   shakllantirishga   ham   xizmat
qiladi.
Ijodkorlik   g’oyasi   amalda   qo’llanilishining   ekologik   pasporti   uni   ishlab
chiqarish   va   amaliyotga   tadbiq   qilishda   yuz   berishi   mumkin   bo’lagan   ekologik
jihatdan zararli hodisalarning mos ravishdagi shartli chegaraviy texnik–iqtisodiy
ko’rsatgichlarning qiymatlariga asoslanadi. U turli maqsadlarda foydalaniladigan
ijodkorlik   g’oyalari   turli   ko’rsatkichlarini   qiyosiy   tahlil   qilishda,   ekologik
xavfsizlik   mezonlaridan   kelib   chiqib   hisoblanadi.   Ijodkorlik   g’oyasini
qo’llashning   shartli     ekologik   pasporti   sifatida   amalda   eng   yaxshi   texnik
yechimlarga erishgan ekologik natijalari olinishi mumkin.
Ijodkorlik   yechimining   ekologik   pasportini   ishlab   chiqishda   organoleptik,
ijtimoiy,  texnik-iqtisodiy  ko’rsatkichlarni   hisoblash,  texnologiyaning  chegaraviy
samaradorlik   ko’rsatgichini   hisoblash   kabi   uslublardan   keng   foydalaniladi.   Har
bir   uslubni   qo’llashning   tor   ixtisoslikdagi   holatlari   ham   mavjud,   biroq   umumiy
holatlarda keltirilgan uslublar tizimi yaxlit majmua sifatida qo’llaniladi.
Shunday   qilib,   ijodkorlik   g’oyalarining   xavfsizlik   mezonlari   ham   uning
asosida   ijodkorlik   g’oyasi   ekologik   pasportini   ishlab   chiqilishi   mazmunining
taxlili natijalariga ko’ra quyidagi xulosalarni keltirish mumkin: -   ekologik   muammolarni   hal   qilishda   ijodkorlik   g’oyalari   asosida
yaratiladigan yangi texnika va texnologiyalar asosiy omillardan biri hisoblanadi;
- ishlab   chiqilayotgan   ijodkorlik   g’oyalari   baholash   mezonlari   ularning
ekologik jihatdan  keng  qamrovli   tahlil   qilinishini, bunda  uning nafaqat   bugungi
kun,   balki   kelajak   avlodlarga   ham   ko’rsatadigan   ta’sirlari   o’rganilishini   texnik
yechimlarning zararli ta’sirlarini tamoman bartaraf etadi;
- ijodkorlik   g’oyalarining   ekologik   xavfsizligini   ta’minlash   mezonlari
haqqoniy   baholash   ko’rsatkichlariga   asoslanganligi   va   kishilik   jamiyatining
barcha   sohalarini   qamrab   olganligi   sababli   ularni   barcha   texnik - texnologik
jarayonlar ekologik ko’rsatkichlarini baholashda tavsiya qilishga imkon beradi. - Аdаbiyotlаr.
- 1 .   N.Muslimov,   Sh.Sharipov,   M.Qodirov.   “Texnik
ijodkorlik va dizayn”. - T.: 2010 
- 2.   L.E.Bobomurodova.   « Texnik   ijodkorlik   va   dizayn
»
fanidan   amaliy   mashg‘ulotlarni   bajarish.   –   Samarqand.:
2019 y
- 3.   L.E.Bobomurodova.   « Texnik   ijodkorlik   va   dizayn
»
fanidan   laboratoriya   mashg‘ulotlarini   bajarish.   –
Samarqand.: 2019 y

MAVZU: TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATINING BOSQICHLARI. R Е J А : 1. Texnik ijodkorlik faoliyatning bosqichlari 2. O’quvchilarning ijodiy jihatdan tayyorgarlik darajalari

Texnik ijodkorlik faoliyatning bosqichlari . Texnik ijodkorligida yangi yechimlarni ishlab chiqishdan, to rasmiylashtirishgacha bo’lgan davrni amalga oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatga bog’liq holda fikrlash jarayoni turli davrlarda amalga oshadi. Bu o’rinda eng katta qiyinchiliklar aniq, haqiqatdan mavjud buyum va ko’rsatgichlardan abstrakt, yaratilajak mavhum modellarga o’tish va nazariy tajriba sinov ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’ladi. Talabalardagi umumpedagogik bilim va ko’gnikmalarni reproduktiv, reproduktiv- ijodiy, ijodiy-reproduktiv va ijodiy darajalarga bo’lib ko’rsatadi. Shu asosda texnik ijodkorligi g’oyalarini amalga oshirishning fikrlash faoliyati produktiv va reproduktiv xususiyatlari almashuviga bog’liq bo’lgan 4 ta davrini ajratib oldik (1-shakl). Birinchi davr dafikrlash qobiliyati produktiv xususiyatiga ega bo’ladi, bunda mavjud muammoni anglash, idrok qilish, yechimini topishga extiyoj sezish jarayoni boradi. Izlanuvchining bilim va tajribasi qanchalik ko’p bo’lsa, bu jarayon shu qadar kam vaqt davom etib, reproduktiv xarakterga ega bo’lgan ikkinchi davr – muammo yechimini topishga o’tiladi. Bu davrning davomiyligi ham izlanuvchi bazaviy bilimi, tajribasi, dunyoqarashi kengligi, qidiralayotgan yechimning izlanuvchi mutaxasisligiga bog’liq bo’lib unda qarayolayotgan muammoning yechimi bo’lib, xizmat qila oladigan xolatlar taxlil qilinadi. Uchinchi produktiv

davr da hal qilinishi lozim bo’lgan muammo va tanlangan yechim o’zaro bolanadi va texnik yechim konsepsiyasi taklif qilinadi. U ixtironi amalga oshirishning eng ma’suyatli davri bo’lib, uning muvafaqiyatli amalga oshirilishi taklif yetilayotgan g’oyaning ijtimoiy bahosini shakllantirishga hal qiluvchi tasir ko’rsatadi. Ya’ni, yechim ijobiy natija bersa uning amaliyotga tatbiq qilinishiga asos yaratiladi, yoki aksincha, yechim kutilgan natijani bermasa u inkor qilinadi. To’rtinchi, reproduktiv davr da taklif etilayotgan yechimni asoslash uchun xisoblash va tajriba- sinov ishlari bajarilib, texnik yechimni ishlab chiqishning uchinchi davrida amalga oshirilayotgan ishlarning natijasi nazariy va amaliy isbotlab beriladi. Texnik yechim g’oyasini amalga oshirish davrlari. Har bir bosqichning natijaligi o’quvchilarda texnik fikrlash, mehnat ko’nikma va malakalari rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. O’quvchilarning ijodiy jihatdan tayyorgarlik darajalari. O’quvchilarning ijodiy faoliyatiga tayyorgarlik besh darajasini ko’rsatuvchi me’yoriy ilmiy jihatlar asoslangan. Ularqo’yidagilardaniborat: 1. O’quvchilarningbuyumniuningshaklinitakomillashtirishyokidetallarnirasionalj oylashtirishmaqsadidachizmaga, sxemagaqismano’zgartirishkiritib, berilganxujjatlarbo’yichatayyorlayolishi. 2. O’quvchininginstruksiyalanishioxirigayetkazibvaberilgantexnikxujjatgayokial ohidasxemagao’zigao’zgartirishlarkiritibbuyumlarniyasayolishi. 3. O’quvchiningbuyumni, unikonstruksiyasinidastlabkioriginaltakomillashtiribvatexnologiksxemagamustaq ilholdao’zgartirishlarkiritibtayyorlayolishi. 4. O’quvchiningoriginalkonstruktorlikg’oyasinimustaqilholdatexnologikjixatdan ishlabchiqishivaunitayyorlashniudalayolishi. 5. O’quvchi buyumning original konstruktorlik yoki rasionalizatorlik g’oyasini mustaqil holda asoslab va ta’riflab beraoladi, xujjatlarni ishlab chiqish va buyum yasashni bajara oladi. O’ quvchilar ijodkorlik g’oyalarini baholashda ekologik xavfsizlik mezonlari.

Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlari mobaynida dolzarb bo’lib kelgan muammolardan biri bu ekologiya, ya’ni atrof-muhitni muhofaza qilish muammosidir. Har qanday muammolarni, jumladan ekologik muammolarni hal qilishning eng samarali yechimiga ijodkorlik g’oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali erishish mumkin. Ma’lumki, ijodkorlik deyilganda insonning borliqni bilish va o’zgartirishga qaratilgan ongli, maqsadga yo’naltirilgan faoliyati tushunilib, uning natijasida yangi, o’ziga xos, ilgari mavjud bo’lmagan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratiladi. Ushbu ta’rifda keltirilgan faoliyat turiga mos keluvchi yangi g’oyalarining samaradorligini baholashda quyidagi to’rtta asosiy tamoyilga amal qilinadi: g’oyaning ijtimoiy ahamiyati; ekologik xavfsizligi; texnik–iqtisodiy samaradorligi; kafolatlangan ishonchliligi. Keltirilgan tamoyillar har biri o’z o’rnida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq ijodkorlik g’oyasining ekologik xavfsizligi tamoyiliga muvofiq kelmasligi uning jamiyat amaliyotiga tadbiq qilinishida inkor etilishiga olib keladi, bu holat uning alohida dolzarblik kasb etishini ta’kidlaydi. Shuning uchun ana shu tamoyil quyidagi mezonlar asosida quriladi: 1. Yaratiladigan ijodkorlik g’oyasini amalda tatbiq qilishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy holatlar nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarga ta’siri nuqtai nazaridan ham tahlil etiladi. 2. Tashqi muhit, o’simliklar, hayvonlar dunyosi hamda insonlarga zararli moddalar, nurlanishlar va boshqa salbiy ta’sirlarni baholashda ular umumiy yig’indi sifatida qaraladi, chunki ushbu ta’sirlar bir – biriga kuchaytiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Baholash har bir salbiy ta’sirning ko’rsatishi mumkin bo’lgan eng yuqori natija asosida olib boriladi. 4. Yaratiladigan ijodkorlik g’oyasining salbiy ekologik ta’siri shartli olingan ko’rsatkichga nisbatan emas, balki uni qo’llashda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha salbiy holatlar yig’indisiga nisbatan o’rganiladi. 5. Ijodkorlik g’oyasining asosida yaratiladigan texnika va texnologiyalarning ekologik ko’rsatgichlari nisbiy baholash tamoyiliga ko’ra amalga oshiriladi,

ya’ni loyihalash jarayonida u xuddi shu vazifani bajaruvchi ekologik jihatdan eng yaxshi ko’rsatkichlarga ega bo’lgan, texnika yoki texnologiya namunasiga nisbatan o’rganiladi, sanoat ishlab chiqarishda esa almashtirilayotgan obyektning ekologik ko’rsatkichlariga nisbatan baholanadi. 6. Yaratilayotgan ijodkorlik g’oyasi asosida texnik yechimning ekologik xavfsizligini u tadbiq etiladigan texnik tizimning ekologik xavfsizligi nuqtai nazaridan baholanadi. 7. Yaratiladigan ijodkorlik g’oyasining texnik yechimini ishlab chiqishda salbiy ta’sirlarning eng og’ir oqibatlari keltirib chiqaradigan eng yomon holatlari yig’indisi uning ekologik pasporti sifatida qaraladi. Qarab chiqilgan ijodkorlik g’oyasining ekologik jihatdan keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan salbiy holatlari uning eng yuqori qiymatlari asosida o’rganiladi. Bu jihatdan olib qaralganda yaratiladigan ijodkorlik g’oyalarining ekologiyaga ko’rsatadigan salbiy ta’sirlarining minimal qiymatda bo’lishi ta’minlanadi. Ekologik xavfsizlik jihatidan ijodkorlik g’oyasi ishonchliligining eng maqbul ko’rsatkichini aniqlash ketma–ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. Ijodkorlik g’oyasi ishonchliligi ko’rsatkichlari bilan uni amalga oshirishdagi sarflanadigan harajatlar o’rtasidagi bog’liqliklar topiladi. 2. Ishonchlilik ko’rsatgichlaridan kelib chiqqan holda texnik yechimlardan voz kechishning texnik zararlarga aloqadorligi aniqlanadi. 3. Ishonchlilik ko’rsatgichlaridan kelib chiqqan holda texnik yechimlardan voz kechishning ekologik zararlarga aloqadorligi aniqlanadi. 4. 1,2,3, ko’rsatgichlarning o’zaro aloqadorligi aniqlanadi. 5. Aniqlangan aloqadorlik eng kichik qiymati uchun mos ravishdagi ishonchlilik qiymati topiladi. U sarf-harajatlarning eng kichik miqdorini belgilashda eng maqbul hisoblanadi. Yangi ijodkorlik g’oyasining ekologik samaradorligi ikki asosiy shaklda namoyon bo’ladi. Ularning birinchisi alohida ishlab chiqarish resurslarini tejalishi, chiqindisiz texnologiyaning joriy etilishi, yuzaga keladigan chiqindi va ikkilamchi xom–ashyoni zararli ta’sirlarini bartaraf qilish yo’llarini ishlab chiqish