logo

Ijodkorlik faoliyatining asosiy tushunchalari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.34375 KB
Ijodkorlik faoliyatining asosiy tushunchalari.
Reja: 
1.Ijod, ijodiyot va ijodkorlik tushunchalari. 
2.Ijodkorlik qobiliyati mazmuni. Texnik ijodkorlik. 
3.Shaxs   ijodkorlik   qobiliyatini   rivojlantirish   muammosi,   iqtidor,   talant   va
geniallik sifatlari.  1.   Ijod, ijodiyot va ijodkorlik tushunchalari. 
Ijodkorlik   –   yangi   moddiy   va   ma’naviy   boyliklarni   yaratishga   yo‘naltirilgan
faoliyat turi.
Intellekt – shaxs aqliy qobiliyatlarining nisbatan turg‘un tuzilmasi.
Ijodiy topshiriq – obyekt o‘lchamlarini orttirish yoki kamaytirish, buyumning
detallari, uzeli yoki tarkibiy qismini  puxtarog‘i  bilan almashtirish orqali buyumni
o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. 
Intuitsiya   –   bu   subyekt   tomonidan   o‘ziga   fikran   qo‘yiladigan   savol   va
muammolarga anglanmagan  holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan
tajriba va bilimlar asosida topiladi.
Intuitiv fikrlash jarayonlari amalga  oshuvining tezligi,  bos- qichlarning aniq
farqlanmasligi, minimal darajadagi anglanganlik bilan tavsiflanadi. 
Ijodiy fikrlash yangi buyumlar yaratilishi bilan xarakterlanib, uni hosil qilish
uchun   bilish   faoliyatining   o‘zida   yangi   motivatsiya   va   maqsadlarni   yuzaga
keltiradi. 
Patent   tadqiqotlari   texnika   obyektlarining   rivojlanishi,   texnik   darajasi   va
taraqqiyot   istiqbollarini   aniqlash   maqsadida   olib   boriladigan   ilmiy   tadqiqotlar
bo‘lib, bunda ularning patent sofligi belgilanadi.
Patent   izlanishlari   turli   davlatlarning   Ixtirolar   xalqaro   tasnifi   bo‘yicha
tasniflangan himoya hujjatlarini izlash va tahlil qilish.
Bilimlar banki kompyuterlarda saqlanuvchi axborotlar jamlamasi bo‘lib, unda
axborotlarning konsetpual birligini hosil qiluvchi ma’lumotlar belgilangan tartibda
jamlab boriladi. 
Ijod   sifat   jihatidan   yangi   va   beqiyos,   originalligi   va   ijtimoiy-tarixiy   jihatdan
nodirligi bilan o‘zgacha narsa yaratish faoliyati. 
Kashfiyot   –   moddiy   dunyoning   ilgari   ma’lum     bo‘lmagan   obyektiv   mavjud
qonuniyatlar, xossalari va hodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning
bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi ta’sirga ega bo‘ladi. Kashfiyotning   ishonchliligi   -   obyektiv   mavjud   bo‘lgan   qonuniyat,   xususiyat
yoki   hodisaning   kashfiyot   sifatida  tan   olinishi   uchun  u   nazariy  yoki   tajriba-sinov
ishlari vositasida isbotlab berilmog‘i lozim.
Kashfiyot uchun arizaning tarkibi -   kashfiyot   uchun   tuziladigan   ariza
quyidagi   hujjatlardan   iborat   bo‘lishi   lozim:   kashfiyot   uchun   diplom   berilishini
so‘rab   yozilgan   ariza,   taxmin   qilinayotgan   kashfiyot   tafsiloti,   kashfiyot
ustivorligini   tasdiqlovchi   hujjatlar,   kashfiyot   ishonchliligi   va   ahamiyati
to‘g‘risidagi xulosa hamda yordamchi materiallar. 
Ixtiro   -   xalq   xo‘jaligi,   ijtimoiy-madaniy   qurilish   yoki   mudofaa   sohasida
masalani   ijobiy   samara   beradigan   qilib,   yangichasiga   va   o‘ziga   xos   texnik   hal
etish.
Ixtirochilik huquqi - kashfiyotlar bilan, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflar
qilish   va   ulardan   foydalanish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   munosabatlarni   tartibga
soluvchi meyorlar majmui.
Patent   hujjatlari   -   bu   shunday   hujjatlar   yig‘indisiki,   unda   ilmiy-texnik
tajribalar   va   loyiha   konstruktorlik   ishlanmalarning   mazmuni   kashf   qilinganligi,
foydali   modeli   hamda   kashfiyotchining   huquqini   himoya   qiluvchi   ma’lumotlar
bo‘lishi kerak.
Metod - muayyan maqsadga erishish, konkret vazifani bajarish usuli, borliqni
amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish (bilish) usullari yoki jarayonlar majmui.
Shaxs xususiyatlari  - turli xil sharoitlarda takrorlanuvchi, ma’lum  darajadagi
turg‘unlikka ega bo‘lgan individ faoliyatining ko‘rinishi.
Ijodkorlik - inson faoliyatining shunday turiki, uning natijasida yangi moddiy
yoki ma’naviy boyliklar yaratiladi.
Ish o‘rni - ustaxona maydonining o‘quv ishlab chiqarish va konstruktorlik-
texnologik ishlarni bajarishi  uchun zarur uskunalar (verstak, stanok), asboblari va
moslamalar maqsadga eng muvofiq holda joylashtirishgan qismi tushuniladi.
Loyiha - ko‘zda tutilgan obyektni yaratish uchun bajariladigan hisob-kitoblar
va grafik ishlarni qamrab oluvchi vazifalar majmui.  Loyihalash -   ko‘zda   tutilgan   yoki   mavjudligi   mumkin   bo‘lgan   obyekt,
holatning timsoli - loyihasini yaratish jarayoni. 
Ijodkorlik - inson faoliyatining shunday turiki, uning natijasida yangi moddiy
yoki ma’naviy boyliklar yaratiladi.
Modellashtirish -   muayyan   hodisa,   jarayon   yoki   obyektlar   sistemasini
ularning   modellarini   yasab   o‘rganish   yo‘li   bilan   tekshirish;   yangi   yaratilayotgan
obyektlar xarakteristikalarini aniqlash va ularni qurish.
Loyihalashning   samarali   metodlari   -   buyumlarni   konstruksiyalash,
manipulyativ   konstruksiyalash,   ma’lumotlari   qisqartirilgan   texnik   hujjatlarni
qo‘llash,   ijodiy   masalalarni   hal   qilish,   ijodiy   topshiriqlarni   bajarish,   ilgari
tayyorlangan   konstruksiyalarni   o‘zlashtirib,   ishlarni   qayta   bajarish,   xayoliy
eksperiment.
Evristik   metod   -   bu   yangi   texnik   yechimni   yaratish   maqsadida   prototipni
qanday qilib o‘zgartirishga oid yo‘riqlarning qisqacha tavsifi.
Model – haqiqatdan obyektning shartli aks ettirilishi.
Maket–   obyektning   konsturksiyasini   yaqqolroq   tasavvur   etish   imkonini
beradigan umumiy hajmli tasviridir.
O‘zaro   o‘xshashlik   –   ikki   predmet   yoki   hodisaning   barcha   mos   joylaridagi
nuqtalari bir xil o‘lchov birligida bir xil masshtabda bo‘lishi bilan belgilanadi.
Dizayn   -   narsalar   muhitining   estetik   va   funksional   sifatlarini   shakllantirish
maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyatining turlarini qamrab oladi.
Grafika   -   tasviriy   san’at   turi;   rasm   san’atiga   asoslangan,   lekin   o‘z   tasvir
vositalari   va   ifoda   imkoniyatlariga   ega   bo‘lgan   bosma   badiiy   tasvirlar   (gravyura,
litografiya, monotipiya va b.) ni o‘z ichiga oladi. 
Bilim - voqelikni bilish natijasi U amalda sinalgan bo‘lib, voqelikning inson
tafakkuridagi to‘g‘ri in’ikosidir. 
Ko‘nikma - biror maqsad yo‘lida harakat bajarish qobiliyati; ishlab chiqarish
yoki   o‘quv   faoliyatida   bir   xil   harakat   yoki   bir   tipdagi   masalalarni   yechishning
ongli ravishda ko‘p marta qaytarilishi natijasida avtomatizm holiga keladi.   Malaka   -   takrorlash   yo‘li   bilan   shakllantiriladigan,   yuqori   o‘zlashtirilish
darajasi   hamda     anglangan     nazoratsiz   amalga   oshirilishi   bilan   tavsiflanuvchi
harakatlar hisoblanib,  perseptiv, intellektual va harakat malakalari farqlanadi.
Yangi axborot texnologiyalari - axborotlarni qabul   qilish,   qayta   ishlash va
yangi   axborotni   yaratish   bilan   shug‘ullanuvchi   texnologiyalarni   kompyuterlar
asosida   joriy   etish,     ya’ni     belgilangan     faoliyat     turini   amalga   oshiruvchi
kompyuter va unda joriy etilgan dasturiy ta’minotni yuritish majmuasi.
To‘garak   tiplari:   tayyorlov   texnik   to‘garagi;   fan   (ilmiy-texnik)   to‘garagi;
sport-texnik to‘garagi; ishlab-chiqarish texnik to‘garagi; badiiy-amaliy to‘garaklar.
Ixtirochilik   -   ilmiy   g‘oyalarining   texnik   yechimlarga   ijodiy   tadbiqi,   ilmiy
texnika   taraqqiyoti   sur’atlarini   belgilovchi   asosiy   ko‘rsatkich,   yangi   texnika   va
texnologiyalar  yaratilishining mezoni hamda  uning  yuqori ilmiy-texnik darajasini
ta’minlovchi omil hisoblanadi. 
Ixtirochilik   bilimlari   -   yangi   texnik   yechim   ishlab   chiqish   uchun   talab
etiladigan   tushuncha     va   tasavvurlarning   bilish   faoliyati   mahsuli   sifatida   inson
ongidagi  tizimlangan  in’ikosi.  
Ixtirochilik ko‘nikmalari -   insonning     maqsadga     yo‘naltirilgan   ijodiy
faoliyatini anglangan nazoratni susaytirgan holda aqliy   jarayon bosqichlarini tez va
to‘laqonli amalga oshirish darajasini ifodalaydi.  
Ixtirochilik   malakalari   -   insonning   mos   ravishdagi   ijodiy   faoliyatini   qisman
avtomatlashgan   tarzda,   amalga   oshiriladigan   aqliy   jarayon   bosqichlarining   faqat
dastlabkisini anglagan holda amalga oshira olish darajasi.
Masala   -   bu   ko‘zlangan   natijaga   erishish   yoki     berilgan     harakatni   bajarish
yo‘llari   to‘g‘risidagi   bilim   va   vositalarning   yetarli   darajada   shakllantirilgan
ifodasidir .
Muammo   -   hal   qilinishi   talab     etiladigan   vazifa  bo‘lib,    uni   amalga   oshirish
uchun zarur yechim   yoki muqobil yechimlarni topishning imkoni bo‘lmaydi yoki
ikkala sabab birga keladi.
Maqsad   -   faoliyatning   avvaldan   fikran   o‘ylangan   natijasi.   Bevosita   motiv
sifatida maqsad inson faoliyatini muayyan yo‘lga boshlaydi va uni       boshqaradi.  Ijodkorlik   faoliyati.   Ma’lumki,   faoliyat   –   natijasida   inson     aniq   mahsulot
yaratadigan   jarayondir.   Faoliyat   reproduktiv   va   ijodiy   bo‘lishi   mumkin.
Reproduktiv faoliyat – bu batafsil ishlab chiqilgan algoritm bo‘yicha bajariladigan
jarayon va bu natijada faoliyat subyekti  (subyektiv yangilik) uchun ham,   boshqa
kishilar     uchun    ham   (obyektiv  yangilik)   yangilik bo‘lmagan  mahsulot  yaratiladi.
Ijodkorlik faoliyati  bu boshqa masala. Ijodkorlik faoliyatining hech bir turi uchun
ularni   bajarishning   batafsil   algoritmi   yaratilishi   mumkin   emas,   biroq   ijodkorlik
faoliyatining   ko‘pgina   turlari   uchun   umumiy   algoritm   allaqachon   yaratilgan,
masalan:     insho   yozish,   kiyimlarni   moslashtirish,   texnika   bo‘yicha   ijodkorlik
masalalarini   yechish   va   boshqalar.   Ijodkorlik   faoliyati   natijasida   subyektiv   yoki
obyektiv yangilikka ega bo‘lgan mahsulot yaratiladi.  
Siz nima deb o‘ylaysiz, hayotiy muvaffaqiyatga erishish borasida shaxs uchun
nima   aniqlovchi   bo‘lib   hisoblanadi:   mablag‘,   ota-onalar   mavqei,   aloqalar,
ma’lumoti   darajasi,     tillarni   bilishi   yoki   boshqa   yana   nimadir?   Ana   shu   aynan
nimadir   shaxsning   ijodkorlik   faoliyati   metodlari   va   texnologiyalarini   egallash
darajasini aniqlovchi bo‘lib hisoblanadi. Yuqoridagi shartlarning   insonda mavjud
bo‘lishi   kasbiy   martabada   ma’lum   darajani   egallash   imkonini   beradigan     ajoyib
bajaruvchi   bo‘lish   imkonini   beradi,     biroq   hayotiy   muvaffaqiyat   zinapoyasida
ko‘tarilish   ijodkorlik   faoliyatisiz   mumkin   emas.   Aniqrog‘i,   inson   hal   qila
olmaydigan   birinchi  muhim  muammogacha  mumkin. Bunga  ishonch hosil  qilish
uchun  odamlarni qat’iy retseptlar bilan davolagan vrach va bir bemorda nostandart
holni,     yoki   standart   gruntlar   uchun   mo‘ljallangan   binoni   loyihalagan   injenerni,
loyiha bo‘lsa, juda bo‘sh grunt uchun  buyurtma qilinganligini tasavvur qiling.  Va
bunday   misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Shuning   uchun ijodkorlik faoliyati
shaxsning asosiy intellektual kapitali  bo‘lib hisoblanadi, aynan u har bir insonning
kasbidan qat’iy nazar hayotda muvaffaqiyatini aniqlaydi. YA’ni ijodkorlik faoliyati
–   bu   hech   qanaqangi   pulga   sotib   olib   bo‘lmaydigan,   faqat   o‘rganish   mumkin
bo‘lgan faoliyat.   
Ijodiy   fikrlash   va   ijodkorlik   masalalari.   Ijodkorlik   faoliyati   jarayonida
insondagi ijodiy fikrlash qoiliyati   shakllanadi va rivojlanadi. Nima deb o‘ylaysiz, ijodiy   fikrlash   nima?   Agar   shaxs   quyidagi   mantiqiy   operatsiyalar:   tizimlar   va
ularning   elementlarini   kombinatsiyalash,   sabab-oqibat   bog‘liqliklarini   aniqlash,
tadqiqot operatsiyalarini bajarishga qodir bo‘lsa, ijodiy fikrlay olishi psixologiyada
isbotlangan.  O‘quvchilarda  ijodiy fikrlashning  rivojlanishi   ular   yordamida  har  bir
guruhda   mantiqiy   layoqatlar   shakllanadigan   va   rivojlanadigan   ijodkorlik
masalalarini   yechish   metodlariga   o‘qitish   jarayonida   amalga   oshiriladi.   Biroq
ijodkorlik masalalari nima?   Ijodkorlik masalalari – bu bajarish uchun o‘rganilgan
qoidalarni o‘zgartirish yoki mustaqil ravishda yangi qoidalar tuzish talab etiladigan
va   natijada   subyektiv   yoki   obyektiv   yangi   tizimlar   –   ma’lumot,   konstruksiyalar,
moddalar, hodisalar, san’at asarlari yaratiladigan masala.
Ijodkorlik   nazariyasida   ijodkorlik   masalasi   tushunchasi     bilan   bir   qatorda
tadqiqotchilik masalasi ham mavjud. Tadqiqotchilik masalasi – bu hal qilish uchun
bir necha tadqiqotchilik operatsiyalarini bajarish zarur bo‘lgan ijodkorlik masalasi.
Shunday   qilib,   o‘quvchilarda   ijodiy   fikrlashni   rivojlantirish   uchun   alohida
ijodkorlik   masalalari   emas,   balki   bajarish   jarayonida   o‘quvchilarda   yuqorida
ko‘rsatilgan guruhlardagi  mantiqiy operatsiyalar  shakllanadigan va rivojlanadigan
ijodkorlik masalalari tizimi zarur. Ijodkorlik   masalalari tizimi har bir mavzu, har
bir   maktab   darsligida   o‘quv   faoliyatining   asosi   bo‘lishi   zarur.   Ijodkorlik
maslalalari tizimini quyidagi mantiqiy operatsiya turlari va guruhlari tashkil etadi.
Tizimlarni   va   ularning   elementlarini     kombinatsiyalash   masalalari.
Tizimdan   bir   yoki   bir   necha   elementni   ajratish;   elementlar   va   tizimlarni
tenglashtirish;   elementlarni   tizimlashtirish;   elementlarni   o‘zgartirish;   elementlarni
tizimga   kiritish;   konstruksiyalash;   loyihalash;   elementlar   va   tizimlar
klassifikatsiyasi; tizimning strukturali-funksional resurslari tahlili.
Sabab-oqibat   bog‘liqliklarini   aniqlash   masalalari.   Sabablarni   aniqlash;
oqibatlarni   aniqlash;   isbot;   rad   etish;   qonuniyatlarni   aniqlash;   yangi   funksiyani
aniqlash; tizim elementlari o‘rtasidagi aloqalarni aniqlash; bashoratlash.
Tadqiqotchilik   operatsiyalarini   bajarish   uchun   masalalar.   Muammolarni
shakllantirish;   tadqiqot   rejasini,   muammoni   yechish   rejasini   tuzish;   kuzatishlar, o‘lchashlar va sinovlarni rejalashtirish va o‘tkazish; faoliyat natijalarini tahlil qilish
va baholash.
Ijodkorlik   masalalari   tizimiga   shuningdek   turli   xil   guruhlardan   masalalarni
birlashtirish   yo‘li   bilan   olingan   kombinatsiyalangan   topshiriqlar   ham   kiritilishi
mumkin.   Biroq     ijodkorlik   masalalarini     darslarda   va   darsdan   tashqari
mashg‘ulotlarda o‘zidan-o‘zi qo‘llanilishi bu hali ijodiy fikrlashni shaklantirish va
rivojlantirish   emas.   Bu   jarayon   o‘quvchilar   ijodkorlik   masalalarini   yechish
metodlarini   o‘zlashtirib,     mustaqil   ravishda   ularning   keyingi   bobda   batafsil
to‘xtaladigan   modifikatsiyalari   (turlari)ni   yaratganlarida   amalga   oshiriladi.
Ijodkorlik   masalalarini   yechish   uchun   hech   qanday   metodlar   qo‘llanmasa,   bu
o‘qituvchi   va   o‘quvchilar   uchun   qiziqarli   bo‘lgan,   lekin   hech   nima
shakllantirmaydigan   va   rivojlantirmaydigan   «topag‘on»   o‘yinidan   boshqa   narsa
emas.
Maktab   ta’limi   va   ijodkorlik.   Nimaga   maktabni   tugallagandan   so‘ng
bitiruvchilarning   sezilarli   qismi   ijodkorlik   masalalarini   hal   qila   olmasligi
to‘g‘risida   hech   o‘ylab   ko‘rgansizmi?   Ko‘pgina   o‘qituvchilar   bolalarni
ijodkorlikka   o‘qitishlarini,   ular   bilan   ko‘p   sonli   ijodkorlik   masalalarini
yechishlarini   ta’kidlashadi,   biroq     unda   nega   bitiruvchilar   ijodkorlik   faoliyati
metodlarini egallashmagan?
Har   qanday   fan   bo‘yicha   har   qanday   mavzuni   o‘rganish   bilish   faoliyatining
umumiy strukturasiga muvofiq 4 bosqichda amalga oshirilishi lozim:
1.   Tasavvurlarning   shakllanishi   –   bu   bosqichda   o‘quvchilar   yangi   tizimning
umumiy belgilari bilan tanishadilar, uning umumiy funksiyalarini o‘rganadilar.
2.   Bilimlar   va   reproduktiv   ko‘nikmalarning   shakllanishi   –   bu   bosqichda
o‘quvchilar,   asosan,   reproduktiv   nazariy   va   amaliy   topshiriqlarni   bajaradilar.   Bu
ish   jarayonida,   ulardagi   bilim   va   reproduktiv   ko‘nikmalar   –   ilgari   o‘rganilgan
bilimlarni takrorlash ko‘nikmalari shakllanadi.
3.   Ilmiy   va   ijodkorlik   ko‘nikmalarining   shakllanishi   –   bu   bosqichda
o‘quvchilar, asosan, turli ko‘rinishdagi ijodkorlik topshiriqlarini bajaradilar. Bu ish
jarayonida ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalari shakllanadi. 4.   Ilmiy   rivojlanishi   va   tadqiqotchilik   ko‘nikmalarini   shakllanishi   –   bu
bosqichda   o‘quvchilar   ijodkorlik   va   tadqiqotchilik   topshiriqlarini   bajaradilar.   Bu
ish jarayonida ilmiy va tadqiqotchilik ko‘nikmalari shakllanishi amalga oshiriladi.
Alohida   ta’kidlash   kerakki,   yuqorida   ko‘rsatilgan   bilish   jarayoni   strukturasi
o‘quvchilarni  o‘qitish  metodlari  va  shakllarini  har  bir  bosqichda  aniqlamaydi. Bu
har   qanday   mavzuni   o‘rganishning   dastlabki   ikki   bosqichida   ijodkorlik
topshiriqlarini  qo‘llash mumkin va zarurligini bildiradi.
Mavzu   bo‘yicha   o‘quv   ishining   dastlabki   ikki   bosqichi   bizning
maktablarimizda   muammosiz   amalga   oshiriladi.   Muammolar   oxirgi   ikki
bosqichda.   Birinchidan,   ko‘pchilik   o‘qituvchilarda   har   bir   mavzuni   o‘rganish
borasida   o‘quv   ishining   bu   bosqichlari   umuman   yo‘q.   Ikkinchidan,     ilmiy   va
ijodkorlik   ko‘nikmalari   shakllanishi   o‘qituvchining   ixtiyorida   alohida   masalalarni
emas,   balki   ijodkorlik   masalalari   tizimini   qo‘llash   bilan   amalga   oshiriladi.
Uchinchidan,   ijodkorlik     masalalarini   yechish   jarayonida   o‘quvchilar   ijodkorlik
faoliyatining   zamonaviy   metodlarini   egallashi   zarur.   Afsuski,   bu   metodlarning
ko‘pchiligi   nafaqat   o‘quvchilarga,   balki   o‘qituvchilariga   ham   ma’lum   emas.
To‘rtinchidan, ilmiy va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllanishi o‘quvchilarning
mustaqil   ishlarini       o‘rganilayotgan   mavzu   bo‘yicha   ilmiy   va   ilmiy   ommabop
adabiyotlarda nashr qilingan yangi ilmiy ishlar, shuningdek, murakkab bo‘lmagan
ilmiy   tadqiqotlarni   bajarishni     taxmin   etadi.   Fan   bir   joyda   turmaydi,   u   doimo
rivojlanadi.   Darsliklardagi   ma’lumotlar   tez   eskiradi.   Ilmiy   va   ilmiy-ommabop
adabiyot bilan ishlash o‘quvchilarni rivojlantirish, to‘ldirish va to‘g‘rilashni tahmin
qiladi.   Ilmiy   tadqiqotlarni   o‘tkazish   uchun   o‘quvchilarga   nafaqat   darslik
muammolari   –   matematik,   fizik,   tarixiy   va   boshqalar,   balki   fanlararo,   masalan:
LEP qo‘yilmasi, to‘g‘on qurilishi, parfyumeriyaning yangi kolleksiyasini yaratish,
yangi     dorilar,     avtomobilning   yangi   modelini   ishlab   chiqarish,   san’atda   yangi
yo‘nalishlar, janrlar va mavzularni   izlashni taklif etish zarur. Fanlararo masalalar
real hayotda ko‘p uchrasa-da, maktabda hozircha juda kam qo‘llaniladi.
Shunday   qilib,   o‘quvchilarni   ijodkorlik   faoliyatining   elementar   asoslariga
o‘qitishda yuqorida sanab o‘tilgan shartlarning hammasi bajarilishi lozim. Buning uchun   o‘qituvchilarning   ishida   o‘zgarishlar   kamlik   qiladi,   bunda   ta’lim
mazmunini: standartlar, dasturlar, darsliklarni o‘zgartirish zarur. Ammo bu ish tez
orada   qilinmaydi.   Shuning   uchun   muallif   o‘quvchilarga   ilmiy   adabiyotlar   va
ijodkorlik   masalalarini   qo‘llab,   har   bir   mavzuni   o‘rganishning   oxirgi   ikki
bosqichini mustaqil bajarishni tavsiya qiladi. 
Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi (TRIZ) to‘g‘risida.  XX   asrning 40-
yillari oxirlarida rossiyalik olim Genrix Saulovich Altshuller o‘z olidiga texnikada 
yangi ixtirolarni qanday qilib maqsadli yaratish mumkin, degan muammoni qo‘ydi.
Ta’kidlash kerakki,  u paytgacha texnikadagi mutlaq hamma ixtirolar, shu bilan 
birga fan va san’atdagi  kashfiyotlar  amal va xatolar yo‘li bilan qilinar edi. 
Ijodkorlik faoliyatining ilmiy asoslangan texnologiyalari yo‘q edi. Bu muammoni 
yechish uchun Altshuller texnik ixtirolarning patent fondini tahlil qildi, bu 
jarayonda texnikaning rivojlanish qonuniyatlarini ochdi va 60-yillarning boshlarida
u  ixtirochilik masalalarini yechish algoritmining birinchi modifikatsiyasini 
yaratdi. Shu paytdan boshlab Genrix Saulovich injenerlar va hamma xohlovchilar 
uchun tinglovchilarni texnik masalalarni yechish uchun  algoritmni qo‘llashga 
o‘rgatadigan o‘quv seminarlari o‘tkaza boshladi, parallel holda uni 
mukammallashtirish ishlarini davom ettirdi.  Bu tadqiqotlar natijasida Altshuller 
texnikaning rivojlanish qonunlarini shakllantiradi. Shu tarzda ixtirochilik 
masalalarini yechish nazariyasi (TRIZ) tug‘iladi.
Seminarlarda tinglovchilarni o‘qitish Altshuller oldiga yangi muammoni qo‘ydi – 
nimaga tinglovchilarning katta qismi TRIZni o‘zlashtirgandan keyin ham yangi 
texnik ixtirolarini yaratmaydilar. Bu muammoni yechish uchun Altshuller 
ijodkorlik faoliyati umumiy  qonuniyatlarini ochish maqsadida yetuk 
yaratuvchilarning biografiyalari (1000 dan ortiq biografiyalar) to‘g‘risida 
adabiyotlarni tahlil qildi, ularni bilish TRIZni o‘qitish samaradorligini  oshirish 
imkonini beradi. Uning omadi keladi va natijada ijodkor shaxs xislatlari va hayotiy
strategiyalari to‘g‘risida ta’limot yaratadi. Qo‘yilgan muammo ilmiy asoslangan 
yechimni topadi – maqsadli yo‘naltirilgan ijodkorlik faoliyati uchun ijodkorlik 
metodlarini egallash yetarli emas, balki o‘zida ijodkor shaxs xislatlarini ham  tarbiyalash va ijodkorlik faoliyati hayotiy strategiyasi qonuniyatlarini ham hisobga 
olish  zarur. G.S.Altshuller qilgan xulosa o‘zining oddiyligi va shu bilan birga 
murakkabligi: huddi san’at, matematika va fizika qonunlari kabi ijodkorlik 
texnologiyalarini har kim egallashi mumkin, butun hayoti davomida ijodkor shaxs 
xislatlarini ozchilik o‘zida tarbiyalashi mumkin va faqat ayrimlarigina o‘z hayotini 
ijodkor shaxs hayotiy strategiyasi qonuniyatlariga muvofiq yashashlari mumkin. 
80-yillar o‘rtalarida Altshullerning izdoshlari TRIZ elementlarini san’atda, fanda, 
pedagogikada, psixologiyada, meditsina va boshqa yo‘nalishlarda qo‘llay 
boshladilar. Natijada kasbiy faoliyatning yangi yo‘nalishlari: TRIZ + 
PEDAGOGIKA, TRIZ + BIZNES, TRIZ + SAN’AT, TRIZ + TIBBIYOT yuzaga 
keldi. Bu yo‘nalishlardagi ishlar ko‘p sonli nashrlarda aks ettirilgan jiddiy ilmiy 
natijalar olib keldi. 
Hozirgi vaqtda TRIZ muvaffaqiyatli rivojlanayapti, Xalqaro TRIZ assotsiatsiyasi 
yaratildi, G.S.Altshuller uning prezidenti hisoblanadi. MDHning ko‘pgina yirik 
shaharlarida va qator boshqa davlatlarda TRIZ markazlari va maktablari faoliyat 
olib bormoqda. ADABIYOTLAR
1.Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori: O‘zbekiston
Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   qonuni.   Kadrlar   tayyorlash
milliy dasturi.//  -T.:”Sharq”, 1997. - 63 b. 
2.   “Ixtirolar,     foydali   modellar   va   sanoat   namunalari”   to‘g‘risidagi
qonun.   //O‘zbekiston   ixtirochilar   va   ratsionalizatorlar   jamiyatining
Respublika  Kengashi. Rasmiy xujjatlar to‘plami. № 2.-T.,1994 . 4-28 b.
   3.Pravila   sostavleniya   i   podachi zayavok na izobreteniya i polezniye
modeli. -T., 1993. 56 s. 
4.Asatryan   A.T.     Razvitiye   tvorcheskix   sposobnostey   shkolnikov   v
krujkax stanshii yunix texnikov. - M.: 1987. 18 s.
5.Bosh   qotir,   yarat,   sinab   ko‘r!:   Qog‘oz   modellar   to‘plami:   O‘rta
maktabning   4-8   sinf   o‘quvchilari   uchun   kitob/   [O.YE.Zamotin   va
boshq.].-   2-qayta   ishlangan   va   to‘ldirilgan   nashr.   Tarj.   -   T.O‘qituvchi,
1988 -144 b. 
6.Vachevskiy   M.A.   Osnovi   ratsionalizatorskoy   i   izobretatelskoy   raboti.
Kiyev, 1988 . 92 s. 
7.Vorobyev   A.I.,   Limanskiy   S.A.   Texnicheskoye   konstruirovaniye   i
modelirovaniye. Uchebnoye posobiye dlya studentov IPF pedinstitutov i
uchashixsya peduchilish. -T.: Ukituvchi, 1990. -110 s. 
    8.Turaqulov   X.A.,   Sharipov   Sh.S.   Talabalar   ixtirochilik   ijodkorligini
rivojlantirish . metodiy tavsiyanoma. - Jizzax, 1998. 36 b.
 9.Andrianov P.N. Maktab o‘quvchilari texnik ijodkorligini rivojlantirish
//   O‘quvchilarning   texnik     ijodkorligi.   Tuzuvchi   P.N.Andrianov.   -
T .:”O‘qituvchi”, 1989.128 b.

Ijodkorlik faoliyatining asosiy tushunchalari. Reja: 1.Ijod, ijodiyot va ijodkorlik tushunchalari. 2.Ijodkorlik qobiliyati mazmuni. Texnik ijodkorlik. 3.Shaxs ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish muammosi, iqtidor, talant va geniallik sifatlari.

1. Ijod, ijodiyot va ijodkorlik tushunchalari. Ijodkorlik – yangi moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyat turi. Intellekt – shaxs aqliy qobiliyatlarining nisbatan turg‘un tuzilmasi. Ijodiy topshiriq – obyekt o‘lchamlarini orttirish yoki kamaytirish, buyumning detallari, uzeli yoki tarkibiy qismini puxtarog‘i bilan almashtirish orqali buyumni o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Intuitsiya – bu subyekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan tajriba va bilimlar asosida topiladi. Intuitiv fikrlash jarayonlari amalga oshuvining tezligi, bos- qichlarning aniq farqlanmasligi, minimal darajadagi anglanganlik bilan tavsiflanadi. Ijodiy fikrlash yangi buyumlar yaratilishi bilan xarakterlanib, uni hosil qilish uchun bilish faoliyatining o‘zida yangi motivatsiya va maqsadlarni yuzaga keltiradi. Patent tadqiqotlari texnika obyektlarining rivojlanishi, texnik darajasi va taraqqiyot istiqbollarini aniqlash maqsadida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar bo‘lib, bunda ularning patent sofligi belgilanadi. Patent izlanishlari turli davlatlarning Ixtirolar xalqaro tasnifi bo‘yicha tasniflangan himoya hujjatlarini izlash va tahlil qilish. Bilimlar banki kompyuterlarda saqlanuvchi axborotlar jamlamasi bo‘lib, unda axborotlarning konsetpual birligini hosil qiluvchi ma’lumotlar belgilangan tartibda jamlab boriladi. Ijod sifat jihatidan yangi va beqiyos, originalligi va ijtimoiy-tarixiy jihatdan nodirligi bilan o‘zgacha narsa yaratish faoliyati. Kashfiyot – moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan obyektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va hodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi ta’sirga ega bo‘ladi.

Kashfiyotning ishonchliligi - obyektiv mavjud bo‘lgan qonuniyat, xususiyat yoki hodisaning kashfiyot sifatida tan olinishi uchun u nazariy yoki tajriba-sinov ishlari vositasida isbotlab berilmog‘i lozim. Kashfiyot uchun arizaning tarkibi - kashfiyot uchun tuziladigan ariza quyidagi hujjatlardan iborat bo‘lishi lozim: kashfiyot uchun diplom berilishini so‘rab yozilgan ariza, taxmin qilinayotgan kashfiyot tafsiloti, kashfiyot ustivorligini tasdiqlovchi hujjatlar, kashfiyot ishonchliligi va ahamiyati to‘g‘risidagi xulosa hamda yordamchi materiallar. Ixtiro - xalq xo‘jaligi, ijtimoiy-madaniy qurilish yoki mudofaa sohasida masalani ijobiy samara beradigan qilib, yangichasiga va o‘ziga xos texnik hal etish. Ixtirochilik huquqi - kashfiyotlar bilan, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflar qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi meyorlar majmui. Patent hujjatlari - bu shunday hujjatlar yig‘indisiki, unda ilmiy-texnik tajribalar va loyiha konstruktorlik ishlanmalarning mazmuni kashf qilinganligi, foydali modeli hamda kashfiyotchining huquqini himoya qiluvchi ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Metod - muayyan maqsadga erishish, konkret vazifani bajarish usuli, borliqni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish (bilish) usullari yoki jarayonlar majmui. Shaxs xususiyatlari - turli xil sharoitlarda takrorlanuvchi, ma’lum darajadagi turg‘unlikka ega bo‘lgan individ faoliyatining ko‘rinishi. Ijodkorlik - inson faoliyatining shunday turiki, uning natijasida yangi moddiy yoki ma’naviy boyliklar yaratiladi. Ish o‘rni - ustaxona maydonining o‘quv ishlab chiqarish va konstruktorlik- texnologik ishlarni bajarishi uchun zarur uskunalar (verstak, stanok), asboblari va moslamalar maqsadga eng muvofiq holda joylashtirishgan qismi tushuniladi. Loyiha - ko‘zda tutilgan obyektni yaratish uchun bajariladigan hisob-kitoblar va grafik ishlarni qamrab oluvchi vazifalar majmui.

Loyihalash - ko‘zda tutilgan yoki mavjudligi mumkin bo‘lgan obyekt, holatning timsoli - loyihasini yaratish jarayoni. Ijodkorlik - inson faoliyatining shunday turiki, uning natijasida yangi moddiy yoki ma’naviy boyliklar yaratiladi. Modellashtirish - muayyan hodisa, jarayon yoki obyektlar sistemasini ularning modellarini yasab o‘rganish yo‘li bilan tekshirish; yangi yaratilayotgan obyektlar xarakteristikalarini aniqlash va ularni qurish. Loyihalashning samarali metodlari - buyumlarni konstruksiyalash, manipulyativ konstruksiyalash, ma’lumotlari qisqartirilgan texnik hujjatlarni qo‘llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruksiyalarni o‘zlashtirib, ishlarni qayta bajarish, xayoliy eksperiment. Evristik metod - bu yangi texnik yechimni yaratish maqsadida prototipni qanday qilib o‘zgartirishga oid yo‘riqlarning qisqacha tavsifi. Model – haqiqatdan obyektning shartli aks ettirilishi. Maket– obyektning konsturksiyasini yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradigan umumiy hajmli tasviridir. O‘zaro o‘xshashlik – ikki predmet yoki hodisaning barcha mos joylaridagi nuqtalari bir xil o‘lchov birligida bir xil masshtabda bo‘lishi bilan belgilanadi. Dizayn - narsalar muhitining estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyatining turlarini qamrab oladi. Grafika - tasviriy san’at turi; rasm san’atiga asoslangan, lekin o‘z tasvir vositalari va ifoda imkoniyatlariga ega bo‘lgan bosma badiiy tasvirlar (gravyura, litografiya, monotipiya va b.) ni o‘z ichiga oladi. Bilim - voqelikni bilish natijasi U amalda sinalgan bo‘lib, voqelikning inson tafakkuridagi to‘g‘ri in’ikosidir. Ko‘nikma - biror maqsad yo‘lida harakat bajarish qobiliyati; ishlab chiqarish yoki o‘quv faoliyatida bir xil harakat yoki bir tipdagi masalalarni yechishning ongli ravishda ko‘p marta qaytarilishi natijasida avtomatizm holiga keladi.

Malaka - takrorlash yo‘li bilan shakllantiriladigan, yuqori o‘zlashtirilish darajasi hamda anglangan nazoratsiz amalga oshirilishi bilan tavsiflanuvchi harakatlar hisoblanib, perseptiv, intellektual va harakat malakalari farqlanadi. Yangi axborot texnologiyalari - axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va yangi axborotni yaratish bilan shug‘ullanuvchi texnologiyalarni kompyuterlar asosida joriy etish, ya’ni belgilangan faoliyat turini amalga oshiruvchi kompyuter va unda joriy etilgan dasturiy ta’minotni yuritish majmuasi. To‘garak tiplari: tayyorlov texnik to‘garagi; fan (ilmiy-texnik) to‘garagi; sport-texnik to‘garagi; ishlab-chiqarish texnik to‘garagi; badiiy-amaliy to‘garaklar. Ixtirochilik - ilmiy g‘oyalarining texnik yechimlarga ijodiy tadbiqi, ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlarini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich, yangi texnika va texnologiyalar yaratilishining mezoni hamda uning yuqori ilmiy-texnik darajasini ta’minlovchi omil hisoblanadi. Ixtirochilik bilimlari - yangi texnik yechim ishlab chiqish uchun talab etiladigan tushuncha va tasavvurlarning bilish faoliyati mahsuli sifatida inson ongidagi tizimlangan in’ikosi. Ixtirochilik ko‘nikmalari - insonning maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy faoliyatini anglangan nazoratni susaytirgan holda aqliy jarayon bosqichlarini tez va to‘laqonli amalga oshirish darajasini ifodalaydi. Ixtirochilik malakalari - insonning mos ravishdagi ijodiy faoliyatini qisman avtomatlashgan tarzda, amalga oshiriladigan aqliy jarayon bosqichlarining faqat dastlabkisini anglagan holda amalga oshira olish darajasi. Masala - bu ko‘zlangan natijaga erishish yoki berilgan harakatni bajarish yo‘llari to‘g‘risidagi bilim va vositalarning yetarli darajada shakllantirilgan ifodasidir . Muammo - hal qilinishi talab etiladigan vazifa bo‘lib, uni amalga oshirish uchun zarur yechim yoki muqobil yechimlarni topishning imkoni bo‘lmaydi yoki ikkala sabab birga keladi. Maqsad - faoliyatning avvaldan fikran o‘ylangan natijasi. Bevosita motiv sifatida maqsad inson faoliyatini muayyan yo‘lga boshlaydi va uni boshqaradi.