logo

Axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

301.8779296875 KB
Axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalari
Reja:
1. Axborot tushunchasi 
2. Axborot tizimi uning turlari va tarkibi 
3. Axborot tizimlarining ta`minotlari  Axborot tushunchasi
 
XXI   asrni   informatikasiz   tasavvur   etib   bo`lmaydi.   Axborot   texnologiyalari
bugungi   kunda   hayotimizning   hamma   sohalarini   qamrab   olgan.   Informatika
sohasining asosiy resursi axborotdir. 
«Axborot» so`zi lotincha «information» so`zidan olingan bo`lib, biror ish holati
yoki   ish   faoliyati   haqida   ma`lum   qilish,   xabar   berish,   biror   narsa   haqidagi
ma`lumot, degan ma`noni  anglatadi. Keng ma`noda axborot  moddiy dunyoning u
yoki   bu   tomoni   va   unda   sodir   bo`layotgan   jarayonlarni   bildiradi.   Axborot
tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi.  
Kundalik   turmushda   har   bir   mutaxassis   turli   xil   axborotlar   bilan   ish   yuritadi.
Axborot   tushunchasi   bir   qancha   fanlarda   turlicha   izohlangan.   Masalan:   falsafada
axborot   inson   ongiga   ta`sir   etib,   ob`ektiv   reallikni   aks   ettiruvchi   va
harakatlantiruvchi kategoriya sifatida izohlanadi.  
Kibernetikada,   informatika   fanida   axborot   voqea   -   hodisalar   to`g`risidagi
bilimlarni oshirish yoki mafhumlikni soddalashtirish mezoni sifatida qo`llaniladi. 
  Komp`yuterlarni   ishlatish   faoliyatida   esa   axborotdan   boshqarish
funktsiyalarini   amalga   oshiruvchi   ob`ekt   sifatida   foydalaniladi.   Axborot
tushunchasi ma`lumot tushunchasi bilan uzviy bog`liq, lekin har qanday ma`lumot
axborot bo`lavermaydi. 
  Hozirgi   kunda   barcha   axborotlarni   nisbiy   holda   quyidagi   turlarga   ajratish
mumkin: 
1. Texnik axborot 
2. Agrobiologik axborot 
3. Siyosiy axborot 
4. Huquqiy axborot 
5. Iqtisodiy axborot va boshqalar 
6.   Axborotning   turlari   o`zaro   bog`liq   bo`lib,   bir-birini   to`ldirib   boradi.   Bu
axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, u axborot turlarining 80 foiz
hajmini tashkil qiladi.   Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega: 
1. Uzluksiz hosil bo`lish. 
2. Harf raqamlarda ifodalanish. 
3. Diskret xarakterdalik. 
4. To`plash, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mumkinligi. 
Axborot   inson   bilimini   oshirish   va   ish   faoliyatini   takomillashtirish   uchun
foydalanadigan   yangi   ma`lumotlardir.   Axborot   xalq   ho`jaligining   barcha
tarmoqlari   iste`mol   etuvchi   zahira   bo`lib,   energetika   yoki   foydali   qazilmalar
zahiralari   kabi   muhim   ahamiyatga   ega.   Axborot   fan   va   texnikani   rejalashtirish
natijalari haqidagi, fan va texnika ma`lumotlari bilimlarining yig`indisidir. Axborot
resurslari   –   alohida   hujjat   va   alohida   hujjatlar   to`plami,   axborot   tizimlaridagi
hujjatlar va hujjatlar to`plamidir. 
  O`zbekiston   Respublikasining   «Axborotlashtirish   to`g`risida»gi   qonunining
ikkinchi   moddasida   «Axborot   texnologiyasi»   va   «Axborot   tizimi»   atamalariga
quyidagicha ta`rif berilgan:  
– axborot texnologiyasi axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish
va uni tarqatish uchun foydalaniladigan uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar
majmuyi; 
– axborot   tizimi   axborot   resurslari,   axborot   texnologiyalari   va   aloqa
vositalarining   axborotni   to`plash,   saqlash   izlash,   unga   ishlov   berish   va   undan
foydalanish imkonini beradigan tashkiliy jixatdan tartibga solingan majmuyi. 
 Axborot atrof - muhit ob`ektlari va hodisalari, ularning o`lchamlari, xosiyatlari
va holatlari  tug`risidagi  ma`lumotlardir. Keng ma`noda axborot  insonlar o`rtasida
ma`lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o`rtasida signallar ayirboshlashni
ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.  
Informatika   fani   axborotga   hodisalar   yoki   ob`ektlar   to`g`risidagi
tasavvurlarimizni   o`zgartiruvchi,   o`zaro   kontseptual   bog`liq   ma`lumotlar,
ko`rsatkichlar,   negizlar   va   tushunchalar   sifatida   qaraydi.   Informatikada   axborot
bilan bir qatorda ma`lumotlar tushunchasi ham keng qo`llaniladi.  Komp`yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini
amalga   oshiruvchi   ob`ekt   sifatida   foydalaniladi.   Axborot   tushunchasi   ma`lumot
tushunchasi   bilan   uzviy   bog`langan,   lekin   har   qanday   ma`lumot   axborot
bo`lavermaydi. 
  Ma`lumotlarga   u   yoki   bu   sabablarga   ko`ra   foydalanilmaydigan,   balki   faqat
saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar
bu   ma`lumotlardan   biror   narsa   to`g`risidagi   mavhumlikni   kamaytirish   uchun
foydalanish   imkoniyati   tug`ilsa,   ma`lumotlar   axborotga   aylanadi.   SHuning   uchun
axborotni foydalaniladigan ma`lumotlar, deb atasa ham bo`laveradi. 
Masalan,   qog`ozga   telefon   raqamlarini   ma`lum   tartibda   yozib,   uni   boshqa
kimsaga ko`rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma`lumot sifatida qabul
qiladi.  Biroq,   ana  shu   har   bir   telefon   raqami   to`g`risidagi   muayyan   korxona   yoki
tashkilot   nomi,   uning   faoliyat   turi   yozib   qo`yilsa,   avvalgi   ma`lumot   axborotga
aylanadi. 
Ma`lumotlar.   Axborot   iste`molchiga   etib   borgunga   qadar   bir   qator
o`zgarishlarga   uchraydi.   Oraliq   bosqichlarda   xabarning   mohiyatiga   ko`ra
xususiyati ikkinchi darajaga tushib qoladi, natijada «axborot» tushunchasi nisbatan
cheklangan   «ma`lumotlar»   tushunchasi   bilan   almashtiriladi.   SHuning   uchun   ham
ma`lumotlarni   axborotning   komp`yuterdagi   tasviri   deb   aytish   mumkin.
Ma`lumotlar bir - biri bilan o`zaro bog`langan dalil va raqamlar, fikrlar to`plamini
ifodalaydi.   Axborot   va   ma`lumotlar   o`rtasidagi   farq   ta`kidlanmaydigan   hollarda
ular anonim sifatida ishlatiladi. 
Iqtisodiy   axborot   -   axborotning   eng   muhim   turlaridan   biri   hisoblanadi.
Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va
moliya   muassasalari   faoliyati   bilan   to`g`ridan-   to`g`ri   bog`liqdir.   Jamiyatning
rivojlanish   tarixida   bir   necha   axborot   inqiloblari   ro`y   berdi   –   axborotni   qayta
ishlash   sohasida   tub   o`zgarishlar   sodir   bo`lgani   tufayli   ijtimoiy   munosabatlarda
o`zgarishlar   yuzaga   keldi.   Bunday   o`zgarishlar   oqibati   sifatida   insoniyat   jamiyati
yangi sifatga ega bo`ldi.  So`ngi   axborot   inqilobi   yangi   soha   –   yangi   bilimlarni   ishlab   chiqish   uchun
texnologiyalar,   uslublar,   texnik   vositalarni   ishlab   chiqarish   bilan   bog`liq   axborot
sanoatini   oldingi   safga   olib   chiqdi.   Axborot   texnologiyalari,   ayniqsa,
telekommunikatsiyalarning   barcha   turlari   axborot   sanoatini   eng   muhim   tarkibiy
qismlaridir.   Zamonaviy   axborot   texnologiyasi   komp`yuter   texnikasi   va   aloqa
vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. 
  Axborot   texnologiyasi   (AT)   ob`ekt,   jarayon   yoki   hodisaning   holati   haqida
yangi   sifat   axboroti   olish   uchun   ma`lumotlar   yig`ish,   qayta   ishlash   va   uzatish
(boshlang`ich   axborot)   vosita   va   uslublari   jamlanmasidan   foydalanadigan
jarayondir.  
  Telekommunikatsiya   komp`yuter   tarmoqlari   va   zamonaviy   texnik   aloqa
vositalari negizida ma`lumotlarni masofadan uzatishdir. 
Axborot   jamiyatning   moddiy   va   texnologik   negizini   komp`yuter   texnikasi   va
komp`yuter   tarmoqlari,   axborot   texnologiyalari,   telekommunikatsiya   aloqalari
asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.  
Axborot   jamiyati   -   unda   ishlovchilarning   axborot,   ayniqsa   uning   oliy   shakli
bo`lmish   bilimlarni   izlab   topish,   saqlash,   qayta   ishlash   va   amalga   oshirish   bilan
band bo`lgan jamiyatdir. 
XXI   asrda   ilg`or   mamlakatlarda   fan   va   texnika   rivojlanishining   real
amaliyotida   nazariyotchilar   yaratgan   axborot   jamiyati   manzarasining   chizgilari
sekin - asta namoyon bo`lmoqda. Butun dunyo intelektual makoni elektron kvartira
va   kottejlarda   yashovchi   kishilar   yagona   komp`yuterlashgan   va   axborotlashgan
jamiyatga   aylanishi   kutilmoqda.   Istalgan   turar   joylar   turli   elektron   uskunalar   va
komp`yuterlashgan   moslamalar   bilan   jihozlanadi.   Odamlar   faoliyati   asosan
axborotni   qayta   ishlashga   qaratiladi,   moddiy   ishlab   chiqarish   esa   mashinalarga
yuklanadi. 
Axborot   jamiyatiga   o`tishda   komp`yuter   va   tellekommunikatsiya   axborot
texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi. 
Bir   qator   olimlar   axborot   jamiyatiga   xos   xususiyatlarni   quyidagicha
ta`riflaydilar:   axborot inqirozi muammosi hal etildi, ya`ni axborot mo`l-ko`lligi va axborot
taqchilligi   o`rtasidagi   ziddiyat   echildi   boshqa   zahiralarga   qiyoslaganda   axborot
ustuvorligi ta`minlandi;   rivojlanishning asosiy shakli axborot iqtisodiyoti bo`ladi;
 eng  yangi  axborot   texnika  va  texnologiyalar   yordamida   avtomatlashtirilgan
holda bilimlarni saqlash, qayta ishlash va foydalanish jamiyati shakllanadi; 
 axborot texnologiyasi inson ijtimoiy faoliyatining barcha sohalarini  qamrab
olib, umumiylik xususiyatini kasb etmoqda;  
 butun insoniyat tsivilizatsiyasining axborot birligi shakllanmoqda;  
 zamonaviy   axborot   vositalari   yordamida   har   bir   insonning   butun
tsivilizatsiya axborot zaxiralariga erkin kirishi amalga oshdi. 
Ushbu   ijobiy   tomonlardan   tashqari,   uning   salbiy   oqibatlar   ham   oldindan
qurilgan: 
a) ommaviy axborot vositalarining jamiyatga tobora ko`proq ta`sir ko`rsatishi; 
b) axborot texnologiyalari odamlar va tashkilotlarning xususiy hayotini buzib 
yuborishi; 
v) sifatli va ishonchli axborotni tanlash muammosi mavjudligi; 
g)   ko`pgina   odamlarning   axborot   jamiyati   muhitiga   moslashishi   qiyinligi.
―Axborot   elitasi   (axborotlarni   qayta   ishlash   bilan   shug`ullanuvchi   kishilar)   va‖
iste`molchilar orasida muammolar vujudga kelishi havfi. 
Moddiy   ishlab   chiqarishga   yunaltirilgan   sanoat   jamiyatida   allaqachonlar
klassik   iqtisodiy   kategoriyalar   bo`lgan   bir   necha   asosiy   zaxira   turlari   ma`lum,
ya`ni: 
Moddiy   zaxiralar   -   ijtimoiy   mahsulot   ishlab   chiqarish   jarayonida   foydalanish
uchun   mo`ljallangan   mehnat   predmetlari   yig`indisidir,   masalan,   xom-ashyo,
materiallar, yoqilg`i, energiya, yarim tayyor masulotlar, detallar va hokazolar. 
Tabiiy   zaxiralar   –   kishilarning   moddiy   va   ma`naviy   ehtiyojlarini   qondirish
uchun   jamiyat   tomonidan   foydalanadigan   tabiat   ob`ektlari,   u   erdagi   jarayonlari
sharoitlaridir. 
Mehnat   zaxiralari   –   jamiyatda   ishlash   uchun   umumiy   ma`lumot   va   kasbiy
bilimlarga ega kishilardir.   Moliyaviy   zaxiralar   –   davlat   yoki   tijorat   tuzilmalari   ixtiyorida   bo`lgan   pul
mablag`lari. 
Energetika   zaxiralar   –   energiya   quvvati   mavjud   mahsulotlar,   masalan,
ko`mir, neft` mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektr energiyasi va hokazolar. 
Kibernetika,   so`ngra   hisoblash   texnikasi   va   axborotlashtirishning   paydo
bo`lishi   va   rivojlanishi   bilan   axborot   so`zi   o`zining   dastlabki   ma`nosini   saqlab
qolgan bo`lsada, ayni paytda bir qator yangi ma`nolarga ham ega bo`ldi. Axborot
deganda biz qandaydir bir tizim haqida ma`lumotlar, dalillar, bilimlar yig`indisini
tushunamiz.   Tizim   haqidagi   axborot   yoki   kuzatish   yo`li   bilan   ham   tabiiy,   ham
modelli   tajribalar   natijasida   mavhum   gipotetik   tizimlarni   o`rganish   –   mantiqiy
xulosa chiqarish asosida olinishi mumkin.  
Tajriba   o`tkazilguncha   mavjud   bo`lgan   axborot   aprior,   tajribadan   keyingisi   –
aposterior   deyiladi.   Axborot   olish   jarayoni   ko`pincha   statistik   xususiyatga   ega
bo`lgani uchun tizim haqidagi  axborot (ayniqsa murakkabi) determinlashgan yoki
ehtimollashgan ham bo`lishi mumkin.  
Hozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai nazarlar
yuzaga kelgan: 
Jamiyat   rivojlangani   sari   iqtisodiyot,   fanlar,   texnika,   texnologiya,   madaniyat,
san`at va tibbiyot kabi sohalarning turli masalalari haqidagi mavjud ma`lumotlari,
axborot   zaxiralaridan   foydalanishni   tashkil   etish   intellektual   va   iqtisodiy   hayotga
tobora ko`proq ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. 
Axborot   –   fan   va   texnika   rivojlanishi   natijalari   haqidagi   fan-texnika
ma`lumotlari,   bilimlari   yig`indisidir.   Boshqacha   aytganda,   axborot,   mazkur
talqinga binoan, fan-texnika faoliyati axborot xizmati tizimining mahsuli va xom-
ashyosidir.  
Axborot   – axborot  xizmati tizimlarida fan-texnika faoliyati  va turli sohalarda
kadrlar   tayyorlashni   shakllantiruvchi   ma`lumotlar   yig`indisidir,   ya`ni   axborot
zaxiralarini ishlab chiqarish va iste`mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti
bilan cheklanadi.  Ko`rinib   turibdiki,   bu   talqinlardan   birinchisi   eng   to`liq,   axborot   jarayonlari
ko`p  qirraligini  qamrab  oluvchi  tushunchani   bermoqda.   Haqiqatdan  ham,  axborot
jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. 
Axborot   zaxiralari   –   alohida   hujjat   va   alohida   hujjat   to`plami,   axborot
tizimlari 
(kutubxona,   arxiv,   fond,   ma`lumotlar   banklari,   boshqa   axborot   tizimlaridagi
xujjatlar va xujjatlar) to`plamidir. 
Boshqaruv   karorlarini   qabul   qilish   jarayoni   ma`lumotlarning   ulkan   oqimida
zarur axborotni ko`rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko`zda tutadi.
Axborot   tanlash   ancha   mehnat   talab   qiladigan,   demakki,   qiymati   yuqori   jarayon.
SHuning uchun uni tasniflash zarur. (2.1- rasm). 
Tasnif tizimini axborotga qo`llash uchun quyidagicha yondashish zarur: 
1) Axborotni tahlil qilish tasnif va qiyoslash vositalari asosida bo`lishi kerak. 
2) Tasnif asosiga turli omil va koordinat tizimlari qo`yilishi lozim. 
3) Ayrim omil va koordinat tizimlari u yoki bu farqlarga asoslanishi  mumkin,
masalan aniq bir bozor va tovarlarni bilish zarur. 
4) Tahlilning   mohiyati   va   teranligi   avvalo   berilgan   axborot   turi   va   hajmiga
bog`liq. 
Axborotni   turli   belgilarga   qarab   tasniflash   ahamiyatli.   1.   Axborot   olish   usuli
bo`yicha quyidagilarga tasniflanadi: 
a) tadqiqot  davomida  bevosita  so`rov  varaqalari  yordamida,
telefon so`zlashuvlari va shaxsiy suhbat yo`li bilan olib borilishi mumkin; 
b) davriy va maxsus adabiyotlarni o`rganish orqali; 
 
    
1- rasm. Axborotlarni tasniflash. 
v) ma`lumotlarni telefaks yoki maxsus magnitli tashuvchilar vositasida uzatish.
Odatda bu axborot maxsus agentliklar so`rovi bo`yicha amalga oshiriladi. Bunday
axborot u yoki bu muammo yoki muhitga muvofiqligi, shuningdek, to`laqonligi va
ishonarliligi   bilan   ajralib   turadi.   Ma`lumot   va   xabarlarni   optik   disklar   (kompakt
disklar)da   uzatish   so`nggi   yillarda   keng   ommalashdi.   Ularda   nafaqat   matn,   balki
istalgan boshqa video va audio axborot yozuvlari ham uzatiladi. 
2.   Qayta   ishlash   usuliga   ko`ra   ma`lumotlar   birlamchi,   ikkilamchi,   hosila,
mantiqiy   xulosa   va   yakunlarga   bo`linadi.   Jumladan,   boshlang`ich   axborot   odatda
voqelikda   yuz   beruvchi   jarayonlarni   kuzatish   natijasida   shakllanadi   va   qayta
ishlanmasdan   qayd  etiladi.   Ikkilamchi   o`z   asosiga   ko`ra   birlamchi   ma`lumotlarga
tayanadi. 
Hosila   axborot   dastlabki,   ikkilamchi   yoki   boshqa   axborotni   qayta   ishlash
natijasidir.   SHu   bilan   birga,   tadqiqotlarda   boshlang`ich   axborot   sifatida
rejalashtirish, hisob va tahlil vazifalarini hal etish jarayonida olingan ma`lumotlar
kiritiladi.   SHu   munosabat   bilan   boshlang`ich   va   hosila   axborotni   uning   yuzaga
kelishi muhiti va foydalanish nuqtai nazaridan ko`rib chiqish lozim. 
3. Tadqiqot   ob`ekti   nuqtai   nazaridan   axborot .   Eng   avvalo   tashqi
makromuhit   ta`sirini   hisobga   olgan   holda   ma`lumotlar   bazasini   yaratish   va
avtomatlashtirilgan   ma`lumotlar   banklaridan   foydalanish   uchun   asoslangan
yunalishni   tanlash   maqsadida   bozor   ehtiyoji   va   talablarini   o`rganishga
yo`naltiriladi. 
4.   Funktsional vazifasiga ko`ra axborot ni quyidagicha tasniflash mumkin: 
a) yangi tovarlarni ishlab chiqarish va sotishda bozorda firmaning moliyaviy va
iqtisodiy ahvoli qanday bo`lishini ochib beruvchi axborot; 
b) bozorning aniq segmentida raqobatchilar holatini ifodalovchi axborot. 
v)   amalda   erishilganiga   qaraganda   ko`zlangan   natijadan   chetga   chiqishni
aniqlash bo`yicha axborot (chetga chiqish sabablarini belgilash).    Ushbu   uchchala   tur   birdek   muhim,   zero,   ulardan   birgalikda   foydalanishgina
firma   vazifalarini   samarali   hal   etishni   ta`minlaydi.   Axborotning   birinchi   turi
prognozlash   va   rejalashtirish   funktsiyasi   bilan;   ikkinchisi   hisob-kitob   funktsiyasi
bilan; uchinchisi nazorat va tahlil funktsiyalari bilan uzviy bog`liqdir. 
5.   Vazifasiga   ko`ra   axborot,   ma`lumotnoma,   tavsiyanoma,   me`yoriy   va
signalli turlarga bo`linadi. 
Ma`lumotnoma   axborot   ko`proq   tanishtiruvchi   xususiyatga   ega,
ob`ektlarning   qancha   barqarorligi   belgilarini   tavsiflaydi   va   ma`lumotnomalar
(spravochniklar)   tizimi   shaklida   namoyon   bo`ladi.   Xorijiy   ma`lumotnoma
axborotini 
avtomatlashtirilgan   ma`lumotlar   banki   orqali   olish   mumkin,   ularning   soni
yildanyilga uzluksiz ko`payib bormoqda. 
Tavsiyanoma   axborot   o`z   navbatida   bosma   nashrlarda   e`lon   qilingan   va
tijorat   ma`lumotlar   bazalaridagi   ma`lumotlar   tahliliga   asoslangan   maxsus
tadqiqotlarni o`tkazish natijalariga ko`ra shakllanadi.  
Me`yoriy   axborot   asosan   ishlab   chiqarish   sohasida   shakllanadi   va
foydalaniladi.   U   ishlab   chiqarishning   turli   elementlari   rejali,   miqdoriy   o`lchovini
tavsiflovchi ilmiy va texnik asoslangan me`yorlar tizimini aks ettiradi.  
Signalli   axborot   muhitdagi   ob`ektlar   faktik   holatining   rejasidan   chetga
chiqishi   paydo  bo`lganda   yuzaga   keladi.  CHetga   chiqish   sabablari   aniqlangandan
so`ng ularni bartaraf etish choralari ko`riladi. 
6. Taqdim   etish   usuliga   ko`ra   axborot   matn,   jadval,   matritsa,   grafik   va
dinamik   qatorlarga   bo`linadi.   Matn   axboroti   eng   ko`p   rasmiylashtirilgandir,   shu
bois   uni   qayta   ishlash   uchun   hozirgi   paytda   gipermatn   dastur   tizimi   ko`rinishida
maxsus   dasturiy   vositalar   qo`llanilmokda.   Bunday   tizimlar   matn   hujjatlar
ma`lumot bazasini yaratish, yuritish va foydalanish uchun mo`ljallangan. 
7. Axborot   o`zining   barqarorligiga   ko`ra   o`zgaruvchan,   shartli-doimiy   va
doimiyga bo`linadi. O`zgaruvchan axborot ob`ektlar ishlashining miqdoriy va sifat
xususiyatlarini aks ettiradi. SHartli-doimiy va doimiy axborotlar muxitning doimiy o`lchamini   aks   ettiradi,   shu   bois   ular   uzoq   vaqt   mobaynida   o`zgarmas   bo`lib
qoladi. 
Axborotning   taklif   etilgan   tasnifi   boshqarish   ob`ekti   axborot   negizini   oqilona
shakllantirishga imkon beradi. 
Axborot   doimo   o`z   manbalariga   va   axborotdan   foydalanuvchilarga
(iste`molchilarga)   ega   bo`ladi.   Xabarlarni,   axborot   manbalari   axborot
kommunikatsiyalari deb ataladi.  
 
Axborot tizimi uning turlari va tarkibi
 
Axborot   tizimini   ishlab   chiqishdan   maqsad   –   tashkiliy   loyihalash-tirish,
texnologik   va   hakozo   jihatlarini   hisobga   olgan   holda   tizim   faoliyatining
samaradorligini oshirishdir. 
O`rganilayotgan   fan   sohasini   aks   ettiruvchi   ayrim   xususiyatlarga   ega   bo`lgan
tizimning ko`plab tushuncha va ta`riflari mavjud. 
Tizim   deganda,   ular   orasidagi   va   ularning   xususiyatlari   o`rtasidagi   aloqalar
majmuiga ega bo`lgan, ya`ni bir-biriga chambarchas bog`langan qismlardan iborat
butun bir ob`ektlar majmuasi tushuniladi. Bunday ta`rifdagi tizimga quyidagilarni
qilib keltirish mumkin: detallar va tutashtiruvchi qurilmalardan yig`ilgan mashina;
hujayralarning   butun   majmuini   tashkil   etuvchi   tirik   organizm;   turli   resurslar,   bir-
biri   bilan   bog`langan   ko`plab   ishlab   chiqarish   jarayonlari   va   kishilar   jamoalari
yaxlitligida yuzaga kelgan korxonalar va hokozo. Bunday hollarda ob`ektlar gona
tizim sifatida ishlaydi, ya`ni har bir ob`ekt, kichik tizimlar umumiy tizim oldidagi
yagona maqsad uchun harakat qiladi. 
«Tizim»ni   aniqlashga   quyidagi   atamalar   kiradi:   «ob`ektlar»,   «aloqalar»,
«xususiyatlar». 
Ob`ektlar   –   tizimning   bir   bo`lagi   yoki   komponentlari   bo`lib   jismoniy,
matematik   o`zgaruvchan   tenglamalar,   qoida   va   qonunlar,   texnologik   jarayonlar,
axborot   jarayonlari,   ishlab   chiqarish   bo`linmalari   kabi   ko`plab   cheklanmagan
qismlarga ega.  Xususiyatlar   –   bu   ob`ektning   sifatini   ifodalovchi   parametrlardir.   Xususiyat
tizimning ma`lum bir o`lchamga ega ob`ektlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon
etish imkonini beradi. 
Aloqalar   –   ob`ektlar   va   ularning   xususiyatlarini   tizim   jarayonida   yagona
yaxlitlikka birlashtiradi. 
Tizimlar   tarkibi   hamda   asosiy   maqsadlariga   ko`ra   farqlanadi.   Quyidagi   2.1   -
jadvalda   turli   elementlaradan   iborat   bo`lgan   va   turli   maqsadlarga   qaratilgan   bir
qancha tizimlar namuna sifatida keltirilgan. 
Axborot   tizimlari   axborot   va   axborot   texnologiyalari   kabi   jamiyat   paydo
bo`lgan   paytdan   boshlab   mavjud,   chunki   rivojlanishning   turli   bosqichida   jamiyat
o`z   boshqaruvi   uchun   tizimlashtirilgan,   oldindan   tayyorlangan   axborotni   talab
etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari – moddiy va madaniy ne`matlarni
ishlab   chiqarish   bilan   bog`liq   jaranlarga   tegishlidir.   CHunki   ular   jamiyat   rivoji
uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega.  
Axborot   tizimi   –   tegishli   tashkilotlar   (ob`ektlar)   da   faoliyat   ko`rsatuvchi   va
turlicha tuziluvchi axborotlar uning axborot tizimini tashkil etadi. 
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi – barcha resurslarni samarali boshqarish
uchun   tashkilotlarga   kerakli   bo`lgan   axborotlarni   ishlab   chiqish,   tashkilotni
boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat. 
Iqtisodiy axborot tizimi nima ekanligini tushunib olish uchun eng avvalo uning
iqtisodiy   ob`ektini   boshqarish   tizimidagi   tutgan   o`rnini   aniqlab   olish   lozim.   Bu
ob`ekt moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish bilan bog`liq. 
Kibernetik   yondashuvga   muvofiq   boshqaruv   tizimi   boshqaruv   ob`ekti
yig`indisini   va   boshqaruv   sub`ekti,   boshqaruv   apparatini   o`zida   namoyon   etadi.
So`nggisi   maqsadlarni   shakllantiruvchi,   rejalarni   ishlab   chiquvchi,   qabul   qilingan
qarorlarga   talablarni   moslashtiruvchi,   shuningdek,   ularning   bajarilishini   nazorat
qiluvchi xodimlardan tashkil topadi. 
Boshqaruv tizimining ikkala komponenti  to`g`ri  (T) va  aks (A)  aloqalar  bilan
bog`langan.   To`g`ri   aloqa   boshqaruv   apparatidan   boshqaruv   ob`ektiga
yunaltiradigan   direktiv   axborot   oqimida   ifodalanadi,   aks   aloqa   qabul   qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi axborot teskari yo`nalishda yuboriluvchi axboroti
oqimida o`z aksini topadi. 
Direktiv   axborot   boshqaruv   apparati   tomonidan   yuzaga   kelgan   iktisodiy
vaziyat,   atrof   muhit   haqidagi   axborot   va   boshqaruv   maqsadlariga   muvofiq   holda
yaratiladi. 
Axborot   oqimlari   (T  va  A), qayta  ishlash  vositalari,  ma`lumotlarni   uzatish  va
saqlash,   shuningdek,   ma`lumotlarni   qayta   ishlash   bo`yicha   operatsiyalarni
bajaruvchi   boshqaruv   apparati   xodimlarining   o`zaro   aloqasi   iqtisodiy   ob`ektning
axborot tizimini tashkil etadi. (2.2.-rasm).  
Axborotlar   tizimi   aniq   bir   ob`ekt   uchun   yaratiladi.   Samarali   axborotlar   tizimi
boshqarish,   amaliy   sohalar   darajalari   o`rtasida   farqlarni,   shuningdek,   tashqi
holatlarni   e`tiborga   oladi   va   boshqarish   funktsiyasini   samarali   amalga   oshirish
uchun zarur bo`lgan axborotnigina beradi.  
Axborot   tizimi   –   boshqarish   funktsiyasini   amalga   oshirish   uchun   xodimlarni
turli   xil   axborot   bilan   ta`minlovchi   ob`ekt   haqidagi   axborotni   yig`ish,   uzatish   va
qayta ishlash bo`yicha ma`lumotlar va kommunikatsiyaviy tizimni o`zida namoyon
etadi. Avtomatlashtirilganlik darajasiga qarab qo`lda tayyorlanadigan, 
avtomatlashtirilgan va avtomatik axborot tizimlari mavjud, 
 
 
2- rasm. Boshqaruv tizimi tuzilmasi    
Tashqi muxit haqida axborot  
   
   
  A  
       
   
 
Tashqi muxit ta‘siri T
 Boshqaruv subyekti  
Boshqaruv apparati  
( maqsad shakllantiriladi )  
Boshqaruv ob‘ekti     Qo`lda   tayyorlanadigan   axborotlar   tizimida   –   boshqarish   yoki   ma`lumotlarni
qayta   ishlash   funktsiyalarining   bir   qismi   avtomatik   ravishda,   boshqasi   inson
tomonidan bajariladi. 
Avtomatik axborotlar tizimida – boshqarish va ma`lumotlarni qayta ishlashning
barcha funktsiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi. 
Qo`llanish   sohasiga   qarab   axborot   tizimlarini   quyidagi   sinflarga   ajratish
mumkin:  
 ilmiy tadqiqotlar; 
 loyihalashtirishni atomatlashtirish;
 tashkiliy boshqarish;  
 texnologik jarayonlarni boshqarish; 
Ilmiy AT ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni tahlil
etish, tajribalarni boshqarish uchun mo`ljallangan. 
Loyihalashtirishni avtomatlashtirish AT yangi texnika ishlab chiqaruvchilar va
muhandis loyihachilar mehnatini avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan.  
Tashkiliy boshqarishning AT - shaxslar funktsiyalarini avtomatlashtirish uchun
mo`ljallangan. Bu sinfga va sanoat (korxona) xam nosanoat ob`ektlari (bank, birja,
sug`urta kompaniyasi) va ayrim ofislar (ofislar tizimlari) ni boshqarishning axborot
tizimlari kiradi. 
Texnologik   jarayonni   boshqarishning   axborot   tizimi   turli   texnologik
jarayonlarni   avtomatlashtirish   uchun   mo`ljallangan.   (Metallurgiya,   energetika   va
hokozolar). 
Dastlabki axborot tizimlari 50 – yillarda paydo bo`ldi. Bu yillarda ular maosh
hisob-kitoblarini   qayta   ishlash   uchun   mo`ljallangan   bo`lib,   elektromexanik
buxgalterlik   hisoblash   mashinalarida   amalga   oshirilgandi.   Bu   qog`oz   hujjatlarni
tayyorlashda mehnat va vaqtni bir qadar qisqartirishga olib keldi. 
60-yillarda   axborot   tizimlariga   munosabat   butunlay   o`zgardi.   Bu   tizimlardan
olingan   axborot   davriy   hisobot   uchun   qupgina   parametrlar   bo`yicha   qo`llana
boshlandi. Buning uchun maxsus qurilmalar talab etila boshlandi.  70-80   yillar   boshlarida   axborot   tizimlari   qarorlarni   qo`llab-quvvatlovchi   va
tezlashtiruvchi   jarayonga   ega   bo`lgan   nazorat   boshqaruvi   vositalari   sifatida   keng
foydalanila boshlandi. 
80-yillar   oxiridan   boshlab,   axborot   tizimlaridan   foydalanish   kontseptsiyasi
yanada   o`zgarib   bordi.   Ular   axborotning   strategik   manbai   bo`lib,   istalgan   sohada
uni tashkil etish barcha darajalarda foydalanilmoqda. Bu davrning axborot tizimlari
axborotni   o`z   vaqtida   berib,   tashkilot   faoliyatida   muvaffaqiyatga   erishishga
yordam   bermoqda,   ya`ni   tovarlar   va   xizmatlar   yaratish,   sotish,   bozorlarni   topish,
munosib   sheriklar   bilan   ta`minlash,   arzon   narxda   mahsulot   ishlab   chiqarish   va
boshqarishlarga   imkon   yaratmoqda.   Istalgan   vazifalardagi   axborot   tizimi   ishini
ta`minlovchi   jarayonlarni   bloklardan   iborat   holda   shartli   tasavvur   etish   mumkin.
(3. rasm). Axborot tizimidagi ishlar quyidagi maqsadda olib boriladi: 
 axborotga bo`lgan ehtiyojni aniqlash; 
 axborotning tashqi yoki ichki manbalardan kirishi;     
 tashqi va ichki manbalardan axborot kelishini amalga oshirish;     
 kirayotgan axborotni qayta ishlash va uni qulay ko`rinishda taqdim etish;   
 yo`nalishlarni   baholash,   bashoratlarni   ishlab   chiqish,   muqobil   qarorlar   va
harakatlarni   baholash,   strategiyalarni   ishlab   chiqish   uchun   axborotlardan
foydalanishni tashkil etish; 
 mazkur tashkilot xodimi qayta ishlangan axborotlar bo`yicha teskari aloqani 
 tashkil etish, keladigan axborotlarni tuzatishni amalga oshirish. 
 
   
Axborot tizimlarining   apparat  
va dasturiy qismi   
Axborotni 
kiritish   Axborotni 
qayta ishlash   Axborotni 
chiqarish
 
Teskari   
aloqa   Tashkilot 
xodimlari   
yoki   
boshqa   
axborot   
tizimi   3 – rasm. Axborot tizimidagi jarayonlar 
  Ushbu   barcha   harakatlar   tashkilotning   axborot   tizimi   doirasida   u   yoki   bu
axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi. 
Tashkilot   axborot   tizimida   axborot   hajmining   o`sishi,   uni   yanada   murakkab
usullarda   qayta   ishlashni   tezlashtirish   ehtiyoji   axborot   tizimining   ishini
tezlashtirish ehtiyoji axborot tizimining ishini avtomatlashtirish, ya`ni axborotlarni
qayta ishlashni avtomatlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
  KROSSVORD SAVOLLARI:
1.   Ma’lumotlarni siqilgan holdagi ko‘rinishi.
2. Biron voqea hodisa haqidagi ma’lumot
3. Sahifalar   sahifali   sahifalarni   yuklab   olish   va   ko'rish,   fayllarni   yuklab   olish,
dasturlarni   boshqarish   va   boshqa   vazifalarni   hal   qilish   uchun   mo'ljallangan
dastur.  
4.  1983-yilda Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan so'zlarni qayta ishlash dasturi
5.     Kompyuterning   "ishchi"   xotirasi   sifatida   xizmat   qiladigan   ma'lumotni
vaqtinchalik saqlaydigan kompyuter ichidagi jismoniy   qurilma
6.     Ilmiy informatsiyani tarqatish usullari va vositalari majmui)ni o rganish bilanʻ
shug ullanadigan ilmiy fan	
ʻ
7.     Bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan qismlar va elementlar to‘plamining yaxlit butun
ob‘ektga nima deyiladi
A R X I V
X A B A R
B R O W S E R
W O R D
R A M
I N F O R M A T I K A
T I Z I M Adabiyotlar ro’yhati
 
1. O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni, 
«Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 11-fevral. 
2. O‘zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq 
so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 21-may. 
3. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» 
to‘g‘risidagi Qonuni. Oliy ta‘lim. Me‘yoriy hujjatlari to‘plami: Mualliflar 
jamoasi. – T.: SHarq , 2001, 672-b.

Axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalari Reja: 1. Axborot tushunchasi 2. Axborot tizimi uning turlari va tarkibi 3. Axborot tizimlarining ta`minotlari

Axborot tushunchasi XXI asrni informatikasiz tasavvur etib bo`lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatika sohasining asosiy resursi axborotdir. «Axborot» so`zi lotincha «information» so`zidan olingan bo`lib, biror ish holati yoki ish faoliyati haqida ma`lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma`lumot, degan ma`noni anglatadi. Keng ma`noda axborot moddiy dunyoning u yoki bu tomoni va unda sodir bo`layotgan jarayonlarni bildiradi. Axborot tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi. Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta`sir etib, ob`ektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida izohlanadi. Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea - hodisalar to`g`risidagi bilimlarni oshirish yoki mafhumlikni soddalashtirish mezoni sifatida qo`llaniladi. Komp`yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob`ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma`lumot tushunchasi bilan uzviy bog`liq, lekin har qanday ma`lumot axborot bo`lavermaydi. Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Texnik axborot 2. Agrobiologik axborot 3. Siyosiy axborot 4. Huquqiy axborot 5. Iqtisodiy axborot va boshqalar 6. Axborotning turlari o`zaro bog`liq bo`lib, bir-birini to`ldirib boradi. Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, u axborot turlarining 80 foiz hajmini tashkil qiladi.

Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega: 1. Uzluksiz hosil bo`lish. 2. Harf raqamlarda ifodalanish. 3. Diskret xarakterdalik. 4. To`plash, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mumkinligi. Axborot inson bilimini oshirish va ish faoliyatini takomillashtirish uchun foydalanadigan yangi ma`lumotlardir. Axborot xalq ho`jaligining barcha tarmoqlari iste`mol etuvchi zahira bo`lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi muhim ahamiyatga ega. Axborot fan va texnikani rejalashtirish natijalari haqidagi, fan va texnika ma`lumotlari bilimlarining yig`indisidir. Axborot resurslari – alohida hujjat va alohida hujjatlar to`plami, axborot tizimlaridagi hujjatlar va hujjatlar to`plamidir. O`zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to`g`risida»gi qonunining ikkinchi moddasida «Axborot texnologiyasi» va «Axborot tizimi» atamalariga quyidagicha ta`rif berilgan: – axborot texnologiyasi axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar majmuyi; – axborot tizimi axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining axborotni to`plash, saqlash izlash, unga ishlov berish va undan foydalanish imkonini beradigan tashkiliy jixatdan tartibga solingan majmuyi. Axborot atrof - muhit ob`ektlari va hodisalari, ularning o`lchamlari, xosiyatlari va holatlari tug`risidagi ma`lumotlardir. Keng ma`noda axborot insonlar o`rtasida ma`lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o`rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir. Informatika fani axborotga hodisalar yoki ob`ektlar to`g`risidagi tasavvurlarimizni o`zgartiruvchi, o`zaro kontseptual bog`liq ma`lumotlar, ko`rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informatikada axborot bilan bir qatorda ma`lumotlar tushunchasi ham keng qo`llaniladi.

Komp`yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob`ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma`lumot tushunchasi bilan uzviy bog`langan, lekin har qanday ma`lumot axborot bo`lavermaydi. Ma`lumotlarga u yoki bu sabablarga ko`ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma`lumotlardan biror narsa to`g`risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug`ilsa, ma`lumotlar axborotga aylanadi. SHuning uchun axborotni foydalaniladigan ma`lumotlar, deb atasa ham bo`laveradi. Masalan, qog`ozga telefon raqamlarini ma`lum tartibda yozib, uni boshqa kimsaga ko`rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma`lumot sifatida qabul qiladi. Biroq, ana shu har bir telefon raqami to`g`risidagi muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo`yilsa, avvalgi ma`lumot axborotga aylanadi. Ma`lumotlar. Axborot iste`molchiga etib borgunga qadar bir qator o`zgarishlarga uchraydi. Oraliq bosqichlarda xabarning mohiyatiga ko`ra xususiyati ikkinchi darajaga tushib qoladi, natijada «axborot» tushunchasi nisbatan cheklangan «ma`lumotlar» tushunchasi bilan almashtiriladi. SHuning uchun ham ma`lumotlarni axborotning komp`yuterdagi tasviri deb aytish mumkin. Ma`lumotlar bir - biri bilan o`zaro bog`langan dalil va raqamlar, fikrlar to`plamini ifodalaydi. Axborot va ma`lumotlar o`rtasidagi farq ta`kidlanmaydigan hollarda ular anonim sifatida ishlatiladi. Iqtisodiy axborot - axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to`g`ridan- to`g`ri bog`liqdir. Jamiyatning rivojlanish tarixida bir necha axborot inqiloblari ro`y berdi – axborotni qayta ishlash sohasida tub o`zgarishlar sodir bo`lgani tufayli ijtimoiy munosabatlarda o`zgarishlar yuzaga keldi. Bunday o`zgarishlar oqibati sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo`ldi.

So`ngi axborot inqilobi yangi soha – yangi bilimlarni ishlab chiqish uchun texnologiyalar, uslublar, texnik vositalarni ishlab chiqarish bilan bog`liq axborot sanoatini oldingi safga olib chiqdi. Axborot texnologiyalari, ayniqsa, telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi komp`yuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. Axborot texnologiyasi (AT) ob`ekt, jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma`lumotlar yig`ish, qayta ishlash va uzatish (boshlang`ich axborot) vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir. Telekommunikatsiya komp`yuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma`lumotlarni masofadan uzatishdir. Axborot jamiyatning moddiy va texnologik negizini komp`yuter texnikasi va komp`yuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Axborot jamiyati - unda ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo`lmish bilimlarni izlab topish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo`lgan jamiyatdir. XXI asrda ilg`or mamlakatlarda fan va texnika rivojlanishining real amaliyotida nazariyotchilar yaratgan axborot jamiyati manzarasining chizgilari sekin - asta namoyon bo`lmoqda. Butun dunyo intelektual makoni elektron kvartira va kottejlarda yashovchi kishilar yagona komp`yuterlashgan va axborotlashgan jamiyatga aylanishi kutilmoqda. Istalgan turar joylar turli elektron uskunalar va komp`yuterlashgan moslamalar bilan jihozlanadi. Odamlar faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga qaratiladi, moddiy ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanadi. Axborot jamiyatiga o`tishda komp`yuter va tellekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi. Bir qator olimlar axborot jamiyatiga xos xususiyatlarni quyidagicha ta`riflaydilar: