Axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalari.
Samarqand Dav lat Univ ersit et i Filologiy a v a t illarni O’qit ish Fak ult et i (O’zbek t il) MUSTAQIL TA’LIM .
1.Mav zu: Axborot t exnologiy alarining asosiy t ushunchalari. XXI asrda texnik rivojlangan davlatlarda axborotning asosiy qismi qog’ozsiz ko’rinishda – EHM( Eelektron Hisoblash Mashinasi) xotirasida saqlanadi. Bu bilan XXI asr boshida ushbu axborotdan foydalana olmagan kishi XX asr boshidagi o’qishni ham , yozishni ham bilmaydigan kishiga o’xshab qoladi (V.M. Glushkov) 8-9 sinflardao’qigan “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” fanlarida informatika haqida tushuncha , axborotlarni raqamlar vositasida tasvirlash , kompyuterlar , operatsion tizimlar , hujjatlarni qayta ishlash texnologiyalari , kompyuter grafikasi , axborotlar ombori , electron jadvallar , kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari , model va algoritmlar , dasturlash asoslari , amaliy dasturlash va hison tajribalarini o’tkazish haqidagi bilimlarni o’rganganmiz. SHu bilan birga , yangi axborot texnologiyalarining elementlari bilan qisman tanishganmiz. Endi informatika va hisoblash texnikasi asoslarini tashkil etgan axborot texnologiyalari haqidagi bilimlarni chuqurroq va kengroq , ya’ni axborotlar ularning xossalari , axborot tizimlari va vazifalari , axborotlarni qayta ishlash , axborotlarning xususiyatlarini o’rganamiz. “Axborot texnologiyalari “ iborasidagi <texnologiya> so’zi lotincha thexnos – san’at , hunar , soha , va logos –
fan degan ma’noni anglatadi. Ya’ni texnologiya – biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari ko’rinishini bildiradi. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI axborotlarni yig’ish , saqlash , qayta ishlash sul va vositalari majmuidir. Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi icki va tashqi omillar mavjud bo’lib ularni quyidagicha tavsiflash mumkin : TASHQI OMILLAR- bu axborot texnologiyasining texnik uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi. ICHKI OMILLAR-bu axborotlarning paydo bo’lishi ( yaratilisi ) turlari , xossalari , axborotlar bilan turli amallarni bajarish , ularni jamlash , uzatish , saqlash va h.k. Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushunishga harakat qilamiz. Biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika ) da yashovchi o’rog’ingiz bilan fikr almashmoqchisiz. , deylik. Buni turli yo’llar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz o’rtog’ingizga o’z fikringizni (o’z navbatida , o’rtog’ingiz ham sizga jaoban ) quyidagi usullar orqali 1.Aloqa bo’limi orqali ( yozma ravishda ) 2.Telefon tarmoqlari orqali (og’zaki) 3.Zamonaviy telkommunikatsiya vositalari orqali.
Hayotiy tajriba shuni ko’rsatadiki , bu usullardan foydalanish natijalari turlisha bo’ladi va natijalarga qarab , qaysi usuldan foydalanisni o’zingiz belgilab olasiz. Zamonaviy telekomunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo’lib , unga multimedia vositalari , kompyuter tarmoqlari, internet, kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari axborot tizimlarini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi. XX asrning 90-yilaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz yani XXI asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri deb bejiz adashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi , uning asosiy xususiyatlari qanday , degan savollar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tassavur qilish qiyin. Hozirgi kunda har bir tashkilot , o’quv muassasasi , firma va ishlab chiqarishninh barcha sohalarida rahbar va xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma’lim darajada avtomatlashtirishga oid muammolarni yechish bilan shug’ullanadi. Bunda ular maxsus firmalarning mutaxasislari bilan uchrashadi , ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko’radi va pirovardida o’zida
avtomatlashtirish uchun kerak bo’ladigan texnik jihozlarni xarid qiladi . Axborot texnologiyalari malumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnalogiyalaridir. Odatda bu atama ostida kampyuter texnologiyalari tushuniladi . Axborot texnalogiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yig’ish , saqlash , himoyalash , qayta ishlash , uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boradi, Axborot texnologiyalari asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash-tashkiliy texnikadan tashari aloqa vositalari- telefon , teletayp , telefaks va boshqalar qo’llaniladi. Axborot texnologiyalari industryasi majmuini kompyter , aloqa tizimi , Malimotlar ombori va u bilan bog’liq faoliyat soxalari tashkil qiladi. Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarrligini ko’rsatmoqda. Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish mamlakat fan-texnika taraqqiyotini , jamiyatni demokratlashtirish – intelektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni taminlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.