logo

Texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.765625 KB
Texnik ijodkorlik  va dizayn    fanining mohiyati va vazifalari.
REJA  
1.   Fanning   maqsad   va   vazifalari.   Ijodkorlik   faoliyatining   asosiy
tushunchalari
2. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati.
3.O‘quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari. 1. Fanning  maqsad  va vazifalari.   Talabalarning  texnik tafakkurini  va  mehnatga
ijodiy   munosabatini   rivojlantirish,   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   fan   texnika
taraqqiyotini   jahon   talablari   darajasiga   ko‘tarish,   mahsulot   sifatini   tubdan
yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan yosh
avlodni tarbiyalash eng muhim vazifa hisoblanadi. Bo‘lajak mutaxassislarda ijodiy
faoliyat   asoslariga   oid   bilim,   ko‘nikmalarni   shakllantirish   orqali   hozirgi   sanoat
ishlab   chiqarishiga   xos   texnik,   texnologik-konstruktorlik   va   ishlab   chiqarish
faoliyatlarining asoslari egallanishiga erishiladi. 
 Bu   fanning   asosiy   maqsadi   bo‘lajak   o‘qituvchilarga   umumiy   o‘rta   ta’lim
maktablarida,   akademik   litsey   va   kasb-hunar   kollejlarida,   maktabdan   tashqari
ta’lim muassalarida o‘quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilishning ilmiy-metodik
asoslarini   o‘rgatishdan   iboratdir.   Ushbu   maqsadga   erishishda   quyidagi
vazifalarning hal etilishi ko‘zda tutilgan:
 o‘quvchilarni   barkamol   shaxs   sifatida   shakllantirish   jarayonida   texnik
ijodkorlik va dizayn asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo‘lish;
  texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishish;
   kashfiyot,   ixtirochilik,   ratsionalizatorlik   va   patentlash   asoslari   bo‘yicha
tushunchalarga ega bo‘lish;
  texnik masalalarni yechish metod va usullaridan foydalanish ko‘nikmalarini
hosil qilish;
  texnik ijodkorlik obyektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish;
   mustaqil   ravishda   texnik   obyektlarni   va   ularning   modellarini   loyihalay
olish;
   texnik   ijodkorlik   bo‘yicha   sinf   va   sinfdan   tashqari   mashg‘ulotlar   uchun
moslama, dastur va boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish;
   respublikada o‘quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatini hozirgi holati va uni
takomillashtirish istiqboli to‘g‘risida tushunchalar;
  o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodlarini bilish;
   texnik   ijodkorlik   to‘garaklari   faoliyatining   mazmuni,   tashkiliy   asoslari,
texnik obyektlarni ilmiy asosda tanlay olish;   to‘garaklarni o‘quv moddiy-texnika bazasini tashkil qila olish;
   sinfdan   va   maktabdan   tashqari   o‘quv   mashg‘ulotlarida   texnik   ijodkorlikni
metodik asoslarini bilish;
   o‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga  tegishli  bo‘lgan  tadbirlarni  tashkil  qilish
va o‘tkazishning ilmiy asoslarini bilish kerak.
        2. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati . Oliy
pedagogik   ta’lim   muassasalarida   bo‘lajak   mehnat   va   kasb   ta’limi   o‘qituvchisi
texnik   ijodkorligini   shakllantirish   masalasi   ko‘p   qirrali   bo‘lib,   u   talabalarni
ijodkorlik   faoliyatiga   tayyorlashning   samarali   yo‘llarini   aniqlash   va   mazmunini
muvofiq   tanlash   birgalikda,   o‘quv   jarayonida   texnik   ijodkorlikni   bo‘lajak
mutaxassislarning ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul
va   vositalarini     ishlab   chiqishdek   muhim   pedagogik   vazifani   o‘z   ichiga   oladi.
Shuningdek,   ushbu   jarayon   vatanimizdagi   ijtimoiy-iqtisodiy   islohotlarni   aks
ettirishi  va zamonaviy ilmiy talablarga to‘la javob berishi kerak. 
Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishi va dunyo
hamjamiyatiga   har   tomonlama   kirib   borishi   natijasida   ilm   olishni
axborotlashtirishning   amaliy   yo‘naltirilgan   yaxlit     davlat   siyosatiga   asos   solindi,
uning   ustivorliklari   bo‘lgan   dastlabki   meyoriy-huquqiy   asoslar   yaratildi.     Bunga
misol   sifatida   “Ixtirolar,   foydali   modellar   va   sanoat   namunalari   to‘g‘risida“,
“Axborotlashtirish to‘g‘risida“, “Elektron hisoblash  mashinalari  uchun dasturlarni
va   ma’lumotlar   bazalarini   huquqiy   muhofaza   qilish   to‘g‘risida“,   “Aloqa
to‘g‘risida“gi     qonunlar   va   boshqa   dasturiy   hujjatlarni   keltirish   mumkin.   Ushbu
qonunlarga   muvofiq   yaratilgan   imkoniyat   va   imtiyozlar   intellektual   mulkdan
unumli   foydalanishdagi   iqtisodiy   samarani   oshirish,   yangi   texnika   va
texnologiyalarni   o‘zlashtirish,   ular   vositasida   yangi   mahsulotlarni   ishlab
chiqarishga   asoslangan   intellektual   mulk   innovatsiya   jarayonlarini   rivojlantirish
uchun yangi istiqbollarni ochib berdi.
    Ijodkorlik   tushunchasining   mohiyati .   Odatdagi   tushunchaga   ko‘ra   ijod
ozchilik   kishilarning,   buyuk   san’at   asarlarini,   yangi   mashinalarni,   dastgohlar   va
hokazolarni   yaratadigan   iste’dodli   odamlarning   qismatidir.   Lekin   ijod   buyuk asarlar   yaratishdan   iboratgina   emas,   balki   kishining   fikr   yuritishi,   biror   tadbirni
o‘ylab   topishi,   ozgina   bo‘lsa-da,   qandaydir   yangilik   yaratishi   ham   ijoddir.   Ijod
jarayoniga   tasodif   sifatida   emas,   balki   muayyan   qonuniyatlar   asosida   amalga
oshuvchi jarayon sifatida qarash lozim.
O‘quvchining   ijodkorligi,   avval,   uning   har   qanday   faoliyat   jarayonidagi:
o‘ziga xos usul bilan masala yechish, insho yozish, tajriba ishlari, mehnat darslari
va hokazolardagi mustaqil fikrlashida namoyon bo‘lishi lozim. O‘quvchining ijodi
uning olgan bilimlarini hayotda ko‘rgan dalil va hodisalarga bog‘lay olishi, ularni
to‘g‘ri baholab, dastlabki ma’lumotlarni tahlil va sintez qila bilishidir.
Har   qanday   ijod   borliqni   rad   etish   emas,   balki   borliqqa   to‘laroq   kirib
borishdir.   O‘qitishdagi   individual   yondoshish   ham   ta’lim   jarayonining   muhim
talabidir.   O‘qitishdagi   individual   yondoshish   faqat   mashq   ishlarida   emas,   balki
o‘quv jarayonining hamma bosqichlarida: yangi  materialni o‘tish, mustahkamlash
va   takrorlashlarda   ham,   uy   vazifasini   tuzish   va   darsdan   tashqari   qo‘shimcha
mashg‘ulotlarda   ham   amalga   oshirilishi   zarur.   Bu   esa   o‘quvchilarning   ijodkorlik
mahoratlari va qobiliyatlari o‘sishida yana bir eshikni ochadi. 
Shaxs   sifatlarining   shakllanishida   oila,   atrof–muhit,   jamiyat   katta   rol
o‘ynaydi.   Ota–onaning   mehri,   atrofdagilarning   mehri,   ularning   olqishlari   bolani
mustaqil   fikrlashga   va   mustaqil   ish   boshlashga   ishonchini   uyg‘otadi.   Ma’naviy-
ijodiy   usullar   shu   tariqa   o‘quvchilarning   ijodkorlik   qobiliyatlarini   rivojlantirishda
eng asosiy rol o‘ynaydi va ushbu usul 3 bosqichda amalga oshiriladi:
a) o‘quvchilarda bilishga qiziqishni uyg‘ota bilish;
b)   o‘quvchilarning   egallagan   bilim   va   tajribasiga   asoslangan   holda   masala
qo‘yish hamda ularga tayanib, masalalarni tahlil qilish;
v)   o‘rganish   kerak   bo‘lgan   muammo   ustida   mustaqil   fikr   yuritib,   xulosa
chiqarishga erishish.
Yuqoridagi   bosqichlarni   amalga oshirish  jarayonida  talabalar, insonning  boy
xazinasi   uning   o‘zida   yashiringanligini   tushunadilar.   Buning   uchun   o‘qituvchi
ulardagi   qiziqishni,   yashiringan   iste’dodni   anglay   bilishi   kerak.   Ilm   olish,   aqlni
peshlash,   o‘z   ustida   ishlash,   hikmatlarni   bilish,   kamtarlik,   ma’rifatli   bo‘lish   kabi fazilatlarga faqat mehnat qilish va bilim olish, o‘qib – o‘rganish, hayotni kuzatish
orqali erishish mumkin. 
3.   O‘quvchilar   texnik   ijodkorligining   pedagogik   va   psixologik
xususiyatlari.   Insoniyat   taraqqiyotining   barcha   davrlarida   ijodiy   mehnat
bashariyatni   olg‘a   xarakatlantiruvchi   asosiy   omil   bo‘lib   kelgan.     Shunday   ekan,
yosh avlodni ijodiy mehnatga o‘rgatish, uni o‘z zamonasining eng ilg‘or bilimlari
bilan     qurollantirish     barcha     davrlarda   hamma   xalqlar   uchun   eng   dolzarb   vazifa
hisoblangan.
Texnik   ijodkorlikni   tashkil   qilishda,   ikki   o‘zaro   bog‘liq   vazifani   e’tiborga
olish   lozim.     Ularning   birinchisi,   talabalarning   ijodkorlik   faoliyatida   mustaqil
fikrlashini     rivojlantirish,     bilimlarni   egallashdagi   intiluvchanligi,   ilmiy
dunyoqarashini shakllantirilishi bilan, ikkinchisi, o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’limda
va amaliy faoliyatda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish bilan belgilanadi.          
Texnik   ijodkorlik   talabalar   egallayotgan     bilimlarining   mustahkamligi   va
mukammalligini   ta’minlash,   ularda   faol   va   mustaqil   fikrlovchi   shaxs   xislatlarini
shakllantirish,   aqliy   qobiliyatlarini   rivojlantirishga   xizmat   qiluvchi   faoliyat   turi
hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa, bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchilarining
fan asoslarini o‘zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlik qilishda
oshirishida,  ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ijodkorlikka bo‘lgan ehtiyoj psixofiziologik jihatdan  qaralganda,   bir nechta
bosqichlarda  amalga  oshadi.   Bulardan  birinchisi     havas   -  ehtiyojning    eng sodda
shakli  bo‘lib,   inson tomonidan ongli  boshqariladi. Ikkinchisi, nisbatan  yuqoriroq
rivojlanish   bosqichi   bo‘lgan     xohish     ham   inson   tomonidan   ongli   boshqarilib,   u
shaxsning   ma’lum   buyum   yoki   hodisaga   nisbatan   munosabatlari   majmuasini
ifodalaydi.   Uchinchisi,     eng     murakkab   bosqich   bo‘lgan     qiziqish,     xohish   va   u
bilan   bog‘liq   bo‘lgan   tushunchalar   asosida   yuzaga   keladi.     Qiziqish   hayotdagi
tashqi  ta’sirlar,  shaxs faoliyati  hamda ta’lim-tarbiya jarayoni ta’sirida shakllanib
boradi.   Bu   holatlar   psixologik   omillar   -   diqqat,  idrok,  tushuncha,   xotira,   fikrlash,
sezgi   va   iroda   xislatlariga   sezilarli   ta’sir   ko‘rsatib,   shaxsning   shakllanishida
alohida muhim  ahamiyat kasb etadi.   Ijod  va  ijodkorlik  faoliyati.   Har   bir  insonning  hayoti  davomida   hal   qilishi
zarur   bo‘lgan   ko‘pgina   muammolar   yuzaga   keladi.   Insonlar,   odatda,   o‘z
muammolarini   qanday   hal   qiladilar?   Ba’zilar   o‘z   intuitsiyasiga   tayangan   holda
yechimni   topishga   harakat   qiladilar,   boshqalari   o‘zga   insonlar   bilan
maslahatlashib, ularning tajribasi asosida yoki ilmiy-ommabop  adabiyotlarni tahlil
qilib,     o‘z   muammolari   yechimini   topishga   urinadilar,   uchinchilari   esa   bu   ishni
boshqa   shaxslarga     yoki   tasodifiy   holatlarga   qoldirib,   muammo   yechimidan
umuman   uzoqlashishga   harakat   qiladilar.   Insonlarning   faqat   unchalik   katta
bo‘lmagan   qismigina   o‘z   muammolarini   ijodkorlik   faoliyati   metodlari   yordamida
yechadilar. 
Siz,   ijodkorlik   faoliyati   metodlari   mavjudmi?   Ijodkorlik   bilan   maqsadli
yo‘naltirilgan   holda   shug‘ullanish   mumkinmi?   degan   savollar   berasiz.   Ha,
ijodkorlik metodlari mavjud, o‘z oldiga ilmiy kashfiyotlar qilish, yangi mashinalar,
mexanizmlar, texnologiyalar, rassomchilik san’ati asarlari, musiqiy, adabiy asarlar
yaratish   bo‘yicha   aniq   masalalarlar   qo‘yib,     ijodkorlik   faoliyati   bilan   maqsadli
shug‘ullanish mumkin. Navbatdagi muammo yuzaga keladi – ijodkorlik faoliyatini
qayerda o‘rganish  mumkin?  Bundan  10-20 yillar  avval   ijodkorlik  metodlari   bilan
faqat   ixtirochilik   masalalarini   yechish   nazariyasi   bo‘yicha   mutaxassislar
tomonidan   o‘tkaziladigan   seminarlarda,   tizimli   tahlil,   funksional-qiymatli   tahlil,
tizimli   fikrlash   faoliyati   metodologiyasi,   fikrlashni   faollashtirish   metodlari   va
ijodkorlik   nazariyasining     boshqa   bo‘limlarida   tanishish   mumkin   edi.   Hozirgi
kunda bu ilmiy yo‘nalish bo‘yicha yetarli darajada adabiyotlar nashr qilingan. Bu
borada   tavsiya   etiladigan   adabiyotlarning   ro‘yxati   qo‘llanmaning   oxirida
keltirilgan. Kitoblardan tashqari ko‘pgina maktablar va oliy ta’lim muassasalarida
turli   maxsus   fanlar   kiritilgan.   Shunday   bo‘lsa-da,   ko‘pgina   ta’lim   oluvchilar
ijodkorlik   metodlari   bilan   tanishish,   ularni   madaniyatning   turli   sohalarida
muammolarni   yechishda   qo‘llashga   o‘rganish   imkoniga   ega   emas   edilar.   Nega?
Chunki   talabalar   uchun   ijodkorlik   nazariyasining   yuqorida   ko‘rsatilgan
bo‘limlarini,   asosiy   metodlarini   o‘zida   birlashtiradigan     qo‘llanma   mavjud   emas
edi. Yana ijodkorlikka qaytamiz. Taklif qilinganlardan ijodkorlik faoliyati turlarini
tanlashga harakat qiling: salat tayyorlash, mashhur detektiv asarini mutolaa qilish,
reklama   e’lonini   yaratish,   fizika   bo‘yicha   masala   yechish,   o‘qilgan   matn   asosida
hikoya tuzish, pardoz qilish. Bu sizda qanday sifatlarni shakllantiradi? Ijodkorlikka
faoliyatning   mavjud   bo‘lgan   namunalaridan   nusxa   olmaydigan   va   bajarish
jarayonida   inson   o‘zi   uchun   yoki   boshqalar   uchun   yangilik   yaratadigan   turlari
kiradi.   Shunday   qilib,       ijodkorlik   –   bu   obyektiv   (hamma   uchun)   yoki   subyektiv
(o‘zi uchun)  yangi  tizimlar yaratish jarayoni.
Har   bir   insonga   ijodkorlik   faoliyati   texnologiyalari   va   metodlarini   egallash
zarurmi,   axir   hamma   ham   obyektiv   yangiliklar   yaratmaydi-ku?   Inson   kim   bo‘lib
ishlashidan   qat’iy   nazar:   ovqat   tayyorlashi,   kiyimni   modellashtirishi,     o‘z
farzandlarini tarbiyalashi, ko‘pgina uy ishlarini bajarishi va xo‘jalik muammolarini
yechishiga to‘g‘ri keladi. Shuning   uchun javob bir xil, ijodkorlik metodlarini har
bir inson egallashi zarur. Qanday metodlarni va qaysi faoliyat uchun qo‘llash yoki
qo‘llamaslik – bu uning tanlash huquqi. 
  Ijodkorlik tabiati.   Nima deb o‘ylaysiz, ijodkorlik qobiliyati  nasldan  naslga
o‘tadimi? Uzoq yillar ko‘pgina olimlar va oddiy insonlar ijodkorlik qobiliyati – bu
nasldan   naslga   o‘tuvchi   xudo   bergan   ne’mat   deb   hisoblashar   edi.   Shuning   uchun
agar   bola   oddiy   oilada   tug‘ilgan   bo‘lsa,   undan   qaysidir   faoliyatda     yuksak
muvaffaqiyatlar   kutishga   o‘rin   yo‘q.   Yetuk   kompozitorlar   (Baxlar   oilasi),
rassomlar   (rerixlar   oilasi),   yozuvchilar   yaratuvchi   –   xudoga   nisbatan   aytiladi
(Dyuma   oilasi),   olimlar   (Kyurilar   oilasi)   ning   oilaviy   dinastiyasi   hammaga
ma’lum. Biroq tarixda yetarli ma’lumot olmagan va o‘qimagan oilalardan chiqqan
yetuk yaratuvchilar ham ma’lum. Shu bilan birga olimlarda ijodkorlik qobiliyatlari
naslga hech ham aloqasi  yo‘q va insonning hayoti davomida   o‘zini rivojlantirish
yo‘li   bilan   shakllanadi   degan   fikr   yuzaga   keldi.   Unda   haqiqat   qayerda?
Odatdagiday oraliqda... So‘zsiz, ijodkorlik faoliyatining ayrim nishonalari nasldan
naslga   o‘tadi   va   bunga   oilaviy   dinastiyalar   misol   bo‘ladi.   Shu   bilan   birga,
shaxsning   butun   hayoti   davomida   o‘zini   rivojlantirishi   ijodkorlik   faoliyatida
yuksak natijalarga erishishning asosiy sharti hisoblanadi. Eng murakkab savol yuzaga keladi - har birimizning qanday faoliyatga nasliy
nishonalar   mavjudligini   qanday   aniqlashimiz     mumkin.   M.Tvenning     «Kapitan
Sommerfildning   samodagi   sarguzashtlari»   hikoyasida   kapitan   Sommerfild
jannatga   tushib,     insoniyatga   mashhur   bo‘lgan   hamma   harbiylarning   munozarasi
o‘tkaziladigan xonaga kiradi. U qatnashuvchilarning yuzlariga qarab, ko‘pchiligini
taniydi,   lekin   qanchalik   tirishmasin,   stolning   boshida   munozarani   boshqarib
o‘tirgan   odam   kimligini   taniy   olmaydi.   Shunda   u   bu   to‘g‘rida   o‘zining
qo‘shnisidan   so‘raydi,   munozarani   boshqarib   o‘tirgan   inson   hayotligida   etikchi
bo‘lgan   va   u   harbiy   bo‘lganida   ham   harbiy   san’atning   dahosi   bo‘lar   edi,   degan
javob oladi.
O‘z   qobiliyatlarini   bolalikdanoq   bilish,   ularni   maqsadli   rivojlantirish   va   o‘z
kasbi va faoliyati sohasini izlashga yillarni   va hatto o‘n yilliklarni     yo‘qotmaslik
imkonini   beradi.   Biroq     tez-tez   shunday   ham   bo‘ladiki,   universitetni   tugatib   bir
necha   yil   ishlagandan   keyin     inson   bu   uning     ishi   emasligini   anglaydi.   Bizning
hayotimiz qisqa va kam natijali, insonga quvonch baxsh etmaydigan faoliyatga bir
necha yilning yo‘qotilishi juda achinarlidir. Hozirgi paytda, bolalar va kattalarning
qobiliyatlarini   aniqlash   uchun   turli   xil   psixologik   testlar   ishlab   chiqilgan,   lekin
muammoni   yakuniy   yechimiga   hali   uzoq.   Afsus   bilan   ta’kidlash   mumkinki,
kishilarning   qobiliyatini   aniqlashning   universal   testi   mavjud   emas.   Balki,   bu
kitobni o‘qiganlardan kimdir  kelajakda shunday testlar ishlab chiqadi.
Yana bir juda muhim savol – ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishning cheki
bormi? Ma’lumki, reproduktiv qobiliyatlar   ma’lum chegaragacha rivojlanadi. Biz
ip   bog‘lash,   nonga   yog‘   surishni   qanchalik   mashq   qilmaylik,   ertami   kech     biz
undan   boshqa   o‘zib   keta   olmaydigan   oxirgi   darajadagi   tezlikka   erishamiz.
Ijodkorlik   qobiliyatlari   olimlarning   isbotlashiga   ko‘ra,   chegaraga   ega   emas,
insonda ularni  rivojlantirish xohishi  bor  ekan, ular  rivojlanaveradi. Xulosa oddiy:
ijodkorlik   faoliyati   o‘zimizga,   to‘g‘rirog‘i,   nasliy   qobiliyatlar   va   ish
qobiliyatlarimizga   bog‘liq.   Aynan   ish   qobiliyati   insonning   hayot   faoliyati
davomida     erishilgan   faoliyati   natijalarini   aniqlaydi.   Ma’lum   bo‘lishicha,   inson yuksak     ish   qobiliyati   va     zarur   genetik   qobiliyatlarsiz   erisha   olmaydigan
maqsadlar  yo‘q. Adabiyotlar:
1. Andrianov   P.N.   Maktab   o‘quvchilari   texnik   ijodkorligi.   Tuzuvchi:
P.N. Andrianov T., «O‘qituvchi» 1989y 128 bet.
2. Texnicheskoye   tvorchestvo   uchashixsya:   Ucheb.Posobiye   dlya
studentov pedinstitutov i uchahixsya peduchilish industr-ped. spets Y.S Stolyarov,
D.M.Komskiy. V.G.Getti i dr.
3. Vorobyev   A.I.   Limanskiy   S.A.   Texnicheskoye   konstruirovaniye   i
modelirovaniye.   Ucheb.   pos.   dlya   studentov   IPF   pedinstitutov   i   peduchilih   T,.
«O‘qituvchi» 1990g. 
4. Bespalko   V.P.   Pedagogika   i   progressivno‘ye   texnologii   obucheniya.
Ins.prof.obr. Ministerstvo Obr Rosii, M., 1995. 336s. 
5. Razumovskiy V.G. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish.  T.,
«O‘qituvchi» 1978y

Texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari. REJA 1. Fanning maqsad va vazifalari. Ijodkorlik faoliyatining asosiy tushunchalari 2. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati. 3.O‘quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari.

1. Fanning maqsad va vazifalari. Talabalarning texnik tafakkurini va mehnatga ijodiy munosabatini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida fan texnika taraqqiyotini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifa hisoblanadi. Bo‘lajak mutaxassislarda ijodiy faoliyat asoslariga oid bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish orqali hozirgi sanoat ishlab chiqarishiga xos texnik, texnologik-konstruktorlik va ishlab chiqarish faoliyatlarining asoslari egallanishiga erishiladi.  Bu fanning asosiy maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, maktabdan tashqari ta’lim muassalarida o‘quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilishning ilmiy-metodik asoslarini o‘rgatishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarning hal etilishi ko‘zda tutilgan:  o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida texnik ijodkorlik va dizayn asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo‘lish;  texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishish;  kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lish;  texnik masalalarni yechish metod va usullaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish;  texnik ijodkorlik obyektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish;  mustaqil ravishda texnik obyektlarni va ularning modellarini loyihalay olish;  texnik ijodkorlik bo‘yicha sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uchun moslama, dastur va boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish;  respublikada o‘quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatini hozirgi holati va uni takomillashtirish istiqboli to‘g‘risida tushunchalar;  o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodlarini bilish;  texnik ijodkorlik to‘garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik obyektlarni ilmiy asosda tanlay olish;

 to‘garaklarni o‘quv moddiy-texnika bazasini tashkil qila olish;  sinfdan va maktabdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlarida texnik ijodkorlikni metodik asoslarini bilish;  o‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga tegishli bo‘lgan tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishning ilmiy asoslarini bilish kerak. 2. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati . Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo‘llarini aniqlash va mazmunini muvofiq tanlash birgalikda, o‘quv jarayonida texnik ijodkorlikni bo‘lajak mutaxassislarning ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik vazifani o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu jarayon vatanimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni aks ettirishi va zamonaviy ilmiy talablarga to‘la javob berishi kerak. Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishi va dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi natijasida ilm olishni axborotlashtirishning amaliy yo‘naltirilgan yaxlit davlat siyosatiga asos solindi, uning ustivorliklari bo‘lgan dastlabki meyoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Bunga misol sifatida “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida“, “Axborotlashtirish to‘g‘risida“, “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida“, “Aloqa to‘g‘risida“gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlarni keltirish mumkin. Ushbu qonunlarga muvofiq yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar intellektual mulkdan unumli foydalanishdagi iqtisodiy samarani oshirish, yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, ular vositasida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga asoslangan intellektual mulk innovatsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi. Ijodkorlik tushunchasining mohiyati . Odatdagi tushunchaga ko‘ra ijod ozchilik kishilarning, buyuk san’at asarlarini, yangi mashinalarni, dastgohlar va hokazolarni yaratadigan iste’dodli odamlarning qismatidir. Lekin ijod buyuk

asarlar yaratishdan iboratgina emas, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni o‘ylab topishi, ozgina bo‘lsa-da, qandaydir yangilik yaratishi ham ijoddir. Ijod jarayoniga tasodif sifatida emas, balki muayyan qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi jarayon sifatida qarash lozim. O‘quvchining ijodkorligi, avval, uning har qanday faoliyat jarayonidagi: o‘ziga xos usul bilan masala yechish, insho yozish, tajriba ishlari, mehnat darslari va hokazolardagi mustaqil fikrlashida namoyon bo‘lishi lozim. O‘quvchining ijodi uning olgan bilimlarini hayotda ko‘rgan dalil va hodisalarga bog‘lay olishi, ularni to‘g‘ri baholab, dastlabki ma’lumotlarni tahlil va sintez qila bilishidir. Har qanday ijod borliqni rad etish emas, balki borliqqa to‘laroq kirib borishdir. O‘qitishdagi individual yondoshish ham ta’lim jarayonining muhim talabidir. O‘qitishdagi individual yondoshish faqat mashq ishlarida emas, balki o‘quv jarayonining hamma bosqichlarida: yangi materialni o‘tish, mustahkamlash va takrorlashlarda ham, uy vazifasini tuzish va darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ham amalga oshirilishi zarur. Bu esa o‘quvchilarning ijodkorlik mahoratlari va qobiliyatlari o‘sishida yana bir eshikni ochadi. Shaxs sifatlarining shakllanishida oila, atrof–muhit, jamiyat katta rol o‘ynaydi. Ota–onaning mehri, atrofdagilarning mehri, ularning olqishlari bolani mustaqil fikrlashga va mustaqil ish boshlashga ishonchini uyg‘otadi. Ma’naviy- ijodiy usullar shu tariqa o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda eng asosiy rol o‘ynaydi va ushbu usul 3 bosqichda amalga oshiriladi: a) o‘quvchilarda bilishga qiziqishni uyg‘ota bilish; b) o‘quvchilarning egallagan bilim va tajribasiga asoslangan holda masala qo‘yish hamda ularga tayanib, masalalarni tahlil qilish; v) o‘rganish kerak bo‘lgan muammo ustida mustaqil fikr yuritib, xulosa chiqarishga erishish. Yuqoridagi bosqichlarni amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy xazinasi uning o‘zida yashiringanligini tushunadilar. Buning uchun o‘qituvchi ulardagi qiziqishni, yashiringan iste’dodni anglay bilishi kerak. Ilm olish, aqlni peshlash, o‘z ustida ishlash, hikmatlarni bilish, kamtarlik, ma’rifatli bo‘lish kabi

fazilatlarga faqat mehnat qilish va bilim olish, o‘qib – o‘rganish, hayotni kuzatish orqali erishish mumkin. 3. O‘quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari. Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat bashariyatni olg‘a xarakatlantiruvchi asosiy omil bo‘lib kelgan. Shunday ekan, yosh avlodni ijodiy mehnatga o‘rgatish, uni o‘z zamonasining eng ilg‘or bilimlari bilan qurollantirish barcha davrlarda hamma xalqlar uchun eng dolzarb vazifa hisoblangan. Texnik ijodkorlikni tashkil qilishda, ikki o‘zaro bog‘liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi, talabalarning ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, bilimlarni egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirilishi bilan, ikkinchisi, o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy faoliyatda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish bilan belgilanadi. Texnik ijodkorlik talabalar egallayotgan bilimlarining mustahkamligi va mukammalligini ta’minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa, bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchilarining fan asoslarini o‘zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlik qilishda oshirishida, ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodkorlikka bo‘lgan ehtiyoj psixofiziologik jihatdan qaralganda, bir nechta bosqichlarda amalga oshadi. Bulardan birinchisi havas - ehtiyojning eng sodda shakli bo‘lib, inson tomonidan ongli boshqariladi. Ikkinchisi, nisbatan yuqoriroq rivojlanish bosqichi bo‘lgan xohish ham inson tomonidan ongli boshqarilib, u shaxsning ma’lum buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari majmuasini ifodalaydi. Uchinchisi, eng murakkab bosqich bo‘lgan qiziqish, xohish va u bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar asosida yuzaga keladi. Qiziqish hayotdagi tashqi ta’sirlar, shaxs faoliyati hamda ta’lim-tarbiya jarayoni ta’sirida shakllanib boradi. Bu holatlar psixologik omillar - diqqat, idrok, tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va iroda xislatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, shaxsning shakllanishida alohida muhim ahamiyat kasb etadi.