logo

TEXNIK IJODKORLIKDA DIZAYN ECHIMLARINING O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

56.1171875 KB
MAVZU:  TEXNIK IJODKORLIKDA DIZAYN ECHIMLARINING
O‘ZIGA XOS  H USUSIYATLARI
R Е J А :
1. Texnik   va   badiiy   modellashtirish   umumiy   jarayon
sifatida
2. Dizayn  tushunchasi. 
3. Badiiy modellashtirishning mazmuni  Bo‘lajak   texnologiya   ta’lim   o‘qituvchilari   pedagogik   va   muhandislik
bilimlariga ega bo‘lishlari kerakligi malaka talablari va davlat ta’lim standartlarida
belgilab qo‘yilgan. 
Bir   tomondan   tayanch   kompetensiyalarni   belgilash   bo‘yicha   nazariy
tushunchalarni   tahlil   etish,   taqqoslash   va   umumlashtirish   va,   ikkinchi   tomondan,
texnologik   ta’limning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   hisobga   olish   orqali
kompetensiyalarning   belgilangan   barqaror   guruhlarini   quyidagicha   birlashtirishga
erishildi. 
Ijtimoiy kompetensiya :
− ijtimoiy fuqarolik sohasidagi kompetensiya;
− ijtimoiy aloqalar sohasidagi kompetensiya;
− axborot sohasidagi kompetensiya;
− ijtimoiy individual sohadagi kompetensiya.
 Kasbiy mehnat kompetensiyasi:
− mehnat   bozori   va   texnologiya   ta’limi   sohasida   vaziyatni   tahlil   qilish   va
baholay   olish   ko‘nikmasi,   bozor   munosabatlari   sharoitida   faoliyat   ko‘rsata   olish,
huquqiy   me’yorlar   va   mehnat   munosabatlari   etikasini   bilish   kabilarni
ta’minlaydigan  umumkasbiy kompetensiya ;
− psixologik pedagogik kompetensiya ;
− texnologiya ta’limning bakalavriat  va magistratura bosqichlari darajasiga
mos keladigan  sohaga oid kompetensiya.

Tizimli   kompetensiya ,   mazkur   kompetensiyani   egallash   natijasida
insonning ham kasbiy jihatdan, ham shaxsiy va ijtimoiy hayotda mustaqil ravishda
bilim   olish   faoliyatiga,   refleksiyaga,   ijodkorlikka,   jismoniy   va   psixik   jihatlardan
o‘z o‘zini   boshqarishga,   rivojlantirishga   va   takomillashtirib   borishga   qodirligi   va
tayyorligi shakllantiriladi.
Tizim bu   –   ma’lum bir tashqi shart-sharoitda muammoli vaziyatlarni echish
maqsadiga   qaratilgan   funksiya   tuzilmasi.   Tizimli-tuzilmaviy   (amaliy,   asosli)
yondashuv   ob’ektning   tuzilish   xususiyatlarini   yaxlit,   tarkibiy   qismlarga   berilgan
vaqt oralig‘i bo‘yicha bo‘laklangan holatda qarab chiqishni ko‘zda tutadi. Ijodkorlikni   tadqiq   qilish   mustaqil   ta’lim   olish   va   ijodiy   individuallikni
rivojlantirish maqsadida ijodkorlik jarayonlarini tashkil qilish va boshqarishning
ijodiy   jarayonni   innovatsion   amaliyotda   modellashtirish   (aynan   yaratuvchanlik
faoliyatida   shaxsning   kreativ   potensiali   rivoj   topadi)   bilan   bog‘liq   maqbul
shakllarini   aniqlash   imkonini   berdi.   Bu   o‘rinda   yuzaga   keladigan   murakkablik
ijodiy   hamkorlik   faoliyatini   yaxshiroq   tashkil   qilish   hamda   boshqarish   bilan
belgilanadi,   zero,   bunda   ongli   ijodiy   individuallikning   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
anglanmaydigan jarayonlari ham shakllanadi
Har   qanday     masalani     hal   qilish   uchun   avvalambor   undan   ko’zlangan
maqsadni   aniq   shakllantirish   hamda   mavjud   imkoniyatlar   doirasida     uni     hal
qilishning eng samarali metodlarini topa bilish talab etiladi. Ijodkorlik masalalari
"Maqsad   -   maqsadga   erishish   uchun   mavjud   imkoniyatlar"   ko’rinishidagi
mantiqiy     ketma-ketlik   asosida   quyidagicha   h al   etilishi   mumkin.     Bu   o’rinda
masala,   muammo   va   uning   amaldagi   holati   tushunchalari   umumiy   holatda
qo’yilgan  maqsad  va  shartlar asosida belgilanadi. 
Ijodkorlik   masalasi     odatda   quyidagi   ko’rinishga   ega   bo’ladi:   "[A]   shartlar
berilgan,     [H]   maqsadga   erishish   talab   etiladi".   Masalani   shartli   ravishda   [A,H]
mantiqiy   ifoda   shaklida   yozib   olamiz.   Lekin   ma’lum   sharoitlarga     tadbiqan
ushbu     mantiqiy     ketma-ketlik   turli   ko’rinishlarda   bo’ladi,     buni   quyidagi
misollarda ko’rishimiz mumkin.
1-misol . Berilgan :     texnologik   jarayon,   ishni   bajarish   hajmi   va   muddatlari,
agrotexnik   talablar,     tuproq   va     ekin     maydoni   tavsifi,     mexanizmlarning
tuproqqa     beradigan   bosimi   chegaraviy   qiymati.     Ekin   maydoni   birligiga
sarflanadigan   ekspluatasion   sarf   x arajatlar   miqdorini   minimumga   keltirish
imkonini beruvchi kombinasiyalashgan ishlov berish agregati uchun yangi texnik
yechim talab etiladi.
Masalaning   amaldagi     holati -   berilgan   shartlar   bilan   tavsiflanadi,   ya’ni   bu
[A, - ] ko’rinishdagi to’liq bo’lmagan masala.  Muammo   -   bu   murakkab,   to’liq   bo’lmagan   masala,   unda   shartlar
aniqlanmagan, ya’ni   [ -, H ]. Muammoni   hal   qilish uchun tadqiqot olib borish
talab etiladi.
2   -   misol . Masalaning   qo’yilishi :   Ichki   yonuv   dvigateli   yonilg’i   sarfini   10
foizga   kamaytirish   imkonini     beruvchi     yangi     texnik   yechimni   topish   talab
etiladi.
Masalaning amaldagi holati  - tahlil qilinishi  va  olingan ma’lumotlar asosida
xulosa chiqarilishi lozim, ya’ni [-,H].
Muammo -   yonilg’ini   tejash   imkoniyatini   beruvchi   mavjud   texnikaviy
yechimlar   tahlil   qilinib,     sarfni   kamaytirish   uchun   olib   boriladigan   tadqiqot
yo’nalishi belgilanadi.
Oliy   ta’lim   muassasasida   ta’lim   olish   jarayoni   bo‘lajak   o‘qituvchi
individualligini,   ya’ni   ayni   sharoitda   ijtimoiy   ta’sir   ob’ekti   bo‘lgan   psixologik
xislat   va   sifatlarni     rivojlantirish   uchun   imkoniyat   beradi.   Bunga   birinchi
navbatda bo‘lajak o‘qituvchining maqsadni qo‘ya olish, bilim olish motivatsiyasi,
erishgan   yutuqlari   va   boshqa   motivatsiyalari,   bilish   qobiliyatlari,   o‘quv-
pedagogik   vazifalarni   hal   qila   olish   usul   va   yo‘llarini   egallaganlik   darajasini
qamrab   oluvchi   o‘quv   jarayoni   kiradi.   SHu   bilan   birga   atrofdagilar   ta’sirida
boshqa kasbiy va hayotiy jihatdan muhim jarayonlar (o‘zligini anglash, o‘z-o‘zini
baholash) ham rivoj topishi mumkin.
Bo‘lajak   kasb   ta’limi   o‘qituvchilari   kasbiy-pedagogik   ijodkorlik   faoliyatini
tashkil   qilishda   ikki   o‘zaro   bog‘liq   vazifani   e’tiborga   olish   lozim.   Ularning
birinchisi   –   talabalar ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashni rivojlantirish, bilim
egallashdagi intiluvchanlik, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish bilan; ikkinchisi   –
o‘zlashtirilgan   bilimlarni   ta’limda   va   amaliy   faoliyatda   mustaqil   qo‘llay   olishga
o‘rgatish bilan belgilanadi.
Ijodkorlik   talabalar   egallayotgan   bilimlarning   izchilligini   va
mukammalligini  ta’minlash,  ularda faol  va mustaqil  fikrlovchi  shaxs  xislatlarini
shakllantirish,   aqliy   qobiliyatlarini   rivojlantirishga   xizmat   qiluvchi   faoliyat   turi
hisoblanadi.   Bu   holat,   ayniqsa   bo‘lajak   mutaxassislarning   fan   asoslarini o‘zlashtirishi,   keyinchalik   bu   jarayonga   bevosita   rahbarlikni   amalga   oshirishda
ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishlab   chiqilgan   model   o‘quvchilar   kasbiy   ahamiyatli   shaxsiy   sifatlarini
shakllantirish   bilan   bog‘liq   maqsad   bo‘lajak   mutaxassis   shaxsi   tuzilmasining
motivatsion-maqsadli   darajasini,   umuminsoniy   va   kasbiy   ahamiyatli   maxsus
sifatlarini   shakllantirish,   individual-tipologik   xususiyat,   layoqat   va   xarakter
xislatlarini  rivojlantirish orqali amalga oshirishni nazarda tutadi
Ixtirochilarning shaxsiy psixologik xislatlari.   Ixtirochilarda quyidagi shaxsiy
xislatlar shakllangan bo’lishi lozim: 
-   ijtimoiy   xislatlar   turkumi   -   dunyoqarashi,   ma’naviy,   mehnat   va   estetik
fazilatlar; 
- tajriba xislatlar turkumi -  anglanganligi, ilmiyligi, mahorativahajmi; 
- aqliy xislatlar turkumi -  tasavvur bir butunligi, diqqati jamlanganligi, fikrlash
kengligi, mustaqil va tanqidiy fikrlashi, xotirasi mustahkamligi ;
- irsiy xislatlar turkumi - topqirlik, zehnlilik, ziyraklik, ixtirochilik, ishchanlik,
hozirjavoblik, mantiqiylik, sog’lom fikrlilik.
  Oliy   o’q uv   yurti   talabalarida   ixtirochilikni   shakllantirish.   Ixtirochilar
tarixiga   nazar   tashlar   ekanmiz   fan–texnika   taraqqiyoti   hozirgi   darajaga
erishguncha   turli   el–elatlarda   behisob   olimlar   zahmat   chekishganligi   va   butun
hayotlarini ilmga baxshida etganliklarining guvohi bo’lamiz.
Ma’lumki, hech bir tuzumda alohida ixtirochi degan kasb yoki mutaxassislik
mavjud   bo’lmagan,   aksincha   ixtirochilik   hyech   kimning   xizmat   vazifasiga
kirmasligi,  avvalo  u ichki   tug’yon,  chaqiriq (da’vat),  burch  ekanligining guvohi
bo’lamiz.
Ixtirochilar   tabiat   va   jamiyatda   sodir   bo’ladigan   tasodif,   nuqson   va
kamchiliklarni   tezda   ilg’ab   oladigan,   uni   bartaraf   etishga   o’zini   bag’ishlagan
sinchkov, tinib tinchimas, jonkuyar kishilardir.
Ixtirochi   bo’lishning   birinchi   sharti     atrof-muhitimizda   mavjud   nuqson   va
kamchiliklarga   sinchkovlik   bilan   nazar   tashlash   va   nega   shunday?   Nima   qilish kerak?   –   degan   savollarga   javob   izlashdir.     Hayotimizda,   atrof-muhitdagi
muammolarga loqayd kishilar hyech qachon ixtirochi bo’la olmaydi.
Quyidagi holatni bunga misol qilib keltirish mumkin. 
Respublikamizda   paxta   terish   mashinasiga   1936   yilda   asos   solingan   deb
hisoblansa,   hozirgacha   uning   shpindellarini   yuvish   jarayoni
takomillashtirilmaganligi   sababli   har   yili   necha   millionlab   ortiqcha   harajat
mehnat sarflanayotganini ko’rish mumkin. Taxminiy hisob kitoblarga qaraganda
shu ishni to’liq mexanizasiyalashtirib, kabinadan tushmasdan yuvadigan qilinsa,
mexanik   haydovchining     mashinani   bir   marta   yuvish   uchun   o’rindiqdan   olti
marta   tushib     chiqishi,   og’ir   qo’l   mehnati   va   ortiqcha   vaqt   sarflashiga   mutlaqo
chek qo’yiladigan birgina o’sha samarasiz ketgan  vaqtda sarflangan yonilg’ining
o’zidan bir mavsumda respublikamiz bo’yicha millionlab mablag’ tejaladi. 
Ixtirochi   bo’lishning     ikkinchi   sharti     mazkur   kuzatilgan   kamchiliklarning
sababini   aniqlash   va   bartaraf   qilish   bilan   bog’liq,   kishida   chuqur   bilim,   fikr
ustunligi, yuqori malaka va ko’plab boshqa sifatlarning bo’lishi zarurligidir.
Xo’sh,   bizda     respublikamiz   jamoasi   miqyosida   ana   shunday   sifatlar
yetarlimi?   Yo’q   albatta!   Nega   shunday?   Nega   shundayligining   bosh   sababi
maktabdan     tortib   oliy   ilm   maskanlarigacha   ixtirochilik   faoliyatini   o’rgatish
tizimining qoniqarsiz ahvolda ekanligidadir. O’quvchi va talabalarning aksariyat
qismi ixtiro haqidagi to’g’ri tushunchaga ega emaslar, ixtironi rasmiylashtirish va
uni   qanday   manzilga   jo’natish   to’g’risidagi   savolga   bo’lsa   oliy   ma’lumotli
mutaxassislarning   ham   ko’pchiligi   javob   bera   olmaydi.   Shuningdek     talaba   va
o’quvchilar   ixtironing   davlatimiz   ravnaqi   va   fan–texnika   riaojida   tutgan   o’rni
haqida yetarli tushunchaga ega emaslar. 
Davrning   xolisona   tahlili   ham   rivojlangan   xorijiy   mamlakatlarning   o’z
mavqyeiga   faqatgina   ilm–fan   nufuzi,   ixtiro   va   kashfiyotlar   ahamiyatini
yuksaltirish   yo’li   bilan   erishganligini   ko’rsatadi.   Buni   hozirgi   dunyoda   eng
nufuzli Nobel mukofotining 186 tadan ko’prog’i AQShga, 87 tasi Angliyaga, 67
tasi   Olmoniyaga,     43   tasi   Fransiyaga   to’g’ri   kelayotganligi   bilan   izohlash mumkin. Insoniyat tarixida eng ko’p 1098 ta ixtiro   qilgan Edison ham Amerika
fuqarosi.
Mazkur   mamlakatlarda     ixtirochilik   bilimlari   ma’lum   dasturda   va   hajmda
asosiy   fanlar   qatori   maktablardan   boshlab   o’qitiladi.   Hozirgi   bizning
yoshlarimizning  va umuman fuqarolarimizning ixtirochilik sirlaridan bexabarligi
sababini   ham   bunday   tizimning   bizda   yo’lga   qo’yilmaganligi   bilan   izohlanadi.
Mustaqil   davlatimiz   ta’lim   tizimida   tub   o’zgarishlar,   islohotlar   amalga
oshirilayotgan     hozirgi   davrda     o’quv   yurtlarida     ixtirochilik   bilimlarini
shakllantirish   maqsadida   maxsus   dasturlar   ishlab   chiqilib,   shu   asosda
mashg’ulotlarning   tashkil   etilishi,   bu   ishga   malakali   o’qituvchilarni   yetkazib
berish maqsadida oliy o’quv yurtlarida sohani chuqurroq o’rganadigan bo’limlar
ochish   maqsadga   muvofiq   bo’ladi.   Bu   boradagi   vazifalarni   muvaffaqiyatli
amalga   oshirilishi   respublikamizning   zamonaviy   texnologiyalarga   bo’lgan
ehtiyojini qondirish   bilan birga, uni xorijiy davlatlarga sotish imkoniyatini ham
yaratgan bo’lar edi.
Ixtirochi   bo’lishning   uchinchi   sharti     tegishli     axborotlarning   yetarli
bo’lishidir.   Tarixda   allaqachon   amalga   oshirilgan   ixtirolardan   bexabar   bo’lgan
insonlarning   zahmat   chekib,   yana   o’sha   narsani   ixtiro   qilganliklarini   ko’plab
uchratish   mumkin.   Masalan,     mashhur   Amerika   yozuvchisi     Edgar   Po   «Havo
sharidan fantastik maktublar» fantastik asarida okeandan telegraf simini o’tkazish
g’oyasini 2848 yilga keyinga suradi, ammo   shu asar yozilishidan yetti yil oldin
Yevropada   dastlabki   suv   osti   kabeli   bor   edi.   Ming   yillik   kelajakni   qurishga
uringan Edgar Po  aksincha  yetti yil orqada qolib  ketdi.
Biron   sohada   ixtiro   qilishdan   oldin   ixtirochi   takrorlash   bo’lmasligi   uchun,
avvalo   olg’a   surayotgan   g’oyasiga   taaluqli   jahondagi   barcha   ishlarni   tahlil   qilib
chiqishi   lozim   bo’ladi.   Chunki,   g’oya   ixtiro   sifatida   e’tirof   etilishi   uchun   uning
jahon miqyosidagi yangi yechimga ega bo’lishi talab etiladi.
Ixtirochilik   ijodkorligini   rivojlantirishning   shartlari   asosida     bo’lajak
mutaxassislarning   kasbiy   tayyorgarlik   darajasini   yanada   oshirishga   erishish
uchun biz quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni taklif etamiz: 1.   Umumiy   o’rta   maktablarida   texnologik   ta’lim   mazmunida,   o’rta   maxsus   va
oliy   ta’limda   patentshunoslik   va   ixtirochilikka   oid   maxsus     o’quv   dasturlari
asosida ixtirochilikka oid bilim va ko’nikmalarni yanada rivojlantirishga erishish.
2.   Viloyatlarda   ixtirochilik   uylari   va   ularning   qoshida   patent   fondlari   tashkil
qilinishi lozim.
3.   Respublikamizda   ixtirochilik   g’oyalarini   targ’ib   qilish   va   ommalashtirishga
xizmat   qiluvchi   maxsus   gazeta   va     jurnallar   ishini   yo’lga   qo’yish,   chop
etilayotgan  nashrlar mazmunida sohaga oid bilimlar berib borish.
4.   Ma’lum   sanani   «Ixtirochilar   kuni»   sifatida   belgilash.   Ushbu   sanada
ixtirochilik,  soha  olimlari   hamda novator  ishchilar  bilan  uchrashuvlar  o’tkazish,
boshqa   ommaviy   tadbirlar   tashkillashtirish,   yangi   g’oya   va   texnik   yechimlar
mualliflarini rag’batlantirishni tashkil etish kerak.
Ta’kidlanganidek,   barcha   rivojlangan   davlatlar   o’z   taraqqiyoti   pog’onalariga
erishish uchun avvalo yangi texnologiyalar, ilg’or g’oyalarni ishlab chiqarishga,
amaliyotga   tadbiq   etish   maqsadida   ta’lim   sohasiga   o’z   e’tiborlarini   qaratganlar.
Biz   ham   o’z   davlatimizning   buyuk   kelajagini   yaratishda   ushbu   davlatlar
tajribasidan ijodiy foydalanishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Jumladan,   respublikamizda   yangi   axborot   texnologiyalarini   joriy   etilishi,
INTERNET   tarmog’ining   rivojlanib   borishi   yoshlarimizning   butun   jahon
miqyosida to’plangan axborotlar jamg’armasidan  keng foydalanishi uchun qulay
imkoniyatlar   yaratmoqda.   Yuqori   saviyadagi   texnik-texnologik   bilimlarni
egallagan, barcha zaruriy axborot    tezkor    topish va qayta ishlash  imkoniga ega
bo’lgan yosh mutaxassilarimiz orasida olamshumul ixtirolarni amalga oshiruvchi
ko’plab  olimlar yetishib chiqishi uchun yetarli asoslar mavjud. 
Texnik   va   badiiy   modellashtirish   umumiy   jarayon   sifatida.   Sanoat   -
texnik maxsulotlarning badiiy jixatdan maqsadga  muvofiqligi, ularga estetik tus
berish-olimlar,   injenerlar   ishlab   chiqarish   xodimlarining   muhim   vazifasidir.
Qulay   va   chiroyli   buyumlar   yaratishga   qaratilgan   badiiy   konstruksiyalash
(dizain)ning   diqqat   markazida   xamisha   odam,   uning   ijtimoiy   va   individual
ehtiyojlari, iste’mol va ma’naviy talablari turadi. Har bir predmet (buyum) sanoat asaridan farqli o’laroq qandaydir hayotiy muhim vazifaga (funksiyalariga) egadir.
Lekin deyarli har bir ishida o’zini go’zal buyumlar bilan o’rab olish ehtiyoji bor.
Shuning   uchun   ham   buyumning   qimmati   ikki   asosni   -foyda   va   go’zallikni
qamrab oladi. Har bir buyumda texnik va estetik asos mavjud bo’lib, u hamisha
muhim bo’lmaydi va tarixan almashib turadi. 
O‘quvchining   rivojlanishida   harakatli-o‘zgaruvchi   sifatli   bilimlar   tizimi
muhim   rol   o‘ynaydi.   Bu   bilimning   muhim   tomonlaridan   biri   shundan   iboratki,
unda   voqelikni   sub’ektivlik   mezoni   asosida   bo‘limlarga   bo‘lib   qaraladi.   Bu
jarayon,   o‘z   navbatida,   qaralayotgan   modellarning   orasida   muqobillarini
qidirishga,   bir   modelni   boshqa   model   bilan   taqqoslash   va   taqqoslanadigan
komponentlarning   nafaqat   o‘ziga,   balki   dizayniga   ham   ahamiyat   berishga,
harakat qilishga o‘rgatadi. Ma’lumki, taqqoslash bir jinsli predmetlar ustida olib
borilib,   ularga   taqqoslanuvchi   komponentlarning   sifatlari,   xossalari   haqida
umumiy   xulosalar   chiqaruvchi,   yakuniy   natijaga   olib   keluvchi   faktlar   majmuasi
yaratiladi.
O‘quvchilarda   kasbiy   ahamiyatli   sifatlari   hamda   kreativlik   qobiliyatlarini
shakllantirishga   qaratilgan   dizayn   loyihalar,   individual   ta’lim   texnologiyalarini
hamda   imkoniyati   cheklangan   o‘quvchilar   uchun   maxsus   pedagogik
texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish kerak bo‘ladi.
Texnik   ijodkorlik   kompetentligini   amalga   oshirish   uchun,   psixologik-
pedagogik shart-sharoitlar yaratilishi lozim.  Texnik ijodkorlik faoliyati pedagogik
shart-sharoitlar   yaratishni   tasniflash   negizida   shaxs   faoliyatining   tarkibiy
komponentlari:   bilish,   ijodiy,   kommunikativ,   badiiy   faoliyatlar   yotishi   mumkin.
SHunga ko‘ra, besh  xil  psixologik holatni ajratish mumkin:
1.   Pedagogik   faoliyatning   o‘ziga   xos   uslubini   va   texnik   ijodkorlikni
rivojlantirish   jarayonini   loyihalashning   mohiyatini,   tamoyillarini   va   jarayonlarini
bilish.
2.   Texnik   ijodkorlikda   faoliyatga   hissiy   va   qadriyatli   munosabat,   o‘quv
jarayonini  samarali tashkil etish  zarurligiga ishonch hosil qilish. 3.   O‘quv   jarayoni da   texnik   ijodkorlikni   rivojlantirishga   qaratilgan   kreativ
darajada amalga oshirish qobiliyati.
4. Jamoaviy faoliyat jarayonida boshqa odamlar bilan   o‘zaro kommunikativ
kompetensiyaga yo‘naltirilgan  aloqalarni  yo‘ lga qo‘yish.
5.   Texnik   ijodkorlikni   rivojlantirishga   yo‘naltirilgan   ta ’lim   jarayoni
loyihasini mantiqiy va uyg‘unlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj va qobiliyat.
Dizayn     tushunchasi .     Dizayn   -     ingliz     tilidan     olingan     bo‘lib   chiroyli,
shinam,     yaxshi     chiroyli     loyiha     degan     ma’noni     anglatadi.     Dizayner   esa   -
kuchli     rassom   -     konstruktor     odam.     Buyum     bilan     har     qanday     tanishish
ma’lum   darajada   unga   baho   berish   bilan   bog‘liq.   Baho   berish   funksional,
estetik,  ijtimoiy  nufuzli  bo‘lishi  mumkin.  Buyumlar  olamini  loyihalash bilan
shug‘ullanadigan     kishi     o‘zining     pirovard     maqsadiga   -     chiroyli     buyum
yaratishga  harakat  qilar   ekan,  birinchi   navbatda  mazkur   buyumning   estetik
qiymati nimadan iborat ekanligini bilish lozim. 
Badiiy   modellashtirishning   mazmuni .   Buyumning   tashqi   formasi
geometrik   shakllar   parallelepiped,   prizma,   silindr,   konussimon.     Nisbatlar-   bu
tushuncha kontrasli va farqli nisbatlar bir-biri bilan mustahkam  bog‘liq (hajmini,
chiziqli   miqdorlarini,   fakturalarni, ranglarni).   Hajmi   fazoviy   tuzilish (frontal,
fazoviy).     Ma’lumki     har   qanday     buyum     uch     o‘lchovga     ega     bo‘lib,     bu
o‘lchovlar   nisbatini   biz   hamisha   his qilib turamiz.   SHu   sababli   buyumning
hajmiga     doir     xarakteristika     uning   asosiy   o‘lchovlariga   bog‘liq   bo‘ladi.
Material-ob’ekt   qanday     materialdan     tayyorlanganligi     ham     juda     katta
ahamiyatga   ega.   Garmonik   forma   va   kompozitsiya   tushunchasi.   Garmonik
forma   go‘zallik     qonunlari     asosida     yaratiladi.     U     uzviy     va     yaxlit     qismlari
proporsional     va     ritmik     bo‘lib,     u     odamga     va     atrofdagi     bo‘limlarga     mos
plastik   bo‘ladi,    rangi    ko‘zni    quvontiradi.    Dizaynda   kompozitsiya     deganda
ba’zan  tugallangan  ob’ektni  xarakterlovchi  sifat  bahosi  tushuniladi.
Dizayn  nazariyasi  hozirgi  kunda    texnik  estetika    deb  nomlanib,  u  o‘z
ichiga   ijtimoiy,   iqtisodiy,   ergonomik     masalalarni     oladi.     YAratilayotgan   har
qanday ob’ekt  ma’lum  vazifani (funksiyani)  bajarishga  qaratilgan.  Ob’ektning shakli,   o‘lchami   uning   funksiyasiga     mazmuni   va   tashqi   qiyofasiga   mos   kelishi
kerak.   Agar     buyumning     eni     va     balandligi     chuqurligidan     nihoyatda     katta
bo‘lsa, bunday  tuzilishi  frontal,  agar  buyumning  chuqurligi  yuqorida  aytilgan
tartibda bo‘lsa, u holda bunday tuzilishni fazoviy tuzilish deyiladi. 
Tarixga nazar  (Germaniya misolida)
Germaniya   dizayn   sohasida   eng   ilg’or   mamlakatlar   sirasiga   kiradi.   Bu
mamlakat   dizaynida   funksionalizm   milliy   meros   sifatida   tilga   olinadi.   Texnika,
ishlab   chiqarishda   dizaynni   tatbiq   etishga   alohida   e’tibor,   xavfsizlik,   ishlab
chiqarishning texnologiyalashuvi, sanoat tejamkorligi, qo’llashning qulayligi ana
shular   jumlasidan.   Nemis   dizayni   tarixini   saqlanib   qolgan   plakat   uslublaridan
ham   yaqqol   sezish   mumkin.   Plakatstil   –   Germaniyadagi   dastlabki   modernism
namunasidan tortib to birinchi buyumlar aks  etgan Sachplakat, muallif dizayner
Lyusyen   Bernxard   (Lucian   Bernhard)   tomonidan   yaratilgan   quvnoq   reklama
qiyofalari   va   ideallashtirilgan   iste’molchilar   obrazi   Lyudvig   Xolvayn   (Ludwig
Hohlwein)   tomonidan   chizilgan   suratlarda   o’z   aksini   topgan.   “Plakat”   (Das
Plakat) jurnali va Yevropa mamlakatlariga plakat uslubini keng yoygan. Texnika
buyumlariga   bo’lgan   alohida   munosabatni   XIX-XX   asrlarda   yashab   ijod   qilgan
G.Zemper,   F.Relo,   G.Mutezius   asarlarida   ham   uchratish   mumkin.   Odamlar
ongida yangi texnikaviy buyum nafis ko’rinishi bilan o’z funksiyasi va ashyosini
namoyon qiladi, degan tushuncha paydo bo’lgan edi. “Bauxauz”  uslubini meros
qilib olgan nemis dizayni shakl yaratish borasida modernizmning minimalizmga
yo’naltirilgan   an’anasiga   amal   qilar   edi.   Ulmansdagi   shakl   yaratish   oliy
maktabini “qayta tiklangan “Bauxauz” deb nomlashgan.
Ulmans maktabida to’rtta fakultet mavjud edi:
- sanoat-loyihalash;
- qurilish;
- vizual aloqalar (bosmaxona, grafika, fotografiya, ko’rgazmalar,
upakovkalar, film va televideniye);
- so’z aloqalari ( bu yerda radio, kino, televideniye – matbuot uchun so’z
axboroti bo’yicha mutaxassisliklar). O’qish muddati to’rt yil qilib belgilangan. O’quv dasturlari loyihalash uchun
muhim   bo’lgan  fan  va   texnikaning   yangi   yutuqlari   asosida   tuzilgan   edi.  Barcha
fakultetlarda   kombinatorlik   tahlili,   statistika,   tizimli   dasturlash,   fiziologiya   va
psixologiya   hamda   tarixiy   va   sotsiologiya   fanlaridan   bilimlar   berilgan”.Har
tomonlama   chuqur   ta’lim,   nazariy   fikr   yuritish   qobiliyatini   rivojlantirish,   ilmiy
metodlarni   bilish   Ulmans   maktabida   loyihalashning   asosiy   shartlari   sifatida
belgilangan   edi.   Talaba   o’z   fikrini   nafaqat   tasvirlarda,   balki   chizmalarda,
suratlarda, modellarda hamda og’zaki va yozma tarzda aks ettira olishi lozim edi.
Germaniyani   avtomobilsozlik   vatani   deb   ataydilar.   Hammasi   ikki   muhandis–
Karl Bens va Gottleb Daymler o’rtasidagi raqobatdan boshlangan edi. 1886 yilda
har   ikkala   ixtirochi   ham   benzin   bilan   ishlaydigan   ichki   yonuv   dvigatelini   bir-
biridan   mustaqil   tarzda   yaratdi   va   patent   oldi.   Daymlerning   birinchi   avtomobili
benzinda ishlaydigan 1,5 l.s quvvatga ega bo’lgandvigatelli kareta-aravani eslatar
edi.   U   to’rtta   g’ildirakni   rement   yordamida   aylantirib,   soatiga   16   kilometr
tezlikda   yurardi.   Ammo   bu   mashina   faqat   ishlab   chiqarishga   tatbiq   etilmagan
namuna   sifatida   tarixda   qoldi.   1889   yili   Gottleb   Daymler   o’z   yordamchisi
Vilgelm   Maybax   bilan   hamkorlikda   yangi   avtomobilni   yaratishga   muvaffaq
bo’ldi va Parij ko’rgazmasida namoyish qildi.
Bugungi   kunda   mamlakat   avtomobil   sanoati   dunyoda   eng   yuqori   o’rinda
turadi.   Die   Welt   e’lon   qilgan   ro’yxatga   ko’ra,   Germaniya   Federativ
Respublikasidagi   500   ta   katta   daromad   olgan   firmalar   ichida   5   ta   ulkan
konserndan   uchtasi   avtomobilsozlik   korxonalaridir.   Yetti   yildan   buyon   birinchi
o’rinni Volkswagen, uchinchi o’rinni Daimler, BMW esa bir yil ichida 6 o’rindan
4 o’ringa  ko’tarildi.  BMW  esa  5  yil  ichida  yetti  pog’onaga  ko’tarildi, u  hozir   5
o’rinda   kelayotgan   Siemens,   korxonasidan   ko’proq   daromad   qilmoqda.   Ammo
uning   ishchi   xizmatchilari   bu   elektrotexnika   gigantining   dunyodagi   336   ming
ishchisidan   uch   marotaba   kamdir.   Undan   tashqari   mamlakatdagi   eng   kattaish
beruvchilardan   biri   Deutsche   Post   DHL   pochta-logistik   konserni(mazkur
ro’yxatda   11-o’rinda,   ishchi   xizmatchilar   soni   480   ming   nafar)sanaladi.
Volkswagen   ham   ana   shunday   ulkan   kompaniyadir.   Yevropadagi   eng   ulkan avtomobilsozlik konsernining yillik daromadi 200 milliard yevroni tashkil etadi,
ishchilar soni esa 573 ming nafar atrofida. Ulardan 260,5 ming nafari mamlakat
ichkarisida   va   312,5   minggi   xorijiy   mamlakatlarda   ishlaydi.   Volkswagen
kompaniyasi   guruhiga   kiruvchi   Audi,   MAN   va   Porsche   umumiy   reytingda   15-,
45-   va   55-o’rinlarni   egallagan.   Oltmishinchi   yillarning   oxirlariga   kelib,
davlatning   sezilarli   e’tibori   natijasida   dizaynerlik   faoliyati   tizimi   umum   millat
miqyosida   tashkiliy   jihatdan   o’zgarishlarga   yuz   tutdi.   Mavjud   “Shakl   yaratish
markazlari”   bilan   birgalikda   1969   yili   IKSID   xalqaro   axborot   markazi   tashkil
etilib,   uning   maqsadi   zamonaviy   dizaynning   dolzarb   muammolari   bo’yicha
xalqaro   axborotlarni   jamlash   va   qayta   ishlashdan   iborat   edi.   Undan   tashqari
dizaynni   zarur   axborotlar   bilan   ta’minlovchi   bir   qator   davlat   institutlari   tashkil
etildi.   Ular   orasida   bozor   va   reklama   instituti,   uy   xo’jaligi   instituti,   mahsulot
sifati instituti, rang psixologiyasi instituti va boshqalar bor.
1970   yili   Frankfurt-na-Mayne   va   Darmshtadt   shaharlarida   muhitini
loyihalash bo’yicha ilmiy institutlar tashkil etildi. Ularning vazifasi atrof muhitni
muhofaza   qilish   sohasini   tadqiq   etish   va   rejalashtirish   hamda   uning   yangi
modellarini   ishlab   chiqishdan   iborat   edi.   Endilikda   nemis   dizaynini
moliyalashtirish borasida boshqa davlatlarga qaraganda kam e’tibor berilmoqda.
Eng   ko’p   tarqalgan   dizayn   faoliyati   sanoat   korxonalarida   tashkil   etiladigan
dizayn   xizmatlaridir.   Gannover   xalqaro   dizayn   forumi   –   Germaniyadagi   eng
keksa dizaynerlik institutlaridan va xalqaro ahamiyatga molik eng nufuzli dizayn
markazlaridan   biri   hisoblanadi.   Uning   xalqaro   maydondagi   nufuzi   1954   yildan
buyon har yili tashkil etilib kelinayotgan dizayn bo’yicha ko’rik tanlov tufaylidir.
Ko’plab   sanoat   firmalari   va   dunyodagi   bir   qator   mamlakatlarning   dizaynerlari
uchun ushbu tashkilot ta’sis etgan sovrin eng nufuzli mukofot sanaladi.
Dizayn ta’limi yo’nalishlari
Germaniyada   dizayn   yo’nalishi   bo’yicha   o’qish   dastlab   olti   smestrni
o’zichiga oladi. Talabalarga bir qator fanlardan o’quv mashg’uloti olib boriladi,
ulardan   ba’zisi   o’qish   muddati   tugaganga   qadar   talabalarga   fan   dasturi   sifatida
yo’ldosh   bo’ladi.   Misol   uchun,   dizayn   fikrlash   kursi   ana   shunday   o’quv mashg’uloti   sanaladi.   Bunda   talabalar   dizayner   sifatida   fikrlashga   o’rganadi.
Dizayn   fikrlashning   asosiy   prinsiplaridan   biri   empatiya,   ya’ni   dunyoga   boshqa
odamlar   nigohi   bilan   nazar   tashlash,   ularning   ehtiyojlarini   his   etish,   istak   va
vazifalarini   idrok   etishni   bilish   sanaladi.   Metodologik   nuqtai   nazardan   dizayn-
fikrlash   yondashuvlari   noaniqlik   sharoitidagi   muammolarni   yechish   evristik
usullar   bilan   amalga   oshiriladi.   Bunda   qo’yiladigan   vazifalar   ijodiy   masalalar
bo’lmay, favqulodda yuzaga chiqadi.
Talabalar dizayn-fikrlash kursiga diplom olgunga qadar qatnashadi. Boshqa
aspekt   –   bu   mahsulotlar,   jarayonlar   va   xizmat   ko’rsatishni   modellashtirish.
An’anaga ko’ra, kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotiga iste’molchilarning
munosabatini   fokus-guruh   yordamida   aniqlaydi.   Ammo   modellashtirish
yaratilishi loyihalangan mahsulotni iste’molchi ko’magida sinab ko’radi, so’ngra
olingan ma’lumotga qarab, zudlik bilan unga o’zgartirish kiritadi.
Korporatsiyalar uchun dizayn konsepsiyasini ishlab chiqish ham eng muhim
ishlardan   biri   sanaladi.   Amaliy   mashg’ulot   mebel,   interyer   buyumlari   va
aksessuarlar   uslublarini   yaratishdan   iborat   bo’ladi.   Hozirgi   bozor   yangilik   va
o’zgarishlarni   ko’p   talab   qilishi   tufayli,   kompyuter   texnologiyalaridan
foydalanish   zarurati   yuzaga   keladi.   Shu   bois   talabalar   zudlik   bilan
ixtisoslashtirilgan   dasturlarni   o’zlashtirishga   kirishadi   hamda   malakali
mutaxassis bo’lib yetishishga intiladi.
Talabalar   amaliy   dizayn   ko’nikmasi,   tajribasiga   ega   bo’lishi   kerak.   Bu
degani   o’qituvchilarning   asosiy   diqqat   e’tibori   loyihalash   bilan   bog’liq
mashg’ulotlarga qaratiladi, talabalarni nafaqat rasm chizish, balki parma, tokorlik
dastgohi, gaz yordamida payvandlash uskunalari, kompyuterlarni boshqarish kabi
ishlarga   ham   o’rgatiladi.   Undan   tashqari   erkin   ravishda   tajriba   va   eksperiment
o’tkazishlari uchun ma’lum miqdorda ajratilgan ashyolar bilan sharoitlar yaratib
beriladi.   Ularning   diqqat   e’tibori   ishlab   chiqarish   va   yangi   buyumlar   yaratishga
safarbar   qilinadi.   Germaniyada   dizaynerlarning   kasbiy   tayyorgarligi   uchun
ko’pincha   butunbir   o’quv   semestri   ajratiladi,   talabalar   korxona   va   firmalarga
tajriba   oshirish   uchun   yuboriladi.   Natijada   bunday   mutaxassis-bakalavrlarga mehnat   bozorida   talab   katta   bo’ladi.   Dizaynerlarni   kasbiy   tayyorlashning
vazifasi,   maqsadi,   mohiyati,   nazariyava   metodlari   Bauxauz   pedagogik   tizimi
asosiga   quriladi.   Eng   avval   sanoat   mahsuloti   ishlab   chiqarishda   turli   ashyolar
bilan   ishlash   va   ularni   o’rganish,   yangi   texnologiyalarni   qo’llash,   o’quv
jarayonlaridagi   faol   ijodkorlik,   yangi   konstruktorlik   yechimlarini   izlash,
narsalarning   funksiyasidan   kelib   chiqqan   holda   shakl   yaratish   ana   shular
jumlasidandir. Аdаbiyotlаr.
1.   N.Muslimov,   Sh.Sharipov,   M.Qodirov.   “Texnik   ijodkorlik   va   dizayn”.-T.:
2010y
2.   L.E.Bobomurodova.   « Texnik   ijodkorlik   va   dizayn
»   fanidan   amaliy
mashg‘ulotlarni bajarish. – Samarqand.: 2019 y
3.   L.E.Bobomurodova.   « Texnik   ijodkorlik   va   dizayn
»   fanidan   laboratoriya
mashg‘ulotlarini bajarish. – Samarqand.: 2019 y

MAVZU: TEXNIK IJODKORLIKDA DIZAYN ECHIMLARINING O‘ZIGA XOS H USUSIYATLARI R Е J А : 1. Texnik va badiiy modellashtirish umumiy jarayon sifatida 2. Dizayn tushunchasi. 3. Badiiy modellashtirishning mazmuni

Bo‘lajak texnologiya ta’lim o‘qituvchilari pedagogik va muhandislik bilimlariga ega bo‘lishlari kerakligi malaka talablari va davlat ta’lim standartlarida belgilab qo‘yilgan. Bir tomondan tayanch kompetensiyalarni belgilash bo‘yicha nazariy tushunchalarni tahlil etish, taqqoslash va umumlashtirish va, ikkinchi tomondan, texnologik ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish orqali kompetensiyalarning belgilangan barqaror guruhlarini quyidagicha birlashtirishga erishildi.  Ijtimoiy kompetensiya : − ijtimoiy fuqarolik sohasidagi kompetensiya; − ijtimoiy aloqalar sohasidagi kompetensiya; − axborot sohasidagi kompetensiya; − ijtimoiy individual sohadagi kompetensiya.  Kasbiy mehnat kompetensiyasi: − mehnat bozori va texnologiya ta’limi sohasida vaziyatni tahlil qilish va baholay olish ko‘nikmasi, bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko‘rsata olish, huquqiy me’yorlar va mehnat munosabatlari etikasini bilish kabilarni ta’minlaydigan umumkasbiy kompetensiya ; − psixologik pedagogik kompetensiya ; − texnologiya ta’limning bakalavriat va magistratura bosqichlari darajasiga mos keladigan sohaga oid kompetensiya.  Tizimli kompetensiya , mazkur kompetensiyani egallash natijasida insonning ham kasbiy jihatdan, ham shaxsiy va ijtimoiy hayotda mustaqil ravishda bilim olish faoliyatiga, refleksiyaga, ijodkorlikka, jismoniy va psixik jihatlardan o‘z o‘zini boshqarishga, rivojlantirishga va takomillashtirib borishga qodirligi va tayyorligi shakllantiriladi. Tizim bu – ma’lum bir tashqi shart-sharoitda muammoli vaziyatlarni echish maqsadiga qaratilgan funksiya tuzilmasi. Tizimli-tuzilmaviy (amaliy, asosli) yondashuv ob’ektning tuzilish xususiyatlarini yaxlit, tarkibiy qismlarga berilgan vaqt oralig‘i bo‘yicha bo‘laklangan holatda qarab chiqishni ko‘zda tutadi.

Ijodkorlikni tadqiq qilish mustaqil ta’lim olish va ijodiy individuallikni rivojlantirish maqsadida ijodkorlik jarayonlarini tashkil qilish va boshqarishning ijodiy jarayonni innovatsion amaliyotda modellashtirish (aynan yaratuvchanlik faoliyatida shaxsning kreativ potensiali rivoj topadi) bilan bog‘liq maqbul shakllarini aniqlash imkonini berdi. Bu o‘rinda yuzaga keladigan murakkablik ijodiy hamkorlik faoliyatini yaxshiroq tashkil qilish hamda boshqarish bilan belgilanadi, zero, bunda ongli ijodiy individuallikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri anglanmaydigan jarayonlari ham shakllanadi Har qanday masalani hal qilish uchun avvalambor undan ko’zlangan maqsadni aniq shakllantirish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida uni hal qilishning eng samarali metodlarini topa bilish talab etiladi. Ijodkorlik masalalari "Maqsad - maqsadga erishish uchun mavjud imkoniyatlar" ko’rinishidagi mantiqiy ketma-ketlik asosida quyidagicha h al etilishi mumkin. Bu o’rinda masala, muammo va uning amaldagi holati tushunchalari umumiy holatda qo’yilgan maqsad va shartlar asosida belgilanadi. Ijodkorlik masalasi odatda quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: "[A] shartlar berilgan, [H] maqsadga erishish talab etiladi". Masalani shartli ravishda [A,H] mantiqiy ifoda shaklida yozib olamiz. Lekin ma’lum sharoitlarga tadbiqan ushbu mantiqiy ketma-ketlik turli ko’rinishlarda bo’ladi, buni quyidagi misollarda ko’rishimiz mumkin. 1-misol . Berilgan : texnologik jarayon, ishni bajarish hajmi va muddatlari, agrotexnik talablar, tuproq va ekin maydoni tavsifi, mexanizmlarning tuproqqa beradigan bosimi chegaraviy qiymati. Ekin maydoni birligiga sarflanadigan ekspluatasion sarf x arajatlar miqdorini minimumga keltirish imkonini beruvchi kombinasiyalashgan ishlov berish agregati uchun yangi texnik yechim talab etiladi. Masalaning amaldagi holati - berilgan shartlar bilan tavsiflanadi, ya’ni bu [A, - ] ko’rinishdagi to’liq bo’lmagan masala.

Muammo - bu murakkab, to’liq bo’lmagan masala, unda shartlar aniqlanmagan, ya’ni [ -, H ]. Muammoni hal qilish uchun tadqiqot olib borish talab etiladi. 2 - misol . Masalaning qo’yilishi : Ichki yonuv dvigateli yonilg’i sarfini 10 foizga kamaytirish imkonini beruvchi yangi texnik yechimni topish talab etiladi. Masalaning amaldagi holati - tahlil qilinishi va olingan ma’lumotlar asosida xulosa chiqarilishi lozim, ya’ni [-,H]. Muammo - yonilg’ini tejash imkoniyatini beruvchi mavjud texnikaviy yechimlar tahlil qilinib, sarfni kamaytirish uchun olib boriladigan tadqiqot yo’nalishi belgilanadi. Oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish jarayoni bo‘lajak o‘qituvchi individualligini, ya’ni ayni sharoitda ijtimoiy ta’sir ob’ekti bo‘lgan psixologik xislat va sifatlarni rivojlantirish uchun imkoniyat beradi. Bunga birinchi navbatda bo‘lajak o‘qituvchining maqsadni qo‘ya olish, bilim olish motivatsiyasi, erishgan yutuqlari va boshqa motivatsiyalari, bilish qobiliyatlari, o‘quv- pedagogik vazifalarni hal qila olish usul va yo‘llarini egallaganlik darajasini qamrab oluvchi o‘quv jarayoni kiradi. SHu bilan birga atrofdagilar ta’sirida boshqa kasbiy va hayotiy jihatdan muhim jarayonlar (o‘zligini anglash, o‘z-o‘zini baholash) ham rivoj topishi mumkin. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilari kasbiy-pedagogik ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishda ikki o‘zaro bog‘liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi – talabalar ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashni rivojlantirish, bilim egallashdagi intiluvchanlik, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish bilan; ikkinchisi – o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy faoliyatda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish bilan belgilanadi. Ijodkorlik talabalar egallayotgan bilimlarning izchilligini va mukammalligini ta’minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa bo‘lajak mutaxassislarning fan asoslarini

o‘zlashtirishi, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlikni amalga oshirishda ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqilgan model o‘quvchilar kasbiy ahamiyatli shaxsiy sifatlarini shakllantirish bilan bog‘liq maqsad bo‘lajak mutaxassis shaxsi tuzilmasining motivatsion-maqsadli darajasini, umuminsoniy va kasbiy ahamiyatli maxsus sifatlarini shakllantirish, individual-tipologik xususiyat, layoqat va xarakter xislatlarini rivojlantirish orqali amalga oshirishni nazarda tutadi Ixtirochilarning shaxsiy psixologik xislatlari. Ixtirochilarda quyidagi shaxsiy xislatlar shakllangan bo’lishi lozim: - ijtimoiy xislatlar turkumi - dunyoqarashi, ma’naviy, mehnat va estetik fazilatlar; - tajriba xislatlar turkumi - anglanganligi, ilmiyligi, mahorativahajmi; - aqliy xislatlar turkumi - tasavvur bir butunligi, diqqati jamlanganligi, fikrlash kengligi, mustaqil va tanqidiy fikrlashi, xotirasi mustahkamligi ; - irsiy xislatlar turkumi - topqirlik, zehnlilik, ziyraklik, ixtirochilik, ishchanlik, hozirjavoblik, mantiqiylik, sog’lom fikrlilik. Oliy o’q uv yurti talabalarida ixtirochilikni shakllantirish. Ixtirochilar tarixiga nazar tashlar ekanmiz fan–texnika taraqqiyoti hozirgi darajaga erishguncha turli el–elatlarda behisob olimlar zahmat chekishganligi va butun hayotlarini ilmga baxshida etganliklarining guvohi bo’lamiz. Ma’lumki, hech bir tuzumda alohida ixtirochi degan kasb yoki mutaxassislik mavjud bo’lmagan, aksincha ixtirochilik hyech kimning xizmat vazifasiga kirmasligi, avvalo u ichki tug’yon, chaqiriq (da’vat), burch ekanligining guvohi bo’lamiz. Ixtirochilar tabiat va jamiyatda sodir bo’ladigan tasodif, nuqson va kamchiliklarni tezda ilg’ab oladigan, uni bartaraf etishga o’zini bag’ishlagan sinchkov, tinib tinchimas, jonkuyar kishilardir. Ixtirochi bo’lishning birinchi sharti atrof-muhitimizda mavjud nuqson va kamchiliklarga sinchkovlik bilan nazar tashlash va nega shunday? Nima qilish