logo

O‘XSHATISHLAR VA ULARNING TARJIMASIDAGI O‘ZIGA XOS

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

33.2509765625 KB
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim
vazirligi 
Samarqand Davlat Chet tillar Instituti
          Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari
                                fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu :  O‘XSHATISHLAR   VA   ULARNING
TARJIMASIDAGI   O‘ZIGA   XOS  
JIHATLAR
Samarqand  2021 O‘XSHATISHLAR   VA   ULARNING TARJIMASIDAGI   O‘ZIGA   XOS  
JIHATLAR
O‘xshatishlar   tashqi   dunyoni   bilishning   eng   qadimiy   usullaridan
hisoblanadi.O‘xshatishlar   muayyan   xalqning   ilk   tafakkur   tarzini   va   tasavvurlarini
tamsil   etadi.   Ularda   ma’lum   davrda   yashagan   ajdodlarimizning   kechinmalari,
tasavvurlari   muhrlangan   bo‘ladi.   Turkiy   xalqlar   tafakkurini   ifodalashda
o‘xshatishlarning   o‘ziga   xos   o‘rni   haqida   Mahmud   Koshg‘ariyning   “Devonu
lug‘otit   turk”   asarida   alohida   ta’kidlangan:   “Biron   xotin   tuqqanda   doyadan:   tulki
tug‘dimi   yoki   bo‘rimi   deb   so‘raladi.   Ya’ni   qizmi   yoki   o‘g‘ilmi   demakdir.   Qizlar
aldoqchi   hamda   yalinchoq   bo‘lganliklari   uchun   tulkiga,   o‘g‘il   bolalar   ulardagi
botirlikka asosan bo‘riga o‘xshatiladi”
1. Bu o‘rinda   tulkidek qiz bo‘ridek yigit   o‘xshatish qurilmasining faqat   tulki
va   bo‘ri   etaloni   qo‘llangan   bo‘lib,   uni   o‘xshatishning   qisqargan   shakli   metafora
deyish   mumkin.   O‘rta   Osiyo   xalqlarining   qoraxoniylar   davridagi   hayotini   har
tomonlama   yoritib   bergan   Yusuf   Xos   Hojibning   “Qutadg‘u   bilig”   asarida
hoqonlarga   xos   fazilatlarni   namoyon   etadigan   quyidagi   o‘xshatishlar   qayd
qilingan:“Hoqon...   jangda   arslonning   yuragiga   ega   bo‘lishi   lozim...   yovvoyi
to‘ng‘izdek   qaysar;   bo‘ridek   kuchli;   ayiqdek   jasur   bo‘lishi   kerak;   ho‘kizdek...,
hakkadek...,   qarg‘adek...,   tulkidek...,   tuyadek...,   arslondek...   va   boyqushdek...
bo‘lishi lozim” 
2   Insonning   dunyoni   bilishida   o‘xshatish-qiyoslash   benihoya   katta   o‘rin
tutadi.   Ikki   yoki   undan   ortiq   predmet   yoki   tushunchani   o‘xshash   yoki   farqli
jihatlarini aniqlash maqsadida qiyoslash, taqqoslash tashqi dunyoni bilishning eng
keng tarqalgan mantiqiy usullaridan biri sifatida inson faoliyatining deyarli barcha
sohalarida kuzatiladi. Bu behad muhim mantiqiy kategoriya, tabiiyki, tilde ham o‘z
aksini topadi.
  3   Prof.   N.Mahmudov   o‘zbek   tilidagi   o‘xshatishlarni   to‘rt   unsurga   ajratib,
ularni   o‘xshatish   subyekti,   o‘xshatish   etaloni,   o‘xshatish   asosi   va   o‘xshatishning
shakily   ko‘rsatkichi   deb   nomlaydi.   “...o‘xshatishlar   o‘ziga   xos   obrazli   tafakkur
tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Shuning uchun ham ular nutqda hamisha
badiiy-estetik   qimmatga   molik   bo‘ladi,   nutqning   emotsional-ekspressivligi,
ifodaliligi, ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat  qiladi. O‘xshatishlarning ikki turi,
ya’ni: 1) individual-muallif o‘xshatishlari yoki erkin o‘xshatishlar va 2) umumxalq
yoki   turg‘un(doimiy)   o‘xshatishlar   farqlanadi”1   Erkin   o‘xshatishlar   muallifning
o‘ziga   xos   original   o‘xshatishlari   bo‘lib,   u   yozuvchining   mahoratini   belgilaydi.
Masalan, Oybek she’riyati o‘ziga xos original o‘xshatishlarga boyligi bilan ajralib
turadi:  Men   ipak   qurti        kabi       
Xayolimga   o‘raldim.  
Tuyg‘ularim   girdobi  
Orasida   yo‘qoldim.  
       “Parchada murakkab hissiy holatning go‘zal va real tasviri berilgan bo‘lib, bu
hissiy holatning asosiy va ajoyib mazmuni birinchi ikki misrada o‘zining juda ham
nozik   ifodasini   topgan,   keying   ikki   misra   esa   ana   shu   ifodani   yana   ham
aniqlashtirgan. “Ipak qurti kabi” tarzidagi o‘xshatish etaloni ayni o‘rinda nihoyatda
original   va   ayni   holat   uchun   juda   ham   mos.   Ma’lumki,   ipak   qurti   ipak   chiqarib
o‘zini o‘zi o‘raydi va pilla hosil bo‘ladi, o‘zi esa uning ichida qolib ketadi, pilla –
oppoq, u. Ana shu oqlik ichra pinhon bo‘ladi. Shoir esa o‘z xayoliga o‘raladi, uni
oq,   pilladay   oppoq   xayollar,   olovli   tuyg‘ular   girdobi   o‘zining   besarhad   bag‘riga
oladi,   shu   oppoq   bag‘rida   shoir   pinhon   bo‘ladi.   Teran   va   tarang   mutanosiblik,
o‘xshashi yo‘q,  haqiqiy Oybekona o‘xshatish. Bu o‘xshatishning poetic salohiyati
shundaki,   shoir   u   orqali   faqatgina   u   yoki   bu   darajada   tasavvur   qilish   mumkin
bo‘lgan   hissiy   holatni   qo‘l   bilan   ushlab   ko‘rish   mumkin   bo‘lgan   darajada
“moddiylashtirib” yorqin surat drajasida lo‘ndalashtirib ko‘rsatgan”
  2   O‘xshatish   qurilmalaridan   farqli   o‘laroq,   o‘xshatishga   asoslangan
matnlarda   “o‘xshatish   asosi,   ya’ni   ikki   obyektni   o‘zaro   o‘xshatish   uchun   asos
bo‘lgan referent so‘z orqali emas, balki jumlalar orqali voqe bo‘ladi. Masalan:   Ilk
muhabbat   bahor   osmonidagi   bulutga   o‘xshaydi.   Oppoq.   Pokiza.   Shaffof…Na
qo‘lingiz   bilan   tutasiz.   Na   ortidan   yugurib   yetasiz..   Shamol   uni   qayoqqa   olib
ketishini ham bilmaysiz... Birinchi muhabbatning ko‘pincha natijasiz tugash  balki
shundadir..  (O‘.Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar) 
3 Xalq og‘zaki  ijodida o‘xshatishlar  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. “...baxshi
yoki   ertakchi   ham   asarga   o‘z   individual   o‘xshatish,   qiyoslashlarini   kiritishi
mumkin.   Ammo   bu   ham   an’anaga,   epic   ijod   qonuniyatiga   mos   kelmasa,   asar
sujetiga singishmaydi, uning “yotligini” xalq darrov anglab oladi. O‘zida xalqning
an’ana,   udum,   marosim,   fikr   tarzini   ifoda   etgan   detalgina   xalqona   obrazning
ma’nosini   ochishi,   kengaytirishi   mumkin”   Turg‘un   o‘xshatishlar ning   mohiyati
shundan   iboratki,   ularda   o‘xshatish   etalonida   ifodalangan   obraz     barqarorlashgan
bo‘ladi,   bunday   o‘xshatishlar,   garchi   muayyan   shaxs     yoki   ijodkor   tomonidan
qo‘llangan   bo‘lsa-da,   vaqt   o‘tishi   bilan   til   jamoasida   urfga   kirib,   doimiy   ifodalar
sifatida   turg‘unlashgan,   umumxalq   tili   leksikonidan   joy   olib   ulgurgan   bo‘ladi.
Bunday o‘xshatishlar xuddi tilda tayyor birliklar kabi nutqqa olib kiriladi 
1   Tildagi   o‘xshatishlarni   tadqiq   etgan   tilshunoslarning   aksariyati   turg‘un
o‘xshatishlarning   idiomalarga   yaqin   turishini   yoki   idioma     maqomida   bo‘lishini,
ular   ko‘p   asrlar   mobaynida   kishilar   nutqida   qo‘llanish   natijasi   sifatida
turg‘unlashib,   so‘zlovchilar   ongida   muayyan   modellar   shaklida   mustahkamlanib qolishini,   o‘xshatish   etalonining,   ya’ni   o‘xshatish   asosidagi   obrazning   muayyan
belgi-predmet bilan muntazam va qat’iy bog‘liq   bo‘lishini ta’kidlaydi 
2.   Lingvokulturologiyani   ko‘proq   turg‘un   o‘xshatishlar   qiziqtiradi.   Negaki,
“turg‘un   o‘xshatishlar   milliy   ong   jumbog‘ini   yechishga   imkon   beradigan   yorqin
obrazli   vositalardan   biri   hisoblanadi”,   “dunyoni     o‘ziga   xos   milliy   tarzda   ko‘rish
o‘xshatish semantikasida aks etadi” .

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand Davlat Chet tillar Instituti Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu : O‘XSHATISHLAR VA ULARNING TARJIMASIDAGI O‘ZIGA XOS JIHATLAR Samarqand 2021

O‘XSHATISHLAR VA ULARNING TARJIMASIDAGI O‘ZIGA XOS JIHATLAR O‘xshatishlar tashqi dunyoni bilishning eng qadimiy usullaridan hisoblanadi.O‘xshatishlar muayyan xalqning ilk tafakkur tarzini va tasavvurlarini tamsil etadi. Ularda ma’lum davrda yashagan ajdodlarimizning kechinmalari, tasavvurlari muhrlangan bo‘ladi. Turkiy xalqlar tafakkurini ifodalashda o‘xshatishlarning o‘ziga xos o‘rni haqida Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida alohida ta’kidlangan: “Biron xotin tuqqanda doyadan: tulki tug‘dimi yoki bo‘rimi deb so‘raladi. Ya’ni qizmi yoki o‘g‘ilmi demakdir. Qizlar aldoqchi hamda yalinchoq bo‘lganliklari uchun tulkiga, o‘g‘il bolalar ulardagi botirlikka asosan bo‘riga o‘xshatiladi” 1. Bu o‘rinda tulkidek qiz bo‘ridek yigit o‘xshatish qurilmasining faqat tulki va bo‘ri etaloni qo‘llangan bo‘lib, uni o‘xshatishning qisqargan shakli metafora deyish mumkin. O‘rta Osiyo xalqlarining qoraxoniylar davridagi hayotini har tomonlama yoritib bergan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida hoqonlarga xos fazilatlarni namoyon etadigan quyidagi o‘xshatishlar qayd qilingan:“Hoqon... jangda arslonning yuragiga ega bo‘lishi lozim... yovvoyi to‘ng‘izdek qaysar; bo‘ridek kuchli; ayiqdek jasur bo‘lishi kerak; ho‘kizdek..., hakkadek..., qarg‘adek..., tulkidek..., tuyadek..., arslondek... va boyqushdek... bo‘lishi lozim” 2 Insonning dunyoni bilishida o‘xshatish-qiyoslash benihoya katta o‘rin tutadi. Ikki yoki undan ortiq predmet yoki tushunchani o‘xshash yoki farqli jihatlarini aniqlash maqsadida qiyoslash, taqqoslash tashqi dunyoni bilishning eng keng tarqalgan mantiqiy usullaridan biri sifatida inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida kuzatiladi. Bu behad muhim mantiqiy kategoriya, tabiiyki, tilde ham o‘z aksini topadi. 3 Prof. N.Mahmudov o‘zbek tilidagi o‘xshatishlarni to‘rt unsurga ajratib, ularni o‘xshatish subyekti, o‘xshatish etaloni, o‘xshatish asosi va o‘xshatishning shakily ko‘rsatkichi deb nomlaydi. “...o‘xshatishlar o‘ziga xos obrazli tafakkur tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Shuning uchun ham ular nutqda hamisha badiiy-estetik qimmatga molik bo‘ladi, nutqning emotsional-ekspressivligi, ifodaliligi, ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘xshatishlarning ikki turi, ya’ni: 1) individual-muallif o‘xshatishlari yoki erkin o‘xshatishlar va 2) umumxalq yoki turg‘un(doimiy) o‘xshatishlar farqlanadi”1 Erkin o‘xshatishlar muallifning o‘ziga xos original o‘xshatishlari bo‘lib, u yozuvchining mahoratini belgilaydi. Masalan, Oybek she’riyati o‘ziga xos original o‘xshatishlarga boyligi bilan ajralib turadi:

Men ipak qurti kabi Xayolimga o‘raldim. Tuyg‘ularim girdobi Orasida yo‘qoldim. “Parchada murakkab hissiy holatning go‘zal va real tasviri berilgan bo‘lib, bu hissiy holatning asosiy va ajoyib mazmuni birinchi ikki misrada o‘zining juda ham nozik ifodasini topgan, keying ikki misra esa ana shu ifodani yana ham aniqlashtirgan. “Ipak qurti kabi” tarzidagi o‘xshatish etaloni ayni o‘rinda nihoyatda original va ayni holat uchun juda ham mos. Ma’lumki, ipak qurti ipak chiqarib o‘zini o‘zi o‘raydi va pilla hosil bo‘ladi, o‘zi esa uning ichida qolib ketadi, pilla – oppoq, u. Ana shu oqlik ichra pinhon bo‘ladi. Shoir esa o‘z xayoliga o‘raladi, uni oq, pilladay oppoq xayollar, olovli tuyg‘ular girdobi o‘zining besarhad bag‘riga oladi, shu oppoq bag‘rida shoir pinhon bo‘ladi. Teran va tarang mutanosiblik, o‘xshashi yo‘q, haqiqiy Oybekona o‘xshatish. Bu o‘xshatishning poetic salohiyati shundaki, shoir u orqali faqatgina u yoki bu darajada tasavvur qilish mumkin bo‘lgan hissiy holatni qo‘l bilan ushlab ko‘rish mumkin bo‘lgan darajada “moddiylashtirib” yorqin surat drajasida lo‘ndalashtirib ko‘rsatgan” 2 O‘xshatish qurilmalaridan farqli o‘laroq, o‘xshatishga asoslangan matnlarda “o‘xshatish asosi, ya’ni ikki obyektni o‘zaro o‘xshatish uchun asos bo‘lgan referent so‘z orqali emas, balki jumlalar orqali voqe bo‘ladi. Masalan: Ilk muhabbat bahor osmonidagi bulutga o‘xshaydi. Oppoq. Pokiza. Shaffof…Na qo‘lingiz bilan tutasiz. Na ortidan yugurib yetasiz.. Shamol uni qayoqqa olib ketishini ham bilmaysiz... Birinchi muhabbatning ko‘pincha natijasiz tugash balki shundadir.. (O‘.Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar) 3 Xalq og‘zaki ijodida o‘xshatishlar muhim ahamiyat kasb etadi. “...baxshi yoki ertakchi ham asarga o‘z individual o‘xshatish, qiyoslashlarini kiritishi mumkin. Ammo bu ham an’anaga, epic ijod qonuniyatiga mos kelmasa, asar sujetiga singishmaydi, uning “yotligini” xalq darrov anglab oladi. O‘zida xalqning an’ana, udum, marosim, fikr tarzini ifoda etgan detalgina xalqona obrazning ma’nosini ochishi, kengaytirishi mumkin” Turg‘un o‘xshatishlar ning mohiyati shundan iboratki, ularda o‘xshatish etalonida ifodalangan obraz barqarorlashgan bo‘ladi, bunday o‘xshatishlar, garchi muayyan shaxs yoki ijodkor tomonidan qo‘llangan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan til jamoasida urfga kirib, doimiy ifodalar sifatida turg‘unlashgan, umumxalq tili leksikonidan joy olib ulgurgan bo‘ladi. Bunday o‘xshatishlar xuddi tilda tayyor birliklar kabi nutqqa olib kiriladi 1 Tildagi o‘xshatishlarni tadqiq etgan tilshunoslarning aksariyati turg‘un o‘xshatishlarning idiomalarga yaqin turishini yoki idioma maqomida bo‘lishini, ular ko‘p asrlar mobaynida kishilar nutqida qo‘llanish natijasi sifatida turg‘unlashib, so‘zlovchilar ongida muayyan modellar shaklida mustahkamlanib

qolishini, o‘xshatish etalonining, ya’ni o‘xshatish asosidagi obrazning muayyan belgi-predmet bilan muntazam va qat’iy bog‘liq bo‘lishini ta’kidlaydi 2. Lingvokulturologiyani ko‘proq turg‘un o‘xshatishlar qiziqtiradi. Negaki, “turg‘un o‘xshatishlar milliy ong jumbog‘ini yechishga imkon beradigan yorqin obrazli vositalardan biri hisoblanadi”, “dunyoni o‘ziga xos milliy tarzda ko‘rish o‘xshatish semantikasida aks etadi” .