logo

Texnik ijodkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

38.2861328125 KB
Texnik ijodkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari.
Reja: 
1. Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning axamiyati. 
2.Texnik ijodkorlik  faoliyatining bosqichlari.
3.O‘quvchilarning ijodiy jixatdan tayyorgarlik darajalari.
  4.O‘quvchilarning ijodkorlik g‘oyalarini baholashda ekologik xavfsizlik 
mezonlari. 1.Ilmiy   ijodkorlik   jarayonida   mantiqiy   va   intuitiv   tafakkurning
ahamiyati . Ijodkorlik jarayonida mantiq va intuitsiyaning har xil  ahamiyatga ega
bo‘lishini   fr.olimi   A.   Puankare   ko‘rsatib   o‘tgan   edi.   Xususan   u   «fanning   o‘zida
intuitsiya agar bir qancha ustunliklarga ega bo‘lganligini xisobga olinmasa, analiz
isbotning   yakkayu   yagona   qonuniy   quroli   bo‘lishga   intilib   borayotgan   bir   davrda
ham u ixtiro qilishda asosiy qurol bo‘lib qolaveradi» - deb yozadi. 
Ijodkorlik  siklining  ma’lum  zvenolar  xaqida   boshqa  olimlar   ham   bir  necha
bor o‘z fikrlarini aytdilar. Xususan bu xaqida mashhur fizik M.Born qo‘yidagilarni
yozadi:   «...   men   fandagi   analitik   holda   oldindan   aytilgan   fikrlarni   kundalik
ishlarimizdan   keskin   farq   qilishini   ko‘rmayapman   ayrim   kriteriyalar   bo‘yicha
ko‘rsatilgan  obraz to‘liq xisoblanib unga xarakterli  bo‘lgan barcha  xususiyatlarga
egaligini   biz   kundalik   xayotimizda   xisobga   olib   boramiz.   Biroq   sintetik   jixatdan
aytish   qisman   ma’lum   balgan   xodisaning   real   obrazi   o‘zining  xaqiqiyligidan   farq
qiladi   degan   gipotetik   taxminga   asoslanadi.   Agar   u   tajribada   tasdiqlansa   uning
asosida qonuniy xisoblangan gipoteza yotgan bo‘lsada oldindan aytish yangi bilm
beradi.   Lekin   uning   muaffaqiyati   intuitsiyaga   juda   bog‘liqdir...».   M.Born   o‘z
fikrini   ikki   tipdagi   ixtiroga   oid   tarixiy   misollar   bilan:   Ulardan   biri   mavjud
nazariyani   mantiqiy     analiz   qilish   bilan   amalga   oshirildi   boshqasi   esa   shu   kunga
qadar   aloqasiz   bo‘lgan   tajribalarning   o‘zaro   bog‘liqligi   mavjud   ekanligi   xaqidagi
muammolarni yangi nazariya yaratish bilan tushuntiradi. 
Birinchisiga,   Adams   va   unga   aloqasiz   holda   Leveryelarning   boshqa
planetalar xarakatida yuz bergan bir  oz o‘zgarishlar  asosida aytilgan nazariyasiga
muofiq,   Galeley   tomonidan   Neptun   planetasining   ochilishi   kiradi.   M.Bornning
aytishicha   bu   yerda   nazariya   rivojlanmadi:   «Bu   matematika   san’ati   va   toqatning
ulkan   siljish   shuningdek   natijalarga   bo‘lgan   ishonch   edi.   Biroq   ularni   e’tirof
etmaganda   ham   bu   hol   nazariyaning   dunyo   qarashini   kengaytirgani   yo‘q;   bu
ma’lum   bo‘lgan   Nyuton   mexanikasining   qo‘llanilishini   analitik   jixatdan   oldindan
aytish edi» 
Ikki   tip   ixtiyoriga   A.   Eynshteyn   tomonidan   aytilgan   quyosh   yaqinida
yorug‘likning   chetlanishi   kiradi.   Bu   inert   va   gravitatsion   massaning proporsionalligi   xaqidagi   muxim   faktni   sezish   va   M.Bornning   ta’bricha   «Tajriba
natijalarining   uzun   zanjirdagi   gigant   sintez»   deb   atalgan   yangi   nazariyaning
yaratilishini talab qiladi. 
Dalil   va   raqamlardan   kelib   chiqib   ilmiy   farazlar   qurushga   yoki   topishga
o‘tishda   shuningdek   nazariy   xulosalardan   amaliy   sinov   ishlariga   o‘tishga   ilmiy
intuitsiya   xal   qiluvchi   ahamiyatga   ega   bo‘ladi.   Intuitsiya   uning   mantiq   bilan
bog‘liqligi   ixtirochilik   g‘oyalarining   kelib   chiqishida   tugan   o‘rnini   belgilashdagi
muammolar   murakkab   bo‘lib   uning   xozirgacha   to‘la   xal   qilinmagan   deyish
mumkin.   «+isqacha   psixologik   lug‘at»   da   intuitsiya-«Paydo   bo‘lishi   yo‘llari   va
shartlari anglanmagan holda xosil bo‘luvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi shunga
ko‘ra   subyekt   unga   bevosita   yuzaga»   kelgan   natija   sifatida   ega   bo‘ladi»   deb
ta’riflanadi.   Ushbu   va   boshka   adabiyetlarda   keltirilgan   tariflar   intuitsiya   tabiatini
uning   xosil   buluvchi   asosini   uzida   aks   ettirmaydi   va   shu   sababli   uni   to‘liq   deb
bo‘lmaydi.   B   izning   fikrimizchga   ko‘ra   intuitsiya-bu   subyekt   tomonidan   o‘ziga
fikran qo‘yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi
javoblar bo‘lib, u to‘plangan tajriba va bilimlar asosida amalga oshadi.
2.Texnik   ijodkorlik   faoliyatning   bosqichlari .   Texnik   ijodkorligida   yangi
yechimlarni   ishlab   chiqishdan,   to   rasmiylashtirishgacha   bo‘lgan   davrni   amalga
oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatga bog‘liq
holda   fikrlash   jarayoni   turli   davrlarda   amalga   oshadi.   Bu   o‘rinda   eng   katta
qiyinchiliklar   aniq,   haqiqatdan   mavjud   buyum   va   ko‘rsatgichlardan   abstrakt,
yaratilajak   mavhum   modellarga   o‘tish   va   nazariy   tajriba   sinov   ishlarini   bajarish
bilan   bog‘liq   bo‘ladi.   Talabalardagi   umumpedagogik   bilim   va   ko‘gnikmalarni
reproduktiv,     reproduktiv-   ijodiy,   ijodiy-reproduktiv   va   ijodiy   darajalarga   bo‘lib
ko‘rsatadi.   Shu   asosda   texnik   ijodkorligi   g‘oyalarini   amalga   oshirishning   fikrlash
faoliyati   produktiv   va  reproduktiv  xususiyatlari   almashuviga   bog‘liq  bo‘lgan   4  ta
davrini   ajratib   oldik   (1-shakl).   Birinchi   davrda   Fikrlash   qobiliyati   produktiv
xususiyatiga   ega   bo‘ladi,   bunda   mavjud   muammoni   anglash,   idrok   qilish,
yechimini topishga extiyoj sezish jarayoni boradi. Izlanuvchining bilim va tajribasi
qanchalik   ko‘p   bo‘lsa,   bu   jarayon   shu   qadar   kam   vaqt   davom   etib,   reproduktiv xarakterga   ega   bo‘lgan   ikkinchi   davr   -   muammo   yechimini   topishga   o‘tiladi.   Bu
davrning   davomiyligi   ham   izlanuvchi   bazaviy   bilimi,   tajribasi,   dunyoqarashi
kengligi,   qidiralayotgan   yechimning   izlanuvchi   mutaxasisligiga   bog‘liq   bo‘lib
unda   qarayolayotgan   muammoning   yechimi   bo‘lib,   xizmat   qila   oladigan   xolatlar
taxlil qilinadi. Uchinchi  produktiv davrda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammo va
tanlangan yechim o‘zaro bolanadi va texnik yechim konsepsiyasi taklif qilinadi. U
ixtironi   amalga   oshirishning   eng   ma’suyatli   davri   bo‘lib,   uning   muvafaqiyatli
amalga   oshirilishi   taklif   yetilayotgan   g‘oyaning  ijtimoiy  bahosini   shakllantirishga
hal   qiluvchi   tasir   ko‘rsatadi.   YA’ni,   yechim   ijobiy   natija   bersa   uning   amaliyotga
tatbiq qilinishiga asos yaratiladi, yoki aksincha, yechim kutilgan natijani bermasa u
inkor qilinadi. To‘rtinchi, reproduktiv davrda taklif etilayotgan yechimni  asoslash
uchun   xisoblash   va   tajriba-sinov   ishlari   bajarilib,   texnik   yechimni   ishlab
chiqishning   uchinchi   davrida   amalga   oshirilayotgan   ishlarning   natijasi   nazariy   va
amaliy isbotlab beriladi. 
              
1-shakl. Texnik yechim g‘oyasini amalga oshirish davrlari.
Har bir bosqichning natijaligi o‘quvchilarda texnik fikrlash, mehnat ko‘nikma
va malakalari rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. 
3.O‘quvchilarning ijodiy jixatdan tayorgarlik darajalari.
O‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga tayorgarlik besh darajasini ko‘rsatuvchi meyoriy
ilmiy jixatlar asoslangan.  Ular qo‘yidagilardan iborat: 1. O‘quvchilarning   buyumni   uning   shaklini   takomillashtirish   yoki
detallarni ratsional joylashtirish maqsadida chizmaga, sxemaga qisman
o‘zgartirish kiritib, berilgan xujjatlar bo‘yicha tayyorlay olishi.
2. O‘quvchining   instruksiyalanishi   oxiriga   yetkazib   va   berilgan   texnik
xujjatga yoki alohida sxemaga o‘ziga o‘zgartirishlar kiritib buyumlarni
yasay olishi.
3. O‘quvchining   buyumni,   uni   konstruksiyasini   dastlabki   original
takomillashtirib   va   texnologik   sxemaga   mustaqil   holda   o‘zgartirishlar
kiritib tayyorlay olishi.
4. O‘quvchining   original   konstruktorlik   g‘oyasini   mustaqil   holda
texnologik jixatdan ishlab chiqishi va uni tayyorlashni udalay olishi.
5. O‘quvchi   buyumning   original   konstruktorlik   yoki   ratsionalizatorlik
g‘oyasini   mustaqil   holda   asoslab   va   ta’riflab   bera   oladi,   xujjatlarni
ishlab chiqish va buyum yasashni bajara oladi.
O‘quvchilar   texnik   ijodkorlikning   asosiy   tushunchalari   va   mohiyati;   texnik
ijodkorlikning   o‘ziga   xos   xususiyatlari;   texnik   ijodkorlikning   tashkiliy   asoslari;
kashfiyot,   ixtirochilik,   ratsionalizatorlik   takliflari     to‘g‘risida   tasavvurga   ega
bo‘lishlari kerak: 
  Ilmiy-texnik   va   patent   axboroti.   Ijod   metodlari,   texnik   masalalarni   yechish;
texnik ijodkorlik metodlarini rivojlantirish. “Amal va xato” metodi; “aqliy hujum”
metodi.   Sinektika   va   morfologik   tahlil.   Nazariy   savollar   metodi.   Ixtirochilik
masalalarini yechish algoritmini bilish, malaka hosil qilish va amalda qo‘llay olish
kerak;
Texnik  masala  yechimlarini   topishning  boshqa   metodlari;  buyumning  badiiy
loyiha   konstruksiyasini   yaratish.   Texnik   obyektlarni   loyihalash   va   tayyorlash;
oddiy   texnik   obyektlarni   konstruksiyalash   va   modellashtirish;   avto   modeli,   kema
modeli,   avia   model   va   qishloq   xo‘jaligi   mashina   va   uskunalarini   modellashtirish,
qo‘llanilishiga   ko‘ra   o‘quv   va   ishlab   chiqarish   texnik   obyektlarini
konstruksiyalash,   o‘quvchilarning   texnik   ijodkorligini   boshqarish;   texnik ijodkorlik   boyicha   sinf   va   maktabdan   tashqari   olib   boriladigan   ishlarni   tashkil
etish;   o‘quvchilarning   boshlang‘ich   ijodiy   uyushmalaridagi   ishlar   mazmuni   va
metodlari to‘g‘risida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. 
O‘quvchilarning   ijodkorlik   g‘oyalarini   baholashda
ekologik   xavfsizlik   mezonlari.   Insoniyat   taraqqiyotining   barcha   davrlari
mobaynida   dolzarb   bo‘lib   kelgan   muammolardan   biri   bu   ekologiya,   ya’ni   atrof-
muhitni   muhofaza   qilish   muammosidir.   Har   qanday   muammolarni,   jumladan
ekologik   muammolarni   hal   qilishning   eng   samarali   yechimiga   ijodkorlik
g‘oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali erishish mumkin.
Ma’lumki,   ijodkorlik   deyilganda   insonning   borliqni   bilish   va   o‘zgartirishga
qaratilgan   ongli,   maqsadga   yo‘naltirilgan   faoliyati   tushunilib,   uning   natijasida
yangi,   o‘ziga   xos,   ilgari   mavjud   bo‘lmagan   moddiy   va   ma’naviy   ne’matlar
yaratiladi.   Ushbu   ta’rifda   keltirilgan   faoliyat   turiga   mos   keluvchi   yangi
g‘oyalarining   samaradorligini   baholashda   quyidagi   to‘rtta   asosiy   tamoyilga   amal
qilinadi:   g‘oyaning   ijtimoiy   ahamiyati;   ekologik   xavfsizligi;   texnik–iqtisodiy
samaradorligi; kafolatlangan ishonchliligi.
Keltirilgan tamoyillar har biri o‘z o‘rnida muhim ahamiyat  kasb etadi. Biroq
ijodkorlik   g‘oyasining   ekologik   xavfsizligi   tamoyiliga   muvofiq   kelmasligi   uning
jamiyat   amaliyotiga   tatbiq   qilinishida   inkor   etilishiga   olib   keladi,   bu   holat   uning
alohida dolzarblik kasb etishini  ta’kidlaydi. Shu sababli  mazkur tamoyil  quyidagi
mezonlar asosida quriladi:
1.   Yaratiladigan   ijodkorlik   g‘oyasini   amalda   tatbiq   qilishda   yuzaga   kelishi
mumkin   bo‘lgan   salbiy   holatlar   nafaqat   hozirgi,   balki   kelajak   avlodlarga   ta’siri
nuqtai nazaridan ham tahlil etiladi.
2.     Tashqi   muhit,   o‘simliklar,   hayvonlar   dunyosi   hamda   insonlarga   zararli
moddalar,   nurlanishlar   va   boshqa   salbiy   ta’sirlarni   baholashda   ular   umumiy
yig‘indi   sifatida  qaraladi,   chunki   ushbu   ta’sirlar   bir   –   biriga   kuchaytiruvchi   ta’sir
ko‘rsatadi.   Baholash   har   bir   salbiy   ta’sirning   ko‘rsatishi   mumkin   bo‘lgan   eng
yuqori natija asosida olib boriladi. 4.  Yaratiladigan   ijodkorlik   g‘oyasining   salbiy   ekologik   ta’siri   shartli   olingan
ko‘rsatkichga nisbatan emas, balki uni qo‘llashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
barcha salbiy holatlar yig‘indisiga nisbatan o‘rganiladi.
5. Ijodkorlik g‘oyasining asosida  yaratiladigan texnika va texnologiyalarning
ekologik ko‘rsatgichlari nisbiy baholash  tamoyiliga ko‘ra amalga oshiriladi,  ya’ni
loyihalash jarayonida u xuddi shu vazifani bajaruvchi ekologik jihatdan eng yaxshi
ko‘rsatkichlarga     ega   bo‘lgan,   texnika   yoki   texnologiya   namunasiga   nisbatan
o‘rganiladi, sanoat ishlab chiqarishda esa   almashtirilayotgan obyektning ekologik
ko‘rsatkichlariga nisbatan baholanadi.
6.     Yaratilayotgan   ijodkorlik   g‘oyasi   asosida   texnik   yechimning   ekologik
xavfsizligini   u   tatbiq   etiladigan   texnik   tizimning   ekologik   xavfsizligi   nuqtai
nazaridan baholanadi.
7.   Yaratiladigan   ijodkorlik   g‘oyasining   texnik   yechimini   ishlab   chiqishda
salbiy   ta’sirlarning   eng   og‘ir   oqibatlari   keltirib   chiqaradigan   eng   yomon   holatlari
yig‘indisi uning ekologik pasporti sifatida qaraladi.
Qarab   chiqilgan   ijodkorlik   g‘oyasining   ekologik   jihatdan   keltirib   chiqarishi
mumkin   bo‘lgan   salbiy   holatlari   uning   eng   yuqori   qiymatlari   asosida   o‘rganiladi.
Bu   jihatdan   olib   qaralganda   yaratiladigan   ijodkorlik   g‘oyalarining   ekologiyaga
ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlarining minimal qiymatda bo‘lishi ta’minlanadi.
Ekologik xavfsizlik jihatidan ijodkorlik g‘oyasi ishonchliligining eng maqbul
ko‘rsatkichini aniqlash ketma–ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1.   Ijodkorlik   g‘oyasi   ishonchliligi   ko‘rsatkichlari   bilan   uni   amalga
oshirishdagi sarflanadigan harajatlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar topiladi.
2.   Ishonchlilik   ko‘rsatgichlaridan   kelib   chiqqan   holda   texnik   yechimlardan
voz kechishning texnik zararlarga aloqadorligi aniqlanadi.
3.   Ishonchlilik   ko‘rsatgichlaridan   kelib   chiqqan   holda   texnik   yechimlardan
voz kechishning ekologik zararlarga aloqadorligi aniqlanadi.
4.  1,2,3 ko‘rsatgichlarning o‘zaro aloqadorligi aniqlanadi. 5.   Aniqlangan   aloqadorlik   eng   kichik   qiymati   uchun   mos   ravishdagi
ishonchlilik   qiymati   topiladi.   U   sarf-harajatlarning   eng   kichik   miqdorini
belgilashda eng maqbul hisoblanadi.
- Yangi ijodkorlik g‘oyasining ekologik samaradorligi ikki asosiy shaklda
namoyon bo‘ladi. Ularning birinchisi alohida ishlab chiqarish resurslarini tejalishi,
chiqindisiz texnologiyaning joriy etilishi, yuzaga keladigan chiqindi va ikkilamchi
xom–ashyoni   zararli   ta’sirlarini   bartaraf   qilish   yo‘llarini   ishlab   chiqish   bilan
belgilanadi.   Ekologik   samaradorlikning   ikkinchi   shakli   mavjud   ishlab   chiqarish
vositalari   yoki   usullarining   keltirayotgan   zararini   kamaytirish   yo‘llarini   ishlab
chiqish   bilan   belgilanadi.   Har   ikkala   shakldagi     ijodkorlik   yechimlarini   joriy
qilishda   uning   ekologik   zahirasi   degan   baholash   mezoniga   asoslanadi.   Ekologik
zahira ijodkorlik texnik yechimini tatbiq qilishda erishish mumkin bo‘lgan eng oliy
ekologik   samara   bilan   amalda   erishilgan   ekologik   samaradorlik   o‘rtasidagi
tafovutdan kelib chiqadi. Mazkur  ekologik zahira ijodkorlik g‘oyasining ekologik
pasporti   uchun   asos   vazifasini   o‘taydi.   Ijodkorlik   g‘oyasining   ekologik   pasporti
texnik   yechimlar   muqobil   variantlarini   ularning   ekologik   jihatdan
nomukammalligini   baholashda   aniq   mezonga   tayanib   ish   ko‘rilishini   ta’minlaydi.
Shuningdek,   ijodkorlik   g‘oyasining   ekologik   samaradorligini   aniqlash   uning
ijtimoiy bahosini shakllantirishga ham xizmat qiladi.
- Ijodkorlik   g‘oyasi   amalda   qo‘llanilishining   ekologik   pasporti   uni   ishlab
chiqarish   va   amaliyotga   tatbiq   qilishda   yuz   berishi   mumkin   bo‘lgan   ekologik
jihatdan   zararli   hodisalarning   mos   ravishdagi   shartli   chegaraviy   texnik–iqtisodiy
ko‘rsatgichlarning   qiymatlariga   asoslanadi.   U   turli   maqsadlarda   foydalaniladigan
ijodkorlik   g‘oyalari   turli   ko‘rsatkichlarini   qiyosiy   tahlil   qilishda,   ekologik
xavfsizlik mezonlaridan kelib chiqib hisoblanadi. Ijodkorlik g‘oyasini qo‘llashning
shartli   ekologik pasporti  sifatida amalda eng yaxshi  texnik yechimlarga erishgan
ekologik natijalari olinishi mumkin.
- Ijodkorlik yechimining ekologik pasportini ishlab chiqishda organoleptik,
ijtimoiy,   texnik-iqtisodiy   ko‘rsatkichlarni   hisoblash,   texnologiyaning   chegaraviy
samaradorlik ko‘rsatgichini hisoblash kabi uslublardan keng foydalaniladi. Har bir uslubni   qo‘llashning   tor   ixtisoslikdagi   holatlari   ham   mavjud,   biroq   umumiy
holatlarda keltirilgan uslublar tizimi yaxlit majmua sifatida qo‘llaniladi.
- Shunday   qilib,   ijodkorlik   g‘oyalarining   xavfsizlik   mezonlari   ham   uning
asosida ijodkorlik g‘oyasi ekologik pasportini ishlab chiqilishi mazmunining tahlili
natijalariga ko‘ra quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:
- -   ekologik   muammolarni   hal   qilishda   ijodkorlik   g‘oyalari   asosida
yaratiladigan yangi texnika va texnologiyalar asosiy omillardan biri hisoblanadi;
- ishlab   chiqilayotgan   ijodkorlik   g‘oyalari   baholash   mezonlari   ularning
ekologik   jihatdan   keng   qamrovli   tahlil   qilinishini,   bunda   uning   nafaqat   bugungi
kun,   balki   kelajak   avlodlarga   ham   ko‘rsatadigan   ta’sirlari   o‘rganilishini   texnik
yechimlarning zararli ta’sirlarini tamoman bartaraf etadi;
- ijodkorlik   g‘oyalarining   ekologik   xavfsizligini   ta’minlash   mezonlari
haqqoniy baholash ko‘rsatkichlariga asoslanganligi va kishilik jamiyatining barcha
sohalarini   qamrab   olganligi   sababli   ularni   barcha   texnik-texnologik   jarayonlar
ekologik ko‘rsatkichlarini baholashda tavsiya qilishga imkon beradi.   ADABIYOTLAR
1.Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori: O‘zbekiston
Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   qonuni.   Kadrlar   tayyorlash
milliy dasturi.//  -T.:”Sharq”, 1997. - 63 b. 
2.   “Ixtirolar,     foydali   modellar   va   sanoat   namunalari”   to‘g‘risidagi
qonun.   //O‘zbekiston   ixtirochilar   va   ratsionalizatorlar   jamiyatining
Respublika  Kengashi. Rasmiy xujjatlar to‘plami. № 2.-T.,1994 . 4-28 b.
   3.Pravila   sostavleniya   i   podachi zayavok na izobreteniya i polezniye
modeli. -T., 1993. 56 s. 
4.Asatryan   A.T.     Razvitiye   tvorcheskix   sposobnostey   shkolnikov   v
krujkax stanshii yunix texnikov. - M.: 1987. 18 s.
5.Bosh   qotir,   yarat,   sinab   ko‘r!:   Qog‘oz   modellar   to‘plami:   O‘rta
maktabning   4-8   sinf   o‘quvchilari   uchun   kitob/   [O.YE.Zamotin   va
boshq.].-   2-qayta   ishlangan   va   to‘ldirilgan   nashr.   Tarj.   -   T.O‘qituvchi,
1988 -144 b. 
6.Vachevskiy   M.A.   Osnovi   ratsionalizatorskoy   i   izobretatelskoy   raboti.
Kiyev, 1988 . 92 s. 
7.Vorobyev   A.I.,   Limanskiy   S.A.   Texnicheskoye   konstruirovaniye   i
modelirovaniye. Uchebnoye posobiye dlya studentov IPF pedinstitutov i
uchashixsya peduchilish. -T.: Ukituvchi, 1990. -110 s. 
    8.Turaqulov   X.A.,   Sharipov   Sh.S.   Talabalar   ixtirochilik   ijodkorligini
rivojlantirish . metodiy tavsiyanoma. - Jizzax, 1998. 36 b.
 9.Andrianov P.N. Maktab o‘quvchilari texnik ijodkorligini rivojlantirish
//   O‘quvchilarning   texnik     ijodkorligi.   Tuzuvchi   P.N.Andrianov.   -
T .:”O‘qituvchi”, 1989.128 b.

Texnik ijodkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari. Reja: 1. Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning axamiyati. 2.Texnik ijodkorlik faoliyatining bosqichlari. 3.O‘quvchilarning ijodiy jixatdan tayyorgarlik darajalari. 4.O‘quvchilarning ijodkorlik g‘oyalarini baholashda ekologik xavfsizlik mezonlari.

1.Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati . Ijodkorlik jarayonida mantiq va intuitsiyaning har xil ahamiyatga ega bo‘lishini fr.olimi A. Puankare ko‘rsatib o‘tgan edi. Xususan u «fanning o‘zida intuitsiya agar bir qancha ustunliklarga ega bo‘lganligini xisobga olinmasa, analiz isbotning yakkayu yagona qonuniy quroli bo‘lishga intilib borayotgan bir davrda ham u ixtiro qilishda asosiy qurol bo‘lib qolaveradi» - deb yozadi. Ijodkorlik siklining ma’lum zvenolar xaqida boshqa olimlar ham bir necha bor o‘z fikrlarini aytdilar. Xususan bu xaqida mashhur fizik M.Born qo‘yidagilarni yozadi: «... men fandagi analitik holda oldindan aytilgan fikrlarni kundalik ishlarimizdan keskin farq qilishini ko‘rmayapman ayrim kriteriyalar bo‘yicha ko‘rsatilgan obraz to‘liq xisoblanib unga xarakterli bo‘lgan barcha xususiyatlarga egaligini biz kundalik xayotimizda xisobga olib boramiz. Biroq sintetik jixatdan aytish qisman ma’lum balgan xodisaning real obrazi o‘zining xaqiqiyligidan farq qiladi degan gipotetik taxminga asoslanadi. Agar u tajribada tasdiqlansa uning asosida qonuniy xisoblangan gipoteza yotgan bo‘lsada oldindan aytish yangi bilm beradi. Lekin uning muaffaqiyati intuitsiyaga juda bog‘liqdir...». M.Born o‘z fikrini ikki tipdagi ixtiroga oid tarixiy misollar bilan: Ulardan biri mavjud nazariyani mantiqiy analiz qilish bilan amalga oshirildi boshqasi esa shu kunga qadar aloqasiz bo‘lgan tajribalarning o‘zaro bog‘liqligi mavjud ekanligi xaqidagi muammolarni yangi nazariya yaratish bilan tushuntiradi. Birinchisiga, Adams va unga aloqasiz holda Leveryelarning boshqa planetalar xarakatida yuz bergan bir oz o‘zgarishlar asosida aytilgan nazariyasiga muofiq, Galeley tomonidan Neptun planetasining ochilishi kiradi. M.Bornning aytishicha bu yerda nazariya rivojlanmadi: «Bu matematika san’ati va toqatning ulkan siljish shuningdek natijalarga bo‘lgan ishonch edi. Biroq ularni e’tirof etmaganda ham bu hol nazariyaning dunyo qarashini kengaytirgani yo‘q; bu ma’lum bo‘lgan Nyuton mexanikasining qo‘llanilishini analitik jixatdan oldindan aytish edi» Ikki tip ixtiyoriga A. Eynshteyn tomonidan aytilgan quyosh yaqinida yorug‘likning chetlanishi kiradi. Bu inert va gravitatsion massaning

proporsionalligi xaqidagi muxim faktni sezish va M.Bornning ta’bricha «Tajriba natijalarining uzun zanjirdagi gigant sintez» deb atalgan yangi nazariyaning yaratilishini talab qiladi. Dalil va raqamlardan kelib chiqib ilmiy farazlar qurushga yoki topishga o‘tishda shuningdek nazariy xulosalardan amaliy sinov ishlariga o‘tishga ilmiy intuitsiya xal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Intuitsiya uning mantiq bilan bog‘liqligi ixtirochilik g‘oyalarining kelib chiqishida tugan o‘rnini belgilashdagi muammolar murakkab bo‘lib uning xozirgacha to‘la xal qilinmagan deyish mumkin. «+isqacha psixologik lug‘at» da intuitsiya-«Paydo bo‘lishi yo‘llari va shartlari anglanmagan holda xosil bo‘luvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi shunga ko‘ra subyekt unga bevosita yuzaga» kelgan natija sifatida ega bo‘ladi» deb ta’riflanadi. Ushbu va boshka adabiyetlarda keltirilgan tariflar intuitsiya tabiatini uning xosil buluvchi asosini uzida aks ettirmaydi va shu sababli uni to‘liq deb bo‘lmaydi. B izning fikrimizchga ko‘ra intuitsiya-bu subyekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan tajriba va bilimlar asosida amalga oshadi. 2.Texnik ijodkorlik faoliyatning bosqichlari . Texnik ijodkorligida yangi yechimlarni ishlab chiqishdan, to rasmiylashtirishgacha bo‘lgan davrni amalga oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatga bog‘liq holda fikrlash jarayoni turli davrlarda amalga oshadi. Bu o‘rinda eng katta qiyinchiliklar aniq, haqiqatdan mavjud buyum va ko‘rsatgichlardan abstrakt, yaratilajak mavhum modellarga o‘tish va nazariy tajriba sinov ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Talabalardagi umumpedagogik bilim va ko‘gnikmalarni reproduktiv, reproduktiv- ijodiy, ijodiy-reproduktiv va ijodiy darajalarga bo‘lib ko‘rsatadi. Shu asosda texnik ijodkorligi g‘oyalarini amalga oshirishning fikrlash faoliyati produktiv va reproduktiv xususiyatlari almashuviga bog‘liq bo‘lgan 4 ta davrini ajratib oldik (1-shakl). Birinchi davrda Fikrlash qobiliyati produktiv xususiyatiga ega bo‘ladi, bunda mavjud muammoni anglash, idrok qilish, yechimini topishga extiyoj sezish jarayoni boradi. Izlanuvchining bilim va tajribasi qanchalik ko‘p bo‘lsa, bu jarayon shu qadar kam vaqt davom etib, reproduktiv

xarakterga ega bo‘lgan ikkinchi davr - muammo yechimini topishga o‘tiladi. Bu davrning davomiyligi ham izlanuvchi bazaviy bilimi, tajribasi, dunyoqarashi kengligi, qidiralayotgan yechimning izlanuvchi mutaxasisligiga bog‘liq bo‘lib unda qarayolayotgan muammoning yechimi bo‘lib, xizmat qila oladigan xolatlar taxlil qilinadi. Uchinchi produktiv davrda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammo va tanlangan yechim o‘zaro bolanadi va texnik yechim konsepsiyasi taklif qilinadi. U ixtironi amalga oshirishning eng ma’suyatli davri bo‘lib, uning muvafaqiyatli amalga oshirilishi taklif yetilayotgan g‘oyaning ijtimoiy bahosini shakllantirishga hal qiluvchi tasir ko‘rsatadi. YA’ni, yechim ijobiy natija bersa uning amaliyotga tatbiq qilinishiga asos yaratiladi, yoki aksincha, yechim kutilgan natijani bermasa u inkor qilinadi. To‘rtinchi, reproduktiv davrda taklif etilayotgan yechimni asoslash uchun xisoblash va tajriba-sinov ishlari bajarilib, texnik yechimni ishlab chiqishning uchinchi davrida amalga oshirilayotgan ishlarning natijasi nazariy va amaliy isbotlab beriladi. 1-shakl. Texnik yechim g‘oyasini amalga oshirish davrlari. Har bir bosqichning natijaligi o‘quvchilarda texnik fikrlash, mehnat ko‘nikma va malakalari rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. 3.O‘quvchilarning ijodiy jixatdan tayorgarlik darajalari. O‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga tayorgarlik besh darajasini ko‘rsatuvchi meyoriy ilmiy jixatlar asoslangan. Ular qo‘yidagilardan iborat:

1. O‘quvchilarning buyumni uning shaklini takomillashtirish yoki detallarni ratsional joylashtirish maqsadida chizmaga, sxemaga qisman o‘zgartirish kiritib, berilgan xujjatlar bo‘yicha tayyorlay olishi. 2. O‘quvchining instruksiyalanishi oxiriga yetkazib va berilgan texnik xujjatga yoki alohida sxemaga o‘ziga o‘zgartirishlar kiritib buyumlarni yasay olishi. 3. O‘quvchining buyumni, uni konstruksiyasini dastlabki original takomillashtirib va texnologik sxemaga mustaqil holda o‘zgartirishlar kiritib tayyorlay olishi. 4. O‘quvchining original konstruktorlik g‘oyasini mustaqil holda texnologik jixatdan ishlab chiqishi va uni tayyorlashni udalay olishi. 5. O‘quvchi buyumning original konstruktorlik yoki ratsionalizatorlik g‘oyasini mustaqil holda asoslab va ta’riflab bera oladi, xujjatlarni ishlab chiqish va buyum yasashni bajara oladi. O‘quvchilar texnik ijodkorlikning asosiy tushunchalari va mohiyati; texnik ijodkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari; texnik ijodkorlikning tashkiliy asoslari; kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik takliflari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishlari kerak: Ilmiy-texnik va patent axboroti. Ijod metodlari, texnik masalalarni yechish; texnik ijodkorlik metodlarini rivojlantirish. “Amal va xato” metodi; “aqliy hujum” metodi. Sinektika va morfologik tahlil. Nazariy savollar metodi. Ixtirochilik masalalarini yechish algoritmini bilish, malaka hosil qilish va amalda qo‘llay olish kerak; Texnik masala yechimlarini topishning boshqa metodlari; buyumning badiiy loyiha konstruksiyasini yaratish. Texnik obyektlarni loyihalash va tayyorlash; oddiy texnik obyektlarni konstruksiyalash va modellashtirish; avto modeli, kema modeli, avia model va qishloq xo‘jaligi mashina va uskunalarini modellashtirish, qo‘llanilishiga ko‘ra o‘quv va ishlab chiqarish texnik obyektlarini konstruksiyalash, o‘quvchilarning texnik ijodkorligini boshqarish; texnik