logo

Integrativ asosda tashkil etilgan ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

148.4326171875 KB
Integrativ asosda tashkil etilgan ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari.
Reja.
1. Maktab umumta’lim fanlarini integrativligining mohiyati.
2.   Integratsiya   –   o‘quvchilarni   o‘qitish   va   tarbiyalashga   yangi
yondoshuv.
3.   Boshlang‘ich   sinflarda   integratsiyalangan   ta’limni   amalga
oshirish metodikasi.     1. Maktab umumta’lim kurslari integrativligining mohiyati.
Bir o‘quv predmetida bir-biri va chegaradosh fanlarni, yirik g‘oyalar,  omillar,
xulosalarni   cheklab   birlashtirishdadir.   Masalan,   tarix   kursining   integrativligi
uning   arxeologiya,   etnografiya,   san’atshunoslikka   tegishli   dalil   va   nazariy
xulosalarni o‘z ichiga oladi.
Umumiy  o‘rta  ta’lim  mazmunini  shakllantirish  barcha  maktab  predmetlarini
o‘qitishni   insoniylashtirish,   ijtimoiy-iqtisodiy   jihatlarini   kuchaytirishini
ta’minlashga qaratilgan. Jamiyatshunoslik, tarix, o‘qish sinfdan tashqari o‘qish,
musiqa,   tasviriy   san’at   jamiyatimizning   chuqur   insonparvarlik   tabiatini   yorqin
aks   ettirishga   qaratilgan.   O‘quvchilarni   insonparvarlik   ruhida   tarbiyalashda
tabiiy-matematik fanlar sikli muhim rol o‘ynaydi.
Umumiy   ta’lim   mazmuni   o‘quvchilarni   har   tomonlama   ruhiy   rivojlanishga,
ularda turli xil tafakkurni rivojlantirishga  karatilgan.  Har  bir o‘quv predmetini
o‘rganish   bolaning   materialni   anglash   jarayonini,   uni   eslab   qolishni,
ta’sirchanlikni   faollashtiruvchi,   tafakkurni,   nutq   va   tasavvurni   rivojlantiruvchi
ruhiy diqqatni yaratishga imkon beradi. Ayniqsa, bilish jarayonida bir-biri bilan
uzviy bog‘liq bo‘lgan tafakkurning turlarini  rivojlantirish juda muhimdir.
Tajribaga   asoslangan   tafakkur   umumlashtirish   va   xulosalar   uchun   tirik
mushohada, dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish vazifasini bajaradi. U bolalarni real
voqealarni,   hodisalarni   o‘qishga,   ularni   qayd   qilish   va   yig‘ishga   o‘rgatadi.
Abstrakt tafakkur ajratib olingan voqea, hodisalarda ularning mohiyatini   ko‘ra
bilishga, aniqlashga imkon beradi.
O‘quv   predmeti   mazmunini   tuzish   shu   fanning   asosiy   kategoriya,
tushunchalarining   rivojlanish   mantiqini   hisobga   oladi.   SHu   bilan   birga,
o‘qituvchi   va   psixologlar   o‘quvchilar   tomonidan   materialni   o‘zlashtirishning
yosh   xususiyatlarini   hisobga   oladilar.   San’at   sohasidagi   umumiy   o‘rta   ta’lim
mazmuni   o‘z   ichiga   g‘oyaviy   tomoni   va   to‘kis   badiiy   shakli   birligini   hosil
qiluvchi   asarlarni   o‘z   ichiga   oladi.   Badiiy   jihatdan   bo‘sh,   g‘oyaviy   jihatdan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan asarlar bolalarning ruhiyatiga ta’sir qila olmaydi,
tasavvur   va   tafakkurni   rivojlantirmaydi,   go‘zallik   va   badbasharalik   to‘g‘risida
tasavvurni shakllantira olmaydi. Bolalar bilan ishlashda san’at asarlarining chin
badiiyligini   hisobga   olish,   shakl   va   mazmunning   birligi,   ma’naviyat   va
haqchillik prinsiplarini amalga oshirishda  muhimdir.
Bola   shaxsini   har   tomonlama   madaniy   rivojlantirish,   insoniyat   yaratgan
barcha   madaniy   boyliklarni   bilish   bilan   o‘z   xotirangni   boyitsanggina
madaniyatli   bo‘lasan   degan   fikrga   asoslangan.   Ayniqsa,   tasavvurni
uyg‘otuvchi,   ruhiy   kechinmalarni   faollashtiruvchi,   shu   bilan   birga   fikrlarni
uyg‘otuvchi asarlar juda tarbiyaviydir. Bunday umumlashtirish bolani bilish va
ruhiy rivojlanishning yangi pog‘onasiga ko‘taradi. SHu asosda formal mantiqiy
tafakkur, turli voqea-hodisalar o‘rtasida aloqalar va bog‘liqliklarni ko‘ra bilish
va   o‘rgana   olish   ko‘nikmalari   mustahkamlanadi   va   rivojlanadi.   O‘quvchi
qarama-qarshiliklarni   topa   bilish,   ularning   rivojlanish   yo‘nalishlarini   to‘g‘ri
tushunish   va   ularni   o‘z   vaqtida   echish   yo‘llarini   topishni   o‘rganadi.   Dialektik
tafakkur   jamiyat   hodisalarini   uning   barcha   aloqa   va   vositalarida   ko‘rish
qobiliyati bilan uzviy bog‘liq.
Umumiy   o‘rta   ta’lim   kelajakda   bolalarga   xohlagan   fanni   egallash   imkonini
beruvchi   bilimlar   asosini   yaratadi.   O‘quv   predmeti   fanlarning   mustahkam
asosiga   ega,   zamonaviy   ilmiy   ma’lumotlarni   tushunishga   etaklaydi,   fikrlash
qobiliyatini   rivojlantirishga   olib   keladi.   Umumiy   o‘rta   maktab   uchun   faqat
hozirgi   kunda   ochilgan   narsalar   emas   balki,   avvalombor,   fanning   asosini,
nazariy o‘rnini tashkil etuvchi narsalar ham zarur.
Bundan   tashqari   har   bir   umumta’lim   predmeti   o‘quvchilarga   xalq   xo‘jaligi
ehtiyojlarini   hisobga   oluvchi   o‘quv   materialining   politexnik   tabiatini   yoritib
berishga yo‘naltirilgan. 
Bu   bilan   umumiy   rivojlanishning   chuqur   asoslari,   kasb   tanlash   asoslari
o‘rgatiladi. Fan   qarama-qarshiliklarda   rivojlanadi.   Ular   bilan   muloqot   qilganda
o‘quvchilar   badiiy   ma’lumotlar   oqimini   mustaqil   hal   qilish   va   ularga   to‘g‘ri
baho berishga o‘rganadilar.
Umumiy  o‘rta  ta’lim  uchun  davrni  yaxshi  yoritib  beruvchi  ma’naviy  tarixiy
ahamiyatga   ega   asarlarni   tanlash   kerak.   Bunday   asarlar   bolani   davrning
ma’naviy   hayotiga   olib   kiradi.   Turli   nuqtai   nazarlarda   va   turli   obrazlar   orqali
ular   tipik   hayotiy   voqea   va   hodisalarni   ko‘rsatadi,   o‘tib   ketgan   zamonlar   va
bo‘lib   o‘tgan   janglarning   to‘liq   tasvirini   ko‘rsatadi.   SHuning   uchun   umumiy
o‘rta   ta’limda   o‘zaro   aloqalar   va   o‘zaro   to‘ldirishlar   katta   ahamiyata   ega.
Bolalarning   yosh   xususiyatlari   murakkab   obrazli   xulosalar   chiqarishga
to‘sqinlik qilmaydi.
Mehnat ta’limi mazmuni va mundarijasini ajratish ham o‘z xususiyatiga ega.
Mehnatni   fan   bilan,   maktabda   o‘rganiladigan   o‘quv   predmetlari   bilan   uzviy
bog‘lash mumkin hamda mehnatning o‘quv-ijodiy xususiyati ilmiy bilimlardan
foydalanish   jarayoni   orqali   amalga   oshiriladi.   Ijtimoiy   foydali   mehnat
jarayonida   o‘quvchilar   oldiga   olingan   bilimlarni   amalda   qo‘llash   vazifasi
yuklanadi.
Va   nihoyat,   bolalar   mehnatining   mazmuni   va   tashkil   etishni   aniq   mahalliy
ishlab chiqarish, xalq xo‘jaligi ehtiyojlariga tayangan holda, zamonaviy kasblar
talablari asosida tuzish kerak. Bunday mehnat o‘quvchilarni umumiy mehnat va
konkret   kasbiy   ko‘nikmalar   bilan   tanishtiradi,   mehnatni   fan   asosida   tashkil
kilishni,   bir   mutaxassislikdan   ikkinchisiga   o‘tishni   ta’minlaydi.   Mexanizator,
chilangar,   dehqon,   molboqar   kasblari   o‘quvchilarni   zamonaviy   kasblarga
yunaltiradi,   bolalarning   umumiy   rivojlanishiga,   ishchi   psixologiyasini
shakllantirishga yordam beradi. Umumiy o‘rta ta’lim mazmunining umumiy va
o‘ziga xos prinsiplari shulardan iborat. 
2.   Integratsiya   –   o‘quvchilarni   o‘qitish   va   tarbiyalashga   yangi
yondoshuv. O‘quv jarayonida integratsiyalangan ta’limdan foydalanishga katta ahamiyat
berilyapti.   Integratsiyalangan   darslarning   tuzilishi   o‘rganishning   barcha
bosqichlarida   o‘rganilayotgan   materiallarning   aniqligini   va   izchilligini,   puxta
o‘rganilganligini  va  o‘zaro  mantiqiy  aloqalarini  talab  qiladi.  Bunga  dasturdagi
o‘quv materialining ixcham va yig‘iq ekanligi, undan tashqari o‘quv materialini
o‘rganishning,   tashkil   etishning   ba’zi   zamonaviy   usullarini   kiritish   orqali
erishish   mumkin.   Masalan:   1-va   2-sinfdagi   «Atrof-olam   bilan   tanishish»
kursining barcha mavzulari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. 3- va 4-sinfdagi
«Tabiatshunoslik » darslari «Atrof-olam bilan tanishish» kursini davom ettiradi.
Uning   dasturiga   tabiat   va   insonlar   mehnatidagi   mavsumiy   o‘zgarishlarni
kuzatish kiritilgan. O‘quvchilar tomonidan atrof olamni o‘rganish, o‘qish, nutq
o‘stirish,   matematika,   mehnat   ta’limi   darslarida   davom   etadi.   SHunday   ekan,
«Atrof-olam   bilan   tanishish»   kursi   fanlararo   aloqalari   o‘qituvchiga   barcha
o‘qitilayotgan   darslarda   atrof   olam   haqidagi   tushunchalarni   shakllantirish
bo‘yicha ish olib borishga imkon beradi.
Boshlang‘ich   maktabdagi   har   bir   predmet   bu   integratsiyalangan   kurs,
mazmun   jihatdan   ular   tabiiy-matematik   sikl   fanlari   bilan   uzviy   bog‘liq,   bu
kichik   maktab   o‘quvchilari   uchun   tushunarli   bo‘lgan   atrof-muhit   haqidagi
bilimlarni   o‘zlashtirishni   ta’minlaydi.   Bu   yoshdagi   bolalarda   tabiatni
o‘rganishga   bo‘lgan   faqat   emotsional   joziba   emas,   bilim   olish   motivlari   bilan
bog‘liq. O‘quvchilarning bu xususiyatini hisobga olib, qiziqishlarini quvvatlash
uchun   bilim   olishga   bo‘lgan   ehtiyojlarini   yangi   mazmun   bilan   to‘ldirib   turish
kerak.
Bu   o‘quvchilarga   hayotdagi   o‘zaro   aloqalarni   ochib   berishga   hamda
tabiatdagi   turli-tumanliksiz   inson   yashay   olmasligini   tushunib   etishga   yordam
beradi.
Predmetlararo   aloqalarni   amalga   oshirish   –   integratsiya   turlaridan   biridir.
O‘qituvchisi bolalar nutqini o‘stirish uchun tabiatshunoslik, o‘qish, husnixat va matematikadan   foydalanadi.   Tabiat   bilan   tanishtiruvchi   darslarda   bu
maqsadning tanlanishini quyidagicha tushuntirish  mumkin:
1.   Bu   holatda   nutq   o‘stirish   erkin   sharoitda,   hozir   o‘qilayotgan   ob’ektlarga
bo‘lgan jonli qiziqish asosida o‘tadi.
2. Tabiatshunoslik, o‘qish, husnixat va matematika nutq o‘stirish uchun katta
imkoniyatlar yaratadi.
I.G.Pestalotssi   ta’kidlaganidek   «...   aql   notinch   sezgili   idrok   qilishdan   aniq
tushunchalarga   ko‘tariladigan   manbadir».   Bu   tushunchalarni   anglash   esa   nutq
san’ati   bilan   birga   yuradi.   Erkin   tabiat   obrazlari   bolada   mantiq   bilan   birga
ta’sirchanlikni ham rivojlantiradi.
Har   bir   darsda   nutq   o‘stirish   masalalari   hal   qilinadi,   bunda   o‘rganilayotgan
materialning   o‘ziga   xosligi   va   nutq   o‘stirish   masalasini   tanlashning   maqsadga
muvofiqligi   hisobga   olinadi.   O‘quvchilar   bunday   darslarni   juda   yaxshi
ko‘radilar. Ular ko‘p yangi, kerakli tushunchalar beradi, tasavvurlarini tartibga
soladi,   o‘quvchilar   boshqa   darslarda   olgan   bilimlaridan   foydalanishlari   zarur
bo‘lgan   holatlarni   yaratadi.   Bunday   holatda   bolalar   o‘rganilayottan   materialni
yaxshiroq   o‘zlashtiradilar,   bilimlar   tizim   holiga   keladi   va   o‘quvchilar   uchun
juda  zarur bo‘lib qoladi.
Shu bilan bog‘liq integratsiyalangan dars taklif kilinadi, u o‘quvchilar uchun
tushunarli   va   olingan   bilimlarni   yangi   o‘quv   sharoitida   ishlata   bilish
ko‘nikmasini shakllantirishga yordam beradi.
3.   Boshlang‘ich   sinflarda   integratsiyalangan   ta’limni   amalga   oshirish
metodikasi (uslubi)
Integratsiya,   integratsiyalash   jarayonlari   zamonaviy   maktabga   kirib   kelib,
faqat   uning   mazmunini   emas,   balki   kichik   maktab   o‘quvchilarini   ekologik
ta’limining tashkiliy shakl va uslublariga ham faol kirib boryapti.
O‘qituvchi   bilim   olish   jarayonini   shunday   tashkil   etishi   kerakki,   unda o‘quvchilar   ko‘proq   mustaqil   izlanishlari,   o‘z   harakat   va   faoliyatlarining
oqibatlarini   oldindan   bilishga   o‘rganishlari,   bahs-munozaralarda   ishtirok
etishlari, tabiiy va ijtimoiy muhitni obodonlashtirishning amaliy ko‘nikmalarini
egallashlari   kerak.   Shuning   uchun   o‘qish   vaqtining   yarmini   o‘quvchilar   tabiat
va   ijtimoiy   muhitda   o‘tkazishlari,   amaliy   ijodiy   va   tekshirish   ishlari   olib
borishlari   kerak.   Bu   vazifani   ta’limning   turli   shakllari   bajarish   mumkin:
kuzatishlar,   tajriba   va   sinovlar   o‘tkazish,   san’at   asarlarini   qayta   tiklash,
modellashtirish,   ijtimoiy   muhitdagi   o‘z   harakat   va   faoliyatlari   natijasini   ko‘ra
bilish, kitob bilan ishlash.
O‘qituvchi   dars   samaradorligini   oshiruvchi,   matematika,   rus   tili,   o‘qish,
tabiatshunoslik   fanlarini   o‘qitishning   turli-tuman   usul   va   shakllariga   ega.   Har
bir   dars   o‘quvchiga   ilmiy   bilim,   tasavvur   va   tushunchalarning   ma’lum   bir
yig‘indisini   berishi   hamda   tarbiyalash   va   rivojlantirishi   kerak.   Dasturdagi
materialni ular dars davomida o‘zlashtirishlari kerak. Bu o‘quvchilarning o‘quv
mashg‘ulotlari bilan ortiqcha yuklanmasligining muhim shartidir, chunki yaxshi
o‘zlashtirilgan   dars   uy   vazifasini   bajarish   uchun   ketadigan   vaqtni   ancha
qiskartiradi.   Bu   holatdagi   asosiy   prinsip:   kichik   maktab   o‘quvchilarining   eng
muhim vazifasi – o‘qish, mustahkam bilim olish, darsdagi vazifa esa o‘qituvchi
boshchiligidagi   mehnat.   Bundan   tashqari   dars   tashkil   qilishda,   uni   o‘tkazish
metodlarini tanlashda bir xil qolipdan foydalanish.
Darsga   tayyorlanar   ekan,   o‘qituvchi   birinchi   navbatda   uning   maqsadini
anglaydi   va   shu   asosida   darsning   mazmuni   tanlanadi,   asosiy   savollar
belgilanadi.   Bunda   o‘qituvchi   faqat   darslik   matnini   gapirib   berish   bilan
cheklanmasligi   kerak.   O‘quvchilarni   qo‘shimcha   material   bilan   ko‘mib
tashlamagan holda, ularga kitobda yo‘q misollarni ham berib borishi kerak: turli
she’rlar,   badiiy   asarlardan   parchalar,   maqollar,   topishmoqlar   va   boshqa
materiallar  o‘quvchilarda jonli qiziqish uyg‘otadi va ta’sirlantiradi.
Har bir dars mazmuni belgilanayotganda predmet ichidagi  va  predmetlararo aloqalar   hisobga   olinadi.   Darsning   mazmuni   belgilangach   o‘qituvchi   qanday
tasavvur va tushunchalar unda o‘z rivojini topishini, o‘quvchi qanday bilim va
ko‘nikmalarga  ega  bo‘lishini  aniqlaydi.  Darsning  maqsadi  va  mazmuniga  mos
ravishda   o‘qituvchi   ta’lim   metodlarini   tanlaydi.   Darsda   o‘qituvchi   va
o‘quvchining   faoliyatlari   bir-biri   bilan   uzviy   bog‘liq   bo‘lganligi   sababli,   bu
faoliyatlarning   aniq   bosqichlarini   belgilab   olish   kerak.   Butun   dars   davomida
sinfning faol ishlashi uchun, usul va vositalarning to‘g‘ri almashinuvini  aniqlab
olish kerak. Adabiyotlar
1.   Lutfillaev   M.X.   Oliy   ta’limda   axborot   texnologiyalari   integratsiyasi.
Monografiya. – Samarqand: SamDU, 2005. –133 b.
2.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.
3. Raxima   Mavlvanova,   Nargiz   Raxmankulova   Boshlang‘ich   ta’lim
pedagogikasi,   innovatsiya   va   intergatsiya   “Boshlangich   ta’lim”
mutaxassisligi:   Bakaiavriyat   yo‘nalishi   -   5111700   bo‘yicha   pedagogika
universitetining   talabalari   uchun   o‘quv   qo‘llanma.-T.:   «   Voris-nashriyoti   »
2013y.
4.   N.N.Azizxujaeva   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   T.:   Fan,
2003y.
5. Omonov   X.,   Xo‘jaev   N.,   Madyarova   S.,   Eshchonov   E.,   Pedagogik
texnologiyalar va pedagogik mahorat.-T.: IQTISOD MOLIYA, 2009.
6. Musurmonova   O.   Pedagogik   texnologiyalar   –   ta’lim   samaradorligi   omili;
monografiya / T.: “YOshlar nashriyot uyi”, 2020  y . 
7.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.

Integrativ asosda tashkil etilgan ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari. Reja. 1. Maktab umumta’lim fanlarini integrativligining mohiyati. 2. Integratsiya – o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashga yangi yondoshuv. 3. Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalangan ta’limni amalga oshirish metodikasi.

1. Maktab umumta’lim kurslari integrativligining mohiyati. Bir o‘quv predmetida bir-biri va chegaradosh fanlarni, yirik g‘oyalar, omillar, xulosalarni cheklab birlashtirishdadir. Masalan, tarix kursining integrativligi uning arxeologiya, etnografiya, san’atshunoslikka tegishli dalil va nazariy xulosalarni o‘z ichiga oladi. Umumiy o‘rta ta’lim mazmunini shakllantirish barcha maktab predmetlarini o‘qitishni insoniylashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini kuchaytirishini ta’minlashga qaratilgan. Jamiyatshunoslik, tarix, o‘qish sinfdan tashqari o‘qish, musiqa, tasviriy san’at jamiyatimizning chuqur insonparvarlik tabiatini yorqin aks ettirishga qaratilgan. O‘quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda tabiiy-matematik fanlar sikli muhim rol o‘ynaydi. Umumiy ta’lim mazmuni o‘quvchilarni har tomonlama ruhiy rivojlanishga, ularda turli xil tafakkurni rivojlantirishga karatilgan. Har bir o‘quv predmetini o‘rganish bolaning materialni anglash jarayonini, uni eslab qolishni, ta’sirchanlikni faollashtiruvchi, tafakkurni, nutq va tasavvurni rivojlantiruvchi ruhiy diqqatni yaratishga imkon beradi. Ayniqsa, bilish jarayonida bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tafakkurning turlarini rivojlantirish juda muhimdir. Tajribaga asoslangan tafakkur umumlashtirish va xulosalar uchun tirik mushohada, dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish vazifasini bajaradi. U bolalarni real voqealarni, hodisalarni o‘qishga, ularni qayd qilish va yig‘ishga o‘rgatadi. Abstrakt tafakkur ajratib olingan voqea, hodisalarda ularning mohiyatini ko‘ra bilishga, aniqlashga imkon beradi. O‘quv predmeti mazmunini tuzish shu fanning asosiy kategoriya, tushunchalarining rivojlanish mantiqini hisobga oladi. SHu bilan birga, o‘qituvchi va psixologlar o‘quvchilar tomonidan materialni o‘zlashtirishning yosh xususiyatlarini hisobga oladilar. San’at sohasidagi umumiy o‘rta ta’lim mazmuni o‘z ichiga g‘oyaviy tomoni va to‘kis badiiy shakli birligini hosil qiluvchi asarlarni o‘z ichiga oladi. Badiiy jihatdan bo‘sh, g‘oyaviy jihatdan

haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan asarlar bolalarning ruhiyatiga ta’sir qila olmaydi, tasavvur va tafakkurni rivojlantirmaydi, go‘zallik va badbasharalik to‘g‘risida tasavvurni shakllantira olmaydi. Bolalar bilan ishlashda san’at asarlarining chin badiiyligini hisobga olish, shakl va mazmunning birligi, ma’naviyat va haqchillik prinsiplarini amalga oshirishda muhimdir. Bola shaxsini har tomonlama madaniy rivojlantirish, insoniyat yaratgan barcha madaniy boyliklarni bilish bilan o‘z xotirangni boyitsanggina madaniyatli bo‘lasan degan fikrga asoslangan. Ayniqsa, tasavvurni uyg‘otuvchi, ruhiy kechinmalarni faollashtiruvchi, shu bilan birga fikrlarni uyg‘otuvchi asarlar juda tarbiyaviydir. Bunday umumlashtirish bolani bilish va ruhiy rivojlanishning yangi pog‘onasiga ko‘taradi. SHu asosda formal mantiqiy tafakkur, turli voqea-hodisalar o‘rtasida aloqalar va bog‘liqliklarni ko‘ra bilish va o‘rgana olish ko‘nikmalari mustahkamlanadi va rivojlanadi. O‘quvchi qarama-qarshiliklarni topa bilish, ularning rivojlanish yo‘nalishlarini to‘g‘ri tushunish va ularni o‘z vaqtida echish yo‘llarini topishni o‘rganadi. Dialektik tafakkur jamiyat hodisalarini uning barcha aloqa va vositalarida ko‘rish qobiliyati bilan uzviy bog‘liq. Umumiy o‘rta ta’lim kelajakda bolalarga xohlagan fanni egallash imkonini beruvchi bilimlar asosini yaratadi. O‘quv predmeti fanlarning mustahkam asosiga ega, zamonaviy ilmiy ma’lumotlarni tushunishga etaklaydi, fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga olib keladi. Umumiy o‘rta maktab uchun faqat hozirgi kunda ochilgan narsalar emas balki, avvalombor, fanning asosini, nazariy o‘rnini tashkil etuvchi narsalar ham zarur. Bundan tashqari har bir umumta’lim predmeti o‘quvchilarga xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini hisobga oluvchi o‘quv materialining politexnik tabiatini yoritib berishga yo‘naltirilgan. Bu bilan umumiy rivojlanishning chuqur asoslari, kasb tanlash asoslari o‘rgatiladi.

Fan qarama-qarshiliklarda rivojlanadi. Ular bilan muloqot qilganda o‘quvchilar badiiy ma’lumotlar oqimini mustaqil hal qilish va ularga to‘g‘ri baho berishga o‘rganadilar. Umumiy o‘rta ta’lim uchun davrni yaxshi yoritib beruvchi ma’naviy tarixiy ahamiyatga ega asarlarni tanlash kerak. Bunday asarlar bolani davrning ma’naviy hayotiga olib kiradi. Turli nuqtai nazarlarda va turli obrazlar orqali ular tipik hayotiy voqea va hodisalarni ko‘rsatadi, o‘tib ketgan zamonlar va bo‘lib o‘tgan janglarning to‘liq tasvirini ko‘rsatadi. SHuning uchun umumiy o‘rta ta’limda o‘zaro aloqalar va o‘zaro to‘ldirishlar katta ahamiyata ega. Bolalarning yosh xususiyatlari murakkab obrazli xulosalar chiqarishga to‘sqinlik qilmaydi. Mehnat ta’limi mazmuni va mundarijasini ajratish ham o‘z xususiyatiga ega. Mehnatni fan bilan, maktabda o‘rganiladigan o‘quv predmetlari bilan uzviy bog‘lash mumkin hamda mehnatning o‘quv-ijodiy xususiyati ilmiy bilimlardan foydalanish jarayoni orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy foydali mehnat jarayonida o‘quvchilar oldiga olingan bilimlarni amalda qo‘llash vazifasi yuklanadi. Va nihoyat, bolalar mehnatining mazmuni va tashkil etishni aniq mahalliy ishlab chiqarish, xalq xo‘jaligi ehtiyojlariga tayangan holda, zamonaviy kasblar talablari asosida tuzish kerak. Bunday mehnat o‘quvchilarni umumiy mehnat va konkret kasbiy ko‘nikmalar bilan tanishtiradi, mehnatni fan asosida tashkil kilishni, bir mutaxassislikdan ikkinchisiga o‘tishni ta’minlaydi. Mexanizator, chilangar, dehqon, molboqar kasblari o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yunaltiradi, bolalarning umumiy rivojlanishiga, ishchi psixologiyasini shakllantirishga yordam beradi. Umumiy o‘rta ta’lim mazmunining umumiy va o‘ziga xos prinsiplari shulardan iborat. 2. Integratsiya – o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashga yangi yondoshuv.

O‘quv jarayonida integratsiyalangan ta’limdan foydalanishga katta ahamiyat berilyapti. Integratsiyalangan darslarning tuzilishi o‘rganishning barcha bosqichlarida o‘rganilayotgan materiallarning aniqligini va izchilligini, puxta o‘rganilganligini va o‘zaro mantiqiy aloqalarini talab qiladi. Bunga dasturdagi o‘quv materialining ixcham va yig‘iq ekanligi, undan tashqari o‘quv materialini o‘rganishning, tashkil etishning ba’zi zamonaviy usullarini kiritish orqali erishish mumkin. Masalan: 1-va 2-sinfdagi «Atrof-olam bilan tanishish» kursining barcha mavzulari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. 3- va 4-sinfdagi «Tabiatshunoslik » darslari «Atrof-olam bilan tanishish» kursini davom ettiradi. Uning dasturiga tabiat va insonlar mehnatidagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatish kiritilgan. O‘quvchilar tomonidan atrof olamni o‘rganish, o‘qish, nutq o‘stirish, matematika, mehnat ta’limi darslarida davom etadi. SHunday ekan, «Atrof-olam bilan tanishish» kursi fanlararo aloqalari o‘qituvchiga barcha o‘qitilayotgan darslarda atrof olam haqidagi tushunchalarni shakllantirish bo‘yicha ish olib borishga imkon beradi. Boshlang‘ich maktabdagi har bir predmet bu integratsiyalangan kurs, mazmun jihatdan ular tabiiy-matematik sikl fanlari bilan uzviy bog‘liq, bu kichik maktab o‘quvchilari uchun tushunarli bo‘lgan atrof-muhit haqidagi bilimlarni o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Bu yoshdagi bolalarda tabiatni o‘rganishga bo‘lgan faqat emotsional joziba emas, bilim olish motivlari bilan bog‘liq. O‘quvchilarning bu xususiyatini hisobga olib, qiziqishlarini quvvatlash uchun bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini yangi mazmun bilan to‘ldirib turish kerak. Bu o‘quvchilarga hayotdagi o‘zaro aloqalarni ochib berishga hamda tabiatdagi turli-tumanliksiz inson yashay olmasligini tushunib etishga yordam beradi. Predmetlararo aloqalarni amalga oshirish – integratsiya turlaridan biridir. O‘qituvchisi bolalar nutqini o‘stirish uchun tabiatshunoslik, o‘qish, husnixat va