Ta’limning konstruktiv va distruktiv xususiyatlari
Ta’limning konstruktiv va distruktiv xususiyatlari 1. Ta’limning konstruktiv jihatlari. Ta’limda distruktiv xususiyatlarning namoyon bo‘lishi. 2. Ta’limda xaos holati. Ta’limda tartibsizlik va tartibotning o‘rin almashinuvi. 3. Tal’imda nochiziqlik. Ta’limning murakkabligi. 4. Ta’limda attraktorlarning namoyon bo‘lishi.
Konstruktvizm (lot. constructs – qurish, yasash) – 20 asrning 20- yil lari da san atʼ va adabiyotda vujudga kelgan oqim hisoblanadi. Dastlab me morchilikda kurilish texnikasi va texnologiyasi yutuqlari ta sirida yuzaga ʼ ʼ keldi va rivojlandi. Konstruktivizm badiiy loyihalash ( dizayn )ni shakllanishiga har taraflama imkon yaratdi. Konstruktivizm tarafdorlari atrof- muhitni “qurish” vazifasini ilgari surdilar. Me mor ʼ va rassomlar hamkorlikda odamlar yashaydigan muhitni yaratib, ularning kayfiyati, mehnat faoliyatiga ta sir etish mumkin deb bildilar. Shunday qilib, konstruktivizm bu ʼ bunyodkorlik demakdir. “Ta limning konstruktiv xususiyati deyilganda, ʼ ma lum bir ta lim sistemasining, ma lum bir ta lim bosqichining mavjud ʼ ʼ ʼ ʼ davlat va jamiyat hayoti uchun ahamiyatlilik tomonlari, kelajak uchun bunyodkorlik xususiyatiga egaligini tushunish mumkin” 2 . Ta lim jarayoni ʼ eng avvalo konstruktiv jarayondir. Aynan o‘sib kelayotgan yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirish – ta lim jarayonining asosiy vazifasidir. Shu ʼ sababli ta limni jamiyatning muhim konstruktiv funksiyasi deyishimiz ʼ mumkin. “Destruksiya (lot. destructio – parchalanish) – makromolekulalardagi kimyoviy bog‘lanishning uzilishi natijasida ularning polimerlanish darajasi yoki molekulyar massasining kamayishi bilan kechadigan jarayonlarning umumiy nomi. Destruksiyaga tashqi ta sirlar (issiklik, ionlashtiruvchi ʼ radiatsiya, mexanik kuchlanish, yorug‘lik, oksidlovchi muhit, namlik va boshq.) sabab bo‘ladi. Ko‘p hollarda destruksiya bir vaqtda bir nechta tashqi ta sir (mas, issiklik va kislorodli muxit – termooksidlovchi destruksiya) ʼ natijasida ro‘y beradi. Destruksiya jarayonida polimerlarning xossalari o‘zgaradi, ular asosida tayyorlangan mahsulotlar buziladi” 1 . Demak, destruktiv jarayonlar tashqi ta sirlar natijasida ro‘y beradi. Destruksiya ʼ natijasida ma lum bir sistema boshqa bir sistemaga aylanishi yoki ʼ parchalanib holatini o‘zgartirishi, yo‘qotishi kuzatiladi. Destruksiya – bu
keng ma noda qandaydir normal strukturaning buzilishi, yo‘qolishiniʼ bildiradi. Tor ma noda inson harakati va psixik holati oqibatida obyekt yoxud ʼ subyektning barbod bo‘lishini anglatadi. U murakkab ijtimoiy-madaniy tizimlar iyerarxiyasining to‘liq yoki qisman degradatsiyaga uchrashi sabablarini belgilaydi. Ta limda ham destruktiv xususiyatlar namoyon bo‘lishi mumkin. ʼ Ma lum bir ʼ ta lim islohotining samarasiz natijasi yoki ma lum ta lim ʼ ʼ ʼ tizimining boshqa bir ta lim tizimiga o‘zgartirilishi mobaynida destruktiv ʼ xususiyat namoyon bo‘ladi. O‘zbekistonda kollejlar sistemasining tugatilishi, 11 yillik o‘rta ta limga qaytilishi, sobiq aspirantura tizimini tugatilib, tayanch ʼ doktorantura tizimining joriy etilishi, bir bosqichli doktorlik tizimining samarasiz yakunlanishi va hokazo bir qancha ta lim islohotlarini ta lim ʼ ʼ tizimidagi xaotik jarayonlarning destruktiv xususiyatiga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ta lim jarayonida destruktvizm va konstruktvizm xususiyatlari ʼ doimo o‘rin almashinishi kuzatiladi. Ya ni sinergetik qonuniyat hisoblangan ʼ tartib va tartibsizlikning birgalikda namoyon bo‘lgani hamda xaosning bunyodkorlik mohiyatiga ega bo‘lgani kabi ta limdagi destruksiya ko‘p ʼ hollarda konstruktiv jarayonlar uchun sabab bo‘ladi. Sinergetikada “xaos nazariyasi” muhim o‘rin tutadi. Xaos nazariyasi xususida dunyo olimlari bir qancha tadqiqotlarni amalga oshirishgan. Jumladan, xaos nazariyasining birinchi tarafdori Anri Puankare edi . 1880 yillarda, uch jismli muammolarni o‘rganayotganda, u davriy bo‘lmagan, lekin abadiy ortib ketmaydigan yoki belgilangan nuqtaga yaqin bo‘lmagan orbitalar bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Keyinchalik nochiziqli yondashuv asosida differensial tenglamalar Jorj Devid Birkhoff tomonidan amalga oshirilgan. Shuningdek, yigirmanchi asr o‘rtalaridan boshlab xaos nazariyasi rasmiylashtirildi.
XX asr so‘nggi choragida sinergetika metodologiyasi tushuncha va kategoriyalari fan va falsafaning, shu jumladan, ijtimoiy va gumanitar sohalarning kategorial, ilmiy-konseptual tarkibini kengaytirdi va mohiyatan boyitdi. Shu o‘rinda, ta lim jarayonida tartib va tartibsizlik o‘rtasidagiʼ munosabat muammosini tahlil etishda ham sinergetik tushunishning amaliy metodik jihati muhim hisoblanadi. Ta lim jarayonida tartib va tartibsizlik ʼ o‘rtasidagi munosabat sistemaning ajralmas qonuniyati sifatida uning davomli rivojlanishiga, qayta tiklashiga imkon beradi. Masalan, oliy ta lim ʼ sistemasida ta lim oluvchilar o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash (nazorat ʼ qilish) va natijadorlikni belgilash (baholash)ning reyting tizimi kiritilishi borasidagi bir qancha islohotlarning o‘rin almashganiga (baholash tartibi, baholar shkalasi, nazorat shakllari, joriy, oraliq, yakuniy nazoratlar va h.k.) guvoh bo‘ldik. Bizningcha, bu o‘rin almashinuvlar mavjud tartibotga putur yetkazishi bilan birga yangi tartibotning kelib chiqishiga imkon beradi. Ta lim tizimidagi xaotik jarayonlar, shu jumladan, tashqi ta sirlar, ʼ ʼ tizimning nochiziqli rivojlanishida yuzaga keladigan omillarning paydo bo‘lish ehtimolini aniqlash imkonini beradi. Shuning uchun ham Yu.A.Danilov, B.B.Kadomsevlar “Sinergetika nochiziqli to‘lqin yo‘nalishi bo‘lib, uning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, unda an anaviy fandan farqli ʼ ravishda ochiq sistemalarga, tartibsizlik, muvozanatsizlik, nochiziqli tafakkurga konstruktiv mazmun-mohiyat olib kirdi” 1 , deb yozadilar. Demak, tartibsizlikning bunyodkorlik mohiyati sinergetik qonuniyatlar yordamida aniqlanadi. Ta lim jarayonida sinergetik qonuniyatlardan biri sanalgan tartib va ʼ tartibsizlik o‘rtasidagi munosabat muammosini yoritishda uning uch darajasi to‘g‘risida alohida fikr yuritish kerak bo‘ladi: konseptual, kategorial va uslubiy. Fikrimizcha, sinergetik yondashuvlar aynan shunday tartibda ta lim ʼ
tizimida tartib va tartibsizlik o‘rtasidagi munosabat muammosini yoritishning amaliy tahliliga kirib boradi. Sinergetika ilmiy yo‘nalishi vujudga kelguniga qadar nochiziqli, muvozanatsiz, tartibsiz holatlarga ijobiy munosabatda bo‘linmagan. Aynan sinergetika ta limoti tufayli tartibsizlik (xaos) holati ham taraqqiyot uchun,ʼ yangi tizim hosil bo‘lishi uchun muhim ahamiyat kasb etishi isbotlandi. Faylasuf olim M.Niyazimbetov ta biri bilan aytganda: “Xaos tushunchasini ʼ kupchilik insonlar betartiblilik va noma lumlik bilan teng deb ʼ hisoblashadilar. Ammo, bu hamma vaqtda tug‘ri emas. Xaos qanchalik xaotik xarakterga ega bo‘lishi mumkin? Xaosda ham ma lum tartiblilik mavjud va ʼ ma lum bir qonuniyatga bo‘yso‘nadi” ʼ 1 . Demak, sinergetik metodologiya xaosdagi tartibotni ko‘rsatib berishda muhim ahamiyatga ega. Sinergetikada barqarorlik va xaos kategoriyalarining o‘zaro munosabati ham o‘rganiladi. Mazkur ilmiy soha tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, har qanday eski tuzilma yangi tuzilma bilan almashinar ekan, dastlab beqarorlik, xaos yuz beradi, tizimdagi unsurlar barqarorligiga putur yetadi 2 . Bu nuqtadagi holatni o‘zgarishida oddiy tasodif ham muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Fan va ta limda tasodifiy holatlar tufayli juda katta yutuqlar, kashfiyotlar, tadqiqotlar ʼ amalga oshirilgani tarixiy taraqqiyot bosqichlarida kuzatilgan. Tartibsizlik natijasida yuzaga kelgan bunday tasodiflar yangi bir tartibot, yangi bir tizim uchun asos bo‘la olgan. Sinergetikaning asosiy kategoriyalariga bifurkatsiya, fluktuatsiya, attraktor, dinamik xaos, tartibsizlik, tartibot, ochiqlik, nochiziqlik, kogerentlik kabi tushunchalarni kiritishimiz mumkin. Shuni ham inobatga olmog‘imiz lozimki, ta lim taraqqiyoti jarayonida ʼ tartibsizlikka ijobiy munosabatda qaralmasada, har qanday taraqqiy etgan ta lim sistemalarida ham tizimdagi ma lum bir tartibsizlik tufayli yangi tartib ʼ ʼ vujudga kelishini kuzatishimiz mumkin. Ta lim tizimida tartibsizlik ijodiy ʼ evolyutsiya sabab tartibotga yuz tutadi. Ijod va sinergetikani o‘zaro nisbatini