logo

Texnik ijodkorlikda dizayn yechimlarining o‘ziga xos xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.3330078125 KB
Texnik ijodkorlikda dizayn yechimlarining  o‘ziga xos xususiyatlari
Reja: 
1.Dizayn nazariyasining ijtimoiy, iqtisodiy ergonomik va funksional 
masalalari. Dizaynning vujudga kelishi, dizayn va modern tushunchalari
2. Dizaynning asosiy vazifasi, dizayn san’atining tarkibiy tuzilishi, 
hunarmandchilik va sanoat, birinchi dizaynerlar. O‘zbekistonda dizaynning paydo 
bo‘lishi, rivojlanishi va bugungi kundagi ahvoli
3.Talabalarning dizaynerlik ijodkorlik  faoliyatini rivojlantirish  1 .Dizayn   nazariyasining   ijtimoiy,   iqtisodiy   ergonomik   va   funksional
masalalari.   Dizayn - ingliz tilidan olingan bo‘lib, chiroyli, shinam, yaxshi loyiha
degan ma’noni anglatadi. Dizayner esa - kuchli rassom - konstruktor. Buyum bilan
har qanday tanishish ma’lum darajada unga baho berish bilan bog‘liq. Baho berish
funksional,   estetik,   ijtimoiy   -   nufuzli   bo‘lishi   mumkin.   Buyumlar   olamini
loyihalash   bilan   shug‘ullanadigan   kishi   o‘zining   pirovard   maqsadiga   -   chiroyli
buyum yaratishga harakat qilar ekan, birinchi navbatda mazkur buyumning estetik
qiymati nimadan iborat ekanligini bilishi lozim. Dizayn zamonaviy madaniyatning
eng   yosh   va   tez   rivojlanayotgan   sohalaridan   biridir.   Shu   munosabat   bilan   uning
nazariyasini   ishlab   chiqishga   bo‘lgan   ehtiyoj   kun   sayin   oshib   bormoqda.   Bu   o‘z-
o‘zidan tushunarlidir, chunki shunday qilinganda uning oldiga zamonaviy amaliyot
tomonidan qo‘yilgan dolzarb muammolarni shunchalik tez hal etish mumkin. Shu
haqiqatni   ochiq   aytish   lozim,   bizning   mamlakatimizda   dizayn   imkoniyatlaridan
to‘la   ravishda   foydalanilayotgani   yo‘q.   Bu   borada   vujudga   kelgan   muammoni
tushunish   mumkin;   chunki   birinchidan,   dizaynerlik   faoliyatining   nihoyatda
murakkabligi   bo‘lsa,   ikkinchidan,   uning   fan-texnika,   muhandislik-konstruktorlik,
iqtisodiy faoliyati   bilan  bog‘liqligidir, uchinchidan,  jamiyatning ijtimoiy-madaniy
hayoti bilan chambarchas bog‘lanib ketganligidir.
Shu   boisdan   dizaynning   nazariy   muammolari   ko‘p   qirrali   bo‘lib,   u   turli
nazariy  bosqichlarda  o‘zining  o‘rganib  chiqilishini  talab  etadi.   Modomiki,  dizayn
ommaviy   sanoat   mahsulotlarini   ishlab   chiqarishda   foydalanilar   ekan,   uni   moddiy
ishlab   chiqarish   va   iste’mol   tizimida   ro‘y   beradigan   jarayonlar   munosabati   bilan
ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi. Ayni zamonda dizayn muammosini nazariy jihatdan
ishlab chiqishni uning zamonaviy madaniy hayot tizimida yetakchi o‘rin tutishidan
ayricha   holatda   hisobga   olmasdan   turib,   hal   etish   mumkin   emas,   zero   dizayn
moddiy   va   ma’naviy   ishlab   chiqarishda,   texnika   va   san’at   o‘rtasida   o‘ziga   xos
ko‘prik vazifasini bajaradi.
Shu sababli texnik estetika masalani ishlab chiqarish va iste’molning texnika,
ijtimoiy-iqtisodiy,   ergonomik   hamda   estetik   aspektlari   bilan   bog‘liq   holda   sanoat
mahsulotlarining   shaklini   vujudga   keltirish,   badiiy   konstruksiyalashning   asosiy tamoyillari   va   metodlari   bilan   bog‘liq   holda   ko‘p   muammolar   nuqtai   nazaridan
turib o‘rganadi.
Hozirgi kunda texnik estetika oyoqqa turish bosqichini boshdan kechirmoqda.
Bu   sohada   mehnat   qilayotgan   mutaxassislar   favqulodda   faollik
ko‘rsatayotganliklariga   qaramasdan,   dizayn   muammolarini   tushunishda   hamon
biron-bir   to‘la   va   qat’iy   nazariya   vujudga   kelmagan.   Dizaynning   umumiy
nazariyasi   roliga   da’vo   qilayotgan   bir   qator   taniqli   kontsepsiyalar   amalda   uning
mazmuni bilan bog‘liq u yoxud bu jihatni aks ettirishdan o‘zga narsa emas.
Hozirgi   zamonga   kelib,   dizaynning   bir   necha   ishchi   definitsiyalaridan
foydalanilmoqda.   Ayrim   mualliflar   «industrial   dizayn»,   «sanoat   san’ati»,   «sanoat
estetikasi»   tushunchalarini   bir-biridan   farqlasalar,   boshqa   mualliflar   esa   ularni
sinonimlar deb da’vo qiladilar.
Masalaning   bunday   turli-tuman   shaklda   qo‘yilishi   estetik   va   badiiy
faoliyatning nisbati to‘g‘risidagi masala, jumladan, yarim-yorti yoritilgani, dizayn
nazariyasi   uning   amaliyotidan   orqada   qolayotganligi   bilan   izohlanadi.   Biroq
dizayn   nazariyasi   oldida   terminologiyani   tartibga   keltirishdan   ham   muhimroq
vazifalar   turibdiki,   bularning   qay   darajada   hal   etilishiga   qarab   badiiy
konstruksiyalash   amaliyoti   rivojlanadi.   Sanoat   mahsulotlarini   ishlab   chiqarish   va
ularni   iste’mol   qilish   o‘rtasidagi   garmonizatsiyalash   muammosi   ularning   iste’mol
qilinishini   prognozlashtirish   maqsadida   ijtimoiy   iste’mollar   dinamikasini
o‘rganishni   taqozo   etadi.   Bu   muammolarni   chuqur   va   har   tomonlama
o‘rganmasdan   turib,   dizaynning   ongli   ravishda   o‘zlashtirilgan   hamda   ma’lum
maqsadga   yo‘naltirilgan   faoliyatini   ta’minlash   mumkin   emas.   Ushbu   ulkan
muammoni   hal   etish   uchun,   avvalo,   estetik   ijtimoiy   iste’molning   predmeti   va
mohiyati   to‘g‘risida   qo‘shimcha   ravishda   qoniqarli   javob   topish   lozim   bo‘ladi,
chunki   estetik   iste’mol,   umuman,   qadriyat   nima,   degan   savolga   javob   topishni
talab   qiladi.   Bu   savollarga   qoniqarli   javob   berish   -   butun   boshli   estetik
kontsepsiyani   qurish   demak.   Bu   holat   birgina   texnik   estetik   vositasida   hal   etib
bo‘lmaydi.   Bunday   kontsepsiyani   qurish   yuqori   darajadagi   texnik
abstraktlashuvning   yanada   yuqori   bosqichga   ega   bo‘lishini   talab   qiladi.   Bunday qiyinchiliklarga   barham   berish   uchun   texnik   estetika,   umumiy   estetika,   san’at
sotsiologiyasi,   aksiologiya,   semiotika   va   boshqa   fanlar   bilan   yaqin   hamkorlikda
faoliyat   yurgizishi   lozim   bo‘ladi.   Shunisi   maqtovga   sazovorki,   so‘nggi   yillarda
umumiy   estetik   va   texnik   estetik   sohasida   ish   olib   borayotgan   tadqiqotchilar
o‘rtasida yaqin munosabat o‘rnatildi. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, boshqa
fanlar   tomonidan   ko‘rsatiladigan   bunday   yordamga   birgina   estetika   fani   ehtiyoj
sezayotgani   yo‘q.   Biroq   texnik   estetika   ko‘pgina   dolzarb   muammolarni   kun
tartibiga   qo‘yilishi   bilanoq   umumiy   estetikaning   olg‘a   siljishiga   katta   yordam
bermoqda. Ko‘pgina munozarali masalalar (estetik va badiiy faoliyat hamda uning
mahsulot nisbati, estetik qadriyatlar tabiati va ularni baholash, notasviriy san’atda
badiiy   obraz   muammosi,   buyumda   shakllar   va   funksiyalar   nisbati   va   hokazo)
umumiy estetika fani qarshisida o‘zlarining yangi qirralari bilan namoyon bo‘ldi.
Dizaynni   vujudga   keltiruvchi   ko‘rgazmali   muhit   san’atga   nisbatan   ma’lum
ma’noda   ishonchliroq   estetik   xarakteristika   bera   oladi.   O‘z   vaqtida   taniqli   rus
san’atshunosi   V.V.Stasov   shunday   deb   yozgandi:   «haqiqiy,   xayoliy   bo‘lmagan
xalq san’ati faqat mening zinapoyam ham, xonam ham, stakanim ham, qoshig‘im
ham, stolim  ham, shkafim  ham, pechkam  ham, shamdonim  ham, shu qabilda eng
so‘nggi   buyumimgacha   go‘zal   bo‘lgan   joydagina   mavjuddir...   u   yerda   yashashga
zarur   bo‘lgan   mayda   buyumlar   badiiy   bo‘lmog‘i   uchun   ehtiyoj   yo‘qdir,   u   yerda
san’at   hali   qumda   o‘smoqda,   haqiqiy   ildiz   otishga   ulgurmagan...   Estetik   buyum
(ommaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish) va subyekt (ommaviy iste’molchi)
o‘rtasidagi   o‘zaro   aloqa   obyektiv   tadqiqot   uchun   ancha   qulaydir,   bu   esa   turli-
tuman,   jumladan,   tahlilning   statistik   metodidan   foydalanish   imkonini   beradiki,
bularning   hammasi   estetik   sir-asror   olami   sari   dadil   qadam   qo‘yishda   muhim
ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida   bayon   etilgan   mulohazalar   umumiy   va   texnik   estetika   sohasida
mutaxassislarning   o‘zaro   bir-birlarini   tushunishlari   yuqori   darajada   bo‘lishligiga
erishmoq har ikki sohaning nazariyasi rivojlanishiga ko‘maklashadi. 2.Dizaynning   asosiy   vazifasi,   dizayn   san’atining   tarkibiy   tuzilishi,
hunarmandchilik   va   sanoat,   birinchi   dizaynerlar.   O‘zbekistonda   dizaynning
paydo bo‘lishi, rivojlanishi va bugungi kundagi ahvoli
Dizaynning   maqsadi   —   inson   bilan   uni   qurshab   turgan   mehnatga,
turmushga, madaniyatga jalb etuvchi predmetli muhit bilan maksimum darajadagi
uyg‘unlikni   vujudga   keltirishdan   iborat.   Xo‘sh,   dizayn   bu   maqsadni   qanday   qilib
amalga oshiradi? Ko‘p hollarda biz dizaynerning ishi ilmiy-tadqiqot, muhandislik-
texnik va badiiy faoliyat sifatida baholanishiga o‘rganib olganmiz. Haqiqatan ham,
dizaynerning   mazkur   sohalar   bo‘yicha   faoliyati   nisbatini   o‘rganar   ekanmiz,   ular
o‘rtasida   juda   ko‘p   umumiy   jihatlar   ko‘zga   tashlanadi.   Biroq   uni   faoliyatning   u
yoki   bu   sohasidagi   o‘ziga   xos   xususiyatlar   olami   bilan   qorishtirib   yuborish   yoki
ikki   qo‘shiluvchi   umumiy   summasi   sifatida   namoyish   etish   yaramaydi.   Afsuski,
bunday amaliyot hayotda tez-tez uchrab turadi.
Dizaynerdan professional sifatida «iste’dodning turli qirralariga ega bo‘lishi
talab   qilinadiki,   bu   iste’dod   birgina   rassomning   iste’dodi   bilan   yoxud   mutaxassis
sifatida   faqatgina   loyihalash   tafakkuri   bilan   chegaralanishni   tan   olmaydi,   uning
uchun   yuksak   darajada   rivojlangan   keng   tafakkurni,   jismoniy   o‘ziga   xos
xususiyatlarni,   materialning   tabiiy   go‘zalligini   nozik   fahmlovchi,   yuqori   darajada
rivojlangan   didni,   sanoat   mahsulotlari   ishlab   chiqarish   texnologiyasini   yaxshi
biluvchi   sifatlar   ham   xos   bo‘lmog‘i   lozim.   Dizaynerlik   kasbi   maqomi   yuqori
ixtisos,   o‘z   mehnatining   ijtimoiy   ahamiyati   uchun   mas’uliyatni   his   etish,   sanoat
mahsulotlari   assortimentini   optimallashtirish   orqali   xalq   turmush   darajasini
oshirish   natijasida   shakllanadi.   Dizayner   kasbiga   bo‘lgan   talab   maxsus   o‘quv
adabiyotida ana shu tartibda qo‘yilgan. Haqiqatan ham dizayner u yoxud bu ishlab
chiqarish   jamoasida   muhandis,   konstruktor,   texnolog,   ergonomik,   muhandislik
psixologiyasi   bo‘yicha   ma’lum   bir   tushunchaga   ega   bo‘lishi   lozim.   Bu   uning
faoliyatidagi   zarur,   ammo   yetarli   darajada   bo‘lmagan   shart-sharoitdir.   Bu
sifatlarsiz uning turli soha mutaxassislari bilan muloqotga kirishishi mumkin emas.
Faoliyatning   ana   shu   turlaridan   har   biri   maxsus   va   uzoq   tayyorgarlik   ko‘rishni talab qiladi. Shu boisdan dizayner ushbu bilimlar borasida hech qachon ular bilan
bir bosqichga ko‘tarila olmaydi.
Rassom-konstruktor   sanoat   mahsulotlarini   umumiy   loyihalashda   ishtirok
etuvchi   mutaxassislardan   biri   sanaladi.   Shuni   qayd   etish   o‘rinli   bo‘lur   ediki,
moddiy   ishlab   chiqarish   rivojlangan   hozirgi   davrda   loyihalash   faoliyatning
mustaqil   sohasi   sifatida   ajralib   chiqdi,   bu   esa,   sanoatning   differensiatsiyasi   va
serebralizatsiyasida   oqibat   hamda   zarur   bosqich   sifatida   ahamiyat   kasb   etdi.
Texnik   loyihalashning   industriyadan   ajralib   chiqishi   bu   sohada   qo‘yilgan   muhim
odim   bo‘ldiki,   bundan   keyin   bizning   davrimizga   kelib,   dizaynning   texnik
loyihalashdan ajralib chiqishiga navbat keladi.
Shunday   qilib,   dizayn   moddiy   ishlab   chiqarish   ustidan   keyingi   o‘rinda
turuvchi   usturmadir.   U   sanoatning   hamma   jabhasida   ham   loyihalashning   alohida
turi   sifatida   ajralib   chiqmagan.   Ko‘p   hollarda   dizayner   fan-texnika   jamoasi   bilan
birga   ishlaydi.   Qisqacha   ifodalaganimizda,   mazkur   jamoaning   faoliyatini,   asosan,
quyidagicha ifodalash mumkin:
-   Ixtirochilik,   ya’ni   yangi   ish   qurollari,   asboblar,   mashinalar   va   hokazo;
hamisha yagona, inventariantlilikni ixtiro etish;
-   obyektlar   o‘rtasidagi   yoki   obyektlar   qismi   o‘rtasidagi   yangi   aloqalarni
o‘rnatish   bilan   joylashtirish;   bu   faoliyat   o‘zining   mohiyatiga   ko‘ra   ko‘p
variantlidir;
-  konstruksiyalash,   ya’ni   mavjud texnikani   takomillashtirish  uchun ma’lum
dastur bo‘yicha konstruksiyalash.
Dizaynerning mehnat faoliyatini to‘rt bo‘lakka bo‘lish mumkin:
1)   asos   qilib   olingan   maqsadning   mavjud   bo‘lishi;   2)   asos   qilib   olingan
maqsad   yoxud   prototipning   mavjud   bo‘lishi;   3)   asos   qilib   olingan   topshiriqlarni
kompanovka   metodi   ostida   bajarish;   4)   asos   qilib   olingan   obyekt   ishida   yangi
sifatga ega bo‘lish yoxud yangi obyektlarni barpo etish.
Shuni   ta’kidlash   kerakki,   texnika   taraqqiyoti   dizaynning   ayrim   namunalari
umrini qisqartiradi, joylashtirishning ba’zi tamoyillari esa goho asrlar, hatto ming
yillar   davomida   foydalaniladi.   Dizayn   tomonidan   qo‘yilgan   maqsad   ikki   xil tabiatga   ega   bo‘lib,   u   ham   konkret-utilitar,   ham   ijtimoiy   xarakterga   molikdir.
Stixiyali   dizaynerlik   faoliyati   XIX   asrning   oxiriga   kelib   o‘z   oldiga   utilitar
maqsadlarni qo‘ydi. Faqat XX asr boshiga kelib dizayn stixiyali faoliyat maqomiga
ega  bo‘la  olgach,  uning  komplekslarga  bo‘lgan  munosabati   aniqlashdi.  Buyumlar
guruhining   ijtimoiy   oqibatlari   ham   aniq   ajralib   chiqdi.   Buyumlar   ishlab
chiqaruvchilar   bilan   dizaynerlar   o‘rtasida   aloqa   mustahkamlandi.   Keyinchalik
dizayn   maqsadi   ham   progressiv,   ham   konservativ,   ham   reaksion   bo‘lishi
mumkinligini   dizaynerlar   birinchi   bo‘lib   belgilab   berdilar.   Keyinchalik   amaliyot
ularning dunyoqarashi to‘g‘ri ekanligini isbotladi.
Dizaynning   kundalik   loyihadan   farqi   shundaki,   dizayn   ishtirok   etishi   bilan
biz   sifat   jihatdangina   emas,   samara   jihatidan   ham   yangi   bosqichga   ega   bo‘lamiz.
Texnik loyihalash u yoxud bu buyumga yangi funksiya bag‘ishlay olmaydi yoxud
o‘sha   buyumni   faqat   bitta,   ixtisoslashgan   funksiyasiga   moslashtiradi.   Hali   bu
fikrlarning hammasi ham dizayn haqida hamma fikrlarni anglata olmaydi. «Sanoat
mohiyatida, - deb yozgan edi K.M. Kantor, - dizayn yetakchi o‘rin tutadi. Dizayn
orqali   sanoat   loyihalashi   ijtimoiy-madaniy   impulslar   kasb   etadi,   dizayn   orqali
madaniyat va texnikaning hukmronlik qiluvchi aloqasi hukm suradi».
Rassom-konstruktor   loyihalash   va   ishlab   chiqarishning   hamma
ishtirokchilari   bilan   birgalikda   chiqarilgan   mahsulot   uchun   baravar   javobgar
bo‘lsa-da,   dizaynerlik   loyihalashi   bari   bir   loyihalash   faoliyatining   bir   turidan
boshqa   narsaga   da’vo   qilolmaydi.   Dizaynerni   mahsulotlarni   loyihalash
faoliyatining   sohasi   bo‘yicha   vakili   deb   atashadi.   Xuddi   ana   shu   yerdan   uning
muhandislik   faoliyati   farq   qilib   turuvchi   topshiriqlar   ajralib   chiqadi.   Vazifalar
bunday   sinfining   turli   obyektlarni   loyihalash   chog‘ida   ularning   konkret
funksiyasiga   umumiy   jihatlari   bo‘lmasligi   mumkin.   Bu   vazifalar   sanoat
mahsulotlarini   ishlab   chiqarish   jarayonida   «inson   omili»   bilan   chambarchas
bog‘liq bo‘ladi. Agar vazifa texnika talablarining hamma shartlariga javob bersa, u
holda   ish   muvaffaqiyatli   bajarilgan   deb   hisoblanadi.   Biroq   bunda   mahsulot   bilan
insonning optimal o‘zaro aloqasi muhandislarning e’tiboridan tashqarida qoladi. Texnik   loyihalash   doirasiga   quyidagilar   kiradi:   buyumning   ishonchli
bo‘lishiga,   mustahkamligiga,   samarador   faoliyat   ko‘rsatishiga   erishish.   Bunday
taqqoslash   muhandisning   faoliyatini   rassom-konstruktorning   mehnati   bilan
taqqoslash   chog‘ida   aslo   kamsitilmaydi.   Shunchaki   ularning   oldiga   qo‘ygan
vazifalari   turli-tuman   bo‘lib,   ular   bu   vazifalarni   turli-tuman   yo‘llar   bilan:   ham
ijodiy,   ham   ijodiy   bo‘lmagan   omillar   vositasida   bajarishlari   mumkin.   Hayotda
dizaynga   bo‘lgan   talab   yil   sayin   oshib   bormoqda,   chunki   ishlab   chiqarishda,
transportda, maishiy turmushda va hokazo sohalarda yil sayin an’anaviy loyihalar
yaratishda   uzilish   borgan   sari   oshib   bormoqda.   Shu   narsa   haqiqat   bo‘lib   qoldiki,
keyingi   yillarga   kelib,   samolyotlarning,   temir   yo‘l   poyezdlarining   va
avtomobillarning   tezligi   oshishi   natijasida   mazkur   transport   vositalarida
halokatlarning   soni   ko‘paydi.   Nega?   Chunki   uchuvchi,   mashinist   yoki   haydovchi
tezlikni oshirar ekan, texnikani boshqara olmaydi, vaziyatni to‘g‘ri baholay olmay,
boshqarish uchun zarur  bo‘lgan operatsiyani  boshqara olmay qoladi. Shuningdek,
yana   bir   haqiqat   yuzaga   qalqib   chiqdiki,   stanok   yoki   murakkab   texnik   kompleks
yonida band bo‘lgan xodimning ko‘p vaqti aksariyat hollarda boshqaruv organlari
konstruksiyasining,   axborot   beruvchi   priborlarning   va   hokazolarning   yetarli
darajada mukammal bo‘lmaganini yengib o‘tish uchun sarflanar ekan.
Bularning   natijasi   yangi   tipdagi   dizaynerlik   ixtisosining   maydonga
chiqishiga   olib   keldi.   Mazkur   ixtisosning   asosiy   vazifasi   muhandislik   yo‘li   bilan
ishlab   chiqilgan   u   yoki   bu   texnik   qurilma   o‘rtasida   ana   shunday   qurilmani
boshqarish lozim bo‘lgan operator o‘rtasida kelishuvga erishishdan iborat bo‘ladi.
Shunday   qilib,   dizaynerning   oldiga   qo‘yilgan   inson-operator,   inson-haydovchi
(qisqasi,   iste’molchi)   bevosita   qaddi-qomati   bilan   aloqaga   kirishadi,   obyektni
bevosita   his   etadi.   Xullas,   dizaynerni   loyihalash   bo‘yicha   muhandislik
konstruksiyalari   bilan   inson-iste’molchi   o‘rtasidagi   kelishtiruvchi   halqa   deb   atash
mumkin ekan.
Mashinalarning xarakteristikasi o‘zgargan chog‘da, inson omili, qat’iy qilib
gapirganimizda,   antropometriya,   ergonomika,   psixofiziologiya   va   hokazo   bilan
chegaralanadi. Biroq u haqiqat ham e’tibordan tashqarida qolmasinki, inson tanasining eng
yaqin   antropometrik   parametrlari   ifodalanishi   ham   stereometriya   namunalarida
yoki differensial tenglamalar tizimida qo‘pol qurilmalarning vujudga kelishiga olib
kelgan bo‘lur ediki, buning natijasida bunday qurilmalardan bugungi kunda amalda
foydalanish mumkin emasdir.
Insonning   mushak   faoliyatida   shuni   aytish   mumkin:   eng   oddiy   hatti-
harakatlarda   bunday   mushak   juda   katta   erkinlikka   ega.   Zamonaviy   matematik
apparat esa bunday murakkab tizimni moddalashtira olmaydi.
Demak, muhandis inson to‘g‘risidagi tabiiy fanlarni o‘z faoliyatiga jalb etish
bilan   birga   insonning   obyekt   bilan   o‘zaro   aloqasini   ifodalaydigan   muhim
parametrlarni   va   xarakteristikalarni   ochib   bera   olmaydi.   Rassom-konstruktor
yuqorida   nomlari   keltirilgan   fanlar   chiqarib   berishga   qodir   bo‘lmagan   fanlarga
hukm chiqarib berishga jalb etilgandir.
Dizayn   (ing.   design   -   loyiha,   chizma,   rasm)   -   narsalar   muhitini   estetik   va
funksional   sifatlarini   shakllantirish   maqsadiga   qaratilgan   loyihalash   faoliyati
turlarini   ifodalovchi   termin.   Dizayn   faoliyati   tarkibiga   keng   iste’mol   buyumlari,
mashina, dastgoh, kiyim, reklama va o‘quv materiallari, ishlab chiqarish, jamoat va
turar joy binolarini jihozlash, mebel va boshqalar kiradi. Dizayn 20-asr boshlarida
yuzaga kelib, 30-yillarda maxsus faoliyat turi sifatida G‘arbiy Evropa va AQShda
shakllandi.   80-yil   2-yarmidan   dizaynning   faoliyat   doirasi   kengaydi.   Dizaynerlar
rassom sezgisi bilan birga ilmiy fanlar (masalan, materialshunoslik, rangshunoslik
va  b.)ga   tayanadi,   ishlab   chiqarish   jarayoni   va  sharoitlari,  sotsiologiya   va  boshqa
bilimlarga ega bo‘lishi lozim. Dizayn sohasidagi mutaxassislar maxsus oliy o‘quv
yurtlarida tayyorlanadi. Jumladan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik
va   dizayn   institutida   ham   interyerlar   va   sanoat   grafikasi,   libos   dizayn   bo‘yicha
mutaxassislar tayyorlanadi.
3.Talabalarning dizaynerlik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish
1. Bugungi   kunda   talabalarning   dizaynerlik   ijodkorlik   faoliyatini
rivojlantirishda, avvalo ularga umumiy o‘rta ta’limdagi mehnat ta’limi dasturlarini
mukammal   o‘rgatish   kerak.   Bo‘lajak   mehnat   ta’limi   o‘qituvchilarining   bilim   va ko‘nikmalarini   shakllantirishda   dizaynerlik   hamda   ijodkorlik   qobiliyatlarini
inobatga olinadi.
2. Umumiy o‘rta ta’limda dizayn asoslarini o‘qitishda mehnat ta’limi fanining
imkoniyatlari juda katta. Dizayn asoslarini mehnat ta’limida o‘qitishdan maqsad -
o‘quvchilar   dars   va   darsdan   tashqari   mashg‘ulotlarda   buyumlarni   estetik,
funksional va iqtisodiy jihatlarini hisobga olgan holda loyihalash va amalda yasab
o‘rganishi hamda bilim, ko‘nikma, malakalar hosil qilishdir.
3. Mehnat   ta’limi   mazmunida   dizayn   asoslarini   o‘qitish   jarayonini   shartli
ravishda 3 bosqichda amalga oshadi deb olish mumkin, bular:
4. Boshlang‘ich dizayn ta’limi (I-IV sinflar)
5. Asosiy dizayn ta’limi (V-VII sinflar)
6. Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi (VIII-IX sinflar)
I. Boshlang‘ich dizayn ta’limi
Boshlang‘ich   dizayn   ta’limini   berishda   I-IV   sinflar   uchun   mehnat   ta’limi
darslarida,   sinfdan   tashqari   ishlarda   Davlat   ta’lim   standartlariga   asosan
o‘quvchilarda   quyidagicha   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni   rivojlantirish   ko‘zda
tutilgan.
I sinf: Buyumlarni kuzatish asosida tasvirlarni chizish va bo‘yash mashqlarini
bajarish.   Buyumlar   to‘g‘risida   bilimlarni   rivojlantirish.   Buyumlarni   oddiy   bezak
naqshlarini   o‘ziga   qarab   chizish.   Geometrik   shakllardan   naqshlar   hosil   qilishga
o‘rganish.   Materiallar   haqida   dastlabki   ma’lumotlar.   Asbob   uskunalar   haqida
dastlabki   ma’lumotlar.   Qog‘ozdan   va   kartondan   eng   oddiy   shakldagi   buyumlarni
qirqib   tayyorlash,   ularning   rasmini   chizish,   bo‘yash   hamda   eng   oddiy   naqshlar
bilan bezash.
II   sinf:   Yasagan   o‘yinchoqlar   rasmini   chizish,   bo‘yash   va   shu   o‘yinchoqni
yangi shaklini yoki ayrim qismlarini o‘zgartirilgan variantlarini ishlash. Bir necha
turdosh   o‘yinchoqlar   tahlilini   o‘tkazish.   Turli   kasb   mahsulotlari   bilan   tanishish.
Kasblar   uchun   asboblar   tasvirini   chizish.   Turli   buyumlarni   bezash   uchun   oddiy
naqshlar chizish va bo‘yashga o‘rganish. Materiallarning xususiyatini o‘rganish. III   sinf:   Tekis   geometrik   shakllarning   bir-biriga   nisbatan   katta-kichikligi   va
shakli   bo‘yicha   mutanosibligi   qoidalarini   bilish.   Shakllar   bo‘yicha   va   ranglar
mutanosibligi   qoidalari   bilan   dastlabki   tanishtirish.   Naqshlardagi   elementlarni
davriy   takrorlash   va   simmetriya   qoidalari   bilan   tanishtirish.   O‘yinchoqlar   yasash
va   naqsh   bilan   bezash,   namunaviy   buyumlarni   shakli   va   ranglarini   o‘zgartirib
ishlash.   Applikatsiya   va   mozaika   usulida   oddiy   tasvirlar   ishlash   ko‘nikmalarini
rivojlantirish. Milliy hunarmandchilik buyumlari bilan tanishtirish.
IV sinf: Turli tekis va hajmli shakllarning o‘zaro mutanosibligi qoidalari bilan
tanishtirish.   Turli   mavzularda   kompozitsiya   tuzish.   Shu   buyumlarga   mos   bezak
elementlaridan foydalanish haqida dastlabki tushuncha hosil qilish. Turli shakllarni
soni   va   o‘zaro   joylashuviga   bog‘liq   mutanosiblik   qoidalari.   Turli   materiallardan
o‘yinchoqlar loyihalash.
II. Asosiy dizayn ta’limi
V - VII   sinflar   uchun   mehnat   ta ’ limi   darslarida ,   sinfdan   tashqari   ishlarda
dizayn   ta ’ limini   berish   bo ‘ yicha   Davlat   ta ’ lim   standartlariga   asosan   o ‘ quvchilarda
rivojlantirilishi   lozim   bo ‘ lgan   bilim ,   ko ‘ nikma   va   malakalarni   ishlab   chiqdik
( yog ‘ ochga   ishlov   berish   texnologiyasi   yo ‘ nalishi   misolida ).
V sinf: Materialni tejamli sarflash, texnik rasmi, loyihasi va chizmasi haqida
tushunchalar.   Yog‘ochga   ishlov   beruvchi   kasblar.   O‘ymakorlik.   Loyihalash,
kompozitsiyalash,   ishlov   berish   va   iqtisodiy   masalalarni   hisobga   olish.
Buyumlarning maketini tayyorlash. Bezak elementlarini ko‘chirish hamda mustaqil
ijodiy  naqshlar   tuzish.   Mahsulotlarning   badiiy  estetik   xususiyatlarini   tahlil   qilish.
Buyumlarning   hajmli   fazoviy   tuzilishi.   O‘zbekistonda   badiiy   hunarmandchilikni
rivojlantirishning ahamiyati.
VI   sinf:   Yog‘ochga   ishlov   berish   stanogi   va   parmalash   stanogida   dizayn
buyumlar tayyorlash. Silindrik shakldagi buyumlar loyihasi. Naqsh turlari va ayrim
xususiyatlar haqida tushunchalar. Naqsh turlari bo‘yicha eskizlar tayyorlash. Oddiy
bezash   ishlarini   bajarish   va   buning   uchun   trafaretlar   tayyorlash.   Buyumlarni
dizaynerlik   yechimlarini   hal   qilish   mashqlari.   Plastiklik.   Rang   va   ranglar
uyg‘unligi. VII sinf: Konstruksiyalash elementlari, materiallarning xususiyatlari, yog‘och
buyumlarning   eskizlari   va   ularni   tayyorlash,   kompozitsiya   tuzish.   Assimmetriya
haqida tushuncha, buyumlarga naqsh chizish. Loyihalar asosida buyum tayyorlash.
Turli   geometrik   figuralardan   tashkil   topgan   buyumlar   loyihasi.   Yog‘ochga   ishlov
beruvchi   kasblarning   umumiy   xususiyatlari.   Badiiy   bezash   ishlarida   shakl,   rang,
tasvirlar   va   naqshlardan   foydalanish.   Badiiy   harflar   yozish,   sayqal   beruvchi
bezatish   asboblari   bilan   ishlash   texnologiyasi.   Mahsulotlarning   sifati,   estetik
ko‘rinishi.   Buyumning   turlarini   tahlil   qilish.   Dizaynerlik   loyiha   tuzish   tartibini
o‘rganish.   Buyumning   texnik   mohiyati   va   go‘zalligi.   Tayyor   buyumlar   sifatini
tekshirish.
III. Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi
VIII   sinf:   Zamonaviy   ishlab   chiqarishga   kirish.   Dizaynga   oid   kasblar   bilan
tanishtirish.   Buyumlar   muhiti.   Buyumlarni   loyihalashga   qatnashuvchilar   va
ularning vazifalari haqida tushuncha. Interyerxona ichki ko‘rinishi.
IX sinf: Buyumlarni ishlab chiqarish texnologiyalari. Ergonomika - odam va
buyum   orasidagi   qulaylik.   Dizayn   bilan   bog‘liq   kasblar   va   shu   kasblar
tavsifnomasi.
Uzluksiz ta’limda dizayn ta’limini joriy etish maktabda boshlang‘ich sinfdan
tizimli   ravishda   tasviriy   san’at   va   mehnat   ta’limi   jarayonlarida   amalga   oshirilib
uzluksiz davom etishi va malakali mutaxassis yetishtirish bilan yakunlanadi.
Uzluksiz   ta’lim   tizimida   dizayn   ta’limi   berishni   zamon   talabi   ekanligini
e’tiborga   olgan  holda   nafaqat   umumiy   o‘rta  ta’lim   bo‘g‘inida,   balki   oliy   va  o‘rta
maxsus   o‘quv   yurtlarida   ham   jahon   standartlari   darajasida   rivojlantirishni   taqozo
etadi. ADABIYOTLAR
1.Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori: O‘zbekiston
Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   qonuni.   Kadrlar   tayyorlash
milliy dasturi.//  -T.:”Sharq”, 1997. - 63 b. 
2.   “Ixtirolar,     foydali   modellar   va   sanoat   namunalari”   to‘g‘risidagi
qonun.   //O‘zbekiston   ixtirochilar   va   ratsionalizatorlar   jamiyatining
Respublika  Kengashi. Rasmiy xujjatlar to‘plami. № 2.-T.,1994 . 4-28 b.
   3.Pravila   sostavleniya   i   podachi zayavok na izobreteniya i polezniye
modeli. -T., 1993. 56 s. 
4.Asatryan   A.T.     Razvitiye   tvorcheskix   sposobnostey   shkolnikov   v
krujkax stanshii yunix texnikov. - M.: 1987. 18 s.
5.Bosh   qotir,   yarat,   sinab   ko‘r!:   Qog‘oz   modellar   to‘plami:   O‘rta
maktabning   4-8   sinf   o‘quvchilari   uchun   kitob/   [O.YE.Zamotin   va
boshq.].-   2-qayta   ishlangan   va   to‘ldirilgan   nashr.   Tarj.   -   T.O‘qituvchi,
1988 -144 b. 
6.Vachevskiy   M.A.   Osnovi   ratsionalizatorskoy   i   izobretatelskoy   raboti.
Kiyev, 1988 . 92 s. 
7.Vorobyev   A.I.,   Limanskiy   S.A.   Texnicheskoye   konstruirovaniye   i
modelirovaniye. Uchebnoye posobiye dlya studentov IPF pedinstitutov i
uchashixsya peduchilish. -T.: Ukituvchi, 1990. -110 s. 
    8.Turaqulov   X.A.,   Sharipov   Sh.S.   Talabalar   ixtirochilik   ijodkorligini
rivojlantirish . metodiy tavsiyanoma. - Jizzax, 1998. 36 b.
 9.Andrianov P.N. Maktab o‘quvchilari texnik ijodkorligini rivojlantirish
//   O‘quvchilarning   texnik     ijodkorligi.   Tuzuvchi   P.N.Andrianov.   -
T .:”O‘qituvchi”, 1989.128 b.

Texnik ijodkorlikda dizayn yechimlarining o‘ziga xos xususiyatlari Reja: 1.Dizayn nazariyasining ijtimoiy, iqtisodiy ergonomik va funksional masalalari. Dizaynning vujudga kelishi, dizayn va modern tushunchalari 2. Dizaynning asosiy vazifasi, dizayn san’atining tarkibiy tuzilishi, hunarmandchilik va sanoat, birinchi dizaynerlar. O‘zbekistonda dizaynning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va bugungi kundagi ahvoli 3.Talabalarning dizaynerlik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish

1 .Dizayn nazariyasining ijtimoiy, iqtisodiy ergonomik va funksional masalalari. Dizayn - ingliz tilidan olingan bo‘lib, chiroyli, shinam, yaxshi loyiha degan ma’noni anglatadi. Dizayner esa - kuchli rassom - konstruktor. Buyum bilan har qanday tanishish ma’lum darajada unga baho berish bilan bog‘liq. Baho berish funksional, estetik, ijtimoiy - nufuzli bo‘lishi mumkin. Buyumlar olamini loyihalash bilan shug‘ullanadigan kishi o‘zining pirovard maqsadiga - chiroyli buyum yaratishga harakat qilar ekan, birinchi navbatda mazkur buyumning estetik qiymati nimadan iborat ekanligini bilishi lozim. Dizayn zamonaviy madaniyatning eng yosh va tez rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Shu munosabat bilan uning nazariyasini ishlab chiqishga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Bu o‘z- o‘zidan tushunarlidir, chunki shunday qilinganda uning oldiga zamonaviy amaliyot tomonidan qo‘yilgan dolzarb muammolarni shunchalik tez hal etish mumkin. Shu haqiqatni ochiq aytish lozim, bizning mamlakatimizda dizayn imkoniyatlaridan to‘la ravishda foydalanilayotgani yo‘q. Bu borada vujudga kelgan muammoni tushunish mumkin; chunki birinchidan, dizaynerlik faoliyatining nihoyatda murakkabligi bo‘lsa, ikkinchidan, uning fan-texnika, muhandislik-konstruktorlik, iqtisodiy faoliyati bilan bog‘liqligidir, uchinchidan, jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayoti bilan chambarchas bog‘lanib ketganligidir. Shu boisdan dizaynning nazariy muammolari ko‘p qirrali bo‘lib, u turli nazariy bosqichlarda o‘zining o‘rganib chiqilishini talab etadi. Modomiki, dizayn ommaviy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanilar ekan, uni moddiy ishlab chiqarish va iste’mol tizimida ro‘y beradigan jarayonlar munosabati bilan ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi. Ayni zamonda dizayn muammosini nazariy jihatdan ishlab chiqishni uning zamonaviy madaniy hayot tizimida yetakchi o‘rin tutishidan ayricha holatda hisobga olmasdan turib, hal etish mumkin emas, zero dizayn moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda, texnika va san’at o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajaradi. Shu sababli texnik estetika masalani ishlab chiqarish va iste’molning texnika, ijtimoiy-iqtisodiy, ergonomik hamda estetik aspektlari bilan bog‘liq holda sanoat mahsulotlarining shaklini vujudga keltirish, badiiy konstruksiyalashning asosiy

tamoyillari va metodlari bilan bog‘liq holda ko‘p muammolar nuqtai nazaridan turib o‘rganadi. Hozirgi kunda texnik estetika oyoqqa turish bosqichini boshdan kechirmoqda. Bu sohada mehnat qilayotgan mutaxassislar favqulodda faollik ko‘rsatayotganliklariga qaramasdan, dizayn muammolarini tushunishda hamon biron-bir to‘la va qat’iy nazariya vujudga kelmagan. Dizaynning umumiy nazariyasi roliga da’vo qilayotgan bir qator taniqli kontsepsiyalar amalda uning mazmuni bilan bog‘liq u yoxud bu jihatni aks ettirishdan o‘zga narsa emas. Hozirgi zamonga kelib, dizaynning bir necha ishchi definitsiyalaridan foydalanilmoqda. Ayrim mualliflar «industrial dizayn», «sanoat san’ati», «sanoat estetikasi» tushunchalarini bir-biridan farqlasalar, boshqa mualliflar esa ularni sinonimlar deb da’vo qiladilar. Masalaning bunday turli-tuman shaklda qo‘yilishi estetik va badiiy faoliyatning nisbati to‘g‘risidagi masala, jumladan, yarim-yorti yoritilgani, dizayn nazariyasi uning amaliyotidan orqada qolayotganligi bilan izohlanadi. Biroq dizayn nazariyasi oldida terminologiyani tartibga keltirishdan ham muhimroq vazifalar turibdiki, bularning qay darajada hal etilishiga qarab badiiy konstruksiyalash amaliyoti rivojlanadi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni iste’mol qilish o‘rtasidagi garmonizatsiyalash muammosi ularning iste’mol qilinishini prognozlashtirish maqsadida ijtimoiy iste’mollar dinamikasini o‘rganishni taqozo etadi. Bu muammolarni chuqur va har tomonlama o‘rganmasdan turib, dizaynning ongli ravishda o‘zlashtirilgan hamda ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini ta’minlash mumkin emas. Ushbu ulkan muammoni hal etish uchun, avvalo, estetik ijtimoiy iste’molning predmeti va mohiyati to‘g‘risida qo‘shimcha ravishda qoniqarli javob topish lozim bo‘ladi, chunki estetik iste’mol, umuman, qadriyat nima, degan savolga javob topishni talab qiladi. Bu savollarga qoniqarli javob berish - butun boshli estetik kontsepsiyani qurish demak. Bu holat birgina texnik estetik vositasida hal etib bo‘lmaydi. Bunday kontsepsiyani qurish yuqori darajadagi texnik abstraktlashuvning yanada yuqori bosqichga ega bo‘lishini talab qiladi. Bunday

qiyinchiliklarga barham berish uchun texnik estetika, umumiy estetika, san’at sotsiologiyasi, aksiologiya, semiotika va boshqa fanlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yurgizishi lozim bo‘ladi. Shunisi maqtovga sazovorki, so‘nggi yillarda umumiy estetik va texnik estetik sohasida ish olib borayotgan tadqiqotchilar o‘rtasida yaqin munosabat o‘rnatildi. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, boshqa fanlar tomonidan ko‘rsatiladigan bunday yordamga birgina estetika fani ehtiyoj sezayotgani yo‘q. Biroq texnik estetika ko‘pgina dolzarb muammolarni kun tartibiga qo‘yilishi bilanoq umumiy estetikaning olg‘a siljishiga katta yordam bermoqda. Ko‘pgina munozarali masalalar (estetik va badiiy faoliyat hamda uning mahsulot nisbati, estetik qadriyatlar tabiati va ularni baholash, notasviriy san’atda badiiy obraz muammosi, buyumda shakllar va funksiyalar nisbati va hokazo) umumiy estetika fani qarshisida o‘zlarining yangi qirralari bilan namoyon bo‘ldi. Dizaynni vujudga keltiruvchi ko‘rgazmali muhit san’atga nisbatan ma’lum ma’noda ishonchliroq estetik xarakteristika bera oladi. O‘z vaqtida taniqli rus san’atshunosi V.V.Stasov shunday deb yozgandi: «haqiqiy, xayoliy bo‘lmagan xalq san’ati faqat mening zinapoyam ham, xonam ham, stakanim ham, qoshig‘im ham, stolim ham, shkafim ham, pechkam ham, shamdonim ham, shu qabilda eng so‘nggi buyumimgacha go‘zal bo‘lgan joydagina mavjuddir... u yerda yashashga zarur bo‘lgan mayda buyumlar badiiy bo‘lmog‘i uchun ehtiyoj yo‘qdir, u yerda san’at hali qumda o‘smoqda, haqiqiy ildiz otishga ulgurmagan... Estetik buyum (ommaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish) va subyekt (ommaviy iste’molchi) o‘rtasidagi o‘zaro aloqa obyektiv tadqiqot uchun ancha qulaydir, bu esa turli- tuman, jumladan, tahlilning statistik metodidan foydalanish imkonini beradiki, bularning hammasi estetik sir-asror olami sari dadil qadam qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqorida bayon etilgan mulohazalar umumiy va texnik estetika sohasida mutaxassislarning o‘zaro bir-birlarini tushunishlari yuqori darajada bo‘lishligiga erishmoq har ikki sohaning nazariyasi rivojlanishiga ko‘maklashadi.

2.Dizaynning asosiy vazifasi, dizayn san’atining tarkibiy tuzilishi, hunarmandchilik va sanoat, birinchi dizaynerlar. O‘zbekistonda dizaynning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va bugungi kundagi ahvoli Dizaynning maqsadi — inson bilan uni qurshab turgan mehnatga, turmushga, madaniyatga jalb etuvchi predmetli muhit bilan maksimum darajadagi uyg‘unlikni vujudga keltirishdan iborat. Xo‘sh, dizayn bu maqsadni qanday qilib amalga oshiradi? Ko‘p hollarda biz dizaynerning ishi ilmiy-tadqiqot, muhandislik- texnik va badiiy faoliyat sifatida baholanishiga o‘rganib olganmiz. Haqiqatan ham, dizaynerning mazkur sohalar bo‘yicha faoliyati nisbatini o‘rganar ekanmiz, ular o‘rtasida juda ko‘p umumiy jihatlar ko‘zga tashlanadi. Biroq uni faoliyatning u yoki bu sohasidagi o‘ziga xos xususiyatlar olami bilan qorishtirib yuborish yoki ikki qo‘shiluvchi umumiy summasi sifatida namoyish etish yaramaydi. Afsuski, bunday amaliyot hayotda tez-tez uchrab turadi. Dizaynerdan professional sifatida «iste’dodning turli qirralariga ega bo‘lishi talab qilinadiki, bu iste’dod birgina rassomning iste’dodi bilan yoxud mutaxassis sifatida faqatgina loyihalash tafakkuri bilan chegaralanishni tan olmaydi, uning uchun yuksak darajada rivojlangan keng tafakkurni, jismoniy o‘ziga xos xususiyatlarni, materialning tabiiy go‘zalligini nozik fahmlovchi, yuqori darajada rivojlangan didni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshi biluvchi sifatlar ham xos bo‘lmog‘i lozim. Dizaynerlik kasbi maqomi yuqori ixtisos, o‘z mehnatining ijtimoiy ahamiyati uchun mas’uliyatni his etish, sanoat mahsulotlari assortimentini optimallashtirish orqali xalq turmush darajasini oshirish natijasida shakllanadi. Dizayner kasbiga bo‘lgan talab maxsus o‘quv adabiyotida ana shu tartibda qo‘yilgan. Haqiqatan ham dizayner u yoxud bu ishlab chiqarish jamoasida muhandis, konstruktor, texnolog, ergonomik, muhandislik psixologiyasi bo‘yicha ma’lum bir tushunchaga ega bo‘lishi lozim. Bu uning faoliyatidagi zarur, ammo yetarli darajada bo‘lmagan shart-sharoitdir. Bu sifatlarsiz uning turli soha mutaxassislari bilan muloqotga kirishishi mumkin emas. Faoliyatning ana shu turlaridan har biri maxsus va uzoq tayyorgarlik ko‘rishni