logo

Texnik ijodkorlikning tashkiliy asoslari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.2490234375 KB
Texnik ijodkorlikning tashkiliy asoslari.
Reja: 
1. O‘zbekiston Respublikasining davlat patent idorasi. 
2.Sanoat mulki obyektlarini xuquqiy jixatdan muhafaza qilish.
3.Sanoat mulki subyektining mualifi.
4.O‘zbekiston Respublikasining Intelektual mulk davlat fondi. 1. O‘zbekiston   Respublikasining   Davlat   patent   idorasi.   O‘zbekiston
Respublikasining davlat patent idorasi (bundan keyin Patent idorasi deb yuritiladi)
«Ixtirolar,   foydali   modellar   va   sanoat   namunalari   to‘g‘risidagi»   qonunga   muofiq
sanoat   mulki   obyektlarining   muhofaza   qilish   sohasidagi   yagona   davlat   siyosatini
amalga oshiradi.
Patent   idorasi   sanoat   mulki   obyektlariga   talabnomalarini   ko‘rib   chiqish   uchun
qabul qiladi, ular bo‘yicha davlat ilmiy texnik ekspertizasi o‘tkaziladi, ularni davlat
ro‘yxatiga   oladi,   ushbu   qonunning   qo‘llanishiga   oid   qoidalar   va   tushuntirishlarni
ishlab   chiqadi   hamda   Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan   tasdiqlanadigan   Patent
idorasi to‘g‘risidagi Nizomga muofiq boshqa vazifalarni bajaradi. 
Patent idorasining faoliyatining mablag‘ bilan ta’minlanishi manbai Davlat budjeti
mablag‘idan   patent   bojlaridan,   shuningdek   Patent   idorasi   tomonidan
ko‘rsatiladigan   xizmatlar   va   beriladigan   mateiallar   uchun   olinadigan   xaqdan
iboratdir. 
2.Sanoat   mulki   obyektlarini   xuquqiy   jixatdan   muhafaza   qilish.   Sanoat   mulki
obyektlariga   bo‘lgan   xuquq   muallifga   (mualliflar)   yoki   uning   (ularning)   xuquqiy
vorisiga (vorislarga) tegishli bo‘ladi hamda ixtiro yoki namunasi patenti, dastlabki
patenti   va   foydali   model   guvoxnomasi   (bundan   keyin   patent,   dastlabki   patent,
guvoxnoma deb yuritiladi) bilan tasdiqlanadi.
Basharti,   bir   necha   shaxs   bir-biridan   mustaqil   ravishda   sanoat   mulki   obyektini
yaratgan   bo‘lsa,   patent,   dastlabki   patent   yoki   guvoxnoma   bo‘lgan   xuquq   Patent
idorasi birinchi bo‘lib talabnoma topshirgan.
Obyekt   muallifi,   basharti   o‘zining   obyektiga   nisbatan   xayrixuqiy   ravishdagi
o‘zlashtirish natijasida talabnoma topshirilgan tartibda patent, dastlabki patentyoki
guvoxnoma   oligan   bo‘lsa,   sud   tartibida   patent,   dastlabki   patent   yoki   guvoxnoma
berilshiga norozilik bildirish yoki patent egasi  yoxud uning xuquqiy egasi (matnda
bundan   keyin   patent   egasi   deb   yuritiladi)   sifatida   patent,   dastlabki   patent   yoki
guvoxnoma o‘ziga berilishini talab qilish xuquqiga egadir. 
Dastlabki patent va guvoxnoma dastlabki ekspertiza o‘tkazilgan so‘ng, patent esa,
obyekt moxiyatan ekspertizadan o‘tkazilgan so‘ng beriladi. Ixtiro   patenti   ixtironing   yangiligini,   ixtirochilik   darajasini,   patentning   xaqiqiyligi
va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga
doir mutloq xuquqini tasdiqlaydi. 
Sanoat   namunasi   patenti   sanoat   namunasining   yangiligi   va   o‘ziga   xosligini,
patentning xaqiqiyligi va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish
va undan foydalanishga doir mutloq xuquqini tasdiqlaydi.
Patentning xuquqiy muxofazasi butunlay yoki qisman xaqiqiy emasligini isbotlash
vazifasi   xaqiqiy   emas   deb   da’vo   qilayotgan   tomon   zimmasiga   yuklanadi   va
tartibida amalga oshiriladi.
Dastlabki   patent   va   guvoxnoma   patent   egasining   sanot   mulki   obyektiga   egalik
qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutloq xuquqni tasdiqlaydi.
Patent egasining mutloq xuquqi patent, dastlabki patent yoki guvoxnoma haqidagi
ma’lumotlar   Patent   idorasining   rasmiy   axborotnomasida   e’lon   qilingan     sanadan
boshlab amalda deb hisoblanadi. 
Ustivorlik   (prioritet)   sanasidan   boshlab   «Ixtirolar,   foydali   modellar   va   sanoat
namunalri    to‘g‘rsida» qonun qoidalariga   muofiq belgilanadigan boshqa sanadan
e’tiboran   hisoblanganda   ixtiro   patenti   yigirma   yil   davomida,   sanoat   namunasi
patenti esa o‘n yil mobaynida amal qiladi.
Dastlabki   patent   va   guvoxnoma   ustivorlik   sanasidan   boshlab   xisoblanganda   besh
yil mobaynida amal qiladi.
Sanoat   namunasi   patenti   va   foydali   model   guvohnomasining   amal   qilsh   muddati
patenti egasining iltimosiga ko‘ra Patent idorasi  tomonidan tegishlicha besh yilga
va uch yilga uzaytirilishi mumkin. 
Dastlabki   patent   bilan   muhofazalangan   sanoat   mulki   obyekti   patenti   dastlabki
patent   egasining   iltimosiga   ko‘ra   obyekt   mohiyatan   ekspertizadan   o‘tkazilgan
so‘ng yerilishi mumkin. 
Ixtiro   patenti,   dastlabki   patenti   va   foydali   model   guvohnomasi   bilan
ta’minlanadigan   xuquqiy   muhofaza   xajmi   ularning   formulasi   bilan,   sanoat
namunasi   patenti   va   dastlabki   patenti   bilan   ta’minlanadigan   xuquqiy   muhofaza
hajmi esa buyum (maket, rasm)ning fotosuratlarida aks ettirilgan muhim alomatlari majmui   yoki   ularning   kombinatsiyasi   (matnda   bundan   keyin   muhim   alomatlar
majmui deb yuritiladi) bilan belgilanadi. 
Davlat tomonidan maxfiy deb topilgan sanoat mulki obyektlarini xuquqiy jixatdan
muhofaza qilish alohida qonun jixatlari bilan tartibga solib boriladi. 
3. Sanoat mulki subyektining muallifi.
Sanoat mulki obyektni shaxsiy ijodiy mehnati  bilan yaratgan jismoniy shaxs
bu obyektning muallifi deb e’tirof etiladi.
Basharti,   sanoat   mulkining   obyekti   bir   necha   jismoniy   shaxsning   birgalikda
ijodiy   mehnati   asosida   yaratgan   bo‘lib,   ular   o‘rtasida   tuzilgan   shartnomada
o‘zgacha   qoida   nazarda   tuilmagan   bo‘lsa,   ularning   barchasi   bu   obyektning   teng
xuquqli muallifi deb e’tirof etiladi.
Mualliflik   xuquqiy   beglnalashtirmaydigan   shaxsiy     xuquq   bo‘lib,   qonun   bilan
muhafaza qilinadi.
Patent egasi
Sanoat mulkining obyektiga patent va dastlabki patent guvoznomasi qo‘yidagilarga
beriladi:
sanoat   mulki   obyektlarining   muallifiga   (mualliflariga)   yoki   uning   (ularning)
merosho‘riga (merosho‘rlariga):
muallif   yoki   uning   xuquqiy   vorisi   tomonidan   patent,   dastlabki   patent   yoki
guvohnomaga   oid   talabnoma   yoki   sanoat   mulki   obyekti   Patent   idorasida
ro‘yxatdan   o‘tkazilgunga   qadar   topshirilgan   a’rizada   ko‘rsatilgan   jismoniy   va
(yoki) yuridik shaxslarga (ular roziligi sharti bilan):
mazkur modda nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga.
Xizmatchi   o‘z   xizmat   vazifasini,   ish   beruvchidan   olgan   aniq   bir   topshiriqni
bajarish   bilan   bog‘liq   tarzda   yoki   korxonaning   ixtisosligiga   doir   texnik   bilimlar
yordamida   yaratgan   sanoat   mulki   xuquqiga   ish   beruvchiga   ega   bo‘ladi.   Sanoat
mulki   obyektiga   bo‘lgan     xuquqni   o‘zgacha   o‘tqazish   muallifga   ish   beruvchi
o‘rtasida tuzilagan shartnomaga asosan rasmiylashtiriladi.  Basharti,   ish   beruvchi   sanoat   mulki   obyekti   yaratilganliligi   xaqida   muallif
ma’lum   qilgan   sanadan   e’tiboran   4   oy     mobaynida   Patent   idorasiga   talabnoma
topshirmasa,   talabnoma   topshirish   xuquqini   o‘zga   shaxsga   o‘tqazmasa,   muallif
talabnoma   topshirish   va   patent,   dastlabki   patent   yoki   guvohnomani   o‘z   nomiga
olish   xuquqiga   ega   bo‘ladi.   Bunda   ish   beruvchi   sanoat   mulkining   tegishli
obyektidan   o‘z   korxonasida   patent   egasiga   shartnomada   belgilanadigan   tovon
pulini to‘lagan holda foydalanish xuquqiga ega bo‘ladi. 
Ish beruvchi tomonidan sanoat  mulki  obyekti  mahviy saqlanadigan  bo‘lsa, u
muallifga   munosib   miqdorda   xaq   to‘lash   shart,   xaq   miqdori   shartnoma   asosida
belgilanib, mutloq litsenziyaning bozor narxidan kam bo‘lmasligi lozim. 
Patent   egasi   patent,   dastlabki   patent   yoki   guvohnoma   bilan   muhofaza
qilinadigan sanoat mulki obyektidan foydalanib xuquqini xar qanday jismoniy yoki
yuridik shaxsga berish mumkin. 
Sanoat   mulki   obyektiga   oid   patent,   dastlabki   patent   yoki   guvohnoma,
shuningdek uni olish xuquqi meros bo‘yicha o‘tadi.
1. O‘zbekiston Respublikasining Intelektua mulk davlat fondi.   
O‘zbekiston Respublikasining Intelektual mulk davlat fondi patent egasining
davlat   mulkiga   kiradigan   yoki   shartnoma   asosida   olinadigan   intelektual   mulk
obyektlariga   nisbatan   xuquq   hamda   majburiyatlarini   amalga   oshirilishiga
ko‘maklashadi.
   Inteklektual mulk davlt fondi faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash manbai
sanoat   mulki   va   intelektual   mulkning   boshqa   turlari   obyektlaridan   foydalanish
xuquqiga   oid   litsenziya   sotilishidan   tushadigan   mablag‘larni   bir   qismidan,   davlat
budjeti mablag‘lari hamda boshqa tushumlardan iborat bo‘ladi. 
Intelektual   mulk   davlat   fondi   o‘z   faoliyatini   «Ixtirolar   foydali   modellar   va
sanoat   namunalari   to‘g‘risidagi»   +onun   va   Vazirlar   Mahkamasi   tasdiqlaydigan
ustvga binoan amalga oshiriladi. 
Ixtirochilik   g‘oyasini   ishlab   chiqishda   bilimlar   banki   bo‘limlaridan
foydalanish.   Bilimlar   banki   –   ma’lum   vazifani   bajaruvchi   obyekt   sinfiga   oid
bo‘lgan   va   ishlash     mezonlari,   amalga     oshish,   yuzaga     kelish     ketma-ketligiga
ko‘ra   tizimlangan,   uzluksiz   ravishda   boyitib   boriladigan   axborot   va   ma’lumotlar majmui sifatida ishlab chiqildi. Bunda beriladigan   ma’lumotlar imkon darajasida
qisqa va lo‘nda ifodalanib, tegishli  bo‘limlarga joylashtirilganligi  sababli axborot
jamlamalarining juda ixcham bo‘lishiga erishiladi. Bilimlar bankining  o‘ziga  xos
xususiyatlaridan   biri   uning   uzluksiz   ravishda   yangi   ma’lumotlar   bilan   boyib
borishidir.   Bu   vazifani   amalga     oshirishda     ikki     usuldan   foydalaniladi:     birinchi
holatda o‘qituvchi o‘z ustida qo‘shimcha ishlashi natijasida olgan yangi bilimlarini
doimiy ravishda bilimlar bankiga kiritib boradi. Ikkinchi holatda talaba tomonidan
taklif   qilingan   axborot   o‘qituvchi   tomonidan   tahrir     qilinadi     va   bilimlar   bankiga
kiritiladi.             
Texnik   yechimlarni     ishlab     chiqishning     muayyan       bosqichlarida   bilimlar
bankidan foydalanish  samaradorligini  oshirish  maqsadida  1 - shaklda keltirilgan
bo‘limlarga ajratildi .
Ilmiy   texnika   ijodkorligi   samaradorligi   tobora   ko‘proq   darajada   axborotlar
bilan   ishlash   tezligi     va     unumdorligiga     bog‘liq   bo‘lib   borayotganligini   hisobga
olib bilimlar bankini ishlab chiqishda quyidagi mezonlarga  amal  qilinadi:
1.   Axborotlarni jamlash.  Katta hajmdagi  axborotlar ichidan samarali texnika
va   texnologiyalarni   ishlab       chiqishning   istiqbolli   yo‘nalishlari   haqida   xulosa
chiqarish uchun eng yangi axborotlardan  to‘laroq foydalanish.
2.   Axborotlarni   saralash   va   eng   ahamiyatlilarini   ajratib   olish.   Saralangan
axborotlar bilan ishlash texnik yechimni ishlab chiqish uchun sarflanadigan vaqtni
tejaydi va uning yuqori texnik-texnologik saviyada bo‘lishiga xizmat qiladi.
3.   Ahamiyatli   axborotlarni   tasniflash   -   har   bir   ma’lum   holat   uchun   tahlil
qilinishi   lozim   bo‘lgan   axborotlar   hajmini   kamaytirish   va   qiyosiy   tahlilni   amalga
oshirishda zarur axborotlarni  topish tezligini oshirish uchun xizmat qiladi.
4. Axborotlarni tabaqalash. Axborotlarni samarali texnika va texnologiyalarni
ishlab   chiqish   nuqtai   nazaridan   tabaqalash,   ularning   tahlilini   tadqiqotning   har
bosqichida eng qimmatli ma’lumotlardan boshlash imkonini beradi.
5.   Tasniflangan   axborotlarni   tizimlash.   Tarqoq     holdagi,   aralash     dalillarni
tahlil qilishdan ko‘ra, muammoning umumlashgan ko‘rinishi bilan ishlash texnika
va   texnologiyalarni   ishlab   chiqish     va   foydalanish   samaradorligini   oshirish
imkonini beradi.
6. Tizimlangan axborotlarni   ko‘rgazmaliligini   oshirish, ya’ni matn holidagi
axborotlardan   turli   ko‘rinishdagi   grafik   tasvirlarga   o‘tish.   Bunda   yangi,   samarali
texnika   va   texnologiyalar   ishlab   chiqish   bilan   shug‘ullanayotgan   barcha   talabalar
uchun axborotlar majmuasidan foydalanish imkoniyati ortadi.
7.   Axborotlardan   kompyuterlar     yordamida   foydalanish.   Ixtirochilik
faoliyatida   tahlil   qilinishi   lozim   bo‘lgan   axborotlar     hajmi   ortib   borayotganligi   -
tadqiqotchilar aqliy mehnatini yengillashtirishda zamonaviy axborot texnikalaridan
foydalanishni taqozo etmoqda.  Bilimlar banki
bo‘limlari  
Texnik yechimni
ishlab chiqish
bosqichlari  
Bilimlar banki
bo‘limlari
         
muammolar      
ularning ifodalanish 
   
Texnik yechim
tuzilmasini ishlab
chiqish  
shakllari
Texnik yechimni
amalga
ijodkorligining
mezon va      
oshirish mezonlarini
tanlash uchun ilmiy 
metodlari
Ixtirochilik   
Texnik yechim ishlash
mezonlarini aniqlash  
qonuniyatlar
Texnik yechim amaliyoti-
ijodkorligini
faollashtirish       
da   yuz berishi mumkin
bo‘lgan
metodlari
Texnik obyektlarni   
Texnik yechim
mazmunini
shakllantirish  
zararli oqibatlar
Texnik yechimlarni
o‘zgartirish      
texnik-iqtisodiy
metodlari  
Ishlab chiqilgan
texnik yechimni
baholash  
va ijtimoiy ekologik
baholash usullari
1 - shakl.   Ixtirochilik g‘oyasini ishlab chiqishda   bilimlar banki bo‘limlaridan
foydalanish ADABIYOTLAR
1.Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori: O‘zbekiston
Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   qonuni.   Kadrlar   tayyorlash
milliy dasturi.//  -T.:”Sharq”, 1997. - 63 b. 
2.   “Ixtirolar,     foydali   modellar   va   sanoat   namunalari”   to‘g‘risidagi
qonun.   //O‘zbekiston   ixtirochilar   va   ratsionalizatorlar   jamiyatining
Respublika  Kengashi. Rasmiy xujjatlar to‘plami. № 2.-T.,1994 . 4-28 b.
   3.Pravila   sostavleniya   i   podachi zayavok na izobreteniya i polezniye
modeli. -T., 1993. 56 s. 
4.Asatryan   A.T.     Razvitiye   tvorcheskix   sposobnostey   shkolnikov   v
krujkax stanshii yunix texnikov. - M.: 1987. 18 s.
5.Bosh   qotir,   yarat,   sinab   ko‘r!:   Qog‘oz   modellar   to‘plami:   O‘rta
maktabning   4-8   sinf   o‘quvchilari   uchun   kitob/   [O.YE.Zamotin   va
boshq.].-   2-qayta   ishlangan   va   to‘ldirilgan   nashr.   Tarj.   -   T.O‘qituvchi,
1988 -144 b. 
6.Vachevskiy   M.A.   Osnovi   ratsionalizatorskoy   i   izobretatelskoy   raboti.
Kiyev, 1988 . 92 s. 
7.Vorobyev   A.I.,   Limanskiy   S.A.   Texnicheskoye   konstruirovaniye   i
modelirovaniye. Uchebnoye posobiye dlya studentov IPF pedinstitutov i
uchashixsya peduchilish. -T.: Ukituvchi, 1990. -110 s. 
    8.Turaqulov   X.A.,   Sharipov   Sh.S.   Talabalar   ixtirochilik   ijodkorligini
rivojlantirish . metodiy tavsiyanoma. - Jizzax, 1998. 36 b.
 9.Andrianov P.N. Maktab o‘quvchilari texnik ijodkorligini rivojlantirish
//   O‘quvchilarning   texnik     ijodkorligi.   Tuzuvchi   P.N.Andrianov.   -
T .:”O‘qituvchi”, 1989.128 b.

Texnik ijodkorlikning tashkiliy asoslari. Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasining davlat patent idorasi. 2.Sanoat mulki obyektlarini xuquqiy jixatdan muhafaza qilish. 3.Sanoat mulki subyektining mualifi. 4.O‘zbekiston Respublikasining Intelektual mulk davlat fondi.

1. O‘zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi. O‘zbekiston Respublikasining davlat patent idorasi (bundan keyin Patent idorasi deb yuritiladi) «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risidagi» qonunga muofiq sanoat mulki obyektlarining muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Patent idorasi sanoat mulki obyektlariga talabnomalarini ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo‘yicha davlat ilmiy texnik ekspertizasi o‘tkaziladi, ularni davlat ro‘yxatiga oladi, ushbu qonunning qo‘llanishiga oid qoidalar va tushuntirishlarni ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi to‘g‘risidagi Nizomga muofiq boshqa vazifalarni bajaradi. Patent idorasining faoliyatining mablag‘ bilan ta’minlanishi manbai Davlat budjeti mablag‘idan patent bojlaridan, shuningdek Patent idorasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va beriladigan mateiallar uchun olinadigan xaqdan iboratdir. 2.Sanoat mulki obyektlarini xuquqiy jixatdan muhafaza qilish. Sanoat mulki obyektlariga bo‘lgan xuquq muallifga (mualliflar) yoki uning (ularning) xuquqiy vorisiga (vorislarga) tegishli bo‘ladi hamda ixtiro yoki namunasi patenti, dastlabki patenti va foydali model guvoxnomasi (bundan keyin patent, dastlabki patent, guvoxnoma deb yuritiladi) bilan tasdiqlanadi. Basharti, bir necha shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki obyektini yaratgan bo‘lsa, patent, dastlabki patent yoki guvoxnoma bo‘lgan xuquq Patent idorasi birinchi bo‘lib talabnoma topshirgan. Obyekt muallifi, basharti o‘zining obyektiga nisbatan xayrixuqiy ravishdagi o‘zlashtirish natijasida talabnoma topshirilgan tartibda patent, dastlabki patentyoki guvoxnoma oligan bo‘lsa, sud tartibida patent, dastlabki patent yoki guvoxnoma berilshiga norozilik bildirish yoki patent egasi yoxud uning xuquqiy egasi (matnda bundan keyin patent egasi deb yuritiladi) sifatida patent, dastlabki patent yoki guvoxnoma o‘ziga berilishini talab qilish xuquqiga egadir. Dastlabki patent va guvoxnoma dastlabki ekspertiza o‘tkazilgan so‘ng, patent esa, obyekt moxiyatan ekspertizadan o‘tkazilgan so‘ng beriladi.

Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini, patentning xaqiqiyligi va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutloq xuquqini tasdiqlaydi. Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va o‘ziga xosligini, patentning xaqiqiyligi va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutloq xuquqini tasdiqlaydi. Patentning xuquqiy muxofazasi butunlay yoki qisman xaqiqiy emasligini isbotlash vazifasi xaqiqiy emas deb da’vo qilayotgan tomon zimmasiga yuklanadi va tartibida amalga oshiriladi. Dastlabki patent va guvoxnoma patent egasining sanot mulki obyektiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutloq xuquqni tasdiqlaydi. Patent egasining mutloq xuquqi patent, dastlabki patent yoki guvoxnoma haqidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan sanadan boshlab amalda deb hisoblanadi. Ustivorlik (prioritet) sanasidan boshlab «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalri to‘g‘rsida» qonun qoidalariga muofiq belgilanadigan boshqa sanadan e’tiboran hisoblanganda ixtiro patenti yigirma yil davomida, sanoat namunasi patenti esa o‘n yil mobaynida amal qiladi. Dastlabki patent va guvoxnoma ustivorlik sanasidan boshlab xisoblanganda besh yil mobaynida amal qiladi. Sanoat namunasi patenti va foydali model guvohnomasining amal qilsh muddati patenti egasining iltimosiga ko‘ra Patent idorasi tomonidan tegishlicha besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin. Dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki obyekti patenti dastlabki patent egasining iltimosiga ko‘ra obyekt mohiyatan ekspertizadan o‘tkazilgan so‘ng yerilishi mumkin. Ixtiro patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi bilan ta’minlanadigan xuquqiy muhofaza xajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti va dastlabki patenti bilan ta’minlanadigan xuquqiy muhofaza hajmi esa buyum (maket, rasm)ning fotosuratlarida aks ettirilgan muhim alomatlari

majmui yoki ularning kombinatsiyasi (matnda bundan keyin muhim alomatlar majmui deb yuritiladi) bilan belgilanadi. Davlat tomonidan maxfiy deb topilgan sanoat mulki obyektlarini xuquqiy jixatdan muhofaza qilish alohida qonun jixatlari bilan tartibga solib boriladi. 3. Sanoat mulki subyektining muallifi. Sanoat mulki obyektni shaxsiy ijodiy mehnati bilan yaratgan jismoniy shaxs bu obyektning muallifi deb e’tirof etiladi. Basharti, sanoat mulkining obyekti bir necha jismoniy shaxsning birgalikda ijodiy mehnati asosida yaratgan bo‘lib, ular o‘rtasida tuzilgan shartnomada o‘zgacha qoida nazarda tuilmagan bo‘lsa, ularning barchasi bu obyektning teng xuquqli muallifi deb e’tirof etiladi. Mualliflik xuquqiy beglnalashtirmaydigan shaxsiy xuquq bo‘lib, qonun bilan muhafaza qilinadi. Patent egasi Sanoat mulkining obyektiga patent va dastlabki patent guvoznomasi qo‘yidagilarga beriladi: sanoat mulki obyektlarining muallifiga (mualliflariga) yoki uning (ularning) merosho‘riga (merosho‘rlariga): muallif yoki uning xuquqiy vorisi tomonidan patent, dastlabki patent yoki guvohnomaga oid talabnoma yoki sanoat mulki obyekti Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar topshirilgan a’rizada ko‘rsatilgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarga (ular roziligi sharti bilan): mazkur modda nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga. Xizmatchi o‘z xizmat vazifasini, ish beruvchidan olgan aniq bir topshiriqni bajarish bilan bog‘liq tarzda yoki korxonaning ixtisosligiga doir texnik bilimlar yordamida yaratgan sanoat mulki xuquqiga ish beruvchiga ega bo‘ladi. Sanoat mulki obyektiga bo‘lgan xuquqni o‘zgacha o‘tqazish muallifga ish beruvchi o‘rtasida tuzilagan shartnomaga asosan rasmiylashtiriladi.

Basharti, ish beruvchi sanoat mulki obyekti yaratilganliligi xaqida muallif ma’lum qilgan sanadan e’tiboran 4 oy mobaynida Patent idorasiga talabnoma topshirmasa, talabnoma topshirish xuquqini o‘zga shaxsga o‘tqazmasa, muallif talabnoma topshirish va patent, dastlabki patent yoki guvohnomani o‘z nomiga olish xuquqiga ega bo‘ladi. Bunda ish beruvchi sanoat mulkining tegishli obyektidan o‘z korxonasida patent egasiga shartnomada belgilanadigan tovon pulini to‘lagan holda foydalanish xuquqiga ega bo‘ladi. Ish beruvchi tomonidan sanoat mulki obyekti mahviy saqlanadigan bo‘lsa, u muallifga munosib miqdorda xaq to‘lash shart, xaq miqdori shartnoma asosida belgilanib, mutloq litsenziyaning bozor narxidan kam bo‘lmasligi lozim. Patent egasi patent, dastlabki patent yoki guvohnoma bilan muhofaza qilinadigan sanoat mulki obyektidan foydalanib xuquqini xar qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga berish mumkin. Sanoat mulki obyektiga oid patent, dastlabki patent yoki guvohnoma, shuningdek uni olish xuquqi meros bo‘yicha o‘tadi. 1. O‘zbekiston Respublikasining Intelektua mulk davlat fondi. O‘zbekiston Respublikasining Intelektual mulk davlat fondi patent egasining davlat mulkiga kiradigan yoki shartnoma asosida olinadigan intelektual mulk obyektlariga nisbatan xuquq hamda majburiyatlarini amalga oshirilishiga ko‘maklashadi. Inteklektual mulk davlt fondi faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash manbai sanoat mulki va intelektual mulkning boshqa turlari obyektlaridan foydalanish xuquqiga oid litsenziya sotilishidan tushadigan mablag‘larni bir qismidan, davlat budjeti mablag‘lari hamda boshqa tushumlardan iborat bo‘ladi. Intelektual mulk davlat fondi o‘z faoliyatini «Ixtirolar foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risidagi» +onun va Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ustvga binoan amalga oshiriladi. Ixtirochilik g‘oyasini ishlab chiqishda bilimlar banki bo‘limlaridan foydalanish. Bilimlar banki – ma’lum vazifani bajaruvchi obyekt sinfiga oid bo‘lgan va ishlash mezonlari, amalga oshish, yuzaga kelish ketma-ketligiga ko‘ra tizimlangan, uzluksiz ravishda boyitib boriladigan axborot va ma’lumotlar