logo

Pedagogik texnologiyalar asosida tanqidiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish metodlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

44.4921875 KB
Mavzu:   Pedagogik   texnologiyalar   asosida   tanqidiy   tafakkurni
shakllantirish va rivojlantirish metodlari
Reja:
1. Tanqidiy fikrlash asoslari. 
2. Tanqidiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirishning faol metodlari. 
3. Tanqidiy mushohada metodi. 
4. Tanqidiy mushohada qilishni tashkil etish uchun qo‘llanadigan usullar. 
        Ko‘pchilik   o‘qituvchilar   har   qanday   fikrlashdan   ko‘ra   xotirani
rivojlantirishni yuqoriroq qadrlaydilar, nazorat ishlari va imtihonlarda asosan
talabalar  xotirasi  ko‘lamini  tekshiradilar. Lekin  tanqidiy  fikrlash  tarafdorlari
esa aqliy faoliyatning murakkabroq turlarini nazarda tutadi. 
      O‘quv jarayonini usiz amalga oshirib bo‘lmaydigan «notanqidiy fikrlash»
turlaridan   yana   biri   –   murakkab   g‘oyalarni   tushunish   bilan   bog‘liq.
Biologiya   va   matematika,   tarix   va   adabiyot   darslarida   talabalar   ba’zan
o‘qituvchining aytganlari yoki darslikda nima haqida yozilganligini tushunish
uchun   ancha   «bosh   qotiradilar».   Tushunish,   ayniqsa,   agar   o‘quv   materiali
qiyin   bo‘lsa,   murakkab   aqliy   jarayon   bo‘lib   hisoblanadi.   Masalan,   talaba
murakkab   teoremani   tushunish   uchun   bosh   qotirmoqda.   Albatta   uning
miyasida   murakkab   aqliy   jarayonlar   kechadi,   lekin   buni   ham   hozircha
tanqidiy   fikrlash   deb   bo‘lmaydi.   Biz   o‘zgalar   fikrini   tushunish   ustida   ishlar
ekanmiz birinchi bosqichda bizning shaxsiy fikrlashimiz sust bo‘ladi: bunda
biz   faqat   bizgacha   kimdir   tomonidan   yaratilganni   idrok   qilamiz   xolos,
tanqidiy   fikrlash   esa,   yangi,   tushunib   bo‘lingan   g‘oyalar   tekshirilayotganda,
baholanayotganda,   rivojlantirilayotganda   va   qo‘llanayotganda   sodir   bo‘ladi.
Dalillarni   eslab   qolish   va   g‘oyalarni   tushunish   esa   tanqidiy   fikrlash   uchun
zarur   bo‘lgan   dastlabki   shartlar   bo‘lib   hisoblanadi,   lekin   ular   o‘zaro
yaxlitlikda ham tanqidiy fikrlashni anglatmaydilar. 
     «Tanqidiy fikrlash» tushunchasiga mos kelmaydigan yana bir fikrlash turi
bu   –   ijodiy   yoki   ichki   his   bilan   (intuitiv)   sezib   fikrlashdir.   Sportchi,
rassom, musiqachilar miyasida ham murakkab fikrlash jarayoni sodir bo‘ladi,
lekin ular buni hatto sezmaydilar ham. 
      U holda «tanqidiy fikrlash» nima? 
          «Tanqidiy   fikrlash»   atamasidan   pedagogik   muhitda   anchadan   beri
foydalanib   kelinadi   va   turli   pedagoglar   buni   xilma-xil   tarzda   tushunadilar. Ko‘pchilik   o‘qituvchilar   va   metodistlar   uchun   tanqidiy   fikrlash   «yuqori
tartibdagi»   fikrlashni   bildiradi   –   yuqori   degani   shu   ma’nodaki,   U   Benjamin
Blum   tizimiga   ko‘ra   o‘rganish   qobiliyatlarining   so‘nggi   oliy   pog‘onasida
turadi.   Faylasuflar   tanqidiy   fikrlash   deganda,   odatda   mantiqiy   fikrlash   va
isbotlash ko‘nikmalarini tushunadilar, uning yordamida talabalar diqqat bilan
o‘qish, chuqur munozaralar yuritish va yozuvda o‘z fikrlarini aniq va o‘ylab
ifoda  etish  imkonini  oladilar.  Adabiyot  nazariyotchilari  va  tarixchilar  uchun
matnning   tarkibiy   qismlarini   ajratishga  va  matnning  kitobxonga   ta’sir  qilish
usullarini tanqidiy qaytamushohada qilishga xamda muallif asarni yaratishda
amal   qilgan   sababalarni   aniqlashda   yordam   beradigan   matnga   yondashish
«tanqidiy» deb hisoblanadi. 
Dayana Xalperi «Psixologiya kriticheskogo m ы shleniya» kitobida tanqidiy
fikrlash   «fikr   yuritishning   shunday   ko‘rinishini   anglatadiki,   u   vazminlik,
mantiq va maqsadga yo‘naltirilganlik bilan ajralib turadi»,- deb yozadi. 
Djeni   Stil,   Kert   Meredis,   Charlz   Templarning   «Tanqidiy   fikrlashni
rivojlantirish   uchun   o‘qish   va   yozish»   (O‘YoTF)   loyihasida   quyidagicha
ta’kidlanadi: «Odam tanqidiy fikrlar ekan, u yoki bu g‘oyalar bilan tanishadi,
ularni amalga oshirishdagi mumkin bo‘lgan oqibatlarini ham e’tiborga oladi.
Bunda   odam   bu   g‘oyalarni   dastlab   ma’lum   darajadagi   ishonchsizlik   bilan
idrok   qiladi   va   qarama-qarshi   nuqtai-nazarlar   bilan   taqqoslaydi.   Ularni
asoslash   uchun   qo‘shimcha   mulohazalar   tizimidan   foydalanadi   va   bular
asosida   o‘z   nuqtai-nazarini   ishlab   chiqadi».   Tanqidiy   fikrlash   –   g‘oya   va
imkoniyatlarni   ijodkorlik   bilan   uyg‘unlashuvi,   konsepsiya   va   axborotlarni
qayta fikrlash va qayta qurishdek murakkab jarayondir. Bu faol va interaktiv
bilishning bir necha darajalarida bir vaqtda ro‘y beradigan jarayon ham bo‘lib
hisoblanadi.   Tanqidiy   fikr   egasiga   hiyla-nayranglar   kamroq   ta’sir   qiladi, o‘zining shaxsiy qarashlar tizimi bo‘lgani uchun ular turli xavf-xatardan holi
bo‘ladilar. 
           Tanqidiy fikrlashda g‘oyalar va ularning ahamiyati ko‘pfikrlilik nuqtai-
nazaridan ko‘rib chiqiladi hamda ular boshqa g‘oyalar bilan taqqoslanadi. Bu
fikrlashning eng yuqori darajasi aqliy faoliyat bo‘lib, unda tahlil, taqqoslash,
izohlash,   qo‘llash,   tortishuv,   yangilik,   muammolarni   hal   qilish   yoki   fikrlash
jarayonini baholashga alohida e’tibor beriladi. 
            Tanqidiy   fikrlash   muloqot   va   guruh   bilan   ishlash   malakalarini
rivojlantiradi. 
            Tanqidiy   fikrlash   ta’lim   jarayoniga   jo‘shqinlik   baxsh   etadi,
mashg‘ulotlarni o‘qituvchi va talaba uchun quvonchga aylantiradi. 
           Hozirda talabalarni o‘qishga o‘rgatish va tanqidiy fikrlashni egallashlari
muhim   vazifa   bo‘lib   hisoblanadi.   Yangi   axborotlarga   duch   kelar   ekan,
talabalar   uni   mustaqil   ravishda   baholashi,   unga   turli   xil   nuqtai-nazardan
qarashi,  undan  o‘z  ehtiyoj va maqsadlari  yo‘lida  foydalana  olish  imkoniyati
to‘g‘risida   xulosa   yasay   olishlari   zarur.   Haqiqiy   tanqidiy   fikrlaydigan   odam
bo‘lib yetishish uchun talabalar ijodiy fikrlab, o‘zini sinab ko‘rishi va bunga
oid malakalarni egallashi zarur. 
     Tanqidiy fikrlashni paydo qilish uchun uchun quyidagilar bo‘lishi kerak: 
- talabada o‘ziga xos nuqtai-nazarni paydo qilish; 
- bir fikrdan boshqasining afzalligini asoslash mahorati; 
- murakkab muammolarni yechish mahorati; 
- bahsni dalillab olib borish; 
- yagona fikrni ishlab chiqish uchun birgalikda ishlash mahorati; 
- qarashlar va tasavvurlarga hayotiy tajriba qanday ta’sir qilishini tushunish. 
    Talabalarni   haqiqatan   ham   dolzarb   muammo   haqida   fikrlash
imkoniyatidan mahrum qilib, mantiqiy jarayonlarni mavhum tarzda o‘rganish emas, balki talabalarni tezda faol o‘ylash jarayoniga kirishishga, uni tajribada
amalga   oshirishga   imkon   beradigan   metod   eng   yaxshi   hisoblanadi.   Bundan
tashqari,   talabalarni   haqiqatda   bezovta   qiluvchi   muammolar   haqida   so‘z
borganda   tashabbus  ularning   o‘zidan   chiqqanda,   tanqidiy   fikrlash   yaxshiroq
rivojlanadi. 
     Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu ma’lum yosh davrida
o‘rgatish   tugallanishi   va   unutilishi   mumkin   bo‘lgan   masala   ham   emas.
Tanqidiy fikrlashga olib boradigan aniq-ravshan yo‘llar yo‘k. Biroq o‘qitish
shartlarining   muayyan   to‘plami   borki,   uning   yordamida   tanqidiy   fikrlashni
tarbiyalash mumkin. Jumladan, quyidagi shartlar zarur: 
1. Tanqidiy fikrlash tajribasini orttirishga vaqt va imkoniyat berish. 
2. Talabalarga fikrlash imkoniyatini berish. 
3. Turli g‘oya va fikrlarni qabul qilish. 
4. O‘quv jarayonida o‘kuvchilarning faol qatnashishlariga imkon berish. 
5. Talabalarni ularning ustidan hech kim kulmasligiga ishontirish. 
6.   Har   bir   talabani   u   tanqidiy   mulohaza   yuritishga   qodir   ekanligiga
ishontirish. 
7. Tanqidiy fikrlash paydo bo‘lishini qadrlash. 
     Shu bilan birga, talabalar: 
1.   O‘z-o‘ziga   ishonchni   rivojlantirib,   o‘z   g‘oya   va   fikrlarining   qimmatini
tushunishlari kerak. 
2. Ta’lim jarayonida faol qatnashishlari lozim. 
3. Turli fikrlarni hurmat bilan eshitishlari kerak. 
4. O‘z mulohazalarini shakllantirishga tayyor bo‘lishlari yoki undan o‘zlarini
tiyishlari lozim. 
      Tanqidiy fikrlashning elementlari quyidagilardan iborat: 
- tanqidiy fikrlash – bu mustaqil fikrlashdir;  - axborot – tanqidiy fikrlashning boshlanishidir; 
-   tanqidiy   fikrlash   savolning   qo‘yilishi   va   hal   qilinishi   zarur   bo‘lgan
muammoni aniqlashdan boshladi; 
- tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi; 
- tanqidiy fikrlash – ijtimoiy fikrlashdir. 
    Birinchidan,  tanqidiy fikrlash – bu mustaqil fikrlashdir. 
        Mashg‘ulot   tanqidiy   fikrlash   tamoyillari   bo‘yicha   yaratilar   ekan,   har   bir
ishtirokchi   boshqalarnikidan   mustasno   holda   o‘zining   g‘oyasi,   baholashi   va
ishonchiga   ega   bo‘ladi.   Hech   kim   biz   uchun   tanqidiy   fikrlab   bermaydi.   Biz
faqat   o‘zimiz   uchungina   bunday   fikrlay   olamiz.   Demak,   fikrlash   yakka
tartibli xarakterga ega bo‘lgandagina, uni tanqidiy fikrlash deb atash mumkin.
Talabalar   o‘z   aqli,   fikrlashi   va   eng   murakkab   savollarga   ham   o‘zlari   javob
topa olish erkinligiga ega bo‘lishi kerak. Qanday f ikrlash zarurligini har bir
talaba   o‘zi   uchun   o‘zi   hal   qiladi.   Shunday   qilib,   mustaqillik   tanqidiy
fikrlashning eng muhim jihatlaridan biridir. 
            Ikkinchidan,   axborot   tanqidiy   fikrlashning   natijasi   emas,   balki   uning
boshlanishidir.   Bilim   odamni   tanqidiy   fikrlashga   undovchi   motiv   bo‘lib
hisoblanadi.   Ba’zan   «bo‘sh   kalla   bilan   fikrlash   qiyin»,   deb   ham   aytishadi.
Murakkab fikrni yaratish uchun anchagina «xom ashyo» - dalillar, g‘oyalar,
matnlar, nazariyalar, ma’lumotlar, konsepsiyalarni qayta ishlash zarur. 
            Har   qanday   yoshda   ham   tanqidiy   fikrlash   mumkin:   faqat   talabadagina
emas, balki hatto birinchi sinf o‘kuvchilarida ham hayotiy tajriba va bilimlar
mavjud   bo‘ladi.   Bolalarning   fikrlash   qobiliyatlari   o‘kitish   natijasida   yanada
takomillashib   boradi.   Hatto   juda   yosh   bolalar   ham   tanqidiy   fikrlash   va
butunlay   mustaqil   fikrlash   qobiliyatiga   ega.   Aynan   tanqidiy   fikrlash   tufayli
odatdagi   bilish   jarayoni   alohidalik   va   anglashuvchanlik,   uzviylik   va
samaradorlik kasb etadi.        Uchinchidan,  tanqidiy fikrlash, savolning qo‘yilishi va hal qilinishi zarur
bo‘lgan   muammoni   aniqlashdan   boshlanadi.   Insoniyat   o‘z   tabiatiga   ko‘ra
qiziquvchandir.   Biz   biron-bir   yangilikni   sezar   ekanmiz,   albatta   uning
mohiyatini   bilishni   xohlaymiz.   Qandaydir   tarixiy   obidani   ko‘rar   ekanmiz,
bizda   uning   ichkarisiga   kirish   istagi   paydo   bo‘ladi.   «Barcha   hayvonot
olamida,-   deb   yozadi   kimyogar   va   faylasuf   Mikayel   Poloniy,-   uning   eng
sodda shakli bo‘lgan chuvalchangdan, ehtimol hatto amyobadan boshlab, biz
adabiy   ehtiyotkorlik   harakatini,   ehtiyojni   bevosita   qondirishga   bog‘liq
bo‘lmagan   izlanuvchanlik   faoliyatini:   har   qanday   jonli   mavjudotni   o‘z
atrofini   aql-zakovat   bilan   nazorat   qilishga   intilishini   kuzatamiz».
Qiziquvchanlik   har   qanday   tirik   mavjudotning   ajralmas   xususiyatidir.   Bu
xususiyat   yosh   bolalarda   ayniqsa   quchli   bo‘ladi.   Biroq,   har   qanday
bosqichdagi   haqiqiy   bilish   jarayoni   talabaning   muammoni   hal   qilishi,
o‘zining shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlaridan paydo bo‘lgan savollarga javob
izlashi bilan belgilanadi. 
            Amerikalik   faylasuf   va   pedagog   J.Dyuining   aytishicha,   agar   talabalar
muayyan muammo bilan shug‘ullana boshlasalargina, ularda tanqidiy fikrlash
paydo  bo‘ladi.  «O‘quv  jarayonining  boshlang‘ich  nuqtasi  hisoblangan,  biror
vaziyat   yoki   hodisaga   tegishli   bo‘lgan   eng   muhim   savol   bu   hodisa   qanday
muammoni vujudga keltirishini anglatadigan savoldir». «Faqatgina muayyan
muammo   bilan   kurashib,   murakkab   vaziyatdan   chiqish   uchun   o‘zining
shaxsiy yo‘lini izlagandagina, o‘kuvchi haqiqatan ham fikrlaydi». 
        Bundan   xulosa   qilish   mumkinki,   o‘kituvchi   darsga   tayyorgarlik   ko‘rar
ekan, talabalar to‘qnashishi mumkin bo‘lgan muammolar doirasini aniqlashi,
so‘ngra   esa,   talabalarni   bu   muammolarni   o‘zlari   mustaqil   ravishda
shakllantirishlariga   tayyorlashi   zarur.   Tanqidiy   fikrlash   tufayli   o‘qish   eski
«oliy   maktab»   ishidan   aniq   maqsadga   yo‘nalgan,   mazmunli   faoliyatga aylanadi   hamda   bu   faoliyat   davomida   talabalar   haqiqiy   aqliy   ish   bajarib,
haqiqiy   hayotiy   muammolarni   hal   qiladilar.   Ular   dalillar   to‘plab,   matnlarni
tahlil   qilib,   teng   kuchli   nuqtai-nazarlarni   taqqoslab   hamda   jamoa
imkoniyatlaridan foydalanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob izlaydilar
va uni topadilar. 
          To‘rtinchidan,   tanqidiy   fikrlash   ishonchli   dalillarga   intiladi.   Tanqidiy
fikrlovchi   kishi   muammoning   o‘z   shaxsiy   yechimini   topadi   va   bu   qarorni
oqilona,   asosli   dalillar   bilan   mustahkamlaydi.   U   boshqa   qarorlar   bo‘lishi
mumkinligini   ham   tan   oladi,   lekin   o‘zi   tanlagan   qaror   boshqalarga   nisbatan
eng mantiqiy va oqilona ekanligini isbotlashga harakat qiladi. 
      Har qanday ishonchli dalil uch asosiy qismdan iborat bo‘ladi. Tasdiqlash
–   dalil   markazi,   uning   mazmuni   bo‘lib   hisoblanadi   (ba’zan   u   tezis,   asosiy
g‘oya   yoki   qoida   deb   yuritiladi).   Tasdiqlash   bir   necha   dalillar   bilan
mustahkamlanadi.   Dalillarning   har   biri   o‘z   navbatida   isbotlar   bilan
mustahkamlanadi.   Statistik   ma’lumotlar,   matn   parchasi,   shaxsiy   tajriba,
umuman olganda, ushbu ishonchli dalillarni isbotlashga yordam beruvchi va
muhokamaning   boshqa   ishtirokchilari   tomonidan   tan   olinishi   mumkin
bo‘lgan   barcha   g‘oyalardan   isbotlovchi   sifatida   foydalanish   mumkin.
Ishonchli dalillarning yuqorida qayd qilingan barcha qismlari tasdiq, dalil va
isbotlash   negizida,   uning   to‘rtinchi   qismi   bo‘lgan   asos   turadi.   Asos   –   bu
qandaydir   yo‘naltiruvchi   hisobning   boshlang‘ich   nuqtasi   bo‘lib,   u   notiq
uchun ham, yoki yozuvchi va uning muxlislari uchun ham umumiy bo‘ladi va
u barcha ishonchli dalillar uchun asos bo‘lib hisoblanadi. 
           Ishonchli dalillar, unga qarama-qarshi dalillarni mavjud bo‘lishi, ularni
yo   oshirib   ko‘rsatilishi,   yoki   qabul   qilinishi   mumkinligini   ham   hisobga
olgandagina   yutadi.   Boshqacha   nuqtai-nazarlarning   tan   olinishi   ishonchli
dalillarning   ta’sir   kuchini   yanada   oshiradi.   O‘ta   ta’sirchan   dalillar   bilan qurollangan tanqidiy fikrlovchi kishi, hatto katta obro‘ga ega bo‘lgan fikrga
ham   qarshi   tura   oladi,   amaliyotda   bunday   kishining   fikrini   o‘zgartirish
mumkin emas. 
           Beshinchidan , tanqidiy fikrlash – ijtimoiy bo‘lib ham hisoblanadi (har
bir   inson   ijtimoiy   organizmdir).   Har   qanday   fikr,   agar   u   boshqalar   bilan
o‘rtoqlashilgandagina  o‘tkirlashadi   yoki   faylasuf  Xanna  Arendt  yozganidek:
«kimningdir   huzurimda   bo‘lishi,   meni   barkamollikka   erishtiradi».
Bahslashuvda,   o‘qiganimizda,   muhokamada   ishtirok   etganimizda,   e’tiroz
bildirganimizda,   boshqalar   bilan   fikr   almashganimizda   biz   o‘z   nuqtai-
nazarimizni   aniqlashtiramiz   va   uni   chuqurlashtiramiz.   Shuning   uchun   ham
tanqidiy   fikrlash   yo‘nalishida   ishlayotgan   pedagoglar   o‘z   mashg‘ulotlarida
juftlikda yoki guruhlarda ishlashning turli shakllaridan foydalanishga, bunda
debat   va   munozaralardan   samarali   foydalanishga   hamda   talabalar   yozma
ishlarini   namoyish   qilishning   turli   ko‘rinishlaridan   foydalanishga   intiladilar.
Umuman   olganda,   har   qanday   tanqidiy   fikrlovchi   biron-bir   jamoa   bilan
ishlaydi   va   faqat   o‘z   shaxsini   konstruksiyalashga   nisbatan   anchagina   keng
ma’nodagi vazifalarni hal qiladi. 
Shuning   uchun   ham   tanqidiy   fikrlash   yo‘nalishida   ishlaydigan   o‘qituvchi:
vazminlik,   boshqalarni   eshitishga   o‘rganish,   o‘z   fikriga   javobgarlik   kabi
o‘zaro samarali fikr almashish uchun zarur bo‘lgan sifatlarni shakllantirishga
ko‘proq   e’tibor   beradi.   Shunday   qilib,   bu   o‘qituvchilar   o‘quv   jarayonini
auditoriyadan   tashqarida   kechayotgan   haqiqiy   hayotga   yaqinlashtirishga
erishadilar. 
            Tanqidiy   fikrlash   yozma   ishda   yaqqolroq   namoyon   bo‘ladi.   Yozuvda
fikrlash   jarayonini   kuzatish   mumkin   bo‘ladi   va   bu   o‘qituvchi   uchun   ham
qulaylik   yaratadi.   Yozayotgan   talaba   doimo   faol   bo‘ladi.   U   doim   mustaqil
fikrlaydi va bunda u o‘zida mavjud bo‘lgan barcha bilimlardan foydalanadi. U   o‘z   fikrini   mustahkamlash   uchun   yetarli   darajadagi   ishonchli   dalillarni
qatorlashtirib   tashlaydi.   Bundan   tashqari   u   o‘z   tabiati   jihatidan   ijtimoiy
xarakterga   ega   bo‘ladi.   Chunki   xat   yozuvchi,   uni   o‘qiydiganga   mo‘ljallab
yozadi. Talaba uchun eng qimmatlisi - o‘qituvchining uning ishiga qiziqishi
va   unga   hurmat   bilan   qarashi,   o‘z   fikrlari   to‘g‘risida   kursdoshlari,   boshqa
o‘qituvchilar,   ota-onalar   va   hatto   notanish   kishilar   bilan   o‘rtoqlashish
imkoniyatiga   ega   bo‘lganligidir.   Shuning   uchun   yozishni   tanqidiy
fikrlashning eng muhim vositasi deb hisoblash mumkin. 
          Tanqidiy   fikrlash   asoslari   uch   bosqich   (faza)dan   iborat   bo‘ladi,   bular:
chaqiriq (da’vat), anglash, fikrlash (mulohaza) bosqichlaridir. 
          Tanqidiy   fikrlash   ChAQIRIQ   deb   ataladigan   bosqichdan   boshlanadi,
uning davomida talabalarning qiziqishi uyg‘onadi, zarur savollar tug‘iladi va
bunday bilimlarni olish uchun sabablar shakllanadi. Shundan keyin ma’noni
ANGLASh bosqichi keladi, uning davomida o‘kuvchilar izlash uchun rag‘bat
oladilar,   ba’zi   hollarda   bunga   o‘rganadilar   ham.   FIKRLASh   bosqichi
kulminatsiya bo‘lib hisoblanadi, uning davomida talabalardan o‘z bilimlarini
umumlashtirish,   bilib   olgan   narsalarni   bungacha   bilgan   narsalari   bilan
taqqoslash,   ularning   savollariga   javoblarni   qay   darajada   olganiga   qarab
baholash   (va   zaruratga   qarab   yangi   savollarni   shakllantirish),   bilgan
narsalarini   yanada   katta   muammolarga   qo‘llash,   bilib   olgan   narsalarini
munozara qilish va himoya qilish kabilar iltimos qilinadi. 
      Chaqiriq bosqichining ahamiyati  shundan iboratki, unda yangi bilimlar,
o‘zi   mustaqil   tanlagan   maqsad   uchun   intilish   anchagina   kuchli   bo‘ladi.
Chaqiriq   bosqichida   faoliyatning   bir   nechta   bilim   beruvchi   muhim   turlari
amalga   oshiriladi.   Birinchidan,   o‘rganuvchi   mazkur   mavzu   to‘g‘risida
bilganlarini   tiklashda   faol   ishtirok   etadi.   Bu   esa   uni   o‘z   bilimlarini   tahlil
qilishga   va   tez   orada   batafsil   ko‘rib   chiqiladigan   mavzu   haqida   o‘ylashni boshlashga   majbur   etadi.   Boshqa   ikkita   bosqich   tushuntirilganidan   keyin
dastlabki harakatning ahamiyati ravshanroq bo‘ladi. 
         Talabalarni  bilganlari to‘g‘risida o‘ylashlariga  ko‘maklashish, qiziqish
uyg‘otish   amalga   oshadi.   Talabalar   yangi   bilimlar   qo‘shilishi   mumkin
bo‘lgan   o‘z   bilimlarining   darajasini   aniqlaydi.   Agar   bilim   odam   bilgan   va
tushunganlar kontekstida olingan bo‘lsa, puxta bo‘ladi. Agar axborot talabaga
oldingi bilimlar bilan bog‘lanmasdan berilsa, u tez yo‘qolib ketadi. 
     Ta’lim jarayoni – yangilarni ma’lum bo‘lganlar bilan bog‘lash jarayonidir.
Talabaning   yangi   tasavvurlari   ilgarigi   bilimlari   va   tasavvurlari   asosida
quriladi. Talabalarga ilgarigi bilim va tasavvurlarini tiklashga yordam berib,
yangi   axborotlarni   uzoq   muddatga   tushunish   uchun   keng   asoslar   yaratish
mumkin. 
          Chaqiriq   bosqichining   ikkinchi   maqsadi   –   o‘rganayotganlarni
faollashtirishdan iboratdir. Ta’lim – intilish talab etadigan aktiv faoliyatdir. 
         Talabalar yangi axborotni ongli, puxta tushunishlari va yangi axborotga
tanqidiy   yondashishlari   uchun   ta’lim   jarayonida   faol   qatnashishlari   kerak.
Talaba   belgilangan   maqsad   asosida   o‘ylab,   fikrlarini   o‘z   so‘zlari   bilan
ifodalash orqali faollashadi. Bilimlarni namoyish qilish (o‘ziga va sherigiga)
og‘zaki   yoki   yozma   nutq   yordamida,   faol   fikrlash   orqali   sodir   bo‘ladi.
Shunday qilib, ilgari olingan bilimlar anglash darajasiga olib chiqiladi. Endi
ular   yangi   bilimlarni   o‘zlashtirish   uchun   negiz   bo‘lishi   mumkin.   Bu   esa
talabalarga   yangi   axborotni   avval   bilganlari   bilan   samarali   bog‘lashga
imkoniyat beradi, chunki chunki tushunish uchun kontekst paydo bo‘ldi. 
         Chaqiriq bosqichining uchinchi maqsadi – bunda taklif etilgan mavzuni
ko‘rib   chiqishga   qiziqish   tug‘diriladi   va   maqsad   aniqlanadi.   Qiziqish   va
maqsadning   bo‘lishi   talabalarning   faolligini   yanada   oshiradi.   Maqsadni
aniqlash ta’limda eng muhimdir.           Maqsad ikki xil bo‘ladi: o‘qituvchi tomonidan yoki taklif etilgan matnda
qo‘yilgan maqsad va talaba mustaqil ravishda tanlab olgan maqsad. Mustaqil
ravishda tanlangan  maqsadlar, tashqaridan majburiy kiritilgan maqsadlardan
kuchliroq   bo‘ladi.   Shaxsiy   qiziqish   shaxsiy   maqsadni   belgilaydi.   Agar
barqaror   qiziqish   bo‘lmasa,   o‘kuv   faoliyatining   motivatsiyasi   pasayadi.
Umuman   olganda   talaba   o‘z   savollariga   javob   olishi   orqali   haqiqiy
tushunishga   erishadi.   Anglash   bosqichining   ahamiyati.   Anglash   fazasida
yangi axborot da’vat fazasida faollashtirilgan axborot bilan bog‘lanadi. 
            Bu   bosqichning   asosiy   vazifasi,   birinchidan,   chaqiriq   bosqichida
yaratilgan   qiziqish   va   harakatlanish   inersiyasini,   faollikni   qo‘llab-
qo‘vvatlashdan iborat.   Ikkinchi   muhim vazifasi talabalarda o‘z tushunishini
kuzatishga   doir   intilishlarini   qo‘llashdan   iboratdir   Sub’ektning   ichki
jarayonlari   va   holatlarini   o‘zi   tomonidan   bilib   borishi   refleksiya   (ba’zan,
meta-bilish sifatida ham qaraladi) deb ataladi. 
           Refleksiya (lotincha reflexio – ortga nazar) falsafiy tushuncha bo‘lib, u
individ   ongida   sodir   bo‘layotgan   o‘zgarishlar   haqida   o‘zining   mulohaza
yuritishini   anglatadi.   Refleksiya   –   bu   sub’ektning   faqatgina   o‘zini-o‘zi
tushunishi bo‘libgina qolmay, balki u «refleksiyalanuvchi»ni, uning shaxkiy
xususiyatlari,   ta’sirga   javob   berishining   ifodalanganligi   va   bilishga   oid
tasavvurlarning oydinlashtirilishi va boshqalar tomonidan tushunilishini ham
anglatadi. 
        Fazaning   eng   muhim   vazifasi   esa,   yangi   o‘quv   materialining
tushunilishiga   erishishdan   iboratdir.   Faol   talabalar   xabarni   eshitib,   odatda
savol   beradilar   yoki   tushunmaganlarini   keyinchalik   aniqlash   uchun   yozib
qo‘yadilar.   Sust   o‘kuvchilar   esa   bunday   qilmaydilar,   ular   vujudga   kelgan
chalkashliklar,   anglashilmovchiliklar   haqida   yoki   nimanidir   tushunmay
qolganlarini o‘ylab ham ko‘rmaydilar.            Talabalar   o‘z   tushunishlarini   kuzatganda,   yangi   axborotni   o‘zlaridagi
tasavvurlar   bilan   solishtiradilar,   ongli   ravishda   yangilarni   avval   ma’lum
bo‘lganlari bilan bog‘laydilar. Ular yangi tushunishni yaratish uchun eski va
yangi bilimlar orasida ko‘priklar quradilar.(quyidagi chizmadagi kabi): 
      Fikrlash (mulohaza qilish) bosqichining ahamiyati.  Bu fazada bilimlar
mustahkamlanadi   va   o‘rganilayotgan   masala   bo‘yicha   oldingi   fazalarga
nisbatan   boshqacha   (to‘laroq)   tasavvur   shakllanadi   va   «o‘qiganlik»ning
ortishiga   olib   keladi.   Talaba   o‘z   o‘quv   maqsadiga   erishgandagina   bunday
o‘zgarishlar   sodir   bo‘lishi   mumkin.   Shunday   qilib,   bu   fazada   talabani
o‘qiganlikning pastroq darajasidan uning yuqoriroq darajasiga o‘tkazish sodir
bo‘ladi.   Bu   talabaning   yangi   g‘oya   va   axborotlarni   o‘z   so‘zi   bilan   ifodalay
olishida   aks   etadi.   Talabalar   o‘zlariga   ko‘proq   yoqqan   narsani   yaxshiroq
eslab qoladilar. 
          Fikrlash   bosqichida   bir   nechta   muhim   maqsadlarga   erishish
rejalashtiriladi.   Birinchi  navbatda, o‘kuvchilar yangi fikr va axborotlarni o‘z
so‘zlari bilan ifodalashga harakat qilib ko‘rishlari kerak. 
Agar sizga eslab qolish kerak bo‘lsa – unutasiz. Agar sizga tushunish kerak
bo‘lsa – eslab qolasiz. 
       Ta’lim natijalarining qancha uzoq muddatga saqlanishi hamda tushunish
darajasi turli odamlarda har xildir. Tushunganlarni o‘z so‘zlari bilan ifodalab,
qayta tuzganda shaxsiy anglangan kontekst yuzaga keladi.
          Fikrlash   bosqichining   ikkinchi   maqsadi   talabalar   o‘rtasida   fikrlar   bilan
jonli   almashuv   hisoblanadi,   bu   ularga   o‘z   so‘z   boyligini   kengaytirishga
hamda boshqa talabalarning tasavvurlari bilan tanishishga imkon beradi. 
     O‘zgaruvchan tanqidiy fikrlash turli fikrlar rag‘batlantiriladigan muhitda
kuchayadi . Shunda talabalar ularni hisobga olib, o‘z tasavvurlarini qurishlari
mumkin.        Tanqidiy fikrlashning asoslari o‘qituvchiga shunday sharoitlar yaratadiki,
natijada u quyidagilarga erishadi: 
- talabalarning fikrlashini faollashtiradi; 
- ta’lim (talabalar) maqsadini ajratadi; 
- faol munozaralaga imkoniyat yaratadi; 
- o‘qishga qiziqishni oshiradi; 
- faol o‘quv faoliyatin ta’minlaydi; 
- o‘zgarishlarni rag‘batlantiradi; 
- fikr yuritishni rag‘batlantiradi; 
- o‘kuvchilarga turli xil fikrlarni tinglashga imkoniyat beradi; 
- talabalarga o‘z savollarini berishda yordam beradi; 
- talabaga o‘z-o‘zini ro‘yobga chiqarishga imkon beradi; 
- talabalar tomonidan axborotlar qayta ishlanishini ta’minlaydi; 
- talabalarda tanqidiy fikrlashga imkoniyat yaratadi.  Adabiyotlar
1.   Lutfillaev   M.X.   Oliy   ta’limda   axborot   texnologiyalari   integratsiyasi.
Monografiya. – Samarqand: SamDU, 2005 y. 
2.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.
3. Raxima   Mavlvanova,   Nargiz   Raxmankulova   Boshlang‘ich   ta’lim
pedagogikasi,   innovatsiya   va   intergatsiya   “Boshlangich   ta’lim”
mutaxassisligi:   Bakaiavriyat   yo‘nalishi   -   5111700   bo‘yicha   pedagogika
universitetining   talabalari   uchun   o‘quv   qo‘llanma.-T.:   «   Voris-nashriyoti   »
2013y.
4.   N.N.Azizxujaeva   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   T.:   Fan,
2003y.
5. Omonov   X.,   Xo‘jaev   N.,   Madyarova   S.,   Eshchonov   E.,   Pedagogik
texnologiyalar va pedagogik mahorat.-T.: IQTISOD MOLIYA, 2009.
6. Musurmonova   O.   Pedagogik   texnologiyalar   –   ta’lim   samaradorligi   omili;
monografiya / T.: “YOshlar nashriyot uyi”, 2020  y . 
7.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.

Mavzu: Pedagogik texnologiyalar asosida tanqidiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish metodlari Reja: 1. Tanqidiy fikrlash asoslari. 2. Tanqidiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirishning faol metodlari. 3. Tanqidiy mushohada metodi. 4. Tanqidiy mushohada qilishni tashkil etish uchun qo‘llanadigan usullar.

Ko‘pchilik o‘qituvchilar har qanday fikrlashdan ko‘ra xotirani rivojlantirishni yuqoriroq qadrlaydilar, nazorat ishlari va imtihonlarda asosan talabalar xotirasi ko‘lamini tekshiradilar. Lekin tanqidiy fikrlash tarafdorlari esa aqliy faoliyatning murakkabroq turlarini nazarda tutadi. O‘quv jarayonini usiz amalga oshirib bo‘lmaydigan «notanqidiy fikrlash» turlaridan yana biri – murakkab g‘oyalarni tushunish bilan bog‘liq. Biologiya va matematika, tarix va adabiyot darslarida talabalar ba’zan o‘qituvchining aytganlari yoki darslikda nima haqida yozilganligini tushunish uchun ancha «bosh qotiradilar». Tushunish, ayniqsa, agar o‘quv materiali qiyin bo‘lsa, murakkab aqliy jarayon bo‘lib hisoblanadi. Masalan, talaba murakkab teoremani tushunish uchun bosh qotirmoqda. Albatta uning miyasida murakkab aqliy jarayonlar kechadi, lekin buni ham hozircha tanqidiy fikrlash deb bo‘lmaydi. Biz o‘zgalar fikrini tushunish ustida ishlar ekanmiz birinchi bosqichda bizning shaxsiy fikrlashimiz sust bo‘ladi: bunda biz faqat bizgacha kimdir tomonidan yaratilganni idrok qilamiz xolos, tanqidiy fikrlash esa, yangi, tushunib bo‘lingan g‘oyalar tekshirilayotganda, baholanayotganda, rivojlantirilayotganda va qo‘llanayotganda sodir bo‘ladi. Dalillarni eslab qolish va g‘oyalarni tushunish esa tanqidiy fikrlash uchun zarur bo‘lgan dastlabki shartlar bo‘lib hisoblanadi, lekin ular o‘zaro yaxlitlikda ham tanqidiy fikrlashni anglatmaydilar. «Tanqidiy fikrlash» tushunchasiga mos kelmaydigan yana bir fikrlash turi bu – ijodiy yoki ichki his bilan (intuitiv) sezib fikrlashdir. Sportchi, rassom, musiqachilar miyasida ham murakkab fikrlash jarayoni sodir bo‘ladi, lekin ular buni hatto sezmaydilar ham. U holda «tanqidiy fikrlash» nima? «Tanqidiy fikrlash» atamasidan pedagogik muhitda anchadan beri foydalanib kelinadi va turli pedagoglar buni xilma-xil tarzda tushunadilar.

Ko‘pchilik o‘qituvchilar va metodistlar uchun tanqidiy fikrlash «yuqori tartibdagi» fikrlashni bildiradi – yuqori degani shu ma’nodaki, U Benjamin Blum tizimiga ko‘ra o‘rganish qobiliyatlarining so‘nggi oliy pog‘onasida turadi. Faylasuflar tanqidiy fikrlash deganda, odatda mantiqiy fikrlash va isbotlash ko‘nikmalarini tushunadilar, uning yordamida talabalar diqqat bilan o‘qish, chuqur munozaralar yuritish va yozuvda o‘z fikrlarini aniq va o‘ylab ifoda etish imkonini oladilar. Adabiyot nazariyotchilari va tarixchilar uchun matnning tarkibiy qismlarini ajratishga va matnning kitobxonga ta’sir qilish usullarini tanqidiy qaytamushohada qilishga xamda muallif asarni yaratishda amal qilgan sababalarni aniqlashda yordam beradigan matnga yondashish «tanqidiy» deb hisoblanadi. Dayana Xalperi «Psixologiya kriticheskogo m ы shleniya» kitobida tanqidiy fikrlash «fikr yuritishning shunday ko‘rinishini anglatadiki, u vazminlik, mantiq va maqsadga yo‘naltirilganlik bilan ajralib turadi»,- deb yozadi. Djeni Stil, Kert Meredis, Charlz Templarning «Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun o‘qish va yozish» (O‘YoTF) loyihasida quyidagicha ta’kidlanadi: «Odam tanqidiy fikrlar ekan, u yoki bu g‘oyalar bilan tanishadi, ularni amalga oshirishdagi mumkin bo‘lgan oqibatlarini ham e’tiborga oladi. Bunda odam bu g‘oyalarni dastlab ma’lum darajadagi ishonchsizlik bilan idrok qiladi va qarama-qarshi nuqtai-nazarlar bilan taqqoslaydi. Ularni asoslash uchun qo‘shimcha mulohazalar tizimidan foydalanadi va bular asosida o‘z nuqtai-nazarini ishlab chiqadi». Tanqidiy fikrlash – g‘oya va imkoniyatlarni ijodkorlik bilan uyg‘unlashuvi, konsepsiya va axborotlarni qayta fikrlash va qayta qurishdek murakkab jarayondir. Bu faol va interaktiv bilishning bir necha darajalarida bir vaqtda ro‘y beradigan jarayon ham bo‘lib hisoblanadi. Tanqidiy fikr egasiga hiyla-nayranglar kamroq ta’sir qiladi,

o‘zining shaxsiy qarashlar tizimi bo‘lgani uchun ular turli xavf-xatardan holi bo‘ladilar. Tanqidiy fikrlashda g‘oyalar va ularning ahamiyati ko‘pfikrlilik nuqtai- nazaridan ko‘rib chiqiladi hamda ular boshqa g‘oyalar bilan taqqoslanadi. Bu fikrlashning eng yuqori darajasi aqliy faoliyat bo‘lib, unda tahlil, taqqoslash, izohlash, qo‘llash, tortishuv, yangilik, muammolarni hal qilish yoki fikrlash jarayonini baholashga alohida e’tibor beriladi. Tanqidiy fikrlash muloqot va guruh bilan ishlash malakalarini rivojlantiradi. Tanqidiy fikrlash ta’lim jarayoniga jo‘shqinlik baxsh etadi, mashg‘ulotlarni o‘qituvchi va talaba uchun quvonchga aylantiradi. Hozirda talabalarni o‘qishga o‘rgatish va tanqidiy fikrlashni egallashlari muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Yangi axborotlarga duch kelar ekan, talabalar uni mustaqil ravishda baholashi, unga turli xil nuqtai-nazardan qarashi, undan o‘z ehtiyoj va maqsadlari yo‘lida foydalana olish imkoniyati to‘g‘risida xulosa yasay olishlari zarur. Haqiqiy tanqidiy fikrlaydigan odam bo‘lib yetishish uchun talabalar ijodiy fikrlab, o‘zini sinab ko‘rishi va bunga oid malakalarni egallashi zarur. Tanqidiy fikrlashni paydo qilish uchun uchun quyidagilar bo‘lishi kerak: - talabada o‘ziga xos nuqtai-nazarni paydo qilish; - bir fikrdan boshqasining afzalligini asoslash mahorati; - murakkab muammolarni yechish mahorati; - bahsni dalillab olib borish; - yagona fikrni ishlab chiqish uchun birgalikda ishlash mahorati; - qarashlar va tasavvurlarga hayotiy tajriba qanday ta’sir qilishini tushunish. Talabalarni haqiqatan ham dolzarb muammo haqida fikrlash imkoniyatidan mahrum qilib, mantiqiy jarayonlarni mavhum tarzda o‘rganish

emas, balki talabalarni tezda faol o‘ylash jarayoniga kirishishga, uni tajribada amalga oshirishga imkon beradigan metod eng yaxshi hisoblanadi. Bundan tashqari, talabalarni haqiqatda bezovta qiluvchi muammolar haqida so‘z borganda tashabbus ularning o‘zidan chiqqanda, tanqidiy fikrlash yaxshiroq rivojlanadi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu ma’lum yosh davrida o‘rgatish tugallanishi va unutilishi mumkin bo‘lgan masala ham emas. Tanqidiy fikrlashga olib boradigan aniq-ravshan yo‘llar yo‘k. Biroq o‘qitish shartlarining muayyan to‘plami borki, uning yordamida tanqidiy fikrlashni tarbiyalash mumkin. Jumladan, quyidagi shartlar zarur: 1. Tanqidiy fikrlash tajribasini orttirishga vaqt va imkoniyat berish. 2. Talabalarga fikrlash imkoniyatini berish. 3. Turli g‘oya va fikrlarni qabul qilish. 4. O‘quv jarayonida o‘kuvchilarning faol qatnashishlariga imkon berish. 5. Talabalarni ularning ustidan hech kim kulmasligiga ishontirish. 6. Har bir talabani u tanqidiy mulohaza yuritishga qodir ekanligiga ishontirish. 7. Tanqidiy fikrlash paydo bo‘lishini qadrlash. Shu bilan birga, talabalar: 1. O‘z-o‘ziga ishonchni rivojlantirib, o‘z g‘oya va fikrlarining qimmatini tushunishlari kerak. 2. Ta’lim jarayonida faol qatnashishlari lozim. 3. Turli fikrlarni hurmat bilan eshitishlari kerak. 4. O‘z mulohazalarini shakllantirishga tayyor bo‘lishlari yoki undan o‘zlarini tiyishlari lozim. Tanqidiy fikrlashning elementlari quyidagilardan iborat: - tanqidiy fikrlash – bu mustaqil fikrlashdir;