logo

SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA`LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O`QUVCHILARDA TANQIDIY VA KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.6650390625 KB
SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA`LIM TEXNOLOGIYALARI
ASOSIDA O`QUVCHILARDA TANQIDIY VA KREATIV TAFAKKURNI
SHAKLLANTIRISH
REJA:
1. Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim texnologiyalari haqida tushuncha. 
2. Shaxsga   yo`naltirilgan   ta`lim   texnologiyalarining   o`quvchilarda   tanqidiy
va kreativ tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari
3. Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim asosida o`quvchi faolligini oshirish Shaxsga   yo`naltirilgan   o`qitish   texnologiyalari.   O`qitish   jarayonida,
pedagog   texnologiyalar   talablari   asosida   ifoda   etilgan,   o`quv   maqsadlariga
erishiladi.   Ilmiy-texnik   taraqqiyot   jadallashgan   davrda   o`qitish   samaradorligi,
asosan,   o`quvchining   o`qitish   jarayonidagi   o`rni,   pedagogning   unga   bo`lgan
munosabatiga   bog`liq   bo`ladi.   Bu   yerda   o`qitish   texnologiyasining   ikki   turini
ajratib ko`rsatish mumkin avtoritar va shaxsga yo`naltirilganlar.
Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatida namoyon bo`ladi,
talabalar   esa   faqatgina   «obyekt»   vazifasini   bajaradi   xolos.   Bunda   talabaning
tashabbusi va mustaqilligi yo`qoladi, o`qitish majburiy yo`sinda amalga oshiriladi.
Odatdagi   an`anaviy   o`qitish,   avtoritar   texnologiyaga   taalluqlidir.   Bunda,   avvalo
A.Komenskiy   tomonidan   ifoda   etilgan,   didaktika   tamoyillariga   asoslangan
o`qitishning   sinf-dars   tizmida   tashkil   etish   nazarida   tutildi.   Hanuzgacha   dunyoda
eng ko`p tarqalgan o`qitishning sinf-dars tizimi, quyidagi xususiyatlari bilan ajralib
turadi:
- Yoshi   va   tayyorgarlik   darajasi   taxminan   bir   xil   bo`lgan   talabalar   sinfini   tashkil
etadi:
-   Sinf  yagona  o`quv  reja,  yagona  o`quv  dasturlar   va  yagona  mashg`ulotlar   jadvali
bilan shug`ullanadi:
- Mashg`ulotlarning   asosiy   birligi   dars   bo`lib,   u   bitta   fanning   bitta   mavzuga
bag`ishlanadi va o`quvchi tomonidan boshqariladi:
- O`quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo`llaniladi. 
An`anaviy   o`qitish   asosan   bilim,   o`quv   va   ko`nikmalarni   o`zlashtirishga
qaratilgan bo`lib, shaxsning rivojlanishini ko`zda tutmaydi.
An`anaviy   o`qitish   asosini,   Ya.A.Komenskiy   tomonidan   tuzilgan
pedagogika tamoyillari tashkil etadi:
-ilmiylik:
-tabiatga   monandlik   (o`qitish   rivojlanish   bilan   belgilanadi,   ammo
shakllanmaydi)
-uzviylik va tizimlik:
-o`zlashtiruvchanlik (ma`lumdan noma`lumga, soddadan murakkabga) -mustahkamlik (takrorlash, takrorlash…)
-onglilik va faollik (qo`yilgan maqsadni bilgan va buyruqlarni bjarishga faol
bo`lgan)
-nazariyaning amaliyot bilan bog`liqligi:
-yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish:
An`anaviy   o`qitish   quydagi   xususiyatlarga   ega:   zo`ravonlik   pedagogikasi,
o`qitishning   tushuntiruv-ko`rgazmali   usuli,   ommaviy   o`qitish.   An`anaviy
o`qitishda   avtoritarlik   quyidagi   shaklda   namoyon   bo`ladi:   talaba   bu   hali   to`la
shakllanmagan   shaxs,   u   faqat   bajarishi   zarur,   pedagog   esa-   bu   sardor   hakam,
yagona tashabuskor shaxs.
Zamonaviy   an`anaviy   o`qitish   esa,   o`qitishning   texnik   vositalarini   qo`llab,
didaxografiyadan   foydalanishdan   iborat   bo`ladi.   Shaxsga   yo`naltirilgan-
texnologiyalarda,   talaba   shaxsi   pedagogik   jarayon   markaziga   qo`yiladi,   uning
rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar
yaratiladi:
Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturda   O`zbekiston   Respublikasidagi   ta`lim
tizimining miliy modeliga alohida e`tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan
iborat:   shaxs,   davlat   va   jamiyat,   uzluksiz   ta`lim,   fan   ishlab   chiqarish.   Bu   yerda
ta`lim   milliy   modelining   asosiy   tarkibiy   qismi   –   «shaxs»   birinchi   o`rinda   turadi.
Boshqacha   aytganda   butun   ta`lim   tizimi,   shu   jumladan   o`qitish   shaxsga
yo`naltirilgan bo`lishi lozim.
Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, o`qitishning
shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.
Hayot   dialektikasi   shundan   iboratki,   doimo   yangi   avlod,   oldingi   avloddan
ko`ra   rivojlanganroq   bo`ladi.   Ilmiy   texnik   taraqqiyotning   keskin   yuksalish
davrigacha fan, texnika va texnologiyalar rivoji evolyusion, past sur`atlarda amalga
oshar   edi.   Shuning   uchun   ketma-ket   keluvchi   avlodlarning   rivojlanish   darajasi
deyarli   farq   qilmas   edi.   Bunday   sharoitlarda   Ya.A.   Komensiyning   o`qitishining
avtoritar texnologiyasini, an`anaviy sinf dars tizimi dunyoga keladi. Ilmiy   texnik   taraqqiyotning   keskin   yuksalish   davrida   (asrning   ikkinchi
yarmi),   fan-texnika   texnologiyalar   yuqori   sur`atlarda   rivojlanayotgan   davrda,   bir
avlod   hayoti   davomida   fanning   rivoji   insoniyatning   butun   tarixidagidan   ko`ra
ko`piroq bo`lgan bu davrda, o`qitishning an`anaviy tizimi o`z umrini oxiriga yetdi.
Hozirgi   zamon   avlodning   rivojlanish   sur`ati   oldingilardan   ko`ra   ancha   yuqori
bo`lganligi   sababli,   o`qitishning   an`anaviy   tizimi,   rivojlanishga   to`sqinlik   qila
boshladi.   Bunday   sharoitlarda   taraqqiyot,   faqat   xar   bir   shaxsning   mavjud
imkoniyatlarini   to`la   ro`yobga   chiqarish   asosida   amalga   oshirilishi   mumkin.
Axborotning   hajmi,   xilma-xilligi,   egallashga   moyilligi   va   vositalarning   yetarliligi
samarali   individual   va   mustaqil   o`qitishni   tashkil   etish   uchun   zaruriy   shart-
sharoitlar   yaratadi.   O`qitishni   jadallashtirish   maqsadida   pedagogning   talabaga
bo`lgan munosabati jihatidan «sardor» likdan, uning sherigiga aylanish zarur. 
O`qitishnig   shaxsga   yo`naltirilgan   texnologiyalariga   quyidagi   asosiy
tamoyillar xos bo`ladi:
-insonparvarlik   -   ya`ni   insonga   har   tomonlama   hurmat   va   muhabbat
ko`rsatish,   unga   yordamlashish,   uning   ijodiy   qobiliyatiga   ishonch   bilan   qarash,
zo`rlashdan to`la voz kechish;
-hamkorlik   –   ya`ni   pedagog   va   talabalar   munosabatidagi   demokratizm,
tenglik, sheriklik;
-erkin   tarbiyalash   –   ya`ni   shaxsga   uning   hayot   faoliyatini   keng   yoki   tor
doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqilligini berish, natijalarini tashqi ta`sirdan
emas,   ichki   hissiyotlardan   keltirib   chiqarish.   Shaxsga   yo`naltirilgan
texnologiyalarning   kommunaktiv   asosi-pedagogik   jarayonda   talabga   insoniy-
shaxsiy yondashuv hisoblanadi.
Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo`ladi;
-pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas, su`bekt hisoblanadi;
-har bir talaba qobiliyat egasi, ko`pchiligi esa iste`dod egasi hisoblanadi;
-yuqori   etnik   qadriyatlar   (saxiylik,   muhabbat,   mehnatsevarlik,   vijdon   va
boshqalar) shaxsning ustuvor hislatlari hisoblanadi;
Munosabatlarda demokratlashtirish quyidagilarni o`z ichiga oladi; -talaba va pedagog huquqlarini tenglashtirish,
-talabaning erkin tanlab olish huquqi;
-xatoga yo`l qo`yish huquqi;
-o`z nuqtai nazariga ega bo`lish huquqi;
-pedagog   va   talabalar   munosabati   zayli;   ta`qiqlamaslik;   boshqarish   emas,
birgalikda   bajarish;   majburlash   emas,   ishontirish;   buyurish   emas,   tashkil   etish;
chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.
Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali
natija bermaydigan va noinsoniy hisoblanadigan zo`ravonlik pedagogikasidan voz
kechishdir. Muammo bu tamoyilni mustaqillashtirishda emas, balki uning oqilona
mezonlarini   aniqlashdadir.   Umuman   olganda   tarbiya   jarayonida   zo`ravonlik
mumkin   emas,   ammo   jazolash   insonni   kamsitadi,   ezadi,   rivojlanishni   susaytiradi,
uning qulchilik hususiyatlarini shakllantiradi.
Majburlashsiz o`qitish quyidagilar bilan belgilanadi.
-ishonchga asoslangan majburlashsiz talabchanlik;
-o`quv   materialiga   qiziqish   uyg`otish,   bilishga   va   faol   ijodiy   fikrlashga
rag`batlantirish;
-talabalarning mustaqilligi va tashshabusiga tayanish;
-jamoa orqali bilvosita talablarni amalga oshirish.
Individuval yondashuvning yangi talqini quyidagilardan iborat;
-o`rtacha talabaga yo`naltirishdan voz kechish;
-shaxsning yaxshi xislatlarini izlash; 
-shaxs   rivojlanishining   individual   dasturlarini   tuzish   va   unga   tuzatishlar
kiritish;
Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo`ladi;
-har   bir   talaba   qiyofasida   noyob   shaxsni   ko`rish,   uni   hurmat   qilish,
tushunish,   qabl   qilish,   unga   ishonish.   Pedagogda   barcha   talabalar   iste`dodli
ishonch bo`lishi kerak;
-shaxsga,   yutuqni   ma`qullovchi,   qo`llab-quvvatlovchi,   xayrixoh   vaziyatlar
yaratish, ya`ni o`qish xursandchilikni olib kelishi kerak; -bevosita   majburlashga   yo`l   qo`ymaslik,   qoloqlikka   va   boshqa
kamchiliklarga urug` bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik;
-pedogogik   jarayonda,   talabalarni   o`z   qobiliyatlarini   ro`yobga   chiqarishga
imkoniyat berish va ko`maklashish;
Oliy,   o`rta   maxsus   va   kasbiy   ta`lim   tizimi   uchun,   o`qitishning   shaxsga
yo`naltirilgan   texnologiyalariga   quyidagilarni   kiritish   mumkin;   ishbilarmonliklar
o`yinlari;   muammoli   o`qitish;   tabaqalashtirilgan   o`qitish;   dasturlashtirilgan
o`qitish; kompyuterlashtirilgan o`qitish; modulli o`qitish;
Jamiyatning   har   tomonlama   ravnaq   topishi,   taraqqiy   etishi   ta`limning
rivojlanishiga   va   mazmunan   takomillashib   borishiga   bog`liq.   Ta`lim   sohasidagi
eng katta potensial kuch bu shaxsdir. Bizga ma`lumki, har bir fan kabi zamonaviy
pedagogikaning   maqsadi   mustaqil   fikrlaydigan   va   faoliyat   yuritadigan,   jamiyat
hayotida   faol   ishtirok   etadigan   shaxsni   tarbiyalashdan   iborat.   Ma`lumki,   hozirgi
kunga   kelib,   insonning   intellektual   darajasi   uning   qay   darajada   ko`p   bilimlarni
egallaganligi, xotirasida ma`lumot va dalillarni qanchalik ko`p saqlab qolganligiga
emas,   balki   tanqidiy,   tahliliy,   ijodiy   tahlil   orqali   zarur   bilimlarni   ajrata   olishi,
axborotlarni mulohazadan o`tkazib, mustaqil echimga kela olishi bilan belgilanadi.
Albatta,   ta`lim   jarayonida   bo`lajak   mutaxassisda   kreativ   (ijodiy)   tafakkurni
shakllantirish   bugungi   kundagi   ta`lim   oldiga   qo`yilgan   asosiy   vazifalardan   biri
desak   mubolag`a   bo`lmaydi.   Zero,   ta`lim   sohasida   olib   borilayotgan   islohotlar
talabalarning   atrofdagilar   bilan   muomala   qilishga,   mavjud   vazifalarni   to`g`ri
baholashga,   mustaqil,   tanqidiy,   ijodiy   fikrlashga   imkon   beradigan   o`quv
vaziyatlarini   tashkil   etish   zaruriyatini   qo`ymoqda.   Bu   esa   ta`lim   jarayonida
bo`lg`usi   mutaxassislarning   shu   jumladan,   bo`lajak   boshlang`ich   sinf
o`qituvchilarining   individual   imkoniyatlariga   qarab,   ularning   bilish   faolligini
oshirish,   tanqidiy,   ijodiy   tafakkurini   shakllantirish   orqali   kelgusi   pedagogik
faoliyatga   tayyorlashning   nazariy-amaliy   asoslarini   ishlab   chiqishni   taqozo   etadi.
Aynan   shaxsga   yo`naltirilgan   ta`limda   nafaqat   talaba   shaxsining   intellektual
darajasini   kuchaytirishga,   balki   ulardagi   kreativ   (ijodiy)   tafakkurni   shakllantirish
va   rivojlantirish   nazarda   tutilgan.   SHaxsning   ma`naviyati   yuksalishi   bilan   uning fikrlashi va tafakkuri ham rivojlanib, shakllanib boradi. Zero,   tafakkur   insonning
shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to`g`ri), to`liq, chuqur
va   umumlashtirib   aks   ettirishiga   (bilishga),   insonning   yanada   oqilona   amaliy
faoliyat bilan shug`ullanishiga imkon beradi.   Kreativlik   –   (lot., “create”-yaratish,
“creative”-yaratuvchi,   ijodkor)   individning   yangi   g`oyalarni   ishlab   chiqarishga
tayyorgarlikni   tavsiflovchi   va   mustaqil   omil   sifatida   iqtidorlilikning   tarkibiga
kiruvchi ijodiy qobiliyati ma`nosini ifodalaydi.  Kreativ tafakkur  esa tafakkurning
ijod   jarayonini   tashkil   etish   va   ijod   natijalari   (mahsullari)ni   bashoratlashni
ifodaluvchi tushuncha sanaladi.
Kreativ   fikrlash   o`qituvchi   faoliyatida   yaqqol   ko`rinib   turishi   lozim.   SHu
ma`noda   o`qituvchining   ijodkorligi   kasbiy   faoliyatiga   ijodiy   (kreativ)
yondashuvida   aks  etadi.  Kreativlik  pedagogning  an`anaviy  pedagogik   fikrlashdan
farqli ravishda ta`lim va tarbiya jarayonining samaradorligini ta`minlashga xizmat
qiluvchi   yangi   g`oyalarni   yaratish,   shuningdek,   mavjud   pedagogik   muammolarni
ijobiy   hal   qilishga   bo`lgan   tayyorgarligini   tavsivlovchi   xususiyatidir.
O`qituvchining   kreativligi   faoliyatining   quyidagi   holatlarida   namoyon   bo`lishi
zarur:
1) O`qituvchilar   tomonidan   o`quv   fanlarini   past   o`zlashtirayotgan   va   ularni
o`rganishga   zerikarli   deb   hisoblayotgan   talabalar   e`tiborlarini   fan   asoslarini
o`zlashtirishga jalb etish;
2) O`qituvchilarga   talabalarda   kreativ   fikrlash   va   ijodiy   faoliyat   natijalarini
rag`batlantirishga   xizmat   qiladigan   strategiya   va   vositalarni   tavsiya   etish   orqali
auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
O`qituvchining   kreativlik   sifatlarga   ega   bo`lmasligi   sababli   talabalar
qiziqarli   va   ajoyib   g`oyalarga   ega   bo`lsalarda,   biroq   ularni   ifodalashda
sustkashlikka yo`l qo`yadilar. Natijada ta`lim jarayonida qo`llanilayotgan metodlar
talabalarda   erkin,   mustaqil   fikrlash   ko`nikmalarini   shakllantirishga   xizmat
qilmasligi bilan belgilanadi. 
O`qituvchida   kreativlik   sifatlari   o`z-o`zidan   rivojlanmaydi.   SHunga   ko`ra
tadqiqotlarda   shaxs   (jumladan,   pedagog)larda   kreativlik   sifatlarini   muvaffaqiyatli rivojlantirishning   bir   qator   yo`llari   yoritilgan.   Patti   Drepeau   tomonidan   shaxs
(pedagog)larda   kreativlik   sifatlari   muvaffaqiyatli   rivojlantirishning   to`rtta   yo`li
ko`rsatilgan:
1-yo`l:  kreativ fikrlash ko`nikmasini shakllantirish.
2-yo`l : amaliy kreativ harakat ko`nikmalarini rivojlantirish.
3-yo`l:  kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish.
4-yo`l:  kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish.
Muallif tomonidan tavsiya qilingan ushbu strategiya talabalarda kreativlikni
rivojlantirishda o`qituvchilar uchun qo`l kelishi hamda talabalarda o`quv fanlarini
o`rganishga bo`lgan qiziqish, intilishni rivojlantirishi shubhasiz [1, 6-b]. 
Ta`lim   jarayonida   shaxsga   murojaat   qilmaslikning   iloji   yo`q.   SHaxsga
yo`naltirilgan   ta`lim   texnologiyalari   talaba   shaxsini   butun   bir   ta`lim   tizimining
markaziga qo`yadi va unga tabiatan berilgan qobilyatini ro`yobga chiqarishi uchun
har   tomonlama   qulay,   xavfsiz,   erkin   shart-sharoit   yaratadi.   Talaba   shaxsi   bu
texnologiyada  nafaqat  sub`ekt,  balki  keng  imkoniyatlar   berilgan  sub`ekt   bo`lib,  u
ta`lim tizimidagi asosiy bo`lmagan maqsadlarga erishish vositasi emas, balki uning
asosiy maqsadi hisoblanadi. 
SHaxsga yo`naltirilgan ta`lim talaba shaxsidagi mustaqillik, tashabbuskorlik,
ijodiylikni   his   etish   kabi   sifatlarni   tarbiyalaydi.   [2,   86-87   b].   Ushbu
texnologiyaning   diqqat   markazida   turli   hayotiy   vaziyatlarda   ongli   tanlashga
qobiliyatli, yangi  tajribalarni idrok etishga tayyor, o`z imkoniyatlarni o`zi  amalga
oshirishga   ishtiyoqmand   noyob   inson   turadi.   Bunday   shaxsning   muvaffaqiyati
an`anaviy   texnologiyadagi   bilim   va   ijtimoiy   me`yorlarni   tarbiyalanuvchilarga
formal   uzatishdan   farqli   ravishda,   erkin   fikrli   shaxsni   shakllantirish   ekanligini
bildiradi. 
Bundan   tashqari   ushbu   texnologiyalarning   o`ziga   xosligi   shundaki,   ular
shaxs   rivojlanishini   qandaydir   buyurtma   asosida   shakllantirishga   emas,   aksincha
uning   (shaxsning)   tabiiy   qobiliyatlari   asosida   shakllantirishga   yo`naltirilgan
bo`ladi. Ta`lim   mazmuni   o`zida   bola   shaxsi   shakllanishi   va   rivojlanishidan   kelib
chiquvchi   muhitni   aks   ettiradi.   Uning   insonparvarlik   xususiyati   insonga,
insonparvar me`yorlarga va ideallarga e`tibor qaratilganligidir.
SHaxsga   yo`naltirilgan   texnologiya   har   bir   talabaning   individual   o`ziga
xosligi bilan bog`liqlikda ta`lim va tarbiyaning metod va vositalarini izlab topishga
harakat   qiladi.   Texnologiya   an`naviy   texnologiyadagi   bolaga   avtoritar,
mustaqilligini   e`tirof   etmagan   xolda   qarashga   qarama-qarshi   qo`yiladi.   Sevish,
g`amxo`rlik, hamkorlik asosida shaxs ijodiyligi va o`zini-o`zi rivojlantirishi uchun
sharoit   yaratadi.   Zotan   o` qitishning   shaxsga   yo`naltirilgan   texnologiyalariga
quyidagi asosiy tamoyillar xosdir:
 insonparvarlik ,   ya`ni   insonga   har   tomonlama   hurmat   va   muhabbat
ko`rsatish,   unga   yordamlashish,   uning   ijodiy   qobiliyatiga   ishonch   bilan   qarash,
zo`rlashdan to`la voz kechish; 
 hamkorlik ,   ya`ni   pedagog   va   o`quvchilar   munosabatidagi   demokratizm,
tenglik, sheriklik;
 erkin   tarbiyalash ,   ya`ni   shaxsga   uning   hayot   faoliyatini   keng   yoki   tor
doirasida  tanlab olish erkinligi va mustaqillikni  berish, natijalarni  tashqi  ta`sirdan
emas,   ichki   hissiyotlardan   keltirib   chiqarish.   SHaxsga   yo`naltirilgan
texnologiyalarning   kommunika tiv  asosi-pedagogik   jarayonda   o`quvchiga  insoniy-
shaxsiy yondashuv hisoblanadi.
Yuqorida   aytilganidek,   shaxsga   yo`naltirilgan   ta`lim   texnologiyalarida
pedagogik   jarayonda   shaxs   ob`ekt   emas,   sub`ekt   hisoblanadi;   har   bir   talaba
qobiliyat   egasi,   ko`pchiligi   esa   iste`dod   egasi   sanaladi;   yuqori   etik   qadriyatlar
(saxiylik,   muhabbat,   mehnatsevarlik,   vijdon   va   boshqalar)   shaxsning   ustuvor
xislatlari sifatida tan olinadi. 
Talabalarda   kreativ   tafakkurni   shakllantirishga   xizmat   qiladigan   shaxsga
yo`naltirilgan ta`lim texnologiyalari quyidagilar sanaladi: 
SHaxsga
yo`naltirilgan ta`lim Talabalarda kreativ tafakkurni shakllantirish
mazmuni texnologiyasi
SHaxsga
insonparvarlik
yondashuvi  Texnologiya   o`zining   insoniyligi,   psixoterapevtik
yo`nalishi   bilan   ajralib   turadi.   Ushbu   texnologiyaning
mazmuni   talaba   shaxsini   xar   tomonlama   qo`llab-
quvvatlash   va   talabani   ijodiy   qobiliyatlarini
rivojlantirishdir. Talabaga nisbatan  h urmat va me h r bilan
qarash va majburiylikdan voz kechishdan iboratdir  .
Hamkorlik
texnologiyasi. Bu   texnologiya   demokratiya,   hamkorlik,   tenglik   kabi
g`oyalar   asosida   qurilgan   bo`lib,   o`qituvchi   va   talaba
orasidagi  munosabatlar sub`ekt-sub`ekt sifatida qaraladi.
Birgalikda   ta`lim   jarayoni   tashkil   etiladi   va   birgalikda
ijod etiladi.
Muammoli   o`qitish
texnologiyasi . Ushbu   texnologiyada   pedagog   tomonidan   muammoli
vaziyatlar   yaratiladi   va   uni   echish   uchun   talabalarning
faol   mustaqil   faoliyati   tashkil   etiladi.   O`quv   materialini
muammoli   taqdim   etilishining   mohiyati   shundaki,   unda
o`qituvchi   bilimlarni   tayyor   holda   taqdim   etmasdan,
o`quvchilar   oldiga   muammoli   masalalar   qo`yadi,   ularni
echimining   yo`llari   va   vositalarini   izlashga   undaydi.
Muammo,   yangi   bilimlar   va   harakat   usullar   sari,   o`zi
yo`lga boshlaydi. 
Tabaqalashtirilgan
o`qitish texnologiyasi . O`quv   jarayonining   tashkil   etishni   bu   shakli   umumiy
didaktika   tizimiga   asoslangan   bo`lib,   maxsus   tashkil
ettirilgan   talabalarning   gomogen   guruhlarda,   o`quv
jarayonini   maxsuslashtirishni   ta`minlaydi.   Talabalar
individual   psixologik,   aqliy   rivojlanish   darajalari,   ijodiy
fikrlashlariga ko`rar tabaqalashtiriladi.
Individuallashtirilgan
o`qitish texnologiyasi . Individuallashtirilgan   o`qitishning   asosi,   talabaning
individual-pedagogik   xususiyatlarini   o`rnatish
hisoblanadi.   Bu   texnologiya   asosida   talabalarda mustaqilllik,   mehnatsevarlik,   ijodiyot   fazilatlari
shakllantiriladi.
O`yin texnologiyasi . Bu   faoliyat   jamoyatchilik   tajribasini   qayta   tiklash   va
o`zlashtirishga   qaratilgan,   o`qitishni   aniq   maqsad   qilib
qo`ygan   vaziyatlar   sharoitida   pedagogik   natijalarni
yaqqol   ko`rinishda   namoyon   etadi,   bunda   holatni   o`z-
o`zini   boshqarilishi   takomillashtiriladi.   Bu   texnologiya
mavzuni   o`zlashtirish,   takrorlash,   ijodiy   qobiliyatlarni
rivojlantirish vazifalarini bajarish imkonini beradi.
Erkin   tarbiya
texnologiyasi . Talabaga   tanlash,   mustaqillik   erkinligi   beriladi.   Talaba
o`zi   tanlagan   vosita   va   mazmunni   to`liq   qabul   qiladi,
xamda   bu   faoliyatni   xohish   bilan   bajaradi.   Ichki   extiyoj
bilan uyg`unlik  h osil bo`ladi.
Zamonaviy   sharoitda   ta`lim   jarayonining   barcha   imkoniyatlariga   ko`ra
shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash
qobiliyatini   tarbiyalashga   yo`naltirish   talab   qilinmoqda.   O`zida   ana   shu
imkoniyatlarni   namoyon   eta   olgan   ta`lim   shaxsga   yo`naltirilgan   ta`limdir.   Zero
shaxsga yo`naltirilgan ta`lim-talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga
olgan   holda   uning   shaxsi,   o`ziga   xos   xususiyatlari,   qobiliyatlarini   rivojlantirishga
yo`naltirilgan   ta`limdir.   Bu   ta`lim   o`qitish   muhitinng   talaba   imkoniyatiga
moslashtirilishini   nazarda   tutadi.   SHaxsga   yo`naltirilgan   ta`limning   o`ziga   xos
jihati   ta`lim   oluvchi   shaxsini   tan   olish,   uni   har   tomonlama   rivojlantirish   uchun
qulay, zarur muhitni yaratishdan iborat.
SHaxsga   yo`naltirilgan   ta`lim   talabani   ta`lim   tizimiga   pedagog   sifatida   har
bir talabaning hurmati va ishonchini qozona olishi moslashtirishini emas, aksincha,
uning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlanishi,
shaxs   sifatida   kamolga   etishi   uchun   zarur   shart-sharoitlarni   yaratishni   nazarda
tutadi.   Bu   turdagi   ta`lim   talabalarni   o`z-o`zini   rivojlantirishga,   mustaqil   bilim
olishga   o`zining   ichki   imkoniyati,   qobiliyatlarini   to`la   namoyon   eta   olish,   eng asosiysi   kreativ   tafakkurlarining   shakllanishi   uchun   zarur   sharoitni   vujudga
keltiradi.
Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim asosida o`quvchi faolligini oshirish
Respublikamizda   mustaqillik   yillarida   o`quvchilar   iqtidori,   qiziqish   va
qobiliyati   asosida   ixtisoslashtirilgan   ta`limning   tashkil   etilishi   o`zining   ijobiy
natijaparini   bermoqda.   Bu   sohada   to`plangan   tajribalarni   yanada   qo`llab-
quvvatlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil
7   avgustdagi   “Ayrim   fanlar   chuqur   o`rganiladigan   davlat   ixtisoslashtirilgan
umumta`lim   muassasalari   faoliyatini   takomillashtirish   to`g`risida”gi   173-sonli
qarori   o`quvchilar   iqgidorini   aniq   yo`naltirilgan   holda   takomillashtirishda   muhim
ahamiyat kasb etmokda.
Bu   ta`lim   muassasalari   bitiruvchilarining   aksariyati   tanlagan
mutaxassisliklari   bo`yicha   oliy   ta`lim   muassasalariga   test   sinovlari   orqali
talabalikka qabul qilinayotganligi fikrimizning isbotidir. Iqtidorli o`quvchilar bilan
ishlashning,   bundan   tashqari,   fanlarni   chuqurlashtirib   bilim   beradigan   maxsus
sinflar, shuningdek,  repetitor  (individuap qo`shimcha  o`qitish)  kabi  shakllari  ham
mavjudki,   bunda   o`quvchilar   o`zlari   qiziqqan   fanlardan   kengroq   va   chuqurroq
bilim, ko`nikma va malakalarni egallash imkoniyatiga ega.
SHaxsga   yo`naltirilgan   ta`lim   deganda,   biz   ko`proq   o`quvchilarning
shaxsiy   manfaatlari,   ehtiyojlarini   nazarda   tutamiz.   Bunda   ta`limning   mazmuni
o`quvchi   shaxsining   qiziqishlariga   mos   ravishda   yo`naltirilishi,   uning   qiziqishlari
va   layoqatini   qo`llab-quvvatlash   bosh   maqsad   qilib   olinadi.   O`quvchining   o`z-
o`zini   bilishi,   shaxsining   o`ziga   xosligi,   uning   rivojlanish   darajasi,   kelgusidagi
orzu-maqsadlariga zrishish uchun qilayotgan xatti-harakatlari zamirida puxta bilim
olish,   ta`limning   keyingi   bosqichiga   tayyorlanish   mujassam.   Uning   qiziqishlari,
fantaziyasi   aniq   maqsad   sari   yo`naltirilgan   bo`lib,   o`z   manfaatlarini   fanlardan
Davlat   ta`lim   standartlari   talablari   asosida   nafaqat   minimal   darajadagi   balki,
maksimal   darajadagi   bilimlarni   egallash   bilan   himoya   qilishga   qodir   bo`lishi
mumkin.   Buning   uchun   esa,   o`qituvchilar   tomonidan   ularning   intilish   va qiziqishlarini  rag`batlantirib  borish  katta  ahamiyat  kasb   etadi. Bunday  yondashuv
orqali ta`lim jarayonini amalga oshirishda o`quvchining bilim olish jarayonini o`z
ichiga   olgan,   o`qituvchi   –   o`quvchi   –   o`qituvchi   munosabati   hamkorligi   va   erkin
tanlash   prinsipi   uni   tanlagan   sohasi   bilan   shug`ullanishdan   zeriktirmaydi,
bilimlarini takomillashtirish sari undaydi.
Pedagog   olimlar   tomonidan   ta`lim   jarayonida   shaxsga   yo`naltirilgan
yondashuvning   asoslangan   pedagogik   texnologiyalari   ishlab   chiqilgan   bo`lib,   u
quyidagilardan   iborat:   shaxsga   yo`naltirilgan   ta`lim;   hamkorlik   pedagogikasi;   –
adaptiv muloqot pedagogik texnologiyasi; o`yin texnologiyasi; rivojlangan o`qitish
texnologiyasi;   muammoli   o`qitish   texnologiyasi;   differensial   o`qitish;   individual
o`qitish texnologiyasi.
Ushbu   yo`nalishlarning   har   birida   ta`lim   o`kuvchi   shaxsining   qiziqishi,
qobiliyati, imkoniyati va shart-sharoitlari  e`tiborga olinib tashkil  etiladi. Ayniqsa,
shaxsga   yo`naltirilgan   ta`limda   o`quvchida   mustaqil   fikrlash   orqali   muammoli
vaziyatlardan chiqishga intilish malakasini shakllantirishga alohida urg`u beriladi.
Mustaqil   o`qib-o`rganish,   o`quv   jarayonidagi   qiyin   vaziyatlarda   o`qituvchining
yordamisiz   muammolarni   hap   qilishga   urinish,   shundan   keyingina   o`zining
xulosalari   to`g`riligiga   ishonch   hosil   qilish   uchun   o`qituvchining   yordamiga
tayanish zarurligini anglatish muhimdir.
O`quv jarayoniga faol yondashish yuzaki qaraganda oddiy bo`lib ko`rinishi
mumkin.   O`qituvchi   biror   hodisani   uzoq   vaqt   tushuntirish   o`rniga   o`quvchiga
darslikdagi   ma`lum   mavzuni   mustaqil   o`qib-o`rganishga,   mavzu   yuzasidan
berilgan   amaliy   tajribalarni   mustaqil   bajarish,   o`quv   natijalarini   tekshirish   uchun
test   savollariga   mustaqil   javob   tayyorlashni   topshirishi   ijobiy   natija   beradi.   Agar
o`quvchi  o`z o`quv faoliyatining mohiyatini  ko`ra olmasa,  u o`kuv maqsadini  tan
olmaydi, o`qituvchi qo`ygan vazifaparni tushunmaydi va qabul qilmaydi. SHuning
uchun   o`quv   materiali   mazmuni   avval   o`qituvchi   tomonidan   ijobiy   o`zlashtirilib,
qayta   ishlanib,   undan   o`quvchini   qiziqtiradigan,   shaxsiy   tajribasiga   mos   kelib,
fikrini   ko`zg`aydigan,   hayajonga   soladigan   xos   jihatlar   belgilab   etkazilgandagina
natijasi   samarali   bo`lishi   isbotlangan.   Ana   shundagina   o`quvchi   o`zini   ushbu hodisalarning   bevosita   ishtirokchisi   va   ijodkori   deb   hisoblaydi.
O`qituvchi   o`quvchini   sust   tinglovchidan   dars   jarayonining   faol   ishtirokchisiga
aylantirishi   katta   ahamiyatga   ega.   Bunga   o`quvchining   o`z   bilimi   va   qobiliyatiga
ishonch   hissini   oshirishi   o`ta   ta`sirchan   omildir.   Ushbu   vazifani   amalga
oshirishning   har   bir   bosqichida   o`quvchining   jismoniy,   aqliy   va   ruhiy   jihatdan
rivojlanish   darajalari   tahlil   qilinib,   zaruriy   tavsiyalarni   berib,   pedagogik   qo`llab-
quvvatlash,   uning   faoliyatiga   zarur   o`rinlarda   tuzatish   va   qo`shimchapar   kiritib
borish   muhim.   O`quvchining   shaxsiy   mustaqil   bilish   faoliyati   ularning   ichki
motivatsiyasi  yuqori  darajada bo`lganda faol va samarali  bo`ladi. Bilish va ijodiy
faoliyatga   nisbatan   motivatsiya   darajasini   oshirishning   samarali   vositasi   —
muammoli o`qitish usuli hisoblanadi.
O`quvchilarning   qiziqishlariga   qarab   majburiy   bo`lmagan   darslar   haqida
gap ketganda, muammoli o`qitish usuli maqsadga muvofiq ekanligi e`tirozga o`rin
qoldirmaydi.   Oddiy   darslarda   o`qituvchi   beradigan   vazifa   ko`pincha   samarasiz,
majbur etuvchi motivatsiya hisoblanadi. O`quvchilarning darslarda zerikishi bu —
ularning   dangasaligidan   emas,   balki   o`qituvchining   ularni   o`tilayotgan   mavzuga
qiziqtira   olmaganligidan   kelib   chiqishini   unutmaslik   lozim.   Ko`p   darslar   odatda
“so`rov-tushuntirish — olingan bilimlarni mustahkamlash – uyga vazifa” sxemasi
asosida   o`tiladi.   Oqibatda,   ayrim   o`quvchilarning   ongi   va   qo`li   bo`sh   qoladi.
Dars jarayonida maqsaddan chetlashish, o`quvchilar bilan zarur bo`lmagan sohada
muloqot   qilib,   vaqtni   behuda   o`tkazish,   darslikdan   boshqa   qo`shimcha
adabiyotlarni   o`qimaslik   dars   mazmuniga   salbiy   ta`sir   o`tkazuvchi   jihatlardir.
Shuningdek,   qiyin   va   g`aliz   savollarni   berish   ham   o`quvchilarni   noqulay   holatga
solib, oxir-oqibat fandan va o`qituvchidan bezishga olib keladi.
Shuni   alohida   ta`kidlash   joizki,   ta`lim-tarbiya   asosida   shaxsning   intensiv
rivojlanishi,   moddiy-ma`naviy   qadriyatlarni   o`zlashtirishi   faqat   uning   shaxsiy
faoliyati natijasida amalga oshadi.
O`quvchi   shaxsiga   yo`naltirilgan   ta`limda   quyidagi   tavsiyalar   muhim
hisoblanadi: 1.  Ta`lim   muassasalari  faoliyatini   takomillashtirish,  uning  samaradorligini
oshirishga   imkon   beruvchi   ijtimoiy,   moddiy-texnik,   pedagogik   hamda   psixologik
imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini belgilash.
2.   Rivojlangan   xorijiy   mamlakatlar,   shuningdek,   respublika   ta`lim
muassasalarida   bolapar   iqtidorini   aniqlash   va   rivojlantirish   borasida   to`plangan
tajribaparni   o`rganish,   milliy-mintaqaviy   xususiyatlarni   inobatga   olgan   holda
ularni uzluksiz ta`lim tizimiga tatbiq etish.
3.   Ilg`or   yondashuvlar   asosida   iqtidorli   bolalarni   o`qitishga   ixtisoslashgan
ta`lim   muassasalari   faoliyatining   samaradorligini   ta`minlovchi   boshqaruv   va
pedagogik jarayon mazmuni hamda amaliy asoslarini ishlab chiqish.
4.  Ta`lim   muassasalari   hamda   oilalar   o`rtasida   iqtidorli   bolalarni   samarali
o`qitish yo`lida o`zaro hamkorlikni qaror toptirish.
5. Iqtidorli o`quvchilarni o`qitishga ixtisoslashgan ta`lim muassasalarining
faoliyati   samaradorligini   oshirishga   xizmat   qiluvchi   metodik   tavsiya   va
qo`llanmalarni ishlab chiqishni faollashtirish.
Ushbu jarayonlarning amalga oshirishda ta`lim mazmuni takomillashtirish,
qo`llanma   va   tavsiyalarni   yaratish   bilan   bir   qatorda   ta`lim   jarayonini
faollashtirishga   qaratilgan   innovatsion   yondashuvlarni   joriy   etish   ham   alohida
ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta`lim islohotlarining
dastlabki   bosqichida   mahalliy   xususiyatlaridan   kelib   chiqqan   holda   pedagogik
texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari yaratilgan bo`lsa, bugungi kunda har bir
ta`lim   muassasi,   har   bir   o`qituvchi   dars   mashg`ulotlarida   u   o`zining   amaliy
tabdiqini   topmoqda.   Biz   amalga   oshirgan   tadqiqotlarimiz   davomida   muammoli
o`qitish,   mujassamlashtirilgan   o`qitish,   moduli   o`qitish,   rivojlantiruvchi   o`qitish,
tabaqalashtirilgan   o`qitish,   faol   o`qitish,   o`yinli   o`qitish   kabi   pedagogik
texnologiya   elementlarini   aniqladik   va   kuzatdik.   Sanab   o`tilgan   ilg`or   pedagogik
texnologiya   yo`nalishlari   orasida   faol   o`qitish   metodlari   bizda   ko`proq   qiziqish
uyg`otdi.
O`tgan   davrlardagi   ta`lim   tizimi   avtoritar   ta`lim   metodlariga   asoslangan
bo`lib,   u   o`quvchini   itoatkor,   o`zgalar   fikriga   bo`ysinuvchan   shaxs   sifatida tarbiyalashga   yo`naltirilgan   edi.   Hozirgi   paytda   respublikamizda   amalga
oshirilayotgan  keng   miqyosdagi   ta`lim   islohotlari   barkamol   avlodni   tarbiyalashga
qaratilgan demokratik ta`lim metodlariga asosidagi  milliy modelning joriy etilishi
bilan ahamiyatlidir.
Demokratik ta`lim metodlari o`qitish jarayonida o`quvchi fikrining hurmat
qilinishi,   uning   har   bir   tushunchani   o`zlashtirishda   faol   mushohada   etishi,
o`qituvchi  fikrini  tahlil  qilishi  va o`zi  asosli  deb topgan fikrlarnigina qabul  qilish
mumkinligiga   asoslanadi.   Bu   g`oyalarni   amalga   oshirishdagi   muammo
respublikamizda   haligacha   avtoritar   metodlardan   demokratik   ta`lim   metodlari
o`tish mexanizmi ishlab chiqilmaganligi bilan izohlanadi. To`g`ri, bu borada joriy
etilayotgan   o`quvchilar   bilimini   baholashning   reyting   tizimi,   test   nazoratlarining
keng joriy etilishi, o`quvchilarni kasb tanlashga yo`llashdagi erkinliklarni Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturini   amalga   oshirishning   yutuqlari   sifatida   qayd   etish
mumkin. Biroq, ta`lim metodlarini yangilash borasida ilmiy izlanuvchilar, metodist
va   amaliyotchi   o`qituvchilar   hali   ko`plab   muammolarni   hal   etishlari   lozim.
Faol ta`lim metodlari ilg`or xorijiy davlatlar tajribasini o`rganish va mamlakatimiz
ta`lim   xususiyatlari   bilan   omuxtalashtirish   natijasida   keng   ommalashayotgan
demokratik ta`lim metodlari turkumiga kiradi. U ta`lim jarayonining o`qituvchi va
o`quvchi fikrining o`zaro hurmat qilinishi, o`quvchilarning o`zaro munosabatlarida
yuqori   darajadagi   muloqot   ko`nikmalarining   shakllantirilishi   bilan   ahamiyatlidir.
Faol   ta`lim   metodlarini   qo`llash   jarayonining   xarakterli   xususiyati   shaxsning
axborotlarni   o`zlashtirishdagi   barcha   imkoniyat   va   malakalar   umumiy   majmua
sifatida qaralishidir. Ushbu o`rin axborotlarni o`zlashtirish imkoniyatlariga eshitish
va ko`rish, tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ijodiy mushohada qilish, so`zlab berish,
jismoniy   harakatlar   bajarish   kabilar,   malakalar   sifatida   esa   loyihalash,
harakatlanish,   tasavvur   qilish,   nutq,   sezgi   organlari   faoliyati   nazarda   tutiladi.
Sanab   o`tilgan   imkoniyat   va   malakalar   majmuasini   faol   ta`lim   metodlari
yordamida   rivojlantirishda   qisqa   vaqtga   mo`ljallangan,   ta`lim   mazmuniga   ko`ra
strukturalangan,   barcha   guruh   a`zolarining   faolligini   ta`minlovchi,   sodda
mashqlardan   foydalaniladi.   Respublikamiz   ta`lim   tizimiga   faol   ta`lim   metodlari kirib   kelishining   dastlabki   bosqichi   deyarli   barcha   mashqlar   engil   o`yin
ko`rinishida bo`lgan, biroq hozirgi paytda bu mashqlar takomillashib bormoqda va
mazmunan salmoqliroq darajaga ko`tarilmoqda.
Faol   ta`lim   metodlarini   amalga   oshirishda   foydalaniladigan   mashqlarni
quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Ta`lim oluvchilarning guruh shaklida ish olib borishiga yordam beruvchi
muhitni yuzaga keltiruvchi mashqlar:
• guruh a`zolarining o`zaro yaqindan tanishib olishlariga;
• ta`lim oluvchilar ishining guruh shaklini qaror toptirishga;
• o`zgalar oldida o`z fikrini tortinmasdan, erkin, istiholasiz bayon qilishna
sharoit yaratadi.
2.   Ta`lim   oluvchilardagi   umumiy   qiziqish   va   ehtiyojlarni   aniqlovchi
mashqlar:
•   ta`lim   oluvchilardagi   umumiy   qiziqishlarni,   orzu-o`ylarni,   qadriyatlarni
aniqlash yo`li bilan guruh a`zolarining o`zaro birdamlikda ishlashiga;
•   yangi   a`zolarining   guruh   ishiga   tezroq   moslashib,   o`z   o`rnini   topib
olishiga ko`mak beradi.
3.   Guruh   a`zolarining   yakdilligini,   hamfikrliligini,   umumiy   qaror   qabul
qilish ko`nikmalarini shakllantiruvchi mashqlar:
• guruh a`zolarining boshqa fikrlardan ozod bo`lib, guruh ishiga sho`ng`ib
ketishi;
•   ta`lim   oluvchilarning   guruhdagi   o`zaro   muloqot   qoidalarini   ishlab
chiqishi;
• guruh a`zolarida o`zgalar fikrini hurmat qilish va o`z fikrini bayon qilish
madaniyatini tarbiyalashga xizmat qiladi.
4.   O`quv   jarayoni   mazmuni   yoki   turli   ta`lim   predmetlari   orasidagi   o`zaro
bog`liqlikni ta`minlovchi:
•   mashg`ulot   turli   bosqichlari   o`rtasida   bog`liqlik   va   uyg`unlikni
ta`minlash; •   yangi   mavzuga   o`tishning   dolzarbligini   va   qiziqarli   jihatlarini   ta`kidlab
ko`rsatish imkonini beradi.
5. Guruh a`zolarini ilhomlantiruvchi, yangi bilim sohalarini o`zlashtirishga
yo`naltiruvchi:
• guruh ishini rag`batlantiradi;
•   turli   murakkab,   guruh   a`zolari   o`z   imkoniyatlari   yoki   vakolatlaridan
“yuqorida” turadi deb hisoblaydigan masalalarni muhokama qilish;
• guruh a`zolarini yangi muammolar echimiga ilhomlantirish uchun sharoit
yaratadi.
6. Ijodkorlikni rag`batlantiruvchi mashqlar:
•   dunyodagi   voqea-hodisalarga   yangi   ko`z   bilan   qarash,   yangi,   ularni
o`rganishda noan`anaviy metodlardan foydalanish;
•   shaxs   o`zida   yashiringan   yangi   qobiliyat   va   iqtidorini   yuzaga   chiqarish,
shaxs kamolotiga yo`l ochish imkonini beradi.
7.   Mashg`ulotlarni,   o`rganilgan   mavzuni   yoki   dars   bo`lagini   xulosalovchi
mashqlar:
• mavzu yoki  mashg`ulot  bo`limini  yakunlash,  “qissadan  hissa  chiqarish”,
qo`llanilgan   metod   va   vositalar   samaradorligini   baholash   va   galdagi   vazifalarni
belgilab olishga xizmat qiladi.
Dars   jarayonida   mazkur   mashq   guruhlarining   o`rinli   qo`llanishi   dars
samaradorligining sezilarli oshirilishiga xizmat qiladi.
O`quvchilar   bilish   faoliyatini   faollashtirish   masalalarining   dolzarbligi
quyidagi muammolarni hal etish zarurati bilan belgilanadi:
-   shaxs   sifatlarining   bugungi   kundagi   shakllanganlik   darajasi   va   uni
tarbiyalashga   qaratilgan   mavjud   metodlar   zamonaviy   talablarga   javob   bera
olmasligi;
-   ta`lim   tizimida   an`anaviy   tarbiya   va   bilim   «berish»   metodlarining
salmog`i hamon yuqori darajada saqlanib qolayotganligi; -   umumiy   o`rta   ta`lim   mazmunida   rejalashtirilgan   ta`lim   predmetlarining
yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashini faollashtirish imkoniyatlaridan etarli darajada
foydalanilmayotganligi;
-  yoshlarda  mustaqil-ijodiy  fikrlashni   shakllantirishga  oid  ishlab  chiqilgan
nazariy   ishlanmalarni   amaliyotga   keng   ko`lamda   joriy   etish   yo`llarining   asoslab
berilmaganligi.
Bu   esa   o`quvchi   yoshlar   shaxs   sifatlarini   faollashtirishning   metodologik
asoslari   yaratish,   uni   amalga   oshirish   yo`llarini   ishlab   chiqishga   qaratilgan
tadqiqotlarni amalga oshirish zaruratini oshiradi.
Qayd etilgan muammolar echimini topishning ikki yo`nalishini taklif etish
mumkin:
1.   Maktabgacha   ta`lim,   boshlang`ich   ta`lim,   umumiy   o`rta   ta`lim,   o`rta
maxsus,   kasb-hunar   ta`limi   hamda   oliy   ta`lim   turlarini   qamrab   oluvchi   vertikal
yo`nalishida.
2.   Dars   hamda   darsdan   va   ta`lim   muassassidan   tashqari   mashg`ulotlarni
qamrab oluvchi gorizontal yo`nalishida.
Muammoni   hal   etishning   birinchi   yo`nalishi   quyidagicha   mazmunga   ega:
Mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarini faollashtirishda boshlang`ich ta`lim muhim o`rin
tutadi, chunki xuddi shu davrda shaxs, uning qiziqishlari, moyilliklari shakllanishi
uchun poydevor yaratila boshlaydi. Jamiyat uchun mustaqil, tanqidiy fikrlaydigan,
harakat qila oladigan ijodkor shaxslar juda asqotayotgan hozirgi kunda o`quvchilar
ijodiy   qobiliyatlarini   rivojlantirish   pedagogikaning   dolzarb   muammosi   bo`lib
turibdi.
O`quvchilarning   ijodiy   faoliyati   tajribalarini   o`zlashtirishlari   uchun   talim
jarayonida   faol   aqliy   izlanishni   talab   qiladigan   muammoli   vaziyatlarni   vujudga
keltirish zarur. Ijodiy faoliyat tajribalarini o`qituvchini tayyor axboroti orqali hosil
qilish   mumkin   emas,   chunki   o`qituvchi   muammolarni   o`zi   hal   qilsa,
o`quvchilardagi   qiziqish,   muammolarni   hal   qilishga   bo`lgan   intilish,   so`nadi,   o`z
bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo`llash imkoniyatidan mahrum bo`ladi.
Noan`anaviy   ta`lim   o`quvchilarni   faqat   bilim,   ko`nikma,   malakalar   bilan qurollantirishni   ko`zda   tutmasdan,   balki   darsda   vujudga   keltiradigan   muammoli
vaziyatlarni   o`quvchilar   avval   o`zlashtirgan   bilim,   ko`nikma,   malakalarni
kutilmagan   vaziyatlarda   ijodiy   qo`llashlari   orqali   ijodiy   faoliyat   tajribalari,
o`quvchilarning   mustaqilligi,   o`quv-bilish   motivlarini,   mantiqiy   fikrlashni
rivojlantirishga,   mustaqil   izlanish   yo`lini   o`zlashtirishga   imkon   beradigan
murakkab jarayondir.
O`quvchilar   mustaqil   fikrlash   ko`nikmalarini   shakllantirishi   noan`anaviy
ta`lim   jarayonida   muvaffaqiyat   bilan   qo`llanib   kelayotgan   ta`lim   prinsiplari:
ilmiylik,   tushunarlilik,   sistemalilik,   o`quvchilarning   ongligi   va   faolligi,
ko`rgazmalilik,   o`quvchilarni   puxta   bilim,   ko`nikma   va   malakalar   bilan
qurollantirish,   uzviylik,   ketma-ketlik,   o`quvchilarning   ijodiy   mustaqil   ishlari
prinsipi, o`quvchilarga individual va tabaqalashtirilgan yondoshuv, o`quv ishlarini
insonparvarlashtirish   prinsiplaridan   foydalanishni   taqozo   etadi.
Umumiy   o`rta   ta`limda   o`quvchilarning   ijtimoiy   hodisalarni   mustaqil   va   ijodiy
tahlil   qilishga   tayyorlik   darajasiga   oid   bilim   va   ko`nikmalarini   o`rganishda
an`anaviy   metodlar   bilan   bir   birgalikda   interfaol   metodlar   ham   katta   yordam
berishi   mumkin.   Bir   tomonlama   muloqotni   ko`zda   tutuvchi   savol-javob   usulidan
farqli   ravishda   faol   ta`lim   metodlari   yoshlarning   o`zlashtiriladigan   bilimlarga
munosabati   to`g`risida   ham   xulosa   chiqarishga   imkon   beradi.   Natijada
o`quvchilarning   turli   ijtimoiy-siyosiy   hodisalarni   qanday   tushunayotganliklarini
ham   aniqlab   olish   mumkin.   SHu   bilan   birga   ularning   yangi   vaziyatlarni,   fakt   va
hodisalarni baholash uchun mazkur bilimlardan foydalanishga qay darajada tayyor
ekanliklari   to`g`risida   ham   ma`lumot   imkoniyati   yaratiladi.
O`rta   maxsus,   kasb-hunar   ta`limida   qaralayotgan   muammoni   hal   qilish   uchun
axborotning   tarbiyaviy   samarasini   oshirish   bilan   birga   izlanish,   bahs-munozalari,
o`zaro bilim almashish kabi faol shakl va uslublaridan ham foydalanish maqsadga
muvofiqdir.   Ular   o`quvchilarni   yangi   bilim   va   tushunchalarni   mustaqil   topishiga,
o`z   qarashlari   va   g`oyalarini   himoya   qilishga,   dunyoqarashi   va   tasavurlarini
o`rtoqlari   bilan   almashinishga   o`rgatadi.   Bunda   ijodiy   fikrlash,   tasavvurlarni
rivojlantirish,   fikrlar   tafovuti   va   xilma-xilligi,   kuzatuvchanlik,   xotirani mustahkamlash,   topqirlik,   idroklilik,   zukkolik   va   zehnni   tarbiyalash   talab   etiladi.
O`quvchilarda mustaqil-ijodiy fikr yuritish, ma`lum masalalar bo`yicha muhokama
yuritishning qoida va mezonlarini bilish, o`z fikrini to`g`ri, izchil, asosli bayon eta
olish,   mushohada   yuritish,   o`zi   bayon   etgan   fikridan   xulosalar   chiqara   olishni
tarkib   toptirish   mustaqil-ijodiy   fikrlashni   rivojlantirishning   asosiy   yo`nalishini
tashkil etadi.
Muammoni   hal   etishning   ikkinchi   yo`nalishining   mazmuni   quyidagicha:
Ma`lumki, dars ta`lim muassasalaridagi o`quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishning
asosiy shakli hisoblanadi. Biroq, aksariyat o`qituvchilar o`zlari rahbarlik qiladigan
dars   mashg`ulotining   asosiy   va   yagona   maqsadi   sifatida   ish   rejaga   ko`ra   qayd
etilgan   mavzuga   doir   bilimlarni   «o`quvchilarga   berish»ni   tushunadilar.   Bunda,
hamma   vaqt   ham   ta`lim-tarbiya   birligi   mezoniga   amal   qilinmaydi   va   yanayam
ko`pchilik   holatlarda   darsda   o`quvchilarning   mustaqil-ijodiy   fikrlashi   uchun
sharoit   yaratilmaydi.   SHu   sababli   dars   mashg`ulotlarida   mavzuga   oid   bilimlarni
o`quvchi   mustaqil-ijodiy   fikrlashini   faollashtirish   bilan   omuxtalashgan   xolda
amalga   oshirish   metodlarini   tadqiq   qilish   alohida   dolzarblik   kasb   etadi.
Darsdan  va ta`lim  muassasasidan  tashqari  mashg`ulotlar  asosan  individual, guruh
hamda   ommaviy   shakllarda   amalga   oshiriladi.   Ta`kidlab   o`tish   kerakki,   darsdan
tashqari   faoliyat   o`quvchilarda   dunyoqarashning   nafaqat   g`oyaviy   asoslarini
shakllantiradi,   balki   uni   amaliy   harakatiga   aylanishini   ta`minlaydi.   Bunda   sust
tinglovchi   va   kuzatuvchi   rolida   qolib   ketmaydi;   u   bilimlarni   mustaqil   va   erkin
egallashga   kirishadi,   ilmiy   va   ijtimoiy-siyosiy   axborotlarni   tushunishga   harakat
qiladi,   o`zi   o`zlashtirilgan   sifatlarning   tengdoshlari   orasidagi   faol   targ`ibotchisiga
aylanadi.
O`quvchilarning mustaqil-ijodiy izlanishlariga yo`naltirilgan to`garaklarda,
turli   birlashmalarda,   mazmun   va   shakli   jihatidan   turlicha   bo`lgan   faoliyat   turlari
ham   estetik   ijtimoiy   fikrlash   bilan   birga   o`zaro   muvofiqlikni   keltirib   chiqaradi.
Muammoli   masalalarni   qo`yish,   ularni   mustaqil   ijodiy   hal   qilish   yoshlarning
qo`shimcha   bilimlarga   ega   bo`lishiga,   dunyoqarashga   oid   masalalarni rivojlanishiga   o`zlarini   fikrlarini   isbotli   himoya   qilish   ko`nikmalari   va   mahorati
shakllanishga yordam beradi.
Yoshlar   mustaqil-ijodiy   fikrlashini   rivojlantirishning   har   ikkala
yo`nalishida ham quyidagi vazifalar hal etilishi lozim bo`ladi:
- respublikamiz kadrlar tayyorlashning milliy modelining tarkibiy qismlari
hamda   ta`lim-tarbiya   tizimining   tarixiy   shakllanishi   va   etnopedagogik
xususiyatlarini   e`tiborga   olgan   holda   yoshlarning   mustaqil-ijodiy   fikrlash
sifatlarini   jahon   miqyosida   tarkib   topgan   tamoyillar   darajasida   faollashtirishning
metodologik asoslarini ishlab chiqish;
- umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi hamda oliy ta`lim
o`quv   rejalarida   ko`zda   tutilgan   ta`lim   predmetlarining   yoshlarda   mustaqil-ijodiy
fikrlashini   faollashtirish   imkoniyatlari   o`rganish   asosida   uning   samaradorligini
oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish;
-   uzluksiz   ta`limning   maktabgacha   va   umumiy   o`rta,   o`rta   maxsus,   kasb-
hunar   ta`limi   hamda   oliy   ta`lim   turlarida   yoshlar   mustaqil-ijodiy   fikrlashini
faollashtirish ishlari mazmunini tanlash mezonlarini ishlab chiqish;
-   yoshlarda   mustaqil-ijodiy   fikrlashni   shakllantirishning   eng   ilg`or
tajribalarini   ta`lim   tizimiga   tezkor   joriy   etish   mexanizmini   yaratishga   qaratilgan
innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish.
Yoshlar mustaqil – ijodiy fikrlashini faollashtirish muammosining echimini
topishga   qaratilgan   ushbu   vazifalarning   bosqich-bosqich   amalga   oshirilishi
ularning   muvaffaqiyatli   hal   etilishi   uchun   zamin   yaratadi   deb   hisoblaymiz.   Bu
bosqichlar mazmuni quyidagicha bo`lishi mumkin:
1-bosqich.   Yoshlarda   mustaqil-ijodiy   fikrlash   sifatlarini   shakllantirish,
rivojlantirish   hamda   faollashtirishga   oid   jahon   tajribasini   izchil   o`rganish   asosida
mustaqil-ijodkor   shaxs   strukturasi   hamda   uni   shakllantirish   bosqichlarini   ishlab
chiqish.
2-bosqich.   Umumiy   o`rta   ta`lim,   o`rta   maxsus,   kasb-hunar   ta`limi   hamda
oliy   ta`lim   o`quv   rejalarida   ko`zda   tutilgan   ta`lim   predmetlarining   yoshlarda mustaqil-ijodiy   fikrlashini   faollashtirish   imkoniyatlari   o`rganish   asosida   uning
samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish.
3-bosqich.   Uzluksizning   ta`limning   maktabgacha   va   umumiy   o`rta   ta`lim,
o`rta   maxsus,   kasb-hunar   ta`limi   hamda   oliy   ta`lim   turlarida   yoshlar   mustaqil-
ijodiy   fikrlashini   faollashtirish   ishlari   mazmunini   tanlash   mezonlarini   ishlab
chiqish;
4-bosqich.   Yoshlarda   mustaqil-ijodiy   fikrlashni   shakllantirishning   eng
ilg`or   tajribalarini   ta`lim   tizimiga   tezkor   joriy   etish   mexanizmini   yaratishga
qaratilgan innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish.
Bu   borada   bayon   qilingan   tavsiyalar   o`quvchi   yoshlar   tayyorgarligining
davlat ta`lim standarti talablariga javob berish darajasining ortishi, yuksak darajada
shakllangan, faol mustaqil-ijodkorlik sifatlariga ega shaxs sifatida yuqori akademik
harakatchanlik   darajasiga   erishishi   uchun   nazariy-metodologik   asoslarning
yaratilishiga asos  bo`ladi. SHuningdek, bu boradagi  vazifalarni  samarali hal  etish
uchun   mustaqil   fikrlovchi   ijodkor   shaxs   to`g`risidagi   tushunchalarni
umumlashtirish   hamda   uning   yagona   strukturasini   ishlab   chiqish   jarayonini
boshqarishning axborot ta`minoti texnologiyasini ishlab chiqish talab etiladi. Adabiyotlar:
Rahbariy adabiyotlar:
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi.   –Toshkent,
O‘zbekiston, 2011.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi  Qonun . 2020
3. Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat-yengilmas   kuch.   –T.:   Ma’naiyat,   -
2008.
Asosiy adabiyotlar.
1. Mavlonova   R.   va   boshqalar.   “Pedagogika”,   -Toshkent,   “ Fan   va
texnologiya ”,  2018.
2. Devid   Kluster.   Tanqidiy   fikrlash   nima?   K.Ishmatov   tarjimasi.   «Tanqidiy
fikrlash asoslari» dasturi.
3. Dayana Xalperi. Психология критического мышления. Сант -Петербург,
2000.
4. Ильин   Е.П.   Психология   творчества,   креативносити,   одарённости.
Питер. 
5. Мahmudov М.Ta’limni didaktik loyihalash. T., 1999.
6. Хуторской   А.В.   Дидактическая   эвристика.   Теория   ва   технология
креативного обечения. Москва. 2003.

SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA`LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O`QUVCHILARDA TANQIDIY VA KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH REJA: 1. Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim texnologiyalari haqida tushuncha. 2. Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim texnologiyalarining o`quvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari 3. Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim asosida o`quvchi faolligini oshirish

Shaxsga yo`naltirilgan o`qitish texnologiyalari. O`qitish jarayonida, pedagog texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o`quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o`qitish samaradorligi, asosan, o`quvchining o`qitish jarayonidagi o`rni, pedagogning unga bo`lgan munosabatiga bog`liq bo`ladi. Bu yerda o`qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko`rsatish mumkin avtoritar va shaxsga yo`naltirilganlar. Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatida namoyon bo`ladi, talabalar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda talabaning tashabbusi va mustaqilligi yo`qoladi, o`qitish majburiy yo`sinda amalga oshiriladi. Odatdagi an`anaviy o`qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan o`qitishning sinf-dars tizmida tashkil etish nazarida tutildi. Hanuzgacha dunyoda eng ko`p tarqalgan o`qitishning sinf-dars tizimi, quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: - Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo`lgan talabalar sinfini tashkil etadi: - Sinf yagona o`quv reja, yagona o`quv dasturlar va yagona mashg`ulotlar jadvali bilan shug`ullanadi: - Mashg`ulotlarning asosiy birligi dars bo`lib, u bitta fanning bitta mavzuga bag`ishlanadi va o`quvchi tomonidan boshqariladi: - O`quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo`llaniladi. An`anaviy o`qitish asosan bilim, o`quv va ko`nikmalarni o`zlashtirishga qaratilgan bo`lib, shaxsning rivojlanishini ko`zda tutmaydi. An`anaviy o`qitish asosini, Ya.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika tamoyillari tashkil etadi: -ilmiylik: -tabiatga monandlik (o`qitish rivojlanish bilan belgilanadi, ammo shakllanmaydi) -uzviylik va tizimlik: -o`zlashtiruvchanlik (ma`lumdan noma`lumga, soddadan murakkabga)

-mustahkamlik (takrorlash, takrorlash…) -onglilik va faollik (qo`yilgan maqsadni bilgan va buyruqlarni bjarishga faol bo`lgan) -nazariyaning amaliyot bilan bog`liqligi: -yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish: An`anaviy o`qitish quydagi xususiyatlarga ega: zo`ravonlik pedagogikasi, o`qitishning tushuntiruv-ko`rgazmali usuli, ommaviy o`qitish. An`anaviy o`qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo`ladi: talaba bu hali to`la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa- bu sardor hakam, yagona tashabuskor shaxs. Zamonaviy an`anaviy o`qitish esa, o`qitishning texnik vositalarini qo`llab, didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo`ladi. Shaxsga yo`naltirilgan- texnologiyalarda, talaba shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo`yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi: Kadrlar tayyorlash milliy dasturda O`zbekiston Respublikasidagi ta`lim tizimining miliy modeliga alohida e`tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta`lim, fan ishlab chiqarish. Bu yerda ta`lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi – «shaxs» birinchi o`rinda turadi. Boshqacha aytganda butun ta`lim tizimi, shu jumladan o`qitish shaxsga yo`naltirilgan bo`lishi lozim. Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, o`qitishning shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim. Hayot dialektikasi shundan iboratki, doimo yangi avlod, oldingi avloddan ko`ra rivojlanganroq bo`ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrigacha fan, texnika va texnologiyalar rivoji evolyusion, past sur`atlarda amalga oshar edi. Shuning uchun ketma-ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi deyarli farq qilmas edi. Bunday sharoitlarda Ya.A. Komensiyning o`qitishining avtoritar texnologiyasini, an`anaviy sinf dars tizimi dunyoga keladi.

Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida (asrning ikkinchi yarmi), fan-texnika texnologiyalar yuqori sur`atlarda rivojlanayotgan davrda, bir avlod hayoti davomida fanning rivoji insoniyatning butun tarixidagidan ko`ra ko`piroq bo`lgan bu davrda, o`qitishning an`anaviy tizimi o`z umrini oxiriga yetdi. Hozirgi zamon avlodning rivojlanish sur`ati oldingilardan ko`ra ancha yuqori bo`lganligi sababli, o`qitishning an`anaviy tizimi, rivojlanishga to`sqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot, faqat xar bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini to`la ro`yobga chiqarish asosida amalga oshirilishi mumkin. Axborotning hajmi, xilma-xilligi, egallashga moyilligi va vositalarning yetarliligi samarali individual va mustaqil o`qitishni tashkil etish uchun zaruriy shart- sharoitlar yaratadi. O`qitishni jadallashtirish maqsadida pedagogning talabaga bo`lgan munosabati jihatidan «sardor» likdan, uning sherigiga aylanish zarur. O`qitishnig shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar xos bo`ladi: -insonparvarlik - ya`ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko`rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo`rlashdan to`la voz kechish; -hamkorlik – ya`ni pedagog va talabalar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik; -erkin tarbiyalash – ya`ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqilligini berish, natijalarini tashqi ta`sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. Shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalarning kommunaktiv asosi-pedagogik jarayonda talabga insoniy- shaxsiy yondashuv hisoblanadi. Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo`ladi; -pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas, su`bekt hisoblanadi; -har bir talaba qobiliyat egasi, ko`pchiligi esa iste`dod egasi hisoblanadi; -yuqori etnik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustuvor hislatlari hisoblanadi; Munosabatlarda demokratlashtirish quyidagilarni o`z ichiga oladi;

-talaba va pedagog huquqlarini tenglashtirish, -talabaning erkin tanlab olish huquqi; -xatoga yo`l qo`yish huquqi; -o`z nuqtai nazariga ega bo`lish huquqi; -pedagog va talabalar munosabati zayli; ta`qiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda bajarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish. Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va noinsoniy hisoblanadigan zo`ravonlik pedagogikasidan voz kechishdir. Muammo bu tamoyilni mustaqillashtirishda emas, balki uning oqilona mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida zo`ravonlik mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishni susaytiradi, uning qulchilik hususiyatlarini shakllantiradi. Majburlashsiz o`qitish quyidagilar bilan belgilanadi. -ishonchga asoslangan majburlashsiz talabchanlik; -o`quv materialiga qiziqish uyg`otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag`batlantirish; -talabalarning mustaqilligi va tashshabusiga tayanish; -jamoa orqali bilvosita talablarni amalga oshirish. Individuval yondashuvning yangi talqini quyidagilardan iborat; -o`rtacha talabaga yo`naltirishdan voz kechish; -shaxsning yaxshi xislatlarini izlash; -shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish va unga tuzatishlar kiritish; Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo`ladi; -har bir talaba qiyofasida noyob shaxsni ko`rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabl qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha talabalar iste`dodli ishonch bo`lishi kerak; -shaxsga, yutuqni ma`qullovchi, qo`llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratish, ya`ni o`qish xursandchilikni olib kelishi kerak;