logo

O`YIN TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O’QUVCHILARDA TANQIDIY KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

66.3857421875 KB
O`YIN TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O’QUVCHILARDA
TANQIDIY KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH
REJA:
1. O`yin texnologiyalarining mohiyati. 
2. O`yin   texnologiyalari   asosida   o`quvchilarda   tanqidiy   va   kreativ
tafakkurni shakllantirish
3. Boshlang‘ich   sinf   matematika   darslarida   didaktik   o‘yinlardan
foydalanish O`yin texnologiyalarining mohiyati.
Amaliy   yoki   ishchan   o’yinlar   yoki   mavzuni   o’zlashtirish,   takrorlash,   ijodliy
qobiliyatlari  rivojlantirish   vazifalarini  bajarish  imkonini   beradi.  O’quv  jarayonida
amaliy o’yinlarni turli shakllaridan foydalanishadi: taqlid qilish, roli o’yinlar (teatr
darslari va sahna ko’rinishlari va h.k.)
Taqlid qilish o’yinlari. Darsda birorta tashkilot, korxona ishi taqlid etiladi (ish
yig’ilishi, ish rujasining muhokamasi, muzokaralar, munozaralarni olib borish, sud,
patent tashkiloti, ilmiy kengashlarda chiqishlar va h.k.)
Rolli   o’yinlardja   o’quvchi   turli   xil   xarakterli   inson   obraziga   qalban   kirishib
ketadi. O’yinda o’quvchilarga asosan tugallanmagan vaziyatlar aks etgan, muamoli
sahna   ko’rinishi   rollari   beriladi.   O’quvchilar   ushbu   muammoli   rollarni   mustaqil
ravishda oxiriga yetkazib o’ynashlari shart.
Teatr   dasturlarida   rolli   o’yinlar   o’quvchilarni   boshqa   insonlarni   tushunishga
o’rgatadi.   Ushbu   usul   o’quvchilarni   mustaqil   fikr   yuritishga,   xayotda   har   qanday
sharoitda   ham   o’zini   tuta   bilishga   tarbiyalanganligiga   hamda   mustaqil   xayot
kechirishdagi o’zini qarashlarini asoslab bera oladigan inson sifatida shakllantiradi.
1. tayyorlash bosqichida xayotdagi biror muammo, vaziyatni ko’rsatish uchun
snerai tayyorlvanadi. Masalan, sud jarayoni ilmiy kengashda muhokama, korxona
rahbari qoshidagi ishchi yig’ilish va h.k. o’yinda qo’atnashuvchilarga  yo’l   –
yo’ruqlar   beriladi.   O’yinni   o’tkazish   uchun   ekspertlar   tanlanadi.   Qatnashuvchilar
bu   ekspertlarda   o’yingacha   kerakli   ma’lumotlarni   olishadi.   O’quvchilar   rollarini
o’zlari  tanlab  olishi   yoki  o’qituvchi   tomonidan  bo’lib  berilishi  mukmin.  Shundan
so’ng,   o’yinda   qatnashuvchilar   rollar   ustida   mashq   qiladilar,   ishlaydilar.   Bu
bosqich odatda 1,5 -2 haftaga cho’ziladi.
2.   o’yinni   o’tkazish   bosqichida   o’quvchilar   o’zlariga   bo’lib   berilgan   rollarni
o’z mustaqil fikr g’oyalaridan kelib chiqib, xayotda shunday vaziyatda o’sha inson
qanday   yo’l   tutardi,   shular   haqida   fikr   mulohaza   yuritib   o’ynaydilar.   O’qituvchi
o’yin   davomida   tomoshabin   sifatida   bo’ladi.   Ayrim   xollardagina   o’yinga
aralashishi   mumkin..   bunda   qisqa,   aniq   va   lo’nda   harakat   qilishi   kerak   bo’ladi.
Ishchan   o’yinlar   turlariga   qarab,   o’yinda   qatnashayotganlarning   ishga   nisbatan munosabati orqali: g’oyalar generatori, ishlab chiquvchi, taqlid qiluvchi, bilimdon;
tahlil   qiuvchi   (analitik)   bo’lishi;   yangilikka   munosabat   orqali:   faol,   ehtiyotkor
tanqidchi,   konservator   (eskilik   tarafdori)   bo’lishi;   tutgan   o’rniga   qarab:
tashkilotchi,   muvofiqlashtiruvchi,   umumlashtiruvchi,   nazoratchi,   trener   va   h.k.
bo’lishi mumkin.
3.   Muhokama   va   baholash   bosqichida   ekspertlar,   o’yin   ishtirokchilari,
tomoshabinlar  o’yinni  tahlil  qilish, muhokama  qilish  imokniyatiga ega bo’ladilar,
xayot   bilan   o’xshashlikka,   o’quv   fani   bilan   bog’liqlikka   e’tibor   beriladi   va
o’qituvchi tomonidan yakunlanib baholanadi.
Bahs   –   Munozara.   o’quvchilarni   tanlangan   mavzu   sohasida   munozara
qilishga   o’rgatish,   ularninng   bilimlarini   chuqurlashtiradi,   o’z   fikrlarni   asoslash
qobiliyatini rivojlantiradi. 
Munozarani o’tkazish uchun: 
1.O’qituvchi   baxs   –munozara   mashg’uloti   uchun   muammoli   mavzu   tanlaydi
va o’quvchilari taklif etaldi.
2.   O’qituvchi   qatnashuvchilarga   muammoni   «Aqliy   hujum»   usuli   bilan
yechishni va щ zifa qilib yuklaydi va uni o’tkazish tartibini belgilaydi.
3.   O’qituvchi   «Aqliy   hujum»   vaqtida   bildirilgan   g’oya   va   fikrlarni   yozma
ravishda yozishni taklif etadi yoki ularni yozish uchun kotib tayinlaydi.
4. O’qituvchi o’quvchilarni ikki guruhga ajratadi va sinfni ikii tomoniga qator
qo’yilgan   stolar   yoniga   o’tqazadi   va   har   bir   guruh   qatnashchilari   qaysi   nuqtai
nazarni   himoya   qilishlarini   belgilaydi.   Shundan   so’ng   1-   guruh   o’quvchilariga
numerlangan   varaqlar   tarqatiladi   va   5   –   minut   davomida   o’zlari   ma’qullayotgan
nuqtai nazar foydasiga bitta dalilni yozish topshiriladi.
5. 1-guruh a’zolari tomonidan yozilgan varaqlar qarshi guruhlari shuriklariga
beriladi.   Ular   sheriklarining   dalillariga   qarshi   javob   topishi   va   yozishi   uchun
hamda o’z qarshi dalililarini bayon qilishlari uchun 10 minut vaqt ajratiladi.
6.   O’quvchilar   bilimlarini   aniqlash   uchun   dalillar   almashtirishni   2-3   marta
takrorlash yetarlidir. 7.   Baxslarga   yakun   chiqarishning   yaxshi   shakli   ikkala   tomonga   qaratilgan
savodir: qarshi tomonnning eng yaxshi dalil isbotlari qaysilari bo’ldi?
8.   O’qituvchi   tomonidan   munozara   qatrnashchilarini   baholash.   Ammo   bu
haqda o’quvchilarni darsning boshidayoq ogohlantirishi kerak.
Didaktik o`yinli texnologiyalarning mazmuni
Didaktik   o’yinlar   qoidali   o’yinlar   jumlasiga   kiradi   va   rolli   o’yinlarni
rivojlantirish   predmeti   hisoblanadi.   Bunday   o’yinlar   asosini   bilishning   u   yoki   bu
mazmunini,   o’yinning   borishi   belgilaydigan   harakatlarni   bajarishga   qaratadigan
aqliy   va   irodaviy   urinishini   tashkil   etadi.   Didaktik   o’yinlarda   asosiy   fikrlash
jarayonlari - tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarish va hokazolar takomillashadi.
Didaktik   o’yinlar   ta'lim   jarayonida   bolalarni   o’qitish,   tarbiyalash   va   kamol
toptirishda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   O’yin   paytida   bolaning   ijobiy   ish
faoliyatini   kuchaytiradi,   ixtiyoriy   diqqatini,   xotirasini   takomillashtiradi.   O’yinda
o’quvchilar o’zlari sezmagan holda juda ko’p harakatlarni, mashqlarni bajaradilar,
turli masalalarni yechadilar.
Didaktik o`yinlarga qo’yiladigan talablar:
1. Didaktik o’yinlar o’quv predmetlari bo’yicha dastur materialiga muvofiq
yo’sinda tanlanishi lozim.
2. Didaktik o’yin unda qatnashuvchilarga bilimlar bo’yicha ma'lum talablar
qo’yiladigan yo’sinda ishlab chiqilishi kerak.
3. Didaktik   o’yinning   muvaffaqiyatli   o’tishi   uning   maqsadini   yaqqol
aniqlashiga   bog’liq.   Chunki   bunda   o’quvchilarning   fikrini   maqsadli   yo’nalishga
solish, ularning ishini bajarishga qiziqishini oshirish imkoniyati tug’iladi.
4. O’yinlarni   tanlashda   ma'lum   izchillikka   rioya   qilish   ham   zarur.
Mazmunan   qiyin   o’yinlardan   oldin   osonroq   o’yinlarni   o’tkazib,   o’quvchilarni
navbatdagi o’yinlarga puxtaroq tayyorlash juda muhimdir. Shu tariqa tahlil, sintez,
taqqoslash,   tasniflashda   mavhumlashtirish,   muayyanlashtirish,   umumlashtirish
singari aqliy operatsiyalarni asta-sekin murakkablashtirib borish shart. 5. Didaktik   o’yinlarning   qoidasini   va   tashkil   etilishini   tuzish   va   ishlab
chiqishda   o’quvchilarning   o’ziga   xos   xususiyatlarini,   ularning   turli   (bo’sh   va
kuchli, faol va loqayd) guruhlarini hisobga olish kerak.
6. O`yinning qoidalari sodda, aniq bo’lishi va yaqqol ifodalanishi lozim.
7. Har bir o’quvchi butun o’yin jarayonida faol ishtirok etishi, o’z 
"navbatini" uzoq kutish o’yinga qiziqishni susaytirishi mumkinligini unutmaslik 
kerak.
8. Har   bir   o’yinga   umumiy   va   yakka   tartibda   yondashish,   undagi
topshiriqlarning qiyinlik darajasini va qanchasi mustaqil holda bajarilishini hisobga
olish kerak.
Ma’lumki, b о lalar  о datda jim u t ira  о lmaydilar va d о im о  harakatda buladilar.
O`y in b   о lalarning tabiiy hamr о hi bo`lib, ularga mamnunlik va q uv о nch ba х   sh
etadi.   B о lalar   o`   yin   о rqali   dunyoni,   ya   ’ni   t е varak-atr о fni   biladilar,   m е   hnat
qilishni   o`rganadilar,   ya   ’ni   tarbiyalanadilar.   Ular   o`   yinlarda   o`zlari   s е vgan   q
ahram о nlar   qiyofasi   va   h о latiga   kirib,   r о stgo`ylik,   ziyraklik,   cha   qq   о nlik,
bard о shlilik, tadbirk о rlik va g`alabaga intilish kabi fazilatlarni nam о yish qiladilar.
B о lalarning   barcha   o`yinlari   o`ziga   хо s   j о zibaga   ega   va   shuning   uchun   ular
zo`r   ishtiyoq   bilan   o`ynaydilar.   O`yin   bolalarning   organizmida   katta   o`zgarishlar
ro`y berishiga han sabab bo1adi. O`yinda vujudga keladigan vaziyatlar bolalardan
turli masalalarni tezkorlik bilan hal etishni talab qiladi. Shunday paytlarda bolalar
o`zining barcha imk о niyatlarini ishga s о lib, mushkul ahv о ldan
qutulishga turishadi.
Shuning uchun o` yinlar b о lalarning   usishida   muhim   o`rin   tutadi,
ularni mustaqillikka undaydi.
O`yin   q о idalari   asrlar   dav о mida   х alq   t о m о nidan   yaratilgan,   bin о barin
O`yinning tarbiyaviy ahamiyatiga k o`pr о q e’tib о r b е - rilgan. Shunga ko`ra mar о h
bilan   ko`p   o`   ynaydigan   b о lalar   z е hni   o`tkirligi   bilan   ajralib   turadi.   Ayni   q   sa
b о lalar   jam о a   bo`lib;   o`ynashda   bir   -   birining   tartibsizligini,   g`irr о m   o`
ynayotganini   darr о v   o`ziga   aytadilar.   Bu   bilan   b о lalar   haqq   о niylikka
о datlanadilar.  "O`yin  dav о mida  b о lalar   uz   kamchiliklarini   yo`q   о tishga   harakat   q iladilar.   B о shqalarga   nisbatan   aqlli,   chaqq   о n,   kuchli   va   h о zirjav о br о h   bo`lishga
intiladilar.   Shu   sababli   b о lalar   ko`pincha   birgalashib   uynashni   yo   qtiradilar   va
bunday   paytlarda   ularning   o`rt о qlik,   bir   -birini   him о ya   q   ilish,   jam о achilik   kabi
fazilatlari riv о jlanadi.
O`yin   b о lalar   o`zini   o`zi   id о ra   qilishi,   o`   z   imk о niyatlarini,   bilag` о nligini
t е kshirishining   bir   yo`li   his о blanib,   har   х il   O`yinlar   ularning   tarbiyalanishida
muayyan darajada yordam b е  - radi.
O`yinlarda   b о lalar   o`zini   o`zi   tarbiyalashi   tabiiy   vaziyatda   amalga   о shadi.
B о lalar b о dshqa fa о liyatlarida kursata  о lmagan tirishq о qlik, talabchanlik, epchillik
kabi sifatlarini o`yinlarda yaqq  о l nam о yish qiladilar.
B о lalar o`yinlarda o`zlarini erki n tutadilar va o`zlariga juda yuq  о ri talablarni
qo`yadilar,   qiyin   vaziyatlardan   o`zlaricha   chi   qishga   harakat   qiladilar.   Tabiiyki,
o`zicha   harakat   q   ilgan,   o`ziga   ish о ngan   odam   har   qanday   q   iyinchilikni,
mushkullikni   е ngishga   q   о dir   bo`ladi.   O`yinlarda   sho` х lik   q   ilish,   о rtiq   cha
hayaj о nlanish  b о lalar  uchun   tabiiy h о ldir.  Shuningd е k, ular  tahlidchan  bo`ladilar,
х ayolga   k е lmagan   narsalarni   o`ylab   t о padilar.   Shuning   uchun   ular   darslardan
didaktik O`yinlar o`tkazilayotganda plakat -chizmalardagi tasvirlar yoki m о d е llarni
yuzaki   idr о k   q   ilib,   b о shqa   narsalarga   u х shatishlari   tabiiydir.   B о lalarning   bu
х ususiyatlaridan f о ydalanish maqsadida, d е tallarni hayotdagi  narsalarga taqq о slash
о rqali ularning mustahkam idr о k qilishiga erishish k е rak. Umuman o`yinni go`dak
b о ladan   t о rtib   muysafidgacha   uynashi   mumkin.   L е kin   о damlar   uz   yoshiga   m о s
O`yinlarnigina o`ynaydilar. Masalan, b о lalar harakatli o`yinlarga, kattalar esa aqliy
fa о liyatni   talab   qiladigan   o`yinlarga   m о yil   bo`ladilar.   Har   х il   o`yinlar   mavjud   va
ular   х alq p е dag о gikasining mahsuli  bo`lib, o`qituvchilar ham  dars jarayonida shu
o`yinlarning ba’zi el е m е ntlaridan samarali f о ydalanishlari mumkin.
Ma’lumki,   darslar   7-8-sinflarda   o`qitiladi   va   bu   yoshdagi   b о lalar   o`yinning
mazasiga   tushungan,   ya’ni   o`yinqar о h   bo`ladilar.   Shuning   uchun   darslarda   tinch
o`tirib chizmalarni chizishga sabr-t о qat qila  о lmaydilar, t е zda t о liqa b о shlaydilar.
O`quvchilarning  yuq о ridagi   х ususiyatlarini  o`rganib,   darslar  darslarida  o`yin
el е m е ntlaridan f о ydalanishni  l о zim t о pdik. Uqituvchi o`quvchilarning z е rikkanini s е zishi   bilan   5—6   daqiqalik   o`yin   o`tkazishi   k е rak.   Darslardan   o`tkaziladigan
O`yinlar   ij о diy   yond о shishni   talab   tsiladi.   Shuningd е k   o`qituvchi   sinfdagi   barcha
o`quvchilar   diqqatini   qisqa   muddatli   O`yinga   jalb   qila   bilishi   zarur.   Qisqagina
o`yinda   hamma   o`quvchilar   qatnasha   о lmaydilar,   ya’   ni   o`yin   shartlariga   jav о b
b е rishga   ulgura   о lmaydilar,   albatta.   L е kin   o`yinda   ishtir о k   etishga,   fikrlashga
intilishlari   ularning   butun   his-tuyg`ularini   ishga   s о ladi.   O`yinning   qiziqarli,   j о nli
va samarali o`tishi ko`pr о q uqituvchining mah о ratiga b о g`liqdir.
O`qituvchi   b о lalar   psi хо l о giyasiga   aynan   muv о fiq   o`yin   el е -m е ntlaridan
f о ydalansa,   darslar   o`qituvchisi   aytishicha,   har   bir   darsda   ko`zlangan   maqsadga
erishishi   mumkin.   B о   rdi-yu,   bu   ishga   l о qayd   qarab   o`yinlarni   sust,   zavhsiz
o`tkazsa, b о lalarning o`yinlarga qiziqishi yo`q о lishi, o`yinlar h е ch qanday samara
b е rmasligi shubhasizdir. Shuning uchun o`qituvchi har bir o`yinga tayyorlanishda
uning   b о   lalarda   zavq-shavq   uyg` о tishini   his о bga   о lishi   k е rak.   Har   bir   o`yin
b о lalar uchun qiziqarli va muayyan maqsadga qaratilgan bo` lishi l о zim. O`yinda
b е riladigan   sav о llar   ham,   unga   qaytariladigan   jav о blar   ham   juda   qisqa,   aniq
bo`lishi maqsadga muv о fiqdir.
Didaktik   o`yinlar   s о ddadan-murakkabga   printsipida,   o`quvchilarning   aqliy
ishlashini   fa о llashtirishga   mo`ljallab   tuzilgan.   Bunda   o`quvchilarning   tafakkurini,
faz о viy tasavvur qilish q о biliyatlarini o`stirishga ham jiddiy ahamiyat b е rilgan.
О datda   o`quvchilar   an’anaviy   darslarda   о lgan   bilimlar   е tarli   darajada   pu х ta
bo`lmaydi va o`quvchilar ularni muayyan shar о itda tatbiq qila  о lmaydilar. Masalan
7—8-   sinflarda   darslar   bo`yicha   o`zlashtirgan   bilimlarini   о liy   o`quv   yurtida
nam о yish   qila   о lmaydilar.   Darslar   darslarida   didaktik   o`yinlar   qo`llansa,
o`quvchilarning   bilimi   mustahkam   bo`ladi,   d е gan   umiddamiz.   Chunki   o`yinda   fa
о l qatnashgan o`quvchi bilimni hayaj о n va zavq-shavq bilan o`zlashtiradi. Bunday
bilim pu х ta bo`lib,   o`quvchining   хо tirasida ko`p yillar saqlanadi va k е zi k е lganda
o`quvchi uni eslaydi va amalda qo`llaydi.
Boshlang‘ich sinf matematika darslarida didaktik o‘yinlardan
foydalanish O‘yin   tarbiya   vositasi.   O‘yinni   pedagogik   jarayon   strikturasida   analiz   qilish
natijasida shu narsa aniqlandiki, o‘yin faqat psixologik hodisa bo‘lib qolmay, balki
pedagogik   hodisa   hamdir.   Biroq   o‘yindan   tarbiya   masalalarini   hal   qilish   uchun
ongli ravishda foydalanilgandagina u pedagogik hodisa shaklini oladi. 
Pedagogik vazifa sifatida o‘yin turli vazifalarni: tarbiya vositasi, ta’lim berish,
metod vazifasini, shuningdek, bolalarni o‘qitish usullari vazifasini bajaradi. 
Didaktik o‘yinlarning asosiy xususiyatlari shundaki, bularda to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ta’limga aloqador masalalar o‘yin qoidalari niqobi ostida o‘tadi. 
Bola   o‘ynar   ekan,   o‘rganaman   deb   o‘ylamaydi,   lekin   o‘yin   jarayonida   u
nimagadir o‘rganadi. Ta’lim bu erda ataylabdan o‘tilmaydi. Didaktik o‘yinlarning
qimmati shundaki, u kichkina bolalarning imkoniyatlariga javob beradi va ularning
energiya sarflashlarini muvozanatlashtiradi. U ma’lum darajada ta’lim mazmunini
qabul   qilish   va   o‘qitishni   niqoblash   kabi   muhim   xususiyatga   egadir.   Bola   buni
hayolga   keltirmagan   holda   o‘rganadi.   SHuni   ham   aytish   keraki,   didaktik
o‘yinlarda,   shaxsning   tormozlanishi   qobilyati,   diqqatini   o‘sishi,   kuzatuvchanlik
kabi   xususiyatilarining   o‘sishiga   qaramay,   bolalarning   bevosita   o‘quv   faoliyatini
shakllantiradi. 
O‘yinlarda   kollektiv   ish   ongli   intizomni   tarbiyalash   uchun   kerak   bo‘lgan
do‘stona   birodarlik   hissiyoti,   to‘g‘rilik,   haqiqatgo‘ylik   va   boshqa   hislatlar
rivojlanadi.   Jamoa   o‘yinlarida   astoydil   maqsadga   intiladigan   va   boshqalarni
etaklaydigan tashkilotchi bolalar, yo‘lboshi bolalar tarbiyalanadi. 
Bolalar   qanchalik   yosh   bo‘lsa,   o‘yin   ularni   faoliyatida   shunchalik   katta
ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarni tarbiyalashda o‘yining ahamiyati etarlicha baho
bermaydigan o‘qituvchi o‘z ishida katta yutuqlarga erisha olmaydi. 
Darhaqiqat,   o‘yin   bolaga   orom,   qoniqish   baxsh   etadi.   Masalan,   kompyuter
hozirgi kunda ta’lim tizimida keng o‘rin egallaganini bilamiz. Bu bola faoliyatida
o‘z   aksini   topmoqda.   Qolaversa   bolalar   sayr-sayohatlar   tashkil   etish   orqali
allomalarimiz,   xalq   qahramonlari   hayoti-faoliyati   bilan   yaqindan   tanishib,   o‘zbek
xalqining jahon xalqlari qatoridagi o‘rinni va nufuzini anglamoqdalar.  Bola tafakkurini har tamonlama rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirishda
sayr-sayohat   darslari   keng   ko‘lamda   olib   borish   kerak.   CHunki   bolaning   bilish,
yangiliklarni   qabul   qilish   doirasi   keng,   undan   to‘g‘ri   samarali   foydalanish   esa
o‘qituvchining vazifasidir. 
Bolaning   hissiy   bilish,   ma’lumot   va   ko‘nikmalarni   qabul   qilishga   keng
imkoniyat   yaratish   uchun   erkinlik   berish,   uni   ijodiy   ishlar   qilishga,   bajargan   ishi
samarasini ko‘rib quvonishiga, yangi-yangi yutuqlarga yo‘llash zarur. 
Bolalarga   beriladigan   bilimlar,   ko‘nikmalar   asosan   dars   jarayonida
singdirilishi, birinchi sinfda o‘quv yili davomida, uyga vazifa berilmasligi, berilsa
ham   ular   engil   kuzatish,   taqqoslash,   sanab   ko‘rish,   rasm   chizish,   qo‘shiq   aytish,
sayr   qilishdan   iborat   bo‘lib,   bu   bilan   ta’lim   elementlarini   asta-sekin   o‘zlashtirib
borishiga erishish maqsadga muvofiqdir. 
Bu jarayonda bola fikrlaydi, sanaydi, faraz qiladi, tevarak-atrof go‘zalligidan
bahramand bo‘ladi, eng  muhimi, hordiq chiqarib tinch uxlaydi  va  ertasiga  darsga
ziyrak   holatda   keladi.   Eskirib   borayotgan   usullar,   uy   vazifasining   ortib   borishiga
yo‘l   qo‘ymaslik,   xususan   2-4   sinf   o‘quvchilariga   beriladigan   uy   vazifalarini
me’yorlash, ayniqsa shanba kuni vazifa berilmaslikni uqtirish joiz. 
Amalda   stol   ustida   o‘ynaladigan   o‘yinchoqlar,   harakatli   o‘yinlar,   texnik
o‘yinlar, soha ko‘rinishi atraksionli o‘yinlardan foydalaniladi. 
Bola   hayotida   rollarga   bo‘linib   o‘ynaladigan   o‘yinlarda   katta   odamlar
o‘rtasida   paydo   bo‘ladigan   munosabatlarni   o‘zlari   tushunadigan   vaziyatlarda
qaytaradilar.   Bola   o‘ziga   ma’lum   bir   rolni   olar   ekan,   tegishli   qoida,   vazifalarni
bajaradi va bu qoidalarni o‘zlashtirib oladi, ahloqiy malaka va odatlarni egallaydi.
Rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yin ko‘pchilik bilan o‘tkaziladi. 
O‘yin   davomida   bolalar   o‘rtasida   kattalar   orasidagi   munosabatlar   tarkib
topadi va asta-sekin mustahkamlanadi. 
Bolaning   yoshi   o‘sib   borishiga   qarab   rollarga   bo‘lib   o‘ynaladigan   o‘yinlar
bilan bir qatorda didaktik va harakatli o‘yinlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bola   maktabga   qatnay   boshlaganda   o‘yinning   ahamiyati   bir   oz   kamaydi.
Lekin   bu   o‘qish   o‘yinni   bola   hayotidan   butunlay   chiqarib   tashlaydi   degani   emas. Bu   holda   o‘yinning   harakteri,   uning   mazmuni   o‘zgaradi,   biroq   uning   bolalar
tabiyasidagi muhimligicha qolaveradi. 
Kichik   yoshdagi   o‘quvchilarningi   rollarga   bo‘linib   o‘ynaladigan   o‘yinlarda
ular   tasvirlayotgan   kishilarning   xususiyatlari   muhimroq   bo‘lib   ko‘rinadi.
O‘quvchilarning   kuchliylik,   botirlik,   chaqqonliligiga   sabab   bo‘ladi.   Bolalar
to‘siqlarni   engib   o‘tishga   harakat   qiladilar,   qahramonona   ishlarni   bajaradilar.
Boshlang‘ich maktabda o‘qishning oxiriga borib, ong-bilim doirasining kengayishi
munosabati   bilan   o‘quvchilar   haqiqiy   qiyinchiliklarni   engib   boradi.   O‘yin
elementlarini kiritish bolalarda belgilangan ishni mumkin qadar yaxshiroq bajarish
ishtiyoqini   uyg‘otadi   va   ularda   har   qanday   ishga   ma’suliyat   sezgan,   holda
yondoshish odatini tarkib toptiradi. 
Boshlang‘ich talimda didaktik yoki o‘rgatuvchi o‘yinlar keng tarqalgan.   Ular
bilishi mazmuniga ega bo‘lib, o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga qaratilgan. 
O‘quv faoliyatining har-xil turlarida xilma-xil o‘yinlardan keng foydalaniladi.
Geometrik   shakllar:   aylana,   kvadrat,   to‘g‘ri   to‘rtburchak   haqida   to‘laroq
tasavvur   hosil   qilishda   yordam   berishi   mumkin.   O‘qish   va   tabiatshunoslik
darslarida sayohat o‘yinlaridan foydalanishi mumkin. 
O‘yin   faoliyatini   tashkil   etishda   bir   qator   pedagagik   shartlarga   rioya   qilish
lozim. O‘yining tarbiyaviy ahamiyatini o‘ylash kerak. 
Bola   yosh   fiziologik-psixalogik   xususiyatlarni   hisobga   olgan   xolda
matematikaga   bo‘lgan   qiziqishlarni   asta-sekin   o‘yg‘ota   borish   lozim.   Buning
uchun   darslikdagi   o‘quv   materiyallarni   qiziqarli   qilib   tushuntirish,   mahalliy
materiyallar asosida xisoblash, o‘lchash, yasashga oid masalalar  tuzish va echish;
didaktik   o‘yinlardan   ertak   qahramonlaridan   foydalanishi   muhimdur.   O‘yin
boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarining   sevimli   faoliyatidir.   O‘yin   yordamida   ular
o‘rtasida   muayan   munosabatlar   o‘rnatadigan   bolalar   guruhlari   yuzaga   keladi.
“O‘yin boshqa hamma usullardan ustunlik qiladi, chunki u xuddi bolalarning butun
hayotini,   shaxsiy   faoligini,   mustaqilligini   yo‘lga   qo‘yish   imkonini   beradi,”   -   deb
yozgan taniqli metodist A. Usova.  O‘qituvchi o‘yinda bolalar faoliyatini to‘g‘ri boshqarib, bolalar hulq- atvorini
ijtimoiy   sifatlarini   tarkib   toptirishdek   keng   tarbiyaviy   maqsadlarda   foydalanish
lozim. 
O‘yin   tarbiya   vositasi   sifatida;   tafakkur,   nutq,   hayol,   xotira   kabi   pisixologik
jarayonlarni   kengaytirish   va   mustahkamlash   vositasi   sifatida   qo‘llanishi   mumkin.
Masalan, “Nima o‘zgaradi” o‘yinida o‘qituvchi doskaga qo‘g‘irchoq, turli shakllar,
rasmlar qo‘yadi. O‘quvchilar ko‘zlarini yumishadi. O‘qituvchi biror narsani o‘rnini
almashtiradi   yoki   olib   qo‘yadi.   Bolalar   yuqoridagi   o‘zgartirishlarni   aytadilar,
bunda o‘quvchilarning xotirasi, geometrik shakllar haqida tasavvuri shakllanadi. 
O‘quvchilarni darsga tayyorlash.
Boshlang‘ich   sinflarda   o‘quvchilarning   bilim   faoliyatini   rivojlantirishning
yangi   usullarini   qo‘llash   kerak.   O‘quvchilar   faqat   rejadagi   materialnigina   emas,
atrof–muhitni,   voqea   va   jarayonlarni   kuzatishga   mustaqil-tanqidiy   fikrlashga,   o‘z
xulosalarini asoslashga o‘rganishi kerak. 
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘quvchilar uchun qiyin va kam tushunarli
fan bo‘lib tuyuladi. SHuning uchun bolalar ko‘p hollarda qoidalarning ma’nosiga
tushunmasdan   quruq   yod   olishiga   harakat   qiladilar,   bu   esa   bilimda   mavzularni
o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladi. 
O‘quvchilarning   darsda   olgan   bilimlari   ongli   ravishda   mustaqil   fikrlash
asosida   egallangan   bo‘lsagina,   u   ishonchli   va   mustahkam   bo‘ladi.   O‘qituvchi
o‘qitish   jarayonida   o‘quvchilarni   fikrlariga,   izlanuvchanlikka,   xulosa   chiqarishga
va   umumlashtirishga   undovchi   metodik   usullarni   qo‘llash   muhim   hamiyatga
egadir. 
Didaktik   o‘yinlar   darsda   ishni   individuallashtirish   har   bir   o‘quvchining
kuchiga mos topshiriq berish, ularni qobilyatini o‘stirish imkonini beradi. “Har bir
yaxshi   o‘yinning   mehnat   kuchi   –   mehnatni   kuchaytirish   va   fikrlashni   o‘stirish
xususiyati bo‘ladi,“ - degan buyuk pedagok A. S. Makarenko. 
O‘yin   jarayonida   o‘quvchilar   dastlab   faqat   o‘yinga   qiziqa   boshlasa,
keyinchalik uni tezda o‘yin bilan aloqador material qiziqtira boshlaydi.   Endi unda
shu mavzuni o‘rganish, eslab qolish, o‘yinga qatashish istagi paydo bo‘ladi.  O‘yin o‘quvchilar diqqatini osonligicha jalb qilishga ularning eng muhim va
murakkab narsalarga voqea va hodisalarga qiziqishlarini uzoq vaqt ushlab qolishga
yordam beradi. 
Masalan :   misollarni   bir   xil   usulda   echaverish   o‘quvchilarni   toliqtiradi,
o‘qishga   qiziqishini   yo‘qotadi.   SHu   misollarni   o‘yin   shaklida   kim   tez   bajaradi?
usuli   bilan   echish   esa   o‘quvchilarni   jonlantiradi.   Endi   ular   aniq   maqsad   yo‘lida,
ya’ni   topshiriqlarni   bajarishda   g‘olib   chiqish,   boshqalardan   orqada   qolmaslik,
ularni bajarishiga qodir ekanini ko‘rsatishi hissi bilan harakat qiladilar. 
Didaktik o‘yinlarni darsga moslashtirib tanlash va o‘quvchilarning ma’lum bir
o‘yindan   zerikkanlarini   sezgach,   uning   yangi   turlarini   qo‘llash   zarur.   Tanlangan
o‘yin   qiziqarli,   o‘quvchilarning   yoshiga   mos,   qisqa   vaqtga   mo‘ljallangan   bo‘lishi
kerak. 
Didaktik   o‘yinlar   fanga   qiziqtirishni,   mavzularni   ongli   o‘zlashtirishiga,
o‘quvchilarning   fikrlash   faoliyatini   rivojlantirishiga,   ularda   kuzatuvchanlikni
oshirganda   didaktik   o‘yinlar   vositachilik   rolini   tashkil   qilishdan   oldin   uni   qaysi
maqsadga   yo‘naltirishini   va   didaktik   asoslarini   aniqlab   olish   va   dars   jarayonida
unga   tayanish   zarur.   Metodika   nuqtai   nazaridagi   o‘yinlar,   keltirilgan   umumiy
tarbiyaviy   va   o‘qitish   topshiriqlaridan   tashqari,   o‘qituvchiga   bolalarda   maxsus
ko‘nikmalarni xosil qilishda yordam beradi. 
O‘quvchilarning matematik nutqini aniqlaydigan va kengaytiradigan o‘yinlar
bor.   Misol   uchun,   agar   1-sinf   o‘quvchilari   matematik   harakat   va   raqamlar   bilan
ta’minlangan   bo‘lsa,   qator   ustun   tuzishga,   o‘qish   va   echishga   o‘rgatish
mazmuni ,,Kimda bor?”, ,,Kim topadi?“, ,,Kim tez va ishonarli.?“  to‘g‘ri keladigan
o‘yin   xolatida   o‘tkazish   mumkin.   O‘yindan   ko‘rish   va   eshitish   zehnini
mukammallashtirishidan   ham   foydalanish   mukin.   (o‘yinlar   “taq   –   tuq”   “Narsa
lotosi,”   geometrik   shakllar   bo‘yicha   sanash   va   h.z.)   O‘yinlar   yordamida   bolalar
sonlarini   esda   saqlab   qolishi   qobilyatini   mustahkamlash   mumkin.   (“Xotira”,
“Tasavvurini rivojlantirishlar” “G‘alati gugurtchalar”) 
Ko‘pgina  o‘yinlar   bolalarda  joy  tushunchasini  rivojlntirishda  yordam  beradi.
(“Geometrik   domino“,   “Qurilishi   materiallari”,   ,,Tangram“   o‘yini),   kombinatorik qobiliyatini   rivojlantiradi   (mozayka,   rangli   domino,   geometrik   jismlarni   yoymoq
va   b.)   va   konsturuktiv   qobilyatini   rivojlantiradi   (   konstruktorlar,   uchburchakning
siri va h.z.) 
Tez sanashni  o‘rgatishga yordam beradigan o‘yinlar “Kim tez”, “ E ng yaxshi
sanoqchi ” . Matematik o‘yinlarni nazariy asoslariga quyidagilarni kiritish mumkin. 
1   Ma’lum   didaktik   maqsadga   yo‘naltirilishi   yangi   materialni   o‘rganishi,
mustahkamlash,   hosil   bo‘lgan   bilim,   ko‘nikma,   malaka   va   kompetensiyalarini
tekshirish 
2 Malaka va ko‘nikma hosil qilishi uchun didaktik jarayonni qanday amalga
oshiradi?(buning   uchun   bir   xil   harakatni   bir   necha   marta   qaytarilishini   va   uni
ijobiy yo‘nalinishi zarur. 
3 O‘quvchilar tafakkurini rivojlatirilishi vositasi bo‘lishi kerak. 
4 O‘quvchilarda mustaqil ishlash malakasini rivojlantirishi kerak. 
Yuqorida   keltirilgan   nazariy   asoslarini   tashkil   etgan   “didaktik   o‘yinlar”
jaryonida   namoyish   etishi   uchun   ba’zi   bir   o‘yinlarni   olib   ko‘ramiz.   O‘yinlarni
o‘tkazishdan   oldin   o‘quvchilarni   tayyorlash   kerak.   O‘yin   jarayonida   o‘quvchilar
uchun umumiy qoida quydagicha bo‘ladi: 
1.   O‘yinning   borishini,   zarur   harakatlarni,   ularning   uzluksizligini   diqqat
bilan tinglash va eslab qolish zarur; 
2. O‘yindagi muvaffaqiyat maqsadni aniq tushunib etishida, natijani oldindan
ko‘ra   bilishdadir.   O‘qituvchining   ko‘rsatmalarini   oxirgacha   tinglamay   turib
o‘yinni   boshlashga   shoshilmaslik   kerak.   SHoshma-shosharlik   ko‘pincha   qo‘pol
xatolarga, ortiqcha, keraksiz harkatlar qilishga sabab bo‘ladi; 
3.   Kerakli   o‘rinda   o‘rtog‘ining   javobini   to‘g‘rilash   yoki   to‘ldirish   uchun
diqqat bilan eshitish kerak. 
4. O‘z navbatida rioya qilish, o‘rtoqlariga halaqit bermaslik, ortiqcha xatti -
harakatlar qilmaslik kerak. 
O‘yin   qoidalari   o‘quvchilarni   jamoa   bo‘lib   harakat   qilishga,   hozirjavob
bo‘lishga,   o‘rtog‘ining   javobini   diqqat   bilan   tinglashga   va   to‘ldirishga,   intizomli,
o‘z hatolarini tan oluvchi sofdil bo‘lishga o‘rgatadi. O‘yin qoidalari o‘yinning olib borilishiga   rahbarlik   va   tashkilotchilik   vazifasini   bajaradi,   o‘yin   jarayonida
bolalarning   o‘zaro   munosabatlarini   boshqaradi.   SHuningdek,   boshqalarning
faoliyatlaringa   o‘z   harakatlarini   moslashtirib   olib   borishga,   tirishqoqlik,   sofdillik,
ziyraklik kabi xislatlarni ham tarbiyalashga o‘rgatadi. O‘qituvchi o‘yin jarayonida
o‘quvchilar   faoliyatini,   o‘yin   qoidalarini,   ularni   bajarish   yo‘llarini   doimo   nazorat
qilib,   so‘roqlar   va   luqmalar   bilan   o‘yini   boshqarib   turadi.   O‘qituvchi   o‘yinning
didaktik   tomonlariga   ko‘proq   berilib,   uning   tarbiyaviy   ahamiyatini   ikkinchi
darajaga   qo‘ymaslik   kerak.   O‘yinda   sinfning   barcha   o‘quvchilari   ishtirok   etishi
kerak. 
SHuning uchun o‘yinga barcha bolalar javob bera oladigan, ularning qo‘lidan
keladigan qisqa topshiriqlar tanlash kerak. Bolalarning uzoq vaqt o‘yinga kirishib
keta   olmay   o‘tirishlariga,   qiziqishlarining   susayishiga   yo‘l   qo‘ymaslik   uchun
topshiriqlar bir xil bo‘lmasligi kerak. Topshiriq berilgandan so‘ng o‘qituvchi uning
qoidalarining   ko‘rsatib   beradi.   O‘yin   jarayonida   shaxsiy   manfatdorlik   paydo
bo‘lgan,   o‘quvchilarda   faollik   ijodiy   fikrlash,   o‘zi   uchun,   guruh   uchun   jon
kuydirish   kabi   xislatlar   paydo   bo‘ladi.   O‘qituvchi   darsga   tayyorlash   jarayonida
oldindan   zarur   didaktik   materiallarni   tayyorlab   qo‘yishi,   o‘yinni   uyushtirish,
nazorat   qilish   yakunlash   va   baholash   kabi   barcha   tadbirlarni   belgilab   qo‘yishi
kerak.   O‘yin   o‘tkazish,   o‘yin   vaziyatini   yaratish   har   bir   darsda   ham   shu   ham
ahamiyat kasb etadi. 
Bu   ayniqsa,   hali   bolalar   jiddiy   diqqat   bilan   uzoq   o‘tirishga   o‘rganmagan
birinchi sinf o‘quvchilari uchun taalluqlidir. Ular tez toliqadilar, diqqati zaiflashib
qoladi, bir xillik ularni zeriktiradi. SHuning uchun o‘yin birinchi sinf o‘quvchilari
o‘quv   faoliyatini   tashkil   qilishdagi   ish   faoliyatini   eng   samarali   usullaridan   biri
bo‘lishi kerak. 
O‘yin   tashkil   qilishdan   oldin,   unga   kerakli   materiallar   oldindan   tayyorlash
kerak. Didaktik materiallarni bolalar mehnat darslarida yoki ota-onalar yordamida
uyda   tayyorlashi   mumkin.   Murakkabroqlarini   yuqori   sinf   o‘quvchilari   bilan
tayyorlash mumkin.  Quyida biz “Javobni  ko‘rsat”  (1)  o‘yini  uchun kerakli  narsalar  haqida so‘z
yuritamiz. O‘yin jihozlari :har bir o‘quvchiga partada 1-10 gacha sonlar yozilgan
kartochkalar, 6-6 va shunga o‘xshash raqamli katochkalar. Eni 25 sm, bo‘yi 10 sm
uzunligidan   karton   qog‘oz   olinadi.   28   sm   li   har   ikki   tomonida   1.5   sm   dan   3   sm
ajratib buklanadi va 25sm ni 8.3 sm qilib 3 ga bo‘lib, chizib chiqiladi. 
CHekkadan   belgilangan   joygacha   oysimon   chizilib   qirqib   tashlanadi.
Qirqilgandan so‘ng 1- katonga 2- karton yopishtiriladi. 1- katon 2- kartonga ustma-
ust   qo‘yiladi.  2 karton har   ikkala tomondan  va ostidan  1.5  sm   qo‘yilib  buklanadi
so‘ng   buklangan   joy   1-   kartonga   yopishtiriladi.   Natijada   quyidagi   ko‘rinish   hosil
bo‘ladi. SHundan so‘ng har bir chegaralangan joyga quyidagilar yoziladi: 
1) 0-5 2) 6-10 3) + - = 
1)   0-5   deb   yozilgan  kanvertning   ichiga  0   dan  5   gacha   bo‘lgan   sonlar   yozib,
solib   qo‘yiladi.   2)   va   3)   konvertlarga   ham   son   va   ishoralar   yozib   solinadi.
Bularning hammasi bir hajmda bo‘lib quyidagicha tayyorlanadi: bo‘yi 10 sm , eni
6   sm   uzunlikdagi   karton   olinadi   va   pastki   tomoni   har   ikkala   tomonidan   qirqiladi
so‘ng sonlar yoziladi. 
Eni   30   sm,   bo‘yi   10   sm   uzunligidagi   karton   olinadi   va   xuddi   shu   xajimda
yupqaroq oq qog‘oz olinadi, kartonga yopishtiriladi. So‘ng 4 tomonidan 1 sm dan
o‘lchab yopishtiriladi. So‘ng kerakli sonlar yoziladi. 
O‘yin jarayonida samarali o‘tishi uchun quyidagi talablarga amal qilish kerak.
1)   o‘quvchilarning   o‘yinda   qatnashishlariga   tayyorligi   har   bir   o‘quvchini
o‘yin   qoidalarini   yaxshilab   o‘zlashtirishi   maqsadni   aniq   tushunib   etishi   unda
qatnasha olish darajasidagi bilimga ega bo‘lishi kerak; 
2) har bir o‘quvchini zarur didaktik material bilan ta’minlash; 
3)   o‘yin   topshiriqlarining   murakkab   o‘yinlarning   ayrim   harakatlarini   puxta
o‘zlashtirib   olishlarini   ta’minlash   maqsadida   bosqichma-bosqich,   keyinchalik
boshqa variantlarda o‘tkazishi; 
4) o‘quvchilarning hatti-harakatini nazorat  qilish, o‘z vaqtida to‘g‘rilash va
baholash;  5) o‘quvchini o‘yinda yutqazib qo‘yganligi uchun uni haqorat qilish, ustidan
kulish kabi shaxsiyatini erga uruvchi xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik; 
6)   o‘yin   qoidalarini   o‘zlashtirish,   xotirani   o‘stirish.   Ziyraklik,   mustaqillik,
tirishqoqlik   kabi   hislatlarni   tarbiyalash   orqali   uni   har   bir   darsda   muntazam
o‘tkazib turish lozim. 
Modomiki,   o‘yinni   muntazam   o‘tkazib   turish   shart   ekan   o‘qituvchi   uning
qiyinchiligidan eng sodda detallarigacha diqqat qilish kerak. 
1)   partalarning   turlicha   joylashtirib   guruh   bo‘lib,   hamda   yakka   tartibda
o‘tkazilib turiladigan o‘yinlar uchun musoboqalarga shartlar belgilash; 
2) o‘yin o‘tkazish uchun eng oz miqdorda material tanlash; 
3)   o‘yin   uchun   ishlatiladigan   materiallarni   saqlash.   Buning   uchun   turli   xil
yashikchalar, xaltachalar va ularni qo‘yadigan maxsus tokchalar tayyorlanadi; 
4) o‘yinlar samarali bo‘lishini kuzatib turish, har bir guruhdagi o‘quvchining
yutib chiqishiga umid bag‘ishlash uchun ularni bilim darajasini va aqliy jihatdan
etukligini hisobga olgan xolda partalarga o‘tkazish kerak. 
O‘quvchilarda   ko‘nikma   hosil   bo‘lishi   uchun   umumiy   qoidalar   birga
o‘yinlarga   bir   xil   bo‘lishi   kerak.   Bundan   tashqari,   o‘yinlarning   mazmuni   va
shakllari o‘quvchilarning bilim saviyasiga muvofiq bo‘lishi kerak. 
Agar   qoidalar   oldindan   puxta   qo‘yilmagan,   shakllantirilmagan   bo‘lsa,
o‘quvchilar o‘yinni olib borishga, uning mohiyatini tushunib etishiga qiynaladilar. 
Bu   xol   ularni   toliqtirib   o‘yinga   befarq   qarashlariga   olib   keladi.   O‘qituvchi
matematika darslarida didaktik o‘yin o‘tkazayotgan vaqtda yuqorida aytib o‘tilgan
o‘yinning   o‘tkazish   qoidalariga   amal   qiladigan   yaxshi   natijalarga   erishishi
mumkin,   ya’ni   o‘yindan   ko‘zlangan   maqsadga   ega   bo‘ladi,   o‘quvchilar   bilimini
mustaxkamlaydi, rivojlantiradi. Eng muhimi o‘yining sifatli va chiroyli chiqishiga
erishmaydi, o‘quvchilarning matematikaga qiziqishini ortiradi. 
Bolalarning sinflarda matematika darslarida bolalarni yangi mavzuni o‘tishda,
mustahkamlashda   o‘tilganlarni   takrorlashda   xisoblash,   grafik   tuzish   malaka   va
ko‘nikmalarni   shakllantirishda,   tafakkurni,   mustaqil   fikrlashni   rivojlantirishda didaktik   o‘yinlardan   foydalanish   mumkin.   O‘yinlardan   muntazam   ravishda
foydalanishi o‘qitishning samaradorligini oshiradi. 
SHu   bilan   birga   o‘yin   darsning   og‘zaki   hisoblash,   o‘tilgan   materiallarni
takrorlash,   geometrik   shakllar   haqidagi   tasavvurlarining   boyitishi,   atrof-muhitni
kuzatish   orqali   olingan   bilimlarni   oydinlashtirish   tartibga   solish   va   boshqa
jaryonlarda ham tashkil qilinadi. 
Dars   boshida   (“Muzyorar”)   o‘tkaziladigan   o‘yinlar   o‘quvchilar   fikrini
aktivlashtirishga   jamlashga,   eng   asosiy   narsalarni   ajrata   bilishga   yordam   berishi,
diqqatni kerakli narsaga yo‘naltirish kerak. 
O‘yin ba’zan bir butun darsning tuzilishi uchun asosiy vaziyat, turtki bo‘lishi
ham   mumkin.  O‘quvchilar  charchagan  paytda   ular  bilan  harakatli  o‘yin  o‘tkazish
mumkin. Masalan, dastlab juft qatordagi o‘tirgan o‘quvchilarni, so‘ng aksincha toq
qatordagi   o‘quvchilarni   o‘yinga   jalb   qilish   o‘quvchining   juft   yoki   toq   qatorlarni
o‘zi mustaqil anglay olishi uchun foydalidir.
Bunda o‘quvchilarning o‘rnini o‘zgartirib turishi  ham  maqsadga  muvofiqdir.
Ammo   shuni   unitmaslik   kerakki,   ayrim   o‘yinlar   o‘quvchilar   diqqatini   asosiy
maqsaddan chalg‘itishi mumkun. 
Bolalar   shu   yoshda   hali   o‘z   hissiyotlarini   boshqarishni,   kerakli   paytda   o‘z
diqqatlarini   asosiy   masalaga   qarata   olishini   bilmaydilar.   SHuning   uchun   kuchli
emotsional tuyg‘ular bilan bog‘liq o‘yinlarni asosan dars oxirida o‘tkazish ma’qul. 
1. Darsning boshida o‘tkaziladigan o‘yinlar 
“O‘ylab top” o‘yini.
1-2   sinflarda   qo‘llaniladi.   O‘qituvchi   doskaga   tanaffusda   bir   nechta   misol
yozib qo‘yadi. Misollar nomerlanadi. 
1. 27-7=  3. 29-5= 
2. 46+6=  4. 19+11= 
Dars   boshlanganda,   o‘qituvchi   shulardan   birini   og‘zaki   ishlab   javobini
o‘quvchilarga   aytadi.   Keyin   ,,Men   qaysi   misolni   echdim,   kim   aytadi?”   deb
bolalarga murojaat qiladi. To‘g‘ri aytgan o‘quvchi rag‘batlantiriladi. 
2. Darsning o‘rtasida o‘tkaziladigan o‘yinlar  “Bilaman” o‘yini.
Bu   o‘yinni   masalan,   5   sonini   o‘rganilgandan   keyin   o‘tkazish   mumkin.   Dars
o‘rtasida bolalar charchab qoladilar, shunda o‘tkazsa bo‘ladi. O‘qituvchi bolalarga
birinchi   partadan   boshlab   ichida   sanashni   taklif   etadi,   har   bir   o‘quvchi   oldingi
o‘quvchi aytgan sondan keyingisini  aytib o‘rnidan turishi  kerak (oldingi o‘quvchi
o‘tiridi). 5 sonini o‘rniga beshinchi o‘quvchi ,,bilaman” deb javob beradi keyingisi
esa sanashni bir sonidan boshlaydi. Bu esa sinfning oxirgi o‘quvchisigacha davom
etadi.   ,,Bilaman”   so‘zini   juft   –   toq   sonlar   yoki   ma’lum   bir   raqamli   sonlar
(3,13,23,33...) o‘rnida ham aytishi mumkin.
“Ko‘p, oz, barobar” o‘yini.
O‘yin   materiali:   partada   har   bir   o‘quvchi   oldida   sanoq   cho‘plar,   geometrik
shakllar,   turli   miqdordagi   narsalar   rasmi   solingan   kartochkalar   va   h.z.   O‘yin
mazmuni:   o‘qituvchi   biror   bir   raqami   (3)   ko‘rsatib   ,,ko‘p”,   ,,oz”   ,,barovar”
so‘zlarning   aytganda,   o‘quvchilar   shu   so‘zlarga   mos   miqdorga   narsalarni
ko‘rsatishlari   kerak.   Bu   o‘yinni   murakkablashtirishi   ham   mumkin.   Masalan,
o‘qituvchi   ,,O‘ng   qo‘lida   bitta,”   chap   qo‘limda   oz,   o‘ng   qo‘limda   esa   ko‘p”
so‘zlarni   aytadi   bolalar   shunga   muvofiq   miqdordagi   narsa   yoki   raqamli
kartochkalarni bo‘yagan o‘ng va chap qo‘llarini ko‘taradilar. 
“O‘ylab top” o‘yini
1. Men aylanada joylashgan ikkita sonni qo‘shdim va 10 sonnini hosil qildim.
Men qaysi sonlarni tanladim? Ularni kesma bilan birlashtir. 
2. Men aylanada joylashgan uchta sonni qo‘shdim va 10 sonini hosil qildim.
Men qaysi sonlarni tanladim. Ularni birlashtir. 
3.   Men   10   sonidan   1   sonini   ayirdim   va   2   sonini   hosil   qildim.   Men   qanday
sonni ayirdim? 
Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim  saviyasini  hisobga
olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan
o‘yin   mashqlardan   foydalanib,   darslar   o‘tish   yaxshi   samara   beradi.   Boshlang‘ich
sinf   matematika   darslarida   ilg‘or   pedagogik   texnologiyalarni   faol   qo‘llash,   ta’lim
samaradorligini   oshirish,   tahlil   qilish   va   amaliyotga   joriy   etish   bugungi   kunning muhim vazifalaridan biridir. O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini
o‘stirish,   ularni   erkin   tinglovchidan   erkin   ishtirokchiga   aylantirmoq   nihoyatda
muhimdir.   O‘qituvchi   darsda   boshqaruvchi   o‘quvchilar   esa,   ishtirokchiga
aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innavatsion faoliyat ustunligi ko‘p
qirrali   samara   keltiradi.   Pedagogik   texnologiyalar   asosida   tashkil   etilgan
matematika   darslarining   tashkiliy   usullari,   o‘tkazish   metodlariga   ko‘ra   o‘quvchi
ehtiyojiga   mos   tushishi   kerak.   CHunki   bunday   darslar   bola   ruhiyatiga   yaqinroq
bo‘ladi.   O‘quvchilarning   o‘quv   materiallarini   o‘zlashtirishga   bo‘lgan   qiziqish,
xohish va istaklarini qo‘zg‘otish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu
o‘qituvchi   va   o‘quvchilarning   o‘zaro   ichki   yaqinlashuvidir.   Quyida   matematika
darslarida   pedagogi   texnologiyaning   metod   va   usullaridan   foydalanish   ish
tajribasidan namunalar keltiramiz: 
Yakka tartibda o‘tkaziladigan o‘yinlar.
”Hisoblash   dominosi“   10   Bu   o‘yinni   yakka   tartibda   yoki   jamoa   bo‘lib
o‘tkazish   mumkin.   Dars   oxirida,   kuni   uzaytirilgan   guruhlarda,   dars   vaqtida
a’lochilar   zerikib   qolmaslik   uchun,   bo‘sh   qolmaslik   uchun   o‘tkaziladi.   O‘yin
davomida o‘quvchi 10 dan ortiq misollar dominolarni tuzishda +, -, ., :, amallardan
samarali foydalanishi kerak. Toki o‘quvchi o‘yin oxirigacha zerikib qolmasin. Uni
rag‘batlantirish   kerak.   Bu   o‘yin   uchun   10   yoki   20   ta   bir   xil   kartochkalar
tayyorlanadi   va   ularni   chiziq   bilan   2   qisimga   bo‘linadi.   Kartochkaning   o‘ng
tarafiga   mustaqil   echish   uchun   beriladigan   misol,   chap   tarafdagi   qismiga   esa
boshqa bir kartochkadagi ana shunday misolning javobi yoziladi. Ular konvertlarda
saqlanadi.   O‘quvchi   kartochkadagi   misolni   echadi   va   shu   misolning   javobini
berilgan   boshqa   kartochkadan   topib,   uni   birinchi   kartochkaning   yoniga   qo‘yadi.
Keyin 2-kartochkadagi misolni echadi, javobini topadi. 
Guruh bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar.
“Zanjircha” o‘yini.
Bu   o‘yin   uchun   kartochkadan   6   x   3   sm   kattalikdagi   kartochkalar   qirqiladi.
Kartochkalarning   bir   tomoniga   bitta   misol   va   ikkinchi   toioniga   boshqa
kartochkadagi  misolning javobi  yoziladi. Masalan,  kartochkalarning bir  tomoniga 11-6, 18-9, 8+7, 7+9, misollarni yozilgan bo‘lsa, xuddi shu kartochkaning orqasiga
9,   8,   16,   11   javoblar   yoziladi.   Bir   o‘quvchi   hamma   kartochkalarni   aralashtiradi,
tarqatadi.   Ular   o‘zining   kartochkasini   javob   tomonini   yuqoriga   qilib   o‘rtaga
qo‘yadi. Qolganlar esa, o‘z kartochkalarini orqasidan shu misolga tegishli javobni
qidiradilar.   Kim   javobni   topsa,   o‘sha   kartochka   bilan   misol   yozilgan   tomonini
yuqoriga   qilib   birinchi   kartochkani   yopadi.   O‘yin   shunday   davom   etadi.   Oxirgi
kartochkasi   qo‘yilgan   guruh   g‘olib   bo‘ladi.   Darsda   matematika   mashg‘ulotlariga
qiziqish uyg‘otuvchi musobaqa elementlarini  o‘z ichiga olgan didaktik o‘yinlarga
ko‘proq   o‘rin   berish   kerak.   Bu   boshlang‘ich   maktabda   matematika   o‘qitishi
amaliyotidan   ma’lum   o‘yinlar.   Bunday   o‘yinlarni   tashkil   qilish   muhimki,   bolalar
ba’zan “o‘qituvchi” rolida bo‘lishsin, o‘zlari tekshirib, topshiriq berishsin. 
“Har-bir uyga-o‘zining tomi” o‘yini.
Har bir qatnashchi 1ta to‘plamdan 8ta kartochka oladi. Kim birinchi o‘lchami
bo‘yicha   bir   xil   juft   “uy-tomi   “   hosil   qilsa   va   tomni   uyning   ustiga   joylashtirsa
o‘sha g‘olib.
  “Rasmli domino” o‘yini.
Har   bir   qatnashchi   5   tadan   kartochka   oladi.   Qatnashchi   zanjir   hosil   qiladi,
bunda, birinchi kartochkaning chap tomoni bo‘sh, oxirgisini - o‘ng tomoni. Har bir
rasmning   oldiga   rasm   nechta   bo‘lsa,   o‘shancha   doirachali   kartochkani   qo‘yish
kerak. ( 2ta jo‘ja -2ta doiracha va h.z.) 
“Ortiq, kam o‘shancha“ o‘yini
(2   ta   guruhni   taqqoslash   har   birida   5   tadan   ko‘p   bo‘lmagan   narsa).   2-   kishi
o‘ynaydi.   Har   biri   qaramasdan   konvertdan   4   ta   kartochka   oladi.   Olma   (nok,
bodring)   olishi   uchun   borishni   kelishib   oladi.   Keyin   navbat   bilan   bittadan
kartochkani  qo‘yishadi. Kimning kartochkasida olma ( nok, bodring) ko‘p bo‘lsa,
o‘sha   o‘ziga   ikkala   kartochkani   oladi.   Agar   olmalar   soni   teng   bo‘lsa,   hech   kim
kartochkani olmaydi. Kim ko‘p kartochka to‘plas, o‘sha g‘olib. 
“Nima qaysi tomonga qarab turibdi” o‘yini. Har bir qatnashchiga 6ta kartochka beriladi. Kim birinchi chap tomonga qarab
turgan   gullarni   (bayroqchalarni)   bir   qatorga,   o‘nga   qaraganlarni   2-qatorga   tersa,
o‘sha g‘olib. 
,,Nima o‘zgardi” o‘yini .
O‘qituvchi   stolga   birorta   o‘yinchoqni,   yoki   istalgan   nakrsani   qo‘yadi,
so‘raydi:   ,,O‘yinchoqlar   nechta?”   (bitta).   O‘qituvchi   bolalardan   ko‘zlarini
berkitishini   so‘rab,   stolga   bir   nechta   o‘yinchoq   qo‘yadi.   Bolalar   qarab   nima
o‘zgarganini aytishlari kerak . O‘yinchoq nechta bo‘lganini raqam bilan ko‘rsating,
o‘sha sonni qanday xosil bo‘lganini tushuntiring. 
“Aksincha”
Maqsad   :   o‘quvchilarning   nutqini   o‘stirish,
ularda   ,,qalin”   ,,yupqa“,   ,,keng”,   ,,tor”   tushunchalarining   shakllantirish.   O‘yin
mazmuni:  o‘qituvchi  to‘pni  tashlaydi  va birron bir  so‘zni  aytadi. O‘quvchi  to‘pni
olgandan   so‘ng,   shu   so‘zga   qarama   -   qarshi   so‘zni   aytadi   .   Keyin   to‘pni   qaytib
o‘qituvchiga   tashlaydi.   Masalan:   qalin-yubqa,   katta-kichik,   baland-past,   og‘ir-
engil, 
“Katta, kichik, teng” o‘yini
O‘yin   materiali   har   bir   o‘quvchiga   partada   teng   belgilar   to‘plami,   mayda
narsalar turli rasm solingan kartochkalar, uchburchaklar, doiralar. O‘yin mazmuni:
o‘qituvchi   quydagilar   yozilgan   jadvalni   osib   qo‘yadi   yoki   oldindan   raqamlar
yozuvi bilan tayyorlab qo‘yilgan doskani ochadi. Masalan: I variant . II variant. 
34 35 25 31 
52 62 43 57 
O‘quvchilar har bir variyant bo‘yicha o‘z partalari ustiga yozuv asosida terib,
kerkeli   belgilarni  qo‘yishlari   kerak.   Bajarilgan  ishlarning  to‘g‘riligini  tekshirishni
qo‘shni   partadagi   o‘quvchiga   taklif   qilish   mumkin.   YOki   o‘qituvchi   o‘zi
tekshiradi.   Bu   o‘yinni   bir   oz   o‘zgartirib   va   murakkablashtirib   vaqti-vaqtida
o‘zgartirib   turiladi.   Masalan:,   o‘quvchilarga   faqat   (doskada,   jadvalda)   belgilarni
yoki belgilar va ayrim sonlarni berish mumkin.  I variant II variant. 
> > =  < 
=   > >  = 
<  = >  > 
Bu   o‘yinda   jadvaldagi   sonlarga   qarab   daftarga   ham   shuncha   katakchalarni
chizish yoki kerakli belgini qo‘yishni taklif qilgan holda topshiriqlarni o‘zgartirib
turishi   o‘quvchilar   uchun   foydalidur.   2-3   sinflarda   bu   o‘yinni   bunday   o‘tkazishi
mumkin.O‘quvchilar   oldindan   uylarida   alohida   varoqlarda   2ta   bir   hil   jadval
tayyorlaydilar.   O‘qituvchi   o‘quvchilarga   jadvalning   ma’lum   qismini   to‘ldirishni
taklif   etadi   .   U   bilan   birga,   topshiriqni   bajarishga   krishishdan   oldin,
o‘quvchilarning   topshiriqni   aniq   tushunibolishlari   muhim   ahamiyatga   ega:   ya’ni
satr   qaerd,   ustun   qaerda   va   nimani   taqqoslash   kerak   -   satrni   ustun   bilanmi   yoki
aksincha?   O‘quvchilarga   bu   erda   nima   muximligini   tushuntirib   berish   zarur.
SHuning   uchun   ham   2ta   bir   xil   jadval   to‘ldiramiz.   O‘quvchilar   topshiriqning
mazmuni   tushunishlari   uchun,   shu   tipdagi   topshiriqlarni   berib,   ularni   asta-sekin
shu   o‘yinga   tayyorlab   borish   foydalidir.   Ustunchada   yozilgan   sonlarni   qatoridagi
sonlar   bilan   taqqoslash   kerak.   Ularni   ko‘chirib   oz   va   >,   <,=   belgilarni   qo‘y,
jadvalni to‘ldir. 
1 2 3 4 5 
1 = < < < < 
2 > = < < < 
3 > > = < < 
Ana   shunday   tayyorlov   mashiqlaridan   so‘ng   bolalar   jadvalni   kim   oldin
to‘ldirish   bo‘yicha   qiziqish   bilan   musobaqalashadilar.   To‘ldirilgan   jadval   esa
quydagicha bo‘ladi. 
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 
1 = < < < < < < < < < 
2 > = < < < < < < < <  3 > > = < < < < < < < 
4 > > > = < < < < < < 
5 > > > > = < < < < < 
6 > > > > > = < < < < 
7 > > > > > > = < < < 
8 > > > > > > > = < < 
9 > > > > > > > > = < 
1 0 > > > > > > > > > = 
,,Geometrik   o‘yinlar”   (gugurt   bilan   o‘yin)   10   dona   gugurtdan   uycha   yasash.
Son   va   miqdorni   o‘rganishida   foydalanadigan   didaktik   o‘yinlar.   Fazoviy
tasavvurlarni   rivojlantirishga,   narsa   va   ular   guruhini   taqqoslash   malakalarini
shakllantirishga yo‘naltirilgan darsda o‘tkazilayotgan ish bilan bir vaqtda bolalarga
narsalarni sanash malakalarini o‘rgatish bo‘yicha sistematik ish o‘tkazishi zarur. 
Sanash ishini ongli, ishonchli egallash uchun quy i dagilar zarur. 
1) Natural qator sonlari nomlarini va ketma – ketligini bilish; 
2) Narsalar sanog‘i faqat sonlar ketma-ketligini bilishgina emas, balki sanab
chiqilayotgan   guruhdagi   narsalarga   sonlarni   to‘g‘ri   mos   keltirishni,   ya’ni   son-
narsa juftini hosil qilishni ham nazarda tuktadi. 
3)   Bolalar   shuni   tushunishlari   kerakki,   narsalarni   sanashda   eng   oxiri
aytilgan son ,,nechta” savolga javob beradi.   Olti yoshli bolalar uchun ushbu xato
tabiydir; bola sanashni to‘g‘ri bajara turib, nechta savoliga boshqa sonni aytadi.,
ya’ni  javob   tasodifiy   harkterga  ega  bo‘ladi.   Buning  sababi   bajarilgan  sanashiga
bog‘liq bo‘lmagan xolda miqdorni ko‘zda chamalashga urinish. 
Bularning   hammasini   hisobga   olib,   yuqorida   qarab   o‘tilgan   narsalar
sanog‘ining   tarkibiga   kiruvchi   3ta   tarkibiy   elementlarning   har   biri   o‘ziga
o‘qituvchining   maxsus   e’tiborini   qaratishi,   shunga   mos   mashqlar   qo‘yish   va   hal
qilishni talab qilish kerak. 
“Ko‘p-bitta” o‘yini
Har   bir   qatnashchi   8ta   kartochka   oladi.   2ta   kartochkani   shunday   qo‘yish
kerakki, bunda bir tomonda ko‘p, bir tomonda bitta bir xil pridmet bo‘lishi kerak.  “O‘yinni egalla” o‘yini
Har   bir   o‘yinchiga   3   yoki   4   soni   yozilgan   uychaning   rasmi   beriladi.
O‘yinchilarga   8   tadan   kartochka   beriladi.   Rasmdagi   narsalar   soniga   qarab,
kartochkalar   uychalarga   joylashtiriladi.   Uychani   birinchi   bo‘lib   to‘ldirgan
qatnashchi g‘olib chiqadi. 
“ Poezd   tuzamiz” o‘yini.
Har   bir   qatnashchi   6ta   kartochka   oladi   (chap   yo   o‘ng   tomon.)   Vagonlarni
raqamlarining   o‘sishi   tartibida   joylashtirish   kerak.   Kim   birinchi   bo‘lsa   boshiga
paravozni ulaydi . 
“Sanashni davom ettirish” o‘yini
O‘qituvchi   misol   tariqasida   bir   o‘quvchi   bilan   bu   o‘yinni   o‘tkazishi   tufayli
uning   mazmuni   bolalarga   tushuntiriladi:   o‘qituvchi   1,2,3   ,,,   deb   sanay   boshaydi.
O‘quvchi esa 4,5,6,7 ,,, deb davom ettiradi. So‘ng dars mavzusiga mos biror sonni
aytadi va dam-u, dam bu o‘quvchiga sanashni davom ettir deyiladi. 
“Diqqat” o‘yin.
O‘qituvchi   kartochkalar   tayyorlaydi.   Ularda   1dan   10gacha   bo‘lgan   sonlar
rasm orqali tasvirlangan. O‘qituvchi ketma-ket rasmli kartochkani magnit doskaga
joylaydi,   va   rasmlar   sonni   sanab   chiqishni   taklif   qiladi.   So‘ng   to‘pni
o‘quvchilardan biriga oshiradiva chapdan  o‘nga qo‘li  bilan harakat  qiladi. To‘pni
olgan   o‘quvchi   ko‘rsatilgan   sonni   aytadi   va   shu   sondan   20   gacha   sanaydi;   agar
o‘qituvchi o‘ngdan chapga harakat qilsa qo‘li bilan, undan o‘quvchi 20 sonidan to
aytilgan songacha sanab  chiqadi va h.k. Adabiyotlar:
Rahbariy adabiyotlar:
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi.   –Toshkent,
O‘zbekiston, 2011.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi  Qonun . 2020
3. Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat-yengilmas   kuch.   –T.:   Ma’naiyat,   -
2008.
Asosiy adabiyotlar.
1. Mavlonova   R.   va   boshqalar.   “Pedagogika”,   -Toshkent,   “ Fan   va
texnologiya ”,  2018.
2. Devid   Kluster.   Tanqidiy   fikrlash   nima?   K.Ishmatov   tarjimasi.   «Tanqidiy
fikrlash asoslari» dasturi.
3. Dayana Xalperi. Психология критического мышления. Сант -Петербург,
2000.
4. Ильин   Е.П.   Психология   творчества,   креативносити,   одарённости.
Питер. 
5. Мahmudov М.Ta’limni didaktik loyihalash. T., 1999.
6. Хуторской   А.В.   Дидактическая   эвристика.   Теория   ва   технология
креативного обечения. Москва. 2003.

O`YIN TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O’QUVCHILARDA TANQIDIY KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH REJA: 1. O`yin texnologiyalarining mohiyati. 2. O`yin texnologiyalari asosida o`quvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirish 3. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish

O`yin texnologiyalarining mohiyati. Amaliy yoki ishchan o’yinlar yoki mavzuni o’zlashtirish, takrorlash, ijodliy qobiliyatlari rivojlantirish vazifalarini bajarish imkonini beradi. O’quv jarayonida amaliy o’yinlarni turli shakllaridan foydalanishadi: taqlid qilish, roli o’yinlar (teatr darslari va sahna ko’rinishlari va h.k.) Taqlid qilish o’yinlari. Darsda birorta tashkilot, korxona ishi taqlid etiladi (ish yig’ilishi, ish rujasining muhokamasi, muzokaralar, munozaralarni olib borish, sud, patent tashkiloti, ilmiy kengashlarda chiqishlar va h.k.) Rolli o’yinlardja o’quvchi turli xil xarakterli inson obraziga qalban kirishib ketadi. O’yinda o’quvchilarga asosan tugallanmagan vaziyatlar aks etgan, muamoli sahna ko’rinishi rollari beriladi. O’quvchilar ushbu muammoli rollarni mustaqil ravishda oxiriga yetkazib o’ynashlari shart. Teatr dasturlarida rolli o’yinlar o’quvchilarni boshqa insonlarni tushunishga o’rgatadi. Ushbu usul o’quvchilarni mustaqil fikr yuritishga, xayotda har qanday sharoitda ham o’zini tuta bilishga tarbiyalanganligiga hamda mustaqil xayot kechirishdagi o’zini qarashlarini asoslab bera oladigan inson sifatida shakllantiradi. 1. tayyorlash bosqichida xayotdagi biror muammo, vaziyatni ko’rsatish uchun snerai tayyorlvanadi. Masalan, sud jarayoni ilmiy kengashda muhokama, korxona rahbari qoshidagi ishchi yig’ilish va h.k. o’yinda qo’atnashuvchilarga yo’l – yo’ruqlar beriladi. O’yinni o’tkazish uchun ekspertlar tanlanadi. Qatnashuvchilar bu ekspertlarda o’yingacha kerakli ma’lumotlarni olishadi. O’quvchilar rollarini o’zlari tanlab olishi yoki o’qituvchi tomonidan bo’lib berilishi mukmin. Shundan so’ng, o’yinda qatnashuvchilar rollar ustida mashq qiladilar, ishlaydilar. Bu bosqich odatda 1,5 -2 haftaga cho’ziladi. 2. o’yinni o’tkazish bosqichida o’quvchilar o’zlariga bo’lib berilgan rollarni o’z mustaqil fikr g’oyalaridan kelib chiqib, xayotda shunday vaziyatda o’sha inson qanday yo’l tutardi, shular haqida fikr mulohaza yuritib o’ynaydilar. O’qituvchi o’yin davomida tomoshabin sifatida bo’ladi. Ayrim xollardagina o’yinga aralashishi mumkin.. bunda qisqa, aniq va lo’nda harakat qilishi kerak bo’ladi. Ishchan o’yinlar turlariga qarab, o’yinda qatnashayotganlarning ishga nisbatan

munosabati orqali: g’oyalar generatori, ishlab chiquvchi, taqlid qiluvchi, bilimdon; tahlil qiuvchi (analitik) bo’lishi; yangilikka munosabat orqali: faol, ehtiyotkor tanqidchi, konservator (eskilik tarafdori) bo’lishi; tutgan o’rniga qarab: tashkilotchi, muvofiqlashtiruvchi, umumlashtiruvchi, nazoratchi, trener va h.k. bo’lishi mumkin. 3. Muhokama va baholash bosqichida ekspertlar, o’yin ishtirokchilari, tomoshabinlar o’yinni tahlil qilish, muhokama qilish imokniyatiga ega bo’ladilar, xayot bilan o’xshashlikka, o’quv fani bilan bog’liqlikka e’tibor beriladi va o’qituvchi tomonidan yakunlanib baholanadi. Bahs – Munozara. o’quvchilarni tanlangan mavzu sohasida munozara qilishga o’rgatish, ularninng bilimlarini chuqurlashtiradi, o’z fikrlarni asoslash qobiliyatini rivojlantiradi. Munozarani o’tkazish uchun: 1.O’qituvchi baxs –munozara mashg’uloti uchun muammoli mavzu tanlaydi va o’quvchilari taklif etaldi. 2. O’qituvchi qatnashuvchilarga muammoni «Aqliy hujum» usuli bilan yechishni va щ zifa qilib yuklaydi va uni o’tkazish tartibini belgilaydi. 3. O’qituvchi «Aqliy hujum» vaqtida bildirilgan g’oya va fikrlarni yozma ravishda yozishni taklif etadi yoki ularni yozish uchun kotib tayinlaydi. 4. O’qituvchi o’quvchilarni ikki guruhga ajratadi va sinfni ikii tomoniga qator qo’yilgan stolar yoniga o’tqazadi va har bir guruh qatnashchilari qaysi nuqtai nazarni himoya qilishlarini belgilaydi. Shundan so’ng 1- guruh o’quvchilariga numerlangan varaqlar tarqatiladi va 5 – minut davomida o’zlari ma’qullayotgan nuqtai nazar foydasiga bitta dalilni yozish topshiriladi. 5. 1-guruh a’zolari tomonidan yozilgan varaqlar qarshi guruhlari shuriklariga beriladi. Ular sheriklarining dalillariga qarshi javob topishi va yozishi uchun hamda o’z qarshi dalililarini bayon qilishlari uchun 10 minut vaqt ajratiladi. 6. O’quvchilar bilimlarini aniqlash uchun dalillar almashtirishni 2-3 marta takrorlash yetarlidir.

7. Baxslarga yakun chiqarishning yaxshi shakli ikkala tomonga qaratilgan savodir: qarshi tomonnning eng yaxshi dalil isbotlari qaysilari bo’ldi? 8. O’qituvchi tomonidan munozara qatrnashchilarini baholash. Ammo bu haqda o’quvchilarni darsning boshidayoq ogohlantirishi kerak. Didaktik o`yinli texnologiyalarning mazmuni Didaktik o’yinlar qoidali o’yinlar jumlasiga kiradi va rolli o’yinlarni rivojlantirish predmeti hisoblanadi. Bunday o’yinlar asosini bilishning u yoki bu mazmunini, o’yinning borishi belgilaydigan harakatlarni bajarishga qaratadigan aqliy va irodaviy urinishini tashkil etadi. Didaktik o’yinlarda asosiy fikrlash jarayonlari - tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarish va hokazolar takomillashadi. Didaktik o’yinlar ta'lim jarayonida bolalarni o’qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O’yin paytida bolaning ijobiy ish faoliyatini kuchaytiradi, ixtiyoriy diqqatini, xotirasini takomillashtiradi. O’yinda o’quvchilar o’zlari sezmagan holda juda ko’p harakatlarni, mashqlarni bajaradilar, turli masalalarni yechadilar. Didaktik o`yinlarga qo’yiladigan talablar: 1. Didaktik o’yinlar o’quv predmetlari bo’yicha dastur materialiga muvofiq yo’sinda tanlanishi lozim. 2. Didaktik o’yin unda qatnashuvchilarga bilimlar bo’yicha ma'lum talablar qo’yiladigan yo’sinda ishlab chiqilishi kerak. 3. Didaktik o’yinning muvaffaqiyatli o’tishi uning maqsadini yaqqol aniqlashiga bog’liq. Chunki bunda o’quvchilarning fikrini maqsadli yo’nalishga solish, ularning ishini bajarishga qiziqishini oshirish imkoniyati tug’iladi. 4. O’yinlarni tanlashda ma'lum izchillikka rioya qilish ham zarur. Mazmunan qiyin o’yinlardan oldin osonroq o’yinlarni o’tkazib, o’quvchilarni navbatdagi o’yinlarga puxtaroq tayyorlash juda muhimdir. Shu tariqa tahlil, sintez, taqqoslash, tasniflashda mavhumlashtirish, muayyanlashtirish, umumlashtirish singari aqliy operatsiyalarni asta-sekin murakkablashtirib borish shart.

5. Didaktik o’yinlarning qoidasini va tashkil etilishini tuzish va ishlab chiqishda o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini, ularning turli (bo’sh va kuchli, faol va loqayd) guruhlarini hisobga olish kerak. 6. O`yinning qoidalari sodda, aniq bo’lishi va yaqqol ifodalanishi lozim. 7. Har bir o’quvchi butun o’yin jarayonida faol ishtirok etishi, o’z "navbatini" uzoq kutish o’yinga qiziqishni susaytirishi mumkinligini unutmaslik kerak. 8. Har bir o’yinga umumiy va yakka tartibda yondashish, undagi topshiriqlarning qiyinlik darajasini va qanchasi mustaqil holda bajarilishini hisobga olish kerak. Ma’lumki, b о lalar о datda jim u t ira о lmaydilar va d о im о harakatda buladilar. O`y in b о lalarning tabiiy hamr о hi bo`lib, ularga mamnunlik va q uv о nch ba х sh etadi. B о lalar o` yin о rqali dunyoni, ya ’ni t е varak-atr о fni biladilar, m е hnat qilishni o`rganadilar, ya ’ni tarbiyalanadilar. Ular o` yinlarda o`zlari s е vgan q ahram о nlar qiyofasi va h о latiga kirib, r о stgo`ylik, ziyraklik, cha qq о nlik, bard о shlilik, tadbirk о rlik va g`alabaga intilish kabi fazilatlarni nam о yish qiladilar. B о lalarning barcha o`yinlari o`ziga хо s j о zibaga ega va shuning uchun ular zo`r ishtiyoq bilan o`ynaydilar. O`yin bolalarning organizmida katta o`zgarishlar ro`y berishiga han sabab bo1adi. O`yinda vujudga keladigan vaziyatlar bolalardan turli masalalarni tezkorlik bilan hal etishni talab qiladi. Shunday paytlarda bolalar o`zining barcha imk о niyatlarini ishga s о lib, mushkul ahv о ldan qutulishga turishadi. Shuning uchun o` yinlar b о lalarning usishida muhim o`rin tutadi, ularni mustaqillikka undaydi. O`yin q о idalari asrlar dav о mida х alq t о m о nidan yaratilgan, bin о barin O`yinning tarbiyaviy ahamiyatiga k o`pr о q e’tib о r b е - rilgan. Shunga ko`ra mar о h bilan ko`p o` ynaydigan b о lalar z е hni o`tkirligi bilan ajralib turadi. Ayni q sa b о lalar jam о a bo`lib; o`ynashda bir - birining tartibsizligini, g`irr о m o` ynayotganini darr о v o`ziga aytadilar. Bu bilan b о lalar haqq о niylikka о datlanadilar. "O`yin dav о mida b о lalar uz kamchiliklarini yo`q о tishga harakat q