logo

BOSHLANG`ICH TA`LIM DARSLARINING O`QUVCHILARDA TANQIDIY VA KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

110.6982421875 KB
BOSHLANG`ICH TA`LIM  DARSLARINING O`QUVCHILARDA
TANQIDIY VA KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH
IMKONIYATLARI
REJA :
1. O`qish   darsini   o`qitish   jarayonida   o`quvchilarda   tanqidiy   va   kreativ
tafakkurni shakllantirish   imkoniyatlari. 
2. Ona   tili   darsini   o`qitish   jarayonida   o`quvchilarda   tanqidiy   va   kreativ
tafakkurni shakllantirish. 
3. Matematika   darsini   o ` qitish   jarayonida   o ` quvchilarda   tanqidiy   va
kreativ   tafakkurni   shakllantirish   imkoniyatlari . 
4. Tabiatshunoslik   darsini   o ` qitish   jarayonida   o ` quvchilarda   tanqidiy   va
kreativ   tafakkurni   shakllantirish   imkoniyatlari O`qish darsini o`qitish jarayonida o`quvchilarda  tanqidiy va kreativ
tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari.
O'qish   -   bolalarning   nutq   faoliyatlarini   oshirish,   adabiy   estetik   tafakkurini
kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o'rgatishning muhim omilidir. Shuning uchun
ham   boshlang'ich   ta'lim   tizimida   muhim   o'quv   predmeti   ta'lim   berish,   kamol
toptirish va tarbiyalash vositasi hisoblanadi. Shulardan kelib chiqib, aytish lozimki,
o'quvchilarni o'qishga o'rgatishning asosiy vazifalari quyidagilardir;
 boshlang'ich   o'qish   malakalari   (to'g'ri,   tez,   ongli   va   ifodali   o'qish)ni
takomillashtirish;
 bolalarni   o'qigan   asarlarini   idrok   eta   bilishlari,   ularda   aks   etgan   voqea-hodisalar
mazmunini tushuna olishlari va xulosalar chiqarishga tayyorlash;
 o'quvchilarni matn ustida ishlashga o'rgatish;
 o'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish.
Bu   vazifalarning   hammasi,   albatta,   dasturda   berilgan   badiiy   ilmiy-ommabop
asarlar, xalq og'zaki ijodi namunalari asosida amalga oshiriladi.
O'qish   mashg'ulotlarini   o'tkazish   jarayonida   matn   va   kitob   ustida   ishlash
o'quvchilarning   bog'lanishli   nutqini   o'stirish,   nutq   madaniyatini   rivojlantirishni
nazarda tutadi.
Matnni   bo'g'inlab,   so'ng   sidirg'a   o 'qishni   o'rganadilar.   2-sinfda   o'quvchilarda
so'zlarni   butunicha   sidirg'asiga   o'qish   malakasi   shakllanadi.   O'qishning   to'g'ri   va
ifodali bo'lishiga erishiladi, o'qish  sur 'ati tezlashadi. 
3-sinfda   so'zlarni   butunicha   sidirg'a   o'qish   ko'nikmasi   to’ la   shakllanadi .   Bu
esa   o'quvchilarning   ongli   va   ifodali   o'qishga   qo 'yiladigan   talablarini o'stirish
imkonin i   beradi   Shunda, albatta,   maqollardan,   hikmatli   so'z   va   iboralardan
foydalanishga,   so'zlarni   to'g'ri   tanlashga,   gap   qurilishidagi   so'zlardan   to'g'ri
foydalanishga e'tibor beriladi.
4-sinfda esa o'quvchilar so'zlarni bo'g'inlamay, sidirg'a o'qishlari, matnni tez,
to'g'ri,   ongli   o'qiy   olishlari   kerak.   Bu   sinfda   bo'g'inlab   o'qishga   yo'l   qo'ymaslik
lozim. Ma'lumki, to'g'ri o'qish bilan ongli o'qish orasida farqlar mavjud. Birinchidan,
o'qishda   juda   ko'p   xato   qiladigan   va   qiynalib   o'qiydigan   bolalar   o'qiganlarini
tushunmaydilar.   Ayniqsa,   1-2-sinflarda   ko'pincha   ana   shunday   holatni   kuzatish
mumkin,   3-4-sinflarda   esa   o'quvchilarning   o'qiganlarini   tushunishlari   ancha   oson
bo'ladi.
2-sinflarda o'quvchilar taxminiy o'qish natijasida xatoga yo'l qo'yadilar, Lekin
o'qiganlari   mazmunini   umumiy   holatda   tushunadilar.   Bu,   albatta,   o'qishning
ongliligiga   ta'sir   qiladi.   O'qilgan   asar   mazmunini   tushunish   ovoz   chiqarib   to'g'ri
o'qishga ham bog'liq, Ikkinchidan, ayrim so'zlar ma'nosini tushunmaslik ham xato
o'qishga   sabab   bo'ladi.   Ayniqsa,   o'quvchilar   murakkab   so'zlarni,   ko'proq
undoshlardan   iborat   bo'lgan   so'zlarni,   so'z   birikmalarini,   turli   qo'shimchalar   bilan
kelgan bir xil so'zlarni o'qishda xato qiladilar.
1-sinf o'quvchilari o'qitib ko'rilganda ular tusmollab o'qish natijasida ko'p xato
qilishlari aniqlangan. Bir marta o'qigan so'zlarini turli qo'shimchalar bilan keyingi
safar   o'qiganlarida   ham   xato   qiladilar.   Birinchi   gapdagi   «gapirildi»   so'zini
o'qiganlaridan keyin  ikkinchi gapdagi «gapirishdi» so'zini ham shunday o'qiydilar.
So'zlar   so'zning   oson-qiyinligidan   qat'iy   nazar,   bir   necha   marts   takrorlanib,   turli
qo'shimchalar bilan kelsa, o'quvchilar  xatc  qiladilar. Bu  esa  to 'g 'ri o'qishning ongli
o'qish bilan aloqadorligim, bir-biri bilan bog'liqligim ko'rsatadi. Bolalar faoliyatida
tezi   tez   qo'llanadigan   sodda   vi   murakkab   so'zlarni   xato   qilmay   o'qiydilar.   Jlarga
o'qishni   o'rgatishda   buni   hisobga   о   lists   kerak.   Har   bir   so'z   gapdag   o'rniga   ko'ra
turli  ma'nc ifodalashi  mumkin. Ongli  o'qish  uchun o'quvchilar  faqat  ayrim so'zlar
ma'nosinigina emas,  balk- gaplarni ham tushunishlari kerak.
To 'g'ri  o'qish uchun gapdagi so'zlarning tushunarli bo'lishi muhim ahamiyatga
ega.   O'quvchilar   ma 'nosiga   tushungan   so 'zlarni   to 'g 'ri   o'qiydi.   Tushunadigan   so'z
boshqa   so'z   bilan   bog'lani:   kelganida   esa   u   so'z   birikmasir   xato   o'qiydi.   Ayrim
hollarda oson va sodda sohlarni ham   xato   o'qishlari mumkin. Bunday xat o'qishga
asosiy   sabab   SOT   birikmalarining   ma'nosi   va   ularning   murakKabligidir.   Bundan
tashqari,   so'zning   uzunligi,   bo 'g""   tuzilishidagi   murakkablik,   so'zning   notanish bo'lishi   va   gapda   so'zlar   bog'lanishini   eslay   olmaslik   herr   xato   o'qishga   sabab
bo'ladi.
Kuzatishlardan   ma'lur-bo'lishicha,   1-2-sinf   o'quvchilar!   o'qiganlaridan   keyin
«Kim   haqida   o'qidingiz?»   degan   savolga   javob   qaytarishda   qiynaladilar-
O'qiganlari tahlil qilinganidaa keyin bu savolga to 'g 'ri javcs qaytara oladilar. 3-4-
sint o'quvchilari esa kim haqide o'qiganlarini qiyinchiiiksiz ayte oladilar.
Har   qanday maqola, badiiy ( asar mazmunini tushunish uchun voqea qachon
va   qayerda   sodir   bo'lganini,   voqealarning   bir-biriga   bog'liqligini   va   ularning   bir-
biriga   ta'sirini   bilish   kerak.   Ba'zan   voqealarning   bir-biriga   bog'liqligini   ko'rsatish
oson   bp'lsa-da,   ayrim   hollarda   u   bog'liqlikni   o'qilgan   asardan   topish   qiyin.
Ayniqsa,   1-2-sinf   o'quvchilari   voqealarningbir-biriga   aloqadorligini   tushunishda
qiynaladilar.   Hayotiy   tajribalarga   oid   asar   o'qilsa,   uning   mazmunini   tushunishga
qiynalmaydilar.
Umuman,   o'qish   sifatini   yaxshilash,   ayniqsa,   ongli   o'qishga   erishish   uchun
quyidagilarga e'tibor berish lozim:
o'quvchilarga o'qitishdan oldin ularga yangi so'zlar tushunchalarini o'rgatish;
tushuncha   beriladigan   narsaning   o'zini   ko'rsatish,   sayohatlar   tashkil   etish,
kinofilm   namoyish   qilish,   o'quvchilarning   o'z   o'yinlari   va   mehnatlari   davomida
ko'rganlarini eslatish;
- o'qilgan   asarni   tahlil   qilishda   o'qituvchining   yo'llovchi   savollari,
o'quvchilarning   shaxsiy   faoiiyatiari   va   kuzatishlarini   eslatish   asar   mazmunini
tushunishga   yordam   beradi.   O'qiganlari   yuzasidan   berilgan   savolga   xato   javob
qaytargan   o'quvchiga   qo'shimcha   savollar   berilsa,   ular   o'z   xatolarini   tushunib,
to'g'irlashlari mumkin.
O‘qish   darsi   va   u   bilan   bog‘liq   holda   olib   boriladigan   kuzatish,   ekskursiya
o‘quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari,
boshqa   kishilar   bilan   muomala   normalari   haqida   bilim   beradi;   bu   darsda   bolalar
nutqiga, uni shakllantirish va o‘stirishga keng imkoniyat mavjud.
Grammatika   va   to‘g‘ri   yozuv   darslarida   tilni   maxsus   o‘rganish   bilan   bolalar
alohida tovush, bo‘g‘in, so‘z va gaplarni eshitishga va aytishga o‘rganadilar. Ular predmet,   harakat,   belgi   bildiradigan   ko‘pgina   so‘zlarni,   shuningdek,   tovush,   harf,
bo‘g‘in, o‘zak, so‘z, so‘z yasovchi, forma yasovchi, qo‘shimcha, so‘z turkumi, ot,
sifat, son, fe’l, olmosh, bog‘lovchi, gap, gap bo‘lagi, bosh bo‘lak, ikkinchi darajali
bo‘lak, darak gap, so‘roq gap, undov gap; turlanish, bosh kelishik singari juda ko‘p
yangi terminlarni bilib oladilar.
Boshlang‘ich   sinfdagi   boshqa   darslarda   ham   o‘quvchilar   nutqi   xilma-xil
so‘zlar   bilan   boyitiladi.   Matematika   darslarida   bolalar   yangi   tasavvur   va
tushunchalar, juda ko‘p so‘z va terminlar bilan o‘z nutqlarini boyitadilar.
O‘quvchilar   tabiatshunoslik   darslarida   va   ekskursiya   vaqtida   ko‘rgan
predmetlarini   o‘qituvchi   yordamida   guruhlaydilar,   ularni   o‘zaro   taqqoslab,
o‘xshash   va   farqli   tomonlarini   topib   aytadilar.   Bular,   o‘z   navbatida,   tabiatga   oid
ayrim tushunchalarni aniq bilib olishga imkon beradi va tafakkurini o‘stiradi.
Mehnat   va   rasm   darslari   ham,   jismoniy   tarbiya,   ashula   darslari   ham,
shuningdek,   darsdan   tashqari   mashg‘ulotlar   ham   o‘quvchilar   nutqi   va   tafakkurini
o‘stirishga imkon beradi.
O‘qituvchi   barcha  darslarda,   sinfdan   va  maktabdan   tashqari   mashg‘ulotlarda
faqat orfoepik talaffuz va adabiy til normalariga rioya qilgan holda ifodali, ta’sirli
so‘zlashi, shuningdek, ham doim o‘quvchi daftariga barcha hujjatlarga husnixat va
imlo qoidalariga  rioya qilgan holda yozishi zarur.
O’quvchilar   nutqini   o’stirish   boshqa   o’quv   predmetlaridan   o’tkaziladigan
mashg’ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog’lanadi. Ona tili darslarida o’quvchilar
til   yordamida   tabiat   va   kishilar   hayoti   haqida   bilim   oladilar;   ular   kuzatishni,
o’ylashni   va   ko’rganlari,   eshitganlari,   o’qiganlari   haqida   to’g’ri   bayon   qilishni
o’rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug’atini boyitishga samarali yordam beradi,
nutqni to’g’ri tuzishni o’rgatadi.
O’qish   darsi   va   u   bilan   bog’liq   holda   olib   boriladigan   kuzatish,   ekskursiya
o’quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari,
boshqa   kishilar   bilan   muomala   qilish   haqida   bilim   beradi.   Bu   darslarda   bolalar
nutqiga,   uni   shakllantirish   va   o’stirishga   keng   imkoniyat   mavjud.   SHe’r,
maqolalarni o’qish, o’qilganlarni qayta hikoyalash, ekskursiyada, predmet va tabiat hodisalarini   kuzatish   vaqtida   ko’rganlarini   hikoya   qilish   o’quvchilar   og’zaki
nutqini   o’stirish   vositasidir.   Ona   tili   darslarida   esa   yozma   nutqni   o’stirish   uchun
keng   imkoniyatlar   mavjud.   Grammatikani   o’rganish   va   o’qish   darslarida
o’quvchilar   bajaradigan   so’z   birikmasi,   gap   tuzish,   bayon,   inshoga   doir   turli   xil
mashqlar nutqiy malakalarni egallashda ularga yordam beradi.
Tez aytishlar – nutq o’stirish omili
Nutq —insonga berilgan oliy ne'matlardan biri. Inson besh yoshga  to'lgunga
qadar   umri   davomida   ishlatadigan   so'zlarning   90   foizini   o'rganib,   so'zlay   bosh-
laydi. Demak, shu yoshdan boshlab so'zlarni to'g'ri, chiroyli va aniq talaffuz qilish
lozim.   Buning   uchun   bolaning   dastlabki   so'zlarni   talaffuz   qila   boshlashi   bilan
nutqiga   ahamyat   qaratib,   tarbiyalab   borish   talab   etiladi.   Bunda,   ayniqsa,   bosh -
lang'ich   sinf   o'qituvchilari   zimmasiga   katta   mas'uliyat   yukianadi.   O'qituvchi
bolalarning   talaffuzi,   nutqi   ustida   qanchalik   ko'p   ishlasa,   uning   o'quvchilari
tushunarli,   sof,   jarangdor   so'zlay   boshlaydi,   ularda   notiqlik,   o'z   kechinmalarini
boshqalarga   qiynalmasdan   yetkaza   olish   ko'nikma   hamda   malakalari   shakllanib
boradi.
Yaxshi   talaffuz   qilish   slida   tovush   hosil   qiluvchi   nutq   a'zolarining
egiluvchanligiga bog'liq. Bu egiluvchanlikni o'stirish uchun turli mashqlardan, tez
aytish   o'yinlaridan   foydalanish   yaxshi   samara   beradi.   Tez   aytish   o'yinlari   to'g'ri
nafas   olishga,   tovushlarni   ravon   talaffuz   qilishga,   bolaning   fiziologik   holatiga
ijobiy   ta'sir   ko'rsatadi.   Ayniqsa,   o'qituvchi   «Alifbe»   dars-laridav   har   bir   harfni
o'rgatayotganda   shu   harfga   moslab   tez   aytishlardan   foydalansa,   bu   bolalarning
darsga   bo'lgan   qiziqishini,   diqqatini   oshiradi,   faolligini   kuchay-tiradi.   Dars
davomida   boladagi   toliqish   va   zerikishning   oldini   oladi.   Turli   mavzudagi
hayvonlar, o'simliklar to'g'risidagi tez aytishlar esa bolani tabiat bilan tanishtiradi,
borliqni   tushu nishga   undaydi.   O'qituvchi   ularni   tanlaganda,   bolaning   yosh
xususiyatiga e'tibor berishi kerak.
Savod   o'rgatish   darslarida   tez   aytishlardan   unumli   foydalanish   bolaning
nafaqat   talaffuz   me'yorini   tartibga   soladi,   balki   aqliy   salohiyatini   ham   oshiradi. Muayyan   mavzular   doirasidagi   tez   aytishlar   fanlarni   bir-biriga   bog'iab
o'zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, tabiat bilan bog'liq tez
aytishlar o'quvchilarni jonli va jonsiz tabiatni bir-biridan farq-lashga undasa,
tarbiya,   odob-axloq   bilan   bog'liq   tez   aytishlar   bola   tarbiyasida   ijobiy
xislatlarni   shakllan-tiradi.   Umuman   olganda,   tez   aytishlar   savod   o'rgatish
darslari   sifatini   oshiribgina   qolmay,   darslarning   ta'lim-tarbiyaviy   jihatdan
samarali bo'lishiga ham ma'lum darajada hissa qo'shadi.
Tez   aytishlar   esda   qoladigan,   qisqa,   talaffuzi   yengilroq   bo'lishi   lozim.
Quyida   «Alifbe»   darslarida   qo'llash   mumkin   bo'lgan   tez   aytishlardan
namunalar tavsiya etamiz.
Asror archani arraladimi, randaladimi?
Bilimli bola — Bilolmi?
Bilol — bilimli bolami?
Dilshodning dili shod,
Dili shodning o'zi shod.
Farrux futbolda Farhodni yengdimi?
Farhod futbolda Farruxni yengdimi?
Go'zaloyning gullari gultuvakda gulladi.
Hashar, hashardan shahar yashnar.
Jur'at Jo'raga jo'r bo'lgan,
Jo'ra Jur'atga jo'r bo'lgan.
Qurilishga terak kerak,
Demak, terak ekmoq kerak.
Olma shoxida olmaxon,
Olmaxonni olma, Olmaxon!
Bir tup tut,
To'rt tup turp.
Pirpirak pirillaydi,
Chirildoq chirillaydi. qo'g'irchoqnikimi, qo'zichoqnikimi?
Salomat sanamay sakkiz demas.
Yo'ldosh yo'lda yo'l-yo'l yo'lbarsni ko'rd
Boshlang`ich   sinf   darslarida   FSMU   texnologiyasidan   foydalanish   ham
o`quvchilarning   ijodiy   qobiliyatini   rivojlantirishni   ko`zda   tutadi.  
FSMU
Jadvalni to’ldiring 1-guruh   Masalan, “O`qish” darsidagi “ YAXSHILIK — INSON ZIYNATI”
mavzusida   Yusuf   Xos   Hojibning   “Odamdan   nima   qoladi?”   degan   hikoyatini
o`rganish ko`zda tutilgan, bunda “Qanday odamlar yaxshi nom qoldiradi?” savolini
FSMU texnologiyasi asosida tahlil etish mumkin.
Savol  
( F )   Fikringizn i bayon eting  
( S ) Fikringiz bayoniga   sabab   ko’rsating  
( M ) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi   dalil   keltiring  
3-   sinfda   Odobnoma   fanidan   “Abu   Abdulloh   Muhammad   ibn   Ismoil   Al-
Buxoriy” mavzusini o’tish “Ikki qismlik kundalik” usulidan foydalanish mumkin.
(“Ikki   qismlik   kundalik”   usulining   mohiyati   va   qo’llanilishi.   Bu   interfaol
usuldan   turli   matnlar   bilan   ishlash   jarayonida   foydalanish   mumkin.   Bu   usul
birinchidan ,   mavzu   matnini   chuqur   tushunishga   yordam   bersa,   ikkinchidan,
o’quvchilarni   ijodiy   tafakkurga   undaydi,   ularning   mustaqil   fikr   yuritishlarini
kuchaytiradi. Berilgan matn o’qib chiqilgach, daftar varag’i  quyidagi tarzda ikki
qismga bo’linadi :  
Parcha   Sharh  
Chap   tomondagi   «Parcha»   deb  yozilgan   qismga   o’quvchilar   matn  yuzasidan
biror   parcha   yoki   ularga   qattiq   ta`sir   qilgan   narsa   yoki   ularni   haqiqatda   hayron
qoldirgan timsol haqida yozishlari kerak. (Bizning mavzumizda o’quvchilar parcha
sifatida   biror   hadisni   tanlaydilar).   Ehtimol,   bu   ularga   shaxsiy   tajribalaridan
nimanidir   eslatgandir,   balki   ularni   qiziqtirgan   yoki   o’ylantirib   qo’ygandir.   Balki
ular   bu   fikrga,   narsaga   qo’shilmaslar.   Balki   bu   narsa   o’quvchi   uchun   yangilikdir ,
balki shu narsa mohiyatini tushunib yetmagandir.
Varaqning   «Sharh»   deb   yozilgan   o’ng   tomoniga   chap   tomondagi   tanlangan
parcha   (hadis)   ga   sharh   yoziladi.   Bunda   nima   uchun   ushbu   parchani   tanlab
olganligi,   bu   narsa   uni   nima   haqida   o’ylashga   majbur   etganligi,   shu   munosabat
bilan unda qanday fikrlar tug’ilganligi haqida sharh beriladi.) Masalan,   “Odobnoma”darsligida   berilgan   hadislardan   quyidagini   tanlab
sharhlashlari mumkin:  
Parcha Sharh
Yoshlikda olingan bilim
toshga   o’yilgan   naqsh
kabidir   Biz   bilamizki   toshga   o’yilgan   naqsh   hech
qanday holda ham yo’qolib ketmaydi. Uni yomg’ir
yoki   do’llar,   quyosh   yoki   qorlar   yo’qota   olmaydi.
Demak biz yoshligimizdan yaxshi o’qisak, kerakli
bilimlarni   egallasak,   u   hech   qachon   yo’qolib
ketmas   ekan,   u   bizga   bir   umr   hamroh   bo’lib
yo’limizni yoritib turadi.  
“Abu   Iso   at-Termiziy”   mavzusini   ham   matn   ustida   ishlash   usullaridan
hisoblangan   “Insert   usuli”   yoki   “B-B-B   jadvali”   usullarida   o’rganib   chiqish
mumkin.
“Venn   diagrammasi”   usulidan   foydalangan   holda   o’quvchilar   3   sinf
«Odobnoma» darsida IX bo’limni o’tib bo’lishgach Imom al-Buxoriy va Imom at-
Termiziylarni taqqoslashlari mumkin.
“Venn   diagrammasi”   usulida   Al-Buxoriy   va   at-Termiziy   faoliyatlari   tahlil
etiladi.
(Venn   diagrammasi   usuli   mohiyati:   Venn   diagrammasi   bir-birini   kesadigan
ikki   yoki   undan   ko’p   doiralarda   ko’riladi,   ular   o’rtasida   yozish   uchun   etarli   joy
qolishi   kerak.   U   g’oyalarni   zidlash   uchun   ishlatilishi   yoki   ularning   umumiy
xususiyatlarini (nimada ular kesishadi) ko’rsatishi kerak. Masalan, o’quvchilar Al-
Buxoriy faoliyatini At-Termiziy faoliyati  bilan taqkoslaydilar. Venn diagrammasi
bir-biriga   yopishgan   ikki   doira   bilan   birga   ushbu   ekspedisiyalar   o’rtasida   zidlik
o’tkazish, ayni vaqtda ularning umumiy unsurlarini ko’rsatish imkonini beradi.
O’qituvchi   o’quvchilar   juftligidan   (sinfni   ikki   guruhga   bo’lgan   holda)   Venn
diagrammasti   tuzib,   unda   tegishlicha   fahat   al-Buxoriy   va   faqat   at-Termiziyga
taalluqli   bo’lgan   doiralarning   ikki   qisminigina   to’ldirishni   so’raydi.   So’ngra   juft boshka  juftga  ho’shiladi   va to’rt   kishi   o’z  diagrammalarini   taqqoslashlari   so’ngra
o’rtasida   ular   ko’rganidek,   ikala   alloma   uchun   umumiy   bo’lgan   xususiyatlar
ro’yxatini tuzishlari mumkin.
Ibn   Sinoning   hikmatlaridan   foydalangan   holda   quyidagi   darsni   3-sinf   o`qish
darsida o’tish mumkin.
To’g’ri   tashkil   etilgan   dars   o’z   samarasini   beradi,   albatta.   Ammo   har   bir
bosqichda   qo’llaniladigan   metodlarni   chuqurroq   o’rganmay   turib,   dars
samaradorligini oshirib bo’lmaydi.
Ta’lim   standartlari   va   me’yorlari   va   an’anaviy   ravishda   ta’lim   natijalarini
baholash   uchun   foydalaniladi.   O’quvchining   natijalari   standartga   qanchalik   yaqin
bo’lsa,   uning   o’quv   faoliyati   shunchalik   yuqori   baholanadi.   O’quvchi   tomonidan
haqiqiy egallangan va yaratilgan bilimlar hajmi to’la darajada nazorat qilinmaydi,
chunki o’quvchilarning standart doirasidan tashqaridagi shaxsiy bilim yoki boshqa
natijalari an’anaviy maktab nazaridan chetda qolib keladi.
Ijodkorlikda   o’quv   natijalarini   baholashga   yondashuv   o’zgacha.   Tashqi
berilgan   natijalarga   erishilganlik   darajasi   emas,   balki   ko’pincha   undan   chetga
chiqishlar   tekshiriladi.   Ijodkorlikni   baholashda   o’quvchilar   ta’limiy   natijalarining
asosiy   parametri-   standartlarning   minimum   talablariga   mos   kelishi   emas   balki
o’quvchining shaxsan ta’limiy o’sish darajasidir.
An’anaviy   ta’limda   o’quvchi   ta’lim   mazmunini   saralashda   amalda   ishtirok
etmaydi. Ijodkorlik faoliyatida esa ta’limda o’quvchi ta’limiy samarasi  ta’limning yangi   mazmunini   saralashda   ishtirok   etadi;   bilimning   hajmi ,malakasi,   faoliyat
turlari hamda o’quvchining foydalaniladigan usullari cheklanmagan bo’ladi.
O’quvchilarga beriladigan ta’lim standarti ko’pincha o’quvchi shaxsiga, uning
haqiqiy   ta’limiy   faoliyatiga   bog’liq   bo’lmagan   materiallarni   ham   vujudga
keltiradiki,   bu   tayyor   insholar,   referatlar   va   boshqa   yozma   manbalarning   paydo
bo’lishiga   olib   keldi.   Ta’lim   mahsulining   bunday   turini   ta’limning   maktab   tizimi
taqozo qiladi. Kompyuter texnologiyasi bu jarayoni yanada qulay va variativ qilib
qo’ymoqda.   Tayyor   kontrol   ishlar,   referatlar   hamda   shu   kabi   internet   tarmog’iga
joylashtirilgan   materiallarning   muttasil   ko’payib   borayotgan   to’plamlari
o’quvchilarga tayyorgarlik ko’rmay hamda zarur ishlarni bajarmay turib imtihonlar
topshirishlarini   osonlashtirmoqda   Boshlang’ich   ta’limda   o’quvchilar   ijodiy
faoliyatini  rivojlantirishda   topishmoqlar   xalq  og’zaki   ijodining  kichik  va  qadimiy
janrining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir.
Topishmoqni o’rganish, unga javob topish orqali bolalar   predmetlarning kelib
chiqishi ,   uning   inson   hayotidagi   o’rni   va   roli   haqida   tasavvurga   ega   bo’ladilar,
ularning   qiziqishi   ortadi,   ongi   va   tafakkuri   o’sadi,   fikrlash   qobiliyati   rivojlanadi,
tabiat   va   hayvonot   olamini   sevish,   ardoqlash   kabi   hissiyotlari   tarbiyalanadi.
Topishmoqlardan dars jarayonida foydalanish orqali o’quvchilarning nutqiboyiydi,
takomillashadi. Ular ifodali, mazmunli o’qishga o’rganadilar.
Topishmoqlarning   matn   mazmuni   bilan   bog’liq   ravishda   o’rganilishi
o’quvchilarning bir tomondan matn mazmunini to’liqroq tushunishi va yaxshi esda
saqlashiga   turtki   bo’lsa,   ikkinchidan,   ularning   darsdagi   faolligini   oshiradi ,   dam
olish muhitini yaratadi, ma’naviy-axloqiy jihatdan kamol toptiradi.
Fikrimiz tasdig’i sifatida quyidagi dars matnini keltiramiz.
Dars mavzusi: “ Topishmoqlar darsi ” yoki “ O’yla, izla, top ”.
Darsning   maqsadi:   Xalq   og’zaki   ijodi   janri   bo’lgan   topishmoq   haqida
o’quvchilarga   tushuncha   berish,   o’quvchilarda   to’g’ri   o’qish   malakasini   hosil
qilish, matn ustida ishlash jarayonida topishmoq janriga xos nazariy tushunchalarni
kengaytirish, ularni mantiqiy fikr yuritishga, to’g’ri xulosa chiqarishga o’rgatish. Dars   jihozi:   topishmoqlarni   guruhlashtirilgan   jadval,   javloblari   aks   ettirilgan
rasmlar , maketlar. Har bir o’quvchi uchun topishmoq yozilgan kartochka.
Dars metodi: ko’rgazmali, evristik suhbat.
Darsning borishi:
O’qituvchi: “Bugun biz siz bilan 1-sinfda o’rgangan topishmoqlarimizni yana
bir bor esga olamiz hamda ularni quyidagi jadvalga joylashtiramiz ” deydi.   So’ng
doskani bo’r bilan to’rt ustunga bo’ladi:  
1. Qushlar va hayvonlar haqidagi topishmoqlar.  
2. Sabzavot, poliz, mevalar haqidagi topishmoqlar.  
3. Predmetlar, ularning belgisini bildiradigan topishmoqlar.  
4. S h e’riy topishmoqlar.  
Har bir o’quvchi o’z kartochkasidagi topishmoqni o’qiydi.
Sinf  bilan birgalikda uning javobi topiladi  hamda jadvaldagi  o’rni  aniqlanib,
shu ustun qatoriga yoziladi.
1-o’quvchi.
-Osti tosh, usti tosh
O’rtasida jondor bosh.
Javobi: toshbaqa (1-ustunga yoziladi).
2-o’quvchi:
-Ichi- buyoq, sirti-tayoq.
Javobi: qalam (3 ustunga yoziladi)
3-o’quvchi:
-Chopsa chopilmas,
Bo’lsa bo’linmas
Ko’msa ko’milmas.
Javobi: soya (4 ustunga yoziladi)
4-o’quvchi:
Palak ostida
Yotar talash tosh
Uni pishirsang Bo’lar shirin osh.
Javobi: kartoshka (2-ustunga yoziladi)
Shu   tariqa   har   bir   o’quvchi   qo’lidagi   kartochkadan   foydalanib,   topishmoqni
o’qiydi,   javob   topadi   va   javobini   tegishli   guruhlarga   ajratib   yozadi.   SHu   holatda
o’quvchilar bar necha ta’limiy vazifalarni bajaradilar.
Birinchidan,   topishmoqni   topish   jarayonida   uni   bir   yoki   ikki   marta ,   ayrim
hollarda   esa   uch   marotabagacha   o’qiydilar,   ifodali   o’qishga,   fikrlashga
o’rganadilar,   o’qitish   texnikasini   egallaydilar,   taqqoslash,   solishtirish   kabi   amaliy
ishlarni bajaradilar.
Topishmoqda   yashirin   berilgan   predmetni   topishda   qiyinchiliklar   tug’ilsa,
o’qituvchining o’zi ifodali o’qib berishi hamda topishmoqning belgisini bildiruvchi
so’zlarga alohida urg’u berishi shart.
Chiq-chiq der yo’q to’xtovi,
Vaqtning aniq o’lchovi.
Javobi: ( soat)
Tinmay o’qisang agar,
Ko’p narsani o’rgatar.
Bilsang, uka, o’ylab top,
Bilim koni, u- ...
Javobi: ( kitob)
Topishmoqni   topishda   o’quvchilar   qiynalsalar,   uning   javobi   bo’lgan
predmetni yoki sabzavot namunalarini 1 qatorga terib qo’yish mumkin.
SHu tariqa mashg’ulot davom ettiriladi.
O’quvchilarning   darsdagi   holati   hisobga   olinib,   darsga   qo’shimcha
ma’lumotlar   kiritish   mumkin.   O’quvchilarga   kartochkalarda   yozilgan
topishmoqlardan   tashqari,   yana   qanday   topishmoqlarni   bilishlari   haqida   savollar
berish maqsadga muvofiq. Masalan: Darslikdagi:
Dum-dumaloq bo’yi bor,
Palovda obro’yi bor.
Javobi-   (behi) . Xuddi   shu   topishmoqning   boshqa   ko’rinishini   o’qituvchi   misol   tariqasida
aytishi mumkin:
Yerto’laga ossa bo’lar
Palovga bossa bo’lar ko’rinishida.
Xullas,   topishmoqning   ta’limiy   va   tarbiyaviy   ahamiyati   mantiqiy   tafakkurni
rivojlantiradi.   Ularga   javob   topish   ermak   uchun   emas,   balki   o’rganilayotgan
bilimlar tizimi taraqqiyoti uchun zarurdir.
Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki ,   boshlang’ich   ta’lim   jarayonida
o’quvchilarning   ijodiy   faoliyatini   rivojlantirish   uchun   turli   shart-sharoitlarlarni
yaratish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.  Buning   uchun   ta’lim   talablarini   aniqlash   va
shu   talablar   asosida   uning   ustuvor   qo’nalishlarini   izlanuvchi   ta’lim,   muammoli
vaziyatlar   yaratish   va   ta’limga   texnologik   yondashuv   asosida   tashkil   etilishi
o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning samaradorligiga zamin tayyorlaydi.
1. Ona tili darsini o`qitish jarayonida o`quvchilarda  tanqidiy va kreativ
tafakkurni shakllantirish
Tafakur   til   materiali   yordamida   nutqiy   shakllantirilsa   va   bayon   etilsagina
muvafaqqiyatli   o‘sadi.   Tushuncha   so‘zlar   yoki   so‘z   birikmalari   bilan   ifodalanadi,
shunday   ekan,   tushuncha   til   vositasi   bo‘lgan   so‘zda   muhim   aloqa   materialiga
aylanadi.   Kishi   tushuncha   ifodalaydigan   so‘z   (so‘z   birikmasi)ni   bilsagina,   shu
tushunchaga asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo‘ladi. 
Nutqda   fikr   shakllantiriladi,   shu   bilan   birga,   fikr   nutqni   yaratadi.”Nutq
tafakkur   bilan   chambarchas   bog‘langandir.   Nutq   bo‘lmasa,   tafakkur   ham
bo‘lmaydi, til materiali bo‘lmasa, fikrni ifodalab berib bo‘lmaydi”. 
Fikrni   nutqiy   shakllantirish   uning   aniq,   tushunarli,   sof,   izchil,   mantiqiy
bo‘lishini   ta’minlaydi.   Tilni   egallash   shu   tilning   fonetikasini,   lug‘at   sostavini,
grammatik   qurilishini   bilib   olish,   fikrni   takomillashtirish   uchun,   tafakkurni
o‘stirish   uchun   shart-sharoit   hozirlaydi.   Bilimlar,   faktlar,   har   xil   axborotlar
tafakkurning   ham,   nutqning   ham   materialidir.   Nutq   tafakkur   jarayonini
o‘rganishning   muhim   vositasi   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Nutqdan   o‘quvchining   fikriy rivojining asosiy o‘lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. O‘quvchilarning barcha
predmetlaridan   materialni   o‘zlashtirishi   va   umumiy   aqliy   rivojlanishi   haqida   fikr
yuritganda,   u   yoki   bu   mavzuni   bola   o‘z   nutqida   (yozgan   inshosida,   axborotida,
qayta   hikoyalashda,   savollarga   bergan   javobida)   qanday   bayon   eta   olishiga
qaratiladi. 
Shunday   qilib,   nutqni   tafakkurdan   ajratib   bo‘lmaydi,   nutq   tafakkur   asosida
rivojlanadi;   fikr   nutq   yordamida   pishib   yetiladi,   yuzaga   chiqadi.   Ikkinchi
tomondan, nutqning o‘sishi fikrni shaklantirishga yordam beradi, takomillashtiradi.
O‘quvchilar   nutqini   o‘stirishning   mashg‘ulotning   boshqa   turlari   bilan
bog‘liqligi.   O‘quvchilar   nutqini   o‘stirish   boshqa   o‘quv   predmetlaridan
o‘tkaziladigan   mashg‘ulotlar   bilan   ham   uzviy   ravishda   bog‘lanadi.   Ona   tili
darslarida o‘quvchilar til yordamida  tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar:
ular   kuzatishni,   o‘ylashni   va   ko‘rganlari,   eshitganlari,   o‘qiganlari   haqida   to‘g‘ri
bayon   qilishni   o‘rganadilar.   Ona   tili   darslari   bolalar   lug‘atini   boyitishga   samarali
yordam beradi, nutqni to‘g‘ri tuzishni o‘rgatadi.
Grammatika   va   to’g’ri   yozuv   darslarida   tilni   maxsus   o’rganish   bilan   bolalar
alohida tovush, bo’g’in, so’z va gaplarni eshitishga va aytishga o’rganadilar. Ular
narsa,   harakat,   belgi   bildirgan   ko’pgina   so’zlarni,   shuningdek,   tovush,   harf,
bo’g’in,   so’z,   o’zak,   qo’shimcha,   so’z   turkumi,   ot,   sifat,   fe’l,   son,   olmosh,
bog’lovchi, gap,  gap bo’lagi, darak gap, so’roq gap, undov gap singari  juda  ko’p
yangi atamalarni bilib oladilar.
Ot so’z turkumini o’rganish metodikasi
Otni o‘rganishga tayyorlov bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu
bosqichda   o‘quvchilar   predmetlarni   va   ularni   nomi   bo‘lgan   so‘zlarni   farqlashga
o‘rganadilar.   So‘zning   lekik   ma’nosi   (har   bir   so‘z   ma’no   bildirishi)ga   e’tibori
oshiriladi, ma’nolarni hisobga olgan holda so‘zlar (qushlar, meva va sabzavotlar va
hokazolarni   bildirgan   otlar)ni   gruppalash   ko‘nikmasi   shakllantiriladi.   So‘zlarni
leksik   ma’nosi   asosida   gruppalash   mashqlari   otlarni   taqqoslash,   o‘xshash
tomonlarini   aniqlash,   abstraklashtirish   ko‘nikmasini   o‘stiradi.   Shunga   qaramay,
gramatik   tushunchani   shaklantirish   uchun   o‘quvchilar   so‘zning   aniq   ma’nosini bilmaydilar,   so‘zning   leksik   ma’nosini   bilish   bilan   birgalikda   uning   grammatik
belgilarini   ham   o‘zlashtirish   zarur.   Keyingi   bosqichda   otning   leksik   ma’nolari   va
grammatik   belgilari   ustida   maxsus   ishlanadi.   (kim   yoki   nima   so‘rog‘iga   javob
bo‘lishi,   predmet   bildirishi   tushuntiriladi)   O‘quvchilar   kim?   So‘rog‘iga   javob
bo‘lgan otlardan farqlashni o‘rganadilar. Bu bosqichda ular so‘zlarni so‘roq berish
bilan farqlashni bilib oladilar, bolalarda mavxum grammatik tafakkur o‘sib boradi.
Bolalarda   ko‘pgina   atoqli   otlarni   bosh   harf   bilan   yozish   ko‘nikmasi   shaklanib
boradi.   2-sinfda   otlarning   leksik   ma’nosi,   atoqli   va   turdosh   otlar   haqidagi   bilim
chuqurlashtiriladi   va   sistemalashtiriladi   bolalar   otlarda   son   bilan   tanishtiriladi.
“Ot”   tushunchasini   shakllantirish   uchun   shu   so‘z   turkumiga   kiradigan   otlarni
asosiy leksik gruppalarga ajratish, barcha otlarga xos bo‘lgan belgilarni ko‘rsatish,
ularning   nutqimizdagi   rolini   ochish   muhim   ahamiyatga   ega.   Shu   maqsadda
mavzuni   o‘rganishga   bag‘ishlangan   birinchi   darslardayoq   predmetlarni
bildiradigan   so‘zlar   sistemaga   solinadi.   Shu   so‘zlarning   hammasi   uchun   umumiy
bo‘lgan   belgilar   aniqlanadi.   Bu   so‘zlar   predmetlarni   bildirib,   kim?   Yoki   nima?
So‘rog‘iga javob bo‘ladi. Dasturga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sifat va
boshqa   so‘z   turkumlaridan   yasalgan   mavhum   ma’nodagi   (yaxshilik,   go‘zallik,
ishonch,   o‘kinch   kabi)   otlar   bilan   tanishtirish   talab   etilmaydi.   Ammo   matnda
uchrasa va o‘quvchilar qiziqib so‘rasalar, otlar bolalar o‘rgangan belgilari asosida
nima so‘rog‘iga javob bo‘lishi, predmet nomini bildirishi tushuntiriladi. Otlarning
nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun o‘qituvchi o‘qish kitobidan
matn shu so‘zlarsiz o‘qishni topshiradi. O‘quvchilar matn otlari tushirib qoldirilib
o‘qiganda,   matn   mazmunini   tushunib   bo‘lmasligini   anglaydilar.   Xulosa
chiqariladi:   ot   atrofimizni   o‘rab   olgan   predmetlarning   nomi,   bu   so‘zlarsiz   bir-
birimizga o‘z fikrimizni tushuntira olmaymiz.
3-sinfda   “Otlar   son”   mavzusi,   ya’ni   otlarning   birlik   va   ko‘plikda   qo‘llanishi
ustida   ishlash   jarayonida   o‘quvchilarda;   1)birlik   va   ko‘plikda   qo‘llanilgan   otlani
ma’nosi   va   qo‘shimcha   orqali   farqlash.   2)birlikdagi   otdan   ko‘plik   sondagi   ot   va
aksincha,   ko‘plikdagi   otdan   birlik   sondagi   ot   hosil   qilish.   3)gapda   so‘zlarning
bog‘lanishini   hisobga   olgan   holda,   otlardan   nutqda   to‘g‘ri   foydalana   olish ko‘nikmalari   shakllantiriladi.   Otlarning   birlik   va   ko‘plikda   qo‘llanishi   taqqoslash
usulidan   foydalanib   tushuntiriladi.   Buning   uchun   bir   predmetni   va   shunday   bir
necha predmetni bildiradigan otlar taqqoslanadi: Qalam-qalamlar, nok-noklar kabi.
Suxbat   asosida   nok   so‘zi   nechta   (1   ta)   predmetni   va   noklar   so‘zi   nechta   (2   va
undan  ortiq)   predmetni   bildirishni  aniqlanadi.   (boshqa   so‘zlar   bilan  ham   shunday
ashlanadi)   Oddiygina   xulosa   chiqariladi   va   umumlashtiriladi;   agar   otlar   bir
predmetni   bildirsa   birlikda,   2   va   undan   ortiq   predmetni   bidirsa   ko‘plikda
qo‘llaniladi.   Ko‘plikdagi   otni   yasash   uchun   birlikdagi   otga       -lar   qo‘shimchasi
qo‘llaniladi.   Birlikdagi   otlar   kim?   Yoki   nima?   So‘rog‘iga,   ko‘plikdagi   otlar   esa
kimlar?   Yoki   nimalar?   So‘rog‘iga   javob   bo‘ladi.   Bu   sinf   o‘quvchilariga   faqat
birlikda qo‘laniladigan otlar, birlik shaklida qo‘llangan armiya, qo‘shin, xalq kabi
otlar   ko‘plik   ma’nosini   anglatadigan   ma’nosi   maxsus   tushuntirilmaydi.   Agar
o‘quvchilar bu haqda savol bersalar, sodda shaklda tushuntirish mumkin. Otlarning
birlik   va   ko‘plikda   qo‘llanilishini   kuzatish   aslida   so‘z   formasi   ustida   ishlashning
boshlang‘ich bosqich hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar otlarni ko‘plik qo‘shimchasi
bilan   o‘zgartirish,   ya’ni   otga   forma   yasovchi   qo‘shimcha   qo‘shish   bilan   so‘zning
leksik   ma’nosi   o‘zgarmasligiga   ishonch   hosil   qiladilar.   “Otlarda   egalik
qo‘shimchalari”   mavzusi   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   uchun   murakkab
hisoblanadi.   Chunki   bu   mavzu   o‘rganulgunga   qadar,   bolalar   “shaxs”   tushunchasi
bilan   xali   tanishtirilmagan,   kishilik   olmoshlari   hali   o‘rganmagan   bo‘ladilar.
O‘quvchilarga egalik qo‘shimchasi predmet birlik va ko‘plikdagi 3 shaxsdan biriga
tegishli ekanini bildirishini tushuntirish qiyin. Shularni hisobga olib, o‘quvchilarni
otlarda   egalik   qo‘shimchalari   bilan   tanishtirishda   o‘qituvchi   ishni   sarlavhadagi
“Egalik” so‘zining leksik ma’nosini tushuntirishdan boshlashi maqsadga muvofiq:
ega   bo‘lish,   qarashlilik,   tegishlilik,   oidlilik   ma’nolarini   bildiradi.   Egalik
qo‘shimchasi   deyiaganda   biror   narsaga   ega   bo‘lishni,   shu   narsa   tegishli,   shu
narsaning   egasi   ekanini   bildiradigan   qo‘shimchalar   tushuniladi.   Otlar   egalik
qo‘shimchalari   bilan   qo‘llaniladi.   Otga   qo‘shilgan   egalik   qo‘shimchasi   shu   ot
ifodalangan   predmetning   kimgadir   qarashli   ekanini,   shu   predmetni   egasi   ekanini
bildiradi;   kecha   o‘qigan   kitobim   juda   qiziqarli   ekan.   Sening   kitobing   ham qiziqarlimi? Ra’noning kitobi ham qiziqarli edi. Kitobim, kitobing, kitobi so‘zlari
so‘z   tarkibiga   ko‘ra   taxlil   qilinadi   va   o‘quvchilar   kitobo‘zak,   -im,   -ing,   -i
qo‘shimchalari   qo‘shimcha   ekanini   aniqlaydilar.   O‘qituvchi   kitobim   va   kitob
so‘zlarini   taqqoslashni,   -im     qo‘shimchasining   ma’nosi   haqida   o‘ylab   ko‘rishni
topshiradi,   muammoli   vaziyat   yaratadi.   Bolalar   qo‘shimchaning   ma’nosi   haqida
fikr yuritadi. Ammo kitobim so‘zining ma’nosiga (mening kitobim –kitob meniki)
tushunsalar   ham,   fikrlarini   shakllantirib   aytib   berolmaydilar.   O‘qituvchi   qisqa
tushuntiradi. Tilda 3 ta shaxs mavjud; so‘zlovchi yoki 1-shaxs, tinglovchi yoki 2-
shaxs,   o‘zga   yoki   3-shaxs.   Hozir   men   sizga   so‘zlayapman,   tushuntirayapman,
demak,   men   so‘zlovchi,   hozir   siz   meni   (tushuntirayotgan   mavzuni)   tinglayapsiz
demak, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga qatnashmayotganlar ham bor, u (ular)
–   o‘zga   hisoblanadi.   Siz   otlar   birlik   va   ko‘plik   sonda   qo‘llanilishini   bilasiz.
Ma’lumki, biror narsa bir shaxsga yoki 2 va undan ortiq shaxsga tegishli bo‘lishi
mumkin. Mana shu ma’nolarni, ya’ni biror predmetning birlik yoki ko‘plikdagi 3
shaxsdan   biriga   qarashli   ekanini   otga   qo‘shilgan   egalik   qo‘shimchalari   bildiradi.
Masalan,   kitobim   so‘ziga   qo‘shilgan,   siz   aniqlangan   –im   qo‘shimchasi   kitobning
1-shaxsga taalluqli ekanini, ya’ni kitobning egasi 1-shaxs ekanini bildiradi. (-im, -
ing,   -i   qo‘shimchalari   ham   shunday   tushuntiriladi)     Qisqa   shunday   xulosa
chiqariladi; Otlarga qo‘shilgan mana shunday qo‘shimchalar egalik qo‘shimchalari
deyiladi.   Egalik   qo‘shimchalari   tegishlilik,   egalik   ma’nosini   bildiradi.   Egalik
qo‘shimchalari otlarga 2 xil variantda qo‘shiladi. Oxiri unli bilan tugagan otlarga –
m,   -ng,   -si,   -miz,   -ingiz,   -si   egalik   qo‘shimchalari,   oxiri   undosh   bilan   tugagan
otlarga   –im,   -ing,   -i,   imiz,   -ingiz,   -i   egalik   qo‘shimchalari   qo‘shiladi.   Shundan
so‘ng   o‘quvchilar   “O‘zbek   tili”   darsligidagi   qoidani   o‘qiydilar.   Jadvalni   taxlil
qiladilar.   O‘quvchilarga   egalik   qo‘shimchalari   haqidagi   ko‘nikmani   shakllantirish
uchun matndan  egalik  qo‘shimchasi   bilan qo‘llangan   otni    topish   uni    tarkibiga
ko‘ra   taxlil   qilib,   egalik   qo‘shimcha   shaxs   sonini   aniqlash, matnda   berilgan
otga  tushirib  qoldirilgan  egalik  qo‘shimchasini  qo‘shish,  predmet  qaysi  shaxs
yoki     shaxslarga     qarashli     ekanini     aytish     kabi   mashqlardan     foydalaniladi.
Egalik   qo‘shimchasi  ustida  ishlash  bu  bilan  tugamaydi. Otlarning  kelishiklar bilan turlanishini  o‘rganish jarayonida   egalik   qo‘shimchasi  bilan   qo‘llangan   ot
qaratqich     kelishigida     kelgan     boshqa     ot     bilan,     kishilik     olmoshlarining
kelishiklar     bilan     turlanishini     o‘rganish     jarayonida     esa     egalik     qo‘shimchasi
bilan  kelgan  ot  qaratqich  kelishigidagi  kishilik  olmoshi  bilan  bog‘lanib,  so‘z
birikmasi  hosil  qilishi  haqida  bilim  beriladi.    Kelishiklar sintaktika kategoriya
hisoblanadi.   Kelishik   otlarining   gapda   boshqa   so‘zlar   bilan   munosabatini
ifodalaydi.   Demak,   kelishiklarni   o‘rgatishda   o‘quvchilarning   gapda   so‘zlarning
bog‘lanishini   bilishlari   nazarda   tutiladi.   Kelishiklar   ustida   ishlashni   o‘quvchilar
gapda   ma’no   va   grammatik   tomondan   bog‘langan   so‘zlarni   (so‘z   birikmalarini)
ajratishga   o‘rganganlaridan   so‘ng   boshlanadi.   Kelishiklar   ustida   ishlash   gapda
so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o‘quvchi
ot gapda qaysi so‘z bilan bog‘lanishini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so‘zlar
bilan   bog‘langanda   qo‘shimchalar   bilan   o‘zgarishi   ancha   oldindan   kuzatilib
boriladi.   Aslida   o‘quvchilar   1-sinfdayoq   so‘z   ma’nolarini   o‘zgarishi   bilan   amaliy
tanishadilar, ammo ular so‘z formasi nimaligini bilmaydilar. Bolalar keyingi sinfda
forma   yasovchi   (so‘z   o‘zgartiruvchi)   qo‘shimchalar   bilan   tanishadilar.   Bu
qo‘shimchalar   gapda   so‘zlarni   bog‘lashi   uchun   xizmat   qilishini   tushunadilar.   3-
sinfda   ot   ustida   ishlashning   asosiy   vazifasi   fikr   bayon   qilishda   otning   kelishik
formalaridan   ongli   foydalanish   va   kelishik   qo‘shimchalarini   to‘g‘ri   yozishga
o‘rgatish hisoblanadi.  
Bu   sinfda   ot   quyidagi   izchillikda   o‘rganiladi.   1.   Otlarning   kelishiklar   bilan
turlanishi  haqida ma’lumot  berish; 2. Ko‘plikdagi  otlarning turlanishini  o‘rgatish;
3.  Har   bir  kelishikning  xususiyatlarini   aloxida  o‘rganish   va  u  bilan  bog‘liq  holda
kelishik qo‘shimchalarini yozilishi haqida ko‘nikma hosil qilish. Otlarning kelishik
qo‘shimchalari   bilan   o‘zgarishi   turlanishi   haqida   tushuncha   berish   bilan
o‘quvchilarga   kelishik   qo‘shimchalari   gapda   so‘zlarni   bog‘lash   uchun   xizmat
qilishi,   o‘zbek   tilidagi   6   kelishik,   ularning   nomi,   so‘roqlari,   qo‘shimchalari   va
joylanish   tartibi   tushuntiriladi.   O‘quvchilar   o‘zlashtirgan   grammatik   bilimlarini
imloni   o‘zlashtirishda   foydalana   olishlari   uchun   ishni   bajarishda   izchillikka   katta
ahamiyat   beriladi.   Bajarilgan   ish   yozib   boriladi.   O‘quvchilar   avval   gapda   ot bog‘langan   so‘zdan   shu   otga   savol   beradilar   va   savolni   qavs   ichiga   yozadilar:
keyin   so‘roqqa   qarab   kelishikni   aniqlaydilar,   masalan,   yashaydi   (qayerda?)-
qishloqda (o‘rin payt kelishigi)  ular buni yaxshi o‘zlashtirgandan so‘ng mashq tez
bajariladi,   yozish   talab   etilmaydi.   Ko‘plikdagi   otlarning   turlanishini   o‘rganishda
nutqda   ko‘plikdagi   otlardan   to‘g‘ri   foydalanish   ko‘nikmasini   takomillashtirish
maqsadi   ko‘zda   tutiladi.   O‘quvchilar   suxbat   yordamida   bosh   kelishikdagi   otning
so‘rog‘ini   va   batta   predmetni   bildirishini   aytadilar.   (nima?   –   kitob,   kim?   -
o‘quvchi).   O‘qituvchi   agar   shu   ot   2   va   undan   ortiq   predmetni   bildirsa,   qanday
so‘roqqa   javob   bo‘lishini,   qaysi   kelishikni   bildirishini   so‘raydi,   ular   qiynalmay
javob   beradi   (nimalar?   -   kitoblar,   kimlar?   -   o‘quvchilar).   Xulosa   chiqariladi:
ko‘plikdagi otlar bosh kelishikda kimlar? yoki nimalar? So‘rog‘iga javob bo‘ladi.
O‘quvchilar otlarning kelishiklar bilan turlanishi jadvalidan foydalanib, shu otlarni
ko‘plikda turlaydilar va ko‘plik qo‘shimchasi doim kelishik qo‘shimchasidan oldin
qo‘shilishini, so‘roqlarini bilib oladilar. Har bir kelishikning alohida o‘rganishning
vazifasi   kelishikni   o‘rganish   bilan   bog‘liq   holda   kelishik   qo‘shimchalarining
yozilishi   haqidagi   malakani   shakllantirish   va   o‘quvchilarning   kelishiklar   bilan
turlangan otlardan ongli foydalanishlariga erishish hisoblanadi.  Kelishiklarni bilib
olish   maqsadida   so‘roqlardan   foydalaniladi.   Buning   uchun   o‘quvchilar,
birinchidan,   so‘roqni   otning   yakka   o‘ziga   emas,   balki   gapda   ot   ma’no   tomondan
bog‘langan   so‘zdan   shu   otga   berishni   o‘rganishlari,   ikkinchidan,   kelishiklarning
so‘roqlarini   yaxshi   bilishlari   zarur.   Kelishiklarning   xususiyatlarini   o‘rganishga
qulaylik yaratish uchun har bir kelishikni quyidagi umumiy reja asosida o‘rganish
maqsadga   muvofiq:   1.   Kelishiklarning   grammatik   asosi.   2.   So‘roqlari.   3.
Qo‘shimchasi. 4. Gapdagi vazifasi. Kelishiklarni shu tarzda o‘rganish ularni o‘zaro
taqqoslashni   yengillashtiradi   va   ongli   o‘zlashtirishni   ta’minlaydi.     Bir   kelishik
o‘zining   muhim   belgilari   bilan   boshqa   kelishikldardan   farqlanadi.   Muayayn   bir
kelishikdagi   otdar   ongli   foydalanish   va   kelishik   qo‘shimchalarini   to‘g‘ri   yozish
uchun   o‘quvchilar   kelishiklarning   muhim   belgilarini   puxta   o‘zlashtirishi   talab
etiladi.   Shuning   uchun   ham   kelishiklarning   muhim   belgilarini   o‘zlashtirib,   bir
kelishikni ikkinchisidan farqlash ko‘nikmasini shakllantirishga katta o‘rin beriladi. O‘quvchilar   qaratqich   va   tushum   kelishigini   farqlashga   qiynaladilar,   bir
qo‘shimcha   o‘rniga   ikkinchisini   ishlatadi.   Buning   oldini   olish   uchun   ikki
kelishikning   ma’nosi,   qo‘shimchasi,   so‘roqlari   va   gapdagi   vazifasi   taqqoslanadi,
suxbat asosida xulosa chiqariladi.  Boshlang‘ich sinf dasturiga ko‘ra o‘quvchilarni
qaratqich   va   tushum   kelishigida   otning   belgisiz   qo‘llanishi   bilan   tanishtirish
tavsiya   etilmaydi.   O‘quvchilar   jo‘nalish   kelishigining   xususiyatlari   bilan
tanishtirilgach,   jo‘nalish   kelishigi   qo‘shimchasining   yozilishi   tushuntiriladi:   a)
oxiri   jarangsiz   undosh   bilan   so‘zlarga   jo‘nalish   kelishik   qo‘shimchasi   –ga
qo‘shilganda   talaffuzda   –ka   eshitilishi,   ammo   aslicha   yozilishi   tovush   harf
tomonidan taxlil qilish bilan tushuntiriladi. b) jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi oxiri
k   undosh   bilan   tugagan   otlarga     –ka   shaklida   qo‘shiladi,   oxiri   q   undosh   bilan
tugagan   -qa tarzida qo‘shiladi.   O‘quvchilar o‘rin-payt kelishigining xususiyatlari
bilan tanishtirilgach, kelishik qo‘shimchasida –da ning –ta bo‘lib eshitilsa ham da
shaklida   yoziladi.     O‘quvchilar   chiqish   kelishigining   xususiyatlar   bilan   ham   reja
asosida   tanishtirilib,   ularga   kelishik   qo‘shimchasining   yozilishi   tushuntiriladi.
Kelishiklar   haqidagi   malakani   shakllantirish   ustida   ishlashning   samaradorliligini
ta’minlaydigan shartlar maqsadga  muvofiq mashq tanlash, mashq materialini asta
murakkablashtira   borish   bilan   o‘quvchilarning   mustaqilligini   oshirish,   imloni
grammatik   bilimni   takomillashtira   borish,   o‘quvchilarning   nutqini   o‘stirish   bilan
bog‘lab   o‘rgatishdir.   Shunday   qilib,   boshlang‘ich   sinflarda   ot   kompleks   ravishda
o‘rganiladi   va   uni   o‘rganish   o‘quvchilar   shu   so‘z   turkumining   belgilarini,
funktsiyasini   o‘zlashtirishiga,   shuningdek   ularda   kelishik   qo‘shimchalarini   to‘g‘ri
yozish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratiladi.  
Ot yasovchi qo’shimchalar ustida ishlash usullari.
Ot   yasovchi   qo’shimchalar   ustida   ishlash   ba’zi   so’z   yasovchi
qo’shimchaning ma’nosini va yasama so’zning grammatik belgilarni aniqlash bilan
birga   olib   boriladi.   Ot   yasovchi   qo’shimchaning   ma’nosini   tushuntirish   uning   ot
yasashdagi   ahamiyatini   o’quvchilar   anglashiga   imkon   beradi,   ularning   diqqat-
e’tibori so’z yasovchi qo’shimcha yordamida yangi leksik ma’noli so’z yasalishiga
qaratiladi. Masalan:  (ish-ishchi, ishli, ishchan) Yasalgan   so’z   qaysi   so’z   turkumiga   kirishini   aniqlash   so’z   yasovchi
qo’shimcha   yordamida   har   xil   so’z   turkumiga   oid   so’zlar   yasash   mumkinligi
haqidagi tasavvurni chuqurlashtiriladi.
Ot   yasovchi   qo’shimchalarni   ongli   o’zlashtirish   uchun   quyidagi   mashqlar
sinfidan foydalanish yaxshi natija beradi:
Birinchi   sinf   mashqlar ga  har   xil   so’z  yasovchi   qo’shimcha   qo’shish  bilan
hosil   bo’lgan   bir   xil   o’zakli   so’zlraning   ma’no   jihatidan   farqini   qiyoslashga   oid
vazifalar   kiradi.   Masalan   gul   so’zidan   –chi,-zor ,   so’z   yasovchi   qo’shimchalari
bilan   yangi   so’z   yasang.   Hosil   bo’lgan   so’zlarni   ma’nosi   va   tarkibiga   ko’ra
qiyoslang. Ularda nima o’xshash?  so’zning qaysi  qismi  ularning ma’nosiga  ko’ra
farqlayapti? Yangi so’zlarni qatnashtirib gap tuzing.
Ikkinchi sinf mashqlar ga bir so’z yasovchi qo’shimchani har xil so’zlarga
qo’shishdan   hosil   bo’lgan   so’zlarda   so’z   yasovchi   qo’shimchaning   ma’nosini
qiyoslashga   oid   vazifalar   kiridi.   Bunday   mashqlarning   maqsadi   so’z   yasovchi
qo’shimchaning   ma’nosi   haqidagi   bilimni   elementar   tarzda   umumlashtirish
hisoblanadi. Masalan,  ishchi, suvchi, gulchi  so’zlarini taqqoslash, ma’nosiga ko’ra
o’xshash   tomonini   belgilash   (biror   ishni,   vazifani   bajaradigan   kishini   –   shaxsni
bildiradi),   so’zning   qaysi   qismi   bajaruvchi   shaxs   ma’nosini   bildirayotganligini
aniqlash (ot yasovchi qo’shimcha  -chi) .
Uchinchi sinf mashqlar ga matnni leksik-grammatik va leksik uslubiy tahlil
qilishga   oid   vazifalar   kiradi.   Masalan,   matndan   o’zakdosh   so’zlarni   topish,
ularning ma’nosidagi farqni aytish, bu farq so’zning qaysi qismi yordamida yuzaga
kelayotganini   aniqlash;   berilgan   so’zlardan   namunadagidek   gap   tuzing   (masalan,
soatsoz   soatni   tuzatdi),   (traktorchi   yerni   traktor   bilan   haydaydi);   o’zakdosh
so’zlarni aniqlash va tarkibiga ko’ra tahlil qilish va hokazo.
Topshiriq.   Ajratib   ko’rsatilgan   so’zga   o’zakdosh   bo’lgan   bir   so’z   toping.
Uning   qaysi   so’z   turkumiga   kirishini   ayting   va   uni   so’z   tarkibiga   ko’ra   tahlil
qiling.
- Olma daraxt ko’p joy (Olmazor).
- Paxta yetishtirish bilan shug’ullnadilar (Paxtakor). - Bog’ yaratadigan va uni parvarish qiladigan kishi (Bog’bon).
- Traktor bilan ish bajaradigan kishi (Traktorchi).
- Gul solib, qoiladigan idish (guldon).
O’quvchilar   o’qituvchilar   yordamida   shu   so’z   qaysi   so’zdan   va   qanday
qo’shimcha yordamida yasalganini aniqlaydilar.
1. Har xil so’z turkumiga kiradigan o’zakdosh so’zlardan qatnashtirib gap tuzing.
2. Ot  yasashga doir vazifalar:
-   Oq ,   ishso ’ zlaridan   –   la , - chi ,   qo ’ shimchalariyordamidayangiso ’ zlaryasang .
Berilgan va siz yasagan so’zlar qaysi so’z turkumiga kirishini ayting va fikrimizni
asoslang.
-   Ish ,   raxta ,   suvotlaridan   o ’ zakdosh   otlar   yasang ,   so ’ zlarni   tarkibiga   ko ’ ra
tahlil   qiling   yangi   ot   hosil   qilish   uchun   siz   so ’ zning   qaysi   qismidan
foydalandingiz ?
- Chiz, o’z fellaridan o’zakdosh otlar yasang. Otlarni so’z tarkibishga ko’ra
tahlil qiling. Feldan ot yasang uchun qanday qo’shimchalardan foydalandingiz? 
Bu   vazifalar   o’quvchilardan   ot   yasalishi   xususiyatlariga,   so’zlarning
morfemik   tarkibiga   e’tibor   berishi   talab   etadi   va   so’zning   morfemik   tarkibi   shu
so’zning   muayan   bir   so’z   turkumiga   oid   ekani   bilan   bog’liqligini   aniqlashga
qaratiladi. 
Boshlang’ich   sinflarda   u   yoki   bu   so’z   turkumining   yasalishi   kuzatish
propedevtik   xarakterda   bo’ladi,   uning   natijasi   mashqning   mavzusini   o’zlashtirish
maqsadiga   qaratilishi,   darsda   faol   va   individual   ishlarni   to’g’ri   uyushtirish,
foydalanilgan   leksik   materialning   o’quvchilar   saviyasiga   mosligi   va
ko’rgazmalikka bog’liq.
O’qituvchi   o’quvchilarning   biror   morfemani   biror   morfemani   qay   darajada
o’zlashtirganini   ularning   morfemik   tarkibi   bolalar   saviyasiga   mos   so’zlardagi
morfemalarni   ajratish   ko’nikmasiga   o’zak   va   shakl   yasovchi   qo’shimchadan   yo
o’zak va so’z yasovchilar, yoki o’zak, so’z yasovchi va shakl yasovchidan tuzilgan
so’zlarni   mustaqil   tanlay   bilishiga,   so’zdagi   morfemalarning   rolini   so’z   bilan tushuntirish   ko’nikmasiga,   gapda   so’z   yasovchi   qo’shimchali   so’zlarni   to’g’ri
ishlatish ko’nikmasiga qarab aniqlaydi.
Quyidagicha   savol   va   topshiriqlarni   bajarish   asosida   o’quvchilar   so’zning
morfemik tarkibini qanday o’zlashtirganini aniqlash mumkin:
I. Savollarga javob berish:
1. So’zda qaysi qism eng asosiy hisoblanadi? Nima uchun?
2. Ot  yasovchi qo’shimcha qanday vazifani bajaradi? Misol bilan isbotlang.
3. So’zda shakl yasovchi qo’shimcha nima uchun xizmat qiladi? 
4-sinf   ona   tili   darsida   ot   yasovchi   qo’shimchalarni   ilg’or   metodlar
asosida   o’rgatish   usullari. Boshlang’ich   sinflar   ona   tili   dasturiga   muvofiq
so’zning   morfemik   tarkibi   3-sinfda   o’rganiladi.   4-sinfda   so’z   turkumlarini
o’rganish  bilan  bog’liq holda so’zning tarkibi  haqidgi  bilimlarni  takomillashtirish
ko’zda tuziladi.
Avvalo, til materialini o’rganish tizimi nimaligini aniqlab olish, zarur.
Til   materialini   o’rganish   tizimi   deganda   aniq,   ilmiy   asoslangn   izchillikdagi
va   o’zaro   bog’lanishdagi   bilimlar   yig’indisini   o’zlashtirishi   ta’minlaydigan
maqsadga   qoilatilgan   jarayon,   shuningdek,   shu   asosda   Amaliy   ko’nikmalarni
shakllantirish tushuniladi. So’zning morfemik tarkibiga tadbiq qilganda, tizim so’z
yasalishiga   oid   va   grammatik   bilimlarini   o’zlashtirish:   1)   dastur   materialini
o’rganish   tizimida   so’zning   morfemik   tarkibini   o’rganishing   o’rni   bilan;   2)
«o’zak»,   «o’zakdosh»,   «so’z»,   «so’z   yasovchi   qo’shimcha»,   «shakl   yasovchi
qo’shimcha» tushunchalari ustida ishlashdagi izchillik bilan; 3) so’zning morfemik
tarkibi  va so’z yasalishining  o’zaro bir-biriga ta’sir qilishi  bilan; 4) morfemalarni
to’g’ri  yozish  malakasini  shakllantirish ustida  ishlash  bilan  bog’liklig’ini  belgilab
beradi.
So’z tarkibi uch bosqichda o’rganiladi: 
Birinchi   bosqich.     –   So’z   yasalishi   o’rganishga   tayyorgarlik   bosqichi.   Bu
bosqichning   vazifasi   –   o’qituvchilarni   bir   xil   o’zakli   so’zlarning   ma’no   va
tuzilishiga   ko’ra   bog’lanishining   tushunishga   tayyorlash.   Bunday   vazifaning qo’yilishiga   sabab,   birinchi,   so’zning   ma’no   va   tuzilishi   jihatidan   bog’lanishi
tushunish,   o’zining   linglistik   mohiyatiga   ko’ra,   bir   xil   o’zakli   so’zlarni   va   so’z
yasalishini o’zlashtirishga asos hisoblanadi. Haqiqatdan ham, yasalgan va yasashda
asos   bo’lgan   so’zlar   bir-biri   bilan   ma’no   va   tuzilishi   jihatidan   bog’lanadi:   ish-
ishchi,   g’alla-g’allakor,   ikkinchidan,   o’quvchilar   bir   xil   o’zakli   qiynchiliklarga
duch   keladilar:   ular   bir   xil   o’zakli   so’zlarning   ma’nolaridagi   umumiylikni
tushunishda qiynaladilar, chunki ularda ma’lum tafakkur hali yetarli rivojlanmagan
bo’ladi;   o’zak,   so’z   yasovchi   va   shakl   yasovchi   va   shakl   yasovchi
ko’shimchalarning   vazifalari   o’zlashtirishda   ularga   bir   xil   o’zakli   so’zlarning
ma’no   va   tuzilishi   jihatidan   o’xshashligi   va   farqini   aniqlash   anchagina   qiyinlik
qiladi.   Shunring   uchun   so’zning   morfemik   tarkibini   maxsus   o’rganishdan   oldin
uning ma’no va tarkibiga ko’ra yaqinligi kuzatiladi.
Tilda juda ko’p so’zlar shaxs va narsaning nomi hisoblanadi. Shuning uchun
o’quvchilar   bilan   nega   shans   yoki   narsa   shunday   nomlanganini   aniqlashdan   asta-
sekin   tildagi   bir   so’z   bilan   ikkinchi   so’z   o’rtasidagi   bog’lanishi   aniqlashga   o’tish
mumkin.   Masalan,   «Nega   kishilar   paxta   ko’p   ekilgan   joyni   paxtakor   (paxta-
paxtakor) ,   daraxt   ko’p   ekilgan   joyni   daraxtzor   (daraxt-daraxtzor)   deb
nomlangan?».
Ikkinchi   bosqichi:   bir   xil   o’zakli   so’zlarning   xusussiyatlari   va   barcha
morfemalarning tabiati bilan tanishtirish. Bu bosqichining  asosiy o’quv vazifasi –
so’zlarning   ma’noli   qismlari   sifati   o’zak,   so’z   yasovchi   va   shakl   yasovchi
qo’shimchalar  bilan tanishtirish, «o’zakdosh so’zlar» tushunchasini  shakllantirish,
bir xil o’zakli so’zlarda o’zakning bir xil yasovchini kuzatish hisoblanadi.
Bir   xil   o’zakli   so’zlarning   ma’nolaridagi   umumiylik   o’zakning   umumiyligi
tufayli   iyundga   keladi,   ularni   bir   sinfga   birlashtiradi;   qo’shimchalar   esa   so’zning
ma’nosiga  o’ziga xos ma’no qo’shadi;  ularni  bir-biridan farqlaydi. Bir  xil  o’zakli
so’zlar   ustida   bunday   ishlash   o’quvchilarning   bilish   faoliyatini   faollashtiradi   ular
diqqatini   so’zlarni   umumiylikka   asoslangan   aniq   belgilariga   jalb   qilish   imkonini
beradi.   masalan.   o’qituvchi   kombayin   rasmini   ko’rsatadi   va   «Kombayinni
boshqalaridan   kishi   nimadeb   nomlanadi?»   savolini   beradi.   javob   xat-taxtaga yoziladi: kombayin-kombayinchi. tushunchalarni taqqoslab kuzatish quyidagi aniq
til   materialini   yaratish   imkonini   beradi,  uni   tahlil   qilish   jarayonida  bir   xil   o’zakli
so’zlarning   xususiyatlari   haqida   xulosa   chiqariladi:   Avval   so’zlarni   ma’no   va
tarkibiga   ko’ra   taqqoslash   asosida   «o’zakdosh   so’zlar»   atamasi   beriladi,   keyin
o’zakdosh   so’zlarning   umumiy   qismi   o’zak   deyilishi,   o’zakdosh   so’zlarni
boshqacha   qilib,   bir   xil   o’zakli   so’zlar   (ya’ni   o’zakdosh   o’zlar)   deb   nomlanishi
ham tushuntiriladi.
Bir xil o’zakli so’zlar turli so’z turkumiga oid bo’ladi, shuning uchun birxil
o’zakli so’zlarni o’rganishning bu bosqichida o’quvchilar diqqati o’zakdosh so’zlar
shaxs. narsa, uning harakati va belgisini bildirishga qaratiladi. Shu maqsadda turli
so’z turkumiga oid bir xil o’zakli so’zlar tanlash mashqlaridan foydalanish yaxshi
natija   beradi,   bunda   so’zlarni   ma’nosi   va   tarkibiga   ko’ra   taqqoslab,   o’xshash   va
farqli   tomonlarini   aniqlash   shart.   Masalan,   o’qituvchi   gul   so’zini   yozish   va   unga
gul   ko’p   ekilgan   joyni   bildiradigan   o’zakdosh   so’z   tanlashni   topshiradi.
O’quvchilar  gul, gulzor  so’zlarini yozadilar.  Gulzor  so’zini hosil qilish uchun zo’r
qismi   qushilgani   aniqlanadi.   O’qituvchi   «Gul   parvarish   qilish   bilan
shug’ullanadigan   kishini   nima   deb   nomlaymiz?»   savolini   beradi.   O’quvchilar
gulchi   so’zini   aytadilar;   bu   so’z   gul   so’ziga   –chi   qismini   qo’shish   bilan   hosil
qilingani   (yasalgani)   aniqlanadi.   So’zlardagi   –zor,-si   qismlarning   ahamiyatini
taqqoslash   asosida   boshlang’ich   bilimlar   umumlashtiriladi,   ot   yasovchi
qo’shimcha atamasi beriladi.
Uchinchi   bosqich   –   o’zak,   so’z   yasovchi   va   shakl   yasovchi
qo’shimchalarning   xususiyatlari   hamda   tildagi   ahamiyatini   o’rganish   metodikasi.
Bu   bosqichning   o’quv   vazifasiga   «o’zak»,   «so’z   yasovchi   qo’shimcha»,   shakl
yasovchi   qo’shimcha   tushunchalarni   shakllantirish,   so’zning   leksik   ma’nosi   bilan
morfemik   tarkibi   o’rtasidagi   bog’lanish   haqidagi   tasavvurlarni   o’stirish,   o’zakda
jufti   bor   jarangli   va   jarangsiz   undoshli   so’zlarni   to’g’ri   yozish   malakasini
shakllantirish,   nutqda   so’z   yasovchi   qo’shimchasi   bor   so’zlarni   ongli   ishlatish
ko’nikmasini o’stirish kiradi. Nazariy   ma’lumotlarni   amaliy   mashqlar   bilan   bog’lagan   holda     o’qituvchi
mavzuni   mustahkamlash   uchun   bir   qancha   yangi   pedagogik   texnikalar-o’yin
vositalaridan     foydalanadi.   O’quvchilar   berilgan   so’zga   o’zakdosh   so’zlar
topadilar.
“Aqliy hujum”
1. Qanday so’zlarga o’zakdosh so’zlar deyiladi?    
2. O’zakdosh so’zlar uchun umumiy qism nima deb ataladi?   
3. “Yo’l” va “iz’’ so’zlariga o’zakdosh so’z toping?   
4. Ishli odamning ishi bitadi,   
Ishsiz odamning kuni o’tadi.Bosh:	
-chi	
-li	
-siz	
-la	-liq	
lovchi	
oq	
Chiz	
ma	
iq	
g’ich	
machi O’qituvchi uyga berilgan vazifani tekshirib chiqadi.
Ot yasovchi qo’shimchalar ko’rsatilgan plakat doskaga ilib qo’yiladi.
             OT YASOVCHI QO’SHIMCHALAR:
   -chi,        -kor,          -dosh,                 -soz               -lik,                         -zor,         
O’qituvchi   so’zlarga   qo’shimchalarni   qo’shib   ma’nosi   qanday
o’zgarganligini   tushuntirib   o’tadi.   Masalan:   Paxta     +   kor=   paxtakor,   kurs+
dosh=kursdosh.
O’quvchilar   quyidagi   so’zlarga   ot   yasovchi   qo’shimchalarni   qo’shib   yangi
so’z hosil qiladilar. 
G U L Ch i
G’ A L L a k O r
S                I N F D o sh
T U N U K a ch i
Har bir o’quvchi mustaqil bajaradi.
DARSLIK BILAN ISHLASH:
Ot yasovchi qo’shimchalar bo’yicha savol-javob qilinadi.
Gulzor, guldon so’zlarining  o’zagini toping. (o’zagi gul)
-zor,   -dor,-dosh   qo’shimchalari   qanday   qo’shimchalar   deyiladi?   (so’z
yasovchi qo’shimchalar)
- shu qo’shimchalar qo’shilgan so’zlar qanday so’zlar bo’ladi? (o’zakdosh so’zlar)   
- paxta so’ziga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shib, yangi ma’nodagi so’zlar yasang.   
(paxtazor, paxtakor) - paxtakor so’zining o’zak va qo’shimchalarini ko’rsating. (paxtakorlar, paxta o’zagi   
–kor so’z yasovchi qo’shimcha, -lar ko’plik ma’nosi)
153-mashq. 
O’quvchilar   so’zlarni   o’qiydilar   va   juftlab   berilgan   so’zlarni   o’zagini
topadilar. Har bir so’zni ma’nosini farqlaydilar. Masalan:  tunuka-metall buyum.
Tunukachi- metal buyumga ishlov beruvchi usta.
Dam olish daqiqasi: 
Tabiatdagi barcha tirik jonzotlarning harakat turiga taqlid qilish o’yini:
                            Baliqdek suzamiz,   
Qushlardek uchamiz.
Ayiqdek yuramiz,
Quyondek sakraymiz,
O’quvchidek o’tiramiz. 
Har qo’limda besh barmoq,
Qo’shsak bo’lar o’n barmoq.
Ikkisi juft biri toq,
Qo’shsak bo’lar chin o’rtoq.
O’quvchilar aqlini charxlash uchun tez aytishlar aytiladi.
1. Sanamay, sakkiz dema.   
2. Oq choynakka  oq qopqoq,   
Ko’k choynakka ko’k qopqoq.
3. Qishda qatiq qattiq qotib qolibdi .   
4. G‘ani g’ildirakni g’izzillatib g’ildiratdi.   
154-mashq. 
O’quvchilar   chegara,   iz   so’zlariga   –chi,   -dosh,   -soz,   kor,   xona     so’z   yasovchi
qo’shimchalarini   qo’shib   so’z   yasaydilar.   O’zak   va   ot   yasovchi   qo’shimchalarni
belgilaydilar. Chegarachi, chegaradosh, chegarala, chagarasiz.
Izchi, izla, izdosh, izsiz.
O’qituvchi sinflarga bo’lib, har bir sinfga krossvord beradi.
Qaysi sinf birinchi bo’lib tez va aniq bajarsa, o’qituvchi shu sinfni rag’batlantiradi.
1
2
3
4
5
6
Eniga:
1. Yoniga kelsa bolasi,    
Ta’zim qilar onasi. (choynak)
2. Qat- qat qatlama,   
Aqling bo’lsa tashlama. (kitob)
3. Tunukani chertadi   
Kesaklarni kertadi
Bir oz sho’xlik qilgach u
Yerga singib ketadi. (do’l)
4. Tikuvchiga o’rtoq o’zi   
Bittagina jajji ko’zi. (igna)
5. Tunda ko’rib cho’g’ deysan    
Tongda ko’rib yo’q deysan. (yulduz)
6. Qishda terlab ishlaydi   
Boshqa mahal qishlaydi. (pechka)
Grammatik   topshiriq.   –chi,-dosh,   -xona   qo’shimchalarini   toping.   Ularning
qanday qo’shimcha ekanini ayting. Ot   yasovchi   qo’shimchalar   mavzusini   “Assesment”   metodi   yordamida
mustahkamlab olamiz. Avvalo ushbu metod haqida ma’lumot bersak. 
“ASSESMENT” metodi
“Assesment” metodi bo’yicha ot yasovchi qo’shimchalarga topshiriq
Test.   Ot   yasovchi   qo’shimchalar
berilgan javobni toping.
-chi,-kor, dor        
 -dosh, -soz     
 -lik, -zor            
D. Barcha javoblar to’g’ri  Muammoli   vaziyat.   Hovlimizda   gulzor
bor.   Gulzorga har xil gul ekilgan. Ularni
gulchi   akam   parvarish   qiladi.   Gullar
chamandek   ochiladi.   Ushbu   gapda   qaysi
ot   yasovchi   qo’shimchalar   ishtirok
etayapti.
Simptom.     Ot yasovchi qo’shimchalarga
ta’rif bering Amaliy   ko’nikma.   O’t   yasovchi
qo’shimchalarning har biriga 2 tadan gap
tuzing.
2. Matematika  darsini o`qitish jarayonida o`quvchilarda  tanqidiy va kreativ
tafakkurni shakllantirish   imkoniyatlari
Boshlang’ich   sinflardagi   boshqa   darslarda   ham   o’quvchilar   nutqi   xilma-xil
so’zlar   bilan   boyitiladi.   Kuzatish   va turli   ko’rgazmali   qurollar   bu   darslarda   ham
bilim olish, tushunchalarni shakllantirish vositasi hisoblanadi.
Matematika darslarida bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko’p so’z
va   atamalar   bilan   o’z   nutqlarini   boyitadilar,   sodda   va   qo’shma   gap   tuzishga
o’rganadilar: 5 soni 3 sonidan katta (5 > 3) yoki uch soni besh sonidan kichik (3 <
5); bitta o’nlikka ikkita o’nlik va 5 ta birlikni qo’shsak, uchta o’nlik va 5 ta birlik
hosil bo’ladi (10 + 25 = 35) va hokazo.
Masala   yechish   jarayonida   esa   ular   shu   vaqtgacha   o’z   nutqlarida   ishlatib
kelgan   bo’ladi,   qoladi,   hosil   bo’ladi,   teng   kabi   so’zlarning   yangi   ma’nosini   bilib
oladilar;   ...bizga   ma’lum,   masalada   so’ralyapti   kabi   so’z   birikmalarini   ishlatishga
o’rganadilar. Matematika   darslari   o’quvchilarning   bog’lanishli   nutqini   o’stirishda   muhim
ahamiyatga ega. Ular masalani yechishda savolga to’liq javob berishga, atamalarni
to’g’ri   ishlatib,   qoidalarni   o’z   saviyalariga   mos   ravishda   aniq   shakllantirishga
o’rgatiladi.   Bular,   o’z   navbatida,   o’quvchilar   nutqini   boyitish   va   faollashtirish
vositasi hisoblanadi.
Bog’lanishli   nutq   ko’nikmalarini   egallashga   masala   yechish   bilan   bog’liq
holda olib boriladigan ishlar, ayniqsa, masala tuzishga o’rgatish mashqlari samarali
ta’sir   ko’rsatadi.   Masala   o’qib   eshittirilgandan   so’ng,   o’quvchilar   uning   asosiy
mazmunini   eshitib   idrok   etishga,   to’g’ri,   qisqa   va   aniq   qayta   aytib   berishga
o’rgatiladi.   Masala   tuzishga   o’rgatish   esa   mantiqiy   izchil,   muhokama   elementlari
bilan kichik hikoya tuzish imkoniyatini beradi. Bu mashq o’quvchidan faollikni va
mustaqillikni   talab   etadi,   bolaning   bilish   faolligi   va   mustaqilligini   oshirish   esa
uning   umumiy   rivojlanishida   va   tarbiyaviy   maqsadda   juda   muhimdir.   Masala
tuzish kichik hikoya tuzishdir.Masalaning hikoyadan farqi shundaki, unda nimadir
noma’lum   bo’lib,   uni   topish   uchun   ma’lum   so’roqqa   javob   berish   talab
etiladi.O’quvchi rasm asosida «Daraxtga uchta chumchuq qo’ngan edi, yana ikkita
chumchuq   uchib   kelib   qo’ndi.   Daraxtda   nechta   chumchuq   bo’ldi?»   masalasini
tuzadi.   Bu   masalani   yechishda   o’quvchilar   daraxtga   qo’ngan   chumchuqlar   sonini
bilish   uchun   nima   qilish   kerakligini   o’ylaydilar,   muhokama   qiladilar.   Masalani
yechish uchun aniq izchillikda muhokama yuritish va tushuntirish bilan bolalar o’z
fikrlarini matematika tilida aniq va bog’lanishli bayon etishga o’rganadilar.
SHunday   qilib,   matematika   darslarida   o’qituvchi   bolalar   lug’atini   boyitish,
turli   xil   gap,   bog’lan i shli   nutq   va   bayon,   muhokama   elementi   mavjud   bo’lgan
hikoya   tuzish   ustida   ishlaydi.   O’qituvchi   matematika   tili   xususiyatlarini
o’zlashtirishga ko’maklashish bilan bog’liq holda, o’quvchilar tafakkurini, nutqini
o’stiradi.   O’qituvchi   matematik   mazmungagina   emas,   balki   shu   mazmunni
o’quvchi lar   nutqida   to’g’ri   shakllantirishiga   ham   e’tibor   bersa,   bu
darslardaegalla na digan   bilim   haqiqiy   va   o’quvchilar   nutqining   o’sishi   uchun
samarali   vosita   bo’ladi.   «Fikrni   aniq   shakllantirishni   talab   qilish,   masala   shartini
ongli   takrorlatish,   mustaqil   masala   tuzdirish   va   savollar   yordamida   masalani yechish   yo’lini   tushuntirish   ko’nikmasi   ustida   i shlash   o’quvchilarda   qayta
hikoyalash, insho va muhokama qilish madaniyatini o’stiradi».
3. Tabiatshunoslik  darsini o`qitish jarayonida o`quvchilarda  tanqidiy va kreativ
tafakkurni shakllantirish   imkoniyatlari
O’quvchilar   tabiatshunoslik   darslarida   va   ekskursiya   vaqtida   ko’rgan
narsalarini   o’qituvchi   yordamida   guruhlaydilar,   ularni   o’zaro   taqqoslab,   o’xshash
va   farqli   tomonlarini   topib   aytadilar.   Bular,   o’z   navbatida,   tabiatga   oid   ayrim
tushunchalarni   aniq   bilib   olishga   imkon   beradi   va   tafakkurni   o’stiradi.   Tabiat
hodisalari   va   predmetlarni   idrok   etish   bilan   bolalar   ongida   tabiatshunoslikka   oid
tushunchalar hosil bo’ladi.  Bu tushunchalar ta’lim jarayonida yo narsalarni (daraxt,
olma, shaftoli, o’rik, olxo’ri, gul, o’t kabi), yo ularning belgisini (mevali, mevasiz;
achchiq, nordon, shirin; qizil, oq kabi), yo harakatini  (daraxt o’sadi, qush uchadi,
bulbul sayraydi kabi) ifodalovchi so’zlar bilan bog’lanadi.
O’quvchilar   nutqini   o’stirishda   o’qituvchining   nutq   madaniyati   katta
ahamiyatga   ega.   O’qituvchi   barcha   darslarda,   sinfdan   va   maktabdan   tashqari
mashg’ulotlarda   faqat   orfoepik   talaffuz   va   adabiy   til   me’yorlariga   rioya   qilgan
holda   ifodali,   ta’sirli   so’zlashi,   shuningdek,   har   doim   o’quvchi   daftariga,   barcha
hujjatlarga husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozishi zarur. Bu bilan
u bolalarni ifodali so’zlashga, xatosiz, chiroyli yozishga o’rgatadi, tilga sezgirlikni
uyg’otadi.
Boshlangich   sinflarda   tabiat   to‘g‘risidagi   bilimlar   tarkibiga   jonsiz   tabiat
jismlari   va   hodisalari,   o‘simlik   va   hayvonlar,   odam   tanasining   tuzilishi   va
salomatlikni   muhofaza   qilish,   yilning   har   xil   fasllarida   qishloq   xo‘jalik   mehnati
to‘g‘risidagi   tasavvur   va   tushunchalar,   oddiy   geografik   tasavvur   hamda
tushunchalar   kiradi.   Bolalar   maktabga   kelish   bilan   o‘q ituvchi   ra h barligida   atrof
olam   bilan   maqsadga   y o‘ nalgan   h olda   tanishib   boradilar.   Atrof   olam   bilan
dastlabki tanishish ularning sezgi organlarining  q abul qilishiga asoslanadi. Olamni
bilib   olishning   birinchi   bo q ichi   -   bolalarning   barcha   yangilarni   q arab   chiqishga, iloji   b o‘ lsa   ushlab   k o‘ rishga   qaratilgan   turma   intilishdir.   SHunga   k o‘ ra   dastlabki
tasavvurlar   va   tushunchalarni   shakllantirishda   o‘quvchiga   o‘ rganish   ob’ekti   bilan
bevosita   mulo q otda   b o‘ lish   imkoniyatini   berishi   kerak.   Ekskursiyalarda,
kuzatishlar va q tida o‘quvchilar kundalik  h ayotning narsalarini qabul qilib, ulardagi
o‘ xshashlik va tafovut belgilarini topadilar. Ularda oddiy tushunchalar shakllanadi.
Fikrlash   jarayonida   bolalarda   aniq   fikrlar   vujudga   keladi.   (Fikrga   ega   b o‘ lish   —
nimanid i r   tasdi q lash   yoki   rad   etish   demakdir.   Masalan,   «Bu   gul   q izil».   «Bu
o‘simlik— r o‘ zadir»). Fikr   h osil b o‘ l i shida fikrlash jarayoni:   voqea   va   h odisalarni
ta h lil   qilish,   sintezlash,   tak-   koslash   va   umumlashtirish   katta   urin   oladi.   Fikr
bevosita   kabul   qilish   va   tasavvurlar   asosida   shakllanadi.   Masalan,   «Daraxt   ildizi,
tana   (poya),   barglar,   gullar   va   mevalardan   iboratdir»   degan   fikr   daraxtlarni
kuzatish,   ularning   xususiyatlarini   aniqlash   va   ta h lil   qilish,   o‘simlikning   atalgan
qismlarini   ta qq oslash,   tegishli   xulosa   chi q arishga   asoslangan.   Fikrlash   faoliyati
jarayonida   bolalarda   atrof   olam   t o‘g‘ risida   tushunchalar   shakllanadi.   Tushuncha
ochib beriladigan fikrlar yi g‘ indisi uning mazmunini tashkil qiladi. Tabiat jismlari
yoki   ob’ektlarining   birortasi   to‘g‘risida   bolalar   kanchalik   k o‘ proq   fikr   aytsalar,
tushunchalar   mazmun   ji h atidan   boyroq   b o‘ ladi,.   bu   fikrlarda   ifodalangan   belgilar
qanchalik   mu h impoq   b o‘ lsa,   shunchalik   tushuncha   mazmun   ji h atidan   chu q urro q
bo‘ladi.   Tabiatshunoslikni   o‘ rganishda   bolalar   oladigan   tushunchalar   ju g‘ rofiy
(umumiy, alo h ida va yi g‘ ma) va biologik (tur va avlod) tushunchalariga b o‘ linadi.
Tabiatshunoslikda   bolalar   Toshkent,   Sirdaryo,   Tyan-   SHan   to g‘ lari   kabi   yagona
tushunchalar;   tog‘lar,   daryo lar,   shaharlar   kabi   umumiy   tushunchalar;   archa,
qarag‘ay, terak, na’matak, jasmin, kulrang quyon, oq quyon kabi tur tushunchalari;
daraxt,   buta,   quyonlar   va   boshqa   avlod   tushunchalari   bilan   uchrashadilar.
Tabiatshunoslikni   o‘qitish   jarayonida   jug‘rofiy   tushunchalarni   biologik
tushunchalar bilan bog‘lanishiga e’tibor bermoq zarur.
O‘quv   materialini   o‘quvchilar   tomonidan   puxta   o‘zlashtirmaslik   hollari   ham
kam   emas.   Buning   sababi   shundaki,   ularning   bilimlari   tasavvurlar   darajasida
qolgan. Bu darsda yoki bir tema bo‘yicha shakllantirilgan tushunchalar keyinchalik
rivojlantirilmaydi   va   boshqa   tushunchalar   bilan   bog‘lanmaydi.   Tushunchalarni rivojlantirishning   zarur   sharoiti   sistemadir.   Jumladan,   tabiatshunoslik
tushunchalarining   hosil   bo‘lishi   muayyan   metodik   sharoitlarda   amalga   oshadi.
Chunonchi,   tabiiy   ob’ektni   kuzatishlar,   qabul   qilishni   aniqlovchi   mashqlar;
o‘qituvchining   hayajonli   hikoyasi   qabul   qilishning   to‘g‘ri   bo‘lishini   ta’minlaydi.
O‘qituvchining   savollari;   xotiradan   rasm   chizish,   har   xil   narsalarni   tanib   olish
bo‘yicha mashqlar  tasavvurlarning to‘g‘ri bo‘lishiga yordam  beradi. Muammoiiig
aniq   qo‘yilishi;   o‘qituvchi   tomonidan   o‘quv   materialini   bayon   qilish   mantig‘i;
aniqlash   va   taqqoslash   bo‘yicha   mashqlar;   tushunchalarni   bog‘lovchi   va
rivojlantiruvchi   takrorlash   sistemasi;   umumlashtirishni   talab   qiluvchi   savollar;
tushunchalarni   o‘quv   va   ko‘nikmalar   bilan   bog‘lovchi   savollar   tushunchalarning
to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlaydi. Tabiatshunoslik tushunchalari bevosita qabul qilish -
kuzatishlarga   asoslanib,   o‘rganilayotgan   narsa   yoki   hodisa   to‘g‘risida   aniq   va
ravshan   tasavvur   hosil   qilingan   sharoitda   to‘g‘ri   bo‘lishi   mumkin.   Tushunchani
birlamchi   tarzda   hosil   bo‘lishida   ob’ektlar   va   ko‘rgazmali   materialning   har   xil
turlari   (tablitsalar,   sxemalar,   suratlar   va   sh.   k.)   katta   ahamiyatga   egadir.
O‘quvchilar   tafakkurini   rivojlantirmasdan,   ularni   fikrlash   ishiga   jalb   qilmasdan
turib   tushunchalarning   o‘zlashtirilishiga   erishish   mumkin   emas.   O‘quvchilarning
fikrlash   faoliyatini   rag‘batlantirish   uchun   o‘qituvchi   tema   va   dars   boshida   ular
oldiga   muammolar   qo‘yadi.   O‘quv   materialini   bayon   qila   borib,   u   o‘quvchilarni
sabab   va   oqibatlarni,   tabiat   hodisalari   o‘rtasidagi   bog‘lanishlarni   aniqlashga   jalb
qilish   uchun   harakat   qiladi.   «Jonajon   o‘lkaning   tabiati»   mavzusi   misol   bo‘lib
xizmat   qilishi   mumkin,   unda   har   xil   o‘simliklar   vaqtining   tuproq,   suv,   oziq
moddalar va boshqa omillarga borliqligi (3-sinf), o‘simlik va hayvonlar hayotining
tabiiy sharoitlarga  borliqligi  (4-sinf)  ko‘rsatilgan. Tabiatshunoslik  tushunchalarini
o‘zlashtirilishida predmetlararo (nutqni rivojlantirish, o‘qish, matematika, ona tili,
musika,   ashula,   texnik   mehnat,   rasm,   olish   bilan)   aloqa   o‘rnatilishi   muhim   rol
o‘ynaydi.   Predmetlararo   aloqadan   sistemali   ravishda   foydalanish   bolalarni   ilgari
olingan   bilimlarni   qo‘llanishga,   o‘quv   faoliyatlarining   barcha   turlarida   mantiqiy
bog‘lanish   o‘rnatishga   o‘rgatadi.   O‘quvchilarni   faol   fikrlashlarini   tarbiyalashda
o‘qituvchining   savollari   katta   rol   o‘ynaydi.   Tabiatshunoslik   darslarida   darslik tekstini   tiklashda   (esga   olishda)   tahlilni,   sintezni   umumlashtirishni   talab   qiluvchi
savollar   berish   kerak.   Javobda   sintezni   talab   qiluvchi,   tushunchalarni
kengaytiruvchi   savollar   alohida   axamiyat   kasb   etadi.   Quyidagi   savollar   misol
bo‘lishi mumkin: 
 Cho‘lda   yashovchi   hayvonlarning   qaysi   moslanishlari   ularga   qurg‘oqchilikka   va
jazirama issiqqa chidashga yordam beradi? 
 Nima   uchun   Qora   dengiz   sohillarida   issiq   iqlimiy   mamlakatlarning   o‘simliklari
o‘sishi mumkin? 
 Dasht va cho‘l tabiatining o‘xshashligi nimada? 
 Nima uchun tundrada katta daraxtlar o‘smaydi? va hokazolar.
Tushunchalarni rivojlantiruvchi savollar sistemasi tabiiy narsalarni jadvaldagi
ularning   tasviri   bilan   taqqoslashni,   sxemalar   chizishni,   doskada   ularni   rasm   va
gerbariylardan   montaj   qilishni   o‘z   ichiga   oladi.   Masalan,   3-sinfda   shunday
savollardan quyidagilar bo‘lishi mumkin: C h igit ekilgandan keyin chigitda nimalar
boradi?   Qish vaqtida daraxt  bilan butani  bir-biridan qanday ajratish mumkin? Bu
o‘simlik   qaerda   va   qanday   sharoitda   o‘sadi?   Ye rda   hamma   tomonlarga   harakat
qilganda   ham   janubga   boradigan   joy   bormi?   (xarita   yoki   globusdan   ko‘rsating).
Tabiatda suv aylanishining sxematik tasvirini bering. 
O‘quvchilar   tablitsadan   foydalanib,   o‘simlik   va   hayvonlarning   tashqi
xususiyatlarini   taqqoslaydilar,   ular   har   xil   tabiiy   sharoitlarda   yashashga   qanday
moslanganliklarini   hikoya   qiladi.   Tushuntirish   jarayonida   o‘qituvchi
o‘quvchilarning   o‘z   ijodiy   daftarlariga   ko‘chirib   olishlari   uchun   doskaga   oddiy
sxemalarni   chizishi   mumkin.   O‘quvchilarga   uyda   sxemalar   chizishni   taklif   qilish
ham mumkin, kelgusi darsda esa chizilgan sxemalar kollektiv bo‘lib aniqlanadi va
to‘ldiriladi.   Shunga   o‘xshash   ishlar   o‘qituvchi   tomonidan   oldindan   ilib   qo‘yilgan
jadvallarni   to‘ldirish   bo‘yicha   ham   o‘tkaziladi.   Jadvallar   ham   taqqoslash   va
umumlashtirish   uchun   sinfda   (umumlashtiruvchi   darslarda)   hamda   uyda
to‘ldirilishi   mumkin.   Solishtirma   jadvallar   sinfdagi   amaliy   ishlarda   tirik   tabiat
burchagida   hamda   maktab   o‘quv-tajriba   uchastkasida   tajribalar   o‘tkazishda
qo‘llaniladi. Jadval materiali bilan olib boriladigan kontrol ishlar har bir o‘quvchi muayyan   tushunchalarni   qanchalik   o‘zlashtirganligini   aniqlashga   imkon   beradi.
O‘quv yili  oxirida tabiatshunoslik bo‘yicha quyida keltirilgan shakllarda mustakil
ish o‘tkazish mumkin. 
3-sinfda
O‘simliklar O‘simliklar Qushlar
dala park bog‘ kuzda qishda bahorda kuzda qishda bahorda
4-sinfda
Foydali qazilmalar
Qurilish Y o nilg‘i Ma’danlar
Tabiiy zonalarning xarakteristikasi
Nomi Y u zasi Qish va
yozdagi
harorati O‘simliklar Hayvonlar Aholining
mashg‘uloti
O‘qituvchi   tushunchalar   tarkibini   bilib,   ularni   tashkil   qiluvchi   elementlar
bo‘yicha   o‘quvchilar   bilimini   ob’ektiv   baholashi   mumkin.   Tushunchalarni
o‘zlashtirilishining   kadrini   bilish   o‘qituvchiga   o‘qitishning   borishini   fahmlashga,
bilimni   o‘zlashtirish   jarayoniga   to‘g‘ri   rahbarlik   qilishga   yordam   beradi.
Tushunchalarni ajratib o‘qituvchi tegishli metodik uslublarni tanlaydi va qo‘llanadi
(savollarni   takrorlash   sistemasini   puxta   ishlaydi,   eng   samarali   ko‘rgazmali
qurollarni aniqlaydi). Adabiyotlar:
Rahbariy adabiyotlar:
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi.   –Toshkent,
O‘zbekiston, 2011.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi  Qonun . 2020
3. Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat-yengilmas   kuch.   –T.:   Ma’naiyat,   -
2008.
Asosiy adabiyotlar.
1. Mavlonova   R.   va   boshqalar.   “Pedagogika”,   -Toshkent,   “ Fan   va
texnologiya ”,  2018.
2. Devid   Kluster.   Tanqidiy   fikrlash   nima?   K.Ishmatov   tarjimasi.   «Tanqidiy
fikrlash asoslari» dasturi.
3. Dayana Xalperi. Психология критического мышления. Сант -Петербург,
2000.
4. Ильин   Е.П.   Психология   творчества,   креативносити,   одарённости.
Питер. 
5. Мahmudov М.Ta’limni didaktik loyihalash. T., 1999.
6. Хуторской   А.В.   Дидактичесrя   эвристиr.   Теория   ва   технология
креативного обечения. Москва. 2003.

BOSHLANG`ICH TA`LIM DARSLARINING O`QUVCHILARDA TANQIDIY VA KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI REJA : 1. O`qish darsini o`qitish jarayonida o`quvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari. 2. Ona tili darsini o`qitish jarayonida o`quvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirish. 3. Matematika darsini o ` qitish jarayonida o ` quvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari . 4. Tabiatshunoslik darsini o ` qitish jarayonida o ` quvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari

O`qish darsini o`qitish jarayonida o`quvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari. O'qish - bolalarning nutq faoliyatlarini oshirish, adabiy estetik tafakkurini kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o'rgatishning muhim omilidir. Shuning uchun ham boshlang'ich ta'lim tizimida muhim o'quv predmeti ta'lim berish, kamol toptirish va tarbiyalash vositasi hisoblanadi. Shulardan kelib chiqib, aytish lozimki, o'quvchilarni o'qishga o'rgatishning asosiy vazifalari quyidagilardir;  boshlang'ich o'qish malakalari (to'g'ri, tez, ongli va ifodali o'qish)ni takomillashtirish;  bolalarni o'qigan asarlarini idrok eta bilishlari, ularda aks etgan voqea-hodisalar mazmunini tushuna olishlari va xulosalar chiqarishga tayyorlash;  o'quvchilarni matn ustida ishlashga o'rgatish;  o'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish. Bu vazifalarning hammasi, albatta, dasturda berilgan badiiy ilmiy-ommabop asarlar, xalq og'zaki ijodi namunalari asosida amalga oshiriladi. O'qish mashg'ulotlarini o'tkazish jarayonida matn va kitob ustida ishlash o'quvchilarning bog'lanishli nutqini o'stirish, nutq madaniyatini rivojlantirishni nazarda tutadi. Matnni bo'g'inlab, so'ng sidirg'a o 'qishni o'rganadilar. 2-sinfda o'quvchilarda so'zlarni butunicha sidirg'asiga o'qish malakasi shakllanadi. O'qishning to'g'ri va ifodali bo'lishiga erishiladi, o'qish sur 'ati tezlashadi. 3-sinfda so'zlarni butunicha sidirg'a o'qish ko'nikmasi to’ la shakllanadi . Bu esa o'quvchilarning ongli va ifodali o'qishga qo 'yiladigan talablarini o'stirish imkonin i beradi Shunda, albatta, maqollardan, hikmatli so'z va iboralardan foydalanishga, so'zlarni to'g'ri tanlashga, gap qurilishidagi so'zlardan to'g'ri foydalanishga e'tibor beriladi. 4-sinfda esa o'quvchilar so'zlarni bo'g'inlamay, sidirg'a o'qishlari, matnni tez, to'g'ri, ongli o'qiy olishlari kerak. Bu sinfda bo'g'inlab o'qishga yo'l qo'ymaslik lozim.

Ma'lumki, to'g'ri o'qish bilan ongli o'qish orasida farqlar mavjud. Birinchidan, o'qishda juda ko'p xato qiladigan va qiynalib o'qiydigan bolalar o'qiganlarini tushunmaydilar. Ayniqsa, 1-2-sinflarda ko'pincha ana shunday holatni kuzatish mumkin, 3-4-sinflarda esa o'quvchilarning o'qiganlarini tushunishlari ancha oson bo'ladi. 2-sinflarda o'quvchilar taxminiy o'qish natijasida xatoga yo'l qo'yadilar, Lekin o'qiganlari mazmunini umumiy holatda tushunadilar. Bu, albatta, o'qishning ongliligiga ta'sir qiladi. O'qilgan asar mazmunini tushunish ovoz chiqarib to'g'ri o'qishga ham bog'liq, Ikkinchidan, ayrim so'zlar ma'nosini tushunmaslik ham xato o'qishga sabab bo'ladi. Ayniqsa, o'quvchilar murakkab so'zlarni, ko'proq undoshlardan iborat bo'lgan so'zlarni, so'z birikmalarini, turli qo'shimchalar bilan kelgan bir xil so'zlarni o'qishda xato qiladilar. 1-sinf o'quvchilari o'qitib ko'rilganda ular tusmollab o'qish natijasida ko'p xato qilishlari aniqlangan. Bir marta o'qigan so'zlarini turli qo'shimchalar bilan keyingi safar o'qiganlarida ham xato qiladilar. Birinchi gapdagi «gapirildi» so'zini o'qiganlaridan keyin ikkinchi gapdagi «gapirishdi» so'zini ham shunday o'qiydilar. So'zlar so'zning oson-qiyinligidan qat'iy nazar, bir necha marts takrorlanib, turli qo'shimchalar bilan kelsa, o'quvchilar xatc qiladilar. Bu esa to 'g 'ri o'qishning ongli o'qish bilan aloqadorligim, bir-biri bilan bog'liqligim ko'rsatadi. Bolalar faoliyatida tezi tez qo'llanadigan sodda vi murakkab so'zlarni xato qilmay o'qiydilar. Jlarga o'qishni o'rgatishda buni hisobga о lists kerak. Har bir so'z gapdag o'rniga ko'ra turli ma'nc ifodalashi mumkin. Ongli o'qish uchun o'quvchilar faqat ayrim so'zlar ma'nosinigina emas, balk- gaplarni ham tushunishlari kerak. To 'g'ri o'qish uchun gapdagi so'zlarning tushunarli bo'lishi muhim ahamiyatga ega. O'quvchilar ma 'nosiga tushungan so 'zlarni to 'g 'ri o'qiydi. Tushunadigan so'z boshqa so'z bilan bog'lani: kelganida esa u so'z birikmasir xato o'qiydi. Ayrim hollarda oson va sodda sohlarni ham xato o'qishlari mumkin. Bunday xat o'qishga asosiy sabab SOT birikmalarining ma'nosi va ularning murakKabligidir. Bundan tashqari, so'zning uzunligi, bo 'g"" tuzilishidagi murakkablik, so'zning notanish

bo'lishi va gapda so'zlar bog'lanishini eslay olmaslik herr xato o'qishga sabab bo'ladi. Kuzatishlardan ma'lur-bo'lishicha, 1-2-sinf o'quvchilar! o'qiganlaridan keyin «Kim haqida o'qidingiz?» degan savolga javob qaytarishda qiynaladilar- O'qiganlari tahlil qilinganidaa keyin bu savolga to 'g 'ri javcs qaytara oladilar. 3-4- sint o'quvchilari esa kim haqide o'qiganlarini qiyinchiiiksiz ayte oladilar. Har qanday maqola, badiiy ( asar mazmunini tushunish uchun voqea qachon va qayerda sodir bo'lganini, voqealarning bir-biriga bog'liqligini va ularning bir- biriga ta'sirini bilish kerak. Ba'zan voqealarning bir-biriga bog'liqligini ko'rsatish oson bp'lsa-da, ayrim hollarda u bog'liqlikni o'qilgan asardan topish qiyin. Ayniqsa, 1-2-sinf o'quvchilari voqealarningbir-biriga aloqadorligini tushunishda qiynaladilar. Hayotiy tajribalarga oid asar o'qilsa, uning mazmunini tushunishga qiynalmaydilar. Umuman, o'qish sifatini yaxshilash, ayniqsa, ongli o'qishga erishish uchun quyidagilarga e'tibor berish lozim: o'quvchilarga o'qitishdan oldin ularga yangi so'zlar tushunchalarini o'rgatish; tushuncha beriladigan narsaning o'zini ko'rsatish, sayohatlar tashkil etish, kinofilm namoyish qilish, o'quvchilarning o'z o'yinlari va mehnatlari davomida ko'rganlarini eslatish; - o'qilgan asarni tahlil qilishda o'qituvchining yo'llovchi savollari, o'quvchilarning shaxsiy faoiiyatiari va kuzatishlarini eslatish asar mazmunini tushunishga yordam beradi. O'qiganlari yuzasidan berilgan savolga xato javob qaytargan o'quvchiga qo'shimcha savollar berilsa, ular o'z xatolarini tushunib, to'g'irlashlari mumkin. O‘qish darsi va u bilan bog‘liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya o‘quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala normalari haqida bilim beradi; bu darsda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va o‘stirishga keng imkoniyat mavjud. Grammatika va to‘g‘ri yozuv darslarida tilni maxsus o‘rganish bilan bolalar alohida tovush, bo‘g‘in, so‘z va gaplarni eshitishga va aytishga o‘rganadilar. Ular

predmet, harakat, belgi bildiradigan ko‘pgina so‘zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo‘g‘in, o‘zak, so‘z, so‘z yasovchi, forma yasovchi, qo‘shimcha, so‘z turkumi, ot, sifat, son, fe’l, olmosh, bog‘lovchi, gap, gap bo‘lagi, bosh bo‘lak, ikkinchi darajali bo‘lak, darak gap, so‘roq gap, undov gap; turlanish, bosh kelishik singari juda ko‘p yangi terminlarni bilib oladilar. Boshlang‘ich sinfdagi boshqa darslarda ham o‘quvchilar nutqi xilma-xil so‘zlar bilan boyitiladi. Matematika darslarida bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko‘p so‘z va terminlar bilan o‘z nutqlarini boyitadilar. O‘quvchilar tabiatshunoslik darslarida va ekskursiya vaqtida ko‘rgan predmetlarini o‘qituvchi yordamida guruhlaydilar, ularni o‘zaro taqqoslab, o‘xshash va farqli tomonlarini topib aytadilar. Bular, o‘z navbatida, tabiatga oid ayrim tushunchalarni aniq bilib olishga imkon beradi va tafakkurini o‘stiradi. Mehnat va rasm darslari ham, jismoniy tarbiya, ashula darslari ham, shuningdek, darsdan tashqari mashg‘ulotlar ham o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirishga imkon beradi. O‘qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda faqat orfoepik talaffuz va adabiy til normalariga rioya qilgan holda ifodali, ta’sirli so‘zlashi, shuningdek, ham doim o‘quvchi daftariga barcha hujjatlarga husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozishi zarur. O’quvchilar nutqini o’stirish boshqa o’quv predmetlaridan o’tkaziladigan mashg’ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog’lanadi. Ona tili darslarida o’quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar; ular kuzatishni, o’ylashni va ko’rganlari, eshitganlari, o’qiganlari haqida to’g’ri bayon qilishni o’rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug’atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni to’g’ri tuzishni o’rgatadi. O’qish darsi va u bilan bog’liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya o’quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala qilish haqida bilim beradi. Bu darslarda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va o’stirishga keng imkoniyat mavjud. SHe’r, maqolalarni o’qish, o’qilganlarni qayta hikoyalash, ekskursiyada, predmet va tabiat