logo

Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish metodikasi. Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

19.2939453125 KB
Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga 
oshirish metodikasi. Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim 
texnologiyalari  
                                                      Reja: 
1. An`anaviy ta`lim texnologiyalari. 
2. Noan`anaviy ta`lim texnologiyalari. 
  1.   An`anaviy   ta`lim   texnologiyalari.   Ko’p   yillar   o’tkazilgan   tadqiqotlar   natijasi
shuni   ko’rsatadiki,   an`anaviy   dars   o’tish   ta`limning   samarali   modellaridan   biri
bo’lib   qolmoqda.   An`anaviy   dars   –   muayyan   muddatga   mo’ljallangan.   Ta`lim
jarayoni   ko’proq   o’qituvchi   shaxsiga   qaratilgan,   mavzuga   kirish,   yoritish,
mustahkamlash   va   yakunlash   bosqichlaridan   iborat   ta`lim   modelidir.   O`quv
materiali   yangi   va   ancha   murakkab   bo’lganda,   an`anaviy   dars   –   ko’p   hollarda
ta`lim   jarayonining   birdan   –   bir   metodi   bo’lib   qolmoqda.   Ma`lumki,   an`anaviy
darsda   ta`lim   jarayonining   markazida   o’qituvchi   turadi.   Shu   bois,   ba`zida
an`anaviy   darsni   markazida   o’qituvchi   turgan   o’qitish   usuli   deb   ham   atashadi.
Markazda o’qituvchi bo’lgan o’quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy
jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi:
 - o’quvchining o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirib borish; 
- ilgari egallangan bilimlarni ham inobatga olish; 
-   o’qish   jarayoni   tezligini   muvofiqlashtirish;   -   o’quvchi   tashabbusi   va
majburiyatini qo’llab – quvvatlash; 
- amaliyot orqali o’rganish;
 - ikki tomonlama fikr – mulohazalar bilan ta`minlash; 
- o’qish jarayonini to’g’ri yo’lga qo’yish;
 - o’qituvchi – o’quvchilar uchun o’quv jarayonini engillashtiruvchi shaxs; 
- o’quv jarayonini baholash.
  An`anaviy   dars   o’tish   modelida   ko’proq   ma`ruza,   savol   –   javob,   amaliy   mashq
kabi   metodlardan   foydalaniladi.   Shu   sabab,   bu   hollarda   an`anaviy   dars
samaradorligi   ancha   past   bo’lib,   o’quvchilar   ta`lim   jarayonining   passiv
ishtirokchilariga   aylanib   qoladilar.   Tadqiqotlar   shuni   ko’rsatadiki,   an`anaviy   dars
shaklini   saqlab   qolgan   holda,   unga   turli   tuman   o’quvchilar   faoliyatini
faollashtiradigan   metodlar   bilan   boyitish   o’quvchilarning   o’zlashtirish   darajasini ko’tarilishiga olib kelar ekan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi,
o’qituvchi   tomonidan   o’quvchilarning   qiziqishini   orttirib,   ularning   ta`lim
jarayonida   faolligi   muttasil   rag’batlantirilib   turilishi,   o’quv   materialini   kichik   –
kichik   bo’laklarga   bo’lib,   ularning   mazmunini   ochishda   bahs,   munozara,   kichik
guruhlarda   ishlash,   interfaol   metodlarni   qo’llash,   turli   qiziqtiruvchi   misollarning
keltirilishi,   o’quvchilarni   amaliy   mashqlarni   mustaqil   bajarishga   undash,   turli
baholash   usullaridan   foydalanish,   ta`lim   vositalaridan   joyida   va   vaqtida
foydalanish   talab   etiladi.   An`anaviy   dars   o’tishning   asosiy   tarkibiy   qismlari
quyidagi bosqichlardan iboratdir. 
1.   Kirish   bosqichi:   -   o’tgan   o’quv   materialini   takrorlash;   -   dars   maqsadini
tushuntirish, - dars mazmuni va rejasi bilan tanishtirish. 
2. Yangi mavzuni yoritish: 
- yangi mavzuni kichik – kichik bo’lakchalarga bo’lib berish; 
- turli misollarni inkoni boricha ko’rgazmali taqdim qilish; 
- mavzudan chetlashmaslik; 
- o’quv materialining murakkab tomonlarini qayta tushuntirish; 
- o’quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish; 
- teskari aloqani ta`minlash.
  3.   Materialni   mustahkamlash   uchun   mashq.   Biror   topshiriq(masala)   echimini
o’quvchilar bilan to’liq tahlil qilish. 
4.   Yo’naltirib   turiluvchi   mashq.   O`quvchilar   topshiriq(masala)ni   mustaqil
bajarishadi, o’qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi. 
5.   Mustaqil   bajariladigan   mashq.   O`quvchilar   mashqni   mustaqil   holda   o’qituvchi
yordamisiz bajarishadi. 
6. O`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirish.  7. Yakunlash.
  An`anaviy(ta`lim   jarayoni   markazida   o’qituvchi   bo’lgan)   o’qitish   metodlari
quyidagi afzalliklarga va kamchiliklarga ega. Afzalliklari: 
-   ma`lum   ko’nikmalarga   ega   bo’lgan   va   aniq   ma`lam   tushunchalarni,   fanni
o’rganishda foydali; 
-   o’qituvchi   tomonidan   o’qitish   jarayonini   va   o’qitish   muhitini   yuqori   darajada
nazorat qilinishi; 
- vaqtdan unumli foydalanish; 
- aniq ilmiy bilimlarga tayanadi. 
Kamchiliklari:
 - o’quvchilar passiy ishtirokchi bo’lib qoladilar;
  -   o’qituvchining   to’la   nazorati   barcha   o’quvchilar   uchun   motivatsiyani   vujudga
keltirmaydi; 
- o’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi; 
-   eslab   qolish   darajasi   hamma   o’quvchilarda   bir   xil   bo’lmaganligi   sababli,   guruh
bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bo’lib qolishi mumkin; 
- mustaqil o’rganish va echimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. 
2.   Noan`anaviy   ta`lim   texnologiyalari.   Hozirgi   vaqtda   ta`lim   muassasalarida
o’qitishning   zamonaviy   shakl   va   usullari   keng   qo’llanilmoqda.   O`qitishning
zamonaviy   usullarini   qo’llash   ta`limda   yuqori   samaradorlikka   olib   keladi.
An`anaviy   o’qitishda   asosan   o’qituvchiga   erkinlik   beriladi   (sub`ekt-ob`ekt),
noan`anaviy   o’qitishda   esa   o’quvchiga   erkinlik   beriladi,   o’qituvchi-o’quvchi
munosabatlarini   demokratlashtirish   (sub`ekt-ob`ekt)   asosida   dars   jarayonlari
tashkil   etiladi.   O`qitishning   noan`anaviy   usullaridan   samarali   foydalanish
o’qituvchining   kasbiy   malakasi   hamda   mahoratiga   bog’liq.   Noan`anaviy   o’qitish jarayonida   o’qitishning   tashkiliy   shakllari(frontal,   guruhlarda   ishlash,   individual
ishlash)   yordamida   o’qituvchi   dars   o’tishda   quyidagi   usullardan   foydalanishi
mumkin:   Aqliy   hujum.   Bu   usulda   o’qituvchi   o’quvchilarga   topshiriq   (savol)
beradi, o’quvchilarning topshiriqlar borasida berilgan fikr-mulohazalari jamlanadi.
O`quvchilar hamkorlikda murakkab muommoni echishga harakat qiladilar. Uni hal
etish   uchun   o’z   shaxsiy   g’oyalarini   ilgari   suradilar.   Guruh   (juft)   bo’lib   ishlash.
Darsda ishtirok etayotgan o’quvchilar guruhlarga (4 - 6 o’quvchi) bo’linib yoki juft
-   juft   bo’lib   o’qituvchi   bergan   topshiriqlarni   bajaradi.   Bahs.   O`quv   guruhi   ikki
komandaga   bo’linadi.   Tegishli   mavzu   bo’yicha   bahs,   munozara   yuritiladi,   o’zaro
fikr   almashiniladi.   Mehmon   mashqlari.   Bunda   dars   biron   mutaxassis   ishtirokida
o’tkaziladi.   Mutaxassis   taklif   etish,   kutib   olish,   dars   jarayonini   tashkil   etib,   uni
kuzatib   qo’yish   kabi   barcha   tashkiliy   ishlarni   o’quvchilarning   o’zlari   bajaradilar.
So’rovnoma   o’tkazish.   Fanni   o’qitish   davomida   har   bir   bo’lim,   bob
yakunlanganidan   so’ng   o’qituvchi   so’rovnoma   o’tkazadi.   Og’zaki   va   yozma
mashqlar.   Og’zaki   mashqlar   ta`lim   oluvchilarning   nutq   madaniyati   va   mantiqiy
fikrlashini,   ularning   bilish   imkoniyatlarini   rivojlantiradi.   Yozma   mashqlar   orqali
esa   o’quvchilarda   tegishli   ko’nikma   va   malakalar   shakillantiriladi,
chuqurlashtiriladi va mustahkamlanadi O`z-o’zini attestatsiya qilish. Har bir ta`lim
beruvchi   va   ta`lim   oluvchi   o’z   faoliyatini   nazorat   qilishga   qaratilgan   usuldir.
Natijalarni   tahlil   qilish.   Ta`lim   beruvchi   ta`lim   oluvchilarga   qo’ygan   baholar
natijasi   va   dars-mashg’ulotda   qo’yilgan   maqsadga   qay   darajada   erishganlik   tahlil
etiladi.   Video   materiallardan   foydalanish.   Dars   jarayonida   multimedia   tizimidan,
videoyozuvlardan,   o’quv   televideniesi,   axborotni   displeyda   aks   ettiruvchi
kompterlardan   foydalanish.   Tadqiqot.   Ta`lim   oluvchilarning   ayrim   tadqiqot
ishlarini,  ya`ni  diplom  va  kurs  loyihalari,  bitiruv  ishlarini  ilmiy  asoslangan  holda
mustaqil bajarishlari, ularni yozish va qo’yilgan maqsad va natijalarni tahlil qilishi.
Improvizatsiya.   Dars   mashg’ulotlarida   o’quvchilarning   nostandart   vaziyatlarni
mustaqil   hal   eta   olishlari.   Kuzatish   va   ma`lumotlarni   etkazish.   Ta`lim
oluvchilarning   bir-birlarini   kuzatishlari   va   qo’yilgan   muammo   bo’yicha
ma`lumotlarni etkazishi. O`yinlar. Ishbilarmonlik yoki sahnalashtirilgan o’yinlar – muammoli   vazifaning   bir   turi.   Bunda   matnli   material   o’rniga   o’quvchilar
tomonidan rollar o’ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi. Loyihalash ishlari.
Bu   bilim   va   malakalarni   tahlil   qilish   va   baholashni   nazarda   tutuvchi   majmuaviy
ta`lim   usulidir.   Loyiha   usulida   o’quvchilar   rejalashtirishda,   tashkil   etishda,
tekshirishda,   tahlil   etishda   va   bajarilgan   ishning   natijalarini   baholashda   ko’proq
ishtirok   etadilar.   Kitob   bilan   ishlash.   Ushbu   usul   ta`lim   oluvchilarning   o’quv
materialini   mustaqil   o’zlashtirishi,   o’z-o’zini   tekshirish   malakasini   oshirishi,
berilgan   matnning   mazmunini   to’liq   va   ongli   ravishda   bayon   eta   bilishi   bilan
bog’liq. Individual - amaliy usul. Ta`lim oluvchilar olgan bilimlari asosida amaliy
vazifalarni   hal   qiladilar,   ya`ni   nazariy   bilimlarini   amaliyotga   tadbiq   etadilar.
Ko’rgazmali   materiallar   (diagramma,   karta,   fotografiya,   san`at   asarlari,   plakatlar)
bilan   ishlash.   Ta`lim   oluvchilar   mustaqil   holda   ko’rgazmali   materiallar   bilan
ishlashadi. Ularning o’zlari ham ko’rgazmali materiallarni tayyorlaydi. Suhbat. Bu
o’qitish va o’qishning muloqot, savol-javob usulidir. Suhbat individual holda yoki
butun   guruh   bo’yicha   o’tkazilishi   mumkin.   Vaziyatlarni   o’rganish.   Ta`lim
muassasalarida vujudga keladigan standart vaziyatlar o’rganiladi va ularni hal etish
yo’llari   ishlab   chiqiladi.   Boshqalarni   o’qitish.   Bu   usulda   ta`lim   oluvchilar
qo’yilgan   muammo   bo’yicha   bir-birlari   bilan   o’zaro   axborot   va   ma`lumot
almashadilar.   Baholash.   Bunda   ta`lim   oluvchilar   maqsadga   qay   darajada
erishganini  aniqlaydilar. Ta`lim  oluvchilar  ta`lim  beruvchi  orqali  yoki  o’zaro bir-
birlarini   baholashadi.   Baholashning   quyidagi   turlari   mavjud:   tekshiruv,   savol-
javob, har xil savollarni tanlash, to’g’ri va noto’g’ri shakldagi javoblar, o’z-o’zini
baholash,   tengdoshining   baholashi,   ustozlarning   fikrlari,   harakatlar   rejasi,   har   xil
tavsiyalar,   reyting,   tadqimot,   intervyu,   testlar,   videokamera   yoki   inson   kuzatishi,
mikrotopshiriqlar,   loyihalar   orqali   baholash   va   h.   k.   Yuqorida   sanab   o’tilgan
noan`anaviy   o’qitish   usullari   shubhasiz,   ta`lim   muassasalarida   ta`lim
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
  O`qitishning   no’ananaviy   modellarini   shartli   ravishda   uchta   turga   ajratish
mumkin:  - modellashtirish;
 - hamkorlikda o’rganish modeli; 
- o’rganishning tadqiqot modeli. 
Bu   modellar   asosan   o’quvchi   shaxsiga   qaratilgan   bo’lib,   ularni   boshqacha   tarzda
markazda   o’quvchi   turgan   ta`lim   modellari   deb   ham   atashadi.   Modellashtirish   -
real   hayotda   va   jamiyatda   yuz   berayotgan   hodisa   va   jarayonlarning
ixchamlashtirilgan   va   soddalashtirilgan   ko’rinishini(modelini)
auditoriya(sinfxona)da   yaratish   va   ularda   o’quvchilarning   shaxsan   qatnashishi   va
faoliyat   evaziga   ta`lim   olishini   ko’zda   tutuvchi   metod.   Hamkorlikda   o’rganish
modeli   –   o’quvchilarning   mustaqil   huruhlarda   ishlashi   evaziga   ta`lim   olishini
ko’zda   tutuvchi   metod.   O`rganishning   tadqiqot   modeli   –   o’quvchilarni   muayyan
muammoni   echishga   yo’naltirilgan,   mustaqil   tadqiqot   olib   borishini   ko’zda
tutuvchi metod. Noan`anaviy(ta`lim jarayoni markazida o’quvchi bo’lgan) o’qitish
metodlari quyidagi afzalliklarga va kamchiliklarga ega. Afzalliklari: 
- o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi; 
- o’z aloqalarning ta`minlanishi; 
- o’qitish usullaring turli xil ko’rinishlari taklif etilishi; 
- motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi; 
- o’tilgan o’quv materialining yaxshi eslab qolinishi; 
- muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishi;
 - o’z – o’zini baholashning o’sishi; 
-   o’quvchilarning   predmetning   mazmuniga,   o’qitish   jarayoniga   bo’lgan   ijobiy
munosabati;
 - mustaqil fikrlay oladigan o’quvchining shakllanishiga yordam berishi; 
- muammolarni hal etish ko’nikmalarining shakllanishi. Kamchiliklari:  - ko’p vaqt talab etilishi; 
- o’quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi; 
-   juda   murakkab   mazmundagi   o’quv   materiali   o’rganilayotganda   ham   o’qituvchi
rolining past bo’lishi;
  -   “kuchsiz”   o’quvchilar   bo’lganligi   sababli   “kuchlm”   o’quvchilarning   ham   past
baho olishi; 
- o’qituvchining o’zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolarni
hal etish ko’nikmalariga ega bo’lishining talab etilishi. 
 
                                          Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Yuldashev U.Yu., Boqiev R.R., Zokirova F.M. Informatika o’qitish metodikasi.
Toshkent, “Talqin”, 2005 y. 
2. Saidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T., 2003y.
3.   To’raqulov   X.A.   Pedagogik   tadqiqotlarda   axborot   tizimlari   va   texnologiyalari.
T., “Fan”, 2006 y., 240 b. 
4. Isoqov I., Qulmamatov S.I. Informatik
ani   o’qitishda   innovatsion   texnologiyalar   fanidan   amaliy   mashg’ulotlar
ishlanmalari. Guliston, GulDU, 2013 y. 5. Abdukarimov H., Suvonov O. Umumiy
pedagogika: Texnologiya va amaliyot. O`quv-metodik qo’llanma. T., 2012 y., 120
b. 
6.   Ishmuhamedov   R.,   Abduqodirov   A.A.,   Pardaev   A.   Ta`limda   innovatsion
texnologiyalar   (ta`lim   muassasalari   pedagog-o’qituvchilari   uchun   amaliy
tavsiyalar). Toshkent 2008 y., 181 b.

Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish metodikasi. Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari Reja: 1. An`anaviy ta`lim texnologiyalari. 2. Noan`anaviy ta`lim texnologiyalari.

1. An`anaviy ta`lim texnologiyalari. Ko’p yillar o’tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, an`anaviy dars o’tish ta`limning samarali modellaridan biri bo’lib qolmoqda. An`anaviy dars – muayyan muddatga mo’ljallangan. Ta`lim jarayoni ko’proq o’qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. O`quv materiali yangi va ancha murakkab bo’lganda, an`anaviy dars – ko’p hollarda ta`lim jarayonining birdan – bir metodi bo’lib qolmoqda. Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o’qituvchi turadi. Shu bois, ba`zida an`anaviy darsni markazida o’qituvchi turgan o’qitish usuli deb ham atashadi. Markazda o’qituvchi bo’lgan o’quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi: - o’quvchining o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirib borish; - ilgari egallangan bilimlarni ham inobatga olish; - o’qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish; - o’quvchi tashabbusi va majburiyatini qo’llab – quvvatlash; - amaliyot orqali o’rganish; - ikki tomonlama fikr – mulohazalar bilan ta`minlash; - o’qish jarayonini to’g’ri yo’lga qo’yish; - o’qituvchi – o’quvchilar uchun o’quv jarayonini engillashtiruvchi shaxs; - o’quv jarayonini baholash. An`anaviy dars o’tish modelida ko’proq ma`ruza, savol – javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo’lib, o’quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, an`anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli tuman o’quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini

ko’tarilishiga olib kelar ekan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik – kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, kichik guruhlarda ishlash, interfaol metodlarni qo’llash, turli qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o’quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, turli baholash usullaridan foydalanish, ta`lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi. An`anaviy dars o’tishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagi bosqichlardan iboratdir. 1. Kirish bosqichi: - o’tgan o’quv materialini takrorlash; - dars maqsadini tushuntirish, - dars mazmuni va rejasi bilan tanishtirish. 2. Yangi mavzuni yoritish: - yangi mavzuni kichik – kichik bo’lakchalarga bo’lib berish; - turli misollarni inkoni boricha ko’rgazmali taqdim qilish; - mavzudan chetlashmaslik; - o’quv materialining murakkab tomonlarini qayta tushuntirish; - o’quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish; - teskari aloqani ta`minlash. 3. Materialni mustahkamlash uchun mashq. Biror topshiriq(masala) echimini o’quvchilar bilan to’liq tahlil qilish. 4. Yo’naltirib turiluvchi mashq. O`quvchilar topshiriq(masala)ni mustaqil bajarishadi, o’qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi. 5. Mustaqil bajariladigan mashq. O`quvchilar mashqni mustaqil holda o’qituvchi yordamisiz bajarishadi. 6. O`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirish.

7. Yakunlash. An`anaviy(ta`lim jarayoni markazida o’qituvchi bo’lgan) o’qitish metodlari quyidagi afzalliklarga va kamchiliklarga ega. Afzalliklari: - ma`lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma`lam tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali; - o’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi; - vaqtdan unumli foydalanish; - aniq ilmiy bilimlarga tayanadi. Kamchiliklari: - o’quvchilar passiy ishtirokchi bo’lib qoladilar; - o’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi; - o’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi; - eslab qolish darajasi hamma o’quvchilarda bir xil bo’lmaganligi sababli, guruh bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bo’lib qolishi mumkin; - mustaqil o’rganish va echimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. 2. Noan`anaviy ta`lim texnologiyalari. Hozirgi vaqtda ta`lim muassasalarida o’qitishning zamonaviy shakl va usullari keng qo’llanilmoqda. O`qitishning zamonaviy usullarini qo’llash ta`limda yuqori samaradorlikka olib keladi. An`anaviy o’qitishda asosan o’qituvchiga erkinlik beriladi (sub`ekt-ob`ekt), noan`anaviy o’qitishda esa o’quvchiga erkinlik beriladi, o’qituvchi-o’quvchi munosabatlarini demokratlashtirish (sub`ekt-ob`ekt) asosida dars jarayonlari tashkil etiladi. O`qitishning noan`anaviy usullaridan samarali foydalanish o’qituvchining kasbiy malakasi hamda mahoratiga bog’liq. Noan`anaviy o’qitish

jarayonida o’qitishning tashkiliy shakllari(frontal, guruhlarda ishlash, individual ishlash) yordamida o’qituvchi dars o’tishda quyidagi usullardan foydalanishi mumkin: Aqliy hujum. Bu usulda o’qituvchi o’quvchilarga topshiriq (savol) beradi, o’quvchilarning topshiriqlar borasida berilgan fikr-mulohazalari jamlanadi. O`quvchilar hamkorlikda murakkab muommoni echishga harakat qiladilar. Uni hal etish uchun o’z shaxsiy g’oyalarini ilgari suradilar. Guruh (juft) bo’lib ishlash. Darsda ishtirok etayotgan o’quvchilar guruhlarga (4 - 6 o’quvchi) bo’linib yoki juft - juft bo’lib o’qituvchi bergan topshiriqlarni bajaradi. Bahs. O`quv guruhi ikki komandaga bo’linadi. Tegishli mavzu bo’yicha bahs, munozara yuritiladi, o’zaro fikr almashiniladi. Mehmon mashqlari. Bunda dars biron mutaxassis ishtirokida o’tkaziladi. Mutaxassis taklif etish, kutib olish, dars jarayonini tashkil etib, uni kuzatib qo’yish kabi barcha tashkiliy ishlarni o’quvchilarning o’zlari bajaradilar. So’rovnoma o’tkazish. Fanni o’qitish davomida har bir bo’lim, bob yakunlanganidan so’ng o’qituvchi so’rovnoma o’tkazadi. Og’zaki va yozma mashqlar. Og’zaki mashqlar ta`lim oluvchilarning nutq madaniyati va mantiqiy fikrlashini, ularning bilish imkoniyatlarini rivojlantiradi. Yozma mashqlar orqali esa o’quvchilarda tegishli ko’nikma va malakalar shakillantiriladi, chuqurlashtiriladi va mustahkamlanadi O`z-o’zini attestatsiya qilish. Har bir ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchi o’z faoliyatini nazorat qilishga qaratilgan usuldir. Natijalarni tahlil qilish. Ta`lim beruvchi ta`lim oluvchilarga qo’ygan baholar natijasi va dars-mashg’ulotda qo’yilgan maqsadga qay darajada erishganlik tahlil etiladi. Video materiallardan foydalanish. Dars jarayonida multimedia tizimidan, videoyozuvlardan, o’quv televideniesi, axborotni displeyda aks ettiruvchi kompterlardan foydalanish. Tadqiqot. Ta`lim oluvchilarning ayrim tadqiqot ishlarini, ya`ni diplom va kurs loyihalari, bitiruv ishlarini ilmiy asoslangan holda mustaqil bajarishlari, ularni yozish va qo’yilgan maqsad va natijalarni tahlil qilishi. Improvizatsiya. Dars mashg’ulotlarida o’quvchilarning nostandart vaziyatlarni mustaqil hal eta olishlari. Kuzatish va ma`lumotlarni etkazish. Ta`lim oluvchilarning bir-birlarini kuzatishlari va qo’yilgan muammo bo’yicha ma`lumotlarni etkazishi. O`yinlar. Ishbilarmonlik yoki sahnalashtirilgan o’yinlar –