Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar Reja 1 Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda innovatsion yondoshuv asosida darslarni tashkil etish 2 “Tematik izlanish” metodi 3 “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda nazariy,
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda innovatsion yondoshuv asosida darslarni tashkil etish Darslar tashkil etishda foydalaniladigan metodlar: 5-sinflar uchun “MyART” usuli MyART-”Mening san’atim” yoki “Mening ijodim” usuli o’quvchilarning yashirin iqtidorini namoyon qilish va uni rivojlantirishga qaratilgan. Bu usulni Paint.net yoki Scratch dasturi mavzularida ishlatish mumkin. Misol uchun Paint.net dasturi bo’limi yakunida “Mening oilam shajarasi” yoki “Men o’rgangan dasturlar shajarasi” mavzusida rasm ishlash topshirig’i beriladi. Men bu usulni “Grafik muharrirlarida sohani belgilash amallari” mavzusida qo’lladim.
Ko’rib turganingizdek, bu usulda nafaqat grafikada ishlashni o’rgatasiz,balki o’quvchilarga grafik dasturlar oilasiga qaysi dasturlar va Microsoft Office dasturlar oilasiga qaysi dasturlar mansub ekanligini ham shu o’rinda aytib o’tasiz. “Formulani top” o’yini,yani Word dasturida formulalar yozish mavzusida boshqa fanlar bilan integratsiya ya’ni bog’lanish hosil qilish uchun ishlatish mumkin. Bosim formulasi — p= Tezlik formulasi —V= Yuzani hisoblash formulasi(to’g’ri to’rtburchak uchun) — S=a*b Hajmni hisoblash formulasi(parallelepiped uchun) —S=2*a*b+2*a*c+2*b*c Mexanik ish formulasi — A=F · s Zichlik formulasi — ρ= Bu usulda o’qituvchi formulalarni yaxshi bilishi lozim, chunki o’quvchilar xatolarini topa bilishlari lozim. “Tematik izlanish” metodi Bu usul ma’lum bir mavzular bo’yicha ma’lumotlar izlash usulidir.Bunga ko’ra o’quvchilarga qo’shimcha ravishda uyda mustaqil ma’lumotlar to’plab kelish vazifasi beriladi va keyingi darsda mavzu mustahkamlanadi. Misol uchun:”Elektron pochta” mavzusida:” Eng birinchi yaratilgan elektron pochta” yoki “Axborotlarni himoyalash” mavzusida “Birinchi bo’lib yaratilgan virus” kabi topshiriqlarni berish mumkin. Men ushbu metodni “Axborotli olam muammolari va Internet” mavzusida qo’llaganman hamda o’quvchilar internetga oid internetdan qiziqarli ma’lumotlar yozib kelishdi va do’stlariga ham ulashdi . O’quvchilarni frilanserlikka qiziqtirish uchun hayotiy haqiqatlarni misol keltirish ham yaxshi natija beradi.
8-sinf o’quvchilari uchun “Amaliy mashg’ulot” mavzusida jamoaviy mashg’ulot o’tkazish. Bu usul o’quvchilar fikrlash doirasini kengaytiradi. Jamoalar orasida qaysi jamoa a’zolari taqdimotni a’lo darajada bajarsalar, shu jamoa g’olib deb topiladi. Bu usul o’quvchilarni jamoa bo’lib ishlashga chorlaydi. Hozirgi kunda o’quvchilar texnikani yaxshi biladilar, ulardan yangicha fikrlar tug’iladi. “Loyiha “metodi O’quvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo’yicha axborot yig’ish, tadqiqot o’tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir.
Misol uchun Pythonda grafika oynasi bilan ishlash jarayonida oddiy oynadan ko’ra dizaynga e’tibor berilsa o’quvchilar qiziqishi yanada oshadi. Birinchi holda o’qituvchi o’z dasturini ishlab chiqadi va o’quvchilarga topshiriq beradi. Bu dasturni o’quvchilarga berganingizda ularda yangi g’oyalar paydo bo’ladi. Hozirgi kunda o’quvchilar ongi biznikidan teranroq. Boshqa dasturlarda ham darslar davomida ulardan yangicha g’oyalar chiqishini ko’p bora kuzatamiz. Mana ko’rib turganingizdek, o’quvchilar orqa fon berishlari,oynalarini nomlashlari mumkin. Men bu ma’lumotlarni kiritganimdan maqsad o’quvchilar fikrlaridan o’z tajribamda shuni bildimki,darslik bo’yicha zo’r dars o’tsangiz-u, lekin qo’shimcha ma’lumot bermaydigan o’qituvchining darsidan ko’ra, darslikni ham zo’r tushuntiradigan ham qo’shimcha ma’lumotlar beradigan o’qituvchilar darslariga qiziqishlari yuqori bo’lar ekan. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Nazariy mashg‘ulotlar ma'ruza, hikoya, tushuntirish, yo‘riqnoma berish, namoyish, suhbat usullarida olib borilishi mumkin. Ma'ruza - davomli vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan katta hajmdagi o‘quv materialini monologik bayon qilishi. Ma'ruza o‘rta umum ta’lim muassasining yuqori sinflarida, litsey va kollejlarda, oliy o‘quv yurtlarida foydalaniladigan ta’lim usuli bo‘lib, unda o‘zaro ta'sir pedagogning bayoni va talabalarning tinglashi, ayrim faktlar, asosiy g‘oya va izlanishlarni yozib olishlari shaklida amal qilgan. Ma’ruza uchun vaqt bolalarning tayyorgarlik daraja o‘quv materiali hajmiga ko‘ra belgilanadi. Ma’ruza jarayonida talabalarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish maqsadida pedagog o‘z nutqini ko‘rgazma qurol, darslikda berilgan faktlar, muammo va topshiriqlar bilan uyg‘unlashtiradi. Ma'ruza jarayonida ko‘rgazma quroldagi faktlarni tahlil etadgan talabalar diqqatini tortish, pedagog aytgan qoyida, ta'rif, aniqliklarni darslik materiallariga chog‘ishtirish yo‘llari bilan bolalar faolligi oshiriladi. Shuningdek, o‘quv materialiga oid terminlar izoh berish, ayrim o‘rinlarda talabalarning o‘zlari xulosa chiqarishni taklif etish talabalarning o‘quv biluv faoliyatining samarador amal qilishini