logo

Informatika fanini kasbga yo’naltirib o’qitish metodikasi” fanini kasbga yo’naltirib o’qitish jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion, pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

52.5 KB
Informatika fanini kasbga yo’naltirib o’qitish
metodikasi” fanini kasbga yo’naltirib o’qitish jarayonida
qo‘llaniladigan innovatsion, pedagogik texnologiyalar va
interfaol metodlar.
Reja
1  Informatika fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish.
2 O’quvchilarga kasbga yo’naltirishni o’rgatish mazmuni va unga 
zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llash.  1 Informatika fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish. Hozirgi davrda o’sib
kelayotgan   avlodni   mustaqil   fikrlaydigan   qilib   tarbiyalash   vazifasi   muhimdir.   Ushbu
masalaning   hal   etilishi   ko’p   jihatdan   o’qitishning   interfaol   metodlarini   qo’llashga
bog’liq. Interfaol so’zi  inglizcha “Interakt” so’ziga mos kelib, “Inter  – o’zaro”, “akt –
ish   ko’rmoq,   ishlamoq”   degan   ma`nolarni   anglatadi.   Interfaol   o’qitish   –   muloqotli
o’qitish   bo’lib,   jarayonning   borishida   o’qituvchi   va   o’quvchi   orasida   o’zaro   ta`sir
amalga   oshiriladi.   Interfaol   o’qitishning   mohiyati   o’quv   jarayonini   shunday   tashkil
etishdan   iboratki,   unda   barcha   o’quvchilar   bilish   jarayoniga   jalb   qilingan   bo’lib,  erkin
fikrlash,   tahlil   qilish   va   mantiqiy   fikr   yuritish   imkoniyatlariga   ega   bo’ladilar.
Darslardagi   interfaol   faoliyat   o’zaro   tushunishga,   hamkorlikda   faoliyat   yuritishga,
umumiy,   lekin   har   bir   ishtirokchi   uchun   ahamiyati   nazorat   topshiriqlarini   birgalikda
echishga   olib   keladigan   muloqotli   aloqani   tashkil   etish   va   rivojlantirishni   ko’zda
tutadi1.   Interfaol  metodlardan foydalaniladigan o’quv jarayonida o’quvchilar  tanqidiy
fikrlashga,   shart-sharoitlarini   va   tegishli   axborotni   tahlil   qilish   asosida   murakkab
muammolarni   echishga,   alternativ   fikrlarni   chamalab   ko’rishga   va   asosli   ravishda
qarorlar   qabul   qilishga,   bahslarda   ishtirok   etishga,   boshqalar   bilan   muloqot   qilishga
o’rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli  va guruhli  ishlar  tashkil  etiladi,
izlanuvchi   loyihalar,   rolli   o’yinlar,   ijodiy   ishlar   qo’llaniladi,   hujjatlar   va   axborotning
turli manbalari bilan ish olib boriladi. Interfaol o’qitish tashkilotchilari uchun, sof o’quv
maqsadlaridan   tashqari   quyidagi   jihatlar   ham   muhimdir:   -   guruhdagi   o’quvchilarning
o’zaro   muloqotlar   jarayonida   boshqalarning   qadriyatlarini   tushunib   etishi;   -   boshqalar
bilan   o’zaro   muloqotda   bo’lish   va   ularning   yordamiga   muhtojlik   zaruratining
shakllanishi;   -   o’quvchilarda   musobaqa,   raqobatchilik   kayfiyatlarini   rivojlantirish.
Interfaol   usullar   bo’yicha   o’qitish   tashkil   etish   jarayonida   o’qituvchining   bergan
topshiriqlari   mazmuni   o’quvchining   tafakkurini   rivojlantirish   uchun   kuchli   vositadir.
Ushbu topshiriqlar turli xil murakkablik darajalarida bo’lib, o’quvchilarni fikr yuritish,
o’ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undovchi bo’lishi lozim.
Quyida topshiriq savollarini to’g’ri ifoda qilish uchun tavsiyalar keltiramiz: 
1. Topshiriq savollarini aniq va tushunarli darajada qo’yish lozim.   2. Topshiriq mavzu bilan bevosita bog’liq bo’lishi kerak. 
3.   Muayyan   predmetlardan   umumiyga   borishga   harakat   qiling.   Bu   holat   o’quvchilarni
o’ylashi va savolga javob berishda engillik tug’diradi.
  4.   Faqatgina   “ha”   yoki   “yo’q”,   “to’g’ri”   yoki   “noto’g’ri”   degan   javoblar   beriladigan
savollarni berishdan saqlaning.
  5.   O`quvchilarga   o’z   intellektual   qobiliyatlariga   tayangan   holda   javob   beradigan
savollarni bering. 
  6.   O`quvchining   o’z   nuqtai   nazarini   bildiradigan   topshiriqlardan   berishga   harakat
qiling. 7. Qo’yilgan topshiriqqa javob berilganda o’quvchilardan “Nima uchun shunday
deb o’ylaysiz?” deb so’rab turing. Quyida bir qator interfaol metodikalarning tavsifi va
mohiyatini   keltiramiz:   “Aqliy   xujum”   metodi.   Mazkur   metod   muayyan   mavzu
yuzasidan   berilgan   muammolarni   hal   etishda   keng   qo’llaniladigan   metod   sanalib,   u
mashg’ulot   ishtirokchilarini   muammo   xususida   keng   va   har   tomonlama   fikr   yuritish,
shuningdek,   o’z   tasavvurlari   va   g’oyalaridan   ijobiy   foydalanish   borasida   ma'lum
ko’nikma   hamda   malakalarni   xosil   qilishga   rag’batlantiradi.   Ushbu   metod   yordamida
tashkil etilgan mashg’ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original
yechimlarni topish imkoniyati tug’iladi. «Aqliy xujum» metodi tanlab olingan mavzular
doirasida ma'lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo’lgan g’oyalarni 
tanlash   uchun   sharoit   yaratadi.   Mashg’ulotlar   jarayonida   «Aqliy   xujum»   metodidan
foydalanishda bir necha qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qoidalar quyidagilar:
1.   Mashg’ulot   ishtirokchilarini   muammo   doirasida   keng   fikr   yuritishga   undash,   ular
tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish. 
2.   Har   bir   ta'lim   oluvchi   tomonidan   bildirilayotgan   fikr   yoki   g’oyalar   miqdori
rag’batlantirilib   boriladi.   Bu   esa   bildirilgan   fikrlar   orasidan   eng   maqbullarini   tanlab
olishga   imkon   beradi.   Bundan   tashqari   fikrlarning   rag’batlantirilishi   navbatdagi   yangi
fikr yoki g’oyalarning tuzilishiga olib keladi.  3. Har bir ta'lim oluvchi o’zining shaxsiy fikri yoki g’oyalariga asoslanishi hamda ularni
o’zgartirishi   mumkin.   Avval   bildirilgan   fikr   (g’oya)larni   umumlashtirish,
turkumlashtirish   yoki   ularni   o’zgartirish   ilmiy   asoslangan   fikr   (g’oya)larning
shakllanishiga zamin hozirlaydi. 
4.   Mashg’ulotlar   jarayonida   ta'lim   oluvchilarning   har   qanday   faoliyatlarini   standart
talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni  baholashga yo’l
qo’ymaydi.   Agarda   ularning   fikr   (g’oya)lari   baholanib,   boriladigan   bo’lsa,   ta'lim
oluvchilar o’z diqqatlarini, shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda ular
yangi   fikrlarni   ilgari   surmaydilar.   Mazkur   metodni   qo’llashdan   asosiy   maqsad   ta'lim
oluvchilarni   muammo   xususida   keng   va   chuqur   fikr   yuritishga   rag’batlantirish
ekanligini   etibordan   chetda   qoldirmagan   holda   ularning   faoliyatlarini   baholab
borishning   har   qanday   usulidan   voz   kechish   maqsadga   muvofiqdir.   “Bilaman.   Bilib
oldim.   Bilishni   xohlayman”   metodi.   Sinf   o’quvchilari   beshta   guruhga   bo’linadilar,
guruhlar   nomlanadi.   Yozuv   taxtasi   uch   qismga   ajratiladi.   Birinchi   bandning   yuqori
qismiga   «Bilaman»,   ikkinchi   bandning   yuqori   qismiga   «Bilib   oldim»,   uchinchi
bandning   yuqori   qismiga   esa   «Bilishni   xohlayman»degan   so’zlar   yoziladi.   So’ngra
o’qituvchi   o’quvchilardan   mavzu   yuzasidan   qanday   ma'lumotlarga   ega   ekanliklarini
so’raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman »nomli bandga yozib qo’yadi. Ushbu xarakat
guruhlar tomonidan fikrlar to’la bayon etilganga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda
guruhlarning barcha a'zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O’quvchilar
tomonidan bildirilayotgan noto’g’ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday 
xarakat   o’quvchilarning   faolligiga   salbiy   ta'sir   ko’rsatadi).   Keyingi   bosqichda
o’quvchilarga mavzuga oid matnlar tarqatiladi Ushbu matn mavzu bo’yicha eng asosiy
tushunchalarni o’z ichiga oladi. O’quvchilar matn bilan tanishib chiqqandan so’ng fikr
yuritishlari   hamda   mavzuga   oid   yana   qanday   ma'lumotlarni   o’zlashtiriganliklarini
aniqlashlari   lozim.   O’quvchilar   o’z   xulosalari   asosida   fikrlarini   bayon   etadilar,   ushbu
fikrlar   «Bilib   oldim»   nomli   ustunga   yozib   boriladi.   So’ngi   bosqichda   o’qituvchi
o’quvchilaridan   yangi   mavzu   bo’yicha   qanday   ma'lumotlarni   o’zlashtirish   istagida
ekanliklarini so’raydi va o’quvchilarni yana o’ylashga da'vat etadi. Guruhlardan navbati bilan   fikr   so’raladi.   O’quvchilar   tomonidan   bildirilgan   fikrlar   «Bilishni
xohlayman»nomli   ustunga   yozib   boriladi.     Masalan:   Matn   o’quvchilarga   tarqatiladi.
O’quvchilar   yakka   tartibda   (7   minut)   matn   bilan   tanishadilar.   So’ngra   guruhlarda
yuqorida   qayd   etilgan   jadvalni   to’ldiradilar.   “Bumerang”   texnologiyasi.   Ushbu   metod
o‘quvchilarni   dars   jarayonida,   darsdan   tashqarida   turli   adabiyotlar,   matnlar   bilan
ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrini erkin holda
bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars mobaynida
o‘qituvchi   tomonidan   barcha   o‘qivchilarni   baholay   olishga   qaratilgan.   Metodning
maqsadi: O‘quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarning o‘quvchilar tomonidan
yakka   va   guruh   holatida   o‘zlashtirib   olishlari   hamda   suhbatmunozara   va   turli   savollar
orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish
va baholash jarayoni mobaynida har bir o‘quvchi tomonidan o‘z baholarini egallashiga
imkoniyat   yaratish.   Metodning   qo‘llanishi:   Amaliy   mashg‘ulotlar   hamda   suhbat-
munozara   shaklidagi   darslarda   yakka   tartibda,   kichik   va   jamoa   shaklida   foydalanilishi
mumkin.   Mashg‘ulotda   foydalaniladigan   vositalar:   O‘quvchi   dars   jarayonida   mustaqil
o‘qishlari,   o‘rganishlari   va   o‘zlashtirib   olishlari   uchun   mo‘ljallangan   tarqatma
materiallar   (o‘tilgan   mavzu   yoki   yangi   mavzu   bo‘yicha   qisqa   matnlar,   suratlar,
ma’lumotlar).   Mashg‘ulotni   o‘tkazish   tartibi:   Ushbu   metod   bir   necha   bosqichda
o‘tkaziladi:
  •   o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi; 
•   o‘quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;
  •   o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi;
  •   berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi;
  •   har bir guruh a’zolaridan yangiguruhtashkil etiladi; 
  •   yangiguruh a’zolarining har bir guruh navbati bilan mustaqil o‘rgangan matnlari bilan
axborot   almashadilar,   ya’ni   bir-birlariga   so‘zlab   beradilar,   matnni   o‘zlashtirib
olishlariga erishadilar;   •   berilgan   ma’lumotlarning   o‘zlashtirilganlik   darajasini   aniqlash   uchun   guruh   ichida
ichki nazorat o‘tkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savoljavob qiladilar;
  •   yangi a’zolar dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar; 
•   darsning   qolgan   jarayonida   o‘quvchilar   bilimlarini   baholash   yoki   to‘plagan   ballarini
hisoblab   borish   uchun   har   bir   guruhda   “guruh   hisobchisi”   tayinlanadi.   O‘quvchilar
tomonidan   barcha   matnlar   qay   darajada   o‘zlashtirilganligini   aniqlash   maqsadida
o‘qituvchi (yoki opponent guruh) o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, og‘zaki
so‘rov o‘tkazadilar; 
•   savollarga   berilgan   javoblar   asosida   guruhlar   to‘plagan   umumiy  ballari   aniqlanadi:   •
har   bir   guruh   a’zosi   tomonidan   guruhdagi   matn   mazmunini   hayotga   bog‘lagan   holda
bittadan savol tuziladi;
  •   guruhlar   tomonidan   tayyorlangan   savollar   orqali   savol-javob   tashkil   etiladi   («guruh
hisobchilari» berilgan javoblar bo‘yicha ballarni hisoblab boradilar); 
•   guruh a’zolari tomonidan to‘plangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi;
  •   guruhlar to‘plagan umumiy ballar guruh a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi. 
   darsni   yakunlash,   uyga   vazifa   berish.   Informatika   darslarida   ushbu   metodni
quyidagicha   qo‘llash   mumkin:   Mavzu:   “Kompyuterlar.   Kompyuterlarning   qurilmalari
va vazifalari” (5-sinf, Informatika). Tarqatma materiallar:
  1-guruhga – Kompyuterlar qanday tuzilgan? 
2-guruhga– Ma’lumotlar qanday saqlanadi? 
3-guruhga – Kompyuterlarning qanday qo‘shimcha qurilmalari mavjud?
  4-guruhga – Kompyuterlar qanday ishga tushiriladi?
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida qabul qilingan 
“Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlarida bayon  qilingan ta’lim tizimining islohi, shuningdek, Respublika Prezidentining Oliy 
majlis IX sessiyasidagi “Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” 
barcha sohadagi tarbiyaviy faoliyatini tubdan isloh qilish, o’quvchilar bilan 
o’tkaziladigan tarbiyaviy ishlar uslubiyoti, shakl va mazmuninga pedagogik 
texnologiyalarni kiritish hamda o’quvchi yoshlarga izchil tarbiya berishning 
samarali yo’llarini o’rganishga qaratilgan. 
Rivojlangan horijiy mamlakatlar ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo’llanilib 
kelinayotgan pedagogik texnologiya tamoyillaridan og’ishmagan holda, majmua 
nazariyasining barcha qonuniyatlaridan kelib chiquvchi va Respublikamizdagi 
ijtimoiy-pedagogik sharoitni hisobga olib, hududdagi professor-o’qituvchilar va 
pedagoglarning ma’rifiy mentalitetidan kelib chiqqan holda, Respublikamiz 
pedagoglar jamoachiligiga tushunarli bo’lgan pedagog texnologiyaning zamonaviy 
o’zbek milliy modeli yaratildi. Navbatdagi vazifa, pedagogik texnologiyaning 
milliy modelini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish yo’lida o’quv fanlarning 
barcha turdagi mashg’ulotlari loyihalarini tuzish. Loyihalash asosida o’qitish 
nazariy jihatdan to’la asoslangan bo’lib, bugungi kunda uni ta’lim jarayoniga tatbiq 
etish dolzarb masaladir.
11 Sohalarga yo’naltirib o’qitishda o’qitishning innovatsion shakl, metod va 
vositalaridan foydalanish keng qamrovli ravishda foydalaniladi. Pedagogik 
innovatsiya – bu pedagogik yangiliklar, ularni baholash va pedagogik jamoa 
tomonidan o’zlashtirish va uni amaliyotda qo’llash to’g’risidagi ta’limot bo’lib 
uchta: pedagogik-neologiya, aksiologiya, praksologiya yo’nalishlariga ega. (1- 
sxema) 
Pedagogik neologiya (yunoncha “neo”- yangi va “logos”- ta’lim bo’lib, yangilik 
haqidagi ta’limot) deyilib, bunda pedagogika sohasidagi har qanday yangiliklar 
o’rganiladi, umumlashtiriladi. Pedagogik aksiologiyada (yunoncha “aksioma”- “ 
isbotlanmaydigan ta’limot” ma’nosini anglatadi) pedagogik yangiliklar ichidan eng 
ishonchlisi va samaralisi tanlab olinadi. 
Pedagogik praksologiya (yunoncha “praks” – “harakat” va “logos” – ta’lim, 
ya’ni “amaliyotda qo’llash haqidagi ta’limot” ma’nosini anglatib, bunda tanlab  olingan pedagogik yangiliklarni amaliyotda qo’llash, muayyan samaraga erishish 
masalalari tushuniladi. 
Pedagogik innovatsiyaning modeli shartli ravishda “To’pla”, “Tanla”, “ Qo’lla” 
dan iborat. (2- sxema) 
Multimedia- o’zlashma qo’shma so’zlardan iborat bo’lib, (lotincha multum – 
o’zbek tilida ko’p, ancha ma’noni anglatadi), biror narsaning ko’pligini, ko’p 
qaytarilishini bildiradi hamda bir necha o’quv dasturlarni o’z ichiga olgan 
ta’limning shakl va vositasidir. Multimedia vositalari asosida o’ qitish jarayonida 
aniq fanlarni kompyuter asosida to’liq o’qitish, ma’ruza matnlarini tahrir qilish, 
o’quvchilar topshirgan nazorat natijalarining tahlili asosida ma’ruza matnlarini 
bayon qilish uslubini yaxshilash, o’quvchilarni axborot texnologiyalarini 
Pedagogik innovatsiya modeli To’pla Tanla Qo’lla Pedagogic neologiya Neologiya 
Aksiologiya   Praksologiya   multimedia   vositalari   asosida   animatsiya   elementlarini   dars
jarayonida ko’rishi, 
eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega bo’ladi.
Pedagogik texnologiyaning monitoringi(Pirovard natijasi) 
1- bosqich o’rganish esda saqlash 
2- bosqich tushunib yetish o’zlashtirganini isbotlash 
3- bosqich tatbiq eta olish qonun –qoidani tanlash, qo’llash 
4- bosqich tahlil eta bilish qiyoslash, xulosalash, o’zaro bog’lash 
5- bosqich sintez axborotni ijodiy qayta ishlay olish 
6- bosqich baho olish yangi bilimga o’tish 
O’qitish jarayonida o’quvchi-talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli 
pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo’llanilishi ularni 
mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga har bir masalaga ijodiy yondoshish, 
mashuliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, taxlil qilish, ilmiy 
adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi mustaqil o’qishga, o’zi tanlagan 
kasbiga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. 
Bunday natijaga erishish amaliyotda o’quv jarayonida innovatsion va 
axborot texnologiyalarni qo’llashni taqozo etadi. Ular juda hilma-xildir va bu  metodlar yoki o’qitishning samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnologik 
treninglar o’quvchi-talabalarning mantiqiy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni 
shaklantirishga, kasb tanlash imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. 
Pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda dars jarayonidagi turli 
muammolarni xal etishga, ularning kelib chiqish sabablari, tuzatish yo’llarini 
topishga, o’quvchilarni esa mustaqil fikrlashga, fikrlarini isbot qilishga va turli 
vaziyatlardan chiqishga o’rgatishda qo’llash mumkin. 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o’sib kelayotgan avlodni mustaqil 
fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi qo’yilgan. Ushbu masalani hal etish ko’p 
jihatdan o’qitishning interfaol usullarini qo’llashga ham bog’liq. Ma’lumki, 
“Interfaol (interaktiv)” tushunchasi inglizcha “interast” so’zidan kelib chiqqan 
Xulosa
Respublikamizning ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy, madaniy, marifiy hayotida yuz 
berayotgan islohotlar, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, 
“Kadrlash tayyorlash milliy dasturi” hamda uzluksiz ta’lim tizimining barcha 
bosqichlari uchun joriy etilgan ta’limning davlat standartlari, umumiy o’rta ta’limning  yangi dasturlarining muvaffaqiyatli hal qilishi, tayyorlanayotgan yetuk 
mutaxassislarning sifatiga ham bog’liqdir. Hozirgi kunda kasb-hunar kollejlari 
o’quvchilariga “Informatika va AT” fanini kasbga yo’naltirgan holda o’qitish 
metodikasini pedagogika sohasiga tadbiq qilish bo’yicha respublikamizda olib 
borilayotgan izlanishlar e’tiborga loyiq. Kundalik xabarlar yangiliklar bir necha soniya 
ichida butun dunyoga tarqaladi. Bu esa bugungi kun informatika va axborot 
texnologiyalarining xar bir sohasiga kirib borganligini ko’rsatadi. Predmetlararo 
bog’lanishning turlari shakllari va mazmunini namoyon qilish jarayonida 
o’quvchilarning boshqa fanlarni qanday qanday darajada o’zlashtirganligi aniqlanadi va 
o’rganilayotgan materiallarning mohiyatini to’la va chuqur anglab, tushunib etishni 
ta’minlaydi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
www.pedagog.uz – Pedagogika ta'lim muassasalari portal
  www.gov.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat Hokimiyati portali.
  www.edu.uz – O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta'lim vazirligi portal

Informatika fanini kasbga yo’naltirib o’qitish metodikasi” fanini kasbga yo’naltirib o’qitish jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion, pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar. Reja 1 Informatika fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish. 2 O’quvchilarga kasbga yo’naltirishni o’rgatish mazmuni va unga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llash.

1 Informatika fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish. Hozirgi davrda o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi muhimdir. Ushbu masalaning hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interfaol metodlarini qo’llashga bog’liq. Interfaol so’zi inglizcha “Interakt” so’ziga mos kelib, “Inter – o’zaro”, “akt – ish ko’rmoq, ishlamoq” degan ma`nolarni anglatadi. Interfaol o’qitish – muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta`sir amalga oshiriladi. Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etishdan iboratki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Darslardagi interfaol faoliyat o’zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyati nazorat topshiriqlarini birgalikda echishga olib keladigan muloqotli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko’zda tutadi1. Interfaol metodlardan foydalaniladigan o’quv jarayonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarini va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni echishga, alternativ fikrlarni chamalab ko’rishga va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, bahslarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqot qilishga o’rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o’yinlar, ijodiy ishlar qo’llaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi. Interfaol o’qitish tashkilotchilari uchun, sof o’quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir: - guruhdagi o’quvchilarning o’zaro muloqotlar jarayonida boshqalarning qadriyatlarini tushunib etishi; - boshqalar bilan o’zaro muloqotda bo’lish va ularning yordamiga muhtojlik zaruratining shakllanishi; - o’quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish. Interfaol usullar bo’yicha o’qitish tashkil etish jarayonida o’qituvchining bergan topshiriqlari mazmuni o’quvchining tafakkurini rivojlantirish uchun kuchli vositadir. Ushbu topshiriqlar turli xil murakkablik darajalarida bo’lib, o’quvchilarni fikr yuritish, o’ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undovchi bo’lishi lozim. Quyida topshiriq savollarini to’g’ri ifoda qilish uchun tavsiyalar keltiramiz: 1. Topshiriq savollarini aniq va tushunarli darajada qo’yish lozim.

2. Topshiriq mavzu bilan bevosita bog’liq bo’lishi kerak. 3. Muayyan predmetlardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu holat o’quvchilarni o’ylashi va savolga javob berishda engillik tug’diradi. 4. Faqatgina “ha” yoki “yo’q”, “to’g’ri” yoki “noto’g’ri” degan javoblar beriladigan savollarni berishdan saqlaning. 5. O`quvchilarga o’z intellektual qobiliyatlariga tayangan holda javob beradigan savollarni bering. 6. O`quvchining o’z nuqtai nazarini bildiradigan topshiriqlardan berishga harakat qiling. 7. Qo’yilgan topshiriqqa javob berilganda o’quvchilardan “Nima uchun shunday deb o’ylaysiz?” deb so’rab turing. Quyida bir qator interfaol metodikalarning tavsifi va mohiyatini keltiramiz: “Aqliy xujum” metodi. Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod sanalib, u mashg’ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma'lum ko’nikma hamda malakalarni xosil qilishga rag’batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg’ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug’iladi. «Aqliy xujum» metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma'lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo’lgan g’oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi. Mashg’ulotlar jarayonida «Aqliy xujum» metodidan foydalanishda bir necha qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qoidalar quyidagilar: 1. Mashg’ulot ishtirokchilarini muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish. 2. Har bir ta'lim oluvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalar miqdori rag’batlantirilib boriladi. Bu esa bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari fikrlarning rag’batlantirilishi navbatdagi yangi fikr yoki g’oyalarning tuzilishiga olib keladi.

3. Har bir ta'lim oluvchi o’zining shaxsiy fikri yoki g’oyalariga asoslanishi hamda ularni o’zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikr (g’oya)larni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan fikr (g’oya)larning shakllanishiga zamin hozirlaydi. 4. Mashg’ulotlar jarayonida ta'lim oluvchilarning har qanday faoliyatlarini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo’l qo’ymaydi. Agarda ularning fikr (g’oya)lari baholanib, boriladigan bo’lsa, ta'lim oluvchilar o’z diqqatlarini, shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda ular yangi fikrlarni ilgari surmaydilar. Mazkur metodni qo’llashdan asosiy maqsad ta'lim oluvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag’batlantirish ekanligini etibordan chetda qoldirmagan holda ularning faoliyatlarini baholab borishning har qanday usulidan voz kechish maqsadga muvofiqdir. “Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman” metodi. Sinf o’quvchilari beshta guruhga bo’linadilar, guruhlar nomlanadi. Yozuv taxtasi uch qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga «Bilaman», ikkinchi bandning yuqori qismiga «Bilib oldim», uchinchi bandning yuqori qismiga esa «Bilishni xohlayman»degan so’zlar yoziladi. So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan mavzu yuzasidan qanday ma'lumotlarga ega ekanliklarini so’raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman »nomli bandga yozib qo’yadi. Ushbu xarakat guruhlar tomonidan fikrlar to’la bayon etilganga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlarning barcha a'zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O’quvchilar tomonidan bildirilayotgan noto’g’ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday xarakat o’quvchilarning faolligiga salbiy ta'sir ko’rsatadi). Keyingi bosqichda o’quvchilarga mavzuga oid matnlar tarqatiladi Ushbu matn mavzu bo’yicha eng asosiy tushunchalarni o’z ichiga oladi. O’quvchilar matn bilan tanishib chiqqandan so’ng fikr yuritishlari hamda mavzuga oid yana qanday ma'lumotlarni o’zlashtiriganliklarini aniqlashlari lozim. O’quvchilar o’z xulosalari asosida fikrlarini bayon etadilar, ushbu fikrlar «Bilib oldim» nomli ustunga yozib boriladi. So’ngi bosqichda o’qituvchi o’quvchilaridan yangi mavzu bo’yicha qanday ma'lumotlarni o’zlashtirish istagida ekanliklarini so’raydi va o’quvchilarni yana o’ylashga da'vat etadi. Guruhlardan navbati

bilan fikr so’raladi. O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman»nomli ustunga yozib boriladi. Masalan: Matn o’quvchilarga tarqatiladi. O’quvchilar yakka tartibda (7 minut) matn bilan tanishadilar. So’ngra guruhlarda yuqorida qayd etilgan jadvalni to’ldiradilar. “Bumerang” texnologiyasi. Ushbu metod o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘qivchilarni baholay olishga qaratilgan. Metodning maqsadi: O‘quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarning o‘quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda suhbatmunozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash jarayoni mobaynida har bir o‘quvchi tomonidan o‘z baholarini egallashiga imkoniyat yaratish. Metodning qo‘llanishi: Amaliy mashg‘ulotlar hamda suhbat- munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin. Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: O‘quvchi dars jarayonida mustaqil o‘qishlari, o‘rganishlari va o‘zlashtirib olishlari uchun mo‘ljallangan tarqatma materiallar (o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha qisqa matnlar, suratlar, ma’lumotlar). Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: Ushbu metod bir necha bosqichda o‘tkaziladi: • o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi; • o‘quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi; • o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi; • berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi; • har bir guruh a’zolaridan yangiguruhtashkil etiladi; • yangiguruh a’zolarining har bir guruh navbati bilan mustaqil o‘rgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga so‘zlab beradilar, matnni o‘zlashtirib olishlariga erishadilar;