logo

Kasbga yo'naltirilgan

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

333.5 KB
O‘ZBEKISTON   RESPUBLIKASI  OLIY   VA  O‘RTA MAX SUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER N AVOIY  N OMIDAGI  SAMARQAN D DAVLAT
UN IVERSITETI
 
N. SH. SHodiev
KA SBGA  Y O‘N A LTI RI SH
(ma’ruzalar  mat ni) SAMARQAN D
KIRISH 
Mustaqil   mamlakatimizda   ta’limni   isloh   qilish   bo‘yicha   qabul
qilingan   hujjatlarda,   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   (asoiy
Qonun)da,   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlis   materiallarida,
Prezidentimiz   asarlarida   raqobatbardosh   kadrlar   tayyorlash   bo‘yicha
uzoq yillarga mo‘ljallangan dastur o‘z aksini topgan.
O‘zbekiston   Respublikasining   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»
Qonunida   yuksak   ma’naviyatli,   malakali   mutaxassislarni   tayyorlash
tizimini   qayta   shakllantirish   masalasini   mustahkamlash   muhim   o‘rin
olishiga   alohida   e’tibor   qaratilgan.   Mamlakatimiz   xalq   xo‘jaligi   ishlab
chiqarish   sohasining   turli   yo‘nalishlari   uchun   malakali   mutaxassislarni
tayyorlash   vazifasi   bevosita   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   kollejlari
zimmasiga   yuklatilgan.   Ushbu   qonunda,   jumladan,   «Tayanch
umumta’lim   bosqichini   tugatgan   o‘quvchiga   o‘zining   xohish-irodasi   va
intilishiga   qarab   ikki   turdagi   uch   yillik   o‘rta   maxsus   o‘quv   yurtlarida
ta’lim majburiy-ixtiyoriy davom ettirishga imkoniyat yaratishdir.
Talabalarga   o‘zlari   tanlagan   kasb-hunar   yo‘nalishlari   bo‘yicha
maxsus   bilim   beriladi   va   kasb-hunar   o‘rgatiladi,   deb   alohida
ta’kidlangan.
SHu   boisdan   ham   umumta’lim   o‘rta   maktablari   pedagogik
jamoasi oldida o‘quvchilarni ma’lum kasb-hunarga layoqatini namoyon
qilish   va   shu   asosda   ularni   tegishli   kasb-hunarga   yo‘naltirish   masalasi
ko‘ndalang bo‘lib turmoqda. 
Prezident I.A. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX
sessiyasi   (1997   yil   29   avgust)da   so‘zlangan   nutqida   IX   sinfni
tugatayotganlarning keyingi yo‘li, taqdiri haqida to‘xtalib, 16-18 yashar
yigit-qizlarimiz   o‘z   qobiliyati,   havasi,   intilishiga   mos,   hayotda   o‘ziga
munosib o‘rin topolmayapti».  Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarida   o‘quvchilarni   kasb-hunarga
yo‘naltirish   bo‘yicha   pedagogik   jamoa   faoliyatining   samarasi   ko‘p
jihatdan   o‘quvchilarni   kasb-hunarga   yo‘naltirish   borasida   maktabda
tashkiliy-pedagogik   faoliyatni   to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yishga;   maktab
o‘quvchilarini   kasb-hunarga   yo‘naltirish   bo‘yicha   o‘qituvchi   faoliyatini
ilmiy   asosda   tashkil   etishga;   o‘quvchilarni   kasb-hunarga   yo‘naltirishda
nafaqat respublikamiz ilg‘or predmet o‘qituvchilari, ayniqsa pedagogik
jamoalari,   balki   xorijiy   davlatlar   erishgan   yutuqlarni   keng   ko‘lamda
o‘rganish   hamda   mazkur   tajribalarni   umumta’lim   maktablari
amaliyotiga   joriy   etishga;   o‘quvchilarni   kasb-hunar   kollejlarida
o‘rgatilayotgan mutaxassislarga yo‘llash bo‘yicha oila, mahalla, uzluksiz
ta’lim   tizimi,   keng   jamoatchilik,   biznes   markazlari,   otaliq   tashkilotlari,
ishlab   chiqarish   korxonalari,   biznes   markazlari   o‘rtasida   o‘zaro
hamkorlikni keng  ko‘lamda  yo‘lga  qo‘yishga;  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar
ta’limi   davlat   standartlarida   qayd   etilgan   kasb-hunarlar   to‘g‘risida
maktab   o‘quvchilarining   to‘la   axborotga   ega   bo‘lishiga   hamda   o‘z
predmeti   bo‘yicha   V-IX   sinflarda   o‘quvchilarni   kasbga   yo‘naltirish
metodikasini   qay   darajada   egallaganligiga;   kasb-hunar   kollejlarida
o‘rgatilayotgan   kasb   mutaxassislariga   o‘quvchilarni   yo‘naltirishda
ularning   shaxsiy   imkoniyatlari,   qiziqishlarini   hamda   intilishlarini
maksimal   darajada   hisobga   olishga   va   hokazolarga   ko‘p   jihatdan
bog‘liqdir. 
YUqorida   bayon   qilinganlardan   ko‘rinadiki,   V-IX   sinflar
o‘quvchilari   bilan   kasbga   yo‘naltirish   bo‘yicha   olib   borilayotgan
tarbiyaviy   ishning   mazmuni,   mohiyati   ular   ongiga   biror   kasbni
mukammal   egallagan   kishilargagina   mehnat   kelajakda   huzur-halovat
bag‘ishlashini, baxt keltirishini singdirishga qaratishni taqozo etadi. 
O‘z-o‘zidan   ravshanki,   o‘quvchilarni   kasb-hunarga   yo‘naltirish
ishining   ilmiy-nazariy   asoslarini,   uning   mohiyati,   maqsadi,   vazifasi   va
mazmunini   chuqur   o‘rganmasdan   turib   o‘z   predmeti   bo‘yicha   dars,
darsdan   tashqari   mashg‘ulotlarda   kasb   tanlashni   rejalashtirish   va
o‘tkazish   bo‘yicha   dars,   darsdan   tashqari   mashg‘ulotlarda   kasb
tanlashni   rejalashtirish   va   o‘tkazish   bo‘yicha   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarni   egallamasdan   turib   sezilarli   muvaffaqiyatga   erishib
bo‘lmaydi.   SHu   sababdan   ham   xalq   ta’lim   tizimi   uchun   kadrlar
tayyorlab   berayotgan   oliy   o‘quv   yurtlari   oldida   talaba   bakalavrlarni
maktabda   o‘quvchilarni   kasbga   yo‘naltirish   ishini   muvaffaqiyatli   olib
borishga tayyorlash kabi davlat ahamiyatiga molik vazifa turadi.  
KA SBGA  Y O‘N A LTIRISH TIZIMI  
Reja: 
1. Kasbga yo‘naltirish tizimi va uning asosiy komponentlari.
2.   Kasbga   yo‘naltirilgan   tizimni   tashkil   qilish   va   boshqarish
prinsiplari.
3. Kasbga yo‘naltirilgan (K.K.Platonov) uchburchagi. 
Tay anch   t ushuncha   v a   iboralar:   kasbga   oid   axborot   berish,
kasblarni   targ‘ibot   qilish,   kasb   bo‘yicha   maslahat,   kasbga   sarala щ ,
kasbga moslashuv, K.K. Platonov uchburchagi. Kasbga yo‘naltirish tizimi sifatida:
I.   Mamlakat   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotini   jadallashtirish
sharoitida   tizimli   yondashish   ilmiy   bilish   va   ijtimoiy   praktikani   zaruriy
yo‘nalishi   sifatida   ijtimoiy   hodisalarga   tizimli   yondashish   ilmiy
bilishning metodologiyasidir. 
Tizim   nima?   Tizim   –   bu   elementlar   to‘plami   bo‘lib,   ular   o‘zaro
ta’sirda bo‘lib turadilar. 
Ijtimoiy   tizim   (kasbga   yo‘naltirish   murakkab   ijtimoiy-psixologik
jarayon sifatida), yangi xususiyatga, tizimli sifatga ega bo‘lib, bu sifatni
tizimni tashkil qiluvchi birorta ham komponent.
Tizim   deganda   bir   talay   o‘zaro   aloqada,   ta’sirda   bo‘lgan   element
(komponent)lar to‘plami tushuniladi. 
Tizimlar   yaxlitligi   va   bir   butunmas   (uyumga   o‘xshagan)ligi   bilan
ajralib turadilar. 
Ijtimoiy tizimlar yaxlit tizimlardir, ularning komponentlari uzluksiz
ta’sirlashib   turadilar.   Tizimlar   ochiq   va   yopiq,   o‘zini   boshqaradigan   va
boshqara olmaydigan bo‘lishi mumkin. 
Ijtimoiy   tizim   uchun   maqsadga   qaratilganlik,   aniqlik,   rivojlanish
xarakterlidir. 
Har qanday yaxlit tizim – tegishli tarkibga, ma’lum miqdorda, aniq
komponent   (qism)larga   egadir.   Komponent   tizimning   istagan   qismi
bo‘lib, u boshqa qismlar bilan muloqotda bo‘ladi.
Tizim   ma’lum   tuzilishga   egadir.   Tizimcha   –   bu   tizimning   tarkibiy
qismi bo‘lib, u o‘z navbatida komponentlardan tashkil topgan.
Tizimlarning   komponentlari   va   qismlari   passiv   emas,   ular   bir-
birlari   bilan   o‘zaro   faol   ta’sirda   bo‘lib,   tizimlarning   parametrlarini
o‘zgartiradilar. 
II.   Tizimni   t ashk il   qilish   v a   boshqarish   prinsiplari   (ob’ektivlik,
konkretlik, samaradorlik, to‘g‘ri va teskari aloqalar va h.k.).
Boshqarishni   ob’ektivligi   ob’ektiv   qonuniyatlar   talablariga   qat’iy
rioya   qilish,   mavjud   real   imkoniyatlarni   hisobga   olishda   namoyon
bo‘ladi. 
Amaliylik,   ishchanlik,   uyushganlik,   komponentlik   ijtimoiy
jarayonlarni boshqarishda asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Boshqarish   uchun   ishni   bilish   kerak.   Komponentsizlik   bilan
boshqarish fanini bilmasdan turib tizimni boshqarib bo‘lmaydi.  Boshqarish   deganda   boshqariladigan   tizimni   boshqaruvchi
tomonidan  maqsadga  qaratilgan  holda ta’sir etish  orqali bir holatidan
ikkinchi holatga o‘tkazish tushuniladi. 
III. Kasb t anlash t izimi v a uning asosiy  k omponent lari:  kasbga
oid   axborotlar,   dastlabki   kasb   diagnostikasi,   kasb   konsultatsiyasi,
profotbor   (podbor),   ijtimoiy   kasb   adaptatsiyasi,   kasb   tarbiyasi,   kasb
tanlash tizimsi komponentlarining o‘zaro aloqasi. 
Kasb  t anlash   –  bu   psixologik-pedagogik,   tibbiy   va   davlat   tadbir-
choralarining tizimidir. 
Bu tizim tizimga va bosqichlardan iborat bo‘lib, ularning har birini
o‘z vazifasi va echish usullariga ega. 
Kasb tanlashning birinchi bosqichi va uning mustaqil tizimchasi. 
Kasbga   oid   axborot lar   berish.   Bu   bosqich   o‘quvchilarni
kasbshunoslik   elemntlariga   o‘rgatadi:   turli   kasblarning   mohiyati,
ularning   xalq   xo‘jaligi   va   jamiyat   uchun   ahamiyati,   ijtimoiy   prestiji
(obro‘si),   texnika   bilan   jihozlanganligi,   kasblarni   kishilarga   qo‘yadigan
talablari bilan tanishtirish.
Kasbga   oid   axborotning   vazifasi   faqat   o‘quvchilarni   turli   kasblar
bilan   tanishtirishdan   iborat   bo‘lmasdan,   balki   ularda   bu   kasblarga
qiziqish uyg‘otishi ham kerak.
Haqiqatda   ham   ilmiy   tekshirishlarni   ko‘rsatgichi   o‘rta   maktabni
bitirib chiqayotgan  yoshlar o‘rtasida  ishchi kasblarni  obro‘si  juda  past.
SHuning uchun ham kasbga oid axborot (profprosve щ enie) berishning
vazifasi   o‘quvchilarda   ishchi   kasblarga   nisbatan   to‘g‘ri   munosabatni
shakllantirishdan   iboratdir.   Buning   uchun   targ‘ibot-tashviqot   degan
tarkibiy   qismini   amalga   oshiradi.   Kasbga   oid   axborot,   targ‘ibot-
tashviqot   o‘quvchilarni   qiziqishini   o‘rganishdan   boshlanishi   kerak
(anketa va suhbat usullari).
Kasb   t arbiy asi   –   bu   yaxlit   bir   mehnat   tarbiyasi   tizimsining   bir
qismidir.   Bu   o‘quvchilarni   kasbga   bo‘lgan   qiziqishni   o‘rganish   va   uni
shakllantirishdan moyillikka, idealarga va iste’dodlarga o‘sib o‘tadi. 
Kasbga   oid   axborot,   kasb   tarbiyasi   o‘zaro   bog‘liklikda   kasbiy
ta’limga   nisbatan   ham   ko‘p   darajada   barcha   predmetlar   bo‘yicha
darslarda qayd qilinishi kerak. 
Kasb k onsult at siy asi:  tayyolovchi, yakunlovchi va aniqlovchi. 
IV. Kasb adapt at siy asi k asb t anlashning oxirgi bosqichi. 
Psixologik   tayyorgarlik   –   ma’lum   faoliyat   turiga   qobiliyatni
aktivlashtirishda   namoyon   bo‘ladi.   U   shaxsning   ayrim,   alohida sifatlarini   emas,   balki   psixologik   tayyorgarlik   kasbga   oid   axborotlar
berish, kasbga tarbiyasi va tayyorlovchi kasb konsultatsiyasini o‘tkazish
jarayonida amalga oshiriladi.
SHunday   qilib   kasbga   oid   axborot,   kasb   tarbiyasi,   kasb
konsultatsiyasi,   profotbor  va  kasb  adaptatsiyasi   bilan   faqatgina   o‘zaro
bog‘liq bo‘lmasdan, balki ular vaqt intervalida bir-birini ustiga tushadi. 
Saralash shakllari kvadratidan keyin kelishi kerak. 
Tizimli   y ondashuv   –   dialektikaning   qoidalaridan   biri   bo‘lib,   u
butun,   yaxlitda   mavjud   bo‘lgan   elementlarini   ob’ektiv   aloqalarini
aniqlashga   imkon  beradi.   Bu   esa   har  bir   elementni   alohida   bir   butuni
o‘zini funksional rolini chuqurroq tushunishga ko‘maklashadi. 
Keyingi   vaqtda   murakkab   pedagogik   hodisa,   jarayonlar   tizimli
yondashuv   usuli   bilan   tadqiq   qilish   pedagog   olimlar   o‘rtasida   keng
qiziqish uyg‘otmoqda. 
                    
    
                      К асбга ои д
ах боротлар
Касбий таълим  Касб тарбияси  Касб тарђиботи-
ташвиљоти
Касб консультацияси
Профотбор 
Касб адаптацияси Тайёрловчи 
Якунловчи   
Аниљлаштирувч
и    Психологик
тайёргарлик  
Касб адаптациясининг 2
босљичи:  
1. Корхонада бевосита
адаптация.
2. Психологик тайёргарлик олиб
бориш орљали ўљувчиниБу тайёргарлик касбга оид
ахборотлар, касб
тарбияси ва тайёловчи
касб маслаќатини
ўтказиш орљали амалга
оширилади  Tizimli   yondashuv   usulidan   o‘qituvchi   pedagogik   faoliyati
mazmuni   va   jarayonini   ishlab   chiqishda   asosiy   usullardan   biri   sifatida
foydalanmoqda. 
Pedagogik   hodisa,   jarayonlarni   tekshirishning   mazkur   usuli
ta’lim-tarbiya   jarayonini   yaxlit,   bir   buun,   uyg‘un   holatda   kompleks
o‘rganishga imkon beradi. 
Murakkab   ta’lim-tarbiya   jarayoni   tizimining   boshqa   tizimlardan
ajralib   turadigan   muhim   xususiyati   –   bu   uning   element   va   tarkibiy
qismlarini   o‘zaro   mustahkam   aloqasi   tufayli   vujudga   keladigan   bir
butunligi,   yaxlitligidir.   U   holda   pedagogik   hodisalarni   tadqiq   qilishga
tizimli   yondashuv   deganda,   biz   pedagogik   tizimda   mavjud   bo‘lgan
barcha   muhim   tashqi   va   ichki   aloqalar   va   tizimlarni   hisobga   olishni,
murakkabroq   tizimning   tarkibiy   qismi   bo‘lgan   ayrim   pedagogik
ob’ektlarni   o‘rganishni,   o‘quv-tarbiya   jarayonini   ko‘zda   tutilgan   aniq
maqsadga   samarali   erishishi,   ularning   har   birini   o‘rni   va   rolini
namoyon qilishni tushunamiz.
Kasbga   yo‘naltirish   muammosi   ma’lum   maqsadlarga   qaratilgan,
bir-biri   bilan   o‘zaro   aloqada   bo‘lgan   qator   tizim   va   funksional
komponentlardan iborat tizim sifatida qaralishi mumkin. SHuni alohida
ta’kidlash   kerakki,   ushbu   tizim   o‘z   navbatida   o‘zidan   kichik   yana   qator
tizim   (element)lardan   tashkil   topishi   mumkin.   Ushbu   tizimlardan
birortasi   tahlil   qilinganda,   qolgan   barcha   tizimlar   uchun   tashqi   muhit
hisoblanadi.   U   holda   o‘rganilayotgan   tizimni   ushbu   muhit   bilan
«aloqasi»   (o‘zaro   ta’siri),   uning   «kirish»   va   «chiqish»lari   obro‘li   amalga
oshadi. 
Endi   kasb   tanlash   tizimining   mazmun   va   jarayon   nuqtai
nazaridan qirqim (qatlam)larga ajratib qarab o‘tamiz. Bunda biz ushbu
tizimning turlicha qirqimlari borligini guvohi bo‘lamiz. Quyida ularning
asosiylariga to‘xtalamiz:
1.   Kasb   tanlash   maktabning   yagona   bo‘lmagan   muhim
vazifalaridan   biridir.   U   bilan   politexnik   ta’lim,   mehnat   tarbiyasi,
iqtisodiy tarbiya va b.q. vazifalar yonma-yon turadi. 
Maktabda kasb tanlash ishiga qancha to‘g‘ri yondashilsa, mehnat
tarbiyasi, politexnik ta’loim ham maktab oldida turgan boshqa vazifalar
ham shuncha osonroq va samaraliroq hosil bo‘ladi. 
SHu   boisdan   o‘quvchilarni   kasbga   yo‘naltirish   tizimsi   bolalar
ta’lim-tarbiyasi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   barcha   asosiy   vazifalar   hal qilinadigan   yaxlit   o‘quv-tarbiya   jarayoni   tizimsining   elementi   sifatida
qarorlashi mumkin.
2.   Maktabda   o‘quvchilarni   ongli   kasb   tanlashga   tayyorlash   ishi
ko‘p rejalidir. U butun pedagogik jamoa a’zolari (sinf rahbarlari, makta
rahbarlari   va   h.k.   tomonidan   amalga   oshiriladi).   Pedagogik
safarbarlikning   ushbu   tizimsida   uning   har   bir   zvenosi   (bug‘ini)   ish
vazifasi va ish mazmuni ham bir-birlari bilan mustahkam bog‘langan va
umumiy   funksiyani   bajarishga   mo‘ljallangan   tizimchalar   sifatida
qaralishi mumkin.
Tizim o‘z funksiyasini to‘liq bajarishi uchun uning ichki aloqalarini
yoritish kerak.
V.G.   Afanasev   ta’kidlaganidek,   tizimni   atroflicha   bilish   uchun
dastavval uning ichki tuzilishini o‘rganish zarur, ya’ni tizimning qanday
komponentlardan   tashkil   topganligini,   uning   tuzilishi   va   funksiyalari
qandayligini   hamda   qandaykuchlar,   omillar   ushbu   tizimning
yaxlitligini,   bir   butunligini,   mustaqilligini   ta’minlashini   aniqlash   lozim
bo‘ladi. 
Bulardan tashqari tizimli tahlil qilish usuli har qanday tizim uchun
umumiy   bo‘lgan   quyidagi   ob’ektlarni   pedagogik   tizimga   kirish:
«Pedagogik   jarayon»,   pedagogik   tizimdan   chiqish:   «maqsad»,   «teskari
aloqa» va h.k. o‘rganadi. 
Kasbga y o‘nalt irish t izimi v a uning t izimchalari
Kasbga   y o‘nalt irish   –   bu   psixologik-pedagogik,   tibbiy   va   davlat
tadbirlari bo‘lib, ular hayotga qadm qo‘yayotgan yoshlarga jamiyatning
talabini   ham,   o‘zinining   qiziqishlari   va   qobiyaliyatlarini   ham   hisobga
olgan   holda   ilmiy   asosda   o‘zining   kasbini   tanlab   olish   demakdir.
Mazkur tadbirlar jamiyat va shaxs manfaatlarini uyg‘unlashtiradi.
Kasbga   yo‘naltirish   tizimi   tushunchalar   va   bosqichlardan   iborat
bo‘lib, ularning har biri o‘zining vazifalari va hal qilish metodlariga ega. 
Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktabi   hayot   yo‘lining   boshlanishi   shaxsiy
shakllantirgani,   o‘quvchilarni   kasbga   yo‘naltirish   uning   vazifalaridan
hisoblanadi. 
Kasbga yo‘naltirish murakkab dialektik jarayon bo‘lib, u barkamol
avlodni   tarbiyalash   tizimiga   kiradi.   Kasbga   yo‘naltirish   jarayonida hamma   narsa   atroflicha   o‘rganilmagan   bo‘lsa   ham   uning   asosiy
tushunchalari tizimi va vazifalari etarli darajada aniqdir. 
Kasbga yo‘naltirishni ikki shakli haqida so‘z yuritish mumkin, ya’ni
o‘zining   amalga   oshirilishi   bo‘yicha   stixiyali   empirik   shakllangan   va
ilmiy   asosga   qo‘yilgan   kasb   tanglash.   Ma’lumki,   uzoq   vaqt   davomida
kishilik   jamiyatining   birinchi   qadamlarida   amaliyot   kasb   tanlashning
birinchi shakldan foydalandi. Fan-texnika taraqqiyoti ta’siri ostida ta’lim
va umumiy mehnatga tayyorlanayotgan qadrlarning bilim, ko‘nikma va
malakalari   dasturlarni   tez-tez   qayta   qarab   chiqishni   talab   qilishi   kasb
tanlashning   birinchi   shaklidan   foydalanishni   taqozo   etmoqda.   Ilmiy
asoslangan   kasb   tanlash,   xuddi   boshqa   fanlar   singari   stixiyani   tan
olmagani   bilan   birgalikda   nafaqat   maxsus   tashkiliy   tadbirlarni,   balki
ilmiy asoslangan nazariyasini talab qiladi. 
K.K.   Platonov   kasb   tanlash   vazifasini   hal   qilishni   kasb   tanlash
uchburchagini hal qilish bilan taqqoslash lozimligini taklif qilgan. Unga
ko‘ra,   mazkur   uchburchakning   bir   tomoni   organizmga   turli   kasblarni
va u yoki bu kasbni egallayotgan odam shaxsiga qo‘yadigan talablarni
bilish hisoblanadi. 
Kasbga   yo‘naltirishning   birinchi   bosqichi   va   uning   mustaqil
tizimchasi   –   kasb   haqida   axborot   berish   hisoblanadi.   U   butun   kasbga
yo‘naltirish   tizimining   shakllantiruvchi   aspektini   aniq   amalga   oshiradi.
Bu   o‘quvchilarni   kasbshunoslik   elementlariga,   ya’ni   turli   kasblarning
mohiyati, ularning jamiyat va qishloq xo‘jaligi uchun ahamiyati, ijtimoiy
(obro‘si),   texnikaviy   qurollanganligi,   ularni   o‘rganish   usullari   va   yo‘llari
hamda odamga qo‘ygan talablarini tanishtirish bilan bog‘langan.  
Kasb   haqida   axborotlar   berishning   vazifasi   o‘quvchilarni
faqatgina   turli   kasblar   bilan   tanishtirishdan   iborat   bo‘lmasdan,   balki
ta’limni   mehnat   tarbiyasidan   ajratmagan   holda   ularni   mazkur
kasblarga qiziqtirish hamdir.
Mazkur   vazifaning   dolzarbligini   ishonarli   tasdig‘i   sifatida   mazkur
qo‘llanma   muallifi   tomonidan   Respublikamizning   turli   hududlarida
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini ko‘rsatish mumkin. 
Касблар, 
уларнинг 
талаблар
и Меќнат 
бозори    
1-rasm. Kasb t anlash uchburchagi
Jamiyat manfaatlariga teskari boradigan bunday muhokamalarni
bartaraf   etish   va   o‘quvchilarda   ommaviy   kasblarga   nisbatan   ijobiy,
to‘g‘ri   munosabatlarni   shakllantirish   –   kasb   haqida   axborot   berish,
ayniqsa   uning   kasbni   targ‘ibot-tashviqot   qilish   qismini   muhim
vazifasidir.   Biroq   kasbni   targ‘ibot-tashviqot   qilish   qismining   muhim
vazifasidir.   Biroq   kasbni   targ‘ibot-tashviqot   qilishning   ahamiyati   ulkan
bo‘lishiga   qaramay   uni   kasb   haqida   axborot   berishga   ayniqsa   butun
kasbga yo‘naltirish bilan solishtirish (qiyoslash) nazaridir. Hozir shunga
alohida to‘xtalamiz. 
Kasb haqida axborot berish ham kasbni targ‘ibot-tashviqot qilish
ham   o‘quvchilarning   qiziqishlarini   o‘rganishdan   boshlanishi   zarur.   Bu
maxsus anketalar yordamida ommaviy hamda suhbat orqali individual
tarzda  amalga  oshiriladi. Biroq o‘qituvchilar qiziqishlari va intilishlarini
o‘rganish   kasb   haqida   axborot   berishning   bir   bosqichlaridir.   Undan
keyin   har   bir   o‘quvchining   o‘rganilgan   qobiliyatiga   tayangan   holda
kasbga yo‘naltirilganlikni shakllantirish bosqichi keladi. 
Bu   murakkab   vazifani   respublikamiz   ilg‘or   pedagogik   jamoalari
ma’lum  darajada   ijobiy  hal qilishga   qirishganlar  va  bu   sohada   ma’lum
natijalarga erishganlar.
Umumta’lim   o‘rta   maktablari   o‘qituvchilari   dars   va   sinfdan
tashqari   mashg‘ulotlarining   kasbga   yo‘naltirish   imkoniyatlarini   to‘g‘ri
namoyon   qilmoqdalar   va   ulardan   o‘quvchilar   u   yoki   bu   kasb   haqida
atroflicha   axborot   bermoqdalar   hamda   o‘zlarini   sinab   ko‘rish   uchun
imkoniyatlarni yaratmoqdalar. 
Kasb   haqida   axborot   berishi   barcha   predmetlar   bo‘yicha
darslarning ich-ichiga kiritib yuborilishi kerak. SHuning bilan birgalikda
kasb   haqida   axborot   berishni   faqat   kasbshunoslik   bo‘yicha
axborotlarga o‘rgatish bilan cheklanmasligi zarur. Bu shubhasiz zarur,
biroq   kasbga   yo‘naltirishning   etarli   darajada   bo‘lmagan   bu   bosqichi
o‘sishi va kasbga ko‘niktirishni ich-ichiga kirib ketishi zarur. Сарала
ш   Шахс 
љобилиятлари 
 Консуль-
тация Kasbga  k o‘nik t irish  – bu butun mehnat tarbiyasi tizimini tarkibiy
qismidir. Kasbga ko‘niktirish o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishini
o‘rganish   va   shakllantirishdan   boshlanadi   hamda   ularni   mehnatga
psixologik tayyorlash bilan tugallanishi zarur.
Professional   xususiyatlar   hisoblangan   kasbga   ko‘niktirish
shaxsning   ayrim   sifatlarini   shakllantirishga   hamda   ushbu   xususiyatlar
o‘zaro   aloqasini   mustahkamlashga   ham   yo‘naltirilishi   zarur.   Kasbga
bo‘lgan   qiziqishlarni   shakllantirish   tegishli   intilishlarga,   moyilliklarga,
ideallarga o‘sib o‘tishi zarur.
Bilimlarni t ek shirish uchun sav ollar:
1.   Kasbga   yo‘naltirishni   o‘rganishga   tizimli   yondashuv   deganda
nima tushuniladi? 
2. Kasbga yo‘naltirish tizimining mohiyatini yoritib bering. 
3. Kasbga yo‘naltirish tizimning asosiy komponentlariga qisqacha
tavsif bering.
4.   Kasbga   yo‘naltirish   tizimi   komponentlarining   o‘zaro   aloqasini
tushuntirib bering.  O‘QUVCHILA RGA  KA SB HA QIDA  A X BOROT BERISH VA  UN I
O‘TKA ZISH METODIKA SI
Reja: 
1.   Fan   asoslarini   o‘rganish   jarayonida   o‘quvchilarga   kasb   haqida
axborot berish.
2.  O‘quv predmetlarini o‘rganish  jarayonida kasb haqida axborot
berishning shakllari. 
3.   Darsdan   tashqari   paytda   o‘quvchilarga   kasb   haqida   axborot
berish.
 
Tay anch   t ushuncha   v a   iboralar:   kasb   haqida   axborot;   kasb
targ‘iboti;   kasb   tashviqoti;   pedagogik   takt;   kasb   haqida   axborot;
darsning tarkibiy qismi; kasb tarbiyasi; kasb haqida axborot berishning
shakllari;   kasb   haqida   suhbatlar;   kasb   haqida   reaferatlar;   turli   kasb
vakillari   bilan   uchrashuvlar;   kasb   haqida   sbor   va   yig‘ilishlar;   kasb
haqida bahs-munozara; kasb haqida mavzuli suhbatlar; ekskursiya.   
Kasb   haqida   axborot   berish   va   kasbga   ko‘niktirishni   o‘zaro
bog‘liqlikda   barcha   predmetlar   bo‘yicha   darslarga   juda   ustalik   bilan
ora-sira   joylashtirish   zarur   va   uni   imkoni   boricha   boshlang‘ich
sinflardan juda puxta o‘ylab boshlash maqsadga muvofiqdir. 
Bunda   dongdor   mutaxassislar   qiziqarli   mehnat   kishilari   bilan
uchrashish, ekskursiya va to‘garak ishi juda katta rol o‘ynaydi. 
Bu   soha   bo‘yicha   maktabdan   tashqari   ishning   bitmas-tuganmas
imkoniyatlari   haqida   gapirish   kerak.   Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi
talablari   asosida   o‘quvchilarni   kasbga   yo‘naltirish   vazifasi   maktabning
har   bir   o‘qituvchisidan   professiologiya   va   professiografiyadan
yaxshigina xabardor bo‘lishni talab qiladi. Kasbga   yo‘naltirishning   navbatdagi   keltirilgan   bosqichi   kasb
konsultatsiyasi,   ya’ni   o‘quvchining   iste’dodi,   qobiliyati,   qiziqishlarini
hisobga   olgan   holda   unga   kelgusi   professional   yo‘lini   tanlashga
bevosita   rdam   berish   hisoblanadi.   Kasb   konsultatsiyasi   kasbga
yo‘naltirishning   butun   tizimi   uchun   yagona   bo‘lgan   uning
shakllantiruvchi   konsepsiyasiga   tayanadi.   Unga   muvofiq
o‘quvchilarning   qiziqish   va   qobiliyatlarini   o‘rganish,   ularni   kerakli
yo‘nalishlarda   shakllantirish   uchun   birinchi   bosqichdir.   Kasb
konsultatsiyasi   –   tayyorlov,   yakunlovchi   va   aniqlantiruvchi   kabi   3
bosqichdan iborat bo‘lib, ular bir-biridan farq qiladi.
Professional   tanlash   –   bu   o‘rganilgan   talablarga   mos   keluvchi
shaxslarni,   ya’ni   u   yoki   bu   kasbga   yaroqliligini   aniqlovchi,   talablarga
mos keluvchi shaxslarni tanlab olishdir. 
Professional   tanlashda   tibbiy   tanlash   va   psixologik   tanlashni
farqlash   lozim.   Tibbiy   tanlash   sog‘lig‘ining   holati   bo‘yicha   va   badanida
shikastlanishni   yo‘qligi   bo‘yicha   tanlash   bilan   bog‘liq   bo‘lsa,   psixologik
tanlash o‘quvchilarni qobiliyati bo‘yicha tanlash bilan bog‘langan.
Pedagogik   adabiyotlarda   kasb   tanlashga   yo‘naltirishning
yakunlovchi   bosqichini   kasb   tanlab   olish   (profotbor),   deb   nomlash
qabul   qilingan.   CHunki   bunda   mazkur   xodim   (bitirib
chiqaruvchi)larning   tanlagan   kasbga   muvofiq   kelishi   yoki   kelmasligi
aniqlanadi.
CHizma   bilan   ishlashning   faqat   maxsus   bilimlarni,   balki   son
(raqam)   va   shakllarga   yaxshi   rivojlangan   xotirani   ham   talab   qiladi.   Bu
holda   shaxsiy   sifatlarni   kasb   talablari   bilan   qisman   most   tushishi
haqida gapirish mumkin. 
Professional   muhit   sifatlarni   aniqlash   uchun   anketalar,   testlar,
suhbatlar   qo‘llaniladi.   Biroq   shaxsning   xislatlarini   hatto   har   taraflama
o‘rganishdan keyin ham u yoki bu kasbni tavsiya qilish mumkin emas.
O‘qituvchi faqat maslahat berishi mumkin, oxirgi qarorni o‘quvchining
o‘zi qabul qiladi. 
Profotbor   –   bu   u   yoki   bu   kasbni   egallash   uchun   o‘rnatilgan
ma’lum   talablarga   mos   keladigan   shaxslarni   tanlab   olish   jarayonidir.
Bunda   tibbiy   tanlash   –   sog‘lig‘ini   holati   va   ma’lum   jismoniy
kamchiliklarni   yo‘qligi   bo‘yicha   va   psixologik   tanlash   qobiliyat   bo‘yicha
tanlashni farq qilish kerak.  Tibbiy   tanlash   jarayonida   kishi   organizmi   o‘rganib   va   tegishli
kasalliklar   jadvalga   muvofiq   keluvchi   kasalliklar   bo‘yicha   diagnoz
qo‘yilgan kishilar saralanadi va qiziqqan kasbiga tavsiya etilmaydi. 
Psixologik   tanlash   jarayonida   esa   ma’lum   kasbga   qobiliyati
bo‘lmagan shaxslar ajratib olinadi. 
Profotbor kasb haqida maslahat berish bilan ishlayotgan odamlar
(ba’zi   bir   kasblar   uchun:   uchuvchilar,   shaxtyorlar,   montajchilar
balandda   ishlaydiganlar,   kimyo   sanoati   xodimlari)   mehnat
ekspertizasining shakli hisoblanadi. 
Profotborni   kasb   haqida   maslahat   berishdan   prinsipial   farqi
shundaki,   u   kasbning   odamning   imkoniyatiga   qo‘ygan   talablaridan
kelib chiqsa, kasb haqida maslahat berish esa odam qobiliyatidan kelib
chiqib   turli   kasblarning   talablariga   qarab,   eng   mos   keladiganlarni
tanlab   olishni   tavsiya   qiladi.   SHunga   mos   ravishda   ko‘p   hollarda
profotbor  (kasb   tanlash)  haqida   maslahat   berishga   aylandi.   Jumladan,
ekspert uchuvchi yoki shaxterni xizmatga noloyiq deb topilsa, u albatta
ularni qaysi kasblarga loyiqligini ko‘rsatishga majburdir. Kasb maslahat
konsultatsiyasi esa o‘quvchi noloyiq bo‘lgan kasblarni aniqlashtirishdan
boshlanadi, chunki aniq ifodalangan qarama-qarshiliklar bor. 
Keyingi   vaqtda   kasbga   yaroqlilik   tushunchasi   keng
qo‘llanilmoqda.   SHuning   bilan   birgalikda   bu   tushunchani   «qobiliyat»
tushunchasi   bilan   almashtirish   tendensiyasi   qo‘llanilmoqda.   Bunda
kasbga   yarolilikka   jamiyatning   kasbga   bo‘lgan   ehtiyojiga   to‘laligmcha
bog‘liqligini   esdan   chiqaradilar.   Masalan,   Ulug‘   Vatan   urushi   davrida
xotinlar   va   o‘smirlar   urushdan   oldin   va   undan   keyingi   noloyiq
hisoblangan   kasblarga   loyiq   deb   topilib,   ular   shu   kasblarga   mehnat
qilganlar. 
YUqorida   aytilgan   profatborning   sakkiz   turining   barchasiga
tegishli   bo‘lib,   ular   to‘rtta   tashqi   burchagi   bo‘lgan   otbor   kvadrati
ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin (-rasm).
Ushbu   asosida   sog‘-salomatlik   bo‘yicha   tabiiy   otbor   (saralash)
ifodalangan.   Bu   erda   qiziqqan   kasbiga   utolmay   qolish   sog‘lig‘ida
nuqsoni borligi tufayli amalga oshadi. Mazkur kvadratning fiziologik va
psixologik qobiliyatlar bo‘yicha tomonlari fiziologik va psixologik otbor
hisoblanadi.     YUqoridan   bu   kvadratni   kasbiy   tayyorgarlik,   bilimlar,
ko‘nikma   va   malakalar   bo‘yicha   pedagogik   otbor   tushuniladi.   Tashqi
burchakda   psixologik   va   pedagogik   otborlar   o‘ratasida   (orasida)
ma’naviy-axloqiy   bo‘yicha   otbor,   tashqi   burchakda   pedagogik   va fiziologik   otbor   o‘rtasida   jismoniy   tayyorgarlik   bo‘yicha   otbor   yotadi.
Pastki   tashqi   burchakda   hamma   vaqt   ham   hisobga   olinmaydigan
fiziologik   va   shaxsiy   sog‘lig‘idan   kamchiligini   kompensatsiyalashni
hisobga olish bo‘yicha otbor yotadi. 
O‘z-o‘zidan   ravshanki,   mazkur   8   tur   otborning   har   birining   aniq
vaziyatlarga mos ravishda turli xil ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Profadaptatsiya   (kasbga   moslashuv)   kasbga   yo‘naltirishning
oxirgi   bosqichi   sifatida   yosh   ishchilar   va   mutaxassislarni   ular   uchun
yangi   bo‘lgan   ishlab   chiqarish   mehnati   sharoitiga   kirish,   yangi
sharoitlarga   moslashtirishga   yordamlashish   maqsadiga   ega.   Kasbga
moslashishning   talablarini   hisobga   olish   turg‘un   kasb   tanlashga
ko‘maklashadi. 
Kasbga ko‘nikuv tayyorlov va bevosita ikki bosqichga ega: kasbga
bevosita   ko‘nikuv   korxona,   muassasaning   o‘zida   amalga   oshiriladi.
Biroq   kasbga   yo‘naltirishda   tayyorlov   profadaptatsiyasi   ko‘proq
ahamiyatga ega bo‘lib, u o‘quvchini maktabni bitirgandan keyin u yoki
bu   mehnat   turiga   psixologik   tayyorlash   shaklida   amalga   oshiriladi.
Bunda   psixologik   tayyorgarlik   o‘quvchi   qobiliyatlarini   ma’lum   faoliyat
turiga faollashtirishni bildiradi (anglatadi). U shaxsning ayrim (alohida)
sifatlarini shakllantirishni ko‘zda tutmaydi.
Ma’lum   kasbga   psixologik   tayyorgarlik   kasb   haqida   axborot
berish,   kasb   tarbiyasi   va   tayyorlov   kasb   konsultatsiyasi   jarayonida
amalga oshiriladi. 
Demak,   kasb   haqida   axborot   berish,   kasb   tarbiyasi,   profotbor
bilan kasb maslahati va kasb faoliyatiga ko‘nikuv faqatgina bir-biri bilan
o‘zaro   bog‘liq   bo‘lmasdan,   balki   ular   vaqt   bo‘yicha   ham   bir-birini
yopadi.   SHu   bois   ular   yagona   kasbga   yo‘naltirish   tizimini   tashkil   etadi
(5-rasm).
Mazkur   tizimning   muhim   xususiyati   shundan   iboratki,   u   ichki
tizimgacha   bo‘linadi,   ya’ni   shaxsga   va   o‘smirlarning   psixik
qobiliyatlarga adreslangan psixologik tizimgacha va organizm holati va
sog‘lig‘iga adreslangan tibbiy tizimga bo‘linadi. 
Bu erda shuni ta’kidlash lozimki, kasbga yo‘naltirishning yuqorida
ko‘rsatilgan   psixologik   va   tibbiy   tizimchalari   turli   idoralar   tomonidan
amalga oshiriladi.
Biz   yuqorida   kasbga   yo‘naltirishning   psixologik   aspekti   haqida
ko‘proq   so‘z   yuritdik.   Endi   kasbga   tibbiy   aspektini   yo‘nalitirishning
tarixiga   nazar   tashlashdan   boshlaymiz.   Barcha   davlatlar   hammadan oldin   mehnat   ekspertizasini   harbiy   ishga   qo‘llashning   ahamiyatini
tushunib oldilar. Jumladan, Rossiyaning XVIII asrgacha doimiy armiyasi
bo‘lmagan,   urush   davrida   boyarlar   o‘z   dehqonlarida   opolcheniyaga
qator qilganlar.
Petr   I   rekrut   gabori   orqali   doimiy   armiyani   kirita   borib,   o‘zining
farmoyishida   Rekrutda   «dobr ы e,   chelovechn ы e,   qari   bo‘lmagan,   ne
uvechn ы e   i   ne   duraki»   bo‘lishi   zarur   deb   yozib   qo‘ygan.   Bu   harbiy-
tibbiy   ruslodagi   harbiy-psixologik   ekspertizani   zarurligiga   birinchi
ko‘rsatma edi. 
SHu vaqtdan boshlab harbiy-tibbiy va tibbiy mehnat ekspertizasi: 
a) harbiy-tibbiy komissiyalar tarmog‘iga; 
b)   harbiy-tibbiy   ekspertiza   ko‘rinishida   nazariy   va   tashkiliy   tibbiy
mehnat   ekspert   komissiyalari   tarmog‘i   bo‘lgan   hamda   tibbiy   mehnat
ekspertizasi   ko‘rinishidagi   nazariy   va   tashkiliy   (organizatsionnuyu
chastnost)   aniqlikni   oldi.   Mazkur   komissiyalar   nafaqat   otborni,   balki
kasb konsultatsiyasini ham amalga oshiradi.
 
2-rasm. Kasbga saralash (ot bor) shak llari k v adrat iМаънавий-
ахлоқий 
хусусиятлари 
бўйича – 14 
Тайёргарлиги- 
билим, кўникма, 
малакаси бўйича 
– 12  Физиологик 
тайёргарлиги 
бўйича – 14  
Физиологик 
қобилиятлар – 
16  
Организм 
сифати 
бўйича – 12 Психологик 
қобилиятлар – 
16  
Шахс сифати 
бўйича – 12 
Шахсий 
компенсация  
бўйича – 14   Физиологик 
компенсация 
бўйича - 14Педагогик – 16 
Саралаш 
(танлаш) – 16 
Тиббий – 16Соғлиғи бўйича  Kasbga oid axborot  v a k asb t arg‘ibot -t ashv iqot i
O‘quvchilarning   kasb   tanlashi   masalasini   hal   qilishda   o‘quv
jarayonining   asosiy   tashkiliy   shakli   bo‘lgan   darsning   roli   nihoyatda
katta.   Kasb   tanlash   butun   bir   tizim   bo‘lib,   u   maktab,   davlat
muassasalari,   korxonalar,   jamoat   tashkilotlarining   o‘quvchilarning
ongli ravishda kasb tanlashga qaratilgan barsa ishlarni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi   vaqtda   bu   tizimni   quyidagi   qismlarga   bo‘lish   qabul   qilingan:
professional   informatsiya,   kasb   tarbiyasi,   kasb   tanlash,   kasb   bo‘yicha
ish joyida o‘rtoqlik.
Kasb   tanlashga   doir   konsultatsiya,   kasbga   mos   kelish   va   kasb
bo‘yicha   ish   joyida   o‘troqlik   tashkiliy   shakli   jihatdan   kasbga   yo‘nalish
tizimida keyingi bosqichlarda turadi. Ularni amalga oshirishda maktab
jamoasidan   tashqari,   davlat   turli   idoralari,   xodimlari,   shifokorlar,   ota-
onalar ishtirok etadilar. 
Professional   informatsiya   –   maktabda   kasbga   yo‘naltirish   ishini
tashkil   qilishdagi   dastlabki   va   muhim   bosqich   hisoblanadi.
Profinformatsiya   o‘quvchilarda   turli   kasblarga   nisbatan   qiziqish
uyg‘otishga,   mavjud   qiziqishni   o‘stirishga   qaratilishi   kerak.   SHuning
uchun   ham   o‘quv-tarbiya   ishlarida   profinformatsiya   bir   tomondan
mehnat   turlari,   kasblarning   xususiyatlari,   ularning   rivojlanish
tendensiyalari, maktab joylashgan xo‘jalik, rayonning kadrlarga bo‘lgan
talabining   qondirilishi   va   h.k.   haqida   axborotlar   bilan   o‘quvchilarni
tanishitirib   borish,   ikkinchi   tomondan,   yuqoridagilarga   asosan
uyg‘ongan   qiziqishlarni   rivojlantirish   usullarini   ishlab   chiqish   ko‘zda
tutiladi. 
Kasb   haqida   axborot   berish   mehnatga   yaroqli   aholini   va   eng
avvalo   o‘quvchi-yoshlarni   asosiy   kasblar   va   mutaxassisliklar,   ularning
mazmuni,   mehnat   sharoitlari,   kasblarni   egallash   muddatlari,
rivojlanish   istiqbollari,   kasbiy-kvalifikatsion   o‘sishi   imkoniyatlari   bilan
tanishtirishni vazifa qilib qo‘yadi. 
O‘quvchilarni   kasbshunoslik   elementlari   bilan   tanishtirish   xalq
xo‘jaligining   ayrim   tarmoqlarida   ularga   turli   kasblarning   mohiyati
to‘g‘risida tasavvurlar jamiyat uchun ahamiyati haqida tushuncha olish
imkoniyatini   beradi.   Biroq   kasb   haqida   axborot   berishning   vazifasi
faqatgina   o‘quvchilarni   kasblar   dunyosi   bilan   tanishtirishdan   iborat
bo‘lmasdan, balki ularni ushbu kasblarga qiziqtirishdan iboratdir.  Kasb   haqida   axborot   berishning   muhim   tarkibiy   qismi   ialab-
ehtiyoj katta bo‘lgan kasblarni targ‘ib qilish hisoblanadi. 
Kasb   haqida   axborot   berish   juda   ustalik   bilan,   takt   bilan   olib
borilishi   kerak.   CHunki,   o‘quvchi-o‘smirlar   har   qanday   tashqi
«zo‘rlashlarga   reaksiya»   ko‘p   hollarda   salbiy   qabul   qiladi.   Kasb   haqida
axborot   berish   hayotdan   ajralmagan   holda   olib   borilishi,   maqsadga
qaratilgan bo‘lishi kerak. 
Kasb   haqida   axborot   berish   va   kasb   tashviqotining   mazmuni   va
yo‘nalishini quyidagi holatlar bilan aniqlash mumkin: 
-   kasb   haqida   axborot   berish   bo‘yicha   ishni   o‘tkazish   jarayonida
mahalliy   hududdagi   xalq   xo‘jaligi   tarmoqlarining   rivojlanishida
yo‘naltirilganlikni,   shakllangan   mehnat   an’analari,   umumta’lim
maktablari,  akademik  litsey va kollejlarning mavjudligini hisobga  olish
zarur;
-   kasb   haqida   axborot   berish   ma’lum   kasblarga   aniq   ehtiyoj
borligiga   asoslanishi   hamda   ular   haqida   o‘quvchilarga   faqatgina
axborot   berish   bilan   chegaralanmasdan,   balki   o‘quvchilar   va   ishlab
chiqarishning   ehtiyojini   hisobga   olgan   holda   ularda   kasbiy
yo‘naltirilganlikni faol shakllantirish lozim. 
-   o‘quvchilarni   kasblar   olami   bilan   tanishtirishni   ularning   kasbga
bo‘lgan   qiziqishlari,   intilishlarini   o‘rganish   va   mazkur   qiziqish   va
intilishlar dinamikasi bilan yaqin aloqada olib borish zarur. Kasb haqida
axborot   berish   ishining   mazmuni   o‘quvchilarning   yosh   bo‘yicha
tarkibini,   jinsini,   sharoitlarini,   xotin-qizlar   mehnatini   qo‘llash
imkoniyatlarini hisobga olishi kerak. 
Kasb haqida axborot berish va kasb targ‘ibotida professiografiya
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Professiografiyalar   axborotlari
o‘quvchilarga   u   yoki   bu   mehnat   faoliyatining   o‘ziga   xos   xususiyatlari
bilan   tanishishga,   ishlayotgan   kishiga   kasbning   qo‘ygan   talablarini
aniqlashga   hamda   o‘smirlarga   o‘z   qobiliyatlarini   ular   bilan   qiyoslash
(solishtirish)ga, kasbga bo‘lgan qiziqish va moyilliklarni shakllantirishni
to‘g‘ri   yo‘naltirishga   imkon   beradi.   Bu   esa   shakllanayotgan   kasbga
qiziqishni asta-sekinlik bilan tegishli intilish, moyillik va ideallarga o‘sib
o‘tishiga ko‘maklashadi.
SHuni   alohida   ta’kidlash   lozimki,   kasb   haqida   axborot   berish
o‘quvchilarni   turli   kasblar,   bu   kasblarni   egallash   usullari   va   yo‘llari,
ularni   insonga   qo‘yadigan   talablarini   tanishtirish   bilan
chegaralanmasligi kerak. Kasb haqida axborot berish bosqichi hamma vaqt   kasb   tarbiyasi   bilan   bog‘lanishi   va   unga   o‘sib   o‘tishi   kerak.   Kasb
tarbiyasi o‘quvchilarda aniq kasbiy yo‘naltirilganlikni shakllantiradi. 
Kasbiy   tarbiya   o‘quvchilrning   kasbga   qiziqishini   o‘rganish   va
shakllantirishdan boshlanadi va ularni umuman mehnatga emas, balki
aniq   mehnat   turlaridan   faqat   bittasiga   psixologik   tayyorlash   bilan
yakunlanishi kerak.
Kasb   haqida   axborot   berish   va   kasb   targ‘iboti   suhbat,   ma’ruza,
gazeta,   radio,   televidenie,   badiy   san’at   vositasi   (plakat,   diagramma   va
h.k.)lari, kino va b.q. orqali amalga oshiriladi. 
O‘quvchilarni   kasblar   bilan   tanishtirish   o‘quv   jarayonida   keng
amalga   oshirilishi   kerak.   SHu   bois   o‘quvchilarga   kasb   haqida   axborot
berish   vazifasini   hisobga   olgan   holda   o‘quv   jarayonini   tashkil   etishni
turli   mehnat   faoliyatlari   bilan   tanishtirishni   qiziqishi,   qobiliyati,
moyilligini   rivojlantirish   maqsadida   har   bir   o‘quvchiga   tabaqalashgan
holda yondashuv bilan qo‘shib olib borish kerak.
O‘quvchilarni   to‘garakda   ishtirok   etish,   turli   kasb   vakillari   bilan
uchrashuvlar   o‘tkazish,   maktabni   bitirib   ketgan   ilg‘or   ishchi,
dehqonlarning   tarjimai   holini   o‘rganish,   kasbga   yo‘naltirishga
bag‘ishlangan   tematik   kechalar,   xalq   xo‘jaligining   turli   tarmoqlari,
alohida   ishlab   chiqarishlar   haqida   ma’ruzalar   o‘qish,   o‘quvchilarni
qiziqtirgan   kasblar   haqida   axborotlar   to‘plash   va   umumlashtirish   va
h.k.   haqida   axborot   berish   va   targ‘ibot   qilish   sohasidagi   faoliyatni
maqsadga qaratilganligini va samarasini oshiradi. 
Mashina   mexanizmlarini   boshqarish   ko‘nikma   va   malakalarni
egallashni,   o‘quv   ustaxonalarida,   oilaviy   pudrat,   fermerlik   xo‘jaligida
ishlashni o‘z ichiga olgan ijtimoiy foydali va unumli mehnat o‘smirlarga
ishchi   kasblar   mohiyatini   chuqurroq   tushunishga,   unumli   mehnatga,
bo‘lajak   kasbini   ongli   tanlashga   psixologik   tayyorlanishga   yordam
beradi. 
Kasb haqida axborot berish bo‘yicha ishga o‘quvchilarni jalb qilish
juda   muhimdir.   Buning   uchun   fan   fan   asoslari   o‘quv   dasturi   bo‘yicha
o‘quv   materialni   ishlatish   yo‘llarini   belgilab   olish   zarur.   matematika,
fizika,   kimyo,   mehnat   va   b.q.   fanlar   bo‘yicha   darslarda   hamda
ekskursiyalarda o‘quvchilarni xalq xo‘jaligining qurilish, qishloq xo‘jaligi
va b.q. sohalari bo‘yicha kasblar bilan keng tanishtirish mumkin. 
Kasb   axboroti   bo‘yicha   ishda   o‘quvchilarni   mehnat   darslarida,
o‘quv   ustaxonlarida,   oilaviy   pudrat   maydonlarida,   qayta   ishlash
sexlarida mehnat turlari bilan tanishtirish katta o‘rin egallaydi.  O‘quvchilarning   tajribani   ko‘rsatishiga   aniq   ishchi   o‘rinlarida
ishlashi   ularning   mas’uliyatini,   mehnat   intizomini,   mehnat   faoliyatini
anglash, topshiriqni imkoni boricha yaxshi bajarishga intilishni sezilarli
darajada  oshiradi.  Kasb axboroti  va  ishchi kasblarni  targ‘iboti  bo‘yicha
ishga   kollej,   akademik   litsey,   umumta’lim   maktablari,   xalq   deputatlar,
matbuot, radio, televidenie xodimlari jalb qilinishi lozim. Bunda turli ish
shakllari qo‘llanilishi mumkin. Masalan, Samarqand va b.q. shaharlarda
ishchi   kasblarni   targ‘ibot   qilishning   konferensiya   va   kechalar   kabi
shakllari   samarali   qo‘llanadi.   Samarqand   shahridagi   maktablarda
«Kasbim   mening   faxrim»,   «Kasblar   haqida   hikoyalar»   va   h.k.
mavzularda kechalar o‘tkaziladi. 
Mazkur   kechalarda   korxonalarning   ilg‘or   xodimlar,   oliy   o‘quv
yurtlari o‘qituvchilari, maktab rahbarlari, me’morlar, quruvchilar va b.q.
ishtirok   etadilar.   Ular   o‘z   chiqishlarida   mahalliy   materiallardan
foydalanib   mustaqillik   yillarida   xalq   xo‘jaligining   turli   tarmoqlariga
yangi   texnika   va   texnologiyalarni   joriy   etish   sur’atlari,   jahon   bozorida
raqobatga   chidamli   mahsulot   tayyorlashda   injener-texnik   xodimlar,
ilg‘or ishchilarning ahamiyatini ko‘rsatib beradilar.
Toshkent,   Namangan   shaharlari   maktablarida   kasb   axboroti   va
ishchi kasblarni targ‘ibot qilish o‘quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi
bo‘lib   qolgan,   jumladan,   maktablarda   o‘quvchilar   fizika,   kimyo
darslarida   faqatgina   fan   asoslarini   o‘zini   o‘rganib   qolmasdan,   balki
ularni   ishlab   chiqarish   bilan   aloqasini   o‘rganadi   hamda   maktab
atrofidagi   ishlab   chiqarish   korxonasi   kasblari   bilan   tanishadilar.
Matematika darslarida o‘quvchilar matematik hisoblashlarni sanoatda,
qurilishda, qishloq xo‘jaligida qanday qo‘llanilishini bilib oladilar. 
Umumta’lim   maktablari   o‘quvchilariga   kasb   haqida   axborot
berishda kasb-hunar kollejlari katta amaliy yordam ko‘rsatishi mumkin.
Ushbu   ishning   shakllariga,   eng   avval   o‘quvchilarning   kasb-hunar
kollejining   bazaviy   korxonasiga   ekskursiyasini   kiritish   mumkin.   Bunda
kollej   o‘qituvchilari,   ishlab   chiqarish   ustalari   o‘quvchilarni   stanok-
instrumentlar,   ishlab   chiqarish   jarayonining   xarakteri,   ishchi   kasblar,
injener-texnik   xodimlar   bilan   tanishtiriladi.   Mazkur   ekskursiyalar
korxonaning   ishi   haqida   umumiy   tasavvur   beradi,   ishlab   chiqarish
jarayonida ishlab chiqaradigan mahsuloti, ayrim kasb va mutaxassislar
o‘quvchiarga ma’lum yo‘nalish olishga yordamlashadi. Mana   shunday   tanishishdan   keyin   o‘quvchilar   ishchilar   mashg‘ul
bo‘lgan mehnat turlarini qiyoslaydi, o‘z kelajagi ustida o‘ylay boshlaydi,
o‘zining xohishini aniqlaydi, yaxshi ko‘rgan ish turini tanlaydi. 
Ishchi   kasblarni   targ‘ibot   qilish   bo‘yicha   ishda   ma’ruzalar   o‘qish,
kasb-hunar   kollejlari   xodimlarining   hamda   yaxshi   o‘quvchilar   va
ularning ota-onalarini suhbatlari muhim bo‘g‘in hisoblanadi. 
O‘quvchilarga   kasb   haqida   axborot   berishda   spravochniklarga,
ko‘rinarli joylarga, jamoat transportiga turli plakatlar va e’lonlarni osib
qo‘yish ham yaxshi yordam beradi. 
Kasb   axboroti   va   kasb   targ‘iboti   bo‘yicha   ishda   kasb-hunar
kollejlari   o‘quvchilari   qo‘li   tayyorlangan   va   yaratilgan   buyumlar,
chizmalar,   modellarni   keng   ommalashtirish   katta   yordam   ko‘rsatishi
mumkin.
Kasb   axboroti   bo‘yicha   ishda   kutubxonalar,   klublar,   madaniyat
uylari   va   b.q.   kasb-hunar   kollejlari   va   umumta’lim   maktablari
o‘quvchilari bilan boy va qiziqarli ish olib borishi muhim o‘rin egallaydi.
O‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   muassasalarini   umumta’lim
maktablari   o‘quvchilari   bilan   yaxshi   aloqalari   hamkorlikda
o‘tkaziladigan   uchrashuvlar,   kechalarda   rivojlanadi   va
mustahkamlanadi. 
Butun dunyo fani butun ilm-fanda ham uning alohida sohalarida
ham   bir-biriga   qarama-qarshi   bo‘lgan   ikki   jarayon:   tabaqalanish   va
integrallashish turli fanlarni o‘zaro bog‘liklikda rivojlanishi.
Har   bir   fanni   tabaqalanishi   uning   predmet   haqida   bilimlarga
cheksiz   boyib   borish   bilan   bog‘langan   bo‘lsa,   integratsiya   esa   fanning
o‘rganadigan   ob’ektini   imkoni   boricha   har   tomonlama   bilishga   intilish
bilan bog‘langandir.
YUqorida   ko‘rsatilganidek,   I.T.T.   fanlarni   tabaqalanishini
tezlashtirish   bilan   bir   vaqtda   ularni   integrallashish   tendensiyasini
kuchaytirmoqda.   Fanlarni   ommaviy   tarzda   integrallashuvini   namoyon
bo‘lishi   –   bu   bir   fanning   metodida   va   axborotlarini   boshqa   fanlarga
o‘zaro   kirib   borishidir.   Bunga   yorqin   misol   sifatida   ko‘pchilik   fanlarni
matematizatsiyalash, pedagogikani psixologizatsiyalash.
Fanlarning   integrallashuvi   yangi,   sitetik   fanlarni   paydo   bo‘lishiga
olib   keladi.   Integratsiya   jarayoni   mehnat   haqidagi   fanda   hayotga
sintetik fan hisoblangan ergonomikani paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Sintetik   fanlarni   vujudga   kelish   va   rivojlanish   tendensiyasi   –   bu
dunyo fanining tendensiyasidir.  Mehnat haqidagi fanning o‘ziga xos xususiyatlari – yangi sintetik
fan   –   professiologiyani   vujudga   kelishini   va   ishlab   chiqishni
tezlashtiradi.
Kasbga   yo‘naltirish   ishini   samarali   yo‘lga   qo‘yish   va   ijtimoiy
jarayonlarni   prognozlash   uchun   mavjud   kasb   professiogrammalarini
ilm-fan   erishgan   yutuqlar   talablari   asosida   qaytadan   ko‘rib   chiqish   va
yangi kasblar professiogrammalarini yaratishni taqozo etadi. 
Respublikamiz   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   ta’lim
muassasalarida   tayyorlanadigan   ustalar   uchun   professiogrammalar
ishlangan va ishlanmoqda.
Profesiografiya professiologiya fanining bir bo‘limidir. 
Professiologiya boshqa fanlar bilan yaqin aloqada rivojlanadi. 
Ko‘pincha   professiologiya   va   professiografiyani   farqiga
bormaydilar.   Professiografiya   professiologiyaning   oldida   turgan
barcha vazifalarni batamom bajara olmaydi, uning bo‘limi hisoblanadi.
Professiologiya   falsafa   bilan   o‘zining   metodologiyasini   izlash   va
asoslashda aloqa qiladi. Professiologiyani metodologiyasi belgilangan,
ya’ni kasblarni tadqiq qilish ilmiy texnika taraqqiyoti sharoitida shaxsni
mutaxassislashning  muammolarini  chuqurroq o‘rganishda  qo‘llanilishi
mumkin.
Professiologiyaning   sotsiologiya   bilan   aloqasi   turli   kasblarning
jamiyat   hayotidagi   roli   va   ahamiyatini   tahlil   qilish   bilan   aniqlanadi.
1926   yilda   MDH   mamlakatlarida   o‘tkazilgan   aholini   ro‘yxatga   olish
davrida kasblar lug‘ati 10300 nomni, 1939 yilda bu ko‘rsatkich 19000ni
tashkil   qilgan.   1959   yilda   o‘tkazilgan   aholi   ro‘yxatida   kasblar   lug‘ati
30000   ga   yaqinlashib   qoldi.   Bundan   ko‘rinadiki,   professiologiya
iqtisodiyot   bilan,   ko‘pchilik   kasblarning   mazmunini   aniqlovchi   texnika
bilan ham bog‘langandir. 
Professiologiya   etika   bilan   shuning   uchun   ham   bog‘lanadiki,
barcha   mehnatkashlar   uchun   umumiy   bo‘lgan   etika   bilan   birgalikda
qator   kasblar   o‘zining   professional   xususiyatlariga   ega.   Bunga   tibbiy
etikani   ko‘rsatish   mumkin.   Maishiy   xizmat   xodimlari   etikasining
spetsifikasini   ishlab   chiqish   va   amaliyotga   joriy   etishni   juda   katta
zaruriyat misoli sifatida ko‘rsatish mumkin. 
Ishlab   chiqarishning   barcha   sohalarisha   dizayn   (badiiy
konstruksiyalash)ni   kirish   sferasida   professiologiya   etika   bilan
bog‘lanadi. Professiologiya   huquqshunoslik   fanlari   bilan   kasbiy   huquq,
kasbiy   mas’uliyat   va   kasbiy   jamiyatning   kriminalik   xususiyatlari   kabi
qator muammolar orqali bog‘langan. 
Professiologiya psixologiya bilan juda chuqur va juda yaxshi,  shu
jumladan   uning   boshqa   fanlari   bilan   barcha   aloqalarida   ham
bog‘langan.   CHunki,   kasb   –   bu   mehnat   faoliyatining   aniq   turi   bo‘lib,
unda   shaxs   maxsus   bilim,   ko‘nikma   va   malakaga   egadir.   Faoliyat,
shaxs,   bilim,   ko‘nikma,   malaka   –   psixologik   kategoriyadir.
Professiologiya   qator  psixologik   fanlar  –   ijtimoiy   psixologiya,   huquqiy,
tibbiy psixologiya bilan yaqin aloqadadir.
Professiologiyani   pedagogika   bilan   aloqasi   tufayli,   yangi   soha   –
kasbiy pedagogika shakllandi. 
Professiologiya   tibbiyot   bilan   eng   avvalo   gigiena,   kasbiy
toksikologiya   va   patologiya,   tibbiy   mehnat   ekspertizasi,
gerontologiyaning asosiy muammolarida bog‘langan.
Professiologiya   bilan   mehnatni   ilmiy   tashkil   qilishning   aloqasi
juda yaqin va ko‘p tomonlamadir.
Turli aspektlarda o‘zlarining predmetlari, o‘zlarining metodlari va
o‘zlarining   ilmiy   tushunchalari   tizimlarida   ancha   ilgaridan   o‘rgana
boshlagan   turli   fanlarning   professiologiya   bilan   yuqorida   ko‘rsatilgan
aloqalari uning asosiy bo‘limlarini aniqlab beradi. 
Bularga   professiologiya   metodologiyasi,   professiografiya   (o‘lgan,
mavjud,   tirik   va   loyihalanadigan   kasblarni   bayon   qilish),   har
tomonlama   (pedagogik,   fiziologik,   tibbiy)   kasbiy   mehnat   ekspertizasi,
kasb ta’limi kiradi.    
Professiografiya haqida. Kasb tanlash va mehnat psixologiyaning
turli   tomonlariga   e’tiborni   kuchayishi   munosabati   bilan
professiografiya bo‘yicha ishlar birinchi o‘ringa chiqmoqda.
Professiografiya   –   bu   kasblar   va   tabaqalanib   borayotgan
mutaxassisliklarni,   ularni   odamga   qo‘ygan   talablari   nuqtai   nazaridan
bayon qilishdir. 
Professiografiyaning   natijasi   professiogrammadir.   U   ma’lum
mutaxassi,   kasblar   yoki   guruh   kasblarining   odamga   qo‘ygan   talablar
tizimini   bayonidir.   Professiogrammaning   bir   qismi   professiogramma
hisoblanadi. 
Psixogramma   –   bu   odam   psixikasiga   qo‘yiladigan   talablarning
qisqacha   axborotidir,   ya’ni   ma’lum   professionalga   zarur   bo‘lgan
qobiliyatlar ro‘yxatidir. Psixogramma   ixtiyoriy   dastur   asosida   tuzilishi   mumkin.   Misol
sifatida tikuvchi-motoristka uchun axborotlarni keltiramiz:
I. Sensor soha.
1.1. CHamalash (jiyakli shov rangli gazmol bilan operatsiyalarda).
1.2.   Rang   sezish   qobiliyati   (ranglar   va   ularni   ottenkasini
farqlashga).
1.3. Qo‘l barmoqlarini o‘tkir sezish, sezgirligi.
1.4.   Kinetik   sezgirlikni,   ayniqsa   o‘ng   qo‘lning   muskullarining
o‘tkirligi.
II. Diqqat .
2.1. Taqsimlanish. 
2.2. Diqqatni murakkab bo‘lmagan o‘zgarishi.
III. Fazov iy  t asav v ur.
3.1. Figura va shakllarni jonli va aniq tasavvur qilish.
IV. Mashinalarni sozlashda zarur bo‘lgan zehnlilik .  
V. Mot orik a.
5.1.   Ko‘rish   –   harakatni   muvofiqlashtirish   orqali   ishni   amalga
oshirish va yo‘lga qo‘ymoq.
5.2.   Qo‘l   harakati   yo‘nalishi   va   shaklini   aniqligi   (shovni   sozlashda
ma’lum chiziqni saqlanishi).
5.3. Jamoa ish sur’atiga moslangan harakatlarni tez sur’ati.
Professiografiya kasblarni guruhlashni ham o‘z ichiga oladi.
Professiografiyaning   maqsadlari   ko‘p   bo‘lishi   mumkin.   Biroq
asosiylari,   eng   muhimlari   va   o‘zaro   juda   yaqin   bog‘langanlari   uchta.
Professiogrammalar   birinchidan,   kasb   tanlash,   kasb   haqida   maslahat
berish   va   kasb   saralash   (profotbor)ni   asoslash   uchun;   ikkinchidan,
kadrlarni   tayyorgarligi   uchun   zarur   o‘quv   dasturlarni   asoslash   uchun;
uchinchidan,   mehnatning   gigienik   sharoitini   hisobga   olish   va
sog‘lomlantirish.
Mehnatning   gigienik   sharoitini   hisobga   olish   kasbga   yo‘naltirish
va tibbiy kasb maslahati uchun zarur. 
I. Mehnat ni not o‘g‘ri t ashk il et ish bilan bog‘liq zarar. 
1.1. Ishni o‘ta ko‘p davom etishi.
1.2. Ishni o‘ta jadalligi.
1.3. Mehnat rejimini ratsional tashkil etilmaganligi.
1.4.   Odam   gavdasini   o‘zoq   vaqt   davomida   majburiy   ravishda   bir
holatda turishi. 1.5.   Odamning   organ   va   tizimlarini   zo‘riqishga:   harakat   motor
apparati, nafas olish organlari, markaziy asab tizimi, sezgi organlari.
II. Ishlab chiqarish jaray onlari bilan bog‘liq zararlar.
A. Fizik  fak t orlar: 
1. Noqulay meteorologik sharoitlar: ob-havo haroratining normal
emasligi,   issiqlik   nurlanishi,   havoning  o‘ta  namligi  yoki  namlikka   etarli
darajada   emasligi;   issiqlik   nurlanishi   harorati,   namlik   va   havo   oqimi
harakati noqulay kombinatsiyasi. 
2. Qisqa to‘lqinli va ko‘zga ko‘rinadigan nuroanish: ultrabinafsha,
rentgen, radioaktiv; yorug‘lik manbalarining o‘ta yorqinligi.
3. Havo bosimining normal emasligi: ko‘tarilgan, pasaygan.
4. SHovqin va tebranish.
B. Kimy ov iy  v a fi zik av iy  – k imy ov iy  omillar:
1.   Ishlab   chiqarishda   xomashyo   yoki   ularga   aralashma   sifatida
uchraydigan zaharli moddalar. 
2. Ishlab chiqarish changi.
V. Biologik  omillar:
1. Infeksiyalar va invazin (mikroblar, gijja, kanna va b.q.).
2. Kasal hayvonlar va b.q. (quturgan it, hayvonlarning qopishi va
b.q.). 
III.   Ish   o‘rnida   umumsanit ar   sharoit larini   k amchiligi   bilan
bog‘liq bo‘lgan zararlar.
1. Ish o‘rnining hajmini etarli emasligi.
2. Isitish bilan bog‘liq mavjud defektlar.
3. YOritish defektlari.
4. Ochiq havoda ishlaganda atmosferaning noqulay ta’siri.
Professiografiya   keng   ma’noda   o‘zining   tarixiy   aspekti   ham   o‘z
ichiga   oladi.   Faqatgina   professiografiya   tarixi   emas,   balki   tarixiy
professiografiya sifatida.
O‘lib ketgan  (yo‘q bo‘lgan) kasblarni  bayon  qilish   nazariy  qiziqish
uyg‘otib   kasblarni   bayon   qilish,   u   hozir   mavjud   bo‘lgan   kasblar
evolyusiyasini tahlil qilishda ahamiyatga egadir, ya’ni kasbni o‘tmishiga
qarab,   uni kelajagini ko‘rish,   rivojlanish   tendensiyasini tuzishga   imkon
beradi. 
Fan,   hatto   o‘tmishga   qarab   turganda   ham   u   kelajakka
yo‘naltirilgandir.   SHu   bois   ham   professiografiyaning   eng   progressiv
tarmog‘i   uning   yangi   kasblarni   konstruksiyalovchi   bo‘limiga
bag‘ishlangan bo‘limdir. Kasblar xususiyatlarini kompleks tahlil qilish sxemasi.
1. Kasb va uning mutaxassislarini ishlab chiqarish xarakteristikasi.
2. Kasbning iqtisodiy ahamiyati.
3. Kasbning sotsiologik (ijtimoiy) xarakteristikasi.
4.   Ijtimoiy-psixologik   xarakteristika:   yoshlarda   kasbning   ijtimoiy
(ijtimoiy)   obro‘si,   jamoaning   xususiyati,   vertikal   va   gorizontal   bo‘yicha
shaxslararo munosabatlar.
5.   Kasbning   pedagogik   xarakteristikasi:   muvofaqqiyatli   mehnat
qilish   uchun   zarur   bo‘lgan   bilim   va   ko‘nikmalar   hajmining   ro‘yxati,
ayniqsa   kasbiy   mahoratni   shakllanishiga   ko‘p   hissa   qo‘shadiganlarini
alohida   ajratib   ko‘rsatish;   tayyorlash   turlari   va   mudatlarini
xarakteristikasi.
6.   Mehnat   sharoitlarini   gigienik   xarakteristikasi   (kasbiy   zararni
alohida ajratish bilan).
Bilimlarni t ek shirish uchun sav ollar:
1. Profotbor qanday maqsad va vazifalarni qo‘yadi?
2. Hozirgi sharoitda profotborni o‘tkazishda qanday qiyinchiliklar
uchraydi?
3.   O‘quvchilarni   profotborda   kasbiy   ta’lim  o‘qituvchisi   qanday   rol
o‘ynaydi?
4.   Xalq   xo‘jaligining   kadrlarga   bo‘lgan   ehtiyojiga   mos   ravishda
shaxs qiziqishlarini qondirishda profotborning roli qanday?
5. Kasb konsultatsiyasida qanday vazifalar hal qilinadi?
6.   O‘quvchilar   uchun   kasb   konsultatsiyasini   qanday   shaklda
o‘tkazish maqsadga muvofiq?
7.   O‘quvchilar   uchun   kasb   konsultatsiyasi   qanday   turlarda
o‘tkaziladi?
8.   O‘quvchilar   bilan   ishlashda   kasb   konsultatsiyasining   qanday
metodlari ishlatiladi? O‘QUVCHILA R SHA X SIN I  DA STLA BKI KA SBIY  DIA GN OSTIKA SI
Reja:
1.   Dastlabki   professional   diagnostika   o‘tkazishning   maqsadi,
vazifalari va mazmuni.   
2.   Insonni   bilishda   SHarqda   qo‘llanilgan   genetik,   biastrologik   va
biografik metodlar va ularning o‘ziga xos tomonlari.
3. Diagnostik metodlar.
4.   O‘quvchining   kasb   tanlash   xarakteristikasi,   uning   maqsadi   va
tuzilishi.
Tay anch   t ushuncha  v a   iboralar:   kasbga   yo‘naltirish   maqsadida
o‘quvchilarni   o‘rganish,   shaxsning   ehtiyoji,   o‘z   taqdirini   o‘zi   belgilash;
amaliy faoliyat, qadriyatlar; qiziqish, vaj (motiv); ehtiyoj – qiziqish – vaj –
maqsad – tanlash; moyillik; qobiliyat; iste’dod; temperament; xarakter;
kuzatish;   o‘quvchilar   hujjati   va   faoliyat   natijalarini   tahlil   qilish;
o‘quvchilar   amaliy   faoliyatini   tahlil   qilish;   anketa   o‘tkazish;   suhbat-
interyu;   eksperiment;   bir-biriga   bog‘liq   bo‘lmagan   holda   berilgan
tavsiflarni umumlashtirish metodi.
I .   Kichik,   o‘rta   va   yuqori   sinflarda   dastlabki   professional
diagnostikaning maqsadi, vazifasi va mazmuni.
II .   Kasb   tanlash   maqsadlarida   o‘quvchilar   shaxsini   o‘rganish
metodlari. 
a)  Diagnostik   metodlar:   kuzatish,   maktab  hujjatlarini  tahlil  qilish,
o‘quvchilar   faoliyati   mahsulotini   analiz   qilish,   o‘quvchilarning   amaliy
harakatini   analiz   qilish,   anketa   o‘tkazish,   suhbat-interyu,   testlar,
sotsiometrik,   apparatura   metodi,   baholash   (reyting),   modellash
shkalasi,   YU.K.   Babanskiyning   «Pedagogik   konsultatsiya»   metodi,   K.K.
Platonovning   bir-biriga   bog‘liq   bo‘lmagan   xarakteristikalarni
umumlashtirish metodi, pedagogik eksperiment.    
b)   Statistik   metodlar:   o‘rta   arifmetik   ko‘rsatkichlarni   hisoblash,
korreksiyaYU regrisli faktor analizi. III . Kasb tanlash maqsadlarida o‘quvchilarni o‘rganish metodlarini
o‘zaro aloqasi. 
IV .   O‘quvchilarning   shaxsiy   professional   rejalarini   shakllantirish
va   amalga   oshirishda   o‘qituvchi,   ota-ona   va   murabbiylarning   o‘zaro
hamkorligi. 
O‘z   farzandlarini   professional   rejalari   bo‘yicha   ota-onalarning
fikrlarini   o‘rganish   metodlari   o‘quvchilarning   kasb   tanlash   bo‘yicha
shaxsiy   ishlari.   Kasb   tanlash   bo‘yicha   shaxsiy   ishlarga   asoslanib   kasb
tanlash ishini o‘tkazish metodikasi.
V . SHaxsning xususiyatlari bilan kasbni odamga qo‘ygan talablari
o‘rtasidagi   munosabat   (nisbat)ning   ahamiyati.   O‘quchining   kasb
tanlash bo‘yicha xarakteristikasi, mazmuni va tuzilishi.  
VI . Kasb tanlash maqsadlarida o‘quvchi shaxsini o‘rganishda etika
va pedagogik takt.
VII . O‘quvchilarning qobiliyatini namoyon qilish va rivojlantirishda
faoliyatning roli.
VIII .   Dastlabki   professional   diagnostika   jarayonida   to‘plangan
axborotlarning   tarbiyaviy   ahamiyati,   kasb   tanlash   ishini   olib   borishda
ulardan foydalanish metodikasi.
Kasb   tanlash   motiv   (vaj)lari   –   xalqqa,   Vatanga   foyda   keltirish,
ishlab   chiqarish   jamoasi   obro‘sini   qo‘llab-quvvatlash   motivi;   mehnat
jarayonining   o‘ziga   qiziqish;   bilimga   bo‘lgan   qiziqish;   ideal   (kelajak)ga
taqlid qilish; yangilik motivi.
O‘quvchi   shaxsini   individual   xususiyatlariga   xarakter   ham   kiradi.
Psixologlar xarakter xususiyatini to‘rt tizimini ko‘rsatadi:
1.   Jamoaga,   ayrim   kishilarga   bo‘lgan   munosabatlarni
xarakterlaydigan xususiyatlar (talabchanlik, xushfe’lli).
2.   Mehnatga   bo‘lgan   munosabatni   ifodalaydigan   xususiyatlar
(mehnatsevarlik, dangasalik, javobgarlikni his etish).
3.   Narsalar,   buyumlarga   bo‘lgan   munosabatni   ifodalovchi
xususiyatlar (sarishtalik, buyumlarni tejamkorlik bilan sarflash).
4.   O‘ziga   bo‘lgan   munosabatni   ifodalovchi  xususiyatlar   (o‘zini-o‘zi
hadan tashqari sevish, faxrlanish va h.k.).
Anketa   o‘tkazish.   Bu   metod   universal   emas.   U   qator
kamchiliklarga   ega.   U   sub’ektiv   xarakterga   ega.   CHunki   uning
natijalariga   anketa   o‘tkazuvchini   ta’siri   bo‘ladi.   Anketadan   to‘g‘ri
foydalana   olmaslik   tufayli   ba’zan   noto‘g‘ri   axborotlar   olinadi.   SHuning
bilan birgalikda hamma vaqt ham anketaga murojaat qilish maqsadga muvofiq   emas   (ayniqsa   kichik   yoshdagi   bolalarga).   Anketa   o‘tkazish
bilan haddan tashqari qiziqib ketish yaramaydi. 
Anketa   o‘tkazish   ma’lum   sharoitda   yoshlarni   shaxsiy   rejalarini
namoyon qilishd qimmatbaho axborotlar to‘plashga imkon beradi. 
Anketalar   uch   ko‘rinishda:   savolga   «ha»   yoki   «yo‘q»,   yopiq
(anketani   to‘ldiruvchi   kishi   oldindan   tayyorlangan   javob   variantlaridan
birini tanlaydi) va aniq (javob berishda chegara yo‘q) bo‘lishi mumkin.
Anketa   materialarini   qayta   ishlashda   ishonchsiz   informatsiyalar
tashlanadi.      
O‘rta   asrlardayoq   buyuk   mutafakkirlar   ta’lim   jarayoni   tashxis
muammosini, ya’ni ta’lim texnologiyasining tarkibiy qismi muammosini
oldinga   surganlar   va   muvaffaqiyatli   hal  etganlar.   Forobiyning   fikricha,
tashxis texnologiyasi bir necha komponentga ega. 
Birinchidan,   tashxis   ob’ektini   to‘liq   bilish   zarur:   «Qalblarni
davolovchi   davlat   arbobi   yoki   hukmdorga   butun   qalbini,   uning
qismlarini,   uning   har   bir   qismini   shikastlantiruvchi   kamchiliklarni   va
nuqsonlarni,   ularning   qaerdan   va   qanday   sabablarga   ko‘ra   kelib
chiqishini,   insonning   yaxshi   amallar   qiladigan   ruhiy   holatlarini,
ularning   qandayligini,   shahar   aholisining   kamchiliklarini   yo‘qotishning
mohirona   usullarini,   shaharda   yashovchilar   qalbida   yaxshi   fazilatlarni
mustahkamlashni   qanday   mohirona   usullar   bilan   amalga   oshirishni,
ularni yo‘qolib ketmasligi uchun, bilish lozimdir. Tabibga inson jismini,
duradgorga   yog‘ochni   va   temirchiga   temirni   bilish   san’ati   uchun
qanchalik   narsa   kerak   bo‘lsa,   shuncha   narsani   bilishlari   lozim
bo‘lganidek,   insonga   ruhiy   bilish   san’ati   qanchalik   kerak   bo‘lsa,   unga
shuncha narsa kerakdir».
Ikkinchidan,   tashxis   jarayonining   o‘zi   Forobiyning   fikricha,   u
tashxis qo‘yishni, so‘ngra olimlar tahlilini, undan keyingilari va xulosani
o‘z   ichiga   oladi:   «Men,   aytayapman,   avvalambor   biz   turli   xil   fe’l-
atvorlardan   kelib   chiquvchi   amallarni   birma-bir   sanab   o‘tishimiz   lozim
va   shundan   so‘nggina   qaysi   bir   amallarni   bajarganimizda   biz
rohatlanishimizni,   qaysi   birlarini   bajarganimizda   iztirob   chekishimizni
ko‘rib   chiqishimiz   va   fikr-mulohaza   qilishimiz   lozim.   Bu   bilan   tanishib
chiqqanimizdan   so‘ng,   ushbu   amal   yaxshi   yoki   yomon   fe’l-atvordan
kelib   chiqayotganini   ko‘rib   chiqamiz.   Agar   amal   yaxshi   f’el-atvordan
kelib   chiqqan   bo‘lsa,   unda   biz   yaxshi   fe’l-atvor,   agar   yomon   fe’l-
atvordan kelib chiqqan bo‘lsa, bu yomon fe’l-atvor deymiz». Forobiy   o‘zining   ilmiy   xulosalarini   tushuntirib   berish   uchun   o‘zi
sevgan   o‘xshatish   usuliga   murojaat   qiladi:   «Tabib   tegishli   vositalar
yordamida tananing holati bilan tanishib chiqadi, agar tana sog‘ bo‘lsa,
u   tananing   sog‘lig‘ini   saqlash   uchun   mohirona   usullarga   murojaat
qiladi,   agar   tana   xasta   bo‘lsa,   u   bu   xastalikni   yo‘qotish   uchun   mohir
usulga murojaat qiladi. Xuddi shunday, agar bizga yaxshi fe’l-atvor xos
bo‘lsa,   biz   ushbu   fe’l-atvorni   saqlab   qolish   uchun   mohir   usullarga
murojaat   qilamiz,   agar   bizga   yomon   fe’l-atvor   xos   bo‘lsa,   u   holda   biz
ushbu fe’l-atvorni yo‘qotish uchun mohir usullarga murojaat qilamiz». 
SHarqda insonshunoslik, insonni bilish metodikasi bo‘yicha ming-
ming   yillik   tajriba   mavjud.   Insonni   bilishning   oddiy   sharqona   usuli
pedagogik   tashxisda   qo‘l   keladi.   Bu   borada   genetik,   biastrologik   va
biografik metodlar eng ommalashgan usullardir. 
Genet ik  met od   – butun jahon olimlari tomonidan tan olinganda
sobiq   sovet   ta’lim-tarbiya   tizimida   inkor   qilib   kelindi,   pedagogik
tashxisga amal qilinmadi, hammaga bir xil andozali ta’lim-tarbiya joriy
qilingandi,   pedagogik   tashxis   ham   faqat   ayrim   tadqiqotlarda
qo‘llanardi.   Natijada,   inqirozga   uchragan   pedagogik   tashxis,   an’anasi
yo‘q ta’lim-tarbiya tizimi bizga meros bo‘lib qoldi. 
Genetik   metod   faqat   ota-onadan   meros   bo‘lgan   fiziologik,
pedagogik,   psixologik   iqtidor   kabi   xususiyatlarni   oladi   degan   qoidaga
tayanadi.   SHarqona   insonni   bilishga   genetik   yondashish   avlodni
o‘rganishni   tavsiya   etadi.   Haqiqatdan   ham   boladagi   qobiliyat,  layoqat,
kasbga   munosabat   o‘tmish   avlodlarning   biri   yoki   bir   nechtasidan
o‘tadi.   Masalan,   musiqa   qobiliyati   ham   avloddan-avlodga   o‘tishi
fikrimizning   dalilidir.   Bunga   mashhur   san’atkor   Zokirovlar,   Uzoqovlar,
Rajabiylar kabi sulolarni ko‘rsatish mumkin.
SHarqona insonni o‘rganishda   biast rologik  met od   eng samarali
«kalitdir».   Zero,   inson   ota-onaning   farzandi   bo‘lishi   bilan   birga
tabiatning   ham,   ijtimoiy   borliqning   ham   «mevasidir».   Diniy   taqvo
sifatida yo‘qolib ketgan  abjat  hisobi   («Hisobi abjat»)da shaxsga tashxis
qo‘yish   metodini   tiklash   maqsadga   muvofiqdir.   CHunki   har   bir   inson
makon   va   zamonda   shakllanadi.   Ayniqsa,   u   murg‘akligida   ota-onadan
olganidek,   tabiat,   ma’naviy-psixologik   muhit,   jamiyat   ta’siri   asosida
kamol   topadi.   Xalqimizda   «qon   bilan   kirgan»   xususiyatlar   barqaror
ekanligi haqida hikmat bor. SHarqona mijoz ana shu  bola  t ug‘iladigan
y il   fasli,   qay si   burjning   t a’sirida   bo‘lishini   hisobga   oladi.   Bir   burj
ostida   tug‘ilgan   bolalar   bir   ota-onaning   bolalariga   nisbatan   ham yaxshiroq xususiyatga ega bo‘ladilar. Bir sinf bir xil mijozdagi bolalarni
o‘qitganda bu tabiiy yaqinlik ta’lim-tarbiya natijalariga asoslanadi. 
Biografi k   met od   ommalashgan   bo‘lsada,   uning   metodologiyasi
aniq, tizimli ishlab chiqilmagan, ya’ni bolaning ona bag‘rida to mavjud
holatigacha   ijtimoiy-pedagogik   muhit   darajasi   uning   xarakterida
namoyon   bo‘ladi.   Ma’lumki,   ijtimoiy   muhit   shaxs   shakllanishining
asosiy omilidir. 
SHarq   xalqlarida   «Qush   uyasida   ko‘rganini   qiladi»   degan   maqol
bolaga baho berishda asosiy qoidaga aylangan. 
SHuning   uchun   ta’lim-tarbiya   jarayonida   har   bir   bolaga
pedagogik   tashxis   qo‘yish   zarur   va   murakkab.   O‘qituvchi,   muallim
bolaning   qobiliyati,   layoqati   va   tarbiyalanganlik   darajasini   aniqlashda
yuqorida   ko‘rsatilgan   oddiy   sharqona   usullardan   foydalanishi
maqsadga muvofiqdir.    
O‘rta   asr   SHarq   mutafakkirlari   o‘z   asarlarida   yoshlarni   kasbiy
mehnat ta’limi va tarbiyasiga juda katta ahamiyat berganlar. Ular kasb-
hunar   ta’limiga   ta’lim   va   tarbiyaning   zaruriy   tarkibiy   qismi   sifatida
yondashganlar   va   uni   aqliy,   jismoniy   va   ma’naviy   tarbiya   bilan   birga
olib borish zarur, deb hisoblaganlar. Ularning asarlarida yoshlarga, o‘z
qobiliyatlarini   va   mayilliklarini   hisobga   olib,   jiddiy   o‘ylab   mehnat
faoliyatini   tanlash   to‘g‘risida   pand   va   nasihatlarni   ko‘rish   mumkin.
CHunonchi,   Navoiy   ta’lim   oluvchilarning   individual,   o‘ziga   xos
qobiliyatlarini   hisobga   olish   zarurligini   ta’kidlagan:   insonlar   tabiatan
teng bo‘lsalar ham, ammo ularga turli fazilatlar berilgan.
Ibn Sinoning fikricha, har bir insonga moyilligidan va iste’dodidan
kelib   chiqqan   holda   ta’lim   bermoq   lozim,   aks   holda   ta’lim   va   tarbiya
ko‘zlangan natijani bermaydi. Murabbiy uning ta’limga, biror bir hunar
va   san’atga   bo‘lgan   intilishini   aniqlashi   lozim.   CHunki   ularga   ega
bo‘lgandan so‘nggina u o‘zini yashash vositalari bilan ta’minlay oladi. 
Davoniyning   «Jalol   etikasi»   asarida   ham   quyidagi   pand-
nasihatlarni   uchratish   mumkin:   «Bir   inson   har   turdagi   hunar   bilan
shug‘ullanmasligi   kerak,   chunki   (bu)   tabiatga   ziddir,   (bu   inson)   hech
qachon ijobiy natijaga erishmaydi, chunki har bir hunar zarur diqqat va
vaqtni   talab   qiladi».   Bolalarning   qobiliyati   va   imkoniyatlariga   nisbatan
to‘g‘ri hunar tanlash haqida so‘z yuritar ekan, Davoniy o‘z fikrini davom
ettiradi: «Insonda barcha hunarlarga qobiliyat yo‘qdir, aksincha, har bir
inson muayyan bir hunarga moyillikka ega». Bilimlarni t ek shirish uchun sav ollar:
1. Kasb tanlash maqsadlarida nima o‘quvchilar shaxsi o‘rganiladi?
2.   Mayillik,   qobiliyat,   temperament,   xarakter,   vaj   (motiv)
tushunchalarining mohiyatini yoritib bering.
3.   Bozor   iqtisodiyotiga   o‘tish   sharoitida   o‘quvchilarning
qadriyatlari haqida gapirib bering. 
4.   Kasbga   yo‘naltirish   maqsadida   o‘quvchilarni   o‘rganish
metodlari haqida tavsif bering. KA SB KON SULTA TSIY A SI  VA  UN I  O‘TKA ZISH METODIKA SI  
Reja:
1. Kasb konsultatsiyasining maqsadi, vazifalari va mazmuni.
2. Kasb konsultatsiyasining turlari, uning bosqichlari.
3.Kasb   konsultatsiyasi   natijalarini   o‘quvchilar   bilan   yakka
shakllantirishda, maktab pedagogik jamoa ish taktikasining aniqlashda
foydalanish.
4.   O‘quvchilarning   o‘quv   mashg‘ulotlariga,   bo‘sh   vaqtga
munosabatini   ijobiy   o‘zgarishini,   ularning   turg‘un   moyilliklarini   va
professional mo‘ljallarini shakllantirish.
Tay anch   t ushuncha   v a   iboralar:   kasbga   doir   konsultatsiya
(maslahat);   tayyorlov,   tugallovchi   va   aniqlovchi   profkonsultatsiya;
individual   va   guruhiy   profkonsultatsiya,   o‘ziga-o‘zi   baho   berish;
profkonsultatsiyaning psixologik aspekti.
  
Asoslangan   k asb   t anlash   –   murakkab   jarayon   bo‘lib,   u   xalq
xo‘jaligining   kadrlarga   bo‘lgan   ehtiyojini   va   odamning   qiziqishlari,
moyilliklari   va   qobiliyatlarini   maksimal   mos   kelishini   talab   qiladi.
Kasblar   olami   haqidagi   bilimlarni   etarli   emas   (cheklangan)ligi   va
o‘smirlik   davrida   o‘z   imkoniyatlarini   tekshirib   ko‘rish   bo‘yicha   tajribani
cheklanganligi   o‘quvchilarda   tanlagan   kasblariga   yaroqligini
baholashda,   professional   muhim   sifatlarni   rivojlantirishda   ko‘pincha
qiyinchiliklar   tug‘diradi.   Ushbu   masalalarni   ko‘pchiligini   hal   qilishda
kasbga doir maslahat yordam berishi mumkin.
Kasbga   doir   maslahat   –   bu   yoshlarga   kasb   tanlashda   yordam
ko‘rsatish   maqsadida   psixologlar,   shifokorlar,   pedagoglarning   bergan
maslahatlari va tavsiyalaridir.
Kasbga doir maslahatni bir necha turlari mavjud. Axborot -axborot   maslahat i   odamni   tanlagan   kasbi   bilan
mumkin   darajada   chuqurroq   tanishtirish   yo‘naltirilgan.   Mehnat
dunyosida   minglab   mutaxassislar   bor   va   tanlangan   kasb   tasodifiy
bo‘lmasligi   uchun   tanlanayotgan   kasb   haqida   har   tomonlama
axborotga ega bo‘lishi kerak. 
O‘quvchilarga   ular   tanish   bo‘lgan   kasblar   haqida   bir   nechta
savollar berish maqsadga muvofiqdir: Barcha profillarni sanab chiqing;
O‘rganayotgan   kasblar   mazmunidagi   va   ularni   o‘rganish   bo‘yicha
farqlar qanday? Profillar bilan tanishishda sizni nima qiziqtirdi?
Asosli   kasb   tanlash   uchun   tanlangan   kasbga   xalq   xo‘jaligining
ehtiyoji   haqida   aniq   axborot,   uning   odamga   qo‘yadigan   talablari,   bu
mutaxassisliklarga   ta’lim   beradigan   akademik   litsey   va   kasb-hunar
kollejlari,   ularga   qabul   qilish   shartlari,   ishga   joylashtirish   va   oliy   o‘quv
yurtlarida   o‘qishni   davom   ettirish   haqida   aniq   axborot   kerak   bo‘ladi.
Kasbga   doir   ana   shunday   maslahatni   kasbga   doir   maslahatchining
individual suhbatida, Tashxis markazida olish mumkin.
Kasbga   doir   diagnostik   maslahat   –   o‘quvchilardagi   qiziqish,
moyillik,   qobiliyatlar,   fe’l-atvorlarining   xarakteri   va   kasbning   odamga
qo‘ygan   talablari   haqidagi   bilimlarini   namoyon   qilishga   qaratilgan.
Uning   maqsadi   –   qaysi   faoliyat   sohalarida   o‘quvchi   eng   katta   samara
bilan   ishlay   olishini,   ya’ni   jamiyatga   maksimal   foyda   keltirishi   va   o‘z
mehnatidan   eng   ko‘p   qoniqish   olishini   taxminiy   belgilab   olishga
qaratilgan.
O‘quvchilarning   o‘zlari   haqidagi   bilimlarini   kengaytirish   har   bir
o‘quvchiga   kasb   bo‘yicha   tayyorlashda   va   kelajakda   kasb   bo‘yicha
ishlashda   o‘zining   individual   xususiyatlarini   to‘laroq   qo‘llashga   imkon
beradi. 
O‘z   qiziqishi,   moyillik,   qobiliyatlarini   to‘g‘ri   baholay   olish
o‘quvchiga   ularni   tanlayotgan   kasb   talablari   bilan   yanada   ob’ektivroq
chog‘ishtirishga imkon beradi. 
Kasbga   doir   diagnostik   maslahatda   o‘quvchi   shaxsini
o‘rganishning   turli   metodlari   –   anketa,   testlar,   maxsus   asboblar
ishlatiladi.   To‘plangan   materiallar   individual   suhbatlar   jarayonida
maslahat beruvchi tomonidan tahlil qilinadi va umumlashtiriladi. 
Kasbga  doir  t ibbiy  maslahat .   Odam sog‘lig‘i holatini u tanlagan
kasb   talablariga   mos   kelishini   namoyon   qilishga   qaratilgan.   Uni
shifokor   o‘tkazadi.   Agar   kasb   o‘quvchining   sog‘lig‘i   holatiga   mos
kelmasa,   u   holda   tibbiy   maslahat   beruvchi   o‘quvchiga,   uning organizmiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatmaydigan,   uning   qiziqishi   va
moyilligiga   yaqin   bo‘lgan   boshqa   kasbni   tanlashga   maslahat   beradi.
Agar   o‘quvchining   sog‘lig‘i   nuqtai   nazardan   noto‘g‘ri   kasb   tanlangan
bo‘lsa, u holda kasbkor organizmiga zarar keltirishi, o‘quvchida mavjud
bo‘lgan kasalliklarni zo‘rayishiga olib kelishi mumkin. Jumladan, ko‘rish
qobiliyati   etarli   bo‘lmagan   o‘quvchi   radiomantajchi,   naqqosh,   soatsoz
kasblarini   tanlashi   mumkin   emas.   YOki   umurtqa,   bo‘g‘im
kasallanganda uzoq vaqt oyoqda turib ishlashni talab qiladigan kasblar
– chilangar, g‘isht teruvchi, sotuvchi, sartaroshlik to‘g‘ri kelmaydi.
Agar   o‘quvchi   sog‘lig‘ida,   holatida   o‘zgarish   sodir   bo‘lsa,   uni
darhol   shifokor   bilan   u   yoki   bu   o‘quv   yurtida   –   kollejlarda,   litseylarda
kayfiyat   uchun   eng   qulay   ta’lim   olish   yo‘llari   haqida   masalani
muhokama   qilish   mumkin   bo‘lgan   o‘quv   va   ishlab   chiqarish
yuklamalarini bilish lozim. 
O‘z vaqtida berilgan kasbga doir tibbiy konsultatsiya kasbiy rejani
shakllantirish   uchun   juda   muhimdir.   Uni   kasb   tanlash   masalasini   uzil-
kesil hal qilishdan ancha oldin olish kerak.
Ilmiy   adabiyotlarda   bayon   qilinishicha,   yoshlarga   tibbiy   kasb
maslahat   berishning   ahamiyatini,   ya’ni   mehnat   ekspertizasini   harbiy
ishga   qo‘llanishini   (hozir   harbiy-tibbiy   komissiya,   tibbiy   mehnat
ekspertizasiga   bo‘lingan)   ahamiyatini   Amir   Temur   jahonning   barcha
hukmdorlaridan   ancha   oldin   (masalan,   Petr   I   dan   4   asr   oldin)
tushunganligi hamda o‘z armiyasiga askarlarni qabul qilishda ularning
quyidagi   uch   belgisi   (alomati):   kuch-quvvati,   qilichni   egallash   darajasi
va   sifati,   aqliy   sifatlar   hamda   ziyrakligi   bo‘yicha   tanlab   olingan,   faqat
ushbu   uchala   belgilar   majmui   sohibqiron   armiyasi   safiga   qabul   qilish
mezoni   bo‘lganligini,   bunday   sifatlarga   buyuk   sarkarda   jangovor
o‘yinlardan   keng   foydalanish,   askarlarni   doimiy   ravishda   mashq
qildirish orqali erishganligini ta’kidlash o‘rinlidir. 
Kasbga   doir   t uzat ish   k irit uv chi   maslahat .   O‘quvchining
professional   niyati   uning   real   (mavjud)   imkoniyatlari   va   qobiyaliyatlari
bilan   mos   tushmaganda   o‘quvchiga   kasbga   doir   tuzatish   kirituvchi
maslahat   berish   kerak.   Ushbu   holda   o‘quvchi   maslahatchi   yordamida
o‘zining   shaxsiy   sifatlarini   yana   bir   bor   tahlil   qilmog‘i   va   bo‘lajak
kasbiga tayyorlanishi bosqichlarini belgilab olishi zarur. 
Ko‘pchilik   o‘quvchilar   kasb   tanlashda   kattalarning,   ayniqsa   ota-
onalarining  yordamiga  suyanadi.   Odatda,   o‘smirlar o‘zlarining  kelajagi bo‘yicha   qandaydir   rejalar   tuzmaydilar,   hamma   narsa   o‘z-o‘zidan   hal
bo‘lishiga umid qiladi. Maslahatchi bu holda ham yordam ko‘rsatadi. 
SHuni   eslash   kerakki,   akademik   litsey,   kasb-hunar   kollejlarida
ta’lim yo‘nalishlarining har birini tanlaganda u qo‘shimcha variant bilan
mustahkamlanishi   va   professional   niyatlarga   mos   kelishi   kerak.
Jumladan,   o‘quvchilar   bitta   kasbning   o‘zini   turli   o‘quv   yurtlarda
tayyorlanishini   ko‘pincha   bilmaydilar.   SHu   boshidan   ham   akademik
litsey,   kasb-hunar   kollejlarda   ta’lim   olishni   davom   ettirishni   tanlashda
2-3   o‘quv   muassasalarini   ko‘zda   tutish   kerak   (bitta   –   asosiy,   boshqasi
esa - qo‘shimcha).
2. Kasb t anlashda zarur bo‘lgan muhim k asbiy  sifat lar.
Maqsad:   kasbiy   tayyorgarlik   profilini   tanlashda   professional
muhim sifatlarining mohiyatini yoritish.
Mamlakatimizning   bozor   iqtisodiyotiga   o‘tishi   munosabati   bilan
har   bir   odamning   ijodiy   potensialini   oqilona   ishlatishga   qaratilgan
yo‘nalish   olingan.   SHu   bois   kasb   tanlash   nafaqat   shaxsiy   ish,   balki
davlat   ahamiyatiga   molik   ish   hamdir,   u   tasodifiy   omillarga   bog‘liq
bo‘lmasligi   kerak.   Buning   uchun   esa   o‘zining   shaxsiy   sifatlarini
aniqlashi va ularni kasbga qo‘ygan talablar bilan taqqoslash kerak. 
Kasbga   yaroqlilik   tushunchasiga   murojaat   qilamiz.   Kasbga
yaroqlilik – bu odam va uning ishi, kasbini o‘zaro mosligi demakdir. Har
qanday   odam   o‘ziga   xos   aniq   professional   fazilatlarga   ega   bo‘lib,   bu
fazilatlarni   u   yoki   bu   kasb   talablariga   qanchalik   mos   kelishiga   qarab
uning   yaroqliligi   haqida   fikr   yuritish   mumkin.   SHunday   qilib,   shaxsiy
sifatlardan   professional   (kasbiy)   faoliyatini   muvaffaqiyatli   egallashga
imkon beradiganlargina professional jihatdan muhimdir.
Odamning   ishga   kasbiy   yaroqliligini   fuqarolik   sifatlari   (e’tiqodi,
vatanparvarlik,   kollektivizm,   xalq   manfaati   uchun   mehnat   qilishga
ehtiyoj);   mehnatsevarlik,   mehnatga   vijdonan   munosabatda   bo‘lish;
mazkur   faoliyat   sohasiga   qiziqishlar  va  moyilliklar;   aqlning  kengligi   va
chuqurligi,   o‘zini   intizomga   bo‘ysundirish;   o‘zini   nazorat   qilishni
rivojlantirish, tashabbuskorlik, sog‘lig‘ining holati; ma’lum soha faoliyat
turlari   uchun   zarur   bo‘lgan   maxsus   qobiliyatlar   (masalan,   ijodiy
fantaziya,   harakat   reaksiyalarining   tezligi   va   aniqligi,   musiqiy   eshitish
qobiliyati).
YUqorida   keltirilgan   muhim  kasbiy   sifatlar   odam  shaxsining  turli
tomonlariga   kasb   qo‘yadigan   talablarni   aks   ettiradi.   SHaxsni
o‘rganishda shartli ravishda, odamga kasbni qo‘ygan asosiy talablarini o‘z   ichiga   oluvchi   uch   tomon   ajratiladi.   Ulardan   birinchisi   –   shaxsni
yo‘nalitirilganligini,   uning   intilishlari,   niyatlari   («xohlayman»).   Aniqrog‘i
bu   qiziqishlar,   moyilliklar,   professional   niyatlarda   namoyon   bo‘ladi.
Ikkinchi – o‘quvchilarning qobiliyatlarini o‘rganish («qo‘limdan keladi»).
Uchinchi   –   xarakterni   yoki   odamni   fe’l-atvorida,   atrofdagi   voqelikka
munosabati   namoyon   bo‘ladigan   shaxsni   barqaror   individual
fazilatlarini,   ya’ni   mustahkamlashib   qolgan   uning   shaxsini   asosiy,   tub
fazilatlarini   o‘rganish   («bor»).   Masalan,   o‘quvchida   u   yoki   bu
professional   faoliyatga   qiziqish   borligi   haqida   unga   ijobiy   emotsional
munosabat   bo‘yicha,   aniq   mehnat   predmetini   bilishga   faol
yo‘nalganligi   bo‘yicha   fikr   yuritish   mumkin.   Predmet   bo‘yicha
yo‘nalganligiga   qarab   qiziqishlar   texnikaviy,   gumanitar,
tarbiyashunoslik, badiiy va h.k. bo‘lishi mumkin.
Agar   o‘quvchilar   doimiy   ravishda   ma’lum   faoliyat   turi   bilan,   uni
boshqalardan   afzal   ko‘rib   shug‘ullansa,   u   holda   bilim   orttirishga
bo‘lgan qiziqish moyillik xarakterini olishi mumkin.
Moyilliklar   nafaqat   qiziqishlar   bilan,   balki   odamning   qobiyalitlari
bilan   ham   yaqindan   bog‘langan.   CHunki,   ma’lum   sohada   faoliyat
ko‘rsatish   qobiliyatlarini   rivojlantrishning   muhim   stimulidir.   Masalan,
konstruksiyalash   mashg‘ulotlariga   moyilligi   bor.   Ularni   o‘tkazish
jarayonida   texnik   tafakkur,   fazoviy   tasavvur,   ya’ni   texnik   qobiliyat
rivojlanadi. 
Qobiliyatlar   deb,   odamning   individual-psixologik   xislatlari
hisoblanib,   ular   muvaffaqiyatli,   samarali   o‘quv   yoki   mehnat   faoliyatni
ta’minlaydi   va   bilimlar,   ko‘nikma   va   malakalarga   tenglashtirilmaydi   (5
km   bilan   yonma-yon   qo‘yilmaydi,   masalan,   yaxshi   xotira,   harakat
reaksiyalarining tezligi va aniqligi). 
Odamning   xarakterli   fazilatlari   odamlarga   munosabatda,   ular
bilan   muloqotda   (kollektivizm,   g‘amxo‘rlik,   insoniylik),   mehnatga
munosabatda   (mehnatsevarlik,   mas’uliyatlilik),   o‘zini-o‘zi   baholashda
(o‘z-o‘zini   tanqid   qilish,   kamtarlik,   manmanlik)lari   ravishda   namoyon
bo‘ladi. 
Yo‘naltirilganlik,   qobiliyatlar,   xarakterni   ajratilgan,   chunki
shaxsning   barcha   tomonlari   o‘zaro   mustahkam   bog‘langan.   Masalan,
o‘quvchi   qiziqishlarini   yo‘nalganligi   u   yoki   bu   faoliyat   bilan
shug‘ullanishiga   undaydi,   mehnatsevarlik   va   maqsadga   erishishga
intiluvchanlik   etarli   darajada   rivojlanmagan   maxsus   qobiliyatlarni
o‘rnini   to‘ldiradi.   SHunday   qilib,   diqqat   bilan   o‘ziga   qarab,   o‘z qiziqishlarini,   moyilliklarini,   qobiliyatlarini,   fe’l-atvor   xususiyatlarini
ob’ektiv   baholab,   shaxsning   ustunlik   qiladigan   professional   muhim
sifatlarini   aniqlash   mumkin.   YUqorida   aytilganidek,   ularni   kasbni
odamga   qo‘ygan   talablari,   xalq   xo‘jaligining   ularga   bo‘lgan   ehtiyoji
bilan   qiyoslash   zarur.   Demak,   eng   maqbul   kasb   tanlash   «kerak»   -
«xohlayman»   -   «qo‘limdan   keladi»   -   «bor»   komponentlarni   birga
qo‘shish hisoblanadi. 
Masalan,   o‘quvchi   chilangar   kasbi   bilan   tanishganda,   u   uni
qiziqtirdi.   O‘quvchi   mazkur   kasbni   kishidan   yaxshi   texnikaviy   zehni,
fazoviy   tasavvurini,   qo‘llar   harakatining   koordinatsiyasi
(muvofiqlashtirish)ni,   barmoqlar   sezgirligini   rivojlanganligi,   ishda
saranjom-sarishtalikni,   vijdonlilikni,   berilib   ketishlikni   talab   qilishini
mutaxassislardan   bilib   oldi.   Uning   shaxsiy   sifatlarini   aniqlashda   shu
narsa   namoyon   bo‘ldiki,   u   texnikaga   qiziqadi,   bo‘sh   vaqtlarda   turli
mayda-chuyda   narsalarni   tayyorlashni   sevadi   (turli   metallarni
ta’mirlaydi,   modellar   yig‘adi   va   h.k.),   biroq   ishda   etarli   darajada
saranjom-sarishta   emas,   boshlab   qo‘ygan   ishini   oxiriga   etkazmaydi,
fizika,   matematika,   kimyo,   chizmachilikdan   sust   o‘zlashtiradi,   unda
xotira   va   fazoviy   tasavvur   yomon   rivojlangan.   Ayni   paytda   chilangar
metallarning   xususiyatlarini,   keskichlarni   yaxshi   eslashi,   jihozlarni
bilishi kerak.
Ammo   o‘quvchilar   mustaqil   ravishda   o‘z   qobiliyatlarini   to‘g‘ri
aniqlay olmaydilar, mavjud qobiliyatlarini shubha bilan qaraydilar. Ko‘p
hollarda   bu   shubha   o‘quvchilarning   o‘ziga   ishonmasligi   bilan
bog‘langan.
Odatda   ko‘pchilik   o‘quvchilarning   qiziqish   va   moyilliklari   turg‘un,
doimiy   emas.   Bularni   ularning   o‘zlari   mustaqil   aniqlay   olmaydilar.   Bu
maktab va ota-onalar diqqatini o‘ziga jalb qilishi kerak. 
SHuning   uchun   ham   «Umumiy   ta’lim   va   hunar   maktabini   isloh
qilishning asosiy yo‘nalishlari»da «Tajriba tariqasida bir qancha shahar
va   qishloq   rayionlarida   maktablar,   o‘quvchilar   va   ota-onalar   bilan   ish
olib borishni tashkil qilish bo‘yicha kasb tanlashga o‘rgatish markazlari
vujudga   keltirilsin»,   deb   alohida   ta’kidlangan.   Bu   markazlar   «…   o‘z
faoliyatida … o‘quvchilarni zamonaviy kasblar bilan tanishtirishlari, xalq
xo‘jaligining   kadrlarga   bo‘lgan   ehtiyojlari   haqida   axborot   berishlari,
o‘quvchilarning   psixologik-fiziologik   xususiyatlarini,   ularning   muayyan
turdagi faoliyatga qobiliyati va qiziqishlarini aniqlashlari vash u asosda
tegishli tavsiyalar ishlab chiqishlari kerak». O‘z-o‘zidan ravshanki, bu ishlarning negizini o‘quvchilarning ongli
kasb   tanlashi   bo‘yicha   o‘tkaziladigan   konsultatsiya   tashkil   qiladi.
Bo‘lajak   o‘qituvchi,   sinf   rahbarlarini   bu   sohadagi   pedagogik   faoliyatga
tayyorlash   maqsadida   quyida   o‘quvchilarning   ongli   kasb   tanlashi
bo‘yicha konsultatsiyasi ustida to‘xtalamiz. 
Kasb-kor   haqida   konsultatsiya   deganda   har   bir   o‘quvchiga   kasb
tanlash bo‘yicha ilmiy asoslangan maslahat berishni, uning moyilligi va
qobiliyatiga   hamda   jamiyat   talabiga   ko‘p   darajada   mos   keladigan
kasbni tavsiya qilishni tushunamiz.
Kasb   tanlash   bo‘yicha   konsultatsiyani   tashkiliy-axborot,   tibbiy   va
psixologik kabi uchta turi mavjuddir.
Biroq   umumta’lim   maktablari   kasb-kor   bo‘yicha   konsultatsiyani
uning   yuqorida   ko‘rsatilgan   ko‘rinishlarida   o‘tkazishga   tayyor
emasdirlar.   Javobgar   ministrliklar,   idoralar,   tashkilotlar   esa
o‘qituvchilar,   sinf   rahbarlariga   ushbu   soha   bo‘yicha   maxsus
tayyorgarlik   berishni   tashkil   qilishga   hali   shoshilganlaricha   yo‘q.
Bundan   tashqari   o‘quvchilarning   qiziqishlari   va   qobiliyatlarini   tizimli
ravishda   o‘rganish,   ularning   qiziqishlari,   moyilliklarini   o‘zgartirish
dinamikasi   haqida   axborot   yig‘ishga   e’tiborsizlik   qilinayapti   hamda
yosh   o‘smirlar   to‘g‘risida   to‘plangan   kuzatish,   o‘quvchilar   hujjatlari   va
faoliyatlarining   tahlili,   suhbat   va   anketa   natijalari   maktab   pedagogik
kollektivi   tomonidan   etarli   darajada   umumlashtirilmayapti.   Ko‘pchilik
maktablarda   har   bir   o‘quvchiga   yurgiziladigan   o‘quvchining   kasb
tanlash kartochkasi faqat nomiga mavjud. 
SHuning   uchun   ham   maktab,   odatda,   uncha   murakkab
bo‘lmagan   shaxsni   psixologik   o‘rganish   elementlariga   asoslanib
o‘quvchilar   bilan   axborot-spravka   xarakterida   shaxsiy   (individual)
konsultatsiyani o‘tkazish bilan qanoatlanmoqda. 
Kasb-kor   haqida   konsultatsiya   o‘tkazish   murakkab   va   javobgarli
ishdir.   O‘quvchilarni   ongli   kasb   tanlashga   tayyorlash   bo‘yicha
konsultant   sifatida   maktab   ilmiy   bo‘lim   mudiri,   tarbiyaviy   ishlar
bo‘yicha   direktor   o‘rinbosari   yoki   kasb   tanlash   bo‘yicha   maxsus
seminarni   tugatgan   o‘qituvchilar,   pedagoglar   faoliyat   ko‘rsatishlari
mumkin.
Axborot-spravka   xarakteridagi   kasb-kor   konsultatsiya   odatda   bir
necha   bosqichda   amalga   oshirilib,   konsultant   o‘quvchilar   (shu
jumladan,   ularning   ota-onalari)   bilan   suhbat   o‘tkazish   orqali   ularning
ishga   joylashish   imkoniyatlari   haqidagi,   utrli   o‘quv   yurtlariga kiruvchilarga   qo‘yiladigan   talablar   haqidagi   hamda   turli   kasblarning
xarakteristikasi haqidagi va h.k. savollarga javob beradi. 
Maktab pedagogik kollektivining o‘quvchilarni kasb-kor tayyorlov
bo‘yicha   faoliyati   VII   va   IX   sinflarda   o‘tkaziladigan   kasb-kor   tayyorlov
konsultatsiyalaridan keyin ayniqsa maqsadga qaratilgan holda amalga
oshirilishi kerak.
Bu   murakkab   ishni   birinchi   bosqichi   hisoblangan   tayyorlov
konsultatsiyasi   jarayonida   kasb-kor   bo‘yicha   konsultant   tomonidan
o‘quvchilarning   kasbga   bo‘lgan   qiziqishi   va   umumiy   qiziqishi
taqqoslanadi.   Ularning   kasblar   bo‘yicha   xabardorligi   aniqlanadi,
bolalarning   umumiy   qobiliyati   namoyon   qilinadi,   o‘quvchilarga
o‘zlarining   qiziqishlarini   turg‘unligini   tekshirib   ko‘rishga,   zarur
sifatlarini rivojlantirishga imkoniyat yaratuvchi tavsiyanomalar beriladi.
Ushbu   kasb-kor   bo‘yicha   konsultatsiya   materiallari   maktab
pedagogik   jamoasi   tomonidan   o‘quvchilarning   kasbga   bo‘lgan
qiziqishlarini maqsadga qaratilgan holda rivojlantirish hamda ularning
shaxsni   yanada   mukammalroq   o‘rganishni   ro‘yobga   chiqarish
maqsadida ishlatilishi kerak. 
Sinf   rahbari   boshchiligida   turli   fan   o‘qituvchilari   jamoasi
tomonidan   o‘quvchilarni   o‘rganish   odatda   ularni   o‘z-o‘zlarini   anglashi
(tushunib olishi), ma’lum bir mehnat faoliyati yo‘nalishi tomoniga qarab
mustaqil   ish   tutib   ketishi   uchun   sharoit   yaratish   bilan   yakunlanadi.
Albatta,   bu   kasb-kor   bo‘yicha   konsultatsiyani   yakunlovchi   bosqichini
o‘tkazishni ancha engillashtiradi. 
O‘quvchilarni   ongli   kasb   tanlashga   tayyorlash   bo‘yicha
konsultatsiyani   oxirgi   bosqichi   maktabni   bitiruvchi   sinf   o‘quvchilari
bilan   bo‘ladigan   yakunlovchi   suhbat   bo‘lib,   u   to‘plangan   barcha
materillar   (shifokorning   bergan   xulosasi,   mehnat   ta’limi
o‘qituvchisining   xulosasi,   sinf   rahbarining   xulosasi   va   tavsiyasi   va
h.k.)ni   o‘rganib   bo‘lgandan   keyin   o‘tkaziladi.   Bunday   ishning   yakuni
sifatida   o‘quvchining   kelajak   hayotiy   yo‘li   to‘g‘rsida   konsultant   tuzgan
xulosa hisoblanadi. 
Qiziqishlar bo‘yicha guruhlarda o‘quvchilarni ongli kasb tanlashga
tayyorlash   maqsadida   konsultatsiyaning   ular   bilan   o‘tkaziladigan
suhbatini,   ularga   beradigan   maslahatini   va   tavsiyasini   alohida   guruh
bilan olib borish mumkin.
Kasb-kor   bo‘yicha   konsultatsiya   o‘tkazishni   umumiy   sxema
manna shulardan iboratdir. Islohotlarni   ro‘yobga   chiqarish   munosabati   bilan   maktablarda
o‘quvchilar   bilan   kasb   tanlash   bo‘yicha   axborot-spravka   xarakterida
o‘tkaziladigan konsultatsiya ishini hozirning o‘zidayoq jonlantirib borish
mumkinligini alohida ta’kidlash zarur.
Talabalarni   kasb-kor   haqida   konsultatsiya   berishga   tayyorlashda
psixologiya   kursining   boshqa   mavzularini   ham   keng   imkoniyatlaridan
to‘la   foydalanishni   unutmasligimiz   zarur.   ushbu   kursning   «Faoliyatni
umumiy   xarakteristikasi»,   «Diqqat»,   «Nutq»,   «Idrok»,   «Xotira»,
«Tasavvur   etish»,   «Tafakkur»,   «Iroda»,   «Sezgi»   kabi   mavzulari   esa
bo‘lajak   pedagoglarni   o‘quvchilarni   ongli   kasb   tanlashi   bo‘yicha
konsultatsiya   o‘tkazishga   tayyorlash   bo‘yicha   yuqorida   boshlangan
ishlarni   mahalliy   kasblar   misolida   yanada   aniqlashtirishga   imkon
beradi.  
Bilimlarni t ek shirish uchun sav ollar:
1. Kasb konsultatsiyasi jarayonida qanday vazifalar hal qilinadi?
2.   O‘quvchilar   uchun   kasb   konsultatsiyasini   qanday   shakllarda
olib borish maqsadga muvofiq?
3.   O‘quvchilar   uchun   kasb   konsultatsiyasining   qaysi   turlari
o‘tkaziladi?
4.   O‘quvchilar   bilan   ishlashda   kasb   konsultatsiyasining   qanday
metodlari qo‘llaniladi?
FA N  A SOSLA RIN I  O‘RGA N ISH VA  MEHN A T TA Y Y ORGA RLI GI
J A RA Y ON IDA  O‘QUVCHILA RN I  KA SBGA  Y O‘N A LTIRISH
Reja: 1.   Maktab   fizika   predmetining   o‘quvchilarni   kasbga   yo‘naltirish
bo‘yicha ponetsial imkoniyatlari.
2. Botanika va biologiya fanlarining o‘quvchilarni ommaviy ishchi
kasblar bilan tanishtirishning shakl va metodlari. 
3.   Mehnat   ta’limi   darslari   va   sinfdan   tashqari   mashg‘ulotlarda
o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning shakl va metodlari. 
4.   O‘quvchilarni   kasbga   yo‘naltirishni   politexnik   ta’lim   asosida
amalga oshirilishi.
5.O‘quvchilarning   predmet   (bilish)ga   va   kasbga   bo‘lgan
qiziqishlarining o‘zaro dialektikasi.
Tay anch  t ushuncha  v a  iboralar:   politexnizm; politexnik prinsip;
ishlab   chiqarishning   ilmiy   asoslari;   kasbga   oid   axborot;   bilimga
qiziqish; kasbga qiziqish; barqaror, turg‘un qiziqish; bilimga qiziqish va
kasbga   qiziqishning   o‘zaro   dialektikasi;   predmetlararo   bog‘lanish;
kasbga yo‘naltirishning samaradorligi. 
Umumta’lim   maktabi   ta’lim   jarayonida   o‘quvchilarni   kasbga
yo‘naltirish barcha predmetlarni   o‘rganish jarayonida amalga oshirishi
lozim. Biroq bunda politexnik xarakterga ega bo‘lgan fanlarning ulushi
kattadir. Politexnik mazmunga ega bo‘lgan fanlar, shu jumladan fizika
kursi   o‘quv   dasturining   tahlili   ma’lum   iqtisodiy   hudud   uchun   zarur
bo‘lgan   barcha   ommaviy   kasblarni   egallash   uchun   imkoniyat
yaratishini ko‘rsatadi. 
Fizika fani asoslarini o‘rganish va o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan
qiziqishi,   moyilliklarini   shakllantirish,   ularning   qobiliyatlarini
rivojlantirish   uchun   katta   imkoniyatlar   ochadi.   Fizika   o‘qituvchi   ta’lim
jarayonida   dastavval   o‘quvchilarda   fizika   predmetiga   nisbatan   keng
qiziqish   tug‘dirishga   erishish   zarur.   Bunda   u   o‘quvchilarda
shakllantirilgan chuqur, barqaror o‘quv-qiziqishlar bilan birga ularning
muayyan   kasblarga   bo‘lgan   qiziqishlari   o‘rtasida   dialektik   bog‘liqlik
borligi ma’lum sharoitlarida bilimga, fan asoslariga bo‘lgan qiziqishlari
ularning   kasbga   bo‘lgan   qiziqishlariga   o‘sib   o‘tishini   yoddan
chiqarmasliklari kerak. 
Fan   asoslarini   o‘rganish   jarayonida   o‘quvchilarga   puxta   mehnat
tarbiyasini beri shva ularni kasb tanlashga o‘rgatish bo‘yicha ishlarning
mazmuni   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»da   aniq   belgilab   berilgan.
SHu   munosabat   bilan   quyida   misol   tariqasida   fizika   fanining   ayrim mavzulari   bo‘yicha   o‘quvchilarni   kasbga   yo‘naltirish   bo‘yicha
imkoniyatlarini bayon ilamiz. 
« Bosim »   (VI   sinf)   mavzu sini   o‘tishda   kasb   tanlash   ishini   amalga
oshirish   bo‘yicha   dars   fragmentini   k eltir amiz.   O‘qituvchi   bunda   slesar
metalga   ishlov   berish   bo‘yicha   stanokchi,   duradgor,   g‘isht   teruvchi,
tikuvchi,   elektrik   uchun   mehnat   ob’ektlari   bilan   o‘quvchilarni
tanishtiradi.
Ushbu mavzuni o‘zganishni boshida o‘qituvchi o‘quvchilarga ta’sir
qiluvchi   kuchga   tavsif   beradi,   bosimning   o‘lchash   birligini   aniqlaydi.
So‘ngra o‘quvchi P=F/S formulaga muvofiq S yuzaning katta-kichikligiga
qarab   bosimni   ko‘paytirish   yoki   kamaytirish   mumkinligiga   o‘quvchilar
diqqatini jalb qiladi. 
Ishlab chiqarishda, qurilishda, qishloq xo‘jaligida va h.k.da ushbu
qonuniyat   ishlatiladi,   qaysi   ishchi   kasb   mutaxassislari   buni   yaxshi
bilishi   zarur?   O‘quvchilarni   javobi   qanday   bo‘lishi   mumkin?   Qachov
(zubilo),   egovning   tishlari   va   metall   kesuvchi   pichoqlari   uchlari   o‘tkir
qilinib   tayyorlanadi.   Faqat   shunday   qilinganda   ishlov   berilishi   lozim
bo‘lgan   sirtga   tegib   turadigan   yuza   kichik   bo‘ladi,   bosim   esa   ortadi.
Natijada   ish   engillashadi.   Ish   unumdorligi   oshadi.   Slesar,   tokar,
frezerovkachilar bosimni kamaytirish uchun rezets   (keskich) va frezani
o‘tmas qiladilar. Bu qonuniyatdan duradgor ham foydalanadi. 
U   o‘z   instrumentlari   –   nojovka,   stameska,   rubank a larni   o‘tkir
qiladi.
Mavzu:  “Lineyka”, “Kesmaning uzunligi” ( V   sinf ) .
Darsni jihozlanishi: lineyka, metr, santimetrli lenta, termometrlar
(xonaniki,   tibbiyotniki),   uy   tarozisi,   bo‘y   uzunligini   o‘lchagich,   to‘g‘ri
burchakli formalar.
YAngi   materialni   tushuntirish   lineykani   qismlarga   “bo‘lish”
tushunchasini   kiritishdan   boshlanadi.   Barcha   “bo‘lish”lar   jam’isi   esa
shkalani tashkil qiladi.
So‘ngra   suhbat   o‘tkaziladi:   shkalaning   bir   bo‘linmasini   qimmati   1
mm bo‘lsa nima uchun lineykaga 1, 2, 3 ...10 raqamlari yozilgan?
Qaysi kasb vakillari metrli (santimetrli) lentalardan foydalanadi?
Termometr yordamida qanday kattaliklarni o‘lchash mumkin?
Qaysi kasb vakillari termometr bilan ish ko‘radi? 
Ushbu   mazmundagi   dars   o‘quvchilarda   “bo‘linma”,   shkala,
bo‘linma   qiymati,   o‘lchash   ko‘nikma   va   malakalarini   shakllantirishga imkon   beradi   hamda   ushbu   bilimlar,   malakalarni   kelajakdagi   mehnat
faoliyati munosabati bilan ahamiyatini ko‘rsatishga imkon beradi. 
Fizika   darslarida   o‘quvchilarni   qishloq   xo‘jalik   tarmoqlarida   band
bo‘lgan ommaviy ishchi kasblar bilan tanishtirish maqsadida uning bu
sohadagi imkoniyatlarini o‘qituvchilar uchun qulay shaklda keltiramiz. 
Fizik a
k ursining
mav zulari Qishloq xo‘jaligi ishchi-k asblarining mehnat  mazmuni
Harakat   va
jismlarning
o‘zaro   ta’siri
bo‘limi tekis va
notekis
harakat.   Tekis
harakatda
tezlik (VI sinf)    O‘quvchilarga   quyidagi   ishlab   chiqaruv-texnikaviy   materiallarni
ko‘rsatish   orqali   ularni   quyidagi   ko‘rsatilgan   kasblar   bilan
tanishtirish: 
Paxt a   t erish   mashinalari   mexanik -hay dov chisi:   daladagi
hosilning  ko‘p-ozligini  kuzatgan   holda  paxtani  toza  terish  uchun
mashinalarga   turlicha   tezlik   berib   borishi,   ularning   o‘rtacha
tezligini   bilgan   holda   terilgan   paxtaning   miqdori   (ish   unumi)ni
nazorat qilish va h.k.lar.
Zichlik   va
uning   birliklari
( VI sinf ) Qishloq   xo‘jalik   xodimlari   –   dag‘al   em-hashak   (somon   va
h.k.)dan   ozuqa   bo‘ladigan   moddalarni   uzoqroq   muddatlargacha
saqlash   hamda   ozuqani   tanishni   osonlashtirish   uchun   toylab
zichligini oshirish. SHuningdek, paxta tolasi, tamaki barglari, jun
va h.k. presslab toylash.
Tutash   idishlar
(VIII  sinf ) Mileorat or ,   drenaj   ust asi   –   loyqa   bosib   butunlay   bekilib
qolmagan   drenaj   trubalarni   gidravlika   usuli   ( drenaj   trubaga
bosim   ostida   suv   yuborish )  bilan   tozalash .
Arximed
qonuni   va
uning
qo‘llanilishi
(areometrlar)  Mashinada  sut  sog‘ish  operat ori  –  sog‘ish stakanlarida vakuum
hosil   qilish   bilan   sutni   so‘rib   olish   prinsipiga   asoslangan   sog‘ish
apparatlari  yordamida  sigirlarni  sog‘ish.   Mashinada   sut  sog‘ish
operat ori   -   sog‘ib   olingan   sutning   miqdorini   sut   o‘lchagich
(Arximed   kuchiga   asoslangan)   bilan   aniqlash;   areometr
yordamida   sut   zichligini   o‘lchash   bilan   undagi   yog‘   miqdorini
aniqlash
Mavzu : “To‘g‘ri proporsionallik”.
1.   Tovar   qimmatini   (so‘mlarda)   uning   massasiga   bog‘liqligini
ifodalovchi to‘g‘ri  proporsional bo‘lishi.
2.   Telegramma   narxini  undagi  so‘zlarning  miqdoriga   bog‘liqligini
ifodalovchi to‘g‘ri proporsional bo‘lishi. 
Bot anik a  k ursini  o‘qish  jarayonida o‘simliklarni o‘sish, rivojlanish
va   ko‘payish   qonuniyatlarini   o‘quvchilarga   ochib   berish   hamda   ushbu bilimlarni   qishlo q   xo‘jaligida,   seleksiyada,   tabiatni   muhofaza   qilishda,
odam hayoti va faoliyatida qo‘llanilishini ko‘rsatish zarur.
O‘qituvchi   botanika   kursining   kasb   tanlash   bo‘yicha   butun
imkoniyatini   aniq   ko‘ra   olishi   kerak.   U   qishloq   xo‘jalik   kasblariga
qiziqish   o‘yg‘ota   oladigan   bilimlarni   namoyon   qilishi   zarur,   keyin   esa
botanikani   o‘rganish   jarayonida   o‘quvchilarni   yo‘llash   zarur   bo‘lgan
kasblarni   ajratib   olishi   va   nihoyat   botanik   bilimlarni   qishloq   xo‘jalik
kasblari bilan   taqqoslashga   imkon  beradigan  ish  shakllar va  usullarini
topish haqida o‘ylashi kerak.
Botanika kursi o‘quv dasturi materiali bilan uzviy bog‘langan kasb
tanlashga   doir   materiallar   o‘quvchilarning   yosh   va   psixologik
xususiyatlariga   mos   kelsa,   u   holda   ularning   o‘z   bilimlarini
chuqurlashtirish   va   kasbga   bo‘lgan   qiziqishlarini   o‘stirish   bo‘yicha
faoliyatini faollashtiradi.
Botanika   kabinetida   kasbga   oid   axborot   berish   bo‘yicha   kasb
tanlash   burchagini   tashkil   qilish   zarur.   U   ko‘rgazmali   va   tushunarli
shaklda   bo‘lish   bilan   birga   odamlar   mehnat   faoliyatini   asosiy
yo‘nalishlari   va   turli   mehnat   turlarini   aks   etdirishi   lozim.   Burchakni
bo‘linmalardan   biri   qishloq   xo‘jalik   kasblariga   bag‘ishlagan   bo‘lishi
kerak.   Burchakda   ma’lum   iqtisodiy   rayonning   xalq   xo‘jaligini   asosiy
tarmoqlari,   etakchi   kasblarini,   ularning   mazmunini   ochib   beruvchi
stendlar,   mehnat   sharoiti   va   mehnat   xususiyatlarini     ifodalovchi
fotosur’atlar bo‘lishi kerak.
Botanika   kursini   o‘rganishda   uning   har   bir   mavzusini   o‘qituvchi
qishloq   xo‘jalik   mehnati  turlari   bilan   bog‘langan   holda   gapirib   berishi,
aniq kasb va mutaxassisliklar bilan tanishtirishi zarur.
Botanika   kursini   o‘qitish   jarayonida   o‘quvchilarni   o‘quv   tajriba
uchastkasidagi   ishlari   politexnik   ta’lim   va   kasb   tanlashning   muhim
bug‘uni   hisoblanadi.   Tajriba   uchastkasida   o‘quvchilar   madaniy
o‘simliklarni   o‘stirish   bo‘yicha   ko‘nikma   va   malakalarni     egallaydi.
O‘quvchilarni qishloq xo‘jalik mehnatiga qiziqishini o‘stiradi.
O‘qituvchi   botanika   kursi   davomida   mahalliy   materiallardan,   o‘z
rayonidagi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi haqidagi asosiy materiallar
–   ekish   muddatlari,   o‘stirish   xususiyatlari,   asosiy   ekinlarning
hosildorligi,   ishlab   chiqarish   ilg‘orlari   to‘g‘risidagi   axborotlardan   keng
foydalanishi kerak.
U  bu  materiallarni rayon, viloyat gazetalaridan olishi mumkin. Ushbu   temani   o‘rganishda   o‘qituvchi   tajriba-uchastkasida
urug‘larni   o‘nib   chiqishini   o‘rganish   bo‘yicha   o‘quvchilarga   topshiriq
berishi   kerak.   To‘garak   ishlarida   o‘quvchilarni   seleksioner
mutaxassisligi bilan tanishtirish mumkin.
“Gulli   o‘simliklar   bilan   umumiy   tanishish”   mavzusini   o‘rganishda
o‘quvchilar   o‘simliklarning   tabiat   va   xalq   xo‘jaligidagi   ahamiyati
odamlarning   turli-tuman   talablarini   qondirish   uchun   (dori-darmon,
chorvachilik ozuqasi va tabiatni muhofazasi va h.k.) juda zarurligi bilan
tanishtirish mumkin.
Ushbu  mavzuda  o‘qituvchi  yovvoyi o‘simlik  shakllaridan qimmatli
xususiyatlari   bilan   farq   qiluvchi   yangi   o‘simlik   navlarini   yaratish
bo‘yicha seleksiyachi olimning ishi haqida gapirib berishi kerak.
V   sinf   o‘quvchilari   mikroskop   bilan   tanishtirilganda   o‘quvchi
ularga   biolog-olim   haqida;   3000   marta   kattalashtiradigan   hozirgi
zamon   mikroskop   bilan,   300000   marta   kattalashtiradigan   elektron
mikroskop haqida gapirib berishi kerak.
Urug‘chilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i bo‘lib qoldi. Unda
turli   mutaxassislik   vakillari   mashg‘uldir.   “Urug‘”   mavzusida   “Urug‘lik-
sinov   laboratoriyasi   laboranti,   urug‘chilik   agronomi,   qishloq   xo‘jalik
urug‘larini   saralovchi,   urug‘ni   tozalash,   quritish   va   shamollatish
bo‘yicha   ustasi”   kabi   mutaxassislarni   o‘quvchilarga   tanishtirish
mumkin.
Urug‘ni   eng   muhim   sifatlaridan   biri   urug‘ni   unib   chiqishidir   1
toifaga kiruvchi asosiy don ekinlari urg‘lari 95%dan ortiq unib chiqadi.
Urug‘   donini   nafas   olishi,   unda     mikroorganizmlarni   rivojlanishi
xaroratni oshishi bilan kuchayadi.          
Maktab   biologiya   ta’limida   politexnizm   o‘quvchilarni   ishlab
chiqarishning ilmiy tabiiy asoslari va texnikaviy qurilmalarning umumiy
ishlash   prinsiplari,   tirik   tizimlar   qo‘llaniladigan     ishlab   chiqarishning
asosiy tarmoqlari bilan tanishtirishni ko‘zda tutadi.
Bu   esa   o‘qituvchi   oldiga   biologiya   kursi   misolida   politexnik
ta’limni ilmiy-tabiiy asoslarini aniqlash kabi vazifani qo‘yadi.
Politexnik   bilimlar   mazmunini   muhim   biologik   tushunchalar,
qonunlar,   nazariyalar,   asosiy   hal   qiluvchi   faktlarga   tayanib   ish
ko‘rayotgan ishlab chiqarish tashkil etadi.
Bularga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
1.   Modda   olmashuvi,   o‘sish,   rivojlanish   va   ko‘payish,
organizmlarni   genetik   tabiatiga   qarab   ularni   namoyon   bo‘lishi qonuniyatlari   madaniy   o‘simliklar   va   uy   hayvonlari   maxsuldor   ligini
oshirishning ilmiy asosini tashkil etadi. SHu qonuniyatlarni  egallash va
qo‘llash orqali ishlab chiqarishda agro- va zootexnik usullar ishlatiladi.
2.   Organizmlar   irsiyati   (nasldan   naslga   o‘tish)   va   ularni
o‘zgaruvchanligi   qonuniyatlari.   YAngi   o‘simlik   sortlari,   hayvon   nasllari,
mikroorganizmlar   shtammlarini   yaratishning   ilmiy   asosi   bo‘lib   xizmat
qiladi.
3.   Xujayra,   organizm,   populyasiya,   to‘r,   biosfera,   mikro   va
makroevolyusiyalar,   biotizimlarni   o‘zgarishi   haqidagi   ta’limot   yuqori
maxsulli   sun’iy   tizimlarni   yaratishni,   tabiatni   muhofaza   qilish,   sog‘likni
saqlash,   mikrobiologiya   sanoati   h.k.   larning   nazariy   asosi   bo‘lib
hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi asosini tashkil etuvchi biologiya
fanining   asosiy   nazariy   masalalari   V-IX   sinflarda   atroflicha   yoritilgan.
Galdagi   vazifa   ushbu   sinflarda   o‘simliklar,   hayvonlar   va
mikroorganizmlar   fiziologiyasiga,   tirik   organizmlar   masalalariga
e’tiborni kuchaytirish kerak.
Politexnik ta’lim mazmuni juda keng tarqalgan va ishlab chiqarish
uchun   muhim   bo‘lgan   kasblar,   mehnat   turlari   bilan   o‘quvchilarni
tanishtirish uchun baza hisoblanadi.
Qishloq   xo‘jaligi   tobora   industlashtirilib,   ishlab   chiqarish
avtomatlashtirilib   borayotgan   hozirgi   davrda   texnik   qurilmalarning
umumiy   ish   lash   prinsiplari   bilan   tanishtirish   faqat   fizika   darslarida
emas, balki biologiya ta’limida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Biologiya   darslarida   o‘quvchilarni   qishloq   xo‘jaligida
qo‘llanilayotgan   turli-tuman   texnika   bilan   tanishtirish   juda   murakkab
masaladir.
U   predmetlararo   bog‘lanishni   o‘rnatishni,   o‘quvchilarning   fizika,
mehnat   ta’limi   bo‘yicha   bilimlarini   qo‘llashni   talab   qiladi.   Biologiya
o‘qituvchisining   vazifasi   parvarish   qilinayotgan   o‘simliklar   va
boqilayotgan   hayvonlarning   biologik   xususiyatlarini   hisobga   olib
yaratilgan   qishloq   xo‘jalik   texnikasining   vazifasini   o‘quvchilarga   ochib
berishdan iboratdir. 
Biologiya   o‘qituvchisi   o‘quvchilar   e’tiborini   qishloq   xo‘jaligida
qo‘llanilayotgan   texnika   dehqonlar   mehnatini   engillashtirishga,
mehnat unumdorligini oshirishga qaratilganligiga jalb qilishi kerak.
Texnik   qurilmalar   ishlashining   va   hozirgi   zamon   texnikasini
boshqarishning   umumiy   prinsiplari   bilan   o‘quvchilarni   tanishtirib borish ular bilan keng ko‘lamda kasb tanlash bo‘yicha ish olib borishga,
bolalarni qishloq xo‘jaligi mehnatiga qiziqishini o‘yg‘otishga,  biologiya,
fizika, kimyo va h.k.dan olgan bilimlarini o‘z faoliyatida ijodiy qo‘llashga
imkoniyat yaratadi.
Botanika   kursida   politexnik   prinsipi   asosida   kasb   tanlash   ishini
olib   borish   uchun   texnik   o‘simliklardan   paxtani,   sabzavot   ekinlaridan
karamni   o‘stirish,   zoologiya   kursida   esa   tovuqni,   qoramolni   parvarish
qilishni qaraymiz.
Qishloq   xo‘jaligi   ishlab   chiqarishining   ushbu   yo‘nalishlari
Samarqand viloyati ishlab chiqarishi uchun xarakterlidir.
Umumiy   biologiya   kursini   o‘rganishda     o‘quvchilarni
mikrobiologiya   ishlab   chiqarish   texnologiyasi   va   unda   ishlatilayotgan
texnika bilan tanishtirish juda muhimdir.
Ammo   biologiyani   o‘qitish   uslubiyati   kursida   hamda   maktab
amaliyotida   o‘quvchilarning   kasbga   bo‘lgan   qiziqishini   tarbiyalash,
ularni   asosiy   kasblar   va   mehnat   turlari   bilan   tanishtirish   muammosi
etarli ravishda ishlab chiqilmagan. Ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli eski
kasblar   sezilarli   ravishda   o‘zgarayotgan,   yangi   kasblar   soni   keskin
o‘sayotgan, mehnat intellektual xarakterga ega bo‘layotgan bir davrda
bu ahvolni qoniqarli deb bo‘lmaydi.
Ilmiy-texnika   taraqqiyoti   yutuqlarini   qishloq   xo‘jaligi   ishlab
chiqarishiga   tobora   keng   joriy   qilinishi   natijasida   yangi   tipdagi   ishlab
chiqarish   xodimi   etishib   chiqmoqdaki,   u   keng   kasbiy   saviya   va
mahoratga,   hozirgi   zamon   ishlab   chiqarishni   politexnik   asoslarini
chuqur   o‘zlashtirish,   yangi   mashina   va   texnologik   jarayonlarni   tez
egallash qobiliyatiga egadir.
Mehnat   ta’limi   darslari   ham   yuqorida   ko‘rsatilgan   fanlar   qatori
o‘quvchilarda   turli   kasblarga   xavas   o‘yg‘otishi   lozim,   ammo   uning
manbai   og‘zaki   targ‘ibot-tashviqot   emas,   balki   o‘quvchilar   o‘z   maqsad
va   mehnat   natijalarini   ko‘ra   oladigan   ijtimoiy   foydali   xarakterdagi
buyumlar   (maktablar,   korxonalar,   otaliqqa   olingan   bolalar
bog‘chasining buyurtmalari)ni  tayyorlashga  oid  amaliy ishlar bo‘lmog‘i
lozim.   SHuning   uchun   ham   mehnat   ta’limini   to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yilishi
o‘quvchilarning   kasb   tanlashi,   ayniqsa   ishchi   kasbni   tanlashida   hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Ishchi   kasbi   bo‘yicha   kasbga   oid   axborot   ishlarining   asosiy
yo‘nalishi,   xarakteri,   mazmunini   belgilash   uchun   mehnat   o‘qituvchisi
o‘rganilayotgan o‘quv dasturi mavzusini mashinasozlik ishlab chiqarishi bilan bu korxonada xizmat qiluvchi xodimlarning etakchi kasblari bilan
yaqindan   aloqasini   o‘rnatmog‘i   lozim.   SHu   munosabat   bilan   mehnat
ta’limi o‘qituvchi o‘z rayonining ishlab chiqarish  korxonalari hamda bu
korxonalarning   kasb   va   ixtisos   bo‘yicha   ishchi   kadrlarga   bo‘lgan
ehtiyojini yaxshi o‘rganishi lozim. 
Olingan   materiallar   asosida   o‘qituvchi   mehnat   ta’limning
konkrekt sanoat korxonasi bilan aloqasini aks ettiradigan jadval hamda
mazkur   korxona   katta   ehtiyoj   sezayotgan   etakchi   ishchi   kasblari
ro‘yxatini e’tibor bilan tuzib chiqishi kerak. 
O‘qituvchi mehnat darsida o‘quv dasturining u yoki bu mavzusini
o‘tish   jarayonida,   xususan,   o‘quvchilar   tomonidan   slesarlarning
metallarga   belgi   qo‘yish,   to‘g‘rilash,   bukish,   qirqish,   arralash
operatsiyalarini   o‘zlashtirishlarida   ularni   ishchi   kasbi   bilan   qanday
tanishtirganini misol tariqasida ko‘rib chiqishga o‘tamiz.
Mehnat   o‘qituvchisi   bu   operatsiyalarning   bajarilishini   to‘g‘ri
usullarini   ko‘rsatib   berib,   o‘quvchilar   e’tiborini   bu   usullarning
qulayligiga,   ish   unumdorligi   va   sifatida   qaratmog‘i   lozim.   O‘qituvchi
o‘quvchiga   bu   topshiriqlarning   sifatini   pasaytirmagan   holda
belgilangan   vaqt   normasida   bajarishi   lozimligini   aytadi.   O‘qituvchi
slesarlik   operatsiyalarini   bajarish   paytida   o‘quvchilarda   mehnat
usullarini   to‘g‘ri   shakllantirishga   harakat   qilib,   ularga   agar   slesar-
asbobsozlar,   remontchilar,   slesar-shtampovkachilar   bajarishga   to‘g‘ri
keladigan   ishlar   xarakteri   jihatidan   murakkab   va   mas’uliyatli   ekanini
tushuntiradi,   shuning   uchun   mehnat   usullarini   qat’iy   to‘g‘ri   bajarish
kerakligini to‘g‘ri aytadi. 
O‘quvchilarda   kasbga   qiziqishni   tarbiyalash,   kasbni   to‘g‘ri
tanlashni   nazarda   tutadigan   etakchi   motivlardan   biri   hisoblanadi,
demak,   maktabda   kasb   tanlashga   yo‘nalitirish   ishlarining   muhim
yo‘nalishlaridan  biri  –  o‘quvchilarda  kasbga  bo‘lgan  qiziqishni  aniqlash
va o‘stirish bo‘lmog‘i lozim. O‘quvchilarning kasbga qiziqishini aniqlash,
ularning   muayyan   shaklda   tayyorlangan   anketalarni   to‘ldirish,
umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘zlashtirishini o‘rganish, ularni
o‘qitish   va   kamol   toptirish   davomida   kuzatish,   kasb   haqida   individual
suhbatlar,   o‘quvchilarning   to‘garaklarida   ishtiroki,   qiziqish   xaritasini
to‘ldirish,   o‘quvchi   va   ota-onalar   bilan   suhbat   kabi   didaktik   usul   va
metodlar bilan amalga oshiriladi. 
Anketa axborotlarining tahlili asosida fan o‘qituvchisi, sinf rahbari
har   bir   o‘quvchining   kasbga   bo‘lgan   qiziqishi   va   ularning   barqarorlik darajasi,   ishonchliligini   diqqat   bilan   o‘rganadi,   ana   shu   asosda   ularni
yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   tashkiliy-metodik   tadbirlar   belgilaydi,
o‘quvchida   xato   yoki   noaniq   istaklar  bo‘lgan   taqdirda   esa   tushuntirish
ishlari, kasbga oid suhbatlar olib borishi kerak bo‘ladi. 
Kasbga bo‘lgan havas dinamikasi va rivojini kuzatib borish uchun
anketalar tarqatish  usulini  har  bir sinfda  har yili  o‘tkazilishi  maqsadga
muvofiqdir. 
U   yoki   bu   o‘quvchining   kasb   tanlashida   yuz   berayotgan
o‘zgarishlarni   o‘qituvchi   va   sinf   rahbari   diqqat   bilan   kuzatishi,
o‘rganishi     va   sabablarini   aniqlashi   kerak.   SHunday   aniqlashlardan
keyingina   mazkur   o‘quvchining   kasbga   havasi   va   mayliga   doir   keyingi
ishlar to‘g‘risida o‘ylashi mumkin. 
O‘quvchilarning   kasbga   qiziqish   masalasi   ko‘rib   chiqilganda   yuz
beradigan   o‘zgarishlarning   sifat   jihatdan   farqlanadigan   to‘rt   xil
darajasini nazarda tutmoq zarur: 
1. Oldingi qiziqish keyingi sinfda mustahkamlanadi.
2. Oldingi qiziqishni aniqlash va kasb haqida tasavvur qilish foyda
bo‘ladi. 
3.   Dastlabki   qiziqish   boshqasi   bilan   o‘ylab,   asoslab   tanlangani
bilan almashinadi. 
4. Mehnatning u yoki bu turiga nisbatan dastlabki paydo bo‘lgan
qiziqish   unchalik   o‘ylab   tanlanmagandigi   tufayli   so‘na   boshlay,   uning
o‘rniga   boshqasi   paydo   bo‘lishi   mumkin   va,   aksincha,   kasbga   qiziqish
butunlay   so‘nishi   ham   mumkin.   Bunday   hol   kichik   va   o‘rta   yoshdagi
o‘quvchilarning hali ongli ravishda o‘ziga kasb tanlay bilmasligi, kasbga
havas asta-sekin rivojlanib borishi bilan izohlanadi, uni mustahkamlash
uchun   esa   kasb   tanlashga   oid   ishlarni   tinimsiz   amalga   oshirish   kerak
bo‘ladi. 
Kasbga barqaror va asosli qiziqish o‘quvchilarning faoliyat turlari
– o‘quv, mehnat, sinfdan tashqari ishlar va h.k. bilan mustahkamlanishi
zarur.   Ammo   qiziqishning  va   qat’iyligi,   avvalo,   uning  amaliy   faoliyatda
yanada   mustahkmlanishiga   bog‘liq.   SHuning   uchun   ham   qishloq
xo‘jaligi,   texnikaga   oid   hamda   xizmat   ko‘rsatish   mehnati   darslari   va
texnika ijodkorligi to‘garaklari ko‘proq bu talablarga javob beradi. 
Qishloq maktabi o‘quvchilarida  kasbga qiziqishini tarkib toptirish
uchun   mehnat   ta’limining   qishloq   xo‘jaligi   tajriba   uchastkasi   yosh
mexanizatorlar,   ixtirochilar,   yosh   tabiatshunoslar   to‘garaklari   singari
metod va formalardan foydalanish mumkin.  Mexanizator   mehnatining   qiziqarli   tomoni   shundaki,   bunda
mashinalar  tizimi  o‘simliklarning  rivojlanish   biologiyasi  hamda   qishloq
xo‘jalik   ishlarining   mavsumiyligini   hisobga   olgan   holda   yaratiladi.
SHuning   uchun   ham   o‘quvchilarning   texnikaga   oid   bilim   va
ko‘nikmalari agrotexnika bilimlari bilan uyg‘unlikda olib borilishi kerak. 
O‘quvchilarda   kasbga   oid   qiziqishlarni   o‘stirishda   fan   asoslari
bo‘yicha to‘garak   ishlari, ishlab chiqarish ob’ektlariga uyushtiriladigan
ekskursiyalarning roli ham kattadir.                        
Darsdan   tashqari   vaqtlarda   o‘quvchilarni   kasbga   yo‘naltirish
ishining   samaradorligini   oshirish   ma’lum   tashkiliy-pedagogik   ishlarni
bajarishni   taqozo   etadi.   Jumladan,   ekskursiyaning   kasbga   yo‘naltirish
bo‘yicha   samaradorligini   oshirish   uchun   unga   nafaqat   maktab
o‘qituvchi,   balki   ishlab   chiqarishda   uchrashishni   mo‘ljallayotgan   kasb
egalari ham puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim. 
Ekskursiya   boshlanishi   oldidan   o‘quvchilar   korxonaning   ichki
tartib-qoidalari (xavfsilik texnikasi, uning territoriyasi va sexlarida o‘zini
tutish qoidalari) bilan tanishtirilgan  bo‘lishi kerak.  O‘qituvchi bolalarga
sexlarning   jihozlanishi,   xom-ashyo,   texnologik   jarayonlar,
tayyorlanadigan   mahsulot   va   kasbga   oid   materiallar   yig‘ish   bo‘yicha
aniq o‘quv topshiriqlari ishlab chiqib, ularni o‘quvchilarga berishi lozim.
Bundan   tashqari   o‘qituvchi   fan   asoslarini   ishlab   chiqarishda
qo‘llanilishiga doir o‘quv dasturiy topshiriqlarni berishi darkor.        
O‘quvchilarni   kasbga   yo‘naltirish   ishining   samaradorligini
oshirishda   predmetlararo   bog‘lanishni   amalga   oshirishning   roli
beqiyos kattadir.
Quyida   misol   tariqasida   texnik   mehnat   ta’limi   predmetining
matematika   kursi   bilan   aloqasining   kasb   tanlash   bo‘yicha   mazmunini
keltiramiz. 
Mehnat  t a’limi
bo‘y icha o‘quv
mat erialning
mazmuni Mat emat ik a k ursi bo‘y icha o‘quv
mav zulari  v a o‘quv chilar
bilimlarining element lari Sinf Qay si asboblar
uchun
xarak t erli
Texnik rasm. 
detallarning 
chizmasi. 
Parmalash stanogi.
Sim buyumlarni 
loyihalash va  Kesma va uning uzunligi. Figura.
O‘lchashlar va yasashlar.
Aylana, radius, diametr. 
To‘g‘ri burchakli parallelepiped.
Kesma, kesma uzunligi. Figura. 
Kesma, to‘g‘ri chiziq, burchaklarni  IV-V
V
IV-V
V Nusxa
ko‘chiruvchi
chizmachi
Parmalovchi
Slesar
Tunukachi- yasash.
YUpqa metall 
buyumlarni 
loyihalash va 
yasash. 
Metallga ishlov 
berish 
texnologiyasi va 
buyumlarni 
loyihalash.
Metallarni reja 
(razmetka)lash. yasash va o‘lchash.
Tekislik. 
Burchaklar va ularni o‘lchash.
To‘g‘ri chiziq. Kesmani o‘lchash 
(masshtabli lineyka va sirkul bilan).
To‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar 
o‘tkazish. 
Aylana. Doira. Simmetriya.    V slesar,
frezerovkachi
Yig‘uvchi-slesar,
montajchi-slesar,
tunukachi,
slesar,   belgi
qo‘yuvchi
(razmetkachi)
Belgi   qo‘yuvchi
(razmetkachi) 
Bilimlarni t ek shirish uchun sav ollar: 
1.   Fan   asoslari  va   mehnat   ta’limi  bo‘yicha   darslarda   o‘quvchilarni
kasblar bilan tanishtirish qanday amalga oshiriladi?
2.   Fan   asoslari   va   texnik   mehnat   ta’limi   darslarida   o‘quvchilarni
kasbga yo‘naltirish ishini tashkil etish haqida gapirib bering.
3.   Fan   asoslari   va   mehnat   ta’limi   darslarida   o‘quvchilarni   qishloq
xo‘jalik kasblariga yo‘naltirishning imkoniyatlari qanday?
4.   O‘quvchilarning   ijtimoiy   foydali,   unumli   mehnati   jarayonida
ularni kasbga yo‘nalitirsh qanday amalga oshiriladi?
5.   O‘quvchilarni   kasbga   yo‘naltirishda   predmet   o‘qituvchilarining
roli qanday?
6.   Fan   asoslari   va   mehnat   ta’limi   bo‘yicha   darsdan   tashqari
mashg‘ulotlarning   imkoniyatlarini   ekskursiya,   tematik   kechalar
o‘tkazish misolida yoritib bering. 
7.   O‘quvchilarning   fanga   bo‘lgan   qiziqishlarini   kasbga   bo‘lgan
qiziqishlariga o‘tishini tushuntiring.
8.   O‘quvchilarning   kasbga   bo‘lgan   barqaror,   turg‘un   qiziqishi   va
uning namoyon bo‘lish belgilarini tushuntiring.   ADA BIY OTLA R RO‘Y X A TI:
1.   Barkamol   avlod   –   O‘zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.
Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
IX  sessiyasida so‘zlagan nutqi. – T.: SHarq, 1997.
2.   Barkamol   avlod   orzusi.   Tuzuvchilar:   SH.   Qurbonov,   R.
Ahliddinov – Toshkent: SHarq, 1999.
3.   Barotov   SH.   O‘quvchi   shaxsini   o‘rganish   usullari.   –   Toshkent:
O‘qituvchi, 1995.
4.   Davlatov   K.D.,   CHuchkov   V.A.   O‘quvchilarni   kasb   tanlashga
yo‘llash. – Toshkent: O‘qituvchi, 1978.
5.   SHodiev   N.   Vneklassnaya   i   vneshkolnaya   rabota   po
proforentatsii uchaщixsya. – T.: Fan, 1988.
6.   SHodiev   N.   Maktab   o‘quvchilarini   matematika   darslari   va
sinfdan   tashqari   mashg‘ulotlarda   ommaviy   ishchi  kasblarga   yo‘llash.   –
T.: O‘qituvchi, 1989.   
7.   SHodiev   N.   Qishloq   maktablarida   umumiy   ta’lim   fanlarini
o‘rganishda   o‘quvchilarni   melioratsiya   kasblariga   yo‘llash.   Uslubiy
qo‘llanm. – Toshkent: O‘qituvchi, 1978.     
8.   O‘quvchi   yoshlarni   mehnatga   va   kasb   tanlashga   tayyorlash//
Jumhuriyat   seminar   kengashi   ma’ruzalari   tezislari.   1-2-3   qismlar.   –
Samarqand, 1992.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAX SUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER N AVOIY N OMIDAGI SAMARQAN D DAVLAT UN IVERSITETI N. SH. SHodiev KA SBGA Y O‘N A LTI RI SH (ma’ruzalar mat ni)

SAMARQAN D KIRISH Mustaqil mamlakatimizda ta’limni isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (asoiy Qonun)da, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis materiallarida, Prezidentimiz asarlarida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha uzoq yillarga mo‘ljallangan dastur o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» Qonunida yuksak ma’naviyatli, malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini qayta shakllantirish masalasini mustahkamlash muhim o‘rin olishiga alohida e’tibor qaratilgan. Mamlakatimiz xalq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasining turli yo‘nalishlari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasi bevosita o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari zimmasiga yuklatilgan. Ushbu qonunda, jumladan, «Tayanch umumta’lim bosqichini tugatgan o‘quvchiga o‘zining xohish-irodasi va intilishiga qarab ikki turdagi uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim majburiy-ixtiyoriy davom ettirishga imkoniyat yaratishdir. Talabalarga o‘zlari tanlagan kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus bilim beriladi va kasb-hunar o‘rgatiladi, deb alohida ta’kidlangan. SHu boisdan ham umumta’lim o‘rta maktablari pedagogik jamoasi oldida o‘quvchilarni ma’lum kasb-hunarga layoqatini namoyon qilish va shu asosda ularni tegishli kasb-hunarga yo‘naltirish masalasi ko‘ndalang bo‘lib turmoqda. Prezident I.A. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da so‘zlangan nutqida IX sinfni tugatayotganlarning keyingi yo‘li, taqdiri haqida to‘xtalib, 16-18 yashar yigit-qizlarimiz o‘z qobiliyati, havasi, intilishiga mos, hayotda o‘ziga munosib o‘rin topolmayapti».

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha pedagogik jamoa faoliyatining samarasi ko‘p jihatdan o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida maktabda tashkiliy-pedagogik faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga; maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha o‘qituvchi faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishga; o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda nafaqat respublikamiz ilg‘or predmet o‘qituvchilari, ayniqsa pedagogik jamoalari, balki xorijiy davlatlar erishgan yutuqlarni keng ko‘lamda o‘rganish hamda mazkur tajribalarni umumta’lim maktablari amaliyotiga joriy etishga; o‘quvchilarni kasb-hunar kollejlarida o‘rgatilayotgan mutaxassislarga yo‘llash bo‘yicha oila, mahalla, uzluksiz ta’lim tizimi, keng jamoatchilik, biznes markazlari, otaliq tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, biznes markazlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yishga; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlarida qayd etilgan kasb-hunarlar to‘g‘risida maktab o‘quvchilarining to‘la axborotga ega bo‘lishiga hamda o‘z predmeti bo‘yicha V-IX sinflarda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish metodikasini qay darajada egallaganligiga; kasb-hunar kollejlarida o‘rgatilayotgan kasb mutaxassislariga o‘quvchilarni yo‘naltirishda ularning shaxsiy imkoniyatlari, qiziqishlarini hamda intilishlarini maksimal darajada hisobga olishga va hokazolarga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. YUqorida bayon qilinganlardan ko‘rinadiki, V-IX sinflar o‘quvchilari bilan kasbga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilayotgan tarbiyaviy ishning mazmuni, mohiyati ular ongiga biror kasbni mukammal egallagan kishilargagina mehnat kelajakda huzur-halovat bag‘ishlashini, baxt keltirishini singdirishga qaratishni taqozo etadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishining ilmiy-nazariy asoslarini, uning mohiyati, maqsadi, vazifasi va mazmunini chuqur o‘rganmasdan turib o‘z predmeti bo‘yicha dars, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda kasb tanlashni rejalashtirish va o‘tkazish bo‘yicha dars, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda kasb tanlashni rejalashtirish va o‘tkazish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallamasdan turib sezilarli muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. SHu sababdan ham xalq ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlab berayotgan oliy o‘quv yurtlari oldida talaba bakalavrlarni maktabda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishini muvaffaqiyatli olib borishga tayyorlash kabi davlat ahamiyatiga molik vazifa turadi.

KA SBGA Y O‘N A LTIRISH TIZIMI Reja: 1. Kasbga yo‘naltirish tizimi va uning asosiy komponentlari. 2. Kasbga yo‘naltirilgan tizimni tashkil qilish va boshqarish prinsiplari. 3. Kasbga yo‘naltirilgan (K.K.Platonov) uchburchagi. Tay anch t ushuncha v a iboralar: kasbga oid axborot berish, kasblarni targ‘ibot qilish, kasb bo‘yicha maslahat, kasbga sarala щ , kasbga moslashuv, K.K. Platonov uchburchagi.

Kasbga yo‘naltirish tizimi sifatida: I. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish sharoitida tizimli yondashish ilmiy bilish va ijtimoiy praktikani zaruriy yo‘nalishi sifatida ijtimoiy hodisalarga tizimli yondashish ilmiy bilishning metodologiyasidir. Tizim nima? Tizim – bu elementlar to‘plami bo‘lib, ular o‘zaro ta’sirda bo‘lib turadilar. Ijtimoiy tizim (kasbga yo‘naltirish murakkab ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida), yangi xususiyatga, tizimli sifatga ega bo‘lib, bu sifatni tizimni tashkil qiluvchi birorta ham komponent. Tizim deganda bir talay o‘zaro aloqada, ta’sirda bo‘lgan element (komponent)lar to‘plami tushuniladi. Tizimlar yaxlitligi va bir butunmas (uyumga o‘xshagan)ligi bilan ajralib turadilar. Ijtimoiy tizimlar yaxlit tizimlardir, ularning komponentlari uzluksiz ta’sirlashib turadilar. Tizimlar ochiq va yopiq, o‘zini boshqaradigan va boshqara olmaydigan bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tizim uchun maqsadga qaratilganlik, aniqlik, rivojlanish xarakterlidir. Har qanday yaxlit tizim – tegishli tarkibga, ma’lum miqdorda, aniq komponent (qism)larga egadir. Komponent tizimning istagan qismi bo‘lib, u boshqa qismlar bilan muloqotda bo‘ladi. Tizim ma’lum tuzilishga egadir. Tizimcha – bu tizimning tarkibiy qismi bo‘lib, u o‘z navbatida komponentlardan tashkil topgan. Tizimlarning komponentlari va qismlari passiv emas, ular bir- birlari bilan o‘zaro faol ta’sirda bo‘lib, tizimlarning parametrlarini o‘zgartiradilar. II. Tizimni t ashk il qilish v a boshqarish prinsiplari (ob’ektivlik, konkretlik, samaradorlik, to‘g‘ri va teskari aloqalar va h.k.). Boshqarishni ob’ektivligi ob’ektiv qonuniyatlar talablariga qat’iy rioya qilish, mavjud real imkoniyatlarni hisobga olishda namoyon bo‘ladi. Amaliylik, ishchanlik, uyushganlik, komponentlik ijtimoiy jarayonlarni boshqarishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshqarish uchun ishni bilish kerak. Komponentsizlik bilan boshqarish fanini bilmasdan turib tizimni boshqarib bo‘lmaydi.