logo

Informatika fanini turli sohalarda kasbga yo’naltirish bo’yicha umumiy tavsiyalar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

57.5 KB
Informatika fanini turli sohalarda kasbga
yo’naltirish bo’yicha umumiy tavsiyalar.
Reja
1  Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish
2 Kasbga yo’naltirishni shakllantirishning metodik
asoslari Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida talabalarning bilim,
ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb
etadi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o’quv dasturining
amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga
nisbatan yuqori talabning qo’yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik
texnologiyalar olib kirilayotganligi, talabalarni kasbga muvaffaqiyatli yo’llash
maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim
muassasalarida keng ko’lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar amalga
oshirilayotgan bir vaqtda talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini eng
samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash
muhim ahamiyatga ega 
Jamiyat hayotining barcha sohalari, avvalo kasbiy faoliyat sohasini
axboratlashtirish hozirgi svelizatsiya rivojlanishining asosiy va muhim
jarayonlaridan biridir.
Respublikamiz Prezidenti ta’lim tushunchasiga milliy didaktik nuqtai nazardan
yondashib quyidagicha ta’riflaydi: “Ta’lim O’zbekiston halqi ma’naviyatiga
yaratuvchanlik faolligini baxsh etadi. O’sib kelayotgan yosh avlodning barcha eng
yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi, kasb kori, mahorati uzluksiz
takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga
Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga ishirish bo’yicha tashkiliy
chora-tadbirlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi
O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayorlash Milliy dasturida ta’riflangan
ta’limni axboratlashtirish vazifalari kasb-hunar kollejlari oldiga hozirgi zamon
axborot muhiti sharoitida ishlashga tayor bo’lgan mutaxassisni tayorlash vazifasini
qo’yadi.
Ta’lim isloxatlarining maktablarga, kasb-hunar kollejlariga, akademik
litseylarga, umuman, ta’lim muassasalariga qo’yayotgan asosiy talabi ta’lim
oluvchilarni kelajakda yetuk, yani ijodiy mehnat qila oladigan kadrlar
tayyorlashdan iborat. Binobarin, jamiyatning rivoji bevosita malakali mutaxassis
kadrlar bilan bog’liq. Respublikamizning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan
ravnaq topishida, bu sohalardagi muammolarni hal qilishda ham milliy kadrlar bosh omillardan biri bo’lib hisoblanadi.
“Kadrlar tayyorlash dasturi”dagi talablarni o’zida aks ettiruvchi ta’limning
shakli va metodlarini ishlab chiqarish hamda ularni amalga oshirish oldimizda
turgan vazifalarni yechishning asosiy yo’llaridan biridir. Bu vazifalar qatoriga,
shubhasiz, o’quv dargohining yo’nalishiga qarab, umumta’lim fanlarini turli fan
sohalari bilan aloqadorlik, fanlararo aloqadorlik, izchillik, kasbiy va texnikaviy
yo’naltirilganlik sharoitida olib borish ham kiradi.
Tadqiqotda kasb-hunar kollejlaridagi ta’limning asosi bo’lgan kasbiy fanlar
bilan «Informatika va axborot texnologiyalari» o’zaro aloqadorligini
ta’minlashning didaktik asoslari va metodik shartlariga e’tibor berilgan. Shu
munosabat bilan ta’lim tizimidagi fanlarni o’qitishda uzviylik va uzluksizligini
ta’minlash maqsadida, har bir fanning mazmunini qayta taxlildan o’tkazish,
Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini takomillashtirish, ta’lim
bosqichlari bo’yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash asosida tubdan
isloh qilish zarur bo’ladi. «Informatika va axborot texnologiyalari» o’qitishda
kasbiy faoliyat turlari bilan aloqadorlikda amalga oshirish «Informatika va axborot
texnologiyalari»
kasbga yo’naltirilganligini va kasbiy ko’nikmalarini
shakllantirishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga tayanishni
ta’minlaydi. Hozirgi kunda kasb-hunar kollejlarida foydalanilayotgan «Informatika
va axborot texnologiyalari» darsliklari va o’quv qo’llanmaliri bu ta’lim 29
maskanining asosiy maqsadalari, ya’ni o’quvchilarning bir vaqtda ham informatik
bilimlarini mukammal egallashlari, ham kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishlariga
to’la javob bermaydi. Shu sababdan, informatik ta’limni kasbga yo’naltirish
muammosini yechish muhum ahamiyatga ega deb olingan.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quv rejasida umumta’lim
predmeti sifatida kiritilgan «Informatika va axborot texnologiyalari» o’quv
predmeti ham bundan mustasno emas.
Uzluksiz ta’lim tizimida informatika va axborot texnologiyalari kursini
o’qitishda ta’lim bosqichlarida uning uzviyligi va uzluksizligini tah’inlash mexanizmi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
  umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga axborotlarni olish,
uzatish, saqlash, to’plash va qayta ishlash bilimlarini singdirib borish, zamonaviy
kompyuterlarning tuzilishi, qurilmalari va ularning imkoniyatlari bilan tanishtirish,
tanlangan bilim va ko’nikmadan o’quv masalalarini yechishda foydalana olish,
kompyuterning dasturiy ta’minoti tarkibi, vazifalari va ularni o’z o’rnida qo’llash
imkoniyatlarini aniqlash kabi bilim va malakalar beriladi;
  akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika fanini o’qitish
o’ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, ya’ni unda o’quvchilarning yoshi va
fiziologik ruhiy xususiyatlarini, ularning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan
holda informatika fanining asoslarini hayotga tadbiq etish nuqtai nazaridan
o’rganiladi. Kursdagi ayrim mavzular umumo’rta ta’limda “Informatika” fanidagi
o’rganilgan mavzular bo’lsa-da, ular ta’limning bu bosqichida chuqur va amaliy
faoliyatga yo’naltirilgan holda beriladi. Kasb-hunar kollejlarida axborot
texnologiyalari haqida asosiy tushunchalar berilib, uning texnik vositalari bilan
to’liq tanishtirish hamda o’quvchining ularda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish
“Axborot texnologiyalari” kursini o’qitishda inobatga olinadi;
  oliy ta’lim muassasalarida fan “Informatika, axborot texnologiyalari” deb
nomlanib, uning mazmuni O’MKHTda o’qitiladigan “Informatika va axborot
texnologiyalari” fanining uzviy davomi hisoblanadi. Fan mazmunini bo’limlarga
ajratish, ulardagi mazmunlarni belgilash jarayonini oliy o’quv yurtlarida 30
ixtisosliklarni inobatga olgan holda erkinlik darajasini ta’minlash nazarda tutiladi,
ya’ni fan dasturini 25% gacha mazmun jihatdan o’zgartirish imkoni beriladi, lekin
fan dasturida berilgan bilim va ko’nikmalar majmuasining majburiy quyi chegarasi
mavjud.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari “Informatika va axborot
texnologiyalari” fanining takomillashgan o’quv dasturi pedagogika fanlari
doktori, professor A.A.Abduqodirov, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
R.R. Boqiev, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.E.Mamarajabovlar
tomonidan takomillashtirilgan DTS asosida o’rta umumta’lim maktablaridagi «Informatika» va oliy ta’limdagi «Informatika va axborot texnologiyalari» fanlari
bilan uzviy bog’liq ravishda tuzilgan bo’lib, dastur o’rta maxsus ma’lumotli
mutaxassislarga axborot texnologiyalari bo’yicha har bir kasb egasi uchun zarur
bo’lgan kasbga yo’naltirilgan to’liq va mukammal bilim, ko’nikma va
malakalarni, ya’ni kompetentsiyasini shakllantirilishini ta’minlaydi.
Axborot texnologiyasi deganda inson hayotining barcha jabhalarida
axborotlarni to’plash, yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va uzatish
jarayonlari tushuniladi. Axborotni qayta ishlash jarayonlarini keng
kompyuterlashtirish zamonaviy axborot texnologiyasining mazmunini tashkil
qiladi. Shuning uchun kompyuter va uning periferiyasi barcha zamonaviy axborot
texnologiyalarining markazida turadi va ularning texnik ta’minotini tashkil qiladi.
Bu asnoda dasturiy ta’minot, axborot ta’minot, tashkiliy ta’minot va boshqalarni
keltirish mumkin. Keltirilgan to’rt ta’minot turlarini mujassam mavjudligi
axborotni qayta ishlash bo’yicha axborot ta’minot vazifalarini bajarish
imkoniyatini beradi.18
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o’qitishning  bosh maqsadi
o’quvchilarga informatika va axborot texnologiyalarini o’rta umumta’lim
maktablarida olgan bilimlariga tayangan holda ularning amaliy jihatlari haqida
chuqurroq va kengroq bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning dasturiy
ta’minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko’rsatuvchi dasturlar bilan ishlash
malakasini hosil qilish, axborot–kommunikastiya texnologiyalaridan keyingi
faoliyatlarida unumli foydalana olish ko’ni к ma va malakalarini shakllantirishdan
Bu kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga:
- axborot texnologiyalari usul va vositalaridan o’qish davomida va
kelajakdagi kasbiy faoliyatida foydalana olish;
- axborotni tashkil qilish va izlab topish;
- ajratib olingan axborotni tizimga solish, umumlashtirish va boshqa
odamlarga tushunarli shaklga keltirish;
- zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida axborot va bilimlarni
almasha olishlariga imkoniyat yaratadi. Fanning  vazifasi  o’quvchilarni-zamonaviy axborot texnologiyalari haqidagi
bilimlar, hususan, axborot xavfsizligi, axborotlarni himoya qilish, kompyuterlarga
xizmat qilishning asosiy qoidalari va masalalari, kompyuter viruslaridan saqlanish
usullari va dasturiy vositalari, fayllarni arxivlash usullari va dasturiy vositalari,
arxivator – dasturlar bilan ishlash, axborot tizimlarini tuzish va ulardan
foydalanishning asosiy qoidalari va usullari, axborot texnologiyalarining texnik
vositalari bilan tanishishtirish, uskunaviy tizimlar yordamida sodda ma’lumotlar
ombori va bilimlar omborini yaratish, turli fizik, iqtisodiy, biologik va matematik
modellar qurish usullari, umumta’lim fanlari (geometriya, fizika, algebra, kimyo,
iqtisod kabilar)dagi sodda masalalarning matematik modellarini qurish, lokal va
global kompyuter tarmoqlari bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish,
zamonaviy axborot texnologiyalarining jamiyatni rivojlantirishdagi muhim
ahamiyati bilan tanishtirish va ulardan o’z kasbiy faoliyatlarida foydalana olish
malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Xulosa
Respublikamizning   ijtimoiy   siyosiy,   iqtisodiy,   madaniy,   marifiy   hayotida   yuz
berayotgan   islohotlar,   O’zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to’g’risida”gi   qonuni,
“Kadrlash   tayyorlash   milliy   dasturi”   hamda   uzluksiz   ta’lim   tizimining   barcha
bosqichlari  uchun  joriy etilgan  ta’limning davlat  standartlari, umumiy  o’rta ta’limning
yangi   dasturlarining   muvaffaqiyatli   hal   qilishi,   tayyorlanayotgan   yetuk
mutaxassislarning   sifatiga   ham   bog’liqdir.   Hozirgi   kunda   kasb-hunar   kollejlari o’quvchilariga   “Informatika   va   AT”   fanini   kasbga   yo’naltirgan   holda   o’qitish
metodikasini   pedagogika   sohasiga   tadbiq   qilish   bo’yicha   respublikamizda   olib
borilayotgan izlanishlar e’tiborga loyiq. Kundalik xabarlar yangiliklar bir necha soniya
ichida   butun   dunyoga   tarqaladi.   Bu   esa   bugungi   kun   informatika   va   axborot
texnologiyalarining   xar   bir   sohasiga   kirib   borganligini   ko’rsatadi.   Predmetlararo
bog’lanishning   turlari   shakllari   va   mazmunini   namoyon   qilish   jarayonida
o’quvchilarning boshqa fanlarni qanday qanday darajada o’zlashtirganligi aniqlanadi va
o’rganilayotgan   materiallarning   mohiyatini   to’la   va   chuqur   anglab,   tushunib   etishni
ta’minlaydi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
www.pedagog.uz – Pedagogika ta'lim muassasalari portal
  www.gov.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat Hokimiyati portali.
  www.edu.uz – O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta'lim vazirligi portal

Informatika fanini turli sohalarda kasbga yo’naltirish bo’yicha umumiy tavsiyalar. Reja 1 Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish 2 Kasbga yo’naltirishni shakllantirishning metodik asoslari

Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb etadi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o’quv dasturining amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga nisbatan yuqori talabning qo’yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik texnologiyalar olib kirilayotganligi, talabalarni kasbga muvaffaqiyatli yo’llash maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng ko’lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega Jamiyat hayotining barcha sohalari, avvalo kasbiy faoliyat sohasini axboratlashtirish hozirgi svelizatsiya rivojlanishining asosiy va muhim jarayonlaridan biridir. Respublikamiz Prezidenti ta’lim tushunchasiga milliy didaktik nuqtai nazardan yondashib quyidagicha ta’riflaydi: “Ta’lim O’zbekiston halqi ma’naviyatiga yaratuvchanlik faolligini baxsh etadi. O’sib kelayotgan yosh avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi, kasb kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga ishirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayorlash Milliy dasturida ta’riflangan ta’limni axboratlashtirish vazifalari kasb-hunar kollejlari oldiga hozirgi zamon axborot muhiti sharoitida ishlashga tayor bo’lgan mutaxassisni tayorlash vazifasini qo’yadi. Ta’lim isloxatlarining maktablarga, kasb-hunar kollejlariga, akademik litseylarga, umuman, ta’lim muassasalariga qo’yayotgan asosiy talabi ta’lim oluvchilarni kelajakda yetuk, yani ijodiy mehnat qila oladigan kadrlar tayyorlashdan iborat. Binobarin, jamiyatning rivoji bevosita malakali mutaxassis kadrlar bilan bog’liq. Respublikamizning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan ravnaq topishida, bu sohalardagi muammolarni hal qilishda ham milliy kadrlar

bosh omillardan biri bo’lib hisoblanadi. “Kadrlar tayyorlash dasturi”dagi talablarni o’zida aks ettiruvchi ta’limning shakli va metodlarini ishlab chiqarish hamda ularni amalga oshirish oldimizda turgan vazifalarni yechishning asosiy yo’llaridan biridir. Bu vazifalar qatoriga, shubhasiz, o’quv dargohining yo’nalishiga qarab, umumta’lim fanlarini turli fan sohalari bilan aloqadorlik, fanlararo aloqadorlik, izchillik, kasbiy va texnikaviy yo’naltirilganlik sharoitida olib borish ham kiradi. Tadqiqotda kasb-hunar kollejlaridagi ta’limning asosi bo’lgan kasbiy fanlar bilan «Informatika va axborot texnologiyalari» o’zaro aloqadorligini ta’minlashning didaktik asoslari va metodik shartlariga e’tibor berilgan. Shu munosabat bilan ta’lim tizimidagi fanlarni o’qitishda uzviylik va uzluksizligini ta’minlash maqsadida, har bir fanning mazmunini qayta taxlildan o’tkazish, Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini takomillashtirish, ta’lim bosqichlari bo’yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash asosida tubdan isloh qilish zarur bo’ladi. «Informatika va axborot texnologiyalari» o’qitishda kasbiy faoliyat turlari bilan aloqadorlikda amalga oshirish «Informatika va axborot texnologiyalari» kasbga yo’naltirilganligini va kasbiy ko’nikmalarini shakllantirishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga tayanishni ta’minlaydi. Hozirgi kunda kasb-hunar kollejlarida foydalanilayotgan «Informatika va axborot texnologiyalari» darsliklari va o’quv qo’llanmaliri bu ta’lim 29 maskanining asosiy maqsadalari, ya’ni o’quvchilarning bir vaqtda ham informatik bilimlarini mukammal egallashlari, ham kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishlariga to’la javob bermaydi. Shu sababdan, informatik ta’limni kasbga yo’naltirish muammosini yechish muhum ahamiyatga ega deb olingan. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quv rejasida umumta’lim predmeti sifatida kiritilgan «Informatika va axborot texnologiyalari» o’quv predmeti ham bundan mustasno emas. Uzluksiz ta’lim tizimida informatika va axborot texnologiyalari kursini o’qitishda ta’lim bosqichlarida uning uzviyligi va uzluksizligini tah’inlash

mexanizmi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:  umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga axborotlarni olish, uzatish, saqlash, to’plash va qayta ishlash bilimlarini singdirib borish, zamonaviy kompyuterlarning tuzilishi, qurilmalari va ularning imkoniyatlari bilan tanishtirish, tanlangan bilim va ko’nikmadan o’quv masalalarini yechishda foydalana olish, kompyuterning dasturiy ta’minoti tarkibi, vazifalari va ularni o’z o’rnida qo’llash imkoniyatlarini aniqlash kabi bilim va malakalar beriladi;  akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika fanini o’qitish o’ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, ya’ni unda o’quvchilarning yoshi va fiziologik ruhiy xususiyatlarini, ularning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda informatika fanining asoslarini hayotga tadbiq etish nuqtai nazaridan o’rganiladi. Kursdagi ayrim mavzular umumo’rta ta’limda “Informatika” fanidagi o’rganilgan mavzular bo’lsa-da, ular ta’limning bu bosqichida chuqur va amaliy faoliyatga yo’naltirilgan holda beriladi. Kasb-hunar kollejlarida axborot texnologiyalari haqida asosiy tushunchalar berilib, uning texnik vositalari bilan to’liq tanishtirish hamda o’quvchining ularda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish “Axborot texnologiyalari” kursini o’qitishda inobatga olinadi;  oliy ta’lim muassasalarida fan “Informatika, axborot texnologiyalari” deb nomlanib, uning mazmuni O’MKHTda o’qitiladigan “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining uzviy davomi hisoblanadi. Fan mazmunini bo’limlarga ajratish, ulardagi mazmunlarni belgilash jarayonini oliy o’quv yurtlarida 30 ixtisosliklarni inobatga olgan holda erkinlik darajasini ta’minlash nazarda tutiladi, ya’ni fan dasturini 25% gacha mazmun jihatdan o’zgartirish imkoni beriladi, lekin fan dasturida berilgan bilim va ko’nikmalar majmuasining majburiy quyi chegarasi mavjud. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining takomillashgan o’quv dasturi pedagogika fanlari doktori, professor A.A.Abduqodirov, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent R.R. Boqiev, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.E.Mamarajabovlar tomonidan takomillashtirilgan DTS asosida o’rta umumta’lim maktablaridagi

«Informatika» va oliy ta’limdagi «Informatika va axborot texnologiyalari» fanlari bilan uzviy bog’liq ravishda tuzilgan bo’lib, dastur o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarga axborot texnologiyalari bo’yicha har bir kasb egasi uchun zarur bo’lgan kasbga yo’naltirilgan to’liq va mukammal bilim, ko’nikma va malakalarni, ya’ni kompetentsiyasini shakllantirilishini ta’minlaydi. Axborot texnologiyasi deganda inson hayotining barcha jabhalarida axborotlarni to’plash, yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va uzatish jarayonlari tushuniladi. Axborotni qayta ishlash jarayonlarini keng kompyuterlashtirish zamonaviy axborot texnologiyasining mazmunini tashkil qiladi. Shuning uchun kompyuter va uning periferiyasi barcha zamonaviy axborot texnologiyalarining markazida turadi va ularning texnik ta’minotini tashkil qiladi. Bu asnoda dasturiy ta’minot, axborot ta’minot, tashkiliy ta’minot va boshqalarni keltirish mumkin. Keltirilgan to’rt ta’minot turlarini mujassam mavjudligi axborotni qayta ishlash bo’yicha axborot ta’minot vazifalarini bajarish imkoniyatini beradi.18 «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o’qitishning bosh maqsadi o’quvchilarga informatika va axborot texnologiyalarini o’rta umumta’lim maktablarida olgan bilimlariga tayangan holda ularning amaliy jihatlari haqida chuqurroq va kengroq bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko’rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, axborot–kommunikastiya texnologiyalaridan keyingi faoliyatlarida unumli foydalana olish ko’ni к ma va malakalarini shakllantirishdan Bu kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga: - axborot texnologiyalari usul va vositalaridan o’qish davomida va kelajakdagi kasbiy faoliyatida foydalana olish; - axborotni tashkil qilish va izlab topish; - ajratib olingan axborotni tizimga solish, umumlashtirish va boshqa odamlarga tushunarli shaklga keltirish; - zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida axborot va bilimlarni almasha olishlariga imkoniyat yaratadi.