logo

Innovatsion pedagogik faoliyat. Uzluksiz ta’lim tizimi informatika o’qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

19.541015625 KB
Innovatsion   pedagogik   faoliyat.   Uzluksiz   ta’lim   tizimi   informatika
o’qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati 
                                          Reja:  
1. Pedagogik innovatsiyalar maqsadi, mazmun-mohiyati va muhim belgilari. 
2.   Pedagogik   innovatsiya   imkoniyatlari,   vazifalari   va   rivojlanish   jarayoni
bosqichlari. 
Tayanch  iboralar:  innovatsiya,  pedagogik  innovatsiya,  pedagogik  innovatsiyaning
muhim belgilari, pedagogik innovatsiya imkoniyatlari, pedagogik innovatsiyaning
rivojlanish jarayoni bosqichlari.  Pedagogik   innovatsiyalar   maqsadi,   mazmun-mohiyati   va   muhim   belgilari.
Mamlakatimiz   taraqqiyoti   va   kelajagi   ta`lim-tarbiya   sohasidagi   sifat   o’zgarishlari
va   yuqori   samaradorlikka   ularning   jahon   ta`lim   talablari   bilan   mosligi   va   amaliy
hayotdagi   o’rnini   qay   darajada   topayotganligiga   bog’liq.   Ta`lim-tarbiyadagi   sifat
o’zgarishlari   va   yuqori   samaradorlik   esa   mazkur   sohaga   ijobiy   yangilik   kiritish
bilan   belgilanadi.   Bunday   yangilikni   kiritish   jarayoni   innovatsion   jarayon   bo’lib,
ilg’or   pedpgogik   texnologiyalarni   joriy   qilib,   ta`limda   sifat   va   samaradorlikka
erishishdan   iborat   bo’ladi.   Pedagogik   innovatsiya   -   bo’lajak   mutaxassislarni
yangicha   sharoitlarda   ishlashga   tayyorlovchi   jarayon   bo’lib,   u   oldingi   egallangan
bilimlar asosidi  ta`limda sifatiy o’zgarishlar qilib, yuqori samadorlikka erishishga
yangicha   yondashuv   qilishdan   iboratdir.   Bunday   pedagogik   innovatsiya   deganda
pedagogik   tizimning   maqsadi,   mazmun-mohiyati,   belgilarini,   imkoniyatlarini,
vazifalarini,   rivojlanish   bosqichlari   va   tamoyillarining   rivojlanish   mexanizmlarini
va   ulardan   foydalanishga   uslubiy   tavsiyalar   hamda   bu   borada   bo’lajak
mutaxassislarda   shakllanadigan   xislatlarni   hosil   qilish   jarayonini   ifodalovchi
ta`lim-tarbiya   jarayonining   sifat   jihatlarini   takomillashtirib,   bu   sohada   yuqori
samaradorlikka   erishishni   tushunish   mumkin.   Endi   yuqorida   ifodalangan   ta`lim-
tarbiya   tizimini   sifat   jihatidan   takomillashtirib,   yuqori   darajadagi   samaradorlikka
erishtiruvchi   holatlar   haqida   qisqacha   ma`lumotlar   beramiz.   Pedagogik
innovatsiyalar maqsadi, mazmun-mohiyati:
  Maqsad:   Ta`lim-tarbiya   tizimiga   sezilarli   samaralar   beruvchi   yangilik   kiritish:
yangi   kontseptsiyalar   Davlat   Ta`lim   Standarti,   alternativ   o’quv   reja   va   dasturlari,
o’qitishning   axborotli   texnologiyalarini   joriy   etishning   davlat   dasturlari,   jahon
“Internet”   tarmog’iga   chiqish   va   masofaviy   ta`limni   joriy   etish   bo’yicha   davlat
rejasi   va   dasturi,   shuningdek   hozirgi   zamon   talablari   asosidagi   yangi   o’quv
muassasalari va shu kabi yo’nalishlarni yanada jonlashtirish. 
Mazmun-mohiyati: 
-   o’quv   materiallaridagi   bayon   qilinadigan   ma`lumotlarni   axborot   ko’rinishiga
keltirish va ularda uzviylik hamda izchillikni saqlab qolish;   - o’quv materiallarini o’zaro bog’liq bo’lgan modul bloklari shaklida ifodalashga
erishish; 
- o’quv materiallarini o’rganishga “Kompleks yondashuv” nomli tadqiqot usulidan
foydalanishga   erishish   va   undan   muammoli   hamda   dasturiy   ta`lim   metodlaridan
foydalanish; 
-   ta`lim-tarbiya   jarayonida   axborot   muhitini   yaratish   borasida   o’rganilayotgan
sohaning axborotli ta`minotini yaratishga eritish; 
-   didaktik   o’yin(shu   jumladan   kompyuterli   o’yinlar   va   trenejerlar)   orqali   turli
voqea va hodisalardagi jarayonlar kechishini ifodalovchi masalalar (muammolar)ni
echish;
  - bu yo’nalishdagi  ijodiy izlanishlarni  olib borishda ”Ta`lim-fan-amaliyot hamda
nazariya bilan amaliyot uyg’unligiga e`tibor berish; 
-   innovatsion   usullar   qo’llangan   holatdagi   yutuq   va   kamchiliklarni   baholab
borishga erishish va kerakli joylarda tegishli tuzatishlar kirita olinishi lozim va shu
kabilar. 
Pedagogik innovatsiyaning muhim belgilari:
  -   ta`lim-tarbiya   jarayonini   oldindan   mavjud   manbalarini   hisobga   olgan   holda   va
fan-texnikaning eng so’ngi  mavzuga(fanga)  mos yutuqlarini  e`tiborga olib, ta`lim
jarayonini loyihalashtirish va uning natijalarini prognoz(bashorat) qila olish; 
-   ta`lim-tarbiya   jarayoniga   “tizimiy   yondashuv”   tadqiqot   usulini   qo’llashda,
qaralayotgan   tizimining   elementlari   va   qism   tizimlari   orasidagi   bog’lanishlarni
e`tiborga   olish   va   bular   asosida   talabalarning   o’qish-bilish   faoliyatini
tasvirlaydigan ta`limtarbiya jarayoni rejasini tuzish;
  -   ta`lim-tarbiyada   maqsad   aniq   bo’lishi,   uning   diagnostikasi(tashhisi)   va
pronozi(bashorati)   hamda   talabaning   o’zlashtirishi   sifatini   xolis   baholash   mezoni
bo’lishi kerak;  -   ta`lim   tizimi   tuzilishi,   tarkibi,   mazmuni   bir   butun   yaxlit   bo’lib,   ularning   o’zaro
bog’liqligi, bir-birini bosqichma-bosqich to’ldirilib borilishi  ta`minlangan bo’lishi
kerak; 
-   ta`lim   va   tarbiyada   olib   boriladigan   faoliyatning   optimal   variantlarini   ta`minlay
olish lozim; 
- ta`lim-tarbiya jarayonining texnik va informatsion ta`minoti etarli bo’lishi lozim;
-   yaratilgan   pedagogik   innovatsiya(PI)ni   talabalarning   ilmiy-uslubiy   salohiyatini
hisobga olgan holda o’qitish;
 - ta`lim sifatiga e`tibor bergan holda shakllantiruvchi va yakuniy nazoratlar olish;
-   rejalashtirilgan   joriy,   oraliq   va   yakuniy   nazoratlarni   o’tkazish   va   uning   chuqur
tahliliga   erishish   orqali   talabalar   o’zlashtirish   monitoringi   ko’rsatkichini   doimo
e`lon qilib borish; 
-   ta`lim-tarbiya   samaradorligini   aniqlash   mezoni   bo’yicha   yakuniy   nazorat   va
amaliyotga joriy etish bo’yicha uslubiy tavsiyalar berish.
1. Pedagogik  innovatsiya   imkoniyatlari,  vazifalari   va  rivojlanish   jarayoni
bosqichlari. 
Pedagogik innovatsiya (PI) imkoniyatlari: 
- “Fan - ta`lim - amaliyot” uzviyligini ta`minlaydi; 
-   PI   ning   maqsadi,   mazmun-mohiyati,   muhim   belgilari,   ularning   uslubiy   va
axborotli   ta`minotlari   hamda   imkoniyatlari   bo’yicha   batafsil   ma`lumot   berishga
asoslar etarli bo’ladi;
  - PI dan foydalanishda o’rganiladigan manba(mavzu, fan, tarbiya yo’nalishlari va
hakozo)ga qarab uni  takomillashtirish  yoki  keraksiz qismlarini  e`tiborga  olmaslik
mumkin;  -   PI   dan   foydalanishda   ozgina   o’zgartirishlar   kiritish   orqali   o’xshash   manbalarni
o’rganish   hamda   foydalanish   mumkin   va   shu   kabilar.   Pedagogik   innovatsiyaning
vazifalari: 
-   talabani   “Kadrlar   tayyorlash   Milliy   Dasturi”   talablari   asosidagi   zamonaviy
raqobatbardosh mutaxassis darajasiga etkazishda zamonaviy ko’makchi bo’lish;
  -   o’qituvchi   malakasini   oshirish,   talaba   kasbiy   fazilatlarini   takomillashtirish
yo’llarini ishlab chiqishdagi ijobiy ishlarini rivojlantirishga erishish; 
- reyting, test usullaridan ta`lim-tarbiya jarayonida keng foydalanish; 
-   ilg’or   pedagogik   texnologiyalarni   tahlil   qilish,   saralash   va   joriy  etishga   erishish
hamda pedagogik samaralarini aniqlash; 
- ta`lim dasturlarining invariantlarini, modifikatsiyalarini yaratish, ayniqsa elektron
darsliklar hamda o’quv qo’llanmalari yaratishga erishish va ularni amaliyotga joriy
etish;
  -   ta`lim-tarbiya   jarayonining   yangi   axborotli   va   pedagogik   texnologiyalarini
qo’llash va unda sifat ko’rsatkichlari hamda samaradorlikni baholab borish;
  -   o’z   mustaqil   fikrini   bayon   qilishga   sharoit   yaratish   va   ularda   tanqidiy   fikrni
bayon qilish imkoniyatlarini yaratish;
 - “Ustoz- shogird” tizimidagi erkinliklarni rivojlantirish va shu kabilar. 
Pedagogik innovatsiyaning rivojlanish jarayoni bosqichlari: 
-   ta`lim-tarbiyani   yanada   rivojlantirish   va   takomillashtirishning   zarurligini
tushunishning   paydo   bo’lishi   va   o’zida   paydo   bo’lgan   g’oyalar   asosida
ta`limtarbiyadagimuammo   echimini   rivojlantirish   va   loyihalashtirish   hamda
tajribasinov ishlari modellarini yaratishga kirishish;
  - shakllana boshlagan g’oyalar va ular asosidagi loyihalash-rivojlantirish ishlarini
qo’yilgan   maqsadlar   bo’yicha   aniq   modellashtirish,   yangicha   tafakkur   va   tajriba rejalari qabul qilinib, qo’llab-quvvatlanadi, natijada aniq yangi g’oya paydo bo’lib,
uning rivojlanishi uchun muhit va sinov-tajriba maydonchalaridagi ishlar natijalari
bo’yicha axborot muhiti yaratiladi va joriy etish ko’lami aniqlanadi; 
-   qo’llanishi   kerak   bo’lgan   pedagogik   innovatsiyaning   me`yoriy   hujjatlari
tayyorlanadi   va   DTS   talablariga   tegishli   tuzatishlar   kiritiladi,   keng   joriy   etishga
tavsiyalar beriladi va shu kabilar. 
                                                                 Foydalanilgan adabiyotlar:
 1. Yuldashev U.Yu., Boqiev R.R., Zokirova F.M. Informatika o’qitish metodikasi.
Toshkent, “Talqin”, 2005 y. 
2. Saidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T., 2003y.
3. Saidaxmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar T., “Moliya”, 2003y., 172 b.
4.   To’raqulov   X.A.   Pedagogik   tadqiqotlarda   axborot   tizimlari   va   texnologiyalari.
T., “Fan”, 2006 y., 240 b. 
5. Isoqov I., Qulmamatov S.I. Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar
fanidan amaliy mashg’ulotlar ishlanmalari. Guliston, GulDU, 2013 y. 
6. Abdukarimov H.,  Suvonov O. Umumiy pedagogika:  Texnologiya va amaliyot.
O`quv-metodik qo’llanma. T., 2012 y., 120 b.

Innovatsion pedagogik faoliyat. Uzluksiz ta’lim tizimi informatika o’qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati Reja: 1. Pedagogik innovatsiyalar maqsadi, mazmun-mohiyati va muhim belgilari. 2. Pedagogik innovatsiya imkoniyatlari, vazifalari va rivojlanish jarayoni bosqichlari. Tayanch iboralar: innovatsiya, pedagogik innovatsiya, pedagogik innovatsiyaning muhim belgilari, pedagogik innovatsiya imkoniyatlari, pedagogik innovatsiyaning rivojlanish jarayoni bosqichlari.

Pedagogik innovatsiyalar maqsadi, mazmun-mohiyati va muhim belgilari. Mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi ta`lim-tarbiya sohasidagi sifat o’zgarishlari va yuqori samaradorlikka ularning jahon ta`lim talablari bilan mosligi va amaliy hayotdagi o’rnini qay darajada topayotganligiga bog’liq. Ta`lim-tarbiyadagi sifat o’zgarishlari va yuqori samaradorlik esa mazkur sohaga ijobiy yangilik kiritish bilan belgilanadi. Bunday yangilikni kiritish jarayoni innovatsion jarayon bo’lib, ilg’or pedpgogik texnologiyalarni joriy qilib, ta`limda sifat va samaradorlikka erishishdan iborat bo’ladi. Pedagogik innovatsiya - bo’lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo’lib, u oldingi egallangan bilimlar asosidi ta`limda sifatiy o’zgarishlar qilib, yuqori samadorlikka erishishga yangicha yondashuv qilishdan iboratdir. Bunday pedagogik innovatsiya deganda pedagogik tizimning maqsadi, mazmun-mohiyati, belgilarini, imkoniyatlarini, vazifalarini, rivojlanish bosqichlari va tamoyillarining rivojlanish mexanizmlarini va ulardan foydalanishga uslubiy tavsiyalar hamda bu borada bo’lajak mutaxassislarda shakllanadigan xislatlarni hosil qilish jarayonini ifodalovchi ta`lim-tarbiya jarayonining sifat jihatlarini takomillashtirib, bu sohada yuqori samaradorlikka erishishni tushunish mumkin. Endi yuqorida ifodalangan ta`lim- tarbiya tizimini sifat jihatidan takomillashtirib, yuqori darajadagi samaradorlikka erishtiruvchi holatlar haqida qisqacha ma`lumotlar beramiz. Pedagogik innovatsiyalar maqsadi, mazmun-mohiyati: Maqsad: Ta`lim-tarbiya tizimiga sezilarli samaralar beruvchi yangilik kiritish: yangi kontseptsiyalar Davlat Ta`lim Standarti, alternativ o’quv reja va dasturlari, o’qitishning axborotli texnologiyalarini joriy etishning davlat dasturlari, jahon “Internet” tarmog’iga chiqish va masofaviy ta`limni joriy etish bo’yicha davlat rejasi va dasturi, shuningdek hozirgi zamon talablari asosidagi yangi o’quv muassasalari va shu kabi yo’nalishlarni yanada jonlashtirish. Mazmun-mohiyati: - o’quv materiallaridagi bayon qilinadigan ma`lumotlarni axborot ko’rinishiga keltirish va ularda uzviylik hamda izchillikni saqlab qolish;

- o’quv materiallarini o’zaro bog’liq bo’lgan modul bloklari shaklida ifodalashga erishish; - o’quv materiallarini o’rganishga “Kompleks yondashuv” nomli tadqiqot usulidan foydalanishga erishish va undan muammoli hamda dasturiy ta`lim metodlaridan foydalanish; - ta`lim-tarbiya jarayonida axborot muhitini yaratish borasida o’rganilayotgan sohaning axborotli ta`minotini yaratishga eritish; - didaktik o’yin(shu jumladan kompyuterli o’yinlar va trenejerlar) orqali turli voqea va hodisalardagi jarayonlar kechishini ifodalovchi masalalar (muammolar)ni echish; - bu yo’nalishdagi ijodiy izlanishlarni olib borishda ”Ta`lim-fan-amaliyot hamda nazariya bilan amaliyot uyg’unligiga e`tibor berish; - innovatsion usullar qo’llangan holatdagi yutuq va kamchiliklarni baholab borishga erishish va kerakli joylarda tegishli tuzatishlar kirita olinishi lozim va shu kabilar. Pedagogik innovatsiyaning muhim belgilari: - ta`lim-tarbiya jarayonini oldindan mavjud manbalarini hisobga olgan holda va fan-texnikaning eng so’ngi mavzuga(fanga) mos yutuqlarini e`tiborga olib, ta`lim jarayonini loyihalashtirish va uning natijalarini prognoz(bashorat) qila olish; - ta`lim-tarbiya jarayoniga “tizimiy yondashuv” tadqiqot usulini qo’llashda, qaralayotgan tizimining elementlari va qism tizimlari orasidagi bog’lanishlarni e`tiborga olish va bular asosida talabalarning o’qish-bilish faoliyatini tasvirlaydigan ta`limtarbiya jarayoni rejasini tuzish; - ta`lim-tarbiyada maqsad aniq bo’lishi, uning diagnostikasi(tashhisi) va pronozi(bashorati) hamda talabaning o’zlashtirishi sifatini xolis baholash mezoni bo’lishi kerak;

- ta`lim tizimi tuzilishi, tarkibi, mazmuni bir butun yaxlit bo’lib, ularning o’zaro bog’liqligi, bir-birini bosqichma-bosqich to’ldirilib borilishi ta`minlangan bo’lishi kerak; - ta`lim va tarbiyada olib boriladigan faoliyatning optimal variantlarini ta`minlay olish lozim; - ta`lim-tarbiya jarayonining texnik va informatsion ta`minoti etarli bo’lishi lozim; - yaratilgan pedagogik innovatsiya(PI)ni talabalarning ilmiy-uslubiy salohiyatini hisobga olgan holda o’qitish; - ta`lim sifatiga e`tibor bergan holda shakllantiruvchi va yakuniy nazoratlar olish; - rejalashtirilgan joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o’tkazish va uning chuqur tahliliga erishish orqali talabalar o’zlashtirish monitoringi ko’rsatkichini doimo e`lon qilib borish; - ta`lim-tarbiya samaradorligini aniqlash mezoni bo’yicha yakuniy nazorat va amaliyotga joriy etish bo’yicha uslubiy tavsiyalar berish. 1. Pedagogik innovatsiya imkoniyatlari, vazifalari va rivojlanish jarayoni bosqichlari. Pedagogik innovatsiya (PI) imkoniyatlari: - “Fan - ta`lim - amaliyot” uzviyligini ta`minlaydi; - PI ning maqsadi, mazmun-mohiyati, muhim belgilari, ularning uslubiy va axborotli ta`minotlari hamda imkoniyatlari bo’yicha batafsil ma`lumot berishga asoslar etarli bo’ladi; - PI dan foydalanishda o’rganiladigan manba(mavzu, fan, tarbiya yo’nalishlari va hakozo)ga qarab uni takomillashtirish yoki keraksiz qismlarini e`tiborga olmaslik mumkin;

- PI dan foydalanishda ozgina o’zgartirishlar kiritish orqali o’xshash manbalarni o’rganish hamda foydalanish mumkin va shu kabilar. Pedagogik innovatsiyaning vazifalari: - talabani “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” talablari asosidagi zamonaviy raqobatbardosh mutaxassis darajasiga etkazishda zamonaviy ko’makchi bo’lish; - o’qituvchi malakasini oshirish, talaba kasbiy fazilatlarini takomillashtirish yo’llarini ishlab chiqishdagi ijobiy ishlarini rivojlantirishga erishish; - reyting, test usullaridan ta`lim-tarbiya jarayonida keng foydalanish; - ilg’or pedagogik texnologiyalarni tahlil qilish, saralash va joriy etishga erishish hamda pedagogik samaralarini aniqlash; - ta`lim dasturlarining invariantlarini, modifikatsiyalarini yaratish, ayniqsa elektron darsliklar hamda o’quv qo’llanmalari yaratishga erishish va ularni amaliyotga joriy etish; - ta`lim-tarbiya jarayonining yangi axborotli va pedagogik texnologiyalarini qo’llash va unda sifat ko’rsatkichlari hamda samaradorlikni baholab borish; - o’z mustaqil fikrini bayon qilishga sharoit yaratish va ularda tanqidiy fikrni bayon qilish imkoniyatlarini yaratish; - “Ustoz- shogird” tizimidagi erkinliklarni rivojlantirish va shu kabilar. Pedagogik innovatsiyaning rivojlanish jarayoni bosqichlari: - ta`lim-tarbiyani yanada rivojlantirish va takomillashtirishning zarurligini tushunishning paydo bo’lishi va o’zida paydo bo’lgan g’oyalar asosida ta`limtarbiyadagimuammo echimini rivojlantirish va loyihalashtirish hamda tajribasinov ishlari modellarini yaratishga kirishish; - shakllana boshlagan g’oyalar va ular asosidagi loyihalash-rivojlantirish ishlarini qo’yilgan maqsadlar bo’yicha aniq modellashtirish, yangicha tafakkur va tajriba