TA’LIMDA NOAN’ANAVIY DARSLAR VA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISh
MAVZU: TA’LIMDA NOAN’ANAVIY DARSLAR VA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISh 1. Zamonaviy ta’lim oldida turgan talablar. Darslarga qo‘yiladigan talablar. 2. Noan’anaviy darslar turlari, mutaxassis chaqirish, muammoli dars o‘tish, interfaol usullar. 3. Interfaol usullar: «Klaster», «Sinkveyn», «Aqliy hujum», «Ajurli arra», «Munozara», «Debatlar» va boshqalar.
Zamonaviy darsga qo`yiladigan talab asosan jamiyatimizning ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Jamiyatning rivoji hayotning barcha jabxalariga, shu jumladan, ta`lim mazmuniga, dars tushilishiga, qolaversa, insoning kundalik faolyatiga albatta o`z ta`sirini o`tkazishi tabiiydir. XX asrning oxiri va XXI asr boshida jamiyatimizning mustaqillikka erishganligi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlarning shakilanishi, milliy istiqlol mafkurasining vujudga kelishi o`z tilimiz, tariximiz va madanyatimizdagi tiklanish, axborotlar xajmining keskin ko`payishi, fan va texnika taraqqiyoti bu ta`lim tizimini, uning asosiy halqasi bo`lgan darsni mazmunan islohqilishni taqozo qiluvchi zaruriy omillardur. Keyingi yillarda metodik adabiyotlarda, «noan`anaviy dars», «an`anaviy dars», «zamonaviy dars», degan iboralarni ko`plab uchratamiz. SHu o`rinda «zamonaviy dars» - ning o`zi nima? – degan savolga aniqlik kiritishimiz zarur. Zamonaviy dars haqida ba`zi bir olim, metodist yoki oddiy o`qituvchilarning fikrini keltiramiz. I.A.Danilov, M.N.Skatkinlar «zamonaviy dars o`quv jarayoni faollashtirishda», deb hisoblashadilar. V.V. SHatalov «zamonaviy dars har bir o`quvchini va hammani o`qitish» deb hisoblaydi. O`zbekistondagi pedagog, olimlar ham o`z tadqiqotlari davomida zamonaviy dars muamolariga etiborlarini qaratib, «zamonaviy dars, eng avvalo, o`quvchi shaxsning ta`lim olish ehtiyojlarini mustaqil tarzda qondirishga o`rgatuvchi usullar majmui» deb ko`rsatishadi (O.Muminov). Mazkur fikrlar darsdagi asosiy e`tiborni o`qituvchi faoliyatidan o`quvchilar faoliyatiga (ularning ta`lim olish jarayoniga) ko`chirish lozimligini ko`rsatib turibdi. 2-bet O`qituvchi darsda o`zi «so`rab» o`zi «gapirib beruvchi» bo`lib qolmasligi kerak, balki o`quvchilarga yangi bilimlarni o`zlashtirishda yaqindan turib
ko`maklashuvi lozim. O`qituvchi bilim olish yo`lini o`quvchiga ko`rsatibgina qolmasdan, balki unga erishishda o`quvchiga hamkor bo`lishi zarur. Zamonaviy darsga qo`yiladigan talablarni shartli ravishda 4 ga ajratish mumkin: Tarbiyaviy talablar. Psixologik talablar. Gigienik talablar. Didaktiv talablar. Butalablar o`zaro bog`liqdur. Biz bu guruxlarga qisqa ta`rif berib o`tish lozim deb hisoblaymiz. Darsga qo`yiladigan tarbiyaviy talablar Tarbiyaviy talablar o`quvchilarning mustaqil fikr yuritishini, eng yaxshi axloqiy sifatlarini, olgan bilimini hayot bilan bog`lay olishini, Vatanni, uning tarixi, madanyati,urf odatlarini, eng asosiysi,insoni hurmat qilishni, ilmiy dunyoqarashini, estetik didni, kasb hunarga qiziqishini, iqtisodiy, huquqiy, ekologik madanyatni shakillantirishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yishi kerak. Darsga qo`yiladigan psixologik talablar O`qo`vchilarning (shaxsiy ruhiy) individual- psixologik xususyatlarini bilgan holda ularda xotira, ongli idrok etishni, mustahkam irodani, tassavur qila olishni, mavxum xodisalarni fikirlay olishni, davlat ta`lim standartlari qo`ygan talablarni ular yoshiga mosligini hisobga olishdan iboratdir. Darsga qo`yiladigan gigienik talablar Sinifdagi havo harorati, yorug`lik miqdori, uning tozaligi,estetik did bilan jihozlanishi, o`qo`vchilarga beriladigan topshiriqlarning ular yoshiga mosligini hisobga olish kabilarga rioya qilish shart. Zamonaviy darsga qo`yiladigan didaktik talablar 1. Darsning ta`limiy – tarbiyaviy maqsadini aniq belgilash. 2. Dars mavzusini qiziqarli, ilmiy faktlar bilan boyitish.
3. Dars mavzusining mohiyatini o`quvchilarning o`zi mustaqil fikirlab, o`zlashtirishiga erishish. 4. Darsga barcha o`quvchilarning faol ishtirokini taminlash. 5. O`quv materialini o`quvchilar tomonidan soda tarzda qabul qilishga,Xayot bilan chambarchas bog`lashiga erishish. 6. Mavzu mazmuniga mos ta`lim metodlarini tanlash. Bu metodlar asosan, qisman izlanish hamda izlanish darajasida bo`lishi zarur. 7. Mavzu mazmuniga mos ta`lim vositalarini tanlash va ulardan kuproq o`quvchilarning foydalanishiga (o`rgatib borish) erishish. 8. O`quvchilarning bilim manbalari bilan mustaqil ishlashga o`rgatib borish. 9. O`quvchilarning dars mazmuniga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasi, o`z tarixi, tili, urf – odatlari hamda boy madanyatimiz bilan faxirlanishga o`rgatish. 10. Dars mavzusini boshqa o`quv fanlari bilan bog`liqligini ta`minlash. O`quvchilarda yaxlit ilmiy dunyoqarashini shakillantirish. 11. Dars mavzusini o`lkashunoslik tamoyiliga asoslanib o`rganish. 12. O`quvchilarda dars mavzusiga mos ravishda iqtisodiy, huquqiy, ekologik madanyatini shakillantirish. 13. Darsda Davlat ta`lim standartlarida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yilgan talablarni to`liq bajarilishiga erishish. 14. O`quvchilar o`zlashtirilgan bilim sifatini xolisona baholanishiga erishish. Noananaviy darslar, ularning an`anaviy darslardan farqli jihatlari ularni tashkil etish tartibi. YUqorida zamonaviy darsni tashkil etish bilan bog`liq talablar mazmunidan shunday xulosa qilish mumkin: maktab amalyotida mustahkam o`rnashib qolgan an`anaviy darslarda ushbu talablarni bajarish imkonyati yo`q. Demak o`quvchilarga bilim berishni maqsad qilib qo`ygan an`anaviy darslarni mazmunan hamda shaklan o`zgartirish zarurati paydo bo`ladi. Noan`anaviy darslarning asosiy maqsadi – o`quvchilarning mustaqil bilim olish mexanizmiga
asoslanganligidadur. Noan`anaviy darslarni an`anaviy darslarning farqli jihatlari qo`yidagilar deb hisoblaymiz. . Noan`anaviy darsda tanlangan dars mavzusi bo`yicha o`quvchi o`z nuqtai nazarini bayon etadi, garchi xato bo`lsa xam o`quvchining fikri oxirigacha eshitiladi. . Noan`anaviy darsda an`anaviy darsdagidek tashkiliy, o`tgan mavzuni so`rash, yangi mavzu bayoni va darsni mustahkamlash singari bosqichlari bo`lmaydi. Har bir darsning o`ziga xos qolipi bo`ladi. . Noan`anaviy darsda aniq bir ta`limiy metod yoki usul hukumronlik qilmaydi. Darsning borishi jarayonida ta`limiy metodlar va usullar almashini boradi. . Noan`anaviy darslarda o`quv shaxsi birinchi o`rinda turadi. SHuning uchun o`quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash bunday darslarning tashkiliy asosi bo`ladi. . Mustaqil ishlar turi xilma-xil, topishmoq, ashula, badiy drama ko`rinishlari no`ananaviy darslarning mazmunini tashkil etadi. . Noan`anaviy darslarda birgina darslik emas, qo`shimcha badiiy, ilmiy, atlas, matbuat va boshqa materiallaridan foydalaniladi. . Noan`anaviy darslik o`quvchilarning dars mavzusini o`zlashtirib olish imkoniyatini kengaytiradi. Noan`anaviy dars turlari. Ta`lim muassasalarida geografiya fanini o`qitish samaradorligini oshirishning muhim sharti ta`lim jarayonlarida noan`anaviy darslardan foydalanish sanaladi. Geografiya ta`limida quyidagi noan`anaviy dars usullaridan foydalanish va ularni dars davomida qo`llashni tavsiya etish mumkin: 1. Konferentsiya darsi. 1. Matbuat anjumani dars. 2. Matbuot konfirentsiya dars. 3. Uchrashuv darsi. 4. Musoboqa darsi.