logo

O‘qitish metodlari va boshlang‘ich adabiy ta’limda ulardan foydalanish

Yuklangan vaqt:

02.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

86.7978515625 KB
  O‘qitish metodlari va boshlang‘ich adabiy ta’limda ulardan foydalanish
Reja:
1. Ta’lim metodlari va ularning yetakchi xususiyatlar i
2. Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida metodlar
3.Badiiy matn tahlili namunasi:   Anvar Obidjon qalamiga mansub “Bo‘rining tabib
bo‘lgani haqida ertak”  asari.
Tayanch so‘zlar:   suhbat metodi ,  evristik metod ,  taqqoslash metodi ,  induktiv
va deduktiv metodlar ,  fikriy hujum , 6x6” metodi.
  Ta’lim   metodlari   va   ularning   har   biriga   xos   bo‘lgan   yetakchi   xususiyatlar
bilan   “Umumiy   pedagogika”   kursida   batafsil   tanishiladi.   Shu   bois   mazkur
darslikda, talabalarni takrorlardan qo‘rg‘ash maqsadida faqat boshlang‘ich sinflar
adabiy   ta’limi   samaradorligini   ta’minlashga   xizmat   qiladigan   mantiqiy   metodlar
va ulardan foydalanish yo‘llari haqida fikr yuritiladi.   Boshlang‘ich sinflar o‘qish
darslarida o‘quvchilar ma’naviyati sog‘lomlashuviga xizmat qiladigan mantiqiy –
suhbat,   evristik,   tadqiqot,   taqqoslash,   induktiv,   deduktiv   metodlar   bilan   birga
“fikriy hujum”, “6x6” nomli interfaol metodlardan samarali foydalanish maqsadga
muvofiqdir. 
Boshlang‘ich adabiy ta’limni to‘g‘ri tashkil etish bu jarayonning o‘quvchilar
ishtirokida   o‘qituvchi   tomonidan   emas,   balki   o‘quvchilarning   o‘zlari   tomonidan
o‘qituvchi   ishtirokida   amalga   oshirilishini   nazarda   tutadi.   Shu   asosga   qurilgan
zamonaviy   suhbat   metodi   o‘quvchi   ma’naviyatini   sog‘lomlashtirish,
dunyoqarashini   kengaytirish,   bilimlarni   o‘zlashtirish,   mantiqiy   va   mustaqil
tafakkurini   ta’minlashda   qo‘l   keladigan   metodlardan   biridir.   A.   Tojievning
“Adabiyot   darslarida   suhbat”   kitobida   bu   metodning   o‘ziga   xos   xususiyatlari
haqida so‘z yuritilgan 1 . 
O‘qish   darslaridagi   suhbatlarda   ishtirok   etgan   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchisi
o‘z fikrlarini muhokama qiladi, qarashlarini so‘z bilan ifodalashga tayyorlanadi. U
fikrning   aniq   va   muayyan   maqsadga   yo‘naltirilishini   ta’minlaydi.   Suhbat
jarayonida   o‘quvchida   o‘z   fikrini   aytish,   uning   to‘g‘riligiga   hamsuhbatlarini
ishontirish ehtiyoji tug‘iladi. O‘quvchini o‘z fikrini isbotlash uchun asar matnidan
dalillar   topa   bilish,   misollar   keltirish   ko‘nikmasini   egallashga   yo‘naltirish,   uni
e’tiroz bildirishga, qarshi fikrlar ayta olishga odatlantira borish suhbat metodining
talablaridan   biridir.   Bu   metod   kichik   o‘quvchilarni   hamsuhbatni   eshitish,
munozarada   ishtirok   etishga   o‘rgatadi,   o‘z   bilimini   chuqurlashtirishga   ehtiyoj
paydo qiladi, qiziqishlari doirasini kengaytiradi. 
“O‘qish   kitobi”   darsliklaridan   o‘rin   olgan   adabiy   asarlar   tahliliga
yo‘naltirilgan suhbatlar o‘quvchiga nafaqat bilimlar beradi yoki tarbiyalaydi, balki
uni   aqliy   faoliyatga   ham   yo‘naltiradi.   To‘g‘ri   tashkil   etilgan   suhbatlar   xotirani,
kuzatuvchanlikni, tasavvur va hissiyotni faollashtirishga sharoit yaratadi. Oqilona
tashkil etilgan suhbatlar davomida har bir o‘quvchining individual jihati namoyon
bo‘ladi. O‘qish darslarida tashkil etilgan bunday suhbatlarda bitta masala bo‘yicha
bir   nechta   o‘quvchi,   ba’zan   butun   sinf   fikr   aytishi   mumkin.   Bu   jarayonda
o‘qituvchi barcha o‘quvchilarning faoliyatini kuzatib boradi, suhbatni maqsad sari
yo‘naltiradi, bu bilan o‘quvchilarning o‘zlari ishlashlari uchun sharoit yaratadi. 
1     .      . – .: « », 1997.Тожиев А Адабиёт дарсларида суҳбат Т Ўқитувчи Boshlang‘ich   sinflar   adabiy   ta’limini   maqsadga   muvofiq   tarzda   tashkil
etishda   qo‘llaniladigan   suhbat   metodining   asosiy   talablaridan   biri   –   savollarning
shakl tomonidan ham, mazmun jihatidan ham har xil bo‘lishi. Kichik o‘quvchiga
bir   xil   narsa   bilan   uzoq   shug‘ullanish   o‘ta   salbiy   ta’sir   qiladi.   Suhbat   uchun
savollar   tayyorlayotganda   o‘qituvchi   o‘quvchilarni   o‘ylantiradigan,   mustaqil
ravishda   mulohaza   yuritishga   undaydigan   jihatlar   yetakchilik   qilishini,   sinfdagi
barcha   o‘quvchilarning   rivojlanganlik   darajasini   nazardan   qochirmasligi   lozim
bo‘ladi.   Bundan   tashqari,   suhbat   uchun   tuzilgan   savollar   o‘quvchi   ruhiy
faoliyatining   xilma-xilligini   ham   ta’minlashi   kerak.   O‘quvchining   savolga   javob
berish   uchun   o‘ylanishi,   eslashi,   tasavvur   qilishi,   izlanishi   unda   shaxslik   sifatlari
shakllanishida   juda   foydalidir.   Suhbat   uchun   tuzilgan   savollar   orasida   o‘zaro
kuchli   mantiqiy   aloqa   bo‘lishi   kerak.   Savol   ko‘magida   asardan   o‘quvchi
tomonidan kashf qilingan mantiq bilan asar  muallifi fikrlari murakkab yaxlitlikni
tashkil etishiga e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir. 
Boshlang‘ich   adabiy   ta’limda   tashkil   etilgan   suhbatlar   davomida   kichik
o‘quvchi   asar   haqidagi   dalillarni   aniq   bilgandagina   o‘z   qarashlarini   aytishi
mumkin.   Lekin   ko‘pincha,   bunday   vaziyatlarda   bilimning,   dalilning   o‘zi   kamlik
qiladi.   O‘quvchi   asarni   o‘qituvchisi   ko‘magida   mustaqil   tahlil   qila   bilishi,
xulosalar   chiqara   olishi   kerak   bo‘ladi.   Asar   matni   yuzasidan   izlanishga
undaydigan   savol-topshiriqlar   ham   shunga   qaratilishi   lozim.   Yaxshi   savol
ahamiyatli,   keng   qamrovli,   o‘ylashga,   his   qilishga,   izlanishga   majbur   etadigan,
kashfiyotlar qiladigan, tasavvur uyg‘otadigan bo‘ladi. Jaloliddin Rumiy hazratlari:
“Yaxshi savol yarim bilimdir”,- deb bejiz aytmagan.
Quyi   sinflar   adabiy   ta’limida   tashkil   etiladigan   suhbatlarda   bilim   berish
ustuvorlik   qilmaydi.   Balki   kichik   o‘quvchilarda   olingan   bilimlar,   o‘zlashtirilgan
fazilatlarni   mustahkamlash,  munosabat   bildirish,  tuyg‘ularni  so‘z  bilan  ifodalash,
uni   asoslash,   o‘z   fikrida   tura   bilish   xususiyatlari   tarbiyalanadi.   O‘qituvchidan
birinchi   savoldan   keyin   o‘quvchilar   kayfiyatini   ilg‘ab   olish,   savol   tushunarli
bo‘lganini   his   qilgan   holda   suhbatni   yangi-yangi   yo‘nalishlarga   burish   talab
qilinadi.   Suhbat   metodi   asosida   tashkil   qilingan   darsning   ichki   tartibi   shu   tariqa
yaratiladi. 
Badiiy   bitiklar   tahliliga   qaratilgan   suhbatni   muvaffaqiyatli   tashkil   etishning
shartlaridan   yana   biri   –   o‘quvchilarning   javoblariga   e’tibor   va   hurmat   bilan
yondashishdir.   Javob   berayotgan   o‘quvchining   fikrlari   ba’zan   chalkashib   ketishi
yoki   noaniq   bo‘lishi   tabiiy.   O‘qituvchining   vazifasi   uni   butun   sinfga   tushunarli
qilib   aytib   berish   emas.   Bu   adabiy   ta’lim   metodikasida   mutlaqo   noto‘g‘ri   yo‘l
hisoblanadi.   O‘quvchi   aytmoqchi   bo‘lgan   fikrini   qiynalib,   izlanib,   munosib
so‘zlarni   topib,   o‘zi   ifodalashi   kerak.   Uni   boshidan   shunga   o‘rgatish   lozim.
O‘quvchining   fikrini   aytishga   o‘rinsiz   ko‘maklashish   uni   o‘ylamaslikka   o‘rgatib
qo‘yadi. Agar yordam berish kerak bo‘lsa, qo‘shimcha savollar bilan o‘quvchining
o‘z fikrini aniqroq ifodalashiga ko‘maklashish mumkin.
O‘qish   darslarida   tashkil   etilgan   suhbat   jarayonida   o‘qituvchi   va   o‘quvchi
munosabatlari   samaradorligi   nafaqat   savolning   to‘g‘ri   qo‘yilishi,   balki
o‘qituvchining   har   xil   xarakterdagi   javoblar   orasida   o‘zini   yo‘qotmay   suhbatni
boshqara   bilishiga   ham   bog‘liq.   Yaxshi   tashkil   qilingan   suhbatlarda   o‘qituvchi- o‘quvchilar fikr va qarashlari bilan hisoblashadigan teng huquqli suhbatdoshlarga
aylanadilar.   O‘qituvchi   o‘quvchi   javoblaridagi   silliqlikni   birinchi   o‘ringa
ko‘tarmasligi   kerak.   O‘qituvchining   o‘quvchi   javoblarini   muntazam   ravishda
tuzatib,   to‘ldirib   borishi   ham   noto‘g‘ri.   Albatta,   o‘quvchining   xulosasi
o‘qituvchining   fikridek   to‘kis   bo‘lmaydi.   U   to‘mtoq,   jo‘n,   jaydari,   tarqoq   bo‘lsa
ham   adabiy   ta’lim   amaliyoti   uchun   olimnikidan   qadrliroq,   o‘qituvchinikidan
qimmatliroqdir.   Chunki   o‘quvchi   hech   kimni   –   muallifni   ham,   muallimni   ham
takrorlayotgani   yo‘q.   Bu   o‘quvchining   o‘z   mustaqil   fikri,   o‘z   xulosasi.
O‘qituvchining   vazifasi   o‘quvchining   fikr   ifodalashida   mantiq,   madaniyat   va
bilimni   ta’minlash,   boshqalarning   fikriga   munosabatda   aytganlari   uchun   javob
bera olish hissini tarbiyalashdan iboratdir.
Boshlang‘ich   adabiy   ta’limga   olib   kirilayotgan   zamonaviy   suhbatlar   –   bu
ovoz   chiqarib   mulohaza   yuritish,   bir   savol   atorfida   birgalikda   o‘ylash,   ovoz
chiqarib his etishdir. O‘quvchilar hamisha ham tuyg‘ularini so‘z vositasida ochiq
ifodalayvermaydilar. Asl tuyg‘ularning tabiati shunaqa, ularni hamisha ham so‘zga
ko‘chirib   bo‘lmaydi.   Tortishuvlar   uchun   vaziyat   yaratish   suhbat   jarayonida
o‘quvchilarni faollashtirishning muhim shartlaridan biridir. 
Badiiy   matnlar   mazmuni   yuzasidan   tashkil   etiladigan   suhbat   jarayonida
o‘qituvchining   diqqati   faqat   bir   nechta   o‘quvchiga   qaratilib   qolsa,   jamoa   suhbati
buziladi.   Qolgan   o‘quvchilar   tezgina   “tinglovchi”lik   mavqeiga   o‘tib   oladilar.
Sinfda   “suhbatda   faqat   a’lochi   o‘quvchilar   qatnashadi”   degan   qarash   shakllanib
qoladi.   Chinakam   suhbat   o‘qituvchi   savol   berib,   birinchi   bo‘lib   javob   bergan
o‘quvchining   fikri   bilan   chegaralanib   qolmay,   boshqa   o‘quvchilarning
mulohazalari   bilan   ham   qiziqish,   barcha   o‘quvchilarning   fikrlarini   eshitib
bo‘lgachgina javoblar sifatini baholash bo‘lgan joyda amalga oshadi. Suhbatlarda
o‘quvchilar   o‘zlarini   teng   huquqli   suhbatdoshlar   darajasida   his   qilgandagina
boshlang‘ich   adabiy   ta’limning   maqsadiga     erishish   mumkin   bo‘ladi.   Suhbatdagi
tenglik, shu bilan birga undagi tabiiylik, samimiylik, erkinlikni o‘qituvchi tashkil
etadi. Matndagi  muhimlarni anglashga yo‘naltirilgan umumiy savol ba’zan ayrim
yo‘naltiruvchi qo‘shimcha savollarni ham taqozo etadi. Buni o‘qituvchi vaziyatga
qarab ilg‘ab olishi va yo‘naltiruvchi qo‘shimcha savollarni tashkil eta bilishi lozim
bo‘ladi.
Asarlar   tahliliga   bag‘ishlangan   suhbatlarning   yakunlangani   savolning   kun
tartibidan   tushib   qolishi   degani   emas.   Aksincha,   o‘qituvchi   tomonidan   yaxshi
tashkil   qilingan   suhbatning   yakunlanishi   sinfda   muhokama   qilinadigan   yangi-
yangi   savollarning   tug‘ilishiga   sabab   bo‘ladi.   Suhbat   o‘zining   tabiiy   kuchi,
samimiy insoniy muloqotga asoslanganligi bilan ahamiyatlidir. 
Boshlang‘ich   sinflar   o‘qish   darslarini   adabiy   ta’limning   maqsadiga   muvofiq
tashkil   etishda   suhbat   metodini   qo‘llash   o‘quvchi   tafakkuri   va   bilim   olishdagi
mustaqilligining   nisbatan   baland   darajasini   ta’minlashi   lozim.   Mazkur   metodda
o‘qituvchining   vazifasi   o‘zlashtirilgan   axborotlarni   yodga   soladigan,   ma’lum
maqsadga   xizmat   qiladigan,   ayni   zamonda   qiziqarli,   bilimlarni   yangi   vaziyatga
muvofiqlashtirish va qayta ishlashga yo‘llaydigan, xulosa chiqarishga undaydigan,
chiqarilgan  xulosalarni   asoslashni   talab  qiladigan  tarzdagi   savol   va topshiriqlarni
tuzishdan   iborat.   O‘quvchining   faoliyati   esa   vaziyatni   tahlil   etish,   o‘zlashtirilgan axborotlarni   yodga   soladigan   savollarni   qayd   etish,   ularga   javob   izlash,   javob
berish,   yarim   mustaqil   va   mustaqil   xulosalar   chiqarish,   fikrlarini   asoslashdan
iborat bo‘ladi. 
“O‘qish   kitobi”   darsliklaridan   o‘rin   olgan   badiiy   matnlarni   o‘rganishda
qo‘llanadigan   suhbat   metodi   nafaqat   o‘qituvchining   o‘quvchilar   jamoasi   bilan,
balki   o‘quvchilarning   o‘zaro   dialogik   hamkorligini   ham   nazarda   tutadi.   Bu
metodning mohiyati o‘qituvchi tomonidan o‘quv materialidagi yetakchi, o‘quvchi
ko‘nglidan   o‘tsa   u   erda   o‘zidan   ijobiy   iz   qoldirishi   mumkin   bo‘lgan   qarashlarni
qiziqarli tarzda savol  yoki topshiriqqa aylantira bilish, o‘quvchilarni javob topish
yo‘llarini   izlashga,   bilim   va  ma’naviy   sifatlar,   xulosa,   qonuniyat   va  qoidalarning
bolalar   tomonidan   qayta   kashf   etilishiga,   tarbiyalanuvchilarini   yaratish   lazzatini
tuyishga jalb qilishdan iboratdir.
Boshlang‘ich   sinflar   adabiy   ta’limida   o‘quvchi   ma’naviyatini   tozartirishga
xizmat   qiladigan   metodlardan   yana   biri   evristik   metod dir .   Bu   metodning   nomi
yunoncha   izlayman, topaman   degan ma’nolarni anglatadigan “ heurisko ” so‘zidan
olingan bo‘lib, mahsuldor ijodiy fikrlash jarayonini, hayotiy va badiiy haqiqatlarni
o‘quvchilar   mustaqil   kashf   etishlarini   tashkil   qila   bilishni   nazarda   tutadi.   Kichik
o‘quvchilar   ma’naviy   kamolotini   ta’minlashda   qo‘l   keladigan   evristik   metod
tarbiyalanuvchilarning   oldiga   yo‘naltiruvchi   masalalar   qo‘yish,   tekshirish,   hal
etish, aks savollar vositasida o‘qitish usuli hisoblanadi. O‘qish darslarida evristik
metoddan   foydalanganda   o‘qituvchi   o‘quv   materialining   suhbat   metodida
foydalangan   tizimini   to‘liq   qo‘llashi   mumkin.   Faqat   uning   tarkibi   qo‘shimcha
bilim olishga yo‘naltiradigan savollar bilan to‘ldiriladi. 
Evristik   metod   suhbat   metodida   bo‘lgan   barcha   usullarning   birgalikda
qo‘llanilishini taqozo etadi. Bu metodda yetakchilik qiladigan savol va topshiriqlar
qo‘zg‘otuvchi   ahamiyat   kasb   etadi.   Bunday   asosdagi   suhbat   tizimi   jarayonni
kuzatish,   savollarga   javob   berish,   ma’lumot   olish,   topshiriqni   bajarish,   xulosa
chiqarish   va   xulosalarni   taqqoslash   yo‘lga   qo‘yilganda   o‘quvchilarning   fikrlash
hamda   bilimlarni   mustaqil   egallash   ko‘nikmasi   rivojlanib   boradi.   O‘quvchilar
taqqoslash,   tahlil   qilish,   dalillar   keltirish   bilan   birga   ma’lum   umumlashmalar
qiladilar,   farazlarni   ilgari   suradilar,   zarur   ashyolar,   materiallar   to‘playdilar,
xulosalar   chiqaradilar,   o‘z   faoliyatini   rejalashtiradilar.   Bu   o‘quvchilarning
bilimlarni o‘zlashtrishdagi faolligini oshiradi. 
Boshlang‘ich   adabiy   ta’limda   evristik   metoddan   foydalanib   belgilangan
maqsadga erishish uchun o‘qituvchi: 
– o‘quvchilardan xabardorlikni talab qiluvchi savol va topshiriqlar qo‘yishi; 
– taqqoslab o‘zlashtirish uchun materiallar taqdim etishi; 
– belgilangan maqsadga yo‘naltiruvchi farazlarni ilgari surishi; 
– ularni tasdiqlovchi tajribalar qilishi; 
– kuzatishga yo‘naltirilgan savol va topshiriqlar berishi; 
– badiiy asrning didaktik tahliliga yo‘naltirishi; 
– muammoli savol yoki topshiriqlar qo‘yishi; 
– savol   va   topshiriqlar   ko‘magida   muammoli   vaziyatlar   hosil   qilishi   kerak
bo‘ladi. 
Bu   metodda   tashkil   qilingan   o‘qish   darslarida   o‘quvchilarning   faoliyati bilimlarni   vaziyatga   muvofiq   qo‘llash,   taqqoslash,   farazlarni   ilgari   surish   va
asoslash,   kuzatish,   farazning   to‘g‘riligini   tekshirish,   tajriba   tahlili,   bilimlarni
o‘zgargan vaziyatlarda qo‘llash, dalillar keltirish, umumlashtirish, mustaqil amaliy
ishlar tahlilini amalga oshirish, muammoli masalani hal etish kabilarni o‘z ichiga
oladi.
Evristik   metodda   tashkil   etilgan   o‘qish   darslarida   kichik   o‘quvchilarga
taqdim   etilgan   savol,   topshiriq   va   ko‘rsatmalar   ogohlantiruvchi   xususiyat   kasb
etishi   ham   maqsadga   muvofiqdir.   Ya’ni   bunday   savol   va   topshiriqlarning
bajarilishi   oldindan   mazkur   bosqichga   moslab   qo‘yiladi   yoki   uning   yechimi
davomida   o‘rtaga   tashlanadi.   Boshlang‘ich   adabiy   ta’lim   jarayonida   qo‘llanilgan
evristik   metod   o‘quvchilarlarda   mustaqil   mulohaza   yuritish,   muhokama   qilish,
xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. 
Boshlang‘ich adabiy ta’lim samaradorligini ta’minlaydigan   tadqiqot metodi
ham o‘quv jarayonida bir muncha qiyin bo‘lgan badiiy va hayotiy masalalarni hal
qishini   nazarda   tutadi.   Bu   metoddan   boshlang‘ich   sinflarning   yuqori   bosqichida
ta’limning   samarali   izlanish   yo‘llarini   mustaqil   ravishda   tashkil   etish   maqsadida
foydalaniladi.   Bunda   kichik   o‘quvchilar   dalil   to‘plash   va   ularni   tahlil   qilish,
tizimga   solish,   umumlashtirish   va   qat’iy   xulosalar   chiqarish   kabi   amaliy   ishlarni
bajaradilar.   Tadqiqot   metodining   evristik   metoddan   farqi   shundaki,   unda
“kashfiyot”   avvaldan   ajratilgan   materiallar   tahlil   qilinib,   faktik   materiallar
umumlashtirilganidan   so‘ng,   amaliy   ish   jarayonida   o‘quvchilarning   o‘zlari
tomonidan   sodir   etiladi.   Bunda   o‘quv-biluv   faoliyatining   to‘liq   turkumini
o‘quvchilar   o‘qituvchi   rahbarligida   o‘zlari   bajaradilar.   Ya’ni   ma’lumot
to‘plashdan   tortib,   uni   tahlil   qilish   va   yangi   bilimlarni   amaliyotda   qo‘llashgacha
bo‘lgan   ishlarning   barchasini   o‘quvchilar   o‘zlari   mustaqil   ravishda   amalga
oshiradilar. 
Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   tomonidan   badiiy   yoki   hayotiy   faktik
materiallarni   to‘plash   tadqiqot   metodining   zaruriy   qismidir.   Mustaqil   ravishda
tajribalar   o‘tkazish   o‘quvchining   bilim   olishga   bo‘lgan   qiziqishini   oshiradi.
O‘qituvchi   o‘quvchilar   ixtiyoriga   dalillarni   topish,   ularni   taqqoslash,   tizimga
solish,   umumlashtirishni   topshirgani   bilan   uning   muammolik   darajasi
kamaymaydi.   Tadqiqot   metodini   qo‘llashda   topshiriqlarning   o‘quvchilar
tomonidan bajarilishi muhim hisoblanadi. Topshiriqlarni bajarishda ularning biror
bosqichi tushib qolsa, topshiriq o‘z tadqiqiyligini yo‘qotadi.
Kichik   yoshdagi   o‘quvchilarning   rivojlanganlik   darajasi   mustaqil   ravishda
tadqiqot   ishlarini   olib   boradigan   darajaga   etganda,   ya’ni   yuqoriroq   bosqichiga
ko‘tilganda   tadqiqot   metodidan   foydalanish   mumkin.   Bunda   o‘quv   materiali
evristik   metoddagiday   tuzilishi   kerak   bo‘ladi.   Savollar,   ko‘rsatmalar,   topshiriqlar
tartibi   ham   shunday   bo‘ladi.   Tadqiqot   metodini   qo‘llaganda   savol-topshiriqlar
bosqichning so‘ngida, o‘quvchilarning ko‘pchiligi muammoni hal qilib bo‘lgandan
keyin   qo‘yiladi.   Bu   kuchli   o‘quvchilar   uchun   mo‘ljallangan   metod   bo‘lib,
muammolarni   hal   etishda   o‘z-o‘zini   nazorat   qilish   va   tekshirish   usuli   sanaladi.
Rivojlanishi   nisbatan   sustroq   bo‘lgan   o‘quvchilarga   ularning   o‘zlari   darajasidagi
topshiriqlar beriladi. Topshiriqlar har bir o‘quvchining individual imkoniyatlariga
qarab taqsimlanadi. Tadqiqot metodidan nafaqat yangi asarni o‘rganish, balki uni mustahkamlash va badiiy tahlil bosqichida ham foydalanish mumkin. 
Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarining   ijodiy   imkoniyatlarini   aniqlash   uchun
o‘quv   ishlarining   asosiy   usullarini   tahlilga   tortilgan   matnni   o‘zlashtirish
imkoniyatlari   darajasiga   qarab   aniq   belgilash   zarur.   O‘qish   darslarida   tadqiqot
metodidan   foydalanilganda   ham   o‘quvchi   bilimlarni   o‘zlashtirish   jarayonida
qo‘llaniladigan   tahlil,   sabab-oqibat   orasidagi   aloqadorlikni   belgilash,   taqqoslash,
birlashtirish,   o‘z   farazlarini   keltirish,   isbotlash,   rejalashtirish   singari   usullarni
istifoda   etish   mumkin.   Tahlil   va   sabab-oqibat   orasidagi   aloqadorlikni   belgilash
usuli   boshlang‘ich   adabiy   ta’limda   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Ayniqsa,
ijodiy jarayonda, bilmaslikdan bilishga o‘tish yo‘lidagi qiyinchiliklarga yo‘liqqan
o‘quvchilarning   analiz-sintez   faoliyatida   ruhiy   holatning   ahamiyati   ko‘zda
tutilmog‘i zarur.
Adabiy   ta’limning   dastlabki   bosqichida   o‘quvchilarning   ma’naviy
sog‘lomligini   ta’minlash,   ularga   olam   va   odamga   xos   bo‘lgan   fazilatlarning
mohiyatiga  kirish   sirlarini  o‘rgatishda  ta’limning   taqqoslash   metodi   qo‘l  keladi.
Bu   metoddan   yangi   bilim   va   tushunchalarni   o‘zlashtirishda   keng   foydalaniladi.
Boshlang‘ich adabiy ta’limda yangi o‘zlashtiriladigan bilimlar va axloqiy sifatlarni
avval o‘zlashtirilganlari bilan taqqoslash usuli, o‘z navbatida, yangi tushunchalarni
mustaqil   ravishda   tadqiq   qilishning   bir   ko‘rinishidir.   Taqqoslash   metodi   asosida
kichik   o‘quvchilarda   sinfdoshlarining   isbot   va   dalillariga   o‘zlarining   mantiqiy
qarashlarini qarshi qo‘yishga intilishlari yotadi. 
Mavzularni   taqqoslash   asosida   isbotlashning   o‘qituvchi   tomonidan   o‘quv
materialini   tanlash   ham,   uning   o‘quvchilar   tomonidan   egallanishi   ham   nisbatan
qiyin  kechadi.  Bu  metoddan   hamisha  har  xil   vaziyatlarda,  holatlarda  foydalanish
mumkin emas. Qiyin mavzularni taqqoslab o‘zlashtirish bilim egallashda unchalar
qiynalmaydigan   o‘quvchidan   ham   anchagina   fikriy   zo‘riqishni   talab   qiladi.
Boshlang‘ich   adabiy   ta’limda   bu   metoddan   foydalanilganda   o‘qituvchi
o‘quvchilardan   matnda   mavjud   bo‘lgan   qarama-qarshiliklarni   taqqoslash   bilan
isbotlab   ko‘rsatishni   talab   qilishi   mumkin.   O‘qituvchi   tomonidan   shunday   savol
yoki   masalaning   qo‘yilishi,   farazlarning   ilgari   surilishi,   ulardan   birining
to‘g‘riligini isbotlash fikrlar to‘qnashuvi asnosida amalga oshiriladi. 
Adabiy   ta’limning   ilk   bosqida   kutilgan   samaraga   erishishda   qo‘l   keladigan
metodlardan   biri   bu   induktiv   va   deduktiv   metodlar dir.   O‘qish   darslarini
maqsadga muvofiq tashkil etishda induktiv, deduktiv metodlarning ham o‘ziga xos
o‘rni bor. So‘nggi yillarda deduktiv ta’limga e’tibor kuchaydi. Lekin tafakkurning
induktiv usullarini shakllantirmay turib ta’limda muvaffaqiyatga erishish mumkin
emas.   Induktiv   yoki   deduktiv   metodlarni   qo‘llash   o‘rganilayotgan   o‘quv
materialining mantig‘ini ajratishda, ya’ni xususiydan umumiyga yoki umumiydan
xususiyga o‘tishda ahamiyat kasb etadi. 
Yu.   Babanskiy   induktiv   metodni   qo‘llaganda   o‘qituvchi   va   o‘quvchi
faoliyatining   quyidagi   ikki   varianti   mavjudligini   ko‘rsatadi:   birinchi   variantda
o‘qituvchi   avval   faktlarni   keltiradi,   tajribani,   ko‘rgazma   materialini   namoyish
etadi,   topshiriqlarni   bajarishni   tashkil   etadi,   o‘quvchilarni   asta-sekinlik   bilan
tushunchalarni   aniqlashga,   qonuniyatlarni   o‘zlashtirish   va   fikrlarni
umumlashtirishga   olib   boradi.   O‘quvchilar   xususiy   faktlarni   o‘zlashtiradilar, so‘ngra   o‘quv   xarakteridagi   umumlashma   xulosalarni   chiqaradilar.   Ikkinchi
variantda o‘qituvchi o‘quvchilarning oldiga xususiy jihatlardan umumiy holatlarga
etaklovchi, umumiy xulosalarga olib keluvchi muammoli masalalar qo‘yadi 2 . 
Bugungi   adabiy   ta’limda,   u   o‘qitishning   qaysi   bosqichida   bo‘lishidan   qat’i
nazar o‘quvchi ma’naviy kamolotini ta’minlash maqsadida erkin faoliyatga undash
yetakchilik   qilayotgan   ekan,   induktiv   metodning   birinchi   varianti   istalgan
samarani   bermaydi.   Ikkinchi   variant,   ya’ni   o‘qituvchining   xususiy   jihatlardan
umumiy   holatlarga   etaklovchi,   umumiy   xulosalarga   olib   keluvchi   muammoli
masalalarni   qo‘yishi   va   o‘quvchilarning   haqiqatlar   ustida   mustaqil   ravishda
mulohaza yuritib, xulosalar chiqarib, umumlashmalar qilishi – ko‘proq foydalidir.
Induktiv   metodning   zaif   tomonlari   shundan   iboratki,   unda   yangi   mavzuni
o‘zlashtirishda   ko‘proq   vaqt   talab   qilinadi.   Bu   metod   o‘quvchining   mavhum
tafakkurini   o‘stirishga   xizmat   qiladi.   Boshlang‘ich   sinflar   adabiy   ta’limida
o‘quvchi   ma’naviyatini   sog‘lomlashtirish   yo‘lida   quyi   bosqichda   induktiv
metodidan foydalanib, sinflar yuqorilab borgani sari asta-sekinlik bilan deduktivga
o‘tish   o‘rinliroq   bo‘ladi.   Chunki   quyi   sinflarda   narsa,   hodisa   va   bilimlarning
ko‘proq xususiy tomonlari o‘rganiladi. 
Boshlang‘ich   sinflarning   “O‘qish   kitobi»   darsliklarida   tavsiya   etilgan   uy
hayvonlari,   qushlar,   baliqlar   bilan   bog‘liq   mavzularni   induktiv   metoddan
foydalangan   holda   o‘tish   mumkin.   Masalan,   uy   hayvonlari   bilan   o‘quvchilarni
tanishtirish   uchun   ularga   tayyor   ma’lumotlar   berilmay,   mavzu   va   manbalar   uy
vazifasi sifatida topshiriladi. Darsda ko‘plab uy hayvonlarining rasmi darstaxtaga
qo‘yiladi. So‘ng o‘quvchilardan ular to‘plagan bilimlar asosida hayvonlarning har
biriga   xos   bo‘lgan   individual   xususiyatlar   so‘raladi.   “Otning   o‘zigagina   xos
xususiyatlari nimalardan iborat?” savoli bolalardan ot haqida bilganlarini aytishni
talab qiladi. Ma’lumki, biya sutidan qimiz olinadi, tuyog‘iga taqa qoqiladi, uning
go‘shtidan   qazi   qilinadi,   ot   kishnaydi,   otdan   sportda,   uloqda,   urushlarda
foydalaniladi   va   hk.   “Eshakning   faqat   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan   nimalarni
bilasiz?”   savoli   o‘quvchini   eshakni   tasavvur   qilishga,   u   haqida   o‘qiganlari-
bilganlarini   aytishga   yo‘naltiradi.   Boshqa   barcha   uy   hayvonlarining   shunday
individual   xususiyatlari   o‘quvchilar   tomonidan   to‘liq   ochib   bo‘lingach,   ularning
barchasi uchun umumiy bo‘lgan jihatlar haqida so‘raladi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar uy hayvonlarining hammasi odam uchun xizmat
qilishini, hammasi tirik tug‘ishi, hammasi odamlar tomonidan boqilishi, hammasi
o‘t-em   bilan   ozuqlanishi,   hammasining   oyog‘i   to‘rttaligi,   hammasining   tuyog‘i
borligi   va   hk.larni   bilganlaricha   sanaydilar.   Bu   jarayonda   bilim   bilan   xotira
birgalikda   faoliyat   ko‘rsatadi.   O‘quvchilar   bilimlarni   o‘qituvchidan   tayyor   holda
olmaydilar, o‘zlari bilganlarini namoyish etadilar. Bilmaganlarini esa o‘rtoqlari va
muallimlari ma’lumotlaridan o‘zlashtirib boradilar. 
Boshlang‘ich   sinflar   o‘qish   darslarini   samarali   tashkil   etish   maqsadida
ta’limning   deduktiv  metodini   qo‘llaganda   o‘qituvchi  va  o‘quvchilarning  faoliyati
quyidagi   tarzda   bo‘ladi:   o‘qituvchi   avval   qoida   yoki   qonunning   umumiy   jihatini
so‘raydi,   asta-sekinlik   bilan   uning   xususiy   tomonlariga   o‘tadi,   so‘ng   birgalikda
2   . .          . Бабанский Ю К Методы обучения современной общеобразовательной школе
–  : « », 1985.  . 150-153. 
Москва Просвещение С ma’lum   masalani   echishga   kirishiladi.   O‘quvchilar   o‘qituvchi   rahbarligida   avval
umumiy holatni o‘zlashtiradilar, so‘ng ulardan kelib chiqadigan xususiy jihatlarni
o‘zlari kashf etib o‘rganadilar. 
O‘qituvchi   boshlang‘ich   adabiy   ta’limda   deduktiv   metodni   qo‘llaganda
o‘quvchilarga   yo‘nalish   berishi,   yo‘l-yo‘riqlarni   taqdim   etishi   maqsadga   ko‘proq
muvofiq   keladi.   Ko‘rsatilgan   yo‘ldan   o‘quvchilarning   o‘zlari   umumiylikdan
xususiy jihatlarni ajratishi, ularni farqlashi, asoslashi va xulosalar chiqarishi lozim
bo‘ladi.
Deduktiv   metod   o‘quv   materialini   nisbatan   tez   o‘tish   imkonini   beradi.
O‘quvchini   tez   fikrlashga   o‘rgatadi.   Boshlang‘ich   adabiy   ta’lim   jarayonida
sharoitdan  kelib  chiqib,  induktiv  va  deduktiv  metodlarni   birgalikda  qo‘llash  ham
katta   samara   beradi.   Bir   darsning   o‘zida   bir   masala   yuzasidan   avval   xususiyni
aniqlab,   undan   umumiyga   o‘tish   va   ikkinchi   bir   muammo   bo‘yicha   avval
umumiyni   ajratib,   so‘ng   xususiyga,   mayda   tafsillarga   o‘tish   jarayoni   ham
o‘quvchilar tasavvuri tiniqlashuvi, xulosalari qat’iylashuviga ko‘mak beradi.
Bugun   milliy   pedagogikada   keng   qo‘llanilayotgan   metodlar   o‘quvchi-
o‘qituvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak
natijalarga   erishish   maqsadini   nazarda   tutmoqda.   Qisqa   vaqt   mobaynida   zarur
bilimlarni o‘quvchiga etkazish, unda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka
hosil qilish, shu bilan birga bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish hamda
baholash   o‘qituvchidan   yuksak   pedagogik   mahoratni   talab   qiladi.   Bugun   qator
rivojlangan   mamlakatlarda   qo‘llanilayotgan   “Fikriy   hujum”,   “6x6x6”,   “Klaster”,
“Qarorlar shajarasi” singari metodlarning ayrimlaridan boshlang‘ich adabiy ta’lim
jarayonidagi   badiiy   asar   tahlilida   ham   foydalanish   mumkin.   Aslini   olganda,   bu
metodlarning   ta’limdagi   mantiqiy   metodlardan   farqi   uncha   katta   emas.   Ularning
barchasi zamirida muammoli metodning unsurlari mavjud.
Masalan,   “Fikriy   hujum”   metodining   maqsadi   o‘quvchilarning   dars
jarayonidagi faolligini oshirish, ularni erkin, mustaqil mulohaza yuritishga undash,
hammani   bir   xil   qolipda   fikrlashdan   qutqarish,   ma’lum   mavzu   yuzasidan   har   xil
fikrlarni   to‘plash   va   masalaga   ijodiy   yondashuvni   ta’minlashdan   iborat.   Bu
metoddan boshlang‘ich adabiy ta’limda   foydalanilganda favqulodda, kutilmagan
savol   yoki   topshiriqlar   bilan   o‘quvchilar   loqaydlikdan,   muvozanatdan   chiqariladi
va   ular   bezovta   ruhiyat   bilan   badiiy   muammoga,   o‘quv   topshirig‘iga   “hujum”
qiladilar.   Ya’ni   har   bir   o‘quvchi   o‘z   bilimi,   qobiliyati,   iqtidori,   dunyoqarashi   va
imkoniyatlari   darajasida   uni   hal   etishga   kirishadi.   Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari
o‘z   imkoniyatlari   doirasida   oldilariga   qo‘yilgan   muayyan   masala   bo‘yicha
mulohaza yuritadilar. Bu metoddan foydalanilganda o‘qituvchidan masala atrofida
ishlayotgan,   mulohaza   yuritayotgan   har   bir   o‘quvchi   tomonidan   aytilgan   fikrni
qayd etib borish, har bir ishtirokchining erkinligini ta’minlash, aytilgan fikrlarning
asoslanishini   talab   qilish,   toki   fikrlar   tugamaguncha   bahsni   davom   ettirish   talab
qilinadi.   O‘quvchilar   tomonidan   aytilayotgan   fikrlarni   alohida   baholash,   ularni
tanqid qilish yoki fikrlardan kulish ta’qiqlanadi. 
“Fikriy   hujum”   –   o‘quv   muammolarini   hal   qilishda   keng   qo‘llaniladigan
metod.   U   qatnashchilarning   tasavvurlari,   bor   bilimi   va   imkoniyatlaridan   unumli
foydalanishga yo‘naltirilgan. Mazkur metod o‘quvchi oldiga qo‘yilgan har qanday muammoli masalaga ko‘p sonli yechimlar topishga imkon yaratadi. Boshlang‘ich
adabiy   ta’limni   samarli   tashkil   etish   maqsadida   “Fikriy   hujum”dan
foydalanilganda quyidagi qoidalarga amal qilinadi: 
1. Har   bir   o‘quvchi   bitta   masala   yuzasidan   o‘ta   xilma-xil   mulohazalar
aytishiga   yo‘l   qo‘yiladi.   O‘quvchilarda   kutilmagan   fikr,   favqulodda   g‘oyalar
tug‘ilmasa, qatnashchilar  bir-birlarini takrorlashga majbur bo‘ladilar. 
2. G‘oya   va   fikrlarning   miqdori   rag‘batlantiriladi.  Ma’lumki,   miqdor   odatda
o‘sib   sifatni   keltirib   chiqaradi.   Qatnashchilarga   tasavvurga   erk   berish   imkoniyati
yaratilishi kerak. Bu erkinlik natijasida betakror va kuchli g‘oyalar tug‘iladi. 
3. Har   bir   o‘quvchi   o‘zgalar   g‘oyasiga   asoslanishi   va   ularni   o‘zgartirishi
mumkin. Chunki fikrdan fikr tug‘iladi. Oldin taklif etilgan g‘oyalarni o‘zgartirish,
ko‘pincha, birlamchi fikrdan kuchliroq, yaxshiroq qarashlarni keltirib chiqaradi.
4. Bu   usulni   qo‘llash   jarayonida   baholashlarga   yo‘l   qo‘yilmaydi.   Agar
jarayonning   o‘zida   g‘oyalar   baholanadigan   bo‘lsa,   qatnashchilar   o‘z   fikrlarini
himoya qilishga berilib ketib, yangi fir aytishdan chalg‘iydilar 3 .
Boshlang‘ich adabiy ta’limda “Fikriy hujum” metodidan foydalanish jarayoni
quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
 o‘quvchilar erkin tartibda joylashtiriladi;
 g‘oya va fikrlarni yozish uchun darstaxta yoki varaqlar tayyorlab qo‘yiladi;
 hal etilishi lozim bo‘lgan muammo aniqlanadi;
 ish jarayoni belgilab olinadi: a) g‘oyalar baholanmaydi; b) fikrlashga to‘liq
erk   beriladi;   v)   fikrlar   ko‘p   bo‘lishiga   (miqdorga)   intilinadi;   g)   o‘quvchilar
faoliyati   “ilg‘ab   oling”,   “bilib   oling”,   “g‘oyalarga   asoslaning”,   “qo‘shing”,
“kengaytiring”, “o‘zgartiring” singari chaqiriqlarga asosan uyushtiriladi;
 qo‘yilgan muammo yuzasidan fikrlar so‘raladi va yozib boriladi;
 o‘zgalarning fikrlaridan kulish, kinoyali sharhlar va mayna qilishlarga aslo
yo‘l qo‘yilmaydi;
 varaqlar g‘oya va fikrlar bilan to‘lganda ular ko‘rinarli erga osib qo‘yiladi;
 g‘oyalar tugamaguncha ish davom ettirilaveriladi;
 shundan   so‘ng   yangi,   kuchli,   asosli   va   original   g‘oyalar   o‘qituvchi
tomonidan rag‘batlantiriladi, baholanadi 4 .
Bu kabi ish jarayoni   o‘quvchilarni ruhiy loqaydlikdan chiqaradi, ularning har
birini o‘zicha o‘ylashga, o‘z munosabatini bildirishga majbur qiladi. Yana shu narsa
haqiqatki,   bu   metoddan   foydalanilganda   qo‘llaniladigan   savol-topshiriqlarning
hammasiga sinfdagi barcha o‘quvchi javob berishi shart emas. Aqli etgan, fikri bor
bolalar   javob   beraveradilar,   qolganlar   ular   haqida   mulohaza   yuritadilar,   javob
berolmagan taqdirda ham, fikriy loqaydlikdan chiqadilarki, bu boshlang‘ich adabiy
ta’lim uchun bu katta hodisadir.
Boshlang‘ich   adabiy   ta’lim   jarayonida   foydalanish   mumkin   bo‘lgan
metodlarning yana biri   “6x6” metodi dir. Boshlang‘ich sinflarning “O‘qish kitobi”
darsliklaridan   o‘rin   olgan   adabiy   asarlar   tahlili   jarayonida   mazkur   metoddan
foydalanishda   o‘qituvchidan   pedagogik   mahorat   va   ziyraklik,   guruhlarni   oqilona
shakllantira   bilish   talab   qilinadi.   Bu   metodda   sinfdagi   o‘quvchilar   oltita-oltitadan
3 .  https :// ru . wikipedia . org / wiki .  .    .Википедия Свободная энциклопедия
4 .  https :// ru . wikipedia . org / wiki .  .    .
Википедия Свободная энциклопедия olti guruhga bo‘linadi. Jami 36 o‘quvchi ishtirok etadi. O‘qituvchi istasa guruhlarga
muayyan   nomlar   berishi   ham   mumkin.   Dars   mavzusi   e’lon   qilinib,   ma’lum   vaqt
belgilanadi.   O‘quvchilar   mavzu   atrofida   bahslashadilar,   o‘z   munosabatlarini
bildiradilar.   Mavzu   bo‘yicha   belgilangan   vaqt   yakunlangach,   o‘qituvchi
guruhlarning   a’zolarini   almashtiradi.   Yangi   guruhda   avvalgi   guruhdan   bitta   vakil
qoladi va u o‘z guruhining mavzu yuzasidan chiqargan xulosalarini yangi guruhga
bayon   etadi.   Yangi   guruh   a’zolari   avvalgi   guruhning   fikr   va   xulosalarini
o‘rganadilar, unga o‘z munosabatlarini bildiradilar. Shu tariqa qisqa vaqt oralig‘ida
o‘quvchilar   tomonidan   ham   mavzu   yuzasidan   fikr   bildiriladi,   ham   bu   fikrlar
ularning   o‘zlari   tomonidan   tahlil   qilinadi.   Boshlang‘ich   adabiy   ta’limda   mazkur
metodning qoidalariga to‘liq amal  qilish ancha murakkab kechadi. Shuning uchun
vaziyatga qarab undan ma’lum darajada jo‘nlashtirilgan holda foydalanish masadga
muvofiq bo‘ladi.
Boshlang‘ich   sinflardagi   o‘quvchilardan   kichik   guruhlar   tashkil   etishda
quyidagilarga   amal   qilinadi:   1.   Guruhlar   o‘qituvchi   tomonidan   belgilanadi.   2.
Guruhga rahbarlik qila oladigan o‘quvchi va guruh a’zolari oldindan aniq belgilab
olinadi.   3.   Har   bir   guruhga   zehnli   va   qobiliyatli   hamda   bo‘shroq   o‘zlashtiradigan
o‘quvchilar,   imkon   qadar,   teng   taqsimlashga   harkat   qilinadi.   Guruhlar   bir-biriga
munosib   a’zolar   bilan   to‘ldiriladi   va   vazifalari   belgilanadi.   4.   Guruh   rahbari   va
a’zolariga   vazifalari   tushuntiriladi.   5.   Har   bir   guruh   doira   shaklida   o‘tirishi,
guruhning   har   bir   a’zosi   bir-birini   ko‘rib   turishi   shart.   6.   Ish   jarayonida   har   bir
guruhning   faoliyatiga,   g‘oyalariga   e’tibor   berib   boriladi.   Yaxshi   g‘oya   egalari
rag‘batlantiriladi 5 . 
Bunday   guruhlarni   tashkil   etishdan   avval   kichik   o‘quvchilarning   shu   ishni
bajarishga bilim va malakalari etarliligiga ishonch hosil qilish; guruhlarga aniq yo‘l-
yo‘riqlar  ko‘rsatish;  vazifaning  bajarilishi  uchun etarli  vaqt  ajratish;  o‘z vazifasini
vaqtdan   ilgari   bajargan   guruhning   bandligini   ta’minlashga   tayyor   bo‘lish;
qo‘yiladigan   masala   murakkab   bo‘lganda   guruh   a’zolari   sonini   kengaytirish;
baholash   va   mukofotlash   jarayonining   guruh   a’zolariga   ta’siriga   tayyorlanish;
kuchli guruhlarni mukofotlash; bajarilgan ish natijasini qanday topshirish yo‘llari ni
ma’lum qilish; jamoaning erkinligiga imkoniyat yaratish kerak bo‘ladi.
Bu   metoddan   boshlang‘ich   sinflar   adabiy   ta’limini   tashkil   etishda
foydalanilganda o‘quvchilar guruhini bunday aralash tarzda tashkil etishning salbiy
tomonlari   ham   mavjud.   Ma’lumki,   aralash   guruhlarda   ko‘proq   kuchli   o‘quvchilar
ishlaydi. O‘rtacha va bo‘sh o‘zlashtiradigan o‘quvchilar ularning oldida “yumilib”
qoladilar.   Chunki   vaqt   tig‘iz   bo‘ladi.   Demak,   hamma   o‘quvchilar   darsda   faol
qatnashmaydilar. 
Shuning   uchun   sinfdagi   tez   fikrla b ,   tez   ishlaydigan,   mazkur   o‘quv   fanini
yaxshi  ko‘radigan  o‘quvchilarni  alohida,  yaxshilarni  alohida,   o‘rtachalarni   alohida
va   sekin   fikrlaydiganlarni   alohida   guruhlashtirib,   har   bir   guruhga   o‘zining
imkoniyati   doirasidagi   vazifani   berish   ham   mumkin.   Ma’lumki,   o‘quvchilar
o‘zlariga   o‘xshagan,   bilim   darajasi   bir   xil   bo‘lgan   sinfdoshlari   bilan   yaqin
bo‘ladilar.   O‘z   davralarida   “ochiladi”lar.   Bu   ochilish   ularda   shaxslik   sifatlarining
shakllanishiga   ko‘maklashadi.   Guruhlarning   bilimi   baholanayotganda   urg‘u
5 https :// ru . wikipedia . org / wiki .  .    .Википедия Свободная энциклопедия berilgan topshiriqning qiyinlik darajasiga  qaratiladi. Hamma uchun ajratilgan vaqt
bir   xil,   lekin   topshiriqlarning   darajasi   har   xil.   Gap   shundaki,   hamma   o‘quvchilar
belgilangan   vaqt   oralig‘ida   o‘z   imkoniyatlari   doirasidagi   vazifani   muvaffaqiyatli
uddalaydilar   va   g‘alaba   nashidasini   suradilar.   Bu   nashida   insonning   ruhiy
kamolotini ta’minlaydi. 
Boshlang‘ich   sinflar   adabiy   ta’limida   b adiiy   a sarlarni   har   xil   metodlar
ko‘magida   o‘quv   tahliliga   tortishda,   ular   bilan   ishlashda   o‘quvchilarning
tasavvurlarini   uyg‘otadigan,   mantiqiy   mulohaza   yuritishga   undaydigan,   faqat   o‘z
fikri va xulosasini aytishda  qo‘l ke ladigan savol - topshiriqlar yetakchilik qiladi. Ular
shaklan   muammo   ko‘rinishida   bo‘ladimi,   birgalikda   ishlashga   undovchi   vazifalar
bo‘ladimi,   yakka   ishlash   tartibiga   qaratilganmi   ekani dan   qat’i   nazar,   barchasi
zamirida   o‘quvchining   ma’nan   sog‘lomlashuvi,   ruhiy   erkinligi,   fikr   mustaqilligini
ta’minlash yotishi maqsadga muvofiqdir. 
Kitobxonda tuyg‘ularning junbushga  kelishi  aqlning jim  turishi  degani  emas.
O‘qituvchi   o‘quvchining   tafakkuri   faoliyatsizligiga   yo‘l   qo‘ymasligi   kerak.   Tahlil
qilmay, mohiyatiga kirmay, o‘ylamay badiiy asarni  o‘zlashtirib bo‘lmaydi.  Aynan
shunday   vaziyatda,   aql   va   tuyg‘ular   hamkorligida   bola   tafakkurining   mustaqilligi,
dunyoqarashining   kengligi,   bilimlarni   mustaqil   o‘zlashtirish   jarayoni   kechadi.
Mustaqil ishlash asnosida mantiqiy va obrazli tafakkur ham rivojlanadi. Ta’limning
mantiqiy   metodlari   ham,   interfaol   metodlari   ham   o‘quvchilar   mustaqil   fikrini
o‘stirish, shu asnoda ma’naviy komillik yo‘lini tutish maqsadiga xizmat qiladi.
“BOShLANG‘ICh ADABIY TA’LIMGA XOS BO‘LGAN O‘QITISh
METODLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI”
Boshlang‘ich adabiy ta’limda evristik metoddan foydalanib belgilangan
maqsadga erishish uchun o‘qituvchi:
Boshlang‘ich adabiy ta’limni samarli tashkil etish maqsadida “Fikriy
hujum”dan foydalanilganda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:ўқувчилардан 
хaбaрдорликни тaлaб 
қилувчи сaвол ва 
топшириқлaр қўйиши; 
тaққослaб ўзлаштириш 
учун мaтериaллaр 
тaқдим этиши; 
белгиланган мақсадга 
йўналтирувчи 
фaрaзлaрни илгaри 
суриши;  бадиий асрнинг 
дидактик тaҳлилигa 
йўнaлтириши;  кузaтишга 
йўналтирилган савол ва 
топшириқлaр бериши;  улaрни тaсдиқловчи 
тaжрибaлaр қилиши;  муaммоли сaвол ёки 
топшириқлaр қўйиши; 
савол ва топшириқлар 
кўмагида муaммоли 
вaзиятлaр ҳосил 
қилиши керак бўлaди.                   Boshlang‘ich adabiy ta’limda “Fikriy hujum” metodidan foydalanish
jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Badiiy matn tahlili namunasi:
To‘rtinchi sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan “O‘qish kitobi” darsligida Anvar
Obidjon qalamiga mansub “Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak” taqdim etilgan 6 .
6   O ‘ qish   kitobi .   Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sin uchun darslik. /S. Matchonov va bq. –Ҳaр бир ўқувчи биттa мaсaлa юзaсидaн ўтa хилмa-хил мулоҳaзaлaр айтишигa 
йўл қўйилaди. Ўқувчилaрдa кутилмaгaн фикр, фaвқулоддa ғоялaр туғилмaсa, 
қaтнaшчилaр  бир-бирлaрини тaкрорлaшгa мaжбур бўлaдилaр. 
Ғоя вa фикрлaрнинг миқдори рaғбaтлaнтирилaди. Мaълумки, миқдор 
одaтдa ўсиб сифaтни келтириб чиқaрaди. Қaтнaшчилaрга тaсaввургa эрк 
бериш имконияти ярaтилиши керaк. Бу эркинлик нaтижaсидa бетaкрор вa 
кучли ғоялaр туғилaди. 
Ҳaр бир ўқувчи ўзгaлaр ғоясигa aсослaниши вa улaрни ўзгaртириши мумкин. 
Чунки фикрдaн фикр туғилaди. Олдин тaклиф этилгaн ғоялaрни ўзгaртириш, 
кўпинчa, бирламчи фикрдaн кучлироқ, яхшироқ қарашлaрни келтириб 
чиқaрaди.
Бу усулни қўллaш жaрaёнидa бaҳолaшлaргa йўл қўйилмaйди. Aгaр 
жарaённинг ўзидa ғоялaр бaҳолaнaдигaн бўлсa, қaтнaшчилaр ўз фикрлaрини 
ҳимоя қилишгa берилиб кетиб, янги фир aйтишдан чалғийдилaрўқувчилaр эркин 	
тaртибдa 	
жойлaштирилaди;	
ғоя вa фикрлaрни ёзиш 	
учун дaрстaхтa ёки 
вaрaқлaр тaйёрлaб 	
қўйилaди;	
ҳaл этилиши лозим 	
бўлгaн муaммо 
aниқлaнaди;	
иш жaрaёни белгилaб 	
олинaди	
қўйилгaн муaммо 
юзaсидaн фикрлaр 
сўрaлaди вa ёзиб 	
борилaди;
ўзгaлaрнинг 	
фикрлaридaн кулиш, 
кинояли шaрҳлaр вa 
мaйнa қилишлaргa 
aсло йўл қўйилмaйди;	
вaрaқлaр ғоя вa 
фикрлaр билaн 
тўлгaндa улaр 	
кўринaрли eргa осиб 	
қўйилaди;	
ғоялaр тугaмaгунчa иш 	
дaвом 	
эттирилaверилaди	;	
шундaн сўнг янги, 
кучли, aсосли вa 
оригинaл ғоялaр 
ўқитувчи томонидaн 
рaғбaтлaнтирилaди, 	
бaҳолaнaди                  Mazkur adabiy ertak mazmuniga diqqat bilan yondashilsa, unda bugungi chinakam
hayotiy haqiqatlar aks etganini ko‘rish mumkin. Ertak o‘z mazmun-mohiyati bilan
nafaqat   bolalar,   balki   kattalarni   ham   hayratga   soladi.   Jamiyatdagi   illatlar   ertak
shaklida, hayvonlar timsolida yoritilgan. Darslikda taqdim etilgan: “ Matnni ifodali
o‘qing   va   bo‘riga   xos   xislatlarni   aniqlang.   Quyon   bilan   To‘ng‘izchaning   qochib
qolishi   sababini   izohlang.   Bo‘rining   shum   taqdirini   «qilmish-qidirmish»   deb
baholash   mumkinmi?   Ertakka   yana   qanday   sarlavha   qo‘yish   mumkin? ”   tarzidagi
yuzaki savol va topshiriqlar bilan asarda ilgari surilgan haqiqatlarning mohiyatiga
kirib bo‘lmaydi.
  Adabiy   ertakni   “6x6”   metodidan   foydalangan   holda,   undagi   yetakchi
fikrlarni   o‘quvchilar   oldiga   murakkab,   mustaqil   mulohaza   va   munosabat   talab
qiladigan   savol-topshiriqlar   shaklida   qo‘yish,   o‘quvchilarni   umumlashgan   holda
bu haqiqatlarning mohiyatiga o‘zlari kirishlariga yo‘naltirish ishlarini quyidagicha
amalga   oshirish   mumkin.   Avval   o‘quvchilar   oltita-oltitadan   to‘rt   guruhga
taqsimlanadi.   Bir   guruhga   eng   kuchli,   saviyasi   nisbatan   baland,   badiiy   so‘zga
moyilligi   bor   bolalar,   ikkinchisiga   o‘z   mustaqil   fikriga   ega   bo‘lgan,   barcha
fanlardan   a’lo   va   yaxshi   o‘qiydigan     o‘quvchilar,   uchinchi   guruhga   o‘rtacha
bilimga   ega   bo‘lgan   o‘g‘il-qizlar   va   to‘rtinchisiga   o‘yinqaroq   tarbiyalanuvchilar
jamlanadi. So‘ngra o‘qituvchi matnni ifodali qilib o‘qib beradi. O‘qituvchi darsga
tayyorlanish   asnosida   har   bir   obrazning   gapirish   ohangini   uning   tabiati,   adabiy
ertakdagi holatidan kelib chiqib belgilab olgani ma’qul. Har bir timsolni o‘z ovozi
bilan ifodalash asarning ta’sir kuchini oshirishini o‘qituvchi bilishi kerak.
Birinchi kuchli guruhga: “Har bir obraz: bo‘ri, quyon, to‘ng‘iz va sherga xos
bo‘lgan   xarakter-xususiyatlarni   odamlarga   ko‘chiring.   Ular   qanday   odamlar
timsoli   ekani   va   har   birining   tabiatini   tahlilga   torting.   O‘zingizni   kuzating.
Tabiatingizdagi yetakchi sifatlarni aniqlang”.
Ikkinchi   guruhga:   “Quyon   bilan   to‘ng‘izchaning   bo‘ri   changalidan   qutulib
qolishlari   sababi   haqida   o‘ylab   ko‘ring.   Ularni   bo‘ridan   qutqarib   qolgan   sifatini
topishga   urinib   ko‘ring.   Har   ikkala   hayvonga   xos   bo‘lgan   bu   sifat   nima?   U
fazilatmi yoki illatmi? Fikringizni asoslang”.
Uchinchi   guruh   a’zolariga:   “Shuncha   ayyorligi   bilan   tulkining   bo‘riga   em
bo‘lgani   sabablari   haqida   matnga   tayanib   mulohaza   qiling.   U   doktor   bo‘riga   em
bo‘lishdan qutulib qolishi mumkinmidi? Qanday qilib va qaysi holatda?”
To‘rtinchi,   o‘yinqaroq   bolakaylar   guruhiga:   “Sher   bilan   Bo‘ri   suhbatidagi
boshqalardan   farqli   jihatlarni   toping.   Buning   sabablarini   ochib   bering”   singari
murakkab, avvaldan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlar tarqatiladi.
Birinchi,   kuchli   o‘quvchilar   guruhiga   berilgan   topshiriqlar   umumlashgan
holda  o‘quvchilardan  ham   aqliy,  ham   ruhiy  zo‘riqishni   talab   qiladi.  Bu   topshiriq
ustida   ish   boshlashdan   avval   bolalar   har   bir   obrazga   xos   bo‘lgan   xarakter-
xususiyatlarni   aniqlab,   yozib   olishlari   kerak   bo‘ladi.   Buning   uchun   ular   matnga
qayta   murojaat   qiladilar:   Bo‘ri   –   “ Er   go‘yo   ters   aylandi   Tabiblikka   o‘rmonda
Yirtqich   Bo‘ri   saylandi.   Ana   qarang   tish   qayrab   O‘tirar   shum   shifokor.   Yo‘lga
boqar   jovdirab,   Tezroq   kelsa   deb   bemor ”   satrlari,   hamda   har   bir   bemor   bilan
suhbatdagi   bilimsizligi   bilan   bog‘liq   xulosalari,   ayniqsa,   tulkining   kasallik
T.: «Yangiyo‘l poligraf servis», 2017. – 71–75-b.  varaqasiga: « Qo‘lin tirnab bo‘ztikan,  Tulki keldi notetik. Ahvoli og‘ir ekan, chora
topmadik... Edik! » deb yozib qo‘yganlari zamiriga kasbiy “savodxon”ligi sifatlari
berkitilganini; Quyonga xos bo‘lgan sifatlar – “ Keldi ingrab Quyonvoy, Shalvirab
ding   qulog‘i.   Qadamlari   poyma-poy,   (Balki,   tortmas   oyog‘i) ”,   “ Dikkaytirib
dumini,   Qochib   qoldi   tez   Quyon”   satrlarida   aks   etganini;   To‘ng‘izcha   tabiatiga
singdirilgan   sifatlar   –   “ Keyin   og‘rib   tomog‘i,   Keldi   yig‘lab   yosh   To‘ng‘iz”   va
“Fursat   poylab   To‘ng‘izcha   Rostlab   qoldi   juftagin”   satrlarida   ifodalanganini;   va
nihoyat   Sherga   xos  bo‘lgan  so‘zlashuv   ohangi   hamda  buning  zamirida   aks  etgan
xarakter-sifatlar kashf etiladi va odamlarga ko‘chiriladi. Guruh a’zolari mana shu
masalalar   atrofida   o‘z   saviyalari   doirasida   o‘zaro   mulohaza   yuritadilar,   fikr-
munosabatlarini   aytib   o‘zlariga   topshirilgan   loyihani   o‘qituvchisi   va   o‘rtoqlariga
namoyish   qiladilar.   O‘qituvchi   guruh   a’zolarining   faoliyatini   muhim   nuqtalarga
yo‘naltirish   maqsadida:   “O‘ylab   qo‘ringlarchi,   Bo‘rining   tabib   bo‘lishiga   erning
teskari   aylanishining   nima   aloqasi   bo‘lishi   mumkin?   Bo‘rining   bemor   kutib
javdirab o‘tirishini, sizningcha, nimalarga o‘xshatish mumkin? Bo‘rining bilimsiz
shifokor ekanini uning qaysi gaplaridan anlash mumkin, sizningcha? Har biringiz
o‘z   tabiatingizni   taftish   qiling:   kimga   o‘xshaysiz?   Nimangiz   bilan?”   va   hk.
yordamchi savol yoki topshiriqlarni o‘rtaga tashlab turadi. 
Ikkinchi   guruh   a’zolari   Keldi   ingrab   Quyonvoy,   Shalvirab   ding   qulog‘i.
Qadamlari   poyma-poy,   (Balki,   tortmas   oyog‘i) ”,   “ Dikkaytirib   dumini,   Qochib
qoldi   tez   Quyon”   satrlaridan   Quyonning   xarakteriga   xos   bo‘lgan   xususiyatlarni
aniqlaydilar. So‘ngra bilimsiz Bo‘rining:  “ Biqin qolib, tekshirdi  Quyonning chap
ko‘zini.   –   Kechikamiz   dingquloq,   Ko‘rmasak   tez   chora   gar.   Oshqozoning   sal
chatoq,   Buni...   «tumov»   deydilar.   Biz   tabiblar   bu   dardni   Juda   yaxshi   bilamiz.
Qorning yorib, sen mardni – Muolaja qilamiz ” tarzidagi tibbiy xulosalari Quyonni
qo‘rqitib   yuborganini,   yoki   tomog‘i   og‘rib   kelgan   To‘ng‘izchaning:   “ Ushlab
ko‘rib oyog‘in, Bo‘ri dedi: – Voh, essiz!.. Tomoq og‘riq boshlanar O‘ng oyoqning
payidan.   Kesib   olsak   soz   bo‘lar,   Go‘shtlikkina   joyidan”   tarzidagi   “muolaja”lari
asosida   paydo   bo‘lgan   qo‘rquv   Quyon   va   To‘ng‘izchani   Bo‘rining   changalidan
qutqarib   qolganligini   aytadilar.   O‘qituvchi   guruh   a’zolarini   maqsad   sari
yo‘naltirish   uchun   ularga:   “Qo‘rqoqlik   fazilatmi   yoki   illatmi?   Quyon   va
To‘ng‘izchaning   holatida   har   ikkalasiga   xos   bo‘lgan   qo‘rqoqlik   kimga   foydali
bo‘ldiyu   kimga   zarar   bo‘ldi?   Nima   uchun?   Sizning   tabiatingizda   qo‘rqoqlik
bormi?   Siz   ham   doktorlardan   qo‘rqasizmi?”   singari   qo‘shimcha   savol   va
topshiriqlarni o‘rtaga tashlaydi. 
Uchinchi   guruhdagi   sheriklar   Tulkining   ayyor   bo‘lishiga   qaramay   Bo‘riga
yem bo‘lganining sabablari haqida birgalashib mulohaza yuritadilar. Asarni qayta
o‘qib   Bo‘rining:   “Shoshmay   turgin,   muttaham!”   Der   Bo‘rivoy   ichida.   –   Ko‘z
tegmasin,   O‘zing   ham   etilibsan-da   juda...   Dardingni   bilay   tishlab,   Beri   kel-chi,
jon   inim ”   tarzidagi   fikrlari ,   “...Shunday   qilib,   dil   xushlab,   Bo‘ri   edi   Tulkini ”
shaklidagi axborot-xabar aks etgan satrlar mazmunidan kelib chiqib o‘z oldilariga
qo‘yilgan   masalani   hal   etish   ustida   birgalikda   izlanadilar.   O‘qituvchi:   “O‘ylab
ko‘ringchi,   nega   Bo‘ri   Tulkini   “muttaham”   deb   atadi?   Uning   muttahamligini
nimalarda   ko‘rish   mumkin?   Nima   deb   o‘ylaysiz,   nega   Tulki   Quyon   yoki
To‘ng‘izchaga o‘xshab qochib qolmadi? U botirmidi yoki buning boshqa sabablari bormidi? Nima deb o‘ylaysiz, nega tulki har doimgi ayyorligini ishga solib o‘zini
qutqarmadi?” singari yordamchi  savollar bilan guruh a’zolarini asosiy masaladan
chalg‘ib ketmaslikka yo‘naltirib turadi.
To‘rtinchi   guruhdagi   o‘yinqaroq   bolakaylar   Sher   timsolida   o‘zlarini
ko‘radilar.   Ularning   mana   shu   o‘yinqaroqliklari   zamirida   Sherga   xos   sifatlarning
ma’lum belgilari yashiringan bo‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari, asardagi eng
kuchli   qahramonni   kashf   etish   vazifasining   ularga   topshirilganligi   guruh
a’zolarining g‘ururini uyg‘otadi. Ular o‘zlarini boshqalardan ortiqroq his qiladilar.
Mana shu tuyg‘ular ularni masalaning yechimini topishga undaydi. Ular barchasi
birgalikda   Bo‘ri   bilan   Sher   o‘rtasidagi   suhbatni   qayta   o‘qiydilar.   Bo‘rining
laganbardorlik   bilan   qilgan   tutumlari   va   muomalasi,   Sherning:   “ –   Yaxshi   emas,
har   holda,   Quvvatdorni   izlasam.   Shoh   bo‘lsam-u,   Shoqolday     o‘rmonda   giz-
gizlasam.   Qo‘ldan   berib   imkonni,   So‘ng   yurarman   armonda     Sendan   semiz
hayvonni   Topish   mushkul   o‘rmonda.   Qadrlayman   men   har   choq   Tabiblarning
so‘zini,   Totmoqchiman   hoziroq   Quvvatdori   tuzini ”   shaklidagi   iqrori   asosida   har
ikkala qahramonning fazilat va illatlarini, Bo‘rining asl basharasini kashf etadilar.
O‘qituvchi:   “O‘ylab   ko‘ringchi,   nega   Bo‘ri   Quyon,   To‘ng‘izcha   va   Tulkiga
boshqacha,   Sherga   boshqacha   muomala   qildi?   Sher   Bo‘rini   eb   qo‘ygani   haqida
ertak   matnida   hech   narsa   deyilmagan.   Buni   nimadan   payqash   mumkin,
sizningcha?” singari yordamchi savollar bilan bolalarga yo‘nalish berib yuborishi
mumkin.
Har   bir   guruh   a’zolari   o‘z   oldilariga   qo‘yilgan   masalalarni   o‘z   saviyalari
darajasida   ochishga   harakat   qiladilar,   chiqarganlari   xulosalarini,   kashf   etgan
haqiqatlarini o‘qituvchisi va o‘rtoqlari oldida birgalikda namoyish etadilar. Har bir
guruhning   asar   matnidan   topganlari   haqiqatlar   o‘zlarining   yutuqlari.   Ular   o‘z
topildiqlariga   o‘zaro   hamkorlikda,   o‘zlarini   ham   aqlan,   ham   ruhan   zo‘riqtirib
erishdilar.   Bu   har   bir   guruh   a’zolarining   hamkorlikda   topgan     o‘z   haqiqati,   o‘z
kashfiyoti.   O‘qituvchidan   tayyor   holda   eshitgandan   ko‘ra   o‘zlari   izlanib,   mehnat
qilib   topgan   badiiy   haqiqatlari,   hayotiy   xulosalari   samarasi   yuqori   bo‘lishi,
o‘zlariga yuqumli bo‘lishi aniq. Bundan tashqari, o‘quvchilarning har biri o‘zlarini
ertakdagi   qahramonlar   bilan   taqqoslab   ko‘radilar,   doktorlardan,   ayniqsa,   tish
doktordan   qo‘rqishlarini   tan   oladilar,   ruhiyatlari   qa’rida   Sherga   o‘xshashga,
doktorlardan   qo‘rqmaslikka   havas   qiladilar.   Bu   havas   ularni   yuqoriga   etaklashi
aniq.
Dars so‘ngida bolalarga uy vazifasi sifatida har bir guruh a’zosi o‘zlari tahlil
qilgan   adabiy   ertak   qahramoni   suratini   chizishni,   qo‘llaridan   kelsa   ertakdagi
epizodlarni   tasvirlashni   topshirish   mumkin.   Keyingi   darsda   surat   chizib   kelgan
bolalarni o‘z yaratiqlarini o‘qib berishga undash lozim.

O‘qitish metodlari va boshlang‘ich adabiy ta’limda ulardan foydalanish Reja: 1. Ta’lim metodlari va ularning yetakchi xususiyatlar i 2. Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida metodlar 3.Badiiy matn tahlili namunasi: Anvar Obidjon qalamiga mansub “Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak” asari. Tayanch so‘zlar: suhbat metodi , evristik metod , taqqoslash metodi , induktiv va deduktiv metodlar , fikriy hujum , 6x6” metodi. Ta’lim metodlari va ularning har biriga xos bo‘lgan yetakchi xususiyatlar bilan “Umumiy pedagogika” kursida batafsil tanishiladi. Shu bois mazkur darslikda, talabalarni takrorlardan qo‘rg‘ash maqsadida faqat boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limi samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladigan mantiqiy metodlar va ulardan foydalanish yo‘llari haqida fikr yuritiladi. Boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarida o‘quvchilar ma’naviyati sog‘lomlashuviga xizmat qiladigan mantiqiy – suhbat, evristik, tadqiqot, taqqoslash, induktiv, deduktiv metodlar bilan birga “fikriy hujum”, “6x6” nomli interfaol metodlardan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Boshlang‘ich adabiy ta’limni to‘g‘ri tashkil etish bu jarayonning o‘quvchilar ishtirokida o‘qituvchi tomonidan emas, balki o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan o‘qituvchi ishtirokida amalga oshirilishini nazarda tutadi. Shu asosga qurilgan zamonaviy suhbat metodi o‘quvchi ma’naviyatini sog‘lomlashtirish, dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni o‘zlashtirish, mantiqiy va mustaqil tafakkurini ta’minlashda qo‘l keladigan metodlardan biridir. A. Tojievning “Adabiyot darslarida suhbat” kitobida bu metodning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan 1 . O‘qish darslaridagi suhbatlarda ishtirok etgan boshlang‘ich sinf o‘quvchisi o‘z fikrlarini muhokama qiladi, qarashlarini so‘z bilan ifodalashga tayyorlanadi. U fikrning aniq va muayyan maqsadga yo‘naltirilishini ta’minlaydi. Suhbat jarayonida o‘quvchida o‘z fikrini aytish, uning to‘g‘riligiga hamsuhbatlarini ishontirish ehtiyoji tug‘iladi. O‘quvchini o‘z fikrini isbotlash uchun asar matnidan dalillar topa bilish, misollar keltirish ko‘nikmasini egallashga yo‘naltirish, uni e’tiroz bildirishga, qarshi fikrlar ayta olishga odatlantira borish suhbat metodining talablaridan biridir. Bu metod kichik o‘quvchilarni hamsuhbatni eshitish, munozarada ishtirok etishga o‘rgatadi, o‘z bilimini chuqurlashtirishga ehtiyoj paydo qiladi, qiziqishlari doirasini kengaytiradi. “O‘qish kitobi” darsliklaridan o‘rin olgan adabiy asarlar tahliliga yo‘naltirilgan suhbatlar o‘quvchiga nafaqat bilimlar beradi yoki tarbiyalaydi, balki uni aqliy faoliyatga ham yo‘naltiradi. To‘g‘ri tashkil etilgan suhbatlar xotirani, kuzatuvchanlikni, tasavvur va hissiyotni faollashtirishga sharoit yaratadi. Oqilona tashkil etilgan suhbatlar davomida har bir o‘quvchining individual jihati namoyon bo‘ladi. O‘qish darslarida tashkil etilgan bunday suhbatlarda bitta masala bo‘yicha bir nechta o‘quvchi, ba’zan butun sinf fikr aytishi mumkin. Bu jarayonda o‘qituvchi barcha o‘quvchilarning faoliyatini kuzatib boradi, suhbatni maqsad sari yo‘naltiradi, bu bilan o‘quvchilarning o‘zlari ishlashlari uchun sharoit yaratadi. 1 . . – .: « », 1997.Тожиев А Адабиёт дарсларида суҳбат Т Ўқитувчи

Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limini maqsadga muvofiq tarzda tashkil etishda qo‘llaniladigan suhbat metodining asosiy talablaridan biri – savollarning shakl tomonidan ham, mazmun jihatidan ham har xil bo‘lishi. Kichik o‘quvchiga bir xil narsa bilan uzoq shug‘ullanish o‘ta salbiy ta’sir qiladi. Suhbat uchun savollar tayyorlayotganda o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘ylantiradigan, mustaqil ravishda mulohaza yuritishga undaydigan jihatlar yetakchilik qilishini, sinfdagi barcha o‘quvchilarning rivojlanganlik darajasini nazardan qochirmasligi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, suhbat uchun tuzilgan savollar o‘quvchi ruhiy faoliyatining xilma-xilligini ham ta’minlashi kerak. O‘quvchining savolga javob berish uchun o‘ylanishi, eslashi, tasavvur qilishi, izlanishi unda shaxslik sifatlari shakllanishida juda foydalidir. Suhbat uchun tuzilgan savollar orasida o‘zaro kuchli mantiqiy aloqa bo‘lishi kerak. Savol ko‘magida asardan o‘quvchi tomonidan kashf qilingan mantiq bilan asar muallifi fikrlari murakkab yaxlitlikni tashkil etishiga e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Boshlang‘ich adabiy ta’limda tashkil etilgan suhbatlar davomida kichik o‘quvchi asar haqidagi dalillarni aniq bilgandagina o‘z qarashlarini aytishi mumkin. Lekin ko‘pincha, bunday vaziyatlarda bilimning, dalilning o‘zi kamlik qiladi. O‘quvchi asarni o‘qituvchisi ko‘magida mustaqil tahlil qila bilishi, xulosalar chiqara olishi kerak bo‘ladi. Asar matni yuzasidan izlanishga undaydigan savol-topshiriqlar ham shunga qaratilishi lozim. Yaxshi savol ahamiyatli, keng qamrovli, o‘ylashga, his qilishga, izlanishga majbur etadigan, kashfiyotlar qiladigan, tasavvur uyg‘otadigan bo‘ladi. Jaloliddin Rumiy hazratlari: “Yaxshi savol yarim bilimdir”,- deb bejiz aytmagan. Quyi sinflar adabiy ta’limida tashkil etiladigan suhbatlarda bilim berish ustuvorlik qilmaydi. Balki kichik o‘quvchilarda olingan bilimlar, o‘zlashtirilgan fazilatlarni mustahkamlash, munosabat bildirish, tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalash, uni asoslash, o‘z fikrida tura bilish xususiyatlari tarbiyalanadi. O‘qituvchidan birinchi savoldan keyin o‘quvchilar kayfiyatini ilg‘ab olish, savol tushunarli bo‘lganini his qilgan holda suhbatni yangi-yangi yo‘nalishlarga burish talab qilinadi. Suhbat metodi asosida tashkil qilingan darsning ichki tartibi shu tariqa yaratiladi. Badiiy bitiklar tahliliga qaratilgan suhbatni muvaffaqiyatli tashkil etishning shartlaridan yana biri – o‘quvchilarning javoblariga e’tibor va hurmat bilan yondashishdir. Javob berayotgan o‘quvchining fikrlari ba’zan chalkashib ketishi yoki noaniq bo‘lishi tabiiy. O‘qituvchining vazifasi uni butun sinfga tushunarli qilib aytib berish emas. Bu adabiy ta’lim metodikasida mutlaqo noto‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. O‘quvchi aytmoqchi bo‘lgan fikrini qiynalib, izlanib, munosib so‘zlarni topib, o‘zi ifodalashi kerak. Uni boshidan shunga o‘rgatish lozim. O‘quvchining fikrini aytishga o‘rinsiz ko‘maklashish uni o‘ylamaslikka o‘rgatib qo‘yadi. Agar yordam berish kerak bo‘lsa, qo‘shimcha savollar bilan o‘quvchining o‘z fikrini aniqroq ifodalashiga ko‘maklashish mumkin. O‘qish darslarida tashkil etilgan suhbat jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari samaradorligi nafaqat savolning to‘g‘ri qo‘yilishi, balki o‘qituvchining har xil xarakterdagi javoblar orasida o‘zini yo‘qotmay suhbatni boshqara bilishiga ham bog‘liq. Yaxshi tashkil qilingan suhbatlarda o‘qituvchi-

o‘quvchilar fikr va qarashlari bilan hisoblashadigan teng huquqli suhbatdoshlarga aylanadilar. O‘qituvchi o‘quvchi javoblaridagi silliqlikni birinchi o‘ringa ko‘tarmasligi kerak. O‘qituvchining o‘quvchi javoblarini muntazam ravishda tuzatib, to‘ldirib borishi ham noto‘g‘ri. Albatta, o‘quvchining xulosasi o‘qituvchining fikridek to‘kis bo‘lmaydi. U to‘mtoq, jo‘n, jaydari, tarqoq bo‘lsa ham adabiy ta’lim amaliyoti uchun olimnikidan qadrliroq, o‘qituvchinikidan qimmatliroqdir. Chunki o‘quvchi hech kimni – muallifni ham, muallimni ham takrorlayotgani yo‘q. Bu o‘quvchining o‘z mustaqil fikri, o‘z xulosasi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchining fikr ifodalashida mantiq, madaniyat va bilimni ta’minlash, boshqalarning fikriga munosabatda aytganlari uchun javob bera olish hissini tarbiyalashdan iboratdir. Boshlang‘ich adabiy ta’limga olib kirilayotgan zamonaviy suhbatlar – bu ovoz chiqarib mulohaza yuritish, bir savol atorfida birgalikda o‘ylash, ovoz chiqarib his etishdir. O‘quvchilar hamisha ham tuyg‘ularini so‘z vositasida ochiq ifodalayvermaydilar. Asl tuyg‘ularning tabiati shunaqa, ularni hamisha ham so‘zga ko‘chirib bo‘lmaydi. Tortishuvlar uchun vaziyat yaratish suhbat jarayonida o‘quvchilarni faollashtirishning muhim shartlaridan biridir. Badiiy matnlar mazmuni yuzasidan tashkil etiladigan suhbat jarayonida o‘qituvchining diqqati faqat bir nechta o‘quvchiga qaratilib qolsa, jamoa suhbati buziladi. Qolgan o‘quvchilar tezgina “tinglovchi”lik mavqeiga o‘tib oladilar. Sinfda “suhbatda faqat a’lochi o‘quvchilar qatnashadi” degan qarash shakllanib qoladi. Chinakam suhbat o‘qituvchi savol berib, birinchi bo‘lib javob bergan o‘quvchining fikri bilan chegaralanib qolmay, boshqa o‘quvchilarning mulohazalari bilan ham qiziqish, barcha o‘quvchilarning fikrlarini eshitib bo‘lgachgina javoblar sifatini baholash bo‘lgan joyda amalga oshadi. Suhbatlarda o‘quvchilar o‘zlarini teng huquqli suhbatdoshlar darajasida his qilgandagina boshlang‘ich adabiy ta’limning maqsadiga erishish mumkin bo‘ladi. Suhbatdagi tenglik, shu bilan birga undagi tabiiylik, samimiylik, erkinlikni o‘qituvchi tashkil etadi. Matndagi muhimlarni anglashga yo‘naltirilgan umumiy savol ba’zan ayrim yo‘naltiruvchi qo‘shimcha savollarni ham taqozo etadi. Buni o‘qituvchi vaziyatga qarab ilg‘ab olishi va yo‘naltiruvchi qo‘shimcha savollarni tashkil eta bilishi lozim bo‘ladi. Asarlar tahliliga bag‘ishlangan suhbatlarning yakunlangani savolning kun tartibidan tushib qolishi degani emas. Aksincha, o‘qituvchi tomonidan yaxshi tashkil qilingan suhbatning yakunlanishi sinfda muhokama qilinadigan yangi- yangi savollarning tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Suhbat o‘zining tabiiy kuchi, samimiy insoniy muloqotga asoslanganligi bilan ahamiyatlidir. Boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarini adabiy ta’limning maqsadiga muvofiq tashkil etishda suhbat metodini qo‘llash o‘quvchi tafakkuri va bilim olishdagi mustaqilligining nisbatan baland darajasini ta’minlashi lozim. Mazkur metodda o‘qituvchining vazifasi o‘zlashtirilgan axborotlarni yodga soladigan, ma’lum maqsadga xizmat qiladigan, ayni zamonda qiziqarli, bilimlarni yangi vaziyatga muvofiqlashtirish va qayta ishlashga yo‘llaydigan, xulosa chiqarishga undaydigan, chiqarilgan xulosalarni asoslashni talab qiladigan tarzdagi savol va topshiriqlarni tuzishdan iborat. O‘quvchining faoliyati esa vaziyatni tahlil etish, o‘zlashtirilgan

axborotlarni yodga soladigan savollarni qayd etish, ularga javob izlash, javob berish, yarim mustaqil va mustaqil xulosalar chiqarish, fikrlarini asoslashdan iborat bo‘ladi. “O‘qish kitobi” darsliklaridan o‘rin olgan badiiy matnlarni o‘rganishda qo‘llanadigan suhbat metodi nafaqat o‘qituvchining o‘quvchilar jamoasi bilan, balki o‘quvchilarning o‘zaro dialogik hamkorligini ham nazarda tutadi. Bu metodning mohiyati o‘qituvchi tomonidan o‘quv materialidagi yetakchi, o‘quvchi ko‘nglidan o‘tsa u erda o‘zidan ijobiy iz qoldirishi mumkin bo‘lgan qarashlarni qiziqarli tarzda savol yoki topshiriqqa aylantira bilish, o‘quvchilarni javob topish yo‘llarini izlashga, bilim va ma’naviy sifatlar, xulosa, qonuniyat va qoidalarning bolalar tomonidan qayta kashf etilishiga, tarbiyalanuvchilarini yaratish lazzatini tuyishga jalb qilishdan iboratdir. Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida o‘quvchi ma’naviyatini tozartirishga xizmat qiladigan metodlardan yana biri evristik metod dir . Bu metodning nomi yunoncha izlayman, topaman degan ma’nolarni anglatadigan “ heurisko ” so‘zidan olingan bo‘lib, mahsuldor ijodiy fikrlash jarayonini, hayotiy va badiiy haqiqatlarni o‘quvchilar mustaqil kashf etishlarini tashkil qila bilishni nazarda tutadi. Kichik o‘quvchilar ma’naviy kamolotini ta’minlashda qo‘l keladigan evristik metod tarbiyalanuvchilarning oldiga yo‘naltiruvchi masalalar qo‘yish, tekshirish, hal etish, aks savollar vositasida o‘qitish usuli hisoblanadi. O‘qish darslarida evristik metoddan foydalanganda o‘qituvchi o‘quv materialining suhbat metodida foydalangan tizimini to‘liq qo‘llashi mumkin. Faqat uning tarkibi qo‘shimcha bilim olishga yo‘naltiradigan savollar bilan to‘ldiriladi. Evristik metod suhbat metodida bo‘lgan barcha usullarning birgalikda qo‘llanilishini taqozo etadi. Bu metodda yetakchilik qiladigan savol va topshiriqlar qo‘zg‘otuvchi ahamiyat kasb etadi. Bunday asosdagi suhbat tizimi jarayonni kuzatish, savollarga javob berish, ma’lumot olish, topshiriqni bajarish, xulosa chiqarish va xulosalarni taqqoslash yo‘lga qo‘yilganda o‘quvchilarning fikrlash hamda bilimlarni mustaqil egallash ko‘nikmasi rivojlanib boradi. O‘quvchilar taqqoslash, tahlil qilish, dalillar keltirish bilan birga ma’lum umumlashmalar qiladilar, farazlarni ilgari suradilar, zarur ashyolar, materiallar to‘playdilar, xulosalar chiqaradilar, o‘z faoliyatini rejalashtiradilar. Bu o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtrishdagi faolligini oshiradi. Boshlang‘ich adabiy ta’limda evristik metoddan foydalanib belgilangan maqsadga erishish uchun o‘qituvchi: – o‘quvchilardan xabardorlikni talab qiluvchi savol va topshiriqlar qo‘yishi; – taqqoslab o‘zlashtirish uchun materiallar taqdim etishi; – belgilangan maqsadga yo‘naltiruvchi farazlarni ilgari surishi; – ularni tasdiqlovchi tajribalar qilishi; – kuzatishga yo‘naltirilgan savol va topshiriqlar berishi; – badiiy asrning didaktik tahliliga yo‘naltirishi; – muammoli savol yoki topshiriqlar qo‘yishi; – savol va topshiriqlar ko‘magida muammoli vaziyatlar hosil qilishi kerak bo‘ladi. Bu metodda tashkil qilingan o‘qish darslarida o‘quvchilarning faoliyati

bilimlarni vaziyatga muvofiq qo‘llash, taqqoslash, farazlarni ilgari surish va asoslash, kuzatish, farazning to‘g‘riligini tekshirish, tajriba tahlili, bilimlarni o‘zgargan vaziyatlarda qo‘llash, dalillar keltirish, umumlashtirish, mustaqil amaliy ishlar tahlilini amalga oshirish, muammoli masalani hal etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Evristik metodda tashkil etilgan o‘qish darslarida kichik o‘quvchilarga taqdim etilgan savol, topshiriq va ko‘rsatmalar ogohlantiruvchi xususiyat kasb etishi ham maqsadga muvofiqdir. Ya’ni bunday savol va topshiriqlarning bajarilishi oldindan mazkur bosqichga moslab qo‘yiladi yoki uning yechimi davomida o‘rtaga tashlanadi. Boshlang‘ich adabiy ta’lim jarayonida qo‘llanilgan evristik metod o‘quvchilarlarda mustaqil mulohaza yuritish, muhokama qilish, xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Boshlang‘ich adabiy ta’lim samaradorligini ta’minlaydigan tadqiqot metodi ham o‘quv jarayonida bir muncha qiyin bo‘lgan badiiy va hayotiy masalalarni hal qishini nazarda tutadi. Bu metoddan boshlang‘ich sinflarning yuqori bosqichida ta’limning samarali izlanish yo‘llarini mustaqil ravishda tashkil etish maqsadida foydalaniladi. Bunda kichik o‘quvchilar dalil to‘plash va ularni tahlil qilish, tizimga solish, umumlashtirish va qat’iy xulosalar chiqarish kabi amaliy ishlarni bajaradilar. Tadqiqot metodining evristik metoddan farqi shundaki, unda “kashfiyot” avvaldan ajratilgan materiallar tahlil qilinib, faktik materiallar umumlashtirilganidan so‘ng, amaliy ish jarayonida o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan sodir etiladi. Bunda o‘quv-biluv faoliyatining to‘liq turkumini o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida o‘zlari bajaradilar. Ya’ni ma’lumot to‘plashdan tortib, uni tahlil qilish va yangi bilimlarni amaliyotda qo‘llashgacha bo‘lgan ishlarning barchasini o‘quvchilar o‘zlari mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan badiiy yoki hayotiy faktik materiallarni to‘plash tadqiqot metodining zaruriy qismidir. Mustaqil ravishda tajribalar o‘tkazish o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. O‘qituvchi o‘quvchilar ixtiyoriga dalillarni topish, ularni taqqoslash, tizimga solish, umumlashtirishni topshirgani bilan uning muammolik darajasi kamaymaydi. Tadqiqot metodini qo‘llashda topshiriqlarning o‘quvchilar tomonidan bajarilishi muhim hisoblanadi. Topshiriqlarni bajarishda ularning biror bosqichi tushib qolsa, topshiriq o‘z tadqiqiyligini yo‘qotadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning rivojlanganlik darajasi mustaqil ravishda tadqiqot ishlarini olib boradigan darajaga etganda, ya’ni yuqoriroq bosqichiga ko‘tilganda tadqiqot metodidan foydalanish mumkin. Bunda o‘quv materiali evristik metoddagiday tuzilishi kerak bo‘ladi. Savollar, ko‘rsatmalar, topshiriqlar tartibi ham shunday bo‘ladi. Tadqiqot metodini qo‘llaganda savol-topshiriqlar bosqichning so‘ngida, o‘quvchilarning ko‘pchiligi muammoni hal qilib bo‘lgandan keyin qo‘yiladi. Bu kuchli o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan metod bo‘lib, muammolarni hal etishda o‘z-o‘zini nazorat qilish va tekshirish usuli sanaladi. Rivojlanishi nisbatan sustroq bo‘lgan o‘quvchilarga ularning o‘zlari darajasidagi topshiriqlar beriladi. Topshiriqlar har bir o‘quvchining individual imkoniyatlariga qarab taqsimlanadi. Tadqiqot metodidan nafaqat yangi asarni o‘rganish, balki uni