logo

SUG‘ORISH TIZIMLARI VA ULARDAN FOYDALANISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

134.7236328125 KB
MAVZU:  SUG‘ORISH TIZIMLARI VA  ULARDAN FOYDALANISH
Reja:
1. Cug‘orish tizimlarining turlari va tarkibiy qismlari. 
2. Sug‘orish tarmoqlari. 
3. Muvaqqat sug‘orish tarmoqlari. 
4. Muvaqqat   sug‘orish   tarmoqlarini   sug‘orish   uchastkalarida   joylashtirish
sxemalari. 
  1. Cug‘orish tizimlarining turlari va tarkibiy qismlari.
Sug‘orish   (gidromeliorativ)   tizimlari   –   bu   yerlarni   sug‘orish   uchun   tashkil
etiluvchi   murakkab   suv   xo‘jalik   majmui   bo‘lib,   u   quyidagi   ikki   tarkibiy   qismdan
iborat:   1)   sug‘orish   tarmoqlari   va   2)   kollektor-zovur   va   suv   yig‘ish-tashama
tarmoqlari.
Sug‘orish   tarmoqlari   suvni   qishloq   xo‘jaligi   ekinlarini   sug‘orish
texnologiyalariga   muvofiq   kyerakli   miqdor   va   muddatlarda   suv   manbaidan   olib,
sug‘oriladigan   hududlargacha   tashib   keltirish   va   uni   suvdan   foydalanuvchilar
o‘rtasida,   almashlab   ekish   dalalari   va   sug‘orish   uchastkalari   bo‘yicha   bir   tekisda
taqsimlash uchun xizmat qiladigan o‘zaro uzviy bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatuvchi
inshoot va texnik vositalarni o‘z ichiga oladi.
Kollektor-zovur   va   suv   yig‘ish-tashama   tarmoqlari   sizot   suvlar   sathini
pasaytirish   va   ortiqcha   suvlarni   uchastkadan   tashqariga   chiqarib   tashlashda
qo‘llaniladigan inshoot va texnik vositalardan tarkib topgan.
Sug‘orish   tizimlari   alohida   xo‘jalikka   (shirkat,   ijara,   fyermyer,   dehqon)
xizmat   ko‘rsatayotgan   bo‘lsa   xo‘jalik   sug‘orish   tizimi,   ikki   yoki   undan   ortiq
xo‘jalikka   xizmat   ko‘rsatayotgan   bo‘lsa   xo‘jaliklararo   sug‘orish   tizimi   deb
yuritiladi.   Agar   sug‘orish   tizimi   bir   nechta   tuman,   viloyat   yoki   respublikalar
hududida   joylashgan   bo‘lsa,   u   tegishlicha   tumanlararo,   viloyatlararo   va
respublikalararo sug‘orish tizimlari deyiladi. 
Geomorfologik   sharoitlarga   ko‘ra   tog‘   oldi   (Markaziy   Osiyoning   tog‘li)
rayonlarida,   daryolarning   vodiylarida   (yirik   daryolar   Sirdaryo,   Amudaryo,
Zarafshon,   CHirchiq   va   b.)   va   tekisliklardagi   suv   ayirg‘ichlarda   (Ukrainaning
sahro va yarim sahro rayonlari) tashkil etilgan sug‘orish tizimlari o‘zaro farqlanadi.
Sug‘orish   tizimlari   tuzilishi   (konstruksiyasi),   suv   uzatish   usuli,   qo‘llanish
holatiga   qarab   ham   turlarga   bo‘linadi.   Tuzilishiga   ko‘ra   ochiq,   yopiq   va   aralash;
suv o‘z oqimi bilan, mexanik ko‘tarib byerish va o‘z oqimi-mexanik, ya’ni aralash
usullarda uzatiluvchi; qo‘llanish holatiga ko‘ra ko‘chmas (turg‘un), yarim ko‘chma
va ko‘chma sug‘orish tizimlari ajratib ko‘rsatiladi. Sug‘oriladigan   yerlarda   qishloq   xo‘jaligini   ixtisoslashganligiga   ko‘ra
quyidagi   sug‘orish   tizimlari   o‘zaro   farqlanadi:   paxtachilik,   sholichilik,   meva-
sabzavotchilik   va   boshqalar.   Aholi   istiqomat   joylari,   sanoat   va   qishloq   xo‘jaligi
korxonalarida   shakllanayotgan   chiqindi   suvlardan   namiqtiruvchi-o‘g‘itlash
maqsadlarida   foydalanish   uchun   maxsus   tizimlar   chiqindi   suvlardan
foydalaniladigan sug‘orish tizimlari barpo etiladi.
Sug‘orish   tizimlari   murakkab   suv   xo‘jalik   majmui   bo‘lib,   quyidagi   asosiy
tarkibiy qismlardan iborat: bosh suv olish inshooti (sug‘orish suvini suv manbaidan
olib,   magistral   kanalga   uzatish   uchun   xizmat   qiluvchi   to‘g‘on,   shlyuz,   nasos
stansiyalari   va   b.);   suv   uzatish   va   taqsimlash   kanallari   (magistral   kanal   va   uning
tarmoqlari, xo‘jaliklararo taqsimlagichlar); xo‘jalik taqsimlash tarmoqlari (xo‘jalik
taqsimlagichi,   almashlab   ekish   uchastkasiga   suv   taqsimlagich);   karta   sug‘orish
tarmoqlari (muvaqqat va o‘qariqlar, sug‘orish egatlari, yo‘laklar va cheklar); oqova
tarmoqlari (ortiqcha sug‘orish va yog‘in suvlarini chiqarib yuboruvchi tashamalar);
kollektor-zovur   tarmog‘i   (ortiqcha   sizot   suvlarni   tashqariga   chiqarib   tashlashda
qo‘llaniladigan   birlamchi   va   guruh   zovurlari,   vyertikal   zovurlar,   xo‘jalik   va
xo‘jaliklararo   kollektorlar,   magistral   kollektorlar);   gidrotexnik   inshootlar   (suv
o‘lchash   taqsimlash   inshootlari,   akveduk,   dyukyer,   sizot   suvlar   sathini   kuzatish
quduqlari   va   b.);   xizmat   yo‘llari   va   ulardagi   inshootlar,   xo‘jalik   va   dala   yo‘llari,
ko‘priklar;   aloqa   vositalari   (suvdan   foydalanishni   tezkor   boshqarish   maqsadida
qo‘llaniladigan   telefon,   radiostansiyalar);   ishlab   chiqarish,   xizmat,   yashash
binolari, omborxona, garajlar, ustaxona va yordamchi binolar; kanallarning himoya
zonalari, ihota daraxtzorlari, elektr liniyalari va boshqalar.
2.   Sug‘orish tarmoqlari
Sug‘orish   tarmoqlari   foydalanish   muddatiga   ko‘ra   doimiy   va   muvaqqat
tarmoqlarga   bo‘linadi.   Doimiy   tarmoqlarga   ikki   va   undan   ortiq   yil   davomida
foydalaniluvchi   suv   uzatish   tarmoqlari   –   magistral   kanal   va   uning   tarmoq-lari,
xo‘jaliklararo,   xo‘jalik   va   uchastka   taqsimlagichlarini   o‘z   ichiga   oladi.   YOpiq
sug‘orish   quvurlari   ham   doimiy   tarmoq   hisoblanadi.   Muvaqqat   sug‘orish
tarmoqlari   mavsum   davomida   yoki   bitta   sug‘orish   davomida   foydalaniluvchi tarmoqlar   bo‘lib,   ularga   muvaqqat   ariqlar,   o‘qariqlar,   beshamaklar,   sug‘orish
egatlari, yo‘lak (pol)lar  va cheklar  kiradi. Muvaqqat  tarmoqlar  bevosita sug‘orish
arafasida   qurilib,   sug‘orishdan   keyin   tuproq   etilishi   bilan   yoki   mavsum   boshida
qurilib,  mavsum   oxirida  tekislab   yuboriladi.  Ochiq  sug‘orish   kanallari  hududning
eng   baland   qismida   quriladiki,   toki   suv   dalalarga   o‘z   oqimi   bilan   uzatilsin.   Agar
suv   manbai   yoki   taqsimlash   kanali   sug‘oriladigan   daladan   pastda   joylashgan
bo‘lsa, suv nasos stansiyasi yordamida ko‘tarib byeriladi, ya’ni mashina yordamida
uzatiladi.
1.26 - rasm. Xo‘jalikda kanal va inshootlarni joylashtirish sxemasi:
1   -   xo‘jaliklararo   suv   taqsimlagich;   2   -   suv   ajratish   inshooti;   3   -   xo‘jalik   suv
taqsimlagichi;   4   -   suv   o‘lchash-suv   chiqarish   inshooti;   5   -   suv   chiqargich;   6   -
oqova suvlarni chiqargich; 7  -  20 - 40 gektarli uchastkalar; 8  -  uchastka kanallari; 9  -
yo‘llar;   10   -   kollektor;   11   -   muvaqqat   sug‘orish   tarmoqlari;   I - III     -   suvdan
foydalanishni tashkil etish massivlari.
Sug‘orish   kanallari   foydali   ish   koeffitsienti   (FIK)   va   yerdan   foydalanish
koeffitsienti   (EFK)   ning   yuqori   darajada   bo‘lishini,   ular   va   gidrotexnik
inshootlardan samarali va qishloq xo‘jaligi mashinalaridan syerunum foydalanishni
ta’minlaydigan   qilib   quriladi.   Kanallardagi   suv   sathi   ulardan   suv   oluvchi
tarmoqdagidan 20–22 sm baland bo‘lishi kyerak. Sug‘orish kanallarining o‘zanlari
yuvilib   ketmasligi   va   ularni   loyqa   bosmasligi   uchun   kanal   tubining   nishobligi
0,00003 dan 0,002 gacha bo‘lishi lozim.
Kanallar   tuzilishiga   ko‘ra   qazma,   yarim   ko‘tarma   va   ko‘tarma   kanallarga
bo‘linadi.   Kanal   trassasida   ma’lum   bir   to‘siq   (avtomobil ь   yoki   temir   yo‘llari, daryo,   soy   yoki   jarlik)   uchrab   qolsa,   maxsus   gidrotexnik   inshootlar   yordamida
uning ustidan (akveduk) yoki tagidan (dyukyer) o‘tkazib yuboriladi.
YOpiq   sug‘orish   tarmoqlari   xo‘jalikning   suv   uzatuvchi   bosimli   va   bosimsiz
taqsimlash quvur tarmoqlari hamda ulardagi inshootlardan iborat. YOpiq tarmoqlar
sharoitida   qishloq   xo‘jaligi   ekinlarini   mavjud   barcha   sug‘orish   usullaridan
foydalanish mumkin.  
Aralash   tipdagi   yopiq   sug‘orish   tarmoqlari   xo‘jalik   sug‘orish   tizimida
ekinlarni   tuproq   sathidan   va   yomg‘irlatib   sug‘orishda   qo‘llaniladi.   Suv   bosimi
ushbu tizimda mexanik usulda  yoki  o‘z-o‘zidan hosil  qilinadi. Bunday  tizimlarda
DDN-70,   DDN-100,   DDA-100MA,   DDPA-130/140   yomg‘irlatib   sug‘orish
mashina va agregatlaridan foydalanish mumkin.
Xo‘jalik sug‘orish tarmoqlarida fil ь tratsiyaga bo‘ladigan suv isrofgarchiligini
kamaytirish maqsadida temir-beton novlardan keng foydalanila boshlandi. Novlar
respublikaning   yangi   o‘zlashtirilgan   yerlari   (Mirzacho‘l,   Qarshi   cho‘li)   da   keng
tarqalgan. Suvni fil ь tratsiyaga isrof bo‘li - shini yo‘qotilishi  tufayli novlarning FIK
0,90–0,96 gacha, EFK esa 0,90 gacha etib boradi. Novlarni loyqa va begona o‘tlar
bosmasligi bois ularni tozalash tadbirlariga qilinadigan xarajatlar tejaladi. 
Nov tarmoqlar orasidagi masofa egiluvchan shlanglar uzunligiga mos holda -
400–500 m qilib olinadi.  Novdan ikki tomonga suv taqsimlanadigan sharoitda ular
orasidagi  masofa ikki  marta oshiriladi. Uchastka  taqsimlash  novining uzunligi  2–
2,5   km,   ba’zan   3,5–4   km   bo‘lishi   mumkin.   Uchastka   taqsimlagichi   150–200   ga
yerni   sug‘orish   uchun   zarur   bo‘lgan   suvni   etkazib   byera   oladigan   o‘lchamda
quriladi.
Novli   sug‘orish   tizimining   kamchiliklari   sirasiga   quyidagilar   kiradi:   qishloq
xo‘jaligi   mashinalarining   bir   daladan   ikkinchisiga   o‘tishi   murakkab - lashadi.
Buning   uchun   dyukyerlar   qurishga   to‘g‘ri   keladi.   Tuproqning   cho‘kishi   yoki
tayanchlarning og‘ishi avariya holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.
3. Muvaqqat sug‘orish tarmoqlari. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yer yuzasidan sug‘orishda muvaqqat tarmoqlardan
foydalaniladi.   Muvaqqat   tarmoqlar   sug‘orish   mavsumi   boshida   (yoki   har   bir
sug‘orish   arafasida)   olinib,   sug‘orish   mavsumi   tugallanishi   bilan   (sug‘orishdan
so‘ng)   tekislab   yuboriladi.   Muvaqqat   tarmoqlar   sirasiga   muvaqqat   ariqlar,
o‘qariqlar, beshamaklar, pol (yo‘lak)lar va sug‘orish egatlari kiradi. 
Egatlar   chuqurligi   qator   oralarining   kengligiga   bog‘liq   holda   belgilanadi:
qator oralig‘i 60 sm bo‘lganda 12 sm. dan 18 sm. gacha, 90 sm bo‘lganda 15 sm.
dan   32   sm.   gacha   qilib   olinadi.   G‘o‘zani   birinchi   sug‘orishda   egatlar   10–12   sm
chuqurlikda,   qator   oralig‘i   90   sm   bo‘lgan   yerlarda   egatlar   chuqurroq   olinadi.
G‘o‘zani   shonalash   fazasida   sug‘orish   egatlari   12–14   sm,   navbatdagi
sug‘orishlarda   esa   16–18   sm   chuqurlikda   olinadi.   Keng   qatorlab   ekilgan   yerlarda
20–32   sm.   gacha   etkazilishi   mumkin.   Mexanik   tarkibi   engil   tuproqlarning   suv
o‘tkazuvchanligi   yuqori   bo‘lishi   tufayli   egatlar   sayoz,   og‘ir   tuproqlarda   esa
chuqurroq   qilib   olinadi.   Egatlar   MTZ-80X   yoki   T28X3   traktorlariga   o‘rnatilgan
KRX-3,6 kulьtivator oziqlantirgich yordamida olinadi. 
Muvaqqat   tarmoqlarni   qazish   uchun   ariqqazgich   tekislagichlardan
foydalaniladi:   ular   ariqni   20–40   l/sek.   dan   100–200   l/sek.   gacha   suv   o‘tkaza
olishini   hisobga   olgan   holda   tanlanadi.   Qishloq   xo‘jaligi   mashinalarining
muvaqqat tarmoqlar orqali o‘ta olishlari uchun ariqning chuqurligi 30 sm. dan ortiq
bo‘lmasligi va devorlari yotiq, ya’ni qiyaligi 1:4 atrofida bo‘lishi lozim. 
Muvaqqat   ariqlar   KOR-500A,   KZU-0,5,   KPU-2000A,   KPN   va   boshqa
ariqqazgich   tekislagichlar   yordamida   olinsa,   o‘qariqlar   KBN-0,35,   KZU-
0,3, KZU-0,5, MK-12 kabi qurollar yordamida olinadi.
KZU-0,3   ariqqazgich   tekislagich   yordamida   olingan   ariqning   chuqurligi
25   sm,   tubining   eni   30   sm,   tepa   qismining   kengligi   120–130   sm   va   tuproq
uyumining   balandligi   20–25   sm.   ni   va   ariqning   suv   o‘tkazish   qobiliyati
40–60 l/sek. ni tashkil etadi.
Muvaqqat   ariqlar   orqali   100–200   l/sek.   miqdorida   suv   o‘tkazish   talab
etilayotgan bo‘lsa, u vaqtda KZU-0,5, KPA-2000A yoki KOR-500A ariqqazgich-
tekislagichlardan foydalaniladi. Muvaqqat   tarmoqlarni   tekislashda   KZU-0,5,   KZU-0,3,   KBN-
0,35 ariqqazgich-tekislagichlar qo‘llaniladi.
4. Muvaqqat sug‘orish tarmoqlarini sug‘orish uchastkalarida joylashtirish
sxemalari.
Muvaqqat   sug‘orish   tarmoqlari   joyning   sharoitlariga   bog‘liq   holda   sug‘orish
uchastkasida ko‘ndalang va bo‘ylama sxemalarda joylashtiriladi.
Bo‘ylama joylashtirish sxemalari nishobligi 0,002 dan kichik bo‘lgan yerlarda
qo‘llaniladi.   Bunday   yerlarda   uchastka   taqsimlagichi   eng   katta   nishoblik
yo‘nalishiga qiyaroq qilib, muvaqqat ariqlar esa balandlik gorizontallariga nisbatan
pyerpendikulyar holda, o‘qariqlar esa kichik nishoblik yo‘nalishi bo‘yicha olinadi.
Beshamaklar   o‘qariqlarga   parallel   holda   qurilib,   ularning   har   biridan   suv   5–6   ta
sug‘orish   egatlariga   taqsimlanadi.   Sug‘orish   egatlari   joyning   katta   nishobligi
yo‘nalishida ochiladi, ya’ni ular muvaqqat ariq yo‘nalishiga parallel bo‘ladi.
Nishobligi   katta   (>0,008)   yerlarda   sug‘orish   suvlari   ta’sirida   tuproqning
yuvilishini   oldini   olish   maqsadida   muvaqqat   sug‘orish   tarmoqlari   ko‘ndalang
sxemada   joylashtiriladi.   O‘qariqlar   gorizontallarga   kichik   burchak   ostidagi
yo‘nalishda, sug‘orish egatlari esa unga pyerpendikulyar holda olinadi. 
Nishobligi   o‘rtacha   (0,002–0,008)   bo‘lgan   yerlarda   u   yoki   bu   sxemadan
foydalaniladi.
Muvaqqat   ariq   uzunligi   sug‘orish   kartasining   bir   tomoni   (eni   yoki   bo‘yi)ni
uzunligiga   teng   qilib   olinadi:   muvaqqat   sug‘orish   tarmoqlari   bo‘ylama   sxemada
joylashtirilganda   1200   m.   gacha,   ko‘ndalang   sxemada   esa   800   m.   gacha   bo‘ladi.
Kuchli   suv   o‘tkazuvchan   tuproqlar   va   murakkab   relьefli   sharoitlarda   o‘qariqlar
qisqaroq   qilib   olinadi.   Muvaqqat   sug‘orish   tarmoqlarini   tavsiya   etilgan   mo‘‘tadil
o‘lchamlari 1.68- jadvalda keltirilgan (Laktaev N.T.).
1.68- jadval
O‘qariqning asosiy ko‘rsatkichlari (N.T. Laktaev ma’lumoti)
Muvaqqat ariqning Joylashtirish sxemasi ko‘rsatkichlari bo‘ylama ko‘ndalang
Eng katta uzunligi, m 600–800 400
Eng kichik uzunligi, m 300–400 300
Eng ko‘p suv sa rfi, l/sek. 60 40
Eng kam suv sarfi, l/sek. 10 10
Muvaqqat ariqlar orasidagi 
masofa, m 70 Egat uzunligiga muvofiq
5. Suv yig‘ish-tashama va kollektor-zovur tarmoqlari.
Sug‘oriladigan yerlarda qor yerishi va jala suvlarini, avariya sodir bo‘lganda
halokatli   suv   oqimini,   sug‘orish   tarmoqlarini   ishlatish   texnologiyasiga   muvofiq
ularni   bo‘shatish   jarayonida   va   dalalarda   shakllanayotgan   oqova   suvlarni   qabul
qilish   va   uchastkadan   tashqariga   chiqarib   tashlash   uchun   suv   yig‘ish-tashama
tarmoqlari   quriladi. 
Suv yig‘ish-tashama tarmoqlar sug‘oriladigan uchastkalar va almashlab ekish
dalalari chegarasi bo‘ylab joyning eng past qismida joylashtiriladi. Ularga chegara-
lovchi tarmoqlar, bosh tashama kanal, xo‘jaliklararo va xo‘jalik, uchastka va karta
tashama tarmoqlari kiradi. 
Botqoqlangan   va   sho‘rlangan   yerlarda   kollektor-zovur   tarmoqlari   sug‘orish
tizimining   ajralmas   tarkibiy   qismi   bo‘lib   hisoblanadi.   Sug‘oriladigan   sho‘rlangan
yerlarda   ochiq   va   yopiq   gorizontal   hamda   vyertikal   zovurlardan   foydalaniladi.
Ayrim   hollarda   gorizontal   va   vyertikal   zovurlar   birgalikda   aralash   holda
qo‘llanilishi ham mumkin. 
Ochiq zovurlarda ortiqcha sizot suvlari tuproq o‘zanli chuqur kanallar orqali
chiqarib   yuborilsa,   yopiq   zovurlarda   tuproqning   ma’lum   bir   chuqurligiga
o‘rnatilgan   zovur   quvurlari   yordamida   chiqarib   tashlanadi.   Vyertikal   zovurlar
chuqur (20–30 m. dan 100–150 m. gacha) quduqlar bo‘lib, sizot va yer osti suvlari
6–30   m   chuqurlikka   o‘rnatilgan   nasos   qurilmalari   yordamida   tortib   olinib,
kollektorlarga tashlab yuboriladi. Sug‘oriladigan   yerlarda   maqbul   zovur   turi,   uning   o‘lchamlari   va   solishtirma
uzunligi   sizot   suvlarning   loyihaviy   rejimi   asosida   tanlab   olinadi.   Sizot   suvlari
yaqin   joylashgan   gidromorf   tuproqlarda   sayoz   (2   m.   gacha),   yarim   avtomorf
tuproqlarda   chuqur   (2,5–3,5   m)   zovurlar   va   avtomorf   tuproqlarda   vyertikal
zovurlar yaxshi samara byeradi.
Ochiq  gorizontal   zovurlar  doimiy  yoki   muvaqqat   bo‘lishi   mumkin.  Zovurlar
alohida-alohida   (lokalь)   hamda   ma’lum   bir   tartibda   (tizimli)   joylashtir-iladi.
Kollektor-zovur   tizimi   birlamchi   va   guruh   zovurlari,   xo‘jalik   va   xo‘jaliklararo
kollektor hamda magistral kollektor-lardan iborat bo‘ladi.   Odatda, kollektor-zovur
tarmoqlarida suv o‘z oqimi bilan chiqib ketadi. 
SHo‘rlangan   yerlarda   birlamchi   zovurlar   chuqurligi   2,0–2,5   m,   guruh
zovurlari 2,5–3,0 m va kollektorlar chuqurligi 4 m va undan ortiq bo‘ladi.
Zovurlar   orasidagi   masofa   zovurning   chuqurligi,   tuproqning   suv-fizik
xususiyatlari,   joyning   tabiiy   zovurlashtirilganlik   darajasi,   suv   o‘tkazmaydigan
qatlam chuqurligi va boshqa omillarga bog‘liq holda 100–250 m. dan 500–600 m.
gacha bo‘lishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

MAVZU: SUG‘ORISH TIZIMLARI VA ULARDAN FOYDALANISH Reja: 1. Cug‘orish tizimlarining turlari va tarkibiy qismlari. 2. Sug‘orish tarmoqlari. 3. Muvaqqat sug‘orish tarmoqlari. 4. Muvaqqat sug‘orish tarmoqlarini sug‘orish uchastkalarida joylashtirish sxemalari.

1. Cug‘orish tizimlarining turlari va tarkibiy qismlari. Sug‘orish (gidromeliorativ) tizimlari – bu yerlarni sug‘orish uchun tashkil etiluvchi murakkab suv xo‘jalik majmui bo‘lib, u quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat: 1) sug‘orish tarmoqlari va 2) kollektor-zovur va suv yig‘ish-tashama tarmoqlari. Sug‘orish tarmoqlari suvni qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish texnologiyalariga muvofiq kyerakli miqdor va muddatlarda suv manbaidan olib, sug‘oriladigan hududlargacha tashib keltirish va uni suvdan foydalanuvchilar o‘rtasida, almashlab ekish dalalari va sug‘orish uchastkalari bo‘yicha bir tekisda taqsimlash uchun xizmat qiladigan o‘zaro uzviy bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatuvchi inshoot va texnik vositalarni o‘z ichiga oladi. Kollektor-zovur va suv yig‘ish-tashama tarmoqlari sizot suvlar sathini pasaytirish va ortiqcha suvlarni uchastkadan tashqariga chiqarib tashlashda qo‘llaniladigan inshoot va texnik vositalardan tarkib topgan. Sug‘orish tizimlari alohida xo‘jalikka (shirkat, ijara, fyermyer, dehqon) xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lsa xo‘jalik sug‘orish tizimi, ikki yoki undan ortiq xo‘jalikka xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lsa xo‘jaliklararo sug‘orish tizimi deb yuritiladi. Agar sug‘orish tizimi bir nechta tuman, viloyat yoki respublikalar hududida joylashgan bo‘lsa, u tegishlicha tumanlararo, viloyatlararo va respublikalararo sug‘orish tizimlari deyiladi. Geomorfologik sharoitlarga ko‘ra tog‘ oldi (Markaziy Osiyoning tog‘li) rayonlarida, daryolarning vodiylarida (yirik daryolar Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, CHirchiq va b.) va tekisliklardagi suv ayirg‘ichlarda (Ukrainaning sahro va yarim sahro rayonlari) tashkil etilgan sug‘orish tizimlari o‘zaro farqlanadi. Sug‘orish tizimlari tuzilishi (konstruksiyasi), suv uzatish usuli, qo‘llanish holatiga qarab ham turlarga bo‘linadi. Tuzilishiga ko‘ra ochiq, yopiq va aralash; suv o‘z oqimi bilan, mexanik ko‘tarib byerish va o‘z oqimi-mexanik, ya’ni aralash usullarda uzatiluvchi; qo‘llanish holatiga ko‘ra ko‘chmas (turg‘un), yarim ko‘chma va ko‘chma sug‘orish tizimlari ajratib ko‘rsatiladi.

Sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligini ixtisoslashganligiga ko‘ra quyidagi sug‘orish tizimlari o‘zaro farqlanadi: paxtachilik, sholichilik, meva- sabzavotchilik va boshqalar. Aholi istiqomat joylari, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarida shakllanayotgan chiqindi suvlardan namiqtiruvchi-o‘g‘itlash maqsadlarida foydalanish uchun maxsus tizimlar chiqindi suvlardan foydalaniladigan sug‘orish tizimlari barpo etiladi. Sug‘orish tizimlari murakkab suv xo‘jalik majmui bo‘lib, quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan iborat: bosh suv olish inshooti (sug‘orish suvini suv manbaidan olib, magistral kanalga uzatish uchun xizmat qiluvchi to‘g‘on, shlyuz, nasos stansiyalari va b.); suv uzatish va taqsimlash kanallari (magistral kanal va uning tarmoqlari, xo‘jaliklararo taqsimlagichlar); xo‘jalik taqsimlash tarmoqlari (xo‘jalik taqsimlagichi, almashlab ekish uchastkasiga suv taqsimlagich); karta sug‘orish tarmoqlari (muvaqqat va o‘qariqlar, sug‘orish egatlari, yo‘laklar va cheklar); oqova tarmoqlari (ortiqcha sug‘orish va yog‘in suvlarini chiqarib yuboruvchi tashamalar); kollektor-zovur tarmog‘i (ortiqcha sizot suvlarni tashqariga chiqarib tashlashda qo‘llaniladigan birlamchi va guruh zovurlari, vyertikal zovurlar, xo‘jalik va xo‘jaliklararo kollektorlar, magistral kollektorlar); gidrotexnik inshootlar (suv o‘lchash taqsimlash inshootlari, akveduk, dyukyer, sizot suvlar sathini kuzatish quduqlari va b.); xizmat yo‘llari va ulardagi inshootlar, xo‘jalik va dala yo‘llari, ko‘priklar; aloqa vositalari (suvdan foydalanishni tezkor boshqarish maqsadida qo‘llaniladigan telefon, radiostansiyalar); ishlab chiqarish, xizmat, yashash binolari, omborxona, garajlar, ustaxona va yordamchi binolar; kanallarning himoya zonalari, ihota daraxtzorlari, elektr liniyalari va boshqalar. 2. Sug‘orish tarmoqlari Sug‘orish tarmoqlari foydalanish muddatiga ko‘ra doimiy va muvaqqat tarmoqlarga bo‘linadi. Doimiy tarmoqlarga ikki va undan ortiq yil davomida foydalaniluvchi suv uzatish tarmoqlari – magistral kanal va uning tarmoq-lari, xo‘jaliklararo, xo‘jalik va uchastka taqsimlagichlarini o‘z ichiga oladi. YOpiq sug‘orish quvurlari ham doimiy tarmoq hisoblanadi. Muvaqqat sug‘orish tarmoqlari mavsum davomida yoki bitta sug‘orish davomida foydalaniluvchi

tarmoqlar bo‘lib, ularga muvaqqat ariqlar, o‘qariqlar, beshamaklar, sug‘orish egatlari, yo‘lak (pol)lar va cheklar kiradi. Muvaqqat tarmoqlar bevosita sug‘orish arafasida qurilib, sug‘orishdan keyin tuproq etilishi bilan yoki mavsum boshida qurilib, mavsum oxirida tekislab yuboriladi. Ochiq sug‘orish kanallari hududning eng baland qismida quriladiki, toki suv dalalarga o‘z oqimi bilan uzatilsin. Agar suv manbai yoki taqsimlash kanali sug‘oriladigan daladan pastda joylashgan bo‘lsa, suv nasos stansiyasi yordamida ko‘tarib byeriladi, ya’ni mashina yordamida uzatiladi. 1.26 - rasm. Xo‘jalikda kanal va inshootlarni joylashtirish sxemasi: 1 - xo‘jaliklararo suv taqsimlagich; 2 - suv ajratish inshooti; 3 - xo‘jalik suv taqsimlagichi; 4 - suv o‘lchash-suv chiqarish inshooti; 5 - suv chiqargich; 6 - oqova suvlarni chiqargich; 7 - 20 - 40 gektarli uchastkalar; 8 - uchastka kanallari; 9 - yo‘llar; 10 - kollektor; 11 - muvaqqat sug‘orish tarmoqlari; I - III - suvdan foydalanishni tashkil etish massivlari. Sug‘orish kanallari foydali ish koeffitsienti (FIK) va yerdan foydalanish koeffitsienti (EFK) ning yuqori darajada bo‘lishini, ular va gidrotexnik inshootlardan samarali va qishloq xo‘jaligi mashinalaridan syerunum foydalanishni ta’minlaydigan qilib quriladi. Kanallardagi suv sathi ulardan suv oluvchi tarmoqdagidan 20–22 sm baland bo‘lishi kyerak. Sug‘orish kanallarining o‘zanlari yuvilib ketmasligi va ularni loyqa bosmasligi uchun kanal tubining nishobligi 0,00003 dan 0,002 gacha bo‘lishi lozim. Kanallar tuzilishiga ko‘ra qazma, yarim ko‘tarma va ko‘tarma kanallarga bo‘linadi. Kanal trassasida ma’lum bir to‘siq (avtomobil ь yoki temir yo‘llari,

daryo, soy yoki jarlik) uchrab qolsa, maxsus gidrotexnik inshootlar yordamida uning ustidan (akveduk) yoki tagidan (dyukyer) o‘tkazib yuboriladi. YOpiq sug‘orish tarmoqlari xo‘jalikning suv uzatuvchi bosimli va bosimsiz taqsimlash quvur tarmoqlari hamda ulardagi inshootlardan iborat. YOpiq tarmoqlar sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarini mavjud barcha sug‘orish usullaridan foydalanish mumkin. Aralash tipdagi yopiq sug‘orish tarmoqlari xo‘jalik sug‘orish tizimida ekinlarni tuproq sathidan va yomg‘irlatib sug‘orishda qo‘llaniladi. Suv bosimi ushbu tizimda mexanik usulda yoki o‘z-o‘zidan hosil qilinadi. Bunday tizimlarda DDN-70, DDN-100, DDA-100MA, DDPA-130/140 yomg‘irlatib sug‘orish mashina va agregatlaridan foydalanish mumkin. Xo‘jalik sug‘orish tarmoqlarida fil ь tratsiyaga bo‘ladigan suv isrofgarchiligini kamaytirish maqsadida temir-beton novlardan keng foydalanila boshlandi. Novlar respublikaning yangi o‘zlashtirilgan yerlari (Mirzacho‘l, Qarshi cho‘li) da keng tarqalgan. Suvni fil ь tratsiyaga isrof bo‘li - shini yo‘qotilishi tufayli novlarning FIK 0,90–0,96 gacha, EFK esa 0,90 gacha etib boradi. Novlarni loyqa va begona o‘tlar bosmasligi bois ularni tozalash tadbirlariga qilinadigan xarajatlar tejaladi. Nov tarmoqlar orasidagi masofa egiluvchan shlanglar uzunligiga mos holda - 400–500 m qilib olinadi. Novdan ikki tomonga suv taqsimlanadigan sharoitda ular orasidagi masofa ikki marta oshiriladi. Uchastka taqsimlash novining uzunligi 2– 2,5 km, ba’zan 3,5–4 km bo‘lishi mumkin. Uchastka taqsimlagichi 150–200 ga yerni sug‘orish uchun zarur bo‘lgan suvni etkazib byera oladigan o‘lchamda quriladi. Novli sug‘orish tizimining kamchiliklari sirasiga quyidagilar kiradi: qishloq xo‘jaligi mashinalarining bir daladan ikkinchisiga o‘tishi murakkab - lashadi. Buning uchun dyukyerlar qurishga to‘g‘ri keladi. Tuproqning cho‘kishi yoki tayanchlarning og‘ishi avariya holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. 3. Muvaqqat sug‘orish tarmoqlari.