PYTHON DASTURLASH TILIDA MASSIVLAR VA ULARDAN FOYDALANISH
PYTHON DASTURLASH TILIDA MASSIVLAR VA ULARDAN FOYDALANISH Reja: 1. Bir o’lchovli massivlar; 2. Bir o’lchovli massivlarga oid dasturlar; 3. Massiv elementlari ustida aniqlangan amallar; 4. Ikki o’lchovli massivlar; 5. Ikki o’lchovli massivlarga oid dasturlar;
Python dasturlash tilida kompyuter xotirasiga bir o’zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlarda foydalanish bo’yicha bir nechta turlarni qarab o’tdik. Bir o’zgaruvchi bilan bir nechta qiymatlarni ro’yxat, kortej, to’plam va satr turlar bilan amalga oshirish mumkin.Python dasturlash tilida bir o’zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlardan foydalanish uchun massiv degan turdan ham foydalanish imkoniyati mavjud. Bu qismda dasturdagi ma'lumot strukturalari bilan tanishishni boshlaymiz. Dasturda ikki asosiy tur ma'lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir. Statik deganimizda xotirada egallagan joyi o’zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarni nazarda tutamiz. Dinamik ma'lumot tiplari dastur davomida o’z hajmini, egallagan xotirasini o’zgartirishi mumkin. Massivlar hotirada ketma-ket joylashgan, ma‘lumotlar guruhidir. Alohida bir o’zgaruvchini ko’rsatish uchun massiv nomi va kerakli o‗zgaruvchi indeksini yoziladi. Ta’rif : Bir turga mansub bo’lgan yagona nom bilan saqlanuvchi tartiblangan ma’lumotlar majmuasi massiv deyiladi. Massivlar yagona o’zgaruvchi bilan kompyuter xotirasiga saqlanadi, uning elementlari ma‘lum bir indekslar bilan tartiblab joylashtiriladi. Bu qonuniyat ro’yxatlar uchun ham o’rinli bo’ladi. Massivlar yagona nom bilan bir nechta qiymatni o’zida mujassamlashtiradi, bularga matematikadagi vektorlarni misol keltirish mumkin. Vektor ham yagona nom bilan saqlanib uning tarkibida bir nechta qiymatni o’zida mujassamlashadi. Vektorning ham elementlari bir turga mansub va tartiblangan bo’ladi. Massivlar holatiga ko’ra ikki turga bo’linadi.
- Bir o’lchovli massivlar; - Ikki o’lchovli massivlar; Bir o’lchovli massivlar ma‘lumotlarni bir satrli ko’rinishda saqlansa , ikki o’lchovli massivlar esa ma‘lumotlarni satrlar satri ko‗rinishida saqlaydi. Python dasturlash tilida massivlarni qayta ishlash uchun numpy kutubxonasini faollashtirish kerak Dastur tuzishdan oldin albatta numpy numpy kutubxonasini faollashtirish kerak. Bir o‘lchovli massivlar Odatda massivlar zarurat, katta hajmdagi tartiblangan, lekin chekli elementlarga oid masalalarni hal etishda yuzaga keladi. Massivning ixtiyoriy elementiga murojat qilish uchun uning indeks nomeri bo’yicha murojat qilinadi. Bir o’lchovli massivlarni python dasturlash tilida faollashtirish mumkin. Bir o’lchovli massivlarni boshlang‘ich qiymatlari bergan holda python dasturlash tilida quyidagicha faollashtiriladi. <massiv o’zgaruvchisi>=array([x1,x2,…]) Massivni python dasturlash tilida faollashtirish uchun, elementlar soni yoki massiv elementlarining boshlang‘ich qiymatlari berilishi shart emas. Python dasturlash tilida bir o’lchovli massivni faollashtirish quyidagicha amalga oshiriladi. Massivni umumiy ko’rinishida birinchi massiv o’zgaruvchisi va massiv elementlari yoziladi. Massiv elementlari, ixtiyoriy turdagi sondan iborat bo’lishi mumkin. Lekin massiv
elementlari tarkibida bitta haqiqiy son bo’lsa boshqa elementlari ham haqiqiy deb qaraladi. Massiv elementlari soni biror bir ifoda yoki yagona o’zgaruvchi bo’lishi mumkin, bitta o’zgaruvchi orqali massivning umumiy indekslarini ifodalash mumkin. Massiv elementlarini ustida amallar bajarishni quyidagi masala orqali qaraymiz. Massiv elementlarini tartib nomeri doimo 0 dan boshlanadi. Python dasturlash tilida massiv elementlari boshlang‘ich qiymatlarini bermasdan faollashtirishh quyidagicha. <massiv o’zgaruvchisi>=array([]) Bunda massiv elementlari kvadrat qavs ichida yozilmaydi ya‘ni bo’sh holda qoldiriladi, bunda massiv elementsiz shakllanadi. Massiv elementlar soni uning tarkibidagi qiymatlar orqali aniqlanadi va massivning elementlari doimo nolinchi tartibdan boshlanadi. Massiv elementlarini funksiyalar orqali va klaviatura yordamida hosil qilish Massiv elementlarini python dasturlash tilida ma‘lum bir ketma ketlik yoki funksiya orqali hosil qilish imkoniyati mavjud. Bunda massiv elementlari berilgan funksiyaning qiymatlarini qabul qiladi. Range() funksiyasi orqali massiv elementlarini shakllantirishni quyidagi dastur orqali hal etamiz.
Massiv elementlarini doimo statik bo’lavermaydi, masala sharoitiga qarab dinamik ham bo’lishi mumkin. Massiv elementlari dinamik bo’lganda, elementlarni klaviaturadan kiritishga to’g‘ri keladi. Klaviaturadan kiritishni a=array([int(input()) for i in range(n)]) kabi amalga oshiramiz bu jarayonni quyidagi dastur orqali tushinib olamiz. Massiv elementlari ustida aniqlangan amallar Massivning elementlari ustida, boshqa, ya‘ni ro’yxat, to’plam elementlari kabi ba‘zi bir amallar aniqlangan. Massivning har bir elementiga murojaat qilish natijasida amallar bajarish jarayoni python tilida soddalashtirilgan holatga keltirilgan, ya‘ni amallar massiv nomiga yozilish natijasida uning barcha elementlariga ta‘sir ettiradi. Massiv elementlari ustida quyidagi amallar aniqlangan. a.sum() – a massiv elementlarining yig indisini hisoblash ‟ a.mean() – a massiv elementlarining o„rta arifmetik qiymatini hisoblash a.max() – a massiv elementlarining maksimumini hisoblash a.min() – a massiv elementlarining minimumini hisoblash