PYTHON DASTURLASH TILIDA RO‘YXATLAR VA KORTEJLAR
PYTHON DASTURLASH TILIDA RO‘YXATLAR VA KORTEJLAR Reja: 1.Ro’yxatlar va ularning umumiy ko’rinishi; 2. Ro’yxatlarga oid dasturlar; 3.Kortejlar va ularning umumiy ko’rinishi; 4. Kortejlarga oid dasturlar;
Ro‘yxatlar Bu qismda dasturdagi ma‘lumot strukturalari bilan tanishishni boshlaymiz. Dasturda ikki asosiy tur ma‘lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir Ta’rif: Har xil turga mansub bo’lgan yagona nom bilan saqlanuvchi tartiblangan ma’lumotlar majmuasi ro’yxat(list) deyiladi. Ro’yxatlar yagona o’zgaruvchi bilan kompyuter xotirasiga saqlanadi, uning elementlari ma‘lum bir indekslar bilan tartiblab joylashtiriladi. Python dasturlash tilida ro’yxatlarni boshqa dasturlash tillaridagi bir o’lchovli massivlarga o’xshatish mumkin, lekin pythonda ma‘lumotlar bir turga mansub bo’lmasligi ham mumkin. Python dasturlash tilida ro’yxatlardan foydalanishda bozordagi mahsulotlarning narxini olish mumkin. Mahsulot narxlarini ro‗yxat sifatida qaralganda narx1, narx2 ,narx3,…,narxn ko‗rinishda bir nechta mahsulot narxlarini kompyuter xotirasiga saqlab undan foydalanish mumkin. Odatda ro’yxatlar zarurat, katta hajmdagi tartiblangan, lekin chekli elementlarga oid masalalarni hal etishda yuzaga keladi. Dastur ishlatilishi davomida ro‗yxatlar aniq nomga ega bo’lishi va uning elementlari ma‘lum bir turda bo’lishi kerak. Python dasturlash tilida ro’yxatlar kompyuter xotirasiga quyidagi shaklda saqlanadi. O’zgaruvchi qiymatlar Yuqoridagi holat bo’yicha ro’yxatlar kompyuter xotirasiga saqlanadi, bunda ro’yxatning ixtiyoriy elementiga murojat qilish uchun uning indeks nomeri bo’yicha murojat qilinadi. Ro’yxatlarni boshlang‘ich qiymatlari bergan holatda faollashtirish quyidagicha amalga oshiriladi. ro’yxat o’zgaruvchisi>=[qiymat1,qiymat2,…] ; Ro’yxatni Python dasturlash tilida faol qilish uchun, albatta, elementlar soni berilish shart emas, ro’yxatning elementlar soni uning tarkibidagi qiymatlariga
qarab aniqlanadi. Python dasturlash tilida ro’yxatlarni faollashtirish va ulardan foydalanish. Yuqoridagi dastur kodiga e‘tibor bersak, bunda ro’yxat elementlari uchun quyidagilar o’rinli bo’ladi: - Ro’yxat elementlari ixtiyoriy turda; - Ro’yxat elementlari vergul bilan ajratiladi; - Ro’yxat elementlari soni oldindan berish shart emas; - Ro’yxat elementlari 0- tartibdan boshlanadi; - Ro’yxat elementlariga murojaat indekslar orqali amalga oshiriladi. Ro’yxat elementlarini tashkil qilish va ro’yxat elementlari ustida amallar bajarishni quyidagi masala orqali qaraymiz. Ro’yxat elementlariga o’zgarirish kiritish jarayonini quyidagi dastur orqali amalga oshiriladi.
Python dasturlash tilida ro’yxat elementlari uchun quyidagi ko’rinishdagi amal funksiyalar aniqlangan. len (L) - L ro’yxatidagi elementlar sonini aniqlaydi max (L) - L ro’yxatdagi maksimal elementni aniqlaydi min (L) - L ro’yxatidagi minimal elementni aniqlaydi sum (L) - L ro’yxatidagi qiymatlarning yig'indisini aniqlaydi sorted (L) - L ro’yxat elementlarini saralaydi del(a[i]) – L ro’yxatning a[i] elementi o’chiriladi. Python dasturlash tilida ro’yxat elementlari uchun aniqlangan funksiyalardan foydalanishni quyidagi dastur orqali qarab chiqamiz Ro’yxat elementlari tarkibidan, boshqa ro’yxat elementlari mavjudligini tekshirish imkoniyati ham mavjud. Python dasturlash tilida elementlari tarkibidan, boshqa ro’yxat elementlari mavjudligini va ro’yxatlar ustida amallarni bajarishni quyidagi dastur orqali qarab chiqamiz.
Python dasturlash tilida ro’yxat elementlari uchun quyidagi ko’rinishdagi protseduralar aniqlangan. L.append(x) – L ro’yxatning oxiriga x elementni qo’shish L.extend(T) - L ro’yxatning oxiriga T ro’yxatni qo’shish L.insert(i,x) - L ro’yxatning i- o’rniga x elementga qo’shish L.pop(i) - L ro’yxatning i-o’rnidagi elementni uchirish L.remove(x) - L ro’yxatning x elementni uchirish L.count(x) - L ro’yxat ichida x elementlar sonini aniqlash L.reverse() - L ro’yxat elementlarini kamayish tartibida saralash L.sort() - L ro’yxat elementlarini o’sish tartibida saralash Misol. 10 ta butun sonli elementdan tashkil topgan ro’yxat hosil qilib, elementlarini ikkiga ko’paytirib ekranga chiqaring.