Elektron raqamli imzo va ulardan foydalanish
Mavzu;Elektron raqamli imzo va ulardan foydalanish Reja 1.Elektron raqamli imzo tushunchasi 2. Elektron raqamli imzo modulini o’rnatish tartibi 3.Elektron raqamli imzoni imkoniyatlari 4. Elektron raqamli imzo turlari va ularda ishlash
Elektron raqamli imzo — Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti ʻ yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo qligini aniqlash va elektron ʻ raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. (qonun)Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qog oz hujjatga shaxsan qo yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga ʻ ʻ egadir. Elektron ma lumotlarni kriptografik o zgartirish natijasida hosil qilingan ʼ ʻ belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo ma lumotlar blokiga qo shib ʼ ʻ qo yiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va ma lumotlarning butunligini ʻ ʼ tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yo li bilan raqamli imzodan ʻ foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qo yganlar. Elektron raqamli imzo ʻ kalitlari sertifikatlari ro yxatga olish markazlari tomonidan beriladi. ʻ Elektron raqamli imzo - yopiq kalitini qo‘llagan holda axborotning kriptografik o‘zgarishi natijasida olingan va imzoning shakllanish vaqtidan boshlab elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlovchi hamda imzo kaliti sertifikatini imzo egasiga taalluqligini tekshiruvchi elektron hujjatning rekviziti hisoblanadi; elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzo ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo kalit vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi; elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo kalit vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzo yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo kalit haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi; elektron raqamli imzo kalitining sertifikati - elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga vakolatli organ tomonidan berilgan elektron yoki qog‘oz shaklidagi hujjat; elektron raqamli imzo yopiq kalitining paroli - elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan shartli belgilar ketma-ketligi. elektron raqamli imzoning yopiq kaliti egasi - elektron raqamli imzo kalitini yaratgan (elektron hujjatga imzo qo‘ygan) va vakolatli organ tomonidan uning nomiga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs. elektron raqamli imzo kalit sertifikatini boshqarish - elektron raqamli imzo kalitining sertifikati amal qilishini to‘xtatib turish yoki qayta tiklash yoxud uni bekor qilish.
elektron raqamli imzo kalit sertifikatining amal qilish muddati - elektron raqamli imzo kaliti ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak. ERI OLISH TARTIBI ERI O zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi ʻ ning Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2 yilga beriladi. ERIni yaqin atrofdagi tuman Davlat soliq inspektsiyasi (DSI)da to lov asosida ʻ olish mumkin. ERI uchun eng kam oylik ish haqining 10% miqdorida to'lov summasi undiriladi. ERI olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim: - ERI kaliti sertifikati va kalitini olish to g risidagi imzolangan hamda zarur ʻ ʻ hollarda muhr bilan tasdiqlangan ariza ( 1-ilova ); - arizada ko rsatilgan jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining pasporti; ʻ - ERI kalitlarini yaratish xizmati uchun to lov to langanligi to g risidagi ʻ ʻ ʻ ʻ kvitantsiya. Eslatma. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida ERI kalitlarini ro yxatdan o’tkazish ʻ uchun CLICK tizimi orqali to lovni amalga oshirish yo lga qo yilgan. Buning ʻ ʻ ʻ uchun telefonda *880*0113*STIR*to lov summasi# USSD-buyrug i teriladi. ʻ ʻ Bunda: STIR – bu soliq to lovchining identifikatsion raqami; ʻ To lov summasi – eng kam oylik ish haqining 10% miqdorida (2016 yil 1 oktyabr ʻ holatiga ko ra eng kam oylik ish haqining 10 foizi 14 977 so mni tashkil etadi). ʻ ʻ CLICK orqali to lov xizmati faqatgina jismoniy shaxslar uchun mavjud bo lib, u ʻ ʻ O zR DSI va uning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladigan ERI uchun ʻ amalga oshiriladi. To lov amalga oshirilgandan so ng yaqin o rtadagi DSIga tashrif buyuring. ERI ʻ ʻ ʻ kalitlarini yozish uchun USB flesh-kartasini olib borishni unutmang. ERI MODULINI O`RNATISH TARTIBI Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) elektron raqamli imzodan (ERI) foydalanilanish uchun E-IMZO maxsus moduli shaxsiy (ish yoki uy) kompyuteriga o’rnatilishi lozim. E-IMZO modulini o’rnatish yo’riqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin. Shuningdek, foydalanuvchi o’zining shaxsiy kompyuterida JRE ning 1.7- versiyasidan kam bo’lmagan versiyasi o’rnatilganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Kompyuterda ORACLE JRE komponentlari mavjudligi qanday tekshiriladi? Agar Sizning kompyuteringizda JRE ilovasi mavjud bo’lmasa, uni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin https://java.com/ru/download/ . Eslatma!!! Elektron murojaatni imzolashda, DSQ tomonidan berilgan ERI (elektron raqamli imzo) "DSKEYS" nomi ostidagi papkada komyuterning C yoki D disk xotirasida (yoki USB fleshkada) saqlangan bo'lishi lozim. ELEKTRON MUROJAATNI ELEKTRON RAQAMLI IMZO ORQALI IMZOLASH TARTIBI Murojaatni ERI bilan imzolash uchun elektron murojaatni yuborishning so ngi ʻ qadamida «Imzo chekish» tugmasiga bosing. 1. «Imzo chekish» tugmasi bosilganida dialogli oyna ochiladi, bunda tegishli ERI tanlanishi lozim.
2. Imzolash muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda ekranda «Shakl muvaffaqiyatli imzolandi» oynasi paydo bo’ladi. Keyin «Yuborish» tugmasini bosing. Elektron imzo nima? Elektron imzo olish mumkin bo'lgan narsa emas, balki elektron raqamli imzoga egasiga egalik huquqini tasdiqlash, shuningdek imzolangan vaqtdan boshlab elektron hujjatda ma'lumot / ma'lumotlarning holatini (o'zgartirishlar mavjudligi yoki yo'qligi) qayd etish imkonini beradigan hujjat tafsilotlari. Imkoniyatlar elektron imzo ERI jismoniy shaxslarga Internet orqali davlat, ta'lim, tibbiy va boshqa axborot tizimlari bilan masofaviy aloqani ta'minlaydi. Yuridik shaxslar uchun elektron imzo elektron kim oshdi savdolarida qatnashishga ruxsat beradi, yuridik ahamiyatga ega bo'lgan elektron hujjat aylanishini (EDF) va tartibga soluvchi organlarga elektron hisobotlarni topshirishni tashkil qiladi. ERI foydalanuvchilari uchun taqdim etayotgan imkoniyatlar uni oddiy fuqarolar va kompaniya vakillarining kundalik hayotining muhim qismiga aylantirdi. elektron imzo vositasi, ya'ni kriptografik algoritmlar va funktsiyalar to'plamini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan texnik vositalar. Bu kompyuterga o'rnatilgan kriptografik provayder (CryptoPro CSP, ViPNet CSP) yoki o'rnatilgan kriptografik ta'minotchi (Rutoken EDS, JaCarta GOST) bilan mustaqil token yoki "elektron bulut" bo'lishi mumkin. "Elektron bulut" dan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan ERI texnologiyalari haqida ko'proq ma'lumotni Yagona elektron raqamli imzo portalining navbatdagi maqolasida o'qishingiz mumkin. Elektron imzo bilan faylni qanday imzolash kerak? EDS faylini imzolash uchun siz bir necha bosqichlarni bajarishingiz kerak . Bir misol sifatida, Yagona elektron imzo portalining .pdf formatidagi savdo markasi sertifikatiga malakali elektron imzoni qanday qo'yish kerak. Elektron raqamli imzo nimaga kerak va undan foydalanish muddati qancha? Misol uchun, uning yordamida bugun Yagona bportal orqali ko‘rsatilayotgan 240 dan ziyod interaktiv xizmatlardan foydalanish mumkin. ERI kaliti foydalanuvchisi o‘zining kalitidan 24 oy muddat mobaynida foydalana oladi. Uni uzaytirish uchun siz elektron raqamli imzo kalitini olingan Ro‘yxatga olish markaziga murojaat qilishingiz zarur. Elektron raqamli imzo kimlarga beriladi? ERI kalitlarning sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha beriladi. Murojatt qilgan shaxs ro‘yxatdan utish va ERI kalitining sertifikatini olish uchun soliq xizmatlari organlarida hisobda turishi zarur (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami -STIRbo‘lish kerak) Elektron raqamli imzoni qayerdan olish mumkin? Bugungi kunga kelib, 6 ta rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tgan (amaldagi) elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyat yuritib kelmoqda: o Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi; o Markaziy bank Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti;
o Davlat bojxona qo‘mitasi; o Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” Davlat unitar korxonasi; o Moliya vazirligi huzuridagi Axborot-hisoblash markazi Davlat unitar korxonasi; o “INTELLECT SOFT” xususiy korxonasi. Siz shu markazlardan biriga murojaat qilishingiz mumkin. Raqamli imzo O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. Mazkur Qonunga ko‘ra elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi ERIni ro‘yxatga oluvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Mazkur vazifa Qo‘mita tizimidagi « UNICON.UZ » – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi Davlat unitar korxonasi qoshidagi Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazi tomonidan amalga oshiriladi. Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli imzoning ochiq kalitlari va shifrlash sertifikatlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan: - uzatiladigan elektron hujjatlar va ommaviy axborot resurslarining butunligini, shuningdek ularning ishonchli autentifikatsiya qilinishini nazorat qilish; - axborot o‘zaro hamkorligi sub’ektlarining yuridik jihatdan ahamiyatli elektron identifikatsiyalash tizimini yaratish; - tizim sub’ektlarining axborot o‘zaro ishlashida xavfsizlik va foydalana olishning ajratilishini ta’minlash; - axborot o‘zaro hamkorligi sub’ektlarining elektron raqamli imzo kalitlarini boshqarish tizimini yaratish.