Masofaviy ta’lim texnologiyasi.
Masofaviy ta’lim texnologiyasi. Reja: 1.Masofaviy o’qitishning dolzarbligi 2. Masofaviy o’qitishning didaktik tizimi 3. Masofaviy o’qitishning tamoyillari
1.Masofaviy o’qitishning dolzarbligi. Ilmiy texnik taraqqiyotning xususiyatlari mustaqil ishlash kunikma va malakalarini shakllantirish va uzluksiz, ijodiy bilimlarni egallashni talab qiladi. Bunday ta’lim xizmatlarini ko’rsatish istiqbolli, zamonaviy o’quv tizimlariga quyiladigan talablardan biridir. YuNESKO «Ta’limni axborotlash instituti» mutaxassislarining fikricha, ta’lim jarayonini rivojlantirishning asosiy yunalishlaridan biri dunyo aholisiga axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalardan foydalangan holda, masofaviy o’qitish va mustakil o’qish imkoniyatlaridan keng foydalanish ta’minotini yaratishdir. Masofaviy o’qitish – bu masofadan turib o’qitish, qaysiki o’quv mashg’ulotlarining barchasi yoki ko’p qismi telekommunikasion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalar asosida olib boriladi. Masofaviy o’qitish, ayniqsa: o’qitishning an’anaviy usullaridan foydalanish imkoniyatiga ega bulmagan, bu jarayon imkoniyatlarining chegaralanganligi tufayli o’qish va ishlashni birgalikda amalga oshira olmaydiganlar uchun; turg’un sharoitda o’qish imkoniyatlariga ega bulmagan, imkoniyatlari tibbiy shart- sharoitlar tufayli chegaralanganlar uchun; o’qituvchilar va boshka soha mutaxassislarining qayta tayyorlash va malakasini oshirishda; chet el o’quv muassasalarida ta’lim olishni istaydiganlar uchun; ikkinchi mutaxassislikni egallashni istaydiganlar uchun juda dolzarb bo’lishi mumkin. Istiqbolli zamonaviy o’qitish tizimlari har bir shaxsning o’zi istagan ta’lim olish huqiqidan foydalana olish imkoniyatini berishi kerak. Masofaviy o’qitish aynan shunday o’qitish shakli bo’la oladi. O’qitishning bu tizimi boshlang’ich rivojlanish bosqichidadir.
AQSh da 1 mlnga yaqin odam masofaviy o’qitish tizimida o’qimokda. Bu tizimda televideniye imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Ispaniyada masofaviy o’qitish Milliy universiteti faoliyat ko’rsatmokda. Bu yerda sirtki oliy ta’lim olish xamda uqituvchilarning malakasini oshirish mumkin. Fransiyadagi masofaviy o’qitish Milliy Markazi 120 davlatdagi 35 000 iste’molchini qamrab olgan. Germaniyada ochiq universitet ochilgan bo’lib, bu yerda sirtqi ta’lim olish hamda malaka oshirish mumkin. Shvesiyada Baltika Universiteti Baltika xududidagi 50 da ortiq universitetni o’z ichiga qamrab oladi. Masofaviy o’qitish texnologiyasi bo’yicha barcha topshiriqlar masofadan turib bajariladi, imtihonlar esa oliy o’quv yurtida topshiriladi. Masofaviy o’qitish Yaponiya, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Iroq, Koreya, Finlyandiya, Avstraliya va Rossiyada rivojlanmoqda. Masofaviy o’qitish faqat milliy ta’lim tizimlardagina rivojlanib qolmay, balkim, alohida tijorat kompaniyalarida ham rivojlanmokda, masalan IBM, General Motors, Ford va boshqalar. Masofaviy o’qitish – ilmiy-texnikaviy taraqqiyot davrning mahsulidir va ayni vaktda uning rivojlanish katalizatori hamdir. 2. Masofaviy o’qitishning didaktik tizimi Masofaviy o’qitishning didaktik tizimi, quyidagilarni o’z ichiga oladi: O’qitish maqsadi davlat ta’lim standartlari asosida shakllanib, bilim, ko’nikma va malakalar tizimini o’z ichiga oladi. Bu iyerarxik tizimda bo’lib: o’qitish maqsadi, o’quv fani maqsadi, mavzuning o’quv maqsadi, mavzuning tayanch tushunchalari o’quv maqsadidan shakllanadi. O’qitish mazmuni an’anaviy o’qitish tizimiga to’g’ri keladi.
Masofaviy o’qitishda barcha mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash imkoniyati yo’q. O’qitishning bunday turida o’qitilishi taqiqlangan yo’nalishlar ro’yxati qonun dalolatnomalari bilan tasdiqlanib, bu yo’nalishlarda ushbu tizimni qo’llash taqiqlanadi. Ta’lim oluvchilar. Masofaviy o’qitish tizimida ta’lim oluvchilarning nomlanishi hali aniqlanmagan. Ba’zan ularni tinglovchilar deb ataydilar. Masofaviy o’qitish tizimi ta’lim oluvchilarning yetarli tayyorgarligini va ish o’rinlarining texnik ta’minotini talab etadi. O’qitadiganlar . Bu o’qituvchilar, asosan ta’lim jarayonini tashkil etish samaradorligi bulardan bog’liq bo’ladi. Ammo masofaviy o’qitishning didaktik tizimi xususiyatlari o’qituvchilar bajaradigan faoliyatlarini turli tuman funksiyalarini, serqirraligini va bajaradigan rollarining xilma-xilligini talab etadi. Aynan shuning uchun chet davlatlarda o’qituvchilar tavsiflanishi kengaytirilgan: o’qituvchi – o’quv – uslubiy qo’llanmalarning ishlab chiquvchisi; o’qitish uslublari bo’yicha maslahatchi (fasiliteyter); o’quv kurslarining interaktiv uslublari bo’yicha mutaxassis (tyuter); o’qish natijalarini nazorat qilish bo’yicha mutaxassis (invigilator); O’qitish metodlari (usullari ). «Methodas» so’zini yunon tilidan tarjima qilsak, uning ma’nosi – o’zini tutish, yo’l, ma’nosini anglatadi. O’qitish metodlari deganda o’qitish maksadiga erishish uchun, ta’lim oluvchilarning faoliyatini tashkil etish va boshqarish, o’qituvchi va o’quvchi munosabatlari haqida nazariy tushuncha beruvchi didaktik kategoriya tushuniladi. Masofaviy o’qitish tizimida, xuddi an’anaviy o’qitish tizimidagidek, o’qitishning besh metodi qo’llaniladi: axborot – reseptiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik va tadqiqot. O’qitish vositalari. O’qitish mazmuni va o’qitish vositalari bir-biri bilan bog’liq. Har bir o’qitish vositasi o’z didaktik imkoniyatlariga ega. O’qituvchi
bu didaktik imkoniyatlarni bilishi va ulardan kerakli didaktik maqsadlarga erishish uchun kerakli o’qitish vositalari majmuasini (keys) shakllantirishi kerak. O’qitish vositalari quyidagilardan iborat: kitoblar (qog’oz va elektron shaklda); tizimdagi o’quv materiallar; kopyuter o’quv tizimlari oddiy va multimedia variantda; audio o’quv axborotlari; video o’quv axborotlari; Masofaviy laboratoriya amaliyotlar va virtual stendlar; trenajyorlar; uzoqdagi bilim bazalari; ekspert o’quv tizimidagi va geoaxborot tizimidagi didaktik materiallar. O’qitish vositalari - o’qitishning texnik vositalari: magnitofon, videomagnitofon, kinoproyektor, diaproyektor, kodoskop, videoproyektor, kompyuterlar orqali amalga oshiriladi. Ilmiy o’quv material bazasi . Barcha rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, ta’lim tizimning me’yoriy faoliyat ko’rsatishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy maqomi o’quv muassasasining o’quv materiali bazasi bilan chambarchas bog’lik. An’anaviy o’quv muassasasining o’quv material bazasi o’quv jarayoni uchun kerak bo’lgan barcha moddiy va texnik vositalar majmuasini o’z ichiga oladi. Bular: o’quv va yordamchi binolar, laboratoriya anjomlar, asbob uskunalar, o’qitishning texnik vositalari, darsliklar, o’quv- uslubiy materiallar. Identifikasiyaviy-nazorat tizimi . Masofaviy o’qitish tizimida nazorat qilishning xususiyati, o’qitish tizimida o’quvchi shaxsini aniqlash – identifikasiya qilish va falsifakasiya (boshka shaxs o’rnida faoliyat ko’rsatish) uchun imkoniyat bermaslikdir. Shuning uchun bu tizimda bilim sifatini ko’p mezonli va obyektiv nazorat shakllarini videokonferensiyalar kabi turlarini o’tkazish ahamiyati ortadi. O’qitish shakllari . Bu o’qitishning tashkiliy shaklini tanlashdir. O’qitish shakllarining quyidagilari rivojlangan: ma’ruzalar, seminarlar, laboratoriya mashg’ulotlari, kurs ishlari, sinovlar, imtihonlar, maslahatlar, mustaqil ish.