logo

Numerativ so‘zlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

366.9091796875 KB
Numerativ so‘zlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanish
MUNDARIJA
KIRISH .................................................................................................................... ..3  
I BOB. NUMERATIV SO‘ZLARNI O‘QITISHNING NAZARIY  
MASALALARI
1.1.Numerativ so‘zlar. Ularning jahon tilshunosligida o‘rganilishi ...………….……7
1.2  Hozirgi o‘zbek tilida numerativ so‘zlarning o‘rganilishi va tasnifi… ………. .... 16
II BOB. NUMERATIV SO‘ZLARNI O‘QITISH NING AMALIY AHAMIYATI
2.1 .  Numerativ so‘zlar ni  o‘qitishda  interfaol usullardan   foydalanish  …. … ….....…..36
2.2 .   Tarixiy va zamonaviy hisob so‘zlar ......………………………………………...45
     
XULOSA  ............................................................................. ......................................50  
GLOSSARIY ……………………………….………….................................. ... ....... 52
ADABIYOTLAR RO‘YXATI ..................................................................... ... ..... ....55 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi.   O‘zbek   tilidagi   numerativ   so‘zlar   tilimiz   leksik
qatlamining     uzoq   tarixiy   taraqqiyoti   natijasida   shakllangan   bo‘lib,   ular     tarixiy
taraqqiyot davomida o‘zgarib, xilma-xil xususiyatlarga ega bo‘lib borgan. Badiiy asar
tilini   tahlil   etganda   numerativ   so‘zlarning   ham   o‘rni   alohida   ekanligi   ko‘zga
tashlanadi.       O‘zbek   tilshunosligida   son   so‘z   turkumining   ajralmas   qismi   bo‘lgan
numerativ   so‘zlar   tadqiqi   borasida   bir   muncha   tadqiqotlar   amalga   oshirilgan.
Xususan,   jahon   tilshunosligida   ham   bunday   so‘zlar   Janubi-sharqiy   Osiyo
mamlakatlarida   alohida   ahamiyatga   ega   va   keng   tadqiq   etilgan.   Chunki   bu
mamlakatlar   leksik   qatlamida   numerativ   so‘zlar   juda   ko‘p   qo‘llaniladi   va   tez-tez
uchraydi.   O‘zbek   tilida   ayrim   o‘rganilgan   tadqiqotlarda   ham   uning   xususiyatlari
turlicha   yoritilgan.   Hatto   bunday   so‘zlar   turlicha   nomlanadi:   numerativlar,   hisob
so‘zlar,   o‘lchov   so‘zlar,   sanoq   so‘zlar   va   h.k.   Turkologlardan   M.A.Kazimbek,
V.M.Nasilov,   A.K.Dimitriyev,   N.A.Baskakov,   A.N.Kononov,   N.Mirzazoda,
X.Bayliyev,   A.Xasenovlar   numerativlarning   bir   nechtasining   nomini   ko‘rsatib,
ularning   qanday   predmetlarga   nisbatan   sanoq   son   bilan   birgalikda   qo‘llanishini
aytadilar.   Keyinchalik   F.G.Is’hoqov,   H.Komilova,   M.Asqarova,   S.Nizomiddinova,
A.Ishayevlar ham numerativlarning ayrim turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
haqida   o‘z   mulohazalarini   bildirganlar.   O‘zbek   tilida   numerativ   so‘zlarning
o‘rganilishida P.Hamdamovning xizmatlari katta.  P.Hamdamovning “Hozirgi o‘zbek
tilida numerativlar” nomli tadqiqotida numerativ so‘zlarning iste’mol doirasi, ma’no
turlari   va   ularning   tuzilishi   keng   yoritilgan.   Numerativ   so‘zlarning   leksik-semantik
xususiytalari  o‘ziga xos  bo‘lib, ularning har  biri  o‘z    tabiatiga ega. Ayniqsa,  tarixiy
taraqqiyot   natijasida   ularning   iste’mol   doirasi   o‘zgarib   boradi.     Tilimizni   tekshirish
jarayonida   badiiy   asarlardan   keng   foydalanamiz.   Chunki   yozuvchi   hayotiy   voqea-
hodisalarni tasvirlab, obraz yaratar ekan, u so‘zlashuv tili boyliklaridan, jonli tildagi
sheva   va   kasb-hunarga   oid   til   birliklaridan   ham,   adabiy   til   normalaridan   ham   keng
foydalanadi.  Biz bu sohadagi tadqiqotlarni o‘rganib, numerativlarning badiiy matnda
2 qo‘llanish   xususiyatlari,   numerativ   so‘zlarni   o‘qitishda   klaster   metodi,   venn
diagrammasi,   T-chizmasidan   foydalanishni,   semantik-stilistik   o‘ziga   xosliklarini
ochib   berishga   qaror   qildik.   Bu   sohadagi   izlanishlarni   davom   ettirish   dolzarb
masalalardan bir hisoblanadi. 
Mavzuning   o‘rganilish   darajasi:   Hozirgi   o‘zbek   tilida   numerativlar   o‘tgan
asrning   oxirlarida   bir   muncha   o‘rganildi.   H.Komilova   o‘zbek   tilida   son   va   olmosh
so‘z   turkumlrini   tadqiqi   jarayonida   o‘zbek   tilida   qo‘llnuvchi   numerativlardan   bir
qanchasini   nomlab,   iste’moldan   chiqib   ketayotgan   va   yangi   kirib   kelgan
numerativlarni   qayd   etgan.   Bundan   tashqari   numerativlar   orasidan   arxaiklashgan
numerativlarni   ajratadi.   S.Nizomiddinova   va   A.Ishayevlar   numerativlarning   ayrim
turlarini keltirib, har bir numerativ haqida tadqiqotlar olib borishgan.     P.Hamdamov
tadqiqotlarida   numerativ   so‘zlarning   semantik   bo‘linishi,   kontekstdagi   o‘rni,   so‘zlar
bilan   bog‘lanishi   kabi   xususiyatlari   tahlil   etilgan.     Muayyan   til   stilistikasining
rivojlanishida   badiiy   adabiyot   tilining   ahamiyati   kattadir.   Badiiy   asar   tilida   keng
qamrovli til birliklari – fonetik, leksik, grammatik va   majoziy   vositalarni   kuzatish
mumkin.     Yozuvchining   tildan   foydalanish   mahorati,   morfologik     shakllar     va
sintaktik qurilmalarni tanlashi  va boshqa jihatlarida   yozuvchining individual  uslubi
ham   yuzaga   chiqadi.   Rus     tilshunoslari     V.Vinogradov,     L.V.Shcherba,
A.Peshkovskiy,   A.I.Efimov,     G.O.Vinokur,     V.V.Timofeyeva,     D.E.Rozental,
V.M.Jirmunskiy,   M.P.Brandes,     N.M.Shanskiy,     L.A.Novikov,     M.I.Kojina     va
boshqalar    o‘z tadqiqotlarida badiiy asarlar  tilini  o‘rganish masalasiga  jiddiy e’tibor
qaratdilar. O‘zbek filologiyasida ham o‘tgan asrning 40-yillaridan boshlab yozuvchi
tili  uslubi, badiiy asar tili bo‘yicha tilshunoslar ham,  adabiyotshunoslar ham baravar
tadqiqot   olib   bora   boshladilar.   Bunday   ishlar,   dastlab   maqolalar   tarzida,     keyinroq
nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarida   tadqiq etildi. Bu tadqiqot ishlarida badiiy
adabiyot   tili   muammolari   borasida   turlicha     qarashlar   mavjud.   Masalan,
S.Mamajonov,     O.Sharafutdinov,     N.Karimov,     N.Shukurov,   M.Sultonova,
J.Tursunov,     Y.Solijonov,     G.Imomova,     A.Boboniyozovlar   masalaga
adabiyotshunoslik   nuqtai     nazaridan     yondashsalar,     A.Shomaqsudov,
3 Sh.Shoabdurahmonov,     S.To‘rabekova,     B.Turdialiyev,     Q.Samadov,   A.Y.Aliyev,
S.A.Karimov,  M.Yo‘ldoshev,  R.U.Normurodov  kabi  olimlar tilshunoslik aspektida
tahlil   qiladilar.   Mazkur     bitiruv   ishida     badiiy   asarda   qo‘llanuvchi     numerativ
so‘zlarning   leksik-semantik,   stilistik   xususiyatlari   metodik   aspektda   o‘rganildi.
Numerativ   so‘zlarni   badiiy   matnlarni   tahlil   qilish   asosida   o‘rgandik   hamda   uni
o‘ qitishda   klaster   metodidan,   venn   diagrammasi,   T   chizmaaridan   foydalanish
samarali natijalar berishini tahlil qildik.
Tadqiqotning     maqsad     va     vazifalari.   Numerativ   so‘zlarni   o‘ quvchiga
mukammal   o‘rgatish   va   bu   yo‘lda   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalardan
foydalanish  ushbu tadqiqotning asosiy maqsadini tashkil etadi. Bu maqsadga erishish
uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- numerativ so‘zlarning jahon tilshunosigida, xususan turkologiyada o‘rganilish
holatini  ilmiy-tanqidiy  tahlil  qilish  hamda baholash;
-  hozirgi o‘zbek tilida numerativ so‘zlarning o‘rgnilishi; 
-   numerativ   so‘zlarning   semantik   klassifikatsiyasi   bo‘yicha   tasniflarni   tahlil
qilish;
-   numerativ   so‘ zlarni   o‘qitishda   klaster   metodidan   foydalanishning   samarali
natijalari ;
-   numerativ   so‘ zlarni   o‘qitishda   venn   diagrammasidan   foydalanishning   ijobiy
tomonlari ; 
- numerativ so‘ zlarni o‘qitishda T-chizma metodidan foydalanish .
Tadqiqot obyekti.   Universitet, litsey, kollej va maktab darsliklarida numerativ
so‘ zlarni   o‘qitishda   klaster   metodi   va   boshqa   zamonaviy   pedagogik
texnologiyalardan foydalanish  tbitiruv ishining asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. 
Tadqiqotning   metodologik   asosi.   Tadqiqotning   metodologik   asosi   bo‘lib
dialektikaning   umumiylik-xususiylik,   shakl-mazmun   kategoriyalari   xizmat qiladi.
Ana     shu     asosda     zidlanuvchi     til-nutq     dixotomiyasida     badiiy     tasvir   vositalari
mavqeini     aniqlashda     til     va     uslub     masalasi     yuzasidan     ham   tilshunoslikdagi
4 nazariy  asoslar  va  ilmiy  tahlil usullariga tayanildi. Asosan, lingvopoetik, uslubiy va
qiyosiy tahlil usullaridan keng foydalanish nazarda tutildi. 
Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar.
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi.   Ushbu   bitiruv   ishimizda   numerativ   so‘zlarning
bugungi kunda jahon tilshunosligida tutgan o‘rni, o‘zbek tilshunosligidagi ahamiyati,
boshqa so‘z turkumlari bilan aloqasi va uni   o‘qitishda klaster metodidan foydalanish
tadqiq etildi. Numerativ so‘zlar guruhlarga ma’no, qo‘llanilish turi va davri jihatidan
guruhlarga   ajratildi   hamda   klaster   metodi   asosida   ko‘rsatib   berildi.   Buning   uchun
ko‘plab slaydlar tuzildi. 
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati . Bitiruv ish metodikaning
dolzarb  masalalarini  tadqiq  etuvchi  ishlar  sirasiga  kiradi  va  darsliklar, o‘quv va
uslubiy   qo‘llanmalarni   yaratishda,   o‘quvchilarga   mana   shu   mavzuni   tushuntirishda
amaliy ahamiyat  kasb  etadi.  
Tadqiqot  natijalari  oliy  o‘quv  yurtlarining  filologiya  fakultetlari grammatika,
semasiologiya, uslubshunoslik,  badiiy  matn  tahlili,  hozirgi  zamon  o‘zbek  adabiy
tili  kabi nazariy  kurslarni  o‘tishda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  tizimi  talabalarida
badiiy  asar  tilini  tahlil  qilish  malakasini shakllantirishga yordam beradi.
Bitiruv   ishining     manbalari.     O‘zbek   tilshunosligida     numerativ   so‘zlar
bo‘yicha olib borilgan  ilmiy tadqiqotlar, ilmiy, nazariy, tanqidiy  maqolalar,  kitoblar
ishning   manbasi   vazifasini   o`tadi. O‘zbek tilida numerativ so‘zlar, klaster metodi,
venn diagrammasi, T-chizma tadqiqot ishining manbasi qilib olindi.  
Bitiruv ishiningning tarkibi va hajmi.   Bitiruv ishi kirish, ikki bob, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
5 6 I BOB. NUMERATIV SO‘ZLARNI O‘QITISHNING NAZARIY
MASALALARI
1.1 . Numerativ so‘zlar. Ularning jahon tilshunosligida o‘rganilishi. 
Inson   aql-idroki,   zakovati   bilan   o rganayotgan,   shakllantirayotgan   hamdaʼ
rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo nalishini olmaylik, albatta o lchashlarga, ularning	
ʼ ʼ
turli usullariga, o zaro bog lanishlariga duch kelamiz. 	
ʼ ʼ Tilimizda bunday birliklarning
o‘rni va ahamiyatini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega. 
Predmetlarning miqdorini o‘lchashda qo‘llanadigan so‘zlar numerativ so‘zlardir.
O‘zbek   tili   grammatikasida   numerativ   so‘zlarning   o‘rni   va   ahamiyati   alohida.
Tilshunoslar     “hisob   so‘zlar”,   “izohlovchi   so‘zlar’,   “son   bilan   predmet   o‘rtasida
qo‘llanuvchi   so‘zlar”,   “numerativlar”,   “klassifikatorlar”     deb   turlicha   ataydilar.   Biz
bunday so‘zlarni tilshunoslikda qabul qilinishi bo‘yicha numerativlar yoki numerativ
so‘zlar deb atadik. Numerativ so‘zining ma’nosi haqida  turli adabiyotlarda bir-biriga
yaqin   fikrlarni   o‘rgandik.   Numerativ   so‘zi   numerdan   kelib   chiqan   bo‘lib,   numer
so‘ziga   bir   necha   izohlar   berilgan.   D.N.Ushakova:   “Numer   ya’ni   nomer   so‘zining
mujskoy   rodda   qo‘llanishi”. 1
  A.N.Chudinovning   “Chet   el   so‘zlari   rus   tilida”   nomli
kitobida   quyidagicha   izoh   berilgan:   “Numer   –   NOMER,   NUMER   (lotincha)   1)
predmetlarning   tartibini   bildiruvchi   son;   2)   alohida   kitob;   3)   mehmonxonadagi
alohida   xona. 2
    Rus   tilining   etimologik   lug‘atida   “numer”   so‘zining   izohi   “nomer”
bilan   bog‘liq   deyiladi. 3
  Demak,   numerativ   so‘zi   lotincha   “numerus”   ya’ni   nomer
so‘zidan   kelib   chiqqan.   Numerativ   iborasi   xalqaro   birlik   bo‘lib,   o‘zbek   tili
grammatikasini   o‘rganishda   ham   ana   shu   xalqaro   nom   orqali   o‘rganish   maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Jahonda   barcha   narsalarni   o‘lchash   bilan   shug‘ullanuvchi   fan   bo‘lib,   bu   fan
metrologiya deyiladi. Metrologiya fan sifatida o lchashlar, ularga bog liq va tegishli	
ʼ ʼ
bo lgan qator masalalar bilan shug‘ullanadi. Metrologiya so‘zi yunonchadan olingan	
ʼ
bo lib,   “o lchash”,   “o lcham”,   “nutq”,   “mantiq”,   “ilm”   yoki   “fan”   ma nolarini
ʼ ʼ ʼ ʼ
1
 Толковый словар Ушакова.  Д.Н. Ушаков. 1935-1940.
2
 Чудинов А.Н. Словарь иностранных слов руского языка. 1910.
3
 Этимологической словарь русского языка Макса Фасмера.
7 bildiradi. Umumiy tushunchasini oladigan bo lsak, metrologiya - o lchashlar haqidagiʼ ʼ
fan.   O lchashlar   haqidagi   fanning   tarixi   minglab   yillarga   borib   taqaladi.   Ushbu	
ʼ
rivojlanish   davrini   uning   mazmuni   va   mohiyatiga   asoslangan   holda   quyidagi
bosqichlarga bo lish mumkin:	
ʼ
1. Аntik rivojlanish davri.
2. Stixiyali rivojlanish davri.
3. Metrik tizimning joriy etilishi.
4. Metrologiya xizmatlarining integratsiyalashish davri.
5. O zbekistonnning mustaqillik davridagi rivojlanish.	
ʼ 4
 
Eng   qadimgi   o lchash   birliklari   –   antropometrik.   U   insonning   muayyan	
ʼ
a zolariga   muvofiqlikka   yoki   moyillikka   asoslangan   holda   kelib   chiqqan.   Masalan:	
ʼ
qarich - qo l kafti yoyilgan holda bosh barmoq va jimjiloq orasidagi masofa, quloch -	
ʼ
qo llar ikki tomonga yoyilganda orasidagi masofa. Metrologiyaning tarixida bu kabi	
ʼ
birliklarni   joriy   etishda   yirik   fan   yoki   davlat   arboblarining   antropometrik
o lchamlarini   asos   qilib   olish   hollari   ham   uchraydi.   Masalan,   ingliz   qiroli   Genrix   I
ʼ
yard   o lchash   birligini   (91,44   sm)   joriy   etgan.   Bunda   namunaviy   o lchov   sifatida	
ʼ ʼ
qirolning   burni   uchidan   oldinga   cho zilgan   qo lning   o rtancha   barmog i   uchigacha	
ʼ ʼ ʼ ʼ
bo lgan masofa olingan. 	
ʼ
Metrik   tizim   1875-yil   20-mayda   Parijda   20   ta   mamlakatlar   vakillarining
konferentsiyasida   qabul   qilingan   va   Metrik   Konventsiyasi   nomini   olgan.   Metrik
Konventsiya   metrologiya   bo yicha   ilmiy   faoliyat   ko rsatuvchi   birinchi   xalqaro	
ʼ ʼ
kelishuv   hisoblanadi.   Konventsiya   metrik   etalonlarni   saqlash   va   tekshirish   uchun
ilmiy muassasa sifatida o lchovlar va tarozilar xalqaro byurosini ham ta sis etadi. Shu	
ʼ ʼ
asnoda   yuqoridagi   talablarning   to liq   ta minlanishiga   erishilgan,   ya ni   kattalikning	
ʼ ʼ ʼ
turli   qiymatlari   o zaro   o nga   karrali   bog lanishda   bo lgan   bo lsa,   bir   nechta   asosiy	
ʼ ʼ ʼ ʼ ʼ
kattaliklarning   birliklari   orasida   o zaro   bog lanishga   ham   erishilgan   (Er	
ʼ ʼ
meridianining qirq milliondan bir ulushi bo yicha - "metr", bir kub detsimetr suvning	
ʼ
temperaturasi 4 0 
C bo lgandagi massasi - "kilogramm" va hokazolar). 	
ʼ
4
 Ismatullaev P.R., Qodirova Sh.А., Аʼzamov А.А. Metrologiya  asoslari .  Toshkent , 2007, 9- bet . 
8 Fan   va   texnikaning   rivojlanishi   har   xil   kattaliklarning   o lchamlarini   muayyanʼ
o lchovlarga   qiyoslab   kiritishni   taqozo   eta   boshladi.   Bunday   faoliyat   jarayoni   va	
ʼ
rivojlanishi   davomida   o lchashlar   haqidagi   fan,   ya ni   metrologiya   yuzaga   keldi.	
ʼ ʼ
Rossiyada   o lchovlarni   metrik   tizimi   1899   yil   4   iyun   kuni   qonun   bilan   ixtiyoriy	
ʼ
tartibda qo llanishga, majburiy tartibda esa Rossiya SNK 1918-yil 14-sentabrda chop	
ʼ
etilgan dekretiga muvofiq qo llanishga qabul qilingan.	
ʼ
O rta   Osiyoda   o lchovlarning   metrik   tizimi   1923   yil   18-aprel   Turkiston	
ʼ ʼ
Respublikasi   SNK   qarori   bo yicha   “O lchovlar   va   tarozilar   to g risida   Nizom”	
ʼ ʼ ʼ ʼ
tasdiqlangan va ichki savdoni yo lga qo yish bo yicha qo mita huzurida o lchovlar va	
ʼ ʼ ʼ ʼ ʼ
tarozilarning Turkiston byurosi tuzilgandan so ng boshlangan.	
ʼ 5
Jahon tillaridan biri bo‘lmish ingliz tilida numerativ so‘zlarning o‘rganilishini
tahlil   etdik.   Ingliz   tilida   numerativ   so‘zlar   sifat   so‘z   turkumining   tarkibida
o‘rganiladi.   Ular   miqdor   sifatlari   sifatida   qaraladi.   Ingliz   tili   grammatikasida   ular
shunchaki   o‘lchab   bo‘ladigan   narsani   bildiruvchi   sifat   deyiladi   va   sanoqli   otlarga
o‘xshatiladi.   Ingliz   tilida   hisoblash   so‘zlari   rus   tiliga   o‘xshash   tarzda   ishlatiladi   va
nutqda   ularning   nostandart   ko‘rinishlari   uchraydi.   Ular   sanab   o‘tilishi   mumkin
bo‘lgan narsalarga ishora qiladi. Ularga quyidagicha misollar keltiraylik:
The paintings is 14 inches wide and 12 inches long / Rasm 14 dyum kengik va
12 dyum uzunlikda.
A   bag   of   broccoli   crowns   weighs   six   pounds   and   five   ounces   /   Bir   sumka
brokkoli boshining og‘irligi 4 funt. 
A tablet weighs 1,5 pounds / Bir tabletkaning vazni 1,5 funt. 
Xitoy tilida numerativ so‘zlarning o‘rganilishi.   Xitoy tilida numerativ so‘zlar
keng   o‘rganilgan   bo‘lib,   xitoy   tili   lug‘atlariga   ham   kiritilgan.   Xitoy   olimlari   bu
so‘zlarning   turli   ma’nolarini   keltirishadi.   Xitoyshunos   f.f.n.   A.   Karimov   o‘zining
“Xitoy   tilida   hisob   so‘zlar”   monografiyasida   xitoy   tilidagi   hisob   so‘zlarni   keng   va
atroflicha   yoritib   beradi.   Ularni   har   tomonlama   tahlil   qilib,   o‘ziga   xos   jihatlarini
ochib beradi.
5
  Ismatullaev   P . R .,  Qodirova   Sh .А., Аʼ zamov  А.А.  Metrologiya   asoslari .  Toshkent , 2007, 14- bet .
9 Malay tili Janubiy-Sharqiy Osiyodagi juda qadimiy tillardan biri hisoblanib, u
Austroneziya  tili   oilasidagi  Nusantara  tarmog‘iga  kirgan.  Austroneziya  til  oilasi   esa
o‘z navbatida Nusantara va Tibet-Xitoy til oilasi bilan birgalikda Austris til oilasiga
kirgan.   Malay   tili   hozirda   ko‘plab   davlatlarda   foydalanib   kelinmoqda.   Malay   tili
asosan Malayziya, Bruney, Singapur, Indoneziya kabi davlatlarda asosiy til til sifatida
qo‘llanilib kelinmoqda.   6
 Malay tilida hisob so‘zlar “Penjodoh bilangan” deb ataladi 7
.
Malayshunoslikda   hisob   so‘zlariga   bag‘ishlangan   alohida   izlanishlar   bo‘lmasa-da,
qator   grammatikaga   oid   kitoblarda   shu   masala   bo‘yicha   ma’lumotlar   va   qarashlar
mavjud.   Masalan,   rus   malayshunoslaridan   Darafeva   va   K ukushkina   “ Учебник
малайского   языка ”     kitobida,     Arakin   “Грамматика   индонезийского   языка”
kitoblarida o‘z qarashlarini bayon etgan. 8
 
Malay   tilshunoslarining   juda   ko‘pchiligi   kitob   va   maqolalarida   hisob   so‘zlar
masalasiga   o‘z   munosabatlarini   bildirishgan,   albatta   shulardan   Baxasa   Usmon,
Usmon   Sulaymon,   Noor   Izzudin   Mat   Zainlarning   fikrlari   qimmatlidir.     Yuqorida
sanab   o‘tilgan   olimlarning   hisob   so‘zlarga   bo‘lgan   ilmiy   yondashuvlarini   alohida
tahlil qilish zarurligi shundan bilinadiki, ularning ko‘pchiligi ushbu til hodisasini har
xil   atamalar   bilan   nomlashadi,   biri   mustaqil   desa,   boshqasi   hizmat   qiluvchi   yoki
yordamchi   so‘zlarga   kiritadi,   alohida   so‘z   turkumi   sifatida   ajratishadi   yoki
ajratishmaydi.
Jahon   tillaridan   biri   bo‘lmish   ingliz   tilida   numerativ   so‘zlarning   o‘rganilishini
tahlil   etdik.   Ingliz   tilida   numerativ   so‘zlar   sifat   so‘z   turkumining   tarkibida
o‘rganiladi.   Ular   miqdor   sifatlari   sifatida   qaraladi.   Ingliz   tili   grammatikasida   ular
shunchaki   o‘lchab   bo‘ladigan   narsani   bildiruvchi   sifat   deyiladi   va   sanoqli   otlarga
o‘xshatiladi.   Ingliz   tilida   hisoblash   so‘zlari   rus   tiliga   o‘xshash   tarzda   ishlatiladi   va
nutqda   ularning   nostandart   ko‘rinishlari   uchraydi.   Ular   sanab   o‘tilishi   mumkin
bo‘lgan narsalarga ishora qiladi. Ularga quyidagicha misollar keltiraylik:
The paintings is 14 inches wide and 12 inches long / Rasm 14 dyum kenglik va
12 dyum uzunlikda.
6
 В. А. Тюрин. Истоия Малайзии.МОСКВА, НАУКА, 1980.  c .7-8.
7
 Farid Othman. Tatabahasa Dewan Edisi baharu. KL.25-bet
8
 Malay tilida hisob so’zlar. BMI. Dauetov R. Toshkent, 2013, 13-b.
1 0 A   bag   of   broccoli   crowns   weighs   six   pounds   and   five   ounces   /   Bir   sumka
brokkoli boshining og‘irligi 4 funt. 
A tablet weighs 1,5 pounds / Bir tabletkaning vazni 1,5 funt. 
Rus   tilida   numerativ   so‘zlar   asosan   “ c чётное   слово ”   deyiladi.   Ba’zida
klasifikatorlar   yoki   numerativlar   deb   ham   ataladi.   Rus   tili   grammatikasida   bunday
so‘zlar keng o‘rganilmagan va rus tili grammatikasida asosiy o‘rin egallamaydi. 
два   куска   мяса  – ikki bo‘lak go‘sht
семь   штук   яблок  – yeti dona olma
две   пары   брюк  – ikki  juft   shim
Numerativlar   Janubi - sharqiy   Osiyo   tillarida   (   xitoy,   koreys,   vetnam,   yapon,
malay, indonez, birma, kxmer), shuningdek, mayya, atabask, avstriya va boshqa tillar
grammatikasida  muhim   ahamiyatga   ega   va   tez - tez   uchraydi .
Xitoy   tilida   numerativ   so‘zlarning   o‘rganilishi.     Xitoy   tilida   numerativ   so‘zlar
keng   o‘rganilgan   bo‘lib,   xitoy   tili   lug‘atlariga   ham   kiritilgan.   Xitoy   olimlari   bu
so‘zlarning   turli   ma’nolarini   keltirishadi.   Xitoyshunos   f.f.n.   A.   Karimov   o‘zining
“Xitoy   tilida   hisob   so‘zlar”   monografiyasida   xitoy   tilidagi   hisob   so‘zlarni   keng   va
atroflicha   yoritib   beradi.   Ularni   har   tomonlama   tahlil   qilib,   o‘ziga   xos   jihatlarini
ochib beradi.
Malay   tili   Janubiy-Sharqiy   Osiyodagi   juda   qadimiy   tillardan   biri   hisoblanib,   u
Austroneziya  tili   oilasidagi  Nusantara  tarmog‘iga  kirgan.  Austroneziya  til  oilasi   esa
o‘z navbatida Nusantara va Tibet-Xitoy til oilasi bilan birgalikda Austris til oilasiga
kirgan.   Malay   tili   hozirda   ko‘plab   davlatlarda   foydalanib   kelinmoqda.   Malay   tili
asosan   Malayziya,   Bruney,   Singapur,   Indoneziya   kabi   davlatlarda   asosiy   til   sifatida
qo‘llanilib kelinmoqda. 9
 Malay tilida hisob so‘zlar “Penjodoh bilangan” deb ataladi 10
.
Malayshunoslikda   hisob   so‘zlariga   bag‘ishlangan   alohida   izlanishlar   bo‘lmasa-da,
qator   grammatikaga   oid   kitoblarda   shu   masala   bo‘yicha   ma’lumotlar   va   qarashlar
mavjud.   Masalan,   rus   malayshunoslaridan   Darafeva   va   K ukushkina   “ Учебник
9
 В. А. Тюрин. Истоия Малайзии.МОСКВА, НАУКА, 1980.  c .7-8.
10
 Farid Othman. Tatabahasa Dewan Edisi baharu. KL.25-bet
1 1 малайского   языка ”     kitobida,     Arakin   “Грамматика   индонезийского   языка”
kitoblarida o‘z qarashlarini bayon etgan. 11
 
Numerativ   so‘zlarning   turkiy   tilda   qo‘llanish   xususiyatlarini   o‘rganishda
A.N.Kononovning ilmiy ishlari alohida diqqatga sazovor. Olim  numerativlar  haqida
birmuncha   to‘liq   ma’lumot   berib,   ularni   anglatgan   ma’nolariga   ko‘ra   3   guruhga
bo‘ladi: 
1) aniq   o‘lchov   birligini   bildiruvchi   numerativlar   (gramm,   kilogramm,   metr,
kilometr, litr, gektar);
2) noaniq   o‘lchov   birligini   anglaltuvchi   numerativlar   (qop,   yashik,   pachka,
stakan, shisha, quti, g‘aram, uyum);
3) sanoq son bilan sanaladigan so‘zlar (bosh, dona, juft, bo‘lak, parcha) o‘rtasida
qo‘llanuvchi maxsus izohlovchi so‘zlar. 12
  A.N.Kononov aytganidek, numerativ so‘zlarning hammasi ham aniq miqdorni
ifodalavermaydi. Yuqorida qayd qilingan metr, gramm, gektar kabi numerativlar turk
tilidagi   singari   boshqa   turkiy   tillarda,   jumladan,   o‘zbek   tilida   ham   aniq   o‘lchovni
ifodalasa,   qop,   yashik,   g‘aram,   pachkaga   o‘xshash   numerativlar   noaniq   o‘lchovni
anglatadi. 
Bulardan   tashqari,   turkiy   tillarga   taalluqli   ko‘plab   ishlarda   numerativ   so‘zlar,
ularning   qo‘llanishi   anglatgan   ma’nolari   haqida   bir   muncha   fikrlar   yuritiladi.   Hatto
ularning   ba’zilarida   numerativ   hisoblanadigan   ayrim   so‘zlarning   qanday   affikslalar
orqali ifodlangani ham qayd etilgan. 
Ma’lumki,   numerativ   so‘zlar   so‘z   turkumlaridan   son   bilan   bog‘liq   holda
o‘rganiladi.   Chunki   turli   miqdor   va   o‘lchovni   aks   ettiruvchi   bunday   so‘zlar   deyarli
hamma   vaqt   son   bilan,   xususan,   sanoq   son   bilan   birgalikda   qo‘llanadi.   Shu   sababli
yuqorida qayd etigan turkologlar numerativlar maslasini son so‘z turkumini o‘rganish
jarayonida   yoritib   kelganlar.   Biroq   bunday   holatani   turkiy   tillardagi   son   haqida
yozilgan   ishlarning   hammasida   ham   uchratish   mumkin.   Chunonchi,   F.G.Is’hoqov
turkiy  tillardagi   son  turkumi   haqida anchagina  ma’lumot  bergan.  U turkiy tillardagi
11
 Malay tilida hisob so’zlar. BMI. Dauetov R. Toshkent, 2013, 13-b.
12
 Кононов А.Н. Грамматика современного турецкого литерратурного языка. М . –  Л ., 1956,  с .165-375.
1 2 sonni   sanoq   son,   tartib   son,   jamlovchi   son,   taqsim   son,   taxmin   sonlarga   bo‘lib
ko‘rsatgan. Ularning har qaysisiga alohida e’tibor berib, turkiy tillar oilasiga kiruvchi
deyarli hamma tillarni nazarda tutgan holda yoritib bergan. Ammo bu tadqiqot ishida
numerativ so‘zlar to‘g‘risida negadir hech qanday fikr yuritilmagan.  13
Numerativ   so‘zlar   turkiy   tillardan   tashqari   boshqa   tillarda   ham   turlicha
o‘rganilgan. Chunonchi, fors va tojik tili grammatikasida numerativ so‘zlar son so‘z
turkumi bilan birgaikda o‘rganilgan. V. S. Rastorgueva fors tilida son bilan sanalmish
predmet   o‘rtasida   ko‘pincha   nafar   (insonga   nisbatan),   sar,   raz-bosh   (hayvonlarga
nisbatan),   dane   (jonsiz   predmetlarga   nisbatan)   kabi   numerativlarning   qo‘llanishini
qayd   qiladi.   Donalikni   anglatuvchi   numerativlar   vazifasini   –ta   affeksi   ham   bajara
olganini aytadi. 14
A.N.Kononov   aytganidek,   numerativ   so‘zlarning   hammasi   ham   aniq   miqdorni
ifodalavermaydi. Yuqorida qayd qilingan metr, gramm, gektar kabi numerativlar turk
tilidagi   singari   boshqa   turkiy   tillarda,   jumladan,   o‘zbek   tilida   ham   aniq   o‘lchovni
ifodalasa,   qop,   yashik,   g‘aram,   pachkaga   o‘xshash   numerativlar   noaniq   o‘lchovni
anglatadi. 
Bulardan   tashqari,   turkiy   tillarga   talluqli   ko‘plab   ishlarda   numerativ   so‘zlar,
ularning   qo‘llanishi   anglatgan   ma’nolari   haqida   bir   muncha   fikrlar   yuritiladi.   Hatto
ularning   ba’zilarida   numerativ   hisoblanadigan   ayrim   so‘zlarning   qanday   affikslalar
orqali ifodlangani ham qayd etilgan. 
Ma’lumki,   numerativ   so‘zlar   so‘z   turkumlaridan   son   bilan   bog‘liq   holda
o‘rganiladi.   Chunki   turli   miqdor   va   o‘lchovni   aks   ettiruvchi   bunday   so‘zlar   deyarli
hamma   vaqt   son   bilan,   xususan,   sanoq   son   bilan   birgalikda   qo‘llanadi.   Shu   sababli
yuqorida qayd etigan turkologlar numerativlar maslasini son so‘z turkumini o‘rganish
jarayonida   yoritib   kelganlar.   Biroq   bunday   holatani   turkiy   tillardagi   son   haqida
yozilgan   ishlarning   hammasida   ham   uchratish   mumkin.   Chunonchi   F.G.Is’hoqov
turkiy  tillardagi   son  turkumi   haqida anchagina  ma’lumot  bergan.  U turkiy tillardagi
sonni   sanoq   son,   tartib   son,   jamlovchi   son,   taqsim   son,   taxmin   sonlarga   bo‘lib
13
  Hamdamov P. Hozirgi o’zbek tilida numerativlar. –T., Fan, 1983, 6-b.
14
 Hamdamov P. Hozirgi o’zbek tilida numerativlar. –T., Fan, 1983, 7-b.
1 3 ko‘rsatgan. Ularning har qaysisiga alohida e’tibor berib, turkiy tillar oilasiga kiruvchi
deyarli hamma tillarni nazarda tutgan holda yoritib bergan. Ammo bu tadqiqot ishida
numerativ so‘zlar to‘g‘risida negadir hech qanday fikr yuritilmagan. S.D. Arzumanov
tojik tilida mavjud bo‘lgan nafar, sar, adad,  dona, bant, bog‘, tutam, dasta numerativ
so‘zlarining   sanoq   son   bilan   birgalikda   qo‘llanishi   va   angalatgan   ma’nolarini   bir
muncha yoritib bergan. 15
R.L.Nemenova   tojik   tilidagi   numerativ   so‘zlar   haqida   to‘xtab,   sad   nafar
koxozchi   (yuz  nafar   kolxozchi), haftdah sar  go‘sfand (17  bosh  qo‘y), se  dona  kitob
(uch dona kitob) misollari bilan numerativlarning qo‘llanishini ko‘rstadi.
L.V.Uspenskaya   esa   numerativ   so‘zlarning   tojik   tili   shevalarida   ko‘plab
uchrashini   aytadi   va   ularning   anglatgan   ma’nolarini   izohlab   beradi.   O‘zbek   tilidagi
numerativ   so‘zlar   haqida   dastlabki   ma’lumot   “O‘zbek   tili   darsligi”,   va   “O‘zbek
tilidan   qo‘llanma”   kitoblarida   uchraydi.   Ularda   nafar,   juft,   nusxa,   tup,   bog‘,   jo‘ra,
gektar,   tonna,   sentner,   litr,   metr,   bosh,   qarich,   hovuz   singari   numerativlar   sanoq
sonlar bilan birga kelishi qayd etilgan. 
A.N.Kononov,   V.V.Reshetov,   A.K.Borovkovlar   o‘zbek   tilida   ishlatiladigan
numerativlardan   bog‘,   bosh,   nafar,   nusxa,   juft,   dona,   tup   kabilarining   qo‘llanish   va
anglatgan ma’nolari haqida to‘xtab o‘tadilar.  16
Ma’lumki,   numerativ   so‘zlar   so‘z   turkumlaridan   son   bilan   bog‘liq   holda
o‘rganiladi.   Chunki   turli   miqdor   va   o‘lchovni   aks   ettiruvchi   bunday   so‘zlar   deyarli
hamma   vaqt   son   bilan,   xususan,   sanoq   son   bilan   birgalikda   qo‘llanadi.   Shu   sababli
yuqorida qayd etigan turkologlar numerativlar maslasini son so‘z turkumini o‘rganish
jarayonida   yoritib   kelganlar.   Biroq   bunday   holatani   turkiy   tillardagi   son   haqida
yozilgan   ishlarning   hammasida   ham   uchratish   mumkin.   Chunonchi   F.G.Is’hoqov
turkiy  tillardagi   son  turkumi   haqida anchagina  ma’lumot  bergan.  U turkiy tillardagi
sonni   sanoq   son,   tartib   son,   jamlovchi   son,   taqsim   son,   taxmin   sonlarga   bo‘lib
ko‘rsatgan. Ularning har qaysisiga alohida e’tibor berib, turkiy tillar oilasiga kiruvchi
15
 Арзуманов С.Д. Забони тожики. Душанбе, 1951, сах.173.
16
 Кононов А.Н. Грамматика современного турецкого литерратурного языка. М . –  Л ., 1956,  с .165-375.
1 4 deyarli hamma tillarni nazarda tutgan holda yoritib bergan. Ammo bu tadqiqot ishida
numerativ so‘zlar to‘g‘risida negadir hech qanday fikr yuritilmagan.  17
Numerativ   so‘zlar   turkiy   tillardan   tashqari   boshqa   tillarda   ham   turlicha
o‘rganilgan. Chunonchi, fors va tojik tili grammatikasida numerativ so‘zlar son so‘z
turkumi bilan birgaikda o‘rganilgan. V. S. Rastorgueva fors tilida son bilan sanalmish
predmet   o‘rtasida   ko‘pincha   nafar   (insonga   nisbatan),   sar,   raz-bosh   (hayvonlarga
nisbatan),   dane   (jonsiz   predmetlarga   nisbatan)   kabi   numerativlarning   qo‘llanishini
qayd   qiladi.   Donalikni   anglatuvchi   numerativlar   vazifasini   –ta   affeksi   ham   bajara
olganini aytadi. 18
S.D.Arzumanov tojik tilida mavjud bo‘lgan nafar, sar, adad,  dona, bant, bog‘,
tutam,   dasta   numerativ   so‘zlarining   sanoq   son   bilan   birgalikda   qo‘llanishi   va
angalatgan ma’nolarini bir muncha yoritib bergan. 19
R.L.Nemenova   tojik   tilidagi   numerativ   so‘zlar   haqida   to‘xtab,   sad   nafar
koxozchi   (yuz  nafar   kolxozchi), haftdah sar  go‘sfand (17  bosh  qo‘y), se  dona  kitob
(uch dona kitob) misollari bilan numerativlarning qo‘llanishini ko‘rstadi.
L.V.Uspenskaya   esa   numerativ   so‘zlarning   tojik   tili   shevalarida   ko‘plab
uchrashini   aytadi   va   ularning   anglatgan   ma’nolarini   izohlab   beradi.   O‘zbek   tilidagi
numerativ   so‘zlar   haqida   dastlabki   ma’lumot   “O‘zbek   tili   darsligi”,   va   “O‘zbek
tilidan   qo‘llanma”   kitoblarida   uchraydi.   Ularda   nafar,   juft,   nusxa,   tup,   bog‘,   jo‘ra,
gektar,   tonna,   sentner,   litr,   metr,   bosh,   qarich,   hovuz   singari   numerativlar   sanoq
sonlar bilan birga kelishi qayd etilgan. 
A.N.Kononov,   V.V.Reshetov,   A.K.Borovkovlar   o‘zbek   tilida   ishlatiladigan
numerativlardan   bog‘,   bosh,   nafar,   nusxa,   juft,   dona,   tup   kabilarining   qo‘llanish   va
anglatgan ma’nolari haqida to‘xtab o‘tadilar.  20
1.2 .   Hozirgi o‘zbek tilida numerativ so‘zlarning o‘rganilishi va tasnifi.
17
  Hamdamov P. Hozirgi o’zbek tilida numerativlar. –T., Fan, 1983, 6-b.
18
 Hamdamov P. Hozirgi o’zbek tilida numerativlar. –T., Fan, 1983, 7-b.
19
 Арзуманов С.Д. Забони тожики. Душанбе, 1951, сах.173.
20
 Кононов А.Н. Грамматика современного турецкого литерратурного языка. М. – Л., 1956, с.165-375.
1 5 Son   bilan   predmet   o‘rtasida   qo‘llaniladigan   numerativ   so‘zlar   predmetning
xususiyatiga   qarab   qo‘shiladi.   Numerativ   so‘zlar   sanalayotgan   konkret   predmetni
ko‘rsatmay,   o‘sha   predmetni   hisoblashda,   uning   qaysi   kategoriyaga,   guruhga   oid
ekanligini   aniqlash   uchun   ishlatiladi.   Sanoq   so‘zlarning   ko‘pchiligi   ot   turkumidagi
so‘zlardir:   dona.   tup,   nusxa,   bog‘lam,   siqim.   O‘zbek   tilida   numerativ   so‘zlarning
ishlatilish doirasi juda keng va turli-tumandir.
Hozirgi o‘zbek tilida numerativ so‘zlar “O‘zbek tili izohli lug‘ati”, “O‘zbek tili
etimologik lug‘atlari”ga ham kiritilsa olib borilgan tadqiqotlar yanada davom etadi va
rivoj   topadi.   Numerativ   so‘zlar   predmetning   miqdorini   o‘lchashda   ma’lum   darajada
o‘lchov   birligi   sifatida   xizmat   qiladi.     Numerativlar   sanoq   son   bilan   sanaladigan
predmet orasida kelib, ularning turli xususiyatlariga ko‘ra o‘lchovini bildiradi.  Miyasi
hech   narsa   anglamasdi,   shunday   bo‘lsa   ham  ertaga   yo   indinga  bir   ish   qilib  loaqal
uch   ming   so‘m   pul   topishga   jazm   qildi   ( Cho‘lpon   “Kecha   va   kunduz”).
Abdulhakimning   qiziga   usta   Mavlonning   o‘g‘li   bir   hovuch   mayiz   berganini   o‘z
ko‘zim bilan ko‘rganman   ( A.Qahhor “Mayiz yemagan xotin”). Bir qop somon, o‘n-
o‘n   beshta   xoda,   bir   arava   qamish—uy,   ho‘kiz   toppish   uchun   necha   zamonlar
qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi (A.Qahhor “O‘g‘ri”).   Domla ikki shisha
pivoning ustidan yuz gramm aroqni bitta otib o‘rnidan turibdiyu, gulchidan kattakon
guldasta   sotib   olib,   parkning   orqasidagi   jinko‘chaga   kirib   ketibdi   (A.Qahhor
“To‘yda   aza”).   Yuqoridagi   misollarda   so‘m   pul   qiymatini,   hovuch   butunning
qismini, qop og‘irlikni, gramm suyuqlikni ifodalovchi numerativlardir. 
H.Komilova   ham   o‘zbek   tilida   qo‘llanuvchi   numerativlardan   bir   qanchasini
nomlab,   ulardan   gramm,   sentner,   metr   kabilarning   hozirgi   vaqtda   keng   ravishda
qo‘llanib   borayotganligini   ko‘rsatadi.   Shuningdek,   hozirgi   kunda   tuya,   qadoq,
botmonga   o‘xshash   numerativlarning   arxaiklashib   qolganigini   aytadi,   numerativ
so‘zlarning sanalmish predmet xususiyatiga qarab ishlatilishini o‘rinli qayd etadi.
Numerativ   so‘zlarning   qanday   sonlar   bilan   birgalikda   qo‘llanishi   va   ularning
semantik turlari haqidagi M.Asqarovaning  fikrlari ancha mukammaldir 21
21
 Ҳозирги ўзбек адабий тили. Тошкент, 1980, 265-278-б.
1 6 S.Nizomiddinova,   A.Ishaevlar   ham   numerativlarning   ayrim   turlari   va   ularning
o‘ziga xos xususiyatlari haqida o‘z mulohazalarini bildiradilar.  22
O‘zbek tilida numerativ so‘zlarning o‘rganilishida P.Hamdamovning xizmatlari
katta.   P.Hamdamov   o‘zbek   tilida   numerativ   so‘zlarning   iste’mol   doirasi,   ma’no
turlari,   tuzilshiga   ko‘ra   turlari,   qo‘shma,   juft,   takroriy,   birikmali   numerativlarni
tadqiq etdi.
Hisob so‘zlari ko‘pincha ot turkumidagi so‘zlardan bo‘ladi: qop, hovuch, piyola,
dona, nafar, tup, bog‘lam, siqim, tutam kabi.
Hisob so‘zlarning ishtirokisiz odam, hayvon, joy, narsa-buyum kabi har bir aniq
otni   to‘liq   deb   bo‘lmaydi.   Bundan   tashqari   hisob   so‘zlar   narsalarning   tashqi
ko‘rinishiga   qarab   ham   ishlatilishi   ham   mumkin.Bunda     ot   foydalanib   kelayotgan
narsa bilan birga sanaladi.
Odam,   hayvon,   joy,   narsa-buyum   kabi   har   bir   aniq   otning   o‘ziga   xos   hisob
so‘zlari bordir.
Hisob so‘zlar sanoq son bilan birga ishlatiladi. Gap tarkibida hisob so‘zlar aniq
otdan oldin va sanoq sondan keyin qo‘yiladi. 
Hisob so‘z gap tarkibida quyidagicha ketma-ketlikda keladi:
Sanoq son + hisob so‘z + ot
Dalaga  bir mashina o‘g‘it  yuborildi. 
Qadimdan   predmetlarni   o‘lchash   uchun   turli   idishlar   yoki   boshqa   o‘lchov
vositalari ko‘plab ishlatilgan. Ularning ayrimlari hozirgi tilda o‘lchov vositasi sifatida
yo   butunlay   qo‘llanilmaydi,   yoki   ishlatilish   doirasi   torayib,   passivlashib   qolgan.
Odamlar dunyodagi barcha narsalarni har birining sanog‘iga qarab toifalarga bo‘ladi.
Bu   biror   bir   tilni   oson,   chiroyli   va   o‘ziga   xos   qilish   maqsadida   amalga   oshiriladi.
Toifalarga   bo‘lish   bilan   yana   aytilmoqchi   bo‘lgan   obyekt   bilan   mos   bo‘lgan   hisob
so‘zlarning ishlatilishi aniqlashadi.Hisob so‘zlar sanoq so‘zlar bilan birga aniq otlarni
sanash   uchun   ishlatiladi   (ba’zan   mavhum   otlar   bilan   ham   ishlatilishi   mumkin).
Masalan   odam,   hayvon,   joy   va   shu   kabilar.   Hisob   so‘zlar   sonni   otga   bog‘lashda
xizmat   qilib,   uni   sonini   aniqlab   keladi.   Hisob   so‘zlarni   ishtirokisiz   odam,   hayvon,
22
 Низомиддинова С. Ҳозирги замон ўзбек тилида сон. Тошкент, 1963. 32-41-бетлар.
1 7 joy, narsa-buyum kabi har bir aniq otni to‘liq deb bo‘lmaydi. Bundan tashqari hisob
so‘zlar   narsalarni   tashqi   ko‘rinishiga   qarab   ham   ishlatilishi   mumkin.   Bunda   ot
foydalanilib   kelayotgan   narsa   bilan   birga   sanaladi.   Odam,   hayvon,   joy   va   narsa-
buyum kabi har bir aniq otning o‘ziga xos hisob so‘zlari bordir. Hisob so‘zlar sanoq
sonlar   bilan   birga   ishlatiladi.   Gap   tarkibida   hisob   so‘zlar   aniq   otdan  oldin   va  sanoq
sondan keyin qo‘yiladi.
  Albatta, tilshunoslikda hisob so‘zlari haqida shu kungacha ko‘plab ilmiy ishlar
qilingan, izlanishlar olib borilgan. Ilmiy izlanishlar hisob so‘zlariga bag‘ishlanganligi
sababli   asosiy   izlanish   manbai   so‘zdir.   Tilshunoslikda   eng   ko‘p   ixtiloflarga   sabab
bo‘lgani   so‘z   tushunchasi   bo‘lsada,   biroq   harfiy   tillar   uchun   so‘z   tushunchasi
umuman aniq ko‘rsatilgan, masalan A.Hojiyevning “Lingvistika atamalarning izohli
lug‘atida” so‘zning ta’rifini topishimiz mumkin. Matn va nutq ichidan so‘zni ajratib
olish   va   uni   so‘z   deb   bilish   nazariyasi   A.I.   Smirnitskiy   “K   voprosu   o   slove”
maqolalarida   izohlab   bergan.Bevosita   hisob   so‘zlar   masalasiga   kelsak,   maxsus
adabiyotlarda   ularni   “klassifikatori”,   ya’ni   saralovchilar   deb   nomlashadi.   Bundan
tashqari   “numerativ”   va   “chislovoy   determenativ”   atamalari   ham   qo‘llaniladi.
“Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar”da klassifikatorlarni “so‘zlarning leksik-
grammatik   qatlami   deb,   ular   qator   tillarda   (son+ot)   hisob   konstruksiyalari   bilan
qo‘llanish uchun xizmat qiladilar” degan izoh berilgan.
Numerativlarning   ayrimlari   o‘lchanayotgan,   sanalayotgan   predmetning
qandayligiga xoslangan bo‘ladi. Masalan, nafar shaxslarning, bosh hayvonlarning, litr
suyuqliklarning   tup   o‘simliklarning   miqdorini   ifodalashga   xoslangan:   besh   tup
daraxt, o‘n bosh qo‘y, to‘rt nafar talaba kabi.
Maktab   darsliklarida   ham   bosh   so‘zi   hayvonlarga   nisbatan   qo‘llanilishi   aytib
o‘tilgan.   Ammo   nutqda   bosh   numerativi   mevaga   nisbatan   ham   ishlatilishini   ko‘rish
mumkin.   Masalan,   bir   bosh   uzum.   Demak,   darsliklarda   buni   ham   e’tibordan   chetda
qoldirmaslk lozim deb o‘ylaymiz.
O‘lchov   so‘zlar   ichida   ayrimlari   faqat   o‘lchov-hisob   ma’nosini   bildirsa,
ayrimlari   alohida   olinganda   predmet   nomini,   matn   ichidagina   o‘lchov   birligi
1 8 ma’nosini bildiradi. Masalan, suyuqlik o‘lchovi uchun paqir, shisha, bochka; xashak,
o‘tinlarni   o‘lchash   uchun   tutam,   quchoq,   bog‘;   uzunlikni   o‘lchash   uchun   qarich,
qadam,   yog‘och   singari   so‘zlar   faqat   matn   ichidagina   qo‘llaniladi.   Masalan,   besh
shisha   mineral   suv,   uch   bochka   pivo,   bir   paqir   suv.   Bu   hisob   so‘zlar   alohida
olinganda esa narsa va hodisalarning nomini bildiradi. 
Sh.Shoabdurahmonov,   M.Asqarova,   A.Hojiyev,   I.Rasulov,   X.Doniyorovlar
hammuallifligida   yozilgan   “Hozirgiz   o‘zbek   adabiy   tili”   darsligida   hisob   so‘zlar
numerativlar   ham   deb   ataladi   va   numerativlarning   semantik   bo‘linishi   boshqa
tasniflardan deyarli farq qilmaydi. Ahamiyatli jihati yosh hisobi uchun ishlatiladigan
numerativlar   bir   necha   affikslar   bilan   hosil   qilinuvchi   so‘zlardan   iboratligi
ko‘rsatildi. 23
  Ularning   qo‘llanishi   quyidagicha:   -ar   affiksini   olgan   yosh   so‘zi   yashar
shaklida   ishlatiladi:   Ba'zan   yashar   so‘zi   -li   affiksini   olib   ham   keladi:   yoshli.   -dagi
affiksi   yosh   so‘ziga   qo‘shilib   keladi:   -dagi   affiksi   oldidan   -lar   affiksi   qo‘shilib
ishlatil- ganda, taxminiy yosh hisobi ma'nosi ifodalanadi: ellik yoshlardagi ayol, yetti
yoshlardagi   bola.;   -li(k)   affiksi   ham   yosh   so‘ziga   qo‘shilib   keladi:   ikki   oylik
chaqaloq, yigirma yoshli talaba. 
Sh.   Shoabdurahmonov   va   b.   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili”   darsligida   hisob
so‘zlarning qo‘llanishiga ko‘ra quyidagi turlarini ko‘rsatadi: 24
1. Predmetlarni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zlar:
dona, nusxa, bosh, tup, nafar. Masalan:  Samandarov ikki   dona   gayka, bir   dona   mis
parrakni ko‘rdi. Tagorning 59 marta 160000  nusxa  kitobi nashr etildi.
2. Butunning,   guruhning   yoki   to‘daning   qismini   hisoblash   uchun
ishlatiladigan   so‘zlar:   burda,   parcha,   varaq(sahifa),   og‘iz,   luqma,   siqim,
tilim(karch), chimdim, qultum, tomchi, qatra, chaqmoq, nimta, to‘g‘ram, poy, bo‘lak,
shingil. Masalan: Har ehtimolga qarshi qopqonga bir  burda  non ham qistirib qo‘ydi.
Yerda   bir   parcha   eski   namat   ustida   kir   ko‘rpacha   xolos.   Saida   o‘n   to‘rt   sahifadan
iborat qo‘l yozma nutqini ko‘rib chiqdi. 
23
 Е .  Шоабдураҳмонов,  М.  Асқарова, Ҳожиев,  И.  Расулов,   X .  Дониёров. Ҳозирги узбек адабий тили. Тошкент, 
1980-й, 272-б.
24
  Shoabdurahmonov   Sh .,  Asqarova   M .,  Hojiyev   A .,  Rasulov   I .,  Doniyorov   X .  Hozirgi   o ’ zbek   adabiy   tili . –  Toshkent ,1980.
1 9 Bundan   tashqari   nutqimizda   yutum,   ho‘plam,   toqa   kabi   hisob   so‘zlari   ham
uchraydi.
3. To‘dalab, guruhlab ko‘rsatuvchi hisob so‘zlari:   gala, to‘p, guruh, to‘da,
dasta,   bog‘(bog‘lam),   quchoq,   shoda,   nafar,   gruppa,   hovuch.   Masalan:   Olisdan   bir
gala   o‘rdak   uchib   kelayotgan   edi.   Bu   yerda   bir   to‘p   ayollar   majlisni   kutib
o‘tirishibdi. Darvoza ustida turgan bir  guruh  odamni tusmol bilan tanish mumkin edi.
Xiyla vaqtdan keyin Qo‘qon tomondan bir  to‘da  otliq ko‘rindi.
4. Juft   predmetlar   hisobini   ko‘rsatuvchi   so‘zlar:   juft,   par(a).   Masalan:
yaraqlagan bir   juft   kalishni  menga uzatdi. Menga bir   par   tufli, bir   par   paypoq olib
kelib sevintirishdi. 
5. Og‘irlikni   o‘lchash   uchun   ishlatiladigan   hisob   so‘zlari.   Predmetning
og‘irligini o‘lchash uchun ishlatiladigan hisob so‘zlari, yuqorida aytganimizdek, aktiv
va passiv(yoki arxaiklashgan) gruppaga ajratiladi. 
1-gruppani   gramm,   kilogramm,   litr,   pud,   sentner,   tonna   kabi   aktiv
qo‘llanuvchi     hisob   so‘zlari   tashkil   qiladi:   O‘tgan   yil   har   gektar   yerdan   o‘ttiz   besh
sentnerdan  paxta hosilini oldik.
2-gruppani esa ishlatilish doirasi torayib borayotgan yoki arxaiklashgan   misqol,
qadoq, botmon  kabi hisob so‘zlari tashkil qiladi: To‘rtta qo‘y, uch  botmon  bug‘doy,
bir   botmon   guruch   so‘ratipti.     Shuningdek,   qadimda   paysa,   dahsar   kabi   hisob
so‘zlari bo‘lgan.
6. Uzunlik   o‘lchovi   uchun   ishlatiladigan   hisob   so‘zlari:   metr,   santimetr,
kilometr,   millimetr.   Qalandarovning   mashinasi   soatiga   80   kilometr   masofa   o‘tib
borardi.
Uzunlik o‘lchovi sifatida qo‘llangan   gaz, tanob, tosh   kabi so‘zlar hozirgi tilda
arxaiklashgan.   Shuningdek,   bu   guruhga   yog‘och,   qalam   hisob   so‘zlarini   ham
kiritishimiz mumkin.
Bulardan tashqari, uzunlik o‘lchovi sifatida qadimdan ishlatilib kelingan  qarich,
quloch, chaqirim, qadam  so‘zlari ham hozirgi jonli tilda ko‘plab qo‘llanadi:
2 0 Quloch:   Farhodning   otgan   toshlari   ming   qulochdan   ham   tegardi.   Bir   quloch
arqonini olib uydan chiqib ketdi.
7. Yosh   hisobi   uchun   qo‘llanadigan   hisob   so‘zlar:   yosh,   yashar,   yoshli,
yoshdagi,   oylik,   kunlik   kabi.   Masalan:   Zvenoga   yetmish   bir   yashar   To‘xta   buvi
saylandi. Sakkiz   yashar   o‘g‘li  va ‘n bir   yoshli   qizini  olib uydan chiqib ketdi. Yetti
oylik  pahlavondek o‘g‘ilchasi bilan keldi.
8. Vaqt   o‘lchovi   uchun   ishlatiladigan   hisob   so‘zlar:   asr,   yil,   oy,   hafta:
Oradan   uch   yil   vaqt   o‘tdi.   Ba’zan   bu   so‘zlar   –lik   affiksini   olib   predmetning   vaqtga
nisbatan   belgisini   ko‘rsatishi   mumkin.   Masalan,   Traktorning   haqi   bitta   otning   o‘n
kunlik   yem-xashagidan   arzon   tushibdi.   Shuningdek,   soniya,   soat,   kun   kabi   so‘zlar
ham vaqt o‘lchovi uchun ishlatiladigan hisob so‘zlari hisoblanadi.
9.   Qiymat   (pul)   hisobi   uchun   ishlatiladigan   hisob   so‘zlar:   so‘m,   tiyin,
tanga. Mayda pulning hisobi uchun ishlatiladigan miri, paqir so‘zlari arxaiklashgan.
Nilufar   Rasulova   ona   tilidan   ma’ruzalarida   maydon   o‘lchovini   bildiradigan
hisob so‘zlari (sotix, gektar, tanob), harakatning miqdorini bildiruvchi hisob so‘zlari
(marta, navbatda, karra, bor, hissa, qatla, sidra, daf’a, qur), suyuqlik o‘lchovi uchun
hisob so‘zlari (paqir, chelak, shisha, bochka) kabi hisob so‘zlarini keltirib o‘tadi.  
Professor   Baxtiyor   Mengliyev   numerativ   so‘zlarni   quyidagicha   guruhlarga
ajratadi. Hisob so‘zning qo‘llanish davriga ko‘ra turi 25
:
1. Eskirgan hisob so‘zlar: gaz (bir gaz chit), jon, vaqt (besh vaqt namoz), mahal
(uch mahal ovqat), paysa, pud (o‘n pud bug‘doy), sarjin, so‘lkavoy, tanob, tosh (to‘rt
tosh yo‘l), enlik (ikki enlik xat), yumaloq (uch yumaloq choy), qadoq.
2. Zamonaviy   hisob   so‘zlar:   gradus,   kilovatt-soat,   kubometr,   metr   (santimetr,
millimetr), mehnat kuni, minut, par, sotix, sentner.
3. Yangi hisob so‘zlar: bayt, megabayt, gegabayt, dyum.
Hisob so‘zning qanday hisoblashiga ko‘ra turlari:
1. Yakkalab hisoblash uchun: bosh, dona, nafar, tup, nusxa.
2. Juftlab hisoblash uchun: juft, par(a).
25
 Mengliyev B., Xoliyorov O’. O’zbek tilidan universal qo’lllanma. – Toshkent, 2007.
2 1 3. To‘dalab   hisoblash   uchun:   bog‘/bog‘lam,   gala,   guruh,   dasta,   to‘da,   to‘p,
shoda, quchoq, hovuch.
4. Bo‘laklab hisoblash uchun: burda, varaq (bet, sahifa), luqma, og‘iz (bir og‘iz
gap), parcha, poy, siqim, tilim (karch), tomchi (qatra), to‘g‘ram, chaqmoq, chimdim,
shingil, qultum.
Hisob so‘zning nimani hisoblashiga ko‘ra turi:
1. Og‘irlik: gramm, kilogramm, litr, pud, tonna, sentner, misqol, qadoq, botmon
(aniq  o‘lchovni  bildiradi);   kosa,   payola,  choynak,  qop,  xalta,  qoshiq,   quti   (taxminiy
o‘lchovni bildiradi).
2. Uzunlik: qarich, qadam, quloch.
3. Yosh: yashar, yoshdagi, yoshli.
4. Vaqt: asr, yil, kun, kecha-kunduz, oy, hafta, daqiqa, soat, soniya.
5. Qiymat: so‘m, tiyin, miri, paqir, dinor, yevro, dollar.
6. Ish-harakat: marta/martaba/marotaba, karra, qatla, sidra (bular tartib son bilan
ham qo‘llanadi: bir marta – birinchi marta kabi). 
P.   Xamdamovning   “Hozirgi   o‘zbek   tilida   numerativlar”   mongrafiyasi   shu
sohada yozilgan eng noyob ishardan biridir.
Xitoyshunos   f.f.n.   A.   Karimov   o‘zining   “Xitoy   tilida   hisob   so‘zlar”
monografiyasida   xitoy   tilidagi   hisob   so‘zlarni   atroflicha   yoritib   beradi.   Ularni   har
tomonlama tahlil qilib, o‘ziga xos jihatlarini ochib beradi.
Yaponshunoslikda   hisob  so‘zlariga  bag‘ishlangan  alohida  izlanishlar  bo‘lmasa-
da, qator grammaikaga oid kitoblarda shu masala bo‘yicha ma’lumotlar va qarashlar
mavjud.
Yuqorida   sanab   o‘tilgan   olimlarning   hisob   so‘zlarga   bo‘lgan   ilmiy
yondashuvlarini alohida tahlil qilish zarurligi shundan bilinadiki, ularning ko‘pchiligi
ushbu   til   hodisasini   har   xil   atamalar   bilan   nomlashadi.   Biri   mustaqil   desa,   boshqasi
xizmat qiluvchi yoki yordamchi so‘zlarga kiritadi.
8.  Vaqtni bildiruvchi numerativlar: minut, soat, kun, oy, yil, asr kabi. 26
26
 Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o’zbek adabiy tili.-T.,1975
2 2 Bu   tasnif   o‘sha   davrda   iste’molda   bo‘lgan   numerativlarning   kiritilishi   bilan
ancha   ahamiyatli,     ammo   bu   tasnifda   keltirilgan   ba’zi   numerativlar   bugungi   kunda
iste’moldan   chiqqan   so‘zlar.   Masalan   uzunlikni   bildiruvchi   tosh,   chaqirim,   gaz;
og‘irlikni   bildiruvchi   pud,   botmon,   chorak;   sathni   bildiruvchi   tanob;   qiymatni
bildiruvchi tiyin, chevron.  
E. Qilichev  numerativ so‘zlarni sanoq so‘zlar deb ataydi. Bunday numerativlar
predmetning   xususiyatiga   qarab   qo‘shilishi   qayd   etilgan.   Numerativ   so‘zlar
sanalayotgan   konkret   predmetni   ko‘rsatmay,   o‘sha   predmetni   hisoblashda,   uning
qaysi  kategoriyaga, guruhga oid ekanligini  aniqlash  uchun ishlatiladi. Sanoq so‘zlar
ko‘pincha   ot   turkumidagi   so‘zlardan  ifodalangan  bo‘ladi:  dona.   tup,  nusxa.bog‘lam,
siqim.   O‘zbek   tilida   numerativ   so‘zlarning   ishlatilish   doirasi   juda   keng   va   turli-
tumandir.
Y. Shoabdurahmonov, M. Asqarova, A. Hojiyev, I. Rasulov, X. Doniyorovlar
hammuallifligida   yozilgan   “Hozirgiz   o‘zbek   adabiy   tili”   darsligida   hisob   so‘zlar
numerativlar   ham   deb   ataladi   va   numerativlarning   semantik   bo‘linishi   boshqa
tasniflardan deyarli farq qilmaydi. Ahamiyatli jihati yosh hisobi uchun ishlatiladigan
numerativlar   bir   necha   affikslar   bilan   hosil   qilinuvchi   so‘zlardan   iboratligi
ko‘rsatildi. 27
  Ularning   qo‘llanishi   quyidagicha:   -ar   affiksini   olgan   yosh   so‘zi   yashar
shaklida   ishlatiladi:   Ba'zan   yashar   so‘zi   -li   affiksini   olib   ham   keladi:   yoshli.   -dagi
affiksi   yosh   so‘ziga   qo‘shilib   keladi:   -dagi   affiksi   oldidan   -lar   affiksi   qo‘shilib
ishlatil- ganda, taxminiy yosh hisobi ma'nosi ifodalanadi: ellik yoshlardagi ayol, yetti
yoshlardagi   bola.;   -li(k)   affiksi   ham   yosh   so‘ziga   qo‘shilib   keladi:   ikki   oylik
chaqaloq, yigirma yoshli talaba. 
Qadimdan   predmetlarni   o‘lchash   uchun   turli   idishlar   yoki   boshqa   o‘lchov
vositalari ko‘plab ishlatilgan. Ularning ayrimlari hozir kam iste’mol qilinadi. Qadoq
yarim qadoq go‘sht. Tanob: o‘n tanob yer. Tosh: uch tosh manzil. Gaz: besh gaz chit.
E.Qilichev   ham   o‘zbek   tilida   numerativ   so‘zlaning   tasnifiga   oid   qarashlarini
bildirgan va quyidagicha klassifikatsiya qilgan:
27
 Е .  Шоабдураҳмонов,  М.  Асқарова, Ҳожиев,  И.  Расулов,   X .  Дониёров. Ҳозирги узбек адабий тили. Тошкент, 
1980-й, 272-б.
2 3   1.   Predmetni   yakkalab   hisoblash   uchun   ishlatiladigan   so‘zlar:   dona,   nusxa,
bosh, tup, nafar. 
2. Butunning, guruhning yoki to‘daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan
so‘zlar: burda, parcha, varaq, og‘iz, luqma, siqim, tilim, chimdim, qultum, tomchi va
h.k.
3.   To‘dalab,   guruxdab,   ko‘rsatuvchi   hisob   so‘zlar:   gala,   tup,   guruh,   to‘da,
dasta, bog‘, quchoq, shoda va h.k.
4. Juft predmetlar hisobini ko‘rsatuvchi so‘zlar: juft.
5.   Og‘irlikni   o‘lchash   uchun   ishlatiladigan   hisob   so‘zlar:   gramm,   litr,   pud,
tonna, qoshiq, piyola.
6. Uzunlik o‘lchovi uchun: metr, quloch, qarich, qadam va h.q.
7. Vaqt o‘lchovi uchun: kun, yil, oy, hafta, soat, minut va h.k.
8. Qiymat (pul) hisobi uchun: so‘m, tiyin, tanga va boshqalar. 28
Bu   klassifikatsiyaning   ahamiyatli   jihati   shundaki,   juft   predmetlar   hisobini
ko‘rsatuvchi   hisob   so‘zlar   kiritilgan.   Ammo   predmetning   sathini   o‘lchovchi   hisob
so‘zlar haqida gapirilmagan. 
Biz numerativ so‘zlarning bir  necha  tasniflarini  tahlil  etib, ularni  quyidagicha
tasniflash maqsadga muvofiq deb bildik: 
1. Yakkalab sanashni ifodalovchi numerativlar: dona, nafar, tup, tuyoq, bosh,
tola.
2. Jamlab sanashni ifodalovchi numerativlar: dasta, toy, bog‘, to‘p, guruh,
to‘da,  shoda.
3. Uzunlikni ifodalovchi numerativlar: milimetr, santimetr, detsimetr,  metr, 
kilometr, qadam, odim, quloch, qarich
4. Og‘irlik ifodalovchi numerativlar: gramm, kilogram, tonna, sentner,  qadoq.
5. Suyuqlikni ifodalovchi numerativlar: litr, gramm, tonna, ho‘plam, kosa,
piyola,choynak, shisha, ryumka.
6. Hajmni ifodalovchi numerativlar:  kub metr, kub santimetr, qop, siqim,
to‘rva, arava, mashina, zambil, lagan.
28
  Qilichev   E .  Hozirgi   o ’ zbek   adabiy   tili . – B ., 1999.
2 4 7. Qiymatni   ifodalovchi   numerativlar:   so‘m,   so‘mlik,   tanga,   rubl,   dollar,
yevro,
iyen, lira, funt sterling.
8. Vaqtni ifodalovchi numerativlar: sekund, minut, soat, kun, haft, oy, yil,
daqiqa, on.
9. Butunning bo‘lagini ifodalovchi:  burda, parcha, varaq, og‘iz, luqma, siqim, 
tilim, chimdim, qultum, tomchi va h.k.
10.  Juft predmetlar hisobini ifodalovchi numerativlar: juft, para.
11.  Axborot o‘lchovini ifodalovchi numerativlar: bit, bayt, megabayt, kilobayt,
gigabayt, petabayt, terabayt.
Bugungi   kunda   fan-texnika   rivojlangan   sayin   tilimizga   yangi-yangi
tushunchalar   kirib   kelmoqda.   Yangi   numerativlar   tilimizga   kirib   kelishi   ham   shular
jumlasidandir. Har bir narsaning o‘lchovi bor. Vaqtning, masofaning, predmetning va
h.k.   Shunday   ekan,   bugungi   axborotlar   o‘rab   olingan   jamiyatda   axborotlarni   ham
ma’lum   me’yoriy   tizimda   o‘lchaymiz   va   bular   xalqaro   miqiyosda   qo‘llaniladigan
birliklardir.   Shu   nuqtayi   nazardan   axborot   o‘lchov   birliklarini   tilimizda   keng
qo‘llanilmoqda. 
Yangi   numerativlarni   axborot   o‘lchov   birliklari   sifatida   baholash   va   ularni
o‘rganishimiz   tilimiz   taraqqiyotining   natijasidir.   Axborotning   eng   kichik   o‘lchov
birligi   sifatida   bit   qabul   qilingan.   Bit   so‘zi   ingliz   tilidagi   “binary   digit”   so‘zlaridan
olingan, ya’ni “ikkilik raqam” degan ma’noni bildiradi. 29
  Masalan, 1 bit axborot . Bu
yerda bit axborotning o‘lchov birligi bo‘lib, soning oldida kelib numerativ vazifasini
bajaradi. 1 soni esa numerativning miqdorini ifodalamoqda.
Bitdan kattaroq o‘lchov birligi sifatida bayt o‘lchov birligi qabul qilingan. Bayt
so‘zi ingliz tilidagi “byte” so‘zidan olingan.  8 bit 1 baytga  teng.  Masalan:  8 ta 0 va
1 raqamida 1  bayt  axborot  bor, chunki unda 8 ta bit(raqam) qatnashmoqda, 16 ta 0 va
1raqamida     esa   2   bayt   axborot   bor,   chunki   unda   16   ta   bit   (raqam)   qatnashmoqda.
Masalan,   4   bayt   hajmli   rasm.   Ushbu   gapda   bayt   numerativ   vazifasini   bajarmoqda.
29
Informatika  ( darslik ) 8- sinf . – T ., 2014.
2 5 Bunday   numerativlar   aniq   miqdorni   ifodalashi   bilan   boshqa   numerativlardan
farqlanadi.
1 megabayt = 1024 kilobaytga teng;
1 gigabayt = 1024 megabaytga teng;
1 terabayt = 1024 gigabaytga teng;
1 petabayt = 1024 terabaytga teng.
Baytdan   kattaroq   o‘lchov   birligi   kilobayt   deyiladi.   1   Kbt=   1024   baytga   teng.
Bugungi   kunda   hayotimizni   rasmlarsiz   tasavvur   qila   olmaymiz.   Ular   har   bir
daqiqamizni   muxrlab   qo‘yishda   beminnat   yordam   beradi.   Mana   shu   rasmlarning
o‘lchami   asosan   kilobaytlarda   o‘lchanadi.   Masalan,   Yangi   rasmimiz   atiga   270
kilobaytni tashkil etar ekan.  
Xalqaro   me’yorda   kilobaytdan   katta   o‘lchov   birliklari   ham   qabul   qilingan
bo‘lib,   ular   megabayt   (Mbt),   gigabayt   (Gbt),   terabayt   (Tbt),   petabayt   (Pbt)   kabi
belgilangan.
Bugungi   globalizatsiya   va   axborotlar   asrida   yashar   ekanmiz,   ularni   hisoblaymiz,
o‘lchaymiz.   Kundalik   hayotda   ularga   ko‘plab   marotaba   duch   kelamiz.   Masalan,
internet foydalanuvchilari axborotlarni olishda bu kabi o‘lchov birliklariga ko‘p duch
kelishadi.   Masalan,   1000   megabayt   internet   10000   so‘mga.   Aksiya   1000   megabayt
videoni yuklab oling (Internetdan).   Bu yerda numerativlar son oldida kelib miqdorni
o‘lchashda xizmat qilmoqda. 
Boshqa   ba’zi   bir   numerativlar   kabi   axborot   o‘lchov   birliklarining   ham
qisqartma   shakllari   mavjud.   Bular:   bit=b.,   bayt   =   bt.,   megabayt   =   Mbt.,   kilobayt   =
Kbt., gigabayt = Gbt., terabayt= Tbt., petabayt = Ptb. kabi belgilanadi. 
Numerativlar   sanoq   son   bilan   predmet   orasida   kelib,   ularning   xususiyatlariga
ko‘ra   o‘lchovini   bildiradi.   Yuqoridagi   numerativlar   axborot   miqdoriga   nisbatan
o‘lchovlik vazifasini o‘tayapti. Bu kabi yangi numerativlar aosan so‘zlashuv uslubida
foydalanilib, publitsistik uslubda ham qo‘llaniladi. 
2 6 O‘zbek   tiliga   yangi   numerativlarning   kirib   kelishi   til   lug‘at   tarkibining
takomillashuvi   hamda   qator   ijtimoiy   hodisalar   bilan   bog‘liqdir.   O‘zbek   tilidagi
numerativ   so‘zlar   shu   tilning   ichki   taraqqiyoti,   shunigdek,   boshqa   tillar:   fors-tojik,
arab,   rus   tilining   barakali   ta’siri   natijasida   vujudga   kelgan   bo‘lib,   bugungi   kunda
globallashuv jarayonida uning qamrovi yanada kengaymoqda. 
Qadoq - 400 grammcha keladigan og‘irlik o‘lchov birligi. 30
   Eski o‘zbek tilida
ham shunday ma’noni anglatgan bu ot asli qadaq tarzida talaffuz qilingan keyinchalik
birinchi   bo‘g‘indagi   a   unlisi   cho‘ziq   a   unlisiga,   q   undoshi   oldidagi   a   unlisi   ochiq   o
unlisiga   almashgan:   qadaq-qadoq. 31
    Tarixiy   jihatdan   numerativ   so‘z   qo‘llanish
jihatidan iste’moldan chiqqan bo‘lib, tarixiy asarlarda o‘sha davr ruhiyatini berishda
ishlatiladi.   Badiiy   uslubda   qo‘llaniladi.   Anor,   anor   …   Bir   qadoq   anor   falon   pul
bo‘lsa!   (A.Qahhor   “Anor”)   Yozuvchi   bu   yerda   aynan   qadoq   o‘lchov   birligini
qo‘llashi alohida ahamiyatga ega, chunki ko‘plab og‘irlik o‘lchov birliklaridan qadoq
kam   miqdorni   o‘lchashda   qo‘llaniladi.   Ya’ni   asar   qahramoni   bo‘lmish   Turobjon
boshqorong‘u bo‘lgan xotiniga 1 qadoqqina anor olishga qurbi yetmaydi. Aslini olib
qaraganda   bitta   anorning   o‘zi   1   qadoqqa   teng   bo‘lishi   mumkin,   lekin   o‘shani   ham
topish   amri   mahol.   Abdulla   Qahhor   ushbu   numerativ   so‘zni   qo‘llash   bilan
qahramoning   o‘sha   davrda   qo‘li   qanchalik   kaltaligini   ham   ochib   berishga   yordam
bergan.   Bu   so‘z   nafaqat   son   bilan   balki   yarim…   so‘zi   bilan   ham   birga   keladi.
Faxriddin bozordan, otasi tayinlagancha, ikkita shirmoy non, yarim qadoq pista oldi
(A.Qahhor   “Boshsiz   odam”)   Quyidagi   misolda   ham   pista   so‘zini   o‘lchashda   qadoq
so‘zidan foydalangan va qadoq so‘zining semasi kuchaytirilgan.  
30
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Москва, Рус тили, 1981, 534-б.
31
  Sh . Rahmatullayev .  O ’ zbek   tilining   etimologik   lug ' ati .  Toshkent ,  Universitet , 2000, 503- b .
2 7 Pud   ( lot.   pondus   –   og‘irlik,   o‘lchov)   pud   16,38   kilogrammga   teng   og‘irlik
o‘lchov   birligi.   Metrik     o‘lchovlar   tizimi   qabul   qilinguniga   qadar   qo‘llangan.   32
Cho‘lpon ijodida bu numerativ juda kam  qo‘llangan bo‘lib, Abdulla Qahhor ijodida
o‘tgan zamonni, davrni   ifodalashda ba’zan qo‘llangan.   Yelkamda o‘n puddan o‘ttiz
pud yukim bor… - dedi mingboshi. (Cho‘lpon “Kecha va kunduz”)   Burungi zamonda
bitta odam, mening bilishimcha, juda nari borsa uch yarim pud paxta terar edi, hozir
yigirma besh pudga yetkazib terar emish (A.Qahhor “Yillar”)
So‘m   (tar.   Sobiq   Ittifoqda:   sovet   rublining  o‘zbekcha   nomi;   rubl.  100   tiyinga
teng   pul   birligi. 33
  Uyga   kirib,   bitta   uch   so‘mlik   qog‘oz   pul   olib   chiqib   kampirga
uzatdi.   Bir   so‘m   qarzimizni   o‘n   so‘m   qilib   ko‘rsatib,   bizga   ko‘nadigan   haqni   olib
qola beradi. (Cho‘lpon “Kecha va kunduz”)  “Yaxshilab tushintirilgan” pristav bitta
kulangir,   bitta   farangi   tovuq,   uch   so‘m   pulni   olganidan   keyin,   Qobil   boboning
baxtiga, “beto‘xtov hokimga xabar beraman” demasdan,  “aminga bor”, deb qo‘ya
qoldi   (A.Qahhor   “O‘g‘ri”)   “  …   uyezd   hokimi   “akangizni   mingboshi   qilaman”   deb
uch ming yigirma yeti so‘m pulini yeb, saylovda degrezlik Isomiddin degan jallobni
saylagan ekan”(A.Qahhor “Yillar”).
32
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Москва, Рус тили, 1981, 606-б.
33
  Sh . Rahmatullayev .  O ’ zbek   tili   etimologik   lug ’ ati . 
2 8qadoq
bodom	
pista	
qand	olma	
anor Yil   –   Yerning   Quyosh   atrofida   bir   marta   aylanib   chiqish   muddati;   o‘n   ikki
kalendar oyiga teng vaqt, shunday vaqtga teng o‘lchov. (O‘TIL) Qadimgi turkiy tilda
asli hayvonlar nomi bilan ataluvchi “o‘n ikki oylik muddat” ma’nosini anglatgan bu
ot  йыл  tarzida talaffuz qilingan, o‘zbek tilida  ы  unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan:
йыл - йил .   Yil   numerativi   barcha   uslublarda   birdek   qo‘llanadi.   Faqat   bizga   endi   bu
noto‘g‘ri   qarashni   tashlash   kerak!   Turkiyadagi   1908   yil   inqilobi,   o‘zimizdagi
shumlik   —   beshinchi   yil   to‘poloni,   Erondagi     so‘nggi   ashrutiyat   harakatlari
sartlarning   ko‘zini   ochayotir...     Bir-ikki   yildan   keyin   birovlarning   qo‘liga   suv
quyadigan bo‘ldi ( Cho‘lpon “Kecha va kunduz”) Chinorning biron yuz ellik yil umr
ko‘rganligi   ko‘rinib   turgani   holda   mexmonning   bu   gapi   menga   malol   keldi
(A.Qahhor   “Dumli   odamlar”)   Jonfig‘on   bundan   besh-olti   yil   burun   qaysi   bir
idoraning   izvoshini   minar   ekan,   kirakashlik   qilib   qo‘lga   tushib   ishdan   haydashibdi
(A.Qahhor   “Jonfig‘on”)   Oradan   bir   yil   o‘tgach,   ular   qiz   ko‘rishdi,   otini
Muhayyoxon qo‘yishdi (A.Qahhor “Muhayyo”)
Kun –  sutkaning quyosh chiqishidan botishigacha bo‘lgan yorug‘ qismi. Bu ot
qadimgi   turkiy   tilda   ‘quyosh’   ma’nosini   anglatuvchi   к ÿ н   otidan   ma’no   taraqqiyoti
asosida   o‘sib   chiqqan;   keyinchalik   ÿ   unisining   yumshoqlik   belgisi   yo‘qolgan:   к ÿ н -
кун .(O‘TEL)   Bir   kecha-kunduzga   –   24   soatga   teng   vaqt;   sutka.   Bir   yil   365   kun.
(O‘TIL)  Kun  so‘zi  barcha   uslublarda  birdek  qo‘llanadi,  sinonim  sifatida   sutka  so‘zi
ham   ishlatiladi.   Ammo   bu   safar   jiddiy   masalani   ko‘tarib   kelgan   edi.   Bir-ikki   kun
mehmon   bo‘lgandan   so‘ng   gap   ochdi.   (Cho‘lpon   “Kecha   va   kunduz”)   Malohat
surishtirgani   korxonaga   boribdi;   surishtirib   qarasa,   Jonfig‘on   faqat   o‘n   yeti   kun
ishlabdi, xolos. (A.Qahhor “Jonfig‘on”)
Minut   –   (lotincha   mintus   –   mayda,   kichik;   arzimas,   uncha   emas)   daqiqa.
Metrik tizim joriy etilgandan so‘ng kirib kelgan vaqt o‘lchov birligidir. Bu numerativ
Cho‘lpon   ijodida   ham   A.Qahhor   ijodida   ham   asosiy   vaqt   birligi   sifatida
foydalanilgan.   A.Qahhor   ijodida   minut   numerativiga   –lik   qo‘shimchasini   qo‘shib
“minutlik” numerativi hosil  qilinib qo‘llangan: besh minutlik ish, o‘n minutlik dam.
Bu numerativ barcha uslublarda birdek qo‘llanadi.    Ko‘ngillaridagi ajib hislarni bir-
2 9 biriga   bildirmoq   uchun   hali   fursat   topolmasdan   entikkan   bu   ikki   yosh   endi   o‘n-o‘n
besh minut xoli fursat  topganla-rida, ortiqcha talvasaga tushgan yuraklari  dastidan
nima   deyishlarini   bilolmay   entikardilar...   (Cho‘lpon   “Kecha   va   kunduz”)   Yigirma-
yigirma besh minutning har biri bittadan sog‘ tishimni sug‘urib olgandek bo‘lib o‘tdi
(A.Qahhor “Dumli odamlar”) 
Oy –  Yilning o‘n ikkidan bir qismi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma’noni
anglatgan   bu   ot   ай   tarzida   talaffuz   qilingan,   o‘sha   davrlardayoq   a:   unlisining
cho‘ziqlik belgisi yo‘qolgan, o‘zbek tilida a unlisi   unlisiga almashgan: a:ȃ й >  ай >	ȃ й .
(O‘TEL)   Oyning   Quyosh   atrofida   bir   marta   aylanib   chiqish   muddatiga   yaqin   vaqt
oralig‘i;   o‘lchov   birligi:   28,   29,   30   yoki   31   kunlik   davr   (O‘TIL)   Oy   numerativi
omonim   so‘z   bo‘lib   uni   ot   so‘z   turkumidagi   Oy   (astronomic   jism,   yerning   tabiiy
yo‘ldoshi)   so‘zidan     farqlash   lozim.     Oy   numerativi   30   kunni   ifodlashda   rasmiy,
ilmiy, publitsistik,  badiiy, so‘zlashuv  uslublarida qo‘llanuvchi  asosiy  vaqt  birligidir.
Bir oyga yetar-yetmas, o‘sha kelajak poyezd yo‘li bo‘ylaridan Miryoqub juda ko‘p –
bir necha yuz desatin yer sotib oldi; Kelin bo‘lib kelganingizga endi besh oy bo‘ldi.
(Cho‘lpon   “Kecha   va   kunduz”)     Oradan   bir-ikki   oy   o‘tgandan   keyin   qarindoshlar
o‘rtada turib, unga eri urushning boshida halok bo‘lgan Muborakxon degan juvonni
olib berishdi (A.Qahhor “Muhayyo”)
Hafta –  (forscha- yetti kun, yetti kecha-kunduz) dushanbadan yakshanbagacha
(ilgari   shanbadan   jumagacha)   bo‘lgan   yetti   kecha   –kunduzni   o‘z   ichiga   olgan   vaqt
o‘lchov   birligi;   umuman   shuncha   kecha-kunduzdan   iborat   bo‘lgan   vaqt.   Bir   marta
qaysi   bir   to‘y   bir   haftaga   cho‘zilib   ketgach   oltinchi   kuni,   bizning   so‘fi   eshondan
so‘ramay   qochib   kelgan!   Oradan   bir   hafta   o‘tar-o‘tmas,   bezovtalik   harakatga   va
ishga   aylandi.   (Cho‘lpon   “Kecha   va   kunduz”)   Bir   hafta   o‘tdi.   Bu   bir   hafta   ichida
kampir"duoning zo‘ri bilan qulf ochadigan" azayimxonga obdastagardon qildirgani
qatnab   yarim   qop   jiyda,   uch   yelpish   tovoq   jo‘xori,   ikki   kalava   ip   eltdi,   ammo   ish
chiqmadi.( A.Qahhor “O‘g‘ri”)
On –   (arabcha-vaqt, davr, payt)  qisqa bir  zamon;  lahza, payt.   Sekund, soniya
so‘ziga   sinonim   bo‘ladi.   On   numerativi   asosan   badiiy   uslubda   qo‘llanadi,
3 0 ekspressivlik-emotsionallikni   oshirishga   yordam   beradi.   On   so‘ziga   sekund,   soniya
so‘zlari   sinonim   bo‘ladi.     So‘fining   “tutib   olib   o‘ldirmoqchi   bo‘lganini”   challa-
chulpa   eshitgan   va   bu   keyingi   baqirishdan   esa   tamom   xabardor   bo‘lgan   Zebi
otasining   aytadigan   qo‘rqinch   gapini   har   on   avval   eshitmoq   uchun   entikardi
(Cho‘lpon “Kecha va kunduz”).
Nafas –  ( arabcha- o‘pkaga olinadigan va chiqariladigan havo) juda qisqa vaqt;
lahza,   on.   Nafas   numerativi   badiiy   uslubda   emotsionallik   bo‘yog‘ini   kuchaytirishda
qo‘llanadi. Lahza, on so‘zlari nafas so‘ziga sinonim bo‘ladi. Nafas numerativi rasmiy
uslubda qo‘llanmaydi. 1.   Ikkovi ham bir nafas jim qolishdi. So‘fi misvog‘ini qinidan
chiqarib yana sekingina solib qo‘ydi. Chol tizzasiga tushgan hazon bargini sopidan
ushlab   pildiratarkan,   dedi:   Men   sizni   o‘sha   qishloqqa   olib   ketay   deb   keldim.   2.
Saltanat   qizlarning   ashullalariga   qo‘shilmasdan,   o‘z   oldiga   og‘ir-og‘ir   o‘ylab
borarkan, o‘zini xayolida – bir nafas uchun mingboshi xotinlaridan birining o‘rniga
qo‘yib qaradi…(Cho‘lpon “Kecha va kunduz”)
Desatina   –   (   p.desyat   –   o‘n)   metrik   tizim   qabul   qilinguniga   qadar   Rossiyada
qo‘llangan,   2400   kv.sarjinga   yoki   1,09   gektarga   teng   yer   maydoni   o‘lchovi.   Metrik
tizim qabul qilinguniga qadar qo‘llanganligi uchun Cho‘lpon ijodida ayrim o‘rinlarda
uchraydi,   ammo   A.Qahhor   ijodida   uchramaydi.     Oradan   bir   hafta   o‘tar-o‘tmas,
bezovtalik harakatga va ishga aylandi. Bir oyga yetar-yetmas, o‘sha kelajak poyezd
yo‘li   bo‘ylaridan   Miryoqub   juda   ko‘p     bir   necha   yuz   desatina   yer   sotib   oldi
(Cho‘lpon “Kecha va kunduz”).
Farsax   (arabcha, forscha) eskicha hisobda bir tosh; sakkiz chaqirim, yangicha
hisobda   taxminan   6   kilometrga   teng   bo‘lgan   uzunlik   (masofa)   o‘lchovi.   Cho‘lpon
ijodida ayrim o‘rinlarda ekspressivlik ottenkasini kuchatirishda qo‘llangan.  Bu o‘ylar
Zebini   jon   o‘rtog‘idan   farsaxlarcha   yiroqlarga   olib   ketdilar.   Endi   u   na
Saltanatxonning   kular   yuzlariga   ishonadi,   na   Enaxonning…   (Cho‘lpon   “Kecha   va
kunduz”)
Parcha   (forscha   qism,   bo‘lak,   burda)   butundan   kesib,   qirqib,   yirtib,   sindirib
olingan   yoki   o‘zi   ajragan   qism;   bo‘lak,   bo‘lakcha.   Parcha   so‘zi   bir   necha   semlarni
3 1 ifodalaydi:   1)   uncha   kata   bo‘lmagan,   kichkina,   ozgina,   arzimaydigan.   Qishloqdan
kichkina   bir   hovli   olamiz   —   muning   yarim   puliga   yoki   uchdan   biriga.   Qolganiga
asbob   olamiz.   O‘z   yerimizning   yoni-beridan   bir   parcha   yana   yer   topamiz...
(Cho‘lpon   “Kecha   va   kunduz”).   2)   oz,   picha,   ko‘p   emas   ma’nolarida:   Biz
Poshshaxon   voqeasida,   shu   birinchi   ko‘rishuvning   hozirlanishi   va   yuzaga   chiqishi
ustida seni ayblamaymiz. Xuddi shu bir parcha voqeada sening aybing yo‘q! Ammo-
lekin  biz  Poshshaxonni   ham  ayblamoqchi  emasmiz   (Cho‘lpon  “Kecha   va  kunduz”).
Yuqoridagi   misolda   parcha   numerativi   son   bilan   kelib   mavhum   otga   bog‘langan.
Askiya ketdi. Bu askiya shundoq ediki, bular go‘yo yo‘lda tushib yotgan bir parcha
jirkanch lattani cho‘pga ilib, «ma, ro‘molchang» deb bir-biriga otayotir (A.Qahhor
“Xotinlar”).
Chorak   –   (forscha   to‘rtdan   bir)   to‘rtdan   bir   ulush;   teng   to‘rt   bo‘lakning   har
biri.    U faqat  qovun saylidan ikki  kun keyin Miryoqubning uyiga ikki  arava  qovun-
tarvuz bilan ikki zambar uzum, ikki chorakkina qayroqi bug‘doy yuborganini eslaydi.
(Cho‘lpon “Kecha va kunduz”)
Juft –  (forscha – ikkita, qo‘shaloq bir xil narsa) bir xil vazifaga mo‘ljallangan,
bir   butunlik,   komplekt   hosil   qiladigan   ikkita   o‘xshash   narsa,   buyum.   Bir   juft
darparda   yopiq   bo‘lganidan   uyning   ichi   bir   oz   qorong‘i   edi.   Bu   ikkala
«savdogar»dan   bir   ma’ni   izlash,   ayniqsa,   shu   topda   behuda   urinish   bo‘ladi.   Faqat
ikkalasining ikki juft  ko‘zi bundan mustasno...   (Cho‘lpon “Kecha va kunduz”)
Gramm   –   (yunoncha   “kichik   og‘irlik   o‘lchovi”)   metrik   sistemada   bir   kub
santimetr   kimyoviy   toza   suvning   vazniga   teng   og‘irlik   o‘lchov   birligi.   Cho‘lpon
3 2juft	
ko’ylak	
paypoq	
kiyim	
ko’z ijodida   bu   o‘lchov   birligidan   umuman   foydalanilmagan,   A.Qahhor   ijodida   ba’zi
o‘rinlardagina qo‘llangan. Bu numerativ betaraf bo‘lib, barcha uslublarda qo‘llanadi.
Ekspressiv-emotsional   ma’noni   ifodalamaydi.   Domla   ikki   shisha   pivoning   ustidan
yuz gramm  aroqni  bitta otib o‘rnidan turibdi-yu, gulchidan kattakon guldasta  sotib
olib, parkning orqasidagi jinko‘chaga kirib ketibdi (A.Qahhor “To‘yda aza”).
Litr –   (fransuzcha – litre < yunoncha litra – og‘irlik o‘lchovi) metrik o‘lchov
sistemasida   hajm   va   sig‘im   o‘lchov   birligi;   1000   gr   kimyoviy   sof   suvning   hajmiga
teng keladigan suyuqlik o‘lchov birligi. Barcha uslublarda qo‘llanadi. Litr numerativi
metrik   tizim   qabul   qilinganidan   so‘ng   iste’molga   kirib   keganligi   sababli   Cho‘lpon
ijodida uchramaydi, A.Qahhor ijodida esa kam uchraydi.     Uning qo‘shnisi Zargarov
yaqin   bir   oy   bo‘ladi,   chorakam   bir   litr   xushbo‘y   vinoni   dumba-jigar   bilan   ichgani
asrab yurar edi, semiz tustovuqning daragini eshitib: «Xayr, qo‘y so‘ysak, yana vino
topilar», dedi.( A.Qahhor “O‘jar”)
Kilometr  (kilo + metr) numerativi xalqaro birliklar tizimida ming metrga teng
uzunlik o‘lchov birligi.  Bugungi kunda bu numerativdan adabiy tilda ham, jonli tilda
ham   birdek   foydalanamiz.   Bu   o‘lchov   birligi   metric   tizim   joriy   etilgandan   o‘ng
tilimizga   kirib   keldi.   Shuning   uchun   Cho‘lpon   ijodida   bunday   xalqaro   o‘lchov
birliklari   qo‘llanilmagan.     Uzoqdan   qorasini   ko‘rsatsangiz   bas,   mening   apparatim
ikki   kilometrdan   oladi!   (A.Qahhor   “Dumli   odamlar”)   G‘anijon   «piyoda   jo‘nagan
ekan, ko‘rmabman» degan gumon bilan orqaga qaytdi; yaqin ikki kilometr yergacha
3 3gramm
aroq	
go’sht	
saryog'	
shakar yo‘lning ikki tomonini sinchiklab ko‘zdan kechirib ot chopdi; yana qaytdi (A.Qahhor
“Karavot”).  
Tanga   –   oltin,   kumush   va   ularning   qorishmasidan   zarb   etilgan   pul.   Hozirda
muomalada 50, 100, 200, 500 tangalar mavjud. Tanga numerativi ayniqsa so’zlashuv
uslubida   keng   qo’laniladi.   Cho’lpon   va   Abdulla   Qahor   ijodida   tanga   so’zidan   keng
foydalangan.   Kampir   yonini   kavladi.   –   Bor-yo‘g‘i   uch   tanga   pulim   bor   ekan,
bo‘larmikan?   (Cho‘lpon   “Kecha   va   kunduz”)Bir   qadoq   anor   falon   pul   bo‘lsa.
Saxarimardondan   suv   tashib,   o‘tin   yorib,   o‘t   yoqib   bir   oyda   oladiganim   o‘n   sakkiz
tanga pul. Akam bo‘lmasa, ukam bo‘lmasa… (A.Qahhor “Anor”)
Bob bo‘yicha xulosa
1. Predmetlarning miqdorini o‘lchashda qo‘llaniladigan numerativ so‘zlar uzoq
tarixga borib taqaladi. O‘lchovlar bilan shug’ullanuvchi fan metrologiya fani bo‘lib,
uning   rivojlanish davri mazmuni va mohiyatiga ko‘ra bir necha bosqichlarga bo lishʼ
mumkin.
2. Numerativ so‘zlarning turli tillarda o‘rganilishi, xususan, ingliz, rus, janubi-
sharqiy   Osiyo   tillarida   tutgan   o‘rni   alohida.     Turkologlar   numerativ   so‘zlarni
o‘rganishda   dastlabki   tadqiqotlarni   amalga   oshirishgan,   uning   qo‘llanishi,   ma’no
turlari haqidagi qarashlar bildirilgan.
3. Hozirgi o‘zbek tilida numerativ so‘zlarning tutgan o‘rni alohida, shu nuqtayi
nazardan  ularni   badiiy matnda  tahlil  etish,  leksik-semantik  xususiyatlarini  o‘rganish
talab etiladi.
3 4	
litr
yog'	
sut	
suv	
vino 4.   O‘zbek   tilshunosligida   numerativ   so‘zlarning   semantik   jihatdan   turli
tasniflari o‘rganildi va tadqiqot davomida hozirgi o‘zbek tilida numerativ so‘zlarning
tasnifi berildi.
5.   O‘zbek   tilida   qo‘llanuvchi   numerativ   so‘zlar   tarixiy   nuqtayi   nazardan
qaralsa,   umumturkiy,   fors-tojik,   arab,   rus   tillari   va   rus   tili   orqali   boshqa   tillardan
kirgan   so‘zlardan   iborat.   Har   bir   numerativ   so‘zning   kelib   chiqishi,   lug’aviy
ma’nosini tekshirish muhimdir. 
3 5 II BOB. NUMERATIV SO‘ZLARNI O‘QITISHNING AMALIY
AHAMIYATI
2.1 .  Numerativ so‘zlar ni  o‘qitishda  interfaol usullardan  foydalanish .
Zamonaviy   ta’limni   tashkil   etishga   qo‘yiladigan   muhim   talablardan   biri
ortiqcha   ruhiy   va   jismoniy   kuch   sarf   etmay,   qisqa   vaqt   ichida   yuksak   natijalarga
erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib
berish,   ularda   ma’lum   faoliyat   yuzasidan   ko‘nikma   va   malakalarni   hosil   qilish,
shuningdek,   o‘quvchilar   faoliyatini   nazorat   qilish,   ular   tomonidan   egallangan
bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik
mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. 
Pedagogik   texnologiya   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   sub’ektiv   xususiyatga   ega.
Qanday   shakl,   metod   va   vositalar   yordamida   tashkil   etilishidan   qat’i   nazar
texnologyalar:
-  pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi;
-  o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
-   o‘quvchilar   tomonidan   o‘quv   predmetlari   bo‘yicha   puxta   bilimlarning
egallanishini ta’minlashi;
-   o‘quvchilarda   mustaqil,   erkin   va   ijodiy   fikrlash   ko‘nikmalarini
shakllantirishi;
-   o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratishi;
-   pedagogik   jarayonda   demokratik   va   insonparvarlik   g‘oyalarining
ustuvorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
      Bugungi   kunda   maktab   darsliklarida   numerativlar   qanday   o‘qitilmoqda?
Numerativ   so‘zlarni   o‘qitishda   biror-bir   zamonaviy   pedagogik   texnologiyadan
foydalanilyaptimi?
6-sinf   ona   tili   darsligida   hisob   so‘zlari   haqida   qisqacha   ma’lumot   berilgan.
Hisob   so‘zlar   uchun   bor-yo‘g‘i   bir     sahifa   ajratilgan.   Bitta   topshiriq,   qisqacha
ta’rif, ikkita mashq berilgan, xolos.
3 6 Numerativlarning turlari haqida darslikda hech qanday ma’lumot uchramaydi.
Lekin, bizning fikrimizcha, hisob so‘zlar darsliklarda chuqurroq o‘rgatilishi kerak.
Chunki hisob so‘zlar nutqimizda ko‘p ishlatiladi. 
Menimcha,   numerativ   so‘zlarni   o‘qitishda   klaster   metodidan   foydalanish
samarali natijalarni beradi. Dastlab klaster metodi haqida gaplashamiz.
“KLASTER”   METODI.   Klaster   (g‘uncha,   bog‘lam   )   metodi   pedagogik,
didaktik   strategiyaning   muayyan   shakli   bo‘lib,   u   o‘quvchilarga   ixtiyoriy
muammolar xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish
uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasida
aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.
“Klaster”   metodi   aniq   ob’ektga     yo‘naltirilmagan   fikrlash   shakli   sanaladi.Undan
foydalanish   inson   miya   faoliyatining   ishlash   tamoyili   bilan   bog‘liq   ravishda
amalga oshadi. 
Ushbu   metod   muayyan   mavzuning   o‘quvchilar   tomonidan   chuqur   hamda
puxta   o‘zlashtirilguniga   qadar   fikrlash   faoliyatining   bir   maromda   bo‘lishini
ta’minlashga xizmat qiladi.
Stil   g‘oyasiga   muvofiq   ishlab   chiqilgan   “Klaster”   metodi   puxta   o‘ylangan
strategiya   bo‘lib,   undan   o‘quvchilar   bilan   yakka   tartibda   yoki   guruh   asosidan
tashkil etiladigan mashg‘ulot jarayonida foydalanish mumkin.
Metod   guruh   asosida   tashkil   etilayotgan   mashg‘ulotlar   va   o‘quvchilar
tomonidan   bildirilayotgan   g‘oyalarning   majmui   tarzida   namoyon   bo‘ladi.   Bu   esa
ilgari   surilgan   g‘oyalarni   umumlashtirish   va   ular   o‘rtasidagi   aloqalarni   toppish
imkoniyatini yaratadi.
“Klaster”   metodidan   foydalanishda   quyidagi   shartlarga   rioya   qilish   talab
etiladi:
1. Nimaniki o‘ylagan bo‘lsangiz, shuni  qog‘ozga yozing. Fikringizning sifati
to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmang, ularni shunchaki yozib boring.
3 7 2. Belgilangan   vaqt   nihoyasiga   yetmaguncha,   yozishdan   to‘xtamang.   Agar
ma’lum muddat biror g‘oyani o‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror narsaning
rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g‘oya tug‘ulguncha davom ettiring.
3. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.
4. Muayyan   tushuncha   doirasida   imkon   qadar   ko‘proq   yangi   g‘oyalarni
ilgari  surish hamda mazkur  g‘oyalar  o‘rtasidagi  o‘zaro aloqadorlikni, bog‘liqlikni
ko‘rsatishga   harakat   qiling.   G‘oyalar   yig‘indisining   sifati   va   ular   o‘rtasidagi
aloqalarni ko‘rsatishni cheklamang. 
3 8U
z
u
n
lik
 o
'lc
h
o
v
 b
ir
lik
la
r
i	
gaz
tosh	
qarich
quloch
qadam
yog'och
chaqirim
millimetr
santimetr
kilometr	
metr 3 9O'g'irlik 	
o'lchovlari
Gramm	
Milligram
Sentner	
Tonna	
Litr	
Kilogram 4 0Butunning qismini hisoblash 	
uchun ishlatiladigan hisob 	
so'zlar	
Qultum	Ho'plam	To'g'ram	Nimta	
Parcha	Tomchi	
Varoq	Og'iz	
Burda	Luqma	
Tilim	Siqim	
Chimdim	Yutum 4 1Sotix	GektarTanob	
Qiymat 
o'lchovi 
bil. h. s.	
So'm	
Tanga	
Tiyin	Paqir	
Miri	
Butunning qismini hisoblash 	
uchun ishlatiladigan hisob 	
so'zlar	
Qultum	Ho'plam	To'g'ram	Nimta	
Parcha	Tomchi	
Varoq	Og'iz	
Burda	Luqma	
Tilim	Siqim	
Chimdim	Yutum 4 2Vaqt o'lchovini 	
bil h. s.	
Yil
Oy	
Hafta	
Kun
Soat	
Soniya 4 3Predmetlarni 	
yakkalab 	
(donalab) h.s.	
Dona	
Nusxa	
Nafar	Bosh	
Tup “VENN DIAGRAMMASI”  strategiyasi (metodi)
Venn   diagrammasi   bir-brini   kesadigan   ikki   yoki   undan   ko‘p   doiralarda
ko‘riladi, ular o‘rtasida yozish uchun yetarli joy qolishi kerak. U g‘oyalarni zidlash
uchun   ishlatilishi   yoki   ularning   umumiy   xususiyatlarini   (nimada   ular   kesishadi?)
ko‘rsatishi kerak. 
Ushbu   strategiya   o‘quvchilarda   mavzuga   nisbatan   tahliliy   yondashuv,   ayrim
qismlar   negizida   mavzuning   umumiy   mohiyatini   o‘zlashtirish   (sintezlash)
ko‘nikmalarini   hosil   qilishga   yo‘naltiriladi.   Strategiya   kichik   guruhlarni
shakllantirish asosida sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Yozuv taxtasi o‘zaro teng
to‘rt bo‘lakka ajratiladi va har bir bo‘lakka sxema chiziladi.
Strategiya   o‘quvchilar   tomonidan   o‘zlashtirilgan   o‘zaro   yaqin   nazariy
bilimlar,   ma’lumotlar   yoki   dalillarni   qiyosiy   tahlil   etishga   yordam   beradi.   Ushbu
4 4 strategiyadan   muayyan   bo‘lim   yoki   boblar   bo‘yicha   yakuniy   darslarni   tashkil
etishda foydalanish yanada samaralidir.
Strategiyani qo‘llash bosqichlari quyidagilardan iborat:
- sinf o‘quvchilari to‘rt guruhga bo‘linadi;
- yozuv   taxtasiga   topshiriqlarni   bajarish   mohiyatini   aks   ettiruvchi   sxema
chiziladi;
- har   bir   guruhga   o‘zlashtirilayotgan   mavzu   yuzasidan   alohida   topshiriqlar
beriladi;
- topshiriqlar berilgach, guruh a’zolari orasidan liderlar tayyorlanadi;
- liderlar guruh a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, yozuv
taxtasida aks diagrammani to‘ldiradilar.
- Venn   diagrammasi     talabalar   tomonidan   o‘zlashtirilgan   o‘zaro   yaqin
nazariy   bilim,   ma’lumot   yoki   dalillarni   qiyosiy   tahlil   etishga   yordam
beradi.   Undan   muayyan   bo‘lim   yoki   boblar   bo‘yicha   yakuniy   darslarni
tashkil qilishda ham foydalanish yanada samaralidir.
                              VENN DIAGRAMMASI
 “T-CHIZMALAR”  usuli.
4 5 T-chizma munozara vaqtida qo‘shaloq javoblar (ha/yo‘q, tarfdor/qarshi) yoki
taqqoslash, zid javblarni yozish uchun universal grafik oranayzer hisoblanadi.
“Pedagogika”   fanidan   qator   mavzularni   o‘rganishda   bu   usuldan   foydalanish
yaxshi samara beradi.
Buni quyidagi jadvallar misolida ko‘rishimiz mumkin:
2.2   Tarixiy va zamonaviy hisob so‘zlar.
Ko‘plab hisob so‘zlar eskirib iste’moldan chiqib ketgan bo‘lsa (tarixiy), yana
bir   qismi   o‘rnini   boshqa   bir   so‘zga   bo‘shatib   bergan,   ya’ni   arxaiklashgan.   Agar
eskirgan   hisob   so‘zlarni   o‘quvchi   o‘rganmasa,   tarixiy   mavzudagi   asarlarni
o‘qishga   qiynalishi   aniq.   Masalan,   G‘afur   G‘ulomning   “Shum   bola”   qissasidagi
Qoravoy   nutqida   2   pud-u   17   qadoq,   2   tanga-yu   1   miri,   yeti   paqir   jumlalari
uchraydi.   Asarda   uchraydigan   pud,   qadoq,   miri,   paqir   so‘zlari   maktab   bolalari
tugul   kata   yoshdagi   kishilarni   ham,   ba’zan   mutaxassislarni   ham   o‘ylantirib
qo‘yadi.   Shuning   uchun   tarixiy   so‘zlarning   izohini   men   ushbu   bitiruv   ishimda
keltirishni niyat qildim.
Pud – 16 kilogramm
Botmon – 20 kilogramm
Min – 3 kilogramm
Man – 680 gramm
Misqol – 4,1-4,4 gramm
Moshsha – 1,98 gramm
Nimcha – 2 kilogramm
Osor – 17 gramm
Paysa – 50 gramm
Sir – 74,24 gramm
Tula – 11,32 gramm
Xarvar – 30-100 kilogramm
Qadoq – 400 gramm Sari – 2,5 kilogramm
Ukya – 33,4 gramm
Kiyrat – 0,236 gramm
Chaksa – 5,3 kilogramm
Dahsar – 30-32 kilogramm
Arshin – 71,1 santimetr
Gaz – 70-90 santimetr
Tano – 0,25-0,5 gektar
Tosh – 7-8 kilometr yo‘l
Farsax – 8,9-9,5 kilometr
Chaqirim – 1,5 kilometr
Qarich – 20 santimetr
4 6 Yangi   numerativlarni   axborot   o‘lchov   birliklari   sifatida   baholash   va   ularni
o‘rganishimiz   tilimiz   taraqqiyotining   natijasidir.   Axborotning   eng   kichik   o‘lchov
birligi sifatida bit qabul qilingan. Bit so‘zi ingliz tilidagi “binary digit” so‘zlaridan
olingan, ya’ni  “ikkilik raqam” degan  ma’noni  bildiradi. 34
  Masalan,  1 bit  axborot .
Bu   yerda   bit   axborotning   o‘lchov   birligi   bo‘lib,   soning   oldida   kelib   numerativ
vazifasini bajaradi. 1 soni esa numerativning miqdorini ifodalamoqda.
Bitdan   kattaroq   o‘lchov   birligi   sifatida   bayt   o‘lchov   birligi   qabul   qilingan.
Bayt so‘zi ingliz tilidagi “byte” so‘zidan olingan.  8 bit 1 baytga  teng.  Masalan:  8
ta 0 va 1 raqamida 1  bayt  axborot  bor, chunki unda 8 ta bit(raqam) qatnashmoqda,
16   ta   0   va   1raqamida     esa   2   bayt   axborot   bor,   chunki   unda   16   ta   bit   (raqam)
qatnashmoqda.   Masalan,   4   bayt   hajmli   rasm.   Ushbu   gapda   bayt   numerativ
vazifasini bajarmoqda. Bunday numerativlar aniq miqdorni ifodalashi bilan boshqa
numerativlardan farqlanadi.
Baytdan kattaroq o‘lchov birligi kilobayt deyiladi. 1 Kbt= 1024 baytga teng.
Bugungi   kunda   hayotimizni   rasmlarsiz   tasavvur   qila   olmaymiz.   Ular   har   bir
daqiqamizni   muxrlab   qo‘yishda   beminnat   yordam   beradi.   Mana   shu   rasmlarning
o‘lchami   asosan   kilobaytlarda   o‘lchanadi.   Masalan,   Yangi   rasmimiz   atiga   270
kilobaytni tashkil etar ekan.  
Xalqaro   me’yorda   kilobaytdan   katta   o‘lchov   birliklari   ham   qabul   qilingan
bo‘lib,   ular   megabayt   (Mbt),   gigabayt   (Gbt),   terabayt   (Tbt),   petabayt   (Pbt)   kabi
belgilangan. 1 megabayt = 1024 kilobaytga teng;
1 gigabayt = 1024 megabaytga teng;
1 terabayt = 1024 gigabaytga teng;
1   petabayt   =   1024   terabaytga   teng. 35
Bugungi   globalizatsiya   va   axborotlar
asrida   yashar   ekanmiz,   ularni   hisoblaymiz,   o‘lchaymiz.   Kundalik   hayotda   ularga
ko‘plab   marotaba   duch   kelamiz.   Masalan,   internet   foydalanuvchilari   axborotlarni
olishda bu kabi o‘lchov birliklariga ko‘p duch kelishadi. Masalan,   1000 megabayt
34
Informatika (darslik) 8-sinf. –T., 2014.
35
 Informatika (darslik) 8-sinf. –T., 2014.
4 7 internet 10000 so‘mga. Aksiya 1000 megabayt videoni yuklab oling (Internetdan).
Bu yerda numerativlar son oldida kelib miqdorni o‘lchashda xizmat qilmoqda. 
Boshqa   ba’zi   bir   numerativlar   kabi   axborot   o‘lchov   birliklarining   ham
qisqartma shakllari mavjud. Bular: bit=b., bayt = bt., megabayt = Mbt., kilobayt =
Kbt., gigabayt = Gbt., terabayt= Tbt., petabayt = Ptb. kabi belgilanadi. 
Hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanuvchi axborot o‘lchov birliklari
№ Nomi Hajmi
1. 1 bit
2. 1 Bayt 8 bit
3. 1 kilobayt 1024 bayt
4. 1 megabayt 1024 kilobayt
5. 1 gigabayt 1024 megabayt
6. 1 terabayt 1024 gigabayt
7. 1 petabayt 1024 terabayt
T-CHIZMA
4 8№ O‘lchov turlari Zamonaviy hisob so‘zlar Tarixiy hisob
so‘zlar
1 Og‘irlik
o‘lchovlari Milligram
Gramm
Kilo (gramm) Litr
      Tonna
       Sentner Misqol
Botmon Paysa
dahsar
2 Uzunlik
o‘lchovlari Millimeter
Santimetr Ditsimetr
  kilometr Chaqirim
Qarich
Yog‘och Gaz
qalam
3 Maydon
o‘lchovlari Sotix Gektar Tanob 4 9Maydon o’lchovini bil. h.
s.Zamonaviy h.s.	
Sotix	Metr	Sentner	
Mehnat 	
kuni	
Par	
Gradus	Minut	
Yangi h. s.	
Dyum	
Eskirgan
Paysa	
Pud
Enlik	
Vaqt	
Jon
Tosh  UMUMIY XULOSA
O‘zbek   tilidagi   numerativ   so‘zlar   tilimiz   leksik   qatlamining     uzoq   tarixiy
taraqqiyoti   natijasida   shakllangan   bo‘lib,   ular     tarixiy   taraqqiyot   davomida
o‘zgarib,   xilma-xil   xususiyatlarga   ega   bo‘lib   borgan.   Badiiy   asar   tilini   tahlil
etganda   numerativ   so‘zlarning   ham   o‘rni   alohida   ekanligi   ko‘zga   tashlanadi.
Ularni   matndan   uzib   olgan   holda   emas,   balki   tilni   tizimli   tekshirish   orqali
o‘rganish   numerativ   so‘zlarning   xususiyatlarni   to‘liq   ochib   berishga   yordam
beradi.   Numerativ   so‘zlar   bo‘yicha   o‘tgan   asrda   bir   necha   tadqiqotlar   amalga
oshirildi.   Xususan,   numerativlarning   qo‘llanishi,   ma’no   turlari,   bog‘lanishi,
iste’mol   doirasi,   tuzilishiga   ko‘ra   turlari   o‘rganildi.   Numerativlarda   forma
yasovchilarning   qo‘llanishi   ham   tadqiq   etildi.   Biz   bitiruv   ishimizda   Jahon
tilshunosligida   numerativlarning   o‘rni   qay   darajadiligi,   ularning   ahamiyati,
o‘rganilishi kabi savollarga javob qidirdik. 
Numerativlar,   ayniqsa,   Janubi-sharqiy   Osiyo   mamlakatlarida   keng   ko‘lamda
tadqiq   etilganligi,   bu   mamlakat     egalari     tili   leksik   qatlamining   muhim   qismi
ekanligi,   ular   yuzasidan   tadqiqotlar   olib   borilganligiga   guvoh   bo‘ldik.   Turkolog
olimlar   ham   numerativlarni   o‘rganishda   o‘z   tekshirishlarini   olib   borgan,   qardosh
tillarda   ham   bunday   so‘zlarning   o‘rni   va   ahamiyatini   tadqiq   etishgan.   Numerativ
so‘zlarning   leksik,   semantik,   stilistik   xususiyatlarini   o‘rganish,   ularning   yangi
qirralarini   ochib   berishga   yordam   beradi.   Badiiy   asar   tili   orqali   o‘rganilganda
ularning semantikasi butun gapga ta’sir qilish mumkinligini tahlil etdik. Numerativ
so‘zlarning   ma’no   turlarini   o‘rganganda   ularni   aniq   miqdorni   ifodalovchi
numerativlar   va   aniq   bo‘lmagan   miqdorni   ifodlovchi   numerativlarga   bo‘ldik.
Natijada   ularning   qo‘llanishida   biroz   chegaralanish   ma’lum   bo‘ldi.   Masalan,
noaniq miqdorni bildiruvchi uzunlik o‘lchovi bo‘lmish qarich numerativi jonli tilda
keng ishlatiladi, ammo  uni rasmiy, ilmiy uslubda deyarli qo‘llamaymiz. 
Shuningdek,   qadam   numerativi   masofa   uzunligini   aniqlashda   so‘zlashuv,
badiiy   uslublarda   ko‘p   foydalanamiz,   rasmiy,   ilmiy   uslubda   uchratmaymiz.
Tadqiqotimiz   davomida   numerativ   so‘zlarning   ana   shu   xususiyatlariga   e’tibor
5 0Yangi h. s.	
Dyum berdik. Men bitiruv ishimda ko‘plab nasriy asrlari tilidan foydalndim. Asarlardan
ko‘plab   misollar   topib   izohlashga   harakat   qildim.   Ularning   tildan   foydalanish
mahorati,   so‘z   qo‘llash   imkoniyatlari   juda   keng.   Konkret   miqdorni   ifodalovchi
numerativlar   asosan   Ulug‘   Oktabr   sotsialistik   revolyutsiyasidan   so‘ng   tilimizda
ishlatila boshladi. Abdulla Qahhor Cho‘lpon yashagan davrdan biroz keyinroq ijod
etganligi sababli uning ijodida yangi so‘zlarning kirib kelishi tezlashgan. Masalan,
og‘irlik,   suyuqlik   miqdorini   ifodalovchi   litr,   gramm,   kilogram   numerativlari
qo‘llangan. Bu kabi numerativlar rus tili orqali kirib kelgan bo‘lib, aslida Yevropa
orqali   iste’molga   kirgan   so‘zlardir.     Hozirgi   kunda     bu   numerativ   so‘zlarsiz
hayotimizni   tasavvur   qilolmaymiz.   Barcha   jarayonlarda   hisoblash,   o‘lchash
jarayoniga   duch   kelamiz   va   bu   jarayonda   tilimiz   leksikasidagi   yangi   so‘zlar
yordamga keladi.
Klaster lardan   foydalangan   holda  nazariy   va  amaliy   mashg‘ulotlarini   tashkil
etish   o‘qituvchi   uchun   ham,   talaba   uchun   ham   foydalidir.   Chunki   klasterlar
shunchaki   chizmalar,   shakllar   yig‘indisi   bo‘lib   qolmay,   talabani   mantiqiy
mushohada   yuritishga,   shu   bilan   birga   tez   fikrlashga   o‘rgatadi.   Bu   esa   bugungi
ta’lim tizimi oldidagi asosiy vazifalardan biridir.  
  
5 1 GLOSSARIY
Termin I zoh
Grammatika Tilshunoslikning   so‘z   shakllari,   so‘z   birikmalarining
turlari, gap turlari haqidagi bo‘limi
Morfologiya So‘z   shakllari   haqidagi   grammatik   ta’limot.
Morfologiya sintaksis bilan birga grammatikani tashkil
etadi 
Son  Predmetning   miqdorini,   sanoq   jihatdan   tartibini
bildiruvchi   so‘zlar   tarkibi:   besh,   yigirma,   oltita,
o‘ninchi kabi
O‘lchov so‘zlari Sanoq son bilan birga ishlatilib, predmetning miqdoriy
o‘lchovini   muayyanlashtiradigan   so‘zlar.   Masalan:
dona, kilo, litr kabi
Maqol Pand, nasihat beruvchi ibratli siqiq hajmli ifoda
Matal To‘g‘ri ma’noda qo‘llanadigan xalq 
donishmandligining gap shaklidagi ko‘rinishi
Frazeologik   tahlil Frazeologik birliklarning lug‘aviy birlik sifatidagi 
talqini
Frazeologik chatishma Frazeologik chatishmaga xos ma’no tarkibidagi 
leksemalarning ma’nosidan ajralib qolgan, hatto zid 
bo‘ladi
Frazelogik polisemiya.   Frazemaning  bittadan ortiq ma’noni anglata olishi
Frazelogik sinonimiya   Bir necha frazemaning bir ma’noni anglata olishi
Frazelogik antonimiya   Frazeologizmlarning qarama-qarshi ma’noliligi
O‘z  qatlam. o`zbek tilidagi turkiy so`zlar
Frazeologiya b irdan ortiq mustaqil leksema ko`rinishining 
birikuvidan tashkil topib, obrazli ma’noviy tabiatga ega
bo`lgan lisoniy birlik
L ahja bir biriga yaqin bo`lgan sheva yig`indisi
5 2 Nutq uslubi Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada 
qo`llanadigan ko`rinishi
So`zlashuv uslubi. Keng qo`llanadigan uslub  turi
Ilmiy uslub. Fan-texnikaning turli tarmog`iga doir ilmiy asarlar, 
darslik va qo`llanmalar uslubi
Rasmiy-idoraviy uslub Davlat idorasi tomonidan chiqariladigan qaror, qonun, 
nizom, xalqaro hujjatlar uslubi
Ommabop
(publi t sistik) uslub. Tashviqot-targ`ibot ishini olib borishda qo`llanadigan 
uslub
Badiiy uslub   Badiiy asar lar   uslub i
Leksika so‘z haqida ta’limot
Uslubiyat nutq uslubi va uning turi, til vositasining nutqda 
qo`llanish imkoniyati, leksik, frazeologik va grammatik
sinonimiya masalasini tekshiradi va o`rgatadi
Matn har  qanday  og‘zaki  va  yozma   nutq
Dialogik   ikki       yoki       undan     ortiq     suhbatdoshning     turlicha
mazmundagi  fikr–axborot almashinuvi
Annotatsiya. kitob   yoki   maqolaning   asosiy   fikrlari   annotatsiyada
qisqacha bayon
Taqriz o‘qilgan narsaga baho berish 
Referat. muayyan bir yoki mushtarak mavzu yuzasidan bir-biri
bilan bog‘langan bir nechta ishlar mazmunini tanqidiy
qayta bayon etishdir
Lahja Fonetik,leksik va grammatik jihatdan yaqin shevalar 
yig‘indisi
Jargon Ayrim tabaqa vakillari nutqida ishlatiladigan buzilgan 
til
5 3 Argo Yasama til, ma’lum toifa kishilar nutqida uchraydigan ,
doshqalar tushunmaydigan til
To‘g‘ri talaffuz So‘z va unig qismlarini adabiy meyorga mos talaffuz 
qilish
Kurs ishi talabalar tomonidan bajariladigan o‘quv    rejalarida   
ko‘rsatilgan ta’lim-tarbiya   jarayoni  bilan uzviy  
bog‘liq  bo‘lgan  yordamchi    xarakterdagi yozma ish 
turi
Ko‘chirma gap   o‘zganing gapini hech qanday 
o‘zgarishsiz kiritish
Gap bo‘laklari   gap tarkibida tobe bog‘lanib, ma’lum so‘roqqa javob 
bo‘luvchi so‘z yoki so‘zlar birikmasiga gap bo‘lagi 
deyiladi
Yoyiq gap   kesimdan ham boshqa bo‘laklar ishtirok etgan gap
Ikkinchi   darajali
bo‘laklar     kesim     bilan   tobe   munosabatga   kirishib,   uning
ma’nosini izohlab, to‘ldirib, aniqlab keluvchi qismi 
Yig‘iq   gap   faqat kesimdan iborat gap
Qo‘shma gap ikki va undan ortiq kesimlik  belgisiga ega bo‘lgan gap
So‘roq gap So ‘ roq   olmoshlari ,  so ‘ roq   yuklamalari   yoki   so ‘ roq  
ohangi   yordamida   ifodalanib ,  so ‘ zlovchiga   ma ’ lum  
bo ‘ lgan   voqea   hodisa   haqida   axborot   olish   maqsadida  
qo ‘ llanuvchi   gaplar
So‘z - gap   birgina so‘zdan iborat gaplar
Sodda gap bir kesmlik xususiyatiga ega bo‘lgan gap
Ritorik so‘roq gap javob talab qilmaydigan so‘roq gap
Kelishikli boshqaruv   Tobe bo‘lakni hokim bo‘lakga kelishiklar yordamida 
bog‘lanishi 
5 4 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:
1. Mirziyoyev     Sh.M.     Erkin     va     farovon     demokratik     O`zbekiston     davlatini
birgalikda quramiz. – Toshkent, O`zbekiston, 2017. 
2. Mirziyoyev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
kuramiz. – Toshkent, O`zbekiston, 2017. 
3. Мирзиёев   Ш. М .   Мамлакатимизни     2016     йилда     ижтимоий-иқтисодий
ривожлантиришнинг  асосий  якунлари  ва  2017  йилга  мўлжалланган
иқтисодий     дастурнинг     энг     муҳим     устувор     йўналишларига     бағишланган
Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маъруза. 
Asosiy adabiyotlar:
1. A бдураҳмонов   Ғ.,   Шукуров   Ш.   Ўзбек   тилининг   тарихий   грамматикаси.
Морфология   ва   Синтаксис .  Тошкент ,  Ўқитувчи , 1978, 320  б .
2. Farid Othman. Tatabahasa Dewan Edisi baharu. KL.
3. Hamdamov P. Hozirgi o‘zbek tilida numerativlar. –T., Fan, 1983.
4. Informatika (darslik) 8-sinf. –T., 2014.
5. Malay tilida hisob so‘zlar. BMI. Dauletov R. Toshkent, 2013.
6. Qilichev E. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –B., 1999.
7. Rahmatullayev   Sh.   O‘zbek   tilining   etimologik   lug‘ati.   Toshkent,   Universitet,
2000.
8. Tursunov   U.,   Muxtorov   J.,   Rahmatullayev   Sh.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili.-
T.,1975
9.   Арзуманов С.Д. Забони тожики. Душанбе, 1951.
10.   Киссен А., Оракулов М.М. Граматика узбекского  языка.  Ташкент, 1940,
с. 118.
11.   Кононов   А.Н.   Грамматика   современного   турецкого   литерратурного
языка. М. – Л., 1956.
5 5 12.  Мирзаев М., Усмонов С., Расулов И. Ўзбек тили. Тошкент, 1962, 44-бет.
13.   Миртожиев   М.М.   Ўзбек   тили   семасиологияси.   Тошкент,   Мумтоз   сўз,
2010, 288 б.
14.  Тюрин В. А. Истоия Малайзии. Москва, Наука, 1980. 
15.   Ўзбек   тили   грамматикаси.   I   том.     Морфология.   –Тошкент.   Фан.   1975,
609б. 
16.  Ўзбек тили грамматикаси.  II  том. Синтаксис. –Тошкент. Фан. 1976, 560 б.
17.  Фозилов Э. Ўзбек тилининг тарихий морфологияси. Тошкент, 1965.
18. Чудинов А.Н. Словарь иностранных слов руского языка. 1910.
19. Шоабдураҳмонов   Е.,     Асқарова   М.,   Ҳожиев,     Расулов   И.,     Дониёров   X.
Ҳозирги   узбек   адабий   тили.   Тошкент,   1980-й,   272-б.   Комилова   Х.   Ўзбек
тилида сон ва олмош. – Тошкент, 1953
20. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – Toshkent: “Universitet”, 2006
21. Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили.
–Тошкент: “Ўзбекистон”, 1992
22. Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М., Ҳожиев А., Расулов И., Дониёров Х.
Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Тошкент: “Ўқитувчи”, 1980
23. Mengliyev B., Xoliyorov O‘. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma. – Toshkent:
“Fan”, 2007
24. Rasulova N., Supiyeva B. Ona tilidan ma’ruzalar. (II kitob) – Toshkent, 2016
25. Ҳожиев Азим. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент:
“Ўзбекистон миллий энциклопедияси”, 2002
26. Элтазаров   Ж.   Д.   Сўз   туркумлари   ҳақидаги   лингвистик   назариялар.   –
Самарқанд, 1996
27. Бобожонов Ф. Ўзбек тили. – Нукус: “Билим”, 2004
28. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. III жилд. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий
энциклопедияси”, 2007
5 6 Lug‘atlar: 
1. Раҳматуллаев   Ш.   Ўзбек   тилининг   э тимологик   луғати   (туркий   сўзлар).
Тошкент, Университет, 2000.  –  600 б.
2. Раҳматуллаев   Ш.   Ўзбек   тилининг   э тимологик   луғати   III   т.   Тошкент,
Университет, 2009. – 283 б.
3. Толковый словаарь русского языка.  Д.Н. Ушаков. Москва 1935-1940.
4. Ўзбек тилининг изоҳли луғати.  I  том. Москва, Рус тили, 1981 .   –  632 б.
5. Ўзбек тилининг изоҳли луғати.  II  том. Москва, Рус тили, 1981 .  –  718 б.
E lektron   ta ’ lim   resurslari :
29. http ://  www . yedu  . ru
30. http ://  www / yedu . uz
31. http://google.uz
32. http :// wikipedia . org
33. http :// www . ziyonet . uz
34. http : www . prepodu.net
5 7

Numerativ so‘zlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish MUNDARIJA KIRISH .................................................................................................................... ..3 I BOB. NUMERATIV SO‘ZLARNI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI 1.1.Numerativ so‘zlar. Ularning jahon tilshunosligida o‘rganilishi ...………….……7 1.2 Hozirgi o‘zbek tilida numerativ so‘zlarning o‘rganilishi va tasnifi… ………. .... 16 II BOB. NUMERATIV SO‘ZLARNI O‘QITISH NING AMALIY AHAMIYATI 2.1 . Numerativ so‘zlar ni o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish …. … ….....…..36 2.2 . Tarixiy va zamonaviy hisob so‘zlar ......………………………………………...45 XULOSA ............................................................................. ......................................50 GLOSSARIY ……………………………….………….................................. ... ....... 52 ADABIYOTLAR RO‘YXATI ..................................................................... ... ..... ....55

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbek tilidagi numerativ so‘zlar tilimiz leksik qatlamining uzoq tarixiy taraqqiyoti natijasida shakllangan bo‘lib, ular tarixiy taraqqiyot davomida o‘zgarib, xilma-xil xususiyatlarga ega bo‘lib borgan. Badiiy asar tilini tahlil etganda numerativ so‘zlarning ham o‘rni alohida ekanligi ko‘zga tashlanadi. O‘zbek tilshunosligida son so‘z turkumining ajralmas qismi bo‘lgan numerativ so‘zlar tadqiqi borasida bir muncha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Xususan, jahon tilshunosligida ham bunday so‘zlar Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida alohida ahamiyatga ega va keng tadqiq etilgan. Chunki bu mamlakatlar leksik qatlamida numerativ so‘zlar juda ko‘p qo‘llaniladi va tez-tez uchraydi. O‘zbek tilida ayrim o‘rganilgan tadqiqotlarda ham uning xususiyatlari turlicha yoritilgan. Hatto bunday so‘zlar turlicha nomlanadi: numerativlar, hisob so‘zlar, o‘lchov so‘zlar, sanoq so‘zlar va h.k. Turkologlardan M.A.Kazimbek, V.M.Nasilov, A.K.Dimitriyev, N.A.Baskakov, A.N.Kononov, N.Mirzazoda, X.Bayliyev, A.Xasenovlar numerativlarning bir nechtasining nomini ko‘rsatib, ularning qanday predmetlarga nisbatan sanoq son bilan birgalikda qo‘llanishini aytadilar. Keyinchalik F.G.Is’hoqov, H.Komilova, M.Asqarova, S.Nizomiddinova, A.Ishayevlar ham numerativlarning ayrim turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida o‘z mulohazalarini bildirganlar. O‘zbek tilida numerativ so‘zlarning o‘rganilishida P.Hamdamovning xizmatlari katta. P.Hamdamovning “Hozirgi o‘zbek tilida numerativlar” nomli tadqiqotida numerativ so‘zlarning iste’mol doirasi, ma’no turlari va ularning tuzilishi keng yoritilgan. Numerativ so‘zlarning leksik-semantik xususiytalari o‘ziga xos bo‘lib, ularning har biri o‘z tabiatiga ega. Ayniqsa, tarixiy taraqqiyot natijasida ularning iste’mol doirasi o‘zgarib boradi. Tilimizni tekshirish jarayonida badiiy asarlardan keng foydalanamiz. Chunki yozuvchi hayotiy voqea- hodisalarni tasvirlab, obraz yaratar ekan, u so‘zlashuv tili boyliklaridan, jonli tildagi sheva va kasb-hunarga oid til birliklaridan ham, adabiy til normalaridan ham keng foydalanadi. Biz bu sohadagi tadqiqotlarni o‘rganib, numerativlarning badiiy matnda 2

qo‘llanish xususiyatlari, numerativ so‘zlarni o‘qitishda klaster metodi, venn diagrammasi, T-chizmasidan foydalanishni, semantik-stilistik o‘ziga xosliklarini ochib berishga qaror qildik. Bu sohadagi izlanishlarni davom ettirish dolzarb masalalardan bir hisoblanadi. Mavzuning o‘rganilish darajasi: Hozirgi o‘zbek tilida numerativlar o‘tgan asrning oxirlarida bir muncha o‘rganildi. H.Komilova o‘zbek tilida son va olmosh so‘z turkumlrini tadqiqi jarayonida o‘zbek tilida qo‘llnuvchi numerativlardan bir qanchasini nomlab, iste’moldan chiqib ketayotgan va yangi kirib kelgan numerativlarni qayd etgan. Bundan tashqari numerativlar orasidan arxaiklashgan numerativlarni ajratadi. S.Nizomiddinova va A.Ishayevlar numerativlarning ayrim turlarini keltirib, har bir numerativ haqida tadqiqotlar olib borishgan. P.Hamdamov tadqiqotlarida numerativ so‘zlarning semantik bo‘linishi, kontekstdagi o‘rni, so‘zlar bilan bog‘lanishi kabi xususiyatlari tahlil etilgan. Muayyan til stilistikasining rivojlanishida badiiy adabiyot tilining ahamiyati kattadir. Badiiy asar tilida keng qamrovli til birliklari – fonetik, leksik, grammatik va majoziy vositalarni kuzatish mumkin. Yozuvchining tildan foydalanish mahorati, morfologik shakllar va sintaktik qurilmalarni tanlashi va boshqa jihatlarida yozuvchining individual uslubi ham yuzaga chiqadi. Rus tilshunoslari V.Vinogradov, L.V.Shcherba, A.Peshkovskiy, A.I.Efimov, G.O.Vinokur, V.V.Timofeyeva, D.E.Rozental, V.M.Jirmunskiy, M.P.Brandes, N.M.Shanskiy, L.A.Novikov, M.I.Kojina va boshqalar o‘z tadqiqotlarida badiiy asarlar tilini o‘rganish masalasiga jiddiy e’tibor qaratdilar. O‘zbek filologiyasida ham o‘tgan asrning 40-yillaridan boshlab yozuvchi tili uslubi, badiiy asar tili bo‘yicha tilshunoslar ham, adabiyotshunoslar ham baravar tadqiqot olib bora boshladilar. Bunday ishlar, dastlab maqolalar tarzida, keyinroq nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarida tadqiq etildi. Bu tadqiqot ishlarida badiiy adabiyot tili muammolari borasida turlicha qarashlar mavjud. Masalan, S.Mamajonov, O.Sharafutdinov, N.Karimov, N.Shukurov, M.Sultonova, J.Tursunov, Y.Solijonov, G.Imomova, A.Boboniyozovlar masalaga adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan yondashsalar, A.Shomaqsudov, 3

Sh.Shoabdurahmonov, S.To‘rabekova, B.Turdialiyev, Q.Samadov, A.Y.Aliyev, S.A.Karimov, M.Yo‘ldoshev, R.U.Normurodov kabi olimlar tilshunoslik aspektida tahlil qiladilar. Mazkur bitiruv ishida badiiy asarda qo‘llanuvchi numerativ so‘zlarning leksik-semantik, stilistik xususiyatlari metodik aspektda o‘rganildi. Numerativ so‘zlarni badiiy matnlarni tahlil qilish asosida o‘rgandik hamda uni o‘ qitishda klaster metodidan, venn diagrammasi, T chizmaaridan foydalanish samarali natijalar berishini tahlil qildik. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Numerativ so‘zlarni o‘ quvchiga mukammal o‘rgatish va bu yo‘lda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ushbu tadqiqotning asosiy maqsadini tashkil etadi. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: - numerativ so‘zlarning jahon tilshunosigida, xususan turkologiyada o‘rganilish holatini ilmiy-tanqidiy tahlil qilish hamda baholash; - hozirgi o‘zbek tilida numerativ so‘zlarning o‘rgnilishi; - numerativ so‘zlarning semantik klassifikatsiyasi bo‘yicha tasniflarni tahlil qilish; - numerativ so‘ zlarni o‘qitishda klaster metodidan foydalanishning samarali natijalari ; - numerativ so‘ zlarni o‘qitishda venn diagrammasidan foydalanishning ijobiy tomonlari ; - numerativ so‘ zlarni o‘qitishda T-chizma metodidan foydalanish . Tadqiqot obyekti. Universitet, litsey, kollej va maktab darsliklarida numerativ so‘ zlarni o‘qitishda klaster metodi va boshqa zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish tbitiruv ishining asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqotning metodologik asosi. Tadqiqotning metodologik asosi bo‘lib dialektikaning umumiylik-xususiylik, shakl-mazmun kategoriyalari xizmat qiladi. Ana shu asosda zidlanuvchi til-nutq dixotomiyasida badiiy tasvir vositalari mavqeini aniqlashda til va uslub masalasi yuzasidan ham tilshunoslikdagi 4

nazariy asoslar va ilmiy tahlil usullariga tayanildi. Asosan, lingvopoetik, uslubiy va qiyosiy tahlil usullaridan keng foydalanish nazarda tutildi. Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ushbu bitiruv ishimizda numerativ so‘zlarning bugungi kunda jahon tilshunosligida tutgan o‘rni, o‘zbek tilshunosligidagi ahamiyati, boshqa so‘z turkumlari bilan aloqasi va uni o‘qitishda klaster metodidan foydalanish tadqiq etildi. Numerativ so‘zlar guruhlarga ma’no, qo‘llanilish turi va davri jihatidan guruhlarga ajratildi hamda klaster metodi asosida ko‘rsatib berildi. Buning uchun ko‘plab slaydlar tuzildi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati . Bitiruv ish metodikaning dolzarb masalalarini tadqiq etuvchi ishlar sirasiga kiradi va darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni yaratishda, o‘quvchilarga mana shu mavzuni tushuntirishda amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlari grammatika, semasiologiya, uslubshunoslik, badiiy matn tahlili, hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili kabi nazariy kurslarni o‘tishda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi talabalarida badiiy asar tilini tahlil qilish malakasini shakllantirishga yordam beradi. Bitiruv ishining manbalari. O‘zbek tilshunosligida numerativ so‘zlar bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, ilmiy, nazariy, tanqidiy maqolalar, kitoblar ishning manbasi vazifasini o`tadi. O‘zbek tilida numerativ so‘zlar, klaster metodi, venn diagrammasi, T-chizma tadqiqot ishining manbasi qilib olindi. Bitiruv ishiningning tarkibi va hajmi. Bitiruv ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 5