4-SINFDA O’QUVCHILARGA MIQDORLARNI O’RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
MAVZU: 4-SINFDA O’QUVCHILARGA MIQDORLARNI O’RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH M U N D A R I J A Kirish ........................................................................... I BOB IV SINFDA O'LCHOVLARNI O'RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI § 1.1 . Skalyar miqdor tushunchasi § 1.2. Miqdorlarni o'lchash tushunchasi va uning xossalari ....... § 1.3. 4-sinfda o'tiladigan miqdorlar, ularni o'lchash usullari va o'lchov birliklari ........................................................................... .............................................................................................................. II BOB IV SINFDA O'LCHOVLARNI ORGANISH METODIKASI .......................................................................................... § 2.1. О `lchovlarni о ` rganishning didaktik printsplari .................. § 2.2. Uzunlik o'lchovlarini o'rganish metodikasi ........................ § 2.3. Massa va hajm о'lchovlarini о'rganish metodikasi .............. § 2.4. Vaqt о`lchovlarini о`rganish metodikasi § 2.5. Yuza о` lchovlarini о` rganish metodikasi
Ill BOB TAJRIBA ISHLARI § 3.1. 1-soatlik Yangi pedagogik texnologiya qo'llanilgan dars namunasi § 3.2. Misol va masalalar tizimi XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
Kirish Mamlakatimizda mustaqillik qaror topishi bilan xalq ta'limi tizimiga alohida e'tibor berilib, uni isloh qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Ma'lumki, boshlang`ich ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining birmuncha murakkab muhim ahamiyat kasb etuvchi, barcha ta'lim bo’g’inlari uchun mustahkam poydevor bo`luvchi mustaqil va majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi - Mustaqil respublikamizning ravnaqi uchun, kelajagi buyuk davlatni barpo etish uchun har tomonlama kamolotga yetgan, chuqur bilimli mutaxassislar yetishtirish zarur. Ta’lim jarayoni ko’p bosqichli yaxlit tizimga ega bo’lib, uning har bir bosqichi ta’lim oluvchilarning yoshi va o’ziga xos xususiyati ta’lim–tarbya jarayonida intellektual qobiliyatiga bog’liqdir. O’quvchi o’quvchilikka qabul qilingandan boshlab har bir fanning ilmiy–nazariy asoslarini chuqur o’rganish bilan birga kasb tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi. Jamiyatning intellektual salohiyotiga mos kelajak avlodni tarbyalash bugungi ta`lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifa bo’lib, bu o’z navbatida ta’lim jarayonida muntazam ravishda innovatsion yondashuvlarni amalga oshirishni talab etadi. Innovatsion yondashuvlar - ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash demakdir. Mazkur bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi ham mana shunda . Jumladan, «Ta'lim to`g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi va ularga mos Davlat ta'lim standartlari ishlab chiqildi. Ushbu standartda boshlang'ich sinflarda o'quv yuklamasining zarur hajmini belgilab beruvchi shu jumladan, umumiy o'rta ta'lim muassasasi boshlang'ich ta'lim bo'g'ini bo'lgan bitiruvchilarining bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan talablarni mujassamlashtiruvchi davlat me'yoriy hujjati, sifatida boshlang'ich ta'lim Davlat ta'lim standartiga amal qila boshladi.
Davlat Ta'lim Standartlarida miqdorlar va ularni о`lchash bo'yicha quyidagi mavzular va amaliy ishlar ko'rsatiladi: 4-sinf Matematika darsligi: 1. Uzunlik o'lchovi birliklari - millimetr, santimetr, detsimetr, metr, kilometr va ular orasidagi o'zaro munosabatlarni o'rganish; 2. Vaqt o'lchov birliklari - minut, soat, sekund, kun, hafta, oy, yil, asr va ular orasidagi munosabatlar; 3. Massa birliklari - kilogramm, gramm, sentner, tonna va ular orasidagi munosabatlar. Kesma chizish va uzunligini millimetr, santimetr va detsimetr, metrlarda ifodalash. Kesmalarning uzunliklarini taqqoslash. O`lchov lentasi yoki ruletka yordamida yo`lak, devor, bino va shu kabilarning uzunligini o'Ichash; shartli ravishda qog'ozda 1, 2, 5 m ni 1 sm ga teng deb olib, to'g'ri chizish va uning uzunligini o`Ichash; 20-30 metrgacha bo`lgan masofani ko'z bilan chamalab о `Ichash; vaqtni minutgacha bo`lgan aniqlikda topish. 4-sinfda o'quvchilar: - kattaliklar ( uzunlik , massa , vaqt ) o ` lchovi birliklari jadvalini bilishi va masalalar yechishda bu bilimlarni amalda qo ' llashni ; - narxi, miqdori, qiymati, umumiy massasi kabi miqdorlar orasidagi o'zaro munosabatlarni bilish va bilimlarni matnli masalalarni yechishda qo'llashni uddalay olishlari kerak. - chizg'ich yordamida kesma uzunligini о`Ichash va berilgan uzunlikdagi kesmani chiza olishlari kerak. Miqdorlarni o`ganishni ahamiyati - boshlang'ich sinflarda miqdorlarni o'rganishning ahamiyati juda katta, chunki miqdor tushunchasi matematikaning muhim tushunchalaridandir. Har bir o'rganilayotgan
miqdor atrof- muhitdagi real ob'ektlarning biror umurnlashgan xossasidir. O`lchashga doir mashqlar fazoviy tasavvurlarni rivojlantiradi, o'quvchilarni hayotda keng qo'llaniladigan zarur amaliy malakalar bilan qurollantiradi. Demak, miqdorlarni o'rganish ta'limni hayot bilan bog’lovchi vositalardan biridir. Mavzuning mazmun-mohiyati shundaki, o'quvchilar ongida miqdorlar tushunchasini tarkib toptirish va miqdorlarni o'lchash ko'nikma va malakalarini hosil qilish yo`llarini tahlil qilishdir. Bitiruv malakaviy ishning predmeti – Boshlang`ich sinflarda matematika darslarida о `rganiladigan miqdorlar, ularning turlari hamda ularni o'lchash haqidagi bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishning pedagogik asoslari va ularni amaliyotga joriy qilish yo`llari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi – IV sinf o’quvchilarining o`lchovlarni o`rganishga doir bilimlarini shakillantirishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqishdan iboratdir. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: 1) Boshlang’ich sinflarda matematika darslarining tashkil etilishini kuzatish va tahlil qilish; 2) O’quvchilarning o`lchovlar va ularni o`lchash yuzasidan olgan bilim, ko’nikma, malakalarini aniqlash. 3) IV sinfda o`lchovlarni o’rganish va o`lchov malakalarini shakllantirishning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullarini joriy qilish. Bitiruv malakaviy ishining metodlari : Tadqiqot muammosiga oid pedagogik- psixologik va metodik adabiyotlar mazmunini o’rganish, nazariy jihatdan tahlil qilish, boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash holatini o’rganish, pedagogik kuzatuv, suhbat, pedagogik tajriba va h.k.