YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARINI O‘QITISHDA KLASTER METODIDAN FOYDALANISH
YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARINI O‘QITISHDA KLASTER METODIDAN FOYDALANISH Mundarija KIRISH I BOB. O‘ZBEK TILIDA YORDAMCHI SO‘ZLARNI O‘QITISHNI NG NAZARIY MASALALARI 1.1 -§ . Yordamchi so‘z turkumlari mavzularida o‘rganiladigan asosiy masalalar 1.2-§. Yordamchi so‘zlarlarning grammatik-funksional jihatlarini o‘rgatishda k laster metodining nazariy asoslari va ta’limdagi vazifasi I bob bo yicha qisqacha xulosa ʻ II BOB. KLASTER METODINING YORDAMCHI SO‘ZLARNI O‘QITISHDAGI USTUVORLIGI 2 . 1 -§ . Ko‘makchilar o‘rgatishda klaster metodini qo‘llashning ahamiyati 2.2-§. Klaster metodi yordamida bog‘lovchilar va yuklamalarni o‘qitishning samaradorligi III BOB. YORDAMCHI SO‘ZLARNI O‘QITISHDA TAJRIBA- SINOVLARNING AMALIY AHAMIYATI 3 . 1 -§ . Yordamchi so‘z turkumlariga oid bilimlarni mashqlar vositasida yetkazib berish 3 .2-§. Klaster v a boshqa metodlar yordamida bilim va ko‘nikmalarni nazorat qilish III bob bo‘yicha qisqacha xulosa Xulosa Adabiyotlar ro yxati ʻ 1
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Hozirgi kunda ta’lim tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘qituvchilardan o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlaydigan, har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashni talab qiladi. Shu orqali dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan zamonaviy jamiyat qurish nazarda tutiladi. Shaxsni erkin rivojlantirish, mehnatsevarlik, o‘zaro hurmat, vatanparvarlik, mas’uliyat, tabiat va atrof- muhitga hurmat bilan qarashni tarbiyalash zamonaviy ta’limning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Bugungi kundа mаmlаkаtdа оlib bоrilаyоtgаn yаngilаnish jаrаyоnlаridа fаn vа tа’lim mаsаlаlаri vа uni tubdаn islоh qilishgа kаttа е’tibоr bеrilmоqdа. “Tа’lim tо‘g‘risidа”gi Qоnun hаmdа Kаdrlаr tаyyоrlаsh milliy dаsturi bu bоrаdаgi hаrаkаtlаrning аsоsiy tаyаnсhi bо‘lib xizmаt qilgаni hоldа zаmоnning о‘zi bugungi kun pеdаgоg xоdimlаri оldigа shundаy tаlаblаr qо‘ymоqdаki, undа tа’lim sоhаsidа fаоliyаt yurituvсhi mutаxаssisning hаr tоmоnlаmа mukаmmаl, qаtоr yо‘nаlishlаrdаgi kоmpеtеntlik dаrаjаsi аlоhidа е’tibоrgа оlingаn. Hozirgi globallashuv zamonida taraqqiyot shiddat bilan o‘zgarib borar ekan, ta’lim sohasi xodimlari aslo eski qoliplar bilan ishlay olmaydilar. Bunda o‘qituvchi nafaqat o‘z fani doirasida chuqur bilimga ega bo‘lishi, balki mavjud ilmiy-nazariy manbalardan olingan bilimlarni talabalarga , o‘quvchilarga yetkazish usullari va yo‘llarini izlab topishi, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarish, turli manbalar bilan maqsadli boyitish talab etilmoqda. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga o‘qituvchi o‘tilayotgan mavzuning mohiyatini ochib berishi, shu mavzu yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish dars jarayonining asosiy maqsadi hisoblanadi. Zamonaviy ta’limda maqsadga erishish uchun turli xil interfaol metodlardan foydalanish ko‘proq samara berayotganligini e’tirof etish mumkin. Shu ma’noda mazkur 2
magistrlik dissertatsiyasida eng zamonaviy ta’lim jarayonlarida qo‘llanib kelinayotgan klaster metodidan foydalanish masalasini tadqiq qilingan. Bugungi kunda keng tarqalgan interfaol metodlardan biri klaster metodidir. Bu metodning qo‘llanish doirasi juda keng bo‘lib, nafaqat tilshunoslik, balki boshqa fan sohalari mavzularini o‘rgatishda ham qo‘llash mumkin. Klaster metodi orqali o‘quvchilarda ikkita ko‘nikma shakllanadi: 1. Berilayotgan bilimlar chizmada aks etishi berilayotgan bilimning tezda o‘zlashtirilishiga va yodda qolishini ta’minlaydi. 2. Klaster tarmoqlarini to‘ldirish orqali mantiqiy-ijodiy fikrlash ko‘nikmasi shakllanadi. Davlat ta’lim standarti tomonidan e’lon qilingan zamonaviy ta’limning eng muhim vazifalaridan biri – bu maktab o‘quvchilariga o‘rganish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘z-o‘zini rivojlantirish qobiliyatini beradigan universal ta’lim faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishdir. Ta’lim standartga muvofiq bolalarni o‘quv faoliyatini boshqarishning samarali vositalarini o‘zlashtirishga o‘rgatish, ularga quyidagilarni o‘rganishga yordam berish uchun mo‘ljallangan: - O‘qituvchi yordamida ta’lim maqsadlarini va ularga erishish uchun vazifalarni belgilash; - Muammolarni hal qilish usullarini amalda qo‘llash; - Kognitiv faollik va tashabbuskorlikni ko‘rsatish; - O‘qituvchi tomonidan ajratilgan harakatlar ko‘rsatmalariga muvofiq o‘quv materialini o‘zlashtirishda mustaqil ravishda harakat qilish; - Faoliyatni amalga oshirish jarayonida va harakatni bajarish natijasida nazoratni amalga oshirish, uni amalga oshirish paytida ham, harakat oxirida ham kerakli tuzatishlarni kiritish. Y.K.Babanskiy va I.Y.Lernerlar o‘z tadqiqotlarida bolalar o‘rtasida o‘qishga qiziqishning yo‘qligini ta’kidlaydilar, bu ularning ta’lim ishlarini oqilona, texnologik jihatdan malakali tashkil qila olmaslik bilan izohlanadi; 3
L.M.Fridman o‘z tadqiqotida mavzuni o‘rganish sifati va talabalarning mustaqil o‘rganish qobiliyati o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’kidlaydi. Ta’lim sohasini rivojlantish, o‘quvchilarda ona tili va adabiyotga nisbatan qiziqish va hurmatni shakllantirishda ushbu fanlarni yuqori saviyada o‘rgatish talab etiladi. Bu jarayonni interfaol metodlar ta’minlab beradi. Yordamchi so‘zlarni o‘qitishda klaster metodi va texnologiyasini qo‘llash dars jarayonining samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Shulardan kelib chiqadigan bo‘lsak, tilshunoslikka oid bo‘lgan mavzularni, jumladan yordamchi so‘z turkumlarni klaster orqali o‘qitishning ahamiyati katta ekanligi dissertatsiya muvzusining dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqot obyekti : Y ordamchi so‘z turkumlarini o‘qitishda klaster metodidan foydalanish jarayoni. Tadqiqot predmeti : Magistrlik dissertatsiyasi ning predmeti y ordamchi so‘z turkumlarini o‘qitishda klaster metodidan foydalanish mazmuni, imkoniyatlari va yo‘llari . Tadqiqot ishining maqsadi: Magistrlik dissertatsiyasi ning maqsadi y ordamchi so‘z turkumlarini o‘qitishda klaster metodi imkoniyatlarini yoritish, metodni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat. Tadqiqot vazifalari: 1. Yordamchi so‘z turkumilari mavzusi ning o‘quv-uslubiy ta’minoti yuzasidan ko‘zda tutilgan materiallarni havola etish ; 2. Ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini o‘tkazishning amaliy-texnologik jihatlarini bayon etish, dars ishlanmalarini tavsiya etish; 3. Mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etishning uslubiy ta’minotini joriylantirish ; 4. Bog‘lovchi, ko‘makchi va yuklama mavzulari yuzasidan amaliy topshiriqlar, ishlanmalar, shuningdek, nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim bo‘yicha ko‘rsatmalarni havola qilish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 4
1. Yordamchi so‘z turkumiga oid ilmiy va amaliy tadqiqotlar tavsifi va tahlili beriladi. 2. Yordamchi so‘z turkumlarini o‘qitish jarayonida klaster usulidan foydalanish ning mazmun va mohiyatini yoriti ladi. 3. Klaster usulidan ta’lim jarayonida qo‘llashning qulayligi, zaruriyati va ahamiyati asoslanadi. 4. Zamonaviy ta’lim jarayonida klaster metodidan maqsadli foydalanishda zarur bo‘lgan kompetentlik jihatlari ko rsatiladi.ʻ Tadqiqotning metodologik asosi ni universal ta’lim harakatlarini shakllantirish bo yicha umum ʻ pedagogik metodlar tahliliga innovatsion yondashuv nazariyasi tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”da ko‘rsatilgan vazifalar , Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar v azirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ning ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan b u yruqlari asosida ta’lim sifatini oshirishning huquqiy asoslarini o‘rganish bo‘yicha qarorlar va direktiv hujjatlarga tayanadi. Tadqiqotda qo llaniladigan metodikaning tavsifi. ʻ Universal ta’lim harakatlarini shakllantirish ni tashkil etish, unga doir adabiyotlar bilan ishlash, kuzatish, eksperiment, statistik tahlil va natijalarni matematik tahlil qilish metodlaridan foydalanil a di. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ishning amaliy ahamiyati shundaki, Maktab ona tili darsliklari va oliy ta’lim “Hozirgi o‘zbek adabiy tili ” fanining “Yordamchi so‘z turkumlari” mavzular ini o‘qitishga oid yangi variantlarni beradi. Dars mashg‘ulotlar jarayonida klaster metodidan foydalanish talaba va o‘quvchilarga mavzuni chuqur va atroflicha o‘zlashtirishlari, bu sohada yuqori saviyadagi mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga yordam beradi. Ishda qo‘llangan metodlar va ish turlaridan boshqa fan o‘qituvchilar ham foydalanishlari mumkin. Tavsiyalar berilishi ushbu fanni o‘qitishda innovatsion ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarni amaliyotda qo‘llanish darajasini tahlil qilish hamda unga baho 5