logo

O‘ZBEKISTON O‘SIMLIKLARI” MAVZUSINI O‘QITISHDA KLASTER VA VENN DIAGRAMMASIDAN FOYDALANISH

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

353.517578125 KB
O‘ZBEKISTON O‘SIMLIKLARI” MAVZUSINI O‘QITISHDA KLASTER
VA VENN DIAGRAMMASIDAN FOYDALANISH  
1 Kirish  3
I BOB O’ZBEKISTON TABIIY GEOGRAFIYASINI O’QITISHDA 
YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN 
FOYDALANISHNING AHAMIYATI ………………………………. 5
1.1 Pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etishning zaruriyati. 5
1.2 O’zbekiston   tabiiy   geografiyasini   o’qitishda   qo’llaniladigan   pedagogik
texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlari …………………………... 13
1.3 Pedagogik texnologiyalarning asosiy jarayonlari ……………………… 18
II BOB VEN VA KLASTER TEXNOLOGILARI ASOSIDA 
O’ZBEKISTON  O’SIMLIKLARI MAVZUSINI   O‘QITISHNING 
SAMARALI YO‘LLARI VA VOSITALARI   ……………………… 32
2.1 O’zbekiston da   hududida   tarqalgan   o‘simliklarini   o‘rganishning
ahamiyati ………………………………………………………………. 32
2.2 “ Ven ”  va “Klaster”  ta’lim texnologiyasi ning qo’llashning afzalliklari… 45
2.3 “ O’zbekiston   o’simliklari”mavzusini   bo‘yicha   o‘quvchilarga
mo‘ljallangan keys topshiriqlari va ishlanmalar …………………….. 53
Xulosa      ..……………………………………………………………………. 57
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati …………………………………………… 5
Mundarija
2 KIRISH
Bitiruv   ishing   dolzarbligi.   Mamalakatimiz   ijtimoiy   –ma'naviy     h ayotining
barcha sa h olarida bo'lganidek, ta'lim tizimida xam  keng  q amrovli islo h otlar yo'lga
q o'yildiki, bunda ta'lim tarbiya tizimiga, oliy ta'limning o' q uv – tarbiya jarayoniga
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini olib kirish or q ali uning sifatini
uzluksiz   ravishda     takomillashtirib   borish,   ta'lim   samaradorligini   ortirish   talab
etilmo q da.
  O'zbekiston   Respublikasida   demokratik   va   h u q u q iy   jamiyat   barpo
etilayotgan mavjud  sharoitda  yosh  avlodning musta q il  va  erkin  fikrlay  olishi  ro'y
berayotgan   vo q ea- h odisalarga   shaxsiy   munosabatini   bildirishga   imkon   beradi.
Ijtimoiy   borli q da   kechayotgan   o'zgarishlarga   nisbatan   shaxsiy   nu q tai   nazarning
shakllanishi   shaxs   faolligini   ko'rsatuvchi   mu h im   ji h atlardan   biridir.   Q olaversa,
musta q il fikr egasi bo'lgan shaxs o'z imkoniyatlari,  q obiliyatini erkin namoyon eta
oladi. Muvaffa q iyatli ravishda olib borilayotgan ta'limiy islo h otlarning  h am asosiy
ma q sadi   erkin,   musta q il   fikriga   ega   barkamol   shaxs   va   malakali   mutaxassisni
tarbiyalab voyaga etkazishdan iboratdir. 
Ta'lim so h alarida il g’ or texnologiyalarni   q o'llash shartlaridan biri - malakali
mutaxassislarni   tayyorlash,   ularning   kasbiy   ma h oratini   doimiy   ravishda   oshirib
borishga   erishish   ekanligidan   h am   anglanadiki,   ijtimoiy,   i q tisodiy   va   madaniy
h ayot   bir-biri   bilan   uzviylik,   alo q adorlik   h amda   yaxlitlik   tamoyili   asosida
rivojlanib boradi. Jamiyat ijtimoiy  h ayotida etakchi o'rin tutgan  g’ oya va  q arashlar
i q tisodiy   ishlab   chi q arish   rivojiga   o'z   ta ’ sirini   o'tkazsa,   o'z   navbatida,   i q tisodiy
o'sish a h olining madaniy turmush tarzining yaxshilanishiga olib keladi.
Tabiiy   ravishda   zamonaviy   fan-texnika   yutu q laridan   samarali   va   unumli
foydalana   olish   vazifasi   mazkur   fan   oldiga   h am   q o'yilgandir.   Ayni   va q tda
Respublika ijtimoiy  h ayotiga shiddatli tezlikda axborotlar o q imi kirib kelmo q da va
keng   ko'lamni   q amrab   olmo q da.   Axborotlarni   tezkor   suratda   q abul   q ilib   olish,
ularni   ta h lil   etish,   q ayta   ishlash,   nazariy   ji h atdan   umumlashtirish,   xulosalash
h amda   o' q uvchiga   etkazib   berishni   yo'lga   q o'yish   ta'lim   tizimi   oldida   turgan
dolzarb muammolardan biri  h isoblanadi.  
3 Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturida   Maktablarda   tizimini   tashkil   etish   va
rivojlantirish   uchun   «Yangi   pedagogik   texnologiyalar..   tizimidan   foydalangan
holda   talabalarni   o‘qitishni   jadallashtirish»ga   erishish   zarur,   deb   qayta-qayta
ta’kidlangan hamda O’zbekiston respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi ” qonunda
ham o’z aksini topgan.
Hozirgi   kunda   umumiy   o’rta   ta’lim   maktablarida   O‘zbekiston   tabiiy
geografiyasini   o‘qitishda   innovatsion   texnologiyalardan   foydalanishni   keng   joriy
qilish   vazifalari   muhim   sanaladi.   Bunday   olib   qaraganda   bugungi   pedagog
mutaxassislar  tayyorlash tizimiga zamonaviy yondoshuvni shakllantirish, bo‘lajak
mutaxassis   shaxsidagi   ijodkorlik,   tadqiqotchilik,   mustaqillik   va   innovatsion
o‘qitish  texnologiyalarini  bilish faolligi, ko‘nikmalarini  rivojlantirish maktablarda
muassasalarida   o‘qitiladigan   umumkasbiy   fanlarning   muhim   vazifalaridan
sanaladi.
Umumiy   o’rta   ta’lim   maktablairda   O‘zbekiston   tabiiy   geografiyasi   fani
misolida  olib  boriladigan  ta’lim  va  tarbiya  jarayonlarini   har      tomonlama  nazariy
va amaliy jihatdan o‘rganish va tahlil etishni dolzarbligidan dalolat beradi.
Bitiruv     ishi   kirish,   ikki   bob,   ettita   paragraf,   xulosa   va   foydalanilgan
adabiyotlardan   iborat   holda   yoritib   berilgan.   Bitiruv   ishida   30   ga   yaqin
adabiyotlardan foydalanilgan. Ishning asosiy hajmi 60 betni tashkil etadi.
4 I BOB. O’ZBEKISTON TABIIY GEOGRAFIYASINI O’QITISHDA YANGI
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING
AHAMIYATI .
1.1 Pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etishning zaruriyati.
Kelajak   bugungi   maktab   partasiga   o’tirgan   voqealikni   serqirra   sirlarini
bilishga   intilayotgan   yoshlar   qo’lida   ekan,   avvalo,   ular   i’stedodini   aniqlash,
qobilyat iqtidorini rivojlantirish, intellektual  zakovati, ma’naviy aqliy salohiyatini
yuksaltirish   dolzarb   masala   bo’lib   xisoblanadi.   Bu   vazifani   xal   qilish   uchun
yoshlarni   hayotga,   mehnatga   tayyorlashning   yangi   texnologiyasi,   metod,   usul,
vositalardan   foydalanish   lozim   bo’ladi.   Qolaversa   yangilangan   ta’lim   tizimi,
mazmuni   uchun   eski   qolipdagi   metod,   usullarini   qo’llash,   mantiqsiz   hisoblash,
xuddi odamning barcha kiyimlarini yangilashu, oyog’idagi poyafzalini yirtiq holda
qoldirganday   bo’ladi.   Bugungi   kunda   ta’lim   sifatini   oshirish   o’quvchilarning
mustaqil   ijodiy   tafakkurini   o’stirish,   pedagogik   jarayonda   innovatsion
texnologiyalardan   keng   va   samarali   foydalanishnigina   emas,   balki,   mazkur
jarayonni   rejalashtiruvchisi,   amalga   oshiruvchisi   va   boshqaruvchisi   bo’lgan
o’qituvchining   kasbiy   saviyasi,   kasbiy   tayyorgarligini   shakllantirish   masalasiga
chuqurroq   yondashuvni   talab   etadi.   Shu   sababli   mustaqillik   sharoitida   ta’lim-
tarbiya,   malakali   mutaxassilar   tayyorlash,   shuningdek,   pedagog   mutaxassislar
tayyorlash   tizimiga   qo’yilayotgan   talablarning   soni   har   qachongidan   ortib
bormoqda.   Bugungi   pedagog   mutaxassislar   tayyorlash   tizimiga   zamonaviy
yondoshuvni   shakllantirish,   bo’lajak   mutaxassis   shaxsidagi   ijodkorlik,
tadqiqotchilik,   mustaqillik   va   bilish   faolligi   ko’nikmalarini   rivojlantirish   oliy
ta’lim   muassasalarida   o’qitiladigan   umumkasbiy   fanlarning   muhim   vazifalaridan
sanaladi.   Bugungi   kunda   ta’lim   tarbiya   jarayonini   pedagogik   texnologiyalar
asosida qurish, ta’lim islohotlarining maktab oldiga qo’ygan muhim vazifalaridan
biridir.   Ta’lim   tarbiya   jarayoniga   pedagogik   texnologiyani   tadbiq   etish   uchun,
avvalo   o’qituvchi   pedagogik   texnologiya   tushunchasining   mohiyatini   bilishi   va
5 uning   shakllarini   mukammal   o’zlashtirgan   bo’lishi   lozim.   Masalan:   o’qituchi
mahoratiga   qo’yiladigan   talablar   kasbiy   layoqat,   psixologik-pedagogik
tayyorgarlik,   o’quvchilarni   mustaqil   fikrlashga   o’rgatish   mahorati,   o’quv
adabiyotlari   turlarini   bilish,   yangi   pedagogik   va   axborot   texnologiyalarini
egallaganlik,   internetning   global   tarmog’i   bilan   ishlash   bo’yicha   amaliy
ko’nikmalar,   predmetlararo   aloqalardan   foydalanish   mahorati   va   hakoza.
Mamlakatimiz   talim   sohasida   ro’y   berayotgan   tub   burilishlar   har   bir   talim
muassasida  didaktik soxasini  jonlantirishni  talab etadi, yangilikni  joriy etish yo’li
esa har doim murakkab va uzoq. Komil ishonch bilan aytish mumkinki, pedogogik
texnologiyalar yaqin yillar ichida didaktik yangilikka kirishishning asosiy manbai
bo’lib qoladi .  Ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli
qo'llash   uchun   geografiya   o'qituvchilari   maxsus   metodik   bilim   va   ko'nikmalarni
egallashlari,   pedagogik   amaliyotda   zarur   bo'ladigan   metodik   tayyorgarlikka   ega
bo'lishlari lozim Pedagogik texnologiya atamaiga shu muammo bo'yicha izlangan
har   bir   olim   o'z   nuqtai   nazaridan   kelib   chiqqan   holda   ta'rif   bergan.   Hali   bu
tushunchaga to'liq va yagona ta'rif qabul qilinmagan. Ushbu ta'riflarning ichida eng
maqsadga muvofig’i YUNESKO tomonidan berilgan ta'rif sanaladi.
Pedagogik   texnologiya-o'qitish   shakllarini   optimallashtirish   maqsadida
o'aitish va bilimlarni o'zlashtirish iarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni
qo'llash,   ularning   o'zaro   ta'sirini   aniqlashga   imkon   beradigan   tizimli   metodlar
majmuasidir. Bu yerda inson salohiyati deyilganda o'qituvchining pedagogik va o'
quvchilarning   bilish   faoliyati,   texnik   resurslar   deganda   o'   qitish   metodlari   va
vositalari  nazarda  tutilmoqda. Pedagogik  texnologiya-shunday  bo’limlar  sohasiki,
ular   yordamida   3-ming   yillikda   davlatimiz   ta’lim   sohasida   tub   burilishlar   yuz
beradi,   o’qituvchi   faoliyati   yangilanadi,   o’quvchilarda   xurfikrlik,   bilimga
chanqoqlik,   vatanga   mehr-muhabbat,   insonparvarlik   tuyg’ulari   tizimli   ravishda
shakllantiriladi.   Bundan   tashqari   pedagogik   texnologiya-ta'lim   jarayonining
samaradorligini   oshirish   maqsadida   o'qitish   va   bilimlarni   o'zlashtirish   jarayonida
o'qituvchining pedagogik va o'quvchining o'quv-bilish faoliyatini uyg’un ravishda
tashkil   etish,   mazkur   faoliyatni   faollashtirish   maqsadida,   samarali   o'qitish
6 metodlari,   vositalari   va   shakllarini   qo'llash,   ularning   o'zaro   ta'sirini   aniqlashga
imkon   beradigan   tizimlar   majmuasidir.   Pedagogik   texnologiyalarning   uchta
darajasi mavjud:
1. Umumiy   metodik   daraja.   Umumiy   pedagogik   (umumdidaktik,
umumtarbiyaviy)   darajada   pedagogik   texnologiyaning   umumiy   qonuniyatlari,
kontseptual asoslari, o' qituvchi va o' quvchining bilish faoliyatini tashkil etish va
boshqarishning o'ziga xos xususiyatlari ishlab chiqiladi.
2. Xususiy   metodik   darajada   muayyan   bir   o'quv   fani,   kursni   o'qitish
jarayonining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ta'lim mazmunini
o' quvchilar ongiga singdirishda foydalaniladigan o' qitish metodlari, vositalari va
shakllarining majmuasi tushuniladi.
3. Lokal’   (modul)   darajada   ta'lim-tarbiya   jarayonining   ma'lum   bir
qismida   mazkur   qismning   xususiy   didaktik   va   tarbiyaviy   maqsadini   hal   etishga
qaratilgan texnologiya tushuniladi.
Pedagogik   texnologiyalarning   yuqorida   qayd   etilgan   uchta   darajasi   bir-
birini   to'ldiradi   va   taqozo   etadi.   Hamkorlik-o'qituvchi   va   o’quvchilarning   o'quv-
bilish   faoliyatini   takomillashtirish,   ularni   ma'naviy,   axloqiy,   intellektual   jihatdan
rivojlantirish,   bu   jarayonni   bir-biriga   uyg’unlashtirish,   faoliyatning   natijasi   va
borishini   hamjihatlikda   tahlil   qilish   imkonini   beradi.   Demokratlashtirilgan
jarayonni   insonparvarlashtirish   o'quv-tarbiyaviy   jarayonining   maqsadini   amalga
oshirish,   tahsil   oluvchilarning   o'quv-bilish   va   ma'naviy   ehtiyojlarini   qondirish,
o'quv   mehnatining   xarakteri   va   mazmunini   o'zgartiradi   va   shaxsning   uyg’unlikda
rivojlanishiga   qulay   psixologik   muhit   yaratadi.   O'qitish   jarayonini
demokratlashtirishning   tub   mohiyati   o'quvchilar-   ning   o'quv-bilish   faoliyatini
tashkil etishda ularga tanlash imkoniyati berilishidir.
Geografiya   o'qituvchisi   o'quvchilarning   bilish   faoliyatini   tashkil   etishda
o'quvchilarning xoxishiga ko'ra individual tarzda, juftlikda yoki kichik guruhlarda
tashkil   etishi   lozim.   Shuningdek,   uy   vazifalari   ham   hamma   uchun   yagona   va
majburiy bo'lmasdan bir necha variantda tayyorlanishi va o'quvchilar o'z xoxishiga
ko'ra   tanlashlari   mumkin.   Hozir   ta’lim-tarbiya   sohasida   rivojlanib   borayotgan
7 yo’nalishlardan biri-zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni   o’quv   jarayonida   qo’llash   bo’lib,   uni   amalga   oshirish
dolzarb   vazifalardandir.   Ma’lumki,   ta’lim-tarbiya   jarayoni   katta   avlod   tamonidan
o’z   bilim   va   tajribalarini   o’sib   kelayotgan   avlodga   o’rgatishdan   iborat   bo’lib,   bu
jarayonda asosan, inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan-avlodga uzatish
amalga   oshiriladi.   Pedagogik   texnologiya   ta’lim-tarbiya   jarayoni   sifatida
ishtirokchilarning   faoliyatlari   orqali   amalga   oshiriladi.   Bu   jarayonning   pirovard
maqsadi   barkamol   insonni   shakllantirish   va   rivojlantirish   bo’lib,   asosan
quyidagilardan tarkib topadi:
- ta’lim-tarbiya berish;
- axborotlarni avloddan-avlodga uzatish;
- mustaqil fikrlashga o’rgatish;
- bilim, ko’nikma, malakalarni o’rgatish va o’zlashtirilishiga erishish;
- turli metodlarni qo’llash va takomillashtirish;
- ta’lim-tarbiya   jarayonida   insonparvarlik,   halqparvarlik,   mafkuraviy
tamoyillarga asoslanish;
o’quvchining   tayyorgarlik   darajasini,   fiziologik,   yosh   xususiyatlarini,
gigiyenik   talablarni   hisobga   olish.   Pedagogik   texnologiya   o’quv   jarayoni(ya’ni
o’qituvchining,   o’quvchining   faoliyati   bilan),   uning   tarkibi,   vositalari,   usullari   va
shakllari   bilan   eng   ko’p   darajada   bog’langan.   Hammamizga   ma’lumki,   inson
hamma   sohada   biror   maqsadga   erishish   uchun,   o’ziga   ma’qul   bo’lgan   yo’l,   usul,
vositalardan   foydalanib,   zarur   faoliyatni   amalga   oshiradi.   Demak,   avval   maqsad
paydo   bo’lsa,   keyin   shunga   muvofiq,   mavjud   imkoniyatlarga   suyangan   holdagi
faoliyat  kelib chiqadi.   Ushbu sxemada pedagogik texnologiyaning asosiy tarkibiy
qismlari aks etgan.
8 V.P.Bespalko   ta’kidlaganidek:   «Pedagogik   texnologiya-bu   o’qituvchi
maxoratiga   bog’liq   bo’lmagan   holda,   pedagogik   muvaffaqiyatni   kafolatlay
oladigan, o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodadash-loyihalashdir».
Tarixiy   pedagogik   texnologiya   elementlariga   nazar   tashlaydigan   bo’lsak,
maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida
o’quvchilarda   ziyraklik,   hozirjavoblik   sifatlari   hamda   go’zal   nutq   tarkib
toptirilgan. Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta’lim usullaridan
biri sifatida qo’llaniladi. Bunda o’quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka,
aniq   va   to’g’ri   so’zlashga,   nutqning   mantiqiyligi   va   ravonligiga   xamda   tanqidiy,
ijodiy fikrlashga o’rgatilgan. Masalan, suqrotona suxbatlar deganda o’qituvchining
o’quvchini   mustaqil   va   faol   fikrlash   jarayoniga   olib   kirishi   hamda   uning
fikrlashidagi   noto’g’ri   jihatlarni   ziyraklik   bilan   aniqlagan   xolda   ularni   tuzatish
yo’liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi. Bunday suhbat bosqichlarini
quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin:
1. Savol-javoblar  orqali o’quvchining bilim darajasi  va fikrlash  qobiliyatini
umumiy tarzda aniqlash;
1. O’rganilayotgan   mavzuning   mazmunini   o’quvchi   motivlariga
muvofiqlashtirish. Bu asosan o’quvchining qiziqish va qobiliyatlariga mos bo’lgan
9 misollar tanlash orqali amalga oshiriladi;
3. O’quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan, rag’batlantirish
usullaridan foydalaniladi;
4. O’qituvchi   o’zini   bilmaydigan   odamdek,   o’quvchidek,   tutib,   savollar
berib boradi;
5. O’quvchining to’g’ri fikrlarini rag’batlantirish orqali uni yanada erkin
va chuqurroq fikrlashga, so’zlashga jalb qilish;
6. O’quvchining xato fikrlarini aniqlab borish;
7. O’quvchining   xato   fikrlariga   nisbatan   to’g’ri   fikrni   o’qituvchi
tomonidan   yaqqol   mantiqiy   asoslangan   shaklda   bayon   qilish   yoki   tushuntirish
orqali   o’quvchi   uchun   muammoli   vaziyat   yaratiladi   va   o’quvchini   o’z   xatolarini
o’zi  tuzatishiga yo’naltiriladi. Bundan ko’rinib turibdiki, ushbu usul  yuqori  natija
berishi   shubxasiz   bo’lib,   ammo   buning   jiddiy   shartlari   ham   mavjud.   Bular
o’qituvchining   keng   bilimga   va   ijodiy   fikrlash   qobiliyatiga,   yuqori   muloqot
madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega bo’lishi kabilardan iborat[20].
Ta’lim   jarayonida   bilim   oluvchining   faolligi   tamoyili   pedagogikada   eng
muhim   tamoyillaridan   bo’lib   kelgan.   Uning   mohiyati   o’rganilayotgan   predmetni
talabalar tomonidan maqsadli va faol qabul qilinishi, anglanishi, qayta ishlanishi va
qo’llanilishidir. Ta’lim  olishning faolligi  o’quvchilardagi  yuqori  motivatsiya,  ular
tomonidan   yangi   bilim   va   ko’nikmalarni   o’zlashtirish   ehtiyoj   sifatida   qabul
qilinishi, ta’lim jarayoni natijalari samarali bo’lishi
bilan sifatlanadi. Faollik o’quvchilarning barcha faoliyat shakllarida mavjud-
o’zgartirish faoliyati, bilish faoliyati, muloqot va boshqalar. O’z faoliyati natijasida
atrofdagi olamda va insonning o’zida ma’lum o’zgarishlar sodir bo’ladi[19].
Ma’lumki, o’quvchilar geograiya fani doirasida o’rganilayotgan mavzuga bir
hilda   yondashmaydilar.   Bunga   ularning   munosabatini   qaysi   ko’rsatkichlar   orqali
aniqlash mumkin?
Oquvchilarning   darsga   bo’lgan   munosabati   aynan   bilim   olishdagi   faollik,
bilan   sifatlanadi.   Bu   faollik   o’quvchini   o’rganish   predmetiga   “kirib   borishining”
intensivligi va mustahkamligini belgilab beradi.
10 Faollik   tuzilmasi   quyidagi   tarkibiy   qismlar   orqali   ifodalanadi:   ta’limiy
vazifalarni   bajarishga   bo’lgan   tayyorlik;   mustaqil   faoliyat   olib   borishga   intilish;
bajarilayotgan harakatlarni anglanganligi;
faollik   predmetiga   yo’naltirilgan   diqqatning   mustahkamligi;   o’z   bilim
darajasini yanada oshirishga bo’lgan intilish.
O’quvchi ma’lum darajada mahsuldor, bajaruvchi, qayta tiklovchi faoliyatini
belgilab,   unda   ko’proq   boshqarilayotgan   obyekt   rolini   ijro   etadi.   Bu   darajadagi
faoliyat “obyekt faoliyati” deb nomlanadi.
Yuqori   darajada   faollik   ta’lim   oluvchi   faoliyatining   birlamchi   sababi,
manbasi ro’lini o’ynab, ijodiy, o’zgartiruvchi sifatga ega. Bunda faoliyatni amalga
oshiruvchi o’quvchi subyektdir va faoliyatda uning irodasi ishtirok etadi (“subyekt
faoliyati”). Bunday faoliyat quyidagi jihatlar bilan farqlanadi:
faoliyat   amalga   oshirilayotgan   vaqtda   subyektning   ichki   sifat   va   holatining
o’ziga   hosligi   -   maqsadlash,   rejalashtirish,   natijani   oldindan   ko’rishga   bo’lgan
ichki   motivatsiyaning   mavjudligi(vaziyatdan   kelib   chiqib,   biror   fakt   ta’sirida
amalga oshiriladigan birinchi daraja faolligidan farqli);
ixtiyoriyligi,   ya’ni   bu   faoliyat   subyektning   o’z   maqsadi   va   irodasiga
aoslanadi;
vaziyatdan   yuqoriligi,   ya’ni   oldindan   belgilangan   maqsadlar   doirasidan
chiqib ketishi (faoliyatning kengayishi);
mustaqillikka   intilish,   ko’zlangan   maqsadga   erishish   yo’lida   izchil   va
mustaqil faoliyat olib borishi.
Subyekt faoliyati jarayonida o’quvchining individualigi, mehnatga layoqati,
ijodkorligi,   tashabbuskorligi,   raqobatbardoshligi   va   boshqa   jihatlari   namoyon
bo’ladi.   Har   bir   pedagogik   texnologiya   o’quvchilar   faoliyatini   faollashtiruvchi   va
intensivlashtiruvchi vositalarga ega. Quyidagi vaziyatlar ta’lim mashg’ulotida eng
yuqori faollashtiruvchi samara beradi:
- hodisa va jarayonlarni mustaqil tushuntirib berish;
- o’z nuqtai nazarini isbotlash;
- munozara va bahslarda ishtirok etish;
11 - o’z guruhdoshlariga yoki o’qituvchiga savol berish;
- boshqa o’quvchilar javobiga taqriz berish va javobini baholash;;
- o’zlashtirishi past bo’lgan guruhdoshlariga materialni tushuntirish;
- o’z kuchini inobatga olgan holda o’ziga mos vazifa tanlash;
- bir muammoning bir necha yechimlarini izlab topish;
- o’z harakatlari natijasini tekshirish, ularni (harakatlarni) tahlil qilish;
- o’zida   shakllantirilgan   bilim   ko’nikmalarni   qo’llab,   vazifalarni
yechish. 
Geografiya   ta’limi   jarayonida   turli   xildagi   pedagogik   texnologiyalardan
foydalanish   bugungi   kun   talabidir.   Shuning   uchun,   ta’lim   jarayoniga   pedagogik
texnologiyani   tatbiq   etish   yuqorida   keltirilgan   dolzarb   muammolarni   ijobiy   hal
etishga   xizmat   qilishi   darkor.   Pedagogik   texnologiyani   ta’lim   jarayoniga   tatbiq
etilishi,   o’quvchilarda   dars   jarayonining   ta’sirchanligi   va   amaliy   ko’nikmaga   ega
bo’lishligini kafolatlaydi. 
12 1.2.  O’zbekiston tabiiy geografiyasini o’qitishda qo’llaniladigan pedagogik
texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlari .
Pedagogik texnologiya murakkab  bo’lib, an’anaviy dars berish  usullarining
yaxshi   tomonlarini   o’zida   mujassamlashtirgan,   yangicha   yondashuvi   qo’llagan
holda eng zamonaviy pedagogik  tadbirdir. Uning o’ziga  xos xususiyatlaridan  biri
shuki, pedagogik texnologiyada dars mashg’ulotlarini o’tkazish jarayonida amalga
oshiriladigan ishlarning bosqichma-bosqich va daqiqama-daqiqa oldindan loyihasi
tuzib   olinadi.   Shunda,   dars   jarayonida   yoritiladigan   mavzular   bo’yicha   tayanch
tushunchalar   va   ular   asosida   tuzilgan   nazorat   savollari,   qo’llaniladigan   interfaol
vosita va didaktik materiallar loyihada belgilab olinadi. Dars mashg’ulotlari bilim
berish va ularni o’quvchilar tomonidan eslab qolish bilan chegaralanmay, berilgan
bilimlar   asosida   amaliy   mashqlarni   bajara   olishi,   o’zlashtirishi,   o’qituvchi
tomonidan   doimiy   nazorat   ostiga   olinadi,   kerakli   maslahatlar   beriladi,   asoslanadi
hamda   bilim   va   ko’nikmalar   xayotiyligi   isbotlanadi   va   hokazo.   Ta'lim   jarayonini
tarbiya   bilan,   bilim,   ko'nikma   va   malakalarni   bir-biri   bilan   ajratilgan   holda
shakllantirishga mo'ljallangan o'quv faoliyatini tashkil etish mumkin emas[21].
Pedagogik   texnologiyalarning   o'ziga   xos   xususiyatlari,   mohiyati   va
mazmuniga ko'ra ikki guruhga ajratiladi:
1. Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o'zgartirishda
qo' llaniladigan pedagogik texnologiyalar.
2. Geografiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar. Yuqori samara
beradigan   va   o’quvchilarning   darsga   bo’lgan   qiziqishlarini   rivojlantiruvchi
pedagogik   texnologiyalar   to’g’risida   ushbu   bitiruv   malakaviy   ishimning   ikkinchi
bobida batafsil to’xtalib, ma’lumotlar keltiriladi.
Pedagogik   jarayonning   xarakteri,   borishi   va   mazmunini   o'zgartirishda   qo'
llaniladigan pedagogik texnologiyalar guruhiga: 
Ta'lim jarayonini insonparvarlashtirish va texnologiyasi;
Shaxsga yo' naltirilgan texnologiyalar;
Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari;
13 Ta'limni differentsiallashtirish va individuallashtirish;
Geografiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar guruhiga:
Didaktik o'yin texnologiyasi, muammoli ta'lim texnologiyasi, modulli ta'lim
texnologiyasi,   hamkorlikda   o'qitish   texnologiyasi,   loyihalash   texnologiyasi   va
an'anaviy   ta'lim   texnologiyalari   kiradi.   O'quvchilarning   bilish   faoliyatini   tashkil
etganda,   ta'lim-tarbiya   jarayonini   yaxlit,   bir   tizim   holatida,   bilim,   ko'nikma   va
malakalarni bir-biri bilan uzviy ravishda shakllantirish lozimligini qayd etish zarur.
Yuqorida   qayd   etilgan   vazifalarni   hal   etish   va   an'   anaviy   ta'   lim   tizimidagi
kamchiliklarga barham berish, ta' lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish
uchun o'quvchilarning bilish faoliyatini yalpi o' qitish bilan bir qatorda, individual
va   kichik   guruhlarda   o'   qitishni   tashkil   etish   maqsadga   muvofiq.   O'quvchilarning
bilish   faoliyati   individual   tarzda   tashkil   etilganda   o'quvchilar   o'quv   materialini
mustaqil   o'zlashtiradilar,   ularning   aqliy   rivojlanishi,   qiziqishi,   ehtiyoji,   iqtidori,
bilimlarni o'zlashtirish darajasi hisobga olingan holda tuzilgan o'quv topshiriqlarini
mustaqil   bajaradi   va   o'z   bilish   faoliyatining   sub'ektiga   aylanadi.   Quyida   jadval
ko’rinishida   pedagogik   munosabatlar   tipining   o'ziga   xos   xususiyatlarini   ko’rib
chiqamiz.
Pedagogik
munosabatlar O'qituvchi faoliyati O' quvchi faoliyati
Sub'ekt - ob' ekt 
munosabatlarda Yangi mavzu materiali eng oson 
o'zlashtiriladigan usulda, tayyor axborot 
shaklida bayon etiladi. Tegishli hollarda 
savol- javob o'tkazadi, bilimlarni mus- 
tahkamlab, baholashni amalga oshiradi. Passiv, faqat
axborotlarni qabul
qilishga, shu holatda eslab 
qolish, savollarga javob berish, 
ko'rsatmaga binoan ish ko'rish.
Dars foydalanilayotgan texnologiyalari 
talablari asosida Tavsiya etilgan
o' quv topshiriqlari
Sub'ekt-sub'ekt 
munosabatlarda tashkil etiladi. Yangi mavzu materiali o' 
quvchilar tomo- nidan mustaqil 
o'rganishlari uchun o' quv topshiriqlari 
tavsiya etadi. Tegishli hollarda yordam 
uyushtiradi, savol- javob o'tkazadi, 
bilimlarni mustahkamlash, o'z -o'zini, 
o'zaro nazorat va o'qituvchi nazorati 
orqali baholashni amalga oshiradi. asosida o'z o'quv faoliyatini 
tashkil etadi, muammoli 
vaziyatlardan chiqishning eng 
muqobil variantini ishlab 
chiqadi, avval o'zlashtirgan bilim
va ko'nikmalaridan
foydalanib, yangi bilim- larni 
o'zlashtiradi, o'z faoliyatini 
o'rtoqlarining faoliyati bilan 
14 Ta'lim-tarbiya jarayonida sub'ekt-sub'ekt munosabatlarni vujudga keltirishda
o'quvchilarning   bilish   faoliyatini   individual   va   kichik   guruhlarda   tashkil   etish
maqsadga muvofiqdir[21].
O' quvchilarning geografiya fanini egallashga bo' Igan qiziqishini orttirish va
bilim   olishga   bo'lgan   ehtiyojlarini   qondirish,   ta'lim-tarbiya   jarayonida   milliy   va
umuminsoniy   qadriyatlar   ustuvorligini   ta'minlash,   inson,   jamiyat   va   atrof-
muhitning   o'zaro   munosabatlarini   uyg’unlashtirish,   ta'lim   oluvchilarda   ongli
intizom,   insoniy   qadr-qimmat   tuyg’usi,   yuksak   ma'naviyat,   ijtimoiy   meyyorlarga
asoslangan   xulq-atvor,   estetik   boy   dunyoqarash,   mantiqiy   va   ijodiy   fikrlashni
tarkib   toptirish   maqsadida   O’zbekiston   iqtisodiy   va   ijtimoiy   geografiyasini
o'qitishga   yangicha   yondashish   maqsadga   muvofiq   deb   hisobladik[12].   Yangicha
yondashuvning   asosiy   mohiyati,   an'anaviy   ta'limda   ko'zda   tutilgan   natijalarni
bermayotgan majburan o'qitishdan voz kechish va uning o'rniga:
zamonaviy   pedagogik   va   axborot   texnologiyalaridan   foydalanish   orqali
geografiya darslari jarayonini samarali tashkil etish;
mustaqil ish va mustaqil faoliyatni amalga oshirish;
tegishli talablarni jamoa orqali qo'llashni amalga oshirish muhim sanaladi. 
Yangi   munosabatlarning   vujudga   kelishi   o’quvchi   shaxsiga   tafovutlab
yondashishni,   ya'ni   ta'lim   jarayonini   differentsiallashtirish   va   individuallashtirish
printsipini talab etadi.
Mazkur printsiplar asosida ta'lim jarayonini tashkil etishda:
- o' rta saviyali o' quvchiga nisbatan mo' Ijal olishdan voz kechish;
- dars jarayonida har bir o’quvchning eng yaxshi sifatlarini aniqlash va
uni   rivojlantirish,   qiziqishi,   ehtiyoji,   qobiliyati,   yo'nalishi,   sifatlari,   aqliy
jarayonining xususiyatlarini aniqlash;
- dars   jarayonini   har   bir   o'quvchining   ehtiyoji,   qiziqishi,   iqtidori   va
imkoniyatiga   yarasha   o'quv   topshiriqlarini   tayyorlash   hamda   o'ziga   xos
xususiyatlarini hisobga olish lozim bo'ladi.
Pedagogik texnologiyaning o’ziga xos xususiyatlarida:
15 -Barcha   o’quvchilar   o’z   qobiliyatlari   darajasida   albatta   o’zlashtirishlari
kafolatlanadi.
-O’quvchilarning   dars   davomida   befarq   bo’lmaslikka,   mustaqil   fikrlashi,
ijod etishi va izlanishiga majbur etishi;
-O’quvchilarni   o’quv   jarayonida   bilimga   bo’lgan   qiziqishlarini   doimiy
ravishda bo’lishini ta’minlashi;
-O’quvchilarning   bilimga   bo’lgan   qiziqishini   mustaqil   ravishda   har-bir
masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi;
-O’qituvchi   va   o’quvchining   hamisha   hamkorlikdagi   faoliyatini
tashkilllanishi.
Bizning   fikrimizcha,   pedogik   texnologiyaning   eng   asosiy   negizi   bu
o’qituvchi   va   o’quvchining   belgilangan   maqsaddan   kafolatlangan   natijaga
hamkorlikda   erishshlari   uchun   tanlangan   texnologiyalarga   bog’liq   deb
xisoblaymiz,   ya’ni   o’qitish   jarayonida   maqsad   boyicha   kafolatlabga   natijaga
erishishda   qo’llaniladigan   har   bir   ta’lm   texnologiyasi   o’qituvchi   va   o’quvchi
o’rtasida   hamkorlik   faoliyatni   tashkil   eta   olsa,   har   ikkalasi   ijobiy   natijaga   erisha
olsa,   o’quv   jarayonida   o’quvchilar   mustaqil   fikrlay   olsalar,   ijobiy   ishlay   olsalar,
izlansalar. tahlil eta olsalar. o’zlari xulosa aila olsalar. o’zlariea. Guruhga guruh esa
ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat
va   sharoit   yarata   olsa,   bizning   fikrimizcha   ana   shu   o’qitish   jarayonining   asosi
hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor,
ya’ni   o’quv   jarayonidagi   pedogogik   texnologiya   bu   yakka   tartibdagi   jarayon
bo’lib, u o'quvchining ehtiyojidan kelib chiqqa xolda bir maqsadga yo’naltirilgan,
oldindan   loyihalashtirilgan   va   kafolatlangan   natija   berishiga   qaratilgan   pedagogk
jarayondir[20].
O'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlarini amaliyotga qo'llashda ko'nikma va
malakalar   muhim   rol’   o'ynaydi.   Ko'nikma   va   malakalarni   til   bilan   tushuntirib
bo'lmaydi,   ularni   amaliy   faoliyatda   ko'rsatish   kerak   bo'ladi.   Shu   sababli   inson
hayotining   asosini   faoliyat   usullari   (ko'nikma   va   malakalar)   tashkil   etib,   u
o’quvchining   muhim   sifati   sanaladi.   O'quvchilarning   dunyo   haqidagi   bilimlarida,
16 bu borada tushunchalarni tarkib toptirishda xilma-xil ta’lim uslublari, vositalaridan
unumli   foydalanishga   to'g'ri   keladi.   Geografik   bilimlar   nafaqat   geografiya,   balki,
o'quvchilarning   kelgusida   qanday   kasblarni   egallashlaridan   qat’iy   nazar,   ularning
dunyo qarashlari takomillashuvi uchun nihoyatda zarur. Agar har bir inson uchun
o'qish, yozish, hisoblay olish qanchalik zarur bo'lsa, ularning madaniyatli kishilar
bo'lib   yetishishlarida   geografik   bilimlar   ham   shunchalik   zarur.   Umuman   har   bir
o'quvchining   kelajakdagi   shaxsini   belgilashda   geografik   bilimlarning   roli
cheksizligini   hayotni   o'zi   isbotlamoqda.   Hozirgi   davrda   geografik   bilimlar
mazmuni va undagi o'zgarishlar nihoyatda tezlik bilan o'zgarmoqda. Har bir xudud
o'ziga xos iqlim, tuproq, aholi resurslariga ega. Bu o'z navbatida ularni o'rganishda
o'ziga xos bo'lgan metodlarni qo'llashni taqoza qiladi va x.k.
Buyuk   pedagoglarimiz   o’qituvchini   “amaldagi   ruxshunos”   deyishgan.   Bir
soatlik   dars   jarayonida   o’qituvchi   100   dan   ortiq   muammoli   vaziyatlarga   duch
kelishi mumkin. Jamoada sog ’lom muxitni ta’minlashda, o’quvchi ning ma’naviy
va   axloqiy   qiyofasini   shakllanishida   muammoli   vaziyatlarning   ijobiy   yechimi
aloxida   axamiyat   kasb   etadi.   Mustaqil   fikr-mulohaza   insonda   maviud   bilimlarni.
fikr va voaelikka b o’lgan munosabatlarning erkin yuzaga  chiqarilishidir. Albatta,
ushbu   jarayon   o’z-o’zidan   royobga   chiqmaydi,   ayniq   sa,   ta’lim-tarbiyada.
Ma’lumki,   ta’lim   o’qituvchi   va   o’quvchi   orasida   o’rnatiladigan   pedagogik
munosabatlar   majmuidir.   Ana   shu   munosabatlarda   o’zaro   ishonch,   talab   va   tartib
muximdir, ya’ni bilimlar ortib boradi, intellekt mukamallashadi. Geografiya ta’lim
tizimiga joriy etilayotgan zamonavi y pedagogik texnologiyalardan ko’zlanayotgan
asosiy   maq   sad   ham   xuddi   ana   shundadir.   Yangicha   yondashuv   jarayonida   bilim
talabalarning o’z ijtimoiy tartiblari asosida paydo bo’ladi va hulq-atvor shaklining
ham   o’zgarishga   ta’sir   qiladi.   Mustaqil   fikrlarni   bildirar   ekan,   o’quvchi   dars
jarayonining   faqat   subyekt   sifatida   ham   namoyon   bo’ladi,   ya’ni   teng   xuquq   li
ta’lim   dialogini   vujudga   keltiradi.   Ayniqsa,   darsni   muammoli   tashkil   etish
o’quvchi   o’quv   faoliyatiga   ijobiy   ta’sir   ko’rsatadi.   Ushbu   jarayonning   yanada
muvaffaqiyatliroq   chiqishi   uchun   psixologik   asosga   e’tiborini   qaratish   kerak.
Pedagogik   texnologiyalar   asosida   o’quv   jarayoni   tashkil   etilganda   bilim
17 egallashning   bir   qancha   bir-biriga   bog’liq   bo’lgan   bosqichlari   mavjud   bo’lib,
tayyor bilimlarni o’q uvchi ongiga yetkazish, esga olish, esda saqlash,  qayta esga
tushirish,   so’zlab   berish,   yozma   ifodalash   kabi   holatlarni   bilish,   tushunish
darajalarini   ifodalaydi.   Bu   darajalarda   bilim   oluvchidan   ijodiy   yondashuv   talab
etilmaydi.   O’   zlashtirishning   keyingi   darajalarida   o’quvchilar   olgan   bilimlarini
amalda   tatbiq   etishi,   ma’lum   natijalarni   qo’lga   kiritishi,   to’   Idirishi,   boyitishi,
o’zgartirishi   o’zining   mustaqil   nuqtai   nazariga   ega   bo’lishi   talab   etiladi.   Bu   o’
zlashtirish darajalari uchun muammoli yondashuv ahamiyatli hisoblanadi[12].
O’quvchilarning   ma’naviy   hayoti,   dunyoqarashi,   aqliy   kamoloti,
bilimlarining mustahkamligi, o’z kuchiga ishonchi ularning quvnoqligi, tetikligiga
bog’liq.   Shu   sababli   geografiya   o’qituvchisi   dars   mashg’ulotlari   davomida
o’quvchilarning   kayfiyatini   ko’taruchi,   diqqatini   jalb   qiluvchi   ta’lim   usullariga
e’tibor qaratishi lozim deb oylayman.
1.3 Pedagogik texnologiyalarning asosiy jarayonlari.
Pedagogik   texnologiyaning   asosiy   jarayoni   o’quv-tarbiya   mashg’ulotlari,
ya’ni o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi pedagogik muloqot ko’rinishida amalga
oshiriladi.  Bu muloqot davomida ularning har biri ma’lum faoliyat turlarini amalga
oshiradilar. Ularning ushbu faoliyatlati bevosita pedagogik texnologiyaning asosiy
jarayonini   hosil   qiladi.   Buni   sxema   ko’rinishida   quyidagicha   tasvirlaymiz.
Pedagogik   texnologiya   asosiy   jarayoni   ishtirokchilarining   faoliyat   turlari.
Pedagogik   texnologiyaning   asosiy   jarayoni   o’qituvchi   uchun   so’zlash,   ko’rsatish,
topshiriqlar   berish,   nazorat   qilish   orqali   mustaqil   bilim   olish   va   fikrlashga
o’rgatishdan,   o’quvchi   uchun   esa   diqqatni   jamlagan   holda   tinglash,   kuzatish,
topshiriqlar   bajarish   orqali   mustaqil   bilim   olish   va   fikrlashga   o’rganishdan
iboratdir.   Ushbu   berilgan   sxemadan   ko’rinib   turibdiki,   o’qituvchi   rahbarligida
o’quvchi o’zi bilim oladi, o’rganadi, o’zlashtiradi, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini
egallaydi.   Bundan   tashqari   shuni   alohida   ta’kidlashimiz   zarur-ki   pedagogik
jarayonni samarali bo’lishida o’quvchilar diqqati juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Buyuk   rus   pedagogi   K.D   Ushinskiy   diqqatni   “o’rganilayotgan   materialni   odam
18 ongiga   kirishi   uchun   yagona   eshik”   deb   ta’riflagan.   Agar   o’qituvchi   o’quvchi
diqqatini jamlashga erishgan bo’lsa, bu muvafaqqiyatning yarmiga erishganlikdir.
Diqqat idrok, tushunish, tasavvur, o’zlashtirish, eslab qolish, qayta tiklash va ijodiy
faraz uchun zarurdir. Diqqatimizni  jamlanishi  faqat  o’z hoxishimizga emas, balki
ta’surotlarning   kuchi,   yangiligi,   kutilmaganligiga   ham   bog’liqdir.   Dars
o’quvchilarni   ajablantiradigan,   qiziqtiradigan,   o’ylantirib   qo’yadigan   savol   yoki
vazifadan   boshlansa,   oquvchilar   diqqati   tezroq   jamlanadi.   Yuqorida   berilgan
ma’lumotlarga   asoslanib,   shularni   aytishimiz   mumkin-ki,   pedagogik
texnologiyaning   predmeti   o’quv   jarayon   va   professional   tayyorgarlik   tizimini
loyihalashdan   iborat.   Geografiya   ta’limida   tizimli   yondashish   o’qitish   tizimining
barcha asosiy tomonlarini-maqsadni aniqlashdan tortib, to yangi o’qitish tizimining
samaradorligini tekshirish, uni sinovdan o’tkazish va ommalashtirishgacha bo’lgan
jarayonini   o’z   ichiga   oladi.   U   o’z   harakat   tartiblarining   takrorlanuvchanligi   va
ularni to’la o’quv jarayoniga tadbiq etish g’oyasi, oqibat natijada, bu jarayonning
«jonli   o’qituvchiga»   bog’liq   bo’lmay   qolishiga   olib   keladi.   Geografiya   o’quv
jarayonida   o’qituvchining   vazifasi   oldindan   tuzilgan(o’zi   tuzgan   bo’lishi   shart
emas) material bilan o’qishni tashkil etishda tashkilotchi va maslahatchi rolini ijro
etishdan iborat.
Pedagogik jarayon ishtirokchilari, avvalo o'qituvchi  va o'quvchilar o'rtasida
janjalli masalalar chiqmasligi uchun quyidagi qoidalarga amal qilishlari zarur:
-Doskada   javob   bergan   o'quvchi   uning   javobidagi   xato   va   kamchiliklarni
boshqa o'quvchilar tomonidan to'ldirish va to'g’irlash jarayonida jim turib eshitishi
shart.   Bu   qoida   o'quvchilarda   eshitish   odobining   vujudga   kelishiga   zamin
tayyorlaydi;
-Doskada javob berishi kerak bo'lgan o'quvchi javobini tez boshlamasa, sinf
chidam   va   sabr   bilan   kutib,   tinchlik   saqlashi   kerak.   Bu   qoida   sinfda   ongli
intizomning shakllanishiga olib keladi;
-Kech   qolgan   o'quvchi   intizomi   muhokama   qilinmaydi,   tanbeh   berilmaydi.
Darsda   o'quvchilarning   har   bir   faoliyati   nazorat   qilinib,   baholanib   borilganligi
sababli o'quvchilar iloji boricha darsga o'z vaqtida kelishga harakat qiladi.
19 Mutaxassislarning   fikricha,   innovasion   texnologiyalar   pedagogik   jarayon
hamda   o’qituvchi   va   o’quvchi   faoliyatiga   yangilik,   o’zgartirishlar   kiritish   bo’lib,
uni   amalga   oshirishda   asosan   interfaol   uslublardan   foydalanildi.   Bunday
uslublarning   o’ziga   xosligi   shundaki,   ular   faqat   pedagog   va   o’quvchilarning
birgalikda   faoliyat   ko’rsatishi   orqali   amalga   oshiriladi.   Bunday   o’qituvchi   bilan
o’quvchining hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga:
- o’quvchilarning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash,
ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;
- o’quvchilarning   o’quv   jarayonida   fanga   bo’lgan   qiziqishlarini
doimiyligini ta’minlamsh;
- o’quvchilarning   fanga   bo’lgan   qiziqishlarini   mustaqil   raishda   har   bir
masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;
o’quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari
kiradi. Har bir o’quv fani dasturida nisbatan murakkab mavzular mavjud. Har bir
mavzu,   dars,   o’quv   predmetining   o’ziga   xos   texnologiyasi   bor.   Shu   bilan   birga
o’quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bunda o’qituvchi o’quv fanining
o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi  o’quvchilarning imkoniyati va
ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak.
Shundagina,   kerakli   kafolatgan   natijaga   erishish   mumkin.   Binobarin,   o’qituvchi,
avvalo,   har   bir   darsning   texnologik   xaritasini   tuzishda   albatta,   dars   jarayonining
aniq maqsadi, vazifalari, uni amalga oshirish texnologiyasi va kafolatlangan natija
o’z ifodasini topishi kerak. Ta’kidlash joizki, texnologik xaritada dars jarayonining
hamda   o’qituvchi   va   o’quvchi   faoliyatining   barcha   qirralari   o’z   aksini   topadi.
Yuqorida   berilgan   tasniflardan   kelib   chiqqan   holda   xulosa   qilsak-pedagogik
texnologiya o’quvchilarga o’aituvchilar tomonidan kasbiy pedagogik maqsadlarni
amalga oshiruvchi ta’sir ko’rsatilish tizimini belgilaydi, pedagogik faoliyatni aniq
maqsadlar   asosida   tashkil   qilish   hamda   uning   texnologikligini   nazorat   qilish
imkoniyatini beradi.
Hozirgi   kundagi   zamonaviy   usullar   o’quvchilarning   chuqur   bilim   olishi
uchun   qator   imkoniyatlar   yaratish   bilan   birga   ularda   o’z   fikrini   himoya   qilish
20 ko’nikmasini   shakllantiradi,   hamkorlikda   ishlash,   hayotda   uchrab   turadigan
qiymchiliklami birgalikda yengish tajribasini singdiradi.
Zamonaviy usullardan foydalanish:
sinf muhitini o’zgartiradi;
mavzu qanday o’rganilishi kerakligini belgilab beradi;
har bir o’quvchini faollashtiradi.
Bugungi   kunda   o’qituvchi   o’qitish   uchun   faqat   zaruriy   axborotlarnigina
tanlab olishi  va o’quvchini bevosita mustaqil bilim olishga  o’rgatmog’i zarur. Bu
jarayonda   o’qituvchining   pedagogik   mahorati,   uning   chuqur   bilimi,   odob-   axloqi
muhim rol o’ynaydi.
21 Yuqorida zamonaviy darsni  tashkil  etish bilan bog‘liq talablar  mazmunidan
shunday xulosa qilish mumkin ki,  maktab amalyotida mustahkam o‘rnashib qolgan
an’anaviy darslarda ushbu talablarni bajarish imkonyati yo‘q.
Demak ,   o‘quvchilarga   bilim   berishni   maqsad   qilib   qo‘ygan   an’anaviy
darslarni   mazmunan   hamda   shaklan   o‘zgartirish   zarurati   paydo   bo‘ladi.
Noan’anaviy   darslarning   asosiy   maqsadi   –   o‘quvchilarning   mustaqil   bilim   olish
mexanizmiga   asoslanganligidad i r.   Noan’anaviy   darslarni   an’anaviy   darslar dan
farqli jihatlari q u yidagilar deb hisoblaymiz.
 noan’anaviy darsda tanlangan dars mavzusi bo‘yicha o‘quvchi o‘z nuqtai
nazarini   bayon   etadi,   garchi   xato   bo‘lsa   xam   o‘quvchining   fikri   oxirigacha
eshitiladi.
 noan’anaviy   darsda   an’anaviy   darsdagidek   tashkiliy,   o‘tgan   mavzuni
so‘rash,   yangi   mavzu   bayoni   va   darsni   mustahkamlash   singari   bosqichlari
bo‘lmaydi. Har bir darsning o‘ziga xos loyihasi bo‘ladi.
 noan’anaviy   darsda   aniq   bir   ta’limiy   metod   yoki   usul   hukumronlik
qilmaydi.   Darsning   borishi   jarayonida   ta’limiy   metodlar   va   usullar   almashinib
boradi.
 noan’anaviy   darslarda   o‘quvchi   shaxsi   birinchi   o‘rinda   turadi.   Shuning
uchun o‘quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash bunday darslarning tashkiliy asosi
bo‘ladi.
 mustaqil   ishlar   turi   xilma-xil,   topishmoq,   ashula,   badiiy   drama
ko‘rinishlari noananaviy darslarning mazmunini tashkil etadi.
 noan’anaviy   darslarda   birgina   darslik   emas,   qo‘shimcha   badiiy,   ilmiy,
atlas, matbuot va boshqa materiallardan foydalaniladi.
 noan’anaviy   darslik   o‘quvchilarning   dars   mavzusini   o‘zlashtirib   olish
imkoniyatini kengaytiradi.
Noan’anaviy dars turlari.   Ta’lim muassasalarida geografiya fanini o‘qitish
samaradorligini   oshirishning   muhim   sharti   ta’lim   jarayonlarida   noan’anaviy
darslardan   foydalanish   sanaladi.   Geografiya   ta’limida   quyidagi   noan’anaviy   dars
usullaridan foydalanish va ularni dars davomida qo‘llashni tavsiya etish mumkin:
22 1. Konferensiya darsi.
2. Matbu o t anjumani dars.
3. Matbuot konfirensiya dars.
4. Uchrashuv darsi.
5. Musoboqa darsi.
6. Geografik o‘yin  darsi.
7. Sinov darsi.
8. «Kim o sh di savdosi» dars i .
9. Zakovat darsi.
10. Ijodiy dars.
11. Sahnalashtirilgan dars.
12. Loto darsi.
13. «Ishchan o‘yinlar» darsi.
14. Mushoira darsi.
15. Ijodiyishnihimoyaqilishdarsi.
16. Munozarali dars.
17. Erkin fikrlash  darsi.
18. Hayoliy sayyohat darsi.
19. Geografik diktant  darsi.
20. Mo‘jizalar maydoni darsi.
21. Tayanch signallarga asoslangan dars.
22. Bayram darsi.
23. Disput darsi.
24. Geografik nomlarni bilasizmi darsi
25. Dala darsi.
Geografiya   darslarida   noan’anaviy   dars   usullaridan   mavzuga   mos   to‘g‘ri
foydalanishni   uni   dars   davomida   to‘g‘ri   qo‘llash,   ko‘rgazmalilikni   oshirib   borish
katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Zero   darsni   turli   xil   yangi   va   ko‘rgazmali   metodlar
asosida   o‘tish   uning   ilmiyligini,   metodik   tavsiyasini   va   samarali   bo‘lishini
ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
23 Zamonaviy   pedagogik   texnologiya   o‘z   yutuqlari   bilan   bog‘liq   holda
yangicha mazmunga ega. Bu esa o‘quv - tarbiya jarayonini ilmiy asosda ko‘rishga
yo‘naltirilgan,   o‘qitishning   axborot   vositalari   va   ta’limiy   materiallardan   faol
usullardan   keng   foydalanishga   asoslangan   o‘quvchi   va   o‘qituvchi   birligi
faoliyatiga   zamin   yaratadi.   Ta’lim   jarayonida   ta’limiy   o‘yinlar   texnologiyasi
ta’limiy   o‘yinli   dars   shaklida   qo‘llaniladi.   Ushbu   darslarda   o‘quvchilarning   bilim
olish jarayoni o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli o‘quvchilarning
bilim olish faoliyati bilan  uyg‘unlashgan darslar ta’limiy o‘yinlar darsi deb ataladi.
Inson   hayotida   o‘yin   faoliyati   orqali   quyidagi   vazifalarni   amalga   oshirish
mumkin:
1. O‘yin orqali shaxsning ma’lum faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortadi .
2. Kommunikativ muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi .
3.   Shaxsning   o‘z   iqtidori,   qiziqishi,   bilimi   va   o‘zligini   namoyon   etishga
imkon yaratadi .
4.   Hayotda   va   o‘yin   jarayonida   yuz   beradigan   turli   qiyinchiliklarni
yengishga tayyorlaydi, mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarini hosil qiladi .
5.   O‘yin   jarayonida   ijtimoiy   me’yorlarga   mos   x ulq-atvorni   egallash,
kamchiliklarga barham berish imkoniyat i  yaratiladi .
6. Shaxsning ijobiy  h islat va fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi .
7.   Insoniyat   uchun   ahamiyatli   bo‘lgan   qadriyatlar   tizimi,   ayniqsa,   ijtimoiy,
ma’naviy   -   madaniy,   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlarni   o‘rganishga   e’tibor
qaratiladi .
8. O‘yin ishtirokchilarida jamoa muloqat  madaniyatini  rivojlantirish ko‘zda
tutiladi.
O‘yin bilan bog‘liq faoliyat o‘zining to‘rtta xususiyati bilan ajralib turadi:
1.   Erkin   rivojlantiruvchi   faoliyatning   vujudga   kelishi   (bunda   o‘yin
ishtirokchilari   rollarini,   vazifalarini   tanlash,   o‘z   faoliyatidan   ko‘ngli   to‘q   bo‘lishi
nazarda tutiladi).
2.   Ijodiy   muhitning   tarkib   topishi   (o‘yin   ishtirokchilari   tegishli   ijodiy   va
mustaqil faoliyatga ega bo‘ladilar).
24 3.   His - hayajonli   vaziyatning   paydo   bo‘lishi   (o‘yin   davomida   musobaqa,
raqobat, hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga keladi).
4.   O‘yin   davomida   belgilangan   qonun   -   qoidalarga   qat’iy   amal   qilinishi
(o‘yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma - ketligi, vaqt balansi va h.k.).
O‘yin tarkibiga quyidagi masalalar kiradi:
a) o‘yinning s u jeti ;
b) muayyan r o llar, vazifalar ;
v) ushbu r o llarni amalga  o shirish uchun bajariladigan amal iy  uslublar ;
g) aniq o‘yinlar yoki shartli ravishdagi o‘yin v o sitalaridan f o ydalanish ;
d) o‘yin ishtir o kchilari o‘rtasidagi mun o sabat, mul o qat.
O‘yin fa o liyatining tarkibi quyidagilardan tashkil t o padi:
1. O‘yinda ko‘zda tutilgan maqsadni aniqlash, l o yihalash;
2. Ushbu maqsadni amalga  o shirish yo‘llarini b e lgilash;
3.  O lingan natijalarni tahlil qilish;
4. O‘yin tuzilishiga t e gishli o‘zgartirishlar kiritish.
Ta’limiy o‘yinlar darslarining bilim  o lish va o‘yin fa o liyatining uyg‘unligiga
qarab: s yu jetli-r o lli o‘yinlar, ij o diy o‘yinlar, ishbilarm o nlar o‘yini, k o nf e r e n s iyalar,
o‘yin-mashqlariga ajratish mumkin.
O‘qituvchi   avval   o‘quvchilarni   individual,   so‘ngra   guruhli   o‘yinlarga
tayyorlash   va   uni   o‘tkazish,   ular   muvaffaqiyatli   chiqqandan   so‘ng,   ommaviy
o‘yinlarga   tayyorlash   lozim.   Chunki   o‘quvchilar   ta’limiy   o‘yinlar   darslarida   faol
ishtirok   etishlari   uchun   zaruriy   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarga   ega   bo‘lishlari,
bundan tashqari, sinf  jamoasi  o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordam  vujudga kelishi
lozim.
O‘qituvchi   ta’limiy   o‘yinlar   darslarini   o‘tkazishda   quyidagi   ta’limiy
talablarga amal qilishi lozim:
1.   Ta’limiy   o‘yin   darsi   dasturda   qayd   etilgan   ta’limiy,   tarbiyaviy,
rivojlantiruvchi vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi;
2. Muhim muamm o larga bag‘ishlanishi va ular o‘yin dav o mida hal qilinishi;
25 3.   Barkam o l   ins o n   sha x sni   tarbiyalash   tam o yillariga   sharq o na   o d o b-axl o q
m e ’yorlariga m o s k e lishi;
4. O‘yin tuzilishi mantiqiy k e tma-k e tlikda bo‘lishi;
5.   Mazkur   darslarda   ta’limiy   tamoyillarga   amal   qilinishi   va   eng   kam   vaqt
sarflagan   holda   ulkan   samaraga   erishish   kerak.   Q uyida   biz   ta’limiy   o‘yin
darslarining tavsifiga qisqacha to‘ x talamiz.
Geografiya   ta’limida   o‘yinlar   texnologiyasi   bo‘yicha   muayyan   tajribalar
to‘plangan.  Geograf  -  o‘qituvchilarning  va uslubiyotchilarning  qayd  qilishlaricha,
o‘yinlarning   asosiy     vazifalari   ta’lim   beruvchi,   tarbiyalovchi,   rivojlantiruvchi
ekanligini   ta’kidlaydilar.   Ta’limiy   o‘yinlar   o‘quvchilarning   bir - birlari   bilan
muomala   qila   bilishlarini   tarbiyalash,   so‘zlab   berishlari,   isbotlab,   ishonch   hosil
qilishlari uchun, ayniqsa ,  katta ahamiyat, kasb etadi.
Geografik o‘yinlardan foydalanganda, o‘yinlarni o‘tkazish texnologiyasi.
O‘yin o‘tkazish uzoq, murakkab jarayon, bu quyidagilardan iborat:
-   tayyorlov   juda   uzoq   davom   etuvchi,   javobgarlikni   talab   etuvchi   qism   va
o‘yin natijasiga ta’sir etadi. Bu qismning asosiy vazifasi - o‘quvchilarni o‘yinning
maqsadi, mazmuni, qoidasi, shartlari bilan tanishtirish;
- o‘yinni tashkil etish: o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, vazifa olishadi, qoida
va o‘yin shartlari asosida dars shaklini belgilashadi;
      -   o‘yinni   o‘tkazish   yakka   yoki   guruhlar   bilan   sinfda   ishlash,   berilgan
vazifani mustaqil bajarish;
-o‘yin   natijalari   tahlili,   o‘yin   natijasini   o‘qituvchi   bilan   birga   baholash,
so‘ngra bir-birining ijodini va o‘zlari bajargan ishlarini baholash .
O‘yin qatnashchisiga esdalik va m e z o n:
-o‘yinni tayyorlash va o‘tkazish vaqtida fa o l  bo‘lishga harakat qiling;
-o‘z r o lingiz uchun qiziqarli mat e rial kiritishga harakat qiling;
-maslahatlar b e rilganda o‘z harakatlaringizni b o shqa o‘yinchilar   harakatlari
bilan qanday m o slashni aniqlab  o ling;
  -ko‘rgazmali   qur o llar:   ilustra s iyalar,   xaritalar,   chizmalar,   tayyorlashga
harakat qiling ;
26 -o‘yin   dav o mida   o lib   b o ruvchi   va   o‘yin   qatnashchilarini   diqqat   bilan
kuzating ;
-diqqat-e’tib o rli bo‘ling, do‘stingizning gapini bo‘lmang;
-uy   vazifangizni   aniq   bajarishga   harakat   qiling.   O‘z   chiqishingizni   cho‘zib
yub o rmang;
Javoblarni baholash me’yorlari .
Quyidagi  h o llarda yuq o ri bah o  qo‘yiladi:
-o‘yin qatnashchisi  sifatida  fa o l qatnashadi;
-barcha b e rilgan vazifalarga to‘liq va aniq jav o b b e rsa ;
-darsda do‘stlariga yordam ko‘rsatsa;
-g eo grafik atama va tushunchalarni to‘g‘ri ishlatsa;
-g eo grafik   obyektlar ni   to‘g‘ri   aytib,   to‘g‘ri   ko‘rsatsa,   jav o blarda   chir o yli
ib o ra ishlatilsa;
-qiyin h o llarda mustaqil jav o b t o psa, qar o rga k e la  o lsa;
-o‘zining  va do‘stlari natijalari, ij o dini  o by e ktiv bah o lasa;
-javoblarida   faqat   geografik   darslikdan   ma’lumotlar   beribgina   qolmay,
qo‘shimcha manbalardan: maxsus geografik adabiyotlar, gazetalardan,   televidenie
va radioxabarlaridan misol keltirilsa;
-o‘yin q o idalariga bin o an jav o b natijalarini to‘g‘ri va aniq if o dalasa.
Pedagogik   texnologiya   tushunchasi   va   uning   turlari . Pedagogikaga   oid
adabiyotlar   tahlili   shuni   ko‘rsatadiki,   hozirgi   davrda   pedagogik   texnologiya
tushunchasi ta’lim amaliyoti va nazariyasi ilmdan mustahkam o‘rin egalladi, lekin
uni   pedagogikaning   mukammal   lug‘atlari   (tezaurus)dagi   o‘rni   hali
noma’lumligicha qolmoqda.
Pedagogik   texnologiya   tushunchasining   shakllanishi   va   rivojlanishi   tarixida
turli   qarashlar   mavjud   bo‘lgan:   u   texnik   vositalar   haqidagi   ta’limot   deb   yoki
o‘qitish   jarayonini   loyihalashtirilgan   holda   izchil   va   muntazam   tashkil   etish   deb
talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud.
V.P.Bespalko   pedagogik   texnologiyani   amaliyotga   ta t biq   qilinadigan
muayyan   pedagogik   tizim   loyihasi   sifatida   belgilaydi.   U   pedagogik   tizim
27 texnologiyalar   ishlab   chiqish   uchun   asos   bo‘ladi,   deb   hisoblaydi.   Bunda   asosiy
diqqat o‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa
va o‘qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P. Bespalko
o‘quv jarayonini loyihalash g‘oyasini ilgari suradi, afsuski, pedagogik texnologiya
va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo‘q.
Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan bo‘lsa
ham, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda. Tadqiqotchilarning ishlarida fan
va amaliyot oralig‘idan o‘rin egallamoqda.
N.F.Talzinahar   bir   pedagog   real   pedagogik   jarayonni   tashkil   etishdan   oldin
o‘quv   jarayoni   haqida   texnologik   darajada   bilimlar   tizimini   bilib   olgan   bo‘lishi
shart   deb   hisoblaydi.   U   fan   va   amaliyot   oralig‘ida   tamoyillarni   olg‘a   suruvchi,
metodlar   ishlab   chiquvchi,   ularni   izchil   qo‘llash   kabi   masalalar   bilan
shug‘ullanuvchi   –   alohida   fan   bo‘lishi   kerak   deb   hisoblaydi,   ularsiz   pedagogik
jarayon asoslanmay qoladi (texnologiya real o‘qitish jarayoni sifatida).
Ayrim mualliflar o‘qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig‘idagi   fan   deb
qaraydilar,   boshqalari   uni   loyihalash   bilan   bog‘laydilar.   Shunday   qilib,   bir
yondashuvda o‘qitish texnologiyalari o‘kitishning barcha vositalarini qamrab olgan
qandaydir   jihozlash   sifatida   ham   belgilanadi.   Unda   texnologiya   o‘quv   jarayonini
texniklashtirishni taqozo qiladi.
Boshqa   yondashuvda   texnologiyaga   ta’lim   amaliyotini   yangi   yoki
zamonaviylashtirilgan   bilimlar   bilan   ta’minlashning   usuli   sifatida   qarashga
imkoniyat beradi. Bunda texnologiyaga ta’limning ilmiy tamoyillari va amaliyotini
ta t biq etish sifatida qaraladi.
Texnologiya   tushunchasi   60-yillardagi   Amerika   va   G‘arbiy   Yevropada
ta’limni   isloh   qilinishi   bilan   bog‘liq   ravishda   kirib   keldi.   B.Blui,   J.Koroll,
P.Ya.Galperin,   V.I.Dav i dov,   N.A.Menchinskaya,   Z.I.Kalm i kova,   L.I.Zankov
texnologiyalari   mashhur.   O‘qitishni   tashkil   qilishning   texnologik   yondashuvlari
V.P.Bespalko,   N.F.Tal i zina,   L.M.Fridman,   Yu.N.Kulyutkina,   G.S.Suxobskoy,
T.V.Kudryavsev,   A.M.   Matyushkin,   M.I.Maxmutov   kabi   aksariyat   psixolog   va
didaktikachilarga   taalluqlidir.   Texnologik   yondashuvlar   tahlili   shuni   ko‘rsatadiki,
28 aksariyat   o‘qitish   texnologiyalari   bo‘sh   texnologiyalanganligi   bo‘yicha   qolib
ketmoqda.   Bir   qator   texnologiyalarda   nazariy   asoslar   kuchaytirilgan,   amaliy
tomoni u qadar oydinlashtirilmagan.
T.A.Ballo   texnologiyaning   bir   tomonini,   ya’ni   o‘qitishda   topshiriqli
yondashuvni yoritadi. Boshqalarida yo kompyuter orqali dasturlashtirilgan o‘qitish
yoki   o‘qitishning  muammoli  tuzilmasi   ajralib  turadi.  L.V.Zankov,  T.Ya.Galperin,
V.I.Davidov tadqiqotlarida bosqichli o‘qitishning yaxlit texnologiyalari haqida fikr
yuritiladi.
1.   Pedagogik   texnologiyada   hali   ko‘p   aniqlanmagan   masalalar   bor.   bu
muammoni   tadqiq   etish   o‘qitish   texnologiyasining   tushunchasi   va   metodologik
mohiyatini aniqlash bilan bog‘liq.
Pedagogik   texnologiya   o‘ziga   xos   va   potensial   yaratiladigan   pedagogik
natijalarga   erishish   uchun   pedagogik   tizimning   barcha   tashkiliy   tomonlariga
aloqador   nazariy   va   amaliy   (ta’lim   tizimi   doirasida)   tadqiqotlar   sohasi   sifatida
belgilanadi.
Pedagogik   texnologiya   mohiyatini   yoritish   uchun   pedagog-didaktikachilar
tomonidan berilgan ta’riflarga to‘xtalishni maqsadga muvofiq deb topamiz.
«Pedagogik texnologiya –  psixologik va pedagogik o‘gitlar yig‘indisi bo‘lib,
shakllar,   metodlar,   usullar,   o‘qitish   yo‘llari,   tarbiyaviy   vositalarning   maxsus
to‘plamidir.   Ayni   zamonda   u   pedagogik   jarayonning   tashkiliy-metodik   omilini
ham tashkil etadi» (B.Lixachev).
« Pedagogik   texnologiya   –   o‘quv   jarayonini   amalga   oshirishning   mazmuniy
texnikasi» (V.P.Bespalko).
«Pedagogik   texnologiya   –   rejalashtirilgan   o‘qitish   natijalariga   erishish
jarayoni tavsifi »  (I.P.Volkov).
« Texnologiya –  ishlov berish, holatni o‘zgartirish san’ati, mahorati, malakasi
va metodlar yig‘indisi» (V.M.Shepel).
«Pedagogik   texnologiya   –   talaba   va   o‘qituvchining   ularga   zarur   sharoit
yaratish   orqali   o‘quv   jarayonini   loyihalashtirish,   tashkil   etish   hamda   o‘tkazish
29 bo‘yicha   ular   pedagogik   faoliyatining   har   tomonlama   o‘ylangan   modelidir».
(V.M.Manaxov).
«Pedagogik   texnologiya   –   bu   ta’lim   shakllarini   jadallashtirish   vazifasini
ko‘zlagan   o‘qitish   va   bilimlarni   o‘zlashtirishning   barcha   jarayonlarini   texnika   va
inson   omillarida   va   ularning   birgalikdagi   harakatlari   vositasida   yaratish,   tatbiq
etish va belgilashning izchil metodidir» (YuNESKO).
«Pedagogik   texnologiya   –   pedagogik   maqsadlarga   erishishda
foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda
bo‘lishning tizimli yig‘indisi va tartibini bildiradi » ( M.V.Klarin ).
«Pedagogik   texnologiya   –   o‘zida   turli   mualliflar   (manbalar)ning   barcha
ta’riflari   mazmunini   qamrab   olgan   mazmuniy   umumlashma   hisoblanadi »
(G.K.Selevko).   Bu   ta’riflar   tahlilidan   pedagogik   texnologiya     natijani   qo‘lga
kiritish   uchun   ta’lim   doirasida   zarur   bo‘lgan   vositalar   tizimini   rejalashtirish   va
tatbiq etish degan xulosaga kelish mumkin.
Ta’lim   texnologiyasi   deganda   ta’limning   belgilangan   maqsadi   va   talabaning
bilim   darajasiga   ko‘ra   o‘quv   faoliyatini   boshqarishning   nazariy   loyihasi   va
pedagogik   tizimning   amalda   bo‘lishini   ta’minlovchi   zarur   vositalar   tizimi
tushuniladi.   Ta’lim   texnologiyalari   muammolari,   mualliflik   maktablari   va
o‘qituvchi-novatorlarning   ulkan   tajribalari   doimiy   ravishda   umumlashtirishni   va
sistemalashtirishni   talab   etadi.   Sistemani   tashkil   etuvchi   poydevor   asosi   sifatida
pedagogika   uchun   yangi   bo‘lgan   tushunchadan   foydalanish   maqsadga   muvofiq
bo‘ladi   –   pedagogik   jarayonlarni   tahlil   qilish   va   loyihalashtirishga   yangicha
“texnologik”   yondoshish   va   “texnologiya”.   Pedagogik   texnologiya   tushunchasi
pedagogik   leksikaga   mustahkam   kirib   keldi.   Ammo   uni   tushunish   va   ishlatishda
turlicha o‘qishlarning katta farqi bor. Bugungi kunga kelib pedagogik texnologiya
tushunchasini 300 dan ortiq ifodalanishi mavjud.
“Pedagogik   texnologiya”   tushunchasi   uchta   aspektlar   bilan   taqdim   etilishi
mumkin:
30 1) ilmiy   pedagogik   texnologiya   –   o‘qitishning   maqsadi,   mazmuni   va
metodlarini   o‘rganuvchi   va   ishlab   chiquvchi,   pedagogik   jarayonlarni
loyihalashtiruvchi pedagogik fanning bir qismidir.
2) protsessual-ta’rifiy:   jarayonni   tasvirlash   o‘qitishning   ko‘zda   tutilgan
natijalariga erishish uchun vositalar va maqsad, metodlar to‘plami.
3) protsessual-amaliy: texnologik jarayonni amalga oshirilishi, hamma shax -
siy, instrumental va metodologik pedagogik vositalarning ishga soli nishi.
Shunday   qilib,   pedagogik   texnologiya   o‘qitishning   eng   samarali   yo‘llarini
izlovchi   fan   sifatida   ham,   o‘qitishda   qo‘laniladigan   usullar,   prinsiplar   va
boshqaruvlar   sistemasi   sifatida   ham,   o‘qitishning   haqiqiy   jarayoni   sifatida   ham
ishtirok etadi.
31 II BOB.  VEN VA KLASTER TEXNOLOGILARI ASOSIDA O’ZBEKISTON
O’SIMLIKLARI MAVZUSINI   O‘QITISHNING SAMARALI YO‘LLARI
VA VOSITALARI .
2 .1.  O’zbekiston da hududida tarqalgan  o‘simliklarini o‘rganishning
ahamiyati .
Tabiat   bitmas-tuganmas   xazina,   uning   sirlarini   puxta   o‘rganib,   undan
oqilona   va   ehtiyotkorona   foydalanish   kerak.   Aks   holda   u   o‘z   boyligini   kishiga
osonlikcha   bermaydi.   Ba’zan   esa   ehtiyotsizlik   va   shafqatsizlik   bilan   ish
ko‘rilganda unga katta zarar keltiriladi.
Tabiatning   sir-asrorini   mukammal   bilish,   uning   sehrli   xazinasini   ochish
uchun   faqat   bir   narsa   —   yuksak   bilim   zarur.   Fanning   ilg‘or   cho‘qqilarini   tolmay
izgallayotgan   yoshlarimizdan   ana   shu   xazinani   ochish,   undan   foydalanish   uchun
har to- monlama yetuk, ilg‘or, yuksak bilimli kishilar bo‘lib yetishish talab etiladi.
Bunday kishilarning kamol topishida geografiya fanining hissasi katta.
Yoshlarni   o‘lkamizning   o‘simliklar   dunyosi,   ularning   foydasi,   zarari,
tibbiyotdagi  ahamiyati va boshqa xususiyatlari bilan mukammal tanishtirib borish
zarur.
Respublikamiz   tabiatini,   uning   o‘simliklarini   tinmay   o‘rganish   kerak,   hali
xalq xo‘jaligida foydalanilmay kelayotgan yangi-yangi o‘simliklar turlarini topish
lozim.   Bu   tadbirlarni   muvaffaqiyatli   amalga   oshirishda   yosh   tabiatshunoslarni
keng jalb etish zarur.
O’zbekistonning   o‘simliklar   dunyosi   juda   turli-tumandir.   Ular   cho‘l
poyasidan   tortib,   tog‘   cho‘qqilarigacha   tarqalgan.   Lekin   hozirgacha   shu
o‘simliklarning juda oz qismigina xalq xo‘jaligida foydalaniladi, Hali hayoti to‘liq
o‘rganilmagan, aniqlanmagan giyohlar juda ko‘p.
O‘zbekiston   o‘simlik   dunyosi   juda   xilma-xil   va   boy.   Respublikamiz
hududida 146 oilaga mansub 4148 o‘simlik turi mavjud bo‘lib, shundan 3000 turi
32 yovvoyi   holda   o‘sadi,   bulardan   9%   i   faqat   O‘zbekistonda   uchraydigan   endemik
o‘simliklardir.
O‘zbekiston florasida Eron, Afg‘oniston va O‘rta dengiz bo‘yi mamlakatlari
florasining   vakillari   ko‘p   uchraydi.   Shuningdek,   shimoliy   qo‘shni   hududlar
florasining ayrim vakillari mavjud.
Boshqa kontinentlarning 500 ga yaqini o‘simliklari ham o‘stirilmoqda.
O‘zbekistonning   katta   qismi   quruq   subtropik   mintaqada   joylashagan.
Subtropik alomatlari havo harorati rejimida aniq ko‘rinmagandek, uning florasida
ham   uncha   sezilmaydi.   O‘zbekistonda   doimiy   yashil   subtropik   o‘simliklar   yo‘q.
Biroq birmuncha uzoq va jazirama yoz ba’zi tropik ekinlarni yetishtirishga imkon
yaratadi.
Ma’lumki,  O‘zbekiston   maydonining   katta  ekanligi,   yer   yuzasinig   g‘arb  va
shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqa hamda sharqqa tomon ko‘tarila borishi natijasida
shu  yo‘nalishda   tabiat  o‘zgarib, balandlik  mintaqalarini   hosil   qiladi.  Ularning har
birida   tabiiy   sharoiti,   ro‘y   beradigan   tabiiy   geografik   jarayonlar   bir-biridan   farq
qiladi.   Bular   o‘z   navbatida   har   bir   zona   va   mintaqada   o‘ziga   xos   o‘simlik
qoplamining shakillanishiga olib keladi.
O‘zbekistonda   balandlik   mintaqalarining   vujudga   kelishi   va   ularning
sabablari, ular bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlar akademik Q.Zokirov tomonidan
1955 yilda o‘rganib chiqilgan. Olim Zarafshon tog‘ tizmasidagi o‘simliklarni uzoq
yillar   davomida   o‘rganish   natijasida   bu   yerlarni   tekislikdan   baland   tog‘largacha
quyidagi 4 ta mintaqaga-cho‘l, adir, tog‘ va yaylovga bo‘lish mumkinligini va bu
atamalarni   butun   O‘zbekiston,   hatto   O‘rta   Osiyoning   janubi-g‘arbiy   qismi   uchun
ham tadbiq etish mumkinligini ko‘rsatadi (9-jadval). Akademik Q.Zokirov tavsiya
etgan   bu   balandlik   mintaqalarining   har   biri   o‘ziga   xos   iqlim,   tuproq   qoplami,
o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega.
33 1 -jadval
O‘zbekiston hududining balandlik mintaqalariga
bo‘linishi
Mintaqalar nomi Maydoni, ming ga % Mutlaq balandligi
Cho‘l 27594,8 61,16 250 metr
balandlikkacha quyi
cho‘l, 250-400 metr
oralig‘i yuqori cho‘l
Adir 2479,7 9,5 400-1200 m
Tog‘ 961,9 2,13 800-1200 dan2700-
3000m gacha
Yaylov 701,8 1,55 2700-2800 m dan
baland
Ekin ekiladigan yerlar 11577,7 25,66
Jami 45115,9 100
Keyinroq   akademik   Q.Zokirov   o‘simliklarning   uch   pog‘onali   tipologik
tasnifini taklif etadi.
Iqlim zonasiga xos o‘simliklar tiplari.
Iqlim   tipi   ichida   tuproqning   mexanik   va   kimyoviy   holatiga   qarab
o‘simliklarning o‘zgarishi asosida ajratiladigan edafotiplar.
Edafotip   ichida   esa   o‘simliklarning   o‘sish   holati   va   ekologik   xususiyatiga
ko‘ra senotip ajratadi.
O‘zbekiston   tabiatining   murakkabligi-relefining   va   uni   hosil   qiluvchi   tog‘
jinslarining, iqlim (ayniqsa gidrotermik rejim), gidrologik va gidrogeologik, tuproq
sharoitlarining xilma-xilligi hamda atrofdagi hududlarning ta’siri respublikamizda
nihoyatda   turli   xil   o‘simliklarning   vujudga   kelishiga   sabab   bo‘lgan.   Binobarin,
cho‘l,   vodiy,   to‘qay,   plato   va   tog‘larda   o‘simlik   qoplamining   shakillanishi   uchun
geografik,   ekologik   sharoit   bir-   biriga   o‘xshamaydi,   shu   sababli   bu   hududlarning
o‘simlik qoplami bir-biridan katta farq qiladi.
O‘zbekistonda o‘simliklarning majmuiga qarab ajratilgan bir necha o‘simlik
zonalari mavjud.
34 O‘zbekistonning   tekislik   qismida   nihoyatda   issiq   va   qurg‘oqchil   iqlim
sharoitida   cho‘l   zonasi   vujudga   kelgan.   Bu   zonada   ikki   xil   cho‘l-   mo‘tadil   va
subtropik cho‘llar ajratiladi. Bu har ikkala mintaqa uchun ham iqlimning issiqligi,
qurg‘oqchiligi va juda ham kontinentalligi xosdir.
Cho‘l mintaqasi o‘simliklari ham xilma-xil ekologik sharoitga va o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Cho‘l o‘simliklarining hayoti asosan iqlim sharoitiga, xususan
namlik bilan ta’minlanishi darajasiga bog‘liq.
Cho‘l   zonasi   o‘simlik   o‘sishi   uchun   qanchalik   noqulay   bo‘lmasin,   u   yerda
o‘sadigan   o‘simlik   turlari   xilma-xil   guruhlar   vakillaridan   tashkil   topgan.   Bular
asosan   kserofitlar,   mezokserofit   efemerlar   va   mezokserofit   efemeroidlar
guruhlaridan iborat.
O‘zbekiston   cho‘llaridagi   efemerlar   jazirama   issiqlar   boshlanguncha   o‘z
hayot   jarayonlarini   to‘liq   o‘tib   tugallaydilar   (masalan,   lolaqizg‘aldoq,   chitir,
chuchmoma, gunafsha).
Efemeroid   o‘simliklar   guruhiga   yozgi   jazirama   issiqlik   boshlanguncha
vegetatsiyasini   davom   ettiruvchi   ko‘p   yillik   o‘simliklar   kiradi.   Iloq,   lola,
boychechak, yovvoyi piyoz va qo‘ng‘irbosh bularga misol bo‘ladi.
Mezokserofit o‘simliklar guruhiga yozgi jazirama issiqlar boshlanganda o‘z
hayotini   anabioz   holda,   ya’ni   majburiy   tinim   holatida   o‘tkazishga   moslashgan
o‘simliklar kiradi.
Kserofit o‘simliklar guruhiga quruq va issiq yoz sharoitiga moslashgan issiq
yozda   ham   o‘z   vegetatsiyasini   davom   ettiradigan   o‘simliklar   kiradi.   Ularning
ildizlari   juda   uzun,   bargalari   namni   kam   bug‘latishga   moslashgan   mayda   bo‘ladi
yoki butunlay bo‘lmaydi.
O‘zbekistonda   cho‘l   mintaqasi   katta  maydonni  egallaganidan  va  shimoldan
janubga katta masofaga cho‘zilganidan hamda mutlaq balandlik har xil bo‘lganidan
iqlimi, o‘simligi va tuproqlari ham xilma-xil. Shu sababli bu mintaqa ikki qismga:
pastki cho‘l va yuqori cho‘lga bo‘linadi.
Pastki cho‘l mutlaq balandligi 250 metrgacha bo‘lgan hududlarni egallaydi,
o‘simligi  ancha   turli-tuman.  Bu  cho‘lda  barg  va  poyalari   semiz  o‘simliklar   o‘sib,
35 ularda   tuz   ko‘p   bo‘ladi.   Pastki   cho‘lda   eng   ko‘p   tarqalgan   o‘simliklar
qorasaksovul,   cherkez,   qorabaroq,   sarsazan,   achchibuta,   boyalich,   cho‘g‘on,
karrak, arpag‘on, donasho‘r, xabalak, qorasho‘ra, baliqko‘zlardan iborat.
Yuqori   cho‘lga   mutlaq   balandligi   250-400   m   bo‘lgan   hududlar   kiradi.
Ularning o‘simlik dunyosi xilma-xil. O‘simlik qoplamining asosini shuvoq tashkil
etadi.   Yuqori   cho‘lda   eng   ko‘p   tarqalgan   o‘simliklarga   yovshon,   quyonsuyak,
qizilqandim,   singren,   qirqbo‘in,   iloq,   yantoq,   kavrak,   isiriq,   achchiqmiya,
boychechak, chuchmoma, partek, yaltirboshlar kiradi.
Umuman   olganda   cho‘l   mintaqasida   o‘simlik   qoplami   siyrak,   lekin   nam
yetarli   bo‘lgan   bahorda   cho‘l   yamyashil   tusga   kiradi,   efemer   va   efemeroidlar   yer
betini   qoplaydi.   Jazirama   issiq   va   quruq   kunlar   boshlanishi   bilan   ular   quriydi   va
cho‘l sarg‘ish ko‘rinishga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonda   tekislik   qismidagi   tuproq-grunt   sharoitlariga   bog‘liq   holda
turli   o‘simlik   tiplari   uchraydi.   Qumli,   gilli,   toshloq   (gipsli),   sho‘rxok   yerlar
o‘simliklari bir-biridan farq qiladi.
Qumli   cho‘llarda   tuproq   tarkibining   80-90   %   i   qumlardan   iborat,   u   suvni
yaxshi o‘tkazadi. Shuning uchun qumli cho‘llarda yozda tuproqning 50 sm  gacha
bo‘lgan yuza qismi quriydi, undan pastdagi 60- 120 sm qalinlikdagi qatlamida nam
saqlanadi. Bu hol qumli tuproqlarda oziqa kam bo‘lsa ham o‘simliklarning o‘sishi
uchun   qulay   sharoit   yaratadi   va   ularning   xilma-xilligiga   sabab   bo‘ladi.   Qumli
substratda   o‘sishga   moslashgan   o‘simliklarni   psammofitlar   deyiladi.   Qumli
yerlarda butalardan quyonsuyak,  efemeroidlardan qumni  mustahkamlaydigan  iloq
uchraydi. Qum tepalari orasidagi pastliklarda gilli-qumli tuproqlarda qora saksovul
o‘sadi.   Qandim,   oq   saksovul,   cherkez   mustahkamlangan   qumli   cho‘llarda
uchraydi.   Ko‘chma   qumda   selin   ham   keng   tarqalgan.   Cherkez,   juzg‘un,   shuvoq,
ba’zi joylarda yantoq ham o‘sadi.
Qumli   cho‘llarning   yaylov  sifatidagi   ahamiyati   katta  Ulardan   yil   davomida
foydalaniladi.   Bu   cho‘llar   har   gektaridan   o‘rta   hisobda   1-2   sentnerdan   xashak
berishi   mumkin.   Cherkez   alkoloidi   qon   bosimini   pasaytirishda,   sangrayquloq
alkoloidi teri saratoni kasalini davolashda qo‘llaniladi.
36 Toshloq   cho‘llar   Ustyurtda   va   Markaziy   Qizilqumdagi   qoldiq   tog‘lar
atrofida   keng   tarqalgan   bo‘lib,   o‘simligining   asosini   kserofit   butalar   va   chala
butalar   tashkil   etadi.   Toshloq   cho‘llarda,   masalan,   Ustyurtda   400   ta   o‘simlik   turi
bo‘lsa, shundan atigi bir  nechtasigina landshaft  hosil  qiladi. Bular  asosan burgan,
shuvoq,   boyalich.  Ular   bilan  birga  partek,   tikanli   buta-tuya,  singren,   karrak,   seta,
cho‘g‘on   va   isriq   ham   aralashib   o‘sadi.   Bahorda   nam   yetarli   yillari   yer   yuzini
efemerlar   qoplab   oladi.   Ustyurtda   yana   saksovul   ham   uchraydi.   Shuvoq,   karrak,
seta,   cho‘g‘on   chorva   uchun   yaxshi   ozuqa   bo‘ladi.   Isriqdan   garmin   alkoloidi
olinib,   undan   tibbiyotda   asab   kasalliklarini   davolash,   qon   bosimini   pasaytirish,
nafas   olishni   yaxshilashda   foydalaniladi.   Xalq   tabobatida   isriqdan   bo‘g‘inlar
og‘riganda,   sholni   davolashda,   nafas   olishni   yaxshilashda,   gijjani   tushirishda,
tumov,   asab,   tutqaloq,   bezgak   va   boshqa   kasalliklarni   davolashda
foydalanganlar.Ustyurt   o‘simliklaridan   yil   davomida   yaylov   sifatida   foydalanish
mumkin.
Sho‘rxok,   sho‘r   va   taqirli   cho‘llarga   Aydar,   Mingbuloq,   Borsakelmas,
Shorsoy   va   boshqa   sho‘rlangan   yerlar   kiradi.   Sho‘rxok   cho‘llarda   galofit
o‘simliklar   tipi   asosiy   o‘rin   tutadi.   Bu   yerlar   tuprog‘ida   oson   eruvchi   tuzlar   ko‘p
bo‘ladi.   Galofit   o‘simliklar   ko‘pincha   tanasi   semiz   bo‘ladi,   ularning   tanasidagi
tuzlar   miqdori   o‘simlikning   og‘irligiga   nisbatan   ba’zan   45   %   ni   tashkil   qiladi.
Bunday   o‘simliklarning   asosiy   vakillari   boyalich,   teresken,   kavrak   sho‘rligi   juda
yuqori bo‘lgan yerlarda, tanasi semiz sho‘ragullilar-sarsazan, qorasho‘ra, ko‘kpek,
yulug‘un,   sho‘rajiriq,   zovurlar   bo‘yida,   qizilmiya,   oqbosh   yer   osti   suvi   yuza
joylarda o‘sadi. Galofit o‘simliklar ichida itsegak zaharli o‘t bo‘lib, mol yemaydi.
Undan   anabazin   alkoloidi   olinadi.   Anabazin   sulfat   qishloq   xo‘jalik
zararkunandalariga qarshi kurashda qo‘llaniladi.
Taqirlarda   o‘simlik   deyarli   o‘smaydi,   faqat   taqir   yoriqlarida   va   atrofida
siyrak holda sho‘ra o‘simliklari (itsegak, burgan) uchraydi.
Cho‘l mintaqasining asosan lyosli jinslar tarqalgan yuqori cho‘llarida (250-
400   m)   efemer,   efemeroid   va   bular   orasida   o‘sadigan   cho‘l   o‘simliklari   yaxlit
o‘simlik   qoplamini   hosil   qiladi.   Efemerlardan   qashqayo‘ng‘ichqa,   lolaqizg‘aldoq,
37 chuchmoma,   gunafsha,   efemeroidlardan   qo‘ng‘irbosh,   rang   (qorabosh)   kabi
o‘simliklar seryomg‘irli bahor faslida barq urib o‘sib cho‘lga chiroy bag‘ishlaydi.
Bulardan   tashqari   baland   cho‘llarda   sassiq   quvray,   lola,   gulsapsar,   mingbosh,
chalov, shuvoq, astragal, ba’zan isriqlar ham o‘sadi. Lekin o‘simliklar asosini gilli
cho‘llarda   efemeroid-qo‘ng‘irbosh   va   rang   tashkil   etadi.   Bo‘z   tuproqli   efemer
cho‘llarning bahorgi yaylov sifatida ahamiyati katta, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan
yillarda har gektaridan 5 sentnergacha xashak yig‘ib olish mumkin.
Cho‘l mintaqasidagi  daryo qayirlarida turang‘il, tol, chirmoviq, ilonpechak,
baqaterak, jiyda, na’matak, yulg‘un, ching‘il, qamish, qizilmiya, yantoq, sho‘rajriq
kabilar   o‘sib,   to‘qaylarni   hosil   qiladi.   To‘qaylar   Sirdaryo,   Amudaryo,   Zarafshon,
Chirchiq,   Ohangaron   daryolari   qayirlarida   uchraydi.   Bular   o‘ziga   xos   tabiat
landshaftlari   bo‘lib,   siyrak,   zax   o‘rmon   va   chakalakzorlardan   iborat   bo‘ladi.
To‘qaylarning   kengligi   bir   necha   yuz   metrdan   bir   necha   kilometrgacha   boradi.
Keyingi   yillarda   yil   davomida   mol   boqilishi,   daryo   suvining   kamayishi   va   inson
faoliyati   bilan   bog‘liq   boshqa   omillar   ta’sirida   to‘qaylar   maydoni   qisqarib
bormoqda.   Hozir   Quyi   Amudaryoda   1   mln.   gektarga   yaqin   to‘qay   yerlar   qurib
yotibdi. To‘qay o‘simliklaridan qizilmiya shifobaxsh hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, cho‘l zonasi o‘simligi chuqur o‘rganishni,
yaylov sifatida foydalanishni ilmiy asosga qo‘yishni taqazo etadi.
Cho‘l   zonasining   katta   qismida   qadimdan   yerlar   o‘zlashtirilib,   ekin   ekib
kelingan, bu yerlarda yirik vohalar joylashgan. Ular o‘ziga xos o‘simlik dunyosiga
ega.   Vohalar   o‘simligi   asosini   madaniy,   manzarali,   tolali,   oziq-ovqat,   sabzavot-
poliz,   ziravor   va   boshqa   o‘simliklar   tashkil   etadi.   Eng   ko‘p   maydonni   paxta
egallaydi.   Uning   issiqsevar   ingichka   tolali   navlari   O‘zbekistonning   janubida
yetishtiriladi.   Paxta   bilan   beda,   makkajo‘xori,   bug‘doy,   arpa,   sholi   almashib
ekiladi.
O‘zbekistonda o‘simliklarning balandlik mintaqalari.
Yer   yuzasi   mutlaq   balandligi   oshgan   sari   iqlimning   o‘zgarishi   tog‘larda
o‘simliklarning   balandlik   mintaqalanishiga   olib   keladi.   Biz   quyida   balandlik
mintaqalari o‘simliklarini akad. Q. Zokirov tasnifi bo‘yicha ko‘rib chiqamiz.
38 Adir   (tog‘   oldi)mintaqasi   O‘zbekistonda   dengiz   sathidan   400-500   m   dan
1200   m   gacha,   respublika   janubida   1600   m   gacha   bo‘lgan   tog‘   oldi   tekisliklarini
o‘z   ichiga   oladi.   Bu   tog‘   oldi   hududlarining   relefi   notekis,   tuprog‘i   bo‘z   tuproq,
cho‘lga   nisbatan   yog‘in   birmuncha   ko‘p   yog‘adi,   yer   osti   suvlari   ko‘proq,
o‘simliklar   qoplamining   asosiy   qismini   rang   va   qo‘ng‘irbosh   tashkil   etadi.
Adirlarning   bo‘z   tuproqlaridagi   nam   miqdori   iqlim   sharoitiga   bog‘liq
bo‘lganligidan   vegetatsiya   davri   uzoq   davom   etadigan   o‘simliklar   uchun   ancha
noqulay.   Adir   mintaqasining   o‘simliklarini   Ye.P.Korovin   ikki   tipga   bo‘ladi:
efemerlar tipi va tog‘ dashtlari-savannalari tipi.
Efemerlar   tipi   adirning   pastki   zonasida   keng   tarqalgan.   Asosan   chala   cho‘l
xarakteridagi o‘simlik turlaridan iborat. Pastki adirlarning mutlaq balandligi 400m
dan to 600-800 metrgacha boradi, tuprog‘i och va oddiy bo‘z tuproqlardan iborat.
Asosiy   o‘simliklari   rang   va   qo‘ng‘irbosh   bo‘lib,   erta   bahorda   yashil   gilam   hosil
qiladi.   Pastki   adirda   efemerlardan   yana   no‘xatak,   sariq   yo‘ng‘ichqa,   yaltirbosh,
lolaqizg‘aldoq,   chitir,   kelin   supurgi,   momiq,   ko‘p   yillik   o‘simliklardan   oqquray,
cho‘l   yalpizi,   karrak,   qo‘ziquloq,   mingbosh,   qo‘ypechak,   qoqio‘t,   mayinshuvoq
kabilar ham ko‘p tarqalgan. Pastki adir nam bilan yarim ta’minlangan lalmidir.
Yuqori   adirlarning   balandligi   O‘zbekistonda   600-800   m   dan   1000-   1200   -
1600   metrgacha   boradi.   Bu   yerlarda   nuroq   jinslar,   tub   tog‘   jinslari   yer   yuziga
chiqib yotadi, asosan to‘q bo‘z tuproqlar tarqalgan.
Yuqori   adirdagi   o‘simliklar   tog‘   dasht-savanna   o‘simliklaridan   iborat.
Ko‘pchilik   mutaxassislar   yuqori   adir   o‘simliklarini   «bug‘doyiqli»   har   xil   o‘tlar
o‘sadigan quruq dasht o‘simliklari tipi deb yuritadilar.
Yuqori   adirda   kserofit   xususiyatli   har   xil   o‘tlar   bo‘lib,   ular   orasida
bug‘doyiq   eng   keng   tarqalgan.   Ular   orasida   efirli   o‘t-tog‘   yalpizi,   efemeroidlar-
chuchmoma,   lola,   shirach,   murakkab   guldoshlardan   sariq   andiz,   soyabonli
guldoshlardan ferullaning bir necha turi o‘sadi. Yuqori adirda o‘sadigan ko‘p yillik
o‘t-yetmak   ildizidan   qandolatchilikda   foydalaniladi.   Uning   ildizidagi   saponin
moddasi ko‘pirtiradigan xususiyatga ega.
39 Yuqori   adirda   soylarda,   sersuv   toshloq   yerlarda   butalardan   qo‘shyaproq,
zirk,   na’matak;   daraxtlardan   bodom,   ayrim   joylarda   pista,   do‘lana   o‘sadi.
Do‘lananing   mevasi   qandga,   yog‘ga   boy,   unda   olma   kislotasi   ham   anchagina,
shuning   uchun   u   konditer   sanoatida   keng   ishlatiladi.   Po‘stlog‘idan   va   bargidan
bo‘yoq   olib,   undan   to‘qimachilik   sanoatida   foydalaniladi.   Do‘lana   shifobaxsh
o‘simlik   hamdir.   Uning   guli,   mevasidan   tayyorlangan   dorilar   yurak   faoliyatini
yaxshilashda,   qon bosimining  ortishiga  qarshi   va  boshqa  kasalliklarni  davolashda
keng ishlatiladi.
Yuqori adirda lalmi ekinlar uchun nam yetarli, bu yerlarda asosan bahorikor
dexqonchilik qilinadi. Yuqori adirning yaylov
sifatidagi va pichan yig‘ib olishdagi ahamiyati ham katta. Har gektar yerdan
10-50 sentner atrofida sifatli pichan yig‘ib olish mumkin.
Adir   mintaqasi   asosan   uzumchilik,   bog‘dorchilik   mintaqasi   hisoblanadi.   U
o‘simlikka   boyligi   hamda   dehqonchilik   va   chorvachilik   uchun   qulayligi   bilan
ajralib turadi.
Tog‘ mintaqasiga O‘zbekistonda dengiz sathidan 1200-1600 metrdan 2700-
2800   metrgacha   bo‘lgan   balandliklar   kiradi.   Bu   mintaqa   gumid   iqlimi,   sersuv
daryolari, jigar rang, qo‘ng‘ir va kul rang tuproqlari, notekis relefi bilan adirlardan
ajralib   turadi.   Tog‘   mintaqasi   o‘simliklari   asosan   tog‘   dashtlari,   tog‘   keng   bargli
o‘rmonlari, tog‘ igna bargli o‘rmonlari o‘simliklari tiplarga bo‘linadi.
Tog‘   dashtlari   tog‘   mintaqasining   pastki   va   qisman   o‘rta   qismlarini   (1200-
2000 m   )  egallagan.  Bu  yerlarda,  asosan   boshoqlilardan bug‘doy, betaga,  chalov,
ismaloq,   qaltiq,   qo‘ng‘irbosh,   ikki   pallalilardan   qo‘ziquloq,   astragal,   bo‘tako‘z,
shuvoq kabilar keng tarqalgan. Ko‘p yillik efemeroidlardan lola, piyozgul, shirach,
chuchmoma, boychechaklar, butalardan na’matakning bir necha turi, zirk, uchqat,
tobulg‘a,   bodomchalar   ham   uchraydi.   Na’matakzorlar   asosan   G‘arbiy   Tyanshan,
Zarafshon, Turkiston tog‘larida 1500-2000 metr balandliklarda keng tarqalgan.
O‘zbekiston   tog‘larida   bargli   o‘rmonlar   Ugam,   Piskom,   Chotqol,   Farg‘ona
va   Hisor   tog‘   tizmalarida   uchraydi.   Ularda   asosan   olma,   tog‘olcha,   yong‘oq,
bodom, do‘lana kabi mevali daraxtlar va, shuningdek, bir necha tur zarang, terak,
40 tol,   qayin,   chetan   kabilar   o‘sadi.   Hisor   tog‘larida   yovvoyi   holda   o‘sadigan   anor,
anjir, xurmo va chilonjiyda ham uchraydi. Bargli o‘rmonlarda yong‘oqzorlar keng
tarqalgan.
Qorjantog‘,  Ugam, Piskom,  Chotqol,  Hisor  tog‘  tizmalarida  900-1500  metr
balandlikdagi   sernam   yonbag‘irlarda   ancha   qalin   tabiiy   yong‘oqzorlar   mavjud.
Ular relikt yong‘oqzorlar bo‘lib, asosan qo‘ng‘ir tuproqli shimoliy, shimoli-sharqiy
yonbag‘irlarda,   soylarda   hamda   tog‘   daryolarining   terrasalarida   joylashgan.
Yong‘oq   mag‘zida   yog‘,   oqsil,   qand,   A.V.S.   vitaminlari   va   mikroelementlar   bor.
Yong‘oq   bargidan   ta’sirchan   fitonsid   va   efedra   ajralib   turadi,   shu   sababli   yoz
oylarida   uning   tagida   yotib   qolish   tavsiya   etilmaydi.   Shuningdek,   O‘zbekiston
tog‘larida olma, do‘lana, zarang, terak va qayin o‘rmonlari ham mavjud.
Tog‘   mintaqasining   yuqori   qismida   (2000-2700   m)   ignabargli   o‘rmonlar
uchraydi.   Bunday   o‘rmonlarda   qarag‘ay,   pixta,   qizil   archa,   savr   archa   va   o‘rik
archa o‘sadi. Qoraqarag‘ay, pixta o‘rmonlari Chotqol tog‘larida uchraydi. Archalar
dengiz   sathidan   1000   m   dan   2700   m   gacha   bo‘lgan   balandlikda   o‘sadi.   Quruq
toshloqli   bo‘z   va   qo‘ng‘ir   tuproqlarda   savr   archa,   subalp   mintaqasida   o‘rik   archa
uchraydi.   Eng   qurg‘oqchilikka   chidamlisi-qizil   archadir.   Pastki   tog‘dagi   siyrak
archa o‘rmonlari Zarafshon archasidan, yuqorida esa o‘rik archadan tashkil topgan.
Archa   sekin   o‘sadi,   40   yoshida   bo‘yining   balandligi   2-2,5   metrga   boradi.
100   yoshga   kirganda   archalar   bo‘yi   Boysun   tog‘larida   20-25   metrga,   tanasining
diametri 1-1,5 metrga boradi. Archa yog‘ochi qurilishda, qalam, har xil buyumlar
ishlash, o‘tin va pista ko‘mir tayyorlashda ishlatiladi. Archaning kichik shoxlarida
efir   moyi   bo‘ladi.   Shuning   uchun   archa   bargi   va   yog‘ochi   xushbo‘y   hid   taratib
turadi.   Tog‘   archazorlarining   melioratsiya   ahamiyati   ham   katta.   Archa   ostida
yig‘ilgan   barglari   yaxshi   nam   saqlab,   yer   osti   suvini   to‘yintiradi,   tuproqning
yuvilishiga yo‘l qo‘ymaydi, seldan saqlaydi.
Archa o‘rmonlari O‘zbekistonda 0,5 mln. gektardan ko‘proq bo‘lgan. Hozir
ularning   ko‘pi   kesilib   ketgan   va   shu   kunda   archa   o‘rmonlarining   maydoni   105
ming gektarni tashkil qiladi xolos. O‘zbekistondagi yog‘och zahirasining 30-35 %
ini   tashkil   qilgan   archadan   xalq   xo‘jaligida   foydalanganda   uni   muhofaza   qilish
41 chora- tadbirlarini ham qo‘llash zarur. Hozirgi kunda katta archazorlar Ohangaron
vodiysida, Turkiston tizmasida, Qashqadaryo va Surxondaryo havzalarining yuqori
qismida   mavjud.   1976   yilda   Turkiston   tog‘   tizmasining   shimoliy   yonbag‘irlarida
Jizzax xalq bog‘i tashkil etilgan bo‘lib, uning maydoni 56000 gektarga teng. Xalq
bog‘ida archazorlar muhofaza qilinadi.
Archazorda   archa   uncha   qalin   o‘smaganidan   quyi   yarusda   o‘t   va   butalar
o‘sadi. Butalardan uchqat, zirk, na’matak, olg‘i va boshqalar ko‘p. O‘t o‘simliklari
turlari tog‘ dashtlaridagiga o‘xshash.
Hozirgi   vaqtda   barcha   tog‘   o‘rmonlari   o‘rmon   xo‘jaliklari   tomonidan
nazorat qilinadi va qo‘riqlanadi hamda kengaytirib boriladi.
Yaylov   mintaqasi   O‘zbekistonda   2700-2800m   balandlikdan   boshlanadi   va
doimiy qorlar zonasigacha davom etadi. Bu mintaqa o‘simliklar qoplami ekologik
sharoiti,   iqlimi,   tuprog‘i   va   boshqa   belgilariga   ko‘ra   ikki   kichik   mintaqaga:   quyi
(subalp) va yuqori (alp) yaylovlari mintaqalariga bo‘linadi. Bu mintaqaning iqlimi
unda buta va darahtlarning o‘sishi uchun imkon bermaydi.
Quyi yaylovga dengiz sathidan 2700-2800 metrdan to 3000-3200 metrgacha
bo‘lgan   yerlar   kiradi   va   ular   o‘rtacha   nam   talab   qiluvchi   o‘simliklarning   ko‘pligi
bilan  ajralib  turadi.  Bundan   tashqari   yer   bag‘irlab  o‘suvchi  mayda  daraxtlar,  past
bo‘yli   buta va  chala  butalar  ham   ko‘p  o‘sadi.  Yer   yuzasini   ko‘pincha  boshoqlilar
va   chim   hosil   qiluvchi   o‘simliklar   qoplagan   bo‘ladi.   Quyi   yaylovda   eng   ko‘p
tarqalgan   va   uning   uchun   xos   bo‘lgan   o‘simliklar   chetan,   akantalimon,   shashir,
karrak, yerqo‘noq, tog‘shishir, yorangul, betaga, gulizardak kabilardan iborat.
Yuqori   yaylov   O‘zbekistonda   dengiz   sathidan   3000-3200   m   balandlikdan
boshlanib   doimiy   qorlargacha   davom   etadi.   Bu   yerda   o‘simliklar   qoplamining
asosiy   qismini   kserofit   o‘t   o‘simliklar,   tashkil   qiladi.   Shu   bilan   birga   dasht
o‘simliklari,   mezofit   o‘simliklar   ham   o‘sadi.   Navro‘zo‘t,   arpao‘t,   ajriqbosh,
yaylovrang   yaylovning   asosiy   o‘simliklaridir.   Bu   kichik   mintaqada   buta   va
daraxtlar   umuman   o‘smaydi,   lekin   yostiqsimon   o‘simliklar   uchrab   turadi,
tuprog‘ining   yuza   qismi   esa   asosan   chim   hosil   qilib   o‘suvchi   o‘simliklar   bilan
qoplangan.
42 Yaylov   mintaqasida   o‘sadigan   o‘simliklar   juda   to‘yimli   bo‘lganligi   sababli
yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.
Akademik   Q.Z.   Zokirov   O‘zbekiston   o‘simliklarini   rayonlashtirish
sxemasida   5qmintaqa-doimiy   qorlar   va   muzliklarni   ajratmaydi.   O‘simliklar
tarqalishi   qor   chizig‘i   bilan   chegaralanadi.   Uning   balandligi   Piskom   havzasida
3600   m,   Qashqadaryoda   3820   m,   To‘polongda   3860   m,   Sangardikda   3850   m   ga
teng.
Intrazonal o‘simliklar zonallik va mintaqalanish   qonuniyatlariga   qat’iy
bo‘ysinmaydigan, bir necha zonada,turli balandlik mintaqalarida ham uchraydigan
o‘simliklardir.   O‘tloqlar,   botqoqlik,   voha   va   to‘qaylarning   ayrim   o‘simliklari   ana
shunday intrazonal o‘simliklardir.
O‘tloq   o‘simliklari-   o‘tlarning   muayyan   guruhidan   tashkil   topgan.
O‘zbekistonda o‘tloqlar daryo bo‘yi o‘tloqlari, to‘qay o‘tloqlari, tog‘ o‘tlari, subalp
va alp o‘tloqlariga bo‘linadi.
To‘qay   o‘tloqlarida   bug‘doyiq,   soxta   qamish,   sho‘ra,   ajriq   o‘sadi,   ular
daryolarning asosan quyi oqimidagi to‘qaylarda uchraydi.
Tog‘ o‘tloqlari tog‘larning siyrak o‘rmonli Quyoshga teskari yonbag‘irlarida
uchraydi   va   u   yerlarda   shambala,   o‘tloq   qo‘ng‘irboshi,   yaltirbosh,   choyo‘tga
o‘xshash o‘tlar o‘sadi.
Botqoqlik   o‘simliklari   O‘zbekistonda   daryolarning   qayirlarida,   qisman
yaylov mintaqasida uchraydi. O‘zbekistonda asosan qamishli botqoqliklar mavjud
bo‘lib, ular tekislik daryolarining qayirlarida tarqalgan.
Vohalar   kishilarning   ko‘p   yillik   mexnati   bilan   o‘zlashtirilgan,
madaniylashtirilgan   landshaftlardir.   Vohalarda   madaniy   o‘simliklar   bilan   birga
«begona»   tabiiy   o‘tlar   ham   o‘sadi.   Ular   madaniy   ekinlar   bilan   birga   o‘sib,   ular
hosilining   kamayishiga   sabab   bo‘ladi.   O‘zbekistonning   o‘zida   500   turdan   ortiq
«begona» o‘tlar mavjud. Eng ko‘p uchraydiganlari g‘umay, ajriq, kakra, sachratqi,
qo‘ypechak,   oqbosh,   qamish   kabi   ko‘p   yilliklar   va   ituzum,   sho‘ra,   semizo‘t,
kurmak,   bo‘z   tikan,   chatir,   sutlama   singari   bir   yillik   o‘tlardir.   Shu   bilan   birga
vohalarda parazit o‘simliklar-zarpechak, devpechaklar ham o‘sadi.
43 O‘zbekiston   florasida   dorivor   o‘simliklarning   577   turi   borligi   aniqlangan.
Respublika   hududidagi   o‘simliklarning   90   %   i   ozuqabop   o‘simliklardir.   O‘rtacha
yillik   o‘simlik   oziqasining   zahirasi   qumli   yaylovlarda   3-5   sG‘ga,   Ustyurtning
gipsli   yaylovlarida   2-4   sG‘ga,   qishki   va   kuzgi   yaylov   sifatida   foydalaniladigan
sho‘rxoklarda   2-4   sG‘ga,   adirlarda   8-10   sG‘ga,   tog‘larda   10-15   sG‘ga,   yaylov
mintaqasida 10-12 sG‘ga, to‘qaylarda 12-16 sG‘ga, qamishzorlarda 115 sG‘ga ga
boradi. Sertalab ozuqabop o‘simliklarga solodka, yantoqning bir qancha turi, qiyoq
o‘t va boshqalar kiradi.
O‘zbekistonning   o‘rmon   fondi   1995   yil   1   yanvar   ma’lumotlariga   ko‘ra
9211,5 ming ga bo‘lib (shu jumladan o‘rmonlar 2776 ming ga), uning 85,4 % cho‘l
zonasida,   13   %   tog‘larda,   0,8   %   vodiylarda,   0,8   %   to‘qaylarda   joylashgan.
O‘zbekistondagi   ekilgan   o‘rmonlarning   umumiy   maydoni   514,8   ming   ga   bo‘lib,
bular yong‘oq, pista, bodom kabi 40 dan ortiq turdagi buta va daraxtlardan iborat.
Respublikada o‘rmonlardan oqilona foydalanish, ularni qo‘riqlash va qayta tiklash,
ihota   daraxtzorlari   barpo   etish   bilan   o‘rmon   xo‘jaliklari   shug‘ullanadi.
O‘zbekistonda   dastlabki   o‘rmon   xo‘jaligi   1873   yilda   hozirgi   Chirchiq   o‘rmon
xo‘jaligi   o‘rnida   tashkil   etilgan.   O‘zbekistonda   1996   yili   91   ta   o‘rmon   xo‘jaligi
korxonalari, qo‘riqxonalari va milliy bog‘lar bo‘lgan.
Respublikaning   o‘rmon   xo‘jaligi   korxonalarida   yiliga   50-60   ming   m3
yog‘och,  shu jumladan 2 ming m3 dan ziyoda binokorlikka yaroqli  yog‘och, 300
tonnadan   ko‘proq   turli   o‘simlik,   buta,   daraxt   urug‘lari   tayyorlanadi.   O‘rmon
xo‘jaliklarida   36   tadan   ziyod   yovvoyi   dorivor   va   oziq-ovqat   o‘simliklari
tayyorlanadi va 700 tonnadan ziyod xomashyo yetkazib beriladi.
O‘simlik   O‘zbekiston   hududida   nam   tutuvchi,   daryo   suvini   bir   me’yorda
saqlab   turuvchi,   tuproq,   grunt   yuvilishining   oldini   oluvchi,   qumlarni
mustahkamlovchi   hamda   havoni   toza   saqlab   turuvchi   muhim   omil   bo‘lish   bilan
birga nafosat ahamiyatiga ham ega.
Inson   mehnat   faoliyati   bilan   biogeotsenozlarga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatib
kelmoqda,   ekologik   muvozanatda   o‘zgarish   yuz   berib,   ba’zi   o‘simliklar   turi
kamayib bormoqda. Natijada hozir O‘zbekistonda o‘sadigan o‘simliklarning 10-12
44 %   i   yoki   400   turi   muhofazaga   muhtoj   bo‘lgan   noyob   turga   aylanib   qoldi.   Ba’zi
o‘simliklar   keskin   kamayib   ketib,   ularning   yo‘qolib   ketishi   xavfi   tug‘ilgan   (lola,
yetmak, anzur piyoz, zira, sumbul).
2.2  “ Ven ”  va “Klaster”  ta’lim texnologiyasi ning qo’llashning afzalliklari
“Klaster”metodi:   “Klaster”(tarmoq,   g’uncha,   bog’lam)   metodi-ta’lim
oluvchilarda berilgan muammolar bo’yicha   erkin ,ochiq o’ylash shaxsiy fikrlarni
bemalol bildirish va turli javoblar o’rtasida bog’liqlik o’rnatish g’amda guruhlash
imkoniyatini yaratuvchi metoddir.“Klaster g’oyasini dastlab 1991 yilda Jeni Stil va
Stil   tomonidan   ishlab   chiqilgan.“   Klaster”lotincha   so’z   bo’lib,”
g’uncha,bog’lam”ma’nosini   anglatadi.Klaster   metodi   biror
obьekt,predmet,tushuncha bilan bog’liqbo’lgan atamalar ,so’zlar iboralarni jamlash
va o’zaro bog’liqlikda ko’rgazmali shaklda ifoda etishdan iborat.SHunga ko’ra bu
metodni axborotlarni yoyish metodi   deb ham  atash   mumkin.Mazkur metod turli
xil   tushunchalar,g’oyalar   o’rtasidagi   bog’liqliklarni   muayyan   tizimli   grafik
shaklida tasvirlash orqali o’lar to’g’risida birmuncha yaqqol fikrlash imkoniyatini
beradi.“Klaster”metodi   pedagogik,didaktik   strategiyaning   muayyan   shakli
bo’lib,o’quvchi-talabalarga   istalgan   muammo   (mavzu)lar   xususida   erkin,ochiq
o’ylash,shaxsiy   fikrlarni   bemalol   bayon   etish   uchun   sharoit   yaratishga   yordam
beradi.Bu metod aniq obьektga yo’naltirilgan fikrlash shakli sanaladi.
“Klaster   metodidan   foydalanib   fikrlash   jarayoni   inson   miya   faoliyatining
ishlash   tamoyili   bilan   bog’liq   ravishda   amalga   oshadi.Ushbu   metod   muayyan
mavzuning   o’quvchi-talabalar   tomonidan   chuqur   hamda   puxta   o’zlashtirilguniga
qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi
“Klaster”metodidan foydalanish tartibi
“Klaster” metodi puxta o’ylangan strategiya bo’lib,undan o’quvchi-talabalar
bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida
foydalanish   mumkin.   Metod   guruh   asosida   tashkil   etilayotgan   mashg’ulotlarda
o’quvchi-talabalar   tomonidan   bildirilayotgan   g’oyalarning   majmui   tarzida
45 namoyon   bo’ladi.Bu   esa   ilgari   suriladigan   g’oyalarni   umumlashtirish   va   ular
o’rtasidagi   aloqalarni   topish   imkoniyatini   yaratadi.”Klaster”   metodidan
foydalanishda quyidagi qoidalarga rioya qilish talab etiladi:
Klasterlar   tuzish.   Klasterlar   tuzish   metodidan   mashg’ulot   boshlanishida
ham   fikrlash   bosqichida   ham   foydalaniladi.   Undan   o’quvchi   –talabalarning
muayyan   mavzuni   sinchiklab   to’liq   o’rganilguncha   faol   fikrlash   faoliyatini
ta’minlash   maqsadida   foydalanish   mumkin.Klasterlar   tuzish   o’quvchi-
talabalarning   tasavvurlarini   yangi   bog’lanishlar     bilan   boyitish,ularni   grafik
ko’rinishda     ifodalanish   hamda   mavzu   bo’yicha   yakuniy   muhokama   o’tkazish
vositasi   sifatida   qo’llanilishi   mumkin.Bu   ularning   yangi   bilimlarni   yaxshi
o’zlashtirishi,muayyan   mavzu   to’g’risidagi   tasavvurlarni   kengaytirish   va   unga
tegishli bog’liqlarni tushunishlariga yo’l ochadigan strategiyadir. Klasterlar tuzish
ketma-ketligi quyidagicha.
 
46  Klaster” metodi bo’yicha mashg’ulot ishtirokchilari uchun qoidalar
47“ Klaster” metodi
Nimani     o’ylagan   
bo’lsangiz, shuni    qog’ozga 
yozing. Fikringizning     sifati  
to’g’risida     o’ylab    
o’tirmay,   ularni     shunchaki 
   yozib   boring. Yozuvingizning orfografik 
yoki boshqa jihatlariga e’tibor 
bermang.
Belgilangan vaqt nihoyasiga 
yetmaguncha yozishdan 
to’xtamang.Agar ma’lum 
muddat biror bir g’oyani 
o’ylay olmasangiz,u holda 
qog’ozga biror narsaning 
rasmini chiza boshlang.   Bu 
harakatni yangi g’oya 
to’g’ilgunga qadar davom 
ettiring. Muayyan tushuncha doirasida 
imkon qadar ko’proq yangi 
hoyalarni ilgari surish hamda 
mazkur g’oyalar o’rtasidagi 
o’zaro 
aloqadorlik ,bog’liklikni 
krsatishga harakat 
qiling.G’oyalar yig’indisining 
sifati va ular o’rtasidagi 
aloqalarni ko’rsatishni 
cheklamang      Klasterlar tuzish ketma-ketligi sxemasi
Kalit so’z yoziladi
Kalit so’zga taalluqli so’zlar yoziladi
So’zlar o’rtasidagi bog’liqliklar yoziladi
So’zlarni tarmoqlab chiqiladi
Tarmoqlar tahlil qilinadi
          Klasterlar tuzish qoidasi  quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
1.Kalit   so’z   bilan   bog’liqligi   bo’lgan   aqlingizga   kelgan   barcha   fikrlarni   yozib
oling. Bu fikrlarni muhokama qilmang,shunchaki ,yozib olavering.
2.Xatni   (matnni)yozishni   kechiktiradigan   imlo   va   boshqa   omillarga   ham   e’tibor
bermang.
3.Sizga   berilgan   vaqt   nihoyasiga   yetmagunga   qadar   yozishdan
to’xtamang.Miyangizga fikr kelishi to’xtab qolsa,toki yangi fikrlar kelgunga qadar
qog’ozda nimalarnidir chizib o’tiring.
4.Imkoni   boricha   bog’lanishi   mumkin   bo’lgan   g’oyalarni   tizib
chiqing.G’oyalarning   oqimi   sifatida   va   ular   orasidagi   aloqalarni   chegaralab
qo’ymang.
Klasterlar bo’yicha namunalarni keltirib o’tamiz: 
Klaster   juda   moslashuvchan   strategiya,uni   barcha   fanlarni   o’rganishda   individual
yoki guruhli tarzda hamda boshqa metodlar bilan birgalikda qullash mumkin.
Masalan,klasterdan”aqliy   hujum”metodini   qullab   o’tkazilayotgan   mashg’ulotlarda
samarali foydalanishi mumkin.Odatda,” Aqliy hujum “ metodini qo’llab dars o’tish
jarayonida   klaster   tuzish   orqali   berilgan   javoblarni   umumlashtirish,turkumlarga
48 ajratish   amalga   oshiriladi.Bu   esa,o’quvchi   va   talabalarda   axborotni   turkumlash
qobiliyatini rivojlantiradi,fikrlarni tizimlashtirishni o’rganish imkonini beradi.
   Axborotlarni turkumlarga ajratishning izchilligini ta’minlash uchun:
1.O’rganiladigan mavzu bo’yicha mavjud fikrlarni yozib olish.
2.Olingan   axborotlarni   u   yoki   bu   sifatiga   nisbatan   umumlashtiradigan   umumiy
tushunchalarni topish.
3.Ularni   doskaga   yoki   daftarga   yozib,dastlabki   yozilgan   fikrlarni   ajratib   yozib
chiqish.
4.Taqsimlash  jarayonida o’quvchi-talabalar  uyoki  bu tushunchani  o’zlashtirishlari
yangilarni yozish mumkin.
5.Kichik guruhlar bir-birlarining ishlari bilan tanisha olishlari imkonini beradigan
usullarni qo’llash lozim.
Klasterni   pedagoglar   ko’proq   “anglash”,”tushunish”fazasida   qo’llagan   ma’qul
deyishadi.CHunki   bunda     o’quvchi   talabalarga   o’quv   materiallarini   nafaqat
mustaqil   va   faol   o’zlashtirish,balki   o’z   tushunchalarini   kuzatib   borish   imkonini
ham beradi.
49 Klasterning sxematik namunasi 
50 Venn   diagrammasi   grafik   organayzer   o‘quvchi   (talaba)larda   mavzuga
nisbatan   tahliliy   yondashuv,   ayrim   qismlar   negizida   mavzuning   umumiy
mohiyatini   o‘zlashtirish (sintezlash) ko‘nikmalarini hosil qilishga yo‘naltiriladi.   U
kichik   guruhlarni   shakllantirish   asosida   aniq   sxema   bo‘yicha   amalga   oshiriladi.
Yozuv   taxtasi   o‘zaro   teng   to‘rt   bo‘lakka   ajratiladi   va   har   bir   bo‘lakka
quyidagi   sxema chiziladi:
Grafik   organayzer   o‘quvchi   (talaba)lar   tomonidan   o‘zlashtirilgan   o‘zaro
yaqin   nazariy   bilim,   ma’lumot   yoki   dalillarni   qiyosiy   tahlil   etishga   yordam   beradi.
Undan   muayyan   bo‘lim   yoki   boblar   bo‘yicha   yakuniy   darslarni   tashkil   etishda
foydalanish   yanada   samaralidir.
Uni   qo‘llash   bosqichlari   quyidagilardan   iborat:
511 2
3 Grafik   organayzerni   qo‘llash   jarayonida   har   bir   guruh   muayyan   mavzuga   oid
topshiriqlarni   bajaradi.   O‘quvchi   (talaba)larning   e’tiborlariga   quyidagi   jadvalni
taqdim   etish mumkin:
Guruhlar Diagrammaning
tartib   raqami Topshiriqlar
mazmuni
1-   guruh 1-diagramma
2-diagramma
3-diagramma
2-guruh 1-diagramma
2-diagramma
3-diagramma
3-guruh 1-diagramma
2-diagramma
3-diagramma
4-guruh 1-diagramma
2-diagramma
3-diagramma
52Liderlar guruh a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlarni 
umumlashtirib,   ѐUzuv   taxtasida   aks   etgan   diagrammani   to‘ldiradiO‘quvchi   (talaba)lar   to‘rt   guruhga   bo‘linadi
Yozuv taxtasiga topshiriqni bajarish mohiyatini   aks   ettiruvchi 
sxema   chiziladi
Har bir guruhga o‘zlashtirila	
ѐUtgan mavzu (bo‘lim, bob)   yuzasidan 
alohida   topshiriqlar beriladi
Topshiriqlar   bajarilgach,   guruh a’zolari   orasidan   liderlar   tanlanadi 2.3 “ O’zbekiston o’simliklari”   mavzusini bo‘yicha o‘quvchilarga
mo‘ljallangan keys topshiriqlari va ishlanmalarini
O’zbekiston o’simliklari .
Darsning   mazmuni:   O’zbekiston   o’simliklari   haqida   umumiy   tushuncha.
O’zbekiston   o’simliklari   o‘simliklarining   tarkib   topishi.   Tubjoy   o‘simliklari,
boshqa   joylardan   kelgan o‘simliklar. Dasht,   chala-cho‘l   o‘simliklari.
Darsning   maqsadi:   O‘quvchilarda   O’zbekiston   o’simliklari   o‘simliklari,
ularning   turlari   va   geografik   tarqalishi   haqida   umumiy   tasavvurni   hosil   qilib,   bu
boradagi bilimlarni shakllantirish.
Dars   jarayonida   hal   etilishi   zarur   bo‘lgan   vazifalar:
1. O‘quvchilarga   O’zbekiston   o’simliklari   o‘simliklarining   o‘ziga   xos
xususiyatlari   haqida   umumiy   ma’lumotlarni   berish.
2. O‘quvchilarda o‘lka o‘simliklarini hudud bo‘ylab  geografik    tarqalishi
haqida umumiy   tasavvurni   shakllantirish.
3. “O’zbekiston   o’simliklari   o‘simliklari”   mavzusi   bo‘yicha
o‘quvchilar   tomonidan   o‘zlashtirilgan   bilimlarni   interfaol   metodlar   yordamida
mustahkamlash.
4. O‘quvchilarni   mavzuni   o‘zlashtirishda   interfaol   metodlarni   tadbiq
etish   qoidalari   va   bajarilish   bosqichlari   bilan   tanishtirish.
5. O‘quvchilarda   mavzuni   mustaqil   o‘rganishda   tahliliy,   aniq
mantiqiy   fikrlashni shakllantirish.
6. Mavzuni   qaytarish,   mustahkamlash   va   bilimning   o‘zlashtirilish
darajasini   aniqlash.
7. O‘quvchilarni   berilgan   topshiriqlar   yuzasidan   tahliliy   xulosa
chiqarishga   o‘rgatish.
8. Guruhda   hamkorlikda   ishlashga   sharoit   yaratish.
Dars   jihozlari:   O’zbekiston   tabiiy   xaritasi,   o‘simliklar   xaritasi,   darslik,
tarqatma   materiallar,   mulyajlar,   7-sinf   atlasi   va   yozuvsiz   xaritasi,   internet
ma’lumotlari, tasvir, gerbariylar, qo‘shimcha   adabiyotlar.
53 Dars   jarayonida   qo‘llaniladigan   metodlar :   “Muammo”,   “Kim
chaqqon”,   “Beshinchisi   ortiqcha”   –   strategiyasi.
Darsning   rejasi:
1 O’zbekiston   o’simliklari   tekislik   qismida   o‘simliklarning   geografik
tarqalishi.
2 O’zbekiston   hududining   tog‘li   qismida   o‘simliklarning   balandlik
mintaqalari   bo‘ylab   tarqalishi.
3 O’zbekistonda   tarqalgan   noyob   o‘simliklar.
Darsning   borishi:
I. “Muammo”–   strategiyasi   yordamida   bilimlarni
o‘zlashtirish.
1   O‘qituvchi   mashg‘ulot   boshlanishidan   oldin   o‘quvchilarni   mashg‘ulotni
o‘tkazish qoidasi   bilan   tanishtiradi.
2  Ushbu   texnologiya   bir   necha   bosqichda   o‘tkazilishi   haqida   o‘quvchilarga
ma’lumot   beradi.
3   Guruhlarga   vazifalar   tarqatadi,   qo‘yilgan   vazifa   guruhlarda   bajarilishi
kerakligini   ta’kidlaydi va   muayyan vaqt   belgilaydi.
4   Topshiriq   o‘quvchilar   tomonidan   mashg‘ulot   uchun   tayyorlangan   plakat,
rasm,   afisha   yoki   biror   muammo   bayon   etilgan   matnlardan   iborat   bo‘lib,   ular
yuqoridagi   manbalardagi   materiallarni   o‘rganib,   unda   yoritilgan   muammolarni
aniqlaydi, ularni xotirada saqlab turadi yoki   daftariga   belgilab   qo‘yadilar.
5   Yangi   mavzuga   o‘quvchilar   mustaqil   tayyorlanishlari   uchun   darslik,
qo‘shimcha   adabiyot va   ma’lumotlardan   foydalanadilar.
6   O‘quvchilar   topshiriqni   individual   ravishda   bajarishlari   uchun   o‘qituvchi
tomonidan   quyidagi   jadval   taqdim   etiladi:
№ Muammo   turi Muammoning kelib  
chiqish   sabablari Muammoni hal  
qilish   yo‘llari
1. O’zbekiston    noyob   o‘simliklarini 
yo‘qolib   ketishi. Tuproqlarning    ishdan
chiqishi;
tuproqlardan  
xo‘jasizlarcha   Tuprorqlardan   
ratsional   foydalnishni
o‘rganish;
54 foydalanish;
iqlimning   o‘zgarishi;
2
3
№ Muammo   turi Muammoning kelib   chiqish
sabablari Muammoni hal   qilish
yo‘llari
1.
1. O‘quvchilar   o‘z   bilim,   ko‘nikama   va   malakalaridan   kelib   chiqqan
holda   bu   jadvalni   to‘ldiradilar.
Quyidagi   na’munalarni   keltirish   mumkin:
№ Muammo   turi Muammoning   kelib
chiqish   sabablari Muammoni hal   qilish  
yo‘llari
1. O’zbekiston   cho‘l-voha  
chegarasida  dorivor  
o‘simliklarning   yo‘qolib  
ketayotganligi. Bu hududlarga  antropogen
ta’sirning kuchayganligi. Mazkur   hududlarda   chorva
mollarini   kamroq   boqish,   do-
rivor   o‘simliklarni
muhofazaga   olish   va   h.k.
2.
II. “Kim   chaqqon”   strategiyasi   yordamida   yangi   mavzuni
o‘zlashtirish   darajasini   mustahkamlash .
Mavzu   yuzasidan   o‘quvchilar   bilimini   tekshirish   uchun   sinfdagi
o‘quvchilardan   hohlovchilar   doska   (yozuv   taxtasi)   ga   chiqadilar.   Bunda
o‘quvchilar   O’zbekistonda   tarqalgan   o‘simliklar   nomini   1   daqiqa   davomida
chaqqonlik bilan aytib berishlari kerak bo‘ladi. O‘qituvchi esa o‘simliklar   nomini
sanab turadi, yordamchi o‘quvchi esa vaqtga qarab turadi. 1 daqiqa   davomida eng
ko‘p o‘simliklar nomini aytgan o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan   rag‘batlantiriladi.
III. “Qizil   va   yashil   rangli   kartochkalar   bilan   ishlash”
texnologiyasi   yordamida bilimlarni   mustahkamlash.
Texnologiyaning   mohiyati:   o‘quvchilarga   qizil   va   rangli   kartochkalar
tarqatiladi.
O‘qituvchi   tomonidan   quyidagi   savollar   berilishi   mumkin:
55 1 Tekislikda   o‘simlik   turi   ko‘pmi?   ( Yo‘q )
2 O’zbekiston   o’simliklari   tog‘larida   3   ta   balandlik   mintaqasi   qonuniyati
saqlanib   qolganmi? ( Ha )
3 Qizg‘ish   chalov,   betaga   chala   cho‘l   o‘simliklarimi? ( Yo‘q )
4 Shuvoq,   chalov,   qo‘ng‘irbosh,   izen   chala   cho‘l   o‘simliklarimi?  ( Ha )
5 Yaltirbosh,   qarag‘an,   itbodom   dasht   o‘simliklarimi?   ( Ha )
6 Shimoliy   tekislik   qismlarini   dasht   va   chala   cho‘l   zonalari     egallaganmi?
( Ha )
I. “Beshinchisi   ortiqcha”   strategiyasi   yordamida
o‘zlashtirilgan   bilimlarni   mustahkamlash.
O‘quvchilarga   quyidagi   vazifani   bajarish   topshiriladi:   berilgan   ro‘yxatdan
mavzuga   taalluqli   bo‘lmagan   tushunchalarni   aniqlang   va   ularni   ro‘yxatdan
chiqaring,   harakatlaringiz   mohiyatini   izohlang!   Tushunchalar:
I. “Birgalikda   o‘rganamiz”   (“Koop-koop”)   –   interfaol   metodi
yordamida   bilimlarni   o‘zlashtirish.
O‘qituvchi   3-5   kishidan   iborat   bo‘lgan   kichik   guruhlarni   shakllantiradi.   Har   bir
guruhga   umumiy   mavzuning   bir   qismini   topshiriq   qilib   beradi.   Barcha   o‘quv
guruhlari faol ishlaydi. O‘qituvchi   topshiriqni   bajarish   bo‘yicha   yo‘riqnoma   beradi.
Guruh   ichida   umumiy   topshiriq   bo‘linadi.   Guruhning   hamma   a’zolari   alohida
topshiriqni   bajaradilar,   ijodiy   yondashadilar   va   mustaqil   ishlaydilar.   Guruhlar
yangidan   shakllanganda   har   bir   guruh   a’zosi   mustaqil   o‘qib   o‘rgangan   ma’ruza
matini   sinfdoshiga gapirib berishi   kerak   bo‘ladi.   O‘quvchilar   juftliklarga   bo‘linib,
bir-biri   bilan   fikr   almashadilar,   g‘oyalarini   asoslab   beradilar,   hurmat   bilan   bir-
birlarini   eshitadilar   va   hamkorlikda   muqobil   yechimni   topadilar,   topshiriq   javobini
ijodiy   yondashgan   holda   ishlab   chiqadilar.   Guruh   taqdimotini   jamoa   bo‘lib
tayyorlaydilar, og‘zaki javob beradilar. O‘qituvchi guruhlar taqdimotini   tinglaydi,
o‘z   fikr-mulohazasini   bildiradi,   baxolaydi.
XULOSA
56Dasht,   chala   cho‘l,   bo‘z,   adir,tog‘ O`zbekiston tabiiy geografiyasi kursining uslubiy asoslari atroflicha o`rganib
chiqildi.   O`zbekiston   tabiiy   geografiyasi   kursida   “O`zbekiston   o’simliklari”
mavzusini   alohida   mavzu  sifatida   ajratib  olinib    o`rganildi   va   uning   metodologik
asoslari ishlab chiqildi;
“Ven”   va   “Klaster”   metodlaridan   geografiya   ta’limining   boshqa,   shu
jumladan,   an’anaviy   ta’lim   usullari   bilan   uyg‘un   tarzda   olib   borilishini   taqoza
qiladi.   Agar   an’anaviy   ta’lim   usullari   ta’lim   oluvchilarda   geografiya   bo‘yicha
normativ   bilimlarni   shakllanishini   ta’minlashga   qaratilgan   bo‘lsa,   “Ven”   va
“Klaster” metodlari  esa  ta’lim  oluvchilarda vaziyatli  sharoitda  bilimlarni  izlashga
va   qo‘llashga   qaratilgan   bo‘lib,   ularni   yakka   va   guruhli   tarzda   bajarish   orqali
o‘zlarida yuksak intelletual qobiliyatlarni  shakllantirgan bo‘ladilar.
Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktabi   geografiya   o‘qituvchisi   tomonidan   amalga
oshiriladigan   interfaol   metodlar,   jumladan,   “Ven”   va   “Klaster”   metodlaridan
oqilona   foydalanilsa   ta’lim-tarbiya   jarayoni   ishtirokchilarning   kelgusida   mustaqil
ravishda   faoliyat   ko‘rsata   olishga   va   o‘zi   tanlagan   kasb   bo‘yicha   raqobatbardosh
kadr bo‘lib etishiga asos bo‘ladi.
Yaratayotgan   texnologik   innovatsiyalar   o’quvchilarni   motivatsiyasini,
faolligini,   ma’suliyatini   oshirishga     yo’naltirilgan   bo’lishi,   kam   vaqt   oralig’ida
yuqori  natijani ta’minlay olishiga erishish  lozim. 
O’qituvchi   o’z   sohasidagi   yangiliklar   hamda   yangi   innovatsion
texnologiyalar bilan uzluksiz tanishib borishi  va ularni   darsning   mazmuniga   va
maqsadlariga mos tushadigan turlarini tanlansh  ko’nikmasini o’zida shakllantirishi
lozim.
57 Foydalangan adabiyotlar
1. Ўзбѐкистон   Р	ѐспубликасининг   “Таълим   тўғрисида”ги   Қонуни   //
Баркамол   авлод   –   Ўзб	
ѐкистон   тараққиётининг   пойд	ѐвори.   –   Т.:   Шарқ,
1998. 20-29 б.
2. Ўзб	
ѐкистон Р	ѐспубликасининг “Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури” //
Баркамол авлод – Ўзб	
ѐкистон тараққиётининг пойд	ѐвори.   – Т.: Шарқ,
1998. 30-61 б.
3. Ўзб	
ѐкистон   Р	ѐспубликасининг   “Таълим   тўғрисида”ги   Қонуни   //   Халқ
сўзи. 2020 йил 24 с	
ѐнтябр, № 202(7704) 
4. Ўзб	
ѐкистон   р	ѐспубликаси   пр	ѐзид	ѐнтининг   2019   йил   8   октябрьдаги
“ Ўзб	
ѐкистон   р	ѐспубликаси   олo   таълим   тизимини   2030   йилгача
ривожлантириш   конц	
ѐпциясини   тасдtлаш   тўғрисида ”   ПФ-5847-сон
Фармони .
5. Азизхўжа	
ѐва Н.Н. П	ѐдагогик т	ѐхнология ва п	ѐдагогик маҳорат // Барча
мутахассислик   магистратура   йўналиши   учун   ўқув   қўлланма.   –   Т.:
ТДПУ, 2003. – 174 б.
6. Ата	
ѐва   Н.,   Сала	ѐва   М.,   Ҳасанов   С.   Умумo   п	ѐдагогика   (П	ѐдагогика
назарияси   ва   амалиёти   асослари).   Ўқув   қўлланма.   II   китоб.   Ҳ.
Бобо	
ѐвнинг умумo таҳрири асосида. – Т.: Fan va texhologiya 2013. -860
б.
7. Б	
ѐгимқулов   У.Ш.   П	ѐдагогик   таълимда   замонавo   ахборот
т	
ѐхнологияларини   жорий   этишнинг   илмo-назарo   асослари   / /
Монография. – Т.: Фан, 2007.
8. Б
ѐгимқулов   У.Ш.   П	ѐдагогик   таълимда   замонавo   ахборот
т	
ѐхнологияларини   жорий   этишнинг   илмo-назарo   асослари   / /
Монография. – Т.: Фан, 2007.
9. Ваҳобов   Ҳ.,   Зайнутдинов   А.   Г	
ѐография   ўқитиш   м	ѐтодикаси.   1-қисм
Маърузалар матни. -   Т.: Унив	
ѐрсит	ѐт, 2000.
10. Даринскo А.В. Урок г	
ѐографи в ср	ѐдной школ	ѐ. – М.: Просв	ѐ щ	ѐни	ѐ,
1984. – 144 с.
11. Ишмуҳам	
ѐдов   Р.   Таълимда   инновация   –   Т.:   Fan   va   texnogiyalar
нашриёти, 2010. 
12. Ишмуҳам
ѐдов   Р.,   Абдуқодиров   А.,   Парда	ѐв   А.   Таълимда   инновацион
т	
ѐхнологиялар   /   Таълим   муассасалари   п	ѐдагог-ўқитувчилари   учун
амалo тавсиялар. – Т.: Ист	
ѐъдод жамғармаси, 2009. – 160 б. 
13. Йўлдош	
ѐв   Ж.Ғ.,   Усмонов   С.А   П	ѐдагогик   т	ѐхнология   асослари:
Қўлланма. – Т.: Ўқитувчи, 2004. – 104 б.
14. Қурбонниёзов   Р.  Г	
ѐография  ўқитиш  м	ѐтодикаси   //  Г	ѐография  таълими
учун ўқув қўлланма.  –  Урганч.: Хоразм, 2001. – 212 б .
15. .Мўминов   О.   Г	
ѐография   таълими   м	ѐтодикаси.   //   П	ѐдагогика
институтлари   студ	
ѐнтлари   учун   қўлланма.   2   тўлдирилган   ва   қайта
ишланган нашри. – Т.: Ўқитувчи, 1986. - 208 б.
58 16. Мўминов   О.А.   Замонавo   гѐография   дарс а   қўйилад ан   талаблар:
Ўқитувчилар учун м	
ѐтодик қўлланма. – Т.: Ўқитувчи, 1990. – 72 б.
17. Муслимов   Н.А.,   Усмонбо	
ѐва     М.Ҳ.,   Сайфуров   Д.М.   Тўра	ѐв   А.Б.,
Инновацион таълим т	
ѐхнологиялари / – Т.: ТДПУ, 2015. – 208 б.
18. Никадамба	
ѐва Ҳ.Б. Г	ѐография ўқитиш м	ѐтодикаси. Услубo қўлланма.
– Т.: Мирзо Улуғб	
ѐк номидаги ЎзМУ нашриёти, 2018. – 84 б.
19. Никадамба	
ѐва Ҳ.Б. Г	ѐография ўқитиш м	ѐтодикаси. Услубo қўлланма.
– Т.: Мирзо Улуғб	
ѐк номидаги ЎзМУ нашриёти, 2018. – 84 б.
20. Никадамба	
ѐва   Ҳ.Б.,   Рўзи	ѐва   Д.И.,   Карабазов   З.А.   “Ўрта   Осиё   табo
г	
ѐографияси”ни   инт	ѐрфаол   м	ѐтодлардан   фойдаланиб   ўқитиш
м	
ѐтодикаси.   –  Т.:     Мирзо   Улуғб	ѐк   номидаги   ЎзМУ   нашриёти,   2017.  –
224 б.
21. Никадамба	
ѐва   Ҳ.Б.,   Рўзи	ѐва   Д.И.,   Карабазов   З.А.   “Ўрта   Осиё   табo
г	
ѐографияси”ни   инт	ѐрфаол   м	ѐтодлардан   фойдаланиб   ўқитиш
м	
ѐтодикаси.   –  Т.:     Мирзо   Улуғб	ѐк   номидаги   ЎзМУ   нашриёти,   2017.  –
224 б.
22. Очилов М. Янги п	
ѐдагогик т	ѐхнологиялар // Ўқув қўлланма. – Қарши.:
Насаф нашриёти, 2000 - 80 б.
23. Рўзи	
ѐва Д., Усмонбо	ѐва М., Холtова З. Инт	ѐрфаол м	ѐтодлар: моҳияти
ва қўлланилиши.  – Т.: ТДПУ, 2013.
24. Саидаҳм	
ѐдов Н. Янги п	ѐдагогик т	ѐхнологиялар (назария ва амалиёт). –
Т.: Молия нашриёти, 2003. -172 б.
25. Сайидаҳм	
ѐдов   Н.,   Абдувоҳидов   С.   Касб   таълими   ўкитувчисининг
п	
ѐдагогик   фаолияти   мод	ѐли.   –   Т.:   Fan   va   texnologiyalar   нашриёти,
2014. – 128 б.
26. Таможняя   Е.А.,Смирнова   М.С.,   Душина   И.В.   М	
ѐтодика   обуч	ѐния
г	
ѐографи:   уч	ѐбник   и   практикум   для   акад	ѐмич	ѐского   бакалавриата.   –
М.: Изд.во Юрайт, 2019. – 321 с.
27. Толипов Ў., Усмонова М. П	
ѐдагогик т	ѐхнология: назария ва амалиёт. –
Т.: Фан нашриёти, 2005. – 206 б. 
28. Хамро	
ѐва   Ф.А   Олий   таълим   муассасаларида   табo   г	ѐографик
фанларни   ўқитиш   м	
ѐтодикасини   м	ѐдиат	ѐхнологиялар   асосида
такомиллаштириш.   Дисс. автор	
ѐфѐрати. –   Т.: ЎзМУ, 2020.–120 б .
29. G‘ulomov P., Vahobov H., Baratov P., Mamatqulov M.  7-sinf Geografiya  //
O‘rta   Osiyo   tabiiy   geografiyasi .   O’zbekiston   tabiiy   geografiyasi   –
T:. O’qituvchi, 2017. – 160 b.
30. Vaxobov   H.,   Mirzamahmudov   O.T.   Geografiya   o’qitish   metodikasi   //
uslubiy qo’llanma. Namangan, NamDU, 2016.
Internet saytlar :
1. www.    ziyonet   
2. www.    nuu.uz   
3. www.    samdu    .uz   
59 4. www.lex.uz   
5. www.geografiya.uz   
60

O‘ZBEKISTON O‘SIMLIKLARI” MAVZUSINI O‘QITISHDA KLASTER VA VENN DIAGRAMMASIDAN FOYDALANISH 1

Kirish 3 I BOB O’ZBEKISTON TABIIY GEOGRAFIYASINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI ………………………………. 5 1.1 Pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etishning zaruriyati. 5 1.2 O’zbekiston tabiiy geografiyasini o’qitishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlari …………………………... 13 1.3 Pedagogik texnologiyalarning asosiy jarayonlari ……………………… 18 II BOB VEN VA KLASTER TEXNOLOGILARI ASOSIDA O’ZBEKISTON O’SIMLIKLARI MAVZUSINI O‘QITISHNING SAMARALI YO‘LLARI VA VOSITALARI ……………………… 32 2.1 O’zbekiston da hududida tarqalgan o‘simliklarini o‘rganishning ahamiyati ………………………………………………………………. 32 2.2 “ Ven ” va “Klaster” ta’lim texnologiyasi ning qo’llashning afzalliklari… 45 2.3 “ O’zbekiston o’simliklari”mavzusini bo‘yicha o‘quvchilarga mo‘ljallangan keys topshiriqlari va ishlanmalar …………………….. 53 Xulosa ..……………………………………………………………………. 57 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati …………………………………………… 5 Mundarija 2

KIRISH Bitiruv ishing dolzarbligi. Mamalakatimiz ijtimoiy –ma'naviy h ayotining barcha sa h olarida bo'lganidek, ta'lim tizimida xam keng q amrovli islo h otlar yo'lga q o'yildiki, bunda ta'lim tarbiya tizimiga, oliy ta'limning o' q uv – tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini olib kirish or q ali uning sifatini uzluksiz ravishda takomillashtirib borish, ta'lim samaradorligini ortirish talab etilmo q da. O'zbekiston Respublikasida demokratik va h u q u q iy jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning musta q il va erkin fikrlay olishi ro'y berayotgan vo q ea- h odisalarga shaxsiy munosabatini bildirishga imkon beradi. Ijtimoiy borli q da kechayotgan o'zgarishlarga nisbatan shaxsiy nu q tai nazarning shakllanishi shaxs faolligini ko'rsatuvchi mu h im ji h atlardan biridir. Q olaversa, musta q il fikr egasi bo'lgan shaxs o'z imkoniyatlari, q obiliyatini erkin namoyon eta oladi. Muvaffa q iyatli ravishda olib borilayotgan ta'limiy islo h otlarning h am asosiy ma q sadi erkin, musta q il fikriga ega barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazishdan iboratdir. Ta'lim so h alarida il g’ or texnologiyalarni q o'llash shartlaridan biri - malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasbiy ma h oratini doimiy ravishda oshirib borishga erishish ekanligidan h am anglanadiki, ijtimoiy, i q tisodiy va madaniy h ayot bir-biri bilan uzviylik, alo q adorlik h amda yaxlitlik tamoyili asosida rivojlanib boradi. Jamiyat ijtimoiy h ayotida etakchi o'rin tutgan g’ oya va q arashlar i q tisodiy ishlab chi q arish rivojiga o'z ta ’ sirini o'tkazsa, o'z navbatida, i q tisodiy o'sish a h olining madaniy turmush tarzining yaxshilanishiga olib keladi. Tabiiy ravishda zamonaviy fan-texnika yutu q laridan samarali va unumli foydalana olish vazifasi mazkur fan oldiga h am q o'yilgandir. Ayni va q tda Respublika ijtimoiy h ayotiga shiddatli tezlikda axborotlar o q imi kirib kelmo q da va keng ko'lamni q amrab olmo q da. Axborotlarni tezkor suratda q abul q ilib olish, ularni ta h lil etish, q ayta ishlash, nazariy ji h atdan umumlashtirish, xulosalash h amda o' q uvchiga etkazib berishni yo'lga q o'yish ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri h isoblanadi. 3

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida Maktablarda tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun «Yangi pedagogik texnologiyalar.. tizimidan foydalangan holda talabalarni o‘qitishni jadallashtirish»ga erishish zarur, deb qayta-qayta ta’kidlangan hamda O’zbekiston respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi ” qonunda ham o’z aksini topgan. Hozirgi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarida O‘zbekiston tabiiy geografiyasini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishni keng joriy qilish vazifalari muhim sanaladi. Bunday olib qaraganda bugungi pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimiga zamonaviy yondoshuvni shakllantirish, bo‘lajak mutaxassis shaxsidagi ijodkorlik, tadqiqotchilik, mustaqillik va innovatsion o‘qitish texnologiyalarini bilish faolligi, ko‘nikmalarini rivojlantirish maktablarda muassasalarida o‘qitiladigan umumkasbiy fanlarning muhim vazifalaridan sanaladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablairda O‘zbekiston tabiiy geografiyasi fani misolida olib boriladigan ta’lim va tarbiya jarayonlarini har tomonlama nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish va tahlil etishni dolzarbligidan dalolat beradi. Bitiruv ishi kirish, ikki bob, ettita paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat holda yoritib berilgan. Bitiruv ishida 30 ga yaqin adabiyotlardan foydalanilgan. Ishning asosiy hajmi 60 betni tashkil etadi. 4

I BOB. O’ZBEKISTON TABIIY GEOGRAFIYASINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI . 1.1 Pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etishning zaruriyati. Kelajak bugungi maktab partasiga o’tirgan voqealikni serqirra sirlarini bilishga intilayotgan yoshlar qo’lida ekan, avvalo, ular i’stedodini aniqlash, qobilyat iqtidorini rivojlantirish, intellektual zakovati, ma’naviy aqliy salohiyatini yuksaltirish dolzarb masala bo’lib xisoblanadi. Bu vazifani xal qilish uchun yoshlarni hayotga, mehnatga tayyorlashning yangi texnologiyasi, metod, usul, vositalardan foydalanish lozim bo’ladi. Qolaversa yangilangan ta’lim tizimi, mazmuni uchun eski qolipdagi metod, usullarini qo’llash, mantiqsiz hisoblash, xuddi odamning barcha kiyimlarini yangilashu, oyog’idagi poyafzalini yirtiq holda qoldirganday bo’ladi. Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish o’quvchilarning mustaqil ijodiy tafakkurini o’stirish, pedagogik jarayonda innovatsion texnologiyalardan keng va samarali foydalanishnigina emas, balki, mazkur jarayonni rejalashtiruvchisi, amalga oshiruvchisi va boshqaruvchisi bo’lgan o’qituvchining kasbiy saviyasi, kasbiy tayyorgarligini shakllantirish masalasiga chuqurroq yondashuvni talab etadi. Shu sababli mustaqillik sharoitida ta’lim- tarbiya, malakali mutaxassilar tayyorlash, shuningdek, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimiga qo’yilayotgan talablarning soni har qachongidan ortib bormoqda. Bugungi pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimiga zamonaviy yondoshuvni shakllantirish, bo’lajak mutaxassis shaxsidagi ijodkorlik, tadqiqotchilik, mustaqillik va bilish faolligi ko’nikmalarini rivojlantirish oliy ta’lim muassasalarida o’qitiladigan umumkasbiy fanlarning muhim vazifalaridan sanaladi. Bugungi kunda ta’lim tarbiya jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida qurish, ta’lim islohotlarining maktab oldiga qo’ygan muhim vazifalaridan biridir. Ta’lim tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish uchun, avvalo o’qituvchi pedagogik texnologiya tushunchasining mohiyatini bilishi va 5