logo

Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish mavzusini o’qitishda “Munosabat” metodidan foydalanish

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1252.830078125 KB
Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish mavzusini
o’qitishda “Munosabat” metodidan foydalanish  
MUNDARIJA:
I BOB. KIRISH……………………………………………………………….…3
II. BOB ASOSIY QISM
1.Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni………………………………….5
2.  Fizika fanini o`qitishda interfaol metodlardan foydalanish    ……………….7
3.  Fizikani o’qitish usullari …………………………………………………....13
4.   Atom energiya……………………………………………………………….15
5.  O’zbekistonga nima uchun Atom energetikasi zarur……………………….27
6 .   Atom   enrgiyasidan   tinchlik   maqsadida   foydalanish”   mavzusini   o‘qitishda
“Muqobil   imkoniyatlar   tanlovi”   strategiyasi   asosida   muammoli   masalalarni
tahlil qilish..............................................................................................................32
7.   Atom   energiyasi   bo‘yicha   xalqaro   agentlik     (MAGATE)   bosh   direktori
o‘rinbosari   M.Aparo   boshchiligidagi   delegatsiyaning   O‘zbekiston
Respublikasiga tashrifi……………………………………………………..……40
III. XULOSA…………………………………………………………………......42
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………....44
1 KIRISH
Jamiyatimizda   XXI   asr   ma’naviy,   tarbiyaviy ,   iqtisodiy-ijtimoiy,   texnik,
texnologik   sohalar   islohatlari   bosqichma–bosqich   amalga   oshirilmoqda.   Ayniqsa,
ta’lim-tarbiya   jarayonlarining   maqsadi   ham   pedagogik   texnologiyalar   asosida
o’tkazish,   erkin   shaxsni   tarbiyalashdan   iborat.Lekin   bu   jarayon   oson   kechmaydi.
Bugun   ixtiyoriy   tarzda   qurilayotgan   va   amaliyotga   tadbiq   etilayotgan   o’qitish
tizimini   qat’iyan   ilmiy   asoslangan   pedagogik   tizimga   aylantirish   lozim.   Ushbu
jarayonni   umuminsoniy   va   milliy   qadriyatlar   ruhi   bilan   sug’orish,   mazmunini
takomillashtirish   ijodkor   o’qituvchilar   oldida   turgan   dolzarb   vazifa   hisoblanadi.
Pedagogik   texnologiyalar   asosida   qolipda   turmagan   turli   shakllarga   tushirib   dars
o’tishni taqoza etarkan, o’qituvchilardan katta mahorat talab qiladimi?degan savol
tug’iladi.  Ushbu  savolning  yechimini  topish  uchun  o’qituvchi   quyidagilarga  amal
qilishi   zarur:   pedagogik   texnologiya   oldindan   loyihalangan   bo’lishi   va   tayyor
loyihani   amaliyotga   to’g’ri   tadbiq   eta   olishi   lozim.   Bu   esa   katta   mahorat   talab
qiladi.O’zbekiston   Respublikasi   ta’lim   to’g’risidagi   Qonun   hamda   Kadrlar
tayyorlash   milliy   Dasturida   ta’lim-tarbiyaning   sifat   va   samaradorligini   ko’tarish
maqsadida   ta’lim   mazmunini   yangilash   yosh   avlodni   aqliy   intellektual
rivojlanishini,   ta’limning   yangi   modelini   ilmiy   pedagogik   jihatdan   ta’minlangan
holda   muntazam   takomillashtirib   borish   yetakchi   vazifa   qilib   ko’tarilgan.   Fizika
o’quv fanidan ta’lim berishning umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey, kasb-hunar
kollejlarida umumiy ta’lim predmeti sifatida o’qitiladigan fizika kursining maqsadi
umumiy   o’rta   ta’lim   negizida   fizikadan   fundamental   bilim   berish,   fizik   hodisalar
va   olamning   fizik   manzarasini   ilmiy   asosda   tushuntirish   orqali   o’quvchilarning
ilmiy   dunyoqarashi   va   falsafiy   mushohada   yuritish   qobiliyatini   rivojlantirish,
nazariya   va   amaliyotning   dialektik   bog’liqligini   ochib   berish,   tabiatda   va
texnikadagi fizik jarayonlarni idrok etish salohiyatlarini oshirish, olgan bilimlarini
kundalik hayotiy  ehtiyojlarida  va  xalq xo’jaligidagi  faoliyatlari   uchun  tayyorlash,
ta’lim   olishni   davom   ettirish   uchun   zamin   yaratishni   ta’minlashdan   iborat.
O’qituvchi   fizika   darsini   tashkil   qilishda   o’qitish   usulining   turli   shakllaridan
2 (ma’ruza,   og’zaki   bayon   qilish,   masalalar   yechish,   amaliy   ish,   ko’rgazmalilik   va
boshqa   shakllardan)   foydalanishi   mumkin.   Shuningdek,   darslarni   o’tishda   dars
berishning   turli   noan’anaviy   usullaridan   bahs-munozara,   bayon,   boshqotirmalar,
elektron   qo’llanmalar   va   multimediyalardan   foydalanish   tavsiya   etiladi.   Ana
shularga   tayangan   holda   o’qituvchi   izlanuvchanlik   bilan   o’quvchilarga   fanga
bo’lgan   ijodiylik   hissini   uyg’ota   bilishi   zarur.Darslarda   o’quvchilarni   mustaqil
fikrlashlariga   turli   uslublaridan   foydalanib   erishishimiz   zarur.O’qituvchi
o’quvchida   “Menga   fizika   zarur,   uni   bilish,   hayotda   qo’llashning   uddasidan
chiqishim  kerak”-  degan intilishni  uyg’otsi  zarur.Buning uchun dasrga pedagogik
texnalogiyalarni qo’llash yaxshi natija beradi.
Pedagogik texnologiya nima?1971-yilda Yaponiyada pedagogik texnologiya
ta’lim   jarayoniga   kirib   keldi.   Pedagogik   texnologiya   bu   shahsni   o’qitish,
tarbiyalash   va   rivojlantirish   qonunlarini   o’z   ichiga   oladigan   hamda   yakuniy
natijalarini ta’minlay oladigan pedagogik faoliyatdir. Ikkinchi tamondan pedagogik
texnologiya   aqliy   rivojlanish   qonunlarini   o’z   ichiga   olgan   holda   pirovard
natijalarni   kafolatlaydigan   pedagogik   tadbirlar   yig’indisidir.   Pedagogik
texnologiya oldindan belgilab qo’yilgan aniq maqsad yo’lida o’qituvchining kasbiy
faoliyatini   yangilovchi   va   ta’limda   yakuniy   natijani   kafolatlaydigan   tadbirlar
yig’indisidir. Pedagogik texnologiyada nazariya bilan amaliyot birligini ta’minlash
pedagogik   texnologiyaning   asl   mohiyatining   ochib   beradi.   Amaliyot
o’qituvchining   guruhda   mavzu   bo’yicha   o’quv   elementlarini   tushuntirish
maqsadida bajargan ishlar yig’indisi bo’lib, o’qitish jarayonining ushbu bosqichida
tugallangan   qismini   tashkil   etadi.   Fizika   o’qitishda   quyidagilarga   ahamiyat
berilishi   kerak:   fizik   tushunchalar,   ta’rif,   formulalarni   o’rganish   va   amaliyotga
tadbiq   etish.   Fizikaga   oid   asboblar   tuzilishi   va   ularni   amaliyotga   qo’llanilishi
guruhdagi bolalar fe’li, harakteri qiziqishi aniqlanib, keyin pedagogik texnologiya
qo’llaniladi.   O’quvchini   mustaqil   fikrlashga   olib   kelishi   kerak.Ilg’or   pedagogik
texnologiyalardan   biri   –   hamkorlikda   o’qitish   katta   ahamiyat   kasb   etmoqda.
3 1.Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni
Hikoya   -   o‘qituvchi   tomonidan   mavzuga   oid   dalil,   hodisa   va   voqealarning
yaxlit   yoki   qismlarga   bo‘lib,   tasviriy   vositalar   yordamida   obrazli   tasvirlash   yo‘li
bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. 
Metodning   samarasi   ko‘p   jihatdan   o‘qituvchining   nuqt   mahorati,   so‘zlarni   o‘z
o‘rnida,   ifodali   bayon   qilishi,   shuningdek,   o‘quvchilarning   yoshi,   rivojlanish
darajasini   inobatga  olgan   holda  yondashuviga   bog‘liq.   Shu   bois   hikoya  mazmuni
o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi
zarur.   Hikoyaning   axborotlar   bilan   boyitilishi   maqsadga   muvofiqdir.Hikoya
qilinayotgan   materialni   samaralash   maxsus   reja   asosida   amalga   oshiriladi.
O‘qituvchi   har   bir   darsda   uning   maqsadini   aniq   belgilab   oladi,   undagi   asosiy
tushunchalarga  alohida  urg‘u berishga  e’tiborni   qaratadi.  Suhbat  -   savol   va javob
shaklidagi   dialogik   ta’lim   metodi   bo‘lib,   u   fanga   qadimdan   ma’lum,   xatto   undan
o‘z   faoliyatida  Suqrot   ham   mohirona  foydalangan.  Suhbat  ta’lim   jarayonida   ko‘p
funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni
shakllantiradi)   bajaradi,   ammo   asosiysi   o‘quvchida   faollikni   yuzaga   keltiradi.
Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-
bosqich egallashga imkon beradi.Suhbat - faoliyatni endigina boshlagan o‘qituvchi
uchun   murakkab   ta’lim   metodi   hisoblanadi,   binobarin,   savollarni   tayyorlash,
ularning   ketma-ketligini   ta’minlash   ko‘p   vaqt   talab   etadi,   uni   tashkil   etishda   esa
barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar
berishi,   o‘quvchilarga   ular   yuzasidan   batafsil   o‘ylash   uchun   vaqt   ajratishi,
o‘quvchilarning   javoblarini   esa   diqqatbilan   tinglashi,   zarur   o‘rinlarda   ularni
sharhlashi   lozim.   Shu   bois   suhbatda   bilish   deduktiv   yoki   induktiv   yo‘l   bilan
amalga oshadi. Deduktiv suhbat o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar,
tushunchalar,   hodisalar,   jarayonlar   asosida   tashkil   etilib,   o‘quvchilar   tahlil
yordamida   xususiy   xulosalargakeladilar.   Suhbatning   induktiv   shaklida   alohida
dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosagakelinadi.
4 Suhbat   ko‘proq   o‘quvchilarni   yangi   bilimlar   bilan   tanishtirish,   bilimlarni
tizimlashtirish   va   mustahkamlash,   nazoratni   tashkil   etish   hamda   o‘zlashtirilgan
bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni,
kirish,   yakuniy,   individual   va   guruhli   suhbattarzida   tashkil   etiladi.   Tushuntirish
o‘quv   materiali   mazmunini   isbot,   tahlil,   umumlashma,   taqqoslash   asosida
bayonqilishdir.Bu   metod   hikoyaga   nisbatan   birmuncha   keng   qo‘llaniladi.Undan
odatda,   nazariy   materiallar   hamda   murakkab   masalalarni   o‘rganishda
foydalaniladi.   Tushuntirish   jarayonida   o‘quv   materialining   bir   qadar   qiyin
unsurlari   ko‘zga   tashlanadi   va   shu   asosda   materialning   mohiyati   ochib   beriladi.
Tushuntirish   samarasi   ko‘p   hollarda   o‘qituvchining   ko‘rgazmali   vositalardan
oqilona foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’ruza - yirik hajmdagi o‘quv materialini
og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan
iborat:   qat’iy   mantiqiy   ketma-ketlik,   uzatilayotgan   axborotlarning   ko‘pligi,
bilimlar   bayonining   tizimliligi.   Maktab   ma’ruzasi   mazmunini   murakab   tizimlar,
hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va
qoidalar   tashkil   etadi.   Shu   bois   ma’ruza   maktab   sharoitida   yuqori   sinflardagina
qo‘llaniladi.Chunki   u   butun   dars   jarayonini   qamrab   olishi   mumkin.   Ma’ruza
metodi   tushuntirish   va   suhbatning   asta-sekin   kengayib   borishidan   vujudga   keladi
va bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.
Ta’lim   sifati   va   samaradorligini   ta’minlashda   ko‘rgazmali   metodlar   ham
alohida ahamiyatga ega.
Tasvir   (illyustratsiya)   metodi   namoyish   metodiga   chambarchas   bog‘liq
bo‘lsada,   didaktikada   alohida   o‘rganiladi.   Illyustratsiya   narsa,   hodisalar   va
jarayonlarni   ularning   ramziy   ko‘rinishlari   -   chizma,   port,   rasm,   fotosurat,   yassi
modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi.
Namoyish   (demonstratsiya)   metodi   o‘rganilayotgan   obyekt   harakat
dinamikasini   ochib   berishda   qo‘l   keladi   va   ayni   chog‘da   predmetning   tashqi
ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi.
5 Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi,
miqdori,   rangi,   qismlari,   ularning   o‘zaro   munosabatlari)ga   e’tibor   qaratiladi,
so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish
ko‘p   holatlarda   o‘rganilayotgan   obyektlarning   subyekti   yoki   chizmasi   yordamida
kuzatiladi.
2.Fizikani o’qitish usullari
O`qitish   metodlari   nima?   O`qituvchi   va   o`quvchilarning   birgalikdagi   va   o`zaro
bog`langan   ishlarida   foydalaniladigan   o`qitish   maqsadlariga   erishish   uchun
yo`naltirilgan faoliyat usullariga o`qitish metodlari deb atalaladi.
Fizika   darslarida   turli   ko`rinishdagi   o`qitish   metodlari:   hikoya,   tushintirish,
leksiya,   o`quvchilar   bilan   turli   suxbatlar,   o`qituvchi   tajribalarni   demonstratsiya
qilish,   hikoya   yoki   leksiyani   ishlaydigan   va   sitatik   modullar ,   plakatlar,   rasmlar,
diyopazitsiyalar va hokozalar bilan ko`rsatish teleeshittirish, magnetofonda tovush
yozish   va   video   ovoz,   o`quv   kino   filimlari,   o`quvchilarning   darslik,   labarato`riya
tajribalarini   bajarish,   jonli   tabiat   atrof   tabiatda   kuzatish   o`tkazish,   masalalar
yechish,   tarqatma   va   bosma   didaktik   materiallar   bilan   ishlash,   o`quvchilardan
induidal   va   frantal   so`rash,   yozma   mustaqil   va   konturol   ishlar,   bilimlarni
pragramali va boshqalardan foydalaniladi. 
O`qitish metodlarining har biri usullar sistemasi orqali amalga oshiriladi. O`qitish
usuli-   o`qitish   metodining   tarkibiy   qismi,   uning   bo`lagidir.   Masalan   muommoli
suxbat   a)   muommoli   vaziyatni   vujudga   keltiradigan   turli   usullardan   (muommoli
tajribani   demonstratsiya   qilish   natijasida   o’quvchilarda   bor   bo’lgan   bilimlarga
qarama qarshi bo’lgan topshiriqni bajarish suhbat davomida hayotiy tajribani ilmiy
bilimlarga   qarama-qarshiligini   aniqlash   va   boshqalar).   b)   muommoli   vaziyatda
hosil bo’lgan qarama-qarshiliklarning sababi haqida o’quvchilar aytgan gipotezalar
(taxminlar)   yo’lida   ularni   fikriy   faoliyatga   yo’naltiruvchi   turli   usullardan   (zarur
bilimlarni   aktuallashtirish   usuli,   o’xshatish   usuli   va   boshqalar.);   d)   suhbat
6 davomida   o’quvchilar   aytgan   giqotezalarni   tekshirishning   turli   usullaridan
(gipotezani   asosiy   nazariy   konsepsiyaga   mos   kelishini   tekshirish,   gipotezani
tajribada   tekshirish)   foydalanishni   taxmin   qiladi.   Xuddi   shuningdek ,
o’quvchilarning   labaratoriya   ishini   bajarishlari   ularning   bu   ishini   bajarishga   turli
usulda   tayorgarlik   ko’rganliklaridan,   labaratoriya   ishini   bajarish   jarayonida
o’quvchilarning   eksperimental   malakalarining   shakillanganligining   va   ular
bajargan   amaliy   harakat   hamda   o’lchashlarning   to’g’riligini   turli   usulda
tekshirishdan   foydalanishni   taxmin   qiladi.   Masalan,   o’quvchilarni   labaratoriya
ishini   bajarishga   tayorlash   uchun   quyidagi   usullardan   foydalanish   mumkin.   1)
o’quvchilar   nazariy   materialni   takrorlaydilar   va   labaratori   ishining   tafsilotini
darslikdan o’rganadilar. Bunda  ular  darsda  bajarishlari  lozim  bo’lgan o’lchash  va
boshqa   amaliy   ishlarning   ketma   ketligini   tushunishga   hamda   o’zlashtirib   olishga
harakat   qiladilar.   Shundan   keyin   ular   daftarga   darsning   mavzusini,   kerakli
jixozlarni   ulchash   natijalarning   jadvalini   va   boshqalarni   yozib   oladilar;   2)
o’quvchilar nazariy materialini takrorlaydilar va “labaratoriya” mazmunidagi teksli
masalani   yechadilar   (yani   asosan   ishning   bajarilish   tartibi   tasniflanadi,   “tajriba”
natijalari keltiriladi va kerakli katalikni hisoblashni bajarish ko’zda tutiladi). Shular
asosida   ular   yaqinda   bo’ladigan   labaratoriya   ishida   o’tkaziladigan   o’lchash
ishlarining   planini   tuzadilar;   3)   o’quvchalar   nazariy   materialini   takrorlaydilar   va
o’zlarining   labaratoriya   ishlarini   bajarish   tajribalariga   hamda   shunda   olgan   bilim
va qobilyatlariga tayanib, bo’lajak tajribaning mumkin bo’lgan bajarilish yo’lining
planini tuzishga harakat qiladilar.
Bu   qiyin   vazifaning   bajarilishini   yengillashtirish   uchun   o’qituvchi   (yordam
sifatida) ishda foydalanishi lozim bo’lgan asboblarni aytib berish mumkin.
Vazifani   murakkablashtirish   uchun   (kuchli   o’quvchilar   guruhi   bilan   ishlashda)
o’qituvchi   yuqori   sinf   o’qivchilariga   o’lchashning   tanlangan   metodida   natija
hatoligini   hisoblashni   va   hatolikni   kamaytrishning   mumkin   bo’lgan   yo’llarini
7 o’ylab ko’rishni, asboblarni  faqat  vazifasiga qarab emas, shu bilan birga ularning
aniqlik sinfiga ham qarab tanlashni taklif qilishi mumkin.
Shunday qilib o’qitishning har bir metodi unda foydalanilgan turli- tuman usullar
va ularni o’zaro bog’lash orqali tavsiflanishi hamda olib berilishi mumkin. O’qitish
metodlarini   takomillashtirish   ish   ko’nikmasida   faqat   yangi   metodlarni   joriy   etish
va qo’lash orqali bormay, balki o’qitish usularini takomillashtirish yo’li bilan ham
boradi.
O’qitish   metodlarini   taxlil   qilish   va   tavsiflash   qulay   bo’lish   uchun   ularni
klassifikatsiyalaydilar.   Metodlarni   ayrim   guruhlarga   bo’lishga   nima   asos   qilib
olinganiga qarab, o’qitish metodlarini turlicha klassifikatsiyalash mumkin.
Didaktikada   malumotni   o’qituvchidan   o’quvchilarga   berish   usuli   bo’yicha
metodlarni   klassifikatsiyalash   keng   qo’laniladi   bu   asos   bo’yicha   o’qitish
metodlarini   og’zakiga,   bu   o’zida   materialni   o’qituvchi   bayon   qilishni   ham,
(hikoya,   suhbat,   tushuntirish,   maruza)   shuningdek,   kitob   bilan   ishlashni   ham
ifodalaydi,   ko’rgazmalilikka   (tajribalarni   demonstratsiya   qilish,   ishlaydigan   va
statik   modellar,   plakatlar,   rasmlar   va   kino   filmlar   va   boshqalar.)   va   amaliyga
(labaratoriya tajribalarini bajarish, masala yechish va boshqalar.) bo’linadi.
Maktab   hal   etishi   lozim   bo`lgan   muhim   masalalardan   biri   o`quvchilarning   fan
asoslarini   mustaxkam   o`zlashtirishlarini   ta`minlash,   ularni   to`g`ri,   ilmiy   dunyo
qarashini   tarbiyalash,   ijodiy   bilish   qobilyatlarini   o`stirish,   o`qitishni   hayot   bilan
bog`lanishini   taminlash,   o`quvchilarning   mexnat,   ahloq   va   estetik   tarbiyalashni
yahshilash   hisoblanadi.   Bu   masalalarini   hal   etish   darajasi   maktabning   hamma
o`quv   va   tarbiya   ishlarini   tashkil   etishiga   bog`liq.   Ammo   bu   ishlarning   natijalari
sifatida   asosiy   ro`lni   dars,   hususan,   unda   foydalaniladigan   o`qitish   metodlari
o`ynaydi.
8 Mezonlar An’anaviy o’qitish Texnologik o’qitish
Maqsad Bilim   berish,   ko’nikma
shakllantirish Hamkorlikdagi faoliyat
orqali   bilim,   ko’nikma   va
malakalarni
shakllantirish
O’rganuv-
chining roli Ko’rsatmalarga bo’ysinadi;
Axborotni passiv qabul
qiladi;   axborotni   o’zlashtiradi;
o’rganish   jarayoni   uchun   qisman
mas’ul O’z   g’oyalarini   taklif   qiladi;
o’zaro   bog’langan;   faol   ishtirok
etadi;   ta’lim   jarayoniga   to’liq
mas’ul
O’qishga
qiziqtirish
(motivatsiya ) Tashqi jamiyat tomonidan
tazyiq   ko’rsatiladi   (oila,   din,   urf-
odatlar va sh.k.);
o’quvchi   o’qishning   shu   zahotlik
foydasini ko’rmaydi Ichki   qiziqtiruvchi   omillar.
O’quvchi   shu   zahotli   foydani
anglaydi
Mazmun
tanlovi O’qituvchi   nazorat   qiladi.
o’quvchi   qisman   tanlaydi   yoki
umuman   bunday   huquqqa   ega Ta’lim   mazmuni   o’quvchilar
tanlagan   muammolarini
yechishga yo’naltirilgan
9 emas
Jarayon -direktiv (ko’rsatmali) yondashuv
-talqin qiladi va baholaydi
-mavzu   bo’yicha   ko’proq   va
yaxshiroq biladi
-mutaxassislik tilida so’zlaydi - demokratik yondashuv
-tinglaydi,   qo’llab   quvvatlaydi ,
har   bir   kishining   fikri   va
g’oyalarini qabul qilishga tayyor
- o’quvchilar tilida so’zlaydi
Usullar
(metodlar ) O’quvchi dalillar, axborot oladi O’qitish   o’quvchilarning   bilim
va ko’nikmasiga asoslanadi
Qaror   qabul
qilish Qarorni o’qituvchi qabul qiladi Qaror   birgalikdagi   faoliyat
davomida   qabul   qilinadi   hamda
guruh   va   o’qituvchining
muvaffaqiyatli   hamkorligi
natijasi hisoblanadi
Faqatgina   ishonch   va   o ’ zaro   hurmat   muhiti   har   bir   o ’ quvchiga   samimiy
bo ’ lish ,  o ’ z   fikrlarini   bemalol   bayon   etish   hamda   begona   nuqtai   nazarni   egallash  –
o ’ rganishga   imkon   beradi .
O ’ quvchilar   turli   darajalarda   muloqot   qilish   ehtiyojiga   egalar   va   o ’ qituvchi  ( ta ’ lim
beruvchi ) ning   vazifasi   ushbu   ehtiyojlarni   qondirish   uchun   muhit   yaratishdan
iboratdir .   Ayrim   o ’ quvchilarda   bir - biri   bilan ,   boshqalarida   o ’ qituvchi   bilan ,
uchinchilarida   esa  –  o ’ quv   materiali   bilan   muloqot   qilishga   kuchli   ehtiyoj   tug ’ iladi .
10 Har   bir   o ’ quvchi   e ’ tirof   va   hurmatga   nisbatan   tabiiy   ehtiyojga   ega .
O ’ qituvchining   mas ’ uliyati   –   o ’ quvchilar   bir - birini   kamsitadigan ,   uyaltiradigan
emas ,  balki   bir - birining   gapiga   quloq   soladigan ,  boshqalarning   fikrini   o ’ rganadigan
va   shu   bilan   boshqalarga   hurmatini   bildiradigan   muhitni   yaratishdan   iboratdir .
O ’ qituvchi   har   bir   o ’ quvchining   dars   davomida   birgalikdagi   ishga   qo ’ shgan
hissasini   ta ’ kidlab   o ’ tishi   uchun   imkon   topishga   harakat   qilishi   lozim .
Insonda   bir   nima   qilish   va   yaxshiroq   natijalarga   erishish   bo ’ yicha   tabiiy
ehtiyoj   mavjud .   Mashg ’ ulotlar   jarayonida   o ’ quvchilar   aniq   topshiriqni
bajarayotganlarida   yaxshiroq   natijaga   erishishni   hohlaydilar . Mashg ’ ulot   jarayonida
uning   natijasi   ular   bajarayotgan   topshiriqning   mukammal   bo ’ lishiga   qanday   qilib
yordam   berishi   mumkinligini   bilmoqchi   bo ’ ladilar . Bunday   ehtiyojlarning   o ’ sib
boruvchi   chizig ’ i   mavjud ,   ya ’ ni   avval   past   darajadagi   keyin   esa   yuqori   darajadagi
ehtiyojlar .
Ta ’ lim   sifatini   yaxshilash ,   o ’ quvchilarning   intellektual   faolligini   oshirish
bugungi   kunda   pedagogikaning   bosh   vazifasi   hisoblanadi . Intellektual   faollikni
oshirishda   interaktiv   usullardan   foydalanish   yaxshi   samara   beradi . Bu   esa   ta ’ lim
jarayonida   yangiliklarni   joriy   etishni   talab   etadi .
Interaktiv   usullar   –   ( Interaction   –   inglizcha   inter - o ’ zaro ,   aktiv - harakat
ma ’ nosini   anglatadigan   so ’ zlardan   iborat )   o ’ zaro   harakat ,   yoki   hamkorlik   asosida
harakatni   bildiradi .
3. Atom energiyasi
11                       Atomlarning   markazida   joylashgan   atom   yadro-sida   sodir   bo‘ladigan
jarayonlar na-768tijasida ajralib chiqadigan energiya. Erkin protonning massasi t =
1,0076 massa atom birligi (m. a. b.)ga, erkin neytronning massasi tpq 1,0089 m. a.
b.ga tengligi tajribalarda aniqlangan. Bu qiymatlardan foydalanib atom yadrosining
massasi   aniqlanadi,   chunki   Mendeleyev   jadvalidagi   elementning   o‘rniga   qarab
yadrosida nechta proton va nechta neytron borligi ma’lum. Mas, ge-liy yadrosining
massasi   2   x   1,0076   Q   2x   1,0089   q   q   4,0330   m.   a.b.ga   teng.   Lekin   juda   aniq
o‘lchashlarga ko‘ra geliy yadrosining massasi  4,003 m. a. b.ga teng, bu esa erkin
neytron va erkin protonlar massasining umumiy og‘irligidan 0,03 m. a. b. kam, de-
mak, proton va neytronlardan atom yadrosi hosil bo‘lganda ma’lum miqdorda mas-
sa yo‘qolar ekan. Massaning bu miqdori massa defekti deyiladi. Massa defekti har
bir atomning o‘ziga xos bo‘ladi. Mac, uranda 0,07, geliyda 0,03, berilliyda 0,04 m.
a. b.ga teng. Massa  bilan energiyaning o‘zaro bog‘lanish  qonuniga  asosan  proton
va neytronlardan yadro hosil bo‘lishida energiya ajralib chiqishi yadro massasining
kamayishiga   (massa   defek-tiga)   sabab   bo‘ladi.   Elementlar   atomlarining   yadrolari
hosil bo‘lishida ajra-ladigan energiya yadrolarning bog‘lanish energiyasi deyiladi.
Turli   yadrolarning   boglanish   energiyasi   turlicha   bo‘ladi,   mas,   geliy   yadrosining
12 to‘la bog‘lanish energiyasi 28 MeV, os-zarraniki – 8,8 MeV, uran 238ning massa
soni 119, uran 238 ikkiga bo‘lin-sa, ikkala yadroning bog‘lanish energiyasi 119 x
8,6   Q   119   x   8,6   q   2047   MeV,   uran   238ning   bo‘linmasdan   oldin   boglanish
energiyasi 238x7,5 q 1785 MeV, energiyalar farqi 2047 MeV – 1785 MeV q 262
MeV,   bu   energiya   uran   yadrosi   parchalanganda   issiqlik   energi-yasi   holida   ajralib
chiqadi. Atom ener-giyasi ajralib chiqishi uchun bitta sarf-langan neytron evaziga
jarayon davomida kup yangi ney-tronlar paydo bo‘lishi ke-rak. Neitronlar kosmik
nurlar   tarkibida   tabiatda   o‘z-o‘zidan   paydo   bo‘lib   tura-di,   faqat   uni   tutib   turish
uchun sharoit yaratish kerak, shu vaqtda zanjir jarayon o‘z-o‘zidan vujudga keladi.
Elementlarning   atom   raqamlari   ortib   borishi   bilan   atom   yadrolarida   neitronlar
sonining protonlar  soniga  nisbati  ortadi. Shu sababli, uran 235 bo‘linganida hosil
bo‘lgan   parchalardagi   neytronlar   aj-ralib   chiqadi.   Neytronlar   yadroga   oson
yutiladi,   ular   yutilganida   yadro   ener-giyasi   ortadi.   Uran   235ning   har   bir   yadrosi
neytronlar   yutib   parchalanganda   taxminan   200   MeV   (1   MeVq106   ev   q   1,610~6
erg)   energiya   ajralib   chiqadi.   Atom   energiyasi   atom   reaktori   deb   ataladigan
qurilma   yordamida   ajratib   chiqariladi.Tabiiy   radioaktivlik   o‘rganilgandan   so‘ng
atom   ichida   energiyaning   katta   za-xiralari   borligi   aniqlandi.   Uran   yadrosining
bo‘linish   reaksiyasi   vaqtida   ko‘p   miqdorda   energiya   ajralib   chiqadi.   Atom
yadrolarining   bo‘linishi   kashf   qilingandan   keyin   yadro   energiyasidan   amaliy
maqsadlar   uchun   foydalanish   mumkin   bo‘ldi.   Ichki   tomonidan   ney-tronlarni
qaytaradigan   qatlam   bilan   o‘rab,   reaktorning   quvvati   oshiriladi.Kuchli
sirkulyatsiya   nasoslari   reaktordan   issiqlikni   tez   olib   turadi.Atom   yoqilg‘isi
kislorodsiz, germetik yona be-radi. Undan sayyoralararo uchishlarda va suv ostida
foydalanish  mumkin. Atom yoqilg‘isi tugun chiqarmaydi va kam joyni  egallaydi.
Atom yoqilg‘isining kon-sentratsiyasi katta, shuning uchun bunday yokdlg‘i bilan
samolyotlar   yerga   qo‘nmasdan   bir   necha   sutka   uchishi,   dengizda   kemalar   uzoq
suzib   yurishi   mumkin.   Atom   energi-yasi   zaxiralari   bitmas-tuganmas,   chunki
kelajakda   ko‘p   elementlar   atomlaridan   ham   energiya   olish   imkoni
topiladi.Kelajakda energiyaga bo‘lgan ehtiyoj yulduzlar hamda Quyosh energiyasi,
13 ya’ni   termoyadro   energiyasini   ishga   solish   yo‘li   bilan   qondiriladi.   Sintez   usuli
bilan   vodoroddan   ancha   og‘ir   element   –   geliy   olish   termoyadro   reaksiyasiga
asoslangan.   Og‘ir   vodorod,   ya’ni   deyteriy   termoyadro   energiyasi   olinadigan   xom
ashyodir.   Dunyo   okeanida   deyteriy   zaxiralari   nihoyat   769darajada   ko‘p.   Kumir,
neft,   yonuvchi   gaz,   torf   zaxiralarining   hammasini   bir   yo‘la   yondirganda   ajralib
chiqadigan   issiqlik   dunyo   okeanidagi   suvni   bor-yo‘g‘i   0,02   darajagina   isitishi
mumkin. Agar shu maqsadda  yengil elementlarning birikish reaksiyalaridan faqat
bittasi   og‘ir   vodoroddan   geliy   hosil   qilish   reaksiyasidan   foydalanilsa,   bunda   aj-
ralib   chiqadigan   energiya   dunyo   okeanini   bir   yarim   ming   qaynash   darajasigacha
isitishga yetadi.Boshqariladigan termoyadro reak-siyalari xalq xo‘jaligining barcha
tarmoqlarini uzoq davr mobaynida zarur miqdorda energiya bilan ta’min-lab turish
imkoniyatini   beradi.   Biroq   boshqariladigan   termoyadro   siteziga   energiya
olinadigan eng so‘nggi manba deb qarashxato, chunki fizika fani ixtiyorida boshqa
baquvvatroq energiya manbalari ham mavjud.Hozirgi vaqtda, mas, antiyadro hosil
qilish   uchun   sharoit   yaratish   ustida   zo‘r   berib   nazariy   tadqiqot   ishlari   olib
borilmoqda.   Antizarralar   kashf   etili-shi,   ularning   tuzilishini   hamda   yadro
zarralarining   o‘zaro   ta’sirini   o‘rganish   annigilyatsiya   jarayonida   hosil   bo‘ladigan
yangi   tur   energiya   olish   yo‘lini   aniqlab   berdi.   Annigilyatsiya   natijasida   ajra-lib
chiqadigan   yorug‘lik   nuri   energiyasi   termoyadro   sintezidagiga   qaraganda   ming
marta   ko‘proqdir.   Shuni   qayd   qilish   ke-rakki,   hozir   tadqiqotchilar   Yerda   sun’iy
yulduz moddalarini  hosil  qilish ustida  ko‘p yillardan buyon ilmiy tadqiqot  ishlari
olib   bormoqdalar.Termoyadro   reaktorining   ishga   tu-shirilishi   odamzodning
energiya muam-molarini hal etadi, energiyaga bo‘lgan ehtiyojni qanoatlantiradi.
4. Fizika fanini o`qitishda interfaol metodlardan foydalanish
O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   mahkamasining   2004   yil   9   iyuldagi   “2004-
2009-yilllarda   maktab   talimini   rivojlantirish   davlat   umummilliy   dasturini   amalga
oshirish   chora-tadbirlari   to`g`risida”gi   qarorida   5   asosiy   ustuvor   yo`nalish   bo`lib,
uning   2,3   va   4   bandlarining   ijrosi   umumiy   o`ratalim   maktablari   direktorlari   va
14 barcha fan  o`qituvchilari  qatorida fizika  fani   o`qituvchilari  zimmasiga   ham  ulkan
vazifalar   yukladi.   Bu   albatda,   fizika   fani   o`qituvchlaridan   o`z   kasblariga   ijodiy
yondashishni   va   o`quvchilarni   o`qish   bilan   birga   uqishga,   kuzatuvchanlikka
o`rgatishni   talab   qiladi.   Bunga   erisishning   ko`plab   usul   va   uslublari   bo`lib
o`qituvchi   ushbu   usulardan   qay   birini   qo`llashdan   qa`tiy   nazar   o`quvchilarga
topshirilgan vazifalarni mustaqil va aniq bajarish metodikasiga amal qilishdir.
Ma’lumki   ta’lim   jaroyonida   innovatsion   tehnalogiyalar   va   interfaol   metodlardan
tadbiq etishga qiziqish tobora keng tus olmoqda. Boisi, bunday metodlarni qo’lash
ta’lim   samaradorligini   va   tasirchanligini   oshiradi,   o’quvchilarning   o’qish
metodlarini o’stiradi. Innovatsiya so’zining ma’nosiga e’tibor bersek u (inglizcha-
innovation)   yangilik  yaratish   demakdir.Ya’ni   an’aniviy  ta’limdagi   bir   xil   tizimlar
asosida emas, balki yangiliklar asosida ta’lim jaroyining tasirchanligini oshirishga
qaratilgan ish shaklidan foydalanish demakdir.
Ta’limda   pedagogik   texnalogiyalar   asoslanish   va   innovatsiyaga   intilish,   o’quvni
faollashtirishga qaratilgan turli interfaol metodlardan foydalanish ta’lim maqsadini
samarali amalga oshirishga yordam beradi.
Dars   loyixasini   tuzishga   o’qituvchi   o’zining   ish   shakllari   va   o’quvchilarning
ko’nikmani   egallash   jarayonidagi   ishlari   doirasini   aniq   belgilab   olishi   lozim.
Shuningdek u qanday o’qitish  metodlaridan  foydalanishi  ham  muhim  ahamiyatga
ega.Bunda   ko’proq   interfaol   metodlarga   e’tiborni   qaratish   ta’lim   samaradorligini
oshiradi.
Interaktiv-interfaol   so’zi   inglizcha   ya’ni   inter-o’zaro,   aktiv-harakat   ma’nosini
anglatadi.
Interfaol   usullar-bu   o’zaro   harakat,   ya’ni   hamkorlik   asosida   o’qitish   demakdir.
Bunday   usullarning   barchasida   ham   o’qituvchi   va   o’quvchilar   o’rtasidagi
hamkorlik, o’quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati ko’zda tutiladi. Masalan,
15 biror-bir   mavzuni   o’zlashtirishga   uni   mo’dellashtirish   qismida   o’qituvchi
o’quvchilarga   mo’delni   namoyish   qilish   oldida,   aqliy   hujum   metodidan
foydalanishi   mumkun.Ya’ni   o’quvchilar   ko’nikmani   qanday   egallaganlarini   bilib,
fikrlari umumlashtiriladi.
Amaliy boshqaruv qismida o’qituvchi «hamrohinga o’rgat» metodidan foydalanish
mumkin.   Bu   metod   o’quvchilarning   o’z   faoliyatini   tanqidiy   nazorat   qilish   va
hatolarini bartaraf etishga o’rgatadi.
O’qituvchi   xohlovchilarga   bilim   metodlari   vositasida   mo’del   qismlarini   aval
tushuntiriladi,   keyin   ko’rsatiladi.   Darslarda   interfaol   usulda   o’tkazish
o’qituvchilardan   ko’p   mehnat   talab   qilsada,   o’quvchilarni   shijoatkorlikka   undab,
fikrlarini   vaqtdan   unimli   foydalangan   holda   tez,   aniq,   lo’nda   ifodalashga   zamin
yaratadi.
Talimda interfaol metodlarini qo`llashning asosiy maqsadi o`quvchilarni faol talim
olish jarayoniga jalb qilish, ularga bilish hamda izlanish malaka va ko`nikmalarni
rivojlantirish,   umumtalim   maktablari   fizika   fani   bo`yicha   o`quv   materiyallarini
puxta o`zlashtirishda faoliyatini oshirishdan iboratdir.
Interfaol metodlar o`qituvchi bilan o’quvchining faol munosabati, bir-birini to’liq
tushunishga   asoslanadi.   Interfaol   metodlarni   o’quv   jarayoniga   joriy   etishning   tub
maqsadi   –   dars   qaysi   shaklda   bo’lmasin,   qayerda   o’qitilmasin   darsda   o’qituvchi
bilan   o’quvchining   hamkorlikda   ishlashini   tashkil   etishdir.   O’qituvchi   darsda
tegishli muammolarga o’quvchilarni jalb etish, ularning harakatini faollashtirish va
natijada o’zlashtirishlarini ta’minlash lozim.
Ta’lim   jarayoniga   bilish   vazifasini   qo’yilishda   muammoli   savollar   asosiy   o’rinni
egallayda.Ular   muammoli   vaziyatlar   yaratishning   har   qanday   usullariga   tegishli
ravishda qo’yiladi. Bilishga doir savol o’quvchilar uchun muayyan darajada qiyin
bo’lishi, ulardagi mavjud bilimlarning cheklanganligini ko’rsatish va ayni vaqtda,
16 ular   bajara   oladigan   bo’lishi,   ya’ni   idrokning   hayotiy   tajribaga   va   nazariy
bilimlarning qay darajada egallanganliklariga bog’liqligini hisobga olish zarur.
Fizika   darslarida   o’qivchilarning   erkin   fikrlash   qobiliyatlarini   rivojlantirishda
“Hamkorlikda  o’qitish”   texnologiyasidan   foydalanish   yaxshi   samara   berishini   biz
o’z   tajribamizda   juda   ko’p   bora   kuzatganmiz.Chunki   fizika   fanining   har   bir
mavzusi   hoh  u   nazariy  bo’lsin,   hoh  u   amaliy  bo’lsin,   muammoli   savollarga   duch
kelasiz.
O’qituvchi o’quvchilarni   guruhlarga ajratib , ularni mos o’rinlarga joylashtirgandan
so’ng, mashg’ulotni o’tkazish tartib qoidalari va o’quvchilarini tushuntiradi, ya’ni
u   mashg’ulotni   bosqichli   bo’lishini   va   har   bir   bosqich   o’quvchilardan   diqqat
e’tiborni   talab   qilishini,   mashg’ulot   davomida   ular   guruxli   va   jam   bo`lib
ishlashlarini   aytadi.   Bunday   kayfiyat   o`quvchilarga   berilgan   topshiriqlarni
bajarishga tayor bo`lishlariga yordam beradi va bajarishga qiziqish uyg`otadi. Ana
shundan so`ng mashg`ulot jarayoni boshlanadi.
I N T E R FA O L   M E T O D L A R
Zamonaviy   ta’limni   tashkil   etishga   qo‘yiladigan   muhim   talablardan   biri   ortiqcha
ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.
Qisqa   vaqt   orasida   muayyan   nazariy   bilimlarni   o`quvchilarga   yetkazib   berish,
ularda   ma’lum   faoliyat   yuzasidan   ko‘nikma   va   malakalarni   hosil   qilish,
shuningdek,   o`quvchilar   faoliyatini   nazorat   qilish,   ular   tomonidan   egallangan
bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik
mahorat   hamda   ta’lim   jarayoniga   nisbatan   yangicha   yondashuvni   talab   etadi.
Pedagogik   texnologiya   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   sub’ektiv   xususiyatga   ega.   Qanday
shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar texnologiyalar:
—                    pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi;
—                    o‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
17 —                     o`quvchilar   tomonidan   o‘quv   predmetlari   bo‘yicha   puxta   bilimlarning
egallanishini ta’minlashi;
—                     o`quvchlarda   mustaqil,   erkin   va   ijodiy   fikrlash   ko‘nikmalarini
shakllantirishi;
—                     o`quvchilarning   o‘z   imkoniyatlarini   ro‘yobga   chiqara   olishlari   uchun
zarur shart-sharoitlarni yaratishi;
—                     pedagogik   jarayonda   demokratik   va   insonparvarlik   g‘oyalarining
ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
“FIKRIY HUJUM” METODI
Mazkur metod o‘quvchilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash,
ularni   erkin   fikr   yuritishga   rag‘batlantirish   hamda   bir   xil   fikrlash   inertsiyasidan
ozod   etish,     muayyan   mazvu   yuzasidan   rang-barang   g‘oyalarni   to‘plash,
shuningdek,   ijodiy   vazifalarni   hal   etish   jarayonining   dastlabki   bosqichida   paydo
bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rganish uchun xizmat qiladi.
“Fikriy   hujum”   metodining   asosiy   tamoyili   va   sharti   mashg‘ulotning   har   bir
ishtirokchisi   tomonidan   o‘rtaga   tashlanayotgan   fikrga   nisbatan   tanqidni   mutlaqo
ta’qiqlash,  har  qanday luqma va hazil-mutoyibalarni  rag‘batlantirishdan  iboratdir.
Bundan   ko‘zlangan   maqsad   o‘quvchilarning   mashg‘ulot   jarayonidagi   erkin
ishtirokini   ta’minlashdir.   Ta’lim   jarayonida   ushbu   metoddan   foydalanish
o‘qituvchining   pedagogik   mahorati   va   tafakkur   ko‘lamining   kengligiga   bog‘liq
bo‘ladi.
“Fikriy hujum” metodidan foydalanish chog‘ida o‘quvchilarning soni 10-15
nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir.
18 “YALPIY FIKRIY HUJUM” METODI
Metod o‘quvchilar tomonidan    yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit
yaratib   berishga   xizmat   qiladi.   Har   bir   5   yoki   6   nafar   o‘quvchilarni   o‘z   ichiga
olgan   guruhlarga   15   daqiqa   ichida   ijobiy   hal   etilishi   lozim   bo‘lgan   turli   xil
topshiriq yoki ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida
guruh a’zolaridan biri axdorot beradi.
Guruh   tomonidan   berilgan   axborot   (topshiriq   yoki   ijodiy   vazifaning   yechimi)
o‘qituvchi   va   boshqa   guruhlar   a’zolari   tomonidan   muhokama   qilinadi   va   unga
baho   beriladi.   Mashg‘ulot   yakunida   o‘qituvchi   berilgan   topshiriq   yoki   ijodiy
vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni
e’lon   qiladi.Mashg‘ulot   jarayonida   guruhlar   a’zolarining   faoliyatlari   ularning
ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi.
“FIKRLARNING SHIDDATLI    HUJUMI” METODI
Metodning mohiyati quyidagidan iborat:
—                               jamoa   orasida   muayyan   topshiriqlarni   bajarayotgan   har   bir
o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;
—                               o‘quvchilarda   ma’lum   jamoa   tomonidan   bildirilgan   fikrga   qarshi
g‘oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iborat.
“Fikrlarning   shiddatli     hujumi”   metodidan   foydalanishga   asoslangan   mashg‘ulot
quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
1-bosqich:   Ruhiy   jihatdan   bir-biriga   yaqin   bo‘lgan   o‘quvchilarni   o‘zida
biriktirilgan hamda son jihatdan teng bo‘lgan kichik guruhlarni shakllantirish;
19 2-bosqich:   Guruhlarga   hal   etish   uchun   topshirilgan   vazifa   yoki   topshiriqlar
mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash;
3-bosqich:   Guruhlar   tomonidan   muayyan   g‘oyalarning   ishlab   chiqilishi
(topshiriqlar hal etilishi);
4-bosqich:   Topshiriqlarning   yechimlarini   muhokama   etish,   ularni   to‘g‘ri   hal
etilganligiga ko‘ra turkumlarga ajratish;
5-bosqich:   Topshiriqlarning   yechimlarini   qayta   turkumlashtirish,   ya’ni   ularning
to‘g‘riligi, yechimni topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan
bayoni etilishi kabi mezonlar asosida baholash;
6-bosqich:   Dastlabki   bosqichlarda   topshiriqlarning   yechimlari   yuzasidan
bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida
yagona xulosaga kelish.
Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:
—       o‘quvchilar   tomonidan   muayyan   nazariy   bilimlarning   puxta   o‘zlashtirilishiga
erishish;
—      vaqtni iqtisod qilish;
—      har bir o‘quvchini faollikka undash;
—      ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish.
“KLASTER” METODI
Klaster   (g‘uncha,   bog‘lam)   metodi   pedagogik,   didaktik   strategiyaning   muayyan
shakli bo‘lib, u o‘quvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq o‘ylash
20 va shaxsiy  fikrlarni  bemalol   bayon etish  uchun  sharoit   yaratishga   yordam   beradi.
Mazkur   metod   turli   xil   g‘oyalar   o‘rtasidagi   aloqalar   to‘g‘risida   fikrlash
imkoniyatini   beruvchi   tuzilmani   aniqlashni   talab   etadi.“Klaster”   metodi   aniq
ob’ektga   yo‘naltirilmagan   fikrlash   shakli   sanaladi.Undan   foydalanish   inson   miya
faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod
muayyan   mavzuning   o‘quvchilar   tomonidan   chuqur     hamda   puxta
o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga
xizmat qiladi.
Stil   g‘oyasiga   muvofiq   ishlab   chiqilgan   “Klaster”   metodi   puxta   o‘ylangan
strategiya   bo‘lib,   undan   o‘quvchilar   bilan   yakka   tartibda   yoki   guruh   asosidan
tashkil   etiladigan   mashg‘ulot   jarayonida   foydalanish   mumkin.   Metod   guruh
asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar va o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan
g‘oyalarning   majmui   tarzida   namoyon     bo‘ladi.   Bu   esa   ilgari   surilgan   g‘oyalarni
umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
“Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi:
1. Nimaniki   o‘ylagan   bo‘lsangiz,   shuni   qog‘ozga   yozing.   Fikringizning   sifati
to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring.
2. Belgilangan   vaqt   nihoyasiga   yetmaguncha,   yozishdan   to‘xtamang.   Agar   ma’lum
muddat   biror   bir     g‘oyani   o‘ylay   olmasangiz,   u   holda   qog‘ozga   biror   narsaning
rasmini chiza boshlang.  Bu harakatni yangi g‘oya tug‘ulguncha davom ettiring.
3. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.
4. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar  ko‘proq yangi g‘oyalarni  ilgari  surish
hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi  o‘zaro aloqadorlikni, bog‘liqlikni ko‘rsatishga
harakat   qiling.   G‘oyalar   yig‘indisining     sifati   va   ular   o‘rtasidagi   aloqalarni
ko‘rsatishni cheklamang.
21 “TAJRIBA VOSITASIDA O‘QITISH SIKLI”     METODI
Mazkur metod quyidagi 4 omil asosida quriladi:
— reflektiv kuzatish;
— abstrakt xulosalash;
— faol tajriba olib borishga tayyorlanish;
— aniq tajriba o‘tkazish.
Yuqorida   qayd   etilgan   omillarning   har   biri   muayyan   g‘oyaga
asoslanadi.Chunonchi:
1. O‘quvchilar   uchun   mashqlar   mazmunini   tanqidiy   o‘rganish   va   ular   ustida   fikr
yuritish imkoniyatini beruvchi sharoit yarat (reflektiv kuzatish);
2. O‘quvchilarga zarur nazariy bilimlarni ber;
3. Muammo   yuzasidan   bildirilgan   fikrlarni   umumlashtirish   va   xulosalash   uchun
sharoit yarat(abstrakt xulosalash);
4. O‘quvchilarga   mukammal   shakllangan,   ayni   vaqtda   yana   bir   bor   tekshirib
chiqilishi   lozim   bo‘lgan   mashqlarni   ishlab   chiqish   imkonini   ber   (faol   tajriba   olib
borishga tayyorlanish);
5. Yakuniy   xulosani   shaxsiy   tajribadan   o‘tkaz   va   faoliyatda   undan   foydalan   (aniq
tajriba o‘tkazish).
“QORA    QUTI” METODI
Ta’lim   jarayonida   mazkur   metodni   qo‘llashdan   maqsad   o‘quvchilar   tomonidan
mavzuni   puxta  o‘zlashtirishga  erishish   bilan  birga   ularni  faollikka  undash,   ularda
hamkorlikda   ishlash,   ma’lum   vaziyatlarni   boshqarish   hamda   mantiqiy   tafakkur
22 yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Metoddan foydalanishda quyidagi
harakatlar tashkil etiladi:
—      o‘quvchilar juftlikka biriktiriladi;
—       juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi asosiy tushunchalar(tayanch so‘zlar,
sanalar, belgilar, raqamlar va . . . )ni kartochkalarga qayd etish vazifasi yuklanadi;
—       o‘qituvchi   o‘quvchilar   bilan   hamkorlikda   guruhlar   tomonidan   topshiriqning
bajarilishini tekshiradilar;
—       topshiriqni  to‘g‘ri  bajargan guruhning bir  a’zosi  o‘qituvchi  rolini  bajaradi  va
topshiriqning yechimini yozuv taxtasiga yozadi;
—       sinf   o‘quvchilari   yozuv     taxtasida   qayd   etilgan   fikrni   sharhlaydilar   (tayanch
so‘zlar, sanalar, belgilar, raqamlar va . . .qanday ma’noni anglatishini aytadilar);
—       to‘g‘ri   javob   bergan   o‘quvchi     o‘qituvchi   rolini   bajarib,   juftliklarga     mavzu
mohiyatini yorituvchi sxema, jadval yoki tasvir yaratishni topshiradi va o‘qituvchi
yordamida topshiriqning bajarilishini tekshiradi.
“QIZIL VA YASHIL RANGLI KARTOCHKALAR BILAN
ISHLASH”    METODI
O‘quvchilar   bilan   ommaviy   va   guruh   shaklda   ishlashda   ushbu   metoddan
foydalanish   ham   ijobiy   natijalarni   kafolatlaydi.   Metodni   qo‘llashda   quyidagi
harakatlar amalga oshiriladi:
—      o‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini mantiqiy ketma-
ketlikda yoritishga xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etgan maxsus kartochkalar
majmui   tayyorlanadi   (har   bir   kartochkaning   orqa   tomoniga   mavzu   mohiyatini
23 yorituvchi “yadro” tushunchaning bittadan harfi joylashtiriladi va maxsus qoplama
bilan berkitiladi);
—       har   guruhga   maxsus   kartochkalarning   alohida   majmusi   topshiriladi   va
kartochkalarni   ulardagi   tushunchalarga   asosan   mantiqiy   ketma-ketlikda
joylashtirish vazifasi yuklanadi;
—       guruhlar   tomonidan   topshiriq   bajarilib   bo‘lingach,   kartochkalarning   orqa
tomoni   o‘giriladi   va   maxsus   qoplama   ochilib,   topshiriqning   qay   darajada   to‘g‘ri
bajarilganligi aniqlanadi.
—      Agar topshiriq guruhlar tomonidan to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, yakuniy jarayonda
kartochkalar orqa tomonga o‘girilganda mavzuning mohiyotini yorituvchi “yadro”
tushuncha hosil bo‘ladi.
Metoddan foydalanishning afzalligi shundaki, bu jarayonda o‘quvchilarda mavzuni
muayyan   qismlarga   bo‘lib   o‘rganish   va   qismlar   o‘rtasidagi   mantiqiy   bog‘liqlik
hamda aloqadorlikni analiz va sintez asosida aniqlash ko‘nikmalari hosil qilinadi.
“BILAMAN. BILISHNI XOHLAYMAN. BILIB OLDIM”
METODI
Ushbu   metod   o‘quvchilarga   muayyan   mavzular   bo‘yicha   bilimlari   darajasini
baholay   olish   imkonini   beradi.   Metodni   qo‘llash   jarayonida   o‘quvchilar   bilan
guruhli   yoki   ommaviy   ishlash   mumkin.Guruh   shaklida   ishlashda   mashg‘ulot
yakunida   har   bir   guruh   tomonidan   bajarilgan   faoliyat   tahlil   etiladi.Guruhlarning
faoliyatlari quyidagi ko‘rinishda tashkil etilishi mumkin:
1. Har bir guruh umumiy sxema asosida o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni
bajaradi   va   mashg‘ulot   yakunida   guruhlarning   munosabatlari   loyiha   bandlari
bo‘yicha umumlashtiriladi;
24 2. Guruhlar   umumiy   sxemaning   alohida   bandlari   bo‘yicha     o‘qituvchi   tomonidan
berilgan topshiriqlarni bajaradi.
O‘quv   faoliyati   bevosita   yozuv   taxtasi   yoki   ish   qog‘ozida   o‘z   aksini   topgan
quyidagi sxema asosida tashkil etiladi.
Bilaman Bilishni xohlayman Bilib oldim
     
Metoddan foydalanish 3 bosqich asosida amalga oshiriladi:
1. O‘quvchilarning   o‘rganilishi   rejalashtirilayotgan   mavzu   bo‘yicha     tushunchalarga
egalik darajalari aniqlanadi.
2. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari
o‘rganiladi.
3. O‘quvchilarni mavzuga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar.
Bosqichlar bo‘yicha amalga oshirilgan harakatlarning to‘liq tafsiloti quyidagicha:
—      sinf o‘quvchilari guruhlarga biriktiriladilar;
—       o‘quvchilarning   yangi   mavzu   bo‘yicha   tushunchalarga   egalik   darajasi
o‘rganiladi;
—       o‘quvchilar  tomonidan qayd etilgan tushunchalar  loyihaning 1-bandiga yozib
boriladi;
—       o‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan
ehtiyojlari o‘rganiladi;
25 —       o‘quvchilarning   ehtiyojlari   sifatida   bayon   etilgan   tushunchalar   loyihaning   2-
bandiga yozib boriladi;
—       o‘qituvchi   yangi   mavzuga   oid   umumiy   ma’lumotlar   bilan   o‘quvchilarni
xabardor qiladi;
—      o‘quvchilar o‘zlashtirgan yangi tushunchalar aniqlanadi;
—      bayon etilgan yangi tushunchalar loyihaning 2-bandiga yozib qo‘yiladi;
—      mashg‘ulot yakunida loyiha yaratiladi.
5.  O’zbekistonga nima uchun Atom energetikasi zarur
Oliy Majlis Senatining mudofaa va   х avfsizlik
masalalari, agrar, suv   х o jaligi masalalari  vaʻ
ekologiya   qo mitalari   “Atom   energiyasidan	
ʻ
tinchlik   maqsadlarida   foydalanish
to g risida”gi   Qonunning   muhokamasiga	
ʻ ʻ
bag ishlangan yig ilish	
ʻ ʻ   o tkazdi	ʻ .
 
                      Yig ilishda   fuqarolarning  hayoti   va  sog lig ini,  jismoniy   hamda   yuridik	
ʻ ʻ ʻ
sha х slarning mol-mulkini himoya qilish, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish
ustuvorligi,   х avfsizlikning   ta’minlanishi,   yadroviy   qurol   va   boshqa   yadroviy
portlovchi   qurilmalar   ishlab   chiqarishning   taqiqlanishi   atom   energiyasidan
foydalanishning asosiy prinsiplari ekani ta’kidlandi.
             Shuningdek, yadroviy va radiatsiyaviy  х avfsizlikni ta’minlashda malakali
kadrlar   tayyorlashning   muhim   vazifalariga   bag ishlangan   konferensiya   ham	
ʻ
o tkazildi.	
ʻ
26 So zga chiqqanlar ta’kidlaganidek, yildan-yilga energiya resurslariga ehtiyoj ortibʻ
bormoqda.   Respublikamiz   energiya   manbai   sifatida   tabiiy   gazga   qaram,   chunki
aynan   shu   resursdan   foydalanish   elektr   energiyasini   ishlab   chiqarish   umumiy
hajmida   85%ni   tashkil   etadi.   Buni   inobatga   olib,   O zbekiston   Hukumati	
ʻ  
mamlakatning barqaror iqtisodiy o sishini ta’minlash uchun energetika tarmog ini	
ʻ ʻ
rivojlantirishning turli variantlarini ko rib chiqdi.	
ʻ
           Ko pgina omil va holatlar hisobga olindi - energetik 	
ʻ х avfsizlikni ta’minlash,
atrof   muhitga   uglerod   tashlanmalarini   kamaytirish,   atom   elektr   stansiyalari
faoliyatining   х avfsizlik   ko rsatkichlariga   ishonchning   ortishi,   yadro	
ʻ
energetikasining   iqtisodiy   jihatdan   samardorligi   va   raqobatbardoshligi   va
boshqalar.
          Natijada mamlakatimizda AES qurish to g risida qaror qabul qilindi. Rossiya	
ʻ ʻ
va   O zbekiston   o rtasida   Atom   energiyasi   bo yicha  	
ʻ ʻ ʻ х alqaro   agentlik
(MAGATE)ning х avfsizlik   bo yicha   barcha   talablariga   javob   beruvchi   quvvati   2	
ʻ
400   MVt   bo lgan   ikkita   energiya   blokidan   iborat   “3+”   avlod	
ʻ
atomelektrostansiyasini qurish to g risida Bitim imzolandi. Ob’yekt Jizza	
ʻ ʻ х  viloyati
Forish tumanida qurilishi rejalashtirilmoqda.
                Loyihani   amalga   oshirish   maqsadida   sohadagi   munosabatlarni   tartibga
soluvchi   qonunchilik   ishlab   chiqilmoqda,   yadroviy   va   radiatsion   х avfsizlikni
boshqarish tuzilmasi takomillashtirilmoqda.
             Prezidentning   qarori   bilan Toshkent shahrida “MIFI” Milliy yadro tadqiqot
instituti   filiali   tashkil   etildi.Rossiya   poyta х tiga   atom   energetikasi   sohasida
ma’lumot olish uchun 56 nafar talaba yuborildi.
                Radiatsiyaviy   х avfli   ob’yektlar   ishchi- х izmatchilarini   hamda   avariya-
qutqaruv tuzilmalari sha х siy tarkiblarini avariyalarni bartaraf etish bo yicha kasbiy	
ʻ
tayyorgarlikdan o tkazish choralarini ko rish lozimligi ta’kidlandi.	
ʻ ʻ
    Atom   elektr   stansiyasi   asosan   elektr   yoxud   issiqlik   energiyasi   ishlab
chiqarishga   mo‘ljallangan,   yadro   reaktori   va   boshqa   zarur   tutash
27 qurilmalarni   o‘z   ichiga   olgan   yirik   majmua   hisoblanadi.Boshqa   elektr
stansiyalaridan farqli o‘laroq AESlarda elektr quvvatini olishda ko‘mir, neft
yoki mazut emas, asosan, sayyoramizda kam tarqalgan faol radioaktiv unsur
–uran moddasidan foydalaniladi.
      O‘tgan asrning 40-yillari oxirida olimlar atom energiyasidan tinchlik maqsadida
foydalanish bo‘yicha ilk loyihalarni ishlab chiqa boshlagan va dunyodagi ilk AES
1954 yil 27 iyunda Rossiyaning Obninsk shahrida ishga tushirilgan.
      Yillar   o‘tishi,   rivojlanish,   demografik   ko‘rsatkichlarning   o‘sishi   bilan   dunyo
hamjamiyati   energetika   sanoatida   AESlarning   afzal   jihatlarini   anglab   yetayotir.
Xalqaro   atom   energiyasi   agentligining   2017   yilgi   ma’lumotlariga   ko‘ra,   bugungi
kunda   o‘ttizdan   ziyod   mamlakatda   451   energoblokka   ega   bo‘lgan   191   AES
ishlamoqda. Yadro reaktorlari AQSHda 99 ta. Fransiyada 58 yadro reaktori bo‘lib,
ular   elektr   energiyasiga   bo‘lgan   ehtiyojning   72,3   foizini   qoplaydi.   Shuningdek,
yadro   reaktorlaridan   keng   foydalanadigan   mamlakatlar   sirasiga   Rossiya   (37),
Xitoy (36), Janubiy Koreya (25) kiradi.Bundan tashqari, hozirgi kunda jahonda 60
dan ortiq yangi AESlar qurilishi mo‘ljallangan.
      Davlatimiz   rahbari   joriy   yil   10   iyul   kuni   mamlakatimizda   mutlaqo   yangi   soha
bo‘lgan atom energetikasini barpo etish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni
amalga   oshirish   masalalariga   bag‘ishlangan   yig‘ilishda   bu   sohaga   alohida   e’tibor
qaratish zamon talabi ekanini qayd etdi.
     Bugungi kunda yurtimiz aholisi soni 33 millionga chiqdi, lekin o‘tgan chorak asr
davomida   birorta   ham   qudratli   elektr   stansiyasi   qurilgani   yo‘q.   Shuning   o‘zi   bu
soha   e’tiborga   muhtoj   ekanini   ko‘rsatadi.   Hisob-kitoblarga   ko‘ra,   kishi   boshiga
energiya   ta’minoti   taxminan   30   foiz   kamaygan.   Iqtisodiyotimizni   tubdan
rivojlantirish,   yangi   quvvatlar   barpo   etishga   qat’iy   bel   bog‘laganimiz   energiyaga
28 talabni   yanada   oshiryapti.   Shunday   ekan,   o‘zimizda   mavjud   bo‘lgan   uran
xomashyosiga   tayanib,   atom   elektr   stansiyasi   qurishga   qaror   qilingani   ayni
muddaodir. So‘nggi vaqtlarda aholi turmushida shundog‘am elektr energiyasi bilan
bog‘liq   muammolar   kam   emasdi.   Ko‘rilayotgan   chora-tadbirlar,   yangi   loyihalar
asosida   xalqimiz,   yurtdoshlarimiz   uchun   keng   imkoniyatlar   yaratiladi.
      Hozirgi   paytda   dunyo   miqyosida   energiya   ta’minotining   taxminan   15   foizi
AESlar   hissasiga   to‘g‘ri   kelayotgani   hamda   rivojlangan   mamlakatlarda   bu
ko‘rsatkich juda yuqori va yildan yilga oshib borayotgani hisobga olinsa, u ba’zilar
aytayotganidek xavfli emas.
      Bugungi   kunda   mamlakatimizda   elektr   energiyasiga   bo‘lgan   talab   69   milliard
kilovatt/soatni   tashkil   etadi.   Bu   quvvatning   qariyb   85   foizi   gaz   va   ko‘mir   yoqish
orqali,   qolgan   15   foizi   GESlarda   ishlab   chiqariladi.   Buning   uchun   yiliga   16,5
milliard   kub   metr   tabiiy   gaz,   86   ming   tonna   mazut   va   2,3   million   tonna   ko‘mir
sarflanadi.   Iqtisodiy   o‘sish,   aholi   soni   va   turmush   darajasining   oshib   borishi
natijasida elektr energiyasiga talab ham ortaveradi. Bu esa yangi quvvatlar tashkil
etish zaruratini tug‘dirmoqda.
20  grammlik  uran  520  kilogrammlik  ko‘mirning  quvvatini  beradi.  Agar   masalani
hal   qilishga   bugundan   kirishmasak,   kelajak   avlod   bizni   kechirmaydi.Hozirgacha
yurtimizda   qazib   olinayotgan   uranni   chetga   sotyapmiz.Bu   noyob   xomashyoni
o‘zimizda ishlatsak, juda katta samaradorlikka erishamiz.
29    
Atom   energiyasi   ekologik   toza,   bunday   stansiyalar   zararli   is   gazini   hosil
qilmaydi.   Natijada   mamlakatimizda   tabiiy   gazni   yoqishdan   hosil   bo‘ladigan   va
atrof-muhitga   tarqaladigan   is   gazi   hajmi   yiliga   3   million   tonnagacha   kamayadi.
AESlarning   afzalligi   juda   kam   yoqilg‘idan   ulkan   miqdorda   energiya
olinishida.Aytilganidek,   bu   birinchi   navbatda   atrof-muhit   musaffoligini   saqlashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 1000 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarish
uchun oddiy issiqlik elektr stansiyalari 13 ming tonna zaharli gaz, 165 ming tonna
ko‘mir   changini   havoga   chiqaradi.   AESlarda   bunday   zararli   unsurlar   zaxiradagi
dizel   generatorlarini   ishga   tushirish   hisobiga   juda   kam   miqdorda   ajraladi.Issiqlik
elektr   stansiyalari   shuncha   miqdordagi   energiya   ishlab   chiqarish   uchun   8   million
tonna   kislorod   sarflaydi.AES   uchun   esa   kislorodning   deyarli   keragi   yo‘q.
Ammo buni shunchaki qurishning o‘zi yetarli emas.Sohaga malakali kadrlar kerak.
Shu bois bugungi kun bilimdon va malakali kadrlarni tayyorlashimizni talab etadi.
Yoshlarimiz Moskva muhandislik-fizika institutida tahsil olmoqda. O‘zbekistonda
mazkur   oliy   o‘quv   yurtining   filialini   ochish   harakati   boshlandi.   Uch   yil   ichida   4
ming   nafar   malakali   mutaxassis   tayyorlashimiz   zarur.   Umuman,   atom   elektr
30 stansiyasi  qurilishida  9  ming,  ishga   tushirilgandan   keyin  3,5  ming  kishi  ish  bilan
ta’minlanadi.
Har   tomonlama   uzoqni   ko‘zlab   rejalashtirilgan   ekologik   toza   va   zararsiz   ushbu
yirik   loyiha   mamlakatimiz   iqtisodiy   taraqqiyotiga   ulkan   hissa   qo‘shadi.   Eng
muhimi,   aholining   turmush   sharoiti   yaxshilanib,   elektr   energiyasiga   ehtiyoj
qoplanadi. Shuning o‘zi katta yutuq bo‘lishi aniq.
6. Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish  mavzusini
o’qitishda “Munosabat” metodidan foydalanish
Atom   enrgiyasidan   tinchlik   maqsadida   foydalanish”   mavzusini   o‘qitishda
“Muqobil   imkoniyatlar   tanlovi”   strategiyasi   asosida   muammoli   masalalarni
tahlil qilish
AES L arning   ishlash   prinsipi   haqida   gapirishdan   oldin   unin g   yaratilish
tarixiga   biroz   to‘xtalaylik.   1951-yilda   Sobiq   Sovet   ittifoqi   hukumati   atoqli   olim
Igor   Kurchatovga   Obninskda   dunyodagi   birinchi   AESni   yaratishga   buyruq   berdi.
Loyiha atom   energiyasidan   tinchlik   yo‘lida   foydalanishning   birinchi   rejasi   bo‘lishi
rejalashtirilgan. Atigi  3 yil  o‘tgach, ya’ni 1954-yil  26-iyul kuni 5 MVT quvvatga
ega bo‘lgan tinchlik AES ishga tushdi.
31 O‘zbekiston   Respublikasi   hududida   atom   elektrostansiyasining   ramziy
ochilishi.   (Rossiya   federatsiyasi   Prezidenti   V.   Putin   (chapda),   O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.  Mirziyoyev (o‘ngda)
O‘zbekistonda qurilayotgan AESning umumiy ko‘rinishi
Bizning   yurtimizda   ham   shu   sohada   ko‘plab   ishlar   olib   borilmoqda.   Atom
energiyasini   hosil   qilish   to‘g’risidagi   muhtaram   Prezidentimizning   2017-yil   8-
noyabrdagi   “Energiya   resurslaridan   oqilona   foydalanishni   ta’imlash   chora
32 tadbirlari   to‘g’risida“   gi   qonunning   PQ-3379   sonli   qarori   hamda   2019-yil   19-
iyuldagi   “O‘zbekiston   Respublikasida   atom   energetikasini   rivojlantirish”   chora-
tadbirlari   to‘g’risidagi   PF-5484-sonli   farmoni   O‘zbekistonda   atom
elektrostansiyasini   (AES)   qurishdan
iborat bo‘ldi.
 
Atom   elektrostansiyasining   ishlash
jarayoni   asosan,   uran   (U)   yoki
plutoniy   (Pu)   atomlari   ishtirokida
bo‘ladi.   AES   da   urandan
foydalanish   uchun   uran   rudasi   kukunga   aylantiriladi.So‘ngra   kukun   tabletka
ko‘rinishiga   keltiriladi.   U   kichik   kolbalar   gapreslanadiva   1500 o
C   haroratda   bir
necha   sutka   kuydiriladi.   Aynan   mana   shu   uran   tabletkalari   yadroviy   yadroviy
reaktorlarga   joylanadi.Bitta   reaktorda   bir   vaqtning   o‘zida   10   mlnga   yaqin   uran
tabletkalari   ishlatiladi.Uran   235   va   Plutoniy   239   izotopi   yadroviy   reaktorda
parchalanib, o‘zidan kata miqdorda issiqlik ajratib chiqaradi.
33 AES da ko‘pincha atom reaktorlarining 4 tipi qo‘llaniladi:
1. Suv- suvli; 2. Grafit-suvli; 3.Og’irsuv-suvli; 4.Grafit–gazli.
Atom   energiyasidan   tinchlik   maqsadida   foydalanish   mavzusini   yoritib
berishda “Muqobil imkoniyatlar tanlovi” metodidan foydalanish
34 Atom   energiyasidan   tinchlik   maqsadida   foydalanish   bugungi   kunda   eng   dolzarb
mavzulardan   biri   bo‘lib   hisoblanadi.   Atom   energiyasining   qolgan   energiya
turlaridan   afzal   tomonlari   anchagina.Ushbu   mavzuni   “Muqobil   imkoniyatlar
tanlovi“ metodi bo‘yicha o‘tishni qarab chiqamiz.
Strategiyani quyidagi tartibda qo‘llaymiz:
 Pedagog tomonidan o‘quvchi (talaba) lar jamoalarga ajratiladi;
 Ushbu   jamoalar   tomonidan   tayanch   va   muqobil   tushunchalar
sharhlanib, yozma holda ifodalanadi.
35AES (Salbiytomonlari)
AES 
larqurilishjoyininitanlashningo”ta
murakkabligi AES 
larniishlatishjarayonidaxavfsizliknita
’minlashningbirozmurakkabligi Ajraladigansuyuqvaqattiqradioak
tivchiqindilarnizararsizlantirishAtom energiyasidantinchlikmaqsadidafoydalanishmavzusiniyoritishda 
“Muqobilimkoniyatlartanlovi” 
metodibizgakeltirilganlardanmuqobiliniajratibolishimizuchunzaminyarat
adi
AES 
larningmln.tonnalabko’mirvaneft
mahsulaotlarinitejabqolishi Iqtisodiyjihati:mablag’ningtej
abqolinishiAES(Ijobiytomonlari)
Elektrenergiyasigabo”lganehtiy
ojnito’lig’ichaqondiraolishi
O’zigaketganxarajatningtezdaqoplanishiv
ako’pvaqtxizmatqilishiEkologiyaifloslanishingbartar
afetilishi  Har   bir   tushunchani   jamoalar   navbat   bilan   sharhlab,   o‘z
nazariyalarini isbotlashga harakat qiladilar. Tayanch tushunchalar atroflicha
yoritilib, ularga ta’rif beriladi.
 O‘qituvchi   ko‘magida   sinf   (guruh)   jamoalari   shini   tahlil
qiladilar va ular ichida teng muqobilini ajratib oladilar.
 Pedagog   har   bir   jamoa   ishini   o‘rganib   chiqadi   va   ularga   baho
beradi. Mashg’ulot yakuniga yetkaziladi.
Innovatsion   strategiyalar   ichidan   “Muqobil   imkoniyatlar   tanlovi”
strategiyasi   diqqatni   to‘g’ri   yo‘naltirishga   yordam   beradi,   o‘quvchi   (talaba)   da
mantiqiy   fikrlash   ko‘nikmalarini   to‘g’ri   rivojlantirishga   keng   imkoniyat   yaratib
beradi. Ayniqsa, pedagog uchun biror bir mavzuni  yoritishda  keltirilganlar ichida
eng   muqobilini   tanlab   olishlari   uchuno   ‘quvchi   (talaba)   larning   o‘zlari   erkin
fikrlab,  o‘z   tushunchalarini   bayon   qilishlariga   qo‘yib   berishga   imkon   beradi.  Shu
asnoda o‘quvchi(talaba)larda mustaqil tarzda muammoni hal etish, keltirilgan turli
ma’lumotlar ichidan keraklisini tanlab olish ko‘nikmasi rivojlanadi.
O'zAtom agentligi to'g'risida
O'zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Atom   energetikasini
rivojlantirish   agentligi   (keyingi   o'rinlarda   "O'zatom"   agentligi   deb   yuritiladi)
O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2018   yil   19   iyuldagi   UP-5484-sonli
"Atom   energetikasini   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to'g'risida"   gi   Farmoniga
muvofiq   tashkil   etilgan   bo'lib,   Prezident   qarori   asosida   ishlaydi.O'zbekiston
Respublikasining   2018   yil   19   iyuldagi   PQ-3870-sonli   "O'zbekiston   Respublikasi
Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Atom   energetikasini   rivojlantirish   agentligi
faoliyatini   tashkil   etish   to'g'risida"   gi   va   O'zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining   2018   yil   13   avgustdagi   qarori   O'zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi   ".
"O'zatom"   agentligi   o'z   faoliyatida   O'zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi
va   qonunlarini,   O'zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   palatalarining   qarorlarini,
36 O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   farmonlari   va   farmoyishlarini,
O'zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari   va   farmoyishlarini,
shuningdek   "O'zatom"   agentligi   to'g'risidagi   nizomni   o'z   ichiga   oladi.O'zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   2019   yil   1   fevraldagi   UP-5646-sonli   "O'zbekiston
Respublikasining   yoqilg'i-energetika   sanoatini   boshqarish   tizimini   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to'g'risida"   gi   farmoniga   muvofiq,   O'zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Atom   energiyasini   rivojlantirish
agentligi   uning   keyingi   faoliyati   bilan   O'zbekiston   Respublikasi   Energetika
vazirligi   tarkibiga   o'tkazildi.   O'zbekiston   Respublikasi   Energetika   vazirligi
huzuridagi   Atom   energiyasini   rivojlantirish   agentligiga   aylantirish.
«O zatom»   agentligining   atom   energiyasidan   tinch   foydalanish   sohasidagiʼ
asosiy vazifalari va maqsadlari:
 atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasidagi  davlat  siyosatining
ustuvor   yo nalishlari   bo yicha   taklif   tayyorlash,   shu   jumladan   normativ-huquqiy	
ʼ ʼ
hujjatlarni ishlab chiqish;
 O zbekiston   Respublikasida   atom   energetikasini   rivojlantirish   bo yicha   davlat	
ʼ ʼ
dasturlarini   ishlab   chiqish   va   amalga   oshirish,   yadro   energetikasi   sohasidagi
loyihalarni   amalga   oshirish   uchun   investitsiyalarni,   shu   jumladan   chet   el
investitsiyalarini jalb qilish;
 xalqaro   sanoat   va   ekologik   xavfsizlik   talablariga   javob   beradigan   zamonaviy
texnologiyalar   va   uskunalarni   jalb   qilgan   holda   atom   elektr   stantsiyalarini
loyihalashtirish,   qurish   va   ulardan   foydalanish   bo yicha   shartnomalar   va	
ʼ
kelishuvlar tuzish;
37  atomshunoslik   va   yadroviy   texnologiyalarni   rivojlantirish   bo yicha   kompleksʼ
chora-tadbirlarni,   fundamental   tadqiqotlar   tajriba-konstruktorlik   ishlari   va
innovatsion  ishlanmalar, ilg or   texnologiyalarni  joriy etish  loyihalarini  tayyorlash	
ʼ
va amalga oshirish;
 tadqiqot   va   energetik   yadroviy   reaktorlarning,   yadroviy   fizika   qurilmalarining,
yadro   materiallari   va   radiatsiya   manbalarining   omborlari,   radioaktiv   chiqindilarni
yo‘q qilish va xavfsiz ishlashini ta’minlash;
 boshqa   vazirliklar   va   idoralar   bilan   birgalikda   yadroviy   avariyalar   va   radiatsion
avariyalarning   oldini   olish   bo‘yicha   tadbirlar   rejasini   ishlab   chiqish   bilan
O'zbekiston Respublikasi   ob’ektlarining yadroviy va radiatsion xavfsizligi tizimini
takomillashtirish;
 yadro   materiallari   va   texnologiyalarini,   radioaktiv   materiallarni   tarqatmaslik,
jismoniy himoya qilish va yadro, radiatsiyaviy xavfsizlikni  ta’minlash  choralarini
amalga oshirish;
 kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini, shu jumladan
yetakchi xorijiy institutlarda tashkil etish;
 Atom   Energiyasi   bo‘yicha   Xalqaro   Agentlik,   atom   energiyasining   Yevropa
hamjamiyati   va   boshqa   xalqaro   tashkilotlar   bilan   xalqaro   hamkorlik   va   o‘zaro
aloqalarni amalga oshirish;
 manfaatdor   vazirliklar   va   idoralar   bilan   birgalikda   atom   energetikasi   sohasiga
xorijiy   investitsiyalar   va     ilg‘or   texnologiyalarni   jalb   qilish   maqsadida   xalqaro
moliya   institutlari,   donor   mamalakatlar,   kompaniyalar   va   banklar   bilan
hamkorlikni  rivojlantirish.
38 7.   Atom   energiyasi   bo‘yicha   xalqaro   agentlik     (MAGATE)   bosh   direktori
o‘rinbosari   M.Aparo   boshchiligidagi   delegatsiyaning   O‘zbekiston
Respublikasiga tashrifi
          Joriy   yilning   11-13   oktyabr   kunlari   M А G А TE   Bosh   direktori   o rinbosari   –ʻ
Kafolatlar   departamenti   boshlig i   Massimo  	
ʻ А paro   boshchiligidagi   delegatsiya
O zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi.	
ʻ
        “ А tom   –   tinchlik   va   taraqqiyot   uchun”   shiori   ostida   faoliyat   olib   boruvchi
M А G А TEni   ko pchlik,   BMT   tizimida   yadroviy   xavfsizlik   yo nalishida   faoliyat	
ʻ ʻ
olib   boruvchi   xalqaro   tashkilot   sifatida   yaxshi   biladi. А gentlik   o zining   a zo	
ʻ ʼ
mamlakatlari   va   ko plab   hamkorlari   bilan   birgalikda   yadro   texnologiyalaridan	
ʻ
unumli,   samarali   va   xavfsiz   foydalanish   ishlarini   butun   dunyo   bo ylab   amalga	
ʻ
oshiradi.
M А G А TEning   M. А paro   boshchiligidagi   delegatsiyasi   hamda   Sanoat   xavfsizligi
davlat   qo mitasi   vakillari   ishtrokida   rasmiy   uchrashuv   o tkazildi.Muloqot	
ʻ ʻ
davomida   atom   energiyasidan   tinchlik   yo lida   foydalanishga   doir   xalqaro	
ʻ
shartnomalar   bo yicha   O zbekiston   Respublikasining   majburiyatlari   doirasida	
ʻ ʻ
yadroviy   materiallarga   qo llaniladigan   kafolatlarning   implementatsiyasi   hamda	
ʻ
respublikamizning   yadro   energetika   dasturi   kabi   masalalar   muhokama   qilindi.
Uchrashuv   so ngida   M.	
ʻ А paro,   mehmondo stlik   va   hamkorlik   uchun	ʻ
minnatdorchiligini   izhor   etib,   O zbekistonda   atom   energetikasi   yo nalishida   olib	
ʻ ʻ
borilayotgan   ishlarni   alohida   ta kidlab   o tdi   hamda   kelajakda   mustahkam	
ʼ ʻ
aloqalarni   yanada   rivojlantirish   maqsadida   qo mita   faoliyatini   qo llab-	
ʻ ʻ
quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
           
39 Ma lumot   uchun.ʼ   O zbekiston	 Respublikasi	 Oliy	 Kengashning	 1992	 yil	ʻ
  9	
 dekabrdagi	 760-XII-son	 qarori	 bilan	 Yadro	 qurolini	 tarqatmaslik	 to g risidagi	ʻ ʼ
shartnomaga	
 qo shilgan.	ʻ
      2006	
 yilda,	 Markaziy	 Osiyoni	 yadro	 qurollaridan	 holi	 hududga	 aylantirish
yuzasidan	
 kelishuv	 imzolangan	 bo lib,	 ushbu	 tarixiy	 hujjatning	 imzolanishi	 BMT	ʻ
Bosh	
  А ssambleyasi	 va	 xalqaro	 hamjamiyat	 tomonidan	 qo llab	 quvvatlangan,	ʻ
hamda	
 xalqaro	 tinchlik	 va	 xavfsizlikni	 ta minlash	 yo lida	 qo yilgan	 muhim	 qadam	ʼ ʻ ʻ
sifatida	
 e tirof	 etilgan.	ʼ
      Sanoat
 xavfsizligi	 davlat	 qo mitasi	 yadro	 texnologiyalari	 va	 atom	 energetikasi	ʻ
ob ektlarida	
 radiatsiya	 va	 yadro	 xavfsizligi	 masalalarida	 yagona	 davlat	 siyosatini	ʼ
amalga	
 oshiriruvchi,	 nazorat	 qiluvchi	 hamda	 muvofiqlashtiruvchi,	 shuningdek,
atom	
 energiyasidan	 tinchlik	 yo lida	 foydalanish	 sohasidagi	 xalqaro	 shartnomalar	ʻ
bo yicha	
 O zbekiston	 Respublikasining	 majburiyatlari	 bajarilishini	 ta minlovchi	ʻ ʻ ʼ
vakolatli	
 organ	 etib	 belgilangan.
40                                                                               X UL O S A
              Hozirgi   kunda   ta’lim   jarayonida   innavatsion   texnologiyalar,   pedagogik   va
axborot   texnologiyalarini   o’quv   jarayonida   qo’llashga   bo’lgan   qiziqish,   e’tibor
kundan-kunga   kuchayib   bormoqda,   bunday   bo’lishining   sabablaridan   biri,   shu
vaqtgacha   an’anaviy   ta’limda   o’quvchilarni   faqat   tayyor   bilimlarni   egallashga
o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari
qidirib topishga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto hulosalarni ham o’zlari
keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. Shunga ko’ra ushbu kurs ishida xam fizikaga oid
mavzularni   innovatsion   usullarda   o’qitish   o’quvchilarni   mavzuni   ilmiy   asosda
tushunishlariga, mustaqil fikr yuritishlariga xizmat qiladi. O’qituvchi bu jarayonda
shaxsni   rivojlanishi,   shakllanishi,   bilim   olishi   va   tarbiyalanishiga   sharoit   yaratadi
va   shu   bilan   bir   qatorda   boshqaruvchilik,   yo’naltiruvchilik   funksiyasini   bajaradi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilar asosiy figuraga aylanadi.
Innovatsion   texnologiyalar   pedagogik   jarayon   hamda   o’qituvchi   va   o’quvchi
faoliyatiga   yangilik,   o’zgarishlar   kiritish   bo’lib   uni   amalga   oshirishda   asosan
interaktiv   metodlardan   to’liq   foydalaniladi.   Interaktiv   metodlar   bu-jamoa   bo’lib
ta’lim   mazmunining   tarkibiy   qismi   xisoblanadi.   Bu   metodlarning   o’ziga   hosligi
shundaki,   ular   faqat   pedagogik   va   o’quvchilarning   birgalikda   faoliyat   ko’rsatishi
orqali amalga oshiriladi.
Pedagogik   texnologiyalar   masalalari,   muammolarini   o’rganayotgan   o’qituvchilar,
ilmiy   tadqiqotchilar,   amaliyotchilarning   fikricha   pedagogik   texnologiya-bu   faqat
axborot   texnologiyasi   bilan   bog’liq,   hamda   o’qitish   jarayonida   qo’llanishi   zarur
bo’lgan   kompyuter,   masofali   o’qish   yoki   turli   xil   texnikalardan   foydalanish   deb
belgilanadi. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi-bu
o’qituvchi   va   o’quvchining   belgilangan   maqsaddan   kafolatlangan   natijaga
hamkorlikda   erishishlari   uchun   tanlagan   texnologiyalariga   bog’liq   deb
hisoblaymiz.   Ya’ni   o’qitish   jarayonida   maqsad   bo’yicha   kafolatlangan   natijaga
erishishda   qo’llaniladigan   har   bir   ta’lim   texnologiyasi   o’qituvchi   va   o’quvchi
41 o’rtasida   hamkorlik   faoliyatini   tashkil   eta   olsa   har   ikkalasi   ijobiy   natijaga   erisha
olsa, o’quv jarayonida o’qituvchi-o’quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay
olsalar, izlansalar,   tahlil eta olsalar , o’zlari hulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga,
guruh   esa   ularga   baho   berilsa   o’qituvchi   esa   ularning   bunday   faolliklari   uchun
imkoniyat va sharoit yarata oladi. Bizning fikrimizcha ana shu, o’qish jarayonining
asosi   xisoblanadi,   Har   bir   dars,   mavzu   o’quv   predmetining   o’ziga   xos
texnologiyasi   bor   ya’ni   o’quv   jarayonidagi   pedagogik   texnologiya-bu   yakka
tartibdagi   jarayon   bo’lib,   u   o’quvchining   ehtiyojidan   kelib   chiqqan   holda
yo’naltirilgan,   oldindan   loyihalashtirilgan   va   kafolatlangan   natija   berishiga
qaratilgan   pedagogik   jarayondir.   O’qituvchi   va   o’quvchining   maqsaddan   natijaga
erishishida   qanday   texnologiyani   tanlashlari   ular   ixtiyorida,   chunki   har   ikkala
tomonning   asosiy   maqsadi   aniq   natijaga   erishishga   qaratilgan,   bunda
o’quvchilarning   bilim   saviyasi,   guruh   xarakteri,   sharoitga   qarab   ishlatiladigan
texnologiya   tanlanadi,   masalan,   natijaga   erishish   uchun   balkim,   kompyuter   bilan
ishlash   lozimdir,   balkim   film   tarqatma   material,   chizma   va   plakatlar,   turli
adabiyotlar,   axborot   texnologiyasi   kerak   bo’lar,   bular   o’qituvchi   va   o’quvchiga
bog’liq.   Yangi   pedagogik   texnologiya   jarayon,   bu   jarayonni   darslarda   qo’llaymiz
darslarni amaliy mashq mustaqil  ishlash, guruhlash, tanlovlar, aqliy hujum, baxs-
munozra va boshqa usullarni mavzuga mos qilib o’quvchilarga o’rgatishimiz ular
faolligini oshiradi.
42 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. I.A.Karimov. Barkamol avlod orzusi. T., Sharq, 1999
2. I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat –  е ngilmas kuch. T.: Ma'naviyat, 2008
3. Karimov I.A. Ta’lim – tarbiya tizimini tubdan isloh qilish borasida
fikr va mulohazalari.
4. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’lim va tarbiyada innovatsion
texnologiyalar amaliyoti – T.: Iste’dod, 2010.- b.
5. Golish  L.V, Fayzullayeva  D.M.  Pedagogik  texnologiyalarni  loyihalashtirish  va
rejalashtirish. TDIU. Toshkent. 2010.
6.   Yusupov   A.,   N.Turdiyev   “Fizika:   9-sinf   o’qituvchilari   uchun   metodik
qo’llanma”-Toshkent- “Ma’naviyat”-2003 yil
7.   Kamoliddinov.M,   Vaxobjonov.B   “Innovatsion   pedagogik   texnologiyalar”.
“Talqin”. Toshkent. 2010.
8. XXI asr pedagogikasining dolzarb vazifalari. //Xalq ta’limi, 2007. – №2,
9. N.N.Ne’matova Guruhlarni tashkil etishni interfaol metodlari. Buxoro 2008 yil.
10. Ne’matova N.N. Fizikadan ma’ruzalar matni. Buxoro-XXI asr
11.   Haydarova   O.Q.Bo‘lajak   o‘qituvchilarni   innovatsion   faoliyatga   tayyorlash.
Qarshi, Nasaf, 2008.
12.   Fizikani   o’qitishda   innovatsion   texnologiyalar   fanining   majmuasi.   Jizzax.
2014y
13. O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risidagi qonun» –   Toshkent ,
43 1997.
14. H. Mamadiyorov Maktabda issiqlik hodisalari va molekulyar fizikani o’rganish
15. Yosh fiziklar ensiklopediyasi. Toshkent O’qituvchi 77 y
16.  Innovatsionstrategiyalardanfizikanio‘qitishdafoydalanishmetodikasi :  
O‘quv qo‘llanm O. Quvondiqov; 
44

Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish mavzusini o’qitishda “Munosabat” metodidan foydalanish MUNDARIJA: I BOB. KIRISH……………………………………………………………….…3 II. BOB ASOSIY QISM 1.Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni………………………………….5 2. Fizika fanini o`qitishda interfaol metodlardan foydalanish ……………….7 3. Fizikani o’qitish usullari …………………………………………………....13 4. Atom energiya……………………………………………………………….15 5. O’zbekistonga nima uchun Atom energetikasi zarur……………………….27 6 . Atom enrgiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish” mavzusini o‘qitishda “Muqobil imkoniyatlar tanlovi” strategiyasi asosida muammoli masalalarni tahlil qilish..............................................................................................................32 7. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori o‘rinbosari M.Aparo boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi……………………………………………………..……40 III. XULOSA…………………………………………………………………......42 IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………....44 1

KIRISH Jamiyatimizda XXI asr ma’naviy, tarbiyaviy , iqtisodiy-ijtimoiy, texnik, texnologik sohalar islohatlari bosqichma–bosqich amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’lim-tarbiya jarayonlarining maqsadi ham pedagogik texnologiyalar asosida o’tkazish, erkin shaxsni tarbiyalashdan iborat.Lekin bu jarayon oson kechmaydi. Bugun ixtiyoriy tarzda qurilayotgan va amaliyotga tadbiq etilayotgan o’qitish tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish lozim. Ushbu jarayonni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhi bilan sug’orish, mazmunini takomillashtirish ijodkor o’qituvchilar oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. Pedagogik texnologiyalar asosida qolipda turmagan turli shakllarga tushirib dars o’tishni taqoza etarkan, o’qituvchilardan katta mahorat talab qiladimi?degan savol tug’iladi. Ushbu savolning yechimini topish uchun o’qituvchi quyidagilarga amal qilishi zarur: pedagogik texnologiya oldindan loyihalangan bo’lishi va tayyor loyihani amaliyotga to’g’ri tadbiq eta olishi lozim. Bu esa katta mahorat talab qiladi.O’zbekiston Respublikasi ta’lim to’g’risidagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy Dasturida ta’lim-tarbiyaning sifat va samaradorligini ko’tarish maqsadida ta’lim mazmunini yangilash yosh avlodni aqliy intellektual rivojlanishini, ta’limning yangi modelini ilmiy pedagogik jihatdan ta’minlangan holda muntazam takomillashtirib borish yetakchi vazifa qilib ko’tarilgan. Fizika o’quv fanidan ta’lim berishning umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida umumiy ta’lim predmeti sifatida o’qitiladigan fizika kursining maqsadi umumiy o’rta ta’lim negizida fizikadan fundamental bilim berish, fizik hodisalar va olamning fizik manzarasini ilmiy asosda tushuntirish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va falsafiy mushohada yuritish qobiliyatini rivojlantirish, nazariya va amaliyotning dialektik bog’liqligini ochib berish, tabiatda va texnikadagi fizik jarayonlarni idrok etish salohiyatlarini oshirish, olgan bilimlarini kundalik hayotiy ehtiyojlarida va xalq xo’jaligidagi faoliyatlari uchun tayyorlash, ta’lim olishni davom ettirish uchun zamin yaratishni ta’minlashdan iborat. O’qituvchi fizika darsini tashkil qilishda o’qitish usulining turli shakllaridan 2

(ma’ruza, og’zaki bayon qilish, masalalar yechish, amaliy ish, ko’rgazmalilik va boshqa shakllardan) foydalanishi mumkin. Shuningdek, darslarni o’tishda dars berishning turli noan’anaviy usullaridan bahs-munozara, bayon, boshqotirmalar, elektron qo’llanmalar va multimediyalardan foydalanish tavsiya etiladi. Ana shularga tayangan holda o’qituvchi izlanuvchanlik bilan o’quvchilarga fanga bo’lgan ijodiylik hissini uyg’ota bilishi zarur.Darslarda o’quvchilarni mustaqil fikrlashlariga turli uslublaridan foydalanib erishishimiz zarur.O’qituvchi o’quvchida “Menga fizika zarur, uni bilish, hayotda qo’llashning uddasidan chiqishim kerak”- degan intilishni uyg’otsi zarur.Buning uchun dasrga pedagogik texnalogiyalarni qo’llash yaxshi natija beradi. Pedagogik texnologiya nima?1971-yilda Yaponiyada pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga kirib keldi. Pedagogik texnologiya bu shahsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o’z ichiga oladigan hamda yakuniy natijalarini ta’minlay oladigan pedagogik faoliyatdir. Ikkinchi tamondan pedagogik texnologiya aqliy rivojlanish qonunlarini o’z ichiga olgan holda pirovard natijalarni kafolatlaydigan pedagogik tadbirlar yig’indisidir. Pedagogik texnologiya oldindan belgilab qo’yilgan aniq maqsad yo’lida o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar yig’indisidir. Pedagogik texnologiyada nazariya bilan amaliyot birligini ta’minlash pedagogik texnologiyaning asl mohiyatining ochib beradi. Amaliyot o’qituvchining guruhda mavzu bo’yicha o’quv elementlarini tushuntirish maqsadida bajargan ishlar yig’indisi bo’lib, o’qitish jarayonining ushbu bosqichida tugallangan qismini tashkil etadi. Fizika o’qitishda quyidagilarga ahamiyat berilishi kerak: fizik tushunchalar, ta’rif, formulalarni o’rganish va amaliyotga tadbiq etish. Fizikaga oid asboblar tuzilishi va ularni amaliyotga qo’llanilishi guruhdagi bolalar fe’li, harakteri qiziqishi aniqlanib, keyin pedagogik texnologiya qo’llaniladi. O’quvchini mustaqil fikrlashga olib kelishi kerak.Ilg’or pedagogik texnologiyalardan biri – hamkorlikda o’qitish katta ahamiyat kasb etmoqda. 3

1.Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni Hikoya - o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga e’tiborni qaratadi. Suhbat - savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma- bosqich egallashga imkon beradi.Suhbat - faoliyatni endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o‘quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa diqqatbilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalargakeladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosagakelinadi. 4

Suhbat ko‘proq o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbattarzida tashkil etiladi. Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayonqilishdir.Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi.Undan odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’ruza - yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi.Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi. Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega. Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari - chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi. Namoyish (demonstratsiya) metodi o‘rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi. 5