OʻZBEK TILIDA KELISHIKLAR KATEGORIYASINI O‘QITISHDA GRAFIK ORGANAYZERLARDAN FOYDALANISH
O ZBEK TILIDA KELISHIKLAR KATEGORIYASINI O‘QITISHDA GRAFIKʻ ORGANAYZERLARDAN FOYDALANISH Mundarija : KIRISH…………………………………………………………………………..5 I BOB. O’ZBEK TILIDA KELISHIKLAR KATEGORIYASINI O’QITISHNING NAZARIY MASALALARI 1.1. O’zbek tilida kelishiklar kategoriyasining nazariy asoslari………………….8 1.2. Grafik organayzerlardan foydalanish metodologiyasi ………………………20 Bob bo‘yicha xulosa…………………………………………………...................29 II BOB . GRAFIK ORGANAYZERLAR ASOSIDA O’ZBEK TILIDA KELISHIKLAR KATEGORIYASINI O’QITISHNING PEDAGOGIK SAMARADORLIGI 2.1 Grafik organayzerlarning mavzuni o’rgatish va o’zlashtirishdagi ahamiyati...30 2.2. Kelishik kategoriyasi turlarini o’qitishda grafik organayzerlarning ustuvorligi …………………………………………………………………………………….37 Bob bo‘yicha xulosa………………………………………………………………48 III BOB . PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARINI O’TKAZISH 3.1. Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, o’tkazishning maqsadi va vazifalari ………………………………………………………………………….49 3.2. Pedagogik tajriba-sinov ishlarida qo’llanilgan grafik organayzerlar, topshiriqlar, mashqlar va testlar natijalari va statistik tahlili ……………………..53 Bob bo‘yicha xulosa………………………………………………………………74 XULOSA ………………………………………………………………………..75 ADABIYOTLARRO‘YXATI…………………………………………………...78 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi va uning asoslanishi . Yangi tahrirdagi davlat ta’lim standartlarida Ona tili ta’limiga nafaqat o‘quv predmeti, balki butun ta’lim tizimi jarayonini uyushtiruvchi fan sifatida qarash lozimligi e’tirof etiladi. Shu bois Ona tili ta’limi jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash dolzarb vazifalardan etib belgilangan. Ta’lim jarayoniga yangi o‘qitish texnologiyalari va faol metodlar, grafik organayzerlarini qo‘llash orqali bo‘lajak kadrlarning ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, yangi bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini rivojlantirishga erishish mumkin. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan shaxsgina o‘z muammolarini o‘zi mustaqil hal qila oladi va jamiyatda o‘z mavqeiga ega bo‘ladi. Bunday qobiliyat esa ta’lim muassasalarida shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoev ta’kidlaganidek: « Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin: Ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, ... ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada…» 1 . Hozirgi paytda respublikamizda yetuk mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash bo‘yicha qator pedagogik izlanishlar olib borilmoqda. Bu izlanishlarning aksariyatida pedagog olimlar, amaliyotchi va tadqiqotchilarning diqqat e’tibori o‘qitish maqsadi va uning natijalariga erishishga, ta’limni texnologiyalashtirish, grafik organayzerlar orqali sifatli o‘qitishni tashkil etishga, 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridan 2
shuningdek, ilmiy asoslangan zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishga yo‘naltirilgan. Ishining obyekti va predmeti – “Grafik organayzerlar asosida “O‘zbek tilida kelishik kategoriyasi” mavzusini o‘qitish”da innovatsion texnologiyalardan foydalanish jarayoni, mazmuni va amaliy-texnologik jihatlari. Dars mashg‘ulotlari, xususan “O‘zbek tilida kelishiklar” mavzusini o‘qitishga doir grafik organayzerlar dan foydalanish tashkil qiladi. An’anaviy o‘qitish tizimida ta’lim oluvchining pedagogik ta’sirlar ostida bilim olishi yotadi, bunda o‘quvchi va talabaning faoliyati faol ijodiy xarakterga ega bo‘lmaydi. Turli predmetlarni o‘qitishda yangi pedagogik, innovatsion, interfaol texnologiyalari, shu jumladan, turli jadvallarga asoslangan ta’lim, an’anaviy ta’limga qaraganda ancha yuqori samara berishi kun sayin o‘z tasdig‘ini topmoqda. Mazkur texnologiyalar talabalarning bilish imkoniyatlarini, ijodiy qobiliyatlarini va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishi, ularni mustaqil fikr yuritishini tashkil etishda samara berishi kun sayin aniqlanmoqda. Dissertatsiyaning maqsadi: “Grafik organayzerlar asosida “O‘zbek tilida kelishik kategoriyasi” mavzusini o‘qitish” metodlarini aniqlashtirish. Grafik organayzerlar ta’lim mazmunining barcha (bilim, ko‘nikma, malaka, ijodiy faoliyat) komponentlarini o‘zlashtirishga ijobiy ta’sir etadi. Ular o‘quvchilar va talabalarni maxsus fanlar uchun juda muhim bo‘lgan holatlar, ya’ni mustaqil muammoni ko‘rish, uni ifodalash, yechish yo‘llarini topish va o‘rganishga imkoniyat beradi. Ish n ing vazifalari: Konseptual jadvallarning pedagogik-psixologik o‘ziga xosliklarini yoritib berish. “Grafik organayzer asosida “O‘zbek tilida kelishik kategoriyasi” mavzusini o‘qitish”ning didaktik imkoniyatlarini aniqlash hamda mashg‘ulotlarni grafik organayzerlar asosida tashkil etishning mohiyati va mazmunini ochib berish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 3
1. O‘zbek tilshunosligida kelishiklar kategoriyasiga oid ilmiy va amaliy tadqiqotlar tavsifi va tahlili beriladi, kelishik kategoriyasining o‘ziga xos xususiyatlari faktik misollar asosida o‘rganiladi . 2. Ot so‘z turkumiga oid bo‘lgan kelishiklar kategoriyasini o‘qitish jarayonida grafik organayzerlar dan foydalanish ning mazmun va mohiyatini yoriti ladi. 3. Grafik organayzerlar ni ta’lim jarayonida qo‘llashning qulayligi, zaruriyati va ahamiyati asoslanadi hamda t a’lim tizimida fanlarni o‘qitishda grafik organayzerlarni o‘quv jarayoniga kiritish yuqori samara berishi, o‘quv jarayonini kontseptual jadval , grafik organayzerlar yordamida tashkil qilish bilim oluvchi uchun keng imkoniyatlar yarat ishi kabi masalalar o‘rganiladi . 4. Zamonaviy ta’lim jarayonida grafik organayzerlar dan maqsadli foydalanishda zarur bo‘lgan kompetentlik jihatlari ko rsatiladi. ʻ G rafik organayzerlar asosida “O‘zbek tilida kelishik kategoriyasi” mavzusini o‘qitish uslubiyatini ishlab chiqildi, amaliyotda qo‘llash hamda har bir kelishikni o’rgatishga doir topshiriqlar shakllantirildi . Magistrlik dissertatsiyani tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va normativ huquqiy hujjatlarning qisqacha o‘zaro tahlili: ishga tegishli grammatik, psixologik, pedagogik va metodik adabiyotlar hamda me’yoriy hujjatlar tahlili, pedagogik kuzatish, pedagogik eksperiment amalga oshirildi. Tadqiqotning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», tadqiqot mavzusiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Davlat ta’lim standartlari, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Nizomlari va buyruqlari; o‘zbek tili grammatikasiga doir darsliklar va ilmiy tadqiqotlar va grafik organayzerlari o‘qitish nazariyasiga oid fundamental tadqiqotlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodikalar; 4
uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish kontseptsiyasi. Magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy ahamiyati : t adqiqot natijasida ot so‘z turkumi, o‘zbek tilida kelishiklar mavzulari berilgan ona tili darsliklari, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanining “Grafik organayzerlar asosida “O‘zbek tilida kelishik kategoriyasi” mavzusini o‘qitish”ning nazariy, amaliy- texnologik jihatlari takomillashtirildi. Magistrlik dissertatsiyasi tuzilmasining tavsifi. kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 5