SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGANISH BILAN BOG‘LIQ HOLDA SO‘Z BIRIKMASI VA GAP TUZISHGA O‘RGATISH USULLARI
SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGANISH BILAN BOG‘LIQ HOLDA SO‘Z BIRIKMASI VA GAP TUZISHGA O‘RGATISH USULLARI MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………………………..3 I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGATISH METODIKASI 1.1. So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asoslari………6 1.2. So‘z birikmasi va gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish …………………………………………………………………………………….19 II BOB. SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGANISH BILAN BOG‘LIQ HOLDA SO‘Z BIRIKMASI VA GAP TUZISHGA O‘RGATISH USULLARI 2.1. So‘z birikmasi va gap ustida ishlash ………………………………….28 2.2. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida so‘z birikmasi va gap tuzish bo‘yicha didaktik o‘yinlardan foydalanish………………………………………..37 2.3. Dars ishlanma…………………………………………………………..52 III BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINING TAHLILI VA NATIJALARI 3.1. Tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazish metodikasi............57 3.2. Tajriba-sinov ishlari tahlili va yakuniy natijalari…………………...….57 XULOSA …………………………………………………………………...64 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ……………………65 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Mustaqillik yillarida ta’lim jarayonini mazmunan boyitish, zamonaviy dars shakllarini joriy etish, ularni zamon talablariga mos holda qo‘llash, ilmiy tahlil qilish va haqqoniy yoritish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019- yil 15- iyun kuni O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi quriladigan hududga tashrif buyurganida, “Hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix hech qayerda yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak” [I.7.3], - deb ta’kidlagan edi. Maktabda o‘quv predmeti sifatida tilni o‘rgatish tizimi tilning barcha tomonlarini, fonetikasi, leksikasi, so‘z yasalishi va grammatikasining o‘zaro ichki bog‘lanishlariga asoslanadi. So‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish. O‘quvchilar shu paytgacha foydalanib kelayotgan so‘zlarning ma’nosini aniq tushunishga erishish, bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini oshirish hisoblanadi. Bu vazifalarni hal etish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga so‘z birikmasi va gap tuzishga o‘rgatish usullari ham keng targ‘ib qilinadi. O‘quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini shakllantirsh, atrof-muhit haqidagi bilimlarni boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o‘stirish vazifasi ham amalga oshiriladi. Ona tili darslari ijtimoiy foydali bo‘lishi uchun o‘quvchilarda o‘z fikrini grammatik to‘g‘ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash ko‘nikmasini shakillantirishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o‘stirish ko‘rsatmasi grammatik materialni o‘rgatishda o‘quvchilarning tilimizdagi har bir so‘z turkumi yoki so‘z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni qo‘llashni talab etadi, ya'ni grammatik nazariya grammatik to‘g‘ri va aniq nutq malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o‘stirishga amalda tatbiq etish uchun o‘rgatiladi. Darsda bolalar nutqini o‘stirish darsning mazmunida va 2
qo‘llanilgan vazifalar turlarida o‘z aksni topadi. Ona tili darsi o‘quvchilar taffakurini o‘stirish ustida ishlash maqsadiga yo‘naltirilganligiga qarab baholanadi. Bunda muayyan grammatik va imloviy materialni o‘rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq o‘zlashtirishni ta'minlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni o‘tkazish tushuniladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe'l) bilan umumiy tanishtirilgandan so‘ng har bir leksik- grammatik guruh alohida o‘rganiladi. Bu so‘z turkumlarini o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang‘ich sinflarga so‘z turkumlarini o‘rgatish bilan bog‘liq holda so‘z birikmasi va gap tuzishga o‘rgatish murakkab jarayon hisoblanadi, bitiruv malakaviy ishi shunga ko‘ra dolzarbdir. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. So‘z turkumlarini boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘rgatish avvalo savod o‘rgatish davridan boshlanadi. Bunda o‘quvchilarga turli mavzuda qiziqarli rasmlar ko‘rstilib bu nima? bu kim? singari so‘roqlar beriladi. O‘quvchi esa ko‘z oldida govdalangan rasmni ko‘rib so‘roqlarga javob beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga so‘z turkumlari, gap va uning tuzilishi, so‘z birikmalarini o‘rgatishda K. Qosimovaning Ona tili o‘qitish metodikasi, maktab darsliklari yordam beradi. Ammo ushbu darsliklarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga so‘z turkumlarini o‘rgatish bilan bog‘liq holda so‘z birikmasi va gap tuzishga o‘rgatish aynan o‘rgatilmagan. Ushbu bitiruv malakaviy ishi orqali o‘quvchilarga so‘z turkumlarini o‘rgatish bilan bog‘liq holda so‘z birikmasi va gap tuzishga o‘rgatish masalasi o‘rganib chiqildi. Shuningdek, o‘rganilgan natijalar, bilimlarni boshlang‘ich ta’limda qo‘llash usullari ustida ish olib borildi. Tadqiqotning obyekti va predmeti. Turli darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsliklari, yangi darsliklar. 3
Tadqiqotning ilmiy yangiligi . Ushbu bitiruv malakaviy ishi orqali o‘quvchilarga so‘z turkumlarini o‘rgatish bilan bog‘liq holda so‘z birikmasi va gap tuzishga o‘rgatishning usullari ko‘rsatib berildi. Tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari . Tadqiqotda o‘rganilayotgan muammoni hal etishda ilmiylik, xolislik, qiyosiy tahlil, tizimlilik tamoyillariga amal qilindi. Tadqiqotning metodologik asosini ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev asarlari va ta’limga doir n о rm а tiv huquqiу hujj а tl а r da ilgari surilgan ilmiy-nazariy ko‘rsatmalar muhim rol o‘ynadi. Tadqiqot metodlari . Ilmiy tadqiqot ishini yozish jarayonida qiyosiy tahlil nazariyadan amaliyotga emas, balki amaliyotdan nazariy xulosalar chiqarish usuliga tayanildi. Tadqiqotning aprobatsiyasi . Bitiruv malakaviy ishi SamDU “Maktabgacha, boshlang‘ich ta’lim va texnologiya” kafedrasida bajarildi. Ishning natijalari haqida talabalarning ilmiy anjumanida chiqish qilingan, muhokamadan o‘tkazilgan, tegishli fikr-mulohazalar bildirilgan. Ilmiy ishning mavzusiga daxldor 1ta ilmiy maqola e`lon qilingan. Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi va hajmi . Tadqiqot kirish, uch bob, umumiy xulosalar va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishning umumiy hajmi 67 betni tashkil qiladi. 4
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGATISH METODIKASI 1.1. So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asoslari So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so‘zlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli guruhlarga ajratilishi, so‘z turkumlari ilmi hisoblanadi. So‘zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga e’tibor qaratish lozim: 1) leksik ma’nosi ( nimani ifodalashi, ya’ni shaxs, narsa, harakat yoki holat, belgi kabilarning umumiylashtirilgan ma’nolari), 2) morfologik (so‘zning turli shakillari tizimi), 3) sintaktik ( turli morfologik shakillarning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga ko‘ra asoslanadi. So‘z turkumlari ustida ishlash o‘quvchilarning muayyan guruhdagi so‘zlarning umumlashtirilgan ma’nolarini, kishilarning a’loqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘z turkumlari bilan umumiy tanishtirilgandan keyin har bir leksik-grammatik guruh alohida o‘rganiladi. Ushbu so‘z turkumlarini o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’lning quyidagi xususiyatlarini bilib olishlari zarur. 1) so‘z nimani bildirishi (shaxs, narsa, belgi, miqdor, tartib, harakat yoki holat); 2) qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi; 3) o‘zgarish-o‘zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mavjudligi; 4) gapda asosan qanday bo‘lak vazifasida kelishi; O‘quvchilar asosan mana shu o‘rgangan belgilari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar. Ular nimani o‘rganganlariga qarab, har bir so‘z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengayib ham chuqurlashib boradi. 5