O`zbek tilida so`z turkumlarini o`qitishning amaliy asoslari
Mavzu: O`zbek tilida so`z turkumlarini o`qitishning amaliy asoslari KIRISH .................................................................................................................... 3 I BOB. “O‘ZBEK TILIDA SO‘Z TURKUMLARI” MODULINI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI 1.1 .So‘z turkumlarining tarixiy jihatdan o‘rganilishi ............................................ ...6 1.2 .So‘z turkumlari va ularni tasniflash tamoyillari.............................................. ..12 II BOB . “O‘ZBEK TILIDA SO‘Z TURKUMLARI” MODULINI O‘QITISHNING AMALIY JIHATLARI 2.1. So‘z turkumlarinio‘rgatishda faol qo‘llanadigan metodlar va usullar....................................... ……….................................................................. 19 2.2. So‘z turkumlarini o ‘rgatishda konseptual jadvaldan foydalanish ....... ..... ........28 III BOB. TAJRIBA – SINOV MATERIALLARI 3.1. So z turkumlarining o qitilishi………………………………………………40ʻ ʻ 3.2. Tajriba sinov ishlari tahlili …………………………………………………..44 UMUMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR …………...…………………….47 ADABIYOTLAR RO‘YXATI .............................................................................. 49 ILOVALAR ………………………………………………………………………53 1
KIRISH Mavzusining dolzarbligi. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi ta’lim sohasida muhim qadam bo‘ldi. Har bir ijtimoiy tuzum kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir. Fan va madaniyatning rivojlanishi esa ta’lim-tarbiya ishlarining qay yo‘sinda olib borilishidan kelib chiqadi. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, demografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, yoshlarning zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Muammoning o rganilganlikʻ darajasi . Fan-texnika taraqqiy etgan, axborot almashinuvi kuchaygan tezkor zamonda mamlakatimizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Fan-texnika asri va jadal taraqqiy etayotgan hayot talabalarda o‘quv predmetlari bo‘yicha faqatgina bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emasligini ko‘rsatmoqda. Ta’lim jarayoniga talabalar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini bevosita kundalik hayotida qo‘llashga o‘rgatadigan kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan DTSlarni yaratish va ta’lim jarayoniga qo‘llash zaruriyati yuzaga keldi. Bu kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan oliy ta’lim tizimida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan 2019-yil 11-iyulda “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida” 1 hamda “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2 gi qaror va farmoyishlari fikrimizning yaqqol dalilidir. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida” gi qarori 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “ Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” ? gi qaror va” PQ-2909 sonli qarori 2
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 3 gifarmoni oliy ta’lim sohasini rivojlantirish davlat siyosati darajasida ekanligini ko‘rsatib berdi. Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish bosh maqsadimizga aylanmoqda. Ayni paytda jamiyatda muhim rol o‘ynaydigan pedagogik kadrlarning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim, malaka, kompetensiyalarga ega bo‘lishi, ilg‘or xorijiy tajriba va milliy pedagogik tajribaga tayanib ish ko‘rishi, ijodkorlik, tashabbuskorlik sifatlariga ega bo‘lishi talab qilinmoqda. Hozirgi ta’lim tizimida bilimlarni egallashning yangi konseptsiyasinoan’anaviy ta’lim texnologiyalarning uslublarini qo‘lashni taqozoetmoqda.O‘quv – tarbiya jarayonlarini tashkil etishda an’anaviy usullardan farqli o‘laroq, yangicha pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va ta’lim jarayonida qo‘llash zamon talabidir. Yuqoridagi masalalarni dars jarayoniga olib kirish, talabalarda bu borada yetarli bilim, ko‘nikmalarini shakllantirish, bunda grafik organayzerlardan foydalanish kabi jihatlarga qaratilganligi bilan ushbu bitiruv ishi dolzarblik kasb etadi. So z turkumlariga oid nazariy masalalar ʻ У.Турсунов, Ф.Камол, А.Ғуломов, Ғ.Абдураҳмонов, Ш.Шоабдураҳмонов, А.Ҳожиев, Р.Қўнғуров, М.Миртожиев, М.Содиқова, А.Нурмонов, Ҳ.Неъматов, Р.Расулов, 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2019-yil 9-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” ? gifarmoni 3
Ғ.Зикриллаев, Ж.Элтазаров, И.Мадраҳимов каби olimlar 4 tomonidan o rganilgan.ʻ Tadqiqotning maqsadi – o‘zbek tili mashg‘ulotlarida, xususan, so‘z turkumlarini o‘rgatishga oid darslarda innovatsion ta'lim texnologiyalaridan samarali foydalanish yo‘llarini o‘rganish. Tadqiqotning predmeti – pedagogik dasturiy vositalar, “ O‘zbek tilida so‘z turkumlari ” modulini o‘rgatishda konseptual jadvaldan foydalanish usullari. Tadqiqot ning vazifalari quyidagilardan iborat: - so‘z turkumlariga oid ilmiy va amaliy tadqiqotlar tavsifi va tahlilini berish ; - so‘z turkumlarini o‘rgatishda innovatsion metodlar larning ahamiyati va imkoniyatlarini o‘rganish; - “ O‘zbek tilida so‘z turkumlari ” modulini o‘qitish uchun metodik ta’minot yaratish (sillabus, texnologik xarita, amaliy mashg‘ulot materiallari); Ishning ilmiy yangiligi. Bitiruv ishi so‘z turkumlarini o‘rgatishda bir qator innovatsion ta'lim texnologiyalari dan foydalanishga yordam beradi. Tadqiqot natijasida O‘zbek tili fanining innovatsion ta'lim texnologiyalari dan foydalanib “ O‘zbek tilida so‘z turkumlari ” modulini o‘qitish da konseptual jadvaldan foydalanish imkoniyatlari takomillashtiriladi. Tadqiqot materiallaridan oliy o‘quv yurtlarida, xususan, o‘zga tilli guruhlarda o‘tkaziladigan o‘zbek tili mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish maqsadida qo‘llanilishi mumkin. 4 . Ғуломов А. Феъл. Ҳозирги замон ўзбек тили курсидан материаллар. -Тошкент: ЎзФА нашр., 1954; Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек тилида ёрдамчи сўзлар. – Тошкент: ЎзФА нашр., 1953; ; Низомиддинова С. Ҳозирги замон ўзбек тилида сон. Тошкент : ЎзФА нашр., 1963; Рустамов Т. Ҳозирги ўзбек адабий тилида кўмакчилар. - Тошкент: Фан, 1965; Қўнғуров Р. Ўзбек тилида тасвирий сўзлар. - Тошкент: Фан, 1966; Қўнғуров Р. Ҳозирги ўзбек тилида ўзгармайдиган сўзлар. I қисм. -Самарқанд, СамДУ,1978; II қисм. - Самарқанд: СамДУ, 1980; Ўзбек тили грамматикаси, I, Морфология. -Тошкент: Фан, 1975; Содиқова М. Ҳозирги ўзбек тилида сифат. -Тошкент: Фан,1974; Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. - Тошкент: Ўқитувчи, 1975; Ҳозирги ўзбек адабий тили, I.- Тошкент: Ўқитувчи, 1980; Нурмонов А., Расулов Р. Ўзбек тили жадвалларда. -Тошкент: Ўқитувчи, 1993; Мадраҳимов И. Ўзбек тилида сўзнинг серқирралиги ва уни таснифлаш асослари. -НДА.-Тошкент, 1994; Элтазаров Ж.Д. Сўз туркумлари ҳақидаги лингвистик назариялар. – Самарқанд: СамДУ, 1996. – 126 б.; Элтазаров Ж.Д. Ўзбек тилида сўз туркумлари парадигмасидаги ўзаро алоқа ва кўчиш ҳоллари. Т.: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 2006. -168 б. 4
Ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv ishi kirish qismi, uch bob, umumiy xulosalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I BOB . “O‘ZBEK TILIDA SO‘Z TURKUMLARI” MODULINI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI 1.1.So‘z turkumlarining tarixiy jihatdan o‘rganilishi Tilshunoslik tarixida so‘z turkumlari ko‘p o‘rganilganligi va munozaralarga sabab bo‘lganligini barchamizga ma’lum. Muhimi shundaki, antik davrlarda tasnif etilgan va juda ko‘p bor turli tilshunoslik yo‘nalishlari va maktablari tomonidan tanqid ostiga olingan tasnif asarlar osha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Tilshunoslik fan bo‘lib shakllangandan buyon so‘z turkumlari va ularning o‘rtasidagi munosabatlar tilshunos larning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Bu hol so‘zning til tizimidagi markaziy birlik ekanligi hamda uning ob’ektiv borliqdagi narsa, voqea, hodisani anglashga xizmat qiluvchi tushunchani ifodalovchi til materiali ekanligi bilan bog‘liq . Bizga ma’lumki, mustaqil so‘z turkumlari sanalgan ot, fe’l, sifat, ravish va olmosh haqidagi qarashlar eng qadimgi davrlardayoq shakllana boshlagan. Tilshunoslikni fan sifatida shakllanishiga o‘z hissalarini qo‘shgan hind tilshunoslari so‘zlarni otlar, fe’llar, yordamchi so‘zlarga ajratgan bo‘lsalar,hindlarning tilga oid g‘oyalari bilan oziqlangan arablar so‘zlarni ismlar, fe’llar va yordamchilarga bo‘ladilar. Qadimgi yunon tilshunosi Aflotun ham so‘zlarni dastlab ism va fe’lga ajratgan. U s o‘z turkumlari orasidagi ikki katta, nutqiy tasnifi asosiga mantiqiy tushunchalarni qo‘ygan edi: «...bizda voqelikni ovoz bilan ifodalashning ikki turi bor. Bularning biri ism, ikkinchisi fe’l. Fe’l deb harakatni ko‘rsatuvchi so‘zlarga aytiladi. Bu harakatni sodir etuvchini ko‘rsatuvchi so‘z – otdir. Faqat ism yo ki faqat fe’llardan iborat nutq mavjud emas...» 5 . 5 Элтазаров Ж. Д. Сўз туркумлари ҳақидаги лингвистик назариялар. – Самарқанд : СамДУ, 1996 , 7-8- б. 5