logo

O`ZBEK XONLIKLARI DAVRIDA O`RTA ZARAFSHON HUDUDLARIDA YASHOVCHI AHOLINING IJTIMOIY TARIXI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

82.568359375 KB
O`ZBEK XONLIKLARI DAVRIDA O`RTA
ZARAFSHON HUDUDLARIDA YASHOVCHI
AHOLINING IJTIMOIY TARIXI  
M U N D A R I J A
KIRISH………………………..…………………………………..…………. 3-5
1-bob. O’RTA ZARAFSHON VOHASI SHAHAR AHOLISI TARIXI.
1.1.   O’rta   Zarafshon   vohasi   shaharlari   aholisning   ijtimoiy   va   etnik
tarkibi………………………………………………………………….…….6-21
1.2.   O’rta   Zarafshon   vohasi   shahar   aholisining   turmush   tarzi   va
mashg’ulotlari………………………………………………………………21-38
2-bob.   O’RTA   ZARAFSHON   VOHASI   QISHLOQ   AHOLISINING
IJTIMOIY TARIXI.
2.1.   O’rta   Zarafshon   vohasi   qishloq   aholisining   etnik
tarki………………………………………………………………………...39-46
2.2.   O’rta   Zarafshon   vohasi   qishloqlari   aholisi
mashg’ulotla……………..............................................................................46-59
XULOSA…………………………………………………………...……… 60-61
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………. 62-64
1 2 KIRISH
«Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p
asrlar   mobaynida   yaratib   k е lingan   g’oyat   ulkan,   b е baho   ma'naviy   va   madaniy
m е rosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyat muhim vazifa bo’lib
qoldi» 1
.   Mustaqillik   yillarida   Vatanimiz     tarixini   o’rganish   sohasida,   ancha
salmoqli ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi. O’zbekiston tarixini yaratilishining yangi
konsepsiyasi   aniq   dalillar   asosida,   yozma   manbalarga   tayangan   holda   tarixni
xolisona tadqiq etishni nazarda tutadi.
O’rta   Zarafshon   vohasi   aholisining   ham   siyosiy,   iqtisodiy   ahvolini
o’rganish   ham   dolzarb   vazifalardan   sanaladi.   O’rta   Zarafshon   vohasining   XVI-
XVIII   asr   ikkinchi   yarmi     Buxoro   xonligi   davridagi   ijtimoiy-iqtisodiy   hayoti
XIX-XX   asr   boshlarida   Buxoro   amirligi   tassarufida   hamda   Rossiya   imperiyasi
mustamlaka   tizimi   doirasida   kechgan   ijtimoiy–siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy
hayoti   bilan   bog’liq   voqealar   birgalikda   qiyosiy   tadqiq   etildi.   Ushbu   tadqiqot
ob`ektini alohida mavzu sifatida  o’rganish ehtiyoji quyidagilar bilan belgilanadi.
O’rta     Zarafshon     vohasining     Buxoro   xonligi   (amirligi)ning   ijtimoiy-   siyosiy,
iqtisodiy hayotida alohida o’rin tutadi:
Bu   hudud   Turkuston   general-gubernotorligining   yetakchi,   boy
hududlaridan  biri sifatida mustamlakachilik davrining barcha xususiyatlari o’zida
yaqqol namoyon etgani.
O’rta Zarafshon vohasi aholisining etnik   tarkibi xilma-xilligi bilan ajralib
turadi.
Bu   xususiyatlar   amirlik   hamda   mustamlaka   davrlardagi   tub   ijtimoiy,
iqtisodiy  siyosiy vaziyatni o’ziga to’la ifoda etgan.
Mavzuning   o’rganilganlik   darajasi:   O’rta   Zarafshon   vohasi   aholisining
ijtimoiy, iqtisodiy hayoti to’g’risida manba va adabiyotlarni uch guruhga bo’lish
mumkin.
Birinchi   guruh   Rossiya   imperiyasi   mustamlakasi   davriga   oid   tadqiqotlar.
Bular   konseptual   jihatdan   O’rta   Osiyo   Rossiya   mustaqilligining     muommosiga
1
Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак й ўқ  .Т.: 1998, -  B . 56.
3 asoslangan   hamda   ko’proq     o’lkaning   tabiiy   va   mehnat   resurslarini   ehtiyoji
yuzasidan   yozilgan   edi.   Uchta   davrga   oid   tadqiqotlar   sifatida   A.   Vaibdi,   N.V.
Xanikov,   A.P.   Buchenko,   L.A.   Sabalov,   V.V.   Radlov   kabi   bir   necha
mualliflarning asarlarini aytib o’tish mumkin: 
Mazkur   mualliflar   O’rta   Zarafshon   vohasi   aholisining     hayotini   aks
ettiruvchi ko’plab ma’lumotlarni yozib qoldirganlar.
Ikkinchi guruhga  Sovet tuzumi sharoitida yozilgan tadqiqotlar kiradi. Ular
komunistik   mafkura   ta’sirida   yozilgan.   U   davr   tarix   mavsumining   xulosalariga
hozirgi   kunga   tanqidiy   qarash   lozim.   Shunday   bo’lsada,     ilg’or   olimlarning
fidokorligi   tufayli     o’rganilayotgan   mavzuning   ba’zi   bir   yo’nalishlari   bo’yicha
ilmiy tasavvurlar muayyan darajada boydir.
  Bular   qatoriga   P.P.   Ivonov,   G.A.   Pugachenkova,   A.A.   Semyonov,   M,
Abduraximov,   A.R.   Muxammadjonov,   Suxerovalarning   ilmiy   asarlarini   kiritish
mumkin.
Uchinchi guruhga mustaqillik yillarida yaratilgan tadqiqotlar. D. Alimova,
O.Ziyoyeva,   Sh.   G’offorov,   Q.   Rajobov,   A.   Kuraxmedov,   T.   Normurodova,   K.
Pardayevlarning   ilmiy     ishlarida   O’rta   Zarafshon   vohasi     aholisining   ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti yoritilgan.
Tadqiqotning   maqsadi   va   vazifalari:     mavzuning   mohiyatidan   hamda
tarix   fanining   talablaridan   kelib   chiqqan     holda   quyidagi     vazifalarni   yoritib
beriladi:
- O’rta Zarafshon vohasi aholisining  etnik tarkibining tavfsiflash: 
- O’rta Zarafshon vohasi  aholisining hunarmadchiligini yoritish.
- O’rta   Zarafshon   vohasi   qishloq   xo’jaligi   sug’orma   dehqonchilik   va
uning  o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish; 
- O’rta   Zarafshon   vohasi   aholisi     o’rtasida   chorvachilikning   aholisining
boyon qilish;
- Rossiya imperiyasining olib borgan  mustamlakachilik siyosati va uning
oqibatlarini hudud doirasida o’rganish;
4 - O’rta   Zarafshon     vohasidagi   shaharlar,   ularning   sifatidagi   rolini
o’rganish;
Tadqioqtning   ilmiy   yangiligi:   shundan   iboratki,   unda   birinchi   marta
Zarafshon   vohasi   aholisining   ijtimoiy-   siyosiy,   iqtisodiy   hayoti   birinchi   marta
malakaviy   bitiruv   ishi   tarzda   tadqiq   etildi.   Bunda   Zarafshon   vohasi   Buxoro
amirligi  va  Turkuston   general-gubernatorligida  siyosiy   jihatdan   yuqori  mavqega
ega   hamda   iqtisodiy   jihatdan   boy   va   aholisi   zich   ekanligining   tarixiy   sabablari
ochib beriladi.
Tadqiqotning   ob’ekti:   O’rta   Zarafshon   vohasi   aholisi   o’rganishga   doir
manba va adabiyotlar tadqiqotdan iborat.
Tadqiqot pretmeti:  O’rta Zarafshon vohasi aholisini o’rganish tarixiga oid
manbalarning ilmiy- nazariy va qiyosiy tahlil qilish.
Ilmiy   yangilik:   shuningdek   bu   hududdan   Rossiya   imperiyasi   tamonidan
istilo   qilinishi,   iqtisodiy   va   ijtimoiy,   siyosatining   imperiyaga   xarakteri   ko’rib
chiqiladi. 
Malakaviy   bitiruv   ishida   taklif   qilingan     barcha   jarayonlar   O’zbek   xalqi
milliy     manfaatlariga   hamda   tarixiy     taraqqiyotning   ob’ektiv   ehtiyojlariga
muvofiqligi nuqtai nazardan kelib chiqilganligi  undagi ilmiy yangilikning boshqa
bir ko’rsatkichidir.
Bitiruv   malakaviy     ishning     tuzilishi:   kirish,   ikki   bob,   xulosa,
foydalanilgan adabiyot lardan iborat .
5 I BOB. O’RTA ZARAFSHON VOHASI SHAHAR AHOLISI TARIXI
I.1.  O’rta Zarafshon vohasi shaharlari aholisning ijtimoiy va etnik tarkibi
Zarafshon   vohasida   joylashgan   Samarqand   shahri   Buxoro   xonligi
(amirligi)ning   asosiy   siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy   markazlaridan   biri
hisoblangan. Bu viloyat o’zining ajoyib tabiati, hosildor yerlari va go’zal bog’lari
bilan   xonlikning   boshqa   hududlariga   nisbatan   alohida   ahamiyatga   ega   bo’lgan.
Samarqandning o’ziga xos siyosiy mavqei, boy iqtisodiy markaz sifatida ko’zga
tashlanib   turishi,   turli   davrlarda   taxt   tepasiga   kelgan   sulola   vakillarining
nazaridan   chetda   qolmagan.   Jumladan,   XVI-XVIII   asrlar   davomida   Buxoro,
Toshkent, Balx bir qatorda Samarqand navbatma-navbat, gohida esa bir vaqtning
o'zida poytaxt shahar maqomiga ega bo'lgan.
Tarixchi va shoirlar XVI asrdagi Samarqandni odamlar gavjum, bozorlari,
karvonsaroylari,   savdo   rastalari   va   hunarmandchilik   ustaxonalari   ko'p   obod
shahar sifatida tasvirlaydilar. Sharqning juda ko'p shaharlarini ko'rgan Zahiriddin
Muhammad   Bobur   o'z   esdaliklarida   o'sha   davr   Samarqand   haqida   zavqlangan
holda shunday fikr bildirgan: “Samarqand nihoyatda obod shahar. Bu shaharning
boshqa shaharlarda kamdan-kam uchraydigan o'ziga xos bir jihati bor: har qaysi
hunar   sohasi   uchun   alohida   bozor   ajratilgan,   ular   bir-biri   bilan   aralashib
ketmaydi. Bu ajoyib odatdir”.
XVII   asrning   oxiri   va   XVIII   asrning   birinchi   yarmi   mamlakat   tarixi
zodagonlarning   o'zaro   kurashi,   markaziy   hokimiyatning   zaiflashuvi,
ko'chmanchilarning   bosqinlari   va   mamlakatning   xonavayron   bo'lishi   bilan
xarakterlanadi. Samarqand, ayniqsa, XVIII asrning 20- yillarida katta zarar ko'rdi,
bu   uning   tarixida,   ayniqsa   og'ir   yillar   bo'ldi.   Xarobazorga   aylanish   davrlari
nisbatan   jonlanish   bilan   almashinib   turdi.   Lekin   ulkan   shahar,   ''jahon   sayqali'',
tobora tanazzulga tushdi. O'z ko'zi bilan ko'rgan sayyohlarning dalolat berishicha,
shunday   vaqtlar   bo'ldiki,   shaharda   ''...na   erkak,   na   ayol,   darbadar   darvesh   -
qalandar   Shoh   Juguzdan   boshqa   hech   kim   qolmadi.   Xudo   siylagan   masjidlar,
muqaddas madrasalar xudoga yoqqan muassasalar vayron bo'lmoqda...''.
6 XVIII   asr   o’rtalariga   kelib,   Buxoro   xonligi   mang’it   urug’idan   bo’lgan
sulola   vakillarining   qo’liga   o’tgach,   Samarqand   shahri   ham   amirlik   tarkibiga
kiritilgan.   Buning   uchun,   sulola   vakillari   tomonidan   harbiy   yurishlar   amalga
oshirilib turilgan. Shuning uchun ham viloyat va ayniqsa Samarqand shahri turli
davrlarda harbiy istilolar va yurishlarning obyektibo’lib kelgan. 
Bu   esa   o’z   o’rnida   strategic   va   geografik   nuqtai-nazardan   qulay   va   tabiiy
boy   bo’lgan   hududda   doimo   iqtisodiy   va   madaniy   yuksalish   jarayonlari   davom
etib   kelsada,     harbiy   yurishlar   natijasida   xalq   mehnati   natijasida   erishilgan
madaniy   va   iqtisodiy   yutuqlar   vayronagarchiliklar   natijasida   barbod   qilingan.
Biroq,   yana   barqarorlik   davrlarida   iqtisodiy   va   madaniy   taraqqiyot   o’z   yo’lida
rivojlanishda davom etgan.
XVIII   asr   70-yillarning   oxirida   shahardagi   vaziyat   yaxshi   tomonga
o'zgardi.   Buxoro   amiri   Shohmurod   boshqaruvi   davrida   (1785-1800)   24   ta   yangi
mavzega   asos   solindi,   shahardagi   ayrim   me'moriy   obidalar   ta'mirlandi.
Samarqand iqtisodiy va madaniy hayot qayta tiklana boshlandi. 
XVIII asrning ikkinchi yarmi– XIX asrning birinchi yarmi Markaziy Osiyo
xalqlarining   hayotida   yangi   davr   bo’lgan.   Bu   davrda   Markaziy   Osiyo   xonliklari
Eron   shohi   Nodirshohning   vafotidan   so’ng   (1747)   o’z   mustaqilliklarini   qo’lga
kiritib, uzoq vaqt davom etgan inqiroz davridan keyin iqtisodiyot va madaniyatni
tiklay boshlaganlar. Uch xonlikda ham siyosiy jipslik va markaziy hokimiyatning
nisbatan   mustahkamlanishi   natijasida   o’zaro   urushlarga   barxam   berildi.   Bu
davrdagi   Buxoro   amirligi   hayotida   Samarqand   shahrining   ahamiyati   katta   edi.
XIX asr boshiga kelib esa Samarqand yirik shahar qiyofasiga ega bo’lgan. Ingliz
ayg’oqchisi   Mir   Izzatullaning   guvohlik   berishicha   Samarqand   kundan-kun
rivojlanib borayotgan edi. Shaharning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishiga uning qulay
geografik   joylashuvi   sabab   bo’lgan.   Shahar   Zarafshon   daryosining   janubida
joylashgan bo’lib, shimol, sharq va janubdan baland tog’lar bilan o’ralgan hamda
g’arbdan   unga   keng   ekin   maydonlari   tutashgan   edi.   Undan   tashqari,   shaharning
joylashuvi   shimoliy-sharqdan   Xitoy   va   Sharqiy   Turkistondan,   janubi-sharqdan
7 Hindistondan,  g’arb  tomondan  Xorazm   va Buxoro  orqali   keluvchi  Eron, Kaspiy
bo’yi   yerlaridan,   shimoldan   esa   Rossiya   yerlaridan   keluvchi   savdo   karvonlari
uchun qulay tutashish joyi bo’lgan. Mana shu jihatlar shahardagi  savdo ishlarini
rivojiga o’z ta’sirini o’tkazgan.
Manbalarda   shahar   ta’rifiga   ko’p   ma’lumotlar   keltirilgan.   Misol   uchun,
Bobur o’z asarida Samarqand va uning atrofidagi tabiatga ta’rif berar ekan “Misr
va Suriyani ko’rgan sayyohlar undan boshqa sog’lom joyni ko’rsata olmaydilar” 2
,
degan   edi.   N.V.Xanikov   esa   Samarqand   va   uning   atroflari   “ariq   suvi   bilan
sug’orilganligini”,   ta’kidlaydi.   Shahardan   atrofiga   daraxtlar   ekilgan   asosiy   ariq
o’tgan. Bu ariq kichik ariqlarga ajralib xonadonlarga suv yetkazib berib, bog’ va
tomorqalarni sug’organ. Namlikning ko’pligi Samarqand havosini toza va bahavo
qilgan.   Shuning   uchun   Samarqandliklar   ancha   sog’lom   bo’lganlar.   Ularning
yuzlari toza va bo'ylari uzun bo’lgan.
Abu   Toxirxo`ja   “Samariya”   asarida   shahar   iqlimining   ajoyib   va   mo'tadil
ekani, shuning uchun uni “firdavsimonand” – jannat misoli deb atashini yozgan.
Yozda   Samarqand   nisbatan   issiq   va   sovuqlari   mo’tadil   ekani,   har   tomondan
esuvchi   mayin   shamollar   va   havo   kayfiyatni   ko’tarishi,   ruhiy   sokinlikni
ta’minlashi haqida yozadi 3
.
O’rta   asrlar   shaharlari   kabi   Samarqand   ham   mudofaa   devorlari   bilan
o’ralgan.   Shahar   devorlari   ruslar   bosqini   davrida   buzib   tashlanib,   So'zangaron
mahallasi qismida uning ayrim qoldiqlari kuzatiladi 4
.
Bir so’z bilan aytganda, qadimdan Markaziy Osiyoning yirik shaharlardan
biri bo’lgan Samarqand XIX asr birinchi yarmida nafaqat Buxoro amirligi, balki
Markaziy   Osiyoning   yirik   savdo   va   madaniy   markazi   sifatidagi   mavqyega   ega
bo’lgan edi.
2
Бабур Захириддин. Бобурнома. Перевод М.Салье. – Ташкент: Изд-во АН УзССР. – С. 64.
3
Абу Тохир Хожа. Самария. Описание древностей и мусульманских свят ынь Самарканда. Пер. 
В.Л.Вяткина. – Справочная книжка Самаркандской области за 1889 г. Вып.  IV . – Самарканд, 1889. – С. 
161.
4
Сухарева   О.А.   Оборонительн ые   стены   Самарканда.   :   Культура   и   искусство   народов   Средней   Азии   в
древности и средневековье. – М., 1979. – С. 85-89.
8 Samarqand   shahrining   XIX   asrdagi   mavqeiga   ta’rif   berar   ekanmiz
T.S.Saidqulovning “shaharxonlik (amirlik) ning bosh shahri hisoblangan” 5
  degan
ta’kidini   va   rus   muallifi   F.Nazarovning   “birinchidan,   tarixiy   va   diniy   sabablar
oqibatida,   ikkinchidan,   mamlakatdagi   aholisining     zich,   boy   viloyat   markaziy
shahri sifatida” degan fikrini keltirib o’tishimiz o’rinlidir.
Rossiya imperiyasi istilosiga qadar shaharda butun amirlikdagi kabi   islom
dini   tushunchalari   va   an’anaviy   turmush   tarziga   asoslangan   holda   aholining
ijtimoiy munosabatlar tizimi hukm surgan. Ya’ni, islom tushunchalari, aholining
turmushida,   ijtimoiy   munosabatlari   va   hattoki   siyosiy   boshqaruv   tizimida   o’z
aksini topgan.
XIX asr birinchi yarmida savdo rivojlanishi natijasida   Buxoro   amirligida
shaharlar   aholisining   soni   o’sib   borishi   kuzatiladi.   Bu   davrda,   ayniqsa,   Rossiya
bilan   savdo   munosabatlari   keng   rivojlangan.   Urbanizasiya   jarayonlarining   o’sib
borishi kuzatilsa-da, shaharlar aholisining turmush tarzi va xo’jaligi qishloq bilan
ham   chambarchas   bog’liq   bo’lgan.   Markaziy   Osiyo   shaharlarida   yirik   ishlab
chiqaruvchi   xo’jalik:   fabrika   va   zavodlar   yoki   yirik   manufakturalar
shakllanmagan. Bunga bir tomondan, XVI asrdan boshlab Buyuk Ipak yo’lini o’z
ahamiyatini yo’qotishi  natijasida hududni  jahon savdo  yo’llaridan chetda qolishi
va bu yerda ishlab chiqariluvchi mahsulotlarni katta hajmda jahon bozoriga olib
chiqish   imkoniyatini   qiyinligi   sabab   bo’lgan.   Ikkinchi   tomondan,   yirik   ishlab
chiqaruvchi   xo’jaliklarni   taraqqiy   etmaganligi   shaharlardagi   urbanizasiya
jarayonlarini jadallashmaganligiga sabab bo’lgan.
Samarqand   shahrida   ham   shu   kabi   holat   hukm   surgan.   XIX   asr   birinchi
yarmidagi   shahar   aholisining   soni,   uning   o'sishi   dinamikasi   haqida   batafsil
ma’lumotlar   manbalarda   uchramaydi.   Shaharlardagi   aholi   soni,   shu   jumladan,
Samarqand   aholisi   haqidagi   ma’lumotlar   xilma-xil   va   turlichadir.   Masalan,
Meyendorf   ma’lumotlariga   ko’ra   1820-yilda   Samarqandda   50   ming     aholi
istiqomat   qilgan   bo’lsa,   N.Xanikov   1841-yilda   25   ming,   1863-yilda   A.Vamberi
20   minggacha,   1868-yilda   V.V.Radlov   10   mingdan   oshiq   kishini   keltirib
5
Саидқулов Т.С. Самар канд во второй половин  XIX  – начале  XX  веков. – Самарканд, 1970. – С. 8.
9 o’tishgan 6
 Prof. P.P.Ivanov va boshqa tadqiqotchilarning asarlarida esa 30 mingga
yaqin   istiqomat   qilgan,   deb   aytiladi.   Boshqa   manbalarda   esa,   Samarqand
atroflarida   80.000   o’zbek   oilalari   istiqomat   qilgan   deb   ko’rsatiladi.   Mazkur
holatda   shahar   aholisi   soni   haqida   yagona   fikrning   mavjud   emasligi   aholining
milliy     etnik   tarkibi,   ijtimoiy   guruhlar   va   umuman   xalq   turmushining   ko’pgina
sohalari bo’yicha xulosalar chiqarish imkoniyatini qiyinlashtiradi. Biroq, ishonch
bilan   ta’kidlash   mumkinki,   Samarqand   shahri   va   uning   atroflari   vohadagi   eng
aholi zich istiqomat qilgan hudud bo’lgan.
E’tiborli   jihati   shundaki,   Zarafshon   vohasi   va   umuman   Samarqand   shahri
yirik   markaz   hisoblansa-da,   shahar   aholisining   katta   qismini   turmush-tarzi
qishloq   xo’jaligi,   ya’ni   shahar   atrofidagi   aholi   bilan   bog’liq   bo’lgan.   Shahar
aholisining   soni   hajmli   bo’lmasa-da   shahar   atrofida   yashovchi   aholining   soni
ko’pligi   hamda   ularning   Samarqand   iqtisodiy   hayotida   ishtiroki   katta   bo’lgan.
Shu nuqtayi nazardan, shahar aholisi va ularning turmushini tavsifini keltirganda
shaharga   yaqin   hudud   aholisining   turmushi   va   xo’jaligi   bilan   bog’liq
ma’lumotlarni inobatga olish muhim hisoblanadi.
1868-yilda   Zarafshon   okrugining   faqat   Samarqand   bo’limida   (tog’li
tumanlardan   tashqari)   aholi   179   522   kishini   tashkil   etgan 7
.   Buxoro   amirligi
tarkibidagi   Samarqand   viloyatida   qancha   aholi   yashaganligi   to’g’risida
manbalarda aniq ma’lumotlar yo’q.
Arxiv ma’lumotlari  va  ilmiy adabiyotlar  ma’lumotlarini  tahlil  etgan holda
T.Saidqulov shahar aholisi sonini Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganiga
qadar 30 ming kishidan oshmaganligini ta’kidlaydi. Bu, taxmin to’g’ri deb aytish
mumkin.   Chunki,   o’rganilayotgan   davrda   Zarafshon   vohasi,   umuman,   Buxoro
amirligida   aholining   katta   qismi   qishloq   xo’jaligida   mashg’ul   bo’lib,   asosan
qishloqlarda   istiqomat   qilishgan   bo’lsada,   Samarqand   shahri   viloyat   markazi,
yirik savdo markazi hamda hududiy savdo munosabatlarida katta ahamiyatga ega
bo’lgan hamda hunarmandchilik keng rivojlangan shahar sifatida aholisining XIX
6
Ўша асар.9 с.
7
Ўша асар.9 с.
10 asr   sharoitida   30   ming   atrofida   bo’lishi   tabiiy   holat   deb   baholanishi   mumkin.
Albatta, bu kabi yirik madaniy va iqtisodiy markaz bo’lgan shaharda bu hajmdagi
aholini     istiqomat   qilishi   urbanizasiya   jarayonini   sustligidan   dalolat   berishi
mumkin.   Lekin,   mazkur   davrda   mintaqa   ichki   va   tashqi   savdosi   juda   katta
hajmdagi   tovar   ayrboshlashini   ta’minlay   olmasligi   natijasida   shahar   aholisining
katta   qismini   tashkil   etuvchi   hunarmandlar   va   savdogarlar   soni   ham   kamligi,
undan   tashqari   XVIII   asr   oxiri   –   XIX   asr   boshlaridagi   o’zaro   keskin   feodal
ziddiyatlar   davrida   savdo   ishlarining   susayishi   shaharlarda,   shu   jumladan,
Samarqand shahrida ham hunarmandchilik ishlab chiqarishining kamayishiga olib
keladi.   Bu   esa   o’z   navbatida   shahardagi   bozorlardagi   savdo   hajmining
pasayishiga,   mahsulotlarga   bo’lgan   talabning   pasayishiga   va   shu   kabi   qator
omillarga sabab bo’lganki, natijada shahar aholisining soni o’sishdan to’xtagan va
ba’zi holatlarda kamayishga sabab bo’lgan. 1723-1729-yillarda Samarqand o’zaro
urushlar   davomida   ayovsiz   talangan.   Shahar   aholisining   ko’pchiligi   Hisor,
Farg’ona,   Buxoro,   Zarafshonning   yuqori   oqimi   hududlariga   ko'chib,   o’tgan.
“Ularning   katta   qismi   o’z   manzillariga   yetmasdan   ochlikdan   qirilib   ketgan”.
“Oddiy aholi o’z farzandlarini sotib kun ko’rishgan, ba’zilari esa ochlikdan nobud
bo’lgan” 8
.   Xususan,   XVIII   asr   oxirida   qog’ozsoz   ustalarning   boshqa   hududga,
Farg’ona vodiysiga ko'chib o’tishlari ham bunga misol bo’la oladi.
Biroq,   ta’kidlash   joizki   Samarqand   va   uning   atroflari,   va   umuman
Zarafshon vohasi hududi doimo aholi zich istiqomat qiluvchi hudud hisoblangan.
Bu   haqda   ko’plab   e’tiroflar   manbalarda   uchraydi.   Zamondosh   mualliflarning
matbuotda   keltirgan   ma’lumotlariga   ko’ra   Zarafshon   okrugi   Rossiyaning   eng
aholisi   zich   istiqomat   qilgan   hududlarini   ham   aholi   zichligi   bo’yicha   ortda
qoldirishini   va   hatto   aholi   zichligi   bo’yicha   G’arbiy   Yevropadagi   unumdor
viloyatlardan ham qolishmasligini ta’kidlashgan.
Turkiston   o’lkasining   birinchi   general-gubernatori   K.   P.   Kaufman   ham
o’zining   ko’p   yillik   faoliyati   hisobotida   Zarafshon   daryosi   havzasida   aholi
8
Беневени Ф. Реляция из Бухар ы от 10 марта 1722 года.
11 zichligi   va   sug’orma   dehqonchilikni   izchillik   bilan   amalga   oshirilishiga   e'tibor
qaratadi. Kaufman bu hududlar aholisi zichligini Lombardiya bilan taqqoslaydi.
O’rganilayotgan davrda shahar hayoti nafaqat iqtisodiy, siyosiy va madaniy
jihatdan   nisbatan   sust   rivojlanayotgan   edi,   balki   ijtimoiy   munosabatlarda   ham
eskicha,   ijtimoiy   -   siyosiy   va   qolaversa   iqtisodiy   rivojlanishga   to'siq   bo’luvchi
holatar   mavjud   edi.   XIX   asr   60   –   yillarida   amirlikdagi   kabi   Samarqandda   ham
qulchilik   saqlanib   qolgan.   Samarqandda   yirik   qul   bozorlaridan   biri   faoliyat
yuritgan   bo’lib,   unda   qullar   35-80   tillo   tanga   miqdorida   olib   sotilgan 9
.
Qulchilikning  asosiy  manbayi urushlar natijasida qo’lga olingan asirlar bo`lgan.
Oddiy   aholi   ba’zan   moliyaviy   ahvoli   og’irlashishi   natijasi   o’z   farzandlarini
qullikka   sotganlar.   Mazkur   ma’lumotlar   amirlik   va   xonliklarda   aholi   turmush
darjasini naqadar nochor va chorasiz holatda bo’lganligini ko’rsatadi.
Aholi   tarkibidagi   etnik   birliklarni   jamiyatdagi   mavqeiga   qarab   muayyan
ijtimoiy   tasniflash   mumkin.   Davlat   boshqaruvda   nufuzli   lavozimlarni   egallagan
tabaqalarga   o’zbeklar   kirgan.   Ular   bir   urug’ga   mansubligi   va   doimiy   xizmat
natijasida   shuxrat   qozongan.   A.A.Semyonov   davlat   lavozimida   yetakchi
o’rinlarni o’zbeklar egallaganligi, tojiklar ham oz bo’lsa-da davlat  lavozimlariga
tayinlanganligi,   hududlarda   amirlikdagi   amaldorlarning   asosiy   qismi   ziyolilar
orasidan (o’zbeklar, tojiklar, arablar va b.) shakllangan, deb qayd etadi.
Jamoalarni   oqsoqollar   (oqsoqol,   ellikboshi)   boshqargan.   Katta   oqsoqollar
jamoaning xo’jalik, jamoat va oilaviy ishlarini boshqargan. O’rta yoshdagilar va
yoshlar ularga bo’ysungan.    Ijtimoiy   va jamoaviy tadbirlar ularning nazorati  va
amir   ma’muriyatining   ko’rsatmalari   asosida   amalga   oshirilgan.   Bu     holatda
oqsoqol   amir   ma’muriyatining   vakili   sifatida   ish   yuritgan.   Yoshi   ulug’larning
aholi jamoasiga ta’siri katta bo’lgan. Bu esa jamoadagi qarashlar,  Diniy  urf-odat
va marosimlar, axloqiy me’yorlarni mustahkamlab borgan. Ayniqsa, qishloqdagi
umumiy   hayot   patriarxal,   turg’un   holatda   edi.   Bu   yerdagi   jamoa   munosabatlari,
shahardagiga   nisbatan   aholining   xo’jalik   faoliyati   bilan,   asosan   yerdan
9
Вамбери А. Очерки Средней Азии (дополнение к «Путешествию по Средней Азии»). – М., 1868. С  200-
201.
12 foydalanish,   suvdan   foydalanish,   chorvachilik   va   hokazolar   bilan
xususiyatlangan.
Mahalla   jamoasida   chuqur     ijtimoiy     tabaqalanish   jarayoni   kechgan.
Shaharlarda aslzoda kishilar, oddiy qatlamlarga mansub kishilar yashagan.
Qishloqdarda   ham   turli     ijtimoiy     tabaqa   vakillari   dehqon,   zodagon,
ruhoniylar va boshqalar bir-biriga yaqin yashaganlar. Qishloq jamoasida shunday
qonun hukmron ediki, yuqori mavqeli, boy zodagonga quyi qatlam aholi vakillari
bo’ysunishi, itoat etishi, tabiiy hol hisoblangan.
Shahar   aholisining   etnik   tarkibi   nihoyatda   xilma-xil   bo’lgan.   Bu   yerda
tojiklar, o’zbeklar, arablar, afg’onlar, hindlar, lo’lilar, yahudiylar va boshqa turli
millat   vakillari     istiqomat     qilishgan.   Ularning   XIX   asr   birinchi   yarmida   son
jihatdan   aholi   tarkibidagi   ulushini   aniqlash   uchun   aniq   tarixiy   ma’lumotlar
mavjud   emas.   Biroq,   ayrim   etnik   birliklarning   nima   sababdan   bu   shaharda
istiqomat  qilishlari, ular mashg’ulotlari haqida ma’lumotlar uchraydi.  Aholining
katta qismini tojiklar va o’zbeklar  tashkil  etgan. Yahudiylar haqida V.V.Radlov
“ular   100-150   yil   oldin   Erondan   avval   Buxoroga,   keyin     Samarqandga   ko’chib
kelishgan”,   deb   ma’lumot   beradi.   A.F.Fayziyev   arxivda   saqlanayotgan   vasiqa
ma’lumotlariga   tayanib   ma’lumot   berishicha   yahudiylar   alohida   mavzeda
istiqomat     qilishgan.   Unda   keltirilishicha   1843-yili   amir   Nasrullo     Samarqand
shahrining   ichida,   sharqiy   darvoza   yaqinida,   Chokardiza     qabristoni   yonida   o’n
ming   kumush   tangaga   alohida   guzar     tashkil   qilishlari   uchun   ularga   11   tanob
yerni sotganligi haqida fikrlarni keltiradi 10
.
XIX asr ikkinchi yarmida  Samarqand  shahri aholisining  ijtimoiy - siyosiy
hayotida   jiddiy   o’zgarishlar   sodir   bo’lgan.   Imperiya   boshqaruv   tizimining
o’rnatilishi   va   yangi   etnik   hamda   siyosiy   kuch   sifatida   rus   fuqarolari,   ya’ni
Rossiya imperiyasiga xizmat qiluvchi turli millat vakillaridan iborat bo’lgan turli
xil sohalar mutaxassislari, ko’chirish siyosati natijasida hududga kelib o’rnashgan
oddiy   rus   aholisi   ham   aholining   etnik   tarkibiga   o’zgartirish   kiritgan.
10
Файзиев А.Ф. История Самарканд а первой половины  XIX  века (учебное пособие). – Самарканд, 1992. – 
С.11.
13 D.L.Ivanovning   ma’lumot   berishicha     Samarqandda   yashovchi   yahudiylar
musulmon amirlik davrida huquqsiz   holatda bo’lib, ular  shaharda o’zlari  uchun
sinagoga   qurish,   otda   yurish,   musulmonlar   kiyimlarini   kiyish,   etik   kiyish   va
yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega emas edilar. Ular uchun bozor orqasida
alohida   mavze   ajratilib,   barcha   yahudiylar   o’sha   mavzeda     istiqomat     qilishgan.
Shu   tariqa   “jugut   guzar”   shakllangan.     Samarqand     rus   qo'shinlari   tomonidan
egallanishi   va   rus   hokimiyatini   o’rnatilishi   bilan   mahalliy   aholi   va   yahudiylar
ham   imperiya   uchun   bir   xil   qaram   aholi   maqomiga   ega   bo’ldilar   va   ularga
nisbatan bir xil munosabat o’rnatildi. Yahudiylarga nisbatan amirlik davrida joriy
etilgan   ta’qiqlar   bekor   qilingan.   Natijada   yahudiylar   ruslar   va   imperiyaning
o’lkadagi   hokimiyatiga   nisbatan   hurmat   bilan   munosabatda   bo’la   boshladilar.
Yahudiylar ruslar bilan yaqinlashib, tezda rus tilini o’zlashtira boshladilar.
Yahudiylarga   ta’rif   berar   ekan   D.L.Ivanov   ularni   “mahalliy   aholi   orasida
eng   uddaburon,   ularning   savdogarlari   boshqa   barcha   savdogarlarga   raqobatdosh
bo’lib,   birinchilardan   bo’lib   yangilikka   qo’l   urishganligini,   yahudiylar
birinchilardan   bo’lib   rus   akusherlariga   murojaat   qilishgani,   rus   ta’lim
muassasalarida   o’qiy   boshlaganlarini   ta’kidlaydi.     Undan     tashqari,   yahudiylar
qo’shni   xonliklarda   bo’layotgan   barcha   siyosiy   jarayonlarni   tezda,   birinchi
anglab, u haqda ruslarni ogohlantirishib turgan”.
Shahar   mikrotoponimikasi   guzarlar   tarixini,   aholi   mehnati   xususiyatlarini
va   nomlar   kelib   chiqishini   o’zida   aks   ettiradi.   Guzarlarda   ishlab   chiqarish
hunarmandchilik   xususiyatiga   qarab   aholi     istiqomat     qilgan.   Zargaron
mahallasida tillo buyumlar yasovchi ustalar, Suzangaronda igna yasovchi ustalar,
Charmgaronda   terichilik   va   teri   mahsulotlarini   ishlab   chiqaruvchi
shug’ullanuvchi   ustalar,   Xarrotonda   yog’och   ustalari,   Kulolonda   kulol   ustalar,
Zingaronda   egar-jabdug’   va   ot   abzali   yasovchi   ustalar,   Sharbatdorda   turli   shirin
ichimliklar   tayyorlovchi   hunarmandlar   istiqomat   qilishgan.     Undan   tashqari
Toshkandi,   Xo'jandi,   Urguti,   Zomini,   Shahrisabzi,   Urmitani,   Qashqari   kabi
guzarlar bo’lganki, ulardagi aholi kelib chiqishi joy nomlari bilan bog’liq bo’lgan.
14 Ya’ni,   bu   guzarlarga   aholi   mazkur   nomdagi   joylardan   ko’chib   kelgan.   Ba’zi
guzarlarning   nomlari   shahar   me’moriy   yodgorliklari   nomlari   bilan   bog’liq
bo’lgan.   Bunga   Ruhobod,   Go'ramir,   Oqsaroy,   Namozgoh,   Ko’kmachit,   Xonaqo,
Madrasayi   Safid   guzarlarini   kiritish   mumkin.   Alohida     Samarqand     shahri
topografiyasi   bilan   bog’liq   guzar   nomlari   uchraydi:   Labig’or,   Chaqar,   Toli-
Regak,   Baland-Ko’prik,   Bog’i-baland,   Kabolai   Yakum,   Kabolai   Duvvum,
Pulimirzo,   Gilburch   va   hokazo.   Shahar   tabiati   bilan   bog’liq   guzarlar   nomlariga
Kavarzor,   Lolazorlarni   keltirish   mumkin.   Navadon,   Obimashad,   Doniyorbek,
Kulobod   kabi   nomlar   shahardagi   suv   inshootlari,   sun’iy   ariqlar,   suv   manbalari
nomlaridan kelib chiqqan. Olimlarning nomlari berilgan guzarlar bo’lgan:  Faqix
Abullays, Maxtumi Xorazmiy va boshqalar 11
.
Samarqand     shahri   aholisi   haqida   tavsif   berganda   shaharning   tarkibiy
qismlari   bo’lgan   mahallalar   tavsifini   berish   o’rinlidir.   Zero,   shahar   aholisi   o’z
mashg’ulotlari   va   turmush   tarziga   qarab   alohida-alohida   guzarlarda   istiqomat
qilishgan.     Samarqand     shahri   qiyofasi   doimo   yangi   tashkil   etilgan   mahallalar
yoki mavjudlarini kengayishi hisobiga o’zgarib borgan. Shahar guzarlari ijtimoiy
ahamiyatdan tashqari ma’muriy ahamiyatga ham ega bo’lgan.
XIX   asr   o’rtalarida   Samarqand   baland   paxsa   devorlari   bilan   o’ralgan
bo’lib,   XX  asr   70-yillarida   ularning   katta   qismi   shaharni   qayta   qurilishi   davrida
buzib tashlangan.
Shahar   topografiyasi   o’z   o’rnida   mahallalar   xususiyatidan   kelib   chiqib,
aholi   xo’jalik   hayoti,   ishlab   chiqaruvchi   kuchlarning   rivojlanishi   va   shahar
bo’ylab joylashuvini gavdalantiradi.
Guzarlarni   aholining   umumiy   yig’ilishlarida   saylanadigan   oqsoqollar
boshqargan.   Har   bir   mahallaning   o’ziga   markazi   bo’lib,   u   yerda   masjid   va
choyxona   bo’lgan.   Ushbu   markazlarda   savdo-ishlab   chiqarish   ustaxonalari,
do’konlar   va   uncha   katta   bo’lmagan   bozorlar   ham   mavjud   bo’lgan.     Mahallalar
esa   o’z   o’rnida   qit’a   qismlarga   birlashib,   ularni   hokimlar   boshqargan.
11
Абрамов А.А. Гузар ы Самарканда. – Ташкент; Узбекистан, 1989.  - С. 4.
15 O’rganilayotgan   davrda   shahar   4   ta   qit’aga   bo’lingan:   Qalandarxanin,
So`zangaron, Xayrobod, Xo'ja Axror.
Bu kabi siyosiy jarayonlar bilan bog’liq holda ijtimoiy o’zgarishlar boshqa
turli   etnik   birliklar   bilan   ham   sodir   bo’lib   turgan.   Albatta,   bu   o’rinda   mahalliy
aholi vakillari  (o’zbek, qozoq, turkman, tojik, qoraqalpoq, arab va dungan)  ning
ahvoli   ruslarga   nisbatan   huquqsizligicha   qolgan.   Bu   o’rinda   ta’kidlash   kerakki,
yahudiylar   ham   mahalliy   aholi   qatorida   huquqsiz   bo’lsa-da,   ular   rus   siyosatiga
juda   tez   moslashganlar.   Shu   tufayli   ular,   oldingi   siyosiy   tuzumdagiga   nisbatan
yangi siyosiy sharoitlarda, ayrim yutuqlarga erishishgan.
Shahar   aholisining     ijtimoiy   guruhlari   va   ularning   mashg’ulotiga   turiga
qarab   ham   tasniflangan.   Mahsulot   qiluvchi   mayda   savdogarlar   -   bazzozlar,
attorlar, baqqollar kabi nomlar bilan atalgan. Bazzozlar – turli gazlama  matolarni
sotish   bilan     shug’ullangan.   Attorlar   -   (arab,   ziravorlar   sotuvchi)   turli   mayda
attorlik   bo'yoq   mollar,   munchoq,   ip   bog’ich,   mayda-chuyda   metall   bezaklar,
oynalar, ba’zida do’ppilar bilan birga gugurt, qalampir, xushbo’y o’tlar, bo'yoqlar
va   nihoyat,   mahalliy   dori-darmonlarni   tayyorlab,   sotish   bilan   ham
shug’ullanganlar.   Bunday   dorilarni   tayyorlash   va   foydalanish   usullari
boshqalardan sir tutilib, faqat otadan o’g’ilga o’rgatilib borilgan. Shu tomonlama
attorlik   barqaror   hisoblanib,   savdodan   tushayotgan   arzimagan   daromadga
qaramay, bu kasb avloddan-avlodga merosiy bo’lib o’tib borgan.
Samarqand     atrofida   o’zbek   urug’larining   qang’li,   nayman,   qo’ng’irot,
qipchoq   xitoy,   sayot,   qiyot,   chig’atoy,   do'rmon,   ushun,   olchin,   ming,   qirq,   yuz,
qaraqalpoq saredi, qirgiz, turk, mang’it, bahrin kabilar istiqomat qilgan.
 Samarqandda etnik birlik sifatida alohida hindlar ham istiqomat qilishgan.
Ular  Samarqandga savdo maqsadida kelishgan va shu yerda o’rnashib qolganlar.
Ular   asosan   sudxo'rlik,   hind   mahsulotlarini   sotish   va   shu   kabilar   bilan
shug’ullanganlar.
  Aholi   turmushida     islom     aqidalari,   shariat   tartib-qoidalari   qat’iy
o’rnatilgan.   Oilada,     islomning     hukmron   ta’siridagi   jamoat   tartib   va   qoidalari
16 hukmrolik   qilgan.   Jumladan,   7-8   yoshdan   boshlab,   har   qanday   oila   a’zosining
harakati, o'y fikri, hissiyotlari mavjud o’rnatilgan qoidalardan chetga chiqmasligi
lozim edi. Erkak oila boshlig’i hisoblangan va barcha masalalar faqat u orqali hal
etilgan. Ayollar    ijtimoiy   hayotda ishtirok etish  imkoniyatidan  mahrum  etilgan.
Ya’ni ayollar  ijtimoiy  huquqsiz hisoblangan. Ayollar faqat uyda o’tirib, ro’zg’or
yumushlarini   bajarishi,   farzand   tarbiyasi   bilan   shug’ullanishi   lozim   edi.   Ayol
kishining   jamoat   orasida,   ko’cha-ko’yda   ochiq   yuzda   yurishi,   begonalar   bilan
munosabatda   bo’lishi   man   etilgan.   Ayollarning   oila   ishlariga   aralashishiga   yo’l
qo'yilmagan, ularni xohish-istaklari inobatga olinmagan. Oila hayotida ayol qadri
ko’pincha   kamsitilgan   va   tahqirlangan   holda   bo’lib,   bu     islom     bilan   bog’liq
ta’qiq   va   cheklovlardan   kelib   chiqqan.   Shariatga   muvofiq   ayollar   masjidlarga
bormasligi,   lekin  uylarda     diniy    amallarni  bajarishlari   mumkin  bo’lgan.  Jamoat
qoidalaridan   chetga   chiqqan,   yengiltaklik   qilgan,   nikohsiz   aloqalarda   bo’lgan
ayollar o’limga mahkum etilgan.
Insonlar   o’rtasidagi   munosabatlarda     islom     va   shariat   axloq-qoidalar
bashariy   axloq   me’yorlaridan   ham   yuqori   turgan.   Undan   tashqari,   aholi   urf-
odatlari,   an’analari,   kundalik   turmush   tarzi   ham   shariat   qoidalari   asosida   olib
borilgan.
O’z  ijtimoiy   holati va ta’siridan foydalanib, shariat qonun-qoidalari bilan
himoyalanib yurgan din vakillari asrlar mobaynida o’rnatilib kelingan har qanday
me’yor   va   qoidalarini   o’zgartirilishiga   qarshi   bo’lib,   bu   boradagi   yangilanishga
bo’lgan intilishlarga doimo qarshi turgan. Jamiyatning har qanday a’zosi ularning
so’zini qarshiliksiz inobatga olgan.
Aytish   joizki,   xalqning   ishonchi   va   xayrihoxligidan   foydalangan   bu
ijtimoiy   qatlamlar   ko'p    hollarda     islom     va shariat  qoidalariga  zid harakat   olib
borgan.   Jamiyatda   adolatning   qaror   topishida,   jinoyatni   aniqlash   va   jazo
belgilashda   shariat   qonunlari   va   asrlardan   –   asrlarga   o’tib   kelayotgan   odob   –
axloq qoidalari   asosiy   mezon bo’lgan. Lekin fuqarolik va jinoiy ishlarni ko’rib
chiquvchi qozilar sud ishlarini ko’pincha adolat yuzasidan olib bormagan.
17 XIX   asrda   shariat   ahkomlari   O’rta   Osiyo   va     Samarqand     shahar   aholisi
orasida katta ta’sir kuchiga ega bo’lgan tartib-qoidalar sanalgan. Mazkur qonun-
qoidalar   muqaddas   adabiyotlarda   adolatli   va   jamiyat   hayotini   to’g’ri   tashkil
etishga   qaratilgani   holda   bayon   etilgan   bo’lsa-da,   o’rganilayotgan   davrda   xalq
ma’naviyatining   pasayib   borishi   va   oddiy   aholini   ilm-fandan   yiroqlashuvi   ular
tomonidan   amal   qilinuvchi   qoidalarni   xalqni   o’zini   ustidan   zulmni   kuchaytirish
maqsadida   hukmron   sinf   tomonidan   buzib   talqin   etilishi     holatini   keltirib
chiqargan.   Bu   esa   o’z   navbatida,   bugungi   kun   nuqtayi   nazaridan   baholanadigan
bo’lsa,   ijtimoiy   inqirozning   bir   ko’rinishi   deb   atalishi   mumkin.   Ya’ni,
o’rganilayotgan   davrda   ta’lim   va   tarbiya   tizimining   jahon   taraqqiyotidan   orqada
qolishi,   hukmron   sinf   tomonidan   jabr-zulmning   kuchayib   ketishi,   oddiy
mehnatkash   xalqning   turmush   sharoitlarini   og’irlashuvi   natijasida   insonlarda
dastlab   iqtisodiy   muammolarni   bartaraf   etishga,   oila   a’zolarining   yaxshi
turmushini   ta’minlashga   bo’lgan   intilish   asosiy   hayotiy   ehtiyojni   tashkil   eta
boshladi. Bu holat   aholining asosiy qismini tashkil  etgan mehnatkash aholining
ijtimoiy   hayotida   ilm-fan   va   ta’lim   masalalarini   orqada   qolishiga   sabab   bo’ldi.
Ana   shunday   bir   sharoitda   din   aholiga   ta’sir   etishning   muhim   quroliga   aylanib
bordi. Diniy mutaassiblik ortib bordi.
Bu   davrda   xatto   dinning   siyosatga   ham   ta’sir   o’tkazganligini   ko’rish
mumkin   edi.   Jumladan,   davlat   boshqaruv   borasida   faoliyat   yuritgan   u   yoki   bu
mansabdagi shaxslar go’yoki islom va shariat nuqtai nazaridan davlat vazifalarini
bajarayotganligini ko’rsatishga uringan. Shariatdan o’ziga xos zodagonlik huquqi
sifatida   foydalangan   zodagonlar,   din   ruhoniylari   u   orqali   o’zlarining   sinfiy
manfaatlarini, zulmga asoslangan  faoliyatini  himoyalashga  uringan. Ya’ni, amir,
bek   amaldorlar,   ruhoniylar   shariatdan   oddiy   xalqlni   ezish,   boylik   orttirish   va
umuman, o’z manfaatlari yo’lida qurol sifatida foydalangan.
Amirdan tortib eng quyi amaldorgacha, shuningdek islomga da’vat etuvchi
va   uning   «himoyachisi»   bo’lgan   din   ruhoniylari   ham,     islom   va   sharoit   qonun-
qoidalari mohiyatini o’zlari to’liq anglab yetmay, davlat tartibi shariat qoidalarini
18 «buzganlarni»   qattiq   jazolab,   amalda   esa   o’zlari   o’z   bilganlaricha   ish   yuritdilar.
Darhaqiqat,   biz   ko’zdan   kechirayotgan   davrda   hukmron   sinf   tomonidan   oddiy
xalqni   ezish,   jabr-zulm   ko’rsatish,   ikki   yuzlamachilik,   ta’magirlik,   poraxo’rlik,
buzuqliklar   avjga   chiqdi.   Kambag’allar,   yersiz   dehqonlar   va   umuman   oddiy
xalqning zo’ravonlik va zulm, soliq - to’lovlardan qimirlashga madori yo’q edi.
Buxoro     amirligiga   kelgan   va   bu   yerdagi   islom   va   shariat,   huquqiy   va
axloqiy qoidalar va odatlarda salbiy xususiyat aks etganligini ko’rgan A.Vamberi
shunday   deb   yozadi:   «Bu   yerda   odam   faqat   insonday   ko’rinsa   bo’ldi,   uning
ko’nglidan   nima   borligi   bilan   hech   kimning   ishi   yo’q.     Islom   shariat   qoidalari,
amallarini yuzaki tarzda bajarib, aslida esa johil, zulmkor bo’lib, jazodan qochib
qutulib   yurish   ham   mumkinligini   nazarda   tutadi.   Shuningdek     Buxoro   va
Samarqand   islom dini markazlari hisoblansada,” – deydi u. “XIX asr o’rtalariga
kelib,   bu   yerda   diniy   mutaassiblik   shu   qadar   kuchayib   ketdiki,   bu   ezgulik   va
insoniylikdan   ko’ra,   ko’proq   johillik     adolatsizlik   insoniy   huquqlarni   poymol
etilishi kabi salbiy holatlar bilan kechdi''.
Asrlardan   asrlarga   o’tib,   saqlanib   kelingan   urf-odatlar,   qadriyatlar,
marosimlar,   bayramlarning   xalq   tomonidan   bajarilib   kelinishi,   xalq   turmush
tarzining   ajralmas   tarkibi   sifatida   saqlanib   kelayotgan   an’analarga   sodiqligini
yanada   mustahkamlangan.   Ayniqsa,     diniy   marosimlarning   ommaviy   ravishda
bajarilishi islom bayramlarining boshqa an’analar bilan umumiy xususiyatga ega
ekanligi an’anaviy asoslardan hisoblangan.
Ana   shunday   musulmonlar   uchun   an’anaviy   diniy   bayramlardan   islom
dinining ikkita bayrami, bu ro’za tugallangan oy oxirida nishonlangan  Ramazon
hayiti   va   qurbonlik   keltirish   bayrami   -   Qurbon   hayiti   hisoblanadi.   Ikkala
bayramni   musulmon   aholisi   shahar   va   yirik   qishloqlarda   toat-ibodat   bilan
nishonlasalar,   maxsus   masjidlarda   (namozgoh)   ham   dabdabali   tarzda
o’tkazganlar.   Ramazon   oyida   aholi   ko’chalarda   va   yarim   kechalarda   bemalol
yurishi   mumkin   bo’lgan.   Bu   oyda   madrasalarda   ta’lim   berish   jarayoni
to’xtatilgan.
19 Ro’za hayiti kunida hamma bayram kiyimida yurib, uy va joylarini tartibga
keltirib,   bir-birlarinikiga   mehmondorchilikka   borib   bayram   bilan   tabriklaganlar.
Qurbon hayiti bayrami kunida ibodatidan so’ng har bir musulmon oilaviy sharoiti
yaxshi bo’lsa, masjida qurbonlik qilgan. Agar kimdir kambag’al bo’lsa, unda bir
necha   kishi   birlashib,   qo’y,   echki   yoki   molni   qurbonlik   qilishga   harakat   qilgan.
Har   qaysi   oila   hayotida   bir   marotoba   bo’lsa   ham   qurbonlik   keltirishni   niyat
qilgan.
An’anaviy   bayramlardan  yana   biri   Navro’z  nishonlangan.   O’z   mohiyatida
zardushtiy  dini   qirralarini   saqlab  qolgan  bu  bayram  ham  xalq  tomonidan  yaxshi
nishonlangan. Bu bayramda ham ko’chalarda, bozorlarda xalq sayli bo’lgan.
Ayollar   o’rtasida   ham   ba’zi   bir   an’analar   kuchli   ta’sirga   ega   hisoblangan.
Ana shunday diniy ta’sirga ega bo’lgan marosimlarga «Bibi-Seshanba» va «Bibi-
Mushkilkusho»   kabilar   kirgan.   Bu   marosimlarda   ayollar   to’planib,   risolalar
(rivoyat,   doston)   o’qilgan,   izohlangan   va   turli   taomlar   tayyorlangan.   Ayniqsa,
ayollar   o’rtasida   bunday   diniy   amallar,   marosimlar,   toat-ibodatlarni   bajarib
borishda   –   otin   bibilarning   o’rni   muhim   hisoblangan.   Ularning   ayollar   o’rtasida
mavqei baland bo’lib, bu an’anaviy marosimlarda otin bibilar bosh ijrochi rolini
bajarishgan.
  Buxoro   amirligida   bo’lgani   kabi,     Samarqand   viloyatida   ham   ijtimoiy   ,
me’yoriy va an’anaviy munosabatlar islom va shariatning kuchli ta’sirida bo’lgan.
Bu   oddiy   turmush   tarzidan   tortib,   yer-suvga   egalik   munosabatlarida,   jamoat
tartiblarida,   marosim   va   an’analarda,     ijtimoiy   guruhlar   o’rtasidagi
munosabatlarda   o’z   aksini   topgan   edi.   Yuqorida   aytib   o’tilgan   munosabatlarga
dinning   shu   qadar   kuchli   ta’sir   ko’rsatishi   natijasida,   jamiyatda   tabaqalanish   va
tengsizlik   turg’un   hayot,   qoloq   iqtisodiy   munosabatlar,     diniy   mutaassiblikning
kuchayishi kabi  holatar jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to’siq bo’lgan.
Turkistonda Rossiya imperiyasi bosqinidan oldingi davrdagi aholi turmushi
va   xo’jaligi   ahvoli   xususida   so’z   yuritar   ekan,   tarixchi   Mirza   Olim   Maxdum
Xojining “Xonliklar davrida aholi nihoyat darajada olamdan bexabar bo’lganlar.
20 Qadimgi   haqqoniy   ulamolardan   oz   qolib,   holis   taqvo   bo’lmay,   riyokor   va
xushomadgo'y ko’paymoqda edi”.   Undan tashqari, mansablarga tayinlanishlarda
faqatgina xushomadgo'y va ilmsiz kishilar tayinlangan. Hukumat ishida mutlaqo
intizom   va   tartib   bo’lmagan.     Aholidan   olingan   soliq   va   to’lovlar   hech   qachon
aholi   hayotini   yaxshilashga,   ya’ni   yo’llar,   ko’priklar   yoki   shu   kabi   inshootlar
qurilishiga sarflanmagan. Mansabdagilar  kundan-kun kuchayib borgan. Shikoyat
qiluvchilarni hech kim tinglamagan'', deb ta’rif bergan.
Shahar   aholisining   turmushi   va   xo’jalik   yuritishi   tartibi   xilma-xil,
aholining   asosiy   tarkibi   bo’lgan   hunarmandlar   ishlab   chiqarilgan   mahsulotlar
doimo   bozorlarda   o’z   haridorlariga   ega   bo’lsada,   Samarqandlik
mehnatkashlarning   turmushi   oson   kechmagan.   Hokimiyat   vakillari   tomonidan
zulmning   kuchaytirilishi   ularning   ahvolini   og’irlashtirgan.   Shahar   hukumati
daromadlarni   oshirish   maqsadida   turli   xil   soliqlarni   joriy   etishgan.   Shahar
mehnatkashlari   umumiy   holatda   55   nafar     turlicha   soliqlar   va   to’lovlarni
to’laganlar.
I.2.   O’rta   Zarafshon   vohasi   shahar   aholisining   turmush   tarzi   va
mashg’ulotlari
Shahar   iqtisodiy   hayotida   bir   nechta   sohalar   o’rin   olgan   edi.   Dastlab
albatta,   hunarmandchilik   va   uning   tarmoqlari,   ikkinchidan,   shahar   aholisining
turmushida   o’z   o’rniga   ega   bo’lgan   qishloq   xo’jalik   mahsulotlarini   yetishtirish,
uchinchidan   esa,   savdo   munosabatlari.   Mana   shu   sohalar   tahlili   asosida   shahar
iqtisodiy hayotini tavsiflash mumkin bo’ladi.
XVII   asrda   ham   Samarqand   hunarmandchilik   ishlab   chiqarishi   va   savdo-
sotiqning   yirik   markazi   bo'lib   turdi.   Hunarmandchilikning   tor   ixtisoslashishi
davom etdi. Ayniqsa, to'qimachilik sanoati- ip gazlama, turli xil va ko'rinishidagi
shoyi   gazlama,   dasturxon,   parda,   belbog'   va   boshqa   xil   mahsulotlar   ishlab
chiqarish rivoj topdi. Samarqand o’zining asosiy qiyofasi ko’ra rivojlangan o’rta
asr   tipidagi   shahar   hisoblangan.   Bunga   qurilish   obyektlari,     aholi   turmush   tarzi,
shaharning   o’zida   ko’plab   yirik   va   mulklarining   mujassamligi   bundan   dalolat
21 beradi.   Shaharda   nafaqat   savdo   qizg’in   taraqqiy   etgan,   balki   ta’lim   ham.   Bunda
madrasalar asosiy rol o'ynagan. Umumiy qilib aytiladigan bo’lsa  XIX asr birinchi
yarmidan   oldingi   davrlarda   o’zaro   urushlar   va   talonchiliklar   natijasida   vayron
bo’lgan   shaharning   o’rganilayotgan   davrda   hukm   surgan   nisbatan   barqaror
siyosiy   vaziyat   sharoitida   iqtisodiy   va   siyosiy   hamda   madaniy   mavqei   asta-
sekinlik bilan tiklanib, yangicha ahamiyat kasb etib borganligidan dalolat beradi.
XIX  asr  birinchi  yarmiga qadar  Samarqand shahar  atrofidagi  aholi  asosan
dehqonchilik   bilan   shug’ullangan   bo’lsa,   shahar   aholisi   asosiy   qismi
hunarmandchilik,   savdo   bilan   mashg’ul   bo’lgan.   Bu   davrda   shahar   O’rta
Osiyoning   yirik   hunarmandchilik   rivojlangan   markazlaridan   biri   hisoblangan.
Masalan,  XIX  asr  o’rtalarida  shaharda   681  ta  to'quvchilik,  200  ta  egarchilik,  40
qog’oz   va   qog’oz   buyumlar   tayyorlovchi,   36   ta   temirga   ishlov   beruvchi,   34   ta
ipak   buyumlarni   tayyorlovchi,   30   ta   teri   mahsulotlari   ishlab   chiqaruvchi,   15   ta
ipak   yigiruvchi,   15   ta   bo'yovchi   ustaxonalar   faoliyat   yuritganligi,   rasmiy
manbalarda aks etgan.
Ko’rinib   turganidek   to'quvchilik   eng   keng   rivojlangan   soha   bo’lgan.
Darhaqiqat,   Samarqandlik hunarmandlar  ipak, yarim  ipak va paxta matolarning
turli   xillarini   tayyorlashgan.   Bulardan   olacha,   xosa   (yupqa   yarim   ipak   mato),
qalami   (paxta   matoning   turi),   chit,   kanaviz,   bo’z,   beqasam,   tivitli   salla,   ipak   va
yarim ipak gilamlar, do’ppilar va hakazo. Ta’kidlash joizki hunarmandchilikning
to’qimachilik   yo’nalishida   mahsulot   turining   ko’pligi   va   ushbu   soha
mahsulotlariga   bo’lgan   talab   barcha   jamiyatlarda   ham   katta   bo’lgan.   Ayniqsa,
paxta   va   shoyi   homashyosi   ko’p   yetishtiriladigan   O’rta   Osiyo,   shu   jumladan,
Samarqandda   ham   ushbu   hunar   sohasi   keng   taraqqiy   etishi   tabiiy   jarayon   edi.
Lekin,   biz   shu   jihatiga   ham   e’tibor   qaratishimiz   kerakki,     Samarqandda
yetishtirilgan   ba’zi   to’qimachilik   mahsulotlari   nafaqt   mintaqada,   balki   boshqa
davlatlarda   ham   katta   talabga   ega   edi.   Misol   uchun,   “Novoye   vremya”   gazetasi
muhbirining   bergan   xabarnomasida   1878-yili   Toshkentda   ochilgan   Turkiston
qishloq xo’jaligi va sanoati ko’rgazmasiga “ Samarqanddan ko’plab sifatli, rang-
22 barang shoyilar jo’natilib, bu matolar Buxoro va Turkiston o’lkasining ko’pgina
shaharlarida   tayyorlangan   to’qimachilik   mahsulotlari   bilan   raqobatlashadi”,
deyilgan.
O.A.Suxarevaning   guvohlik   berishicha   olacha   asli   Samarqandlik
hunarmandlarning   mahsuloti   bo’lib,   ularni   to’qish   bilan   asosan   shaharning   eng
ko’p sonli millati vakillari tojiklar shug’ullanishgan. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra
bu hunar sohiblari Buxorodan, boshqa ma’lumotlarga ko’ra Xo'janddan ko’chirib
keltirilgan ekan. Yana O.A.Suxarevaning ma’lumot berishicha Yomini va Zomini
deb nomlanuvchi  qo’shni   guzarlarda  yashovchi  o’zbeklar  va  tojiklar   qalami  deb
nomlanuvchi mahalliy ipdan to’qilgan, odatda ko'k va oq chiziqlarga ega bo’lgan
matoni   to’qish   bilan   shug’ullanganlar.   Ushbu   guzarlar   aholisining   bir   guruhi
Yomdan ikkinchisi Zomindan ko’chib kelganlar bo’lgan.
P.I.Pashinoni   ma’lumot   berishicha   Turkiston   hunarmandchilik   ishlab
chiqarishida uyda bajaruvchi ishchilar mehnatidan ko’p foydalanilgan, “... qog’oz
ishlab   chiqarishida   bir   sanoatchi   o’ziga   ma’lum   oilalarning   biriga   paxtani
tozalash,   boshqasiga   –   yigirish,   uchinchisiga   –   tikish,   to’rtinchisiga   bo'yash   va
hakazo     ishlarni   tarqatgan.   Bu   esa   o’z   o’rnida   undan   ustaxonalar   uchun   joy
tayyorlash, ustachilik dastgohlarini sotib olish, ishchilarni ishlamagan vaqtiga pul
to’lash majburiyatidan xalos etgan...”.
Shunga   o'xshash   holat     Samarqandda   ham   kuzatilgan.   Ba’zi   hollarda
mehnatning   katta   qismi   ayollar   va   bolalar   zimmasiga   tushgan.   Ular   paxtani
tozalashgan,   matolarga   ishlov   berishgan,   iplarni   o’rashgan   va   h.k.   Zarafshon
okrugida   ipak   ip   asosan   “tojik   va   eroni   ayollar   charx     yordamida   ishlab
chiqarganlar, o’zbek va qirg’iz ayollari esa urchuq yordamida. Bir ayol bir yilda
mazkur   uskunalar   yordamida   2   dan   4   pudgacha   ipak   yoki   undan   ip   yigirishi
mumkin   edi”.   Ko’pchilik   ayollar   mazkur   mahsulotlarni   o’z   ehtiyoji   hamda
sotuvga   chiqarish   uchun   ham   ishlab   chiqarganlar.   Shunga   qaramasdan   ko’pgina
hunarmandlar   va   kasanachilarning   oilalari   moliyaviy   jihatdan   qiyin   ahvolda
bo’lib,   kam   daromad   hisobiga   kun   kechirganlar.   Bunga   barcha   to’quvchilarning
23 do’konlari   yo’qligi   va   o’z   mahsulotini   to’g’ridan-to’g’ri   bozorda   sotish
imkoniyatiga   ega   bo’lmaganligi   sabab   bo’lgan.   Ko’pchilik   to’quvchi
hunarmandlar   o’z   mahsulotlarini   olib-sotuvchilar   yordamida   sotishgan.   Bunda
ular   mahsulotni   30   %   arzon   narxda   pullashga   majbur   bo’lishgan.   Bu   holat
to’quvchilarning   o’zlarida   ishlab   chiqarishdan   oldin   mablag’   mavjud   bo’lmagan
holatlarda   olib-sotuvchilardan   pul   olishga   va   olgan   pulga   mahsulotni   arzon
narxda berishga majbur bo’lishgan.
XIX asr birinchi yarmida Samarqandda adras to’quvchi 63 ta to’quvchilik
dastgohi   va   41   ta   kanop   ip   to’quvchi   dastgohlar   bo’lib,   ular   qirq   besh   nafar
kishining   qo’lida   to’plangan   edi.   Kanop   ip   ishlab   chiqarish   bilan   o’zbeklar   va
tojiklardan tashqari Samarqandlik yahudiylarning bir qismi ham shug’ullanganlar.
Umuman olganda,   Samarqandda ishlab chiqarish mayda hunarmandchilik ishlab
chiqarishi harakterida edi.
Tikuvchilik bilan asosan erkaklar shug’ullanishgan.   Samarqandda alohida
tikuvchilik   dastgohlarida   bir   nechta   ustalar   faoliyat   yuritadigan   qator   ustaxonlar
mavjud bo’lib, ularda “... talabgir xalatlar, salla va belqarslarga ishlatiladigan ...
faqat maxsus harir va sifatli matolar tayyorlangan”.
Arxiv   ma’lumotlarida   keltirilishicha,   “Samarqandda   maxsus   ipak   yoki
yungni tozolovchi ustaxonalar kam bo’lgan. Chunki tozalangan ipak yoki yungga
ehtiyoji bo’lgan mahalliy aholi ularni sotib olib o’zlari uylarida tozalaganlar. Bu
hunar   bilan   maxsus   shug’ullanuvchilar   tikuvchilar   uchun   buyurtma   asosida
ishlaganlar   va   kamdan-kam   holatlarda   tozalangan   yung   yoki   shu     kabilarni
bozorga olib chiqqanlar”.
To'quvchilik   sanoati   asosan   mahalliy   mahsulotlardan   tayyorlangan
mahsulotlarga qarab turlarga ajratilgan. Shunday sohalardan  biri  bu – ipakchilik
va     ipakdan   mahsulotlar   tayyorlash   edi.   XIX   asr   birinchi   yarmida   ipak
mahsulotlarini   yetishtirish   bilan   400   ga   yaqin   xo’jalik   shug’ullanganligi   haqida
ma’lumotlar   keltiriladi.   Har   bir   xo’jalik   5   puddan   1,5   pudgacha   mahsulotni
24 bozorga   olib   chiqishgan.   Shaharga   ipak   xomashyosi   qo'shni   hududlardan   ham
olib kelingan.
Samarqandda   ipakga   ishlov   berishda   pichoqli   qo'ldan   yasaluvchi
uskunadan   foydalanilgan.   Ko’pchilik   hunarmandlar   ipakga   ishlov   beruvchi
uskunani o’zlari yasashgan. Ipakni o’zidan Samarqandlik hunarmandlar bir necha
xil   mahsulotlarni   ishlab   chiqarganlar.   O’z   vaqtida   Samarqand   o’lkadagi   yirik
savdo   mahsulotlarni   yetishtiruvchi   va   uning   bozorlarida   amirlikning   yirik   ipak
mahsulotlari   savdosi   amalga   oshirilgan.   Ipak   matolardan   asosan   kanaus,   yarim
ipak matolardan beqasam va adras tayyorlangan.
XIX asr birinchi yarmida Samarqandda matolar tayyorlash bilan bir qatorda
matolarga bo'yoq berish sohasi ham yaxshi taraqqiy etgan. Bo'yoqchilik ishi bilan
alohida   ustalar   shug’ullanishgan.     Samarqandda   maxsus   ko'k   rangli   bo'yoqlar
tayyorlangan. Yil davomida bo'yoq ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi maxsus
do’konlar ham mavjud bo’lgan. Umuman olganda bo'yoq tayyorlash bilan alohida
usta   va   bo'yash   bilan   alohida   ustalar   shug’ullanishgan.   Bo'yoqchi   ustaxonasida
doimo   bo'yoqlar   to’lachanlar   bo’lib,   buyurtmachini   oldida   mato   bo'yalgan   va
qurutilmagan   holda   egasiga   qaytarib   berilgan.   Bo'yoq   sifati   va   mato   hajmiga
qarab   mehnat   haqi   olingan.   Bo'yoqning   sifatiga   qarab   2,5   funt   (1   funt   570
grammga teng) matoni bo'yash 40 dan 60 tiyingacha baholangan.
XIX   asrda   kubli   ipak   bo'yash   bilan   asosan   mahalliy   Samarqandlik
yahudiylar shug’ullanganligini ta’kidlanadi.   Samarqandlik ustalar  bo'yoqlarning
turli   ranglarini   tayyorlay   olganlar.   Yahudiylar   nil   bo'yog’ini   tayyorlash   bilan
mashhur bo’lgan.
Shaharda   metallga   ishlov   berish   hunarmandchilikning   asosiy   sohalari
hisoblangan.   Urush   vaqtlarida   mazkur   soha   kishilari   harbiy   aslahar   ishlab
chiqarishga,   boshqa   vaqtlarda   turli   metall   buyumlar:   pichoq,   duradgorlik   va
ustachilik   asboblarini   va   shu   kabilarni   ishlab   chiqarishga   ixtisoslashgan.
Samarqandlik ustalar mis, jez, cho'yan, temir va turli qorishmalardan mahsulotlar
tayyorlashgan.
25 Temirchilikning   cho'yanga   ishlov   berish   sohasida   o’ziga   xos   maktab
shakllangan bo’lib. Ular o’zlarining metallga ishlov berish texnikasiga ega edilar.
Cho'yandan asosan qozon,  undan tashqari xo’jalik uchun zarur bo’lgan buyumlar
va mehnat qurollarini tayyorlashgan.
Hunarlarning ayrim  turlari muayyan ixtisoslashuvga  erishgan. Temirchilar
odatda   bir   necha   xil   mahsulotlarni   ishlab   chiqarishga   ixtisoslashgan:   ba’zilari
faqatgina   ot   va   eshaklar   uchun   taqalar   yasagan,   boshqalari   faqat   tokarlik   va
chilangarlik asboblarini yasaganlar. Temir buyumlarning katta qismi Rossiyadan
keltirilgan temirdan yasalgan 12
.
N.A.Kirpichnikov   temirchilik   mahsulotlarini   tasniflar   ekan   ularni   uch
guruhga ajratadi:
Darvoza   zulfaklari,   mix,   taqa,   yugan,   arava   g’ildiriklari   uchun   halqalar,
kuraklar yasash.
Toshtaroshlar   uchun   dastgohlar,   cho’kichlar,   o’roq   va   ketmonlar,
duradgorlar uchun asboblar tayyorlash.
Pichoq, qaychi, arra, bigiz va shunga o’xshash mayda asboblar temirchiligi.
  Samarqand hunarmandlari orasida   t erichilar ham katta o’rinni egallaganlar. Ular
tomonidan  tayyorlanadigan   mahsulotlar   yuqori   sifati   bilan  ajralib  turgan.   Teriga
ishlov   berish   sohasi   hududni   Rossiya   imperiyasi   hududiga   qo'shib   olinguniga
qadar   hunarmandchilik   ishlab   chiqarishining   asosiy   tarmoqlaridan   biri   sifatida
qaralar edi. Chunki, teri va   u ndan tayyorlanadigan mahsulotlar aholi turmushida
muhim   o’rin   tutgan.   Qolaversa   mazkur   soha   mahsulotlari   hudud   va   umuman
mintaqaviy   savdoda   ham   asosiy   tovar   vazifasini   o’tagan.   Shaharda   alohida
terichilar   istiqomat   qiluvchi   mahalla   ham   mavjud   bo’lib,     u   Charmgaron   deb
nomlangan .
Samarqandda   boshqa   hunarlar   qatorida   qog’oz   ishlab   chiqarish   ham
rivojlangan.   XV   –   XIX   asrlarda   Samarqand   qog’oz   ishlab   chiqarishning   yirik
markazi   hisoblangan.   Qog’oz   tayyorlashda   ishlatilgan   nasha   o’simligidan
tayyorlangan   kanop   iplar   xomashyo   bo’lib   xizmat   qilgan.   Ular   tarqatilgan,
12
Ташев X, “К вопросу о составе сельского населения Зарафшанской долины”, Т-1965 й. 56-б.
26 taroshlangan   va   kecha   davomida   ohakli   suvga   botirib   qo’yilgan.   Shu   tariqa
kamida   bir   hafta   davomida   xomashyoga   ishlov   berilgan   va   keyin   qog’oz
tayyorlangan.     Samarqand   qog’ozi   turli   ranglarda   tayyorlangan.   P.P.Ivanovning
ma’lumot berishicha shaharda yozuv qog’ozini ishlab chiqarish keng rivojlangan.
Qog’oz  buyumlarini  yasovchi  ustaxonalarda qog’oz xomashyosini  alohida
va   yozuv   qog’ozini   alohida   tayyorlashgan.   Ba’zi   hollarda   esa   mazkur
mahsulotlarni   alohida   ustaxonalarda   tayyorlab   sotuvga   chiqarishgan.   Qog’ozga
yakuniy ishlovni  maxsus  mutaxassis  – “murakashlar” amalga oshirganlar. 1869-
yilda Samarqandda qog’oz ishlab chiqaruvchi ustaxonalar soni 16 ta bo’lgan.
XVIII   asr   oxiri   XIX   asr   boshida   Samarqandda   qog’oz   sanoati   inqirozni
boshdan   kechirgan.   Bunga   sabab,   birinchidan   Buxoro   amirligidagi   o’zaro
urushlar,   ko’chmanchi   xalqlarning   hujumlari   natijasida   yuz   bergan   talon-
tarojlardan   bezgan   xalqning   nisbatan   tinch   o’lkalarga   ko’chib   ketishi   hamda
qog’ozsoz ustalarning katta qismi Qo’qon xonligi hududiga borib makon topishi.
Ikkinchidan, XIX asrda Rossiyadan  katta miqdorda qog’oz mahsulotlarning olib
kelinishi   mahalliy   qog’ozsozlarning   inqiroziga   ham   ma’lum   qadar   hissa
qo’shgan.   Tadqiqotchilarning   fikricha   O’zRFA   Sharqshunoslik   instituti
fondlarida saqlanayotgan XIX asrga oid juda ko’plab qo’l yozmalar ichida birorta
ham   Samarqand   qog’oziga   bitilganligi   qayd   qilinmagan.   Bu   holat   XIX   asr
boshida   Samarqandda   qog’oz   ishlab   chiqarish   to’xtab   qolganligidan   dalolat
beradi. Yana bir ma’lumotda «XIX asr boshlarida Samarqand qog’ozi tayyorlash
nihoyasiga   yetgan   edi.   Shu   sababli   qog’oz   ustaxonalari   o’rnashgan   joylar
boshdan-oyoq   un   tegirmonlari   va   charxpalaklarga   ko’milib   ketgan   edi»,
keltiriladi.   Bu   davrda   o’zaro   feodal   kurashlar,   tinimsiz   talonchiliklar,   savdo
yo’llarining   xavfsiz   emasligi   natijasida   savdoning   susayishi,   o’zaro   kurashlar
davrida   soliqlarning   oshib   ketishi   natijasida   Samarqandda   birgina   qog’oz   ishlab
chiqarish emas, balki ko’pgina ishlab chiqarish sohalarida inqiroz kuzatiladi.
A.Vamberining   fikricha   Samarqand   qog’ozi   «Yangi   ipakdan
tayyorlangan…»,   O’rta   Osiyo   bo’ylab   1866-yilda   sayohat   qilgan   P.I.   Pashino
27 fikricha   esa   qog’oz   paxtadan   tayyorlangan,   A.Semyonov   qog’oz   tayyorlashda
eski latta va paxta tolalari, ipak va kanop chiqitlari ham qo’llanilgan degan fikrni
ilgari suradi. Ta’kidlash joizki har qanday mahsulot tayyorlanganda atrof-muhitda
mavjud   bo’lgan   xomashyodan   keng   foydalanilgan.   Shundan   kelib   chiqib,   aytish
mumkinki   qog’oz   tayyorlashda   XIX   asr   Samarqandlik   hunarmandlar   asosan
kanop,   qamish,   paxta,   zig’ir   tolasi   va   ipakdan   keng   foydalanishgan,   degan   fikr
o’rinlidir.
Samarqand   qog’ozi   suvsimon   o’zining   maxsus   belgisiga   ega   bo’lgan.
Mazkur belgi XVI asrda usta Mir Ibroximning o’ziga xos muhri bo’lgan. Bu belgi
so'nggi paytlargacha ham Samarqand qog’ozining belgisi sifatida saqlanib qolgan
va “Miribroxim” deb atalgan.
Samarqand   qog’ozi   tayyorlangan   xomashyosiga   ko’ra,   asosan   uch   navga
ajratilgan. Ulardan biri ipak chiqitlari, tarandilaridan tayyorlangan va unga hech
qanday paxta tolasi  qo’shilmagan. Bu qog’oz nihoyatda puxta, go’zal, mayin va
juda   silliq   bo’lib   sariq   tusda   tovlanib   turgan.   Bu   qog’oz   «qog’ozi   abrishumiy»
ya’ni «qog’ozi ipak» deb yuritilgan.   Samarqand qog’ozining ikkinchi xili yarim
shoyi   qog’oz   bo’lib,   u   ipak   xomashyosiga   teng   miqdorda   nasha   poyasi   qo’shib
tayyorlangan.   «Nimkatoniy»   deb   atalgan   bu   qog’oz   qalin,   puxta   va   yaxshi
ohorlangan   bo’lib,   bunday   qog’ozdan   qilingan   kitobni   varaqlashning   qulay
bo’lgan. Uchinchi nav qog’oz deyarli sof paxtadan tayyorlangan va usifati hamda
tayyorlash usuliga ko’ra yuqorida aytib o’tilgan qog’ozlardan bir muncha pastroq
bo’lgan.
Samarqand   shahri   atrofida   faoliyat   yuritgan   qog’ozsozlarning   asosiy   ish
joylari   xususiy   yoki   vaqfga   tegishli   bo’lgan   ustaxonlar   bo’lgan.   Qog’oz
tayyorlash   jarayonida   ustaxonada   faoliyat   yuritgan   ustalar   o’rtasida   mehnat
taqsimotiga amal qilingan. Masalan, qog’oz tayyorlovchi usta qog’ozrez, qog’oz
ohorlovchi   usta-muhrkash,   paxta   yuvuvchi   usta-paxtasho’y,   qog’ozga   un-moy
qo’shuvchi   usta-ohorchi,   qog’ozni   quritish   uchun   dorga   osadigan   yoki   devorga
yopishtiradigan   usta-qog’oz   chaspon   deb   atalgan.   Bundan   tashqari   xandakda
28 qog’oz   talqonini   tepkilovchi,   objuvozni   ishlatuvchi-juvozchi,   bir   nechta   xalfa
hamda   shogirdlar   bo’lgan.   Qog’ozsozlar   shu   yerning   o’zidayoq   tayyor   bo’lgan
qog’ozni   savdogarlarga,   xattotlarga   va   boshqa   qog’ozga   muhtoj   kishilarga
sotishgan.   Qog’oz   savdosi   bilan   shug’ullanuvchi   savdogarlar   ko’tarasiga   savdo
qilib olgan qog’ozlarni atrof shaharlarga yoki uzoq mamlakatlarga eltib sotishgan.
Qadimgi   qog’oz   tayyorlash   usuli   yo’q   bo’lib   ketganligi   sababli,   biz   arxivdan
topilgan   hujjatlar   va   boshqa     manbalar   asosida   ajdodlarimiz   qog’ozni   qanday
tayyorlaganliklari   haqida   A.Fayziyev   quyidagi   ma’lumotlarni   keltirib   o’tadi:
”Kerakli miqdordagi birinchi navli paxta olinib, bo’yra ustida yaxshilab suv bilan
chayilgan,   so’ng   u   objuvozda   bir   kecha-kunduz   davomida   tortilgan.   Shundan
so’ng   talqon   holga   kelgan   paxta   ikkinchi   bor   suvda   chayib   olingan   va   unga
kerakli   miqdorda   ishqor   hamda   ohak   solinib,   yaxshilab   aralashtirilgan   va
objuvozda ikkinchi  bor  qayta tortilgan. Kerakli  miqdorda  qayta tortilgan qog’oz
talqoniga 4 pud ishqor, 1 pud ohak aralashtirib bo’yra ustida yoz kunlarida 3 kun,
qish  kunlarida  15  kun  quyosh  tig’ida  saqlangan.   Ko’rsatilgan   muddat   o’tgandan
so’ng   qog’oz   talqoni   uchinchi   bor   objuvozga   solinib   8   kun   tortilgan.   Sh u ndan
so’ng   objuvozdagi   talqon   olinib   surp   matoga   solingan   va   suvda   chayib   olingan.
Qog’oz   talqonidagi   suvni   siqib   chiqarish   uchun   og’ir   toshlarga   bostirib
qo’yganlar.   Suvi   siqib   chiqarilgan   qog’oz  talqoni   to’rtinchi   marotaba   objuvozga
solinib,   10   kun   davomida   tortilgan.   Shu   jarayonlardan   keyingina   qog’oz   qilish
uchun kerakli xamirsimon xomashyo - qog’oz bo’tqasi maxsus xandakka solinib
oyoq bilan  2 soat  davomida  tepkilangan,  so’ngra  2  soat   tayoq bilan  savalangan.
Shundan   so’ng   uni   suyuq   holga   keltirish   uchun   suv   solingan.   Suyuq   qog’oz
bo’tqasini   ot   qilidan   tayyorlangan   mayin   to’r   ustiga   bir   xil   yupqalikda   solib
chiqilgan. Shu jarayonda qog’ozning qalinligiga alohida e’tibor berilgan, chunki
uning qanchalik qalin yoki yupqaligi ana shu yerda belgilab olingan va bir kecha-
kunduz   davomida   suvini   siqib   chiqarish   maqsadida   ustidan   tosh   bostirib
qo’yishgan.   Katta,   yupqa   varaqsimon   holga   kelgan   qog’oz   bo’laklariga   yupqa
qilib,   bug’doy   uni   va   qo’y   moyi   qo’shib   tayyorlangan   shirach   surtilib,   quritish
29 uchun   yoz   kunlarida   3   soat,   qish   kunlarida   bir   kecha-kunduz   davomida   maxsus
xona   devorlariga   yopishtirib   qo’yishgan   yoki   simdan   qilingan   dorga   osib
qo’yishgan.  Qurigan varaqlar  devordan ajratib olinib, maxsus  pichoq yordamida
kerakli   o’lchamda   kesib   chiqilgan.   So’ngra   shirach   varaqning   ikki   tomoniga
surtilgan. Qog’oz tarkibi yanada zich va yaltiroq bo’lishi uchun tosh o’qlov bilan
unga   ishlov   berishgan.   Zarur   bo’lganda   bu   jarayon   ikki-uch   bor   takrorlangan.
Qog’oz   to’liq   qurishi   uchun   ipli   dorlarga   osib   qo’yilgan   va   shundan   so’ng
iste’molga   chiqarilgan.   Arxiv   ma’lumotlariga   qaraganda   18720   varaq   qog’oz
tayyorlash uchun 24 pud amerika sortli paxta, 24 pud ishqor, 6 pud ohak, 10 pud
un, 1 puddan ortiqroq moy, 6 bo’lak mato (1 bo’lak 6-7 metr bo’lgan) ishlatilgan.
Qog’ozsozlar  qog’oz tayyorlash jarayonida uning qanday rangda bo’lishiga  ham
alohida   e’tibor   qaratganlar.   Varaqlarning   qanday   rangga   bo’yalishi   ma’lum   bir
ma’noni anglatgan. Masalan, havorang-motam, ayriliq alomatini, och qizil - baxt-
saodat,   shodlik,   bayram   xabarini   bildirgan.   Ko’k   rangli   qog’ozlardan   asosan
qayg’uli   xabarlarni   bildirishda   foydalanishgan.   Qog’ozboflar   ko’p   hollarda
qog’ozni och-qizil va yashil ranglarga bo’yashgan, negaki bu ranglar oq qog’ozga
qaraganda   kishiga   qandaydir   ruhiy   tetiklik,   orom   bag’ishlab,   tez   charchashning
oldini olgan”.
Xullas,   «Muayyan   darajada   har   qanday   shaharda   mavjud   bo’lgan   ushbu
hunarlardan   tashqari   shundaylari   ham   bor   ediki,   unga   faqat   bir   shahar   egalik
qilardi.   Qog’ozgarlik   anashunday   hunarlardan   edi.   U   Samarqandda   rivoj   topgan
edi». Samarqand,  Buxoro, Qo’qon shaharlarida  ajdodlarimiz tomonidan  ipakdek
silliq   va   yumshoq,   uzoq   yillarga   chidamli,   turli   muhitlarga   dosh   bera   oladigan,
nam   tortmaydigan   qilib   tayyorlangan   turli-tuman   qog’ozlar   ularning   bu   sohada
yuqori malakaga ega bo’lganidan dalolat beradi. Yuqorida bayon qilingan qog’oz
tayyorlash   usulidan   ko’rinib   turibdiki,   u   qadar   murakkab   emas.   Hozirgi   fan-
texnika   taraqqiy   etgan   davrda   bu   jarayondagi   ko’pgina   ishlarni   texnika
zimmasiga   yuklash   orqali   qadim   texnologiyalar   asosida   olingan   qog’oz   bilan
30 yo’qolish   arafasida   turgan   ko’plab   qo’lyozma   kitoblar,   hujjatlarni   saqlab   qolish
mumkin.
Qog’oz   ishlab   chiqarishning   nisbatan   rivojlanganligiga   mahalliy   aholi   orasida
mazkur mahsulot  turiga bo’lgan talabning yuqoriligi ham ta’sir o’tkazgan. Zero,
Samarqand azaldan yirik ma’muriy, madaniy va iqtisodiy markaz sifatida doimo
aholi zich istiqomat qiluvchi hudud bo’lganligi tufayli unda turli yuridik hujjatlar
ko’plab   yozilgan,   madrasa   va   maktablar   faoliyati   va   umuman   aholi   turmushida
qog’oz   ko’p   ishlatilgan.   XIX   asr   o’rtalarigacha   qog’oz   tashqi   savdodagi   asosiy
mahsulotlardan biri bo’lgan. Xususan, uni Volga bo’yiga eksport qilingan. Misol
uchun,   XVIII   asr   oxirida,   amir   Shohmurod   davrida   bir   pud   o’rta   sifatli   qog’oz
Samarqandda 45-55 rubl, Orenburgda 80 rubl turgan.
Aytish   mumkinki,   bozor   bilan   munosabatda   bo’lgan   hunarmand   asta-
sekinlik   bilan   talabda   bo’lgan   mahsulot   ishlab   chiqarishga   ixtisoslashib   borgan.
Biroq,   mazkur   jarayon   izchil   bo’lmay,   bunga   mahsulotlarning   iste’mol   hajmi
katta   bo’lmay,   aksariyat   hollarda   ularni   qishloq   xo’jaligi   mahsulotlariga   yoki
boshqa   turdagi   mahsulotga   almashinuvi   amaliyotda   qo’llanilgan.   XIX   asr
o’rtalariga   kelib   mintaqaviy   va   hududlararo   savdoning   katta   hajmga   ega   bo’lib
borishi   natijasi   olib   sotuvchilar   faoliyati   jadallashdi.   Buning   natijasida
hunarmandchilik   ishlab   chiqarishini   mahsulotga   bo’lgan   talabga   qarab
moslashuvchanligi   yana   ham   ko’zga   tashlana   borgan.     Samarqandni   imperiya
tarkibiga qo’shib olinganiga qadar   XVIII asrga nisbatan hunarmandchilik ishlab
chiqarishida bir qadar yuksalish ko’zatiladi.
Samarqand   shahrining   mahalliy   aholisining   an’analari   va   ularning   fe’l-
atvori   tufayli   shahardagi   barcha   ishlab   chiqaruvchi   xo’jaliklarning   aniq   soni
haqida   ma’lumotlarni   to’plash   nihoyatda   qiyin   bo’lgan.   Chunki,   mahalliy   aholi
turli   salbiy   oqibatlardan   hadiksiragan   holda   rus   ma’muriyatiga   aholi   va   uning
turmush   tarzi,  ishlab   chiqaruvchi   xo’jalik   turlari,    aholi   soni   va   tarkibi   bo’yicha
ma’lumotlarni   bermaganlar.   Natijada   arxiv   ma’lumotlari   va   turli   rus   mualliflari
asarlaridagi   ma’lumotlar   ham   to’g’riligiga   mualliflarning   o’zlari   ham   ishonch
31 bildirmaydilar.   Biroq   o’sha   davr   uchun   ushbu   keltirilayotgan   ma’lumotlar
nisbatan   haqiqatga   yaqinligi   qayd   etishimiz   zarurdir.   Xususan,   1872-yilda
Samarqand   nomli,   uch   qismdan   iborat   bo’lgan   asarda   ham   muallif   o’zi
keltirayotgan   ma’lumotlar   aniq   bo’lmasa-da   haqiqatga   yaqinroq   ekanligini   qayd
etadi. Unda keltirilishicha 1872-yilda Samarqandda 1085 ta do’konlar va 1610 ta
ishlab   chiqaruvchi   ustaxonalar   mavjud   bo’lgan.   Ushbu   ustaxonalarda   quyida
sanab   o’tiluvchi   barcha   mahsulotlar     ishlab   chiqarilgan   va   sotuvga   chiqarilgan.
Yana   bir   tadqiqotchi   L.N.Sobolevning   fikricha   Samarqand   shahrida   1868-1869-
yillarda 3 mingga yaqin do’konlar bo’lgan.
  Samarqandda   qo’lda   buyumlar   yasash   keng   rivojlangan.     Samarqand
hunarmandlarining   beqiyos   va   jozibali   mahsulotlari   dunyoning   ko’pgina
mamlakatlarida   mashhur   edi.     Samarqand   buyumlari   chiroyli   va   arzonligi   bilan
mashhur bo’lgan.
Oddiy   hunarmand   oilalar   bilan   bir   qatorda   Samarqandda   o’rta   hol
ustaxonalar   ham   bo’lib,   ular   yil   davomida   mahsulot   ishlab   chiqarishdan
to’xtamagan.   Xususan,   imperiya   hokimiyati   o’rnatilgan   vaqtda   Samarqandda   12
ta cho'yan erituvchi, 4 ta g’isht  ishlab chiqaruvchi, 34 ta chiroq va sovun ishlab
chiqaruvchi, 45 ta qandolatchilik, 18 ta to'quvchilik stanoklarni yasovchi tokarlik
va   randachilik   ustaxonalari   bo’lgan.     Samarqand   bo’yicha   jami   113   ta   o’rta   va
1495 ta kichik hunarmandchilik va kasanachilik ustaxonalari mavjud edi. Mazkur
ustaxonalar   va ular   ishlab  chiqarayotgan  mahsulotlar   hajmini  chamalab  ko’rilsa,
shahardagi   hunarmandchilik   va   kasanachilik   ishlab   chiqarishining   naqadar   katta
miqyosdagi aholini band etganligini guvohi bo’lishimiz mumkin.
Uy   ishlab   chiqaruvi   bilan   birga   mayda   hunarmandchilik   sanoatning
hududga mos   ti pik shakli  edi. Biroq mazkur  ustaxonalar  va boshqa kasanachilik
korxonalarining   ishlab   chiqarishi   tezligi   past   va   mahsulotining   hajmi   kam
bo’lgan.
  Shaharda  ayniqsa  etikdo’z,  terichilar,  bosh  kiyim   tayyorlovchilar,  qog’oz
yasovchilar,   qulfsozlar,   tillo   va   kumush   buyumlar   yasovchilar,   misgarlar   ajralib
32 turgan.  Undan tashqari, nonpazlar, chiroqchilar, tokarlar, matolarni bo’yovchilar,
turli rangdagi va sifatdagi bo'yoqlarni tayyorlovchi ustalar bo’lgan.
  Samarqand   shahridagi   ustaxonalar   va   kasanachilik   korxonalarining   bu
shaklda   faoliyat   yuritishini   tarqoq   ko’rinishdagi   manufaktura   sanoati   deb
baholash mumkin.   Samarqand hunarmandlari sexlarga birlashganlar. O’ziga to'q
ustalar   orasidan   oqsoqol   (usta)     saylanib   ,   ularni   Samarqand   beklari
tasdiqlaganlar.
Sex   ichidagi   munosabatlar   sex   nizomi   asosida   muvofiqlashtirilgan.
Sexlarda   asosan   ko’p   sonli   shogirdlar   mehnat   qilishgan.   Ko’p   yillik   mehnat
faoliyatidan   so’ng   shogirdlarga   xalfa   maqomi   berilgan.   Biroq,   xalfa   maqomi
hammaga  ham  nasib  qilavermagan.  Chunki,  xalfa  maqomiga  ega bo’lishi   uchun
muayyan miqdorda moddiy mablag’ga ega bo’lishi talab qilingan. Xalfaning usta
maqomiga ko’tarilishi uchun yana ham ko’proq moliyaviy mablag’ga ega bo’lish
talab etilaredi.  X ususan, ustamaqomi berilishi uchun katta boylik va shaxsiy mol-
mulkka ega bo’lish talab etilardi. Shuning uchun usta maqomiga ko’pchilik erisha
olmagan.   Eski   tajribali   ustalar   o’z   kasbining   sirlarini   shogirdlari   va   xalfalarga
kamdan-kam   holatlarda   o’rgatganlar.   Kasb   sirlarini   saqlash   ustalar   va
hunarmandlar oilalarini keyingi avlodlarini ham yaxshi hayotini ta’minlash garovi
bo’lgan. Shuning uchun ham hunarmandchilik faoliyati o’ziga xos oilaviy pudrat
xarakteriga ega bo’lgan.
Hunarmandchilikning   ayrim   sohalari   o’z   ustaxonlarida   mahsulotni   ham
ishlab   chiqarganlar   ham   sotganlar.   Ya’ni,   hunamandchilik   va   savdo   bir   rastani
o’zida   amalga   oshirilgan.   Hunarmandlarning   bir   qismi   o’z   rastalari   va   umuman
o’z   ustaxonlariga   ega   bo’lmagan.   Ular   rasta   yoki   ustaxonalarni   ijaraga   olganlar.
Mazkur kishilar daromadi boshqalarga nisbatan kam bo’lgan.
Ba’zi   manbalar   tahlili   amalga   oshirilganda   ustalar   tomonidan   o’z
ustaxonalarini “Sotuv vasiqa”lari orqali boyga sotib shu vasiqa orqali yana o’sha
ustaxonani   o’z   ijaraga   olganligini   guvohi   bo’lamiz.   Bu   holat   hunarmandlarni
33 aksariyat   hollarda   olib   sotuvchi   va   boshqa   shu   kabilar   ta’sirga   tushib   qolishini
hamda ular tomonidan ekspluatasiya qilinishini namoyon etadi.
Shunday qilib, bir tomondan hunarmandchilik ishlab chiqarishini muayyan
tartib-qoidalar   asosida   taraqqiy   etib   borishini   kuzatsak,   ikkinchi   tomondan,
kasanachi hunarmandlarning ahvolini og’irligini hamda ular orasida ham tinimsiz
tabaqalashuv   sodir   bo’lib   borishi   va   hatto   ularni   boy-badavlat   olib-sotuvchilar
yoki   foizchilar   ta’siri   ostiga   tushib   qolishi   holatlarini   kuzatamiz.   Ya’ni,   bir   so’z
bilan aytganda, XIX asr o’rtalariga kelib Samarqanddagi hunarmandchilik ishlab
chiqarish   xo’jaliklari   o’z   faoliyatlarida   birinchidan,   yiriklashgan   bozor
munosabatlariga   ro'baru   kelgan,   ikkinchidan,   mazkur   yangi   yirik   bozorda
raqobatning   yanada   og’irroq   kechishi   natijasida   mayda   hunarmandchilik
xo’jaliklarini inqirozga yuz tutishi jarayoni sodir bo’lgan.
Hunarmandlarning umumiy ahvoli bo’yicha xulosa chiqara olmasligimizga
amirlik yoki  Samarqand viloyatida statistik  ma’lumotlarni  to’planib borilmagani
sabab   bo’ladi.     Undan   tashqari,   qishloq   hunarmand   ishlab   chiqaruvchilari   bilan
mayda   hunarmandlar   nisbati   va   ular   tomonidan   yetishtirib   beriladigan   mahsulot
hajmi   va   boshqa   shu   kabi   ma’lumotlarni   umumlashtirish   imkoni   mavjud   emas.
Biroq,   shuni   ta’kidlash   mumkinki   Zarafshon   vohasi   hunarmandlarining   mehnat
haqi   nisbatan   past   bo’lgan.   Masalan,   XIX   asr   60-yillaridagi   sayohatchining
ma’lumotlariga   ko’ra   tikuvchining   kunlik   daromadi   10   tiyindan   oshmagan.
Samarqandda hunarmandlarning ma’lum qismi buyurtma asosida ishlaganlar.
Ta’kidlash   mumkinki,   bir   holatda   ustalar   bevosita   iste’molchilar   uchun
ishlovchi   –   hunarmandlar   sifatida,   ikkinchi   holatda   esa   hunarmandlar   sifatida
emas,   balki   bozor   uchun   ishlovchi,   mahsulot   ishlab   chiqaruvchi   kasanachilar
sifatida gavdalanadi.
Qishloq   xo’jaligida   bo’lganidek,   hunarmandchilik   ishlab   chiqarishida
yollanma   ishchilar   mehnati   kam   yoki   umuman   qo’llanilmagan.   Biroq,   “miqdori
4-40   rubl   miqdorida   bo’lgan   “bunoq”   tizimi   keng   tarqalgan.   Ustaxonadan
ketishdan oldin ishchi xo'jayinga undan olingan “bunoq”ni to’lashi kerak edi. Bu
34 holatarda   ustalar   hajmi   kattaroq   bo’lgan   “bunoq”   bergan   va   hunarmand
mehnatiga   ko’proq   haq   to’lagan   buyurtmachini   ishini   bajarganlar.   Shu
ko’rinishda   buyurtmachi   va   hunarmandlar   o’rtasida   moliyaviy   qaramlik
munosabatlari shakllangan.
Hunarmandchilik   ishlab   chiqarishining   alohida,   oilaviy   o’ziga   xos
xarakterga   egaligi,   hunarmandlarning   sex   kabi   tashkilotlarining   cheklanganligi
(moddiy   negizga   ega   bo’lmagan   ustalarning   yuksala   olmasligi),   “bunoq”
tizimining   keng   tarqalganligi,   ularning   ish   haqining   kamligi   va   tez-tez   sodir
bo’lib   turadigan   o’zaro   urushlar,   beklar   va   din   vakillarining   o’zboshimchaligi
mehnatkash aholi turmushiga nihoyatda salbiy ta’sir o’tkazgan. XIX o’rtalaridagi
mazkur   ko’rinishdagi   (feodal   ishlab   chiqarish)   ishlab   chiqarish   munosabatlari
ishlab   chiqarish   rivojiga   jiddiy   to’siq   bo’lib   xizmat   qilgan.   Bu   munosabatlar
nafaqat   insonlar   fikrlashini,   balki   iqtisodiy   rivojlanishni   to’xtatishga   muvaffaq
bo’lgan.
XIX asr 40-yillarigacha amirlikda ichki va tashqi savdo asosan bir qancha
yirik savdogarlar qo’lida mujassamlashgan edi. Umuman olganda bu davrga kelib
bir   necha   asrdan   beri   asta-sekinlik   bilan   Rossiya   bilan   olib   borilayotgan   savdo
munosabatlari   o’rganilayotgan   davrga   kelib   o’zining   doimiy   rivojlanish
harakatidan to’xtab qolmadi. Ya’ni, ta’kidlash mumkinki bu vaqtga kelib Rossiya
bilan   O’rta   Osiyo,   shu   jumladan,     Buxoro   amirligi   va   o’z-o’zidan   ma’lum
bo’ladiki  amirlik  yirik  savdo   markazi   sifatida  Samarqand  shahrining  ham   savdo
aloqalari   har   qachongidan   ham   o’sib   borardi.   Rossiya   bilan   savdoning   asosiy
mahsuloti   paxta   va   paxta   buyumlar   tashkil   etib,     Samarqand   viloyati   ham
amirlikning  yirik  paxta  yetishtiruvchi   hududlaridan   biri   sifatida  bu  savdoda   faol
ishtirok etgan.
Samarqand   viloyati   Buxoro   amirligining   boy   viloyatlaridan   biri   sifatida
ichki va tashqi savdoda katta rol  o' ynagan. Hududlarning ayrim xo’jalik turlari va
mahsulot   yetishtirib   berishi   borasida   ixtisoslashib   borishi   natijasida   joylarda
savdoning   markazi   bo’lgan   bozorlarni   shakllanishiga   sabab   bo’ldi.   Zarafshon
35 vohasida   shunday   savdo   markazlaridan   Samarqand   ,   Kattaqo’rg’on,   Panjikent,
O'ratepa, Yangiqo'rg’on, Dahbet, Urgut bozorlari bo’lgan. Ayniqsa Samarqand va
Kattaqo’rg’on   bozorlarida   don   va   don   mahsulotlari   hamda   boshqa   qishloq
xo’jalik   mahsulotlari   bilan   keng   miqyosda   savdo   amalga   oshirilgan.   N.Xanikov
ma’lumot   keltirishicha   Buxoro,   Samarqand,   Qarshi   bozorlarida   mahsulotlarga
narx   belgilangan   va   pul   kursi   belgilangan.   Mazkur   shaharlarda   asosan   tashqi
ulgurji   savdo   mujassamlashgan   bo’lib,   mazkur   savdo   yirik   mulkdorlar   qo’lida
to’plangan edi.
Chakana   savdo   bilan   o’rta   hol   va   mayda   savdogarlar   shug’ullanishgan.
Savdogarlarning   katta   qismi   yirik   mablag’ga   ega   bo’lmaganliklari   sababli
chakana savdo bilan shug’ullangan va bir bozordan ikkinchisiga ko’chib yurgan.
Eng yirik bozor shahar markazida joylashgan.
  Ularda ulgurji va chakana savdo amalga oshirilgan. Ushbu do’konlarning
ayrimlari   hunarmandchilik   ustaxonalari   huzurida   joylashgan   edi.   Shaharda,
undan   tashqari,   50   ta   Rossiyadan   keltirilgan   turli   mahsulotlar   bilan   savdo
qiluvchi,   shu   bilan   birga   394   ta   mavsumiy   mahsulotlar   bilan   savdo   qiluvchi
do’konlar ham bo’lgan.
A.F.Fayziyevning   ma’lumot   berishicha   XIX   asrning   birinchi   yarmida
shaharda 3105 ta rastalar mavjud bo’lib, savdo faqatgina do’konlarda emas, balki
rastalarda ham qizg’in amalga oshirilgan.
1868-yil   ma’lumotiga   ko’ra   Samarqanddagi   35   ta   karvonsaroylardan
faqatgina   bittasida   tozalanmagan   jun   sotilgan.   U   markaziy   bozorning   ichida
joylashgan   bo’lib,   Junsaroy   deb   atalgan.   Bu   karvonsaroy   Mulla   Orifboyning
xususiy mulki bo’lib, bu saroy 15 ta do’kondan iborat edi. Mazkur do’konlarning
har biriga 8 botmondan jun joylashtirish mumkin bo’lgan.  Undan tashqari, “Go'ri
amir masjidiga tegishli vaqf yerining hududida joylashgan yana 50 tacha do’kon”
junli buyumlar, palas va gilamlar bilan savdo qilgan.
36 Sanab o’tilgan do’konlarda asosan Samarqandlik hunarmandlar tomonidan
tayyorlangan   mahsulotlar   bilan   savdo   qilingan.     Undan   tashqari,     Samarqand
q o' shni va chegaradosh davlatlar bilan ham qizg’in savdo olib borgan.
Eng   sifatli   junli   xalatlar   Afg’oniston,   Eron,   Qobul   va   Kashmirdan
keltirilgan,  qishki   movutlar   O'ratepadan,  ot  ulovi  va  yopinchiqlari, yuqori  sifatli
palas   va   gilamlar   Qarshi   va   Buxorodan   keltirilgan.   Eng   qimmat,   ayniqs a   rang-
barang,   qoshmalar   Jizzax,   Toshkent   va   X o' janddan   keltirilgan.     Samarqand
bozorlarida ba’zida kam bo’lsada Hindistondan keltirilgan harir junli matolar ham
sotilgan.
XIX   asr   50-yillaridan   Buxoro   amirligining   va   shu   jumladan
Samarqandning Rossiya bilan savdo munosabatlari o’zgara boshladi. XIX asr 40-
yillarida   Rossiyaga   asosan   O’rta   Osiyo   savdogarlari   tashrif   buyurgan   bo’lsalar,
endilikda o’z mahsulotlarini amirlik bozorlariga olib kela boshladilar. Bu borada
Suchkovlar,   Xludovlar,   Morozovlar   firmalari   faollik   ko’rsatishgan.   Rus
savdogarlari   Samarqanddan   avvalo   paxta   xomashyosini   harid   qilishgan.   Chunki
bu mahsulot Rossiya tekstil sanoatini rivojlanishi uchun juda muhim edi.
XIX   asr   asr   o’rtalari   O’rta   Osiyo   davlatlarining   boshqa   hududlar   bilan
savdo   aloqalarining   rivojlanishi   davri   bo’ldi.   Bunga   bir   tomondan   mazkur
davlatlar   o’rtasidagi   urushlarning   kam   sodir   bo’lishi   sabab   bo’lgan   bo’lsa,
ikkinchi tomondan, jahondagi yetakchi rivojlangan davlatlarda sanoat rivojlanishi
natijasida   katta   hajmda   xomashyo   mahsulotlariga   ehtiyojning   oshib     borishi   va
ishlab   chiqarilayotgan   katta   hajmdagi   mahsulotlarni   sotish   uchun   iste’mol
bozorlarini   zarurligi   sabab   bo’lgan.   Umumiy   qilib   aytganda,   yetakchi
imperialistik   davlatlar   uchun   xomshayo   va   iste’mol   bozorlari   tanqisligi   vujudga
kelgan   edi.   Bu   esa   ular   tomonidan   bir   necha   asrlar   davomida   jahon   savdosidan
nisbatan yiroqlashib qolgan O’rta Osiyo davlatlaridek davlatlar bilan ham savdo
munosabatlarini rivojlantirishni taqozo etgan.
Shunday qilib, XIX asr  o’rtalarida Samarqandni O’rta Osiyo shaharlari va
boshqa   qo'shni   davlatlar   bilan   savdo   aloqalari   rivojlandi.   XIX   asr   ikkinchi
37 yarmida Samarqandni Rossiya bilan savdo aloqalari yanada jonlangan. Bu esa o’z
o’rnida   shahar   iqtisodiyotini   yuksalishiga   sabab   bo’lgan.   O’sha   davr   iqtisodiy
ma’lumotlar   beruvchi   “Golos”   gazetasida   “Yekaterinburg   yoki   Troiskdan,
Petropavlosk,   Akmolinsk,   Turkistonva   Toshkent   orqali   Samarqandga   har   yili
7500   tagacha   tuya   va   3000   ming   tagacha   aravalar   qatnab,   ular   150000   pud
hajmda   tovar   va   buyumlar   hamda   Omskdan   10000   pudgacha   davlat   yuklarini
tashiydi”, kabi ma’lumotlarni keltiradi.
Biroq,   savdoning   rivojiga   yomon   ma’muriy   boshqaruv   tizimi,     aholining
asosiy qismining past va cheklangan talabi, aloqa yo’llari va tashuv vositalarining
yomon   ahvoli,   savdo   karvonlarini   tez-tez   hujumlar   va   talonchiliklarga   duch
kelishi,   turlicha   yuqori   va   xilma-xil   bojxona   to’lovlari,   bojxona   xodimlarining
poraxo'rligini   keng   tus   olganligi,   tinimsiz   o’zaro   feodal   kurashlar   va   kreditlash
tizimining yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi to'sqinlik qilar edi.
  Samarqandda   katta   mablag’ga   ega   savdogarlar   kam   bo’lgan.     Samarqand
savdogarlari   doimo   Buxorolik   savdogarlardan   olti   yoki   bir   yilga   qarz   olib
turishgan.
38 II   BOB.   O’RTA   ZARAFSHON   VOHASI   QISHLOQ   AHOLISINING
IJTIMOIY TARIXI
II.1. O’rta Zarafshon vohasi qishloq aholisining etnik tarkibi
Zarafshon   vohasi   hududida   tadqiqotchilarimiz   tilga   olgan   etnik   guruhlar
bilan   birga,   hali   hech   bir   ro'yxatda   uchramaydigan   etnik   guruhlar   ham   qayd
qilindi.
Quyida bu haqda tumanlar bo’yicha qisqacha ma’lumot beriladi.
1. Bulung’ur tumani.Tumanda xalqimizning o’n ikki nomdagi etnik guruhi
uchraydi. Bular: qirq, tuyoqli (shoxobchalari: chubot, vaxtam, changal, mirzaesa,
mullaesa),   xitoyzi   (bolg’ali,   erganakli,   qoraqalpoq,   turkman,   mo’g’ul,   vaqqos,
nayman, qirg’iz, uray, mang’it, tojik.
Ushbu   etnik  guruhlardan  tuyoqli,   vaqqos   urug’   nomlari   birinchi   marotaba
ro’yxatga olindi.
2.   Jomboy   tumani.   Bu   tumanda   o’zbek   xalqining   yigirma   nomdagi   etnik
guruhi   borligi   aniqlandi.   Bular:   solin,   xitoyyuz,   tuyoqli,   qipchoq,   bahrin,   saroy,
xitoy,   mang’it,   qoraqalpoq,   qangli,   qozoq,   qirq(lar),   qiyot,   nayman,   turkman,
qavirg’a, beklar, xo’ja, ming, qaropchi. 
Ko’rinadiki,   ro’yxatdan   boshqa   adabiyotlarda   o’z   aksini   topgan   urug’
nomlaridan   tashqari,   tuyoqli,   qavirg’a,   qaropchi   kabi   urug’   nomlari   ham   joy
olgan.
3. Ishtixon tumani. Tuman bo’yicha o’zbeklarning yigirma nomdagi  etnik
guruhi aniqlab chiqildi. Ular: turkman, xitoy, mitan, muytan, barlos, beklar, alpli,
oyjoriq,  tuvadoq,  qoraqalpoq,  eroniy,  arab,  gurji,  eshon   (xo’ja),  taqchi,  nayman,
jovi,   qanjig’ali   (shoxobchalari:   toshim,   hasanqori,   nurim,   alakay,   bolg’ali,
beshbola, itburboy, boyto’pi, oytamg’ali) ,to’pchi.
Berilgan etnik guruhlar nomlari ichida birinchi marta ro’yxatga olinganlari
ham mavjud. Bular: alpli, oyjoriq, tuvadoq, gurji, taqchi, to’pchi.
4. Kattaqo’rg’on tumani. Bu yerda o’n to’qqiz nomda etnik guruh istiqomat
qiladi.   Mana   ular:   mang’it,   nayman,   qipchoq,   ming,   modray,   dukchi,   qiyot,
39 olmasuvon,   jaloyir,   xo’ja,   turkman,   beklar,   saroy,   bahrin,   qanjig’ali
(shoxobchalari:   nurim,   oytamg’ali),   qarluq,   bekto’pi,   arab,   ejjilar.   Shulardan
modray, dukchi, olmasuvon, ejjilar boshqa manbalarda qayd qilinmagan.
5. Narpay tumani. Bu tumanda yetti nomdagi etnik guruh borligi aniqlandi.
Bular: qipchoq, xitoy, nayman,  mang’it, olchin, qoraxitoy, xo’ja.
6.   Nurobod   tumani.   Tadqiqotlar   tumanda   xalqimizning   o’n   uch   nomdagi
etnik   guruhi   borligini   ko’rsatdi.   Bular   quyidagilar:   nayman,   juz,   saroy,   xo’ja,
chuyut,   turk-   barlos(5),   mang’it,   xitoy,   bahrin,   uyshun,   harduri,   qiyot.   Harduri
urug’i nomi hech biri abiyotda uchramaydi.
7.   Oqdaryo   tumani.   Tumanda   o’n   besh   nomda   etnik   guruh   uchradi.   Ular:
nayman,   xitoy,   qipchoq,   sarixitoy,   eshon,   xo’ja,   o’tarchi,     qo’ng’irot,   to’g’oy,
qirq, barlos, ming, saidlar, xitoy (qipchoq), turkman.
Nomlari tilga olingan urug’lardan sarixitoy va to’g’oy urug’lari nomlari biz
tomonimizdan ilk bor ro’yxatga olindi.
8.   Payariq   tumani.   Bu   yerda   o’ttiz   uch   nomda   etnik   guruh   qayd   qilingan,
yani:   qiyra,   ko’rpa,   junniboy,   qupoyi,   oltibek,   cho’rtkesar,   adinasari,   bog’donli
(oqat),   ming, mang’it (qoramang’it-mangsur), barlos,chig’ot, sariqipchoq, toma,
tuyoqli,   xo’ja,   turkman,   chandir,   oqchob,   qo’ng’irot,   qipchoq,   beklar,   nayman,
qirq,   bahrin,   burqut,   yovbosar,   to’qolto’p,   tobonliq,   oytamg’ali,   bo’gajinli,
boshmoq,   qulton.   Bulardan   qiyra,   ko’rpa,   junniboy,   qupoyi,   oltibek,   oqchob,
chig’ot,   tuyoqli,   yovbosar,   to’qolto’p,   tobonliq,   bo’gajinli,   boshmoq,   bog’donli,
cho’rtkesar, adinasari kabi urug’lar nomlari birinchi marta jamoatchilik e'tiboriga
havola qilinmoqda.
9. Pastdarg’om tumani. Kuzatishlar tumanda xalqimizning o’n olti nomdagi
urug’i   mavjudligini   ko’rsatadi.  Bular:  nayman,   mang’it  ,  arab  ,  eroniy,  qipchoq,
xo’ja,   saroy   (shoxobchalari:   to’qboysaroy,   o’krachsaroy,   shamosaroy,
qing’irsaroy,   qipchoqsaroy,   beksaroy),   chuyut,   xitoy,   juz   (yuz),   oltoy,   qozoq,
bayraguz, burqut, turkman, chandir. Bulardan oltoy va bayraguzurug’lari birinchi
40 marta   ro’yxatga   olindi.   Arab   kelib   chiqishi   jihatdan   arablarga   borib   taqalsa-da,
hozirda ular o’zbek halqi tarkibiga kiradi.
10. Paxtachi tumani. Tumanda olti nomda etnik guruh kuzatildi. Mana ular:
bahrin, qirqyigit, nayman, saroy, xitoy, qipchoq, mang’it.
Ularning   orasida   qirqyigit   urug’i   birinchi   marta   ilmiy   jamoatchilikka
namoyon bo’lmoqda.
11.     Samarqand   tumani.   Bu   tuman   hududida   besh   nomdagi   etnik   guruh
qayd   qilindi.   Ushbu   etnik   guruhlar   quydagilar:   nayman,   arab,   eroniy,   burqut,
turkman.
12. Tayloq tumani. Tuman bo’yicha o’zbek halqining o’n to’qqiz nomdagi
etnik   guruhi   uchradi.Ular:   nayman,   barlos,   ming,   tuyoqli,   mo’g’ul,   mo’ltoni,
mazangi, quchchi, saroy, bahrin, yuz, jaloyir, alpomish, toshurug’, temur, beklar,
changallar, qirqlar, kallar.
Ko’rinadiki,   ko’pgina   manbalarda   uchraydigan   urug’lar   qatori   ilk   bor
ro’yxatga olinganlari ham bor: tuyoqli, mo’ltoni, mazangi, alpomish, tosh urug’,
temur, changallar, kallar. 
13.   Urgut   tumani.   Bu   tumanda   yigirma   to’qqiz   nomdagi   etnik   guruh
aniqlandi.   Bular:   nayman   (shoxobchalari:   ukrachnayman,   yoqaliboylinayman,
jondiznayman,   qoranayman),   quchchi,   mo’g’ol,   tuyoqli,   bahrin,   kenagas,   turk-
barlos, uyshun, qishliq, barlos, g’alcha, o’n, turk, qullar, qipchoq, uyg’ur, to’ralar,
navro’zlar,   bog’lon,   xo’ja,   axchalar,   yuz   (juz)   lar,   ko’pto’plar,   qorapachaqlar,
mingiyalar, tojikto’p, eshonlar 13
.
Bulardan   tuyoqli,   to’ralar,   navro’zlar,   qullar,   axchalar,   ko’pto’plar,
qorapachaqlarilk bor ro’yxatga olindi.
14.   Qo’shrabot   tumani.   Kuzatishlar   tumanda   yetmish   to’rt   nomdagi   etnik
guruhlar   borligiga   xulosa   qilishga   olib   keldi.   Mana   ular:   qoraqo’zi,   qo’ng’irot,
to’rtdanbir,   oloy,   darvesh,   itay,   oltibek,   qanchig’ali,   oytamg’ali,   qo’shtamg’ali,
bo’gajili,   qurjintubi,   qirq(lar),   eshmat,   qozoyoqli,   xudoynazar,   arbaki,   sultoni,
tabag’di,  qapay,  sovuti,  sho’rlik,  mixayam,  uxum,  ovush,  chingiz,  tentak,   saroy,
13
Ташев X, “К вопросу о составе сельского населения Зарафшанской долины”, Т-1965 й. 45-б.
41 boyto’p,   margov,   bek,   chinniboy,   alip,   suvti,   qalmoq,   kal,   mirishkor,   oltiayg’ir,
qo’shovchi, qozito’va, to’pchi, aldarmish, qorachekman, mergantovon,  arrato’pi,
churoch,  barlos,   olmasuvon,  bolg’ali,  jobito’pi(yobi),  bekto’p,  tulkito’p,  kalto’p,
chungari,   metanto’p,   mang’it,   turkman,   bahrin,   jilotamg’ali,   oltiziqoziyoqqiyot,
qoraxoniy,   chimmoz,   borqut,   sirsulov,   baroq,   qilicheva,   berqut,   bo’zchi,
mayakchi, quyuzg’un,  oboytush, xitoy, arbobto’p.
Qo’ng’irot, qanjig’ali, oytamg’ali, qo’shtamg’ali, qirq, saroy, bek, qalmoq,
barlos,   yobi,   mang’it,   turkman,   bahrin,qiyot,   borqut,   xitoy   kabi   urug’lardan
boshqasi birinchi bor kuzatilmoqda.
Xullas,   viloyat   tumanlarida   o’tkazilgan   tadqiqot   ishlari   mavjud
adabiyotlarda   nomlari   zikr   qilingan   etnik   guruhlar   bilan   birga,   hali   hech   bir
manbada   eslatilmagan   etnik   guruhlarni   ilk   bor   aniqlash   imkonini   berdi.   Bular
quyidagilar: 1) tuyoqli, 2)vaqqos, 3) bayraguz, 4) qavirg’a, 5) qaropchi, 6) alpli,
(alp),   7)   oyjoriq,   8)   tuvadoq,   9)   gurji,   10)   taqchi,   11)   to’pchi,   12)   toshim,   13)
modray,   14)   dukchi,   15)   olmasuvon,   16)   ejjilar,   17)   harduri,   18)   to’g’oy,   19)
qiyra,   20)   ko’rpa,   21)   junniboy,   22)   qo’poyi,   23)   oltibek,   24)   yovbosar,25)
to’qolto’p, 26) tobonliq, 27) bo’gajinli, 28) boshmoq, 29) oltoy, 30) qirqyigit, 31)
mazangi, 32) alpomish, 33) toshurug’, 34) temur, 35) changal, 36) kal, 37) to’ra,
38)   navro’z,   39)   qul,   40)   axcha,   41)   ko’pto’p   (lar),   42)   qorapachaqlar,   43)
oqchob, 44) chig’ot, 45) cho’rtkesar, 46) adinasari, 47) qoraqo’zi, 48) to’rtdanbir,
49)   oloy,   50)   darvesh,     51)   itay,   52)   qurjintubi,   53)   eshmat,   54)   qozoyoqli,   55)
xudoynazar,   56)   arbaki,   57)   sultoni,   58)   tabag’di,   59)   qapay,   60)   sovuti,   61)
sho’rlik,   62)   mixayam,   63)   ovush,   64)   chingiz,   65)   tentak,   66)   boyto’p,   67)
margov, 68) suvti, 69) mirishkor, 70) oltiayg’ir, 71) qushovchi, 72) qozito’va, 73)
aldarmish,   74)   qorachekman,   75)     mergantovon,   76)   arrato’pi,   77)   churoch,   78)
bolg’ali,   79)   chungari,   80)   jilotamg’ali,   81)   oltiziqoziqoyoq,   82)   sirsuluv,   83)
baroq,  84)   qilicheva,   85)   mayakchi,   86)   chimmoz,  87)   oboytush,   88)   arbobto’p.
Ko’rinadiki,   biz   kuzatgan   adabiyotlarda   urug’lar   va   ularning   shoxobchalari   373
nomda   uchragan   bo’lsa,   bizning   informantlar   bilan   bevosita   suhbatlarimiz
42 natijasida   esa   ularga   qo’shimcha   ravishda   yana   87   nomdagi   urug’   va   ularning
shoxobchalari   aniqlandi.   Xullas,   tadqiqotlarimiz   hozirgacha   xalqimizning   jami
460 ta urug’ va ularning shoxobchalari borligini isbotlamoqda. Bu, albatta, oxirgi
chegara   emas,   chunki   harbir   yangi   informant   bilan   muloqot   urug’lar   nomlari
bundan ham ko’p ekanligini ko’rsatadi. 
Ko’rinadiki, biz kuzatgan adabiyotlarda urug’lar va ularning shoxobchalari
370   nomda   uchragan   bo’lsa,   bizning   informantlar   bilan   bevosita   suhbatlarimiz
natijasida   esa   ularga   qo’shimcha   ravishda   yana   90   nomdagi   urug’   va   ularning
shoxobchalari   aniqlandi.   Xullas,   tadqiqotlarimiz   hozirgacha   xalqimizning   jami
463 ta urug’ va ularning shoxobchalari borligini isbotlamoqda. Bu, albatta, oxirgi
chegara   emas,   chunki   har   bir   yangi   informant   bilan   muloqot   yanada   yangi
urug’lar nomlari mavjud ekanligini ko’rsatadi.
Xullas, shu qabildagi izlanishlar,  birinchidan, hali fanga noma’lum bo’lgan
etnik guruhlar nomlarini aniqlashda o’ta muhim bo’lsa, ikkinchidan,  o’zbek xalq
etnogenezisini o’rganishda g’oyat dolzarbdir.
Ayni   chog’da   etnik   guruhlarning   tarqalish   geografiyasi   ham   bir-biridan
keskin farq qiladi.  Ulardan bir guruhining geografiyasi keng   bo’lsa,
boshqalariniki   esa   tor.   Shunday   etnik   guruhlar   borki,   3-4,   hatto   14   tumanda
istiqomat qilayotgan bo’lsa, ikkinchi bir guruh esa 1 yoki 2 hududdagina mavjud.
Buni aniqroq qilib quyidagi manzaradan kuzatish mumkin. 
I.   O’n   uch   tumanda   ro’yxatga   olingan   etnik   guruhlar:1)   nayman   urug’i
Bulung’ur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo’rg’on, Oqdaryo, Pastdarg’om, Samarqand,
Urgut,   Tayloq,   Paxtachi,   Payariq,   Narpay   va   Nurobod   tumanlarida   istiqomat
qiladi. 
II. To’qqiz tumanda yashaydigan etnik guruhlar:
2)   turkmanlar   Bulung’ur,   Jomboy,   Ishtixon,   Kattaqo’rg’on,   Oqdaryo,
Pastdarg’om,     Samarqand,   Payariq   va   Qo’shrabot   tumanlari   hududida
tarqalgan;3)   xo’ja   va   eshonlar   Jomboy,   Ishtixon   ,   Kattaqo’rg’on,   Narpay,
Nurobod, Pastdarg’om, Urgut va Payariq tumanlarida; 
43 III.   Sakkiz   tumanda   istiqomat   qiladigan   etnik   guruhlar:4)   mang’it   urug’i
Bulung’ur,   Jomboy,   Kattaqo’rg’on,  Narpay,   Nurobod,   Pastdarg’om,  Paxtachi   va
Qo’shrabot   tumanlarida;5)   xitoy   urug’iga   mansub   kishilarni   Bulung’ur   (xitoyzi
shaklida),   Jomboy,   Ishtixon,   Narpay,   Nurobod,   Oqdaryo,   Pastdarg’om,   Paxtachi
va Qo’shrabot tumanlarida kuzatish mumkin.
IV.   Yettita   tumanda   yashaydigan   urug’lar:6)   qipchoqlar   Jomboy,
Kattaqo’rg’on,  Narpay,   Oqdaryo,  Payariq,  Pastdarg’om   va   Urgut   tumanlarida;7)
saroyurug’i Jomboy, Kattaqo’rg’on, Nurobod, Pastdarg’om, Paxtachi, Tayloq va
Qo’shrabot   tumanlarida;8)   bahrin   urug’i   Jomboy,   Kattaqo’rg’on,   Nurobod,
Payariq,   Paxtachi,   Tayloq   va   Qo’shrabot   tumanlarida   keng   tarqalgan;9)   beklar
etnik   guruhi   Jomboy,   Ishtixon,   Kattaqo’rg’on   (bekto’pishaklida),   Payariq,
Tayloq,   Urgut   va   Qo’shrabot   (bekto’pi   shaklida),   Pastdarg’om   (beksaroy   to’pi
shaklida) tumanlarida qayd qilingan.
V.   Oltita   tumanda   istiqomat   qiladigan   urug’lar:10)   ming   urug’i   Jomboy,
Kattaqo’rg’on,   Oqdaryo,   Tayloq,   Urgut   va   Payariq   tumanlarida:11)   barlos   etnik
guruhi Ishtixon, Oqdaryo, Tayloq, Urgut, Payariq va Qo’shrabot tumanlarida;12)
qirq   urug’i   Bulung’ur,   Jomboy,   Oqdaryo,   Payariq,   Tayloq   va   Qo’shrabot
tumanlarida istiqomat qiladi.
VI.   Beshta   tumanda   yashaydigan   etnik   guruhlar:13)   tuyoqliurug’i
Bulung’ur, Jomboy, Tayloq, Urgut va Payariq tumanlarida mavjud.
VII.To’rt   tumanda   qayd   etilgan   urug’lar:14)   burqut   urug’i   Pastdarg’om,
Payariq,   Samarqand   va   Qo’shrabot   (borqutshaklida)   tumanlarida:15)   arab   etnik
guruhi   Ishtixon,   Kattaqo’rg’on,   Pastdarg’omva   Samarqand   tumanlarida   qayd
qilindi.   16)   qiyot   etnik   guruhi   Jomboy,   Kattaqo’rg’on,   Nurobod   va   Qo’shrabot
tumanlarida;
VIII.   Uchta   tumanda   istiqomat   qiladigan   etnik   guruhlar:17)   juz/yuzurug’i
Nurobod,   Pastdarg’om,   Urguttumanlarida;18)   qoraqalpoq   urug’i   uch   xududda:
Bulung’ur,   Jomboy   va   Ishtixon   tumanlarida;19)   mo’g’ol   etnik   guruhi   uch
hududda Bulung’ur, Tayloq va Urgut  tumanlarida;20)  qanjig’ali  urug’i  Ishtixon,
44 Kattaqo’rg’on   va   Qo’shrabot   tumanlarida;21)   chandir   urug’i   Oqdaryo,
Pastdarg’om   va   Payariq   tumanlarida;22)   qo’ng’iroturug’i   Oqdaryo,   Payariq   va
Qo’shrabot tumanlarida tarqalgan.
IX.   Ikki   tumanda   qayd   qilingan   etnik   guruhlar:   25)   oltibek   etnik   guruhi
Payariq   va   Qo’shrabot   tumanlarida;26)   chuyut   etnik   guruhi   ikki   hududda:
Nurobod   va   Pastdarg’om   tumanlarida;27)   turk-barlos   urug’i   Nurobod   va   Urgut
tumanlarida;   28)   uyshun   etnik   guruhi   Nurobod   va   Urgut   tumanlarida;   29)
oytamg’ali   urug’i   Payariq   va   Qo’shrabot   tumanlarida;30)   bo’gajinli   urug’i
Payariq   va   Qo’shrabot   tumanlarida;31)   quchchi   etnik   guruhi   Tayloq   va   Urgut
tumanlarida;32)   kallar   Tayloq   va   Qo’shrabot   tumanlarida;33)   jaloyirlar
Kattaqo’rg’on   va   Tayloq   tumanlarida;34)   olmasuvon   urug’i   Kattaqo’rg’on   va
Qo’shrabot   tumanlarida;   35)   to’pchiurug’i   Ishtixon   va   Qo’shrabot   tumanlarida;
36)   jovi   /   yobi   etnik   guruhi   Ishtixon   va   Qo’shrabot   (jobito’pi   shaklida)
tumanlarida;37)   alpli   urug’i   Ishtixon   va   Qo’shrabot   (alpi   shaklida)
tumanlarida;38)  mitan  etnik  guruhi  Ishtixon  va   Qo’shrabot  (metanto’p  shaklida)
tumanlarida;39)   qozoqlar   Pastdarg’om   va   Jomboy   tumanlarida;40)   tojik   etnik
guruhi Bulung’ur va Urgut tumanlarida yashaydi.
X. Bir tumanda tarqalgan etnik guruhlar:41) vaqqos, qirg’iz, uray urug’lari
faqat Bulung’ur tumanida;42) bayraguz etnik guruhi faqat Pastdarg’om tumanida;
43)   solin,   qangli,   qavirg’a,   qaropchi   urug’lari   Jomboy   tumanida;44)   muytan,
oyjoriq,   tuvadoq,   gurji,   taqchi   urug’lari   Ishtixon   tumanida;45)   modray,   dukchi,
qarluq,   ejjilar   Kattaqo’rg’on   tumanida;46)   olchin,   qora   xitoy   etnik   guruhlari
Narpay   tumanida;47)   harduri   urug’i   Nurobod   tumanida;48)   sarixitoy,   o’tarchi,
to’g’oy   etnik   gruhlari   Oqdaryo   tumanida;49)   qiyra,   ko’rpa,   junniboy,   qo’poyi,
yovbosar,   to’qolto’p,   tobonlar,   boshmoq   va   qulton   etnik   guruxlari   Payariq
tumanida;50)   oltoy   etnik   guruhi   Pastdarg’om   tumanida;51)   qirqyigit   urug’i
Paxtachi   tumanida;52)   mazangi,   alpomish,   toshurug’,   temir,   changal   urug’lari
Tayloq   tumanlarida;53)   nagas,   qishliq,   g’alcha,   o’n,   turk,   uyg’ur,   to’ralar,
navro’zlar,   bog’lon,   axchalar,   ko’pto’plar,   qorapachaqlar   va   mingiyalar   Urgut
45 tumanida;54)   oqchob,   chig’ot,   sariqqipchoq,   toma,   bog’donli,   cho’rtkesar,
adinasari   urug’lari   Payariq   tumanida;   55)   qoraqo’zi,   to’rtdanbir,   oloy,   darvesh,
itay,   qo’shtamg’ali,   qurjintubi,   eshmat,   qozoyoqli,   xudoynazar,   arbaki,   sultoni,
tabag’di, qapay, sovuti, sho’rlik, mixayam, uxum, ovush, chingiz, tentak, boyto’p,
margov,   chinniboy,   suvti,   qalmoq,   mirishkor,   oltiayg’ir,   qo’shovchi,   qozito’va,
aldarmish,   qorachekman,   mergantovon,   arrato’pi,   churoch,   bolg’ali,   tulkito’p,
kalto’p,   chungari,   jilotamg’ali,   oltiziqoziyoq,   qoraxoniy,   chimmoz,   sirsuluv,
baroq,   qilicheva,   berkut,   bo’zchi,   mayakchi,   quyuzg’un   va   oboytush   etnik
guruhlari Qo’shrabottumanida istiqomat qilishadi.
II.2. O’rta Zarafshon vohasi qishloqlari aholisi mashg’ulotlari
Samarqand   Zarafshon   vodiysining   qadimdan   dehqonchilik   madaniyati
yuksak rivojlangan, hosildor tuproqli, suv bilan yaxshi ta’minlangan hududlaridan
biri   sifatida   hisoblanibkelgan.   Samarqand   yerlarida   qadimdan   bug’doy,   arpa,
sholi, tariq kunjut, jo’xori va boshqa qishloq xo’jalik ekinlari ekilib, ulardan juda
yuqori hosil olingan. 
Bu   hudud   dehqonchiligi   va   irrigatsiya   tarmoqlari   to'g'risida.   Ko’plab
manbalarda ma’lumotlar keltirilgan. Xususan N.M. Mayevuzining ”Ot Tashkenta
do   Kattaqo’rgana”   nomli   maqolasida     Samarqandga   quyidagicha     baho   beradi.
"Bu daryo atrofida yashagan xalqlar uning suvidan o’z yerlarini sug’orishda keng
foydalanishgan.   Vamberi   takidlaganidek,     Kattaqo'rg'ongacha   bo’lgan   yo'lning
ikki   tomoni   yaxshi   sug’orilgan   yerlar   bo'lib,   ko'm-ko'k   rangga   burkangandir.
Zarafshon vodiysining Samarqand yerlari serhosil, unumli bo'lib, suv bilan yaxshi
ta’minlanganligi ko’rinib turardi".
Ashtarxoniylar davrida ham davom etgan siyosiy parokandalik, urushlar va
o'zaro kurashlar mamlakat iqtisodiyotining asosi bo'lgan qishloq xo'jaligiga ta'sir
etmasdan   qolmadi.   XVIII   asrga   oid   ayrim   manbalar   Zarafshon   va   Farg'ona
vodiysidagi   dehqonlarning   o'z   yerlaridan   qochib   ketishi   holatlari   haqida   ham
ma'lumotlar beradi. Hukmdorlar soliq va o'lponlarni o'z vaqtida va doimiy yig'ib
olish   uchun   ham   mamlakat   iqtisodiyotini   ko'tarishga   harakat   qilsalar-da   bu
46 harakatlar   aksariyat   hollarda   samarasiz   tugadi.   XVII   asrning   boshlariga   kelib
sug'oriladigan yerlar  jo'ybor  shayxlariga  berilgan.  Shariat  qonunlariga ko'ra, suv
sotilmasligi   va   sotib   olinishi   mumkin   bo'lmasada,   boy   amaldorlar   va   ruhoniylar
yer  egalari  sug'orish  kanallari  xo'jayini  edi. XVII  asrning 80-  yillarining oxirida
Xiva   hukumdorlarining   ko'plab   hujumlari   natijasida   kelib   chiqqan   suv
ta'minotining   buzilishi   Ashtarxoniylar   davlatidagi   ko'pgina   viloyatlarda   ayniqsa
Samarqand, Qarshi, Farg'ona viloyatlarida ocharchilikka sabab bo'ldi.   Manba tili
bilan   aytilganda   ,,   dehqonlarning   tariq   va   bug'doy   noni   yo'q   edi.   Buxoro
xonligining asosiy dehqonchilik hududi Zarafshon vohasi edi.
L.N.Sobolevning   ta’kidlashicha     Samarqand     O'rta   Osiyoning   eng   gullab-
yashnagan   hududlaridan   biri   sanalgan.   Zarafshon   daryosidan   suv   ichadigan
dehqonchilik   tumanlari   Zarafshon   okrugi   bo'yicha   ko’plab   bo'lib,   shundan   ikki
daryo  oralig`ida   Samarqand   bo'limining  Ofarinkent   va   Yangiqo'rg’on  tumanlari,
Kattaqo’rg’on   bo'limining   Payshanba   tumani   hamda   Kattaqo’rg’on   tumanining
sug'orma   dehqonchilikka   asoslangan   eng   hosildor   hududlari   (amlokliklari)
joylashgan,
Ofarinkent   tumani:     Samarqandda   joylashgan,   umumiy   sug'oriladigan   yer
maydoni   1202,7   qo’shni   tashkil   etgan,   asosiy   ariqlari   Shoxob,   Jo’yi   devona   va
Xonariq. Tuman uchta amloklikka bo'lingan. 1) Shoxob amlokligi, sug'oriladigan
yeri   541   qo'sh.   2)   O'rta   daha     amlokligi,   sug'oriladigan   yeri   210,1   qo’sh.   3)
Sirg'ali amlokligi, sug'oriladigan yeri 301 qo'shni tashkil etgan.
Yangiqo'rg'on   tumani:   sug'oriladigan   umumiy   yer   maydoni   483,5   qo'shni
tashkil   etgan,   asosiy   ariqlari   O'rtabez,   Yangiqo'rg'on   Katagon,   Jo’yi   devona,
Yangikent   va   Qora   ariq.   Bu   tuman   ikki   amloklikka   bo'lingan.   1)   Yangiqo’rg'on
amlokligi,   Samarqandda   joylashgan,   sug'oriladigan   yeri   185,5   qo'sh.   2)   Odil
amlokligi,   Oqdaryodan   shimolda   joylashgan,   sug'oriladigan   yeri   298   qo'shni
tashkil etgan.
Kattaqo'rgon   bo'limining,   Kattaqo'rg'on   va   Payshanba   tumanlari:   asosiy
ariqlari, Qilichobod (Bazara), Nasrobod, Xo’ja ariq, Damariq,   Tugma, Nazfiday
47 va Yangikent hisoblangan. Kattaqo’rg’on tumani, 9 amloklikka bo'linib, umumiy
sug'oriladigan   yer   maydoni   1368,04   qo'shga   teng   bo'lgan.   Payshanba   tumani,   7
amloklikka   bo'linib,   umumiy   sug'oriladigan   yer   maydoni   895,01   qo’shni   tashkil
etgan.
Ariq va kanallarga Zarafshon daryosidan yoki uning irmoqlari Oqdaryo va
Qoradaryodan suv chiqarish juda keng tarqalgan. Asosiy ariqlardan shaxobchalar,
so’ngra   ulardan   mayda   sug’orish   tarmoqlari   ajralib   chiqadi.   Zarafshonning
irmoqlari   Oqdaryo   va   Qoradaryo     Samarqand     yerlarining   serhosil   bo’lishiga
imkon   bergan.     Samarqand     yerlari   serhosil   bo’lib,   aholi   qadimdan   paxtachilik,
g’allachilik, sabzavotchilik va bog’dorchilik bilan shug’ullangan.
Akademik A.R.Muxammadjonov "Sug’orma sharqning barcha katta kichik
daryo   havzalarida   bo’lganidek,   O'rta   Osiyoning   markaziy   qismida   joylashgan
Zarafshon   vodiysida   ham   qadimgi   dehqonchilik   madaniyatining   vujudga   kelishi
sug'orish   tarmoqlari,shuningdek,   suv   inshootlarining   barpo   etilishi     hamda
irrigatsiya   xo’jaligining   rivojlanishi   bilan   chambarchas   bog’liq   bo’lgan"   deb
yozadi.
Zarafshon   daryosi   Cho’ponota   tepaligiga   yetganda   undan   ariqlar   ajralib
chiqqan.   Bu   ariqlar   Samarqand   bo'limining   tuman   (volost)larini   suv   bilan
ta’minlagan.   Cho'ponota   tepaligining   shimoli   -   sharqidan   Zarafshon   daryosi
ikkiga Oqdaryo va Qoradaryoga ajralgan. Ikkala daryoning oqim yo'nalishi  ham
Samarqandning   shimoli   -   sharqidan   tortib,   Kattaqo’rg'ondan   ham   o'tib   ketgan.
Zarafshon   daryosining   birinchi   irmog’i   hisoblangan   Oqdaryo,   Qoradaryodan
shimolda   joylashgan   hamda   suvning   ko'proq   qismi   shu   daryodan   o’tgan.   Ikkala
daryo   ham   Xatirchi   bekligi   hududida   birlashgan.   Oqdaryoning   uzunligi   105
chaqirimni, Qoradaryoniki esa 100 chaqirimni tashkil etgan.
Daryoning   bu   ikkiga   ajraladigan   joyini   ta’mirlash   bir   yilda   ikki   marta,
bahor va kuzda olib borilgan, Bu yerda   har safar 5000 ishchi ishlagan, ularning
2000   tasini   Kattaqo'rg'on   va   Payshanba   tumanlari,   qolgan   3000   ishchini   esa
Ziyovuddin bekligi ta’minlab turgan.
48 Qadim  davrlardan ham    Samarqandda  suv tanqisligi  muammosi  jiddiy tus
olmagan,   chunki     Samarqand     Zarafshon   daryosi   vodiysining   o'rta   qismida
joylashgan bo'lib, uning dalalariga undan, yuqorida ko’rsatib o'tilganidek, ko’plab
ariqlar   chiqarilgan.   XIX   asrning   60   -   yillari   oxirlarida   Zarafshon   vodiysining
katta,  eng   hosildor   qismi   Rossiya   imperiyasi   tomonidan  bosib   olingandan   keyin
ham   bu   yerda   suv   tanqisligi   muammosi   jiddiy   bo'lmagan.   Chunki,   Rossiya
Buxoro   amirligiga   nisbatan   mustamlakachilik   siyosatini   amalga   oshirishda
cheksiz   hududda   ega   bo'lish   hamda   uning   ustidan   o’rnatilgan   nazoratni
mustahkamlash   va   uni   tobelikda   tutib   turish,   amirlikni   bo'ysindirishning   qulay
vositasi,   birdan   bir   garovi   deb   hisoblab,   Zarafshon   suvini   Buxoro   yerlariga
o'tkazmasdan o’z hukmronligi yerlarida ko’plab ishlatgan. Buni ko’plab manbalar
ham tasdiqlaydi.
Shunday qilib yog’ingarchilik kam bo'lib, daryoda suv kam bo'lgan yillarni
hisobga olmasak, Samarqand yerlarida suv tanqisligi muammosi bo'lmagan.
  Samarqand   yerlarida,   sholi,   bug'doy,   tariq,   jo'xori,   arpa,   zigir,   kunjut,
mosh,   no'xat,   paxta   ekilgan.   Ayniqsa   Ofariikent   va   Yangiqo’rg’on   tumanlarida
sholi ko’p ekilgan. Zarafshon okrugining eng ko'p mahsulot beradigan tumani bu
Ofarinkent tumani hisoblangan.
V.L.Vyatkin Ofarinkent tumanini suvloq, dehqonchilikka juda qulay ekani,
bu   yerda   sholi,   tariq,   kunjut,   arpa,   bug’doy   juda   yaxshi   o'sishini   ko'rsatgan,
Samarqand   viloyatidagi   eng   yaxshi   tuman   Ofarinkentda   bog’lar   va   mevali
daraxtlar juda ko’pligi haqida yozgan.
  Samarqand     tumanlari   dehqonchiligida   qadimdan   don   ekinlari   asosiy
o'rinni egallagan. Bug'doy, arpa, jo'xori, sholi kabi ekinlar ekilishidan avval yerlar
kuzda   tayyorlab   qoyilgan,   bahorda   yer   maydonlari   uzunasiga   va   ko'ndalangiga
ikki   yoki   ko'proq   marta   omoch   bilan   haydalgan.   Don   ekilgan   dalalar   (sholi
ekilgan maydonlardan tashqari) ikki marta sug'orilgan: birinchi marta maysa endi
unib chiqqan paytida, ikkinchi marta ekin boshoq olishi oldidan.
49 M.Borodovskiy   Samarqand   viloyati   dehqonchiligiga   oid   qiziqarli
ma’lumotlarni to’plagan. Muallifning ta’kidlashicha viloyat dehqonlari yerdan bir
yilda uch martagacha hosil olganlar.
Kuzgi   bug’doy   yig'ib   olingach   poliz   ekinlarini   ekkanlar,   poliz   ekinlarini
kuzda   yig'ib   olib,   bahorda   pishadigan   ekinlar   ekilgan.   Bahorda   haydalgan
yerlarning bir qismiga bug'doy, bir qismiga arpa ekkanlar. Yerlar bug’doy va arpa
ekish uchun 5-10 martagacha haydalgan.
Dehqonlar   kuzgi   arpa   va   bug'doyni   yig'ishtirib   olganlaridan   so'ng   yerni
ekinga tayyorlab tariq, kunjut, sholi, mosh, loviya, no'xat ekkanlar. 
A.R.Muxammadjonov   Zarafshon   vodiysi   dehqonchiligi   to’g`risida   juda
qimmatli   ma’lumotlarni   keltiradi,   "Bu   yerda   ekish   davriga   qarab,   ikki   xil   ekin
navi   yetishtirilgan.   1)"Tiramoyi   yoki   oq"   —   kuzda   ekiladigan   ziroatlar:   arpa,
bug'doy, zig'ir, ko’knor va boshqalar, 2) "Ko'k" — bahor mavsumida ekiladigan
ziroatlar:   jo'xori,   sholi,   tariq,   mosh,   no'xat,   sabzi,   piyoz,   sholg'om,   tamaki   va
boshqalar.   Bulardan   tashqari   vodiyda   ruza   va   yung’ichqa   ham   ekilar   edi.   Bu
ziroatlardan   bug'doy,   jo'xori   va   sholi   vodiyning   o’rta   qismida   ya’ni   Samarqand
dalalarida   yetishtirilgan,   Masalan,   bug'doy   asosan   sentyabr   -   noyabr   oylarida
ekilib, aprel oyida bir marta, may oyida ikki marta sug’orilgan. Sholi may oyida
ekilib,   90   kun   davomida   muttasil   sug'orilgan.   Sholi   Zarafshon   okrugining
Shovdor, Sheroz, Ofarinkent, Sug’d, Kattaqo’rg’on, Yangiqo'rg’on va Payshanba
tumanlarida   yetishtirilgan.   Bulardan   tashqari   Zarafshon   okrugida   ko'p   suv   talab
qiladigan   ziroatlardan   tariq,   zig`ir   ekilgan.   Zarafshon   vodiysida   hammasi   bo'lib
32 xil qishloq xo’jalik ekinlari, shu jumladan kartoshka ham ekilgan
Keltirilgan   ma’lumotlar   shuni   ko'rsatadiki,   Zarafshon   vodiysining   o’rta
qismida,   Samarqand hududida asosan suvni ko'p talab qiladigan ziroatlar ekilib,
suvga   muxtojlik   davri   aprel   —   avgust   oylari   hisoblangan.   Aprelda   suv   ko'k
ekinlarni ekish va (tiramoyi oq ekinlarni" sug'orish uchun, may —iyul oylarida u
sholikorlik   uchun   kerak   bo'lgan.   Avgust   va   sentyabr   oylarida   esa   kuzgi
50 mavsumga   oid   ekinlarni   ekish   oldidan   suv   yerni   sug'orib   haydash   uchun   kerak
bo'lgan.
Endi Samarqand yerlarida ekiladigan ekin navlarini ba’zi birlarini   alohida
ko'rib chiqamiz.
Sholichilik bu hudud dehqonchiligida yetakchi o'rinlardan birini egallagan.
Zarafshon vodiysining boshqa hududlariga nisbatan suv ko'p bo'lganligi sababli,
Samarqand     tumanlarining   ko’plab   dalalarida   sholi   yetishtirilgan.   Sholi
Samarqand   viloyati   mahalliy   aholisining   eng   daromadli   qishloq   xo’jalik
ekinlardan   biri   bo'lib   hisoblangan.   U   Kattaqo’rg’on,   Samarqand   va   Xo'jand
uyezdlarida yetishtirilgan, Samarqand uyezdi viloyatda sholi yetishtirish bo’yicha
birinchi o’rinda turgan.
V.I.Neroveskiy   o'zining   maqolalaridan   birida   Samarqand   hududidagi
Yangiqo'g'ron   volostining   dehqonchiligi   to'g'rsida   shunday   ma’lumot   beradi,
"Samarqand   uyezdining   Yangiqo'rg’on   volosti   8   ta   dahani   o'z   ichiga   oladi.
Volostning   Samarqand   shahri   bilan   eng   yaqin   hududi   orasidagi   masofa   40
chaqirimni tashkil etadi. Volostda dahalarining 6 tasi ikki daryo oraligida, dolgan
ikkita   kichik   daha   daryoning   o'ng   qirg'og'ida   joylashgan.   Volostning   umumiy
sug'orma   dehqonchilik   maydoni   11,072   desyatinani   tashkil   etadi.   Volostda   ekin
maydonlariga ko’pincha sholi, bug'doy va boshqa g'alla ekinlari ko'p ekiladi. Bu
yerlardan tuprog'i hosildor hamda suv bilan yaxshi ta’minlanganligi sababli juda
yuqori   hosil   olinadi.   Samarqand   yerlarida   dehqonchilik   turlaridan   yana   biri   bu
paxtachilik   bo'lib,   u   qadimdan   yetishtirilib   kelingan   hamda   juda   mashaqqatli
mehnatni talab qilgan.
Akademik   Ya.G’ulomov   paxtachilikni   paydo   bo’lishi   to'g’risida   shunday
yozadi: "Paxtachilik qishloq xo’jaligining alohida tarmog'i sifatida O'rta Osiyoda,
shu bilan bir qatorda Buxoro xonligida eramizning boshlarida paydo bo'lgan edi".
Ashtarxoniylar   hukmronligi   davrida   Zarafshon   vodiysida   va   O'rta   Osiyoning
boshqa   vohalarida   ko’plab   maydonda   paxta   ekilgan.   Paxtadan   xiroj,   mol,   ushr
kabi   soliqlar   mahsulot   sifatida   olingan.   XVIII   asrning   ikkinchi   yarmi   va   XIX
51 asrda   Mang'itlar   hukmronligi   davrida   Samarqand   tumanlarida   paxtachilik
rivojlandi. Buning sababi Buxoro amirligining Rossiya bilan paxta savdosini keng
yo’lga qoyishi edi.
N.Xanikov   amirlikning   paxtachiligi   orasida   qizqarli   ma’lumotlarni
keltirgan. Uning ta’kidlashicha amirlikning ko’plab yerlariga uch xil turdagi ekin
paxta, tamaki va beda ekilgan. Ular paxtani sifati bo'yicha ikki navga ajratganlar:
birinchisi "g`o`zayi safed" atalib, u oppoq va toza bo'lgan, ikkinchisi "fay makka"
deb   atalgan.   Buxoroliklar   uning   urug'idan   moy   qilishib,   iste’mol   uchun
ishlatganlar.
L.N.  Sobolev  1874-yili   o'z    ilmiy  izlanishlaridan  kelib  chiqib,  Samarqand
viloyati   paxtakorlarining   mehnat   faoliyatlari,   paxta   yetishtirish   haqida   qimmatli
ma’lumotlarni to’plagan. Samarqand viloyatida paxta hosildorligiga yerdagi iqlim
qulayliklari, ya’ni aprel oyida sovuq emasligi va yer zax bo'lmasligi, iyun va iyul
oylarida   havoning   o'zgarmasligi   va   aynan   terim   boshlangandan   to   oktyabr   oyi
oxirigacha   sovuq   tushmasligi   katta   yerdam   bergan.   Uning   ta’kidlashicha,
yuqoridagi iqlim qulayliklari va dehqonlarning mashaqqatli mehnatlari natijasida,
mahalliy xalq paxta yetishtirishda yaxshi ko'rsatkichlarga erishgan.
I.M.Sluskiyning yozishicha Samarqand uyezdidagi Chelak, Yangiqo'rg`on,
Kattaqo’rg’on   uyezdidagi   Xo’ja   ariq,   Damariq,   Payshanba   va   Kattaqo’rg’on
volostlarida   iqlim   sharoiti   yaxishligidan     yaxshi   parvarish   qilingan,   Shuning
uchun   ham   1885—1900-yillari   mobaynida   bu   volostlarda   yetishtirilgan   paxta
hosilining 75 % i birinchi navga, 25% ikkinchi navga topshirilgan.
Samarqand   va   Kattaqo'rg'on   uyezdlarida   1   desyatina   yerdan   o'rta   hisobda
Amerika   paxtasidan   20   pud,   mahalliy   paxtadan   esa   18   pud   hosil   olingan.
Tumanlarda dehqonlarning paxtadan oladigan daromadi qishloq xo’jalik ekinlari
o'rtasida to'rtinchi o’rinda turgan.
Samarqand     aholisi   bog'dorchilik   va   uzumchilik   bilan   ham   qadimdan
shug'ullanib   kelgan.   Deyarli   barchaning   o'z   bog’-rog’i   bo'lgan   V.Sokolov   1894-
yili   Samarqand   va   uning   atrofidagi   tumanlarda   bo'lib,   ular   to'g'risida   shunday
52 yozadi: "Samarqandga qaysi tomondan bormang bog’lar bilan o'ralgan. Kishi, bu
bog'lar ichida uzoq vaqt yuradi. Bog'lar to'rtburchak shaklda, atrofini tol, terak va
jiyda   daraxtlari   o'rab   olgan.   Uzumzorlar   alohida   yerlarda   bo’lib,ularning   atrofi
ham   daraxtlar   bilan   o'ralgandir.   Mevali   daraxtlardan   Samarqand   va   uning
atroflaridagi   xalq     o'rik,   olma,   nok,   olxo'ri,   yong'oq,   bodom,   gilos,   olmurut   va
vinobop   qulupnay   yetishtirganlar.   Uning   fikricha   bu   yerda   ekiladigan   mevali
daraxtlar juda yaxshi hosil bergan
Samarqand   uyezdida   26   ta   bozor   punkti   bo’lib,   shulardan   Samarqand
hududida,   Dahbed   volostida   Dahbed   Shoxob   volostida   —   Loish,   Juyi   devona
volostida-   Karqarali,   Yangiqo’rg’on   volostida   -   Yangiqo'rg'on   va   Sag’ish
bozorlari   mavjud   bo'lgan.   Undan   tashqari   Kattaqo’rg’on   uyezdining   Oqtepa,
Ishtixon,   Shayxlar   mavzelarida   bozorlar   bo'lgan.   Shulardan   Yangiqo'rg'onda
dushanba   kuni   (markaziy   bozor),   Loishda   yakshanba   kuni,   Karqaralida
chorshanba kuni, Sag’ishda esa payshanba kunlari ikkinchi darajali bozor bo'lgan.
Ko’plab asosiy va ahamiyatli yo'llarning chorrahasida joylashgan, Chelak,
Yangiqo'rg'on, Jomboy tumanlariga olib boruvchi yo'llarni tutashtiruvchi Dahbed
bozori   katta   ahamiyatga   ega   bo’lib,   viloyatda   savdo-sotiqda,   mollarni
ayirboshlashda markaziy bozor vazifasini o’tagan.
Yangiqo’rg’on   bozor   Samarqand   uyezdining   g'arbiy   chekkasida,
Kattaqo’rg’on   uyezdining   chegarasida   joylashgan   Yangiqo’rg’on   shahrining
yaqin   atroflarida   to'rtta   bozor   mavjud   bo'lgan.   Ularning   eng   asosiysi
Yangiqo'rg'on   bozori   hisoblangan.   Qadimgi   shahar,   bekning   qarorgohi   qadimgi
savdo   punkti   bo'lib   Sagash   mavzesidaga   kichkina   bozor   hisoblangan.   U
Yangiqo'rg’ondan 14 chaqirim masofada joylashgan. Yangiqo'rg'on bozori XVIII
asrning 70-yillarida vujudga kelgan. 1852-yilda esa Yangiqo'rg'ondan 8 chaqirim
masofada   joylashgan   Loish   mavzesida,   Yangiqo'rg'ondan   14  chaqirim   masofada
joylashgan   Karqarali   qishlog'ida   esa   1885-yilda   bozorlar   vujudga   kelgan.   Loish
va Karqarali bozorlari Yangiqo'rg'on bozorlariga qaraganda ancha kichik bo'lgan.
53 Yangiqo'rg'oning   avvalgi   eski   bozori   Yangiqo'rg'ondan   ikki   chaqirim
uzoqlikda,   Zarafshon   daryosining   irmoqaridan   biri   Oqdaryoning   qirg'og'ida
joylashgan   bo’lib,   bu   bozor   1887-yili   Yangiqo'rg'onning   yaqiniga   ko'chirilgan.
Uning   maydoni   21   tanobni   tashkil   etgan.   Bu   bozor   maydon   egalaridan   har
tanobiga 60-65 so'mdan yig'ilib, jami 1310 so'mga yig'ilgan hamda taxminan 700
savdogarga   mo'ljallangan.   Undan  tashqari   davlat   xazinasi   hisobidan   paxta,   sholi
va   boshqa   ekin   mavsumida   sotiladigan   mahsulotlar   savdosi   uchun     ikkita   katta
usti   yopiq   maydon   qilgan.   Uning   maydoni   atrofiga   daraxtlar   ekilib,   ariqlar
o'tkazilgan.   Bu   bozor   dala   ekin   maydonlariga   yaqinligi   sababli   uning   maydoni
qish va bahor oylarida loy bo'lib ketgan.
Loish   va   Karqarali   bozorlari   tepaliklarning     notekis   joylarda   joylashgan
edi.   Yangiqo'rg'on   bozorida   savdogarlar   soni   qish   oylarida   250   ta,   yoz   oylarida
400   tagacha,   Loish   va   Karqarali   bozorlarida   qishda   80-90   savdogar,   yezda   150
tagacha, Sag'ish bozorida esa  50 ta, yozda 100 tagacha savdogar yig'ilgan.
Bu   bozorlarning   muhimligi   shunda   bo'lganki,   ular   Samarqand   va
Kattaqo'rg'on uyezdlarining bir necha volostlarini tashkil etuvchi keng paxtachilik
tumonlarida   joylashgan   edi.   Yangiqo'rg'on   bozorining   eng   gavjum   payti   paxta
yig'im   terimi davriga to'g'ri kelgan. Chunki  bu yerga paxta sotib oluvchilarning
oqimi ko'paygan. Atrofdagi tumanlardan va asosan Samarqand shahridan ko’plab
xaridorlar   kelishgan.   Shu   vaqtning   o'zida   paxta   va   g'alladan   daromad   qilgan
mahalliy   aholining   kundalik   ehtiyoj   mollariga   bo'lgan   talabi   oshgan.   Asosan
poyafzallarga   talab   katta   bo'lgan.   Paxtachilikning   keng   taraqqiy   etishi   natijasida
Yangiqo'rg'onda   Fuzanlovning   paxta   tozalash   zavodi   qurilgan,   shu   bilan   birga
bozorda pul aylanish shak shubxasiz ko'paygan o’sha vaqtda bu bozorga 60 000
pud   ya’ni   Samarqand   uyezdida   yetishtiriladigan   paxtaning   uchdan   bir   qismi
keltirilgan.   Bu   bozorlarda   g'alla   mahsulotlari   savdosi   o'sha   vaqtda   (XIX   asr
oxirlari) ikkinchi darajali hisoblangan. Chunki XIX asrning oxirgi o'n yilliklarida
bu yerlarda paxta maydonlari kengayib ketgan edi.
54 Bozorning   yana   bir   muhim   jihati   shundan   iborat   bo'lganki,   bu   yerda
payafzal   sotuvchi   savdogarlar   20   tadan   30   tagacha   yig'ilgan,   vaholanki   boshqa
katta   bozorlarda   ularning   soni   10   tadan   oshmagan.   Poyafzal   savdosi   bilan
shug'ullanuvchi   savdogarlarning   asosiy   qisimini   Dahbed   shahrining   mahalliy
xalqi   tashkil   etgan,   chunki   bu   poyafzallarni   ularning   o'zlari   tikkanlar.   Dahbed
bozorida   savdogarlar   soni   un   va   non   mahsulotlari   sotuvchilardan   tashqari,   qish
oylarida  200  tacha atrofida, yozda  esa  250  tagacha  yetgan.  Bozorning yillik  pul
aylanishi taxminan 400000 so'mni tashkil etgan.
1869-yili     Samarqandda   bo'lib,   topografik   ma’lumotlar   to'plagan
A.P.Fedchenko   Dahbedning   bozori   haqida   shunday   yozadi:   “Dahbed
Samarqanddan   13   chaqirim   shimolda   joylashgan,   uning   juda   ajoyib   bozori   bor.
Oqdaryoning chap qirg'og'ida joylashgan bu bozor haftada ikki marta bo'ladi. Bu
bozorga   besh   uyezdning   aholisi   savdo-sotiq   uchun   keladi.   Bozorning   yillik   pul
aylanishi Samarqand bozorinikidan kattadir”.
Dahbed     bozorida   13   ta,   Yangiqo'rg'on   bozorida   esa   14   ta   rasta   mavjud
bo'lgan.   Dahbedda   30   ga   yaqin   poyafzal   tikuvchi   usta   bo'lib,   ular   o'z
mahsulotlarini Dahbed, Yangiqo'rg'on va boshqa bozorlarda sotganlar. Bu ustalar
Dahbed shahrining Ko'nchi guzarida istiqomat qilishib, poyafzalning ikki “maxsi"
va   “toggovox"   turini   tikkanlar.   Yangiqo'rg'on   shahrida   8   ta   mashhur   nonvoylar
bo'lib, ular Samarqand uyezdi  bo'yicha eng yaxshilari hisoblangan. Ularning har
birini yillik daromadi o'rta hisobda 600 so'm bo'lib, shundan sof daromad 15 %ni
tashkil   etgan,   Yangiqo'rg'on   va   Dahbed   bozorlarida   ko’plab   attorlar   bo`lgan.
Attorlar   igna,   ip,   oyna,   sirg'a,   uzuk,   taroq   va   ba’zi   hollarda   do’ppi,   bo'yoqlar,
qalampir, murch, xilma-xil o'tlardan tayyorlangan dorilarni ham sotganlar,
Kattaqo’rg’on   tumanining   o'rta   qismida   yashovchi   aholi   dehqonchilik,
hunarmandchilikdan tashqari savdo bilan ham shug'ullanishgan. Ular Yo`g'ontepa
qishloq   bozorida   -   yakshanba   kuni,   Mingda   -   dushanba   kuni,   Payshanba   shahar
bozorida   -   payshanba   kuni,  Ishtixonda   -   payshanba   kuni,   Otpada   -   juma   kunlari
savdo   bilan   shug'ullanganlar.   Shuningdek   ular   yakshanba   kuni   Xatirchiga,
55 dushanbada   Jomga,   jumada   Zirabuloqda,   yakshanbada   Chimboy   bozorlariga
qatnaganlar. Kattaqo'rg'on bozorida Payshanba, Ming, Mitan, Yangiqo'rg'on aholi
ham   o'z   mahsulotlari   bilan   savdo   qilganlar.   Bahor   oylarida   bozorlarda   mehnat
qurollari, ketmon, kurak,bolta va boshqalar ko’plab sotilgan.
Samarqand   uyezdining   Dovul,   Dahbed,   Jomboy,   Loish,   Jumabozor,
Aylavot, Yangiqo'rg'on, Chelak, Razira, Kattaqo'rg'on uyezdining, Kattaqo’rg’on,
Payshanba, Mitan, Ishtixon, Ostepa, Kattaming bozorlarida paxta sotilgan. Paxta
bozori   sentyabr   oyining   o'rtalaridan   to   yanvargacha   davom   etgan.   Bozorlarda
sotiladigan   paxtaning   narxi,   Amerika   paxtasi   2   so'mdan   2   so'm   25   tiyingacha,
mahalliy paxta esa 1 so'm 80 tiyindan 2 so'm 14 tiyingacha bo'lgan.
Bu bozorlarda pilla savdosi ham mavjud bo'lib, u asosan shahar bozorlarida
sotilgan,   bir   pillakor   bozorda   0,5   puddan   -   8   pudgacha   pilla   sotgan.   Ba’zi
sotuvchilarning   pillasi   1   pudga   ham   yetmagan.   1870-1880-yillari   pilla   asosan
Dahbed,  Dovul, Yangiqo'rg'on,  Chelak  bozorlarida  ko'proq savdoga   chiqarilgan.
Keyinchalik   ular   qatoriga   Kattaqo’rg’on,   Payshanba,   Ishtixon   pillakorlari
qo'shilgan. Samarqand temir yo'l bekatidan bir yilda o'rta hisobda 2500 pud ipak
jo'natilgan.
Shunday qilib,   Samarqand   hududagi bozorlarda XIX - XX asr boshlarida
ichki   bozor   ancha   rivojlanib,   savdogarlar   soni   va   mahsulotning   turlari   yildan-
yilga ortib bordi.
  Samarqandda,   umuman   Zarafshon   vodiysida   mulklardan,   yetishtirilgan
qishloq   xo’jalik   mahsulotlaridan,   bog’-rog’lardan   davlat   xazinasiga   soliqlar
olingan.   Bu   soliqlar     Samarqand     tumanlarida   Zarafshon   vodiysining   boshqa
tumanlaridagiga nisbatan yuqori bo'lgan, Buning sababi   Samarqand   yerlarining
hosildorligi va suv bilan yaxshi ta’minlanganligi edi,
Soliqlarning   miqdori   lalmi   yoki   suvloq   yerlardagi   ekinlar   bilan   bog'liq
bo'lgan.   Qadimdan   Buxoroda   sun’iy   sug'oriladigan   yerlardan   yerning   miqdoriga
qarab qo'sh yoki jufti gov, bahordagi yer haydash mavsumidan oldin pul hisobida
qo'sh puli solig'i olingan.
56 Har   yili   hamal   oyining   boshlarida   amlokdorlar   o'z   mushriflari,
yordamchilari   bilan   qo'sh   puli   solig'ini   yig'ish   va   qo'sh   yerlarni   aniqlash   uchun
dalaga   chiqib  ketgan.   Qo'sh   yerlarning  miqdori   aniqlangandan   so’ng   qo'sh     puli
belgilangan.
Zarafshon   vodiysida   davlat   xazinasiga   xiroj,   tanobona,   somon   puli,   cho'p
puli,   tegirmon   puli,   objuvoz   puli,   zakot   yig'imi   (kapsan)   va   vaqf   mulklaridan
olinadigan   asosiy   soliqlar   mavjud   bo'lga.   Amlokdorlar   zakot   solig'idan   boshqa
hamma soliqlarni yig'ib olganlar. Zakot solig'ni esa alohida zakotchi biylar yig'ib
olganlar.   Zakot   1/40   ulushda   yig'ilgan.   Endi     Samarqand     tumanlaridagi
mulklardan   va   qishloq   xo’jalik   mahsulotlaridan   olinadigan   soliqlarni   manbalar
asosida ko’rib chiqamiz.
Xiroj solig’i : Soliqning bu turi har yerda har xil to'langan. Sug'oriladigan
yerlarda   dehqonlar   hosilning   1/3   qismini.   Suvsiz   joylarda   1/5   qismini,   umuman
yordamga   muhtoj   va   cho’l   zonalarida   yashovchi   dehqonlar   hosilning   1/10
hisobida soliq to'laganlar.
Zarafshon   vodiysida   hosildan   olinadigan   xiroj   har   xil,   ya’ni   yetishtirilgan
hosilning   1/3   yoki   1/5,   hisobida   olingan.   Lekin   eng   kam   xiroj   miqdori   1/5,   20
foizdan   kam   bo’lmagan.   Xiroj   solig'i   ertangi   hosildan   may   oyidan,   kechki
hosildan esa avgust oyidan boshlab olingan.
Tanobona solig'i: Dehqonlarning tomorqasi  atroflarida ekilgan tokzorlar,
mevali   daraxtlar,   bedazorlar   va   boshqa   ekinlardan   olingan.   Soliq   yig'ish   yilning
o'rtasida boshlanib, yilning oxirigacha davom etgan.
Tanobona   solig’i   yoki   tanob   puli,   tomorqalardan,   bog'lardan,   bedazor   va
uzumzorlardan bir tanob yerga 16 tangadan 18 tangagacha, (2sum 40 tiyindan 2
sum 70 tiyingacha) olingan.
Qo’sh   puli:   qo'sh   pulini   belgilash   uchun   albatta   qo'sh   yerlar   miqdorini
aniqlash kerak bo'lgan. Yerlarni o'lchashga muftiylar boshchilik qilganlar, Ularga
nazoratchilar,   shogird   kishilar   yordamchi   bo'lganlar.   Muftiy,aminlar,   oqsoqollar
va  bir  qancha   mahalliy  xalqning  guvohligida  qishloqlar,  dahalar,  amlokliklar  va
57 tumanlardagi tanob yerlarning hisobini hamda bu yerlarga qaysi turdagi qishloq,
xo’jalik   ekinlari   ekilishini   aniqlab,   keyin   yerlarning   miqdorini   aniqlaganlar.   Bu
ma’lumotlar yozilgan daftar - xudaftar" deb atalgan.
Zarafshon   vodiysi   tumanlaridan   olinadigan   qo'sh   puli   soligi   quyidagicha
bo'lgan. Ofarinkent tumanida - 3 so'm 20 tiyindan 3 so'm 60 tiyingacha, Shovdor
tumanida   —   1   so'mdan   1   so'm   60   tiyingacha,   To'rtko'l   tumanida   —   2   so'm   40
tiyindan 2 so'm 80 tiyingacha, Chashma tumanida - 1 so'm, Urgutda — 1 so'mdan
2 so'm 40 tiyingacha, Chelakda 2 so'mdan 2 so'm 40 tiyingacha, Yangiqo'rg'onda-
2 so'm  80  tiyindan 3  so'm  60  tiyingacha  qo'sh    puli  solig'i  olingan.   Samarqand
tumanlarida   o'rta   hisobda   2   so'mdan   4   so'mgacha   qo'sh   puli     solig'i   olingan.
Ushbu   soliqning   tumanlarda   har   xil   bo'lishiga   sabab,   tumanlarning   savdo
markazlari   bozorlarga   yaqin   va   uzoqligaga,   aholining   zichligiga,   tuprog'ining
hosildorligi va yerlarni suv bilan ta’minlanganligiga bog'liq bo'lgan.
Ushbu   ma’lumotlardan   ko'rinib   turibdiki,   qo'sh   puli   solig'i,     Samarqand
tumanlaridan   tuprog'i   hosildor   va   suv   bilan   yaxshi   ta’minlanganligi   sababli,
Zarafshon vodiysining boshqa tumanlaridagiga nisbatan ancha yuqori olingan.
Somon puli: Bu soliq bug'doy va arpa ekiladigan yerlardan olingan. Somon
esa   qaramog'ida   uy  hayvonlari   (mol,  qo’y   va  otlar)   bo'lgan   diniy  muassasalarga
tarqatilgan.
Cho'p pulli yoki o'tin puli: kesilgan daraxtlar va o'tin uchun olingan. Aholi
o'z   borlaridagi   daraxtlarni   o'tin   uchun   kesganida   olingan.   Bu   soliq   daraxt
narxinnng 2/8 siga teng bo'lgan.
Tegirmon   Objuvoz   puli:   Suv   kuchi   bilan   ishlaydigan   tegirmon   va
juvozlardan   olinadigan   soliq.   Soliqning   miqdori   tegirmon   va   objuvozlarda
ishlaydigan   ishchi   kuchining   soni,   yoki   uning   toshini   katta—kichikligi   va   qaysi
tumanda joylashganligiga qarab yilliga 20 tangadan 100 tangagacha olingan.
Ushbu soliqlardan tashqari yana amaldorning xarajatlarini qoplab turadigan
kapsan   solig'i   olingan.   Kapsan   solig'i     bug’doy,   arpa,     jo'xori,   mosh   va   boshqa
58 ekinlarning   hosilidan   har   10   botmonidan   20   qadoq   paxtadan   esa   har   10
botmonidan 15 qadoq olingan.
Zakot   solig’i   esa:   karvonlardan,   savdogarlardan,   cho'ponlardan   olingan.
Rossiya   bosqiniga   qadar   soliqlar   mahalliy   sarkor   va   amaldorlar   tomonidan   eski
hisobda   yig'ib   olingan.   Keyin   esa   u   rus   ma’murlari   tomonidan   yig'ib   olinishi
davom etgan.
59 XULOSA
O’rta Zarafshon vohasi  manbalarida aholisi  zich, geografik qulay hosildor
tuproqli,  suv  bilan  yaxshi  ta’minlangan hudud  sifatida  tilga  olinadi. Manbalarda
XIX   asrda   Zarafshon   vohasini   suv   bilan   ta’minlab   turuvchi   ko’plab   fikrlarning
barpo   qilinish   to’g’risida   ham   ma’lumotlar   uchraydi.   Bu   tarixlar   ilmiga     ikki
marta, bahor va kuzda hashar yo’li bilan qayta ta’mirlanib tozalanib turilgan.
Manbalarda   O’rta   Zarafshon   vohasida     moy   juvozlar,   tegirmonlar   va
objuvozlar   to’g’risida   ko’plab     ma’lumotlar     uchraydi.   Ularning   aksariyat   suv
kuchi   bilan   harakatga   keltirilib,     arzon   va   sifatli   un,   guruch     ishlab   chiqarilgan.
Natijada butun XIX asr  davomida bunday tegirmon va obxovuzlar soni ko’payib
bordi.   Buning   sababi   bu   yerda   suvning   ko’pligi   va   dalalarda   g’alla   ekinlarining
ko’p ekilishi edi. XIX-XX asr boshlarida O’rta Zarafshon  vohasining iqtisodiy va
madaniy   markazi   sanalgan   Samarqand,   Kattaqo’rg’on,   Dahbed,     Yangiqo’rg’on
va   Payshanba   shaharlari   mavjud   edi.     Ushbu   shaharlarda   savdo-sotiq   alohida
ahamiyat     kasb   etadi.   Shahar   aholisining   etnik   tarkibida   XIX   asr   oxirida
o’zgarishlar     yuz   berdi.   Rus   sarmoyasining   kirib   kelishi   shuningdek   xorijiy
tadbirkorlarning   korxonalar   ochilishi   aynan   shaharlarda   yuz   beradi.     Natijada
shahar aholisining etnik va ijtimoiy tarkibidda ham o’zgarishlar yuz berdi.
XIX - XX asr boshlarida  Samarqand  tumanlarida dehqonchilik bir qancha
qiyinchiliklarga   qaramay   gullab   yashnadi.   Dehqonlar   yangi   yerlarni   o'zlashtirib,
ko’plab mahsulotlar yetishtirdilar, qishloq xo’jaligida sezilarli bo'lgan o'zgarishlar
shundan   iborat   ediki,   ekin   maydonlari   va   ekin   turlari   ko’paydi.   Rossiya   bosqini
munosabati   bilan,   yangi   amerikacha   paxta   navini   ekish   boshlandi   va
kuchaytirildi.   Natijada   bu   paxta   navini   ekish   hisobiga   boshqa   mahsulotlarni
yetishtirish kamaydi. Bu esa bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxini oshishiga
sabab bo'ldi. 
Bu   muvaffaqiyatlardan   mustamlakachilar   ko’proq   manfaat   ko’rdilar.   Ular
paxta   yakkahokimligini   o’rnatishni   yo’lga   qo’ydilar.   Shunday   qiyinchiliklarga
qaramasdan   mahalliy   dehqonlar   ko’plab   mahsulot   yetishtirib   xalq   talabini
60 qondirib   keldilar.   Demak,     Samarqandning   qishloq   xo’jaligi   to'g'risidagi   tarixiy
manbalardan   olingan   ma’lumotlar   ham   tanqidiy   ham   ijobiy   tomondan   muhim
ilmiy   ahamiyatga   egadir.   Shu   o'rinda   savdo-sotuvdagi   o'zgarishlarni   ham
ta’kidlash   muhimdir.   Ichki   bozorda   mahsulotlarning   turi   ko'paydi.     Yangi-yangi
bozorlar   ochildi.   Chetdan   mahsulot   kirib   kelish   hajmi   oshdi,   chetga   mahsulot
chiqarish   ham   ko'payib   uning   asosiy   sababi   mustamlakachilarning   bu   hududni
ham butun Turkiston o’lkasi kabi "xomashyo bazasi” ga aylantirgani edi. Ular o’z
mollari bilan ham kirib kelgan edilar. Bu esa bozorlarda mahsulot raqobatiga olib
keldi. Natijada bu aholining iqtisodiy ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
61 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак й ўқ  . Т  1998 
2. Аҳмедов Б. “Государства кочевых узбеков.М.1965.
3. Аҳмедов Б. “Ўзбек ўлуси”. Т. 1992.
4. Бартольд   В.В.   “Тюрки.   Двенадцать   лекций   по   истории   турецких
народов Средней Азии” // Соч. Т. V. - М. 1963 й.
5. Бромлей Ю. В. “Очирки теории этноса”, М. Наука, 1983 г.
6. Бромлей Ю.В. “Современные проблемы этнографии”. М. 1981.
7. Брук   С.И.   “Население   мира”   Этнодемографический   справочник.   1-
таблица М-1986.
8. Валентей   Д.И,   Ковалев   С.А,   Караханов   М.К,   Смулевич   Б.Я,   Есипов
Н.С, “Проблемы Народанаселения”. М-1970. С. 378.
9. Васильева Г.П, Кармышева Б.Х, “Этнографические очерки узбекского
сельского населения”. М. 1969 й.
10. Ваҳабов М.Г. “Ўзбек социологик миллати”. Т. 1960 й.
11. Вяткин   JI .   В.   “Афрасиаб   -   городище   былого   Самарканда”.   Археол.
Очерк, Т. 1926 г.
12. Вяткин   Л.   В.   Материалы   к   иторической   географии   Самаркандского
вилаята. СКСО, вып.VII. Самарканд, 1902, с. 15.
13. Гребенкин А. “Энографический  очерк Зарафшанского округа”.  //  ТВ.
1972 г. № 45.
14. Гумилев Л. Н. “Древние тюрки”. М. Наука, 1967 г.
15. Жабборов И.М. Ўзбеклар: турмуш тарзи ва маданияти. -Т.Шарқ. 2008.
16. Жабборов И.М. Жаҳон халқлари этнографияси.Т. 1985.
17. Захриддин Мухаммад Бобур. “Бобурнома” Т. 1960-й.
18. Зияев   Х.З,   Лунин   Б.В   “Этонграфическое   изучение   быта   и   культуры
узбеков”, “Кубаков К “О некоторых родоплеменных группах узбеков
верхней Кашкадарьи”. Т-1972 й.
19. Иванов.П.П. Указ. соч., 1954 г. с. 72.
62 20. История народов Узбекистана. Т. I. Т. Фан, 1967 г.
21. Йўлдошев.М. Найманми ёки най биланми? // “Зарафшон” газетаси,
22. й. 19 февраль.
23. Кармышева   Б.Х,   “Очерки   этнической   истории   южных   районах
Таджикистана и Узбекистана”. М-1976 й.
24. Марков Г.Е. Кочевники Азии. М. 1976.
25. Материалы   всероссийских   переписей”,   Поселенные   итоги
Самаркандской области. Ч. 1, Выпуск  V -й, Т-1920 й.
26. Материалы   по   районированию   Узбекистана.   Выпуск   П.   Список
населенных пунктов. Сам-1926 г.
27. Маҳмуд Саттор. Ўруғ, шажара, сулола // “Мулоқот” журнали, 1994, 1-
2- сонлар, 59-60 бетлар.
28. Муҳаммаджонов.А.   “Ҳасратли   тарих”   //Ўзбекистон   адабиёти   ва
санъати журнали, 1992 йил 8 май.
29. Поляков С.П. “Историческая этнография Средней Азии и Казахстана.
М. 1980.
30. Рахматов Т. “Топонимия города Самарканда и его окресностей”. АКД
- М. 1973. С.20.
31. Сагдуллаев А. Кабиров Ж. Ўрта Осиё археологияси. Т. 1990.
32. Самарқакд вилояти стасистика бошқармаси маълумотлари. 2012 й.
33. Самарқанд   вил   Нуробод   тумани   “Паспорти”   маълумоти.   2012йил   1
январ холотига.
34. Семенов   А.   А.   К   вопросу   о   происхождении   и   составе   узбеков
Шебани-   хана. “Материалы   по истории  таджиков  и узбеков   Средней
Азии”. Сталинабад, 1954. с. 24-26,29.
35. Снесаров Г. П. “Духоаный облик узбекского крестианина”. М. 1969 г.
36. Соболев   J 1. H .   Географическая   и   статистическая   сведения
Зеравшанском   округе.   Санкт-Петербург.   Типография   Императорской
Академии наук. 1874.
63 37. Ташев   X   “Культура   и   быт   животноводов   Зарафшанской   долины
(конец XIX -60-е годы XX в.)”, Автореферат канд. Дисс., Т-1968 й.
38. Ташев   X,   “К   вопросу   о   составе   сельского   населения   Зарафшанской
долины”, Т-1965 й.
39. Токарев С.А. Этнографии народов СССР. М. 1958.
40. Толстов С. П. “Народы Средней Азии и Казахстана”, (серия “Народы
мира”). Т. I. М. 1962.
41. Толстов   С.   П.   “Основные   проблемы   этногенеза   народов   Средней
Азии” //СЭ. 1947 г.
42. Ўзбек Совет Энциклопедияси, 9-том. Т-1977, 532-533 бетлар.
43. Ҳамдамов.Ж. Ўзбек тили тарихи,  I -қисм, С. СамДУ нашри, 1999.
44. Шониёзов К. Ш. “К этнической истории узбекского народа”. Т-1974 й.
45. Шониёзов   К.   Ш.   “Некоторые   вопросы   этнической   динамики   и
этнических связей узбеков в XIV - XVIII вв”, Т. 1986 г.
46. Шониёзов К. Ш. “Узбек халқининг шакиллиниш жараёни”. Т-2001 й.
47. Якубовский   А.Ю.   “Из   истории   археологического   изучения
Самарканда”. // Сам. 1940 г.
48. Якубовский   А.Ю.   “К   вопросу   о   этногенезе   узбекского   народа”,   Т.
1941.
64

O`ZBEK XONLIKLARI DAVRIDA O`RTA ZARAFSHON HUDUDLARIDA YASHOVCHI AHOLINING IJTIMOIY TARIXI M U N D A R I J A KIRISH………………………..…………………………………..…………. 3-5 1-bob. O’RTA ZARAFSHON VOHASI SHAHAR AHOLISI TARIXI. 1.1. O’rta Zarafshon vohasi shaharlari aholisning ijtimoiy va etnik tarkibi………………………………………………………………….…….6-21 1.2. O’rta Zarafshon vohasi shahar aholisining turmush tarzi va mashg’ulotlari………………………………………………………………21-38 2-bob. O’RTA ZARAFSHON VOHASI QISHLOQ AHOLISINING IJTIMOIY TARIXI. 2.1. O’rta Zarafshon vohasi qishloq aholisining etnik tarki………………………………………………………………………...39-46 2.2. O’rta Zarafshon vohasi qishloqlari aholisi mashg’ulotla……………..............................................................................46-59 XULOSA…………………………………………………………...……… 60-61 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………. 62-64 1

2

KIRISH «Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib k е lingan g’oyat ulkan, b е baho ma'naviy va madaniy m е rosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyat muhim vazifa bo’lib qoldi» 1 . Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini o’rganish sohasida, ancha salmoqli ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi. O’zbekiston tarixini yaratilishining yangi konsepsiyasi aniq dalillar asosida, yozma manbalarga tayangan holda tarixni xolisona tadqiq etishni nazarda tutadi. O’rta Zarafshon vohasi aholisining ham siyosiy, iqtisodiy ahvolini o’rganish ham dolzarb vazifalardan sanaladi. O’rta Zarafshon vohasining XVI- XVIII asr ikkinchi yarmi Buxoro xonligi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti XIX-XX asr boshlarida Buxoro amirligi tassarufida hamda Rossiya imperiyasi mustamlaka tizimi doirasida kechgan ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan bog’liq voqealar birgalikda qiyosiy tadqiq etildi. Ushbu tadqiqot ob`ektini alohida mavzu sifatida o’rganish ehtiyoji quyidagilar bilan belgilanadi. O’rta Zarafshon vohasining Buxoro xonligi (amirligi)ning ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy hayotida alohida o’rin tutadi: Bu hudud Turkuston general-gubernotorligining yetakchi, boy hududlaridan biri sifatida mustamlakachilik davrining barcha xususiyatlari o’zida yaqqol namoyon etgani. O’rta Zarafshon vohasi aholisining etnik tarkibi xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar amirlik hamda mustamlaka davrlardagi tub ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy vaziyatni o’ziga to’la ifoda etgan. Mavzuning o’rganilganlik darajasi: O’rta Zarafshon vohasi aholisining ijtimoiy, iqtisodiy hayoti to’g’risida manba va adabiyotlarni uch guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruh Rossiya imperiyasi mustamlakasi davriga oid tadqiqotlar. Bular konseptual jihatdan O’rta Osiyo Rossiya mustaqilligining muommosiga 1 Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак й ўқ .Т.: 1998, - B . 56. 3

asoslangan hamda ko’proq o’lkaning tabiiy va mehnat resurslarini ehtiyoji yuzasidan yozilgan edi. Uchta davrga oid tadqiqotlar sifatida A. Vaibdi, N.V. Xanikov, A.P. Buchenko, L.A. Sabalov, V.V. Radlov kabi bir necha mualliflarning asarlarini aytib o’tish mumkin: Mazkur mualliflar O’rta Zarafshon vohasi aholisining hayotini aks ettiruvchi ko’plab ma’lumotlarni yozib qoldirganlar. Ikkinchi guruhga Sovet tuzumi sharoitida yozilgan tadqiqotlar kiradi. Ular komunistik mafkura ta’sirida yozilgan. U davr tarix mavsumining xulosalariga hozirgi kunga tanqidiy qarash lozim. Shunday bo’lsada, ilg’or olimlarning fidokorligi tufayli o’rganilayotgan mavzuning ba’zi bir yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tasavvurlar muayyan darajada boydir. Bular qatoriga P.P. Ivonov, G.A. Pugachenkova, A.A. Semyonov, M, Abduraximov, A.R. Muxammadjonov, Suxerovalarning ilmiy asarlarini kiritish mumkin. Uchinchi guruhga mustaqillik yillarida yaratilgan tadqiqotlar. D. Alimova, O.Ziyoyeva, Sh. G’offorov, Q. Rajobov, A. Kuraxmedov, T. Normurodova, K. Pardayevlarning ilmiy ishlarida O’rta Zarafshon vohasi aholisining ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: mavzuning mohiyatidan hamda tarix fanining talablaridan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni yoritib beriladi: - O’rta Zarafshon vohasi aholisining etnik tarkibining tavfsiflash: - O’rta Zarafshon vohasi aholisining hunarmadchiligini yoritish. - O’rta Zarafshon vohasi qishloq xo’jaligi sug’orma dehqonchilik va uning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish; - O’rta Zarafshon vohasi aholisi o’rtasida chorvachilikning aholisining boyon qilish; - Rossiya imperiyasining olib borgan mustamlakachilik siyosati va uning oqibatlarini hudud doirasida o’rganish; 4

- O’rta Zarafshon vohasidagi shaharlar, ularning sifatidagi rolini o’rganish; Tadqioqtning ilmiy yangiligi: shundan iboratki, unda birinchi marta Zarafshon vohasi aholisining ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy hayoti birinchi marta malakaviy bitiruv ishi tarzda tadqiq etildi. Bunda Zarafshon vohasi Buxoro amirligi va Turkuston general-gubernatorligida siyosiy jihatdan yuqori mavqega ega hamda iqtisodiy jihatdan boy va aholisi zich ekanligining tarixiy sabablari ochib beriladi. Tadqiqotning ob’ekti: O’rta Zarafshon vohasi aholisi o’rganishga doir manba va adabiyotlar tadqiqotdan iborat. Tadqiqot pretmeti: O’rta Zarafshon vohasi aholisini o’rganish tarixiga oid manbalarning ilmiy- nazariy va qiyosiy tahlil qilish. Ilmiy yangilik: shuningdek bu hududdan Rossiya imperiyasi tamonidan istilo qilinishi, iqtisodiy va ijtimoiy, siyosatining imperiyaga xarakteri ko’rib chiqiladi. Malakaviy bitiruv ishida taklif qilingan barcha jarayonlar O’zbek xalqi milliy manfaatlariga hamda tarixiy taraqqiyotning ob’ektiv ehtiyojlariga muvofiqligi nuqtai nazardan kelib chiqilganligi undagi ilmiy yangilikning boshqa bir ko’rsatkichidir. Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyot lardan iborat . 5