logo

O`RTA ZARAFSHON TOG’OLDI TEKISLIKLARIDA INTENSIV BOG’DORCHILIKNI TASHKIL ETISH IMKONIYATLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1934.5 KB
O`RTA ZARAFSHON TOG’OLDI TEKISLIKLARIDA INTENSIV
BOG’DORCHILIKNI TASHKIL ETISH IMKONIYATLARI  
MUNDARIJA
KIRISH ( Magistrlik  dissertatsiyasi annotatsiyasi) ............ .........................3
1-BOB.   TOG‘OLDI   TEKISLIK   LANDSHAFTLAR I NI   TADQIQ
ETISHNING NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSLARI  ............ .....9
1.1-§.   Tog‘oldi   tekislik   landshaftlarini   tadqiq   etishning   nazariy   asoslari   va
amaliy ahamiyati..............................................................................................9
1.2-§. Tog‘oldi tekislik landshaftlar i ning shakllanishi hamda geografik 
tarqalishi …………………………………………………………………….16
1.3-§. Tog‘oldi tekisliklarida  intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish ning 
nazariy-amaliy masalalari …………………………………………………..34
II-BOB.   TOG‘OLDI   TEKISLIKLARI   TABIIY   SHAROITINING
QISHLOQ   XO’JALIGI   VA   INTENSIV   BOG’DORCHILIKNI
TASHKIL ETISHDGI AHAMIYATI  ……………………………..........40
2.1-§.Tabiiy sharoitning tog‘oldi tekisliklar hamda yoyilmalarni vujudga 
kelishi va barqaror rivojlanishiga ta’siri ……………………………………40
2.2-§. Tog‘oldi tekisliklarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning landshaft 
omili ………………………………………………………………………...48
2.3.Tog’oldi tekisliklarida intensiv mevali  bog‘ va tokzorlar barpo etish 
texnologiyalari ……………………………………………………………...54
III-BOB.O’RTA   ZARAFSHON   TOG’OLDI   TEKISLIKLARIDA
QISHLOQ   XO‘JALIK   EKINLARINI   OQILONA   JOYLASHTIRISH
VA   TOG’OLDI   TEKISLIKLARINING   GEOEKOLOGIK
MUAMMOLARI ………………………………………………………….64
§3.1.  Tog‘oldi tekisliklarida  qishloq xo‘jalik ekinlarini oqilona joylashtirish 
masalalari…………………………………………………………………...62
3.2.-§. Tog’oldi tekisliklarining geoekologik muammolari………………...7 2
XULOSA ....................................................................................................... 80
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ................................ 81
1 ANNOTATSIYA
Dissertatsiyada o’ziga xos tabiiy sharoitga, noqulay relyefga ega bo’lgan va
doimiy oqar suvlari bo’lmagan O`rta Zarafshon tog’oldi tekisliklari   landshaftlarini
tadqiq   etishning   nazariy   asoslari   va   amaliy   ahamiyati ,   t abiiy   sharoitning   tog‘oldi
tekisliklar   hamda   yoyilmalarni   vujudga   kelishi   va   barqaror   rivojlanishiga   ta’siri ,
shuningdek   tog’oldi   tekisliklarida   tabiiy   sharoitni   hisobga   olgan   holda     intensiv
bog’dorchilikni   jumladan,   turli   mevali   daraxtzorlar   hamda   uzumzorlarni   tashkil
etish imkoniyatlari o’rganiladi va taklif-tavsiyalar beriladi
                                                         Аннотация
В   диссертации   изложены   теоретические   основы   и   практическая   значимость
изучения   ландшафтов   Среднезараванских   предгорных   равнин   со
специфическими   природными   условиями,   неблагоприятным   рельефом   и
отсутствием   постоянных   проточных   вод,   влияние   природных   условий   на
формирование   и   устойчивое   развитие   предгорных   равнин   и   просторов,   а
также   изучение   интенсивного   садоводства   с   учетом   природных   условий   на
предгорных   равнинах,   включая   различные   плодовые   насаждения   и
кустарники.   организация   виноградников   изучаются   возможности   и   даются
предложения-рекомендации
Annotation
In   the   dissertation,   the   theoretical   foundations   and   practical   significance   of   the
research   of   the   landscapes   of   the   middle   Zarafshan   mountain   plains,   which   have
specific natural conditions, unfavorable relief and do not have permanent flowing
waters,   the   impact   of   natural   conditions   on   the   formation   and   sustainable
development   of   the   mountain   plains   and   spreads,   as   well   as   intensive   gardening
taking into account in the natural conditions.
2 KIRISH
Dissertatsiya   mavzusining   dolzarbligi   va   zarurati.   Jahonda   insoniyatni
tabiiy   resurslar   bilan   ta’minlash   maqsadida   landshaftlardan   intensiv
foydalanilayotganligi   sababli   tabiiy   muhitda   texnogen   buzilish,   sahrolanish,
yerlarning   meliorativ   holatini   yomonlashishi,   tuproq   eroziyasi,   degradatsiyasi,
deflyasiya,   cho‘llanish   va   boshqa   salbiy   geoekologik   hamda   tabiiy   geografik
jarayonlar   kun   sayin   kuchayib   bormoqda.   Bu   muammolarga   qarshi   kurashishga
xalqaro   tashkilotlar   katta   e’tibor   bermoqda.   Jumladan,   BMTning   «2030   yilgacha
barqaror   rivojlanish   bo‘yicha   dasturi»da   «Quruqlik   ekosistemalarini   muhofaza
qilish   va   tiklash,   ulardan   oqilona   foydalanish,   o‘rmonlarni   ratsional   boshqarish,
cho‘llanishga   qarshi   kurashish,   yerlarning   degradatsiyasini   to‘xtatish   va   biologik
xilma-xillik   yo‘qolishining   oldini   olish»   vazifalar   berilgan 1
.   Mazkur   vazifalar
ayniqsa,   arid   iqlimli   hududlarda   landshaft   komplekslari   salohiyatidan   samarali
foydalanish,   dehqonchilik   turlarini   rivojlantirish,   hududda   amalga   oshiriladigan
xo‘jalik   tadbirlarini   amalga   oshirishda   tizimli-strukturaviy,   paragenetik   va
paradinamik   aloqadorlik   tamoyillari   asosida   kompleks   tadqiqotlar   olib   borishni
taqozo etadi. 
Dunyoda   qishloq   xo‘jaligi   yuritishda   va   landshaftlarni   muhofaza   qilish
sohasida   meliorativ   tadbirlarni   olib   borish,   landshaftlarni   tabaqalanishini   va
ularning   strukturasini   geoinformatsion   tizimlardan   (GIS)   foydalanib   hududlarni
qishloq   xo‘jalik   maqsadlarida   tadqiq   etish,   bunda   landshaft   tadqiqotlarini
zamonaviy   metodlarga   tayangan   holda   olib   borish,   ularning   mavjud
imkoniyatlarini   tahlil   qilish,   xo‘jalik   maqsadlarida   baholash,   tizimli   baholash
mezonlarini   ishlab   chiqish,   ekinlarni   joylashtirish   sxemasini   takomillashtirishni
ilmiy asosda hal etish yo‘llarini ishlab chiqishni taqozo etadi..
Respublikamizda   hududlar   imkoniyatlarini   baholashda   zamonaviy   fan-
texnika   yutuqlaridan   foydalanish,   yerlarning   meliorativ   holatini   yaxshilash,
ularning   kadastrini   olib   borish,   landshaftlarni   xo‘jalikning   turli   maqsadlari   nuqtai
1
  БМТнинг 2030 йилгача барқарор ривожланиш бўйича дастури. // www.uz/undp/org/content/        uzbekistan.ru     
3 nazaridan   baholash   va   shu   asosda   landshaftlarning   resurs   salohiyatidan   samarali
foydalanish   bo‘yicha   qator   chora-tadbirlar   amalga   oshirilmoqda.   O‘zbekiston
Respublikasini   2017-2021   yillarda   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar
strategiyasida 2
  «sug‘oriladigan   yerlarning   meliorativ   holatini   yanada   yaxshilash,
melioratsiya va irrigatsiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish» yuzasidan muhim
vazifalar   belgilab   berilgan.   Bu   borada,   jumladan,   O‘rta   Zarafshon   havzasidagi
tabiiy   va   antropogen   landshaftlarning   strukturasi   va   landshaftlarning
tabaqalanishini,   ulardan   xo‘jalikda   foydalanish   nuqtai   nazaridan   tadqiq   etish,
bunda   landshaft   salohiyatidan   maqsadga   muvofiq   foydalanish,   kartalashtirishga
doir maqsadli tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   27   noyabrdagi   «2018-
2019   yillarda   irrigatsiyani   rivojlantirish   va   sug‘oriladigan   yerlarning   meliorativ
holatini   yaxshilash   davlat   dasturi   to‘g‘risida»gi   Qarori,   2017   yil   7   fevraldagi
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida»gi   Farmoni ,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020   yil   28
yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi  qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-
2030   yillarga   mo‘ljallangan   strategiyasida   belgilangan   vazifalarni   2020   yilda
amalga   oshirish   chora   tadbirlari   to‘g‘risida»gi   Qarori   hamda   2020   yil   24
yanvardagi   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Oliy   Majlisga
Murojaatnomasi   talablariga   mos   ravishda   faoliyatga   tegishli   boshqa   me’yoriy-
huquqiy   hujjatlarda   belgilangan   vazifalarni   amalga   oshirishda   ushbu   dissertatsiya
tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Muammoning   o‘rganilganlik   darajasi.   Zarafshon   havzasi   bo‘yicha
kompleks   tabiiy   geografik   tadqiqotlar   S.P.Suchkov,   L.N.Babushkin,   N.A.Kogay,
A.S.Saidov,   P.Baratov,   L.A.Alibekov,   A.A.Abdulqosimov,   N.I.Sabitova,
A.R.Raxmatullaev,   A.N.Hojimatov,   X.J.Jo‘raqulov,   YU.H.Abduraxmonova,
O.SH.Ro‘ziqulova,   B.A.Meliev   va   boshqalar   tomonidan   amalga   oshirilgan.
Landshaftlarni   xo‘jalik   maqsadlarida   tadqiq   etishda   xorijiy   olimlardan
2
  Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2017   йил   7   февралдаги   ПФ-4947-сон   «Ўзбекистон
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида» ги Фармони.
4 N.A.Gvozdetskiy,   T.V.Zvonkova,   D.A.Rodionov,   M.N.Parobetskiy,
B.YA.Fedunыk,   Le   Bas,   M.Jamagne,   I.YU.Kotorgin,   I.V.Orlova,   A.A.Kashin,
O.N.Trapeznikova,   respublikamiz   olimlaridan   L.N.Babushkin,   N.A.Kogay,
Z.M.Akramov,   SH.Ergashov,   I.Xasanov,   P.G‘ulomov,   B.B.Eshquvvatov   va
boshqalar shug‘ullanishgan.
Lekin, O‘rta Zarafshon havzasidagi tog‘oldi tekislik landshaftlarida intensiv
bog‘dorchilikni rivojlantirishga e’tibor berilmagan. Ushbu ishning asosiy maqsadi
ana shu kamchiliklarni to‘ldirishdan iborat.
Tadqiqotning   maqsadi   tog‘oldi   tekislik   landshaft larini   qishloq   xo‘jaligida
foydalanish   maqsadlarida   baholash   hamda   intensiv   bog‘dorchilikni   rivojlantirish
bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari :
- O‘rta   Zarafshon   havzasi   tabiiy   sharoiti   va   landshaftlarini     xo‘jalik
maqsadlarida foydalanish nuqtai nazaridan tahlil qilish;
- landshaft   strukturasi   va   uning   salohiyatini   aniqlash   hamda   GIS
dasturlarida kartalarini yaratish;
- erozion   jarayonlar   va   oqimning   geomorfologik   bog‘liqligiga   asoslangan
holda   landshaftlarni   qishloq   xo‘jaligida   foydalanish   nuqtai   nazaridan
baholash;
- O‘rta   Zarafshon   havzasi   tog‘oldi   tekislik   landshaftlari   intensiv
bog‘dorchilikni   rivojlantirish   bo‘yicha   taklif   va   tavsiyalar   ishlab
chiqishdan iborat.
Tadqiqotning   ob’ekti   sifatida   O‘rta   Zarafshon   havzasi   tog‘oldi   tekislik
landshaftlari olingan.
Tadqiqotning   predmeti   O‘rta   Zarafshon   tog‘oldi   tekislik   landshaftlarni
qishloq   xo‘jalik   maqsadlarida   strukturaviy   va   funksional   bir   butun   tizim   sifatida
tahlil qilish hamda intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirishdan iborat.
Tadqiqotning   usullari.   Dissertatsiya da   dala-tadqiqot,   laboratoriya,
qiyoslash,   kartografik,   aerokosmik,   matematik,   statistik   tahlil,   geoinformatsion
tizimlar yordamida kartalashtirish kabi metodlardan foydalanilgan. 
5 Tadqiqotning ilmiy yangiligi  quyidagilardan iborat:
- tog‘oldi   tekislik   landshaftlarini   funksional-dinamik   xususiyatidan   kelib
chiqib,   ularning   tabiiy   resurs   salohiyati   qishloq   xo‘jaligi   uchun
baholangan;
- erozion   jarayonlar   va   oqimning   geomorfologik   bog‘liqligi   tamoyili
asosida   landshaftlardan   qishloq   xo‘jaligida   foydalanish   imkoniyatlari   va
intensiv xo‘jalik yuritish uchun qulayligi baholangan;
- qishloq   xo‘jalik   ekinlarini   optimal   joylashtirish   sxemasini
takomillashtirishning   asosi   bo‘lgan   havza   landshaftlari   agroiqlim
ko‘rsatkichlari,   tuproq   sharoiti   intensiv   bog‘dorchilikni   rivojlantirish
bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari  quyidagilardan iborat:
- olib   borilgan   ko‘p   yillik   tadqiqotlar   natijasida   O‘rta   Zarafshon   tog‘oldi
tekislik landshaftlari qishloq xo‘jaligida foydalanish maqsadlarida ilk bor
tahlil qilingan va shu asosda kartasi yaratilgan;
- tog‘oldi   tekislik   landshaftlarning   xo‘jalik   maqsadlarida   baholash
mezonlari ishlab chiqilgan;
- landshaftlardagi   iqlimiy   ko‘rsatkichlar   va   tuproq   xususiyatlari   asosida
intensiv   bog‘dorchilikni   rivojlantirishda   foydalanish   mumkinligi
asoslangan;
- tog‘oldi   tekislik   landshaftlari   qishloq   xo‘jaligi   uchun   ArcGIS   dasturi
yordamida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan kartalari yaratilgan.
Tadqiqot   natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati.   Tadqiqot
natijalarining   ilmiy   a h amiyati   tog‘ oldi   tekislik   va   yoyilma   landshaftlarining
funksional-dinamik   aloqadorligi   va   ta’sir   etish   mexanizmini   a niqlash   hamda
ular ning   agroiqlimiy   salohiyatini   baholash   va   intensiv   bog‘dorchilikni
rivojlantirish metodikasining  takomillashtirilganligi bilan izohlanadi.
6 Tadqiqot   natijalarining   amaliy   ahamiyati   O‘rta   Zarafshon   havzasi   tog‘oldi
tekislik   landshaft larini   xo‘jalik   maqsadlarida   baholash da   rel y ef   va   iqlim   omillari
ta’sirini   aniqlash,   tuzilgan   landshaft   kartalaridan   foydalanib   y er   kadastrini
o‘tkazish,   landshaftlarni   kartalashtirishda   geoinformatsion   metodlardan
foydalanish,   landshaftlarni   xo‘jalik   maqsadlarida   baholash   metodikasini
takomillashtirishga xizmat qilishi bilan belgilanadi .
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi.   Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha
2  ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan,  1  tasi respublika va  1  tasi xorijiy jurnallarda
chop qilingan.
Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi.  Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob,
xulosa  va   foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati dan  iborat. Dissertatsiyaning hajmi  91
betni tashkil etgan.
7 I -BOB.  O’RTA ZARAFSHON  TOG‘OLDI TEKISLIK
LANDSHAFTLAR I NI  TADQIQ ETISHNING NAZARIY VA
METODOLOGIK ASOSLARI
1.1-§.  Tog‘oldi tekislik landshaftlarini tadqiq etishning nazariy asoslari va
amaliy ahamiyati 
O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi tekisliklarida keng tarqalgan turli tabiiy va
antropogen   landshaft   komplekslari   o‘zining   shakllanishi   va   rivojlanishi,
morfologik   tuzilishining   murakkabligi,   madaniylashtirilganlik   darajasi,   xo‘jalikda
foydalanilishi hamda geoekologik vaziyatning hozirgi holati bilan boshqa landshaft
komplekslaridan farq qiladi.
O‘rta   Osiyo   tog‘   tizimlarining   etaklarida   shakllangan   tog‘oldi   tekisliklari
tog‘   tizmalarining   boshlanishidagi   birinchi   zinadir.   G‘arbiy   Tyanshan   tog‘
tizimlariga   tutashgan   adirlar   mintaqasini   uch   guruhga,   ya’ni   past,   o‘rtacha   va
baland   (1600   m   gacha)   adirlarga   ajratiladi.   Dastlab   to‘lqinsimon   allyuvial-
prolyuvial tekislik past adirlar mintaqasiga tutashib ketadi. Shuni alohida ta’kidlab
o‘tish   joizki,   adirlar   mintaqasida   yoki   tekisliklarda   joylashgan   magmatik   va
metamorfik tog‘ jinslaridan tuzilgan, qiymalangan yonbag‘ri va etaklari aniq katta-
kichik tepaliklarni tog‘ deb atasa bo‘ladi.
Yirik tog‘oralig‘i botiqlarining tevarak-atrofini va tog‘oldi zonalarini arid va
yarimarid, shuningdek kontinental iqlim sharoitida vujudga kelgan, shakllangan va
barqaror   rivojlanib   kelayotgan   tog‘oldi   prolyuvial,   allyuvial-prolyuvial   qiya
tekisliklar   o‘rab   olgan.   Prolyuvial   tekisliklar   arid   va   yarimarid   iqlim   sharoitida
tog‘oldi hududlarda tub  jinslarning nurashidan hosil bo‘lgan mahsulotlarni yomg‘ir
va   qor   suvlari   tog‘   yonbag‘irlaridan   oqizib   tushib,   tog‘   etagida   to‘planishidan
paydo bo‘lgan relyef shaklidir.
Tog‘oldi   allyuvial-prolyuvial   tekisliklarning   vujudga   kelishi   va
shakllanishida   vaqtincha   oqar   suvlar,   jumladan   jilg‘alar,   soylar   va   daryolarning
yoyilma konuslarini bir-biri bilan qo‘shilishi hal qiluvchi rol o‘ynagan, shuningdek
ular   yangi   tektonik   harakatlar   ta’sirida   tog‘   tizmalarini   ko‘tarilishi,   deflyasion   va
8 erozion   jarayonlarning   kuchayishi,   xususan   eroziya   natijasida   nurash
mahsulotlarini   tog‘lardan   katta   miqdorda   oqizib   keltirib   yotqizilishi   tog‘oldi
tekisliklarini   kelib   chiqishida   muhim   ahamiyat   kasb   etgan.   Bunday   tipdagi
tekisliklar   shag‘alli,   shag‘al   toshli,   qumli,   gilli   mexanik   tarkibli   jinslardan   tarkib
topganligi   kuzatiladi   va   tog‘lardan   uzoqlashgan   sayin   nishabligi   kamayib,   yassi
shaklga   kirib   boradi   hamda   ularning   tarkibiy   tuzilishida   shag‘al   toshlar   kamayib,
qumli-gillar miqdori ortib boradi 
Tog‘oldi   allyuvial-prolyuvial   tekisliklarning   yuza   qismida   ko‘plab   quruq
soylar,   ba’zi   y erlarida   taqirlar,   sho‘rxoklar,   kichik   qum   massivlari   uchraydi.
Tekisliklarning   bunday   relyef   shakllari   bilan   murakkablanishi   ularning   yoshiga
bog‘liq bo‘lib, kelib chiqish davriga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin  1.
hozirgi   zamon   parchalanmagan   tekis-to‘lqinsimon   tog‘oldi   allyuvial-prolyuvial
tekisliklar;   2.   yuqori   to‘rtlamchi   davr   erozion   jarayonlar   bilan   kuchsiz
parchalangan tog‘oldi tekis-to‘lqinsimon allyuvial-prolyuvial tekisliklar; 3. yuqori-
o‘rta to‘rtlamchi davr erozion jarayonlar bilan kuchsiz parchalangan tog‘oldi yassi-
to‘lqinsimon   allyuvial-prolyuvial   tekisliklar;   4.   o‘rta   to‘rtlamchi   davr   erozion
jarayonlar   bilan  parchalangan   tog‘oldi   yassi-to‘lqinsimon   va  tepasimon   allyuvial-
prolyuvial   tekisliklar;   5.   quyi   to‘rtlamchi   davr   erozion   jarayonlar   bilan
parchalangan   tog‘oldi   yassi-to‘lqinsimon   allyuvial-prolyuvial   tekisliklar;   6.
p liotsen   davri   erozion   jarayonlar   bilan   kuchli   parchalangan   tog‘oldi   to‘lqinsimon
allyuvial-prolyuvial tekisliklar.
Tekisliklarning   2-5   guruhlariga   xos   bo‘lgan   tekisliklar   respublikamizning
turli   hududlarida   jumladan,   O‘rta   Zarafshon   hududlarida   uchraydi.   Bunga   misol
qilib,   O‘rta   Zarafshon   havzasining   shimoliy   qismida,   Turkiston   va   Zarafshon
tizmalari   tog‘oldi   qismlari,   Qoratog‘ning   g‘arbiy   tog‘oldi   qismi   va   boshqa
hududlarda   katta   maydonlarni   yuqori   to‘rtlamchi   davr   erozion   jarayonlar   bilan
kuchsiz   parchalangan   tog‘oldi   tekis-to‘lqinsimon   allyuvial-prolyuvial   tekisliklar
egallaydi.   Ularning   vujudga   kelishida   va   shakllanishida   daryo   hamda   soylarning
olib kelib yotqizgan allyuvial jinslarning to‘planishi va Zarafshon daryosi allyuvial
yotqiziqlari bilan aralashib ketishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. 
9 O‘rta to‘rtlamchi davr erozion jarayonlar bilan parchalangan tog‘oldi yassi-
to‘lqinsimon va tepasimon allyuvial-prolyuvial tekisliklar respublikamiz, jumladan
Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo daryolari havzalarida tarqalgan bo‘lib, ular
qadimgi   yoyilmalarni   quyi   qismlarini   band   etgan.   Ularning   nishabligi   daryo
o‘zanlari tomon yo‘nalgan bo‘lib, turli xil chuqurlikdagi quruq soylar bilan kuchli
parchalangan. 
Respublikamizning   tog‘   tizmalariga   bevosita   yondosh   hududlarida
ko‘pincha   yarim   doira   shaklida   delyuvial-prolyuvial   tekisliklar   ham   uchraydi.
Bunday   tekisliklar   turli   balandlikdagi   tog‘lardan   boshlanuvchi   daryolar   va   soy
yoyilmalari   nurash   jarayonlari   hamda   ekzogen   kuchlar   ta’sirida   surilib   tushgan
delyuvial tog‘ jinslari bilan qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.
O‘zbekistonning   tog‘oldi   tekisliklari   geomorfologik   jihatdan   murakkab
tuzilishga ega. Ularning strukturasi bir-biridan keskin farq qiluvchi ikki xil   relyef
kompleksidan iborat. Birinchi turdagisi  relyef  ning qiyaligi bir xil yo‘nalishda tog‘
va   adirlar   etagidan   tekislik   yoki   vodiy   tomon   asta-sekin   pasayib   boradigan
prolyuvial   tekisliklardan,   ikkinchisining   relyef i   daryo   va   soylar   tog‘   hamda
adirlardan chiqib, yarim doira shaklida elpig‘ichsimon tarqalgan va qabariqsimon
ko‘rinishga ega bo‘lgan qiya yonbag‘ir hosil qilib, yuqoridan atrof tomon sezilarli
darajada   pasayib   boradigan   konussimon   yoyilmalardan   iborat.   Konussimon
yoyilmalar   turli   diametrli   yotqiziqlar   ustida,   keskin   arid   iqlim   sharoitida   paydo
bo‘lgan   va   shakllangan   yosh   geosistemalar   bo‘lib,   ularning   yer   yuzasi   yuqori
qismidan quyi qismiga tomon nishablashib boradi.
Y o yilma   landshaftlar   asosan   respublikamizning   Farg‘ona,   Zarafshon,
Surxondaryo va Qashqadaryo tog‘oralig‘i botiqlarida keng tarqalgan. Bunga sabab
botiqlarni   har   tomondan  o‘rab  turgan  tog‘   tizmalaridan   oqib  tushadigan   daryo   va
soylar   tog‘oldi   tekisliklariga   oqib   chiqib,   panjasimon   tarmoqlarga   bo‘linib,   o‘zi
bilan   oqib   kelgan   oqiziqlarni   yotqizadi.   Uzoq   yillar   davom   etgan   akkumulyasiya
jarayoni  katta qalinlikdagi  konussimon yoyilmalarni  hosil  qiladi  va landshaftlarni
shakllanishiga qulay sharoit yaratadi. 
10 I.A.Ilinning   [68]     ma’lumoti   bo‘yicha   Farg‘ona   botig‘ini   o‘rab   turgan   tog‘
tizmalarida 6500 dan ortiq daryo va soylar mavjud bo‘lib, ularning aksariyat qismi
o‘zining   mustaqil   o‘zaniga   ega.   Bular   botiq   yuzasiga   oqib   tushib,   yuzlab   katta-
kichik   konussimon   yoyilmalarni   vujudga   keltirgan.   Bunga   misol   tariqasida
botiqning tevarak-atrofini halqasimon shaklda o‘rab olgan Oqsuv, Xo‘jabaqirg‘on,
Isfara,   So‘x,   Oltiariq,   Fayzobod,   Marg‘ilonsoy,   Isfayram,   Aravon,   Oqbura,
G‘ovasoy,   Maydonsoy,   Moylisuv,   CHortoqsoy,   Kosonsoy,   Rezaksoy,   CHustsoy,
SHoydonsoy,   Mullamir   va   boshqa   soylar   hosil   qilgan   turli   xil   kattalikdagi
konussimon yoyilmalarni ko‘rsatishimiz mumkin [68; 5-247 b.].
O‘rta   Zarafshon   havzasini   tevarak-atrofdan   o‘rab   turgan   o‘rtacha
balandlikdagi   tog‘   tizmalaridan   oqib   tushgan   katta-kichik   soylarning   barchasi
Zarafshon   daryosiga   etib   kelolmay,   o‘zlarining   tarmoqlanib   ketgan   suvlarini
konussimon   yoyilmalardagi   sug‘oriladigan   agrolandshaftlarni   va   seliteb
landshaftlarni   suv   bilan   ta’minlashga   sarflaydi.   Tog‘   tizmalaridan   oqib   tushgan
soylarning  erozion  faoliyati  tufayli   hosil  bo‘lgan  konussimon   yoyilmalarning  eng
yiriklari   Mo‘minobodsoy,   Urgutsoy,   Omonqo‘tonsoy,   Qoratepasoy,   Ohaliksoy,
Sazog‘onsoy,   Tepaqulsoy,   Mironqulsoy,   Oqsoy,   Oltinsoy,   Maydonsoy,
Ko‘ksaroysoy,   Tasmachisoy,   To‘sinsoy,   Oqtepasoy   va   boshqalardan   iborat.   O‘rta
Zarafshon   havzasining   tog‘oldi   prolyuvial   qiya   tekislik   landshaftlari   konussimon
yoyilma   landshaftlar   bilan   paradinamik   aloqada   bo‘lib,   ularning   vujudga   kelishi,
shakllanishi va barqaror rivojlanishida asosiy poydevor vazifasini bajaradi. 
O‘rta   Zarafshon   havzasida   konussimon   yoyilma   landshaftlarning   geografik
tarqalishi   asimmetrik   xarakterga   ega.   Bu   yerda   ob’ektiv   mavjud   bo‘lgan
konussimon yoyilmalarning katta qismi havzaning janubiy va shimoliy qismlarida
joylashgan.   Bunga   sabab   botiqning   shimoliy   va     janubiy   tomonidan   o‘rab   turgan
o‘rtacha   balandlikdagi   CHaqilkalon,   Qoratepa,   Nurota,   Oqtog‘,   Qoratog‘   va
boshqa   tizmalardan   boshlanuvchi   Mo‘minobodsoy,   Urgutsoy,   G‘ijduvonsoy,
G‘o‘ssoy,   Urgutsoy,   Omonqo‘tonsoy,   Sazag‘onsoy,   Ohaliksoy,   Oqsoy,   Oltinsoy,
Maydonsoy,   Ko‘ksaroysoy,   Oqtepasoy,   To‘sinsoy   va   boshqa   soylar   oqib   kelib,
ularning   har   biri   o‘zining   konussimon   yoyilmalarini   shakllantiradi.   Havzaning
11 g‘arbiy   qismidagi   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘larida   doimiy   oqar   soylar   kam
uchraydi.   Mavjud   bo‘lgan   quruqsoylar   efemer   xarakterga   ega   bo‘lib,   ularning
konussimon yoyilmalari ham juda kichik. Bu yerda kontinental iqlim konussimon
yoyilmalarning   alohida   genetik   relyef   kompleksi   sifatida   vujudga   kelishi   va   shu
asosda o‘ziga xos konussimon yoyilma landshaftlarning tarkib topishi, shakllanishi
hamda barqaror rivojlanishi bevosita soylarning oqimlari, ularning yaratuvchanlik
faoliyati bilan bog‘liq 
Respublikamizdagi,   jumladan   O‘rta   Zarafshon   havzasidagi   barcha
konussimon   yoyilmalarning   vujudga   kelishi   va   shakllanishida   ishtirok   etgan
allyuvial-prolyuvial   yotqiziqlarning   mexanik   tarkibi   turli   xil   kattalikdagi   shag‘al
toshlardan,   mayda   zarrachali   qum   va   gillardan   tashkil   topgan   bo‘lib,   u.lar
yoyilmalarda   muayyan   gidrodinamik   qonuniyatlar   ta’sirida   saralangan.   SHu
sababli   barcha   konussimon   yoyilmalarda,   ularning   yonbag‘ri   bo‘ylab   yuqoridan
quyi   tomon   yo‘nalishda   dag‘al   tog‘   jinslarining   kamayishi   va   aksincha   mayda
zarrachali uvoq jinslarning ortib borishi kuzatiladi. 
V.N.Veber   [47]   Farg‘ona   botig‘ining   tevarak-atrofini   o‘rab   olgan
konussimon yoyilmalarni birinchilar qatorida tadqiq etishni 1929 yilda boshlagan.
U konussimon yoyilmalarni vujudga kelishi va shakllanishini bevosita geologik va
geomorfologik jarayonlar bilan bog‘liq ekanligini asoslab bergan. YOyilmalarning
dinamik   o‘zgaruvchanligi,   maydonining   tobora   kengayib   borishi   va   yillar
davomida   tadrijiy   suratda   rivojlanib   borishi   kabi   xususiyatlarni   tahlil   qilib,
ularning   ilmiy   natijalarini   «Farg‘onada   quruq   deltalar   migratsiyasi»   nomli
maqolasida   bayon   qilgan.   SHu   bilan   birga   muallif   Farg‘ona   botig‘ining
konussimon yoyilmalariga «quruq deltalar» deb nom bergan [47; 42-46 b.].
N.V.Ragovskaya   O‘rta   Osiyo   va   O‘zbekiston   o‘lkasining   tog‘oldi
tekisliklarida   qadimdan   rivojlanib   kelgan   sug‘oriladigan   agrolandshaftlarning
geomorfologik,   gidrogeologik   va   muhandis-geolog   xususiyatlarini   tadqiq   etish
bilan   shug‘ullanib,   bu   zonada   keng   tarqalgan   konussimon   yoyilmalarning   relyef
tuzilishini,   litologik   tarkibini   va   ularning   mikrozonal   tabaqalanishini   ham
o‘rgangan.   N.V.Ragovskayaning   e’tirof   etishicha,   tog‘oldi   prolyuvial
12 tekisliklarining   asosiy   qismini   konussimon   yoyilmalar   tashkil   etgan.   Bu   yerda
daryo   va   soylar   oqizib   kelgan   yotqiziqlarning   mexanik   tarkibi   yuqoridan   quyi
tomon   tabaqalashgan   holda   saralanib   boradi.   Yirik   tosh   parchalari   va   shag‘allar
yoyilmaning   yuqori   qismini   egallab   olgan   bo‘lsa,   o‘rta   qismini   mayda   shag‘allar
va   ularni   qoplab   olgan   soz   tuproqlar   tashkil   etadi.   Quyi   qismlarida   esa   mayda
zarrachali gilli yotqiziqlar hukmronlik qiladi. Muallif ana shu omillarga asoslanib
konussimon  yoyilmalarni  uchta  zonaga  ajratadi:  1)  shag‘alli   toshloq  yuqori   zona;
2) soz tuproqli markaziy zona; 3) gilli quyi zona.
N.P.Kostenko   «Tog‘li   o‘lkalar   relyefining   rivojlanishi»   [81]   nomli
monografiyasida   tog‘oldi   tekislik   zonasi   relyefining   tuzilishida,   xususan
ko‘tarilgan   tekisliklarda   konussimon   yoyilmalar   sistemasi   katta   rol   o‘ynashini
ta’kidlab   o‘tgan.   Ma’lumki   aksariyat   daryo   va   soylar   tog‘lardan   oqib   tushib,
o‘zining   faoliyatini   konussimon   yoyilmalar   va   quruq   deltalar   bilan   tugallaydi.
Konussimon   yoyilmalar   va   quruq   deltalarning   shakllanishi   va   dinamik   rivojlanib
borishi   gidrodinamik   oqim   bilan   bog‘liq.   O‘rta   Osiyoning   tog‘li   o‘lkalari   kuchli
arid   iqlim   xarakteriga   ega   bo‘lib,   shuning   uchun   ham   yirik   daryolar   yaxshi
shakllangan quruq deltalarni hosil qiladi. [81; 5-367 b.]. 
Konussimon   yoyilmalarning   vujudga   kelishi,   shakllanishi,   geografik
tarqalishi   va   ko‘pligi   bevosita   tog‘   yonbag‘irlarining   parchalanganlik   darajasi
hamda   gidrografik   to‘rning   zichligi   bilan   bog‘liq.   Tog‘lardan   oqib   tushadigan
jilg‘alar, soylar, daryolarning soni qancha ko‘p bo‘lsa, konussimon yoyilmalar va
quruq   deltalarning   soni   ham   shuncha   ko‘p   bo‘ladi   yoki   aksincha,   daryo   va
soylarning   soni   qancha   kam   bo‘lsa   konussimon   yoyilmalar   hamda   quruq
deltalarning   soni   ham   shuncha   kam   bo‘ladi.   SHunday   ekan,   tog‘dan   oqib
tushadigan har bir soy va daryo tog‘oldi tekisligiga chiqqandan keyin tarmoqlanib,
o‘zining mustaqil konussimon yoyilmasini va quruq deltasini shakllantiradi hamda
barqaror rivojlantiradi 
Ayrim daryo va soylar tog‘ etaklaridan chiqish joyigacha bitta o‘zandan oqib
kelib, unga ko‘ndalang joylashgan adirlarga yaqinlashgan joyda tarmoqlanib ketadi
va adirlarni kesib o‘tib, ikkita va uchtagacha konussimon yoyilmalarni hosil qiladi.
13 Masalan, Farg‘ona botig‘ining janubiy yonbag‘ridan oqib keladigan SHohimardon
daryosi   Vodil   qo‘rg‘oniga   chiqqan   joyda   uchta   tarmoqqa   bo‘linib   oqadi.   Bu
tarmoqlar Marg‘ilonsoy, Fayziobodsoy va Oltiariqsoylar bo‘lib, ular CHimyon va
Qopchig‘ay adirlarini kesib o‘tadi. Soylar adiroldi tekisligiga chiqib Marg‘ilonsoy,
Fayziobodsoy   va   Oltiariqsoy   konussimon   yoyilmalarini   shakllantiradi   [22;   38-42
b., 25; 5-166 b.].
Geologlarning   e’tirof   etishicha   yoyilma   landshaftlarning   shakllanishida,
dinamik   rivojlanishida   va   ularning   gorizontal   hamda   vertikal   tabaqalanishida   eng
yangi   tektonik   harakatlarning   roli   katta   bo‘lganligini   ta’kidlab   o‘tish   lozim.
Tog‘oralig‘i botiqlari va tog‘oldi tekisliklarida yangi tektonik harakatlar hozir ham
o‘zining   faoliyatini   tugatgan   emas.   Tog‘oldi   tekisliklari   va   konussimon
yoyilmalarda   neotektonik   harakatlar   tufayli   sekin-asta   ko‘tarilish,   yoyilmalar
maydonining   kengayishi,   daryo   va   soy   o‘zanlarining   chuqurlashishi   kabi
jarayonlar   uzoq   geologik   davrlardan   beri   davom   etib   kelmoqda.   Bunday
jarayonlarning   sodir   bo‘lishiga   sabab   tadqiqot   olib   borayotgan   ob’ektimiz   O‘rta
Zarafshon   havzasi   6-8   ballik   seysmik   zonada   joylashganligi   bilan   chambarchas
bog‘liqdir.
O‘zbekistonning   tog‘oralig‘i   botiqlaridagi   hamda   tog‘oldi   qiya
tekisliklaridagi   konussimon   yoyilmalar   sezilarli   darajada   ko‘tarilish   va   kengayish
jarayonini   hozirgi   davrda   ham   boshdan   kechirmoqda.   Konussimon   yoyilma   va
quruq deltalarning ko‘tarilishi hamda morfologik strukturasining dinamik ravishda
o‘zgarishi,   ularning   yuqori   va   o‘rta   qismlarida   o‘zining   yorqin   ifodasini   topgan.
Konussimon   yoyilma   va   quruq   deltalarda   daryo   hamda   soy   o‘zanlari   tobora
chuqurlashib,   denudatsion   jarayonlar   faol   suratlar   bilan   davom   etmoqda.   Buning
oqibatida yoyilma va deltalarning quyi etak qismlari kengayib, ba’zi joylarda yangi
qo‘shimcha   yoyilma   va   deltalarning   vujudga   kelishi   sodir   bo‘lmoqda.   Bunday
holat   konussimon   yoyilma   va   quruq   deltalarning   migratsiyalanishiga   olib   keladi
SHuning   uchun   ham   tabiatda   sodir   bo‘layotgan   bunday   jarayonlarni   V.N.Veber
[47] «quruq deltalarning migratsiyasi» deb atagan.
14 SHuni   e’tirof   etish   maqsadga   muvofiqki,   tabiatda   mavjud   bo‘lgan
konussimon   yoyilmalar   va   quruq   deltalar   tog‘oralig‘i   botiqlaridagi   tog‘oldi
tekisliklari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan landshaft komplekslarini tashkil etsada, ular
o‘zining   muayyan   shakllanish   tarixi,   tashqi   qiyofasi,   strukturaviy   tuzilishi,
gorizontal   va   yonbag‘ir   tabaqalanish   kabi   xususiyatlari   bilan   ajralib   turadi.
Konussimon   yoyilmalar   va   ularning   negizida   tarkib   topgan   tabiiy   va   antropogen
landshaftlar   yangi   tektonik   xarakatlar   ta’sirida   tadrijiy   rivojlanish   va   dinamik
o‘zgarish   xarakteriga   ega.   Ayrim   holatlarda   konussimon   yoyilmalarning   tashqi
qiyofasini  o‘zgarishiga, maydonining kengayishiga va landshaft komplekslarining
o‘zgarishiga   akkumulyativ   jarayonlar   bilan   birga   sel   hodisalari   ham   katta   ta’sir
ko‘rsatadi.
1.2-§.  Tog‘oldi tekislik landshaftlarning shakllanishi hamda geografik
tarqalishi
Tog‘oldi   tekisliklar   hamda   yoyilmalarni   vujudga   kelishida   geologik
taraqqiyotning o‘rni.  O‘rta Zarafshon havzasini o‘rab turuvchi tog‘ tizmalaridagi
eng   qadimgi   tub   jinslar   ordovik,   quyi   silur   davrlariga   xos   bo‘lib,   ular   Janubiy
Nurota   tizmasiga   kiruvchi   Oqtog‘   antiklinalida,   Chaqilkalon   va   Zirabuloq
tog‘larining janubiy yonbag‘irlarida, Oltiovul, Devonsoy, Tim qishloqlari yaqinida
yer   yuzasiga   chiqib   yotadi.     Bular   alevrolitlardan,   ohaktosh   aralash   qumlardan,
kvarsli   parfirlardan   tarkib   topgan.   Tog‘larda   quyi   silur   davridagi   yoshiga   xos
bo‘lgan   tog‘   jinslari   katta   maydonlarda   tarqalgan.   Ular   kristallashgan
ohaktoshlardan,   slanetslar   va   qumtoshlardan   iborat.   YUqori   silur   yotqiziqlarining
venlok yarusi  CHumqortov, CHo‘ponota qoldiq tog‘i, Nurota tizmasida tarqalgan
va ularning tarkibida alevrolit hamda slanets ko‘p uchraydi. Bu jinslar yuqoridagi
tog‘   va   tizmalarda   qatlam   shaklida   tarqalgan   bo‘lib,   ularning   qalinligi   400   m   ga
etadi. 
Devon   sistemasidagi   jinslar   Nurota   va   Zirabuloq   tog‘larida   katta
maydonlarni   egallab   olgan   bo‘lib,   ular   asosan   ohaktosh   va   dolomitlardan   tarkib
topgan   bu   jinslarning   qalinligi   400-500   m   ni   tashkil   etadi.   Mezozoyning   yura   va
15 bo‘r   davrlari   yotqiziqlari   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘larida   keng   tarqalgan.   YUra
davri   jinslarini   esa   Suxayti   qishlog‘i   yaqinida   va   Azkamar   tepaligining   etagida
uchratish   mumkin.   Ular   gillardan,   gilli   slanetslardan,   qumtosh   va
konglomeratlardan   iborat   bo‘lib,   qalinligi   100   m   atrofida.   Bo‘r   davriga   xos
konglomerat, gil va ohaktoshlardan iborat bo‘lib, qalinligi 240-300 m 
Paleogen   davrining   konglomerat,   g‘ovak   ohaktosh   va   yumshoq
qumtoshlardan iborat yotqiziqlari qalinligi 15-16 m atrofida bo‘lib, ular Zirabuloq-
Ziyovuddin   tog‘larining   shimoliy   tog‘oldi   adir   zonasida   ko‘p   uchraydi.   Neogen
davri   yotqiziqlari   tog‘larning   adir   va  tog‘oldi   tekislik   mintaqalarida,  soy   yoqalari
va   qir-adirlar   yonbag‘irlarida   yer   yuzasiga   chiqib   yotadi.   Soz   va   o‘rtacha
sementlashgan   konglomeratlardan   iborat   bu   yotqiziqlar   qalinligi   100-150   m   ni
tashkil   etadi.   O‘rta   Zarafshon   havzasida   to‘rtlamchi   davr   yotqiziqlari   keng
tarqalgan bo‘lib, kelib chiqishi bo‘yicha bu davr yotqiziqlari allyuvial, prolyuvial,
delyuvial, eol, madaniy va irrigatsion yotqiziqlardan iborat bo‘lib, yoshi bo‘yicha
to‘rtga   bo‘linadi:   1)   quyi   to‘rtlamchi   davr;   2)   o‘rta   to‘rtlamchi   davr;   3)   yuqori
to‘rtlamchi va hozirgi davr.
Bulardan   eng   qadimgilari   quyi   to‘rtlamchi   davr   yotqiziqlari   bo‘lib,   ularni
G.F.Tetyuxin   So‘x   yoki   Azkamar   nomlari   bilan   atagan.   Ular   dag‘al   va   yirik
shag‘al toshlardan hamda konglomeratlardan tarkib topgan. Quyi to‘rtlamchi davr
yotqiziqlari   tog‘oldi   adir   mintaqasida   va   daryolarning   yuqori   terrasalarini   qoplab
yotadi. O‘rta Zarafshon havzasida Zarafshon daryosining chap tomonidan Juma va
Kattaqo‘rg‘on   shaharlari   o‘rtasidagi   to‘lqinsimon   tekisliklar   etaklarida   quyi
to‘rtlamchi davr yotqiziqlarini uchratish mumkin [40; 5-116 b.]. Daryo vodiysidagi
tekisliklarda,   soylarning   yoyilmalarida   quyi   to‘rtlamchi   davr   yotqiziqlari   ustini
nisbatan yoshroq bo‘lgan allyuvial-prolyuvial yotqiziqlar qoplab olgan va ularning
qalinligi 700 m dan oshadi. 
O‘rta   Zarafshon   havzasida   quyi   to‘rtlamchi   davr   yotqiziqlariga   nisbatan
o‘rta   to‘rtlamchi   davr   yotqiziqlari   ko‘proq   tarqalgan.   Ular   Zarafshon   daryosining
to‘rtinchi va beshinchi terrasalarini qoplagan. YUqori to‘rtlamchi davr yotqiziqlari
daryoning   uchinchi   terrasasida   uchraydi,   ular   qum   aralash   shag‘allardan,
16 lyossimon   suglinkalardan,   qum   polasalari,   ya’ni   qatlamlari   mavjud   bo‘lgan   qum
aralash   soz   tuproqlardan   tarkib   topgan.   P.Baratovning   ma’lumotiga   bo‘yicha
uchinchi terrasa havzaning quyi qismida Xazara qishlog‘i yaqinida o‘zandan 6-7 m
balandda joylashgan [40; 5-116 b.].
Hozirgi   davr   yotqiziqlari   daryo   qayirlarida   va   qayir   usti   terrasalarida
yotqizilgan. Qayir va qayir usti  terrasalaridagi  hozirgi davr yotqiziqlarining yoshi
turlicha   bo‘lsada,   lekin   ular   hozirgi   delyuvial,   prolyuvial,   eol   yotqiziqlar   bilan
qariyb bir vaqtda hosil bo‘lgan. SHuni inobatga olib G.F.Tetyuxin bu yotqiziqlarni
bitta   Zarafshon   kompleksiga   kiritadi.   Bu   kompleksga   hozirgi   davr   muz
yotqiziqlari, madaniy va irrigatsion aralashmalar ham kiritilgan. Qayir va qayir usti
terrasasida allyuvial yotqiziqlar qalinligi 8-10 m, ikkinchi terrasada esa 30-35 m ni
tashkil   qiladi.   Tog‘larda   va   ba’zi   tog‘oldi   adir   zonalarida,   jumladan   Oqtog‘ning
janubiy yonbag‘rida cho‘kindi jinslar orasidan  intruziv jinslar  yorib, yer yuzasiga
chiqib   yotadi.   Bularning   hosil   bo‘lish   vaqti   gersin   burmalanishiga   to‘g‘ri   keladi.
Intruziv   massivlar   dioritlar,   granitodioritlar,   biotitli   va   leykokritli   granitlardan
tarkib topgan.
Hozirgi   zamon   yotqiziqlari   O‘rta   Zarafshon   havzasida   qadimdan   sug‘orma
dehqonchilik   rivojlanganligi   sabab   Samarqand   va   Kattaqo‘rg‘on   kabi   yirik
vohalarni   vujudga   kelishiga   sabab   bo‘lgan.   Ushbu   vohalarning   asosiy   qismini
tashkil   etuvchi   qishloq   xo’jalik   agrolandshaftlari   uzoq   davr   mobaynida   (3,0-3,5
ming   yillar)   sug‘orish   natijasida   qalin   agroirrigatsion   yotqiziqli   qatlami   hosil
bo‘lgan.   Ushbu   yotqiziqlarning   qalinligi   agrolandshaftlar   va   vohalarning   yoshiga
ko‘ra 1,0-1,5 m dan 3,0-3,5 m gacha boradi .  
M.A.Shmidt   ning   fikricha   Zarafshon   botig‘ining   tagi   va   yonbag‘irlarida
relyefning   turli   morfologik   elementlarida   ma’lum   bir   turdagi   yotqiziqlar
akkumulyasiya bo‘lgan. SHuning uchun hududning turli joylarida yotqiziqlarning
litologik   tarkibi   turlicha.   Muayyan   relyef   elementlarini   tashkil   etuvchi
yotqiziqlarning   vertikal   kesmasida   ularning   litologik   tarkibi   qatlam-qatlam   bo‘lib
almashinib boradi.  Bu  holat geologik  davr lar da  iqlimning va  suv rejimini bir necha
bor o‘zgarib turganligidan dalolat beradi.  Natijada, yotqiziqlarni olib kelinishi ham
17 o‘zgarib   turgan.   Bu   tog‘lardan   boshlanuvchi   jilg‘alar   va   soylar   hamda   kichik
yoyilmalarning   vujudga   kelishida   muhim   ahamiyat   kasb   etgan   deb   ta’kidlash
imkonini beradi. 
Tog‘oldi tekisliklarini vujudga kelishida rel y efning roli.   O‘rta Zarafshon
atrofidagi tog‘lar ulkan megaantiklinal strukturaning davomi hisoblanib, u tektonik
yoriqlar   sinklinal   pasayishlar   bilan   alohida   bo‘laklarga   ajralgan.   Ana   shu   alohida
tektonik strukturalar O‘rta Zarafshon havzasining janubida CHaqilkalon, Qoratepa,
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘lari,   havzaning   shimolida   G‘o‘bdintog‘,   Qaroqchitog‘,
Oqtog‘,   Qoratog‘   tizmalari   ko‘rinishida   ajralib   turadi.   Har   ikkala   tomondagi
tog‘larning o‘rtacha balandligi 1400-1700 m ni tashkil qiladi va g‘arbga Qizilqum
cho‘li   tomon   pasayib   asta-sekin   tepaliklarga   aylanib   cho‘l   bilan   qo‘shilib   ketadi.
Eng baland cho‘qqilar Qoratepa tog‘larida 2197 m (Qumg‘aza cho‘qqisi), Oqtog‘
tizmasida 2003 m (Takatov cho‘qqisi) balandlikka ko‘tarilgan.
Tog‘lar   orasidagi   botiqning   o‘rtasidan   sharqdan   g‘arbga   tomon   Zarafshon
daryosi   oqadi.   Daryo   tog‘oldi   va   adir   zonasidan   chiqqandan   keyin   keng   katta
yoyilmasini   hosil   qiladi,   uning   kengligi   50-70   km   ni   tashkil   etadi.   Bu   hududda
daryoning uzunligi 210 km ga yaqin bo‘lib, havzaning mutlaq balandligi sharqida
800-850 m atrofida bo‘lsa, g‘arbida 600-650 m ga teng. Nishablik har bir km ga 1
m dan to‘g‘ri keladi. 
O‘rta   Zarafshon   havzasining   ko‘ndalang   kesimida   daryo   o‘zanidan   shimol
va   janubga   tog‘lar   tomoniga   qarab   zinapoyasimon   ko‘tarilib   boradi.   Bular   daryo
faoliyati   tufayli   hosil   bo‘lgan   terrasalar   bo‘lib,   ularning   soni   4-5   ta   atrofida.
Jumladan,   YUqori   Zarafshoning   Panjakent   shahri   yaqinida   terrasalar   soni   6   ta
bo‘lsa, O‘rta Zarafshoning Kattaqo‘rg‘on shahri yaqinida 4 tagacha terrasa ajratish
mumkin. Samarqand shahri atroflarida daryoning 5 ta terrasa ajratiladi, shundan 3
ta terrasasini yaqqol ko‘rish mumkin. Daryoning qolgan 2 ta, ya’ni 4-5 terrasalari
tekislanib ketgan. Ko‘p joylarda terrasalar keskin ko‘tarilish bilan ajralmagan .
Buning   sabablari   yuqori   terrasalar   chegaralari   tog‘lardan   keltirilgan
prolyuavial   yotqiziqlar   bilan   to‘ldirilgan,   ya’ni   ko‘milib   ketgan   bo‘lsa,   quyi
terrasalari   esa   dehqonchilik,   melioratsiya   va   irrigatsiya   natijasida   tekislab
18 yuborilgan.   Lekin   ayrim   joylarda,   masalan,   Samarqand   shahri   yaqinida,
Pastdarg‘om   va  Kattaqo‘rg‘on o‘rtalarida  daryoning  chap  qirg‘og‘ida,  birinchi   va
ikkinchi   terrasalar   orasida   daryoning   chap   qirg‘og‘ida   terrasalar   o‘rtasida   tik
ko‘tarilishlar  aniq  saqlanib  qolgan.  Biz  dissertatsiyada   asosan   tog‘oldi  tekisliklari
va   yoyilma   landshaftlarga   to‘xtalib   o‘tamiz.   SHuning   uchun   tog‘   landshaftlari
sinflariga alohida to‘xtalib o‘tirmaymiz. Tog‘oldi tekisliklarida asosan ikkita relyef
tipi   keng   tarqalgan:   1)   erozion-akkumulyativ;   2)   akkumulyativ-erozion-
akkumulyativ.
Erozion-akkumulyativ   relyef   tipi   daryoning   har   ikki   tomonidagi   tog‘oldi
tekisligini   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   y erda   asosiy   relyef   shakllari   usti   tekis,   yassi   past
qir-adirlar   va   ular   o‘rtasidagi   keng   kamarsimon   botiqlar   hisoblanadi.   Bular
birgalikda   qo‘shilib   to‘lqinsimon   tekislikni   hosil   qiladi.   Bunday   ko‘rinishdagi
relyef   shaklini   adirlar   deb   atashadi.   Adirlar   O‘rta   Osiyo   tog‘oldi   qismlarida
joylashgan   bo‘lib,   ular   neogen   davrida   vujudga   kelgan.   Adirlar   relyefi   yassi
tepaliklar,   botiqlar,   daryo   va   soy   vodiylaridan   iborat.   Ular   dengiz   sathidan
balandligi 1000-1500 m gacha bo‘lgan joylardir.
P.Baratov  fikricha adir mintaqasini dengiz sathidan 400-500 m dan 1200 m
gacha,  ayrim   joylarda   esa  1500-1600  m   gacha  baland   bo‘lgan  yerlarni   o‘z  ichiga
oladi. Ba’zi  joylarda qirlar va qirlar  orasidagi  botiqlar  tog‘ yonbag‘irlari  etagidan
Zarafshon daryosiga qadar davom etadi. Kamarsimon botiqlar tagida quruq soylar,
jarlar uchraydi. Qirlar, ya’ni adirlar yonbag‘irlarida mayda erozion relyef shakllari
ko‘p,   bularga   jarliklar,   jilg‘alar,   soyliklarni   misol   qilib   ko‘rsatish   mumkin.
Tog‘larga   yaqin   joylarda   kamarsimon   botiqlar   prolyuvial   yotqiziqlar   bilan
qoplangan. Prolyuvial yotqiziqlarning konussimon shakli CHaqilkalon va Qoratepa
tog‘larining   shimoliy   hamda   Oqtog‘ning   janubiy   tog‘oldi   tekisliklarida   yaxshi
ko‘zga tashlanadi. 
Akkumulyativ   relyef   tipi   daryo   qayirlarini,   birinchi   va   ikkinchi   qayir   usti
terrasalarini egallagan. Bu   y erda asosiy relyef shakllari daryoning akkumulyasion
faoliyati   bilan   bog‘liq.   Daryo   qayirlari   ham   ikki   tipga   bo‘linadi,   ya’ni   past   va
yuqori qayir. Past qayir daryo o‘zanidan 1,5 m balandlikkacha bo‘lgan qismlarini
19 egallab olgan bo‘lib, shag‘al va qumli yotqiziqlardan tashkil topgan. Qayirning bu
tipi   yozning   boshlarida   daryo   suvining   50%   ga   ko‘payishi   bilan   suv   tagida
qoladigan   yuzalar   hisoblanadi.   Yuqori   qayir   esa   o‘zandan   2,0-2,5   m   baland
bo‘lgan   joylardan   iborat   bo‘lib,   daryoning   to‘linsuv   davrida   suv   bosadigan
yuzalardir.   Qayirlardagi   alohida   relyef   shakllari   orolchalar,   qoldiq   o‘zanlar,
ko‘lchalar va botqoqlashgan pastqamliklar hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi terrasa
ham  asosan  akkumulyativ  yotqiziqlar   bilan qoplangan  bo‘lib,  birinchi   terrasaning
o‘zandan   balandligi   5-10   m,   ikkinchi   terrasaning   balandligi   10-15   m   ni   tashkil
qiladi.   Qadimdan   dehqonchilikda   foydalanib   kelinganligi   tufayli   tabiiy   relyef
shakllari   deyarli   qolmagan,   ular   tekislab   yuborilgan.   Hozirgi   asosiy   relyef
shakllari, jumladan kanallar, ariqlar, zovurlar, suv omborlari, hovuzlar, qo‘rg‘onlar
va boshqalar) inson tomonidan barpo etilgan. 
O‘rta   Zarafshon   havzasi   relyefidan   iqtisodiyot   tarmoqlarini   rivojlantirish
maqsadida   foydalanish   uchun   mavjud   barcha   tabiiy   omillarni   hisobga   olishni
hamda tahlil qilish lozim bo’ladi. Lekin, mazkur tabiiy geografik sharoitga bog‘liq
bo‘lgan   holda   barcha   tabiiy   omillardan   bir   yoki   ikkitasi   yetakchi   rol   o‘ynaydi
xolos. Iqlim sharoiti bir xil bo‘lgan hududlarda landshaft hosildorligi o’sha joyning
relyef va grunt xususiyatlariga bevosita bog‘liq ravishda har xil bo‘lishi mumkin.
Shuning   uchun   ham   landshaftdan   qishloq   xo‘jaligida   foydalanishda   mablag‘ni
tejamli   sarflashda   relyefning   genetik   tiplarini,   qiyaligini,   erozion   jarayonlarga
chidamligini,   relyef   shakllarini   va   gruntning   xususiyatlarini   keng   ko‘lamda
o‘rganishni taqozo etadi [20; 83-85 b.].
relyefning   rivojlanishi   bilan   chambarchas   bog‘liq   bo‘lgan   barcha   tabiiy
geografik   jarayonlarning   qishloq   xo‘jaligi   ishlab   chiqarishiga   ta’sirini   ikki   xil
nuqtai   nazardan   baholash   mumkin.   Birinchidan   tabiiy   geografik   jarayonlarning
bevosita ta’siri   hamda   ikkinchi dan   bilvosita ta’siri.   Tabiiy jarayonlarning qishloq
xo‘jaligi   ishlab   chiqarishga   bevosita   ta’siri   relyefga   bog‘liqligi   yerni   haydashga
qulayligi,   uni   sug‘orishga   to‘g‘ri   kelishi,   qishloq   xo‘jalik   texnika   vositalaridan
foydalanish,   chorva   mollarini   boqish   va   boshqa   holatlarda   yaqqol   namoyon
bo‘ladi.   Relyef   o‘z   navbatida   tuproq   qoplamiga,   mahalliy   iqlimga,   tabiiy
20 namlanishiga,   issiqlik   balansi,   shamol   yo‘nalishiga,   qishloq   xo‘jalik   ekinlarining
hosildorligiga hamda biomassalarining unumdorligiga albatta ta’sir ko‘rsatadi.
O‘rta   Zarafshon   havzasining   relyefi   nihoyatda   xilma-xildir.   Undan   qishloq
xo’jalik   maqsadlarida   foydalanish   uchun   turli   miqdor   va   sifat   ko‘rsatkichlarga
asoslanib, mahalliy tabiiy geografik sharoitlarni e’tiborga olgan holda uni miqdor
va   sifat   jihatidan   baholashni   amalga   oshirish   mumkin.   O‘rta   Zarafshon   havzasi
landshaftlariga qishloq xo‘jaligi nuqtai nazaridan sifatiy baho berishda uning relyef
tuzilishiga katta e’tibor berishni  talab qiladi. Bu borada relyefning genetik tiplari,
shakllari, elementlari, ekspozitsiyasi va relyef hosil qiluvchi omillarni har jihatdan
mukammal o‘rganishni taqozo etadi.
O‘rta Zarafshon havzasining asosiy relyef tiplari tekislik, yirik tepaliklardan,
yassi platolardan, pastqam botiqlardan, daryo qayiri hamda qayir usti terrasalardan,
soy   vodiylari   va   yoyilmalar,   tog‘oldi   prolyuvial   tekisliklari,   konussimon
yoyilmalar,   eol   qum   gryadalari,   sho‘rxok   va   taqirlardan   iboratdir.   Qishloq
xo‘jaligini,   jumladan   sug‘orma   dehqonchilikni   rivojlantirish   maqsadlarida
foydalanish   uchun   O‘rta   Zarafshon   havzasining   tog‘oldi   tekisliklari,   qayir   hamda
qayir   usti   terrasalari,   konussimon   yoyilmalari   juda   ham   qulay   hisoblanadi.   Bu
tipdagi   relyef   shakllari   sug‘orma   dehqonchilikni   rivojlantirish da   suv   resurslariga
ham,   termik   resurslarga   ham   boy   hisoblanadi .   Shuning   uchun   havzaning   yuqori
darajada   o‘zlashtirilgan   yerlari,   agrolandshaftlari,   shahar   hamda   qishloq   seliteb
landshaftlari   ham,   irrigatsion   inshootlar   ham   ana   shu   relyef   tiplarida   bunyod
etilgan .
O‘rta   Zarafshon   havzasini   qishloq   xo‘jalik   maqsadlarida   geomorfologik
rayonlashtirishda   albatta   hududning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   undan   kelajakda
foydalanishning   samaradorligi,   ob’ektning   tabiiy   geografik   sharoitini,   yer   usti
tuzilishining   erozion   jarayonlarga   barqarorligini   hamda   boshqa   xususiyatlari
e’tiborga   olish   zarurdir.   Hududni   qishloq   xo‘jalik   maqsadlarida   geomorfologik
rayonlashtirishda   quyidagicha   mezonlarga   asoslanish   maqsadga   muvofiq
hisoblanadi:   1)   morfogenetik   relyef   tiplariga   e’tibor   berish;   2)   relyefni   yaylov
maqsadlarida foydalanish uchun baholashda uning ham gorizontal va ham vertikal
21 tabaqalanishini   hisobga   olish,   3)   hududni   o’zlashtirish   hamda   sug‘orma
dehqonchilik maqsadlarida foydalanish uchun relyefni baholash 
Bu   borada   relyef   qiyalik   darajasini   aniqlash,   gorizontal   parchalanganligiga
asosiy   e’tiborni   qaratish,   relyef   shakllarini   o‘rganish,   parchalanmagan   yer
massivlarining   maydonlarini   hisoblash,   joyni   kanal   o‘tkazishga   mosligi   kabilarni
hisobga   olish   lozim   [23;   32-43   b.].   O‘rta   Zarafshon   havzasini   geomorfologik
tuzilishini va uning morfogenetik relyef tiplarini e’tiborga olib, uni qishloq xo‘jalik
maqsadlarida   foydalanish   uchun   quyidagi   geomorfologik   rayonlarga   ajratish
mumkin:   1)o‘rtacha   baland   tog‘;   2)   past   tog‘;   3)   tog‘oldi   prolyuvial   tekislik;   4)
tog‘oraligi   botiq,   5)   eol   qumli   tekislik;   6)   allyuvial   tekislik;   7)   qumoq-taqir
tekislik; 8) gryadali-do‘ng qumli; 9) baland tepalik plato rayoni.
1 .1-jadval 
O‘rta Zarafshon havzasidagi reylef tiplaridan foydalanish
Rel y ef tiplari Rel y ef shakllari
Soy yonbag‘ i rlari Soy tagi Balandlik ya ssi
yuzalari
Tog‘oldi
prolyuvial
tekisliklar CHorva yaylovlari,
bog‘dorchilik, uzumchilik Sug‘orma dehqonchilik,
bog‘dorchilik  Bahorikor ekinlar,
yaylovlar
YUqori qismi CHorva yaylovlari,
bog‘dorchilik Bahorikor dehqonchilik,
bog‘dorchilik  YAylovlar,
bahorikor
dehqonchilik
O‘rta qismi Bahorikor dehqonchilik,
intensiv bog‘dorchilik Bahorikor dehqonchilik,
bog‘dorchilik, uzumchilik Intensiv
bog‘dorchilik,
bahorikor
dehqonchilik
Quyi qismi Bahorikor dehqonchilik,
sug‘orma dehqonchilik Bahorikor dehqonchilik,
bog‘dorchilik, intensiv
bog‘dorchilik Bahorikor
dehqonchilik,
sug‘orma
dehqonchilik
Daryo
terrasalari Sug‘orma dehqonchilik,
bog‘dorchilik Sug‘orma dehqonchilik Sug‘orma
dehqonchilik
Umuman olganda, landshaft komplekslarni vujudga kelishida   relyef   muhim
ahamiyat kasb etadi hamda  voha landshaftlarini vujudga kelishida uning ahamiyati
yanada ortadi (1.1-jadvalga qarang).
Iqlimiy   xususiyatlarni   landshaftlarni   shakllanishiga   ta’siri.   O‘rta
Zarafshon   havzasining   iqlimi   O‘zbekistonning   boshqa   hududlaridan,   ayniqsa
22 boshqa   tog‘oralig‘i   botiqlari   iqlimidan   ancha   farq   qilib,   ulardan   quruq   iqlimiy
xususiyatlari   bilan   ajralib   turadi.   O‘rta   Zarafshon   havzasi   okean   va   dengizlardan
uzoqda,   materik   ichkarisida   joylashganligi   sababli   arid   iqlimga   ega   bo‘lib,   yozi
quruq   va   jaziramaligi   bilan,   qishi   quruq   sovuqligi   bilan   ajralib   turadi.   Havzada
iqlim elementlarida katta farqlar kuzatiladi. Buning asosiy sababi iqlimini vujudga
keltiruvchi geografik omillar bilan bog‘liq. 
O‘rta   Zarafshon   havzasining   iqlimi   uning   geografik   o‘rni,   quyosh
radiatsiyasi,   atmosfera   sirkuliyasiyasi,   relyefi,   yer   yuzasining   tuzilishi,   orografik
tuzilishi va antropogen omil ta’siri natijasida shakllangan. O‘rta Zarafshon havzasi
iqlimini   shakllantiruvchi   omillar   ichida   etakchi   rol   o‘ynaydigan   omil   uning
geografik joylashuv o‘rni va shunga mos ravishda quyosh radiatsiyasidir. Quyosh
radiatsiyasi  y er yuzasidagi barcha tabiiy geografik jarayonlarning energetik manbai
hisoblanadi.   Quyosh   radiatsiyasi   miqdori   esa   o‘z   navbatida   joyning   geografik
kengligiga,   havoning   ochiqligiga   va   quyoshning   kun   davomida   nur   sochib   turish
davomiyligiga bog‘liq.
Hudud   katta   miqdordagi   radiatsiya   balansi   hamda   quyoshning   nur   sochib
turadigan   davrning   davomiyligi   bilan   ajralib   turadi.   Bu   yerda   yillik   radiatsiya
miqdori   180   kkal/sm 2
  ni,   quyoshni   nur   sochib   turish   vaqti   bir   yilda   2500-3000
soatni   tashkil   etadi.   Biroq   relyef   xususiyatlari   bilan   bog‘liq   ravishda   quyoshning
nur   sochib  turish  davri   ham  o‘zgaradi. Jumladan,  havzaning  g‘arbida quyoshning
nur   sochib   turishi   bir   yilda   3000   soatni   tashkil   etsa,   sharqiy   qismida   2000
soatgacha   kamayadi.   Bu   holat   asosan   joyning   gipsometrik   balandligiga   va
atmosferada bulutlilikning ortishi bilan bog‘liq holda yuz beradi. 
O‘rta Zarafshon havzasida g‘arbdan sharqqa qarab gipsografik balandlikning
ortib   borishi   va   orografik   to‘siqlarning   ta’siri   natijasida   o‘rtacha   yillik   harorat
sezilarli   darajada   pasayib,   yog‘ingarchilik   miqdori   ortib   boradi.   Masalan,   yillik
yog‘in shu yo‘nalishda   180-200 mm dan 500 mm gacha, ayrim hududlarida 800-
880   mm   gacha   ortib   boradi.   YOg‘ingarchilikning   ko‘p   qismi   qish   va   bahor
oylariga to‘g‘ri keladi va bu davrdagi atmosfera yog‘inlari landshaft komplekslarni
namlik bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi hamda ularning tuproqlarda namlik
23 zahirasi   hosil   bo‘ladi,   natijada   vegetatsiya   davrida,   iyunning   boshlarigacha
madaniy   o‘simliklarning   yaxshi   rivojlanishini   ta’minlaydi.   Vegetatsiya   davrining
keyingi bosqichlarida sun’iy sug‘orishni talab qiladi 
O‘rta   Zarafshon   havzasining   barcha   hududi   termik   resurslar   bilan   yaxshi
ta’minlangan   bo‘lib,   havzaning   sharqiy   tog‘li   qismlariga   tomon   gipsometrik
balandlikning   o‘zgarishi   natijasida   asta-sekinlik   bilan   o‘zgarishlar   yuz   beradi.
Vegetatsiya davrida o‘rtacha sutkalik harorati +5 0
S dan yuqori bo‘lgan kunlardagi
haroratning   umumiy   yig‘indisi   hududning   sharqiy   qismida   4000-4100 0
S   atrofida
bo‘lsa,   havzaning   g‘arbiga   borgan   sari   bu   ko‘rsatkich   oshib   borib   4100-4800 0
S
gacha boradi [27; 5-218 b.]. 
Havo   harorati   +10 0
S   dan   yuqori   bo‘lgan   davr   200-220   kunni,   umumiy
haroratlar   yig‘indisi   4000 0
S  
ni,   effektiv   haroratlar   yig‘indisi   esa   2200 0
-2400 0
S  
ni
tashkil   etadi.   O‘rtacha   yillik   havo   harorati   +11,8 0
S   (Omonqo‘ton)   dan   +14,8 0
S
(Nurota)   ga   teng.   YAnvarning   o‘rtacha   harorati   –2,6 0
S   (Bulung‘ur)   dan   -0,2 0
S
(Samarqand, Nurobod), iyul oyida tog‘li hududlarda +24 0
S (Omonqo‘ton)dan cho‘l
zonasiga   borgan   sayin   +30,4 0
S   (Qo‘shrabot)   gacha   ortib   boradi.   Sovuq
bo‘lmaydigan   davr   o‘rtacha   215   kungacha   davom     etadi   [39;   5242   b.].   ( 2.2-2.4-
jadvallarga   qarang ).   Biroq   shimoliy   havo   massalarining   kirib   kelishi   natijasida
mutlaq   minimal   harorat   ayrim   paytlarda   -35 0
S   gacha   pasayishi   mumkin.
Vegetatsiyali qish 50% ni tashkil etadi [35; 45-73 b.]. (2.2-2.4-jadvallarga qarang).
O‘rta Zarafshonning Samarqand vohasida dastlabki issiq kunlar o‘rtacha 26
martda   (eng   ertagisi   6   martda   va   eng   kechkisi   27   aprelda)   boshlanadi.   Dastlabki
sovuq tushish davri o‘rtacha 28 oktyabrdan (eng erta sovuq tushishi 3 oktyabrdan,
eng  kechki   sovuq   tushish   23  noyabrdan)   boshlanadi.   Absolyut   minimal   harorat   –
26 0
S   (sharqida)   dan   -35 0
S   (g‘arbida)   gacha   pasayadi,   absolyut   maksimal   harorat
esa   +42 0
S   (sharqida)   dan   +44 0
S   (g‘arbida)   gacha   ko‘tariladi.   Vegetatsion   qish
ancha   yuqori   ko‘rsatkichga   ega   bo‘lib   53-58%   ni   tashkil   etadi   [88;   5-41   b.].
Vegetatsiya   davri   O‘rta   Zarafshon   havzasining   quyi   tekislik   qismida   260   kundan
271   kungacha,   tog‘li   va   baland   tog‘li   rayonlarda   bu   ko‘rsatkich   120-150   kunni
tashkil etadi [27; 5-218 b.].
24 Bulutsiz   kunlar   Omonqo‘tonda   151   kun,   Kattaqo‘rg‘onda   161   kun,
Nurotada 148 kunni tashkil etadi.   O‘rta Zarafshonda ertalab soat 7:00 da o‘rtacha
nisbiy namlik 58% dan 71% ga etadi. SHamolsiz ob-havo sharoitida atmosferadagi
har-xil aerozol zarrachalar havodagi namlik bilan qo‘shilib ertalabki soatlarda havo
ifloslanishini  oshiradi. Qish oylari kunduz kunlari o‘rtacha nisbiy namlik 60-70%
ni   tashkil   qiladi.   Y oz   oylari   kunduz   issiq   havoda   nisbiy   namlik   juda   kamayib
ketadi.
Iqlimning   tarkib   topishida,   atmosfera   havosining   toza   bo‘lishida   shamol
yo‘nalishi   va   tezligining   ahamiyati   katta.   Bunga   relyef ning   murakkabligi   shamol
yo‘nalishi   va   tezligi   katta   ta’sir   ko‘rsatadi.   O‘rta   Zarafshonning   janubi-g‘arbiy
tomonida   yil   davomida   shimol   tomondan   esadigan   shamol   ustun.   Tog‘oldi   va
shimoli-sharqiy qismlarida esa sharqiy va shimoli-sharqiy yo‘nalishdagi shamollar
ko‘p   takrorlanadi.   Urgut   va   Omonq o‘ tonda   shamol   yo‘nalishlari   tez-tez   o‘zgarib
turadi   va   shamolning   esishi   shu   hudud ga   kirib   keladigan   havo   oqimlariga   kam
bog‘langan.
O‘rta   Zarafshonda   shamollar     yo‘nalishi   fasllar   bo‘yicha   bir   xil   emas.
Masalan,   qish   oylari   havzaning   g‘arbiy   qismida   shimol   tomondan   esadigan
shamollar   20-26%   ni   tashkil   etsa,   bahorda   tekislik   qismida   shimol   va   shimol-
sharqiy   shamollar   ustunlik   qiladi.   YO z   oylari   tekislikda   shimoldan   esadigan
shamol   45-65%   ni   tashkil   qiladi,   ularning   o‘rtacha   tezligi   4-5   m/sek,   ba’zan   5,5
m/sek   ga   etadi.   Kuzda   havza ning   janubi-g‘arbida   shimoliy   va   shimoli-g‘arbiy
tomonlardan   esadigan   shamollar   ko‘proq   bo‘lib,   takrorlanishi   yillik   shamolning
33-50%ni tashkil qiladi, o‘rtacha tezligi 3-4 m/sek [39; 5-242 b.]. 
Hududning   shimoli-sharqiy   qismida   sharqiy   tomondan   esadigan   shamol
ko‘p   takrorlanadi   (25-57%),   o‘rtacha   tezligi   4-5/sek   ni   tashkil   etadi.   Samarqand
shahri va uning atroflarida esadigan shamollar  yo‘nalishiga doir ma’lumotlar 2.1-
rasmda berilgan.
25 2.1-rasm. Samarqand shahrida shamollarning soni va yo‘nalishini
ko‘rsatuvchi sxema («SHamol guli»)
*GMITI ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.
Tumanli kunlarning takrorlanib turishi ham g‘arbdan sharqqa va tekislikdan
tog‘ tomon o‘zgarib boradi. G‘arb tomonda tumanli kunlar kam bo‘lib, bir yilda 9-
10   kunni,   aksincha   sharqga   borgan   sari   tumanli   kunlar   ko‘payib   35   kungacha
(Dahbed)   etadi.   SHaharlarda   tumanlarning   ko‘proq   hosil   bo‘lishiga   sanoat
korxonalaridan   chiqadigan   chang   va   turli   iflos   chiqindi   zarrachalarning   roli
kattadir.   O‘rta   Zarafshon   havzasining   g‘arbiy   qismiga   nisbatan   sharqiy   qismida
tumanli kunlar uch baravar ko‘proq takrorlanadi. 
O‘rta   Zarafshon   havzasida   atmosfera   yog‘inlari   bir   me’yorda
taqsimlanmagan.   Ayniqsa,   uning   quyi,   janubi-g‘arbiy   tekislik   qismi   qurg‘oqchil
xarakterga ega. SHu sababdan bu hududda o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 114-130
mm atrofida bo‘ladi. G‘arbdan sharqqa tomon borgan sari yog‘in miqdori ko‘payib
boradi.   Havzaning   o‘rta   qismida   uning   miqdori   350   mm   gacha   ko‘payadi.
Jumladan, yog‘in miqdori Dibaland (Nurota)da 244 mm, Kattaqo‘rg‘onda 282 mm,
Jumada 341 mm, Ulus 382 mm, Qarnobda 166 mm, Samarqand shahrida 311 mm,
Omonqo‘tonda 900-950 mm (2.3-2.4-jadvallarga qarang).
2.2-jadval
O‘rta Zarafshonda havoning o‘rtacha oylik va yillik harorati
T/r Meteostansiya Mutlaq
b alandlik, m YAnvarning
o‘rt acha  harorati,  0
S Iyulning o‘rt acha
harorati,  0
S O‘rt acha  yillik
harorat,  0
S
1 Navoiy 346 -0,4 28,3 14,2
2 Katta qo‘rg‘on 485 -1,9 27,2 13,0
26010203040Ш	
ШШқ	
Шқ	
Ж Шқ	
Ж	
Ж Ғ
Ғ
ШҒ	
Январь	
0
10
20
30
40Ш	
ШШқ	
Шқ	
Ж Шқ	
Ж	
Ж Ғ
Ғ
ШҒ	
Июль	
0
10
20
30
40Ш	
ШШқ	
Шқ	
Ж Шқ	
Ж	
Ж Ғ
Ғ
ШҒ	
Йиллик 3 Ulus 530 -0,2 28,2 14,0
4 Samarqand 695 0,2 25,9 13,4
5 Payariq 612 -1,2 27,0 13,4
6 Omonqo‘ton 1266 -0,6 24,0 11,8
8 Bulung‘ur 798 -2,6 27,0 12,5
9 Urgut 1090 -0,5 24,9 12,2
*GMITI ma’lumotlari a s osida muallif tomonidan tuzil di .
2.3-jadval
O‘rta Zarafshonda yog‘inlarning taqsimlanishi
T/r Meteostansiya Mutlaq
b alandlik, m  Yillik yog‘in
miqdori, mm  Fasllar bo‘yicha taqsim lanishi , % his.
Qish Bahor YOz Kuz
1 Navoiy 346 188 44 44 2 10
2 Kattaqo‘rg‘on 485 325 41 45 1 13
3 Payariq 612 399 37 47 3 13
4 Samarqand 695 311 34 48 3 15
5 Bulung‘ur 798 378 38 45 3 14
6 Urgut 1090 509 38 48 2 12
7 Omonqo‘ton 1266 920 38 44 3 15
*GMITI ma’lumotlari a s osida muallif tomonidan tuzil di .
2.4-jadval
O‘rta Zarafshonda eng ko‘p va eng kam oylik va yillik yog‘in miqdorlari
T/r Meteostansiya  YOg‘in
miqdori I II III IV V VI VII VIII IX X XI XII Yil 
1 Navoiy eng ko‘p 48 85 82 73 30 15 4 10 2 21 39 74 237
eng kam 1 3 2 0 0 0 0 0 0 0 0 1 89
2
Kattaqo‘rg‘on eng ko‘p 97 90 124 130 134 23 19 7 15 54 132 87 515
eng kam 6 15 17 0 0 0 0 0 0 0 0 0 180
3
Samarqand eng ko‘p 87 100 182 110 62 27 15 25 3 62 82 67 527
eng kam 3 9 30 6 1 0 0 0 0 0 0,2 12 210
4
Omonqo‘ton eng ko‘p 303 444 403 279 130 33 8 13 15 119 206 361 1302
eng kam 10 22 38 37 1 0 0 0 0 0 4 22 589
*GMITI ma’lumotlari a s osida muallif tomonida  tuzildi.
Havzada eng kam yog‘in yoz oylariga to‘g‘ri keladi, jumladan Qarnobda 45
mm,   Nurotada   62   mm,   Samarqand   shahrida   129   mm,   Omonqo‘tonda   272   mm
yog‘in   tushadi.   Eng   ko‘p   yog‘in   qish   va   bahor   oylarida   kuzatilib,   yillik   yog‘in
miqdorining   86-91%   ini   tashkil   etadi.   Tumanli   kunlar   soni   bo‘yicha   ham   eng
yuqori   ko‘rsatkich   Omonqo‘ton   massiviga   tegishli   (32   kun)   bo‘lsa,   Nurotada   bu
ko‘rsatkich   24   kunni,   Kattaqo‘rg‘onda   8   kunni,   15   m/sek   dan   tez   esadigan
shamollar davomiyligi Kattaqo‘rg‘onda maksimum 8 kunni tashkil etsa (1935 yil),
Samarqandda bu ko‘rsatkich 24 kunni (1955 yil) tashkil etadi [39; 5-242 b., 27; 5-
218 b.].
27 V.E.CHub   O‘zbekiston   Respublikasi   hududini   iqlimiy   rayonlashtirish
masalasi   bilan   shug‘ullanib,   respublikamiz   hududini   11   ta   rayonga   ajratgan   va
O‘rta Zarafshon havzasini Zarafshon rayoni hududiga kiritib, bu rayonda o‘rtacha
yillik   havo   harorati   16-17 0
S   ga,   yanvarniki   1-2 0
S,   iyulniki   29-30 0
S,   absolyut
minimal   harorat   -18-23 0
S   ga,   absolyut   maksimal   harorat   46-47 0
S   ga,   sovuqsiz
kunlar davomiyligi 250 kunga, +10 0
S dan harorat yuqori bo‘lgan kunlar soni 249
kunni,   +15 0
S   dan   yuqori   bo‘lgan   kunlar   soni   199     kunga   teng   deb   hisoblaydi.
Haroratning o‘zgarishi 2015-2030 yillar oralig‘ida 1 0
S ga, yog‘ingarchilik esa 110-
115% ga oshishi kutilmoqda. 
Orol   dengizi   havzasi,   shu   jumladan   O‘rta   Zarafshon   havzasidagi   iqlim
o‘zgarishi   qishloq   xo‘jaligi   rivojlanishiga   ham   salbiy   ta’sir   ko‘rsatishi   mumkin
bo‘lgan   oqibatlar   qatorida   A.YU.Nabiev   [99;   5-35   b.]   quyidagilarni   ko‘rsatadi:
1.Havza hududida havo haroratining 2-3°S ga oshishi optimal ekish muddatlari va
sug‘orish   rejimining   buzilishiga,   natijada   ekinlar   hosildorligi   pasayib   ketadi;
2.O‘simliklarning   (vegetatsiya)   o‘sish   davrida   sug‘orish   jarayonlari   normaga
nisbatan o‘rtacha 10% ga oshishi kuzatiladi; 3.Bug‘lanishning ortishi tufayli sho‘r
yuvish  va namlikni   tutib  turish  agrotexnologik  tadbirlar  normaga  nisbatan  5-10%
ga sug‘orish ortadi; 4.Hududlardagi sizot suvlar sathi baland bo‘lgan hollarda suv
orqali   tuz   ko‘chishining   ortishi   va   bu   esa   tuproqda   tuz   to‘planishi   jarayonlarini
faollashishiga   olib   keladi;   5.Noqulay   ob-havo   sharoitlari   tufayli   qishloq   xo‘jalik
ekinlari   hosildorligining   o‘zgaruvchanligiga   olib   keladi;   6.Emirilish,   sho‘rlanish,
qum   va   tuz   ko‘chishi   hisobiga   ishlov   beriladigan   yerlar   maydoni   qisqaradi;
7.Qishloq   xo‘jaligida   y yetishtirish   uchun   maqbul   ekinlar   tarkibining   butunlay
o‘zgarishi kutiladi va h.k.
Gidrografik  to‘rning  tog‘oldi   tekis lik larini   vujudga  kelish   va  barqaror
rivojlanishiga   ta’siri.   O‘rta   Zarafshon   havzasida   gidrografik   to‘r   yaxshi
rivojlangan   bo‘lib,   geografik   joylashishi   asimmetrik   xarakterga   ega.   Havzani   o‘q
qismi bo‘ylab Zarafshon daryosi kesib o‘tadi. Bu daryo o‘ng irmoqlarga juda boy.
Zarafshonning   o‘rta   oqimidagi   daryo   irmoqlari   va   soylarni   gidrologik   rejimi,
to‘yinishi   va   boshqa   gidrologik   ko‘rsatkichlari   V.L.Shuls,   V.L.SHuls,
28 R.Mashrapov   O.R.Sheglova,   V.L.SHuls,   L.I.   Shalatova,   B.K.Saryov,
L.M.Karandaeva,   F.H.Hikmatov,   S.A.Haydarov   F.H.Hikmatov,   S.A.Haydarov,
N.B.Erlapasov F.H.Hikmatov va boshqalar S.A.Haydarovlarni ishlarida o‘z aksini
topgan. 
Zarafshon   daryosi   Amudaryoga   20   km   etmasdan,   Sandiqli   va   Eshakchi
qumlari orasiga singib ketadi, uning uzunligi 877 km, suv yig‘ilish maydoni 41860
km 2
.   O‘rtacha   yillik   suv   sarfi   190   m 3
/s   yoki   5985   mln   m 3
  oqim   hajmiga   teng
Zarafshon   daryosining   o‘ng   qirg‘og‘ida   ham,   chap   qirg‘og‘ida   ham   to‘r   yaxshi
rivojlangan.   O‘rta   Zarafshon   havzasidagi   daryolar   va   soylar   turli   uzunliklar
oraliqlariga   mos   keladi.   O‘rta   Zarafshon   havzasida,   ya’ni   Zarafshon   daryosining
O‘zbekiston   qismida   2064   ta   turli   uzunlikda   daryolar   va   soylar   shakllanadi,
ularning umumiy uzunligi  5573 km ni  tashkil  etadi. Bularning ichida uzunligi 10
km   dan   kalta   bo‘lgan   soylarning   soni   1941     tani   tashkil   qilib,   ularning   umumiy
uzunligi 3020 km ni tashkil qiladi. Uzunligi 20-75 km gacha bo‘lgan daryolar soni
43   tani   tashkil   etadi .   Havzaning   g‘arbiy   qismidagi   Nurota,   Qoratepa,   Zirabuloq-
Ziyovuddin   tog‘laridan   boshlanadigan   soylar   turli   katta-kichiklikda   bo‘lib,
ularning   aksariyati   doimiy   oqimga   ega   bo‘lmagan   quruq   soylardir.   Bunday
soylardan qishda qor, bahor oylaridagina yomg‘ir suvlari oqib o‘tishi mumkin (2.5-
jadvalga qarang).
Nurota   tog‘   tizmasining   o‘zida   40   ga   yaqin   soy   bo‘lib,   ularning   eng
yiriklariga havzasining maydoni 1284 km 2  
bo‘lgan Qorasuv, havzasining maydoni
1084   km 2  
bo‘lgan   To‘sinsoy,   havzasining   maydoni   714   km 2  
bo‘lgan   Oqtepasoy,
havzasining   maydoni   283   km 2  
bo‘lgan   Kattasoy,   havzasining   maydoni   288   km 2
bo‘lgan   Ko‘ksaroysoy   misol   bo‘ladi.   Umuman   olganda,   O‘rta   Zarafshondagi
kichik daryolar va soylarning havzasining umumiy maydonini aniqlash munozarali
masaladir.   Havzadagi   2064   ta   daryo   va   soylarning   hammasining   maydoni   to‘liq
aniqlanmagan, ularning 1000 ga yaqinining havzasini maydoni 3677 km 2
  bo‘lgani
holda   qolganlarining   havzasining   maydoni   aniq   emas.   Suv   yig‘iladigan   maydoni
aniq bo‘lmagan ayrim soylarning havzalari yog‘in kam yog‘adigan va deyarli oqim
29 hosil   bo‘lmaydigan   tog‘lar   va   tog‘oldi   tekisliklaridadir.  SHuning  uchun   ham   ular
suv resurslari boy emas (2.6-jadvalga qarang).
2.5-jadval
O‘rta Zarafshon havzasidagi daryolar va soylarning turli uzunliklar 
oraliqlariga mos kelishi 
Uzunliklar
oralig‘i, km <10 10-15 16-20 21-30 31-50 51-72 >75 Uzunligi
ko‘rsatilmagan Jami
Daryolar 
S oni 1941 60 20 20 19 1 3 9 2064
Umumiy
uzunligi, km 3020 716 353 497 684 66 237 - 5573
* F.Hikmatov va boshqalar (2016) ma’lumoti.
Zarafshon   daryosining   hamda   uning   katta-kichik   irmoqlari   hisoblangan
barcha soylarning gidrologik rejimi yil davomida keskin o‘zgarib turadi. Zarafshon
daryosi   suvi   deyarli   100%   xo‘jalik   faoliyatida   ishlatiladi   Daryoga   quyiladigan
barcha soylarning suvi yoz oylarida agrolandshaftlarni suv bilan ta’minlashga sarf
bo‘ladi.   Bundan   tashqari   daryoning   o‘rta   oqimida   shakllanadigan   oqimning
ma’lum   qismi,   jumladan,   Mo‘minobodsoy,   Oxaliksoy,   Oqtepasoy,   To‘sinsoy,
Sazag‘onsoy va boshqa daryolar suvining bir qismi o‘z konussimon yoyilmalariga
singib, grunt suvlarini to‘yintirishda ishtirok etadi.
Zarafshon   daryosini   Panjakent   shahridan   o‘tgandan   keyin,   hududda   bironta
ham   doimiy   oqadigan   irmog‘i   yo‘q.   Lekin   sug‘orish   natijasida   suvi   kamayib,
Zarafshon daryosiga quyilmaydigan 120 ta soy bor. SHu soylarning 50 tasi Nurota-
Oqtog‘dan,   qolgani   Qoratepa,   Zirabuloq   va   Ziyovuddin   tog‘laridan   boshlanadi.
Soylarning   eng   muhimlari   Zarafshon   tizmasidan   boshlanuvchi   Urgutsoy,
Omonqo‘tonsoy,   Kamongaronsoy,   Ohaliksoy,   Sazag‘onsoy,   Oqsoy   va   Nurota-
Oqtog‘dan   boshlanuvchi   To‘sinsoy,   Oqtepasoy,   Tasmachisoy,   Langarsoy,
Ko‘ksaroysoy   va  boshqalar.   Zarafshon   daryosi   hududida  sekin   oqib,   kengligi   3-4
km   keladigan   qayirlar   hosil   qilgan.   U   Samarqand   shahri   yaqinida     Oqdaryo
(uzunligi   130   km)   va   Qoradaryo   (uzunligi   127   km)   nomi   bilan   ikki   tarmoqqa
bo‘linadi.   Xatirchi   qishlog‘ida   esa   bu   ikki   tarmoq   yana   birlashib,   oralig‘ida
hosildor Miyonqol orolini hosil qiladi (2.7-jadvalga qarang).
2.6-jadval
30 10 km dan uzun daryolarning turli qiymatdagi maydonlar oraliqlariga mos kelishi va
ularning havza maydonlari (Hikmatov va boshqalar bo‘yicha , 2016)
Maydonlar
oralig‘i, km 2 <25 26-50 51-100 101-
250 251-
500 501-
1000 >1000 Maydoni
ko‘rsatilmagan Jami
Daryolar 
Soni 3 7 3 5 4 1 2 107 132
Havzasining
maydoni km 2 15,9 222,3 193,3 912 1197 722 3677 - -
Daryo   yoyilmasida   sizib   o‘tish   sababli   tarkib   topgan   y er   osti   suvlari
nishablik   tomon   harakat   qilib,   yoyilmaning   etak   qismiga   yaqinlashib   borgan   sari
uning sathi yuqoriga ko‘tarilib, To‘qay qishlog‘idan o‘tgach keng maydon bo‘ylab
y er   yuzasiga   chiqa   boshlaydi   va   Qorasuv   tarmoqlarini   hosil   qiladi.   Grunt
suvlarining   y er betiga jadallik bilan sizib chiqishi Zarafshon daryosining Oqdaryo
va   Qoradaryo   tarmoqlarining   o‘rta   qismigacha   davom   etadi.   Ye r   osti   suvlarining
ko‘p miqdorda sizib chiqishi daryoning kam suv lik  davriga to‘g‘ri keladi va uning
suv miqdori mejen davrida orta borishiga ta’sir ko‘rsatadi .
Bizga   oldindan   ma’lumki,   erozion   relyef   shakllari   oqayotgan   suvlarning
(atmosfera   yog‘inlari,   daryo,   y er   osti)   bunyodkor   yoki   vayronkor   faoliyati   bilan
bog‘liq.   Bunday   rel y ef   shakllariga   daralar,   daryo   vodiylari,   jarliklar,   konussimon
yoyilmalar   va   boshqalar   misol   bo‘ladi.   Ular   eroziya   jarayonlari,   ya’ni   emirilish,
yuvilish   va   boshqa   erozion   jarayonlar   mahsulotlarini   transportirovkasi   va
akkumulyasiyasi   natijasida   vujudga   keladi.   Doimiy   va   vaqtincha   suv   oqimlari
tomonidan yaratiladigan relyef turlari mikrozonalarni hosil bo‘lishida muhim omil
vazifasini bajaradi 
2.7-jadval
Zarafshon daryosi irmoqlarining oqim hosil bo‘lish zonasida 
shakllangan o‘rtacha ko‘p yillik oqim ko‘rsatkichlari (CHub , 2007)
T/r Daryo- kuzatish joyi Havza
maydoni,
km 2 Havzaning
o‘rtacha
balandligi ,
km O‘rtacha
oqim
hajmi ,
m 3
/s O‘rtacha
yillik
oqim
hajmi,
10 6 
m 3 Oqim
moduli ,
l/s*km 2 Oqim
qalinligi ,
mm
Gidrometrik kuzatishlar olib borilgan daryolar
1 Urgu ts oy-Urgut sh. 25,1 1,710 0,402 12,7 16,0 504
2 Omonqo‘tonsoy-Omonqo‘ton  57,8 1,601 0,951 30,0 16,5 518
31 q.
3 Oqdaryo-O x aliq q. 70,9 1,384 1,07 33,7 15,1 475
4 Sazag‘onsoy-Sazag‘on q. 26,8 1,456 0,381 12,0 14,2 448
5 Qorasuv-Kosa q. 120 1,040 0,230 7,25 1,92 60,4
6  Tegirmonsoy-Sag‘ishmon q. 39,3 1,143 0,278 8,77 7,08 223
7 T o‘ s i nsoy-quyilishi 1100 0,940 1,74 54,8 1,58 49,8
8 Oqtepasoy-Ocha q. 43,8 1,570 0,304 9,58 6,94 219
9 Qarag‘achsoy-Mavlon q. 34,7 1,257 0,227 7,13 6,53 206
10 Maydonsoy-Olmaota q. 62,5 1,138 0,488 15,4 7,80 246
11 Ko‘ksaroysoy-tog‘dan 
chiqishi. 247 0,938 0,961 30,3 3,89 123
12 Beklarsoy-YAngi   Oqchob q. 180 - 0,714 22,5 3,97 125
Hammasi 2008 7,75 244,13 3,86 122
Gidrometrik kuzatishlar olib borilmagan daryolar
1 Oqsoy 30,1 1,200 0,142 4,46 4,70 148
2 Quduqsoy 23,9 1,187 0,099 3,12 4,30 131
3 Langarsoy 41,2 0,950 0,035 1,10 0,85 26,7
4 Kattasoy 56,0 0,890 0,025 0,795 0,45 14,2
5 Sarmi sh soy 133 0,730 0,013 0,410 0,10 3,1
Hammasi 284 - 0,214 9,885 0,75 34,0
Jami 2292 7,96 254 3,48 110
Doimiy   suv   oqimlari   natijasida   hosil   bo‘lgan   eroziya-akkumulyativ   relyef
turiga   daryo   vodiylari   misol   bo‘ladi.   Geomorfologik   jihatdan   rivojlangan   daryo
havzasining asosiy relyef elementlari: o‘zan, qayir, terrasalaridan iborat bo‘lib, ular
o‘zining   egallagan   maydoni   va   strukturasining   murakkabligiga   qarab   tipologik
nuqtai   nazardan   har   biri   alohida   landshaft   tiplariga   ajratiladi.   Akkumulyasion
tekisliklar   cho‘kindi   jinslarning   to‘planishi   natijasida   hosil   bo‘ladi.   Tog‘oldi
tekisliklari   allyuvial,   prolyuvial   va   delyuvial   kabi   zamonaviy   cho‘kindilarning
yotqizilishidan hosil bo‘lishi turli mualliflarning ishlarida o‘z aksini topgan 
O‘rta   Zarafshon   havzasining   gidrografik   to‘rini   tashkil   etuvchi   barcha   daryolar,
irmoqlar   va   soylar   bir-biri   bilan   murakkab   aloqada   bo‘lgan,   ya’ni   paragenetik   va
paradinamik   aloqadorlikda   bo‘lgan   landshaft   komplekslarni   vujudga   kelishida   va
32 dinamik   rivojlanishida   o‘zlarining   bir   tomonlama   yo‘nalgan   oqimi,   eroziya
natijasida   hosil   bo‘lgan   jinslarni,   oqiziqlarni   oqizib   kelishi,   ularni   tog‘oldi
tekisliklarida   akkumulyasiya   qilish   kabi   faoliyati   bilan   faol   ishtirok   etadi.   Har
qaysi   daryo,   irmoq,   soy   va   hatto   jarlik   o‘zining   ishg‘ol   etgan   maydoniga   qarab
paragenetik   landshaft   komplekslarini   vujudga   keltiradi   va   shakllantiradi   Bu
landshaft   komplekslar   bizning   ta’birimizda   doimiy   ravishda   bir-biri   bilan
chambarchas   bog‘langan,   mustahkam   aloqada   bo‘lgan   mikrozonalarni   tashkil
etadi. Daryo va soy havzalari bir-biridan suvayirg‘ichlar orqali ajralib turadi. 
1.3-§. Tog‘oldi tekisliklarida  intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish ning
nazariy-amaliy masalalari
Mamlakatimiz   oziq-ovqat   xavfsizligini   ta’minlash,   aholini   oziqovqat
mahsulotlari   bilan   ta’minlash   va   eksport   imkoniyatlarini   kengaytirish   dolzarb
masalalardan bo‘lganligi  sababli  davlatimiz  rahbariyati  doim  e’tibor  berib, g‘alla,
meva-uzum,   sabzavot-poliz   va   kartoshkachilik   sohalarini   jadal   rivojlantirishga
katta   sarmoyalarni   yo‘naltirmoqda.   Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   bog‘dorchilikni
rivojlantirish intensiv va superintensiv texnologiyalarga o‘tishni taqozo qiladi. Bu
O‘zbekistonning eksport salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. 
Mamlakatimizda   bugungi   kunda   barcha   toifadagi   xo‘jaliklarda   jami   270
ming 818 gektar mevali bog‘lar mavjud bo‘lib, o‘rtacha hosildorlik 135 s/ga teng.
Respublikadagi   fermer   xo‘jaliklarda   190   ming   236   ga   bog‘lar   bo‘lib,   o‘rtacha
hosildorlik   129   s/ga   dan   iborat.   Oxirgi   yillarda   44   ming   188   gektar   yuqori   hosil
beradigan   zamonaviy   intensiv   mevali   bog‘lar   barpo   qilindi.   Ushbu   intensiv
bog‘larda o‘rtacha hosildorlik 222 s/gani tashkil etadi.
So‘nggi   2020   -   2021   yillar   davomida   past   hosilli   paxta   va   g‘alladan
qisqargan, lalmi va adirlik maydonlarda hamda yaroqsiz bog‘ va tokzorlar o‘rniga
jami   31,2   ming   gektar   intensiv   bog‘   va   barpo   etilgani,   26,3   ming   gektar   mevali
bog‘lar rekonstruksiya qilinib, joriy yil 9 oyi davomida 15,2 ming gektar intensiv
33 bog‘lar   barpo   etilgani,   8,1   ming   gektar   maydonda   yaroqsiz   bog‘   rekonstruksiya
qilingan.
Intensiv   bog‘larni   tashkil   etishning   afzalli klaridan   biri   ush bu   daraxtlar
tanasi ning   kichik   bo‘lganligi dan   ular   bilan   ishlash   qulay   hisoblanadi .   Bunday
mevali   bog‘larning   tanasiga   yorug‘lik   tushishi   hamda   havoning   aylanishi   yaxshi
bo‘lganligi uchun daraxtlar erta mevaga kiradi, har yili meva beradi va mevasi sifat
jihatidan yuqori bo‘ladi. Mevasini  terish ham qulay, ayniqsa simbag‘izga olingan
daraxtlarda   ishning   unumli   bo‘lishi   bilan   birga   etishtirilgan   mahsulotning   tovar
sifati   ham   yuqori   bo’ladi.   Hozirgi   paytda   mamlakatimizda   intensiv   bog‘lar
maydoni   44   ming   gektardan   ziyodni   tashkil   etmoqda.   2019   yilda   6   ming   gektar
intensiv bog‘ va 8 ming gektar tokzorlar barpo etildi. Bog‘ turini tanlashda asosiy
ko‘rsatkich   -   ma’lum   xududda   iqtisodiy   samaradorligi   yuqori   bo‘lgan   bog‘   va
barcha   omillarni   hisobga   olinishi   shart.   Shuning   uchun   zamonaviy   intensiv   bog‘
turini tanlaganda maxalliy sharoitdan kelib chiqish lozim. 
Tuproq   tarkibi,   suv   ta’minoti,   maydonning   rel’efi,   ishchi   kuchining
mavjudligi,   markaziy   kommunikatsiyalarga   nisbatan   joylashish   masofasi   (temir
yo‘l,   markaziy   avtomobil   trassasi   va   xokazo),   saqlash   va   qayta   ishlash
korxonalarinig yaqinligi va eng asosiysi shu xududda qaysi meva turi yaxshi o‘sib
yuqori   hosil   berishi,   haridorgirligi   hamda   eksportbopligi   hisobga   olinadi.
Bog‘dorchilik   klasterlarini   tashkil   etish   muhim   ahamiyatga   ega.   Bu   bog‘larda
qo‘llaniladigan   parvarishlash   tadbirlari   oddiy   bog‘lardagidan   farq   qiladi.   Intensiv
bog‘lardagi   mevali   daraxtlar   1-2   yilda   hosilga   kiradi,   1   gektar   pakana   bog‘larda
tuplar   soni   2375-3100   (simbag‘izda   o‘stirilgani   2500-3500)   donani   va
daraxtlarning  balandligi  2,0-3,5  m   ni   tashkil  qiladi.  Natijada  mehnat  unumdorligi
yuqori bo‘lib, bir kishi bir kunda 1500 kg meva teradi, oddiy bog‘da esa 300 kg. 
Ko‘chatlar   kasalliklarga,   zararkunandalarga,   sovuqqa   chidamliroq   bo‘lib,
mevaning   shakli,   rangi   va   ta’mi   jahon   standart   talablariga   to‘la   javob   beradi.
Intensiv   bog‘da   past   va   pakana   bo‘yli   payvandtaglarga   ulangan   daraxtlardan
foydalaniladi.   Simbag‘izli   bog‘larda   o‘stirilayotgan   meva   daraxtining   eni   pakana
daraxtlarda 100 sm  va past  bo‘yli daraxtlarda esa 150 sm ni tashkil qilishi lozim.
34 Daraxtlarning bo‘yi esa 3,5 m dan oshmasligi  lozim  boladi. Qatorlar oralig’i 3,5-
4,0 m dan bo‘lganda daraxtlar tanalariga quyosh nurlari bilan yaxshi tegadi. 
Akademik   M.Mirzayev   nomidagi   bu   sohada   keng   ko‘lamli   tajribalar
o‘tkazgan   va   payvandtagni   navning   o‘sish   kuchiga   va   ular   tanasiga   beriladigan
shakllar   usuliga   qarab   daraxtlarni   intensiv   bog‘da   maqbul   joylashtirishning
sxemalari   ishlab   chiqilgan.   Sanoatlashgani   intensiv   bog‘larda   daraxt   zichligi
pakana   payvandtagda   1   gektar   bog‘da   1900-2900   gacha   boradi.   Bularda   navni
to‘g‘ri tanlash va ularni o‘sish kuchiga qarab joylashtirish muhim ahamiyatga ega.
Bu   bog‘larda   eng   asosiy   omillardan   biri   to‘g‘ri   shakl   berish.   An’anaviy   usulda
ekilgan   simbag‘izli   bog‘larda   shakl   oddiy   italyan   usulida   berilgan   bo‘lsa,
zamonaviy   bog‘larda   veretino   (archasimon)   usulida   amalga   oshiriladi.   Intensiv
mevali   bog‘lar   payvandtag   turiga   qarab   uzluksiz   18-20   yil   o‘sib,   rivojlanib   hosil
beradi. Pakana bog‘lar mahsuldor davri deyarli ikki barobar qisqa bo‘lsa ham ular
shu davrda urug‘li bog‘ butun umrida beradigan mahsulotdan deyarli 1,5-2 barobar
ko‘p,   sifatli   va   tannarxi   arzon   mahsulot   beradi.   Bu   jarayonlar   normal   kechishi
uchun yer to‘g‘ri tanlanishi va ko‘chat ekiladigan tuproq juda sifatli tayyorlanishi
kerak. 
Agar   bog‘   jo‘yaklar   orqali   sug‘oriladigan   bo‘lsa,   oldindan   ko‘chat
ekiladigan maydon suv yurishi uchun yaxshilab tekislanishi lozim. SHu maqsadda
oldindan geodezik ishlar olib borilib, lozim bo‘lsa lazer qurilmali er tekislagichlar
yordamida tekislanadi. Pakana va past bo‘yli mevali bog‘larga ko‘chat ekiladigan
maydonlarni   traktor   bilan   kamida   50-60   sm   chuqurlikda   haydash   shart.   Faqat   bu
ishlarni   bog‘ga   ko‘chatni   ekishdan   olti   oy   oldin,   imkoni   bo‘lmasa,   uch   oy   oldin
o‘tkazish   kerak   (shu   orada   tuproq   o‘tirib,   maydon   yana   zichlashadi).   Bu   ishlar
PPU-50   plugi   yordamida   amalga   oshiriladi.   Plantaj   haydovidan   oldin   bog‘ga
ko‘chat ekiladigan maydonga har gektar hisobiga 50-60 tonna go‘ng chirindisidan
va   mineral   o‘g‘itlardan   kaliy   90   kg/ga,   fosfor   180   kg/ga   va   azot   o‘g‘itining
ammoniy   formaligidan   120   kg/ga   hisobida   berish   lozim.   Y er   quruq   bo‘lsa
haydovdan oldin sug‘orish lozim. Bu ishlarni bog‘ga ko‘chat ekilishidan eng kami
bilan 2-3 oy oldin bajarish lozim. 
35 Xo‘jalikda   chirindi   masalasi   tanqis   bo‘lsa,   bog‘ga   ko‘chat   ekiladigan
maydonga   siderat   o‘simliklarini   ekib,   ular   gullagan   davrida   haydab   tashlanadi.
Sideratlarni   gullash   davri   y erni   haydash   davriga   to‘g‘ri   keladigan   qilib   ekiladi.
Intensiv   mevali   bog‘larni   2-3   yil   bedazor   bo‘lgan   yerlarda   tashkil   qilish   yaxshi
samara beradi. Mevali bog‘larni tashkil qilishning eng maqbul davri yilning noyabr
va     dekabr   oylari   hisoblanadi.   Past   bo‘yli   intensiv   ko‘chatlarni   ekish   texnikasi
xuddi kuchli o‘suvchi payvandtagda o‘suvchi ko‘chatlarnikiga o‘xshash. Daraxtlar
yoshligida   doim   bir   tekis   o‘sishini   ta’min   etish,   doim   nazorat   qilib   turish
bog‘bonning   asosiy   vazifasiga   kiradi.   Xorijda   intensiv   bog‘larni   parvarishlash
agrotexnikasi   va   uni   bajarishda   qo‘llanadigan   mexanizatsiya   vositalari   yaxshi
yo‘lga qo‘yilgan. 
Mamlakatimiz bog‘bonlari  intensiv  bog‘ni  parvarishlash  va uning mevasini
terish   texnologiyalarini   jadallashtirish,   bog‘dagi   barcha   agrotexnik   tadbirlarni
kompleks   mexanizatsiyalashtirish   yo‘lida   keng   tadqiqotlar   olib   borishmoqda   va
ijobiy  yutuqlarga  erishmoqda.   Quyosh   nuri   daraxt   tanasidan   yaxshi   o‘tishi   uchun
meva devorining balandligi 2 m va eni 1,3-1,5 m dan oshmasligi lozim. Bu hajmlar
xo‘jalik   talablariga   xam   mos   keladi,   chunki   barcha   jarayondagi   ishlarni,   shu
jumladan, meva terishni xam yerda turib amalga oshirsa bo‘ladi . 
Sohani to‘liq mexanizatsiyalash  va texnika vositalarini qator oralariga kirib
bemalol   ishlashi   uchun   qator   orasidagi   bo‘sh   masofa   kamida   2   m   bo‘lganda   va
daraxtlarning   eni   1,5   m   bo‘lsa,   demak   qator   orasi   3,5   m   bo‘lishi   lozim.   Qator
oralari   bundan   kam   bo‘lsa,   mexanizatsiya   ishlari   daraxtlar   ustidan   yurib
ishlaydigan portal traktor yordamida amalga oshiriladi. Bog‘ga ko‘chat ekiladigan
maydon   ekishga   tayyor   bo‘lgandan   so‘ng   bog‘ning   turiga   qarab   rejalanadi.   Erkin
usulda   shakllanadigan   bog‘lar   an’anaviy   usulda   rejalanadi   va   chuqurlari   NKYA-
100   burg‘usida   kovlanadi.   Ko‘chatlarni   ekishdan   oldin   ildizlari   maxsus
tayyorlangan shatmoqqa botirib olinadi (go‘ng+tuproq+fungitsid-okaritsid+suv) va
ildiz bo‘g‘izi (ulangan joy) tuproq yuzasidan 5-10 sm yuqori qilib ekiladi. Ekilgan
ko‘chatlarning   atrofi   lagansimon   qilib   ochiladi   va   ikki   tomonidan   sug‘oriladigan
jo‘yaklar bilan birlashtiriladi. 
36 Sug‘organda   suv   jo‘yakdan   lagansimon   chuqurlarga   kiradi   va   ko‘chatni
hamma   taraflama   namlanishini   ta’min   etadi.   Lagansimon   chuqur   qilinayotganda
daraxtning   tanasi   15-20   sm   balandlikda   ko‘mmalanadi.   Sug‘orish   ekib   bo‘lish
bilan  bir   vaqtda   boshlanadi.   Ekilgan  ko‘chatlar   kuzda   ekilsa   kesilmagani   ma’qul.
Zamonaviy   pakana   bo‘yli   payvandtagga   ulangan,   qatordagi   daraxtlarning   orasi
juda   yaqin   0,6-1,2   m   bo‘lgan   bog‘larni   sug‘orish   uchun   tomchilatib   sug‘orish
tavsiya etiladi. Bu ildiz tizimini yoyilishini cheklaydi va ularni tanasi atrofida zich
joylashishga   majbur   etadi.   Tomchilatib   sug‘orish   tizimi   orqali   barcha   ozuqani
berish   (feriktatsiya)   amalga   oshiriladi   va   daraxt   oziqani   tuproqdan   erigan   holda
oladi, bu ildiz tizimini ma’lum joyda shakillanishini ta’minlaydi. 
Tomchilatib   sug‘organda   asosan   tomchi   ma’lum   yerga   tushadi   va   uning
atrofini,   chuqurligini,   tuproq   sharoitidan   kelib   chiqqan   holda   ma’lum   miqdorda
namlaydi.   Tomchi   doimiy   namlangan   y erda   daraxning   so‘ruvchi   ildizlarini
jamlanishiga   olib   keladi.   Shu   tariqa   zamonaviy   intensiv   bog‘larda   ildiz   tizimi
tarqalishini kerakli usulda boshqarish mumkin. Tomchilatib sug‘orish ayniqsa suv
tanqis,   lalmi   va   adir   erlarda   samarali   bo‘lib   erni   tekislashga   extiyoj   qoldirmaydi.
Intensiv   bog‘lardan   erta   va   mo‘l   sifatli   hosil   hosil   olish   uchun   joydan,   tuproq   va
suv   sharoitidan   kelib   chiqib   puxta   o‘ylangan   differensiyalashgan   agrotexnik
tadbirlarni o‘tkazish lozim. 
Intensiv  bog‘larda ishlov  berish  jarayonlari   osonlashadi,  sifati   ortadi   va  ish
jarayonlarini   mexanizatsiyalash   yuqori   darajada   bo‘ladi.   Qatordagi   daraxtlar
oralarini   begona   o‘tlar   bosmasligi   uchun   yoshiga   qarab   40-80   sm   kenglikda   erta
bahorda   gerbitsidlar   bilan   ishlov   berilsa   ancha   samarali   bo‘ladi.   Zamonaviy
intensiv bog‘lardagi daraxtlar qator oralari chim o‘t bilan qoplangan bo‘lsa, ularni
bo‘yi   20-25  sm   ga yetganda  maxsus   o‘t   maydalagich  bilan o‘rib  maydalab,  qator
orasiga   tashlab   ketiladi.   Kelgusida   u   chirib,   tuproq   tarkibida   chirindi   miqdorini
oshirishga   omil   bo‘ladi.   Bir   yil   davomida   o‘tlarning   o‘sishiga   qarab   2-4   marta
o‘riladi.   Oxirgi   o‘rimi   iloji   boricha   tuproq   qatlamiga   yaqinroq   qilib   o‘rish
maqsadga   muvofiq.   Bunda   zararkunanda   va   kasalliklar   qishlash   makonini   iloji
boricha kamaytirgan bo‘ladi. SHu bilan birga daraxtlar qator orasidagi tuproqni har
37 xil   emirilishdan   saqlaydi.   Intesiv   bog‘lar   ilg‘or   agrotexnika   usullarini   (suv-oziqa
rejimi,   mevali   daraxtlarga   maxsus   shakl   berish   va   butashni)   qo‘llashni   hamda
ishlab   chiqarish   jarayonlarini   kompleks   mexanizatsiyalashtirilganligi   sababli–
sanoatlashgan  bog‘ga  asos  bo‘lib,  mevaning  shakli,  rangi   va  ta’mi   jahon  standart
talablariga   to‘la   javob   beradi,   mehnat   sarfi   kam,   mahsulot   tannarhi   past   bo‘ladi.
Intensiv   bog‘dorchilikda   klasterlarni   tashkil   etish   sohani   jadal   rivojlantirishga
hamda O‘zbekistonning eksport salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
38 II-BOB. TOG‘OLDI TEKISLIKLARI TABIIY SHAROITINING QISHLOQ
XO’JALIGI VA INTENSIV BOG’DORCHILIKNI TASHKIL ETISHDAGI
AHAMIYATI
2.1-§.Tabiiy sharoitning tog‘oldi tekisliklar hamda yoyilmalarni vujudga
kelishi va barqaror rivojlanishiga ta’siri
O‘rta   Zarafshon   yirik   Zarafshon   daryosi   havzasining   o‘rta   qismida
joylashgan   bo‘lib,   u   kelib   chiqish   tarixiga   ko‘ra   tektonik   sinklinal   cho‘kma
hisoblanadi.   O‘rta   Zarafshon   shimol   tomondan   G‘o‘bdintog‘-Qaroqchitog‘-
Oqtog‘-Qoratog‘   va   janubdan   esa   CHaqilkalon-Qoratepa-Zirabuloq-Ziyovuddin
kabi uncha baland bo‘lmagan tog‘lar bilan chegaralangan bo‘lib, sharqdan g‘arbga
200-220   km   ga   cho‘zilgan.   O‘rta   Zarafshonning   umumiy   maydoni   13570,52   km 2
ga teng bo‘lib, havzaning o‘rtacha kengligi 70 km ni tashkil etadi. Eng keng joyi
Samarqand   shahri   atroflariga   to‘g‘ri   kelib,   g‘arbga   borgan   sari   torayib   boradi.
Hazar   qishlog‘i   yaqinida   kengligi   8-10   km   keladigan   Hazar   yo‘lagi   Quyi
Zarafshon   bilan   tutashtirib   turadi.   O‘rta   Zarafshon   havzasi   ma’muriy   jihatdan
asosan   Samarqand   viloyatiga   va   qolgan   qismlari   Jizzax   hamda   Navoiy
viloyatlariga qaraydi.
Ishda   qo‘llaniladigan   ayrim   ilmiy   tushunchalar   ta’rifi.   Adirlar   O‘rta
Osiyo, jumladan O‘zbekiston va unga qo‘shni bo‘lgan hududlarda keng tarqalgan,
shuning   uchun   uning   mazmuni   va   mohiyatiga   doir   turli   ta’riflar   va   talqinlar
mavjud.   Bunday   talqinlarga     adir,   adir   mintaqasi,   adir   landshaftlari,   adirlarning
landshaft-ekologik sharoiti kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Konussimon yoyilma   - mayda va yirik yotqiziqlar ustida, keskin arid iqlim
sharoitda vujudga kelgan va shakllangan tabiiy sharoiti juda qulay hududlar bo‘lib,
ular ancha yosh geosistemalardir, ularning yer yuzasi quyi qismida yuqori qismiga
tomon   ko‘tarilib   boradi   ( 4-ilovaga   qarang ).   Konussimon   yoyilmalar   qishloq
xo‘jaligi   maqsadlarida   foydalanish   uchun   juda   qulay   hududlar   bo‘lib,   ular   xalq
39 xo‘jaligida   juda   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Konussimon   yoyilmalar   issiqlik
resurslariga, yer usti va yer osti suvlariga boy, tuproq qoplami yaxshi shakllangan,
ularni   o‘zlashtirish   uchun   qulay   bo‘lib,   barcha   agrotexnik   talablarga   mos   keladi.
SHuning   uchun   ular   qadimdan   inson   xo‘jalik   faoliyati   ta’sirida   o‘zlashtirilib
kelingan.   Konussimon   yoyilmalar   O‘rta   Zarafshon   havzasida   keng   tarqalgan.
Jumladan,  CHaqilkalon, Qoratepa, Oqtog‘ va Qoratog‘da ular yaxshi rivojlangan .
Tog‘ oldi (prolyuvial) tekislik -   arid va yarimarid iqlim sharoitida tog‘oldi
hududlarda tub jinslarning nurashidan hosil bo‘lgan mahsulotlarni yomg‘ir va qor
suvlari   tog‘   yonbag‘irlaridan   oqizib   tushib,   tog‘   etagida   to‘llanishidan   paydo
bo‘lgan   relyef   shakli. Bu tushunchaning bir qancha sinonimlari mavjud. Masalan,
tog‘oldi tekislik, qiya tekislik, prolyuvial tekislik, bel, pediment kabilar bir-biriga
sinonim tarzda qo‘llaniladi 
Tog‘oldi   tekisligi   –   tog‘larga   tutash   qiya   tekislikdir.   Ular   akkumulyativ   va
denudatsion   xillarga   ajratiladi.   Akkumulyativ   tog‘   oldi   tekisliklari   konus
yoyilmalarining   allyuvial   va   prolyuvial   yotqiziqlari   usti   shakllanadi.   Denudatsion
tog‘oldi   tekisliklari   esa   tog‘lar   va   platolarning   qiyaligi   kichik   (3-5 0
)   bo‘lgan,   tub
jinslardan tuzilgan yonbag‘irlarida shakllanadi. YUmshoq yoki kam sementlashgan
tog‘   jinslari   bilan   qoplangan   tog‘oldi   tekisliklariga   sinonim   sifatida   pediment
termini   ham   ishlatiladi.   O‘rta   Zarafshon   havzasidagi   tog‘larning   barchasining
yonbag‘irlari tog‘oldi tekisliklari bilan tutashgan. Tog‘oldi tekisliklari asosan ikki
xil   bo‘ladi:   1)   erozion-akkumulyativ;   2)akkumulyativ-erozion-akkumulyativ.
Dissertatsiyaning   keyingi   paragraflarida   havzadagi   tog‘oldi   tekisliklarga   batafsil
to‘xtalib o‘tishga harakat qilamiz .
Pedimentlar   ham   tog‘oldi   tekisligining   sinonimi   sifatida   ishlatilib,   ularning
yonbag‘irlar   denudatsiya   va   nurash   mahsulotlarining   gravitatsion   jarayonlar
ta’sirida   siljishi,   yuzaning   shamol   va   suv   ta’sirida   emirilishi   natijasida   parallel
siljishi oqibatida yuzaga keladi. Pedimentlarning bo‘ylama profili eroziya bazisi va
denudatsiya natijasida paydo bo‘ladi. Odatda yonbag‘irlar undagi materiallarni faol
tarzda   olib   ketilishi   natijasida   (daryolar   yordamida)   pedimentlar   (tog‘oldi
tekisliklariga   -   “pedestal   gor”)   ga   aylanadi.   Agar   tog‘   yonbag‘irlari   bir   qancha
40 tektonik   bukilmalarga   ega   bo‘lsa,   pog‘onali   pedimentlar   (tog‘oldi   tekisliklar)
yuzaga keladi. Bunda eng yosh pediment eng quyidagisi, yuqoridagilari esa yoshi
kattaroq bo‘ladi .   Bel  atamasi  mo‘g‘ul  tilidan olingan bo‘lib, eng so‘nggi tektonik
tizmalarning   sekin   harakatlari   bilan   relyefda   ifodalangan,   deformatsiyalar
natijasida   hosil   bo‘lgan   tuzilma   (tog‘oldi   tekisligi)   yer   yuzasi   qiya   tuzilishga   ega
bo‘lgan denudatsion tekislik. Bel geomorfologik tushuncha bo‘lib, O‘rta Zarafshon
havzasidagi   Oqtog‘   hududida   (Qo‘shrabot   tumanining   Rabot   va   SHamolli
qishloqlari hamda Ishtixon tumanining Zarband qishlog‘i oralig‘i) gi yassi tekislik
“bel” deb nomlanadi.
O‘zbekiston   hududida   keng   tarqalgan   va   rang-barang   manzaralarga   ega
bo‘lgan   tabiiy   va   antropogen   landshaftlarning   vujudga   kelishi,   shakllanishi,
barqaror   rivojlanishi,   morfologik   sturukturasi,   antropogen   va   texnogen   omillar
ta’sirida   o‘zlashtirilganlik   darajasi,   xalq   xo‘jaligi   tarmoqlarida   foydalanilishi,
geoekologik   vaziyatlari   va   boshqa   xususiyatlari   bilan   bir-biridan   farq   qiladi.
Mavjud   bo‘lgan   tabiiy   va   antropogen   landshaftlar   orasida   vujudga   kelishi,
shakllanishi, dinamik sur’atda rivojlanib borishi, morfologik strukturasining tarkib
topishi daryo va soy hamda sel  oqimlari keltirgan allyuvial-prolyuvial yotqiziqlar
bilan bog‘liq bo‘lgan tog‘oldi tekislik landshaftlar ham alohida o‘rin egallaydi. 
Tog‘oldi   tekisliklari   yotqiziqlari   kelib   chiqishi   bevosita   tevarak   atrofdagi
tog‘lar   bilan   chambarchas   bog‘liqdir.   O‘rta   Zarafshonni   CHaqilqalon,   Qoratepa,
G‘o‘bdintog‘i, Oqtog‘ tizmasi, Zirabuloq va  Ziyovuddin tog‘lari, Qorachatog‘  va
Qoratog‘   tizmalari   o‘rab   turadi.   Quyida   O‘rta   Zarafshon   hududidagi   tog‘oldi
tekislik landshaftlariga umumiy tavsif berib o‘tamiz.
Chaqilqalon   va   Qoratepa   tog‘lari   etaklaridagi   prolyuvial-allyuvial
yotqiziqli   tekisliklar   landshafti.   Landshaft   sharqda   Tojikiston   Respublikasi
g‘arbda Eski  Anhor  kanaliga qadar  tog‘lar  yonidagi  hududni  egallaydi. SHimoliy
chegara   Dorg‘om   kanali   orqali   o‘tadi.   Prolyuvial   yotqiziqlar   qalinligi   20-140
metrni   tashkil   qiladi   (Tetyuxin,   1978).   Landshaftning   CHep,   Mo‘minobod,
CHumchuqli   qishloqlari   joylashgan   sharqiy   qismi   to‘lqinsimon   yuzadan   iborat
bo‘lib, chuqur jarliklar yoqalarida neogen davrining glinalari, konglomeratlari yer
41 yuziga chiqib yotadi.  Mutloq balandlik 900-950 m, g‘arbiy qismida u 600-650 m ni
tashkil qiladi. Yillik yog‘in miqdori landshaftning g‘arbiy qismida 340-350 mm, u
sharqqa tomon ko‘payib 480-490 mm ga etadi. 
Tog‘lar   etagida   to‘lqinsimon   tekisliklardagi   yosh   yoyilmalar   kompleksi.
Prolyuvial   yotqiziqlar   yirik   soylar   mansabida   konussimon   shaklda   yotqizilgan
bo‘lib,   ularning   uzunligi   5-7   km,   eni   4-5   km   ga   cho‘zilgan.   YOsh   yoyilmalar
G.F.Tetyuxin   (1978)   fikricha   to‘rtlamchi   davr   boshlarida   shakllana   boshlagan   va
ular   yoshi   bo‘yicha   Zarafshon   daryosining   I-II   terrasalari   yoshiga   teng.
CHaqilqalon va Qoratepa tog‘lari etaklarida hamma qishloqlar yosh yoyilmalarda
joylashgan.   Suv   etishmasligidan   ko‘p   yer lar   yaylov   sifatida   foydalaniladi.
Landshaftning   yog‘in   kam   tushadigan   g‘arbiy   qismlarida   tipik   bo‘z   tuproqlar
ustida   shuvoq,   yantoq,   jinjak   aralash   efemer   va   efemeroidlar   tarqalgan.   YOg‘in
ko‘p   tushadigan   sharqiy   qismlarida   tipik   va   to‘q   tusli   bo‘z   tuproqlar   ustida
bug‘doyiq, eremirus  – qo‘ng‘irbosh, aralash shuvoq va bug‘doyiq, shuvoq aralash
rang   o‘simliklar   guruhlari   rivojlangan.   Yosh   yoyilmalarda   quyidagi   urochishelar
ko‘p   uchraydi:   1)   konussimon   tekis   yuzalar;   2)   qirlar   o‘rtasidagi   keng   maydonli
tekis   yuzalar;   3)   to‘lqinsimon   tekis   yuzalar;   4)   yassi   tepali   qirlar;   5)   soylar;   6)
jarlar.
Tekis   yuzali   qadimgi   yoyilmalar   kompleksi.   Bu   yosh   yoyilmalardan
pastroqdagi   tekis   yuzalarni   egallaydi,   yosh   jihatdan   Zarafshon   daryosining   III
terrasasiga   to‘g‘ri   keladi   va   G.F.Tetyuxin   (1978)   fikricha,   yuqori   to‘rtlamchi
davrda shakllangan. YOtqiziqlar lessimon jinslardan, qum aralash sozlardan iborat
bo‘lib, tarkibida mayda toshchalar ko‘p. Turli mexanik tarkibli tipik bo‘z tuproqlar
keng tarqalgan. Eng sharqiy qismida ba’zi tepaliklarning shimoliy yon bag‘irlarida
to‘q   bo‘z   tuproqlar   ham   uchraydi.   CHaqilqalon   tog‘lari   etaklarida   qadimgi
yoyilmalar  sug‘orma  dehqonchilik  uchun  deyarlik  to‘liq  o‘zlashtirilgan.  Qoratepa
tog‘lari   etaklarida   esa   20%   ga   yaqin   yer lar   o‘zlashtirilgan.   Quyidagi   tipdagi
urochishelar katta maydonni egallaydi: 1) sug‘oriladigan to‘q va tipik bo‘z tuproqli
to‘lqinsimon   tekisliklar;   2)   tipik   bo‘z   tuproqli   yassi   tekisliklar;   3)   jarliklar;   4)
quruq soylar.
42 Dorg‘om   va   Eski   Anhor   kanallari   yoni   teksliklar   kompleksi   -   “joy”   .   Bu
“joy”   ichki   morfologik   tuzilishi   bilan   qadimgi   yoyilma   tekisligidan   keskin   farq
qiladi   va   uning   shakllanishida   inson   faoliyatining   hissasi   katta.   Kanallar
atroflaridagi   g‘ovak   lessimon   jinslar   suvda   tez   yuviladi,   natijada   vaqtincha   va
doimiy   oqar   suvlar   faoliyati   bilan   turli   kattalikda   erozion   shakllar   hosil   bo‘lgan.
Dorg‘om   kanali   yonida   jarlar   Dashtiso‘xt   qishlog‘idan   Eski   Anhor   kanali
boshlanadigan tugunga qadar 12-14 km uzunlikdagi  yer larda eng ko‘p rivojlangan.
Jarlar   chuqurligi   3-8,   ba’zan   10   metrga   etadi.   Bu   “joy”da   quyidagi   tipdagi
urochishelar  ko‘p tarqalgan: 1) jarlarning boshlanish qismidagi to‘lqinsimon tekis
yuza;   2)   yonbag‘irlarini   chim   qoplagan   eski   jarlar;   3)   yangi   jarlar;   4)jarlar
o‘rtasidagi   qoldiq   tepalar;   5)   kanallar   va   ariqlar.   Keyingi   yillarda   jarliklar
tekislanib turli ekinlar ekishda foydalanilmoqda. Kanallardan motorlar yordamida
suv   chiqarilib   sug‘orma   dehqonchilik   qilinmoqda.   Bu   kanallar   yonida   yangi
jarlarni hosil bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Prolyuvial   va   allyuvial   yotqiziqlardagi   Ulus   landshafti.   Bu   landshaftni
L.A.Alibekov (1982) Ulus tog‘ oldi tekislik landshafti deb atagan. Uning sharqdagi
chegarasi   Eski   Anhor   kanali,   g‘arbiy   chegarasi   Zirabuloq   tog‘lariga   taqaladi.
Landshaftning   asosi   Zirabuloq   va   Qoratepa   tog‘lari   o‘rtasidagi   tektonik   bukilma
bo‘lib   paleozoy   jinslari   600   metr   chuqurlikkacha   uchraydi.   Uning   ustini   bo‘r   va
paleogen   va   neogen   yotqiziqlari   qoplagan.   To‘rtlamchi   davr   yotqiziqlari   less   va
lessimon jinslardan iborat bo‘lib, ularning qalinligi 10-15 metr, ba’zi joylarda 50-
70   metrni   tashkil   qiladi.   Landshaft   yuzasi   qir   va   chuqurliklardan   iborat
to‘lqinsimon   adir   ko‘rinishiga   ega.   Umumiy   qiyalik   Zarafshon   daryosi   tomon
yo‘nalgan. Qirlarning tepalari keng to‘lqinsimon suvayirg‘ich yuza bo‘lib soyliklar
tagidan 4-5, ba’zan 8-10 metr ko‘tarilib turadi. YOnbag‘irlar qiyaligi 2-3 0
 dan 5-8 0
gacha   etadi.   Soyliklar   taglaridan   zovurlar   qazilgan,   oqova   suvlar   zovurlarga
to‘planadi, ular qo‘shilib bosh zovur orqali Zarafshon daryosiga quyiladi. O‘rtacha
yog‘in miqdori 340-350 mm. Sug‘orma dehqonchilik rivojlangan hududlarda grunt
suvlarining sho‘rligi oshib iste’molga yaroqsiz holga etgan (2-3 g/l). Aholi ichish
uchun   asosan   artezian   suvlaridan   foydalanadi.   Nagornaya   stansiyasi   yonida   569
metr   chuqurlikda   shifobaxsh   mineral   suv   topilgan.   Landshaft   uchta   “joylar”dan
43 iborat: a) Eski Anhor kanalining g‘arbidagi tekisliklar; b) SHarvotsoy havzasidagi
kuchli   to‘lqinsimon   tekislik;   v)   Kattaqo‘rg‘on   suv   ombori   atroflaridagi
to‘lqinsimon tekisliklar.
Kattaqo‘rg‘on   suv   ombori   atrofidagi   to‘lqinsimon   tekislikli   kompleks.   Bu
joy   Kattaqo‘rg‘on   suv   omboridan   janubda   Zirabuloq   tog‘larigacha   bo‘lgan   katta
maydonni     egallaydi.   Kattaqo‘rg‘on   suv   ombori   dengiz   sathidan   508   metr
balandlikda   joylashgan.   Zirabuloq   tog‘larining   davomi   hisoblangan   Qo‘shdara   va
Ayribeltog‘ qirlarining balandligi 700-760 m. Suv ombori tomon yo‘nalgan qator
soylik   va   qirlar   to‘lqinsimon   relyef ni   hosil   qiladi.   “Joyning”   asosi   mayda   tosh
aralash   lessimon   jinslar   va   qumlardan   tuzilgan.   Lalmikor   yer larda   skeletli,   kam
gumusli   tipik   bo‘z   tuproqlar   tarqalgan.   Suv   ombori   sohillarida   sug‘orma
dehqonchilik   rivojlangan   (Hasanov,   2006).   YAylov   o‘simliklari   yantoq-shuvoq
aralash   efemer   va   efemeroidlardan   tarkib   topgan.   Asosiy   urochishelari:   1)
soyliklar;   2)   qirlar;   3)   suv   ombori   atrofidagi   yangi   loyqa   bosgan   yer lar;   4)   kam
parchalangan tekis yuzalar.
G‘o‘bdintog‘   va   Qorachatog‘   etaklaridagi   prolyuvial,   delyuvial   va
alyuvial   yotqiziqli   tekisliklar .   Landshaft   700-900   metr   balandlikda   joylashgan
bo‘lib,   tog‘lardan   keladigan   erazion   shakllar   bilan   turli   darajada   parchalangan.
Doimo suv oqib turadigan yirik soylarda (Quruqsoy, To‘sinsoy, Oqtepasoy) qayir
va   terrasalar   mavjud.   Parchalanish   xarakteri ,   qiyaligi   va   yoshi   bo‘yicha   tog‘   oldi
tekisliklari   ikkita   joylarga   bo‘linadi:   1)   tog‘   yonbag‘riga   tutashgan   kuchli
parchalangan   tekisliklar;   2)   daryo   terrasasiga   tutashgan,   nisbatan   kam
parchalangan tekisliklar.
Tog‘ yonbag‘riga tutashgan tekisliklar kompleksi. Zarafshon daryosi tomon
o‘rtacha 2-4 0
  qiyalikka ega. Tekisliklar  yuzasi  meridianal yo‘nalishdagi  bir - biriga
parallel   quruq   soylar,   jilg‘alar   bilan   kuchli   parchalangan.   Paleozoy   asosning
chuqurligi   tog‘dan   daryo   tomon   oshib   boradi.   Paleozoy   jinslar   ustida   yotgan
paleogen   va   neogen   davrlarining   qumtosh,   konglomerat,   sozlari   G‘o‘bdintog‘
etagidagi ba’zi soylar, jarliklar yoqalarida  yer  yuziga chiqib turadi. Tekislikda turli
mexanik   tarkibli   tipik   bo‘z   tuproqlar   keng   tarqalgan.   SHuvoq,   qo‘ziquloq,
oqquvray   aralash   qo‘ng‘irbosh,   qorabosh   o‘simliklar   assotsiyasiyalari   ko‘p
44 uchraydi. Quyidagi urochishelar asosiy ko‘rinishni tashkil qiladi: 1) yirik terrasali
suvli soylar; 2) quruq soylar; 3)jarlar; 4) soylar o‘rtasidagi qirlar.
Daryo   terrasasiga   tut a shgan   tekisliklar   kompleksi.   Qalin   (15-20   m)
lyossimon   jinslar   bilan   qoplangan   bo‘lib,   bu   yotqiziq lar   qisman   III   terrasa   ustini
ham qoplab turadi. YUqoridan keladigan suvli yirik soylar (To‘sinsoy, Oqtepasoy,
Qorasuvsoy) kengayib keng vodiy hosil qiladi. Oqtepasoyning birinchi va ikkinchi
terrasalari kengligi 1-2 km ga etadi. Bu yirik soylarda  aholi zich yashaydi va yirik
qishloqlar ko‘p. YOzda qurib qoladigan soylar  va kichik jilg‘alar  keng tarqalgan.
Bu   “joy”   hududida   paleogen   va   neogen   jinslar   20-30   metr   chuqurlikda   yotadi.
Hududda   qariyib   40   %   yer lar   sug‘orma   dehqonchilikda   foydalaniladi,   qolgan
yer larning  ham  asosiy   qismi   lalmi   dehqonchilikda  ishlatiladi.  YUmshoq   mexanik
tarkibli   qalin   tipik   bo‘z   tuproqlar   80   %   maydonni   egallaydi.   Qolgan   20   %   yer lar
soylardagi   yupqa   toshloq   bo‘z   tuproqlarga   to‘g‘ri   keladi.   Asosiy   urochishelar
sifatida   quyidagilarni   ko‘rsatish   mumkin:   1)   to‘lqinsimon   tekis   yuzalar;   2)   yirik
suvli   soylar;   3)   quruq   soylar;   4)   jarlar;   5)   soyliklar   o‘rtasida   tepaliklar.   Bu   “joy”
kelajakda sug‘orma dehqonchilik uchun eng istiqbolli  yer lar hisoblanadi.
Zirabuloq   va   Ziyovuddin   tog‘lari   etaklaridagi   prolyuvial   va   delyuvial
yotqiziqli   tekisliklar.   Landshaft   har   ikkala   tog‘larning   shimoliy   yonbag‘irlari
bo‘ylab   to‘lqinsimon   ko‘rinishda   cho‘zilib   ketgan   tog‘   oldi   tekisligini   egallaydi.
Tekislikning g‘arbiy qismida mutloq balandlik 300-350 m, sharqiy qismida -530-
550   m.   Landshaftning   asosini   bo‘r   va   paleogen   davrlarning   ohaktoshlari,
alevritlari, qumtoshlari, gillari va konglomeratlari tashkil qiladi. Ular ko‘p joylarda
soylar   va   qirlar   yonbag‘irlarida   yer   betiga   chiqib   yotadi.   Bu   yotqiziqlar   usti   soz
aralash   toshloq   prolyuvial   materiallar   bilan   qoplangan   bo‘lib,   qalinligi   ba’zi
joylarda 10-15 metrga etadi. Navoiy shahridan janubda temir yo‘ldan tog‘ tomonga
o‘tishi bilan paleogen ohaktoshlarning  yer  betiga chiqib yotganini ko‘rish mumkin.
Zirabuloq   va   Ziyovuddin   tog‘larining   baland   emasligi   va   ularning   kenglik
bo‘ylab   cho‘zilganligi,   hamda   tog‘lar   atroflari   suvda   yaxshi   eriydigan   va   o‘zidan
suvni   yaxshi   o‘tkazib   yuboradigan   jinslar   bilan   qoplanganligi   uchun   tog‘lar
yonbag‘ri va etaklarida suvli soylar deyarli yo‘q. (Doraytutsoydan tashqari). Tog‘
etaklarida suv o‘tkazmaydigan qatlamlar ham chuqurda joylashganligi sababli yirik
45 buloqlar   ham   yo‘q.   Tog‘ning   baland   qismlarida   granit   massividagi   mayda   buloq
suvlari   tog‘   oldi   tekisligiga   etib   kelmaydi.   Lekin,   vaqtinchalik   oqadigan   suvlar
bilan   tog‘   oldi   tekisliklari,   ayniqsa,   Zirabuloq   tog‘lari   etaklari   juda   kuchli
parchalangan.   Soylarning   chuqurligi   3-5   metr   bo‘lib,   ikki   soy   orasidagi   masofa
ham katta emas (10-15 metr). Tog‘dan   2-4 km uzoqlashgach soylar sayozlashadi,
qirlar   pasayib   yassilanadi   va   yer   yuzasi   bilinar-bilinmas   to‘lqinsimon   ko‘rinishni
oladi.
YOg‘in miqdori g‘arbdan sharqqa tomon ko‘payib boradi. Masalan, 177 mm
(Navoiy),   166   mm   (Qarnob),   282   mm   (Kattaqo‘rg‘on).   Landshaftning   g‘arbidan
sharqiy qismiga  qaraganda  yog‘in miqdori   100 mm   dan ortiq ligi   ko‘rinib turibdi.
Ziyovuddin   tog‘lari   atrofidagi   tog‘   oldi   tekisliklarida   sur-qo‘ng‘ir   va   och   bo‘z
tuproqlar   rivojlangan.   O‘simlik   qoplami   shuvoq   efemerli,   iris-qorabosh   efemerli,
shuvoq,   mingbosh - singren   aralash   cho‘l   o‘simliklaridan   tarkib   topgan.   Zirabuloq
tog‘lari   etaklarida   asosan   toshloq   och   bo‘z   tuproqlar   tarqalgan   bo‘lib ,   ularning
tarkibida karbonatlar va gips ancha ko‘p. 
Oqtog‘   va   Qoratog‘   tizmalari   janubiy   yonbag‘ridagi   prolyuvial   va
delyuvial yotqiziqli tekisliklar.   Bu tekisliklar kelib chiqishi va tuzilishi bo‘yicha
Qorachatog‘ va G‘o‘bdintog‘ tizmalarining tog‘ oldi tekisliklariga o‘xshash. Lekin
ulardan   farq   qilib   turuvchi   xususiyatlari   bor.   Birinchidan   paleozoy   asos   bu   yerda
yer yuziga ancha yaqin etadi  va ba’zi  joylarda yer yuziga chiqib turadi. Masalan,
Uchqora   qishlog‘i   yonidagi   qirlar,   Oqsoqolota   soyining   quyi   qismidagi   katta
granitli   batolit,   Sarmich   soyi   deltasi   yonidagi   Vaush   tog‘lari   va   boshq.   Ikkinchi
farqi   landshaftda   doimo   suv   oqib   turadigan,   o‘ndan   ortiq   yirik   soylar   mavjud.
Uchinchi   farqi   G‘o‘bdintog‘   va   Qorachatog‘   tog‘   oldi   tekisliklariga   nisbatan
Oqtog‘   va   Qoratog‘   tizmasi   etaklarida   yog‘in   miqdori   70-120   mm     kam   tushadi.
Havo   harorati   +5 0  
-   +   10 0
  dan   ortiq   iliq   kunlar   yig‘indisi   10-15   kun   ko‘proq.
Namlik   va   issiqlikdagi   bu   ko‘rsatgich   farqlar   dehqonchilik   mahsulotlarini   12-15
kun   oldin   yetishtirishga   yordam   beradi.   Issiqlik   ko‘p   talab   qiladigan   mashhur
Uchqora,   Oltinsoy   qora   mayizlari   ham   Oqtog‘ning   shu   janubiy   yonbag‘rida
etishtiriladi. Oqtog‘ va Qoratoq etaklaridagi tekislik ham ikkita “joylar”dan iborat:
1) tog‘ yonbag‘iriga tutash tekisliklar (a); 2) daryo terrasasiga tutash tekisliklar (b).
46 Tog‘   yonbag‘riga   tutash   tekisliklar   kompleksi   suvli   va   suvsiz   soylar   bilan
kuchli parchalangan.   Ko‘p suvli  soylar chuqurligi  6-15 metr bo‘lib, ularda ikkita,
ba’zan uchta terrasalar mavjud. Terrasalar tog‘dan daryo tomon kengayib boradi va
qishloqlar shu terrasalarda joylashgan. Oqtog‘ning janubiy yonbag‘ridagi tog‘ oldi
tekisliklarini   quyidagi   yirik   suvli   soylar   kesib   o‘tadi:   Zarbandsoy,   Andoqsoy,
Burgansoy,   Jizmansoy,   Maydonsoy,   Oltinsoy,   SHarilloqsoy,   Takaboysoy,
Ko‘ksaroysoy   va   boshq.   Bu   soylarning   morfometrik   tavsifi   va   suv   xarajati
ko‘rsatgichlari A.S.Saidov (1972) ishlarida berilgan. Ba’zi soylarning uzunligi 20-
25   km   bo‘lib   bo‘lib,   havza   maydoni   30   km 2
  dan     270   km 2
  gacha   (Tosmachisoy-
Burgansoy)   etadi.   Jala   yog‘inlar   paytida   soylardan   katta   sel   oqimlari   keladi.
Skeletli   tipik   va   och   bo‘z   tuproqlar   tarqalgan   tipik ,   bo‘z   tuproqlarning   yuqori
qatlamida   gumus   miqdori   1,5-2,0   %,   och   bo‘z   tuproqlarda   1,2   %   gacha   bo‘ladi.
(Butskov,   Muraveva,   1965).   O‘simliklari   oqquvr a y,   shuvoq,   qo‘ziquloq   aralash
efemeroidlar guruhlaridan tarkib topgan. Asosan qoraqo‘l qo‘ylarga yaylov sifatida
va lalmikor dehqonchilikda foydalaniladi. 
Daryo terrasasiga tutash tekisliklar kompleksi – “joy” (b). Zarafshon daryosi
terrasalariga tutashib ketgan bu tekislik yuzasi katta- kichik soylar, jarlar bilan turli
darajada   parchalangan.   Kichik   soylar   uchun   erozi ya   bazis i   Zarafshon   daryosi   va
katta soylar  hisoblanadi.  Katta soylar  Zarafshon  daryosi  tomon yo‘nalgan va  ular
orqali   keltirilgan   materiallar   terrasalar   ustida   konussimon   yoyilmalar   shaklda
yotqizilgan. Katta soylar qirg‘oqlari mayda jarsimon soychalar bilan parchalangan.
 
2.2-§. Tog‘oldi tekisliklarida q ishloq xo‘jaligini rivojlantirishning landshaft
omili
Har   qanday   mustaqil   davlat   uchun   oziq-ovqat   xavfsizligi   va   aholisini
barqaror oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash muhim masala bo‘lib qolaveradi.
Ma’lumki, sug‘oriladigan hududlar sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlari rivojlanishi
va   hosildorligiga   ta’sir   etuvchi   asosiy   iqlimiy   omillar–issiqlik   bo‘lib   hisoblanadi,
chunki namlik o‘z vaqtida o‘simlikning talabiga muvofiq sug‘orish ishlari bo‘yicha
47 amalga oshiriladi 
Hozirgi   kunda   Respublikamiz   qishloq   xo‘jaligi   tasarrufidagi   yer lar   20,236
mln   ga   dan   ortiq,   shundan   haydalanadigan   yer lar   3,988   mln   ga,   ko‘p   yillik
daraxtzorlar 383,1 ming ga, bo‘z  yer lar 76 ming ga, pichanzor va yaylovlar 11,028
mln   ga   va   boshqa   yer lar   4,760   mln   ga   ni   tashkil   etadi.   So‘nggi   yillarda
respublikamiz   aholisining   yuqori   suratlar   bilan   o‘sib   borishi,   qishloq   xo‘jalik
yer larining   boshqa   toifaga   o‘tkazilishi   va   global   iqlim   o‘zgarishi   ta’sirining
keskinlashuvi   oqibatida   keyingi   15   yilda   aholi   jon   boshiga   to‘g‘ri   keladigan
sug‘oriladigan   yer   maydonlari o‘lchami 24% ga, ya’ni 0,23 ga dan 0,16 ga gacha,
o‘rtacha   yillik   suv   ta’minoti   darajasi   esa   3,048   ming   m 3
  dan   158,9   m 3
  gacha
qisqardi   (Qishloq   xo‘jaligida   yer   va   suv   resurslaridan   samarali   foydalanish
konsepsiyasi).   YUqoridagi   yer larda   turli   xildagi   qishloq   xo‘jalik   mahsulotlari
etishtirilib, iqtisodiyotini rivojlanishiga va yalpi milliy daromadni oshishiga sabab
bo‘lmoqda.
O‘zbekistonning qishloq aholisi soni va shahar aholisiga nisbati vaqt o‘tgan
sari pasaymoqda, ya’ni urbanizatsiyalashgan hududlarning maydoni oshib, qishloq
aholi   manzilgohlarining   ulushi   kamaymoqda.   Masalan,   1897   yildagi   aholini
ro‘yxatga   olish   natijasiga   ko‘ra   O‘zbekiston   hududida   qishloq   aholisining   ulushi
90%   ga   yaqin   bo‘lgan,   2015   yilga   ko‘ra   qishloq   aholisi   ulushi   45%   ga   tushdi.
SHuningdek, qishloq xo‘jaligi bilan bandlik darajasi ham kamayish tendensiyasini
ko‘rsatmoqda. YA’ni, 100 yillar avval qishloq xo‘jaligi yalpi ishlab chiqarishning
75-80%   ini   bergan   holda,   unda   band   aholi   80-85%   bo‘lgan.   Hozirgi   kunda   esa
yuqoridagiga mos ravishda 20-25% va 23-27% ni tashkil etmoqda. Ammo, nisbat
kamayganligiga   qaramasdan   qishloq   xo‘jaligi   inson   uchun   eng   zaruriy   bo‘lgan
kundalik   oziq-ovqat   va   kiyim-kechak   xom-ashyosini   etkazib   beruvchi   muhim
tarmoqdir.
Bizningcha   mehnatga   layoqatli   aholini   amalda   bandligi   qishloq   xo‘jaligi
bilan bog‘liq. Balki ushbu fikrimiz teskari paradoksni aks ettirishi mumkin, ammo
haqiqatdan   ham   sanoatda   bandlarga   nisbatan   qishloq   xo‘jaligida   bandlar
hozirgacha   mamlakatimizda   ustundir.   Bu   mamlakatimizni   industrial   mamlakatlar
48 safidan   chiqarmaydi,   shunchaki,   qishloq   xo‘jaligida   band   aholini   qiymatini
ko‘rsatadi xolos. Ushbu umumiy tushunchalar tadqiqotga hech qanday alohida tus
berish xususiyatiga ega emas, shu nuqtai nazardan tadqiqot maqsadiga qaytamiz.
Hozirgi   iqtisodiy   sharoitda   respublikamizdagi   yer larni   qayta   taqsimlash
jarayoni qishloq xo‘jaligidagi  yer lardan oqilona foydalanishni nazarda tutib amalga
oshiriladi,   lekin   bunda   landshaft   sharoitlarini   hisobga   olmagan   holda   katta   yer
maydonlarining   parchalanishi,   tuproq   unumdorligini   oshirish   bo‘yicha   chora-
tadbirlarning  yo‘qligi   va   natijada   sifatning  yomonlashishi   hamda  qishloq   xo‘jalik
yer larnining   unumdorligini   pasayishi   ko‘p   hollarda   e’tiborga   olinmaydi.
Respublikamizda   qishloq   xo‘jaligi   yer laridan   asosiy   foydalanuvchilar   -   qishloq
xo‘jaligi  mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan fuqarolar, qishloq
xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlaridir. Fuqarolar foydalanadigan qishloq xo‘jaligi
yer lari maydoni kamayish tendensiyasiga ega.
Umuman   olganda   relyef ning   kuchli   o‘zgarishlari,   ya’ni   qiyalikning
xususiyatlari,   ekspozitsiyasi   va   boshqalar   iqlim   namgarchil   hududlar   uchun
qulaydir, bu tabiiy drenaj uchun qulay sharoitni keltirib chiqaradi. Ammo, teskari
holda   yer   osti   suvlarining   sathini   pasayishiga   va   tabiiy   sharoitning   negativ
bo‘lishiga   sabab   bo‘ladi.   To‘lqinsimon   relyef   shakllarida   tuproq   meliorativ   holat
namgarchilik   etarli   bo‘lgan   holatlarda   o‘ta   qulaydir.   Sababi   namgarchilik   etarli
bo‘lgan hududlarda tuproq unumdor qoplami kichik dinamik ta’sirga ega bo‘lsada,
umumiy holda o‘z chegarasida qoladi va unumdorlikka ta’sir qilmaydi. 
Arid   iqlim   sharoitida   mazkur   qonuniyat   buziladi.   Bunday   sharoitda
namgarchilik etishmaydi va o‘z navbatida  yer  osti suvlarini sathiga ta’sir etadi. Bu
esa,   biomassaga   albatta   o‘z   ta’sirini   o‘tkazadi.   Eng   muhimi   tuproqlarning
agromeliorativ   holati   landshaftlarning   umumiy   ta’sirchanligiga   bog‘liq.   Sababi,
relyef ga bog‘liq holatda o‘ta ta’sirchan landshaftlarda tabiiy landshaftlarni saqlash
muhimdir.   Ammo   bunday   landshaftlar   relyef   qiyaligi   15-20 0
  dan   oshsa   namoyon
bo‘ladi. Quruq iqlim sharoitida shu xususiyatga ega landshaftlarni muhofaza qilish
dolzarbdir.   Qiyaligi   kichik   landshaftlardan   qishloq   xo‘jaligini   mos   tarmoqlarida
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
49 Umuman   kichik   soylar   va   ularning   konus   yoyilmalari   nisbatan   katta
qiyalikka   ega.   O‘rta   Zarafshonning   shimoliy   qismidagi   konus   yoyilmalarnning
katta   qismi   bahorikor   dehqonchilikda   foydalaniladi.   Janubiy   yoyilmalar   esa
sug‘orma   dehqonchilik   asosida   faol   o‘zlashtirilgan.   Aslida   ushbu   hudular   bir-
biridan   landshaft   nuqtai-nazaridan   keskin   farq   qilmaydi.   Eng   asosiysi,   ushbu
hududlar aholi joylashishi, yo‘llar, sug‘orish tizimi kabi omillar orqali farqlanadi.
Ushbu   omillarnning   kelib   chiqishi   antropogen   faoliyat   bilan   bog‘liqdir.   Bu   esa
o‘ng   qirg‘oqda   joylashgan   konus   yoyilmalardan   antropogen   ta’sir   orqali,   ya’ni,
sug‘orma   dehqonchilikning   an’anaviy   usullaridan   foydalanish   lozim   degan
ma’noni bermaydi. Aksincha, ushbu landshaftlarning unumdorlik xususiyatlaridan
maksimal   foydalanish   uchun   qishloq   xo‘jaligi   ishlab   chiqarish   jarayonida
zamonaviy amaliyotlarini qo‘llagan holda foydalanish lozimligini ko‘rsatadi.
Biz   bu   borada   rivojlangan   xorijiy   davlatlar   amaliyotidan   foydalanishimiz
zarur. Masalan, Finlandiyada fermerlar yangi  yer larni o‘zlashtirish (unumdor  yer ga
ega   bo‘lish)   uchun   o‘ziga   tegishli   o‘rmonni   kesish   va   foydalanish   uchun   ijaraga
beradi.   Bu   bilan   Finlandiya   o‘rmon   fondi   kamaymaydi,   aksincha,   fermer   ijaraga
bergan   yer idan   20%   daromad   ko‘rsa,   12%   ini   unumsiz   yer dagi   o‘rmonni   qayta
tiklashga sarflaydi. Demak, mamlakat o‘rmon fondi saqlanadi  va unumsiz   yer dan
foydalanish   samaradorligi   oshadi.   Biz   tadqiq   etayotgan   O‘rta   Zarafshon
havzasining 10% hududi konus yoyilmalarga to‘g‘ri kelsa, 29% maydoni tog‘oldi
prolyuvial tekisliklar va adirlardan iborat, ulardan samarali foydalanish maqsadida
unumdorligi   past   bo‘lgan   yer larni   ushbu   hududlarga   almashlash   imkoni   vujudga
keladi. YUqorida keltirilgan omillar asosida ayrim kategoriyalar bo‘yicha baholash
imkoniyati paydo bo‘lishiga e’tibor qaratish lozimdir.
O‘zbekiston   q ishlo q  xo‘jaligining asosiy yo‘nalishlari sug‘orma va ba h orikor
de hq onchilik,   meva-sabzavotchilik,   ipakchilik   h amda   turli   tarmoqlaridan   tashkil
topgan   chorvachilikdan   iborat.   Qishloq   xo‘jaligining   har   bir   tarmog‘i   rivojlanishi
uchun ma’lum bir tabiiy sharoit, aniqrog‘i agroiqlimiy sharoit talab etiladi. Hudud
tabiatining   shakllantiruvchi   tabiiy   omillar   va   landshaftlar   qishloq   xo‘jaligi
tarmoqlarini rivojlantirish uchun zarur bo‘ladigan tabiiy mu h itni shakllantiradi. 
50 Hozirgi   davrda   iqlim   o‘zgarishi   munosabati   bilan   hududlarning   termik
rejimini   o‘rganish   ekin   navlarini   tanlashda   amaliy   ahamiyatga   ega.   Qishloq
xo‘jaligi   ekinlaridan   bo‘lgan   donli   ekinlarining   ekish   muddatlarini   aniq   belgilash
muhim   tadbirlardan   hisoblanib,   bu   hosili   taqdirini   oldindan   belgilashga   imkon
beradi. Masalan, kuz faslida bug‘doy ekish hududning iqlimiy ko‘rsatkichlari bilan
bog‘liq bo‘lib, eng maqbul davrlarda ekilishi, ekilgan urug‘ni undirib olish yuqori
hosil olishni ta’minlaydi.
Biror   bir   h ududni   q ishlo q   xo‘jaligi   nu q tai   nazaridan   ba h olanganda   tabiiy
sharoitning   q ulay-no q ulayligi   darajasini   belgilaydigan,   yer   yuzidagi   to g‘   jinslari,
relyef ,   i q lim,   suv   va   landshaft   resurslarini   uy g‘ unlikda   ta h lil   q ilish   ba h olashning
etakchi   uslublaridan   h isoblanadi.   So‘nggi   yillarda   h ududlarni   qishloq   xo‘jaligini
rivojlantirish   maqsadlarida   baholashda   landshaftli   ta h lil   keng   qo‘llanilmo q da.   Bu
borada  q ishlo q  xo‘jalik ekinlari turlarini, shu jumladan tarmo q larini joylashtirishda
landshaftga   asoslangan   ta h lil   samarali   natija   b er adi.   Tabiiy   geografik   va
agroiqlimiy rayonlashtirish kartalari  q ishlo q  xo‘jalik ishlab chi qar ish uchun muhim
ma’lumotlar manbai ekanligi bir qator mualliflar tomonidan e’tirof etilgan. 
Tabiiy   mu h itning   biror   xo‘jalik   ma q sadi   uchun   yaro q liligini   ani q lashda
asosiy mezon tabiat komponentlari emas, balki bir xil tabiiy sharoitga ega bo‘lgan
va   tabiiy   geografik   h ududlarning   mazmunini   tashkil   etuvchi   landshaftlarning
tipologik   komplekslaridir.   Ular   tabiiy   geografik   sharoiti   ji h atidan   nisbatan   bir   xil
bo‘lgan   joylardir.   Binobarin,   bunday   joylar   q ishlo q   xo‘jaligi   ishlab   chi q arishiga
bevosita   yoki   bilvosita   ta’sir   etadigan   to g‘   jinslari,   relyef ,   tupro q   va   o‘simlik
q oplami,   suvlari,   i q limiga,   ya’ni   muayyan   tabiat   komponentlariga   asoslanib   h am
ajratiladi   [ 29; 5-175 b. ] .
Hududlar   l andshaftlar i   q ishlo q   xo‘jaligini   rivojlantirish   maqsadlarida
bahola shda   ushbu   hududdan   foydalanishda   murakkablik   tug‘diradigan
xususiyatlari   h am   e’tirof   etiladi .   Bunday   xususiyatlarga   tupro q   q oplami ning   qay
darajada rivojlanganligi,   uning  sho‘rlanish  darajasi ,  hududning tabiiy namlanganlik
darajasi,   yer   yuzasining   toshlo q ,   gil l i,   q um -shag‘alli   ekanligi,   relyef ning
notekisligi,  q iyaligi , parchalanganligi   kabilar misol bo‘lishi mumkin .
51 N.A.Kogay     [ 79;   5-64   b. ]   yu q orida   aytilganlarni   h isobga   olib   landshaftlarni
qishloq   xo’jaligi   nu q tai   nazaridan   guru h lashtirib,   ularni   juda   past   sifatli,   past
sifatli,   o‘rtachadan   past   sifatli,   o‘rtacha   sifatli,   o‘rtachadan   yu q ori   sifatli,   yu q ori
sifatli tabiiy komplekslarga birlashtiradi .  
Unda   allyuvial,   allyuvial-delta,   prolyuvial-allyuvial   tekisliklarning   tabiiy
komplekslaridan   qishloq   xo‘jaligida   foydalanilganda   o‘rtachadan   yu q ori   sifatga
ega bo‘lgan landshaftlar bo‘lib, bu hududlar o‘zlashtirish uchun  q ulay hisoblanadi. 
N.A.Kogayning     [ 79;   5-64   b. ]   q ishlo q   xo‘jaligi   nu q tai   nazaridan
guru h lashtirish   mezoni   yaxlit   regional   komplekslarni   baholashda   yuqori   samara
beradi,   lekin,   landshaftning   kichik   tipologik   va   morfologik   birliklarni,   jumladan,
O‘rta Zarafshon havzasi tog‘oldi tekislik landshaftlarni baholashda unchalik yuqori
samara   bermaydi.   Buni   regionlar   va   hududlarni   turli   maqsadlarda,   jumladan
qishloq   xo‘jalik   maqsadlarida   baholashga   doir   bajarilgan   keyingi   ishlarda   ko‘rish
mumkin.
2.3.Tog’oldi tekisliklarida intensiv mevali  bog‘ va tokzorlar barpo etish
texnologiyalari
Keyingi yilarda mamlakatimizda juda katta maydonlarda turli intensiv bog‘
hamda tokzorlar barpo etilmoqda. Shuningdek, yangi intensiv bog‘lar tashkil etish
va   ularni   ko’paytirishda   tezda   hosilga   kiruvchi   bo’yi   pakana   va   yarim   pakana
mevali daraxt ko‘chatlarini ekilishiga alohida e’tibor qaratish zarur.
O‘rta   Zarafshon   tog‘oldi   tekisliklarida   intensiv   bog‘lar   yaratish   istiqbollari
2020-2021   yillarda   Urgut,   Bulung‘ur,   Jomboy,   Samarqand,   Qo‘shrabot,
Kattaqo‘rg‘on   tumanlari   g‘alladan   qisqartirilgan   maydonlarda   bog‘   va   tokzorlar
tashkil   etish   bo‘yicha   amalga   oshirayotgan   loyihalarda   ham   o‘z   aksini   topdi.
Hozirda   hududda   foydalanishga   kiritiladigan   3,5   ming   gektar   yer   maydonlarida
zamonaviy   texnologiyalar   asosida   intensiv   bog‘   va   tokzorlar   barpo   etuvchi
tashabbuskorlarni   va   ularni   moliyalashtirish   manbalarini   aniqlab,   manzilli   dastur
ishlab chiqishga asosiy e’tibor qaratilgan.
52 Mamlakati mizda   keyingi   10   yil   ichida   3 0   ming   ga   dan   ortiq   intensiv
usulidagi  bog‘lar  tashkil  qilindi. Shu bilan birga intensiv bog‘larni afzalliklaridan
biri ushbu daraxtlar tanasining kichik bo‘lganligidan uchun ular bilan ishlash juda
qulay   hisoblanadi.   Bog‘larning   bunday   tashkil   etilishi   daraxt   tanasiga   quyosh
yorug‘ligini tushishi  hamda havo aylanishi  yaxshi  bo‘lganligidan daraxt  mevasini
sifati ham yuqori bo‘ladi. Daraxt mevasini terilishida ham ancha qulayliklar bo’lib,
bog‘larda   bemalol   narvon   ishlatmasdan   ham   hosil   teriladi   va   bunda   ish   unumi
yuqori bo‘lish bilan birga terilgan mahsulotning tovar sifati ham yuqori bo‘ladi.
Tog’oldi   tekisliklarida   i ntensiv   mevali   bog’larni   tashkil   etish.   Intensiv
bog‘larning hosildorligining yuqoriligini ta’minlash   uchun albatta   tuproqni doim o
turli  tabiiy va mineral o’g’itlar bilan   oziqlantirib turish zarur   hisoblanadi . Buning
uchun har yili   gektariga   30–40 t   tabiiy   chirindi, sof holda 240–260 kg azot, 120–
150 kg fosfor va 60–70 kg kaliy solib turi sh zarur .   U shbu agrotexnik   qoida lar o‘z
vaqtida   o‘tkazil ib   turilsa ,   gektar iga   daraxtning   4–5   yili   50–60   t   hosil   olishga
eri shiladi .   Yurtimizning   arid   iqlim  sharoitida   pakana  payvandtaglarga   o’tqazilgan
ko‘chat   turi va naviga qarab parvarish lash  ishlarini olib borish  lozim bo’ladi .
Arid   iqlimli   mamlakatimiz  sharoidida   intensiv   bog‘dorchilikni   tashkil   etish
hamda ularni parvarishlashda quyidagilar tavsiya etiladi: 
Plantaj plugi   bilan   k uzda ko‘chat ekish uchun   ajratilgan   maydon 50–60 sm
chuqurlikda haydal adi . Agarda maydon kuzda haydalmagan bo‘lsa, albatta bahorda
35–40   sm   chuqurlikda   yer   haydalib,   tekislanib   va   ko‘chat   ekish   uchun   joy
tog’irlanadi. Daraxtlarni ekishda rejaga muvofiq ekiladigan ko‘chat turlariga qarab,
pakana payvandtakka ulangan olma ko‘chatlari 3,5×2,5 m, o‘rta o‘suvchi 3,5×3 m,
nok uchun 3,5×2 m, o‘rta o‘suvchi 3,5×2,5 m tavsiya etiladi. Kelajakda olinadigan
hosil   miqdori   faqat   nav   va   payvandtag   yoki   agrotexnika   saviyasidan   emas,   balki
o‘simliklar qator orasi hamda daraxt oralig‘iga ham bog‘liq hisoblanadi.
Ekilgan   maydonda   qanchalik   ko‘chatlar   soni   ko‘p   bo‘lsa,   hosildorlik   ham
shunchalik   ko‘p   bo‘ladi,   lekin   bunda   daraxtlarning   joylashish   zichligining
chegarasini   ham   hisobga   olish   zarur.   Kutilayotgan   hosilning   sifati   va   miqdoriga
daraxt tanasiga tushadigan yorug‘lik miqdoriga ham  bevosita  bog‘liq dir .
53 Ekiladigan   ko‘chat   chuqurligi   va   kengligi   60×60   sm   bo‘lib,   albatta   chuqur
qazishda   tuproq   yuza   qismining   20–25   sm   ni   chuqurning   bir   tomonga,   qolganini
chuqurning   ikkinchi   tomonga   olib   qo‘yiladi.   Ko‘chat   ekishdan   oldin     chuqurga
350–400   gr   fosfor,   30–40   gr   kaliy   va   8–10   kg   chirigan   go‘ngni   tuproq   bilan
yaxshilab aralashtirib, keyin ko‘chat ekiladi.
Ko‘chatni   ekishdan   oldin   ko’chat   ildizi   maxsus   tayyorlangan   shatmoqqa
(yangi mol go‘ngi tuproq bilan birga bir aralashmasi) botirib olinib keyin ekiladi.
Yangi   ko‘chat   chuqurga   qo‘yilgandan   keyin,   dastlab   olingan   tuproq   solinadi   va
ildiz   payvand   qilingan   joyi   tuproqdan   4–5   sm   tepada   bo‘lishi   lozim.   Tuproq
zichlashishi   va     ko‘chat   yaxshi   ko‘karishi   uchun   ko‘chat   ekilgandan   so‘ng
chuqurga   to‘l dirilib   suv   quyiladi.   Yangi   ekilgan   ko‘chatlarga   vegetatsiya   davrida
ko‘chatlar   atrofi   yumshatiladi,   tuproq   sharoitiga   qarab   10–12   dan   16–20
martagacha   suv   beriladi   hamda   sug‘orishdan   so‘ng   albatta   tuproq   kultivatsiyasi
amalga oshiriladi. Zarur bo‘lganda yosh nihollarning kasallik va zararkunandalarga
qarshi  dori bilan  ishlov beriladi.
Albatta,   dastlabki   davrda   yangi   ekilgan   ko‘chatlarni   suv   bilan
ta’minlanishiga   katta   e’tibor   berish   zarur   hisoblanadi.   Agarda   maydonda
tomchilatib   sug‘orish   tizimi   mavjud   bo’lmasa   ko‘chatlarni   to‘liq   ko‘karib   ketishi
uchun ko‘chat atrofida doira shaklda ariq olinib, ariq to‘lguncha suv quyib sug‘orib
turish   zarur.   Har   bir   ko’chatga   ob-havo   va   tuproq   sharoitga   qarab,   endi   ekilgan
yosh   bog‘larda   bir   yilda   o’rtacha   12–20   marotabagacha   suv   berililishi   lozim.
Ko‘chatlar atrofini qatqaloq bo‘lib qolmasligi uchun har sug‘orishdan so‘ng 10–12
sm chuqurlikda yumshatib turiladi.  
O‘zbekiston,   jumladan   O’rta   Zarafshon   havzasi   sharoitida   ekilgan   intensiv
bog‘larda   ko‘chatlarga   60   sm   yuqoridan   kesil gan   holda   shakl   beriladi.   Xorijdan
olib   kelinayotgan     daraxt   ko‘chatlarini   veretino   shaklida   (lider   novda   qoldirilib
yoniga ko‘proq novda berish) kesish maqsadga muvofiq. Daraxtga shakl  berishda
ko‘chatning   asosiy   lider   shoxida   daraxt   tanasi   uchun   50   sm   qoldirilib,   undan
yuqorisiga 8–10 ta ko‘z qoldirilgan holda kesiladi.
54 Daraxtni   kelajakda   yetarli   darajada   shoxlanishi   uchun   50   sm   tanasidan
yuqorida   joylashgan   3   ko‘z   oysimon   shaklida   (ko‘chat   ko‘chatxonasida
shoxlamagan   bo‘lsa)   ko‘zni   o‘sishi   qismidan   kerbovka   (kesish)   qilinadi,
shuningdek,   yana   uchta   ko‘z   tashlab,   yana   uchta   ko‘z   to‘g‘ri   chiziq   shaklida
kerbovka   qilinadi.   Bu   jarayonni   ko‘chat   yaxshi   o‘sa   boshlagan   davrida   amalga
oshirilsa yaxshi natija beradi. Shox a langan shoxlar  iyul-avgust oylarida 90° egiladi
va   bog‘lanadi.   Yosh   o‘sgan   novdalarda   meva   kurtaklarini   hosil   qilish   maqsadida
ular ma’lum vaqtida chilpib (chekanka) turiladi. Bu usul meva kurtaklarini ko‘proq
hosil bo‘lishini ta’minlaydi.
Intensiv   bog’dorchilikda   tomchilatib   sug‘orish   tizmi   mavjud   bo‘lgan
yerlarda   mineral   ozuqani   ko’chatlarga   suv   orqali   tomchilatib   berish   maqsadga
muvofiqdir. Albatta bunda o‘g‘itni o‘zlashtirish samaradorligi yuqori bo‘lib, yosh
bog‘lar orasiga birinchi yili turli sabzavot va poliz ekinlari ekish mumkin bo’ladi.
Lekin, ikkinchi yildan bog‘ qator orasiga ishlov berilishi sababli ushbu ekinlarni va
joylashtirish   tavsiya   etilmaydi.   Birinchi   yili   yosh   ko‘chatlar   sentabr   oyi   ikkinchi
yarmidan   sug‘orilmasdan,   oktabr-noyabr   oylarida   ko‘chatlar   qator   orasi   chopilish
orqali yumshatiladi. 
Tog’oldi tekisliklarida i ntensiv tokzorlarni tashkil etish.  O’rta Zarafshon
tog’oldi   tekisliklari   tokzorlarni   yetishtirish   uchun   judayam   qulay   yerlat
hisoblanadi.   C hunki   joyning   iqlimi,   tuprog’I   tok   uchun   juda   ham   qulay
hisoblanadi.   Tokzor   barpo   etishdan   oldin   maydonni   tanlash ,   toshlardan   tozalash
hamda  sug‘orishda yaxshi sharoit yaratish uchun notekis maydonlar tekislanadi. 
Barchaga ma’lumki, tok mahsuldor bo‘lishi uchun albatta birinchi navbatda
tok ildizining rivojlanishi uchun optimal sharoit-yaxshi suv-havo va ozuqa rejimini
yaratish zarur bo’ladi. Buning uchun birinchi navbatda yerga ko‘chat o‘tqazishdan
oldin   maydon   50–60   sm   chuqurlikdagi   tuproq   qatlami   yaxshilab   to‘liq   ag‘darib
haydaladi. Yerni haydashdan oldin tog’oldi tekisliklari tuproqlariga gektariga 20–
30 tonnagacha organik o‘g‘itlar solish maqsadga muvofiq. 
Biz   Janubiy   Nurota   tog’lari   tog’oldi   tekisliklarida   tomchilatib   sug’orish
bo’yicha   olib   borgan   tadqiqotlarimizda   tokzorlarni   tashkil   etish   bo’yicha
55 quyidagilarga   erishdk.   Zarafshon   botig‘ining   katta   maydonida   tabiiy   o‘simliklar
o‘rnini   qishloq   xo‘jalik   madaniy   o‘simliklari,   o‘rmon-bog‘   va   ihota   daraxtzorlari
egallagan.   Agrolandshaftlarning   o‘simlik   qoplamida   paxta,   bug‘doy,   beda,
makkajo‘xori,   dukkakli   va   efir   moyli   ekinlar   etakchi   rol   o‘ynaydi.   Zarafshon
botig‘i  mevali ekinlarning maydoni jihatidan respublikada ikkinchi o‘rinda turadi.
Bu   yer dagi   o‘rmon-bog‘   o‘simliklari,   tut   planta-siyalari   va   ihota   daraxtzorlari
vohalarga cho‘l landshaftlaridan keskin farq qiladigan o‘ziga xos   manzara baxsh
etadi.
Samarqand   vohasidagi   shahar   seliteb   landshaftining   madaniy   o‘simliklari
qoplami   tarkibida   Shimoliy   Amerikadan   keltirilgan   va   iqlimlashtirilgan
Kaliforniya zarangi, Kanada teragi, oq akatsiya,  botqoq sarv daraxti  va boshqalar
uchraydi.   SHaharning   manzarali   daraxtlari   qatoridan   chinor,   eman,   kashtan
(shalalut),   tol,   terak,   qayrag‘och,   tut,   qrim   qarag‘ayi   kabi   daraxtlar   keng   o‘rin
olgan.
Mevali daraxtlar orasida o‘rik keng tarqalgan. U qurg‘oqchil iqlim sharoitiga
o‘ta  chidamli  bo‘lib, bahorikor   yer larda  ham   bemalol  o‘saveradi.  Bog‘larda olma
daraxtlarining   mahalliy   va   evropa   navlari   ko‘p   uchraydi.   Masalan,   registon,
Samarqand tung‘uchi, ranet, semerenko, rozmarin kabi turlar shular jumlasidandir.
Zarafshon   botig‘i   qadimdan   uzumchilik   maskani   hisoblanadi.   Bu   yer da
uzumlarning   100   dan   ortiq   navlari   mavjud.   Tokzorlar   maydon   jihatidan
O‘zbekistonda   birinchi   o‘rinda   turadi.   Uzumlar   orasida   oq   kishmish   va   qora
kishmish keng tarqalgan. Nimrang, charos, kattaqo‘rg‘on, husayni, toyfi kabi uzum
navlari   shirinchil   sifati   jihatidan   alohida   ajralib   turadi.   Sanoat   ahamiyatiga   ega
bo‘lgan   vino   navli   uzumlardan   muskat,   kabarne,   saperavi,   risling,   bayan-shirey,
aleatiko va boshqalar etishtiriladi.
Zarafshon   botig‘ining   katta   qismida   –   ekin   maydonlari   atrofida,   avtomobil
yo‘llari   bo‘ylab,   Kattaqo‘rg‘on   suv   ombori   qirg‘oqlari   va   kanallar   bo‘ylab
ihotazorlar   barpo   etilgan.   Ihotazorlar   qurg‘oqchilikka   chidamli   daraxtlardan   –
qayrag‘och,   zarang,   oq   akatsiya,   gledichiya,   aylant,   yovvoyi   holda   o‘sadigan
56 o‘riklardan va turli xil butalardan tarkib topgan. Bular ham voha landshaftlarining
o‘ziga xos geokomplekslari bo‘lib hisoblanadi.
Tog’oldi   tekisliklarida  tok  ko‘chati  o‘tqazishdan   oldin  uni   bo’laklarga  yani
kartalarga   bo‘li nadi   va   yaratiladigan   qatorlar   yo‘nalishi   tanlanadi.   Albatta
tomchilatib   sug‘oriladigan   tok   qatorlari   yo‘nalishi   yer   nishabligiga   mos   bo‘lishi
kerak.   Relyef   sharoiti   bo‘yicha   bir   necha   tomondan   sug‘orish   mumkin   bo‘lgan
joylarda   qatorlar   yo‘nalishini   tanlashda   albatta   ularning   umumiy   uzunligi,
relyef ning   nishabligi,   ekspozitsiya,   doimiy   esadigan   shamol   yo‘nalishi   va
boshqalar hisobga olinadi.
Tog’oldi   tekisliklarida   tokzorlar   barpo   etishda   mavsumiy   qor-yomg‘ir
suvlarini   saqlab   qolish   hamda   nurashning   oldini   olish   uchun   qatorlar   asosan
yonbag‘irga   nisbatan   ko‘ndalangiga   yoki   joy   yuzasiga   nizbatan   parallel   tarzda,
terrasalangan yonbag‘irlarda terrasa yo‘nalishi bo‘ylab ekiladi.
Tok   ko‘chatini   suv   bilan   muntazam   ta’minlanmagan,   qondirib   sug‘orish
imkoniyati   bo‘lmagan   lalmikor   va   shartli   sug‘oriladigan   yerlarda   kuz,   qishda
o‘tqazish maqsadga muvofiqdir. 
Tok   ko’chatini   ekishdan   oldin   ko‘chatlarning   uch   qismida   o‘sgan   ildizlar
qirqiladi,   yaxshi   o‘sgan   va   to‘g‘ri   joylashgan   novdada   ikki   yoki   uchta   ko‘zcha
qoldirib   qolgani   kesib   tashlanadi.   Avvalgi   yillarda   barpo   ekilgan   tok
ko’charlarining tutmagan ko‘chatlari o‘rniga rivojlangan ko‘chatlarni, yangi barpo
etiladigan   tokzorga   yaxshi   rivojlangan   ko‘chatlarni   o‘tqazish   kerak.   Kuchsiz
rivojlangan   ko‘chatlardan   so‘ngi   navbatda   foydalanish   zarur,   ular   asosan   bir
maydonga   o‘tqaziladi   yoki   tutmagan   ko‘chatlar   o‘rniga   o‘tqazish   uchun
ko‘chatzorda qoldiriladi. Bir xil rivojlangan ko‘chatlarni o‘tqazish, ularni parvarish
qilish hamda bir vaqtda to‘liq hosilga kirishini ta’minlaydi.
Yangi   tok   ko‘chatlari   qo‘lda   50   sm   chuqurlikda   shunday   o‘tkaziladiki,
bunda ularning pastki ildizlari chuqurcha tubiga to‘kilgan tuproq uyumida bir tekis
taqsimlanadi,   so‘ngra   yer   ustida   bitta-ikkita   ko‘zcha   qoldirib,   tuproq   bilan
ko‘miladi. Lalmikor yerlarda o‘tkazilgandan keyin har bir tup tagiga   o’rtacha   10 l
57 dank am bo’lmagan   suv quyiladi.   Kuzda va qishda o‘tkazilgan ko‘chatlarni sovuq
urishdan saqlash uchun ular kamida 20 sm qalinlikda tuproq bilan ko‘miladi. 
Ko‘chatlarning tutishi va rivojlanishi, ularning mevaga kirishi, bo‘lajak hosil
va uning  sifati  yosh  tokzorni  parvarishlashga   bog‘liq.   Qatqaloq  paydo bo‘lishiga,
begona   o‘tlarning   rivojlanishiga   yo‘l   qo‘ymaslik   zarur.   Tok   ko‘chatlari
o‘tkazilgach   dastlabki   yilda   ularning   ildiz   tizimi   uncha   yaxshi   rivojlanmagan
bo‘ladi.   Shu  sababli   tokzorni   tez-tez   sug‘orib  turish   lozim.   Bunda   tuproq  kamida
bir   metr   chuqurlikda   namlanishi   kerak.   Ko‘chatlar   o‘tkazilgandan   so‘ng   birinchi
sug‘orish,   keyingilari   aprel,   may,   iyun   va   avgustda   bir   martadan   o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, noyabrdan martgacha bir-ikki marta zaxira suvi beriladi.
Tog’oldi   tekisliklarida   yer   va   suvdan   unumli   foydalanish   maqsadida
tokzorlar   qator   oralariga   dastlabki   ikki   yilda   sabzavot,   poliz   ekinlari,   ertagi
kartoshka   va   boshqa   (baland   bo‘yli   o‘simliklardan   tashqari)   ekinlar   ekiladi.   Bu
ekinlarni   tok   ko’chati   qatoridan   kamida   50   sm   uzoqlikda     joylashtirish   lozim
bo’ladi.
Ko‘chatlar   o‘tkazilgan   yili   tok   barglarini   rangi   o‘zgarishidan   (avgust-
sentabr)   va   to‘kilishidan   oldin   navlar   aralashganligini   aniqlash   uchun   ular
belgilanadi   va   o‘rniga   shu   asosiy   nav   ko‘chatlari   oktyabrda   yoki   erta   bahorda
ekiladi.   Tutmagan   ko‘chatlar   o‘rni   ham   to‘ldiriladi.   Toklar   o‘tkazilgan   yili
kesmasdan kulda ko‘miladi.
Bahorda   kurtaklar   bo‘rtmasdan   oldin   tuplar   ochiladi.   Dastlabki   yillar   yoki
toklar   bahorda   kesiladi.   Tokzorlar   ikkinchi   yili   birinchi   yildagidek,   uchinchi   yili
hosilga kirgan tokzorlar kabi parvarish qilinadi. Agar dastlabki ikki yilda tokzorda
ayrim   tuplar   qurigan   bo‘lsa,   ularning   o‘rniga   o‘sha   navli   kuchli   ko‘chatlar
o‘tqaziladi.
Tok   o‘tqazish   qalinligi   tuproq-iqlim   sharoitiga,   ma’lum   navdagi   tuplarning
o‘sish kuchiga, shuningdek o‘stirish usuliga bog‘liq. Tuproq qanchalik unumdor va
tuplar   qanchalik   kuchli   bo‘lsa,   oziqlanish   maydoni   shunchalik   katta   bo‘ladi.
Unumsiz tuproqlarda (shag‘alli, qumli va boshqalar) tok kuchsiz o‘sadi, oziqlanish
maydoni ham kichik bo‘ladi.
58 O’rta   Zarafshon   tog’oldi   tekisliklari   tabiiy   sharoitidan   to‘liq   foydalanish
hamda   har   bir   maydondan   yuqori   hosil   olish   uchun,   tokzorlarni   parvarishlashni
hamda   toklarni   o‘stirishning   turli   maksimal   mexanizatsiyalashgan   tizimlari
qo‘llaniladi.   Bunda   o‘sish   sharoiti,   xususiyati   va   olinadigan   mahsulotdan   qaysi
maqsadda   foydalanishi   va   boshqalar     hisobga   olinadi.   Rivojlanish   va   shoxlanish
kuchi   turlicha   bo‘lgan   uzum   navlarini,   o‘rtacha   o‘sadigan   kishmish   va   xo’raki
navlar,   shuningdek   lalmikor   yerlarda   o‘stiriladigan   toklarni   tik   simbagazda
o‘stirish maqsadga mufiqdir. O‘stirish tizimiga ko‘ra uzum tuplarini shakllantirish
uchun   ko‘chat   o‘tkazilgandan   so‘ng   ikkinchi   yili   ustun   o‘rnatilishi   zarur.   Temir-
beton   ustunlar   uzoq   hizmat   qiladi   va   iqtisodiy   jihatdan   foydalidir.   Yog‘och
ustunlarni akatsiyadan yasash maqsadga muvofiq bo‘lib, ularni temir-beton asosga
o‘rnatish  zarur,  bu  ularning  mustahkamligini   oshiradi.  Simbag‘azni   yasash   uchun
dastavval   qator   chetlariga   ustunlar   o‘rnatiladi;   ularning   kesimi   oraliq   ustunlar
kesimidan   kattaroq   bo‘lishi   kerak.   3   m   uzunlikdagi   oraliq   ustunlar   tokzor   qatori
bo‘ylab bir-biridan 8 m masofada o‘rnatiladi. Chetki ustunlar oxirgi tupdan tuplar
orasidagi   masofaning   yarmiga   teng   masofada   o‘rnatiladi   va   ular   qator   ichidan
temir-beton   tirgak   bilan   yoki   tashqi   tomondan   langar   qo‘yib   mahkamlanadi.
Tortiladigan simlarning miqdori  tupning o‘sish kuchiga  bog‘lik va sug‘oriladigan
tokzorlarda   to‘rt-besh,   lalmikor   yerlardagi   tokzorlarda   uch-to‘rt   qator   bo‘lishi
mumkin.
Tok   shoxlarini   kesish   muhim   tokni   parvarishlashda   agrotexnik   usul   bo‘lib,
tokning   o‘sishi   va   meva   qilishini   tartibga   soladi.   Tok   shoxlariga   to‘g‘ri   shakl
berilishi   va   oqilona   o‘stirish   tizimi   tupdan   uzoq   vaqt   va   yuqori   hosil   olinishini
ta’minlaydi,   quyosh   nuridan,   issiqlik,   suv   va   ozuqa   moddalaridan   to‘liqroq
foydalanishga, shuningdek, mexanizatsiyani keng ko‘llanishiga imkon beradi.
Tok   qishga   ko‘miladigan   mintaqada   ko‘p   yengli   yelpig‘ichsimon   shakl
berish usuli keng qo‘llaniladi, bu tok tuplarni ko‘mishini osonlashtiradi, mo‘l hosil
beradigan   ko‘zchalarni   qoldirishga   imkon   beradi.   Kuz   faslidada   tok   kesishda
keraksiz   novdalar   va   o‘sib   ketgan   shoxlar   olib   tashlanadi,   bir   yillik   novdalar
ishlatilish maqsadiga   ko‘ra kaltalashtiriladi. O‘sib ketgan va egilmaydigan bo‘lib
59 qolgan   yenglar   olib   tashlanadi   yoki   yaxshi   rivojlangan   tupning   tashqi   tomoniga
o‘sgan   novdachaga   quriy   boshlagan   shoxlar   olib   tashlanib,   ular   o‘rniga   yangi
novdalar qoldiriladi. Tupda pishgan novdada to‘rttadan kam bo‘lsa, u holda qator
joylashgan kuchli novdalar yangi yeng shakllantirish uchun qoldiriladi. Yenglarda
asosga yaqin joylashgan ikki-uchta kuchli novda tanlanadi, tupning ichki tomoniga
qarab o‘sgan eng pastki 2–3 ta ko‘zcha, undan yuqorisida 6–7 ta ko‘zcha qoldirib
kesililishi lozim. 
Albatta tog’oldi tekisliklari iqlimini   hisobga olib toklar ko’miladi. Bahorda
tuplar   ochilgandan   keyin   kurtaklar   qishda   shikastlangan   va   singan   novdalarni
hisobga olgan holda qoldiriladi. Egiluvchan yengli qilib to‘g‘ri shakllantirilgan va
kesilgan tup oson va ixcham joylashadi, bu tokni sifatli ko‘mishga imkon beradi.
Muhim agrotexnik tadbirlardan biri tokni homtok qilish, novdalarni chilpish,
bachki   novdalarni   olib   tashlash   va   chekanka   qilishdir.   Novdalarning   o‘sishi   va
yetilishi,   hosil   sifati,   o‘simliklarni   qishga   tayyorlash   mana   shu   agrotadbirlarning
o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazilishiga bog‘liq.
Har bir nav uchun tupdagi hosil qilmaydigan novdalar nisbati olinadigan 
hosil va novdaning o‘sish kuchini, shuningdek ekologik va agrotexnik sharoitini 
hisobga olgan holda belgilanadi. Masalan, sug‘oriladigan yerlarda yetishtiriladigan
kishmishbop navlarda har ikkita hosildor novdaga bir-ikkita hosilsiz novda 
qoldirish kerak. Tog’oldi tekisliklaridagi lalmi tokzorlarda qish va bahor davridagi 
yog‘ingarchilikni hisobga olgan holda homtok qilinadi. Bir vaqtning o‘zida 
olinadigan hosil miqdori normallashtiriladi va har bir hosildor novdaga bitta hosil 
qilmaydigan novda qoldiriladi. Yog‘ingarchilik kam bo‘lgan yillarda tokning juda 
kuchsizlanib ketishining oldini olish maqsadida sho‘rali novdalarning uchdan bir 
qismini olib tashlash kerak.
60 III-BOB.O’RTA ZARAFSHON TOG’OLDI TEKISLIKLARIDA 
QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINI OQILONA JOYLASHTIRISH VA 
TOG’OLDI TEKISLIKLARINING  GEOEKOLOGIK MUAMMOLARI
§3.1.  Tog‘oldi tekisliklarida  qishloq xo‘jalik ekinlarini oqilona
joylashtirish masalalari
Bugungi   kunda   tog‘oldi   tekisliklari ning   katta   qismida   sug‘orma
dehqonchilik   ishlari   olib   borilmoqda.   Ushbu   sug‘oriladigan   maydonlarning
aksariyat qismida esa ko‘p suv talab ekinlar etishtirilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra
O‘rta   Zarafshon   havzasining   umumiy   maydoni   13570,52   km 2
,   shundan   suv
ob’ektlari   127,36   km 2
,   ochiq   maydon   5881,84   km 2
,   g‘alla   ekiladigan   maydon
3008,86   km 2
,   paxta   maydoni   2537,85   km 2
,   bog‘lar,   daraxtzorlar,   butazor   siyrak
o‘rmonlar maydoni 2014,59 km 2
 ni tashkil etadi [Eshquvvatov, 2020].
Tog‘oldi   tekisliklarining   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   (tuproq   unumdor
qatlamining  yupqaligi   (15-20  sm),  tuproq  mexanik  tarkibining  asosiy   qismi  qum,
qumoq, arzik, shag‘al kabi suv o‘tkazuvchan va suvga chidamsiz jinslardan tarkib
topganligi,   tuproq   ostki   qatlamlarida   suvda   oson   eruvchi   tuzlarning   keng
tarqalganligi [50;  36-38 b. ]) inobatga olmay, uning katta maydonlarini o‘zlashtirib,
uzoq   yillar   davomida   sug‘orma   dehqonchilik   qilinishi   bir   qator   geoekologik
muammolarning   yuzaga   kelishiga   sabab   bo‘ldi.   Tuproqlarning   sho‘rlanib   borishi,
irrigatsion   eroziya,   suffozion   jarayonlar,   tuproqlarning   oriqlashib   va   zichlashib
borishi hamda turli agrokimyoviy vositalar bilan ifloslanishi shular jumlasidandir.
O‘rta   Zarafshon   tog‘oldi     mintaqasidagi   sug‘oriladigan   maydonlar   tadqiq
etilganda, yuqorida sanab o‘tilgan geoekologik muammolar  adir  nishabliklarining
baland-past  yer lari bo‘ylab turlicha rivojlanganligi aniqlandi. 
Tuproq   eroziyasi,   asosan,   yonbag‘irlarning   quyi   qismlarida,   soylar   hamda
sholipoyalarga tutash maydonlarda rivojlangan. Adir nishab qirliklarining eng quyi
qismlarida ochilib qolgan shag‘alli qatlamlar va toshloq  yer lar ham keng tarqalgan.
Xavfli   tusdagi   irrigatsion   eroziya   jarayonlari   asosan   yonbag‘irlarning   eng   yuqori
qismlarida, ya’ni nishablik baland bo‘lgan maydonlarda rivojlangan. Aynan ushbu
61 hududlarda yirik jarlar, surilmalar ko‘p uchraydi. O‘rtacha tipdagi eroziya jarayoni
oqibatlari va suffoziyalar yonbag‘irlarning o‘rta qismlarida uchraydi  [53; 63-67 b.] .
Zichligi   ortib,   hosildorlik   kamayib   borayotgan   maydonlar   agrotexnika
vositalari   qulay   xarakatlana   oladigan,   qiyaligi   past   bo‘lgan   o‘rta   va   quyi   adir
nishabliklarida, shuningdek adir oralig‘i tekisliklarida keng tarqalgan. 
Ta’kidlangan   barcha   geoekologik   muammolarni   yuzaga   keltirayotgan
sabablarini  bartaraf  etish,   yer   va  suv  resurslarini  muhofaza  qilish,   hamda  ulardan
unumli   foydalanish   uchun   adir   mintaqasida   bog‘dorchilikni   rivojlantirish
maqsadga   muvofiq   xisoblanadi.   CHunki   mevali   daraxtlarni   sug‘orish   uchun   suv
kam talab etiladi. Misol uchun, yosh mevali bog‘larning amalda qo‘llanib kelingan
sug‘orish normasi gektariga 500 m 3
, hosilga kirgan bog‘lar uchun 800-1000 m 3  
ni
tashkil etadi [35;   512 b. ]. Agarda, bog‘larni tomchilatib sug‘orishga o‘tkazilsa bu
miqdor keskin kamayishi mumkin. Taqqoslash uchun, O‘rta Zarafshon havzasining
och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida 1 gektar paxta maydonini sug‘orish uchun 7000
m 3 
suv talab etiladi [8; 320 b.].
Bundan   tashqari   ko‘plab   mevali   daraxtlar,   jumladan   o‘rik,   shaftoli,   pista,
bodom, yong‘oq, uzum, olxo‘ri, tog‘olcha, olma, nok, behi va boshqalarning unib
o‘sishi, sifatli hamda mo‘l hosil berishi uchun eng qulay tabiiy sharoit aynan adir
mintaqasiga   to‘g‘ri   keladi.   SHuning   uchun,   kelgusida   bog‘   maydonlarini
kengaytirish adir erlari xisobiga amalga oshirish ko‘p jixatdan samaralidir [81;   p.
58-62. ]. 
Tog‘oldi   tekisliklarida   bog‘dorchilikni   rivojlantirish   uchun   asos   bo‘ladigan
yana bir muhim ijobiy xususiyatlardan biri – mevali daraxtlarning tuproqni suv va
shamol   yer oziyasidan   himoyalashidir.   Mevali   daraxtlar   yer   bag‘irlab   esayotgan
shamol   kuchini   pasaytirib,   tuproq   unumdor   qatlamini   uchirib   ketishdan   saqlaydi.
Daraxt   ildizlari   esa   tuproq   qatlamlarini   mustahkamlaydi,   tuproqning   suvga
chidamlilik   hamda   nam   singdiruvchanlik   xususiyatini   yaxshilaydi.   Natijada
tuproqning   sun’iy   sug‘orish   va   jala   yog‘inlari   ta’sirida   sodir   bo‘ladigan   eroziyasi
kamayadi.
62 2.2-jadval
O‘rta Zarafshon havzasi landshaftlarining  q ishlo q  xo‘jaligi nu q tai
nazaridan guru h lashtirilishi
Hududlar  Xo‘jalikda foydalanilish
Imkoniyatlari
3 5
CHaqilkalon tizmasining suvayirg‘ich qismlari kiradi CHorvachilikda, yilqichilikda, jumladan yirik shoxli mollar, 
echkichilikda yaylov sifatida foydalanish imkoniyati mavjud. 
SHuningdek, dorivor o‘simliklardan yetishtirishda, asalarichilikda 
mavsumiy foydalanish imkoniyatlari katta.
CHaqilkalon, CHumqortog‘ning 2000 m dan yuqori 
bo‘lgan qismlarini o‘z ichiga oladi CHorvachilikda yaylov sifatida va bahorikor dehqonchilikda, shu 
jumladan, g‘alla va donli ekinlar yetishtirishda, dorivor 
o‘simliklardan yetishtirishda, asalarichilikda foydalanilanish 
imkoniyatlari yuqori.
CHaqilqalon, Qoratepa, G‘o‘bdintog‘, Oqtog‘ 
tog‘larining 1000-2000 m gacha bo‘lgan qismlari  
misol bo‘ladi YAylov sifatida chorvachilikda, bahorikor dehqonchilikda, shu 
jumladan, g‘alla va donli ekinlar yetishtirishda, dorivor 
o‘simliklardan yetishtirishda, pillachilik va asalarichilikda 
foydalanilanish imkoniyatlari yuqori. Relyef tuzilishiga  qarab 
uzumchilik va bog‘dorchilik (pistazor, bodomzor, yong‘oqzor) da 
foydalanish mumkin.
Qaroqchitog‘, Zirabuloq, Ziyovuddin, Qoratog‘ 
tog‘larining 1000 m dan past qismlarini, adir va 
tog‘oldi prolyuvial tekisliklarini, shu bilan birga 
CHo‘ponota kuchli emirilgan tepalik va adirli qoldiq 
tog‘ landshafti hududlari misol bo‘ladi Bahorikor dehqonchilikda (arpa, bug‘doy, maxsar), tomchilatib 
sug‘orish orqali uzumchilik va intensiv bog‘dorchilik, ayrim 
hududlarida sug‘orma dehqonchilik yerlari sifatida, chorvachilika 
(qo‘y va echki boqish)da, pillachilik va asalarichilikda, yangi tipdagi 
(gidroponika usulidagi) issiqxonalar sifatida foydalanish 
imkoniyatlari mavjud.
O‘rta Zarafshon havzasining g‘arbiy qismidagi 
tekisliklarni, daryo qayirlari va qayir usti terassalarini
o‘z ichiga oladi Melioratsiyalash orqali sug‘orma dehqonchilik va intensiv 
bog‘dorchilik (uzumchilik, mevali bog‘lar), chorvachilik (qo‘y va 
echki boqishda), yangi tipdagi (gidroponika usulidagi) issiqxonalar 
sifatida foydalanish  mumkin
O‘rta Zarafshon havzasining g‘arbiy qismidagi 
tog‘larning quyi qismlari va adirlarni o‘z chiga oladi CHorvachilikda yaylov sifatida (qo‘y va echki boqishda), pillachilik 
va asalarichilikda, intensiv bog‘dorchilikda, fitomelioratsiyalash 
orqali bahorikor dehqonchilik (arpa, bug‘doy, maxsar) da, yangi 
tipdagi (gidroponika usulidagi) issiqxonalar uchun istiqbolli yerlar 
sifatida foydalanish  mumkin
O‘rta   Zarafshon   havzasining   g‘arbiy   qismidagi
quruqsoylarning konussimon yoyilmalarini o‘z ichiga
oladi Yer   osti   suvlaridan   foydalangan   holda   kichik   hududlarda
dehqonchilik   sifatida,   fitomelioratsiyalash   orqali   intensiv
bog‘dorchilik yerlari sifatida foydalanish mumkin 
Qaroqchitog‘,   Zirabuloq,   Ziyovuddin,   Qoratog‘
etaklaridagi tekisliklarni o‘z ichiga oladi Yerlarni   melioratsiyalash   va   kollektor   tizimini   yo‘lga   qo‘yish   orqali
sug‘orma   dehqonchilik   va   bog‘dorchilikda   foydalanish   imkoniyati
yuqori, shuningdek, chorvachilikda yaylov sifatida (qorako‘lchilik va
echkichilikda), intensiv bog‘dorchilikda, asalarichilik va pillichilikda,
yangi   tipdagi   (gidroponika   usulidagi)   issiqxonalar   uchun   istiqbolli
yerlar sifatida foydalanish  imkoniyatlari mavjud
CHaqilkalon,   Qoratepa,   Qaraqchitog‘,   G‘o‘bdintog‘,
Oqtog‘   tizmalaridagi   soylarning   vodiylari,   tog‘oldi
tekisliklaridagi   kichik   masshtabdagi   hududlarni   o‘z
ichiga oladi Relyafni   hisobga   olgan   holda   soy   suvlari   va   yer   osti   suvlaridan
samarali   foydalanish   orqali     dehqonchilik   va   intensiv   bog‘dorchilik,
shu   jumladan   uzumzorlar,   mevali   bog‘lar   uchun     foydalanish
imkoniyati   yuqori.   SHuningdek,   asalarichilik,   pillachilik   va
polizchilikda foydalanish imkoniyatlari mavjud
O‘rta   Zarafshonning   g‘arbiy   qismidagi   daryo
qayirlari va qayir usti terasalari Zax   qochirish   orqali   sug‘orma   dehqonchilik,   bog‘dorchilik   va
sholichilik,   meva-sabzavotchilik,   pillachilik   va   polizchilikda
foydalanish istiqboli yuqori
CHaqilkalon, Qoratepa, CHimqortog‘, Qaroqchitog‘,
G‘o‘bdintog‘ning   tog‘oldi   prolyuvial   tekisliklarini
o‘z ichiga oladi Sug‘orma   dehqonchilik   asosida   etishtiriladigan   barcha   ekin   turlarini
ekish, bog‘dorchilik, pillachilik va polizchilikda foydalanish mumkin
Samarqand, Kattaqo‘rg‘on vohalari, shuningdek 
soylarning yirik yoyilmalarida tarkib topgan voha 
landshaftlarini o‘z ichiga oladi Sug‘orma dehqonchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik va pillachilik, 
ikkinchi ekin sifatida dukkakli ekinlar, yoyilmalarda soy suvlari va 
yer osti suvlaridan unumli foydalangan holda uzumchilik, 
bog‘dorchilik hamda dehqonchilikni turli shakllarida foydalanish 
imkoniyatlari yuqori
*N.A.Kogayning baholash mezonlarini qo‘llash asosida muallif tomonidan tuzildi.
63 Tog‘oldi   tekisliklarida   mevali   bog‘lar   maydonini   kengaytirishning   ijobiy
tomonlaridan   biri   tuproq   qatlamlari   zichlanishining   susayishi   hamda   tuproq
strukturasining qayta tiklanishiga sharoit yaratilishidir. Kuzatuvlarga ko‘ra, birgina
paxta dalasiga yil davomida 7-10 marta (ayrim manbalarda 17-20 marta [ 50;  36-38
b. ])   agrotexnika   vositalari   kiradi.   Yosh   mevali   bog‘larga   esa   3-4   marta,   hosilga
kirgan   bog‘larga   1-2   marta   agrotexnika   vositalari   kiradi   yoki   umuman   kirmaydi.
Mevali bog‘larning hosil berish davri o‘rtacha 10-15 yilni tashkil etadigan bo‘lsa,
ushbu muddat davomida bog‘ maydonlarida tuproq zichlanishining oldi olinadi. 
Mevali   bog‘larni   kengaytirish   tog‘oldi   tekisliklarida   yashaydigan   turli
xayvonlar populyasiyasining kengayishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada,
ayniqsa,   qushlar   populyasiyasi   tez   rivojlanadi,   tuproq   tarkibidagi
mikroorganizmlar   ham   ko‘payib,   ularning   faoliyati   kuchayadi.   Natijada   tuproq
biotasi qoniqarli holga keladi. 
SHuni   alohida   ta’kidlash   kerakki,   mevali   daraxtlarga   har   yili   shakl   berish
maqsadida kesilgan shox-shabbalardan durustgina o‘tin olish mumkin. Bu o‘rtacha
gektaridan 5-10 tonna o‘tinni tashkil etadi. Bundan tashqari, bog‘larni yoshartirish
maqsadida   qarigan   daraxtlarni   ildizi   bilan   chiqarish   natijasida   gektariga   30-50
tonna sof o‘tin olish mumkin. Bu mahalliy aholining o‘tinga bo‘lgan extiyojining
katta qismini qoplash imkoniyatini beradi.
Tog‘oldi   tekisliklarining   katta   maydonlarida   mevali   bog‘larning   tashkil
etilishi   asalarichilikni   rivojlantirishga   ham   qulay   sharoit   yaratadi;   bu   asal
yetishtirish   bilan   birga   mevali   bog‘lar   hosilining   ortishiga   ham   ijobiy   ta’sir
ko‘rsatadi. 
Keltirilgan   ma’lumotlardan   ko‘rinib   turibdiki,   adir   mintaqasida
bog‘dorchilikni   rivojlantirish   ekologik   jihatdan   adirlarga   antropogen   ta’sirning
kamayishiga   va   ko‘p   jixatdan   tabiiy   jarayonlarning   faollashishi   natijasida   adir
ekotizimining qayta tiklanishiga olib keladi. Iqtisodiy jihatdan esa turli mevalardan
mo‘l   xosil,   asal   va   o‘tin   olinishiga   va   shu   sabab   aholi   daromadlarining   ortishiga
erishish mumkin.
64 Ma’lumki,   mevali   daraxtlarning   biologik   jixatdan   chidamlilik   xususiyatlari
turlicha   bo‘lib,   bu   holat   ularning   turli   navlarida   ham   ko‘zga   tashlanadi.   Misol
uchun,   ayrim   mevali   daraxtlar   sho‘rga,   ayrimlari   tuproq   zichlanishiga   chidamli;
ba’zilari   esa   shag‘alli   qatlamda   va   qurg‘oqchil   yer larda   ham   bemalol   o‘sish
imkoniyatiga   ega.   SHu   nuqtai   nazardan   olib   qaragandan,   sho‘rlanish   yuzaga
kelgan  yer ga sho‘rga chidamli mevali daraxtlarni, tuproq zichlanishi kuzatiladigan
yer larga zichlanishga chidamli mevalarni, shag‘alli qatlam ochilib qolgan   yer larga
toshloqda   ham   bemalol   o‘sib,   mo‘l   xosil   bera   oladigan   mevalarni,   suv   taqchil
yer larga   esa   qurg‘oqchilikka   chidamli   mevalarni   ekish   yaxshi   iqtisodiy
samaradorlikka   erishish   imkoniyatini   beradi.   SHuning   uchun   ta’kidlangan   sho‘rli
maydonlarga,   asosan,   uzum,   anjir,   anor,   nok   va   o‘rik   ko‘chatlarini   ekish   yaxshi
samara beradi. CHunki ular sho‘rga chidamli mevali daraxtlar xisoblanadi. Aslida
sho‘rlanishga   eng   chidamli   mevalar   jiyda   va   unobi   xisoblanadi.   Ammo,   aholi
o‘rtasida bu mevalarga bo‘lgan talab kam va eksportboplik xususiyati ham pastroq.
Tuproq   sho‘rlanishiga   chidamsiz   bo‘lgan   shaftoli,   olcha,   gilos,   xurmo   kabi
mevalarni sho‘rlangan maydonlarga ekish ijobiy natija bermaydi [35;  512 b. ].
Biz   olib   borilgan   tadqiqotlar   natijasida   Oqtog’   tog’oldi   tekisliklarida
landshaftlarni   qishloq   xo’jalik   maqsadlarida   baholash   ishlarini   amalga   oshirdik.
Hudud   O‘rta   Zarafshon   okrugi   shimoliy   hududlariga   Oqtog‘   va   Qoratog‘ning
janubiy   yonbag‘riga   tutash   bo‘lgan   adir   va   tog‘oldi   tekisliklar,   ushbu   tog‘lardan
boshlanuvchi   soylarning   yoyilmalari   kiradi.   Rayon   hududi   relyef i   to‘lqinsimon
bo‘lib,   quruq   va   doimiy   oqar   soy   havzalari   bilan   kuchli   parchalangan,   yer
yuzasining   1 0
  dan   5 0  
gacha   qiyalikka   ega   bo‘lgan   yer larni   tashkil   etadi.   Rayon
hududining  dengiz  sathidan   balandligi   670-1000  m  atrofida.  Tuprog‘i   asosan  och
tusli   va   tipik   bo‘z,   yoyilmalarda   to‘q   tusli   bo‘z   tuproqlar   tarqalgan   bo‘lib,   unda
oqquvray,   qiltiq,   shuvoq,   qo‘ziquloq,   shuvoq,   efemerli   iris,   qorabosh,   mingbosh,
singren   kabi   cho‘l   o‘simliklari   aralash   efemeroidlar   yaxshi   rivojlangan.   Nurota
tog‘oldi   adir-prolyuvial,   delyuvial   va   allyuvial   tekislik   rayonining   umumiy
maydoni   ArcGIS dasturi yordamida kosmik suratlardan foydalanib hisoblanganda
2748   km 2
  ni   tashkil   etadi.   Rayon   hududida   yog‘in   miqdori   Oqtog‘da   372   mm
65 gacha, Qoratog‘da 200-250 mm atrofida bo‘lib, ularning asosiy qismi fevral-aprel
oylariga   to‘g‘ri   keladi.   Qo‘shrabot   meteorologik   stansiyasidan   olingan
gidrometeorologik   o‘lchashlar   natijasiga   ko‘ra   ushbu   hududda   +5 0
S   dan   yuqori
bo‘ladigan   davr   Oqtog‘da   6   apreldan   boshlanib,   20   noyabrgacha   davom   etsa,
Qoratog‘da   13   martdan   boshlanib,   12   noyabrgacha   davom   etadi   va   mos   ravishda
258-243   kunni   tashkil   etadi.   SHu   oraliqdagi   rayon   hududidagi   ijobiy   haroratlar
yig‘indisi   4380-4750 0
S   atrofida   bo‘ladi,   +10 0
S   dan  
oshadigan   kunlar   aprel
boshidan oktyabr oxirigacha davom etadi va hudud uchun bunday kunlar soni 200-
210   ga   teng.   Bu   davrdagi   ijobiy   haroratlar   yig‘indisi   4080-4390 0
S   gacha   etadi.
Sovuqsiz kunlar 6-14 apreldan boshlanib to 12-14 oktyabrgacha davom etadi va bu
davr   180-190   kunni   tashkil   etadi.   Yanvarning   o‘rtacha   harorati   -2,4 0
S,   -0,7 0
S   ga,
iyulniki esa 27,0 0
S ga teng. Havo harorati +5 +15 0
S bo‘lgan bahorgi davrda 131-54
mm,   yozda   61-47   mm   yog‘in   yog‘adi.   Quruq   davr   3   iyundan   (Oqtog‘da),   16
maydan (Qoratog‘da) boshlanadi  [27; 5-218 b.] . 
Oqtog’ning janubiy etaklari tog’oldi tekisliklarini qishloq xo’jalik
maqsadlarida baholash karta-sxemasi
Adir   nishab   qirliklarining   quyi   qismlarida   tuproq   eroziyasi   sabab   shag‘alli
qatlamlar ochilib qolgan va toshloq yerlar vujudga kelgan. Ushbu  yer larga alohida
mevali daraxtlarni o‘tqazish talab etiladi. Jumladan, o‘rik, bodom, uzum, yong‘oq,
olma   kabi   mevali   daraxtlar   shag‘alli   yer larda   ham   unib   o‘sib,   mo‘l   xosil   beradi.
Bundan tashqari, olcha, gilos, shaftoli, olxo‘ri, nok, behi kabi mevali daraxtlar ham
toshloq yerlarda o‘sishi mumkin, ammo hosildorligi ancha kam bo‘ladi. 
66SHARTLI BELGILAR
Juda noqulay
Qulayroq Qulay
Juda qulay
Масштаб 1: 800 000 671-rasm
. O
’rta Zarafshonning tog’oldi tekisliklarida intensive bog’dorchilikni rivojlantirish im
koniyatlari karta-	
sxem
asi Tuprog‘i   zichlashgan   maydonlarga   zichlanishga   bardoshli   mevali   daraxtlar
ekish maqsadga muvofiqdir. Mevali daraxtlarning tuproq zichlanishiga turg‘unligi
bo‘yicha gilos>o‘rik>nok>olma>olxo‘ri>olcha tartibida joylashtirish mumkin [69;
190 b. ]. 
Suv resurslarining taqchilligi  hamda suv chiqarishdagi  qiyinchiliklar sabab,
adirlarning   katta   qismi   dehqonchilikka   jalb   qilinmagan.   Bunday   maydonlardan
chorva xayvonlarini boqish uchun yaylov sifatida foydalanib kelinmoqda. Ammo,
bu   joylardan   yaylov   o‘rniga   qurg‘oqchilikka   chidamli   bo‘lgan   pista   va   bodom
mevali   daraxtlarini   ekib,   lalmi   bog‘dorchilikni   rivojlantirishga   alohida   e’tibor
qaratilsa   yuqori   iqtisodiy   samaradorlikka   erishish   mumkin.   O‘rganishlar   shuni
ko‘rsatadiki,   tog‘   oldi   lalmi   yerlarida   bug‘doy   yetishtirishga   qaraganda   pista
yetishtirish   50   barobardan   ortiq   foyda   beradi,     bu   joylardan   chorva   mollarini
o‘tlatish   uchun   foydalanish   xandon   pista   yetishtirishdan   olingan   foydaning   atigi
4,5 foizini tashkil etadi holos [33; 7 b.]. SHuningdek, lalmi hududda xosilga kirgan
pistazorlar   plantatsiyasining   1   gektaridan   100   mln.   so‘mdan   ortiq   daromad   olish
mumkinligi   aniqlangan   [51;   s.   61-63,].   SHuning   uchun   janubi-g‘arbiy   Osiyo
mamlakatlari da  (Eron, Turkiya va b.) pistani ,  keltiradigan yuqori daromad i  sababli ,
“ yashil oltin ”  yoki  “ tilla daraxt ”  deb  ham  atashadi  [30;  57 b. ] .
Pista   xosili   y etishtirishning   bir   qancha   afzalliklari   mavjud.   Jumladan,   pista
o‘simligini   y etishtirish uchun   keng ko‘lamli meliorativ tadbirlarni amalga   oshirish
shart   emas.   Bun dan   tashqari   pistazorga   suv   olib   kelish,   og‘ir   qishloq   xo‘jalik
texnikasidan   foydalanish   va   katta   miqdorda   mineral   o‘g‘itlar   solish   talab
qilinmaydi.
Pistazorlar   plantatsiyalarini   yaratish   orqali   lalmi   yerlarning   flora   va
faunasini   saqlash   uchun,   qolaversa,   ularni   qayta   tiklash   uchun   qulay   sharoit
yarat iladi.   Mazkur   holat   tuproqlarning   emirilishiga   va   unumdorligi   pasayib
ketishiga   hamda   o‘simlik   va     hayvonot   dunyosining   yo‘qolib   borishiga   qarshi
kurashishda   yordam   beradi.   Bir   so‘z   bilan   aytganda   pista   daraxti   o‘zi
etishtirila di gan   h ududda   ekologik   vaziyatni   yaxshila ni sh i ga   ko‘maklashadi   va
mikro i qlimni yaxshilashga yordam beradi .
68 O‘zbekistonning   tog‘   oldi   adir   zonalarida   tokchilikni   rivojlantirish   ham
muhim iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, u mo‘l va sifatli uzum  yetishtirish
bilan bir qatorda, qo‘shimcha   yer   resurslari va qulay iqlim sharoitlaridan samarali
foydalanish,   uzum   mahsulotlarini   ishlab   chiqarishni   sanoat   darajasiga   ko‘tarish,
ushbu   zonalarni   iqtisodiy   jihatdan   rivojlantirish   va   yangi   ish   o‘rinlarini   yaratish
imkoniyatlarini tug‘diradi.
I.N.Kondo   ma’lumotlarga   ko‘ra,   O‘zbekiston   sharoitida   sug‘oriladigan
maydonlarda tok o‘simligi transpiratsiya uchun suvning 22-51% ini sarflasa, lalmi
yer larda   o‘rtacha   8-9%   ini   sarflar   ekan   [38;   200   b. ].   Demak,   tok   sharoitga   qarab
suvni tejash qobiliyatiga ega.
Uzumzorlarni   qiyaligi   yuqori   bo‘lgan   maydonlarda   terrasalash   (supacha)
agrotexnologiyasidan   foydalanib   tashkil   etish   yaxshi   samara   beradi.   Bunga
qo‘shimcha,   terrasalash   tuproq   eroziyasining   oldini   oladi,   tuproqda   nam   ko‘proq
to‘planadi,   tokzorni   mexanizatsiya   yordamida   ishlash   imkoniyatini   yaratadi   [38;
200 b. ].
Adirlarda   lalmikor   polizchilikni   rivojlantirish   ham   yaxshi   samara   beradi.
CHunki   sug‘orish   uchun   katta   miqdorda   suv   talab   qilmaydi.   Xatto,   adirlarning
yog‘in   ko‘proq   yog‘adigan,   tuproq   unumdorligi   yuqori   bo‘lgan   qismlarida
umuman sug‘ormasdan poliz ekinlarini yetishtirish mumkin.
V.I.   Zuev   va   b.   ning   ma’lumotlariga   ko‘ra,   poliz   ekinlari   qurg‘oqchilikka
chidamli   o‘simlik   xisoblanadi.   Ularni   issiq   iqlimli   tog‘oldi   tumanlarida,   dengiz
sathidan   500-700   m   balandlikdagi   yillik   yog‘in   miqdori   250-300   mm   bo‘ladigan
tekisliklarda sug‘ormasdan   yetishtirish   mumkin [12; 317 b.]. SHu bilan birga tog‘
oldi adirlarda lalmikor polizchilikni rivojlantirish etishtiriladigan hosilning sifati va
ta’mini   sug‘orib   etishtirilganlariga   nisbatan   shirinroq   bo‘lishi,   arzonroq
etishtirilishi, o‘simliklarning kasalliklariga kam chalinishi bilan ajralib turadi.
Mamlakatimizning   tog‘   oldi   adir   yer larida   poliz   ekinlari   hosildorligini
tuproqda kuz-qish oylarida to‘plangan nam miqdori belgilaydi. SHuning uchun bu
yer da poliz ekinlari agrotexnikasiga asosan e’tibor  yer da ko‘p nam to‘plash va uni
to‘la saqlab qolishga qaratilishi kerak. SHuningdek, Tog‘ oldi adirlarning tuproq-
69 iqlim sharoitlari birmuncha keskin bo‘lganligi sababli, bu  yer da o‘stiriladigan poliz
ekinlarining   issiqqa,   sovuqqa   va   qurg‘okchilikka   chidamli,   ildizlari   yaxshi
rivojlanadigan   navlari   ekiladi.   Bunday   xususiyatlarga   ega   bo‘lgan   bir   qancha
navlar   halq   seleksiyachilari   va   olimlar   tomonidan  yaratilgan   va  rayonlashtirilgan.
Masalan,   Jizzax   va   Samarqand   viloyatlarining   yuqori   tekisliklarida   va   pastki
tog‘oldi zonalarida   yetishtirish   uchun qovunning YUbileynaya, Arbakeshka 1219,
Po‘rsildoq,   Ichi   qizil,   kechpisharlaridan   Gulobi   bogarnaya,   tog‘oldi   zonalarining
yuqori   pog‘onalarida   –   bularga   qo‘shimcha   Zarg‘aldoq-gulobi   navini   ekishga
tavsiya   etiladi.   Qashqadaryo   va   Surxondaryo   viloyatlarining   lalmi   tekisliklarida
qovunning   Bosvoldi,   Po‘rsildoq;   kechpishar   navlaridan   –   Qo‘ybosh,   Ichi   qizil,
Qo‘ybosh   476,   Bogarnaya   34;   tog‘oldi   lalmi   yer larida   –   yuqoridagi   navlar   bilan
birga Arbakeshka 1219, Ko‘kcha 588; kechpisharlardan – Zarg‘aldoq gulobi; Qora
qand navlari ekiladi.
Xulosa   qilib   aytganda,   adir   mintaqasining   tabiiy   geografik   sharoitini   va   bu
hududda   yuzaga   kelgan   geoekologik   muammolarni   chuqur   o‘rganib,   ushbu
sharoitlarga  mos  mevali  daraxtlarni   ekish  bog‘dorchilikda  yuqori   natijalar   olishni
kafolatlaydi.   Jumladan,   adirlarning   tabiiy   geografik   sharoiti   ildiz   tizimi   yaxshi
rivojlangan,   qurg‘oqchilik   va   qora   sovuqlarga   chidamli,   shuningdek   hosili   erta
etiladigan   mevali   daraxtlarni   yetishtirish   uchun   qulay   xisoblanadi.   Geoekologik
jixatdan esa, mevali daraxtlarning chidamlilik xususiyatlarini inobatga olish lozim.
YA’ni,   sho‘rlangan   yer larga   sho‘rlanishga   chidamli   mevali   daraxtlarni,   tuproq
zichlanishi   yuqori   bo‘lgan   yer larga   zichlanishga   bardoshli   mevali   daraxtlarni,
toshloq   yer larga   esa   shag‘alli   yer larda   ham   o‘sa   oluvchi   mevali   daraxtlarni   ekish
maqsadga   muvofiqdir.   Suv   tanqis   yer larda   esa   qurg‘oqchilikka   chidamli   bo‘lga
pista   va   bodom   kabi   quruq   mevali   daraxtlarni   o‘stirish   yaxshi   natija   beradi.
SHuningdek,   suvsizlikka   bardoshli   bo‘lgan   uzumchilikni   ham   kengaytirish
maqsadga muvofiq xisoblanadi. Bundan tashqari, adirlarda atmosfera yog‘inlarini
tutib qoluvchi agrotexnologiyalarni qo‘llash va tuproq namligini uzoq vaqt saqlab
qoluvchi  mulchalash  vositalaridan keng foydalanish sug‘orishni  talab etmaydigan
lalmi bog‘lar yaratish imkonini beradi.
70 3.2.-§.  Tog’oldi tekisliklarining  geoekologik muammolari
Tog‘   yonbag‘irlari   va   uning   etaklari,   tog‘   vodiylari   qadimdan   aholining
tirikchilik   makoni,   tabiiy   yaylov,   lalmi   va   sug‘oriladigan   dehqonchilikning
vujudga   kelish   o‘choqlari,   noyob   gidrotexnik   inshootlar   maskan   topgan,   nodir
qazilma boyliklar qazib olinadigan o‘lka sifatida ma’lum.
Endilikda   iqtisodiyot   tarmoqlarining   tezkorlik   bilan   rivojlanishi   tog‘
resurslaridan   yanada   kengroq   foydalanishga   olib   kelmoqda.   Bu   hol   tog‘larda
ekologik   vaziyatni   jiddiylashishiga,   noqulay   hodisalarning   kengroq   tarqalishiga
yo‘l   ochmoqda.   Asosiy   sabab   tog‘   yonbag‘irlarining   o‘rmon   bilan   qoplanish
darajasining nihoyatda kamligi bilan bog‘liq.
Inson   ta’sirida   tabiatning   o‘zgarishi,   ayniqsa,   tog‘   oldi   va   tog‘
yonbag‘irlarida   kuchli   darajada   ro‘y   bergan.   Bu   hol   asosan   chorva   mollarini
tartibsiz   boqilishi,   yem-hashak   tayyorlanishi,   lalmi   dehqonchilik   maydonlarining
kengaytirilishi,   buta   va   daraxtlarni   yoqilg‘i   va   qurilish   materiali   sifatida   ayovsiz
qirqilishi   bilan   bog‘liqdir.   Uzoq   yillar   davomida   „ yog‘och   ko‘mir “   tayyorlash
maqsadida tog‘ yonbag‘irlaridagi juda ham ko‘p o‘rmonzorlar qirqib yuborildi.
Tog‘   yonbag‘irlarining   oqar   suvlarni   tutib   qolish   xususiyatining   kamayib
ketishi ularda sel hodisalarining keng tarqalishiga, katta maydonlarni qamrab olgan
surilmalarning tez-tez ro‘y berishiga, tuproqlarni yuvilib ketishiga, turli kattalikda
ariqchalar   va   jilg‘alarni   vujudga   kelishi   va   ularni   qo‘shilib   katta-katta   jarliklar
hosil qilishiga olib kelgan.
Tog‘   yonbag‘irlarining   o‘simliklar   bilan   yetarli   darajada   zich
qoplanmaganligi   natijasida   er oziya   hodisasi   tezlashadi.   Oqar   suvning
yonbag‘irlarda   (qiyalik   2   –   3º   dan   oshganda)   harakati   natijasida   avvaliga
tuproqning   ustki   qatlami   kuchsiz   darajada,   qiyalik   oshishi   bilan   o‘rtacha,
keyinchalik esa kuchli darajada yuviladi. Yuvilish shu tariqa davom etsa, avvaliga
kichikroq jilg‘a, keyin o‘yiq joy – ariqcha va so‘ngida jarlik vujudga keladi.
71 Inson   tog‘   va   tog‘oldi   hududlarida   katta   bunyodkorlik   loyihalarini   amalga
oshirib,   mavjud   resurslarni   ishga   solishi   asosida,   ishlab   chiqarish   kuchlarini
muttasil   rivojlantirmoqda.   Bu   yirik   masshtabli   antropogen   o‘zgartirishlar   (suv
omborlari, selxonalar, temir va avtomobil yo‘llari, kanallar, gidrouzellar, tunellar,
turli   muhandislik   inshootlari)   hududning   mahalliy   tabiiy   sharoiti   va   omillari
ta’siriga   mos   tushsa,   ko‘p   yillik   barqaror   vazifaga   ega   bo‘ladi.   Demak,
muhandislik inshootining atrof-muhit omillari ta’siriga bardoshligi turg‘un bo‘lsa,
o‘z navbatida, uning atrof-muhitga ko‘rsatadigan texnogen ta’siridan uni dinamik
holatida   keskin   o‘zgarishlar   sezilmasa,   ularning   barqarorlik   vazifalari   uzoq   vaqt
davom etadi.
Tog‘oldi mintaqalarida tabiatdan foydalanish strategiyasi Tabiatni muhofaza
qilish   Davlat   qo‘mitasi   tomonidan   ishlab   chiqilgan   uzoq  muddatga   mo‘ljallangan
dasturda   belgilanishi   lozim.   Tabiatdan   foydalanish   strategiyasi-hudud   tabiati   va
uning resurslarini uzoq muddat (5 – 10 yil va undan ko‘p)ga qadar ishlab chiqarish
muomalasida bo‘lishida undan foydalanish tamoyillari, usul va uslublari, me’yoriy
ko‘rsatkichlar,   boyliklarni   oqilona   muomalaga   kirtish,   sifat   va   keskin   miqdoriy
o‘zgarishlarni   oldini   olish,   tejamkorlik   va   boshqalarga   to‘liq   rioya   qilish   kabilar
tushuniladi.
Boyliklardan   foydalanishning   ustuvor   yo‘nalishlari,   aytaylik   suvdan   barcha
sohalarda,   xususan   sug‘orma   dehqonchilikda   me’yorga   va   sifatini   yaxshilab
borishga   bekami   ko‘st   amal   qilish,   sug‘orishda   yangi   ilg‘or   innovatsion
texnologiyalarni bosqichma-bosqich qo‘llashdan iborat.
Tog‘   va   tog‘oldi   majmualarining   ekologik-iqtisodiy   barqaror   rivojlanishi
tabiiy   muhitning   qanoatlanarli   holati,   resurslardan   oqilona   foydalanish,   tabiat
muhofazasi   va   ekologik   vaziyatni   optimal   holatda   bo‘lishi,   o‘z   navbatida   aholi
salomatligining   yuqori   darajada   bo‘lishiga   ijobiy   ta’sir   etadi.   Bunday   qulay
ekologik muhitda iqtisodiy barqaror rivojlanish ta’minlanadi.
O‘rta   Zarafshon   tog‘oldi   tekisliklarida   intensiv   bog‘dorchilikka   qaratilgan
tajriba   natijalariga   ko‘ra   mevali   daraxt   ko‘chatlari   tomchilatib   sug‘orish   ham
vegetatsiya   davrini   tabiiy   sug‘orilgan   ko‘chatlardagi   kabi   o‘tkazdi.   SHunga
72 qaramay,   tajribadagi   mevali   daraxtlardan   olingan   hosil   sug‘orilganlariga   nisbatan
juda   kam   miqdordagi   sarf   xarajatlar   evaziga   etishtirilganligi,   shuningdek
tajribadagi   o‘rik,   shaftoli   hamda   olma   mevalarining   ta’mi   sug‘orilganlariga
nisbatan   bir   muncha   shirin   ekanligi   bois,   narxining   balandligi   olinadigan   sof
daromad biroz yuqoriroq bo‘lishini ta’minladi. 
Mevali  daraxtlarning keyingi yillarda yetishtirilgan hosili  va undan olingan
daromad miqdori bo‘yicha natijalarga asoslanib tog‘oldi mintaqasining suv tanqis
maydonlarida tomchilatib sug‘oriladigan bog‘ tashkil etish mumkin. 
Umuman olganda ishlab chiqilgan agrotexnologiya bo‘yicha tog‘oldi tekislik
mintaqasiga   o‘rik,   shaftoli,   olma   va   behi   mevali   daraxtlaridan   iborat   tomchilatib
sug‘oriladigan   bog‘   tashkil   etish   mumkin.   Olchadan   olingan   daromadning   juda
kam   ekanligi,   olxo‘rida   esa   xarajatning   daromadga   nisbatan   yuqori   bo‘lishi   bu
mevali daraxtlardan lalmi bog‘ tashkil etish samarasiz ekanligini ko‘rsatdi.
Ma’lumotlarga   ko‘ra   O‘zbekistonda   qishloq   xo‘jaligiga   mo‘ljallangan
yer larning umumiy maydoni 20 mln   236,3 ming gektarni tashkil etadi. Ammo suv
resurslarining taqchilligi bois ushbu maydonning atigi 3,2 mln gektarida sug‘orma
dehqonchilik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, O’rta Zarafshon adir hududlarida
ham   suv   resurslarini   etishmasligi   bois   qishloq   xo‘jaligida   foydalanilmayotgan
107,0   ming   gektar   yer   maydoni,   dehqonchilikka   jalb   etilmagan   2,8   ming   gektar
bo‘z   yer lar,   hamda   143,0   ming   gektar   yaylovlar   mavjud   [ 27;   122   b. ] .   Ushbu   yer
maydonlarining yog‘in ko‘proq tushadigan (200 mm dan ortiq), bug‘lanuvchanlik
esa nisbatan pastroq (1000 mm dan kam) hamda tuproq qatlami qalin (1-2 metr) va
bir   muncha   unumdor   bo‘lgan   bo‘z   tuproqli   tabiiy   sharoitga   ega   CHaqilkalon,
Qoratepa,   Oqtog‘   va   Qoratog‘   va   G‘o‘bdin   tog‘oldi   tekisliklarida   tomchilatib
sug‘oriladigan bog‘lar tashkil etish mumkin. 
Tog‘oldi   tekisliklarida   tomchilatib   sug‘oriladigan   bog‘   tashkil   etish
agrotexnologiyasini   keng   miqyosda   amaliyotga   joriy   etish   orqali   yana   bir   qator
iqtisodiy jixatdan ijobiy natijalarga erishish mumkin. Jumladan:
1.Global   iqlim   o‘zgarishi   natijasida   so‘nggi   yillarda   mamlakatimizda
kuzatilayotgan suv tanqisligi muammosi tobora keskinlashib bormoqda. 2015 yilda
73 O‘zbekiston   bo‘yicha   umumiy   suv   tanqisligi   3   km 3
  ni   tashkil   etgan   bo‘lsa,   2030
yilga borib 7 km 3  
, 2050 yilga qadar esa 11-13 km 3
  ga etishi mumkin [92]. Ushbu
ma’lumotni   turli   ss enariylar   bo‘yicha   Sirdaryo   va   Amudaryoning   suv
resurslaridagi   o‘zgarishlar   me ’ yor   atrofida   tebranishlardan   to   mos   ravishda   28   va
40%   gacha   kamayishi   mumkin   ekanligi   bo‘yicha   berilayotgan   bashoratlar   ham
tasdiqlaydi [41; c. 252]. Ushbu bashoratlar bugungi kunda o‘z isbotini topmoqda.
Jumladan,   respublika   aholisi   sonining   yuqori   sur’atlar   bilan   o‘sib   borishi   va
aksincha   suv   resurslarini   kamayib   boishi   natijasida   oxirgi   15   yilda   aholi   jon
boshiga   to‘g‘ri   keladigan   sug‘oriladigan   yer   maydonlari   o‘lchami   24   foizgacha
(0,23 gektardan 0,16 gektargacha) qisqardi [4].
Keltirilgan   ma’lumotlardan   ko‘rinib   turibdiki,   birinchi   navbatda
mamlakatimizda   eng   ko‘p   suvni   iste’mol   qiladigan   qishloq   xo‘jaligi   sohasiga
suvtejamkor agrotexnologiyalarni joriy etish talab etiladi. Bu borada hukumatimiz
tomonidan   suvtejamkor   sug‘orish   usullarini   amaliyotga   keng   joriy   etishni
rag‘batlantirishga   doir   muhim   hujjatlar   imzolangan.   Jumladan,   O‘zbekiston
Respublikasi  Prezidenti SH.M.Mirziyoev tomonidan 2019 yil 17 iyunda “Qishloq
xo‘jaligida   yer   va   suv   resurslaridan   samarali   foydalanish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida”   gi   PF-5742-sonli   Prezident   farmoni   [3],   2019   yil   9   oktyabrda   “Suv
resurslarini   boshqarish   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida” gi PQ-4486-sonli Prezident qarori [2], 2019 yil 25 oktyabrda “Qishloq
xo‘jaligida   suvni   tejovchi   texnologiyalarni   joriy   etishni   rag‘batlantirish
mexanizmlarini   kengaytirish   chora   tadbirlari   to‘g‘risida”   gi   PQ-4499-sonli
Prezident   qarori   [1]   elon   qilindi.   Prezidentimizning   ushbu   qaror   va   farmonlarida
qishloq   xo‘jaligi   ekinlarini   sug‘orishda   innovatsion   suv   tejovchi
agrotexnologiyalarni  keng qo‘llash va  suv resurslarining isrofgarchiligiga barxam
berish   bo‘yicha   bir   qator   topshiriqlar   berilgan   bo‘lib,   ularning   ijrosini   samarali
ta’minlashda taklif etilayotgan, suv resurslarini maksimal darajada iqtisod qilishga
qaratilgan   tomchilatib   sug‘oriladigan   bog‘lar   tashkil   etish   agrotexnologiyasini
keng ko‘lamda amaliyotga joriy etish katta samara berishi mumkin.
74 O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   SH.M.Mirziyoev   tomonidan   2019
yilning   4   iyun   kuni   qishloq   xo‘jaligida   yer   va   suv   resurslaridan   samarali
foydalanish   borasidagi   ustuvor   vazifalarga   bag‘ishlab   o‘tkazilgan   yig‘ilishda
O‘zbekistonda   o‘zlashtirish   imkoni   yuqori   bo‘lgan   1   mln   gektardan   ortiq
maydonning mavjudligi, ushbu yerlarni suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish
hamda kam suv talab qiladigan ekinlarni, ayniqsa mevali daraxtlarni ekish hisobiga
o‘zlashtirish choralarini ko‘rish zarurligi aytib o‘tildi [90]. Aynan ushbu topshiriq
ijrosini mamlakatimizning adir mintaqasidagi suv taqchilligi sabab dehqonchilikka
jalb etilmagan bo‘z  yer larda, shuningdek suv resurslarini kamayib ketishi oqibatida
dehqonchilik   aylanmasidan   chiqib   ketgan   minglab   gektar   maydonlarda   taklif
etilayotgan   usul   yordamida   tomchilatib   sug‘oriladigan   bog‘lar   tashkil   etish   orqali
samarali ta’minlash mumkin.
2. Ta’kidlash   lozimki,  O‘zbekistonda  sug‘oriladigan  maydonlarni  suv  bilan
ta’minlashga   juda   katta   mablag‘   sarflanadi.   Ularning   kattagina   qismi   suvni   ekin
dalalariga   etkazib   berish   uchun   nasoslarga   ishlatiladi.   Chunki   mamlakatimizda
ishlab  chiqariladigan  elektroenergiyaning  17  %  idan   ko‘prog‘i  qishloq   ho‘jaligini
suv   bilan   ta’minlashga   sarflanadi.   Bu   juda   katta   xarajat   ekanligini   esdan
chiqarmaslik kerak [5; 113 b.]. 
Respublika bo‘yicha jami 1600 dan ortiq qudratli nasos stansiyalari qurilgan
bo‘lib,   ular   2   mln   ga   dan   ortiqroq   sug‘oriladigan   yer larga   (jami   sug‘oriladigan
yer larning   60%   ga   yaqin  qismiga)   50  mlrd  m 3
  (6,4  ming   m 3
/s)   miqdordagi   suvni
chiqarib   beradi   [21;   407   b. ].   Statistik   ma’lumotlarga   ko‘ra,   birgina   Samarqand
viloyatining o‘zida ekin dalalariga suv etkazib beruvchi nasoslarning umumiy  soni
1084   tani   tashkil   etadi   [32].   Ushbu   nasoslar   Samarqand   viloyatidagi   jami
sug‘oriladigan   yerlarning   qariyb   yarmiga,   ya’ni   82   966   ga   yerga   suv   ko‘tarib
beradi. 2021 yilda ushbu nasoslar 2   179   468 ming m 3
 suvni 866   548 ming kvt soat
elektroenergiyani sarf etilishi xisobiga etkazib bergan. 
SHu o‘rinda qayd etish joizki, ushbu nasoslarning katta qismidan aynan adir
mintaqasidagi   sug‘oriladigan   ekin   maydonlariga   suv   etkazib   berish   uchun
foydalanib   kelinmoqda.   Agarda   sug‘ormasdan   bog‘   barpo   etish
75 agrotexnologiyasini   bugungi   kunda   sug‘orib   dehqonchilik   qilinayotgan   adir
hududlariga   bosqichma-bosqich   joriy   etiladigan   bo‘lsa,   nasoslar   yordamida
ko‘tarib   berilayotgan   suv   resurslarining   kamayishiga,   provardida   esa   ularga
sarflanayotgan elektroenergiyani tejab qolinishiga erishish mumkin. 
3.   Tog‘oldi   tekisliklaridagi   sug‘orma   dehqonchilik   maydonlarida   xanuz
an’anaviy,   yer   ustidan   egatlab   sug‘orish   amaliyoti   qo‘llanilib   kelinayotganligi
oqibatida   ko‘plab   geoekologik   muammolar   yuzaga   keldi.   Ushbu   muammolarning
eng   muhimlaridan   biri   tuproqlarning   ikkilamchi   sho‘rlashib   borayotganligidir.
Ma’lumki,   tuproq   sho‘rlanishini   kamaytirish,   ya’ni   meliorativ   holatini   yaxshilash
ishlarini   tashkil   etish   uchun   katta   mablag‘lar   sarf   etiladi.   Misol   uchun,
mamlakatimiz   bo‘ylab,   2008-2015   yillarda   sug‘oriladigan   yerlarning   meliorativ
holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan chora – tadbirlar  uchun 1 trln 648
mlrd   so‘m   miqdorida   katta   mablag‘   sarflangan.   Natijada   Respublikadagi
sho‘rlangan   maydonlar   2015   yilda   2007   yilga   nisbatan   154,7   ming   gektarga
kamaydi.   Bundan   ko‘rinadiki,   har   gektar   maydonning   sho‘rini   ketkazish   uchun
10652876 so‘m mablag‘ sarflangan [5; 113 b.].
YUqorida   ta’kidlangan   geoekologik   muammolarning   oldini   olish   hamda
ularni   bartaraf   etishga   sarflanayotgan   sarf   xarajatlarni   kamaytirishda   adirlarda
sug‘ormasdan   bog‘   tashkil   etish   agrotexnologiyasi   katta   imkoniyatlar   yaratadi.
CHunki   adirlarga   sug‘orish   uchun   qancha   kam   suv   berilsa,   shuncha   tez
geoekologik muammolar bartaraf etiladi.
4.   Dehqonchilikda   foydalanilmayotgan   suv   taqchil   adir   hududlarida
tomchilatib   sug‘oriladigan   bog‘   tashkil   etish   natijasida   4-5   yildan   so‘ng   mevali
daraxtlarga   har   yili   shakl   berish   hamda   qarigan   va   kasallangan   daraxtlarni
yoshartirish xisobiga durustgina o‘tin  yetishtirish  mumkin. Bu o‘rtacha 5-10 tonna
o‘tinni   tashkil   etadi.   Bog‘larni   yoshartirish   maqsadida   qarigan   daraxtlarni   ildizi
bilan   chiqarish   natijasida   gektariga   10-15   tonna   atrofida   sof   o‘tin   olish   mumkin.
Bu   mahalliy   aholining   yoqilg‘iga   bo‘lgan   extiyojining   ma’lum   qismini   qoplash
imkoniyatini beradi.
76 5.   Tog‘oldi   tekisliklarining   kata   maydonlariga   tomchilatib   sug‘oriladigan
bog‘   tashkil   etish  asalarichilikni   rivojlantirishga   imkon  yaratadi. Bu  ikki   soha  bir
birini qo‘llab quvvatlaydi va olinadigan mahsulot hajmini oshiradi.
6.   Tog‘oldi   tekisliklarida   tomchilatib   sug‘oriladigan   bog‘   tashkil   etish
ishlarini   keng   miqyosda   olib   borish   bir   necha   yuzlab   yangi   ish   o‘rinlarini
yaratishga imkon beradi.
7.   V.I.   Zuev   va   b.   ning   ma’lumotlariga   ko‘ra   lalmi   poliz   ekinlarini   dengiz
sathidan   500-700   m   balandlikdagi   yillik   yog‘in   miqdori   250-300   mm   bo‘ladigan
tog‘oldi mintaqasida sug‘ormasdan  yetishtirish  mumkin [12; 317 b.]. Demak, taklif
etilayotgan agrotexnologiya yordamida tashkil etiladigan lalmi bog‘ qator oralarida
lalmi   poliz   ekinlarini   etishtirib   qo‘shimcha   hosil   olinishi   hamda   iqtisodiy
samaradorlikni yanada oshirishi mumkin.
Keltirib   o‘tilgan   ma’lumotlardan   ko‘rinib   turibdiki,   adir   mintaqasida
tochilatib  sug‘oriladigan  bog‘lar   tashkil  etish   ishlarini   keng  miqyosda  amaliyotga
joriy etish iqtisodiy jixatdan samaradorlikka erishish imkoniyatini beradi.
Yuz   berayotgan   ofat   keltiruvchi   tabiiy   hodisalarni   oldini   olish   va   aholi
manzillarini   ularning   xavfidan   saqlab   qolish   uchun   quyidagi   izlanishlarni   amalga
oshirish maqsadga muvofiq deb bilamiz.
1.   Tog‘   va   tog‘oldi   hududlarini   tabiiy   hodisalar   vujudga   kelishi
mumkinligi   bo‘yicha   o‘rta   masshtabda   (1:500000),   shuningdek,   aholi   manzillari
ko‘proq   bo‘lgan,   sanoat,   rekreatsiya   obyektlari   va   boshqa   zaruriy   davlat   hamda
jamoat   obektlari   mavjud   bo‘lgan   hududlarning   1:200   000   yoki   1:   100   000
masshtabdagi baholash xaritalari tuzilsa maqsadga muvo fiq bo‘ladi. Chunki ushbu
xaritalarda,   avvalo,   joylarda   qanday   tabiiy   hodisalar,   geoekologik   muammolar
tarqaganligi,   ularning   tadrijiy   holati,   yaqin   vaqtlardagi   o‘zgarishi   (bashorati)   aks
ettirilsa ayni muddao bo‘lar edi. Bu xaritalar orqali qaysi obyektlar, qanday tabiiy
hodisalar havfi ostida turganligi ravshan bo‘ladi.
2. Mazkur hududda tabiiy hodisalarning to‘satdan, ma’lum muddatdan so‘ng
va   umuman   kelajakda   yuz   berishi   mumkin   bo‘lgan   halokatli   hodisalarning
bashorat   (prognoz)   xaritasi   ishlab   chiqilishi   lozim.   U   tabiiy   hodisalarning   oldini
77 olish   uchun   qo‘llaniladigan   chora-tadbirlarni   loyihalash   va   asoslashda   zarur
bo‘ladi.
3.   Tog‘   va   tog‘oldi   hududlarida   keng   tarqalgan   falokat   keltiruvchi   tabiiy
hodisa   va   jarayonlarning   oldini   olish   bo‘yicha   chuqur   va   har   tomonlama
asoslangan   majmuali   bir   necha   bosqichlarda   amalga   oshiriladigan   chora-tadbirlar
ishlanmasi   zarur.   Unda   aholi   manzillari   va   boshqa   obyektlarning   tabiiy   hodisalar
harakati   nuqtai-nazaridan   maqsadga   muvofiq   holda   joylashganligi   yoki   yo‘qligi,
ularni   boshqa   joylarga   ko‘chirish,   yonbag‘irlarda   o‘rmon   melioratsiyasi,
muhandislik   tadbirlari,   yonbag‘irlarni   dov-daraxtlar,   turli   buta   hamda   o‘tlar   bilan
qoplash,   aholi   manzillarini   yoqilg‘i   turlari   bilan   to‘la-to‘kis   ta’minlash,
yaylovlarning mahsuldorligini oshirish, ulardan foydalanishni  oqilona olib borish,
jar eroziyasi, sel, o‘pirilish va surilmalar yuz berishi mumkin bo‘ladigan joylarda
maxsus   o‘rmonzorlar   tashkil   qilish   va   boshqa   amaliy   masalalar   ustida   ilmiy   va
loyiha ishlarini keng miqyosda olib borish ko‘zda tutilishi lozim. Aholi manzillari,
sanoat va boshqa obyektlarni seldan himoya qilishda maxsus selxonlar qurish bilan
birga, ularga tomon yo‘nalishi mumkin bo‘lgan oqim yo‘lini maxsus muhandislik
qurilmalari bunyod etish bilan to‘sish, suvning yo‘lini chet (selxona, soy va daryo
o‘zanlari)ga burish tadbirlarini ishlab chiqish zarur.
78 XULOSA
Bajarilgan tadqiqot ishi natijalari asosida quyidagi  xulosalar  chiqarildi:
1) O‘rta   Zarafshon   havzasining   relyef i   ancha   murakkab   bo‘lib,
landshaftlarning   vujudga   kelishida   asosiy   omil   vazifasini   o‘tasa,   bu   omil   qishloq
xo‘jaligi   maqsadlarida   baholashda   muhim   mezon   sifatida   foydalanishga   imkon
berdi.
2) O‘rta   Zarafshon   havzasida   landshaftlarni   vujudga   kelishi   va   o‘ziga   xos
xususiyatlarini   inobatga   olib,   landshaft   komplekslari   tavsiflanganda   iqtisodiyot
tarmoqlarida foydalanish nuqtai-nazaridan baholash imkonini berdi.
3) Landshaftlar   tabiiy   sharoitini   tahlil   qilish,   landshaft   komplekslarini   ichki
strukturasi   va  qishloq  xo‘jaligida  foydalanishning  potensial   imkoniyatlarini  ochib
berishda   hamda   boshqa   jarayonlar   dinamikasini   o‘rganishda   keng   foydalanish
imkonini beradi.
4) O‘rta   Zarafshon   qiyalik   xususiyatlarini   aks   ettiruvchi   kartalari
landshaftlardan   qishloq   xo‘jaligida   foydalanishda   muhim   amaliy   ahamiyat   kasb
etadi,   shuningdek   meliorativ   tadbirlarni   amalga   oshirishda   yangi   uslubiy
imkoniyatlarni yaratadi.
5) Havzada   tog‘oldi   tekislik   landshaftlar   katta   maydonlarni   egallashi   va
ularning   tabiiy   salohiyatidan   haligacha   to‘liq   foydalanilmayotganligi   aniqlandi.
Shuni   e’tiborga   olib   tadqiqot   ishini   bajarish   davomida   landshaftlardan   yanada
kengroq va samaraliroq foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
6) Havzada   tog‘oldi   tekislik   landshaftlari   intensiv   bog’dorchilikni
rivojlantirish   uchun   qulay   ekanligi   aniqlandi   va   bunda   janubiy   tog’oldi
tekisliklariga   pakana   bo’yli   mevali   boglar   hamda   shimoliy   qismidagi   tog’oldi
tekisliklarida asosan uzumchilikni rivojlantirish mumkinligi aniqlandi.
7) Havza   tog’oldi   tekisliklarida   intensiv   bog’dorchilikni   rivojlantirishda
mavjud geoekologik muammolarga qarshi kurash tadbirlari ishlab chiqildi.
79 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I. Normativ huquqiy hujjatlar va metodologik
ahamiyatga molik nashrlar
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 17 июндаги 5742-
сонли   « Қишлоқ   хўжалигида   ер   ва   сув   ресурсларидан   самарали   фойдаланиш
чора-тадбирлари тўғрисида»ги  Фармони. // http: lex.uz
2. Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2017   йил   27   ноябрдаги
«2018-2019   йилларда   ирригацияни   ривожлантириш   ва   суғориладиган
ерларнинг   мелиоратив   ҳолатини   яхшилаш   давлат   дастури   тўғрисида»ги
Қарори // http: lex.uz
3. Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасининг   2018   йил   20
октябрдаги   841-сонли   «2030   йилгача   бўлган   даврда   барқарор   ривожланиш
соҳасидаги миллий мақсад ва вазифаларни амалга ошириш чора-тадбирлари
тўғрисида»ги Қарори. // http: lex.uz
4. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 28 январдаги ПҚ-
4575-сонли   «Ўзбекистон   Республикаси   қишлоқ   хўжалигини
ривожлантиришнинг   2020-2030   йилларга   мўлжалланган   стратегиясида
белгиланган   вазифаларни   2020   йилда   амалга   ошириш   чора   тадбирлари
тўғрисида»ги Қарори. // http: lex.uz
5. БМТнинг   2030   йилгача   барқарор   ривожланиш   бўйича   дастури.   // http:
www.uz/undp/org/content/uzbekistan.ru    .  
II. Монография, илмий мақола, патент, илмий тўпламлар
6. Аббасов   С.Б.,   Эшқувватов   Б.Б.   Геоэкологик   муаммоларни   ГИС   орқали
ифодалаш // Жанубий Ўзбекистонда география мактабининг шаклланиши
ва   ривожланиши.   Республика   илмий-амалий   конференция   материаллари.
-Термиз, 2006. –Б.63-64. 
7. Аббасов   С.Б.,   Назаров   Х.Т.,   Эшқувватов   Б.Б.   Замонавий   географик
ахборот тизимларидан ландшафт тадқиқотларида фойдаланиш масалалари
80 //Узлуксиз   таълим   сифат   ва   самарадорлигини   оширишнинг   назарий-
услубий   муаммолари.   Республика   илмий-амалий   конференция
материаллари. -Самарқанд, 2012. –Б.74-76.
8. Абдулкасимов   А.   Динамика   ландшафтов   крупных   межгорных   котловин
Средней Азии //   VII   совещание по вопросам ландшафтоведения. – Пермь,
1974. –С. 147-148. 
9. Абдулкасимов   А.   Проблемы   изучения   межгорно-котловинных
ландшафтов Средней Азии (монография). –Ташкент: Фан, 1983. -126 с.  
10. Абдулкасимов   А.,   Журакулов   Х.   Закономерности   дифференциации
ландшафтов Зарафшанских гор  и прилегающих равнин (монография).  –
Самарканд .  Изд-во СамГУ, 201 4 . –156 с.
11. Абдулқосимов А.А., Эшқувватов Б.Б. Самарқанд ботиғи ландшафтларини
текширилиш   тарихи   //Фан-техника   тараққиёти   ва   география.   Республика
илмий-амалий конференция материаллари. -Самарқанд, 2007. –Б. 83-85.
12. Абдулқосимов   А.А.,   Ярашев   Қ.С.,   Эшқувватов   Б.Б.   Ўрта   Зарафшон
ландшафт   карталарини   яратишда   географик   ахборот   тизимларидан
фойдаланиш   //   Геодезия,   картография   ва   кадастр   соҳаларини
ривожлантиришнинг   долзарб   муаммолари.   Республика   илмий-амалий
конференция материаллари.  –Самарқанд, 2014. –Б.28-30.
13. Агроклиматические   ресурсы   Джизакской   и   Самаркандской   областей
Узбекской ССР. -Л.: Гидрометеоиздат, 1977. -218 с.
14. Акрамов   З.М.   Проблемы   хозяйственного   освоения   пустынных   и   горно-
предгорных территорий. -   Ташкент: Фан, 1974. -175 с.
15. Алибеков   Л.А.   Ландшафты   и   типы   земель   Зарафшанских   гор   и
прилегающих равнин. -  Ташкент: Фан,  1982. -151 с.
16. Алибеков   Л.А.,   Алибекова   М.А.,   Назаров   Х.Т. ,   Эшкувватов   Б.Б.
Химизация   орошаемых   земель   и   процессы   опустынивания   (дегумизация
почв)   //   Фар ғ она   водийсида   табиатдан   фойдаланиш   ва   му ҳ офаза
қ илишнинг долзарб муаммолари.   Республика   илмий-амалий конференция
материаллари. 1- қ исм. -Наманган, 2014. –Б.28-29.
81 17. Ахтырцева   Н.И.   Структура   и   качественная   оценка   ландшафтных
комплексов Калачской возвышенности // Автореф. дис. канд. геогр. наук. -
Воронеж, 1970. -21 с.
18. Бабушкин   Л.Н.   Хисамов   А.В.   Климатические   особенности   //   Природные
условия и ресурсы Юго-Западного  Узбекистана. – Ташкент:  Фан, 1965. –
С. 45-73.
19. Бабушкин   Л.Н.,   Когай   Н.А.   Физико-географическое   районирование
Узбекской   ССР   //   Науч.   тр.   ТашГУ.   Новая   серия,   вып.   231.   -Ташкент,
1964. –С.5-247.
20. Бабушкин   Л.Н.,   Когай   Н.А.   Физико-географическое   районирование
Туркменской ССР. -Ташкент: Изд-во Ташкент. ун-та, 1971. -С. 73-86.
21. Балашова   Е.Н.,   Житомирская   О.М.,   Семенова   О.А.   Климатическое
описание Зарафшанского района. -М.: Гидрометеоиздат, 1963. -242 с. 
22. Баратов   П.Б.   Природные   ресурсы   Зарафшанской   долины   и   их
использование. -Ташкент: Фан, 1977. - 116 с.
23. Боймирзаев   К.М.   Агроирригационные   наносы   оазисных   ландшафтов
Ферганской   долины   и   их   рациональное   использование   (на   примере
Сохского   и   Чартаксайского   конуса   выноса)   //   Автореф.канд.дис с .   –
Ташкент, 1995. -21 с.
24. Боймирзаев К.М. Фарғона водийси воҳа ландшафтларидан фойдаланиш ва
муҳофаза қилиш. –Тошкент: Фан, 2007. -132 б.
25. Булатов   В.И.   П риродная   организация   среды   и   сельскохозяйственное
производство   //   Вопросы   географии.   Природные   комплексы   и   сельское
хозяйство. № 124.  -М.: Мысль, 1984. -С. 34–42.
26. Видина   А.А.   Методические   указания   по   полевым   крупномасштабным
ландшафтным   исследованиям   (для   целей   сельскохозяйственного
производства в средней полосе Русской равнины). -М.: Изд-во МГУ, 1962.
-120 с.
27. Гвоздецкий   Н.А.   Самаркандская   область.   В   кн.:   Природные   условия   и
ресурсы Юго-Западного Узбекистана. -Ташкент: Фан, 1965. -С. 337-369.
82 28. Геренчук   К.И.   Ландшафтные   полевые   исследования   на   Украине,   их
практическое   значение   //   Материалы   к   III   съезду   Геогр.   о-ва   СССР.
Доклады по проблеме: Общая теория и практическое применение методов
ландшафтоведения. -Л.: Наука, 1959. -11 с.
29. Геренчук   К.И.   Принципиальные   предпосылки   прикладных
географических исследований // Материалы III Всесоюзного совещания по
прикладной   географии.   -Иркутск:   Ин-т   географии   СО   АН   СССР,   1975.   -
С.14–16.
30. Глазовская   М.А.   Геохимические   основы   типологии   и   методики
исследований природных ландшафтов. -М.: Изд-во МГУ, 1964. -229 с.
31. Голуб   А.А.,   Струкова   Е.Б.   Экономические   методы   управления
природопользованием. -М.: Наука, 1993. -135 с.
32. Горленко   И.А.   Географические   основы   концепции   сбалансированного
развития   территории   //   Проблемы   комплексного   развития   территории.   -
Киев: Наукова думка, 1994. -С. 14–29.
33. Данева   М.,   Круглова   Г.,   Воропаев   А.,   Шрадер   Ф.   Сельскохозяйственные
геотехсистемы  //   Геоэкологические  принципы  проектирования   природно-
технических геосистем. -М.: Ин-т географии АН СССР, 1987. С. 136–171.
34. Долгушин   И.Ю.   О   существе   понятия   «нагрузка   на   ландшафт»   //
Ландшафты,   нагрузки,   нормы.   -М.:   Ин-т   географии   АН   СССР,   1990.   -С.
36–42.
35. Жекулин   В.С.   Сельскохозяйственная   освоенность   ландшафтов
Новгородского края в  XII - XVI  вв // Изв. ВГО, т.104, вып.1, Воронеж, 1972.
-С.21-29.
36. Журакулов   Х.Ж.   Высотно-пространственная   дифференциация
ландшафтов   Зарафшанских   гор   и   прилегающих   равнин   //   Автореф.   дис.
канд. геогр. наук. -Баку, 1992. -23 с.
37. Израэль   Ю.А.   Экология   и   контроль   состояния   природной   среды.   -Л.:
Гидрометеоиздат, 1984. -560 с.
83 38. Исаченко   А.Г.   Методы   прикладных   ландшафтных   исследований.   -Л.:
Наука, 1980.  - 222 с.
39. Исаченко   А.Г.   Физико-географические   аспекты   территориальных
планировок   //   Географо-экологические   аспекты   экономического   и
социального планирования: сб. науч. тр. -Л.: Геогр. о-во АН СССР, 1980.  -
С. 130–144.
40. Истомина   Е.А.,   Черкашин   А.К.   Применение   математических   методов   и
ГИС-технологий   при   функциональном   зонировании   территории   //
Экология   ландшафта   и   планирование   землепользования.   -Новосибирск:
Изд-во СО РАН, 2000. -С. 67–71.
41. Кашин   А.А.   Исследование   ландшафтной   организации   территории
Удмуртии как фактора хозяйственного освоения и расселения населения  //
Дисс. кан. геогр. наук. –Ижевск,  2015 . –С. 184.
42. Кильдема   К.Т.,   Лепасепп   В.П.,   Райк   А.А.   Опыт   ландшафтного
исследования   земельного   фонда   Эстонской   ССР   //   Вопросы
ландшафтоведения. -Алма-Ата, 1963. -С. 336–343.
43. Когай Н.А. Туранская  физико-географическая  провинция. Автореф. дисс.
докт. геогр. наук. -Ташкент, 1971. -64 с.
44. Костенко   Н.П.   Развитие   рельефа   горных   стран   (на   примере   Средней
Азии). –М.: Мысль, 1970. -367 с.
45. Кочуров   Б.И.,   Иванов   Ю.Г.,   Антипова   А.В.   Нормативные   ландшафтно-
экологические   требования   к   структуре   землепользования   //
Биогеохимические   основы   экологического   нормирования.   -М.:   Наука,
1993. -С. 186–196.
46. Максудов А. Изменение рельефа Ферганской долины под антропогенным
воздействием // Известия ВГО, т.120, вып.3. –Воронеж, 1988. –С. 260-265.
47. Макунина   А.   А.,   Рязанов   П.Н.   Функционирование   и   оптимизация
ландшафта. -М.: Изд-во МГУ, 1988. 94 с.
48. Маматқулов   М.   Ўрта   Осиёда   карстни   районлаштириш   тамойиллари
//Табиий   ва   иқтисодий   географик   районлаштиришнинг   долзарб
84 муаммолари. Илмий-амалий конференция материаллари. – Тошкент, 2004.
-Б. 21-24.
49. Мелиев Б.А. Ўрта Зарафшон ландшафтларини тадқиқ этишда аэрокосмик,
математик   ва   геоинформацион   методлардан   фойдаланиш   //PhD
дисс.автореф. –Самарқанд, 2019. -41 б.
50. Мильков Ф.Н. Класс антропогенных сельскохозяйственных ландшафтов –
характерные   черты   и   типология   //   Научные   записки   Воронеж.   отд-ния
Геогр. о-ва СССР. –Воронеж, 1972. -С. 5–15.
51. Мильков   Ф.Н.   Человек   и   ландшафты.   Очерки   антропогенного
ландшафтоведения. -М: Мысль, 1973. -224 с.
52. Мирзамахмудов   О.Т.,   Боймирзаев   К.М.   Наманган   вилояти   адирлари.
(М онография). –Тошкент: Му ҳ арри р, 2011. –112 б.
53. Митчелл   Р.   Экологические   основы   сравнительного   изучения   первичной
продукции   //   Сельскохозяйственные   экосистемы.   -М.:   Агропромиздат,
1987. -С. 19–55.
54. Мухина   Л.И.,   Преображенский   В.С.,   Рунова   Т.Г.,   Долгушин   И.Ю.
Особенности   системного   подхода   к   проблеме   оценки   воздействия
человека   на   среду   //   Географические   аспекты   взаимодействия   в   системе
«человек-природа». -М.: Ин-т географии АН СССР, 1978. -С. 22–49.
55. Мурзаев   Э.М.   Схема   физико-географического   районирования   Средней
Азии. – Известия АН СССР, сер. геогр., 1953, №6. – С. 17-30.
56. Набиев   А.Ю.   Иқлим   ўзгариши,   унинг   таъсирини   тушуниш   ва   хавфли
оқибатларини баҳолаш  ( Ўзбекистонда иқлим ўзгаришига мослашиш чора-
тадбирлари ва қўллаш чоралари, хорижий тажриба ) .  –Тошкент,  2018 .
57. Назаров   Х.Т.,   Самъяев   А.Қ.,   Эшқувватов   Б.Б.   Тоғ   олди   яйловларини
экологик   ҳолатини   оптималлаштириш   йўллари   //   Чўл-яйлов
чорвачилигини модернизациялаш муаммолари. Республика   илмий-амалий
конференция материаллари. -Самарқанд, 2012. –Б. 210-212.
58. Назаров   Х.Т.,   Давронов   К.Қ.,   Эшкувватов   Б.Б.   Сравнительное   изучение
пуст тынных кормовых растений в условиях   предгорной   полупустыни и
85 их   использование   в   фитомелиорации   //   Ўзбек и стон   География   жамияти
ахбороти. 42–жилд. – Тошкент, 2013. –Б.138-140.
59. Намозов   Ж.,   Эшқувватов   Б.Б.   Томчилатиб   суғориш   усули   ва   уни
Самарқанд вилояти қишлоқ хўжалигига тадбиқ этиш // Орол минтақаси ва
қўшни   ҳудудларда   комплекс   географик   тадқиқотларнинг   муаммо   ва
истиқболлари.   Халқаро   илмий-амалий   конференция   материаллари.   -
Нукус, 2018. –Б. 396-399.
60. Нигматов А.Н. Табиий география ва геоэкология назарияси. – Т.: Наврўз,
2018. -220 б.
61. Нигматов   А.Н.,   Юсупов   Р.,   Саидов   П.О.   Табиий   географик
тадқиқотларнинг   самарадорлигини   оширишда   замонавий   методлар   //
Ўзбекистон география жамияти ахбороти. 28-жилд. - Тошкент, 2007.   - Б.
15-16.
62. Николаев   В.А.   Проблемы   регионального   ландшафтоведения.   -М.:   Изд-во
МГУ, 1979. -160 с.
63. Николаев   В.А.   Концепция   агроландшафта   //   Вестник   МГУ.   Сер.   5.
География. № 2. –М., 1987. -С. 22–27.
64. Николаев Н.И. Генетические типы новейших континентальных отложений
// Бюллетень МОИП, Т.21, №4., 1946. –С.25-64.
65. Одум Ю.П. Основы экологии. -М.: Мир, 1975. 740 с.
66. Орлова   И.В.   Методика   ландшафтного   планирования
сельскохозяйственного   природопользования   //   Экологический   анализ
региона   (теория,   методы,   практика):   сб.   науч.   тр.   -Новосибирск:   Изд-во
СО РАН, 2000. -С. 225–232.
67. Пашканг   К.В.,   Любушкина   С.Г.,   Родзевич   Н.Н.   Оценка   земель
административного   района   на   основе   ландшафтных   исследований   //
Вопросы ландшафтоведения. -М.: Мысль, 1974. -С. 118–142.
68. Перельман А.И. Геохимия. -М.: Высшая школа, 1989. -528 с.
69. Петров К.М. Геоэкология: основы природопользования. -СПб., 1994. -216
с.  
86 70. Преображенский   В.С.,   Александрова   Т.Д.,   Куприянова   Т.П.   Основы
ландшафтного анализа. -М.: Наука, 1988. -192 с.  
71. Ракитников   А.Н.,   Гвоздецкий   Н.А.,   Звонкова   Т.В.   Природное   и
сельскохозяйственное   районирование   Самаркандской   и   Бухарской
областей. //Вопросы географии, №55. -М., 1961. -С.138-181.
72. Раменский   Л.Г.   Введение   в   комплексное   почвенно-геоботаническое
исследование земель. -М.: Сельхозгиз, 1938. -620 с.
73. Рахматуллаев   А.   Ландшафты   хребта   Актау,   их   рациональное
хозяйственное использование и охрана. –  Ташкент: Фан,  1991. –108   с.
74. Рахматуллаев   А.Р.   Во ҳа   геосистемаларида   экологик   вазиятларни
оптималлаштиришнинг   географик   асослари   //   Докт.   дисс.   автореф.   –
Тошкент,  2018 . -86 б.
75. Роговская   Н.В.   Методика   гидрогеологических   и   инженерно   –
геологических   исследований   на   массивах   орошения.   –М.:
Госгеолтехиздат, 1956. -136 с.
76. Родионов   Д.А.   Статистические   методы   разграничения   геологических
объектов по комплексу признаков. -М.: Недра, 1968. – 158 с.
77. Сабитова   Н.И.   Научные   основы   морфогидрогеометрического   метода   при
решении   географо-гидрогеологических   задач   //Автореф.   докт.   дис.   –
Ташкент, 2002. -49 с.
78. Саидов   А.С.   Ландшафтное   районирование   правобережья   Среднего
Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1966. С. 90-121.
79. Саидов   А.С.   Ландшафты   правобережья   Среднего   Зарафшана.   -Ташкент:
Фан, 1972. -132 с. 
80. Султонов Ю. Ландшафтлар географияси. -Тошкент: Ўқитувчи, 1974. -111
б.
81. Тетюхин   Г.Ф.   К   истории   формирования   четвертичного   покрова   и   рельефа
равнины   Юго-Западрного   Узбекистана   //   География   и  инженерная   геология
аридной зоны СССР, вып. 2. – Ташкент: Фан. 1966. –С.17-22.
87 82. Трапезникова   О.Н.   Структура   и   эволюция   агроландшафтов
нечерноземной   зоны   восточно-европейской   равнины   //   Дисс .   докт . геогр .
наук . –Москва, 2017. –С. 3-360.
83. Федерко   В.Н.   Некоторые   вопросы   природного-хозяйственного
районирования   Среднего   Зарафшана   //   Ўзбекистон   Геогр афия   жамияти
ахбороти. 46-жилд. –  Тошкент,  2015. –С. 8 7-90 .
84. Хасанов И., Ғуломов П. Ўзбекистон табиий географияси. –Тошкент, 2006. 
85. Холбаев   Г.Х.,   Абдуллаев   А.Қ.   Иқлим   ўзгаришини   ҳаво   ҳароратининг
турли   даражадан   ўтишига   таъсири   ҳақида   (Самарқанд   вилояти
мисолида)   //   География   асрда:   Муаммолар,   ривожланиш   истиқболлари.   -
Самарқанд, 2017. –Б. 146-149.
86. Чуб   В.Е.   Изменение   климата   и   его   влияние   на   гидрометеорологический
процессы, агроклиматический и водные ресурсы Республики Узбекистан.
–  Т.,  2007. - 132 с.  
87. Шульц   В.Л.,   Шалатова   Л.И.   Гидрографическая   характеристика   рек
бассейна   Сурхандарьи   //   Труды   ТашГУ,   вып.   185.   –   Ташкент,   1961.   –   С.
49-61. 
88. Щеглова О.П. Питание рек Средней Азии.  Т.: Изд во СамГУ, 1960.  243 с.
89. Эргашов Ш.Э. Ландшафты Сурхандарьинской области. -Ташкент, 1974.   -
156 б.
90. Эргашов   Ш.Э.,   Умаров   С.У.   О   крупномасштабном   ландшафтном
картографировании   (на   примере   Сурхандарьинской   области).   В   кн.:
Природные   ресурсы   Узбекистана   и   их   картографирование.   -Ташкент,
1976. -С. 49-62.
91. Эшқувватов   Б.Б.,   Облоқулов   А.,   Хурсанов   Д.Б.   Тоғолди   яйловларида
экологик   мувозанатнинг   бузилиши   сабаблари   ва   геоэкологик
оқибатлари   //   Ўзбекистон   География   жамияти   ахбороти.   40-жилд.   -
Тошкент, 2012. –Б.66-68.
88 92. Эшқувватов   Б.Б.,   Облоқулов   А.,   Хурсанов   Д.Б.   Зарафшон   воҳасида
ижтимоий экологик муаммоларнинг келиб чиқиш сабаблари // Ўзбекистон
география жамияти 9-сеъзди материаллари. –Тошкент, 2014. –Б.200-202.
93. Эшқувватов Б.Б., Ярашев Қ.С. Ўрта Зарафшон геотизимларини ландшафт-
экологик   тадқиқ   қилишда   замонавий   методлардан   фойдаланиш   //
Ўзбекистон   География   жамияти   ахбороти.   55-жилд.   –Тошкент,   2019.   -
Б.29-31.
94. Ярашев   Қ.С.   Сурхондарё   ботиғи   парагенетик   ландшафт   комплекслари   ва
уларни   карталаштиришнинг   айрим   масалалари.   //Ўзбекистон   миллий
атласини яратишнинг илмий-услубий асослари. – Тошкент, 2009. –Б. 135-
137.
95. Ярашев Қ.С., Эшқувватов Б.Б. Ўзбекистоннинг арид ҳудудларида тоғолди
текислик ва конуссимон ёйилма ландшафтларнинг географик тарқалиши //
Чўлланиш муаммолари: динамика, баҳолаш, ечим. Халқаро илмий-амалий
конференция материаллари. -Самарқанд, 2019. –Б.154-156.
96. Ҳикматов   Ф.Ҳ.,   Ҳайдаров   С.А.   Зарафшон   дарёси   оқимининг
шаклланишига   ҳаво   ҳароратининг   таъсири   //   ЎзМУ   хабарлари.   №   3.   -
Тошкент, 2012. -Б. 75-82. 
97. Ҳикматов   Ф.Ҳ.,   Хайдаров   С.А.,   Ярашев   Қ.С.   ва   бошқ.,   Зарафшон   дарёси
ҳавзасининг   гидрометеорологик   шароити   ва   сув   ресурслари.   –Тошкент:
Фан ва технология, 2016, -275 б.
III.  Фойдаланилган   бошқа   адабиётлар
98. Баратов   П.   Ўзбекистон   табиий   географияси.   Дарслик .   –   Т ошкент :
Ўқитувчи , 1996.  -146 б.
99. Дешифрирование многозональных аэрокосмических снимков: методика и
результаты .  –М:   Берлин:  Академи-ферлаг, 1982. -83 с.
100. Краткая географическая энциклопедия, Т.3. –М.: 1962. -580 с.
101. Маматқулов М. Ўрта Осиё геоморфологияси. –Т.: 2008. - 91 б.
89 102. Раклов   В.П.,   Сафаров   Э.Ю.,   Абдураҳимов   Х.А.   Географик   ахборот
тизимлари. Ўқув қўлланма. – Тошкент, 2007. 43 б.
103. Ўзбекистон ССР атласи, 1984.
104. Ўзбекистон   географик   атласи   //   Т.М.Мирзалиев   таҳрири   остида.   –
Тошкент: ДИК,  1999, -56 б.
105. Samarqand viloyati o’lkashunoslik atlasi. –Toshkent, 2016. 
106. www.eartexplorer.com   
107. www.libra.development.com   
108. www.lex.uz   
90

O`RTA ZARAFSHON TOG’OLDI TEKISLIKLARIDA INTENSIV BOG’DORCHILIKNI TASHKIL ETISH IMKONIYATLARI MUNDARIJA KIRISH ( Magistrlik dissertatsiyasi annotatsiyasi) ............ .........................3 1-BOB. TOG‘OLDI TEKISLIK LANDSHAFTLAR I NI TADQIQ ETISHNING NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSLARI ............ .....9 1.1-§. Tog‘oldi tekislik landshaftlarini tadqiq etishning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati..............................................................................................9 1.2-§. Tog‘oldi tekislik landshaftlar i ning shakllanishi hamda geografik tarqalishi …………………………………………………………………….16 1.3-§. Tog‘oldi tekisliklarida intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish ning nazariy-amaliy masalalari …………………………………………………..34 II-BOB. TOG‘OLDI TEKISLIKLARI TABIIY SHAROITINING QISHLOQ XO’JALIGI VA INTENSIV BOG’DORCHILIKNI TASHKIL ETISHDGI AHAMIYATI ……………………………..........40 2.1-§.Tabiiy sharoitning tog‘oldi tekisliklar hamda yoyilmalarni vujudga kelishi va barqaror rivojlanishiga ta’siri ……………………………………40 2.2-§. Tog‘oldi tekisliklarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning landshaft omili ………………………………………………………………………...48 2.3.Tog’oldi tekisliklarida intensiv mevali bog‘ va tokzorlar barpo etish texnologiyalari ……………………………………………………………...54 III-BOB.O’RTA ZARAFSHON TOG’OLDI TEKISLIKLARIDA QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINI OQILONA JOYLASHTIRISH VA TOG’OLDI TEKISLIKLARINING GEOEKOLOGIK MUAMMOLARI ………………………………………………………….64 §3.1. Tog‘oldi tekisliklarida qishloq xo‘jalik ekinlarini oqilona joylashtirish masalalari…………………………………………………………………...62 3.2.-§. Tog’oldi tekisliklarining geoekologik muammolari………………...7 2 XULOSA ....................................................................................................... 80 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ................................ 81 1

ANNOTATSIYA Dissertatsiyada o’ziga xos tabiiy sharoitga, noqulay relyefga ega bo’lgan va doimiy oqar suvlari bo’lmagan O`rta Zarafshon tog’oldi tekisliklari landshaftlarini tadqiq etishning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati , t abiiy sharoitning tog‘oldi tekisliklar hamda yoyilmalarni vujudga kelishi va barqaror rivojlanishiga ta’siri , shuningdek tog’oldi tekisliklarida tabiiy sharoitni hisobga olgan holda intensiv bog’dorchilikni jumladan, turli mevali daraxtzorlar hamda uzumzorlarni tashkil etish imkoniyatlari o’rganiladi va taklif-tavsiyalar beriladi Аннотация В диссертации изложены теоретические основы и практическая значимость изучения ландшафтов Среднезараванских предгорных равнин со специфическими природными условиями, неблагоприятным рельефом и отсутствием постоянных проточных вод, влияние природных условий на формирование и устойчивое развитие предгорных равнин и просторов, а также изучение интенсивного садоводства с учетом природных условий на предгорных равнинах, включая различные плодовые насаждения и кустарники. организация виноградников изучаются возможности и даются предложения-рекомендации Annotation In the dissertation, the theoretical foundations and practical significance of the research of the landscapes of the middle Zarafshan mountain plains, which have specific natural conditions, unfavorable relief and do not have permanent flowing waters, the impact of natural conditions on the formation and sustainable development of the mountain plains and spreads, as well as intensive gardening taking into account in the natural conditions. 2

KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda insoniyatni tabiiy resurslar bilan ta’minlash maqsadida landshaftlardan intensiv foydalanilayotganligi sababli tabiiy muhitda texnogen buzilish, sahrolanish, yerlarning meliorativ holatini yomonlashishi, tuproq eroziyasi, degradatsiyasi, deflyasiya, cho‘llanish va boshqa salbiy geoekologik hamda tabiiy geografik jarayonlar kun sayin kuchayib bormoqda. Bu muammolarga qarshi kurashishga xalqaro tashkilotlar katta e’tibor bermoqda. Jumladan, BMTning «2030 yilgacha barqaror rivojlanish bo‘yicha dasturi»da «Quruqlik ekosistemalarini muhofaza qilish va tiklash, ulardan oqilona foydalanish, o‘rmonlarni ratsional boshqarish, cho‘llanishga qarshi kurashish, yerlarning degradatsiyasini to‘xtatish va biologik xilma-xillik yo‘qolishining oldini olish» vazifalar berilgan 1 . Mazkur vazifalar ayniqsa, arid iqlimli hududlarda landshaft komplekslari salohiyatidan samarali foydalanish, dehqonchilik turlarini rivojlantirish, hududda amalga oshiriladigan xo‘jalik tadbirlarini amalga oshirishda tizimli-strukturaviy, paragenetik va paradinamik aloqadorlik tamoyillari asosida kompleks tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi. Dunyoda qishloq xo‘jaligi yuritishda va landshaftlarni muhofaza qilish sohasida meliorativ tadbirlarni olib borish, landshaftlarni tabaqalanishini va ularning strukturasini geoinformatsion tizimlardan (GIS) foydalanib hududlarni qishloq xo‘jalik maqsadlarida tadqiq etish, bunda landshaft tadqiqotlarini zamonaviy metodlarga tayangan holda olib borish, ularning mavjud imkoniyatlarini tahlil qilish, xo‘jalik maqsadlarida baholash, tizimli baholash mezonlarini ishlab chiqish, ekinlarni joylashtirish sxemasini takomillashtirishni ilmiy asosda hal etish yo‘llarini ishlab chiqishni taqozo etadi.. Respublikamizda hududlar imkoniyatlarini baholashda zamonaviy fan- texnika yutuqlaridan foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ularning kadastrini olib borish, landshaftlarni xo‘jalikning turli maqsadlari nuqtai 1 БМТнинг 2030 йилгача барқарор ривожланиш бўйича дастури. // www.uz/undp/org/content/ uzbekistan.ru 3

nazaridan baholash va shu asosda landshaftlarning resurs salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida 2 «sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish» yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada, jumladan, O‘rta Zarafshon havzasidagi tabiiy va antropogen landshaftlarning strukturasi va landshaftlarning tabaqalanishini, ulardan xo‘jalikda foydalanish nuqtai nazaridan tadqiq etish, bunda landshaft salohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish, kartalashtirishga doir maqsadli tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi «2018- 2019 yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi to‘g‘risida»gi Qarori, 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020- 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori hamda 2020 yil 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi talablariga mos ravishda faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy- huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Zarafshon havzasi bo‘yicha kompleks tabiiy geografik tadqiqotlar S.P.Suchkov, L.N.Babushkin, N.A.Kogay, A.S.Saidov, P.Baratov, L.A.Alibekov, A.A.Abdulqosimov, N.I.Sabitova, A.R.Raxmatullaev, A.N.Hojimatov, X.J.Jo‘raqulov, YU.H.Abduraxmonova, O.SH.Ro‘ziqulova, B.A.Meliev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan. Landshaftlarni xo‘jalik maqsadlarida tadqiq etishda xorijiy olimlardan 2 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сон «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида» ги Фармони. 4

N.A.Gvozdetskiy, T.V.Zvonkova, D.A.Rodionov, M.N.Parobetskiy, B.YA.Fedunыk, Le Bas, M.Jamagne, I.YU.Kotorgin, I.V.Orlova, A.A.Kashin, O.N.Trapeznikova, respublikamiz olimlaridan L.N.Babushkin, N.A.Kogay, Z.M.Akramov, SH.Ergashov, I.Xasanov, P.G‘ulomov, B.B.Eshquvvatov va boshqalar shug‘ullanishgan. Lekin, O‘rta Zarafshon havzasidagi tog‘oldi tekislik landshaftlarida intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirishga e’tibor berilmagan. Ushbu ishning asosiy maqsadi ana shu kamchiliklarni to‘ldirishdan iborat. Tadqiqotning maqsadi tog‘oldi tekislik landshaft larini qishloq xo‘jaligida foydalanish maqsadlarida baholash hamda intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari : - O‘rta Zarafshon havzasi tabiiy sharoiti va landshaftlarini xo‘jalik maqsadlarida foydalanish nuqtai nazaridan tahlil qilish; - landshaft strukturasi va uning salohiyatini aniqlash hamda GIS dasturlarida kartalarini yaratish; - erozion jarayonlar va oqimning geomorfologik bog‘liqligiga asoslangan holda landshaftlarni qishloq xo‘jaligida foydalanish nuqtai nazaridan baholash; - O‘rta Zarafshon havzasi tog‘oldi tekislik landshaftlari intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning ob’ekti sifatida O‘rta Zarafshon havzasi tog‘oldi tekislik landshaftlari olingan. Tadqiqotning predmeti O‘rta Zarafshon tog‘oldi tekislik landshaftlarni qishloq xo‘jalik maqsadlarida strukturaviy va funksional bir butun tizim sifatida tahlil qilish hamda intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirishdan iborat. Tadqiqotning usullari. Dissertatsiya da dala-tadqiqot, laboratoriya, qiyoslash, kartografik, aerokosmik, matematik, statistik tahlil, geoinformatsion tizimlar yordamida kartalashtirish kabi metodlardan foydalanilgan. 5