O`zbekiston florasi
O`zbekiston florasi MUNDARIJA KIRISH I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI I - BOB. O`ZBEKISTONDA TARQALGAN YALPIZNAMOLAR QABILASIGA MANSUB YALPIZDOSHLAR –LAMIACEAE L. OILASI O‘SIMLIKLARINING SISTEMATIK TARKIBI I I - B O B . F A R G ‘ O N A V O D I Y S I O ‘ S I M L I K L A R Q O P L A M I V A U N D A Y A L P I Z D O S H L R A O I L A S I V A K I L L A R I N I N G T U T G A N O ‘ R N I 2 . 1 . O ‘ S I M L I K L A R Q O P L A M I H A Q I D A U M U M I Y T U S H U N C H A L A R I 2 . 2 . O ‘ S I M L I K L A R Q O P L A M I N I N G D A V R I Y A L M A S H I N U V K O N U N I Y A T L A R I 2 . 3 . E F E M E R V A E F E M E R O I D O ‘ S I M L I K L A R I I I - B O B . F A R G ‘ O N A V O D I Y S I F L O R A S I D A Y A L P I Z D O S H L A R ( L A M I A C E A E ) O I L A S I 3 . 1 . O ‘ Z B E K I S T O N F L O R A S I D A Y A L P I Z D O S H L A R O I L A S I N I N G T U T G A N O ‘ R N I 3 . 2 . S I S T E M A T I K T A X L I L I I V - B O B . Y A L P I Z D O S H L A R O I L A S I G A M A N S U B A Y R I M D O R I V O R O ‘ S I M L I K L A R XULOSALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1
2
KIRISH M avzuning dolzarbligi. O`zbekiston florasi ko`plab foydali, dorivor, efir moyli va manzarali o`simlik turlariga boyligi bilan boshqa floralardan ajralib turadi. Aksariyat o`simlik turlari meditsinada, kulinariyada, ko`kalamzorlashtirish va shu boshqa sohalarda keng ishlatiladi. Biroq, O`zbekiston florasidagi foydali ahamiyatga ega o`simlik turlari, turkumlari va oilalari hali to`la to`kis o`rganilgan emas. Kishilarning kundalik hayotida yoki ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida mahalliy bioxilma-xillikdagi ko`plab o`simlik turlari hali o`z o`rnini topgani yo`q. Yana bir faktni aytish mumkinki, dunyo florasidagi 300 000 dan ortiq o`simlik turlaridan faqatgina 2500 ga yaqin o`simlik turlari odamlarning kundalik turmush tarzida u yoki bu darajada ishlatiladi, xalos. O`zbekiston xududida 4300 ga yaqin o`simlik turlari tabiiy sharoitda yovvoyi holda uchraydi. Ulardan 120 ga yaqin turlar rasmiy ravishda farmakologiya ro`yhatidan o`tgan turlar hisoblanadi. Olimlarning ma‘lumotlariga ko`ra, O`zbekiston florasidagi 2000 ga yaqin o`simlik turlari halq tabobatida turli darajada ishlatiladi, xalos. Qolgan o`simlik turlarining foydalilik xususiyatlari yoki ularni kundalik turmushda ishlatilishi borasidagi ma‘lumotlar yetarli darajada emas. Bunday holat mahalliy biologik xilma-xillik ob‘ektlarini yanada ko`proq o`rganish lozimligini belgilaydi. Flora tarkibini, ayniqsa mavjud oilalarning sistematik va floristik nuqtai nazardan o`rganish va uning keng ko`lamli tahlilini amalga oshirish bu botanika fanining dolzarb mavzulardan biri bo`lib qolmoqda. Ayniqsa, aholi o`ta zich joylashgan va kishilarning kundalik turmush tarzi atrof muhitga ta‘sir ko`rsatishi bilan qattiq bog`liq bo`lgan xududlarda bunday tadqiqotlarning nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyati yanada yuqori bo`lib bormoqda. Yalpiznamolar qabilasini o`rganar ekanmiz, bu qabila sistematik jihatdan xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lamiz. Bu qabilaning O’zbekiston o’simliklar qoplamida o’ziga xos o’rni mavjud. Qabila vakillarining turlari yildan-yilga 3
kamayib bormoqda. Kamayib borishiga asosiy sabab biotik, abiotik va antropogen omillar ta`siri natijasidadir. Mavzuning o`rganilganlik darajasi. O`zbekistonda olib borilgan botanik izlanishlar ichida aynan Yalpiznamolar qabilasiga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlar, manbalar va ilmiy adabiyotlarning, shuningdek, oilaning turlari ro`yhatini tuzilmaganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Kurs ishining maqsadi. O`zbekistonda tarqalgan Yalpiznamolar qabilasiga mansub o`simliklarining zamonaviy holati, o`simlik jamoalarining xilma-xilligi, tur tarkibi, turlar morfologiyasi, tarqalish mintaqalari, hayotiy shakllari, xalq xo`jaligi va xalq tabobati hamda ilmiy meditsinada qo`llanilish usullarini o`rganish. Kurs ishining vazifalari: ─ Yalpiznamolar qabilasiga umumiy tavsif; ─Yalpiznamolar qabilasi ning zamonaviy holatini o`rganish; ─Yalpiznamolar qabilasi ning turlar tarkibini aniqlash, kamyob va endem turlarning kamyoblik maqomini o`rganish ─ ayrim vakillarining morfologiyasini, bioekologik xususiyatlarini o’rganish; ─ taksonomik tahlil; ─ hayotiy shakllari va tarqalish mintaqalarini yoritib berish; ─ xalq xo`jaligi va tabobatda ahamiyatini o`rganish; Kurs ishining ob`ekti: O`zbekistonda tarqalgan Yalpiznamolar qabilasi vakillari; Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Yalpiznamolar qabilasi ayrim vakillarini ng morfologiyasi, bioekologik xususiyatlari va ahamiyati ilmiy adabiyot manbalari asosida o`rganildi: - O`zbekiston florasidagi Lamiaceae oilasi dorivor o`simliklarining 69 tur, 26 turkumdan iborat b o‘ lgan zamonaviy konspekti tuzildi; - dala tadqiqotlari va gerbar iy namunalari ni o‘ rganish orqali Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o`simliklari taksonomik tarkibi va alo h ida turlarning tarqalishi haqidagi ma’lumotlar ani q la n di va t o‘ ldir il di; 4
- O`zbekiston florasidagi Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o`simliklari hayotiy shaklining turli guruhchalari o‘rtasidagi nisbatlari o‘rganildi; - Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o`simliklarining endemizm k o‘ rsat k ichi ani q landi , ular Lamiaceae oilasining 2 9 % dan k o‘ pro g‘ ini tashkil q il ishi aniqlandi; Natijalarining amaliy a h amiyati shundan iboratki, olingan natijalar Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o‘simlik lar dunyosidan oqilona foydalanish va uni sa q lash tizimi ni ishlab chi q ish uchun asos sifatida xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, u kam yob va y o‘q olib borayotgan dorivor o‘simlik turlarining davlat kadastrini tuzish uchun, yovvoyi dorivor o`simliklarni madaniylashtirishga doir o‘ tkaziladigan izlanishlar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Kurs ishi quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi: Klassik floristik, solishtirma-morfologik, floristikaning solishtirma- geografik usul lari , O`zbekiston florasi, O`rta Osiyo o`simliklari aniqlagichi, O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ni tahlil qilish va kuzatishlarimizga asoslangan. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, 3 bob, 4 bo`lim, umumiy xulosa va tavsiyalar, 4 ta rasm, 6 ta jadval, adabiyotlar ro`yhatidan iborat . U mumiy hajmi 50 sahifa kompyuter matnidan tashkil topgan. 5