SO‘Z TURKUMLARINING GAP BO‘LAKLARIGA IXTISOSLASHUVI (FUNKSIONAL-SEMANTIK VA SINTAKTIK-STILISTIK TAHLILDA)






























![2. Koordinativ munosabat: qaratuvchi-qaralmish munosabati (ikki
tomonlama munosabat)”.]
3. Kopulyativ munosabat:uyushiq bo‘laklar munosabati.
4. Intraduktiv munosabat:
a) Vokativ munosabat (undalma – jumla mazmuni);
b) Modal munosabat (kirishning jumla mazmuni bilan munosabati). 28
Xullas, har bir grammatik jarayon, grammatik hodisaning tagida so‘z
yotadi. Uning hosil bo‘lishi, fonetik, leksik, grammatik xususiyatlari asosida
muloqot shakllari, kommunikatsiya jarayonlari hsil bo‘ladi. So‘zdan to‘g‘ri va
unumli foydalanish, uning mohiyatini anglab yetish natijasida tilshunoslikda juda
katta burilishlar, yangilanishlar hosil bo‘lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan ilmiy-nazariy qarashlardan ma’lum bo‘ladiki, so‘z
turkumlarining sintaktik xususiyatlari, gap bo‘laklari bilan aloqasi borasida amalga
oshirilgan ishlar anchayin salmoqli. Dunyo tilshunosligi qatorida o‘zbek
tilshunosligida ham bundayin ishlar talaygina. Mazkur tadqiqot ishi esa ana
shunday ishlarning kichik bir mazmuniy davomi sifatida xizmat qilishidan
umidvormiz.
Bob bo‘yicha xulosa
Inson hayotida so‘zning ahamiyati cheksiz. U so‘z orqali borliqni,
hissiyotlarini ifoda etadi, ehtiyojlarini qondiradi, mo‘jizalar yaratadi. Dunyoda
qancha tillar bo‘lmasin, ularning markazini so‘z tashkil qiladi. Shu sababdan
lingvistik tadqiqotlarning barchasi so‘z hodisasining atrofida aylanadi, so‘zning
turli xil qirralarini kashf etadi.
Tilshunoslikda grammatikaning tarkibiy qismlari hisoblangan morfologiya
va sintaksis ham so‘zning shakl hamsa mazmun tomonlarini tadqiq etishga, ochib
berishga, undan foydalanish va namoyon etishga qaratilgan yo‘nalishlardan
sanaladi. Bu ikki soha bir vaqtning o‘zida ham mushtarak, ham alohida-alohida
28
N. Mahmudov, A.Nurmonov. O’zbek tilining nazariy grammatikasi (Sintaksis). – Toshkent: O’qituvchi, 1995. – 228
b. – B. 28.
31](/data/documents/07d28df3-ce55-4787-8748-24cfac0dea49/page_31.png)


















































SO‘Z TURKUMLARINING GAP BO‘LAKLARIGA IXTISOSLASHUVI (FUNKSIONAL-SEMANTIK VA SINTAKTIK-STILISTIK TAHLILDA) MUNDARIJA SO‘Z TURKUMLARINING GAP BO‘LAKLARIGA IXTISOSLASHUVI (FUNKSIONAL-SEMANTIK VA SINTAKTIK- STILISTIK TAHLILDA) ..................................................................................................................................... 1 I bob. So‘z turkumlari sintaktik xususiyatlarining lisoniy tadqiqi ................................................................. 6 1.1. So‘zlarning morfologik va sintaktik xususiyatlariga doir ilmiy-nazariy qarashlar .................................. 6 1.2. So‘z turkumlarining sintaktik xususiyatlariga oid tadqiqotlar tavsifi ................................................... 20 Bob bo‘yicha xulosa ................................................................................................................................... 31 II. Gap bo‘lagiga ixtisoslashgan so‘z turkumlarining funksional-semantik, sintaktik-stilistik xususiyatlari . 33 2.1.So‘z turkumlarining birlamchi va ikkilamchi xususiyatlari .................................................................... 33 2.2.Sintaktik aloqa vositasi bo‘lishga xoslangan birliklar tahlili .................................................................. 40 BOB BO‘YICHA XULOSA .............................................................................................................................. 49 III. Gap bo‘laklariga ixtisoslashgan so‘z turkumlarining semantik-sintaktik tasnifi ..................................... 50 3.1. Fe’l, ot va sifat so‘z turkumlarining gap bo‘laklariga ixtisoslashuvi. .................................................... 50 3.2. Son, olmosh va ravish so‘z turkumlarining gap bo‘laklariga xoslanishi ............................................... 62 Bob bo‘yicha xulosa. .................................................................................................................................. 71 UMUMIY XULOSALAR ................................................................................................................................ 72 Foydalanilgan adabiyotlarro‘yxati: ............................................................................................................. 74 KIRISH ...................................................................................................................................................... 7 I bob. So‘z turkumlari sintaktik xususiyatlarining lisoniy tadqiqi ...................................................... 12 1.1. So‘zlarning morfologik va sintaktik xususiyatlariga doir ilmiy-nazariy qarashlar ..................... 12 1.2. So‘z turkumlarining sintaktik xususiyatlariga oid tadqiqotlar tavsifi ......................................... 26 Bob bo‘yicha xulosa ................................................................................................................................. 37 II. Gap bo‘lagiga ixtisoslashgan so‘z turkumlarining funksional-semantik, sintaktik-stilistik xususiyatlari ............................................................................................................................................. 39 2.1.So‘z turkumlarining birlamchi va ikkilamchi xususiyatlari .......................................................... 39 2.2.Sintaktik aloqa vositasi bo‘lishga xoslangan birliklar tahlili ......................................................... 45 BOB BO‘YICHA XULOSA .................................................................................................................... 53 III. Gap bo‘laklariga ixtisoslashgan so‘z turkumlarining semantik-sintaktik tasnifi ........................ 55 3.1. Fe’l, ot va sifat so‘z turkumlarining gap bo‘laklariga ixtisoslashuvi. ...................................... 55 3.2. Son, olmosh va ravish so‘z turkumlarining gap bo‘laklariga xoslanishi ................................. 66 Bob bo‘yicha xulosa. ................................................................................................................................ 76 UMUMIY XULOSALAR ....................................................................................................................... 77 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: ...................................................................................................... 79 1
KIRISH Tadqiqot mavzusining dolzarbligi : Til insonlarga xizmat qiladigan, Yer yuzining yaratuvchisi tomonidan odamzodga ato etilgan eng buyuk ne’matlardan biridir. Kishi jamiyatga ta’sir etar ekan, bu borada tilning ahamiyati, o‘rni haqida uzoq gapirishga hojat ham yo‘q. negaki, til orqali jamiyat ravnaq topsa, til ham jamiyat orqali mavjud bo‘ladi. Tilning qudrati shu darajadaki, u kishini hayolot olamining eng yuqori cho‘qqisiga olib chiqishi, istasa, undan pastga qulatishi ham mumkin. Dunyo yaralibdiki, til butun bashariyatga xizmat qilib kelish barobarida barcha insonlar undan o‘z ehtiyojlari yo‘lida foydalanib kelmoqdalar. Til doimiy rivojlanishda bo‘lganligi sabab har davrning o‘ziga xos bo‘lgan so‘zlashish u0suli, unda yaratilgan manbalar turli xillikni tashkil etadi. Preziden Sh.Mirziyoyev tilning ahamiyati to‘grisida to‘xtalar ekan, quyidagi fikrlarni aytib o‘tadi: “ Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini aytib 2
kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar” 1 . O‘zbek tilshunosligining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan grammatika (morfologiya va sintaksis) bo‘yicha qadimdan tortib bugungi kunga qadar bo‘lgan davrda yaratilgan manbalar o‘zining ahamiyatini saqlab kelmoqda. So‘zlarni turli qismlarga ajratish va so‘z shakllarini hosil qilish, ularni biriktirish tartibi, gaplarni tuzish qoidalari haqidagi tilshunoslik bo‘limi grammatika sanaladi. Grammatikaning asosiy bo‘limlari sanalgan morfologiya hamda sintaksis bir-biri bilan uzviy bog;liqlikda namoyon bo‘ladi, jumladan bitta so‘z morfologik jihatdan bir turkumga mansub bo‘lsa, sintaktik jihatdan ma’lum vazifani bajaradi, mana shu vazifani bajarish esa so‘zning qanday mazmun kasb etayotganligiga bog‘liq. So‘z turkumlarining gap bo‘laklariga ixtisoslaniosh jarayonining kelib chiqishi, so‘zlarning gapda biror vazifa bajarishini aniqlash dissertatsiya ishining dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqotning metodologik asosi: tarixiy va zamonaviy nuqtayi nazardan tahlil qilish, xulosalar chiqarish bilan bir qatorda qiyoslash, chog‘ishtirish, tavsiflash metodlardan foydalanildi. Tadqiqot ob y ekti: so‘z turkumlarining gap bo‘laklariga ixtisoslashishining sinxron-diaxron shakllari, o‘ zbek tilidagi so‘z turkumlari, ularning turlari, gap bo‘laklariga xoslovchi kategoriyalar. Tadqiqot predmeti: grammatikaga doir tadqiqotlar va nazariyalarning mazmuni, shakl, vosita va metodlari. Tadqiqot ishining maqsadi: - Mavzuga doir o‘quv adabiyotlari bilan tanishib chiqish jarayonida yangidan-yangi ilmiy xulosalar chiqarish; - So‘zlarning morfologik, sintaktik va semantic aloqadorligi yuzasidan aniq xulosalar chiqarish; 1 O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi, 22 oktabr 2019. 3
- tegishli mutaxassisliklar uchun so‘z turkumlarining sintaktik funksiyalarining ilmiy metodologik asoslarini ishlab chiqish; - Olib borilgan izlanishlar yuzasidan taklif, metodik tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berish. Tadqiqotning vazifalari: - tilshunoslikda so‘z turkumlari hamda ularn ing xususiyatlarini o‘rganish; - gap bo‘laklariga ixtisoslashish jarayoniga doir qarashlarning tayanch nuqtalarini topish; - so‘z turkumlarining gap bo‘lagi vazifasini bajarishiga doir grammatik xususiyatlarini o‘rganish; - so‘zlarning morfologik, semantik va sintaktik aloqasi natiojasida yuzaga keladigan mazmuniy munosabatlarni o‘rganish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi : - grammatikaning morfologiya va sintaksis bo‘limi, ularning semantika bilan aloqasiga doir ilmiy-nazariy qarashlar tahlilga tortildi;. - So‘z turkumlarining o‘ziga xos xususiyatlari, tarkibiy tuzilmasi, qoidalari sintaktik nuqtayi nazardan o‘zaro qiyoslandi; - So‘zlarning morfologik, semantik va sintaktik xususiyatlaridan yuzaga keladigan mazmuniy munosabatlari asoslab berildi; - gap bo‘laklariga ixtisoslashish jarayonining tayanch nuqtalari aniqlandi hamda tegishni mulohazalar asosida ochib berildi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Tadqiqot ishida sintaktik tarkibi qisqargan gaplarga doir tadqiqotlar ko‘lamini yanada kelgaytirish, bu borada samarali natijalarga erishih mumkin, agar: - o‘zbek tilshunosligida so‘zning shakllari, tuzilishi va mazmuni o‘rganilsa; - mazvuning jahon tilshunosligi bilan o‘zaro umumiy va xususiy jihatlari tahlilga tortilsa; - gap bo‘laklarining umumiy, barcha uchun universal bo‘lgan qoidasining yaratilishi yuzasidan xulosalar berilsa; 4
- so‘z turkumlarining gap bo‘laklariga ixtisoslashish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlansa; - mazkur mavzu yuzasidan chiqarilgan xulosalar, tavsiyalarhamda tajribalarni ta’lim jarayoniga tadqiqot predmeti sifatida olib kirilsa. Tadqiqot mavzusi bo yicha adabiyotlar sharhi (tahlili).ʻ Tilshunoslikning morfologiya va sintaksis bo‘limi yuzasidan juda ko‘plab tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. N.A.Baskakov, A.S.Sodiqov, G‘.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, E.Fozilov, U.Tursunov, B.O‘rinboyev, A.Hojiyev, A.G‘ulomov, I.Azimov, N.Abdurahmonov, A.Nurmonov, M.Boshmonov, J. Eltazarov kabi olimlarning yaratgan ilmiy asarlari bu jihatdan xarakterli. Yillar davomida o‘zbek tili sintaksisini o‘rganish borasida juda ko‘p salmoqli tadqiqotlar amalga oshirilib kelinmoqda. G‘Abdurahmonovning “Gapning ajratilgan ikkinchi darajali bo‘laklari”, (1956), “Qo‘shma gap sintaksisi” (1958), H.Komilovaning “Gapda so‘zlarning bog‘lanishi” (1995), H.Bolteboyevaning “Gapda soz’larning bog‘lanishi” (1957), D.Ashurovaning “Gapning uyushgan bo‘laklari” (1962), F.Ubayevaning “Hol” (1965), A.Ahmedovning “So‘roq gaplar” (1965), A.Safaevning “Bosh va ikkinchi darajali bo‘lalar”, I.Rasulovning “Bir sostavli gaplar”, B. O‘rinboevning “Atov gaplar”, “So‘zlashuv nutqi sintaksisi”, A.Nurmonovning “O‘zbek tili sintaksisi” (1992), N.Turniyozovning “Struktur sintaksis asoslari” (2009) kabi tadqiqot ishlari bu jihatdan xarakter kasb etadi. Tadqiqotda qo llanilgan metodikaning tavsifi. ʻ Mazkur tadqiqot ishida tavsifiy, qiyoslash, tahliliy, statistik metodlardan foydalanilgan. Tadqiqotning nazariy ahamiyati: hozirgi o‘zbek tilida so‘z turkumlari, ularning o‘ziga xos morfologik, semantik va sintaktik xususiyatlari, turlari hamda gap bo‘laklariga ixtisoslashish qonuniyatlari va bularning barchasini qamrab oluvchi grammatik tadqiqotlartning ilmiy-nazariy tavsifi borasida izlanishlar olib borish hamda tegishli xulosalar chiqarish. Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Magistrlik dissertatsiyasida yoritilgan nazariy va amaliy masalalardan tilshunoslik, umumkasbiy, pedagogik, metodik 5