logo

MATN TAHLILI FONETIK, LEKSIK, GRAMMATIK

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

50.5224609375 KB
MATN TAHLILI: FONETIK, LEKSIK, GRAMMATIK
Reja:
Kirish 
Asosiy qism:
1. Leksik tahlil turlarini o’rgatish metodikasi haqida.  
 
2. Fonetik tahlilni o’rgatishning eng asosiy qoidalari haqida ma’lumot berish.
3. O‘quvchilarga grammatik tahlilni  o‘rgatish usullari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati “Ona   tili”   darslarida   uzundan-uzoq,   murakkab   grammatik   qoidalarni,   “O‘zbek
dabiyoti”   darslarida   ijodkor   hayotidagi   o‘tkinchi   sana   va   voqealarni   yodlashga
majbur   qilmasdan,   balki   ona   tilida   sof   so‘zlash,   o‘z   fikrini   to‘g ri   ifodalay   olish,ʻ
mustaqil   fikrlash,   badiiy   asarni   ifodali   o‘qish,   uning   ruhini   his   qilish,   badiiy
san’atidan lazzatlanish, so‘zdan zavqlanish ruhida ta’lim bermoq kerak. Ona tili va
adabiyot o‘qitishdan kutilgan pirovard natija- shu!  
Ona   tili   o‘qitishning   samarali   bo‘lishi   ko‘p   jihatdan   uni   adabiyot   bilan
bog lab   olib   borishga   bog liq,   yoki   aksincha.   Aslida,   ona   tili,adabiyot   darslarida	
ʻ ʻ
ham   o‘rganiladi.   Masalan,   badiiy   asarning   tilni   tahlil   etish   davomida   ba’zi
grammatik   shakllarning   uslubiy   ahamiyati,   sinonimlarning   nurqda   tutgan   o‘rni
izohlanadi   va   hokazo;   o‘quvchilar   tilning   turli   ifoda     vositalari   bilan   tanishib
boradilar. Badiiy asar tili bo‘yicha muayyan bir izchillikda olib boriladigan ishlar
o‘quvchilarning   so‘z   boyligini   oshiradi   va   nutqini   o‘stiradi.   Adabiy   asarning
tasviriy vositalari   bo‘yicha  sinfda  va  undan tashqarida  bajarilgan ishlar  natijasida
o‘quvchilar   so‘z   haqida,   uning   turli   nutq   uslubidagi   o‘rni   haqida   kengroq
tushunchaga   ega   bo‘la   boradilar.   Xilma-xil   ifoda   jilolari   tilning   estetik   ta’siri   va
ahamiyatini   chuqurroq   anglashga   yordam   beradi.   Ona   tili   o‘rta   maktablarda
o‘rganiladigan   barcha   fanlarni   puxta   o‘zlashtirish   uchun   muhim   “kalit”   sanaladi.
Til   vositasida   o‘quvchilar   boshqa   fanlarni   o‘rganadi.   Barcha   fanlar   yuzasidan
fikrni   og zaki   yozma   ravishda   bayon   qilish   orqali   o‘z   ona   tilini   ham   mukammal	
ʻ
o‘rganib boradi. 1
  
Dars   turi   sifatida   lingvistik   tahlil   ma’lum   didaktik   va   metodik   talablarga
javob berishi lozim. Lingvistik tahlil va til haqidagi fanning har bir tarmog’i uchun
tuzilgan   programma   talabiga   to’la   mos   bo’lishi   kerak.   Uning   oldiga   ham   til
haqidagi   fanlarni   o’qitish   oldiga   qo’yiladigan   metodologik   va   metodik   talablar
qo’yiladi. 
Lingvistik   tahlil   oldiga   qo’yiladigan   prinsipial   talablar   quyidagilar:   1.
Ilmiylik prinsipi. 2. Ma’lum sxema asosida ish ko’rish prinsipi. 3. Bir tur  tahlilni
1
 A. G ulomov va boshqalar, Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent-2012. 	
ʻ boshqa bir  tur  tahlil  bilan aralashtirib yubormaslik prinsipi. 4. Tahlilni  sistematik
o’tkazib borish prinsipi. 2
G’ulomovning   “Ona   tili   o‘qitish   metodikasi”   va   Qudratovning   “Lingvistik
tahlil”   kitoblarida   leksik,   fonetik   va   grammatik   tahlil   qilish   metodikasi
ko’rsatilgan.  
Leksikologiya   lug’aviy   birliklarning   ma’no   strukturasi,   ma’nolarning   rang-
barangligi,   ko’p   ma’nolilik,   sinonim,   antonim,   omonim,   paronim,   lug’aviy
birliklarning   ishlatilish   doirasi   va   zamonaviyligiga   ko’ra   tasnifi,   lug’aviy
birliklarning nutq uslublariga xoslanganligi kabi masalalar bilan  shug’ullanadi.
Leksik   tahlilda   so’zlarning   ma’nosi,   ma’noning   qandayligi   (ko’chganmi,
qaysi usul bilan ko’chgan, ko’p ma’nolimi yoki bir ma’nolimi), sinonim, antonim,
omonimi   bormi,   zamonaviylik   bo’yog’i   qanday   (eskirganmi,   istorizmmi,
neologizmmi)   va   hokazolar   ko’rsatiladi.   Leksik   tahlil   tilning   lug’aviy   boyligi,
lug’aviy birliklarning ma’no taraqqiyoti, ishlatilish doirasi, zamonaviyligi, boshqa
tildan   o’zlashgan-   o’zlashmaganligi   bo’yicha   o’quvchiga   mustahkam   bilim
berishda, ular tomonidan olingan bilimlar darajasini aniqlashda juda qulay usuldir.
Leksik tahlil tartibi:
1. Matndagi lug’aviy birliklar ajratib ko’rsatiladi.
2. So’zning leksik ma’nosi va stilistik bo’yog’i aniqlanadi.
3. Ko’p ma’noli so’zlar aniqlanadi.
4. Leksik sinonimlar aniqlanadi.
5. Leksik omonimlar aniqlanadi.
6. Leksik antonimlar aniqlanadi.
7. So’zlarning zamonaviyligi nuqtayi nazaridan  shakli ko’rsatiladi; 
a) neologizmlar; 
b) arxaizmlar;
d) tarixiy so’zlar va bunday bo’yoqqa ega bo’lmagan so’zlar.
8. So’zlarning o’z qatlam va o’zlashgan qatlamga aloqadorligi (o’zlashgan bo’lsa,
qaysi tildan o’tganligi) ko’rsatiladi. 
2
 Qudratov T. Lingvistik tahlil. T., 1981. Leksik tahlil namunasi:
Dunyoda eng bebaho, ammo benazir tarqatiladigan xazina bor. Bu ona mehri. (O’.
Hoshimov)  
  Matndagi leksik ma’no anglatuvchi so’zlarni tahlil qilamiz:
1.   Dunyo   –   so’z,   leksik   ma’nosi   olam,   koinot.   Stilistik   bo’yoqdorligi   jihatdan
neytral:   unda   so’zlovchining   ijobiy   yoki   salbiy   munosabati   sezilmaydi.   Dunyo
so’zi omonimlik xususiyatiga ega: 1) yer yuzi, jahon; 2) boylik, mol-mulk, davlat.  
Sinonimlik     xususiyatiga   ega:   olam,   jahon,   koinot;   antonimi   yo’q;   ko’p   ma’noli
so’z:   ko’chma   ma’noda   kishining   ma’naviy,   ruhiy   olami,   hayoti.   Dunyo
zamonaviy   qatlamga   oid   bo’lib,   unda   eskilik   yoki   yangilik   bo’yog’i   sezilmaydi;
qo’llanish doirasi chegaralanmagan.   U o’zlashgan qatlamga mansub: arab tilidan
o’zlashgan.
2. Bebaho –  so’z, leksik ma’nosi hech baholab, bahosiga yetib bo’lmaydigan, o’ta
qimmatli;   bahosiz.   Stilistik   bo’yoqdorligi   jihatdan   bo’yoqdor;   qo’llanish   doirasi
chegaralanmagan,   asosan   badiiy   uslubga   xos;   matnda   qimmatli,   bahosiz   so’zlari
bilan   sinonim   bo’la   oladi;   omonimi   yo’q;   o’zlashgan   qatlamga   mansub:   arab
tilidan o’zlashgan.
3. Benazir – so’z, leksik ma’nosi tengi, misli yo’q; mislsiz. Stilistik bo’yoqdorligi
jihatdan   bo’yoqdor;   qo’llanish   doirasi   chegaralangan,   asosan   badiiy   uslubga   xos;
tengsiz, mislsiz so’zlari bilan sinonim bo’la oladi; omonimi yo’q; bir ma’noli so’z;
zamonaviy qatlamga oid; o’zlashgan qatlamga mansub: arab tilidan o’zlashgan.
4.   Tarqatmoq   –   so’z,   leksik   ma’nosi   ulashmoq,   ega-egalariga   yetqazib   bermoq.
Stilistik   bo’yoqdorligi   jihatdan   neytral:   unda   so’zlovchining   ijobiy   yoki   salbiy
munosabati   sezilmaydi;   qo’llanish   doirasi   chegaralanmagan.     Sinonimlikka   ega:
ulashmoq,   yetqazib   bermoq;   antonimlari   mavjud:   yig’moq,   to’plamoq;   ko’p
ma’noli so’z: ko’chma ma’noda xabar tarqatmoq; o’z qatlamga mansub. 
5.   Xazina   –   so’z,   leksik   ma’nosi   (qimmatbaho   narsa,   boylik,   dafina;   mablag’;
kassa) biror shaxs, tashkilot yoki davlat ixtiyoridagi qimmatbaho buyumlar; davlat. Boylik,   kassa   so’zlari   bilan   sinonim   bo’la   oladi;   ko’p   ma’noli   so’z:   ko’chma
ma’noda   madaniy   va   ma’naviy   boyliklar,   durdona   asarlar   majmui;   arxaik   so’z;
o’zlashgan qatlamga mansub: arab tilidan o’zlashgan.
6.   Ona   –   so’z,   leksik   ma’nosi   farzandi   bo’lgan   xotin   (o’z   tuqqan   farzandlariga
nisbatan); bolali xotin. Stilistik bo’yoqdorligi jihatdan neytral: unda so’zlovchining
ijobiy yoki salbiy munosabati sezilmaydi. Oyi, volida so’zlari bilan sinonim bo’la
oladi;   antonim,   omonimi   yo’q;   ko’p   ma’noli   so’z:   ko’chma   ma’noda   yaratuvchi,
vujudga keltiruvchi (yer – hayotning onasi); zamonaviy qatlamga oid bo’lib, unda
eskilik   yoki   yangilik   bo’yog’i   sezilmaydi;   qo’llanish   doirasi   chegaralanmagan.
Ona umumturkiy so’z.  
7. Mehr – so’z, leksik ma’nosi insonning o’z tug’ishganlariga, yaqin kishilariga va
umuman,   odamga,   narsaga   bo’lgan   samimiy   muhabbati;   yaxshi   ko’rish   tuyg’usi.
Stilistik jihatdan bo’yoqdor; matnda muhabbat, yaxshi ko’rish, shafqat, rahmdillik
bilan   sinonim   bo’la   oladi;   nafrat   so’zi   bilan   antonimlik   hosil   qiladi;   qo’llanilish
doirasi chegaralanmagan; o’zlashgan qatlam, fors-tojik tilidan kirgan. 
Leksik   tahlil   shunday   tartibda   olib  borilar   ekan,   o’quvchi   tilimizning  barcha
lug’at boyligidan xabardor bo’ladi, izlanadi va o’qiydi, lug’atlar bilan tanishadi.  
O`quvchilar “L е ksika” bo`limi orqali tilning lug`at boyligi bilan tanishadilar.
Mazkur   bo`lim     “So`zning   o`z   va   ko`chma   ma’nolari”,   “Ma’nodosh   (sinonim)
so`zlar”,   “Uyadosh   so`zlar”,   “Shakldosh   so`zlar”,   “Talaffuzi   yaqin,   ma’nosi   farq
qiluvchi   (paronim)   so`zlar”,   “Tarixiy   so`zlar”,   “Eskirgan   so`zlar”,   “Yangi   paydo
bo`lgan so`zlar”,  “Kasb-hunarga oid so`zlar”, “Sh е vaga oid so`zlar”, “Atamalar”,
“Olinma so`zlar”, “Ibora va tasviriy ifodalar” singari mavzularni o`z ichiga qamrab
oladi.
“Ma’nodosh   so`zlar”   mavzusini   o`rganishda   b е rilgan   gaplar   yoki   matnda
ajratilgan so`zlarni ularning ma’nodoshi bilan almashtirish, gapdagi so`zlarni birin-
k е tin   ma’nodoshlari   bilan   almashtirib,   ma’no   farqlarini   izohlash,   b е rilgan
ma’nodosh   so`zlarni   ijobiy   va   salbiy   bo`yoqli   so`zlarga   ajratish,   murojaat   so`z
birikmalari xosil qilish ( mas., mo’tabar murabbiyim, muhtaram ustozim, m е hribon
tarbiyachim,   hurmatli   muallimim   v.h.),   qarindosh   –   urug`chilikka   oid   so`zlarni (mas.,   akajon,   opajon,   otajon   v.x.),   qarindosh   bo`lmagan   kishilarga   nisbatan
qo`llab   matn   yaratish,   oddiy   va   ko`tarinki   ma’noli   so`zlardan   foydalanib   matn
tuzish singari ijodiy – amaliy ishlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Topshiriq namunalari:
1-   topshiriq.   B е rilgan   so`zlarni   ma’no   yaqinligiga   ko`ra   juftlarga     ajrating,
ular orasidagi ma’no nozikligini aniqlang.
Avlod,   aybdor,   yolg`onchi,   sababchi,   b е qaror,   ahdlashmoq,   aldoqchi,
va’dalashmoq,   b е tayin,   yolg`on,   avvalboshi,bo`hton,   diyor,   yolg`iz,   alanga,   zim-
ziyo, yorqin, kimsasiz, vatan, tuhmat, muhtoj, qorong`ilik.
2-   topshiriq.   Gaplarni   o`qing.   Ajratilgan   so`zlarni   qavsda   b е rilgan     so`zlar
bilan almashtirib, ma’no farqlarini tushuntiring.
Bola   vazifani   t е z   tushundi   (fahmladi,   angladi,   uqdi).   2.   Pulni   b е huda
sarflamang   (sarf   qilmang,   xarajatlamang,   xarj   qilmang).   3.   Ko`k   (osmon,   samo)
yuzini bulut qopladi (egalladi, qurshadi, tusdi, tutdi, bosdi)
3   –   topshiriq.   Gaplarni   o`qing.   So`zlarni   birin-k е tin   ma’nodoshi   bilan
almashtiring.
Bahor erta k е ldi. 2. Oyim p е shanamni siladi.
O`quvchilarni qarama- qarshi ma’noli so`zlar (antonimlar) bilan tanishtirish
maqsadida o`z va ko`chma   ma’noda ishlatilgan so`zlarga qarama- qarshi ma’noli
so`zlar   tanlash,   shu   asosda   b е rilgan   matn   yoki   gaplarni   o`zgartirish,   matndan
qarama- qarshi ma’noli so`zlarni ajratish, matndan qarama- qarshi ma’noli so`zlar
birga   ishlatilgan   holatlarni   ajratib,   ularning   imlosini   sharhlash,   shunday   so`zlarni
birga   ishlatib   yangi   so’zlar   yasash,   ular   ishtirokida   gap   yoki   matn   yaratish,juft
so`zlarning yasalishi, ma’nosi va imlosini tushuntirish, juft so`zlar hosil qilib matn
yaratish,   «O`zb е k   xalq   maqollari»   kitobidan   qarama-qarshi   ma’noli   so`zlar
ishlatilgan   maqollarni   topish   (mas.,yaxshi   do`sting   kuldirar-   yomon   do`sting
kuydirar, achchik til - zahri ilon, chuchuk tilga - jon qurbon. Bir yaxshi gap esdan
chiqmas - bir yomon gap v.h.) ularning ma’nosini sharhlash, ma’lum bir mavzuga
oid   shunday   maqollar   ro`yxatini   tuzish   kabi   amaliy   topshiriqlarni   ishga   solish
mumkin.   Bulardan   tashqari,   nuqtalar   o`rniga   zarur   so`zni   topib   qo`yish   (   mas., paxsa   uy   yozda…..,   qishda…….bo`ladi.   ……..   bilan   yursang   y е tarsan   murodga,
……….bilan   yursang   qolarsan   uyatga   kabi)   gapda   yoki   matnda   o`z   va   ko`chma
ma’noda   ishlatilgan   so`zlarga   qarama-   qarshi   ma’noli   so`zlar   tanlash,   shu   asosda
matn   va   gaplarni   o`zgartirish   (mas.,   1.   Saylga   hamma   qatnashdi   –   Saylga   katta   -
kichik   qatnashdi.   2.   To`yga   hamma   k е ladi   –   to`yga   do`st-   dushman   k е ladi   kabi),
mustaqil   ish   turlari   ham   o`quvchilar   nutqini   qarama-   qarshi   ma’noli   so`zlar   bilan
boyitishda  muhim omil sanaladi.
O`quvchilar     so`z   boyligini   oshirishda   shakldosh   so`zlar   ustida   ishlash   ham
muhim   ahamiyatga   ega.   Matnda     ajratilgan   so`zlarning   (mas.,   ot,   olma,   yoz,
chaqmoq v.h.) ma’nolari ustida ishlash, ularning har biriga ma’nodosh va uyadosh
so`zlar   tanlash,   tanlangan   so`zlar   ishtirokida   gaplar   tuzish,   so`z   o`yinlari   tashkil
etish,   tuyuqlarda   ishlatilgan   shakldosh   so`zlarning   ma’nolarini   sharhlash
o`quvchilar nutqini bunday so`zlar bilan boyitishda muhim o’rin egallaydi. 
Ma’lumki,   o`quvchilar   nutqida   uchraydigan   xatolarning   talaygina   qismini
talaffuzi yaqin, ma’nosi bir - biridan farq qiladigan paronim so`zlar (mas, tanbur -
tambur,   tir е   –   t е ri,   azim   –   azm,   dakki   –   dakki,   zirak   –   ziyrak,   juda   –   judo   v.h.)
tashkil   etadi.   Shuning   uchun   «So`zshunoslik»   bo`limini   o`rganish   jarayonida
bunday so`zlarga alohida e’tibor qaratishga to`g`ri k е ladi. B е rilgan paronim so`zlar
ma’nosini   sharhlash,   ular   yordamida   gaplar   tuzish,   bu   so`zlarning  ma’nodoshi   va
uyadoshlari   ustida   ishlash   kabi     amaliy   ishlar   o`quvchilarning   ana   shunday
so`zlardan nutqda to`g`ri foydalanishlariga  yordam b е radi. 
“Fonetika”ni   o`qitishda   o`quvchilarning   so`z   boyligi   ustida   ishlash
imkoniyatlari.   “Fonetika”   garchand   tilning   tovush   tizimi   bilan   ish   ko`rsa-da,
ammo   o`quvchilarning   so`z   boyligini   oshirish,   tez   va   to`g`ri   o`qish   malakalarini
takomillashtirish,   fikrni   ifodalashda   tovushlarning   boy   imkoniyatlaridan
foydalanish, matn yaratishga o`rgatish diqqat markazida bo`lishi lozim.
Fonetik tahlil tartibi :
1. Tahlil qilinayotgan so’z yoki gap adabiy til talaffuzini ko’rsatuvchi fonetik
transkripsiyada yoziladi. 2.   Unlilar   tahlil   qilinadi:   tilning   vertikal   holatiga   ko’ra   (tor,   o’rta   ,   keng),
tilning   gorizantal   holatiga   ko’ra   (til   oldi,   til   orqa),   labning   ishtirokiga   ko’ra
(lablangan, lanlanmagan). 
3. Undoshlar tahlil qilinadi.
4. Bo’g’in, bo’g’in ruzilishi, har bir bo’g’inning xususiyati (ochiq, yopiq).
5. Urg’uning so’zdagi o’rni va xarakteri.
“Nutq   tovushlari   va   harflar”   mavzusini   o`tishda   o`qituvchi   ayrim   so`zlarni
o`quvchilar   diqqatiga   havola   etib,   bu   so`zlardagi   tovushlarning   talaffuzini
qiyoslash,   unlilar   va   undoshlarning   xususiyatlarini   aniqlash,   ularning   talaffuzida
ishtirok   etadigan   nutq   a`zolarini   belgilashda   topshirishi   mumkin.   Kuzatishlar
asosida   o`quvchilar   nutq   tovushlarini   hosil   qilishda   o`pka,   tovush   paychalari,
bo`g`iz, og`iz bo`shlig`i, til, lablar, tishlar, pastki va yuqori jag`lar, burun ishtirok
etishini aniqlaydilar. Shu o`rinda tovushlarning hosil bo`lish o`rinlari aks ettirilgan 
rasmlar   yordamida   yuqorida   tilga   olingan   nutq   uzvlarining   qayerda
joylashganligi va tovushlarining qayerda hosil bo`layotganligi aniqlanadi.
O`quvchilar nutq tovushlari xususida zaruriy bilim, malaka, ko`nikmalar bilan
qurollantirilgach,   tovushning   yozuvdagi   aksi-harf   haqida   ma`lumotga   ega
bo`ladilar va “Alifbo” mavzusi o`rganiladi. Bu mavzuni o`rganishda boshlang`ich
sinflarda   egallangan   bilimlar   takrorlanadi;   alifboni   yoddan   bilishning   ahamiyati
xususida   savol-javob   o`tkaziladi   va   berilgan   so`zlarni   alifbo   tartibida   tez
joylashtirish   bo`yicha   musobaqalar   tashkil   etiladi.   Mazkur   mavzuni   o`rganishda,
ayniqsa,   lug`atlar   bilan   ishlashga   alohida   e`tibor   berishga   to`g`ri   keladi.Zero,
o`quvchi “Imlo lug`ati”dan zarur so`zni yarim daqiqada topa olishi lozim.
Mashg`ulot   “Al i fboni   yoddan   bilish   nega   zarur?”   mavzusida   matn   yaratish
bilan yakunlansa, maqsadga muvofiq bo`ladi.
“Unli va undosh tovushlar” mavzusini o`rganishda o`quvchilarning egallagan
bilimlariga   asoslangan   holda   quyidagi   savollar   o`rtaga   tashlanadi:   a,i,e,o,u,u
tovushlarining   talaffuzi   b,v,g,d,z,k,l,m,n,p,r,s,t,f,x   singari   tovushlarning
talaffuzidan nima bilan farq qiladi?  Qaysi tovushlar faqat ovozdan, qaysilari ovoz va shovqinning ishtirokidan va
qaysilar faqat shovqindan iborat?
Unli   va   undosh   tovushlarni   o`rganishda   asosiy   e`tibor   o`quvchilarning   imlo
savodxonligini   yaxshilash,   ularning   so`z   boyligini   oshirish,   so`z   ma’nolarini
farqlash,   undan   to`g`ri   va   o`rinli   foydalanish   malakalarini   kengaytirish,   talaffuz
me`yorlarini shakllantirish ustida ishlashga qaratilgan.
Grammatik   tahlil.   Grammatik   tahlildan   ko‘zda   tutilgan   asosiy   maqsad
o‘quvchining   morfologiya   (so‘z   tarkibi,   so‘z   yasalishi,   so‘z   o‘zgarishi,   so‘z
turkumlari) va sintaksis ( so‘z birikmasi, gap qurilishi) bo‘yicha olgan bilimlarini
amalda   sinab   ko‘rishdir.   Til   sistemadir,   tashkil   qiluvchi   qismlar   bir-biri   bilan
o‘zaro   bog langan   holda   bir   butunlikni,   yaxlitlikni   tashkil   qiladi:   nutq   tovushi   vaʻ
so‘z,   so‘z   va   gap–tilning   butun   strukturasi   o‘zaro   aloqadordir.   Demak,   fonetika,
leksika,   morfologiya   va   sintaksis   o‘zaro   organik   bog liq   bo‘lib,   bir   butunlikni	
ʻ
tashkil   qiladi.   Bu   butunlikning   morfologiya   va   sintaksis   qismlari   birlikda
grammatika   nomi   bilan   yuritiladi.   Grammatikaning   bu   eng   huquqli   qismlari
grammatik   tahlil   o‘zgarish   vaqtida   bular   o‘z   aksini   topadi.   Morfologiya   va
sintaksis   bir   grammatik   hodisaning   ikki   tomonidir.   Grammatik   tahlilning   muhim
prinsiplaridan   biri   –   morfologik   tahlil   bilan   sintaktik   tahlilning   teng   huquqli
ekanligini,   ularning   bir-biri   bilan   zich   bog lanishini   ko‘rsatishdir.   Masalan,	
ʻ
morfologiyadagi   mustaqil   so‘z   sanaladigan   ot,   sifat,   son   kabi   turkumlar   gapda
ma’lum   sintaktik   vazifani   –   gap   bo‘lagi   vazifasini   o‘taydi,   morfologiyadagi
yordamchi   so‘z   turkumlari   mustaqil   ma’noga   ega   emasligidan   mustaqil   holda
sintaktik   vazifa   bajara   olmaydi   (gap   bo‘lagi   bo‘lmaydi).   O‘quvchi   sintaksisni
o‘rgangandan   so‘ng   morfologik   hodisalarning   mohiyatini   yanada   to‘la   tushunib
yetadi. 
Grammatik   tahlil   jarayonida   shunday   faktlarga   duch   kelinadiki,   ularni
fonetika, orfografiya, orfoepiya, leksika, uslubiy va punktuatsiya bo‘yicha olingan
bilimlarni   ishga   solish   asosida   hal   qilinadi   (masalan,   bilagi   so‘zida   o‘zak   bilag
emas,   bilak;   egalik   qo‘shimchasi   olganda   o‘zak   oxiridagi   k   tovushi   g   ga   o‘tadi;
shahrim   so‘zining   o‘zagi   shahr   emas,   shahar;   egalik   qo‘shimchasi   qo‘shilganda oxirgi bo‘g indagi   a tovushi tushadi). Demak, grammatik tahlilda leksik, fonetik,ʻ
uslubiy tahlil elementlari ham ishtirok etadi. 
Grammatik tahlil mazmuniga ko‘ra ikki tarkibiy qismga bo‘linadi:
1. Morfologik tahlil.
2. Sintaktik tahlil.
Berilgan   gapni   avval   morfologik,   so‘ng   sintaktik   tahlil   qilish   kerak.   Chunki
morfologik tahlilda gapni tashkil qilgan so‘zlarning xususiyatlari, sintaktik tahlilda
o‘sha   so‘zlar   vositasida   qurilgan   so‘z   birikmalari   va   gapning   xususiyatlari
aniqlanadi. 
Grammatik   tahlil   maktabda   o‘tilganlarni   takrorlash   darslarida   o‘tkaziladi.
Bunday   mashqlarning   o‘tkazilish   usullari,   mazmuni   har   xil   shaklda   bo‘ladi.
Grammatikani   o‘rganish   orqali   o‘quvchi   so‘z   va   gapning   grammatik
xarakteristikasini   bilib   oladi.   Bunda   so‘zning   tuzilishi,   so‘z   yasalishi,   so‘z
birikmalari, gap qurilishi, sodda gap, qo‘shma gap, gap bo‘laklari kabi grammatik
hodisalar o‘rganib chiqiladi.
Grammatikani   o‘rganish   ham   nazariy,   ham   amaliy   ahamiyatga   ega:   u
o‘quvchilarni   til   qonuniyatlari   bilan   tanishtiradi,   ularning   til   qurilishini
egallashlariga va uning imkoniyatlaridan ongli ravishda foydalanishlariga yordam
beradi.   Grammatika   adabiy   tilning   yozma   va   og zaki   shakllarini   ongli   ravishda	
ʻ
to‘liq egallashda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Grammatik   tahlil   o‘rta   maktabda   grammatika   o‘qitishda   muhim   metodik
vositalaridan biridir, u “Ona tili” fanining barcha vazifalari (orfografiya, orfoepiya,
punktuatsiya,   og zaki   va   yozma   nutqni   o‘stirish,   statistika   va   boshqalar)   bilan	
ʻ
bog lanadi.	
ʻ
Berilgan   gapni   tahlil   qilishda   ona   tilidan   olingan   barcha   nazariy   va   amaliy
bilimlar ishga solinadi. Chunki har qanday gapni grammatik tahlil qildirish orqali
o‘quvchining   morfologiya   va   sintaksisdan   (umuman,   “Ona   tili”ning   barcha
bo‘limlaridan) shu kungacha olgan bilimlarining darajasini sinab ko‘rish mumkin.
Ba’zan o‘quvchining u yoki bu masalada nazariy ma’lumoti bo‘lsa-da, uni amalda
–   berilgan   gapni   grammatik   tahlil   qilib   berishga   tatbiq   eta   olmaydi.   Ba’zan o‘quvchi   grammatik   qoidani   xuddi   darslik   kitobida   yozilgan   shaklda   aynan   yod
aytib   bersa   ham,   lekin   qoidaga   misol   keltira   olmaydi   yoki   shu   qoidaga   mos
tushuvchi   tayyor   misolni   tahlil   qila   olmaydi.   Bu   esa   uning   o‘sha   grammatik
hodisaning   mazmuniga   to‘la   tushunib   yetmaganidan   darak   beradi.   O‘quvchi
grammatik   qoidani   darslikda   yozib   ko‘rsatilgandek   qilib   aytib   bermasdan,   balki
o‘sha qoidani mazmunini o‘z so‘zlari bilan bayon qilib bersa va jonli muloqot joriy
qila olsa, bu uning mavzuni ongli tushunganligini ko‘rsatadi. 
Grammatik   qoidani   yod   olish   bilar-bilmas   takrorlash   tarzida   emas,   balki
qoidani   mazmunini   to‘la   tushunib   olishga   asoslangan,   shunga   qaratilgan   bo‘lishi
shartdir.   O‘quvchidan   grammatik   qoida   so‘ralganda,   uning   qoidaga,   uning
mazmuniga   tushungan   yoki   tushunmaganligini   aniqlash   vazifasi   asosiy   o‘rin
tutadi.   Ba’zan   o‘quvchi   so‘ralayotgan   grammatik   hodisani   bilsa   ham,   lekin
bayonlash   no‘noqligi   yoki   boshqa   sabablar   natijasida   uning   ta’rifini   darslikda
yozib ko‘rsatilgandek qilib aytib bera olmasligi mumkin. Bunday hollarda qoidani
xuddi darslikda yozilgan shaklda aytib berishni talab qilish metodik jihatdan to‘g riʻ
emas. 
Grammatik tahlilning butun tizimi onglilik prinsipiga asoslanadi. Bu prinsip
o‘quvchilarning   mustaqil   fikrlash,   mustaqil   ishlash   qobiliyatini   kuchaytiradi,   bir-
biridan   ko‘chirib   olish   xavfini   yo‘qotadi,   grammatikaning   nazariy   tomonlarini
amaliyotga tatbiq qilishga yordamlashadi.
Grammatik   tahlil   vaqtida   o‘quvchi   har   bir   grammatik   shaklning     nega
shunday   ekanligi   haqida   mustaqil   fikr   yuritishi,   uni   isbotlashga   harakat   qilishi
kerak. Tushunmay  yodlashga  odatlangan  o‘quvchi  grammatik tahlil  vaqtida  doim
qoqiladi,   chunki   grammatik   tahlilning   xarakteri   mashqlarni   mustaqil   bajarishni
talab etadi. 
Morfologik tahlil o‘z mazmuniga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1. So‘z tarkibi bo‘yicha tahlil
2. So‘z turkumlari bo‘yicha tahlil
Bular birin-ketin o‘tkazilishi  kerak, ular  bir-biriga bog liq bo‘lib, biridagi  nuqson	
ʻ
ikkinchisiga ta’sir qilishi mumkin. So‘z tarkibi bo‘yicha tahlil orfografiya va so‘z yasalishi   hodisalari   bilan   uzviy   bog liqdir.   So‘z   turkumlari   bo‘yicha   tahlil   esaʻ
gapda   so‘zlarning   ikkinchi   bir   turkum   vazifasida   kelishi   so‘zlarning   belgili
(qo‘shimchali) va belgisiz (qo‘shimchasiz) qo‘llanishi hodisalari bilan bog lanadi.	
ʻ
So‘zni   o‘zak   va   qo‘shimchalarga   ajratishni   bilmagan   o‘quvchi   so‘z   yasalishi
yo‘llarini,   so‘z   o‘zgarishini,   shular   bilan   bog langan   to‘g ri   yozish   qoidalarini	
ʻ ʻ
ongli ravishda o‘zlashtira olmagan bo‘lib chiqadi.
So‘z tarkibi bo‘yicha tahlil morfologik tahlilning bir ko‘rinishi bo‘lib, u o‘z
ichiga bir qancha mavzularni oladi: so‘zning asosi, qo‘shimcha, qo‘shimchalarning
ma’no   va   vazifasiga   ko‘ra   turlari   (   so‘z   yasovchilar,   shakl   yasovchilar);   sodda,
qo‘shma, juft so‘zlar va boshqalar.
So‘z   tarkibi   bo‘yicha   o‘tkaziladigan   tahlil   so‘zdagi   ikki   qismni   –   so‘zning
asosiy   ma’nosini   anglatuvchi   qismni,   shuningdek,   so‘zning   grammatik   ma’nosini
anglatuvchi qismni ajratishdan boshlanadi.
So‘zning   asosiy   ma’nosini   anglatuvchi   qismni   ajratishda   quyidagi   holatlar
hisobga   olinadi:   so‘zning   tarkibidagi   tarixiy   holat   va   so‘zning   tarkibidagi   hozirgi
holat.  Masalan,  qishloq,   yaylov,  og ayni  kabi  so‘zlar  hozirgi   o‘zbek   adabiy  tilida	
ʻ
morfologik   qismlarga   ajralmaydi,   lekin   bunday   so‘zlar   tarixiy   jihatdan   qismlarga
ajralgan.   Demak,   so‘zni   ma’noli   ajratishda   etimologik   jihatdan   yondashmaslik
kerak.
Berilgan   gapdagi   so‘zlarni   o‘zak   va   qo‘shimchalarga   aniq,   yaqqol   ko‘rinib
turadigan   jadvallardan   foydalanish   o‘rinlidir.   Ma’lumki,   o‘rta   maktablarda
morfologik   tahlilning   turli   usullaridan   foydalaniladi.   Biz   bu   o‘rinda   O‘zMU
professori Sh. Raxmatullayev va dotsenti Yo. G ulomov usullaridan foydalanish  	
ʻ
morfologik tahlilning yagona, umumlashgan jadvalini joriy etish tarafdorimiz. 
Grammatik tahlil uchun, masalan, quyidagi gap berilgan bo‘lsin: 
1. Biz bu kunlarga osonlik bilan yetib kelmadik (A.Q.). 
2.   Daryo   labida   turib   ko‘klam   quchog ida   tovlanayotgan   olmazor   chiroyiga	
ʻ
suqlanardim.
Berilgan   gapdagi   so‘zlar   avvalo   so‘z   tarkibi   bo‘yicha   tahlil   qilinadi.   Bunda
quyidagi ishlar amalga oshiriladi:  a) gapdagi har bir so‘zning asl ma’noli va grammatik ma’noli qismlari ajratiladi;
b) yasalgan so‘z bo‘lsa, asos va yasovchi qo‘shimchaga ajratiladi;
v) shakl yasovchi qo‘shimchalar aniqlanadi;
g) imlo bilan bog liq tomonlar izohlanadi.ʻ
So‘z turkumlari bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil, so‘z tarkibi bo‘yicha o‘tkaziladigan
tahlil  kabi  morfologik tahlilning bir  ko‘rinishi  bo‘lib, u maktab dasturidagi  “So‘z
turkumlari” mavzusining masalalarini qamrab oladi.
O‘quvchi matndagi so‘zlarni turkumlarga to‘g ri ajrata olsa, gap bo‘laklarini	
ʻ
ajratishda   ham   qiynalmaydi.   Demak,   bu   tahlil   o‘z-o‘zidan   sintaktik   tahlil   bilan
bog lanadi.   So‘z   turkumlarining   mohiyatiga   to‘la   tushunmasdan   turib,   sintaktik	
ʻ
tahlil   vaqtida   gapning   bosh   bo‘laklari   bilan   grammatik     munosabatga
kirishmaydigan so‘zlar (“bo‘laklar”)ni aniqlash mumkin emas.
So‘z   turkumlari   bo‘yicha   o‘tkaziladigan   tahlilning   birinchi   bosqichini   gapdagi
so‘zlarni   turkumlarga   ajratishdan   –   so‘zlarni   morfologik   jihatdan   tasnif   qilishdan
boshlash kerak. Bundan so‘ng har bir turkumning ichki xususiyatlari ko‘rsatiladi. 
Shunday   qilib,   har   ikkala   gap   morfologik   tahlilning   ikki   bosqichi   bo‘yicha
(so‘z   tarkibi   bo‘yicha   va   so‘z   turkumlari   bo‘yicha)   tahlil   qilinadi.   Uning   ba’zi
xususiyatlariga metodik izohlar beramiz:
1.   Ot   so‘zlar   gapda   doimo   son   va   kelishik   shaklida   bo‘ladi.   Yuqoridagi   ikkinchi
gapda   qatnashgan   ot   so‘zlar   –   daryo,   ko‘klam,   olmazor,   belgisiz   (qo‘shimchasiz)
bo‘lsa-da,   barchasi   aslida   qaratqich   kelishigi   shaklida   bo‘lib,   gapda   belgisiz
(qo‘shimchasiz) qo‘llangan. Lekin tahlilda ularning asl shakli hisobga olinadi.
Xuddi shu kabi qo‘shimchaga ega bo‘lgan, lekin ma’lum grammatik shaklda
turgan   so‘zlarni   morfologik   tahlilda   e’tiborga     olib,   to‘g ri   va   to‘liq   izohlashga	
ʻ
alohida   diqqat   qilish   zarur.   Chunki   so‘zning   haqiqiy   morfologik   shaklini   to‘g ri	
ʻ
aniqlamaslik sintaktik tahlilda, ayniqsa, gap bo‘laklarini izohlashda xatolarga olib
keladi. 
2.   Yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   so‘zlarning   morfologik   tarkibini   aniqlashda
ularning   hozirgi   holati   hisobga   olinadi.   (Etimologik   sharh   berib   o‘tish   mumkin).
Masalan, yuqoridagi misolda ko‘klam, suqlanardim, tovlanayotgan so‘zlari hozirgi o‘zbek   tili   nuqatayi   nazaridan   yaxlit   bir   so‘z   tuyuladi,   tarixiy   tarkibi
qorong ilashgan. Aslida ko‘klam – ko‘k+la+m qismlarga bo‘linadi, ko‘k o‘zagigaʻ
so‘z yasovchi (fe’l yasovchi) – la, bundan so‘ng yana so‘z yasovchi (ot yasovchi) –
m   qo‘shilgan.   Natijada,   “ko‘karuvchi   fasl”   ma’nosidagi   ot   so‘z   yasalgan.   Bu   –
so‘zning   etimologik   tomoni.   Xuddi   shuningdek,   suqlanmoq,   tovlanmoq   fe’llari
ham   suq   va   tob   otiga   fe’l   yasovchi   -lan   qo‘shilishi   natijasida   hosil   bo‘lgan.
Shunday qilib, so‘zning etimologik tomoni morfologik tahlilda hisobga olinmaydi,
lekin ba’zan maxsus etimologik kuzatuv sifatida hisobga olinadi. 
3.   Morfologik   tahlilda   (so‘z   tarkibiga   ajratishda)   qo‘shimchalarning   tuzilishiga
ko‘ra   sodda   va   murakkab   bo‘lishini   ham   unutmaslik   kerak.   Ba’zan   ikki   mustaqil
sodda   qo‘shimcha   birlashgan   holda   yaxlit   bir   grammatik   ma’no   anglatib   keladi,
ularni   qismlarga   ajratish   mumkin   emas.   Yuqoridagi   misolda   -ayotgan
(tovlanayotgan   so‘zidagi)   qo‘shimcha   murakkab   qo‘shimchadir.   Bu   qo‘shimcha   -
ayot va -gan qo‘shimchalarining bir ma’no anglatishi asosida yasalgan. 
Endi   morfologik   tahlilning   murakkab   tomonlaridan   bo‘lgan   so‘z   turkumlarining
o‘zaro vazifadoshligi (bir turkum so‘zining ikkinchi turkum vazifasida kelishi) va
yordamchi so‘zlarni izohlab berish masalalari haqida to‘xtalamiz. 
Masalan, 
Ulug
ʻ ay ib yigit bo‘l di
asos qo‘sh-cha qo‘sh-cha asos asos qo‘sh-cha
sifat so‘z yas. shakl.
yas.lug aviy	
ʻ
sh.y ot Fe'l shakl.
yas.lug aviy	ʻ
sh.y
asl.sifat Fe’l yas. ravishdosh turdosh ot II   shaxs
buyruq
mayli zamon
shakl
o‘tgan
zamon
shaklsodda yasama
 asos
fe’l, yasama fe’l oq u qora ni tani di
asos yuklama asos qo‘sh-cha asos qo‘sh-cha
sifat bog l.vazʻ sifat shakl.
yas.sintaktik
sh.y Fe'l shakl.
yas.lug aviy	ʻ
sh.y
asl.sifat asliy sifat kelishik II   shaxs
buyruq
mayli zamon
shakl
o‘tgan
zamon
shakliqo‘shma yasama asos,
 juft sifat(otlashgan) tushum
kelishigi
Ko‘rinadiki, yuqoridagi gapda oq-u qorani so‘z shakli o‘ziga xos murakkab
semantik   va   Grammatik   xususiyatlarga   ega.   Biz   sifat   so‘zlarining   gapda   asosan
sifatlovchi   aniqlovchi   vazifasida   kelishini   bilamiz.   Lekin   gapdagi   oq-u   qora   juft
sifati   aniqlovchi   vazifasida   emas;   unga   tushum   kelishigi   qo‘shimchasi   -ni
qo‘shilgan   va   gapda   vositasiz   to‘ldiruvchi   vazifasida   qo‘llangan.   Buning   sababi:
oq-u   qorani   ot   o‘rnida   qo‘llanganidir.   Mazkur   so‘zning   ot   so‘z   o‘rnida
qo‘llanganini   unga   tushum   kelishigi   qo‘shimchasi   (-ni)   qo‘shilganidan,
so‘rog ining almashganidan (oq-u qora – qanday? oq-u qorani – nimani?) va belgi	
ʻ
ma’nosini emas, predmet ma’nosini bildirayotganidan bilishimiz mumkin. 
Morfologik tahlilda bunday xususiyatni  – bir  turkum  so‘zining ikkinchi  bir
turkum   o‘rnida   qo‘llanishini   alohida   diqqat   bilan   aniqlash   va   izohlah   kerak.
Avvalo asl  so‘z turkumi ko‘rsatilib, so‘ng qavs ichiga shu so‘zning qaysi  turkum
so‘zi   vazifasida   kelayotganini   yozib   qo‘yish   kerak.   Chunki   morfologik   hodisalar
bilan sintaktik hodisalarning uzviy bog liqligi bor. Gapdagi so‘zlarning grammatik	
ʻ
shaklini, ma’no o‘zgarishlari va sintaktik vazifasini to‘g‘ri anglamaslik, grammatik
tahlilni to‘g ri amalga oshirishga monelik qiladi.	
ʻ
Yana bir gapni tahlil qilib ko‘raylik: 1-bosqich
Yomon/ni  tan/qid  qil/a/di,  yaxshi/ga  taqlid  qil/a/di. (Maqol). 2-bosqich.
Yomon  ni tanqid qil a di
asos qo‘sh-cha asos asos qo‘sh-cha qo‘sh-cha
sifat shakl.
yas.sintaktik
sh.y ot fe’l shakl.
yas.lug aviyʻ
sh.y shakl.
yas.lug aviy	ʻ
sh.y
asl.sifat kelishik turdosh ot II   shaxs
buyruq
mayli ravishdosh
sh. zamon
shakl
o‘tgan
zamon
shaklotlashgan tushum
kelishigi
yaxshi  ga taqlid qil a di
asos qo‘sh-cha asos asos qo‘sh-cha qo‘sh-cha
sifat shakl.
yas.sintaktik
sh.y ot fe’l shakl.
yas.lug aviy	
ʻ
sh.y shakl.
yas.lug aviy	ʻ
sh.y
asl.sifat kelishik turdosh ot II   shaxs
buyruq
mayli ravishdosh
sh. zamon
shakl
o‘tgan
zamon
shakliotlashgan jo‘nalish
kelishigi Tahlildan  ma’lum   bo‘ladiki,  gapdagi   ikki  so‘z   o‘z  vazifasida  emas,   boshqa
turkum o‘rnida qo‘llangan: yomonni va yaxshiga.
Yomon va yaxshi so‘zlarining mazkur gapda ot so‘z vazifasida ekanini shu
so‘zlar   qanday   bo‘laklar   bilan   bog langani   bilan,   qanday   so‘roqqa   javobʻ
bo‘layotgani bilan, qanday ma’no anglatayotgani va qaysi turkum qo‘shimchalarni
qabul   qilgani   bilan   izohlash   mumkin.   Yomonni   va   yaxshiga   so‘z   shakllarining
gapda to‘g ridan to‘g ri bog langan so‘zlari tushgan, aslida:	
ʻ ʻ ʻ
Yomon odamni tanqid qiladi, yaxshi odamga taqlid qiladi.
Aniqlovchi-aniqlanmish   holatidagi   yomon   odamni   va   yaxshi   odamga
birikmalarining   aniqlanmish   so‘zlari   (bo‘laklari)   odamni   va   odamga   gapda
qo‘llanmagan:   nutqiy   iqtisod   qilingan.   Natijada,   aniqlanmish   bo‘lak   (odam)ning
ma’nosi, grammatik shakllari  va vazifasi to‘liq ravishda aniqlovchilarga – yomon
va yaxshi so‘zlariga o‘tgan. 
Sifat   so‘zlar–yomon   va   yaxshi   kelishik   qo‘shimchalari   bilan   birgalikda
to‘ldiruvchi   vazifasidadir.   Biz   bilamizki,   sifat   so‘zlar,   o‘z   turkumi   o‘rnida
qo‘llansa, hech qachon to‘ldiruvchi vazifasida kelmaydi. Sifatlar yuqoridagi gapda
ot vazifasini qabul qilgani uchungina, to‘ldiruvchi vazifasida kela oladi.
Shunday   qilib,   morfologik   tahlil   bilan   sintaktik   tahlil   zich   bog langan:   biri	
ʻ
ikkinchisini to‘ldiradi. Agar morfologik tahlilda so‘zlarning vazifa almashinuviga–
boshqa   turkum   vazifasida   qo‘llanishiga   ahamiyat   berilmasa,   sintaktik   tahlilda,
ayniqsa, gap bo‘laklarini aniqlashda chalkashliklarga yo‘l qo‘yish mumkin. 
Ko‘chish  barcha turkum so‘zlari orasida bor. Keltirilgan misollarda sifat  ot
turkumi  vazifasida  qo‘llangan bo‘lsa,  ot  so‘zlar  sifat  vazifasiga  ko‘chgan bo‘lishi
ham mumkin. Masalan: Mirzakarimboy– tulki odam  (Oybek) gapida  tulki turdosh
oti barcha belgilari ko‘ra sifat o‘rnida qo‘llangan: so‘rog i – qanday? Jonli predmet	
ʻ
tushunchasini   bildiruvchi   tulki   so‘zi   gapda   predmet   belgisini   bildiruvchi   sifat
o‘rnida qo‘llangandir. 
Tilimizda son so‘zlar ham boshqa turkum vazifasiga ko‘chishi mumkin:
Biri kitob o‘qiydi, biri shaxmat o‘ynaydi.  Gapdagi   biri   so‘zlari   ot   so‘z   o‘rnida   (vazifasida)   qo‘llangan,   gapda   ega
vazifasidadir.   (Bundan   tashqari,   gapdagi   kitob   va   shaxmat   so‘zlari   tushum
kelishigi shaklida, lekin belgisiz qo‘llangan). Yana misollar:
1. O‘n besh uchga kasrsiz bo‘linadi.
2. Olimlarning ikkisi ham tuproqshunos edilar (Oybek).
3.Kampirning yettisi o‘tgandan keyin Olim buva dadamga uchrabdi (A.Q.)
O‘zbek   tilida   hatto   taqlid   so‘zlar   ham   bog lovchilar   ham   ot   o‘rnidaʻ
qo‘llanishi mumkin. Masalan:
1. Bolalarning shov-shuvi tindi (Gaz.). 
2. Qo‘shnin qishloqdan otlarning dupur-dupiri eshitilib turardi (A.Q.).
3. To‘yga uch kun qolganda  “lekini” chiqib qoldi (A.Q.).
Ravish   turkumiga   oid   so‘zlar   gapda   ba’zan   sifat   va   ot   tukumidagi   so‘zlar
o‘rnida qo‘llanishi mumkin. Tahlil jarayonida bunday xususiyatlarni imkoni qadar
to‘liq izohlab o‘tish kerak. Masalan:
 Ko‘pga chopgan ozdan quruq qoladi (Maqol).
Bu   gapdagi   ko‘pga   va   ozdan   bo‘laklari   to‘ldiruvchi   vazifasidadir,materiali
esa   ravish   –   ko‘p,   oz.   bu   ravishlar   ot   o‘rniga   o‘tgani   sababli,   otning   grammatik
belgilarini qabul qilgan:
1. Kelishik qo‘shimchalarini olgan.
2.   Ikkalasi   ham   gapda   hol   emas   (ravishning   asosiy   sintaktik   vazifasi   hol
bo‘lish), to‘ldiruvchi vazifasida kelgan.
3. Harakat belgisi  ma’nosini  emas,  balki  predmet tushunchasini  ifodalagan.
(Mazkur gapda sifatdosh so‘z– chopgan ham o‘z vazifasida emas, otlashgandir). 
Sintaktik tahlil grammatik tahlilning tarkibiy qismidir. Grammatik tahlilning
bir   qismi–morfologik   tahlil   o‘tkazish   usuli   yuqorida   ko‘rsatildi.   Har   ikkala   tahlil
usuli   bir-biri   bilan   bog lanadi,   biri   ikkinchisini   to‘ldiradi,   aniqlaydi.   Chunki	
ʻ
grammatika   morfologiya   va   sintaksisni   o‘z   ichiga   oladi.   Morfologiya   so‘zning
strukturasini,   so‘zning   nutqda   o‘zgarish   qoidalarini,   so‘zlarning   turkumlanishini
o‘rgansa,   sintaksis   so‘z   birikmasida   va   gapda   so‘zlarning   birikish   yo‘llarini,   gap
tuzilishini,   tiplarini,   gapning   bo‘laklarga   ajratilishini   o‘rganadi.   Ko‘rinadiki, grammatikaning teng huquqli, mustaqil qismlari bo‘lgan morfologiya va sintaksis
biri ikkinchisi bilan uzviy bog liqdir. ʻ
Sintaktik   tahlil   so‘z   birikmasi,   gap   va   gap   bo‘laklari   bo‘yicha   o‘tkaziladi.
Tinish   belgilarini   qo‘llash   gap   qurilishi   bilan   aloqador   bo‘lgani   uchun   sintaktik
tahlilda tinish belgilarining vazifasi ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Tahlil   uchun   ifoda   maqsadiga   va   tuzilishiga   ko‘ra   turlicha   bo‘lgan   gaplar
berilishi  mumkin. Gaplarning avvalo tuzilishiga ko‘ra sodda yoki qo‘shma gaplar
ekanligini,   ifoda   maqsadiga   ko‘ra   darak,   so‘roq,   buyruq   gap   ekanligini   aniqlab
olish   gaplarni   to‘liq   sintaktik   tahlil   qilishning   to‘g ri   olib   borilishini   ta’minlaydi.	
ʻ
Masalan, berilgan gap qo‘shma gap bo‘lsa, unda ikki va undan ortiq kesim bo‘ladi
(uyushgan   kesim   bunga   kirmaydi),   ko‘pincha   ikki   ega   mavjud   bo‘ladi,
bog lovchilar   va   ohang   sodda   gaplar   (sodda   gap   qismlari)ni   bog lashga   xizmat	
ʻ ʻ
qilgan   bo‘ladi;   agar   berilgan   gap   sodda   gap   bo‘lsa,   birgina   fikr   markazi   mavjud
bo‘ladi, kesim ham birgina bo‘aldi (uyushiq kesim bundan mustasno) va hokazo.
Tahlil uchun berilgan gap ifoda maqsadiga ko‘ra buyruq yoki so‘roq gaplar
bo‘lsa,   shuningdek,   she’riy   parcha   bo‘lsa,   ularda   gap   bo‘laklarining   tartibi
o‘zgargan   bo‘lishi   mumkin,   ikkinchi   darajali   bo‘laklar   (ayniqsa,   to‘ldiruvchi   va
aniqlovchi) belgisiz qo‘llangan bo‘lishi ham mumkin, tinish belgilarini qo‘llashda
ham o‘ziga xos xususiyatlar bo‘ladi. 
Shunday   qilib,   berilgan   gapni   ifoda   maqsadiga   va   tuzilishiga   ko‘ra   turini
avvalo,   aniqlab   olish   uni   so‘z   birikmasi   bo‘yicha,   gap   bo‘laklari   bo‘yicha   tahlil
qilishni   aniqlab   beradi,   osonlashtiradi.   Shuningdek,   gaplarning   his-hayajoniga
ko‘ra  turini ham aniqlab olish kerak. 
Demak, berilgan gap avvalo uch nuqtayi nazardan aniqlab olinadi:
1. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi.
2. Gapning tuzilishiga ko‘ra turi.
3. His-hayajonning ishtirokiga ko‘ra turi.
Sintaktik tahlil mazmuniga ko‘ra 3 xil bo‘ladi:
a) gapda so‘zlarning bog lanishi (so‘z birikmalari);	
ʻ
b) sodda gap qurilishi; v) qo‘shma gap qurilishi.
1. Gapda so‘zlarning bog lanishiga oid tahlilda:ʻ
a) teng va tobe bog lanish;
ʻ
b) ergash bog lanishning turlari (moslashuv, boshqaruv, bitishuv);	
ʻ
v) ergash bog lanishni hosil qiluvchi vositalar (so‘z shakllari, ko‘makchilar,
ʻ
so‘z tartibi, ohang) aniqlanadi.
2. Sodda gap qurilishi bo‘yicha:
a) gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi;
b) gapning tuzilishiga ko‘ra turi; yoyiq yoki yig iq gapligi;	
ʻ
v)   bir   bosh   bo‘lakli   yoki   ikki   bosh   bo‘lakli   gapligi;   to‘liq   va   to‘liqsiz   gap
ekanligi;
g) gap bo‘laklari va ularning ifodalanishi aniqlanadi.
Bundan keyin ayrim  gap bo‘lagi  olinib, ma’nosi,  ifodalanishi,  tuzilishi, xarakteri,
qaysi   gap   bo‘lagiga   bog lanayotgani   va   qanday   so‘roqqa   javob   bo‘lishi   tahlil	
ʻ
qilinadi.
Sodda   gapda   gap   bo‘laklarini   aniqlashda   dastlab   kesim,   so‘ng   ega   va   ikkinchi
darajali   bo‘laklar     aniqlanadi.   Avvalo   kesim   aniqlanadi,   chunki   kesimsiz   gap
bo‘lishi   mumkin   emas,   ega   qatnashmagan   gaplar   bo‘lishi   mumkin.   O‘zbek   tilida
kesim ko‘pincha (odatda) gapning oxirida joylashgan bo‘ladi v anima qildi? Nima
qilyapti?   kabi   so‘roqlarga   javob   bo‘ladi.   So‘ngra   kesimga   eganing   so‘roqlari
berilib, ega aniqlanadi. Eganing so‘roqlari kim? nima?
Ikkinchi   darajali   bo‘laklar   va   ega   gapning   kesimiga   bog lanadi,   ularni	
ʻ
to‘ldiradi,   aniqlaydi,   izohlaydi.   Shuning   uchun   ham   ular   “ikkinchi   darajali
bo‘laklar”   deyiladi.   Ikkinchi   darajali   bo‘laklarning   ba’zilari,   odatda,   egaga,
ba’zilari   esa   kesimga   bog langan   bo‘ladi,   ba’zan   ikkinchi   darajali   bo‘lak   boshqa	
ʻ
bir ikkinchi darajali bo‘lakka bog lanib keladi. 	
ʻ
Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   o‘zbek   tili   gap   qurilishida   so‘z
turkumlariaro   vazifa   almashinuv   anchagina   keng   tarqalgan.     Morfologik   tahlilda
tilimizdagi   mana   shu   xususiyatga   alohida   diqqat   bilan   qarash   va   gapdagi so‘zlarning asl turkumi va qaysi turkum vazifasida qo‘llanganini to‘li q   izohlab
berish   talab   qilinadi.   Bu   narsa,   o‘z   o‘rnida,   sintaktik   tahlilni   to‘g ri   amalgaʻ
oshirishga zamin hozirlaydi. 
  “Leksikologiya”   bo‘limini   o‘qitishning   maqsad   va   vazifalari,   o‘quvchilar   lug‘at
boyligini,   so‘z   qo‘llash   mahoratini   oshirish,   og‘zaki   va   yozma   savodxonligini
shakllantirishdagi   iboratdir.   O‘quvchilarda   so‘zning   ma’nosi,   mohiyatini   teran
anglash   malaka   va   ko‘nikmasini   shakllantirish,   rivojlantirish.   Bir   ma’noli,   ko‘p
ma’noli so‘zlar, ko‘chma ma‘nodagi so‘zlarni farqlash usullari o‘rgatishdan iborat.
Shakldosh,   ma’nodosh,   zid   ma’noli,   paronim   so‘zlar,   chegaralangan   leksikani
nutqda   qo‘llashni   hayotiy   real   vaziyatlar   misolida,   matn   parchalari   misolida
tushuntirish. Qiyoslash, tahlilga asoslangan metodlaridan unumli foydalanish kabi
vazifalardan iborat. 
“Morfologiya” bo‘limini o‘qitishning maqsad va vazifalari. So‘zlarni otlar, sifatlar,
sonlar, fe’llar, olmoshlar, ravishlar, yordamchi so‘zlar, modal, undov, taqlid so‘zlar
kabi guruhlarga ajratishda farqlovchi xususiyatlarni aniqlashtirishni o‘rgatish. So‘z
turkumlarini   o‘qitishda   uchraydigan   muammolar,   mustaqil   so‘z   turkumlarining
morfologik   xususiyatlarini   o‘rgatishdan   iborat.   Morfologiya   bo‘limini   o‘qitish
bo‘yicha o‘quvchilar yoshiga mos darajali topshiriqlar tizimini ishlab chiqilishi va
taqdim   etilishi   lozim.   Boshqa   bo‘limlar   tahlilidan   ham   xuddi   shu   maqsadlarga
erishish ko‘zda tutiladi.
Adabiyotlar 
1. A. G ulomov va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent-2012.	
ʻ
2.   A.   G ulomov.   Ona   tili   darslarida   o‘quvchilarning   o‘quv-biluv   faoliyatini	
ʻ
aktivlashtirish. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1987. 3.    N. Mahmudov  va  boshqalar.  Ona  tili.  Umumiy o‘rta  ta’lim   maktablarining 6-
sinfi uchun darslik.  Toshkent-2017.
4.   N.   Mahmudov   va   boshqalar.   Ona   tili.   Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   5-
sinfi uchun darslik.  Toshkent-2020.
5. Internet tarmoqlari.

MATN TAHLILI: FONETIK, LEKSIK, GRAMMATIK Reja: Kirish Asosiy qism: 1. Leksik tahlil turlarini o’rgatish metodikasi haqida. 2. Fonetik tahlilni o’rgatishning eng asosiy qoidalari haqida ma’lumot berish. 3. O‘quvchilarga grammatik tahlilni o‘rgatish usullari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

“Ona tili” darslarida uzundan-uzoq, murakkab grammatik qoidalarni, “O‘zbek dabiyoti” darslarida ijodkor hayotidagi o‘tkinchi sana va voqealarni yodlashga majbur qilmasdan, balki ona tilida sof so‘zlash, o‘z fikrini to‘g ri ifodalay olish,ʻ mustaqil fikrlash, badiiy asarni ifodali o‘qish, uning ruhini his qilish, badiiy san’atidan lazzatlanish, so‘zdan zavqlanish ruhida ta’lim bermoq kerak. Ona tili va adabiyot o‘qitishdan kutilgan pirovard natija- shu! Ona tili o‘qitishning samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan uni adabiyot bilan bog lab olib borishga bog liq, yoki aksincha. Aslida, ona tili,adabiyot darslarida ʻ ʻ ham o‘rganiladi. Masalan, badiiy asarning tilni tahlil etish davomida ba’zi grammatik shakllarning uslubiy ahamiyati, sinonimlarning nurqda tutgan o‘rni izohlanadi va hokazo; o‘quvchilar tilning turli ifoda vositalari bilan tanishib boradilar. Badiiy asar tili bo‘yicha muayyan bir izchillikda olib boriladigan ishlar o‘quvchilarning so‘z boyligini oshiradi va nutqini o‘stiradi. Adabiy asarning tasviriy vositalari bo‘yicha sinfda va undan tashqarida bajarilgan ishlar natijasida o‘quvchilar so‘z haqida, uning turli nutq uslubidagi o‘rni haqida kengroq tushunchaga ega bo‘la boradilar. Xilma-xil ifoda jilolari tilning estetik ta’siri va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi. Ona tili o‘rta maktablarda o‘rganiladigan barcha fanlarni puxta o‘zlashtirish uchun muhim “kalit” sanaladi. Til vositasida o‘quvchilar boshqa fanlarni o‘rganadi. Barcha fanlar yuzasidan fikrni og zaki yozma ravishda bayon qilish orqali o‘z ona tilini ham mukammal ʻ o‘rganib boradi. 1 Dars turi sifatida lingvistik tahlil ma’lum didaktik va metodik talablarga javob berishi lozim. Lingvistik tahlil va til haqidagi fanning har bir tarmog’i uchun tuzilgan programma talabiga to’la mos bo’lishi kerak. Uning oldiga ham til haqidagi fanlarni o’qitish oldiga qo’yiladigan metodologik va metodik talablar qo’yiladi. Lingvistik tahlil oldiga qo’yiladigan prinsipial talablar quyidagilar: 1. Ilmiylik prinsipi. 2. Ma’lum sxema asosida ish ko’rish prinsipi. 3. Bir tur tahlilni 1 A. G ulomov va boshqalar, Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent-2012. ʻ

boshqa bir tur tahlil bilan aralashtirib yubormaslik prinsipi. 4. Tahlilni sistematik o’tkazib borish prinsipi. 2 G’ulomovning “Ona tili o‘qitish metodikasi” va Qudratovning “Lingvistik tahlil” kitoblarida leksik, fonetik va grammatik tahlil qilish metodikasi ko’rsatilgan. Leksikologiya lug’aviy birliklarning ma’no strukturasi, ma’nolarning rang- barangligi, ko’p ma’nolilik, sinonim, antonim, omonim, paronim, lug’aviy birliklarning ishlatilish doirasi va zamonaviyligiga ko’ra tasnifi, lug’aviy birliklarning nutq uslublariga xoslanganligi kabi masalalar bilan shug’ullanadi. Leksik tahlilda so’zlarning ma’nosi, ma’noning qandayligi (ko’chganmi, qaysi usul bilan ko’chgan, ko’p ma’nolimi yoki bir ma’nolimi), sinonim, antonim, omonimi bormi, zamonaviylik bo’yog’i qanday (eskirganmi, istorizmmi, neologizmmi) va hokazolar ko’rsatiladi. Leksik tahlil tilning lug’aviy boyligi, lug’aviy birliklarning ma’no taraqqiyoti, ishlatilish doirasi, zamonaviyligi, boshqa tildan o’zlashgan- o’zlashmaganligi bo’yicha o’quvchiga mustahkam bilim berishda, ular tomonidan olingan bilimlar darajasini aniqlashda juda qulay usuldir. Leksik tahlil tartibi: 1. Matndagi lug’aviy birliklar ajratib ko’rsatiladi. 2. So’zning leksik ma’nosi va stilistik bo’yog’i aniqlanadi. 3. Ko’p ma’noli so’zlar aniqlanadi. 4. Leksik sinonimlar aniqlanadi. 5. Leksik omonimlar aniqlanadi. 6. Leksik antonimlar aniqlanadi. 7. So’zlarning zamonaviyligi nuqtayi nazaridan shakli ko’rsatiladi; a) neologizmlar; b) arxaizmlar; d) tarixiy so’zlar va bunday bo’yoqqa ega bo’lmagan so’zlar. 8. So’zlarning o’z qatlam va o’zlashgan qatlamga aloqadorligi (o’zlashgan bo’lsa, qaysi tildan o’tganligi) ko’rsatiladi. 2 Qudratov T. Lingvistik tahlil. T., 1981.

Leksik tahlil namunasi: Dunyoda eng bebaho, ammo benazir tarqatiladigan xazina bor. Bu ona mehri. (O’. Hoshimov) Matndagi leksik ma’no anglatuvchi so’zlarni tahlil qilamiz: 1. Dunyo – so’z, leksik ma’nosi olam, koinot. Stilistik bo’yoqdorligi jihatdan neytral: unda so’zlovchining ijobiy yoki salbiy munosabati sezilmaydi. Dunyo so’zi omonimlik xususiyatiga ega: 1) yer yuzi, jahon; 2) boylik, mol-mulk, davlat. Sinonimlik xususiyatiga ega: olam, jahon, koinot; antonimi yo’q; ko’p ma’noli so’z: ko’chma ma’noda kishining ma’naviy, ruhiy olami, hayoti. Dunyo zamonaviy qatlamga oid bo’lib, unda eskilik yoki yangilik bo’yog’i sezilmaydi; qo’llanish doirasi chegaralanmagan. U o’zlashgan qatlamga mansub: arab tilidan o’zlashgan. 2. Bebaho – so’z, leksik ma’nosi hech baholab, bahosiga yetib bo’lmaydigan, o’ta qimmatli; bahosiz. Stilistik bo’yoqdorligi jihatdan bo’yoqdor; qo’llanish doirasi chegaralanmagan, asosan badiiy uslubga xos; matnda qimmatli, bahosiz so’zlari bilan sinonim bo’la oladi; omonimi yo’q; o’zlashgan qatlamga mansub: arab tilidan o’zlashgan. 3. Benazir – so’z, leksik ma’nosi tengi, misli yo’q; mislsiz. Stilistik bo’yoqdorligi jihatdan bo’yoqdor; qo’llanish doirasi chegaralangan, asosan badiiy uslubga xos; tengsiz, mislsiz so’zlari bilan sinonim bo’la oladi; omonimi yo’q; bir ma’noli so’z; zamonaviy qatlamga oid; o’zlashgan qatlamga mansub: arab tilidan o’zlashgan. 4. Tarqatmoq – so’z, leksik ma’nosi ulashmoq, ega-egalariga yetqazib bermoq. Stilistik bo’yoqdorligi jihatdan neytral: unda so’zlovchining ijobiy yoki salbiy munosabati sezilmaydi; qo’llanish doirasi chegaralanmagan. Sinonimlikka ega: ulashmoq, yetqazib bermoq; antonimlari mavjud: yig’moq, to’plamoq; ko’p ma’noli so’z: ko’chma ma’noda xabar tarqatmoq; o’z qatlamga mansub. 5. Xazina – so’z, leksik ma’nosi (qimmatbaho narsa, boylik, dafina; mablag’; kassa) biror shaxs, tashkilot yoki davlat ixtiyoridagi qimmatbaho buyumlar; davlat.

Boylik, kassa so’zlari bilan sinonim bo’la oladi; ko’p ma’noli so’z: ko’chma ma’noda madaniy va ma’naviy boyliklar, durdona asarlar majmui; arxaik so’z; o’zlashgan qatlamga mansub: arab tilidan o’zlashgan. 6. Ona – so’z, leksik ma’nosi farzandi bo’lgan xotin (o’z tuqqan farzandlariga nisbatan); bolali xotin. Stilistik bo’yoqdorligi jihatdan neytral: unda so’zlovchining ijobiy yoki salbiy munosabati sezilmaydi. Oyi, volida so’zlari bilan sinonim bo’la oladi; antonim, omonimi yo’q; ko’p ma’noli so’z: ko’chma ma’noda yaratuvchi, vujudga keltiruvchi (yer – hayotning onasi); zamonaviy qatlamga oid bo’lib, unda eskilik yoki yangilik bo’yog’i sezilmaydi; qo’llanish doirasi chegaralanmagan. Ona umumturkiy so’z. 7. Mehr – so’z, leksik ma’nosi insonning o’z tug’ishganlariga, yaqin kishilariga va umuman, odamga, narsaga bo’lgan samimiy muhabbati; yaxshi ko’rish tuyg’usi. Stilistik jihatdan bo’yoqdor; matnda muhabbat, yaxshi ko’rish, shafqat, rahmdillik bilan sinonim bo’la oladi; nafrat so’zi bilan antonimlik hosil qiladi; qo’llanilish doirasi chegaralanmagan; o’zlashgan qatlam, fors-tojik tilidan kirgan. Leksik tahlil shunday tartibda olib borilar ekan, o’quvchi tilimizning barcha lug’at boyligidan xabardor bo’ladi, izlanadi va o’qiydi, lug’atlar bilan tanishadi. O`quvchilar “L е ksika” bo`limi orqali tilning lug`at boyligi bilan tanishadilar. Mazkur bo`lim “So`zning o`z va ko`chma ma’nolari”, “Ma’nodosh (sinonim) so`zlar”, “Uyadosh so`zlar”, “Shakldosh so`zlar”, “Talaffuzi yaqin, ma’nosi farq qiluvchi (paronim) so`zlar”, “Tarixiy so`zlar”, “Eskirgan so`zlar”, “Yangi paydo bo`lgan so`zlar”, “Kasb-hunarga oid so`zlar”, “Sh е vaga oid so`zlar”, “Atamalar”, “Olinma so`zlar”, “Ibora va tasviriy ifodalar” singari mavzularni o`z ichiga qamrab oladi. “Ma’nodosh so`zlar” mavzusini o`rganishda b е rilgan gaplar yoki matnda ajratilgan so`zlarni ularning ma’nodoshi bilan almashtirish, gapdagi so`zlarni birin- k е tin ma’nodoshlari bilan almashtirib, ma’no farqlarini izohlash, b е rilgan ma’nodosh so`zlarni ijobiy va salbiy bo`yoqli so`zlarga ajratish, murojaat so`z birikmalari xosil qilish ( mas., mo’tabar murabbiyim, muhtaram ustozim, m е hribon tarbiyachim, hurmatli muallimim v.h.), qarindosh – urug`chilikka oid so`zlarni