AS-SAKKOKIYNING “MIFTAHU-L-ULUM” KITOBINING GRAMMATIK VA SINTAKTIK TAHLILI
AS-SAKKOKIYNING “MIFTAHU-L-ULUM” KITOBINING GRAMMATIK VA SINTAKTIK TAHLILI MUNDARIJA KIRISH …………….……………………...……………………….. .. ..…... . …. .... . 3 I BOB. O‘RTA ASRLAR MARKAZIY OSIYO ARAB TILSHUNOSLIGIDA SAKKOKIY ASARLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI 1.1. Sakkokiy hayot faoliyati va ilmiy me’rosi……………………………...........7 1.2. “Miftahu-l-ulum” asarining O‘zbekiston va dunyo fondlarida saqlanayotgan nusxalari va unga yozilgan sharhlar…………………… … ... .…….. …...................1 6 I bob bo‘yicha xulosa…………...………………….……..…………….. … ... . . .. ....2 5 II BOB. “MIFTAHU-L-ULUM” ASARINING ARAB TILI GRAMMATIKASINI O‘RGANISHDA TUTGAN O‘RNI 2.1. Arab tilshunosligida “Ishtiqoq” mavzusiga oid qarashlar va uning “Miftahu- l-ulum” asarida yoritilishi…………………………………………...……….........27 2.2. “Miftahu-l-ulum” asarida fe’ldan yasalgan ismlarning grammatik xususiyatlari … …………………………………………………………………... ..4 0 II bob bo‘yicha xulosa……………………….………………………………. ....... 51 III BOB. “MIFTAHU-L-ULUM” ASARIDA ARAB TILI SINTAKSISINING YORITILISHI 3.1. “Miftahu-l-ulum” asarida sintaktik jihatdan o‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan so‘zlarning tahlili………...………………………………………………...….. ..... 53
3.2. “Mufassal” va “Miftahu-l-ulum” asarlarida yordamchi so‘zlar semantik xususiyatlarining qiyosiy tahlili…………………….…….…… . .... … .................... 67 III bob bo‘yicha xulosa….………….……….…………………….……….. .......... 75 XULOSA ……………… . ……………… . …….………………..……….. . ............ 76 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………… ....... . . ..... 79 KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Jahon qo‘lyozmalar fondida ko‘plab arab tilida yozilgan qo‘lyozmalar mavjud, shunday bo‘lsa-da, o‘rta asrlarda yurtimizda yaratilgan asarlar yirik ilmiy markazlar tomonidan asosiy manba sifatida o‘rin tutgan Amr ibn Usmon Sibavayhi (765-796), Yahyo ibn Ziyod Farro (759-822), Mahmud Zamaxshariy (1075-1144), Nosiruddin Mutarriziy (1144-1213), Abu Yoqub Sakkokiy 1 (1160- 1228) kabi olimlarning asarlarini o‘rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Arab, fors, turkiy xalqlar orasida sarf va nahv keng tarqalgan, XII asrdan XX asr boshlarigacha yurtimiz ilm dargohlarida fan sifatida o‘qitilgan, bugungi kunda ham jahon tilshunosligida sarf va nahv ilmlarining ahamiyati, atamalarning qo‘llanilishi, ularning yoritilishiga qiziqish ortgani hammaga sir emas. Shu sababli bu ilmlarning til hodisalariga oid nazariy jihatlari, yoritilish uslublari bugungi kun tilshunosligida ham dolzarb hisoblanadi. O‘rta asrlarda arab olimlarining arab tili grammatikasiga oid asarlari dunyo kutubxonalarida ko‘p ekanligiga qaramasdan, yurtimizda yaratilgan asarlar nafaqat Markaziy Osiyoda, balki Misr, Iroq, Hindistondagi bir qator oliy ta’lim muassasalari, yirik ilmiy markazlarda asosiy manba sifatida ilmiy izlanishlar olib borilishi yurtimiz olimlarining qanchalik salohiyatliligidan, arab tili grammatikasida alohida yo‘nalishi borligidan dalolat beradi. Sakkokiyning 1 Abu Yoqub Sakkokiy – bundan keyingi o‘rinlarda Sakkokiy deb beriladi. 2
“Miftahu - l - ulum” asari ham shunday manbalardan biri hisoblanadi. Turkiyada uning sarf bo‘limi, Jazoirda nahv bo‘limiga oid tadqiqotlar olib borilgan. Yurtimizda qomusiy olimlar ilmiy me’rosini o‘rganishga bo‘lgan imkoniyatlar kengaymoqda. Ajdodlarimiz sharq ilm-fani rivojiga salmoqli hissa qo‘shdilar. “Ularning aniq fanlar va diniy ilmlar sohasida qoldirgan bebaho merosi, butun insoniyatning ma’naviy mulki hisoblanadi” 2 . Muqaddas islom diniga, allomalarimizning buyuk ilmiy merosini o‘rganishga bo‘layotgan e’tibor, “arab yozuvidagi turli mavzularga oid yozma yodgorliklar va epigrafik namunalarini tadqiq qilish” 3 ning ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab qo‘yilishi arab tilini manbalar asosida chuqur tadqiq qilish uchun imkoniyat yaratdi. O‘zbekiston qo‘lyozma fondlarida arab tili grammatikasi bo‘lmish sarf va nahvga oid ko‘plab qo‘lyozma asarlar mavjud. Ammo sarf va nahv ilmlari doirasida lingvistik qarashlar mazmunini til hodisalari, bayon qilish usullarini nuqtai nazaridan yaxlit va tizimli o‘rganish hanuz amalga oshmagan bo‘lib, ushbu masala ajdodlarimiz lingvistik tafakkuri, yondashuv usullarini anglashda dolzarb sanaladi. Shu jihatdan, Sakkokiyning “Miftahu-l-ulum” asarini nodir manba sifatida tatqiq etish va undagi morfologik va sintaksis masalalarni hozirgi arab grammatikasi nuqtai nazaridan va boy ilmiy meros sifatida o‘rganish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqotning obyektini Sakkokiyning “Miftahu-l-ulum” asari tashkil etsa, predmetini ushbu asarda keltirilgan arab tili sarf va navhiga oid nazariy qarashlari tashkil etadi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari . Ushbu magistrlik dessirtatsiyasida Sakkokiyning “Miftahu-l-ulum” asarini grammatik va sintaktik tahlilini ochib berishni maqsad qilindi. Magistrlik desertatsiyasida quyidagi vazifalar oldinga qo‘yildi: 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Murojaatnomasi // Xalq so‘zi. – 2017. – 23- dekabr. 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Qadimiy qo‘lyozmalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-2995-son Qarori. https://lex.uz/docs/3211987” 3
Sakkokiyning “Miftah u- l-ulum” asarini qo‘lyozma va toshbosma manbalarini o‘rganish; “Miftahu-l-ulum” asarida ishtiqoqning ilmiy talqinlarini asoslash; fe’ldan yasalgan ismlarning leksik-semantik xususiyatlarini yoritish; turlanmaydigan so‘zlarning sintaktik xususiyatlarini talqin qilish; ismlarga va fe’llarga ta’sir qiluvchi yordamchi so‘zlar va ularning sintaktik vazifalarini asoslab berish hamda xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish. Ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Sakkokiyning “Miftahu-l-ulum” asarini Sibavayhining “al-Kitab”, Mahmud Zamaxshariyning “al-Unmuzaj” asarlariga o‘xshash va farqli jihatlarini yoritgan holda “Miftahu-l-ulum”da sintaktik o‘zgarish sabablarining bayoni bilan bog‘liq yangi masalalarning kiritilgani, mavzularning mantiqiy yondashuvi asosida nomlanishi va til qoidalarining ketma-ketligi kabi o‘ziga xos tomonlari ochib berilgan. Ishtiqoq (so‘z yasalishi)ning tizimli qoidalarini ishlab chiqqanligini va buni olimlar qarashlariga muvofiq ekanligi asoslangan. Fe’llardan yasalgan ismlarning boshqa tilshunoslardan farqli jihatlari ochib berilganligi, so‘z yasash jarayonida sodir bo‘ladigan tovushning tushishi, ortishi, almashinishiga oid morfologik hodisalar asoslab berilgan. Boshqa tilshunoslardan farqli ravishda Sakkokiyning “Miftahu-l-ulum” asarida sintaktik jihatdan o‘zgarmaydigan so‘zlarni o‘n to‘rtta turi ochib berilganligi misollar orqali dalillab berilgan. Sakkokiy boshqa olimlarning asarlarida uchramaydigan “asar (so‘z oxiridagi sintaktik o‘zgarish, رثلأا )”, “qabul qiluvchi (gap tarkibida sintaktik o‘zgaruvchi bo‘lak, لباقلا )”, “fa’il” (muayyan sintaktik vazifa bajaruvchi, لعافلا )” kabi grammatik atamalarni ilk bora o‘zining “Miftahu-l-ulum” asarida qo‘llaganligi ochib berilgan. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Mazkur tadqiqot ishining asosiy masalalari arab tilshunosligining grammatikasi va sintaktikasining o‘rganilishi, uning o‘ziga xos xususiyatlarini nazariy asoslashdan iborat. Tadqiqot 4
jarayonida quyidagi farazlar o‘rtaga tashlandi:1) arab tili sintaksisining mortologiya bilan bog‘liqligi va farqlari; 2) arab tili sintaksisida sintaktik jihatdan o‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan so‘zlarning ismlarda va fe’llarda o‘xshash va farqli jihatlari; 3) harf bobining o‘ziga xosliklari. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Magistrlik dissetatsiyasining asosiy manbasi sifatida Abu Yoqub Sakkokiyning arab tilshunosligiga oid “Miftahu-l-ulum” asari, Rustamiyning “O‘rta asrlar balog‘at ilmida tilshunoslikka oid qarashlar”asari, Ziyovuddinova M. Yusuf as- Sakkokiy “Miftah al ulum” asari maqolasi, hamda Akmalxon Akmalxonovning “Sakkokiyning “Miftahu-l-ulum”asarida nahv va sarf masalalari” nomli avtoreferatlaridan foydalanildi. Grammatik tahlilni yoritib berishda Гранде Б.М.” Курс арабской грамматики в сравнително-историческом освещени”, Ibrohimov N. Yusupov M. “Arab tili grammatikasi” kitoblaridan foydalanildi. Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqot mavzusini yaritishda ilmiy tavsiflash, semantik, qiyosiy-tipologik tahlil kabi metodlardan foydalanildi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning nazariy ahamiyati shundaki, arab tilshunosligida sintaksisni tizim sifatida tadqiq qilish mobaynida uchrab turadigan ayrim noaniqliklar va muammolarning tabiatini tushunishga va ularga yechim topishga imkoniyat yaratadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, mazkur tadqiqotda tahlil qilingan til materiali, qo‘llangan metod, chiqarilgan xulosalar, arab tilida so‘z yasalishi, sintaksis, tarjima nazariyasi, nazariy grammatika, arab va o‘zbek tillari qiyosiy grammatikasi va tarjima amaliyoti darslarida foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalari, shuningdek, arab tili bo‘yicha kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalarini yozishda yordam beradi. Ish tuzilmasining tavsifi . Ishning tuzilmasi kirish, uch bob, olti fasl, har bir bob bo‘yicha xulosa hamda yakuniy xulosa qismi, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 82 sahifani tashkil etadi. 5