logo

SINTAKTIK TARKIBI QISQARGAN GAPLAR TADQIQI VA TA’LIMI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1426.380859375 KB
SINTAKTIK TARKIBI QISQARGAN GAPLAR TADQIQI  VA
TA’LIMI
MUNDARIJA
KIRISH .......................................................................................................................................................... 1
 Prezident Shavkat Mirziyoyevning oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz yilligiga 
bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 21.10.2019. .................................................................. 2
I BOB. GAP NAZARIYASI HAQIDA MULOHAZALAR ....................................................................................... 6
1.1.Gap sintaksisining asosiy predmeti sifatida ........................................................................................... 6
 Prezident Shavkat Mirziyoyevning oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz yilligiga 
bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 21.10.2019. .................................................................. 6
1.2.Gaplarni tasniflash masalasi ................................................................................................................ 10
Типы предложений по цели высказывания ....................................................................................... 14
Типы предложений по интонации ...................................................................................................... 14
1.3.O‘zbek tilida gapning turlari ................................................................................................................. 18
BOB BO‘YICHA XULOSA .............................................................................................................................. 28
II bob. O‘zbek tilida sintaktik tarkibi qisqargan gaplar ............................................................................... 29
2.1.Atov gapning o‘zbek va rus tili darslik va o‘quv qo‘llanmallarida o‘rganilishi ...................................... 29
2.2 So‘z- gap haqida mulohaza .................................................................................................................. 35
2.3.To‘liqsiz gap va uning turlariga qarashlar aks etgan ilmiy tadqiqotlar haqida ..................................... 40
BOB BO‘YICHA XULOSALAR ........................................................................................................................ 45
III. SINTAKTIK TARKIBI QISQARGAN GAPLARNI О‘QITISHDА ZАMОNАVIY MЕTОDLАRDАN FОYDАLАNISH
................................................................................................................................................................... 46
3.1.Zamonaviy dars va unga qo‘yiladigan talablar ..................................................................................... 46
3.2.Atov va so‘z-gaplarni o‘qitishga doir metodik tavsiyalar. ..................................................................... 51
3.2. To‘liqsiz gaplarni o‘qitishning samarali metodlari. .............................................................................. 64
BOB BO‘YICHA XULOSA .............................................................................................................................. 70
UMUMIY XULOSALAR ................................................................................................................................ 71
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ................................................................................................ 75
KIRISH
Tadqiqot mavzusining  dolzarbligi :  Bugungi XXI asr – taraqqiyot yangi bir
bosqichga   ko‘tarilayotgan   paytda   ijtimoiy   munosabatlarga   faol   kirisha   oladigan,
yuksak   ma’naviyatga   ega   bo‘lgan   va   tasavvur   dunyosi   keng   bo‘lgan   barkamol avlodga   bo‘lgan   talab   har   qachongidan   ham   yuqori.   Mana   shunday   kadrlarni
yetishtirishda   tilshunoslikning   ham   o‘rni   beqiyos.   Asrlar   davomida   ilmning   bir
yo‘nalishi,   sohasi   sanalgan   tilshunoslik   o‘z   qamrovi   doirasida   ko‘plab
tadqiqotlarga   ega   bo‘lgan.   Umuman   olganda,   til   insonni   hayvondan   ajratib
turuvchi   asosiy   vosita   bo‘lib,   kishilarning   o‘y-xayollari,   orzu-istaklari   hamda
kundalik ehtiyojlarini qondiradigan, bir-biri bilan muloqoqtga kirishishiga yordam
beradigan mo‘jizaviy qurol sanaladi.    Har bir millatning, har bir xalqning o‘z ona
tili   mavjudki,   u   kishi   qalbiga   ona   allasi   bilan   singadi.   Shu   o‘rinda   mamlakatimiz
prezidenti   Sh.Mirziyoyevning   quyidagi   fikrlarini   keltirib   o‘tish   joiz:   “ Kimda-kim
o zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini hisʻ ʼ
qilmoqchi   bo lsa,   munis   onalarimizning   allalarini,   ming   yillik   dostonlarimizni,	
ʻ
o lmas   maqomlarimizni   eshitsin,   baxshi   va   hofizlarimizning   sehrli   qo shiqlariga	
ʻ ʻ
quloq tutsin. ” 1
  Shu asosda o‘zbek tilshunosligida bugungi kunda yaratilayotgan har
bir yangilik, tadqiqot va izlanishlar yuqoridagi talab asosida yaratilmoqda.
Bilamizki,   Til   bir   butun   sistema   bo‘lib,   u   sathlardan   tashkil   topgan.   Shu
sathlar   orasida   eng   yuqorisi   –   bu   sintaktik   sath   hisoblanadi.   Sintaksisning
muammolaridan   biri   gap   tushunchasi   bo‘lib,   uning   qoidasi   adabiyotlarda   turli
shakllarda berilganligini ko‘rishimiz mumkin. Shunday ekan, mazkur dissertatsiya
ishida   o‘zbek   va   yevropa   tilshunosligida   gap   ta’rifiga   alohida   to‘xtalib   o‘tilgan,
qiyoslangan va o‘zbek tilidagi gap qoidasini bitta qolipga keltirish masalasi o‘rtaga
tashlangan.   Gapni   tasniflash   masalasi   va   turlarini   o‘rganish.   Sintaktik   tarkibi
qisqargan   gaplarni   tadqiq   etish   va   o‘qitishning   samarali   usullarini   yaratish   va
tavsiyalarini ishlab chiqish dissertatsiya ishining dolzarbligini belgilaydi.
Tadqiqotning   metodologik   asosi:   o‘zaro   aloqadorlikda   va   taraqqiyotda
o‘rganishga asoslangan dialektik falsafadir. Ishda qiyoslash, chog‘ishtirish, tavsifiy
metodlardan foydalanildi.
1
  Prezident   Shavkat   Mirziyoyevning   o zbek   tiliga   davlat   tili   maqomi   berilganining   o ttiz   yilligiga	
ʻ ʻ
bag ishlangan tantanali marosimdagi nutq	
ʻ i . 21.10.2019.
2 Tadqiqot   ob y ekti:   sintaktik   tarkibi   qisqargan   gaplar   namoyon   bo‘lishining
sinxron-diaxron shakllari,  o‘ zbek tilidagi gap qoidalari va turlari, xususan, sintaktik
tarkibi qisqargan gaplar: atov gap, so‘z gap, to‘liqsiz gaplar .
Tadqiqot   predmeti:   sintaktik   tarkibi   qisqargan   gaplarga   doir   tadqiqotlar   va
nazariyalarning mazmuni, shakl, vosita va metodlari.
Tadqiqot ishining maqsadi:  
- Mavzuga   doir   o‘quv   adabiyotlari   bilan   tanishib   chiqish   jarayonida
yangidan-yangi ilmiy xulosalar chiqarish;
- o‘quv jarayonida sintaktik tarkibi qisqargan gaplarni o‘qitishning samarali
metodlarini yaratish va o‘qitish samaradorligini oshirish ;
- tegishli   mutaxassisliklar   uchun   sintaktrik   tarkibi   qisqargan   gaplarning
ilmiy metodologik asoslarini ishlab chiqish;
- o lib   borilgan   izlanishlar   yuzasidan   taklif,   metodik   tavsiyalar   va   amaliy
ko‘rsatmalar  berish.
Tadqiqotning vazifalari:
- tilshunoslikda gap va uning muhim xususiyatlarini o‘rganish;
- gap   va   uning   turlari   haqida   ayrim   chet   tillari   (inliz,   rus,   fransuz)   hamda
o‘zbek   tili   grammatikasida   mavjud   bo‘lgan   qarashlarning   tayanch
nuqtalarini topish;
- sintaktik tarkibi qisqargan gaplarning grammatik xususiyatlarini o‘rganish;
- sintaktik   tarkibi   qisqargan   gaplardan   yuzaga   keladigan   mazmuniy
munosabatlarni o‘rganish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi : 
- “Sintaktik   tarkibi   qisqargan   gaplar”   atamasi   V.Gak   tomonidan
tilshunoslikka olib kirilganligi hamda bu boradagi qarashlar tahlilga tortildi.
- Gapning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   tarkibiy   tuzilmasi,   qoidalari   chet   tillari
bilan o‘zaro qiyoslandi.
- sintaktik   tarkibi   qisqargan   gaplardan   yuzaga   keladigan   mazmuniy
munosabatlar asoslab berildi.
3 - Ta’limda   sintaktik   tarkibi   qisqargan   gaplar:   atov   gap,   so‘z   gap,   to‘liqsiz
gaplarni o‘qitishning o‘ziga xos, zamonaviy, samarali metodologik asoslari
ishlab chiqildi.
Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   farazlari:   Tadqiqot   ishida   sintaktik
tarkibi   qisqargan   gaplarga   doir   tadqiqotlar   ko‘lamini   yanada   kengaytirish,   bu
borada samarali natijalarga erishih mumkin, agar:
- o‘zbek tilshunosligida gapning qoidasi, qurilishi va mazmuni o‘rganilsa;
- mazvuning   jahon   tilshunosligi   bilan   o‘zaro   umumiy   va   xususiy   jihatlari
tahlilga tortilsa;
- gapning   umumiy,   barcha   uchun   universal   bo‘lgan   qoidasining   yaratilishi
yuzasidan xulosalar berilsa;
- sintaktiktik tarkibi qisqargan gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlansa;
- mazkur   mavzuni   o‘qitishda   samaraga   erishilgan   metodlar,   usullarga   doir
tajribalarni ta’lim jarayoniga olib kirilsa.  
Tadqiqot mavzusi bo yicha adabiyotlar sharhi (tahlili).ʻ   Gap sintaksisning
asosiy   birligi   ekanligi   barcha   grammatik   adabiyotlarda   qayd   etiladi.   Tilning
sintaktik   sathini   Abdurauf   Fitrat   qarashlarida   yangicha   tus   olgan   bo‘lsa,
keyinchalik bu ishni A.G‘ulomov, B.O‘rinboyev, G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova,
R.Sayfullayevalar   o‘zlarining   “   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili.   Sintaksis”   kitoblarida
umumiy   o‘rgangan,   xususan,   sintaktik   tarkibi   qisqargan   atov   gap,   so‘z   gaplarni
B.O‘rinboyev   o‘zining   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili”   kitobida,   N.Turniyozov   o‘z
tadqiqotlarida,   M.B.Finkelshteynning   “To‘liqsiz   gaplarni   o‘rganish   tarixidan”,
A.G‘ulomovning   “To‘liqsiz   gapning   to‘liqligi”,   S.Ravshanovaning   “So‘z-
gaplarning   ba’zi   xususiyatlari”,   A.Mamatovning   “Atov   gap   haqida”,
H.Usmonovaning “To‘liqsiz gaplar haqida ba’zi mulohazalar” nomli maqolalarida
ilmiy jihatdan asoslab o‘rganilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Tadqiqotda   qo llanilgan   metodikaning   tavsifi.  	
ʻ Mazkur   tadqiqot   ishida
qiyoslash, chog‘ishtirish, tavsifiy metodlardan foydalanilgan. 
4 Tadqiqotning   nazariy   ahamiyati:   o‘zbek   va   chet   tillarida   gap   va   uning
xususiyatlariga   doir   maxsus   qoidalar,   qoliplanishlar,   guruhlarishlarning   o‘ziga
xosligi,   gap,   unga   doir   ilmiy-nazariy   qarashlarning   mushtarak   va   alohidalik   kasb
etganligi,   o‘zbek   tilshunosligida   sintaktik   tarkibi   qisqargan   gaplar,   xususan,   atov
gap,   so‘z   gap,   to‘liqsiz   gaplarni   o‘rganishning   tarixiy   va   bugungi   kundagi   holati
yuzasidan chiqarilgan xulosalar bilan izohlanadi.
Tadqiqotning   amaliy   ahamiyati:   Magistrlik   dissertatsiyasida   yoritilgan
nazariy   va   amaliy   masalalardan   tilshunoslik,   umumkasbiy,   pedagogik,   metodik
fanlar   bo‘yicha   ma’ruzalar   tayyorlash,   uslubiy   tavsiya   va   ishlanmalar   yaratish,
ilmiy   tadqiqot   ishlarini   olib   borish   jarayonida   samarali   foydalanish   mumkin.
Dissertatsiyada   ishlab   chiqilgan   tavsiyalar   o‘quvchilarni   ongli   ravishda   ilmiy
izlanishlar olib borishlariga ham ko‘maklashadi.
Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi.  Ushbu magistrlik dissertatsiyasi tuzilish
jihatdan   kirish,   3   ta   bob,   9   ta   paragraf,   xulosa,   foydalanilgan   adabiyotlar
ro‘yxatidan iborat bo‘lib, uning asosiy hajmi 82 betni tashkil qiladi.
5 I BOB. GAP NAZARIYASI HAQIDA MULOHAZALAR
1.1.Gap sintaksisining asosiy predmeti sifatida
Yer yuzida hayot boshlangan vaqtdan boshlab so‘z mavjud bo‘lgan. Tangri
tomonidan   Odam   atoga   o‘rgatilgan   ilmlar   natijasida   ong,   tafakkur,   bilim   kabi
tushunchalar   shakllangan.   O‘sha   vaqtdan   buyon   insoniyat   ilm   oladi,   bu   borada
tashviqotlar olib boradi, kashfiyotlar yaratadi. Insonga ato etilgan ong tafakkurning
oliy   shakli   bo‘lib,   u   na   hayvonot   olami,   na   o‘simliklar   hamda   boshqa
mavjudodlarga   berilmagan.   Shunday   ekan,   to   hayot   davom   etadiki,   odamzod   ilm
olishdan to‘xtamaydi.
Asrlar   davomida   ilmning   bir   yo‘nalishi,   sohasi   sanalgan   tilshunoslik   o‘z
qamrovi doirasida ko‘plab tadqiqotlarga ega bo‘lgan. Umuman olganda, til insonni
hayvondan   ajratib   turuvchi   asosiy   vosita   bo‘lib,   kishilarning   o‘y-xayollari,   orzu-
istaklari   hamda   kundalik   ehtiyojlarini   qondiradigan,   bir-biri   bilan   muloqotga
kirishishiga  yordam  beradigan mo‘jizaviy qurol  sanaladi.    Har  bir  millatning, har
bir   xalqning   o‘z   ona   tili   mavjudki,   u   kishi   qalbiga   ona   allasi   bilan   singadi.   Shu
o‘rinda   mamlakatimiz   prezidenti   Sh.Mirziyoyevning   quyidagi   fikrlarini   keltirib
o‘tish   joiz:   “ Kimda-kim   o zbek   tilining   bor   latofatini,   jozibasi   va   ta sir   kuchini,ʻ ʼ
cheksiz   imkoniyatlarini   his   qilmoqchi   bo lsa,   munis   onalarimizning   allalarini,	
ʻ
ming   yillik   dostonlarimizni,   o lmas   maqomlarimizni   eshitsin,   baxshi   va	
ʻ
hofizlarimizning sehrli qo shiqlariga quloq tutsin.	
ʻ ” 2
Tilshunoslik   sohasida   olib   borilgan   tadqiqotlarning   aksariyatida   o‘zbek
tilining   ichki   imkoniyatlari,   go‘zalliklari,   yashirin   jihatlari   ochib   berilgan.   Aynan
sistem-struktur   tilshunoslik   yo‘nalishida   bugunga   qadar   millionlar   tadqiqot
ishlarini misol  qilish mumkin. Endilikda esa antropotsentrik tilshunoslik sohasida
olib   borilayotgan   ishlar   ham   yuqorida   keltirilgan   maqsadlarga   yo‘naltirilgan.
Ushbu   kichik   tadqiqot   ham   tilshunoslikning   asosiy   bo‘limlaridan   biri   bo‘lgan
2
  Prezident   Shavkat   Mirziyoyevning   o zbek   tiliga   davlat   tili   maqomi   berilganining   o ttiz   yilligiga	
ʻ ʻ
bag ishlangan tantanali marosimdagi nutq	
ʻ i . 21.10.2019.
6 sintaksisga oid bo‘lib unda gap, uning turlari, sintaktik tarkibi qisqargan gaplarning
kichik tadqiqiga bag‘ishlanadi.
O‘zbek   tili   grammatikasi   ikkiga   ajratib   o‘rgatiladi,   bular   –   morfologiya   va
sintaksis. Morfologiya so‘zlarni turkumlarga ajratib o‘rgansa, sintaksis gap, uning
turlari va murakkab butunliklarni o‘rganadi. Tadqiqotning asosiy obyekti sanalgan
gap   esa   sintaksisning   asosiy   tushunchalaridan   biri   sanaladi.   A.Hojiyevning
“Tilshunoslik   terminlarining   izohli   lug‘ati”   nomli   kitobida   sintaksisga   “(yun.
syntaxis   -   tuzish).   1.   Grammatikaning   o‘zaro   bog‘lanishli   nutq   qurilishini
o‘rganuvchi   bo‘lim.   Bu   bo‘lim   ikki   asosiy   qismdan   iborat:   1)   so‘z   birikmalari
haqida   ta’limot   qismi   (so‘z   birikmalari   sintaksisi);   2)   gap   haqida   ta’limot   qismi
(gap sintaksisi) ”,-deya,   gap ga esa   “1. Til qonunlari  asosida grammatik va ohang
jihatdan   shakllangan,   fikrni   ifodalash   uchun   xizmat   qiladigan   nutq   birligi.
Gapning   grammatik   asosini   predikativlik   –   zamon   kategoriyasi,   modallik
kategoriyasi va xabar ohangi tashkil etadi. Gaplar tuzilishi, kommunikativ vazifasi
va   boshqa   belgilariga   ko‘ra   bir   necha   turlarga   bo‘linadi;   2.   Qo‘shma   gapning
predikativ   birlikka   teng   qismi”   deya   ta’rif   berilgan. 3
  Haqiqatdan   ham   gap
sintaksisning   asosiy   predikativ   birliklaridan   biridir.   O‘zbek   tilining   gap   qurilishi
o‘ziga   xos   bo‘lib   ,   ular   tarixiy   tamoyillarga   borib   taqaladi.   Shu   asosida   ushbu
sohada juda ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. 
Umuman   olganda,   sintaksis   bo‘limining   tadqiqi,   dastlab,   Abdurauf   Fitrat
tomonidan   amalga   oshirilgan   bo‘lib,   olim   uni   “Nahv”   atamasi   bilan   qo‘llaydi.
Uning   kitobida   shunday   jumlalarga   duch   kelamiz:   “Qo‘ling‘izdag‘i   bu   kitobcha
o‘zbekcha   «Nahv»,   to‘g‘rusi,   o‘zbek   nahvi   to‘g‘rusida   mening   bir   tajribamdir.
«O‘zbek   tili   qoidalari   to‘g‘rusida   bir   tajriba»   mening   ikinchi   kitobimdir.   Biz   til
qoidalari   ham   uning   atamalari   (istilohlar)   to‘g‘rusida   ishlashning   ham   birinchi
paytidamiz.   Shuning   uchun   tilimizning   qoidalarini   bu   maydonga   qo‘yib,
atamalarini   sobit   bir   holg‘a   keltirib   olg‘animiz   yo‘q.   Bu   to‘g‘ruda   til
muallimlarimiz ora birlashkan bir yo‘l hanuz yo‘qdir. Yoki boshlang‘an ishlarning
3
  Ҳожиев   А.Тилшунослик   терминларининг   изоҳли   луғати.   –   Тошкент ,     2002.   –   Б.158.   -29,   88 -
бет лар .
7 hamasida   ham   shu   holni   ko‘rmay   chora   yo‘qdir.   Tilimizning   butun   qoidalarini
aniqlab,   atamalarini   maydong‘a   qo‘ymoq   uchun   yana   biroz   tirishmagimiz,   bir-
birimizga   ko‘mak   qilishimiz   lozim” 4
.   Muallif   tomonidan   o‘sha   davrdayoq   ilgari
surilgan   fikrlar   juda   ham   ahamiyatli.   Negaki,   ilmiy   terminlarni   yaxlit   bir   holga
keltirish,   ularni   ona   tiliga   moslashtirsh   masalasi   ham   bugungi   kunda   dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Xuddi shu kitobda gap tushunchasiga ham ta’rif berilgan:
“So‘zning   nima   ekani,   necha   tur   bo‘lg‘ani,   qanday   qo‘shimchalar   olib,   qanday
o‘zgarishlarga uchraganini sarfda ko‘rdik. Bir fikrni bir kishiga bildirmak uchun
so‘zlarni yig‘ib bir-biriga bog‘lab aytamiz. Bu aytkanimiz «gap» bo‘ladir” 5
Shundan   so‘ng,   o‘zbek   tilshunosligida,   aynan   shu   sohada   bir   talay   ishlar
amalga   oshirilgan.   Ushbu   tadqiqotlarni   amalga   oshirishda   S.Dolimov,
G‘.Abdurahmonov,   B.O‘rinboyev,   A.Nurmonov,   N.Turniyozov,   M.Asqarova,
R.Sayfullayeva,   A.   Berdialiyev,   N.Mahmudov,   G.Hoshimov   kabi   olimlarning
xizmatlari katta bo‘ldi. 6
 
Yana bir tilshunos S.Abduhalimova ham yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘z
fikr-mulohazalarini   quyidagicha   ifodalaydi:   “ Til   o‘z   kommunikativ   vazifasini
sintaktik   qurma   —   gap   vositasida   amalga   oshiradi.   Tildagi   barcha   —   fonetik,
leksik,   morfologik   hodisa   ana   shu   sintaktik   qurilishga   xizmat   qiladi.   Biroq   bular
sirasida   leksika   va   morfologiyaning   til   grammatik   qurilishidagi   ishtiroki   o‘ziga
xos.   Zero,   har   qanday   sintaktik   hodisada   so‘z   va   morfologik   ko‘rsatkichni
ko‘ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatni belgilashda leksik va morfologik omilga
tayaniladi.   Gap,   aslida,   so‘zning   erkin   birikuviga   ham   asoslanganligi   tufayli
so‘zning bog‘lanish qonuniyati, so‘z birikmasi ham sintaksisda o‘rganiladi”.   So‘z
birikmalarini   o‘rganish   gap   ta’limotining   tarkibiy   qismi,   undan   ajratilgan   holda
4
  A бдурауф   Фитрат.   Танланган   асарлар:   Дарслик   ва   ўқув   қўлланмалари,   илмий   мақола   ва
тадқиқотлар   /   Масъул   муҳаррир   Б.   Қосимов;   Нашрга   тайёрловчи   ва   изоҳлар   муаллифи
Ҳ.Болтабоев. — Т.: «Маънавият», 2009. — Б. 336. – 175-бет.
5
  Shu   asar , 176- bet .
6
  Абдураҳмонов Ғ. Қўшма гаплар классификацияси // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. — 1980.
№ 4; Абдураҳмонов Ғ. Қўшма гаплар классификацияси // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. —
1980. № 4 ; Ҳошимов. Г. М. Типология сложных предложений разносистемных языков.– Т. «Фан»,
1991.   –   C .105;   Нурмонов   A.   Танланган   асарлар.   –Тошкент   “Aкадемнашр”,   2012.   –   Б.288.;
Нурмонов A. Танланган асарлар. –Тошкент: “Aкадемнашр”, ИИ жилд, 2012. – Б.418.; Нурмонов A.
Танланган асарлар. –Тошкент:“Aкадемнашр”, ИИ жилд, 2012. – Б.422.; Сайфуллайева Р. Ҳозирги
ўзбек тилида қўшма гапларнинг субстанционал (зотий) талқини. – Тошкент. “Фан”, 2007.– Б.19.
8 qaralishi   mumkin   emas.   Sintaksis   so‘zning   har   qanday   birikuvini   emas,   balki
hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvning lisoniy mohiyatini
tekshiradi.   Qaysidir   yo‘sindagi   so‘zning   birikuvi   bo‘lgan   qo‘shma   so‘z
(uchburchak,   ertapishar,   sotib   olmoq),   frazeologik   birlik   (ilonning   yog‘ini
yalagan, po‘konidan yel o‘tmagan, ko‘ngli bo‘sh) sintaksisning tadqiq doirasidan
chetda qoladi. ”   7
  Chunki ular erkin bog‘lanishga ega emas. Sintaksis atamasi ikki
ma’noli   shaklga   ega:   1)   tilning   sintaktik   qurilishi;   2)   grammatikaning   tarkibiy
qismi. Atamani ana shu ikkinchi ma’nosida qo‘llab, birinchi ma’no ifodasi  uchun
sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz. Gap barcha tillarda grammatikaning asosiy
tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Gap turlarinining o‘rganilishiga, gap tadqiqi
bilan   bog‘liq   muammolar   va   turli   tillarda   gaplarning   taqqoslash   va   qiyoslash
masalalariga   alohida   e’tibor   qaratiladi.   Shuning   uchun   turli   oila   va   guruhlarga
mansub tillardagi gaplarni va ularning turlarini qiyoslash va farqlash bugungi kun
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda gaplar tishunoslikning turli
yo‘nalishlarida   o‘rganilib   kelmoqda,   jumladan,   kontrastiv   tilshunoslik,   areal
tilshunoslik,   qiyosiy   tipologiya,   kognitiv   tilshunoslik,   lingvokulturologiya   va
pragmatik   tilshunoslik.   Albatta,   tilshunoslikning   har   bir   yo‘nalishida   gaplar   va
ularning   muammolarini   tahlil   qilish   yangicha   yondashuvlarni   va   usullarni   talab
qiladi.   Shuning   uchun,   gaplarning   asosiy   til   birligi   sifatida   alohida   o‘rganish
mavzusi diqqatga sazovordir. 
Inson   nutqning   har   qanday   ko‘rinishini   qo‘llaganda   leksikonida   mavjud
bo‘lgan   so‘zlardan   o‘z   darajasiga   muvofiq,   so‘zlarni   bir-biriga   qo‘shish   orqali
jumlalar   tuzadi,   muloqotga   kirishadi,   o‘z   mulohazalarini   bayon   etadi.   Nutq
murakkab   tuzilmali   jarayon   bo‘lib,   fonetik,   leksik   va   sintaktik   birliklar   asosida
namoyon bo‘ladi. Harf va tovushlar qo‘shilib, so‘zlarni, so‘zlar esa o‘zaro birikib
so‘z   birikmalarini,   so‘z   birikmalari   birikib   gaplarni,   gaplar   esa   matnlarni   hosil
qilish   har   bir   tilda   mavjud   bo‘lgan   tabiiy   jarayon.   Biroq   bu   holat   har   bir   tilda
7
  Абдухалимова,   С.   У.   Ўзбек   тилшунослигида   синтаксис   ва   қўшма   гаплар   назарияси   /   С.   У.
Абдухалимова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 20 (310). — С. 674-
676. —  URL :  https    ://    moluch    .   ru    /   archive    /310/69941/   
9 o‘ziga   xos   qoidalar,   tamoyillar   asosida   amalga   oshadi.   Aslida   tilshunoslikning
asosini   sintaksis   bo‘limi   tashkil   qiladi,   sintaksisning   asosini   esa   gap.   Bir   jumlani
har   kim   har   xil   tuzadi.   O‘z   fikrini   ifodalashda   sintaktik   birliklardan   foydalanish
natijasida   gaplar   hosil   qiladi.   Masalan,   birgina   ega   va   kesimni   tashkil   qilib   ham
gap hosil qilish mumkin:  Talaba o‘qidi.; Men keldim.; Biz ketamiz.
Umuman   olganda,   o‘zbek   tilshunosligida   gap   sintaksisning   asosiy   birligi
sifatida   juda   ko‘p   tadqiqotlar   mavzusi   sanaladi.   Ko‘plab   jahon   va   o‘zbek
tilshunosligi   olimlari   tomonidan   ushbu   mavzuga   oid   ko‘plab   ilmiy   tadqiqotlar
amalga   oshirilgan.   Olimlar   gapning,   sintaksis   bo‘limining   turli   qirralarda   mavjud
bo‘lgan   yangiliklarni   fanga   olib   kirishgan,   natijada   tilshunoslikda   qadimdan
mavjud   bo‘lgan   ushbu   sohaning   mazmun   ko‘lami   oshib,   tadqiq   ko‘lami
kengaygan.   Ana   shunday   manbalar   asosida   olingan   bilim   va   ko‘nikmalar   asosida
biz   izlanuvchilar   kichik   tadqiqotlarimizni   olib   bormoqdamiz.   Ushbu   yonalishda
yangidan-yangi   nazariyalar   yaratish   bugungi   kun   tilshunoslari   oldida   turgan
dolzarb masalalardan ekanligni ham alohida qayd etamiz.
1.2.Gaplarni tasniflash masalasi
Biz   ushbu   o‘rinda   gaplarni   tasniflashga   alohida   e’tibor   qaratmoqchimiz.Bu
jarayonda gaplarni turli tillar tilshunosligi qoidalari va gaplarni tasniflash masalasi
va turlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Tillarni   o‘rganish   jarayoni   boshlanganligiga   ko‘p   asrlar   bo‘ldi,   bu   borada
dunyoda   mavjud   bo‘lgan   tillar   bir-birlaridan   so‘z   olib,   so‘z   berib   asta-sekinlik
bilan   shakllanganini,   til   ta’limi   nazariyalari   ishlab   chiqilganligini   alohida
ta’kidlash   joiz.   Tadqiqot   ishimiz   doirasida   chet   el   tilshunoslari   tomonidan
bajarilgan ishlarni kuzatish barobarida bir qancha o‘ziga xos xulosalarga keldik.
Tilshunos G‘. Abdurahmonov o‘z kitobida:   “Fikr turlicha ifodalanadi: sodda
yoki  qo‘shma gaplar, murakkab  qo‘shma gaplar (period), darak,  so‘roq, buyruq,
undov gaplar vositasi  bilan, ikki yoki  bir sostavli  gaplar yordamida, to‘liq yoxud
to‘liqsiz gaplar orqali ifodalanishi mumkin.  Amma gap qanday shaklda bo‘lmasin,
10 unda kishilarning ma’lum maqsadi  ifodalanadi. Bundan, hatto undov yoki so‘roq
gaplar ham mustasno emas ” 8
, degan fikrlarni keltiradi.
Bilamizki, o‘zbek tilshunosligida gaplar quyidagicha tasniflanadi:  
Yuqorida keltirilgan har bir turning ichki predikatlari mavjud bo‘lib, alohida-
alohida xususiyatlarni mujassamlagan.
Shu   o‘rinda   konstruksiya   tushunchasiga   to‘xtalmaslikning   imkoni   yo‘q.
Konstruksiya o‘zaro bog‘langan so‘z yoki so‘zlar guruhlari   o‘rtasidagi  birikuvdir.
Masalan,   Biz   yangi   ko‘rgazmaga   bordik   —   gapining   o‘zi   bir   konstruksiya.   Biz
bordik   —   alohida   konstruk siya,   ko‘rgazmaga   bordik   —   yana   bir   konstruksiya
hisoblanadi.   Lekin   bu   konstruksiyalarda   so‘zlarning   bog‘lanishi   turlicha   bo‘lishi
mumkin. Bu bog‘lanish valentlik tushunchasi bilan bog‘lanadi. Valentlik tildagi bir
elementning   boshqa   element   bilan   bir   til   bosqichida   birika   olishini   izohlaydi.
So‘zlarning   o‘zaro   birikishi   ularning   semantik   jihatiga   ham   bog‘liqdir.   Masalan,
Talabalar   xorijiy   tillarni   chuqur   o‘rg‘anmoqdalar   gapida   talabalar
o‘rganmoqdalar  birikmasi otning ko‘plik shakli va fe’lning hozirgi zamon ko‘plik
shakli   bilan   ifodalangan,   xorijiy   tillarni   birikmasi   tushum   kelishigidagi   ot   va
sifatning bog‘lanishi   boshqa  turdagi  aniqlanuvchi   + aniqlanmish  valentligiga  ega,
chuqur   o‘rganmoqdalar   birikmasi   holat   ravishi   va   fe'lning   bog‘lanishi   bilan
ifodalangan.   Nihoyat,   bu   gapdagi   so‘zlarning   bog‘lanishi   udi   turli   vaientlik   bilan
8
  A бдураҳмонов. Ғ Ўзбек тили грамматикаси (Синтаксис). – Тошкент: Ўқитувчи, 1996. – Б. 248
11Sodda gap;
Qo‘shma gap.Tuzilishiga ko‘ra:
darak gap;
so‘roq gap;
buyruq gap;
istak gapIfoda maqsadiga ko‘ra:
his-hayajonli gap;
his-hayajonsiz gaphis-hayajonning ishtirokiga 
ko‘ra:       ifodalangan. Bu bog‘lanishlarni boshqa bir tushuncha bevosita bo‘laklarga bo‘lish
metodi   bilan   tahlil   qilamiz.   Undagi   talabalar   chuqur   o‘rganmoqdalar   va   xorijiy
tillarni   ikkita   bevosita   bo‘laklarni   tashkil   etadi.   O‘z   navbatida   boshqa   bevosita
bo‘laklar   Talabalar   о ‘rganmoqdalar,   chuqur   va   xorijiy   tillarni   bo‘lishi   mumkin.
Ulardan birinchisini N+V (ot + fe'l), ikkinchisini Adj + N (sifat + ot) ravish (Adv)
shaklida   ko‘rsatish   mumkin.   Odatda   gapning   tarkibida   tak sonomik   va   funksional
birliklar   farqlanadi.   Taksonomik   birliklar   gapning   tarkibida   ishtirok   etgan   barcha
so‘zlardan iborat. Funksional birliklar shunday taksonomik birliklar yoki ularning
birikmasiga   to‘g‘ri   keladiki,   ular   gapda   aniq   sintaktik   funksiya   bajara   oladi.
Masalan,   maktabga bordi   gapida (u, maktabga, bordi) taksonomik birliklar bo‘lsa,
(u, maktab + ga, bor + di) funksional birliklardir.
Sintaktik   funksiya   gap   yoki   so‘z   birikmasining   tarkibiga   kir gan   birlikning
bajarayotgan   vazifasini   izohlaydi.   Masalan,   Turnalar   baland   uchmoqda   gapida
Turnalar — ega,  uchmoqda  —  kesim,  baland  — hoi vazifasini bajaradi va gapning
a’zolari hisoblanadi. Gapning a’zolari funksional birliklar bo‘lib, ularni grammatik
tahlil   qilish   turli   metodlar   yordamida   amalga   oshiriladi.   Gapdagi   yoki
konstruksiyadagi   so‘zlarning   o‘zaro   aloqasini   muvofiqlashtirib   (koordinatsiya)
turish sodda yoki ancha murakkab bo‘lishi mumkin. Eng sodda konstruksiya N +
V, yani Ahmad keldi (ot + fe'l) shaklida bo‘lsa, boshqa turli konstraksiyalar ancha
murakkab   shakldadir.   Bir   konstruksiyani   boshqasiga   aylantirish   transformatsiya
deyiladi.   Masalan,   Komil   avtdi.   bola   uxladi   konstruksiyasi   N   +   V   bo‘lsa,   uning
boshqa   ko‘rinishi,   ya'ni   transformatsiyasi   V   —   N   (Komilning   aytgani,   bolaning
uyqusi) shaklida bo‘ladi.
Barcha   tillarda   sodda   konstraksiyalar   bo‘lib,   ular   gapning   shakliga   to‘g‘ri
kelishi   mumkin.   Ana   shunday   oddiy   konstruksiyalarni   transformatsiya   qilish
natijasida   juda   murakkab   struktural   shakldagi   gaplarni   hosil   qilish   mumkin.
O‘zbek,   rus   va   ingliz   tillarida   eng   sodda   gaplarning   shakli   quyidagicha   bo‘lishi
mumkin:
Jahon   tillarida   N   +   V   konstruksiyasi   alohida   ahamiyatga   ega.   Unda   ot   -   ega,
bajaruvchi   shaxsni,   fe'l   -   kesim,   ish-harakatni   ifodalaydi   va   u   predikativ
12 konstruksiya  deb ataladi. Boshqa konstruksiyalarda ham ega va kesim shu tartibda
aniqlanadi,   lekin   uning   tarkibidagi   boshka   bevosita   tashkil   etuvchilar   o‘z
vazifasiga   ko‘ra   tasnif   etiladi.   Jahondagi   ba’zi   tillarda   predikativ   konstraksiyani
hosil qilish fe’lning turiga bog‘liq.
Ko‘plab   dunyo   tillarida   ham   ana   shunday   tasniflashlar   mavjud.
N.A.Baskakovning nazariyasiga ko‘ra bu borada turlicha qarashlar paydo bo‘lgan:
“Logik oqimga mansub bo‘lgan tilshunoslar hukm bilan gapni, logik kategoriyalar
bilan   grammatik   kategoriyalarni   aralashtirib   yuborganlar.   Ularning   fikricha,
gapda   ham   hukmdagidek   uch   elament:   subyekt,   predikat   va   bog‘lanish   bo‘lishi
shart.   Keyinchalik   bu   fikrga   psixologizm   oqimining   vakillari   keskin   qarshi
chiqdilar.   Ularning   ta’kidlashicha,   til   faqat   fikrni   emas,   balki   insonning   psixik
faoliyatini, hissiyotini, irodasini ifodalaydigan hodisadir, shuning uchun ham gap
psixik   hukmni   ifodalovchi   hodisa   sifatida   o‘rganilishi   lozim.” 9
    Shu   asosda   olim
gaplarni   tarkibiga   qarab   ikki   turga   ya’ni   bir   sotavli   va   ikki   sostavli   gaplarga,
tuzilishiga   qarab   esa   sodda   va   qo‘shma   gaplarga   ajratadi.   Shuningdek,   sodda
gaplarni   ikkinchi   darajali   bo‘laklarining   ishtirok   etishi   yoki   ishtirok   etmasligiga
ko‘ra: sodda yoyiq va sodda yig‘iq gaplarga, mazmun intonatsiyasiga ko‘ra: darak,
so‘roq, buyruq va undov gaplarga ajratadi.
Bundan tashqari, chex olimi V.Matezius tomonidan “Gapni aktual bo‘laklarga
bo‘lish”   nazariyasi   ishlab   chiqilgan   bo‘lib,   uning   asosiy   mazmuni   har   bir   gapda
sintaktik   struktura   bilan   bir   qatorda   kommunikativ   struktura   ham   mavjud.   Gapni
sintaktik bo‘laklarga ajratish gapning formal qurilishini, kommunikativ bo‘laklarga
ajratish esa, gapning mazmunini tadqiq etadi. 10
Ma’lumki, rus tilshunosligi qadimdan rivojlangan tillar sirasiga kiradi, o‘zbek
tili grammatikasi va rus tili grammatikasi orasida o‘xshashliklar mavjud. Rus tilida
ham bugungi kunda gap quyidagicha tasniflanadi:
1-jadval.
9
 Баскаков. Н.А, Содиков. А.С, Абдуазизов.  A . A . Умумий тилшунослик. – Т.: Ўқитувчи, 1979. – 
Б.192. 88-бет.
10
  https    ://    skyeng    .   ru    /   articles    /   kakie    -   byvayut    -   tipy    -   predlozhenij    -   v   -   anglijskom    -   yazyke    /  
13 Типы 
предложений 
по цели 
высказывания
  Ifoda ning
maqsadiga   ko‘ra
gap   turlari П овествовательный
предложения 
(darak gap) Мама мыла раму. ( O nam ramkani
yuvdi .)
В опросительный
предложения 
(so‘roq gap)  Ты   сегодня   ходила   на
дополнительные занятия? 
(B ugun   sen   qo‘shimcha   darslarga
bordingmi?)
П обудительный
предложения 
( B uyruq gap)  Сходи в магазин, купи хлеба.
(Do‘konga bor, non sotib ol.)
Типы  
предложений  
по   интонации
Intonatsiyaning 
ishtirokiga ko‘ra
gap turlari Восклицательные
предложения  
(undov gaplar) На улице так славно и хорошо!
(Ko‘cha juda chiroyli va yaxshi!)
Невосклицательные 
предложения
( His - hayajonsiz   gaplar ) Малика   принесла   в   школу
конфеты.
(Malika   maktabga   konfetlar   olib
keldi.)
Типы
предложений
по структуре
Tuzilishiga
ko ‘ ra   gap   turlari Простые предложения
(Sodda gap) На   столе   лежали   только
тетради.
(Stolda faqat daftarlar bor edi.)
Сложные
предложения
( qo ‘ shma   gap ) Самарканд   -   очень   красивый
город,   и   я   всегда   мечтала   там
жить.
(Samarqand   juda   go‘zal   shahar   va
men   u   yerda   har   doim   yashashni
orzu qilganman).
Jadvalda   keltirilganidan   ma’lum   bo‘ladiki,   rus   grammatikasida   gaplarning
aktual bo‘laklarga bo‘linishi o‘zbek tili qoidalari bilan o‘xshashib ketadi. 11
11
  https    ://    obrazovaka    .   ru    /   russkiy    -   yazyk    /   tipy    -   predlozheniy    .   html   
14 Gaplarning   turli   tillardagi   tasnifini   kuzatish   jarayonida   ingliz   tilida   uning
quyidagicha tasniflanishiga guvoh bo‘lindi:
2-jadval.
Types of
sentences by
purpose of the
utterance
(ifoda maqsadiga
ko‘ra gap turi) Declarative sentence
(darak gap) I like to read books.
(men   ham   kitoblar   o‘qishni
yoqtiraman.)
Interrogative sentence
(so‘roq gap) Do you like to read books?
(Sen   ham   kitoblar   o‘qishni
yoqtirasanmi?)
Exclamatory sentence
(Undov gap) I need this book!
(Menga bu kitob kerak!)
Incentive offer
(Buyruq (taklif) gap) Please bring me some books.
Iltimos,   menga   kitob   olib
keling.
Conditional offer
(shartli gaplar) zero conditional 
(nol shartli gap) If you heat ice, it melts.
(Agar   siz   muzni   qizdirsangiz,
u eriydi)
first conditional
birinchi shartli gap If   you   study   hard,   you   will
pass   the   exam.   (Qattiq
o‘qisang,   imtihondan
o‘tasan).
second conditional 
.(ikkinchi shartli gap) If I knew his address, I would
write   to   him.   (but   I   do   not
know   the   address).   (Agar
uning   manzilini   bilsam,   xat
yozardim.   (lekin   manzilini
bilmayman.)
third conditional
(uchunchi shartli gap) If   you   had   driven   slowly,   the
police   wouldn't   have   stopped
15 you.(Agar   siz   sekin
haydaganingizda,   politsiya
sizni to‘xtatmagan bo‘lardi).
Types of
sentences by
structure
(Gapning
tuzilishiga ko‘ra
turlari) Simple sentence
(Sodda gap) I   like   to   read   books   (Menga
kitoblar o‘qish yoqadi.)
Compound sentence
(Murakkab gap) I   like   to   read   books,   and   I
read   them   every   evening.
(Men   kitob   o‘qishni   yaxshi
ko‘raman   va   ularni   har   kuni
kechqurun o‘qiyman.)
Ko‘rinadiki, ingliz tilida gaplarning tasnifi rus va o‘zbek tili grammatikasidan
birmuncha farq qiladi. 12
Fransuz tili grammatikasida ham gaplarning bir qancha turlari mavjud:
3-jadval.
Grammatik
xususiyatiga
ko‘ra proposition
indépendante
( sodda gap ) La robe est jaune
(Ko‘ylak sariq rangda)
proposition coordonné
(qo‘shma gap) Lundi   sera   chaud   et   nous   irons   au
village.   (Dushanba   kuni   havo   issiq
bo‘ladi va biz qishloqqa boramiz.)
Fransuz   tilida
gapning   ikkita
asosiy   vositasi
mavjud Asosiy   darajali
vositalar sujet, verbe 
(Subyekt va predikat)
Ikkinchi   darajali
vositalar l’objet direct et indirect
(to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita)
Compliments circonstanciels
(vaziyat)
12
  https    ://    skyeng    .   ru    /   articles    /   kakie    -   byvayut    -   tipy    -   predlozhenij    -   v   -   anglijskom    -   yazyke    /    
16 compliments de nom
(ta’rif)
Uslub   jihatdan
gap turlari Phrase déclarative.
( Deklarativ  gap) Oksana   écrit   la   lettre   à   son   frère
(Oksana akasiga xat yozadi )
Phrases interrogatives.
(so‘roq gaplar) Tu vas au village cet été? 
(Bu yozda qishloqqa borasizmi?)
Phrase négative.
(inkor gap) Je n'entends rien.
(Men hech narsani eshitmayapman.)
Fransuz   tilida   gaplarni   tasniflash   masalasida   boshqa   tillardagiga   nisbatan
biroz   farq   sezildi. 13
  O‘zbek   tilida   uslub   jihatdan   turlarga   ajratish,   asosan,   matn
bilan  bog‘liq  bo‘ladi,  ya’ni  matnlar  tarkibida  mavjud  bo‘lgan  xoslangan  shakllari
va   ifoda   ko‘lamiga   ko‘ra   nutq   uslublari   kesimida   farqlanadi.   Fransuz   tilida   esa
gapni tashkil qiluvchi vositalar, ifodalash uslubi juhatdan ham tasnif qilinadi.
Shu o‘rinda tilshunos O.Bazarovning “O‘zbek tilida gapning kommunikativ
(aktual)   tuzilishi”   deb   nomlangan   tadqiqot   ishida   gapni   bir   necha   turlarga   ajratib
tasniflaydi:   ma’lum   –   yangi   munosabatli   jumlalar,   yangi   yangi   munosabatli
jumlalar,   ma’lum   –   ma’lum   monosabatli   jumlalar,   yangi   –   ma’lum   munosabatli
jumalalar,   yangi+ma’lum   –   yangi   monosabatli   jumlalar,   yaxlitligicha   “yangi”   ni
aks ettiruvchi jumlalar, yaxlitligicha “ma’lum” ni aks ettiruvchi jumlalar.   Bundan
tashqari ushbu tadqiqotda: “Sintaktik tuzilishda gapning hajmi muhim ahamiyatga
ega.   Gap   hajmi   qanchalik   katta   bo‘lsa,   unda   shuncha   ko‘p   bo‘linish   (bo‘laklarga
ajralish)   mavjud   bo‘ladi.   Aktual   bo‘linish   esa   har   qanday   hajmli   gapda   ikki
qismdan – tema va remadan iboratdir”, degan fikrlarni ham keltirib o‘tadi. 14
Xullas,   gaplar   har   bir   tilning   xususiyatlari,   ichki   imkoniyatlari,   tarkibiy
qismlariga qarab olimlar tomonidan turlicha tasnif etiladi. Yuqorida o‘zbek, ingliz,
13
https://frenchonline.ru/%D0%BF%D1%80%D0%B5%D0%B4%D0%BB%D0%BE   
%D0%B6%D0%B5%D0%BD%D0%B8%D1%8F-%D0%BD%D0%B0 
%D1%84%D1%80%D0%B0%D0%BD%D1%86%D1%83%D0%B7%D1%81%D0%BA%D0%BE
%D0%BC/
14
 Базаров О. Ўзбек тилида гапнинг коммуникатив (актуал) тузилиши. Филология фанлари 
номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация автореферати. – Фарғона, 2004. – 
Б.23. 6-б.
17 rus   va   fransuz   tillarida   gaplarning   turlarini   alohida   keltirgan   holatda   ifodalashga
harakat qilindi. Albatta, bu borada kamchiliklar, mavhumliklar kuzatilishi mumkin.
Ushbu   kamchiliklarni   kelgusi   tadqiqotlar   jarayonida   bartaraf   etishga,   tadqiq
ko‘lamini kengaytirishga harakat qilamiz.
1.3.O‘zbek tilida gapning turlari
Inson   nutqining   ma’lum   qismini   tashkil   etadigan,   o‘z   istak-xohishlarini,
fikrlarini, o‘y-xayollarini, emotsiyalarini, maqsad-u niyatlarini ifodalash vositasi –
bu gap. U insonlar  orasidagi  muomalaga kirishish quroli sanaladi.  Kishilar ushbu
jarayonni   gapning   turlari   (so‘roq,   darak,   istak,   buyruq   va   sh.k)   orqali   yuzaga
chiqaradi.
Bugunga   qadar   tilshunoslikda   ko‘plab   olimlar   tomonidan   gapga   bir   qancha
ta’riflar, tasniflar berishgan. Masalan,   N.A.Baskakov “Sintaksisning eng asosiy va
markaziy   problemasi   gapni   o‘rganishdir.   Ma’lumki,   gap   har   bir   sistemasida
kommunikativ ahamiyat kasb etishi bilan birga, o‘ziga xos strukturaga ham egadir.
Til   o‘zining   kommunikativ   funksiyasini   faqat   gap   vositasida   bajaradi.   Gapning
tabiati,   mohiyati,   uning   konstruktiv   –   grammatik   belgilari,   gapning   so‘z   va   so‘z
birikmalaridan   farqi,   gapni   bo‘laklarga   ajratish   masalasi,   gapda   grammatik   va
semantik   aspektlarning   o‘zaro   munosabati,   gap   problemasi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
predikativlik   va   modallik   kategoriyalarini   o‘rganish   faqatgina   sintaksis   uchun
emas, balki umumiy tilshunoslik nazariyasi uchun ham g‘oyat ahamiyatli bo‘lgan
masalalardandir.” 15
Tilshunos   N.   Abdurahmonov   o‘zining   “Qadimgi   turkiy   til”   kitobida   gapga
nisbatan “so‘zlovchi va tinglovchi o‘z fikrini og‘zaki va yozma bayon qilib, xabar,
istak, xohish, so‘roq, his-hayajon kabi mazmun ifodalashi va bu gap orqali yuzaga
chiqishi” ta’kidlab o‘tgan bo‘lib, quyidagi turlari alohida ko‘rsatib o‘tilgan:
4-jadval
15
 Баскаков. Н.А, Содиков. А.С, Абдуазизов. A.A. Умумий тилшунослик. – Т.: Ўқитувчи, 1979. – 
Б.192. 87-бет
18 Gapning
mazmuniga
ko‘ra turi: Darak gap turgəo   qag‘an   susi   Boluchida   otcha
borcha kəlti . (Kultegin)
Buyruq gap -zun,   -ay ы n,   -əy ы n,   -al ы m,   -q ы l,   -kil,   -
g‘ ы l, -gil;
Turk bodun olurayin  (kultegin)
So‘roq gap -mu,-gu,   -   a,   -ch ы ,   -chi,   nəgə/nəkə,   nagu,
na, nə, nəchuk, qantan, qayda. 
nəkə qorqurb ы z?  (To‘nyuquq)
Bundan   tashqari   olim   qadimgi   turkiy   tilga   xos   gap   turlarini   tasniflar   ekan ,
uni   quyidagi   turlaga   ham   ajratib   chiqadi :
Sodda   gap:   To‘liq   sodda   gaplar   -   bir   sostavli   gaplar,   shaxsi   aniq   gaplar,
shaxsi noaniq gaplar, shaxsi umumlashgan gaplar, infinitiv gaplar; 
Murakkablashgan   sodda   gaplar:   ajratilgan   bo‘lakli   gaplar,   oborotli   gaplar,
ko‘chirma gaplar. 16
Qadimgi   turkiy   til   grammatikasi   bo‘yicha   qilingan   aksariyat   ishlarda
gapning   yuqorida   keltirilgan   tasnifiga   yaqin   va   aynan   shunday   mulohazlalar
keltiriladi.   Albatta,   qadimda   gap   qurilishi,   tarkibi   hozirgiga   qaraganda   ixcham,
sodda   bo‘lganligi   tabiiy,   buni   bizgacha   yetib   kelgan   qadimgi   tilshunoslik
manbalaridan   ham   bilib   olish   mumkin.   Aksariyat   sof   turkiy   so‘zlar   ham   bir
bo‘g‘inli so‘zlar ekanligi ham bu jihatdan xarakter kasb etadi. 
Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   gap,   dastlab,   sodda   va   qo‘shma   gaplarga
ajratiladi.   Chunki   so‘zlovchi   turmush   faoliyatida,   oddiy   so‘zlashuv   uslubida,
ko‘pincha,   sodda   va   qisqargan   jumlalardan   foydalanishadi,   o‘z-o‘zidan,   bu
jumlalar tinglovchiga ham tushunarli bo‘ladi. Yozma matnlarda, ma’ruzalarda esa ,
aksincha,   murakkablashgan,   qo‘shma   holga   keltirilgan   jumlalarda   foydalanishga
ehtiyoj seziladi. Gapni hosil qilishda ifoda, gap bo‘laklari, tinish belgilari, mazmun
asosiy   vositalar   hisoblanadi.   Masalan,   biror   gap   ohang   yoki   tinish   belgisi
yordamida turlicha ifoda etilishi mumkin, masalan:  Tashqarida yomg‘ir yog‘yapti.
16
 Абдурахмонов.  H  Қадимги туркий тил. – Тошкент: Ўқитувчи, 1989. – Б. 156.  104-б.
19 (xabar);   Tashqarida   yomg‘ir   yog‘yapti!   (his-hayajon);   Tashqarida   yomg‘ir
yog‘yapti? (so‘roq).
Gapning   yana   bir   asosiy   jihatlaridan   biri   shundaki,   unda   ifoda   emotsiyasi,
intonatsiyasi orqali hukm sezilib turadi, ya’ni fikrni ifodalaganda uning boshlanishi
va yakuni seziladi. 
A.G‘ulomovning   “Sodda   gap”   nomli   kitobida   gap   quyidagi   turlarga   ajratib
tasnif   qilinadi:   Sodda   gaplar   ega   va   kesimdan,   ega   va   kesim   sostavidan   iborat
bo‘lishi   mumkin   yoki   bu   elementlardan   birining   bo‘lmasligi   mumkin.   Shunga
qarab gaplarni ikki sostavli gaplar va bir sostavli gaplarga ajratiladi” 17
“O‘zbek tili grammatikasi” da esa  sostaviga ko‘ra:
1. Sostavli gaplar. Bunda faqat bitta gap bo‘lagi (kesim) sihtirok etadi.
2. Ikki   sostavli   gaplar.   Bunda   ikkita   gap   bo‘lagi   (ega   va   kesim)   ishtirok
etadi.
Gaplar tuzilishiga ko‘ra:
1.Sodda   gap   –   ma’lum   fikrni   ifodalovchi   grammatik   va   intonatsion   tomondan
shakllangan  sintaktik birlikdir. Sodda gap tuzilishiga ko‘ra   yig‘iq va yoyiq   sodda
gap turlariga ajraladi.
2. Murakkab gap – tarkibida asosiy gap bo‘laklaridan tashqari ajratilgan bo‘laklari,
undalmalari yoki kirish bo‘lak va birikmalari bo‘lgan gap konstruksiyasidir.
3.   Qo‘shma   gaplar   –   turli   grammatik,   leksik,   intonatsion   vositalar   bilan   ikki
gapning birikuvidan tuzilgan gap.
4. Period – ma’lum maqsad yoki fikr to‘liq ifodalangan, grammatik va intonatsion
jihatdan to‘liq shakllangan, ikkidan ortiq gaplarning birikuvidan tuzilgan sintaktik
tuzilma. 18
Sodda   gaplar   bir   tarkibli   yoki   ikki   tarkibli   bo‘la-di.   Bir   tarkibli   sodda   gap
ega   yoki   kesim   orqali   ifodalanadi:   Tun.   Jimjit.   Sovuq.   Oppoq   qor.   Аna,   yorisha
boshladi.   Ikki   tarkibli   sodda   gaplarda   ega   va   kesim   bo‘lishi   shart.   Ikki   tarkibli
17
  Ғуломов.  A . Содда гап.- Тошкент, 1955. – Б.98. – 11-бет.
18
Ўзбек тили грамматикаси.  II  том. Синтаксис./ масъул муҳаррирлар: Ғ. A .  A бдураҳмонов ва бошқ. 
– Т.: “Фан”, 1976. – Б.560. – 103-бет.
20 gaplar   yig‘iq   va   yoyiq   bo‘ladi.   Yig‘iq   gaplar   yolg‘iz   ega   va   kesimdan   iborat
bo‘ladi.   Masalan,   Yoz   keldi.   Mevalar   pishdi.   Yig‘iq   gaplarda   ega   yoki   kesim
birdan   ortiq   so‘zlardan   iborat   bo‘lishi   mumkin.   Masalan,   Olma,   o‘rik   pishdi.
Yoshlar, qariyalar ishlayapti. Yoz keldi, ketdi. Yoyiq gaplarda esa ega va kesimdan
tashqari,   boshqa   gap   bo‘laklari   ham   bo‘ladi.   Masalan,   Kecha   Pekindan   xitoy
xalqining   vakillari   kelishdi.   Bu   gapda   vakillari   —   ega,   keldi—kesim,   kecha   —
payt holi, Pekindan —o‘rin holi.
Ega   va   kesim   gapning   eng   muhim   va   asosiy   bo‘laklaridir.   Ikkinchi   darajali
bo‘laklar   ega   yoki   kesim,   ya ni   bosh   bo‘laklar   uyushib,   ularni   aniqlab,   to‘ldirib,ʼ
izohlab keladi. Ikkinchi darajali bo‘laklarga aniqlovchilar, to‘ldiruvchilar va hollar
kiradi.
Аniqlovchilar   gapda,   asosan,   predmet   otiga   bog‘lanib,   ularning   belgisini,   turli
xususiyatlarini   ifodalab   keladi.   Har   bir   tilning   xususiyatlariga   ko‘ra,   moslashgan
va   moslashmagan   aniqlovchilar   uchraydi.   Xitoy,   ingliz   tillarida   va   boshqa   ayrim
tillarda ham moslashmagan  aniqlovchilar bo‘ladi. Masalan, yashil  maydon, g‘isht
uy,   shahar   bogi;   xitoy   tilida:   xao   xaytszы   (yaxshi   bola),   xao   asaytszы   mыnы
(yaxshi  bolalar)1; ingliz tilida: Red Square (qizil maydon), brick hause (tosh uy),
toun   park   (gavhar   parki).   Rus   tilida   esa   ham   moslashgan,   ham   moslashmagan
aniqlovchilar   bor.   Moslashgan   aniqlovchilar   aniqlanmishning   grammatik
xususiyatlariga, ya ni rodiga, kelishigiga, birlik va ko‘pligiga qarab moslashadi. 	
ʼ
Har bir gap ma’lum maqsadni ko‘zlab aytiladi yoki yoziladi. Uning maqsadi
esa ifoda orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu ifoda fikrni tasdiqlaydi yoki inkor etadi,
so‘raydi, buyuradi va hokazo. Ko‘plab adabiyotlarda, boshqa tillar grammatikasida
ham   gaplarning   ifoda   maqsadigan   ko‘ra   turlari   darak,   so‘roq,   buyruq,   istak
gaplarga   ajratiladi.   Ba’zi   hollarda   esa   buyruq-istak   gap   shaklida   ham
umumlashtirilib keltirilgan. Quyida har bir turni izohlashga harakat qilamiz:
Darak   gaplar   atrofda   sodir   bo‘lgan,   sodir   bo‘layotgan   va   sodir   bo‘ladigan
voqea-hodisa, jarayonlar  haqida xabar  beradigan gap turidir. Masalan,   Otabek 24
yoshlarda,   og‘ir   tabiatli,   ulug‘   gavdali,   ko‘rkam   va   oq   yuzli,   mutanosib   qora
21 qoshli   va   egnida   chakmon,   murti   sabza   urgan,   ilmli   va   aqlli   bir   yigit.   (“O‘tkan
kunlar”dan). 
Darak   gaplarning   kesimi   ot   (U   –   mening   otam.),   aniqlik   fe’li   ( Shunday
kunlar keladiki, podshoning urushi uchun tutun puli ham, don ham, moy ham kor
qilmay qoladi. ), sifat ( Bu qiz juda go‘zaldir .), son ( Barchamizning maqsadlarimiz
bir .),   olmosh   ( Barcha   orzularimni   barbod   qilgan   qiz   –   shu.),   ravish   ( Sendan
umidlarim   ko‘p ),   harakat   otlari   ( Maqsadim   –   o‘qish.),   bor   yoki   yo‘q  so‘zlari   ( Bu
gapning tagida   katta ma’no bor .), tinch ohang ( Sokinlik…Tinch osmon.)  kabi so‘z
turkumlari va vositalari orqali ifodalanadi. 
Darak   gaplarning   yana   bir   xususiyati   borki,   ular   boshqa   gap   turlariga
qaraganda   nutqimizda   ko‘p   va   samarali   ishlatiladi.   Shundan   kelib   chiqib,   darak
gaplarni   quyidagi   maqsadlarda   ifodalanadi,   deyish   mumkin:   Darak-xabar
ma’nosida,   orzu-umid   ma’nosida,   Ishonch,   ta’kid,   g‘urur   ma’nosida,   maslahat-
tashviq   ma’nosida,   sevinch   ma’nosida,   taajjub   ma’nosida,   gumon   ma’nosida,
achinish   ma’nosida,   tashvish   ma’nosida,   g‘azab,   norozilik   ma’nosida,   kinoya
ma’nosida. 19
So‘roq   gap lar   mavhum,   aniq   bo‘lmagan   narsalar   haqida   ma’lumot   olish
masadida  so‘raladigan  gap turi  sanaladi.    Ular  ikki  xil  vosita  orqali  hosil  bo‘lishi
ma’lum. Bular: 
1. So‘roq   yuklamalari:   -   mi,   -chi,   -a,   -ya,   -ku,   nahotki.   Masalan,   hech   bir
ishni bajarmabsiz-ku?
2. So‘roq   olmoshlari:   kim?,   nima?,   qachon?,   nega?   Nechta?,   qanday?.
Masalan, qachon, qayerga borish kerak?
3. Intonatsiya (ohang).  Masalan:
- Soat ikki yarim bo‘ldi, - dedi marusiya.
- Ikki yarim? 
Bundan tashqari, so‘roq gaplar quyidagi ma’no turlariga ham bo‘linadi: sof
so‘roq gap (Qayerga ketyapsiz?); ritorik so‘roq gap (Bu tuxmatli gaplarga qanday
19
 Ўзбек тили грамматикаси.  II  том. Синтаксис./ масъул муҳаррирлар: Ғ. A .  A бдураҳмонов ва бошқ. 
– Т.: “Фан”, 1976. – Б.560. – 103-бет.
22 chidash   mumkin?).   Badiiy   matnlarda   ritorik   so‘roq   gaplardan   ko‘p   foydalaniladi.
Ritorik so‘roq gaplar taajjub (Tugadi?!), Tashvish, g‘amxo‘rlik (Sizga nima bo‘ldi,
do‘stim?),   g‘azab   (Menga   desa,   osmondan   tosh   yog‘maydimi?),   kuchli   hayajon
(Qachongacha bunday davom etishi mumkin, axir?).
M.   Haynazarovaning   “So‘roq   gaplarda   shakl   va   mazmun   nomuvofiqligi”
nomli   nomzodlik   dissetatsiyasida: “Sodda   gap”   nomli   asarida:“O‘zbek   tilidagi
so‘roq   gaplarda   so‘roq   ma’nosi   bilan   birga   darak,   buyruq   ma’nolarining
ifodalanishi ham kuzatiladi. So‘roq gap shakli orqali darak, buyruq ma’nolarining
ifodalanishi   natijasida   shakl   va   mazmunning   tasdiq-inkor,   sodda-murakkablik,
so‘roq-darak,   so‘roq-buyruq   va   boshqa   lisoniy   belgilari   juhatidan   nomuvofiqligi
yuzaga keladi. Unda shakliy tuzilishga mos bo‘lmagan mazmun ifodalanadiki, bu
gapning   shakily   tuzilishiga   muvofiq   keluvchi   mazmunning   yashirin   ifodalangan
mazmun bilan qorishib ketmasligiga imkoniyat yaratadi” , - deyilgan. 20
Buyruq   gap   so‘zlovchining   istagi,   xohishi,   maslahati,   buyrug‘   bilan   hosil
bo‘ladigan gap turidir:  Menga aytgan buyumlarimni keltiring!   Buyruq gaplar o‘z-
o‘zidan   hosil   bo‘lib   qolmaydi,   balki   uni   yuzaga   chiqarishda   bir   nechta   vositalar
ishtirok   etadi:   Buyruq-istak   maylining   kesim   vazifasida   kelishi   bilan   (Pista-
bodomdan   ko‘proq   ol!);   shart   maylining   kesim   vazifasida   ishlatilishi   bilan
(Qahraton qish bo‘lsa!…); kerak mumkin, darkor so‘zlarining harakat  nomi bilan
birikib   kelishi   bilan   (Gap   shu,   birodarlar,   dushmanga,   jabrga   qarshi   kurashga
tayyorlanish kerak!). 
“O‘zbek tili grammatikasi” kitobida buyruq gapning quyidagi ma’no turlari
ko‘rsatilgan: 
1. Buyruq: Paranji va chimmat, tezroq kelgan joyingga qayt! (H.Hakimzoda); 
2. Maslahat: Shira tutib qiyshaygan g‘ozani yulib tashlash kerak. (A. Qahhor);
3. Iltimos: O‘rtog‘ingizga ayting, bu hujrasini bizdan ayamasin! (Oybek);
4. Orzu-istak: Koshki til bo‘lsa-yu, u bilan suhbatlasha qolsa! (Oybek);
20
 Ҳайназарова. М. Сўроқ гапларда шакл ва мазмун номувофиқлиги.  Филология фанлари номзоди 
илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация автореферати. – тошкент, 1999. – Б. 25. – 6- 
бет.
23 5. Hayratlanish: nahotki kechasi bilan yo‘l yurib , shuncha oz yurilgan bo‘lsa!
(O.Gonchar);
6. G‘amxo‘rlik:   sovqotib   qolma,   issiqroq   yot,   Shermatjon   do‘stim.(Komil
Yashin);
7. Tashviq:   Mard   ekansiz,   boyvachchalarga   jazo   bering,   ularni   sharmanda
qiling! (Oybek);
8. Gumon, tashvish: Ehtimol, u keyinchalik bizni ham yeb qo‘ysa (ertakdan);
9. Hayajon: Ayajon, menga rahm eting! Arzi-dodimga yeting! (N.Safarov);
10. G‘azab, do‘q: Xatdan o‘chir o‘g‘limni hozir! (Oybek). 21
Ba’zi   hollarda   to‘liqsiz   gaplar   ham   buyruq   mazmunida   keladi.   Ularda
intonatsiya   boshqalariga   nisbatan   kuchli   bo‘ladi.   Yuqorida   sanab   o‘tilgan
mazmuniy   turlarning   ayrimlarida   intonatsiya   juda   kuchli,   ayrimlarida   o‘rtacha
sezilarli   tarzda   ifodalanadi.   Intonatsiya   buyruq   gapni   yuzaga   chiqaruvchi   asosiy
ifoda vositasi sanaladi.
Undov   gap   nutq   so‘zlovchi   shaxsning   atrofdagi   voqelikka   bo‘lgan
munosabatini   ifodalaydigan   gapning   ifoda   maqsadiga   ko‘ra   turi   sanaladi.   Ushbu
gaplarni yuzaga chiqaruvchi vositalardan biri – bu emotsiya: Ket! Yo‘qol! Mal’un
kasofat! Ket jahannam qa’riga! (Uyg‘un).
Undov gaplar   qanday, qaysi,   qanaqa, shuncha,  naqadar,  necha,  shunday   kabi
olmoshlar,   undov   so‘zlar,   ana,   mana   olmoshlari,   maxus   intonatsiya,   turli
vositalarning   birikib   kelishi   kabi   vositalar   yordamida   hosil   bo‘ladi   va
so‘zlovchining   his-hayajoni,   atrofda   sodir   bo‘lgan   voqe-hodisalarga   nisbatan
munosabatini emotsional tarzda namoyon etadi.
Bundan   tashqari,   undov   gaplarni   quyidagi   mazmuniy   guruhlarga   ajratish
mumkin: 
1. Taajjub ifodalovchi undov gap: Obbo, la’nati kaltafaxm! (Oybek);
2. Tashakkur   va   rag‘batlantirish   ifodalovchi   undov   gap:   Hormang,   ota!
(Oybek);
21
 Ўзбек тили грамматикаси.  II  том. Синтаксис./ масъул муҳаррирлар: Ғ. A .  A бдураҳмонов ва бошқ. 
– Т.: “Фан”, 1976. – Б.560. – 111-бет.
24 3. Hayratlanish ifodalovchi undov gap: Yopiray, bu qanday qiz ekan! (Oybek)
4. Zavqlanish,   shodlik,   mamnunlik   ifodalovchi   undov   gap:   Xavf-xatarga
yuzma-yuz kelib, unga chap berish qanday yaxshi-ya! (A.Qahhor);
5. Muhabbat ifodalovchi undov gap: Uning ko‘z oldida Nuri! (Oybek)
6. Orzu-umid ifodalovchi undov gap: Iloyim, yaxshilik bilan tugasin-da!
7. Achinish ifodalovchi undov gap: Evoh, essiz umr, essiz qizim! (Oybek)
8. Kinoya ifodalovchi undov gap: Yangi kasbing qulluq bo‘lsin, boyvachcha! –
dedi O‘rmonjon (A.Qahhor);
9. G‘azab, norozilik ifodalovchi undov gap: Bu qanday maynabozlik! (Oybek);
10. Qo‘rqish   ifodalovchi   undov   gap:   Voydod!   Voy   o‘lay!   Onajon!
(H.Hakimzoda). 22
Shunday   qilib,   gaplarning   dastlabki   ajratiladigan   turlari   bu   sodda   va   qo‘shma
gaplardir.   Ishning   keying   bobida   sodda   gap   va   uning   turlariga   batafsil
to‘xtalganimiz   sabab   bu   faslda   qo‘shma   gap   haqida   biroz   ma’lumot   berib   o‘tish
bilan chegaralanishga qaror qilindi.
Qo‘shma   gap   ikki   va   undan   ortiq   sodda   gaplarning   mazmun   va   grammatik
juhatdan   bog‘lanishidan   hosil   bo‘lgan   gapdir.   Gapning   ushbu   turi   ham,   o‘z
navbatida,   bir   nechta   turlarga   ajratiladi.   Qo‘shma   gaplar   ikki   yoki   updan   ko‘p
predikativ   sodda   gaplar   qurilmalarining   birikuvidan   tashkil   topgan   gaplardir.
Qo‘shma gaplar tuzilishi va bog‘lanish yo‘llariga ko‘ra ikki guruhga — bog‘langan
qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gapga bo‘linadi.
Bog‘langan   qo‘shma   gaplardagi   sodda   gaplar,   odatda,   teng   bog‘lovchilar,
zidlovchi bog‘lovchilar, ayiruvchi bog‘lovchilar (ba zan yuklamalar) vositasi bilanʼ
birikib,   teng   aloqada   bo‘ladi.   Masalan,   Bahor   keldi   va   gullar   ochildi.   Osmonni
bulut qopladi, lekin yomg‘ir yog‘madi.
Bog‘langan qo‘shma gaplar fikrni bildirmasa, bir-biri bilan bevosita bog‘langan
bo‘lmay, ayrim-ayrim holdagi sodda gaplar bo‘lib qolaveradi. Demak, qo‘shma rap
22
 Ўзбек тили грамматикаси.  II  том. Синтаксис./ масъул муҳаррирлар: Ғ. A .  A бдураҳмонов ва бошқ. 
– Т.: “Фан”, 1976. – Б.560. – 114-бет.
25 tarkibidagi   qismlar   —   predikativ   qurilmalar   mustaqil,   ayrim   qo‘llangan   sodda
gapdan ba zi xususiyatlari bilan farqlanadi: u to‘la, mustaqillikni saqlamaydi.ʼ
Ergashgan qo‘shma gaplar bosh gapdan va ergash gapdan iborat bo‘ladi. Ergash
gan   bosh   gapni   butunicha   yoki   uning   biror   bo‘lagini   izohlab   keladi.   Ergashgan
qo‘shma   gaplar   tarkibidagi   qismlarning   bir-biriga   bo‘lgan   sintaktik
munosabatlarning   ifodalanishida   bog‘lovchilar   asosiy   vositalardandir.   Ushbu
turlarga   ajratishda   bog‘lovchi   vositalarning   ahamiyati   katta.   Ularning   ayrimlarida
bog‘lovchi   vosita   mavjud   bo‘lsa,   ayrimlarida   mavjud   emas.
G‘.Abdurahmonovning   qo‘shma   gaplar   tadqiqiga  bag‘ishlangan   kitobida   ularning
turlarini   quyidagicha   keltirib   o‘tadi:   “Hozirgi   zamon   o‘zbek   tilidagi   qo‘shma
gaplar, dastlab, o‘zaro semantik, grammatik va intonatsion munosabatlariga ko‘ra
uchta   asosiy   tipga   ajratib   ko‘rsatiladi:   1)   bog‘langan   qo‘shma   gaplar,   2)   ergash
gapli qo‘shma gaplar, 3) bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.” 23
Bog‘langan  qo‘shma  gaplar   –  qismlari   teng  bog‘lovchilar  yordamida  tuzilgan,
mazmun   jihatdan   bir-biriga   bog‘liq   bo‘lgan   gaplar   qo‘shilmasidan   tashkil   topgan
gap. Bog‘langan qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar bir nechta vositalar bilan
bog‘lanadi:
1) teng bog‘lovchilar. Shunga ko‘ra  biriktiruv bog‘lovchisi yordamida   bog‘langan
qo‘shma   gaplar   (Mashina   belgilangan   joyga   to‘xtadi   va   uning   ichidan
kelishgan   yigit   tushdi.),   zidlov   bog‘lovchisi   yordamida   bog‘langan   qo‘shma
gaplar  (Madina o‘qituvchisining so‘zlaridan bir dam quloq uzmadi, biroq hech
narsaga   tushunmadi),   ayiruv   bog‘lovchisi   yordamida   bog‘langan   qo‘shma
gaplar   (Onam   dam   o‘tmishni   eslab   kuyinardi,   dam   bugungi   kunga   shukrlar
aytib   yig‘lardi.),   inkor   bog‘lovchisi   yordamida   bog‘langan   qo‘shma   gaplar
( Oradan uch kun o‘tdi hamki, Mahmuda na birovga biron ish aytdi, na   murod-
u maqsadini surishtirdi. )   kabi turlarga bo‘linadi.
2) Bog‘lovchi vazifasidagi vositalar: –u, -yu, -da. Masalan,  Oradagi masofa yiroq-u, 
mehr bizni bog‘lab turardi. (Mirmuhsin).
23
  Абдурахманов. Ғ Основы синтаксиса сложного предложенияю – Ташкент, 1958. – С.325. -  6-с.
26 3) Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida.  Bo‘lsa, esa  so‘zlari bog‘langan qo‘shma gap 
qismlarini bog‘lash bilan birga, ular o‘rtasida qiyoslash va zidlash munosabati 
mavjudligini ifodalaydi.  Bo‘lsa, esa  so‘zlari qiyoslanuvchi bo‘lakdan so‘ng keladi:
Jahl — dushman, aql esa do‘stdir.
Bundan   tashqari,   bog‘langan   qo‘shma   gaplarning   qiyoslash,   payt,   ayiruv,
sabab   va   natija,   izohlash   kabi   munosalatlari   ham   G‘.   Abdurahmonov   tomonidan
alohida izohlab berilgan.
Ergashgan   qo‘shma   gaplar   ergashtiruvchi   bog‘lovchilar,   ko‘makchili
qurilmalar,   nisbiy   so‘zlar,     deb   so‘zi   va   shu   kabi   vositalar   bilan   hosil   bo‘ladi.
Ergashgan   qo‘shma   gaplar   doim   ikki   xil   –   bosh   va   ergash   gapdan   tarkib   topadi,
ya’ni   gaplar   orasida   teng   va   tobe   munosabat   mavjud   bo‘ladi.   Shunga   ko‘ra
ergashtiruvchi   bog‘lovchili   ergashgan   qo‘shma   gaplar:   Vijdonni   asrangiz   har
nedan   ortiq,   Bobolardan   qolgan   noyob   bu   tortiq,   Toki   avlodlarga   yetolsin   omon.
( A.Oripov ),   Ko‘makchili   bog‘lovchilar   yordamida   ergashgan   qo‘shma   gaplar:
Saodat   ko‘pdan   beri   ashula   aytmagan   edi,   shuning   uchun   ham   u   jaranglagan
ovozlarga   qo‘shilib   ashula   aytgisi   keldi.   ( Ibrohim   Rahim ) ,   deb   so‘zi   yordamida
ergashgan qo‘shma  gap:   Sen otash ichida urasan  javlon, Dushman  qolmasin deb
sevgan   elimda.   ( Hamid   Olimjon ),   shart   mayli   vositasida   ergashgan   qo‘shma
gaplar:   Yomon   bo‘lar,   agar   ko‘z   yoshing   tugab   qolsa,   kelgunicha   baxt.   ( Shavkat
Rahmon ), nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gap:  Kim chaqqon va tez harakat qilsa,
yutuq o‘shaniki bo‘ladi  ( O‘. Haydarov ) kabi turlarga ajratiladi. 
Bundan   tashqari,   gap   bo‘laklarining   ishtirokiga   ko‘ra   kesim   ergash   gapli
qo‘shma gap, ega ergash gapli qo‘shma gap, aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap,
to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap, hol ergash gapli qo‘shma gap kabi turlarga
ajraladi. 
Bog‘lovchisiz   qo‘shma   gap   tarkibidagi   sodda   gaplar   o‘zaro   ohang
yordamida bog‘lanadi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar
mazmunan   va   ohangda   kirishib   ketadi.   Alohida   olingan   bunday   sodda   gaplar
mazmun   va   intonatsiya   jihatdan   tugallanmaydi,   ular   biriksagina   ma’lum   fikr
27 ifodalashi mumkin, bunday holatda intonatsiya gapning oxirida bo‘ladi:   Yoz keldi
– soz keldi.
Qo‘shma   gapning   har   uchchala   turi   ham   bir   vaqtning   o‘zida   sodda   gapga
aylanishi,   yoki   bo‘lmasa,   bir   sodda   gap   ham   bog‘langan,   ham   ergashgan,   ham
bog‘lovchisi qo‘shma gapga aylanishi mumkin. 
BOB BO‘YICHA XULOSA
Tilshunoslik   tarixi   uzoq   davrlarga   borib   taqaladi.   Bugungi   kunda   bu   soha
bo‘yicha   juda   ko‘plab   tadqiqot   ishlari,   ilmiy   yangiliklar   yaratilgan   va   hayotga
tatbiq etilgan. Tilshunoslikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan sintaksis azal-
azaldan salmoqli tadqiqotlar mavzusiga aylanib kegan. Shu asosda jahon va o‘zbek
tilshunosligida   yaratilgan   qadimiy   va   zamonaviy   manbalarda   ham   sintaksis   va
28 uning takibi borasidagi ma’lumotlar talaygina. Ushbu tadqiqot ishida ham ularning
birmunchasiga murojaat qilindi va tegishli xulosalar chiqarildi. 
Butun   dunyo   tilshunosligida   gap,   uning   turlari,   vazifalari,   ifoda   ko‘lami
borasida turli tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ikkinchi faslda o‘zbek, rus, ingliz,
fransuz   tilshunosligida   nazariy   jihatdan   gaplarning   turlarini   qoliplashtirishga
harakat   qilindi.   Ularda   umumiy   yaxlitlik,   o‘z   o‘rnida   alohidalik   va   o‘ziga   xoslik
ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, o‘zbek va rus grammatikasida gaplarning tasnifi
birmuncha yaqin bo‘lsa, bu holat ingliz, fransuz tillarida farqlanadi.
Gap   –   sintaksisning   asosiy   negizini   tashkil   etishi   deyarli   barcha
adabiyotlarda   keltiriladi.   Haqiqatdan   ham   sistem   tilshunoslikda   gap   sintaksisning
asosini   tashkil   etadi.   Umuman   olganda,   kundalik   hayotimizda   ham,   oddiy,   til
ilmidan   mutlaqo   yiroq   insonlar   ham   gapdan   unumli   foydalanishadi.   U   orqali   o‘z
xohishlarini,   orzu-umidlarini,   ehtiyojlarini   turli   xil   ko‘rinishlarda   ifoda   etishadi.
Uchinchi   faslda   aynan   shu   masalalar   yuzasida,   gapning   turlari,   bu   boradagi
olimlarning turli nazariyalari o‘rganildi va umumiy xulosalar berildi.
II bob. O‘zbek tilida sintaktik tarkibi qisqargan gaplar
2.1.Atov gapning o‘zbek va rus tili darslik va o‘quv
qo‘llanmallarida o‘rganilishi
O‘zbek tilining fonetikasi, leksikasi, umuman olganda grammatikasi azaldan
boy   bo‘lgan.   Fikrni   ifodalashning   turli   xil   ko‘rinishlari,   shakllari   va   usullari
29 mavjudki,   ularning   har   birini   ilmiy   jihatdan   tadqiq   etish   tilshunoslar   zimmasida
turgan   masalalardan   sanaladi.   Xususan,   o‘zbek   tili   sintaksisi   bo‘yicha   qilingan
ko‘plab   ilmiy-nazariy   tadqiqotlarda   gap,   so‘z   birikmasi,   gap   bo‘laklari   bo‘yicha
yangiliklar,   tadqiqotlar   ko‘p,   lekin   aynan   atov   gap,   so‘z   gap,   to‘liqsiz   gap   kabi
sintaktik   birliklarga   oid   batafsil   tadqiqotlar   ko‘lami   biroz   kamdek.   Ushbu
dissertatsiya ishida “Sintaktik tarkibi qisqargan gaplar” degan umumiy nom bilan
ularning tadqiqi va ta’limiga doir qarashlarimizni ifoda etdik.
Ta’kidlash   lozimki,   “   Sintaktik   tarkibi   qisqargan   gaplar”   atamasi   o‘zbek
tilshunosligida   keng   ko‘lamda   qo‘llanilmaydi,   darsliklarda   ham   mazkur   jumlaga
ko‘zimiz   tushmaydi.   Atov   gap,   so‘z   gap   va   to‘liqsiz   gaplarga   nisbatan   bunday
umumiy   qo‘llanish,   dastlab,   V.G.Gakning   “ Теоретическая   грамматика
французского   язика ”   (“Fransuz   tilining   nazariy   grammatikasi”)   kitobida
qo‘llanilgan   hamfa   fanga   olib   kirilgan.   Olim   ushbu   tasniflashni   atov   gap
(   nominativ  gap   yoki   bir   bo‘lakli   gap),   so‘z  gap   (   so‘z-jumla),   to‘liqsiz   gap   (   bir
qismli tuzilma yoki tugallanmagan gap) shaklida keltiradi.  24
Ma’lumki,   gaplar   gap   bo‘laklarining   ishtirokiga   ko‘ra   ikki   tur:   bir   bosh
bo‘lakli   gaplar   va   ikki   bosh   bo‘lakli   gaplarga   ajraladi.   Bosh   kelishikdagi   ot   yoki
otlashgan   so‘z   bilan   ifodalanib,   predmet   yoki   voqea-hodisalarning   hozirgi
zamonda   yoki   zamondan   tashqarida   mavjudligini   tasdiqlovchi   bir   bosh   bo‘lakli
gap  atov gap  deyiladi.  
O‘zbek tilshunosligida atov gap  nominativ gaplar ham deb yuritiladi. Tarixiy
nuqtayi   nazardan   qaralganda   Abdurauf   Fitrat   ushbu   atamani   eksik   gaplar   deb
nomlaydi:   “O‘yning   bo‘laklari   bo‘lg‘an   ma’nolarning   bir-ikitasi   gapdagi
so‘zlardan   emas,   boshqa   vositalar   bilan   anglashilsa,   shuning   uchun   shu
ma’nolarni ifoda qilg‘uchi so‘zlar gapda aytilmay qolsa, shunday gap “eksik gap”
bo‘ladir.   Kel,   ketma,   o‘tir,   bordim   kabi   so‘zlar   yolg‘izg‘ina   aytkanda   eksik   gap
bo‘ladirlar.   Ahmat   keldimi?   Deganda   –   Keldi;   Kelgan   kim?   Deganda   –   Ahmat
24
  Гак  В.Г.  Теоретическая   грамматика   французского   язика . Синтаксис. - М.: Вмсшая школа, 1981. - 
С.228.
30 so‘zlari ham eksik gaplardandirlar. ” 25
  Ushbu kitobning so‘ngida ba’zi so‘zlarning
tarjima   variantlari   keltirilgan   bo‘lib,   unda   eksik   gaplarni   atov   gaplar   deb   izoh
berilgan.   Lekin   Fitrat   keltirgan   ta’rif   va   misollarning   mazmuni   ko‘proq   to‘liqsiz
gaplarga to‘g‘ri keladi. A.Hojiyevning “Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”
da,   O‘zbekiston   milliy   ensiklopediyasida,   O‘zbek   tilining   izohli   lug‘atida   ham
ham   ushbu   terminning   izohi,   ma’nosi   keltirilmagan.   Internet   materiallari   ko‘rib
chiqilganda   eksik   gaplar-   bu   to‘liqsiz   gaplar   ekanligi   aytilgan.   Mana   shu   o‘rinda
biroz atama qo‘llash  bilan bog‘liq nomuvofiqlik kuzatiladi.
Tilshunos N.Abdurahmonov “Qadimgi turkiy til” kitobida atov gaplarni bir
sostavli   gaplar   tarkibiga   kiritadi.   “Qadimgi   turkiy   tilda   bir   sostavli   gaplar
ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bularga shaxsi aniq gaplar, shaxsi noaniq gaplar, shaxsi
umumlashgan gaplar, infinitiv gaplar, nominativ gaplar va so‘z gaplarni ko‘rsatish
mumkin.   Bular   bir-biridan     struktura   va   mazmun   jihatdan   farq   qiladi.” 26
  Ushbu
kitobda   deyarli   atov   gapga   misollar   keltirilmagan.   Birgina   misol   bilan
chegaralanamiz:  qan bart ы  (To‘nyuquq).
Atov   gap   haqidagi   ilk   ma’lumotlar   dastlab   1933-yilda   tilshunoslar
A.Yo‘ldoshev   va   N.Said   tomonidan   nashr   etilgan   «Grammatika.   Nahv»   deb
nomlangan   maktab   darsligida   uchraydi.   Unda   atov   gaplar   va   egasiz   gaplar
to‘g‘risida   fikr-mulohazalar   yuritilgan   bo‘lib,   ular   bir   tarkibli   gaplar   sifatida
izohlangan,   «bunday   gaplarda   ega   anglashilmaydi,   qo‘shni   gaplardan   ham   uni
topib bo‘lmaydi», deyilgan. 27
A.Ma’rufov va G‘.Abdurahmonovlarning o‘zbek tilidan o‘rta maktablarning
yuqori   sinflari   uchun   nashr   qilingan   qo‘llanmasida   bir   sostavli   gaplar   ilk   bor
tizimlashtirilgan:   shaxsi   topilmas,   shaxsi   umumlashgan,   atov   gap.   Ular   orasidan
atov gaplarning turlari va xususiyatlari ancha yaxshi yoritilgan.
S.Sanaqulov tomonidan tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasida bir tarkibli
gaplarnning bir guruh olimlar tomonidan tasniflari keltirilgan. “Masalan: Gvozdev
25
  Abdurauf   Fitrat .   Tanlangan   asarlar :   Darslik   va   o ‘ quv   qo ‘ llanmalari ,   ilmiy   maqola   va   tadqiqotlar   /
Mas ’ ul   muharrir   B .   Qosimov ;   Nashrga   tayyorlovchi   va   izohlar   muallifi   H .   Boltaboyev .   —   T .:
« Ma ’ naviyat », 2009. —  B . 336. – 202- bet .
26
 Абдурахмонов.  H  Қадимги туркий тил. – Тошкент: Ўқитувчи, 1989. – Б. 156. 104-б.
27
 Йўлдошев  A , Саид Н. Грамматика. Наҳв. – Тошкент, 1933.
31 A.N.:   bir   sostavli   gaplar,   bosh   bo‘lagining   formasi   va   ma’nosiga   ko‘ra,   turli
ko‘rinishdagi   gaplarni   birlashtiradi,   bunga   quyidagilar   kiradi:   shaxsi   aniq,   shaxsi
noaniq,  shaxsi   umumlashgan,   shaxssiz,   infinitiv,   atov   gaplar.   Reformatskiy   A.A.:
bir  sostavli  gaplar  shunday tiplarga ajraladi:  1) kesim  bazasida  paydo bo‘lgan bir
sostavli  gaplar; 2) ega bazasida paydo bo‘lgan bir sostavli  gaplar. Birinchi tip bir
sostavli   gaplarga   shaxssiz,   shaxsi   noaniq,   shaxsi   umumlashgan   va   imperativ
gaplarni   kiradi.   Ikkinchi   tip   bir   sostavli   gaplarga   atov   (битийное),   turli   korxona,
muassasa,   asarlar   nomi   (називние:   Булочная,   «Ревизор»),   ko‘rsatish
(указателъное:   Вот   мелъница)   va   undov   (восклицателъное:   Пожар!)gaplarni
kiradi.   Galkina-Fedoruk   E.M.:   bir   sostavli   gaplar   ikki   katta   guruhga   bo‘linadi:
egasiz   gaplar,   kesimsiz   gaplar.   egasiz   gaplar   shaxsi   aniq,   shaxsi   noaniq,   shaxsi
umumlashgan,   shaxssiz   gaplarga   bo‘linadi.   Kesimsiz   gaplarga   nominativ   gaplar
kiradi.   Babaytseva   V.V.:   bir   sostavli   gaplar   unda   ifoda   qilingan   hukm
predmetining   xarakteri   hamda   bosh   bo‘lagining   ifodalanish   usuliga   ko‘ra   fe’l   bir
sostavli   gaplar   hamda   ot   bir   sostavli   gaplarga   ajraladi.   Fe’l   bir   sostavli   gaplarga
shaxsi   aniq,   shaxsi   noaniq,   shaxsi   umumlashgan,   shaxssiz,   infinitiv   gaplar,   ot   bir
sostavli   gaplarga   esa   nominativ   va   vokativ   gaplarni   kiradi.   Javodov   A.M.:
ozarbayjon tilidagi bir sostavli gaplar quyidagicha tasniflanadi: shaxsi noaniq gap,
shaxssiz   gap,   shaxsi   umumlashgan   gap,   masdar   gap,   atov   gap,   so‘z-gap.   Zakiev
M.Z.:   tatar   tilida   bir   sostavli   gaplar   bosh   bo‘lagining   ifodalanishiga   ko‘ra,   uch
guruhga   bo‘linadi:   fe’l   gaplar,   ot   gaplar,   so‘z-gaplar.   G‘oziev   H.:   bir   sostavli
gaplar: egasi  topilmaydigan, egasi  aniqmas, egasi  umumlashgan va atov gaplarga
bo‘linadi.   G‘ulomov   A.:   bir   sostavli   gaplar:   shaxssiz,   shaxsi   noaniq,   shaxsi
umumlashgan, atov gaplar. «Bir sostavli  gapning shunday turlari bor: shaxsi  aniq
gaplar,   shaxsi   noma`lum   gaplar,   shaxsi   umumlashgan   gaplar,   shaxssiz   gaplar,
infinitiv   gaplar,   nominativ   gaplar,   undash   gaplar.   Ma`rufov   A.,   Abdurahmonov
G‘.:   bir   sostavli   gaplar:   shaxsi   topilmas,   shaxsi   umumlashgan,   atov   gaplar.
Kononov   A.N.:   bir   sostavli   gaplar:   shaxssiz   gap,   shaxsi   noaniq   gap,   shaxsi
32 umumlashgai   gap,   atov   gap,   vokativ   gap   28
  kabi   turlarga   bo‘lganliklarini
ko‘rishimiz mumkin.
Dunyo   tilshunosligiga   nazar   tashlasak,   atov   gaplar   bo‘yicha   rus
tilshunosligida   bir   qancha   tadqiqot   ishlari   olib   borilgan.   N.A.Baskakov,
O.A.Volgova,   N.V.Dumsheva   kabi   tilshunoslarning   qilgan   ishlari   bu   jihatdan
xarakterlidir. 29
N.M.Dumsheva  atov  gaplarga  quyidagicha   ta’rif  beradi:   “Atov  (nominativ)
gaplar   shunday   tarkibli   gaplar   bo‘lib,   unda   faqat   bitta   bosh   bo‘lak   -   subyekt
mavjud. Ular ma’lum vaqtda sodir  bo‘lgan qandaydir hodisa yoki obyekt  haqida
xabar   beradi.   Ular   predmet   yoki   hodisalarning   mavjudligini   tasdiqlaydi:   “Qish.
Mana qor. Naqadar qattiq sovuq!”
Demak,   atov   gaplarda   nutq   so‘zlanib   turgan   paytda   sodir   bo‘lgan   voqea-
hodisalar,   mavjud   bo‘lgan   predmetlar   tasvirlanadi.   Bunday   gaplar   quyidagi
ma’noviy   xususiyatga   ega   bo‘lishi   mumkin:   Aniq   predmetlarning   mavjudligini ,
mavhum   tushunchalarning   mavjudligini,   turli   tabiat   hodisalarining   mavjudligini,
o‘rin-joyning   mavjudligini,   aniq   paytini,   hayot   voqealarini,   ko‘rsatishni   ifoda
qiladi.   Masalan,   Nim   qorong‘u.   Zaxkash   hujrada     “ulfati   chor”   ning   suhbati
uzilmas   edi   (Oybek   “Navoiy”,   10-bet);   Payshanba   -   maosh   kuni   edi.
(O‘.Hoshimov   “Ikki   eshik   orasi”,   5-bet. );   Qiy-chuv,   to‘polon...   (O‘.Hoshimov
“Ikki eshik orasi”, 12-bet.)
O‘zbek   tilshunosligida     atov   gap   yig‘iq   va   yoyiq   bo‘lishi   mumkin.   Yig‘iq
atov   gap   bosh   bo‘lakning   o‘zidan   iborat   bo‘adi:   Bilaman.   Shomurod   tog‘amga
osonmas .     ( O‘.Hoshimov   “Ikki   eshik   orasi”,   15-bet ).   Yoyiq   atov   gap   bosh
bo‘lakdan   tashqari   ikkinchi   darajali   bo‘laklardan   tashkil   topadi.   Masalan: Faqat
qish   edi.   Qahraton   qish...   Tor   ko‘cha.   O‘rtasiga   qor   uyib   qo‘yilgan   katalakdek
28
 S.Sanaqulov. O`zbek tilida egasi topiladigan gaplarning stilistik xususiyatlari. Magistrlik   dissertatsiyasi .
–  Samarqand , 2012. –  B .82.
29
  Баскаков.  Н.А,  Содиков.  А.С,  Абдуазизов.   A.A.  Умумий  тилшунослик.  –  Т.:  Ўқитувчи,  1979.  –
Б.192;   Болгова,   Ольга   Алексеевна.   Назывное   предложение   в   тексте   :  на   материале   современного
английского   языка   :  диссертация   ...  кандидата   филологических  наук  :  10.02.04.  -  Москва,  1988.  -
182   с;   Думшева   Надежда   Валентиновна.   Назывные   предложения   в   художественной   литературе.
issledovatelskaya_rabota_0.doc (live.com)  .
33 hovli. Chaqmoq telpakli odam. Sovuq vokzal. Yo‘ldoshxon aka. Tog‘oradagi osh.
Qon yig‘lab qolgan onam.  ( O‘.Hoshimov  “Ikki eshik orasi”, 15-bet.)
Demak,   Nominativ   gaplarda   fikrning   nisbiy   tugalligi   predikativlik,   ohang
orqali   ifodalanadi.   Ohang   mazkur   gaplarda   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Ohang
tufayli   oddiy   so‘z   gapga   aylanadi:   Oftob   botib   ketgan.   Nimqorong‘ilik   cho‘kkan,
havoda   jo‘xori   kabob   hidi   kelardi.   (O‘.Hoshimov   “Ikki   eshik   orasi”,   31-bet).
Nominativ gap, odatda, yakka holda qo‘llanmaydi, undan so‘ng ko‘pincha boshqa
bir   gap   keladi:   Chigirtka   chirillaydi...   Hammayoq   suv   quygandek   jimjit.
( O‘.Hoshimov  “Ikki eshik orasi”, 42-bet).
Atov   gaplarning   o‘ziga   xos   kognitiv   ma’nolari   ham   mavjuddir.   Bitta   so‘z
ko‘rinishida   bo‘lsa   ham   uning   tub   mohiyatida   tafakkurdan   anglashiladigan
mazmun,   turli   konseptual   ma’nolar   jamlanmasi   aks   etadi.   Masalan,   bahor
mavzusida insho, matn yoki ma’ruza tayyorlanadigan , yoziladigan bo‘lsa, jumlalar
boshlanishini   atov   gap   bilan   boshlash,   ko‘pincha,   odat   tusiga   aylangan.:   Bahor.
Atrof   yam-yashillikka   burkana   boshlagan   fursat….   Birgina   bahor   so‘zi   zamirida
ushbu   faslning   bor   go‘zalliklari,   nafosati,   tarovati,   umuman   olganda,   u   bilan
bog‘liq bo‘lgan barcha ma’nolar anglashiladi. 
Ma’lum   bo‘ladiki,   tilshunoslikning   sintaksis   bo‘limi   tarkibiy   qismi   sifatida
o‘rganiladigan   atov   (nominativ)   gaplar   birmuncha   sinxron   va   diaxron   jihatdan
tadqiq qilingan. Yuqorida ularning izohiga qisqacha to‘xtalib o‘tdik. Ifoda ko‘lami
keng   bo‘lgan   o‘zbek   tilida   ijod   qiladigan   barcha   ijodkorlar   o‘zlarining   asarlarida
gapning   turli   ko‘rinishlaridan   foydalanadilar.   Aynan   atov   gaplarga   keladigan
bo‘lsak,   ifodaning   ta’sirchanligini,   kognitiv   tabiatini,   so‘zlovchining   ruhiyatini,
emotsiyasini, tasvirlanayotgan predmet yoki holatning mohiyatini ochishga xizmat
qiladi.   2014-yilda   tilshunoslar   M.   Qodirov,   H.   Ne’matov,   M.   Abduraimova,   R.
Sayfullayevalar   tomonidan   ishlangan   8-sinflar   uchun   mo‘ljallangan   maktab
darsligida atov gaplar sodda gapning tarkibiy qismida o‘rganilgan va quyidagicha
ta’rif  berilgan:   “Atov gaplar  so‘zlovchi  ko‘z o‘ngida biror  voqea-hodisani,  narsa-
buyum  yoki   davrni   jonli  gavdalantirishga,  uning xotirasi   yoki  xayolida  ular  bilan
aloqador   bo‘lgan   voqea-hodisalarni   tiklashga   xizmat   qiluvchi   muhim   tasviriy
34 vositadir.   Atov   gaplar,   asosan,   xabar   maylining   hozirgi-kelasi,   ba’zan   esa   o‘tgan
zamon   shakllaridagina   keladi.   Atov   gaplar   bitta   so‘zdan   iborat   bo‘lishi   ham,
aniqlovchilar   bilan   kengayib   kelishi   ham   mumkin”. 30
  Shundan   so‘ng,   keyingi
darslarda   yoyiq   va   yig‘iq   atov   gaplar   haqida   to‘xtalgan   hamda   mavzuga   doir
mashq va topshiriqlar berilgan. 
Yuqorida   keltirilgan   ma’lumotlardan   kelib   chiqib,   xulosa   o‘rnida   atov
gaplarning quyidai sxemasini yaratish mumkin:
2.2 So‘z- gap haqida mulohaza
O‘zbek   tilida   shunday   muloqot   madaniyati   mavjudki,   so‘zlovchi   va
tinglovchi   orasidagi   kommunikativ   jarayonda   bir-birining   nutqi   tugallanmasdan
tushunishga,   yoki   gapning   to‘liq   mazmunini   bir   so‘z   bilan   ifodalashga   undaydi.
Kishilar nutqini yengillashtirish, nutqiy ixchamlikni ta’minlash kabi xususiyatlarni
o‘zida   mujassam   etgan   mana   shunday   gap   turi   –   bu   so‘z   -gap.     So‘z-gap   bir
so‘zdan   iborat   bo‘lgan,   hech   qanday   tarkibiy   qismlarga   ajralmaydigan,   boshqa
so‘zlar   va   vositalar   bilan   kengayish   imkoniyatiga   ega   bo‘lmagan   gaplar   sanaladi.
30
  Qodirov   M .  va   boshqalar .  Ona   tili . /8- sinf   uchun   darslik . –  Toshkent :  Cho ‘ lpon   nomidagi   nashriyot -
matbaa   ijodiy   uyi , 2014. –  B .144. 73- bet .
35Atov (nominativ) gap	
Yig'iq atov gap	
Tanidim. Bashor opa. ("Ikki 	
eshik orasi",  176-bet)	
Yo yiq atov gap.	
Hamma yoq jim-jit. Yo‘l 
chetidagi qor bosgan tollar 
turmushning baland-pastini 	
ko‘raverib.... ("Ikki eshik orasi",  	
174-bet)      Masalan, - Mayli, qizim, - dedi kulimsirab. - Yoshing o‘n yettiga ketyapti. (“Ikki
eshik orasi”, 73-bet).
So‘z-gaplar, asosan, modal, his-hayajon ifodalaganligi uchun, ko‘p hollarda,
dialogik, ba’zan esa monologik matnlarda ko‘p uchraydi:
 - Labbay, oyijon!
 - O‘tir, mundoq, senam o‘tir. (“Ikki eshik orasi”, 76-bet).
So‘z-gaplar kontekstda turli xil ma’nolarni ifodalab keladi:
Tasdiq ifodalovchi so‘z-gap:  mayli, xo‘p, bo‘pti . Masalan, 
- - Boyvachcha bo‘lsang, ber bitta fonusingni!
-  - Xo‘p! - Oqsoqol lavlagini og‘ziga tiqdi.
Inkor ifodalovchi so‘z-gap: yo‘q, also. Masalan,
- Yo‘q, - dedi soqoli titrab. - Toshkanning vokzaliga borib keldik. (“Ikki eshik
orasi”, 203-bet).
So‘roq, taajjub ifodalovchi so‘z-gap: labbay, xo‘sh, xo‘pmi kabi. Masalan, 
Xo‘sh,   malim   bo‘lsa   nima   qipti!   Shoxi   bormi?   Qizingni   oldidan   o‘tdingmi?
(“Ikki eshik orasi”, 136-bet).
His-hayajon ifodalovchi so‘z-gap: - Rahmat , qizim! Yuzimni yorug‘ qilding, - dedi
ovozi titrab.  (“Ikki eshik orasi”126-bet).
Kundalik   hayotimizda   kishilar   orasida   oddiy   muomala   qilishlarida   tez-tez
ishlatadigan   juda   ko‘p   so‘zlarimiz   so‘z-gaplar   sanaladi.   Kishilarga   iltifot,   hurmat
nuqtayi nazaridan qiladigan muomala vositalarimiz, jumladan, assalomu alaykum,
yoqimli   ishtaha,   marhamat,   salomat   bo‘ling,   qulluq,   osh   bo‘lsin,   yaxshi   boring,
xush   ko‘rdik,  labbay,   jonim   bilan,   bajonidil,   hormang,   xush   kelibsiz   kabi   birliklar
ham   shular   jumlasidandir.   Ushbu   so‘z-gaplarning   deyarli   barchasi   iltifot
mazmunini ifodalab keladi. 
Bizningcha,   barcha   tillarda   so‘z-gaplardan   samarali   foydalaniladi.
O.Prussovaning   “ Слова - предложения   в   современном   немецком   языке ”   nomli
dissertatsiya   ishida   namis   tilidagi   so‘z-gaplarning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   va
turlariga   to‘xtalib   o‘tilgan.   Unda   zamonaviy   nemis   tilining   nazariy   va   sistem
36 grammatikasida   so‘z-gaplarning   ahamiyatiga   to‘xtalish   barobarida   ularning
quyidagi xususiyatlari alohida ko‘rsatiladi: 
1   .So‘z-gap   -   bu   nutqning   o‘ziga   xos,   shu   jumladan,   modal   so‘zlar   va   kesimlar
bilan   paradigmatik   darajada   ifodalangan   tarkibiy   qismidir.   Ular   nutqning   boshqa
qismlaridan quyidagi mezonlar bilan farq qiladi: a) o‘zgarmaslik; b) kommunikativ
ma’no;   C)   modal   munosabatlarning   ifodasi;   D)   nominativ   vazifaning   yo‘qligi;   e)
almashtirish  vazifasi;   e)   alohida  so‘zga emas,   balki  butun  jumlaga  munosabat;  g)
faqat   umumiy  gapga   savol   bilan   murojaat   qilish;   h)   so‘z-gaplardan   keyin   inkorni
shakllantirish.
 2.So‘z-gap so‘z o‘rnini bosuvchi vazifasini bajaradi.  31
  Demak,   oddiy   gaplar   orasida   bitta   so‘z   yoki   birikmalarning   ajralmas   qismi
bilan ifodalangan gaplar guruhi ajralib turadi. So‘z-gaplari (yoki bo‘linmas gaplar)
–   bu   bitta   so‘z   yoki   barqaror   birikmadan   iborat   bo‘lgan   va   so‘zlovchining
vaziyatga   hissiy   yoki   ixtiyoriy   munosabatini   bildiradigan   gaplar   (tasdiqlash   yoki
rad   etish,   rozilik   yoki   kelishmovchilik,   harakatga   undash),   lekin   ular
munosabatning   mohiyatini   yoki   tegishli   vaziyatning   tarkibiy   qismlarini
nomlamaydi.   So‘z-gaplar   maxsus   tarkibiy   tur   bo‘lib,   ularni   ikki   qismli   gaplarga
ham,   bir   qismli   gaplarga   ham   kiritish   mumkin   emas.   Ular   gapning   alohida
a’zolariga   ega   emas   va   nominativ   vazifani   bajarmaydi,   chunki   ular   hech   narsa
demaydi.   Bunday   gapdan   foydalanishning   asosiy   sohasi   dialogik   nutqdir.   Ular
faqat   so‘zlashuv   tiliga   xosdir.   Masalan:   Yaxshi,   rais   odamgarchilik   qipti!   (“Ikki
eshik orasi”, 149-bet).
So‘z-gaplarni,   bevosita,   nutqdagi   bajaradigan   vazifasiga   qarab   bir   necha
guruhga bo‘lish mumkin:
1. Tasdiq   so‘z-gaplar.   Masalan:   U   achinib   Muzaffar   tomonga   qaradi.   -
Tabib   ko‘rdimi?   -   Ha,   Komil   tabib   taxtakachlab   qo‘yibdi.   -   Joni
og‘rigandir.   -   Bolmasa-chi!   (“Ikki   eshik   orasi”,   44-bet).   Ushbu   gapda
31
Пруссова.   О.В     Слова-предложения   в   современном   немецком   языке.   A втореферата   кандидат
филологических   наук.   Диссертация   на   тему   «Слова-предложения   в   современном   немецком
языке»,   скачать   бесплатно   автореферат   по   специальности   ВАК   РФ   10.02.04   -   Германские   языки
(dissercat.com)   
37 bo‘lmasa-chi   so‘zi   ham   bo‘lishsizlik   shakliga   ega   bo‘lsa   ham   tasdiq
ma’nosini ifodalab kelgan.
- Shunaqami, ha, mayli, - dedi-da, qiyiqchani sal bo‘shatdi. («Ikki eshik
orasi»124-bet)
2. Inkor   so‘z-gaplar.   -   «Alvasti   ko‘prik»ka   boramizmi?-   dedim   hiqillab.   -
Yo‘q, sakkizinchi brigadaga!  («Ikki eshik orasi»42-bet). Ba’zi holatlarda
yo‘q   so‘zi   so‘z-gap   ma’nosida   kelmasligi   ham   mumkin.   Buni   matn
mazmunidan   anglab   olish   kerak:   Qaysi   kuni   Robiya   Ko‘tarmaga   borsa
yo‘q ekansiz  ( «Ikki eshik orasi» 171-bet). So‘z-gap matn tarkibida noaniq
bo‘lgan   javobni   ifodalashi   mumkin,   uning   ma’nosi   bayonot   va   inkor
o‘rtasidagi   oraliqdir:   Masalan:   Xumning   bo‘ynidan   changallab   ichiga
mo‘raladim.   Hech   narsa   ko‘rinmaydi-yu,   baribir   tagida   bir   nima
tipirchilayapti.  («Ikki eshik orasi», 26-bet).
3. So‘roq   so‘z-gaplar.   -   Xo‘sh,   nima   bo‘pti?   -   dedi   qo‘lini   paxsa   qilib.—
Ikki   yoshning   yulduzi   yulduziga   to‘g‘ri   kelgan   bo‘lsa,   sen   nimaga
obidiyda qilasan, ahmoq xotin? ( «Ikki eshik orasi» 163-bet).  Konetakstda
xo‘sh   so‘zi,   ba’zi   hollarda,   taqlid   so‘z   vazifasida   kelib,   so‘z-gapdan
boshqa   ma’nolarni   ham   anglatadi :   -   Qashlab   tursang-chi!   -   bobom
menga   gapirayotganini   tushundim.   Ildam   borib,   sigirning   yo‘g‘on
tomirlari   bo‘rtib   turgan   bo‘ynidan   silay   boshladim.   -   Xo‘sh,   jonivor,
xo‘sh..
4. Rag‘batlantiruvchi   so‘z-gaplar.   Bunday   gaplar   tinglovchiga   taskin
berishga,   tinchlantirishga   qaratilgan   bo‘ladi.   Masalan:   -   Yaxshi,   rais
odamgarchilik qipti!  ( «Ikki eshik orasi»149-bet).
5. His-hayajon   ifodalovchi   so‘z-gaplar:   Qoyil!   Abduvali   to‘g‘ri   aytgan
ekan! ( «Ikki eshik orasi»28-bet); 
2014-yilda   tilshunoslar   M.Qodirov,   H.Ne’matov,   M.Abduraimova,
R.Sayfullayevalar   tomonidan   ishlangan   8-sinflar   uchun   mo‘ljallangan   maktab
darsligida   so‘z-   gaplarga   shunday   ta’rif   berilgan:   “ Bir   so‘zdan   iborat   bo‘lib,
tarkibga ajralmaydigan, boshqa so‘zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga deyarli
38 ega   bo‘lmagan   gaplar   so‘z-gaplar   deyiladi.   Ular   tasdiq,   inkor,   so‘roq,   taajjub,
his-hayajon   kabilarni   ifoda   etib,   matn   bilan   bog‘liq   bo‘ladi.   So‘zgaplar,   asosan,
modal va his-hayajon munosabatlarni ifoda etgani uchun ham ko‘proq dialogik va
ba’zan   monologik   nutqqa   xosdir.   Masalan:   —   Endi   so‘zingizdan   aynamang,
xo‘pmi?   —   Mayli,   —   dedi   Fazliddin.   (O.)   —   Yo‘q,   —   dedi   Otabek,   lekin   uning
taajjubi   uy   egasiga   ochiq   ko‘rinib   turar   edi.   (A.Qod.)   Yo‘lchi   eshikchani   ochib
kirdi:   —   Assalomu   alaykum,   hormang,   ota!   (O.)   Kishilar   o‘rtasidagi   oddiy
muomalada   tez-tez   ishlatilib   turadigan   bir   so‘z   yoki   ibora   (birlik)lar   so‘z-gaplar
vazifasida   qo‘llanadigan   bo‘lib   qolgan:   assalomu   alaykum,   yoqimli   ishtaha,
marhamat,   salomat   bo‘ling,   qulluq,   osh   bo‘lsin,   yaxshi   boring,   xush   ko‘rdik,
labbay, jonim bilan, bajonidil kabi”. 32
Ma’lum   bo‘ladiki,   o‘zbek   tilshunosligida   so‘z-gaplar   va   uning   tadqiqiga
bag‘ishlangan ishlar kamchilikni tashkil qiladi. Yuqorida keltirilgan darslikda so‘z-
gaplarning ham ikki turi mavjud ekanligi aytilgan, ular:
1. Yig‘iq so‘z-gaplar – bir so‘z yoki so‘z birikmasidan tashkil topgan so‘z-
gaplar.   Bularga   xo‘p,   mayli,   yo‘q,   assalomu   alaykum,   bajonidil,   xush
kelibsiz kabilar kiradi.  Masalan,  - Assalom alaykum! Hormayla! - Qoch,
xira qilma. («Ikki  eshik  orasi»178-bet);   Dadam Robi  opamga bir  qarab
oldi-da,   yelkamga   qoqdi.   -   Xo‘p,   o‘g‘lim,   men   seni   achom-achom   qilib
yotaman ( «Ikki eshik orasi» 126-bet).
2. Yoyiq so‘z-gaplar- tarkibi boshqa so‘zlar bilan va takrorlanish natijasida
kengaygan   gaplar .   Masalan,   -   Yo‘q-yo‘q,   xudo   xayringni   bersin!   -   dedi
Lazakat xola shosha-pisha qo‘l siltab ( «Ikki eshik orasi» 192-bet).
Xullas,   o‘zbek   tilshunosligida   kishilarning   boshqalar   fikriga   munosabati
tasdiq   yoki   inkor,   his-hayajoni,   iltifoti,   taajjubi,   so‘rog‘i   kabi   ma’nolarni
ifodalashga xizmat qiladigan sodda gap turi – bu so‘z-gaplardir. Ular bir tarkibdan,
ba’zi   holatlarda   esa   biroz   kengaygan   birikmalar   bilan   ifodalanadi.   Biroq   so‘z-
32
  Qodirov   M .  va   boshqalar .  Ona   tili . /8- sinf   uchun   darslik . –  Toshkent :  Cho ‘ lpon   nomidagi   nashriyot -
matbaa   ijodiy   uyi , 2014. –  B .144. 75- bet .
39 gaplarning kengayish holati judayam chegaralangan. Chunki uning asosoi vazifasi
nutqiy muloqotni qisa va tushunarli qilishdan iborat. 
2.3.To‘liqsiz gap va uning turlariga qarashlar aks etgan ilmiy
tadqiqotlar haqida
So‘zlashuv   uslubining   eng   asosiy   xususiyatlaridan   biri   so‘zlovchi   va
tinglovchi   orasidagi   kommunikativ   munosabatni   qulaylashtirish,   imkon   qadar
yengil,   qisqa   va   tushunarli   qilishdan   iboratdir.   Kishi   nutqi   har   doim   ham
grammatik   shakllanishga,   tarkibiy   ketma-ketlikka   va   gap   bo‘laklarining   tizimli
tartibiga   rioya   qilavermaydi.   Tilimizda   shunday   so‘zlar,   gaplar   borki,   mana
shunday sanab o‘tilgan vazifalarni bajaradi. Ana shunday sintaktik birliklardan biri
to‘liqsiz gaplardir. 
To‘liqsiz   gaplar   barcha   turkiy   tillarda   qadimdan   mavjud   bo‘lgan.   Sababi,
gapning   ushbu   turi   so‘zlashuv   uslubiga   xos   bo‘lib,   kishilar   muloqoti   jarayonida
hosil   bo‘ladi.   N.Raxmonovning   “O‘zbek   tili   tarixi”   nomli   kitobida   to‘liqsiz
gaplarning turkiy tillar, xususan  o‘zbek tili  tarixida qanday shakllarda bo‘lganligi
haqida   o‘z   ilmiy-nazariy   ma’lumotlarini   berib   o‘tadi.   Unda   to‘liqsiz   gaplar   bir
tarkibli gaplar tarkibida beriladi. Ular esa bir bosh bo‘lak orqali ham ifodalanadi,
ammo bu bo‘lakni  ega ham, kesim  ham  deb bo‘lmaydi. Noto‘liq gaplardan farqli
ravishda bir tarkibli gaplarda “yetishmaydigan” bosh bo‘lak kontekstdan ham, gap
vaziyatidan   ham   anglashilmaydi.   Bu   gap   xususiyati,   asosan,   qadimgi   turkiy   tilda
vokativ   gaplar   :   Namo   Buddaya.   Namo   Darmaya.   Namo   sangaya   –   Buddaga
ta’zim, Darmaga ta’zim. Sangaga ta’zim.
Gapning bu turi – ifoda usuliga ko‘ra bir a’zoli gap, tinglovchi va so‘zlovchi
tomonidan   turlicha   qabul   qilinishi   mumkin:   so‘zlovchi   uchun   psixologik   kesim
hisoblangan harakatni tinglovchi ko‘proq ega sifatida qabul qilishi mumkin. 33
Ko‘plab   tilshunoslar   tomonidan   yozilgan   adabiyotlarda   to‘liqsiz   gaplar   bir
tarkibli   (sostavli   deb   keltiriladi)   gaplar   tarkibida   beriladi.   Jumladan,   tilshunos
A.G‘ulomovning   “Sodda   gap”   nomli   kitobida   to‘liqsiz   gap   haqida   quyidagicha
33
  Rahmonov   N .  Sodiqov   Q .  O ‘ zbek   tili   tarixi . darslik . –  Toshkent :  O ‘ zbekiston   faylasuflari   milliy   jamiyati
nashriyoti . –  Toshkent , 2009. –  B .225. 153- bet .
40 nazariy   fikr-mulohazalar   keltiriladi:   “Sodda   gap,   bo‘laklarning   to‘la   ifodalanishi
yoki tushurilishiga qarab, ikkiga bo‘linadi: to‘liq gap va to‘liqsiz gap. To‘liq gapda
hamma bo‘laklar mavjud bo‘ladi, biror bo‘lakning tushurilganligi sezilmaydi.
To‘liqsiz gapda biror bo‘lak tushurilgan bo‘ladi, lekin u bo‘lak kontekstdan,
nutq so‘zlanib turgan momentdagi obstanovkadan bilinib turadi.
Gaplarni   qisqartirish   hodisasi   ko‘pincha   jonli   so‘zlashuvda,   dialoglarda
uchraydi. Dialoglar so‘roq-javobdan iborat bo‘lganda, javob to‘liqsiz gapdan iborat
bo‘lib,   unda   shu   so‘roqqa   javob   bo‘luvchi   –   fikriy   jihatdan   birinchi   o‘rinda
turuvchi so‘zgina aytiladi.” 34
Demak,  fikrni  ifodalash  uchun   kerakli  bo‘lgan  gap  bo‘laklarining  hammasi
ishtirok etgan gaplar to‘liq gaplar deyiladi. Masalan, - Qizim, bor, xolangni kuzatib
kel! (“ Ikki eshik orasi”199-bet). Nutqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda ba’zi bir
bo‘laklar   tushirib   qoldirilgan   gap   esa   to‘liqsiz   gap   deyiladi.   Masalan,   -   Bahay,
Oqsoqol, tinchlikmi? - Tinchlik! (51-bet).
“O‘zbek tili grammatikasining praktikumi” kitobida ham to‘liqsiz gaplar bir
sostavli gaplar tarkibiga kiritiladi va ularga alohida band ajratiladi. Ushbu kitobda
to‘liqsiz   gaplarga   quyidagicha   ta’rif   beriladi:   “Gaplar   nutq   maqsadi   talabiga
muvofiq   to‘liq   va   to‘liqsiz   holda   aytiladi.   To‘liq   gaplarda   nutq   maqsadi   uchun
talab   qilingan   barcha   gap   bo‘lagi   mavjud   bo‘ladi:   To‘g‘ri   so‘z   qilichdan   o‘tkir.
(Maqol). Mashrab vujudi qalt-qalt titrab changal porasidan asta mo‘ralab qaradi.
(O.Yo.).   to‘liqsiz   gaplarda   nutq   maqsadi   uchun   talab   qilingan   zarur   gap
bo‘laklaridan   biri   yoki   bir   nechtasi   stil   talabiga   ko‘ra   ishtirok   etmaydi.   Ammo
ifodalanmagan bo‘lak nutq jarayoni va kontekstdan anglashilib turadi. Masalan:
- G‘alaba GES qurilishi ham front-da?
- Qachon jo‘naysizlar?
- Biz soldatlarmiz. Komanda kutyapmiz…
- Bizdan kimlar borishini bilmaysanmi?
34
 Ғуломов  A . Содда гап.- Тошкент, 1955.– Б.98. – 88-бет.
41 - Baxmalsanmi? Aniq bilmayman. Biroq ellikka yaqin kishi borishi kerak. Sen
ro‘yxatda yo‘qsan. (Sh.R.)
To‘liqsiz   gap   strukturasi   to‘liq   gapdagi   ayrim   bo‘laklarning   ellipsis
(“tushurish”) hodisasiga uchrashi natijasida shakllanadi…” 35
Ushbu   kitobda   ham   to‘liqsiz   gaplarning   xususiyatlariga   ko‘ra   kesim,
kesimga   tobe   so‘zlar   (hol,   to‘ldiruvchi),   ega   va   kesim   tushurilish   holatlarining
kuzatilishi aniq misollar asosida yoritib berilgan.
To‘liqsiz   gaplarda,   asosan,   gapning   biror   bo‘lagi   so‘zlovchi   tomonidan
tushurib   qoldiriladi.   Bunday   holat   savol-javob   tariqasida   kechgan   dialogik
matnlarda   ko‘p   uchraydi.   To‘liqsiz   gaplar   nutq   vaziyatidan   kelib   chiqib   quyidagi
shakllarga ega bo‘lishi mumkin:
- Ega   yashiringan   shakl .   Masalan:   Menga   Kalinin   Oqsoqol   o‘z   qo‘li   bilan
ordin   bergan,   kerak   bo‘lsa   eng   katta   Oqsoqolning   oldigacha   boraman,
demadingmi?!   -   Dedim!   Ushbu   gapda   kesimning   anglatgan   ma’nosi   va
bajargan   vazifasi   tufayli   ega   ishtirok   etmasa-da,   gapning   mazmuni
anglashiladi. Asosan,  bu holat  so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi  muloqot
jarayoniga xos bo‘lib, faqat ular uchun tushunarli bo‘lishi ham mumkin.
- Kesim   yashiringan   shakl.   Masalan;   -   Nima   bu?   -   dedi   boshimga   egilib.   -
Qiyiqcha!(   95-bet ).   Ma’lumki,  kesim   gapning   mazmuniy  markazi   sanaladi,
usiz   gapni   shakllantirib   bo‘lmaydi,   biroq   to‘liqsiz   gaplarda   ushbu   qoida
biroz   chekinadi,   negaki,   kesimsiz   ham   gapning   mazmuni   tinglovchi   va
so‘zlovchiga   tushunilishi   mumkin.   Keltirilgan   gapda   “nima   bu?”   degan
savolga   birgina   “Qiyiqcha”   deya   javob   berilmoqda   va   gapning   mazmuni
eganing bajargan vazifasi orqali anglashilmoqda.
- Ega ham kesim ham yashiringan shakl . Masalan:  - Bunimi? - Kimsan akam
undan   ham   xomroq   boshini   ko‘rsatdi.   -   Shunisinimi?   -   Yo‘q.   ( “Ikki   eshik
orasi”  98-bet). 
35
  A сқарова М,  A бдураҳмонов Х. Ўзбек тили грамматикасининг практикуми. – Тошкент: 
Ўқитувчи, 1981. – Б.245. 177-бет.
42 - Ikkinchi   darajali   bo‘laklar   yashiringan   shakl.   Xullas,   to‘liqsiz   gaplarning
muhim   xusisiyatlaridan   biri   ham   shundaki,   unda   ega   ham,   kesim   ham,
aniqlovchi,   to‘ldiruvchi,   hol   ham   tushurilib   qolishi   mumkin.   Ular   biri
tushganda boshqasi gapning mazmunini ifodalashga xizmat qilaveradi.
Ma’lum   bo‘ladiki,   to‘liqsiz   gapning   nutqning   so‘zlashuv   uslubida   ko‘p
uchrashiga   sabab   kommunikativ   vaziyatdagi   holatning,   vaziyatning,   imo-
ishoraning,   tana   harakatlarining   aytmoqchi   bo‘lgan   fikrni   qisqa   va   tushunarli
anglatishga   imkoniyat   yaratganligidadir.   Ular   nutqda   ifodalanmay   qolgan
bo‘laklarning   evaziga   keladigan   jarayon   sanaladi.   Gapda   qaysi   bo‘lak   tushirib
qoldirilishiga   qaramasdan,   o‘sha   joydagi   holat,   vaziyat   nutq   momentidan
so‘zlovchi   va   tinglovchiga   sezilib   turiladi.   Ya’ni   ular   bir-birlarini   tushunishadi.
Chetdan   kuzatilganda   anglashinilmaydigan   gaplar   ularga   ayon   bo‘ladi.   Bundan
tashqari, tushirib qoldirilgan bo‘lakning ma’nosi matn mazmunidan sezilib turadi.
Tilshunos   A.G‘ulomov   bunday   gaplarni   kontekstual   to‘liqsiz   gap   deb,   nutqiy
vaziyatdan sezilib turgan gapni esa situativ to‘liqsiz gap deb ajratadi.
To‘liqsiz   gaplar   ifodalanish   materialiga   ko‘ra   bir   nechta   turga   bo‘linishi
mumkin:
- Dialogik   nutq   tarkibidagi   to‘liqsiz   gaplar.   Masalan:   -   Ketadigan
bo‘ldingizmi?   -   dedim   ovozim   titrab.   -   Yo‘q,   avval   sen   ayt.   Kutasanmi?
Rostingni   ayt.   ( “Ikki   eshik   orasi”   102-bet).     Dialogik   nutqda   to‘liqsiz
gaplarning   ishtirok   etishi   boshqalarga   nisbatan   ko‘p   uchraydi.   Chunki,
to‘liqsiz gaplar, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, uslub jihatdan so‘zlashuv
(ommabop) uslubga xosdir.
- Ibora  tarzidagi   to‘liqsiz   gap.  Masalan,  -  To‘ylar   muborak!  -   dedi   Zakunchi
chehrasi   yorishib.   ( “Ikki   eshik   orasi”   172-bet).   Kundalik   turmushimizda
kishilar   nutqiga   xos   bo‘lgan   ko‘plab   iboralar   to‘liqsiz   gap   shaklida   keladi.
Ulardan   nutqning   qisqa   va   aniq,   tinglovchiga   tushunarli   bo‘lishida   xizmati
katta.   To‘liqsiz   gap   ko‘rinishidagi   iboralar   so‘zlovchi   fikrini   ta’sirchan   va
maqsadli bo‘lishiga ham ko‘maklashadi.
43 - Qo‘shma   gap   tarkibidagi   to‘liqsiz   gap.   Masalan,   Yaxshidan   ot   qoladi,
yomondan   dod   (qoladi).   Aksariyat   hollarda   maqol   va   hikmatli   so‘z,   ibora
shaklidagi   frazeologik   birliklar   ham   to‘liqsiz   holatda   qo‘llanadi.   Ular   ham
nutqiy   ixchamlik,   takrorlarga   yo‘l   qo‘ymaslik   va   qofiyadoshlik,
ohangdoshlikni   ham   saqlash   uchun   ham   xizmat   qiladi.   Muhimi
so‘zlanayotgan   fikrning   tinglovchiga   tushunarli   yetkizib   berish,   nutqiy
samaraga erishishdir.
Xulosa  qilib  aytganda,   har  bir   til   birligining  o‘z   tarixi,  shakllanish  bosqichlari
mavjud, shu asosda to‘liqsiz gaplar ham o‘z tarixiga ega va bugungi kunga qadar
bir nechta shakllarda namoyon bo‘lgan. Aynan shu asoslar tilshunoslar tomonidan
davr nuqtayi nazaridan grammatik xususiyatlarining barcha tomonlari o‘rganilgan,
tadqiq   etilgan   va   ilm   ahliga   havola   etilgan.   To‘liqsiz   gaplarning   asosiy   maqsadi
nutqni   aniq,   tushunarli   qilish   sanaladi.   To‘liqsiz   gaplarning   o‘ziga   xos
xususiyatlari, turlari, hosil bo‘lish shakllari haqida yuqorida fikrlar tilshunoslarning
nazariyalari asosida keltirildi.
44 BOB BO‘YICHA XULOSALAR
Tilshunoslikning   sintaksis   sohasidagi   tadqiqotlar   boshqa   sohalarga   qaraganda
ko‘lami   kengligi   bilan   ajralib   turadi.   Tadqiqot   ishimizning   ikkinchi   bobida
sintaktik   tarkibi   qisqargan   gaplar   misolida   atov   gaplar,   so‘z-gaplar,   to‘liqsiz
gaplarga   doir   ilmiy-nazariy   qarashlar,   tadqiqotlar,   qoidalar,   misollarga   doir
ma’lumotlar berildi.
Atov gaplarda nutq so‘zlanib turgan paytda sodir bo‘lgan voqea-hodisalar, mavjud
bo‘lgan predmetlar tasvirlanadi. Bunday gaplar quyidagi ma’noviy xususiyatga ega
bo‘lishi   mumkin:   Aniq   predmetlarning   mavjudligini ,   mavhum   tushunchalarning
mavjudligini,   turli   tabiat   hodisalarining   mavjudligini,   o‘rin-joyning   mavjudligini,
aniq paytini, hayot voqealarini, ko‘rsatishni ifoda qiladi. 
O‘zbek   tilshunosligida   kishilarning   boshqalar   fikriga   munosabati   (tasdiq   yoki
inkor),   his-hayajoni,   iltifoti,   taajjubi,   so‘rog‘i   kabi   ma’nolarni   ifodalashga   xizmat
qiladigan   sodda   gap   turi   –   bu   so‘z-gaplardir.   Ular   bir   tarkibdan,   ba’zi   holatlarda
esa biroz kengaygan birikmalar bilan ifodalanadi. Biroq so‘z-gaplarning kengayish
holati judayam chegaralangan. Chunki uning asosiy vazifasi nutqiy muloqotni qisa
va tushunarli qilishdan iborat.
To‘liqsiz   gaplar   nutq   vaziyatiga   ko‘ra   ayrim   gap   bo‘laklarining   tushib   qolishi
natijasida   hosil   bo‘ladi.   Biroq,   biror   bo‘lak   tushib   qolishiga   qaramasdan,   nutqiy
vaziyatdan gapning mazmuni, mohiyati sezilib turadi. 
Sintaktik   tarkibi   qisqargan   gaplarning   barchasi   bir   tarkibli   gaplar   doirasida
o‘rganiladi.   Bu   bo‘yicha   tilshunoslikda   juda   ko‘p   tadqiqot   ishlari   olib   borilgan
bo‘lib, deyarli barchasida bir-biriga yaqin nazariyalar ilgari surilgan.
45 III. SINTAKTIK TARKIBI QISQARGAN GAPLARNI
О‘QITISHDА ZАMОNАVIY MЕTОDLАRDАN FОYDАLАNISH
3.1.Zamonaviy dars va unga qo‘yiladigan talablar
Keyingi   yillarda   ta’lim   tizimidagi   islohotlar,   asosan,   O‘zbekiston
Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   2017-2021
yillarga   mo‘ljallangan   Harakatlar   strategiyasida   belgilangan   «…ta’lim   tizimini
takomillashtirish,   sifatli   ta’lim   xizmatlari   imkoniyatlarini   oshirish» 36
ga   doir
g‘oyalar   asosida   olib   borilmoqda.   Har   bir   sohada   ilg‘or   innovatsiyalarni   yaratish
bugungi kun ilm ahlining asosiy maqsadidir.
Har   qanday   milliy   til   kabi   o‘zbek   tili   ham   o‘zbek   millatini   birlashtiruvchi,
uning   milliy   ruhini   ifodalovchi   vositadir.   Chunki   Respublikamizning   birinchi
Prezidenti   ta’kidlaganidek:   “Jamiki   ezgu   fazilatlar   inson   qalbiga,   avvalo,   ona
allasi,   ona   tilining   betakror   jozibasi   bilan   singadi.   Ona   tili   bu   millatning   ruhidir.
Ona tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar” . 37
 
Prezidentimiz   tashabbusi   bilan   mamlakatimizda   yetakchi   soha   va
tarmoqlarni   innovatsion   rivojlantirish,   innovatsion   g‘oyalar   va   texnologiyalarni
ishlab   chiqarishga   keng   joriy   etish   yuzasidan   izchil   ishlar   amalga   oshirilmoqda.
Davlatimiz   rahbarining   2017-yil   29-noyabrdagi   “O‘zbekiston   Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil  etish to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi
36
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ш.   Мирзиёев нинг   2017   йил   7   февралдаги   ПФ-4947-сон
«Ўзбекистон   Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги
Фармони
37
 Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –Toshkent, 2008, 86-b. 
46 ishlarni   yangi   bosqichga   ko‘tarishga   xizmat   qiladi.   prezidentimiz   Shavkat
Mirziyoyev   “Xalqimiz   dunyoqarashida   innovatsiya   muhitini   yaratish   eng   muhim
vazifamizdir.   Innovatsiya   bo lmas   ekan,   hech   bir   sohada   raqobat,   rivojlanishʻ
bo lmaydi.   Bu   sohadagi   o zgarishlarni   xalqimizga   keng   targ ib   qilmasak,	
ʻ ʻ ʻ
odamlarda   ko nikma   paydo   qilmasak,   bugungi   davr   shiddati,   fan-texnikaning	
ʻ
mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo lolmaymiz”, degan edi.	
ʻ
O‘qituvchi   innovatsion   texnologiyalarga   asoslanib   darsni   tashkil   etar   ekan,
turli   texnik   vositalardan   ham   (kompyuter,   proyektor,   elektron   doska   vahokazo)
foydalanishi   mumkin.   O‘qituvchining   faoliyatida   innovatsiyalar   qanchalik   ko‘p
bo‘lsa,   mazmun   shunchalik   oshadi.   Ta’limda   innovatsion   texnologiyalar   va
interfaol   metodlar   haqidagi   tasavvurlar   barqaror   va   mukammal   shaklga   ega
emasligini   ham   e’tirof   etish   kerak.   Har   bir   o‘qituvchi   ta’limga   individual   tarzda
yangilik   kiritishi   mumkin.   Innovatsion   texnologiyalar   o‘qituvchi   o‘z   faoliyatidan
qoniqmaslikdan kelib chiqadi. 
Zamonaviy dars - bu aynan o‘quvchilarning bilish darajasi rivojlanib, ularni
atrofdagi   haqiqatni   faol   ravishda   idrok   etishga,   sabab-ta’sir   munosabatlarini
tushunishga   va   topishga,   mantiq,   fikrlash   va   muloqot   qobiliyatlarini
rivojlantirishga   undaydi.   Zamonaviy   darsning   maqsadi   aniq   va   o‘lchovli   bo‘lishi
kerak.   Maqsadni   dars   natijasi   bilan   aniqlash   mumkin.   Darsning   yangi   ta’lim
maqsadlariga   o‘quvchilar   o‘zlari   tomonidan   tuziladigan   va   shaxsan   o‘zi   uchun
muhimligini anglaydigan maqsadlar kiradi.
Zamonaviy dars mashg‘ulotlar, suhbatlar, video-munozaralar, ishbilarmonlik
va rol o‘ynash o‘yinlari, ochiq savollar, aqliy hujum va boshqalar kabi mashg‘ulot
usullari va o‘qitish usullaridan foydalanish bilan ajralib turadi.
Darsga qo‘yiladigan zamonaviy tarbiyaviy talablar:   O‘quvchilarda mustaqil
fikr   yuritishni,   eng   yaxshi   axloqiy   sifatlarni,   olgan   bilimini   hayot   bilan   bog‘lay
olishni,   Vatanni   uning   tarixi,   madaniyati,   urf   –   odatlarini,   eng   asosiysi,   insonni
hurmat   qilishni,   ilmiy   dunyoqarashni,   iqtisodiy,   huquqiy,   ekologik   madaniyatni
tarkib toptirishni tarbiyalash kerak. 
47 Darsga   qo‘yiladigan   psixologik   talablar:   O‘quvchilarning   individual-
psixologik   xususiyatlarini   bilgan   holda   ularda   xotira,   ongli   idrok   etishni,
mustahkam   irodani,   tasavvur   qila   olishni,   o‘quvchilarda   davlat   ta’lim   standartlari
qo‘ygan talablarni ular yoshiga mosligini hisobga olishni ta’minlashdan iboratdir. 
Darsga   qo‘yiladigan   gigienik   talablar:   Sinfdagi   havo   harorati,   yorug‘lik
miqdori,   uning   tozaligi,   estetik   did   bilan   jihozlanishi   o‘quvchilarga   beriladigan
topshiriqlarning ular yoshiga mosligini hisobga olish kabilarga rioya qilish shart. 
Zamonaviy darsga  qo‘yilgan didaktik talablar:   Darsning ta’limiy-tarbiyaviy
maqsadini   aniqlash,   dars   mavzusini   qiziqarli,   ilmiy   faktlar   bilan   belgilash,   dars
mavzusining   mohiyatini   o‘quvchilarning   o‘zi   mustaqil   fikrlab   o‘zlashtirishga
erishish,   darsda   barcha   o‘quvchilarning   faol   ishtirokini   ta’minlash,   o‘quv
materiallarini   o‘quvchilar   tomonidan   sodda   tarzda   qabul   qilishga,   hayot   bilan
chambarchas   bog‘lashga   erishish,   mavzu   mazmuniga   mos   ta’lim   metodlarini
tanlash   va   ulardan   ko‘proq   o‘quvchilarning   foydalanishiga   erishish,   mavzu
mazmuniga   mos   ta’lim   metodlarini   tanlash.   Bu   metodlar   asosan   qisman   izlanish
hamda   izlanish   darajasiga   bo‘lishi   zarur.   O‘quvchilarning   bilim   manbalari   bilan
mustaqil ishlashga o‘rgatib borish, O‘quvchilarning dars mazmuniga mos ravishda
milliy   istiqlol   mafkurasi,   o‘z   tarixi,   tili,   urf   -   odatlari   hamda   boy   madaniyatimiz
bilan   faxrlanishga   o‘rgatish,   dars   mavzusini   boshqa   o‘quv   fanlari   bilan   asoslanib
o‘rganish,   dars   mavzusini   o‘lkashunoslik   tamoyiliga   bog‘liqligini   ta’minlash,
o‘quvchilarda   dars   mavzusiga   mos   ravishda   iqtisodiy,   huquqiy,   ekologik
madaniyatni   tarkib   toptirish,   darsda   davlat   ta’lim   standartlariga   o‘quvchilarning
bilim,   ko‘nikma   va   malakalariga   qo‘yilgan   talablarni   to‘liq   bajarishga   erishish,
o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilim sifatini xolisona baholanishiga erishish.
Dars   ta’lim   jarayonining   yaxlitligi   nuqtayi   nazaridan   ta’limning   asosiy
tashkiliy usuli hisoblanadi. Unda sinf-dars tizimining   xususiyatlari aks etadi , unda
o‘quvchilarni   ommaviy   qamrab   olish,   tashkiliy   tartib   va   o‘quv   ishlarining
muntazamligi ta’minlanadi. Dars iqtisodiy jihatdan foydalidir. O‘quvchilar hamda
sinf   jamoasining   individual   xususiyatlarini   bilishi   o‘qituvchi   uchun   har   bir
o‘quvchi   faoliyatiga   rag‘batlantiruvchi   ta’sir   ko‘rsatishga   imkon   beradi.   Dars
48 doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyati
uning rad etib bo‘lmaydigan ustunligi hisoblanadi.
Dars   bevosita   o‘qituvchi   rahbarligida   aniq   belgilangan   vaqt   davomida
muayyan   o‘quvchilar   guruhi   bilan   olib   boriladigan   ta’lim   jarayonining   asosiy
shakli   sanaladi.   Darsda   har   bir   o‘quvchi   xususiyatlarini   hisobga   olish,   barcha
o‘quvchilarning   mashg‘ulot   jarayonida   o‘rganilayotgan   fan   asoslarini   egallab
olishlari,   ularning   idrok   etish   qobiliyatlari   va   ma’naviy-axloqiy   sifatlarini
tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratiladi.
Darsning   tuzilishi   oddiy   va   ancha   murakkab   bo‘lishi   mumkin.   Bu   o‘quv
materialining  mazmuni,  darsning   didaktik  maqsadi,  o‘quvchilar   va  jamoa  sifatida
sinfning xususiyatlariga bog‘liq.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar yoshlarini hisobga olib o‘quv ishlari turli
xillaridan   foydalanishga,   yangi   bilimlarni   berishni   avval   ilgari   o‘rganilganni
mustahkamlash, takrorlash bilan birga olib borishga to‘g‘ri keladi. Hatto tekshirish
darslari ham bu yerda ko‘pincha ishlar boshqa turlarini o‘z ichiga oladi: materialni
og‘zaki yetkazish, qiziqarli hikoyani o‘qish. Darsning aynan mana shu turi aralash
(kombinatsiyalashgan), yoki murakkab tuzilishli deb ataladi. Kombinatsiyalashgan
darsning   taxminiy   tuzilishi:   uy   vazifalarini   tekshirish   va   o‘quvchilar   bilan   savol-
49o‘zlashtir
ish darsi	
aralash 
dars 	
mustahka
mlash va 
takrorlash 	
darsi	
Zamonaviy 
dars turlari	:	
umumlasht	
irish va 	
tizimlashtir
ish darsi	
ko‘nikma 	
ishlab 
chiqish 
darsi	
tekshirish 	
darsi javob,   yangi   materialni   o‘rganish,   o‘zlashtirishini   dastlabki   tekshirish,   mashq
misollari davomida yangi bilimlarini mustahkamlash, ilgari o‘rganilganlarni suhbat
ko‘rinishida   takrorlash , o‘quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash, uyga vazifa
berish. 38
№ Zamonaviy darsga qo‘yladigan talablar
1 Fanning   ilg ‘ or   yutuqlari ,   pedagogik   texnologiyalardan   foydalanish ,   darsni
o ‘ quv - tarbiyaviy   jarayon   qonuniyatlari   asosida   tashkil   etish .
2 Darsda   barcha   didaktik   tamoyil   va   qoidalarning   optimal   nisbatlarini
ta’minlash.
3 O‘quvchilarning   qiziqishlari,   layoqati   va   talablarini   hisobga   olish   asosida
ular   tomonidan   bilimlarning   puxta   o‘zlashtirilishi   uchun   zarur   sharoitlarni
yaratish.
4 O‘quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog‘liqliklarni o‘rnatish.
5 Ilgari   o‘rganilgan   bilim   va   malakalari,   shuningdek,   o‘quvchilarning
rivojlanish darajasiga tayanish.
6 Shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
7 O‘quv-tarbiyaviy   faoliyat   barcha   bosqichlarining   mantiqiyligi   va
emotsionalligi.
8 P edagogik vositalardan samarali foydalanish .
9 Zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini
shakllantirish.
10 Mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish.
11 Har   bir   darsni   puxta   loyihalashtirish,   rejalashtirish,   tashxis   va   taxmin
qilish. 39
38
  https://journals.uz/ wp-content/uploads/2 020/07/conf_iyul_18/ 10.Pedagogika_yonali 
shi_2_qism.pdf
39
  Dars - ta'limni tashkil etish asosiy shakli
https://hozir.org/pedagogik-psixologik-fanlarini-oqitish-metodikasi-moduli-boyic.html?page=9
50 Xullas, mustaqillikning dastlabki  yillaridayoq “Ta’lim to‘g‘risida”gi  Qonun
va   Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturining   qabul   qilinishi   ta’lim   sohasida   muhim
qadam   bo‘ldi.   Har   bir   ijtimoiy   tuzum   kelajagi,   insoniyat   istiqboli,   kishilarning
hayot  va  turmush  darajasi  fan  va madaniyat  taraqqiyoti  bilan  bevosita  bog‘liqdir.
Fan va madaniyatning rivojlanishi esa ta’lim-tarbiya ishlarining qay yo‘sinda olib
borilishidan   kelib   chiqadi.   Shu   bois   mamlakatimizning   istiqlol   yo‘lidagi   birinchi
qadamlaridanoq   buyuk   ma’naviyatimizni   tiklash   va   yanada   yuksaltirish,   milliy
ta’lim-tarbiya   tizimini   takomillashtirish,   uning   milliy   zaminini   mustahkamlash,
demografik   va   boshqa   milliy   xususiyatlarni   hisobga   olgan   holda   kuchli   ijtimoiy
siyosat   olib   borish   yoshlarning   zamon   talablari   bilan   uyg‘unlashtirish   asosida
jahon andozalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.  
3.2.Atov va so‘z-gaplarni o‘qitishga doir metodik tavsiyalar.
Nimani   qachon   va   qanday   o‘qitish   masalasi   har   davrda   dolzarb   sanalgan.
O‘quvchining ongi, barkamolligi, dunyoviy bilimlar bo‘yicha chiqargan xulosalari,
olgan bilimlarini hayotga tatbiq etishi, kishilar bilan muloqot o‘rnatish, hayotda o‘z
o‘rnini toppish, chigal vaziyatlardan oqillik va to‘grilik bilan chiqib keta olish kabi
insoniy   fazilatlarni   bolalar   hayot   tarziga   singdirish   hamisha   o‘qituvchilar
zimmasiga   yuklangan.   Ayniqsa,   ona   tili   va   adabiyot   o‘qituvchilari   bu   borada
boshqalarga   qaraganda   ko‘proq   daxldor   bo‘lgan.   Chunki,   adabiyot   -bu   hayot,   til
esa hayotning mazmunidir. 
Dunyo   metodistlaridan   hisoblangan   L.V.Shcherba,   R.O.Vinokur,
N.I.Sokolov kabilarning asarlarida ham ona tili ta’limining eng muhim masalalari,
nutq   madaniyati,   savodxonligini   o‘stirishga   doir   usullar   ishlab   chiqilgan.   1992-
yilsa   o‘zbek   tilshunosi   S.Nazarovaning   fikricha:   “Maktablardagi   o‘quv-tarbiya
ishlarini   hayotga   yaqinlashtirish,   bu   sohadagi   tajribani   ilmiy   jihatdan
umumlashtirish, umuman o‘quv-tarbiya ishining, xususan, ona tili o‘qitishning eng
yaxhsi, samarali usullarini qidirib topish va ishlab chiqishga alohida e’tibor berildi.
Bu   davrda   o‘quv-tarbiya   ishining   mashhur   ustalari,   ilg‘or   xalq   o‘qituvchilari,
51 metodist   olimlar,   pedagoglar   yetishib   chiqdi   va   asosiy   e’tiborni   o‘qituvchi   va
o‘quvchilar   nutqiga   qaratdi.   O‘qituvchining   jonli,   ifodali,   qiziqarli,   shirali   va
ma’noli   nutqi   o‘quvchilar   nutqining   shakllanishiga   ijobiy   ta’sir   qiladi.   Binobarin,
o‘qituvchi nutqi o‘quvchilar uchun o‘rnak bo‘lishi lozim.” 40
Albatta, o‘qituvchi  zimmasiga  yuklanadigan mas’uliyatli  vazifalardan biri -
bu nutq madaniyati sanaladi. U xoh adabiy, xoh so‘zlashuv shaklida so‘zlamasin,
hamisha   atrofdagilarga   o‘rnak   bo‘lishi,   nutqi   bilan   ta’sir   etishi,   ishontirishi,
ergashtira   olishi   kerak.   Xuddi   shu   o‘rinda   so‘zlashuv   nutqi   jarayonida   muloqot
shaklini   hosil   qilishda   sintaktik   tarkibi   qisqargan   gaplar,   xususan,   atov   gaplarga
ham murojaat qilinadi.
Atov   gaplarni   maktab   darsliklarida   berilishiga   e’tibor   qaratsak,   2019-yilda
M.Qodirov va boshqalar tomonidan nashr etilgan 8-sinf uchun mo‘ljallangan “Ona
tili” darsligida atov gaplar 49-dars sifatida berilgan. 
40
 Nazarova S.O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. – B.100. 4-bet.
52 Darslikda   berilgan   qoida,   topshiriq   va   mashqlar   asosida   “Atov   gaplar”
mavzusini quyidagi metodlar asosida o‘qitish mumkin bo‘ladi. 
“Kichik guruhlar bilan ishlash”
Ushbu usul orqali sinf o‘quvchilari ikki yoki uch guruhga ajratiladi. So‘ngra
har bir guruhga tegishli topshiriqlar beriladi. Masalan, birinchi guruh atov gapning
qoidasini   aytsa,   ikkinchi   guruh   unga   mos   misol   topadi.   Atov   gaplarning   qoidasi
tushuntirilgach, o‘qituvchi tomonidan tayyorlab kelingan matnlar (hamma o‘qigan
hikoya   yoki   asar   matni   bo‘lsa,   yaxshi   samara   beradi)   har   bir   guruhga   beriladi.
Ikkala  guruh ham  jamoaviy tarzda matn tarkibidagi  atov gaplarni  topadi  va tahlil
qiladi.
Guruh   bilan   ishlashning   yana   bir   ko‘rinishi   mavjud,   bunda   o‘qituvchi
tomonidan   mavzular   beriladi,   o‘quvchilar   esa   nominativ   gaplardan   foydalangan
holda o‘zlari mustaqil matn yaratadilar. Masalan:
531- guruh
“ATOV GAP” guruhi
G‘afur G‘ulomning 
“Shum bola” qissasidan 
olingan matn beriladi. 2-guruh
“Nominativ gap” guruhi
Xudoyberdi To‘xtaboyevning
“Sariq devni minib” asaridan
olingan parcha beriladi. 41
Buning   natijasida,   bolalarda   atov   gaplar   mavzusini   o‘zlashtirish,   mustaqil
fikrlash,   matn   tuza   olish   qobiliyatlari   shakllanadi,   dunyoqarashlari   kengayadi,
bilimlari mustahkamlanadi, eng, asosiysi, hech bir o‘quvchi mashg‘ulotdan chetda
qolib ketmaydi.
41
 www.kartinki.uz
54“Bolaligim – 
podsholigim” 
mavzusida atov 
gaplardan foydalanib 
matn tuzadi “Bolaligim – 
podsholigim” 
mavzusida atov 
gaplardan foydalanib 
matn tuzadi   Oliy   ta’lim   muassasalarining   talabalariga   ushbu   mavzuni   o‘qitishda   esa
biroz   kengroq   va   mushohadabop   usullardan   foydalanishga   to‘g‘ri   keladi.   Negaki,
ularning   aksariyati   atov   gaplar   haqida   nazariy   va   fundamental   bilimga   ega
bo‘ladilar.   Pedagogika   sohasining   filologiya   yo‘nalishlari   talabalarini   bo‘lajak
maktab   o‘qituvchilari   qilib   tarbiyalash   uchun   o‘qitishning   samarali   usullarini
o‘rgatish lozim. 
OTM talabalariga atov gaplarni o‘qitishda “Konseptual jadval”, “Muammoli
ta’lim” texnologiyalaridan foydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
“Muammoli ta’lim”
O‘quvchilarda   muammoning   mohiyatini   aniqlash   bo‘yicha   malakalarni
shakllantirish,   muammoni ng   kelib   chiqish   sabablarini   va   muammoni   yechishdagi
xatti-harakatlarni   to‘g‘ri   aniqlashga   o‘rgatish   ushbu   texnologiyaning   asosiy
maqsadi   sanaladi.   Muammoli   ta’lim   texnologiyasining   asosi   –   insonni   fikrlashi
muammoli   vaziyatni   hal   etishdan   boshlanishi   hamda   uning   muammolarini
aniqlash,   tadqiq   etish   va   yechish   qobiliyatiga   ega   ekanligidan   kelib   chiqadi.
Muammoli   ta’lim   o‘quvchilarning   ijodiy   tafakkuri   va   ijodiy   qobiliyatlarini
oshirishda jiddiy ahamiyatga ega. Muammoli vaziyat yaratish usullari:
-   O‘qituvchi   o‘quvchilarga   dars   mavzusi   bilan   bog‘liq   ziddiyatli   holatni
tushuntirish va uni yechish yo‘lini topishni taklif qilish;
- Bir masalaga doir turli nuqtayi nazarlarni bayon qilish;
  Hal   etish   uchun   yetarli   bo‘lmagan   yoki   ortiqcha   ma’lumotlar   bo‘lgan   yoki
savolning qo‘yilishi noto‘g‘ri bo‘lgan masalalarni taklif etish;
Muammoli   vaziyatni   hal   etishning   ham   o‘ziga   xos   darajalari   mavjud,   ular
quyidagilar:
55 56O‘qituvchi muammoni qo‘yadi va o‘zi 
yechadi
O‘qituvchi muammoni qo‘yadi va uning yechimini 
o‘quvchilar bilan birgalikda topadi
O‘quvchilarning o‘zlari muammoni 
qo‘yadilar va uning yechimini topadilar.Muammoli 
vaziyatni 
yechishda 
qo‘llaniladi
gan usullar: Muammoni turli nuqtayi nazardan o‘rganish, 
tahlil qilish;
Solishtirish, umumlashtirish;
Vaziyatga bog'liq xulosalar chiqarish;
Dalillarni aniqlash va qo‘llash;
O‘quvchilarning o‘zlari aniq savollar qo‘yishi;	
Muammoli ta’lim 	
bosqichlari: 	Muammoli vaziyat hosil 	
qilish	
Muammoni yechish 	
taxminlarini 
shakllantirish.	
Yechimning to‘g’riligini 	
tekshirish (olingan 
yechim bilan bog'liq 
axborotni tizimlashtirish 	
orqali). Ushbu  texnologiya  asosida   talabalar   mavzu  bo‘yicha   to‘plangan   bilimlarini
tizimlashtiradi.   So‘ngra   mavzu   yuzasidan   ikkilangan,   mushohadali,   muammoli
o‘rinlarni aniqlaydiva uni marker bilan alohida o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan
qog‘ozga yozadi. U taxminan quyidagicha bo‘ladi:
Muammoning turi Muammoning   kelib
chiqish sabablari Muammoni   yechish   yo‘li
va   sizning   shaxsiy
fikringiz
Mana shu jadval o‘quvchilar tomonidan to‘ldiriladi. 
Muammoning turi Muammoning   kelib
chiqish sabablari Muammoni   yechish   yo‘li
va   sizning   shaxsiy
fikringiz
57M
uam
m
oni hal etish bosqichlari:	
Isbotlash – bu muammoning ilgari to‘g’ri 
deb tan olingan sabablar bilan bog’liqlarini 	
topish asosida amalga oshiriladi.	
Tekshirish – buni tanlangan sababning 
oqibatida hal etilayotgan muammo hosil 
bo‘lishi to‘g’riligini asoslash bilan amalga 	
oshiriladi.	
Tushuntirish – bu muammoning yechimi 	
nima uchun to‘g’riligini tasdiqlovchi 	
sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi     A.Fitratning   kitobida
“Eksik   gap”   atamasini
qo‘llagan   va   bu   termin
ushbu kitobda “atov gap”
deb   tarjima   qilingan,
lekin   keltirgan   misollari
atov   gap   emas,   aksincha
to‘liqsiz   gapga   mos
keladi.   Xo‘sh,   bu   yerda
asosiy muammo nimada?
Eksik   gap   atovmi   yoki
to‘liqsiz? Abdurauf   Fitrat
keltirgan   misollar
to‘liqsiz   gapga   to‘g‘ri
kelganligi   sabab,   eksik
gap   termini   atov   gap
tarzida   noto‘g‘ri
tarjima   qilingan
bo‘lishi mumkin. Eksik   atamasining
ma’nolarini   izohli   va
tarjima   lug‘atlaridan
ko‘rish,   ma’nosiga
aniqlik   kiritish,   shu
asosda   yakuniy
xulosaga kelish.
Jadvalni   istalgancha   davom   ettirish   mumkin.   Bu   orqali   talabalarda   ilmiy-
nazariy izlanuvchanlik ko‘nikmalari ham shakllanadi.
So‘z-gaplarni o‘qitishga doir metodik tavsiyalar. 
Ona   tili   hayotni   bilish,   yoshlarda   axloqiy   tushunchalarni   shakllantirish,
yosh   avlodning   shaxsiy   sifatlarini   tarbiyalash   vositasi   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Ona
tili  mazkur  tilning egasi  bo‘lgan xalqning tarixi, madaniyati, urf-odati, adabiyoti
hamda   san’atini   bilish,   o‘rganish   vositasi   hamdir.   Ona   tili   o‘quv   fanlarining
asosidir.   Ona   tilini   o‘rganish   juda   katta   ta’limiy,   tarbiyaviy   va   rivojlantiruvchi
ahamiyatga   ega.   Shaxsning   tarbiyalanganlik   darajasi   ham   tilni   bilish   bilan
belgilanadi.   Jamiyat   rivojlangan   sari   ona   tili   o‘qitishning   maqsad   va   vazifalari
ham takomillashib boradi. Ona tili ta’limi o‘z oldiga yoshlarda mustaqil va ijodiy
fikrlash,   og‘zaki   hamda   yozma   nutq   ko‘nikmalarini   shakllantirish   va
rivojlantirish, ularda til sezgirligini tarbiyalash maqsadini qo‘yadi. 
58 Xuddi   shu   maqsadlarga   muvofiq   ona   tili   ta’limida   so‘z-gaplarni
o‘qitishning   ham   o‘ziga   xosliklari   mavjud.   Quyida   pedagogik   faoliyatimiz
jarayonida   foydalangan,   o‘qitishda   samara   bergan   metodik   tavsiyalarimizni
keltirib o‘tamiz!
So‘z-gaplar mavzusi maktab darsligining 8-sinfida berilgan.
Keltirilgan   qoida   asosida   misollar,   mashqlar,   tegishli   matn   va   shu   asosida
topshiriq, savollar ham keltirilgan:
59                     
Darslikda so‘z-gap mavzusida“Behuda so‘zdan sukut afzal” deb nomlangan
hikoyat matni berilgan. 
                      
Biroq,   ushbu   matnda   so‘z-gapga   ko‘zimiz   tushmadi.   Bizningcha,   mazkur
matnni   berishdan   maqsad,   o‘quvchilarga   tarbiyaviy   bilimlar   berish,   nutqlariga
e’tiborli   bo‘lishdir.   Biroq   ushbu   mavzu   uchun   tarkibida   so‘z-gaplari   bor   bo‘lgan
mavzu tanlanganda, maqsadga muvofiq bo‘lgan bo‘lar edi. Negaki, dars davomida
o‘quvchilar   so‘z-gap   bo‘yicha   olgan   bilimlarini   matn   tahlili   orqali   tushungan,
60 mohiyatini yanada yaxshi anglagan bo‘lar edi. Shu o‘rinda tahliliy o‘qishning bola
kompetetntligini shakllantirishdagi o‘rnini unutmaslik kerak.
  Demak,   biz   dars   mashg‘ulotlari   jarayonida   maktab   darsligiga   asoslanib
“Mantiqiy zanjir”, “Blits – o‘yin” metodlaridan foydalandik va o‘quvchilarimizda
ushbu   mavzuni   tushunish   bo‘yicha   muammo   hosil   bo‘lmadi.   Qolaversa,   dars
jarayonida   guruh   bilan   ishlash,   darsni   jonli   tarzda   o‘tkazish   ham   muhim
ahamiyatga ega. Sababi, ushbu mavzu tarkibiga kiritilgan matnning ham umumiy
mantig‘i so‘z odobi, muomala madaniyati bilan bog‘liq. Uyga vazifa sifatida ham
“Muomalam   -   husnim”   mavzusida   bahs-munozaraga   tayyorgarlik   ko‘rish,   kam
qo‘llanadigan so‘z-gaplardan topib kelish berilgan.
“Blits – o‘yin” usuli
“ Blits-o‘yin ” metodi   –   harakatlar   ketma-ketligini   to‘g‘ri   tashkil   etishga,
mantiqiy   fikrlashga,   o‘rganayotgan   predmeti   asosida   ko‘p,   xilma-xil   fikrlardan,
ma ’ lumotlardan   kerakligini   tanlab   olishni   o‘rgatishga   qaratilgan.   Ushbu   usulda
o‘qituvchi   tomonidan   jadvalga   solingan   ma’lumotlarni   o‘quvchilarga   taqdim
etiladi   (guruh   bilan   ishlashda   ham   qo‘llasa   bo‘ladi),   so‘ngra   o‘quvchilar   ushbu
ma’lumotlar   to‘g‘ri   yoki   noto‘g‘ri   ekanligini   “+   -“   belgilari   bilan   belgilashadi,
oxirida   o‘qituvchi   o‘quvchilar   tomonidan   belgilangan   javoblarga   ball   qo‘yadi.
Ushbu   metodni   qo‘llash   uchun   taxminan   quyidagicha   jadval   shaklini   hosil   qilish
mumkin.
To‘ g‘ r
i javob Xato 
javob Baho So‘z – gaplar to‘g‘ri ko‘rsatilganmi?
+ Assalomu alaykum
+ Jonim bilan
+ Yaxshi boring
+ Bahor. 
+ Marhamat 
+ Yo‘q
61 6 ta to‘g‘ri javob – «a’lo» Guruhi F.I.O.
5 ta to‘g‘ri – «yaxshi»
4 ta to‘g‘ri  – «qoniqarli»
Ushbu metodning og‘zaki shakli ham mavjud, uni, odatda, pedagoglar “Blits
so‘rov” deb nomlashadi. Uning shartiga ko‘ra o‘qituvchi  tomonidan tezkor, qisqa
va   esda   qolarli   savollar   tayyorlanadi,   o‘quvchilar   esa   ma’lum   belgilangan   vaqtda
ushbu   savollarga   javob   berishadi.   Javoblarning   to‘g‘ri-noto‘g‘riligiga   ko‘ra
baholanilgandan so‘ng baholash kartochkalari orqali o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
“Mantiqiy zanjir” usuli (OTM talabalari uchun)
Ush bu  usul,  ko‘pincha,  tezda  faollashtirilish  va   o‘rganilayotgan  mavzuning
mohiyatiga   yetish   o‘ta   muhim   bo‘lgan   mavzularni   o‘rganishda   yoki   shunday
xususiyatlarga ega bo‘lgan guruhlarda qo‘llaniladi. O‘qituvchi ushbu mavzu bilan
uzviy   bog‘liq   bo‘lgan   so‘zlar   ketma-ketligini   (gapni,   fikrni,   qoidani,   faktni,
tushuntirishni,   gipotezani,   xronologik   ketma-ketlikni,   sabab-oqibat   zanjirini   va
hokazo) ixtiyoriy ravishda tanlab oladi va ularni bir qancha alohida so‘z qismlariga
bo‘lib,   alohida   qog‘ozlarga   yozib   chiqadi.   Keyin   talabalar   (tinglovchilar)
guruhlariga   fikrlarini   jamlab   muhokama   qilish   natijasida,   so‘zlarni   ma’no-
mohiyatiga   ko‘ra   to‘g‘ri   tartibda   joylashtirish   vazifasini   beradi.   Bir   qancha
tinglovchi-talaba   bu   ishni   bajarib,   guruh   yagona   bir   xulosaga   kelganidan   so‘ng,
o‘qituvchi   ularga   bu   fikr   o‘rganilayotgan   ma’ruza   matnida   qanday   ma’noda
kelishiga   e’tibor   berishni   va   ma’ruzadan   so‘ng   uni   iloji   boricha   aniqroq   va
batafsilroq   aniqlashga   harakat   qilish   kerakligini   bildiradi.   Demak,   endi   talabalar
ma’ruza   davomida   bu   so‘z-fikr   qachon   va   qay   tarzda   hamda   qanday   ma’noda
kelishiga   alohida   e’tibor   beradilar,   ya’ni   ularning   fikri   ma’ruza   davomida   bir
tomonga   yo‘naltirilgan   (fokuslashgan)   holatda   bo‘ladi.   Yo‘naltirilgan   fikr-e’tibor
esa  ularga mavzuni  aql  nuri  bilan yoritishga va undan  tegishli  ma’noni  atroflicha
tushunishga olib kelishi tabiiy.
62 Xullas,   zamonaviy   ta’limni   tashkil   etishda   faol   qo‘llaniladigan
texnologiyalarning   turlari   juda   ko‘p   bo‘lib,   ularning   har   qandayini   ham   darsga
singdirib bo‘lmaydi. Qo‘llash uchun tanlangan metodlar har  tomonlama sinovdan
o‘tgan, natija beradigan darajada ishonchli bo‘lmog‘i, mavzuning mohiyatiga mos,
o‘quvchilar uchun qulay bo‘lishi kerak. 
Yuqorida   keltirib   o‘tilgan   metodlarning   aksariyati   dunyo   ta’limida   ko‘plab
pedagoglar   tomonidan   tan   olingan   hamda   amaliyotga   joriy   qilib   kelinmoqda.   Bir
narsani unutmaslik lozim, dars – bu o‘yin o‘ynash emas, unda texnologiyalarni son
jihatdan ko‘p qo‘llab, o‘quv jarayonini o‘yinga aylantirib yuborayotgan pedagoglar
ham   topiladi,   biroq   haqiqiy   tajriba   egasi   bo‘lgan   o‘qituvchilar   kerakli
texnologiyalardan o‘z o‘rnida foydalanadi va darsdan ko‘zlangan asosiy maqsadga
erishishadi.   Aslida   ham   shunday,   dars   jarayonida   pedagogik   texnologiyalarni
qo‘llashdan   asosiy   maqsad   bir   xillikdan   qochish,   induktivlikdan   deduktivlikka
63So‘z - gap
Sodda gap Nominativ gapTo‘liq va
to‘liqsiz gap MohiyatAtov gap       o‘tish,   o‘quvchilarni   fanga   qiziqtirish,   mavzuning   mohiyatini   ochish   va   bolalar
ongiga singdirishdan iborat. 
3.2. To‘liqsiz gaplarni o‘qitishning samarali metodlari.
O‘quvchilarga   ta’lim   berish   va   malakali   o‘qituvchi   bo‘lish   juda   murakkab
hamda   ko‘p   mehnat   talab   qiladigan   faoliyat   turidir.   Bizning   jamiyatda
o‘qituvchilik   professional   ish   turi   hisoblanib,   ularning   jamiyatdagi   o‘rni   va
ahamiyati beqiyosdir. Ular biror bir sohaning professional mutaxassisi va malakali
eksperti   hisoblanib,   o‘quvchi   talabalarga   kerakli   bilimlarni   egallashlariga   hamda
malakali   mutaxassis   bo‘lishlariga   yordam   beradilar.   Zamonaviy   o‘qituvchilar
tibbiyot, texnika, iqtisodiyot va boshqa soha mutaxassislariga o‘xshab, o‘ziga xos
qoida   va   standartlar   asosida   ishlaydilar.   Boshqa   tomondan   nazar   solganda,
o‘qituvchilik ham o‘ziga xos san’at darajasida bo‘lishi kerak. 
Kishi   nutqi   davomida   to‘liqsiz   gaplardan   keng   foydalanishi   haqida   yuqorida
ko‘plab   o‘rinlarda   aytib   o‘tildi.   Maktab   “Ona   tili”   darsliklari   orasida   8-sinfda
sintaksis  berilgan va unga doir  kategoriyalar  izohlangan.  To‘liqsiz gaplar  mazkur
darslikning 101-sahifasida keltirilgan:
64 Darslikda   mavzuga   doir   mashqlar,   topshiriqlar   va   matn   bilan   ishlash   uchun
Ezopning “Bug‘u va uzumzor” masali keltirilgan:
Ushbu   topshiriqlarga   asoslanib   maktab   o‘quvchilariga   to‘liqsiz   gaplar
mavzusini   tushuntirish   uchun   bir   qanda   metodik   tavsiyalar,   metodlar   haqida
keltirib   o‘tmoqchimiz.   Pedagogik   faoliyatimiz   davomida   ham   ushbu   usullardan
foydalanildi   hamda   samaraga   erishildi.   Umuman   olganda   “To‘liqsiz   gaplar”
mavzusini o‘qitishda quyidagi metodlar yaxshi natija beradi:
“REZYUME” texnologiyasi
Bu   texnologiya   murakkab,   ko‘p   tarmoqli,   mumkin   qadar   muammoli
mavzularni   o‘rganishga   qaratilgan.   Texnologiyaning   mohiyati   shundan   iboratki,
bunda bir yo‘la mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha axborot beriladi. Ayni paytda
ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy
tomonlari,   afzallik   va   kamchiliklari ,   foyda   va   zararlari   belgilanadi.
Texnologiyaning   maqsadi:   o‘quvchilarni   erkin,   mustaqil,   tanqidiy   fikrlashga,
jamoa   bo‘lib   ishlashga ,   izlanishga,   fikrlarni   jamlab   taqqoslash   usuli   yordamida
mavzudan   kelib   chiqqan   holda   o‘quv   muammosining   yechimini   topishga   hamda
kerakli xulosa yoki qaror qabul qilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir etishga, uni
ma’qullashga,   shuningdek ,   berilgan   muammoni   yechishda,   umumiy   tushuncha
berishda o‘tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish.
65 “To‘liqsiz   gaplar”   mavzusining   mohiyati   o‘quvchilarga   tushuntirilgach,
ularning shaxsiy fikrlarini bilish uchun mazkur texnologiyadan foydalansa bo‘ladi.
Bilamizki,   nutq   jarayonida   har   doim   ham   to‘liq   gaplardan   foydalanib   bo‘lmaydi,
biroq   doimiy   ravishda   to‘liqsiz   holatda   so‘zlash   ham   tilning   nochorligiga   olib
kelishi   mumkin.   Aynan   shu   masala   yuzasidan   bolalarnming   fikrlari   so‘raladi.
Shuni e’tibordan chetda qoldirmaslik lozimki, ushbu usul  yozma, og‘zaki, test  va
masofaviy   shakllarda   qo‘llanilishi   mumkin.   Texnologiyani   taxminiy   shu
ko‘rinishda qo‘llasa bo‘ladi:
                                                      O‘quvchilar uchun mo‘ljallangan variant.
Yozma (og‘zaki bo‘lishi ham mumkin)
Inson nutq jarayonida doimiy to‘liqsiz gaplardan foydalanadi.
Ijobiy Salbiy 
Xulosa: 
Taxminiy   mana   shu   ko‘rinishda   tayyorlangan   jadval   ichi   o‘quvchilar
tomonidan   to‘ldiriladi.   Ushbu   texnologiyani   yakka   tartibda   ham   guruh   shaklida
ham qo‘llasa bo‘ladi. Bu o‘qituvchining xohishiga qarab amalga oshiriladi. 
Jadval   tarqatilgach,   ma’lum   vaqt   belgilanadi   hamda   jadval   ichi   to‘ldiriladi.
Agar   yakka   tartibda   amalga   oshayotgan   bo‘lsa,   ushbu   usulni   og‘zaki   shaklda
qo‘llagan ma’qul, negaki, bir soatlik dars uchun ajratilgan vaqt taqsimoti buzilishi,
66 vaqt   yetmay   qolishi   mumkin.   Yozma   shaklda   amalga   oshirilayotganda   esa   guruh
bilan ishlagan  yaxshiroq  samara  beradi. Shunda  o‘qituvchi   ham   har   bir   fikr  bilan
tanishib   chiqishga,   unga   munosabat   bildirishga,   tahlil   qilishga   ulguradi.   Ba’zi
holatlarda   munozarali   o‘rinlar   ham   bo‘lib   qolish   ehtimoli   mavjud,   bunday
holatlarda   o‘qituvchi,   avvalo   o‘quvchilar   fikrini   erinmasdan   tinglashi   hamda
so‘ngida yakuniy xulosani berishi kerak. Ko‘p holatlarda o‘qituvchilar tomonidan
bolalarning fikrlari tinglanmaydi (noto‘g‘ri bo‘lgani uchun), tezda jim qilinadi yoki
fikri   inobatga   olinmaydi,   bizningcha,   bu   juda   katta   xato,   sababi   to‘g‘rimi,
noto‘g‘rimi,   bola   fikrlayapti,   shaxsiy   munosabatini   bildiryaptimi,   demak,   uni
tinglash   va   to‘g‘ri   yo‘lga   yo‘naltirish   lozim.   Bu   esa   o‘qituvchidan   yana   bir
mas’uliyat talab qiladigan jarayon sanaladi. 
Xullas, o‘qituvchi oldindan ushbu jadvalni o‘zi uchun ham to‘ldirib qo‘yishi
lozim. Chunki bu har qanday vaziyatga tayyorlikka hozirlaydi. O‘quvchilar bajara
olmagan   taqdirda   o‘qituvchi   o‘z   variantini   ularga   ko‘rsatishi,   tahlil   qilib   berishi
ham mumkin, albatta, bu ixtiyoriydir.
O‘qituvchi variant:
Yozma (og‘zaki bo‘lishi ham mumkin)
Inson nutq jarayonida doimiy to‘liqsiz gaplardan foydalanadi.
Ijobiy Salbiy 
- Nutq   qisqa,   aniq   va
ixchamlashadi.
- Ortiqcha vaqt sarflanmaydi.
- Tinglovchini zeriktirmaydi. - Nutq   tushunarsiz   bo‘lib,
tinglovchida   ba’zi   savollar
paydo bo‘lishi mumkin.
- Adabiy   til   me’yorlariga   amal
qilinmaydi
- So‘z boyligi kamayib ketadi
Xulosa:   Nutqda   to‘liqsiz   gaplarni   alohida   o‘rni   mavjud.   U   fikrni
ixchamlashtiradi,   qisqa   vaqtda   ko‘plab   ma’lumotlarni   yetkazishga   xizmat
67 qiladi,   biroq   undan   doimiy   tarzda   foydalanib   bo‘lmaydi   ya’ni   rasmiy
davralarda, matn tuzishda. Har qanday holatda ham me’yorni saqlay bilish
lozim.
Darslikda berilgan mashqlarni bajarishda guruh bilan ishlash samara beradi.
Faqat guruh ishtirokchilarini ajratishda saviya jihatdan mo‘tadillikni saqlash kerak,
chunki,   sust   o‘zlashtiruvchi   o‘quvchilarga   shu   guruhdan   a’lochi   o‘quvchilar
ko‘mak berishadi, bu ham bilim almashishning bir ko‘rinishi sanaladi.
Agar sinfda 20 dan ortiq o‘quvchi tahsil olsa, to‘rtta guruhga bo‘lish tavsiya
etiladi,   kitobda   keltirilgan   mashq   va   topshiriqlarning   soniga   qarab   ham   guruh
shakllantirish mumkin.
O‘qituvchi   o‘quvchilar   tomonidan   bajarilgan   mashqni   diqqat   bilan   tekshirishi
hamda, xatoliklari mavjud bo‘lsa, ko‘rsatib berishi kerak. 
Darsning xulosalashda  “O‘rgimchak to‘ri”  metodi yaxshi samara beradi. 
“O‘rgimchak   to‘ri”   usulidan   foydalanishda   o‘quvchilarning   faolligi,   darsga
tayyorgarlik   darajasi   inobatga   olinadi.   Bu   texnologiya   o‘quvchilarni   mustaqil
682-guruh 143-topshiriqni bajaradi. 3-guruh 155-mashqni bajaradi.1-guruh 154-mashqni bajaradi.       fikrlashga,   og‘zaki   nutqini   o‘sishiga,   zukkolik   qobiliyatini   yanada   shakllanishiga
xizmat qiladi. 
Qo‘llash:   o‘qituvchi   sinfdan   5,6   nafar   o‘quvchini   yozuv   taxtasi   yoniga
chorlaydi.   O‘yin   ular   ishtirokida   amalga   oshiriladi.   Muallimning   qo‘lida   ipli
koptokcha   bo‘ladi,   u   o‘tilgan   mavzu   yuzasidan   birinchi   o‘quvchiga   savol   berib,
g‘altakchani unga topshiradi. 
O‘quvchi   ustozi   bergan   savolni   yodida   saqlab,   ipli   koptokchani   bir   uchini
ushlagan   holda   o‘zining   mustaqil   savoli   bilan   o‘rtog‘iga   yuzlanadi.   Bunday   hol
o‘rgimchak   to‘rini   hosil   qilgunga   qadar   davom   ettiriladi.   Texnologik   o‘yin
o‘qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi. Berilgan savollarga javob olish uchun
g‘altakchani   oxiridan   boshlab   so‘raladi.   Ipli   koptokcha   javoblar   orqali   yig‘ib
olinadi. Agar berilgan savolga javob to‘liq bo‘lsa, g‘altakcha o‘z shakliga qaytadi.
Yaxshi ishtirok etgan o‘quvchilar baholanib boriladi. 
Bu   usuldan   o‘tilgan   mavzu   bo‘yicha   yoki   yangi   mavzuni   o‘tib   bo‘lgandan
keyin foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Oliy   ta’lim   muassasalari   talabalariga   “To‘liqsiz   gaplar”   mavzusini   o‘qitishda
“Klaster”,   “Insert   jadvali”,   “Suhbat   usuli”   kabi   metodik   texnologiyalardan
foydalanish   samara   beradi.   Masalan,   “Klaster”   usulida   tilshunos   olimlarning
mavzuga   doir   ilmiy-nazariy   qarashlari   o‘z   aksini   topadi.   Har   bir   olimning   o‘ziga
xos fikrlari adabiyotlar nuqtayi nazaridan olinib, ko‘rsatib o‘tiladi.
Demak,   ta’lim   jarayonida   “To‘liqsiz   gaplar”   mavzusini   o‘qitishga   doir
tavsiyalarni yana ham ko‘p davom ettirish mumkin, tadqiqotning sahifa me’yorini
hisobga   olgan   holda,   hozircha   shular   bilan   chegaralanamiz.   Kelgusi   ishlarimizda
ilmiy-pedagogik   tajribamizni   orttirib,   yanada   yaxshi,   yanada   samarali   bo‘lgan
texnologiyalar tavsiyalarini tadqiqot ishimizda aks ettirishga harakat qilamiz.
69 BOB BO‘YICHA XULOSA
To‘liqsiz   gaplar   kishi   nutqini   ixcham   va   soddalashtirishga   xizmat   qiladi.   Har
qanday   so‘zlovchi   nutq   jarayonida   to‘liqsiz   gaplardan   foydalanadi.   Ayniqsa,
bunday gaplar dialogik matnlarda ko‘p uchraydi:
- Salom, Anvar!
- Salom, yaxshimisan, ahvollaring yaxshimi?
- Yaxshi, rahmat, o‘zingdachi?
- Yaxshi.
- Ertaga qaysi darsdan imtihon bo‘ladi?
- Ona tili.
Ko‘rinadiki,   suhbat   jarayonida   gapni   to‘liq   shakllantirishga   ehtiyoj   yo‘q.
muhimi,   nima   haqida   gap   ketayotganligi   ikkala   kommunikativ   jarayon   egalariga
ma’lum.  To‘liqsiz   gaplar   yordamida  ham  vaqt   tejaladi,  ham   qisqalikka  erishiladi.
O‘quvchilarga   ushbu   mavzuning   mohiyati   va   qo‘llash   imkoniyatlarini   yaxshilab
tushuntirish,   kelgusida   nutqi   aniq   notiqlarning   shakllanishiga   zamin   hozirlashi
mumkin.
Ma’lum   bo‘ladiki,   o‘qituvchi   –   bu   yaratuvchi,   u   o‘z   darsini   mahorat   bilan
tashkil   etishi   shart.   Har   bir   darsdan   ko‘zlangan   maqsad   bo‘ladi   va   dars   yakunida
o‘sha maqsadga erishilishi uchun pedagogdan kasbiy mahorat, bilim, tajriba talab
etiladi.   Shunday   ekan,   bugungi   kun   o‘qituvchisi   har   tomonlama   intellektual,
kasbining sodiq fidoyisi bo‘lishi bilan bir qatorda o‘quvchilarga mehrli, talabchan
va   yaqin   do‘st   bo‘lishi   kerak.   Ana   shu   tamoyillar   asosida   tashkil   etilgan   dars,
albatta, zamonaviy dars talablari darajasida bo‘ladi.
70 UMUMIY XULOSALAR
O‘zbek   va   chet   el   tilshunosligida   sodda   gaplar   aynan   sintaktik   tarkibi
qisqargan gaplar va uning o‘rganilish tarixini tadqiq etishimiz mobaynida quyidagi
xulosa va takliflarga kelindi:
1. O‘zbek   va   chet   el   tilshunosligi,   xususan,   rus,   ingliz   va   fransuz   tillarida
gaplar   kommunikativ   maqsadga   ko‘ra,   tuzilishiga   ko‘ra,   bosh   bo‘laklarning
ishtirokiga, voqelikka ko‘ra tasnif qilinadi. Bu jarayonda gapning ichki – mazmuni
va   tashqi   tomoni   –   tuzilishi   hisobga   olinadi.   Gaplar   tashqi   tomondan   ikki   turga:
sodda gaplar va qo‘shma gaplar kabi turlarga bo‘linadi. Sodda gaplarning tuzilish
asosi bitta bo‘lib, ma’lum bir fikrni ifodalab keladi. Biz tadqiq qilmoqchi bo‘lgan
sintaktik   tarkibi   qisqargan   gaplar   bitta   tarkibdan   iborat   bo‘lganligi   sababli   sodda
gaplartarkibiga kiritiladi.
2. Jahon   tilshunosligida   sodda   gap   va   uning   turlari   ko‘p   tadqiq   etilgan   va
tadqiqotchilar tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, jumladan, A.N. Kononov, A. K.
Borovkov, V. Vinogradov, A.A. Shaxmatov,  N.A.Baskakov, O.Bazarov, A. Meye,
O.   Espersen,   Xoyrul   Nuda,   Shri   Rosmavata,   V.   Admoni   kabi   olimlarn   ilmiy
tadqiqotlar olib borishgan va ilmiy izlanishlari muvofaqqiyat qozongan.
3.   Turkiy   tilshunoslikda   ham   sodda   gap   va   uning   turlari   bo‘yicha   bir   qator
tadqiqotlar   olib   borilgan.   Bu   tadqiqotchi   olimlar   qatoriga   quyidagi
M.A.Kaz е mb е k,   G.Sa’diy,   Q.Nosiriy,   M.Korbagaliy е v   va   X.Badigi,   G.Alparov,
E.Jakubov,   A.N.Kononov,   M.B.Balakayev,   D.Mayrikov,   turk   tilshunosligidan
O‘sman   Bo‘lulu,   M.Bilgin,   O‘.Demirjan   kabi   olimlarni   aytib   o‘tish   ahamiyatga
molikdir.     
4.     O‘zbek   tilshunosligida   sodda   gaplarning   o‘rganilishi   XX   asrning   20-   30-
yillarida   boshlangan.   A.   G‘ulomovning   “   Sodda   gap   sintaksisi”   (1948),   “Sodda
gap” (1955), M. Asqarova bilan hammmualliflikda nashrga tayyorlangan “ Hozirgi
zamon   o‘zbek   tili.   Sintaksis”   (1961,   1967,   1987)   kitoblari,   A.   G‘ulomovning   “
O‘zbek   tili   sintaksisining   ba’zi   masalalari”   maqolasi,   G‘.   Abdurahmonov
tomonidan   nashr   etilgan   “   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili.   Sintaksis.”,   O‘zbek   tili
grammatikasi.   Sintaksis.”(1976),   A.   Nurmonov,   N.   Mahmudov,   A.   Ahmedov,   S.
71 Solixo‘jayevlar birgalikda nashr etgan “ O‘zbek tilining mazmuniy grammatikasi”
kitoblari   va   ulardagi   sodda   gap   haqidagi   qarashlar   tadqiqotlar   uchun   samarali
manbaa bo‘ladi.
5.     Sodda   gap   va   uning   turlari   bo‘yicha   alohida   tadqiqot   o‘tkazib,
monografik tarzda o‘rgangan olimlar A. G‘ulomov, F. Kamol, A. N. Kononov, G‘.
Abdurahmonov,   M.   Asqarova,   A.   Ahmedov,   U.   Tursunov,   A.   Sayfullayev,   I.
Tursunov,   R.   Sayfullayeva,   M.   Qurbonova,   N.   Turniyozov,   B.   O‘rinboyev,   Sh.
Shukurov,   O.   Tojiyev   va   boshqa   tilshunos   olimlarning   olib   borgan   izlanishlari
ahamiyatga molikdir.
6.     Butun dunyo tilshunosligida gap, uning turlari, vazifalari, ifoda ko‘lami
borasida turli tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ikkinchi faslda o‘zbek, rus, ingliz,
fransuz   tilshunosligida   nazariy   jihatdan   gaplarning   turlarini   qoliplashtirishga
harakat   qilindi.   Ularda   umumiy   yaxlitlik,   o‘z   o‘rnida   alohidalik   va   o‘ziga   xoslik
ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, o‘zbek va rus grammatikasida gaplarning tasnifi
burmuncha yaqin bo‘lsa, bu holat ingliz, fransuz tillarida farqlanadi.
7.   Gap   –   sintaksisning   asosiy   negizini   tashkil   etishi   deyarli   barcha
adabiyotlarda   keltiriladi.   Haqiqatdan   ham   sistem   tilshunoslikda   gap   sintaksisning
asosini   tashkil   etadi.   Umuman   olganda,   kundalik   hayotimizda   ham,   oddiy,   til
ilmidan   mutlaqo   yiroq   insonlar   ham   gapdan   unumli   foydalanishadi.   U   orqali   o‘z
xohishlarini, orzu-umidlarini, ehtiyojlarini turli xil ko‘rinishlarda ifoda etishadi. 3-
faslda aynan shu masalalar yuzasida, gapning turlari, bu boradagi olimlarning turli
nazariyalari o‘rganildi va umumiy xulosalar berildi.
8.   Tilshunoslikning   sintaksis   sohasidagi   tadqiqotlar   boshqa   sohalarga
qaraganda   ko‘lami   kengligi   bilan   ajralib   turadi.   Tadqiqot   ishimizning   ikkinchi
bobida sintaktik tarkibi qisqargan gaplar misolida atov gaplar, soz-gaplar, to‘liqsiz
gaplarga   doir   ilmiy-nazariy   qarashlar,   tadqiqotlar,   qoidalar,   misollarga   doir
ma’lumotlar   berildi.   O‘rganilgan   ma’lumotlardan   soda   gap   haqida   qarashlar,
tadqiqotlar talaygina ammo, sintaktik tarkibi qisqargan gaplar haqidagi tadqiqotlar
kamligi   va   izlanishlarda   asosan   umumiy   fikrlar   yuritilganligu   haqida   xulosalarga
kelindi.
72 9. Sintaktik tarkibi qisqargan atov gap, so‘z gaplarni B. O‘rinboyev o‘zining
“Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili”   kitobida,       N.   Turniyozov   o‘z   tadqiqotlarida,   M.B.
Finkelshteynning   “To‘liqsiz   gaplarni   o‘rganish   tarixidan”,   A.   G‘ulomovning   “
To‘liqsiz   gapning   to‘liqligi”,   S.   Ravshanovaning   “   So‘z-gaplarning   ba’zi
xususiyatlari”, A. Mamatovning “Atov gap haqida”, H. Usmonovaning “ To‘liqsiz
gaplar   haqida   ba’zi   mulohazalar”   nomli   maqolalarida   ilmiy   jihatdan   asoslab
o‘rganilganligini ko‘rishimiz mumkin.
10.   Atov   gaplarda   nutq   so‘zlanib   turgan   paytda   sodir   bo‘lgan   voqea-
hodisalar,   mavjud   bo‘lgan   predmetlar   tasvirlanadi.   Bunday   gaplar   quyidagi
ma’noviy   xususiyatga   ega   bo‘lishi   mumkin:   Aniq   predmetlarning   mavjudligini ,
mavhum   tushunchalarning   mavjudligini,   turli   tabiat   hodisalarining   mavjudligini,
o‘rin-joyning   mavjudligini,   aniq   paytini,   hayot   voqealarini,   ko‘rsatishni   ifoda
qiladi.   O‘zbek   tilshunosligida   kishilarning   boshqalar   fikriga   munosabati   (tasdiq
yoki   inkor),   his-hayajoni,   iltifoti,   taajjubi,   so‘rog‘i   kabi   ma’nolarni   ifodalashga
xizmat   qiladigan   sodda   gap   turi   –   bu   so‘z-gaplardir.   Ular   bir   tarkibdan,   ba’zi
holatlarda esa biroz kengaygan birikmalar bilan ifodalanadi. Biroq so‘z-gaplarning
kengayish   holati   judayam   chegaralangan.   Chunki   uning   asosiy   vazifasi   nutqiy
muloqotni qisa va tushunarli qilishdan iborat.
11.   To‘liqsiz   gaplar   nutq   vaziyatiga   ko‘ra   ayrim   gap   bo‘laklarining   tushib
qolishi   natijasida   hosil   bo‘ladi.   Biroq,   biror   bo‘lak   tushib   qolishiga   qaramasdan,
nutqiy vaziyatdan gapning mazmuni, mohiyati sezilib turadi. 
12.   Sintaktik   tarkibi   qisqargan   gaplarning   barchasi   bir   tarkibli   gaplar
doirasida   o‘rganiladi.   Bu   bo‘yicha   tilshunoslikda   juda   ko‘p   tadqiqot   ishlari   olib
borilgan bo‘lib, deyarli barchasida bir-biriga yaqin nazariyalar ilgari surilgan.
13.   Sintaktik   tarkibi   qisqargan   gaplar   turli   manbalarda   turlicha   nomlangan
bo‘lib,   ayni   shu   atama   fransuz   tilshunosi   V.V.   Gak   tomonidan   termin   sifatida
qo‘llanilgan,   A.   Fitrat   asarlarida   esa   eksik   gaplar,   ba’zi   rus   manbalarida   elliptik
gaplar sifatida ham yuritilganligini ko‘rishimiz mumkin.
14.   O‘qituvchi   –   bu   yaratuvchi,   u   o‘z   darsini   mahorat   bilan   tashkil   etishi
shart.   Har   bir   darsdan   ko‘zlangan   maqsad   bo‘ladi   va   dars   yakunida   o‘sha
73 maqsadga erishilishi uchun pedagogdan kasbiy mahorat, bilim, tajriba talab etiladi.
Shunday   ekan,   bugungi   kun   o‘qituvchisi   har   tomonlama   intellektual,   kasbining
sodiq   fidoyisi   bo‘lishi   bilan   bir   qatorda  o‘quvchilarga  mehrli,  talabchan   va   yaqin
do‘st   bo‘lishi   kerak.   Ana   shu   tamoyillar   asosida   tashkil   etilgan   dars,   albatta,
zamonaviy dars talablari darajasida bo‘ladi.
74 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:
1. O‘zbekiston   Respublikasi   prezidentining   2019-yil   21-oktabrdagi   “O‘zbek
tilining   davlat   tili   sifatidagi   nufuzi   va   mavqeini   tubdan   oshirish   chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. –Toshkent, 2019.
2. Sh.M.Mirziyoyev.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
birga quramiz. –T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488-b.
3. Sh.M.Mirziyoyev.   Erkin   va   farovon   demokratik   O‘zbekiston   Davlatini
birgalikda barpo etamiz. –T.: “O‘zbekiston”, 2016. 56 b.
4. Президент   Шавкат   Мирзиёевнинг   ўзбек   тилига   давлат   тили   мақоми
берилганининг   ўттиз   йиллигига   бағишланган   тантанали   маросимдаги
нутқи .–Toshkent, 2019. http://xs.uz/uz/
5. Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ш .   Мирзиёев нинг   2017   йил   7
февралдаги   ПФ-4947-сон   «Ўзбекистон   Республикасини   янада
ривожлантириш   бўйича   Ҳаракатлар   стратегияси   тўғрисида»ги
Фармони.
6. Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   “Олий   таълим   тизимини
янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида (Халқ сўзи 2017 йил,
21 апрел).
II. Ilmiy adabiyotlar :
1. Abduazizov   A. Tilshunoslik   nazariyasiga   kirish .   /   Oliy   o‘quv   yurtlarining
fil. fak. talabalari uchun darslik -  Т oshkent: Sharq, 2010. - 176 b. – B.109; 
2. Abduazizov   ATilshunoslik   nazariyasiga   kirish.   /   Darslik.   –   Toshkent,
2010.  213  b . –  B .121.
3. Abdurahmonov   G‘.   O‘zbek   tili   grammatikasi.   (Sintaksis).   –   Toshkent:
O‘qituvchi, 1996. – B. 24.
4. Abdurahmonov N. Qadimgi turkiy til. – Toshkent: O‘qituvchi, 1989. – B.
156.
75 5. Абдурахманов   Ғ.   Основы   синтаксиса   сложного   предложенияю   –
Ташкент, 1958. – С.325.
6. Abdurahmonov G‘. Qo‘shma gap sintaksisi asoslari. – Toshent, 1958. 325
b. – B. 280-318.
7. Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar: Darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy
maqola   va   tadqiqotlar   /   Mas’ul   muharrir   B.   Qosimov;   Nashrga
tayyorlovchi va izohlar muallifi H. Boltaboyev. — Toshkent: Ma’naviyat,
2009. — B. 336.
8. Ashurova   D   va   boshqalar.   Gapning   uyushgan   va   ajratilgan   bo‘laklari.   –
Toshkent, 1962. 181 b. – B. 7.
9. A сқарова М,  A бдураҳмонов Х. Ўзбек тили грамматикасининг 
практикуми. – Тошкент: Ўқитувчи, 1981. – Б.245. 177-бет.
10. A бдураҳмонов Ғ, Шукуров Ш, Маҳмудов Қ. Ўзбек тилининг тарихий
грамматикаси.   –   Тошкент:   Ўзбекистон   файласуфлари   жамияти
нашриёти, 2008. 529 б. -Б.26. 
11. A зимов   И.,   Раҳматов   М.   Қадимги   туркий   тил.   –   Тошкент,   2005.   134
б.;
12. A лиев   A ,   Содиқов   Қ.   Ўзбек   адабий   тили   тарихидан.   –   Тошкент:
Ўзбекистон, 1994. 117 б. – Б.59.
13. Fozilov   E.   O‘zbek   tilining   tarixiy   morfologiyasi.   –   Toshkent:   Fan,   1965.
175 b. – B.9.
14. Ilysh B.A. – The structure of Modern English. – M., 1959.
15. Qodirov   M.   va   boshqalar.   Ona   tili.   /8-sinf   uchun   darslik.   –   Toshkent:
Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2014. – B.144
16. Mahmudov   N,   Nurmonov   A.   O‘zbek   tilining   nazariy   grammatikasi
(Sintaksis). – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. – 228 b. – B. 28.
17. Mashlihatul   Umami.   A   contrastive   analysis   of   interrogative   sentences   in
English and Indonesian. Universitas Negeri Semerang.
18. Mengliyev B. O‘zbek tilining struktur sintaksisi.- Qarshi, 2003. - B. 27.
76 19. Mirtojiyev   M.   Gap   bo‘laklarida   semantik-sintaktik   nomutanosiblik.     –
Toshkent: Universitet, 2008. 208 b. – B.10.
20. Muxin   A.M.,   –   Синтаксемний   анализ   и   проблемы   уровней   языка.
M.1980 .
21. N. Abdurahmonov. Qadimgi turkiy til. – Toshkent: O‘qituvchi, 1989. – B.
156.
22. Nazarova S. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
– B.100.
23. Novalinda Puspita. A syntactical  analysis of sentence structure on a fairy
tales   by   Akramulla   using   generative   transformational   grammar.   Jakarta,
2017.
24. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. –Toshkent: Akademnashr, II jild, 2012. –
B.418.
25. O‘zbek   tili   grammatikasi.   II   tom.   Sintaksis./   mas’ul   muharrirlar:   G‘.A.
Abdurahmonov va boshq. – Toshkent: Fan, 1976. – B.560.
26. Qurbonova M. Hozirgi zamon o‘zbek tili. –Toshkent, 2002. –B 53.
27. Rahmonov   N,   Sodiqov   Q.   O‘zbek   tili   tarixi./   darslik.   –   Toshkent:
O‘zbekiston   faylasuflari   milliy   jamiyati   nashriyoti.   –   Toshkent,   2009.   –
B.225.
28. Sanaqulov   S.   O‘zbek   tilida   egasi   topiladigan   gaplarning   stilistik
xususiyatlari. Magistrlik dissertatsiyasi. – Samarqand, 2012. – B.82.
29. Sayfullayeva   R.   Hozirgi   o‘zbek   tilida   qo‘shma   gaplarning   substantsional
(zotiy) talqini. – Toshkent. “Fan”, 2007.– B.19.
30. Underhill, R. Turkish Grammer. The MIT press –1976.
31. Yusupova   O.   Badiiy   matnda   atov   gaplarning   lingvopoetik
xususiyatlari.//SamDU   “Ilmiy   axborotnoma”   –   Samarqand:   SamDU
nashri, 2015.№2. –B.118-120.
32. Zamonaviy   o‘zbek   tili.   /   mas’ul   moharrir   R.Sayfullayeva.   –   Toshkent,
2008. 522 b. – B.440.
77 33. Абдураҳмонов   Ғ.   Қўшма   гаплар   классификацияси   //   Ўзбек   тили   ва
адабиёти масалалари. — 1980. № 4.
34. Абдураҳмонов   Ғ.,   Шукуров   Ш.,   Маҳмудов   Қ.   Ўзбек   тилининг
тарихий   грамматикаси.   Тошкент:   Ўзбекистон   файласуфлари   миллий
жамияти нашриёти, 2008. –Б.323-385.
35. Абдураҳмонов   Х.   Содда   гап   синтаксиси   хусусиятларининг
ўрганилишига доир. –Тошкент: Ўқитувчи, 1976. –197 б.
36. Абдухалимова, С. У.   O ‘ zbek   tilshunosligida   sintaksis   va   qo ‘ shma   gaplar
nazariyasi   /   С.   У.   Абдухалимова.   —   Текст   :   непосредственный   //
Молодой   ученый.   —   2020.   —   №   20   (310).   —   С.   674-676.   —   URL :
https    ://    moluch    .   ru    /   archive    /310/69941/       
37. Азизов Отақўзи. Тилшуносликка кириш. – Тошкент: Ўқитувчи, 1996.
-176 б.; 
38. Айюб   Ғуломовнинг   илмий   мероси.   (4-китоб)   Ўзбек   тилида
аниқловчилар. – Тошкент, 2008.
39. Акрамов   Ш.   Ўзбек   тилининг   гап   қурилишида   тўлдирувчи   ва
ҳол([WPm]   валентлиги   аспектида:   Филол.фан.номз.   ...автореф.дисс.
Тошкент, 1999. –21 б.
40. Аллаёров   Т.   Ўзбек   тилида   буйруқ   ва   сўроқ   конструкцияларининг
лингвопоэтик   хусусиятлари:   Филол.фан.   бўйича   фалсафа   д-ри   (РhD)
дисс. Автореф. –Гулистон, 2020. – 58 б.
41. Аширбоев С. Алишер Навоий насрий асарларидаги содда гапларнинг
таркибий ва маъно хусусиятлари. –Тошкент: Ўқитувчи, 1990. –150 б.
42. Базаров   О.   Ўзбек   тилида   гапнинг   коммуникатив   (актуал)   тузилиши.
Филология   фанлари   номзоди   илмий   даражасини   олиш   учун   ёзилган
диссертация автореферати. – Фарғона, 2004. – Б.23.
43. Баскаков   Н. A ,   A .С.Содиқов,   A . A . A бдуазизов.  Умумий  тилшунослик.
– Тошкент: Ўқитувчи, 1979. 191 б.; 
78 44. Болгова,   Ольга   Алексеевна.   Назывное   предложение   в   тексте:   на
материале   современного   английского   языка   :   диссертация   ...
кандидата филологических наук : 10.02.04. - Москва, 1988. - 182 с .
45.   Бошмонов   M .   Ўзбек   тилининг   гап   бўлакларини   Система   сифатида
ўрганиш методологияси. / ўқув қўлланма. – Хўжанд, 1994. 36 б;
46.   Гак В.Г. Теоретическая грамматика французского язика, ч. I   –   II ,   M .,
1986. Рус тилидан И. К. Мирзаев таржимаси (қўлёзма).
47. Ғуломов А. Содда гап. –Тошкент, 1965. –100 б.
48. Ғуломов   А.   Ўзбек   тили   синтаксисининг   баъзи   масалалари   //   Ўзбек
тили ва адабиёти –Тошкент, 1968. –№2. –Б.9-13.
49. Ғуломов   А.,   Асқарова   М.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тили.   Синтаксис.   –
Тошкент:Ўқитувчи, 1987. –256 б.
50. Думшева   Надежда   Валентиновна.   Назывные   предложения   в
художественной   литературе.   issledovatelskaya_rabota_0.doc
(live.com)  .
51. Ибрагимова   Ф.   Бадиий   матнда   эллипсис   ва   антиэллипсис.
Филол.фан.номз. ...дисс.автореф. – Тошкент, 2011. –26 б.
52. Махмудов   Н.   Эллипсис   в   узбекском   языке:   Автореф.дис.
канд.филол.наук. – Ташкент, 1978. – 20 с.
53. Маҳмудов   Н.   Ўзбек   тилидаги   содда   гапларда   семантик-синтактик
ассиметрия. – Тошкент, 1984.
54. Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек  тилининг назарий грамматикаси.–
Тошкент: Ўқитувчи, 1995. –228 б.
55. Мирзаев И.К. Шеърий матннинг лингвопоэтик таҳлили муаммолари: 
Филол.фан.д-ри… дисс.автореф. – Тошкент,1992. – 40 б.
56. Миртожиев   М.   Гап   бўлакларида   семантик-синтактик
номутаносиблик. – Тошкент: Университет, 2008. –200 б.
57. Мусаев   А.   Ўзбек   сўзлашув   нутқи   услубида   гап   бўлаклари   тартиби:
Филол.фан. номз. ..дисс. автореф. – Самарқанд, 2000. -25 б.
79 58. Н. A бдураҳмонов.   Қадимги   туркий   тил.   –   Тошкент:   Ўқитувчи,   1989.
156 б.;
59. Неъматов   Ҳ.,   Сайфуллаева   Р.,   Қурбонова   М.   Ўзбек   тили   структурал
синтаксиси асослари. –Тошкент: Университет, 1999. – 55 б.
60. Нурмонов А. Айюб Ғуломнинг синтактик қарашлари // Ўзбек тили ва
адабиёти. – Тошкент, 2005. –№1. –Б.41.
61. Нурмонов   А.,   Искандарова   Ш.   Тилшунослик   назарияси.   Ўқув
қўлланмаси (магистрлар учун).  – Тошкент, 2008. -176 б; 
62. Нурмонов   А.,   Маҳмудов   Н,   Аҳмедов   А.,   Солихўжаева   С.   Ўзбек
тилининг мазмуний синтаксиси. – Тошкент: Фан, 1992. –292 б.
63. Потебня А.А. Из записок по русской грамматике. т.  I - II . М.:Учпедгиз,
1958, с.15; 
64. Пруссова   О.В.   Слова-предложения   в   современном   немецком   языке.
A втореферата   кандидат   филологических   наук.   Диссертация   на   тему
«Слова-предложения   в   современном   немецком   языке»,   скачать
бесплатно   автореферат   по   специальности   ВАК   РФ   10.02.04   -
Германские языки (dissercat.com) . 
65. Расулов   И.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тилида   бир   составли   гаплар.   –
Тошкент: Фан, 1974.
66. Сайфуллаева   Р.,   Абузалова   М.   Гапнинг   энг   кичик   қурилиш
қолиплари ҳақида. Ўзбек тили ва адабиёти, 1991, №4. –Б.42-44.
67. Сайфуллаева Р., Менглиев Б., Боқиева Г., Қурбонова М., Юнусова З.,
Абузалова   М.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тили.   Синтаксис.   –   Тошкент,
2006. –172 б.
68. Серебренников   Б.А.,   Гаджиева   Н.З.   Сравнительно-историческая
грамматика тюркских языков. –Баку, 1979.
69. Собиров А. Шеъриятда сўз тартиби: Филол.фан. бўйича фалсафа д-ри
(РhD) дисс. автореф. – Самарқанд, 2020. – 47 б.
80 70. Тошалиев   И.   Ҳозирги   ўзбек   тили.   Синтаксис.   Синтактик   ва
синтагматик   қайта   бўлиниш.   Парцелляция.   –   Тошкент:   Zar   qalam,
2004. – 145 б.
71. Тўйчибоев   Б.   Ҳозирги   ўзбек   тилида   синтактик   синонимика.   –
Тошкент: Фан, 1988.
72. Турниёзов   Н.,   Турниёзова   К.,   Хайруллаев   Х.   Структур   синтаксис
асослари. – Тошкент: Фан, 2009. – 138 б.
73. Туропова М. Ўзбек шевалари синтаксиси.–Тошкент: Фан, 1984. – 143
б.
74. Турсунов   У,   Б.Ўринбоев.   Ўзбек   адабий   тили   тарихи.   -Тошкент:
Ўқитувчи, 1982. – 177 б.; 
75. Ўзбек тили грамматикаси. II том. 2-том. Синтаксис. – Тошкент: Фан,
1976. – 560 б.
76. Холиқов   Ҳ .   Ҳозирги   ўзбек   адабий   мураккаблашган   содда   гаплар
услубияти   ( А . Қаҳҳор   асарлари   материаллари   асосида ):
Филол . фан . ном … дисс . –  Тошкент , 1993.
77.   Ҳайназарова   M .   Сўроқ   гапларда   шакл   ва   мазмун   номувофиқлиги.
Филология   фанлари   номзоди   илмий   дарадасини   олиш   учун   ёзилган
диссертация автореферати. – Тошкент, 1999. – Б. 25.
78. Ҳожиев А.   Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати.   –   Тошкент ,
2002. –  Б.158. 
79. Ҳошимов   Г.М.   Типология   сложных   предложений   разносистемных
языков.– Т. «Фан», 1991. –  C .105.
80. Э.Фозилов   Э.   Ўзбек   тилининг   тарихий   морфологияси.   –
Тошкент:Фан, 1965. 175 б.; 
81. Элтазаров   Ж.   Ўзбек   тилида   сўз   туркумларининг   ўзаро   алоқаси   ва
кўчиши./ Филология фанлари доктори илмий даражасини олиш учун
тақдим этилган диссертация. – Тошкент, 2007.
III. Internet sahifalari:
1. http://www.Ziyonet    .  
81 2. Uz/ru/library/book/779/libid/20703   
3. http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism   
4. http://www.eng.fju.edu.tw/Literary_Criticism/structuralisi   
5. www.google.uz   
6. www.ziyonet.uz   
7. www.google.uz   
8. www.wikipedia.uz   
9. www.filfak.uz   
10. www.ziyonet.uz   
11. www.ziyo.uz    .
12. www.kartinki.uz   
13. https://frenchonline.ru/%D0%BF%D1%80%D0%B5%D0%B4%D0%BB   
%D0%BE%D0%B6%D0%B5%D0%BD%D0%B8%D1%8F%D0%BD
%D0%B0%D1%84%D1%80%D0%B0%D0%BD
%D1%86%D1%83%D0%B7%D1%81%D0%BA%D0%BE%D0%BC/       
14. https://obrazovaka.ru/russkiy-yazyk/tipy-predlozheniy.html   
15. https://skyeng.ru/articles/kakie-byvayut-tipy-predlozhenij-v-anglijskom-   
yazyke/
16. Dars - ta'limni tashkil etish asosiy shakli   
17. https://hozir.org/pedagogik-psixologik-fanlarini-oqitish-metodikasi-moduli-   
boyic.html?page=9
18. https://journals.uz/   wp-content/uploads/2   020/07/conf_iyul_18/   
10.Pedagogika_yonali shi_2_qism.pdf
82

SINTAKTIK TARKIBI QISQARGAN GAPLAR TADQIQI VA TA’LIMI MUNDARIJA KIRISH .......................................................................................................................................................... 1 Prezident Shavkat Mirziyoyevning oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 21.10.2019. .................................................................. 2 I BOB. GAP NAZARIYASI HAQIDA MULOHAZALAR ....................................................................................... 6 1.1.Gap sintaksisining asosiy predmeti sifatida ........................................................................................... 6 Prezident Shavkat Mirziyoyevning oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 21.10.2019. .................................................................. 6 1.2.Gaplarni tasniflash masalasi ................................................................................................................ 10 Типы предложений по цели высказывания ....................................................................................... 14 Типы предложений по интонации ...................................................................................................... 14 1.3.O‘zbek tilida gapning turlari ................................................................................................................. 18 BOB BO‘YICHA XULOSA .............................................................................................................................. 28 II bob. O‘zbek tilida sintaktik tarkibi qisqargan gaplar ............................................................................... 29 2.1.Atov gapning o‘zbek va rus tili darslik va o‘quv qo‘llanmallarida o‘rganilishi ...................................... 29 2.2 So‘z- gap haqida mulohaza .................................................................................................................. 35 2.3.To‘liqsiz gap va uning turlariga qarashlar aks etgan ilmiy tadqiqotlar haqida ..................................... 40 BOB BO‘YICHA XULOSALAR ........................................................................................................................ 45 III. SINTAKTIK TARKIBI QISQARGAN GAPLARNI О‘QITISHDА ZАMОNАVIY MЕTОDLАRDАN FОYDАLАNISH ................................................................................................................................................................... 46 3.1.Zamonaviy dars va unga qo‘yiladigan talablar ..................................................................................... 46 3.2.Atov va so‘z-gaplarni o‘qitishga doir metodik tavsiyalar. ..................................................................... 51 3.2. To‘liqsiz gaplarni o‘qitishning samarali metodlari. .............................................................................. 64 BOB BO‘YICHA XULOSA .............................................................................................................................. 70 UMUMIY XULOSALAR ................................................................................................................................ 71 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ................................................................................................ 75 KIRISH Tadqiqot mavzusining dolzarbligi : Bugungi XXI asr – taraqqiyot yangi bir bosqichga ko‘tarilayotgan paytda ijtimoiy munosabatlarga faol kirisha oladigan, yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan va tasavvur dunyosi keng bo‘lgan barkamol

avlodga bo‘lgan talab har qachongidan ham yuqori. Mana shunday kadrlarni yetishtirishda tilshunoslikning ham o‘rni beqiyos. Asrlar davomida ilmning bir yo‘nalishi, sohasi sanalgan tilshunoslik o‘z qamrovi doirasida ko‘plab tadqiqotlarga ega bo‘lgan. Umuman olganda, til insonni hayvondan ajratib turuvchi asosiy vosita bo‘lib, kishilarning o‘y-xayollari, orzu-istaklari hamda kundalik ehtiyojlarini qondiradigan, bir-biri bilan muloqoqtga kirishishiga yordam beradigan mo‘jizaviy qurol sanaladi. Har bir millatning, har bir xalqning o‘z ona tili mavjudki, u kishi qalbiga ona allasi bilan singadi. Shu o‘rinda mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish joiz: “ Kimda-kim o zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini hisʻ ʼ qilmoqchi bo lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, ʻ o lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo shiqlariga ʻ ʻ quloq tutsin. ” 1 Shu asosda o‘zbek tilshunosligida bugungi kunda yaratilayotgan har bir yangilik, tadqiqot va izlanishlar yuqoridagi talab asosida yaratilmoqda. Bilamizki, Til bir butun sistema bo‘lib, u sathlardan tashkil topgan. Shu sathlar orasida eng yuqorisi – bu sintaktik sath hisoblanadi. Sintaksisning muammolaridan biri gap tushunchasi bo‘lib, uning qoidasi adabiyotlarda turli shakllarda berilganligini ko‘rishimiz mumkin. Shunday ekan, mazkur dissertatsiya ishida o‘zbek va yevropa tilshunosligida gap ta’rifiga alohida to‘xtalib o‘tilgan, qiyoslangan va o‘zbek tilidagi gap qoidasini bitta qolipga keltirish masalasi o‘rtaga tashlangan. Gapni tasniflash masalasi va turlarini o‘rganish. Sintaktik tarkibi qisqargan gaplarni tadqiq etish va o‘qitishning samarali usullarini yaratish va tavsiyalarini ishlab chiqish dissertatsiya ishining dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqotning metodologik asosi: o‘zaro aloqadorlikda va taraqqiyotda o‘rganishga asoslangan dialektik falsafadir. Ishda qiyoslash, chog‘ishtirish, tavsifiy metodlardan foydalanildi. 1 Prezident Shavkat Mirziyoyevning o zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o ttiz yilligiga ʻ ʻ bag ishlangan tantanali marosimdagi nutq ʻ i . 21.10.2019. 2

Tadqiqot ob y ekti: sintaktik tarkibi qisqargan gaplar namoyon bo‘lishining sinxron-diaxron shakllari, o‘ zbek tilidagi gap qoidalari va turlari, xususan, sintaktik tarkibi qisqargan gaplar: atov gap, so‘z gap, to‘liqsiz gaplar . Tadqiqot predmeti: sintaktik tarkibi qisqargan gaplarga doir tadqiqotlar va nazariyalarning mazmuni, shakl, vosita va metodlari. Tadqiqot ishining maqsadi: - Mavzuga doir o‘quv adabiyotlari bilan tanishib chiqish jarayonida yangidan-yangi ilmiy xulosalar chiqarish; - o‘quv jarayonida sintaktik tarkibi qisqargan gaplarni o‘qitishning samarali metodlarini yaratish va o‘qitish samaradorligini oshirish ; - tegishli mutaxassisliklar uchun sintaktrik tarkibi qisqargan gaplarning ilmiy metodologik asoslarini ishlab chiqish; - o lib borilgan izlanishlar yuzasidan taklif, metodik tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berish. Tadqiqotning vazifalari: - tilshunoslikda gap va uning muhim xususiyatlarini o‘rganish; - gap va uning turlari haqida ayrim chet tillari (inliz, rus, fransuz) hamda o‘zbek tili grammatikasida mavjud bo‘lgan qarashlarning tayanch nuqtalarini topish; - sintaktik tarkibi qisqargan gaplarning grammatik xususiyatlarini o‘rganish; - sintaktik tarkibi qisqargan gaplardan yuzaga keladigan mazmuniy munosabatlarni o‘rganish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi : - “Sintaktik tarkibi qisqargan gaplar” atamasi V.Gak tomonidan tilshunoslikka olib kirilganligi hamda bu boradagi qarashlar tahlilga tortildi. - Gapning o‘ziga xos xususiyatlari, tarkibiy tuzilmasi, qoidalari chet tillari bilan o‘zaro qiyoslandi. - sintaktik tarkibi qisqargan gaplardan yuzaga keladigan mazmuniy munosabatlar asoslab berildi. 3

- Ta’limda sintaktik tarkibi qisqargan gaplar: atov gap, so‘z gap, to‘liqsiz gaplarni o‘qitishning o‘ziga xos, zamonaviy, samarali metodologik asoslari ishlab chiqildi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Tadqiqot ishida sintaktik tarkibi qisqargan gaplarga doir tadqiqotlar ko‘lamini yanada kengaytirish, bu borada samarali natijalarga erishih mumkin, agar: - o‘zbek tilshunosligida gapning qoidasi, qurilishi va mazmuni o‘rganilsa; - mazvuning jahon tilshunosligi bilan o‘zaro umumiy va xususiy jihatlari tahlilga tortilsa; - gapning umumiy, barcha uchun universal bo‘lgan qoidasining yaratilishi yuzasidan xulosalar berilsa; - sintaktiktik tarkibi qisqargan gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlansa; - mazkur mavzuni o‘qitishda samaraga erishilgan metodlar, usullarga doir tajribalarni ta’lim jarayoniga olib kirilsa. Tadqiqot mavzusi bo yicha adabiyotlar sharhi (tahlili).ʻ Gap sintaksisning asosiy birligi ekanligi barcha grammatik adabiyotlarda qayd etiladi. Tilning sintaktik sathini Abdurauf Fitrat qarashlarida yangicha tus olgan bo‘lsa, keyinchalik bu ishni A.G‘ulomov, B.O‘rinboyev, G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova, R.Sayfullayevalar o‘zlarining “ Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis” kitoblarida umumiy o‘rgangan, xususan, sintaktik tarkibi qisqargan atov gap, so‘z gaplarni B.O‘rinboyev o‘zining “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kitobida, N.Turniyozov o‘z tadqiqotlarida, M.B.Finkelshteynning “To‘liqsiz gaplarni o‘rganish tarixidan”, A.G‘ulomovning “To‘liqsiz gapning to‘liqligi”, S.Ravshanovaning “So‘z- gaplarning ba’zi xususiyatlari”, A.Mamatovning “Atov gap haqida”, H.Usmonovaning “To‘liqsiz gaplar haqida ba’zi mulohazalar” nomli maqolalarida ilmiy jihatdan asoslab o‘rganilganligini ko‘rishimiz mumkin. Tadqiqotda qo llanilgan metodikaning tavsifi. ʻ Mazkur tadqiqot ishida qiyoslash, chog‘ishtirish, tavsifiy metodlardan foydalanilgan. 4

Tadqiqotning nazariy ahamiyati: o‘zbek va chet tillarida gap va uning xususiyatlariga doir maxsus qoidalar, qoliplanishlar, guruhlarishlarning o‘ziga xosligi, gap, unga doir ilmiy-nazariy qarashlarning mushtarak va alohidalik kasb etganligi, o‘zbek tilshunosligida sintaktik tarkibi qisqargan gaplar, xususan, atov gap, so‘z gap, to‘liqsiz gaplarni o‘rganishning tarixiy va bugungi kundagi holati yuzasidan chiqarilgan xulosalar bilan izohlanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Magistrlik dissertatsiyasida yoritilgan nazariy va amaliy masalalardan tilshunoslik, umumkasbiy, pedagogik, metodik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, uslubiy tavsiya va ishlanmalar yaratish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish jarayonida samarali foydalanish mumkin. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan tavsiyalar o‘quvchilarni ongli ravishda ilmiy izlanishlar olib borishlariga ham ko‘maklashadi. Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasi tuzilish jihatdan kirish, 3 ta bob, 9 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, uning asosiy hajmi 82 betni tashkil qiladi. 5