logo

Qoʻshma gaplar uslubiyati

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

231 KB
Mavzu:  Qo shma gaplar uslubiyatiʻ
Reja:
        Kirish
1. Qo shma gap haqida umumiy ma’lumot.	
ʻ
2. Qo shma gap va uning turlarida  sinonimiya hodisasi.
ʻ
3. Qo shma gaplarning nutq uslublarida qo llanilishi.
ʻ ʻ
Xulosa
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati	
ʻ Kirish 
Stilistika til yaruslariga tayangan holda fonetik, leksik, morfologik, sintaktik
stilistika   kabilarga   bo ʻ linadi 1
.   Stilistika   bo ʻ limlarining   o ʻ z   tekshirish   obyektlari
mavjud.   Bizning   tekshiruvimiz   qo ʻ shma   gaplarning   stilistik   xususiyatlariga
bag ʻ ishlangan   bo ʻ lib,   bu   masala   sintaktik   stilistikaning   eng   murakkab
muammolaridan hisoblanadi. 
U yoki bu sintaktik butunlik ma’lum bir stilistik funksiyani bajarar ekan, bu
funksiya   biror-bir   grammatik   struktura   yoki   uning   varianti   yordamida   reallashuvi
tabiiy.   Shunday   ekan,   grammatika   va   stilistika   bir-biri   bilan   uzviy   bog ʻ liq,   biri
ikkinchisisiz   yashay   olmaydi.   Grammatika   stilistika   uchun   material   beradi.
Stilistika grammatik vositalarga tayanadi va ularning konnotativ ma’nolarini ochib
beradi. Shuning uchun ba’zi olimlar stilistika bevosita grammatikaning davomidir
deb izohlaydilar. 2
Qo shma   gaplar   va   uning   turlari,   qo shma   gaplarning  tabiati   masalalari   rusʻ ʻ
va   yevropa   tilshunosliklari   qatori   o zbek   tilshunosligida   ham   keng,   atroflicha	
ʻ
o rganilgan.   Bu   sohada,   ayniqsa,   akad.   G .Abdurahmonov   va   M.Asqarovalarning	
ʻ ʻ
xizmatlarini   alohida   qayd   etmoq   kerak.   Shuningdek,   A.   G ulomov,   H.   G oziyev,	
ʻ ʻ
F.Kamolov,   A.   Azizova,   H.   Rustamov,   E.   Azlarov,   A.   Kononov,   E.   Grunina,   X.
Ab-durahmonov,   A.   Nurmonov,   N.   Mahmudov   va   boshqa   ham   o zbek   tilida	
ʻ
qo shma   gaplar   sintaksisini   o rganish   va   rivojlantirishga   munosib   hissa	
ʻ ʻ
qo shganlar. Keyingi yillarda (o tgan asrning 90-yillaridan) o zbek tilshunosligida
ʻ ʻ ʻ
qo shma   gaplarni,   umuman   sintaktik   hodisalarni   yangicha   nuqtai   nazar   bilan
ʻ
sistemaviy-struktur usulda o rganish boshlandi.	
ʻ
Qo shma   gaplar   turlari   va   ularning   stilistik   xususiyatlari   tilshunoslar	
ʻ
tomonidan   atroflicha   tahlilga   tortilgan.   Xususan,   M.Asqarova 3
,   A.Mamajonov 4
ishlarida kuzatish mumkin.
Hozirgacha   mavjud   lingvistik   adabiyotlarda   qo‘shma   gaplar   Grammatik
shakli   va   komponentlarining   munosabatiga   qarab   bog ʻ lovchisiz,   bog ʻ langan,
ergash   gapli   qo‘shma   gaplarga   bo‘lib   o‘rganilayotganini   kuzatamiz.   Ergash
gaplarning   bosh   gapni   yaxlitligicha   izohlashi   yoki   uning   biror   bir   bo‘lagi   bilan
aloqador bo‘lishi haqidagi qarash turkiyshunoslikda ham keng tarqalgan. Masalan,
M.A.Asqarova   shunday   ta’kidlaydi:   “Ergash   gap   esa   mazmun   va   strukturasiga
ko‘ra   bosh   gapdan   ko‘ra   boshqacharoq   tuzilib,   bosh   gapning   bo‘lagini   yoki   bosh
gapni   yaxlitligicha   izohlaydi”.   G‘.Abdurahmonov   ergashgan   qo‘shma   gaplarda
ikki yoki undan ortiq soda gaplar o‘zaro hokim-tobe munosabati orqali bog‘lanishi,
ergash gap bosh gapga tobe bog‘lanib, bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlab kelishi,
bosh   va   ergash   gap   grammatik   hamda   mazmunan   jips   bog‘lanib,   yaxlit   birlikni
tashkil   etishi   va   umumiy   bir   fikrni   ifodalashini   qayd   etadi.   Ular   o‘zaro   fe’lning
amaliy shakllarining qo‘llanishi (turli grammatik vositalar bilan birikkan sifatdosh,
1
  ?
A. Mamajonov. “Qo’shma gap stilistikasi”(1990)
2
 O’sha asar
3
 “Qo’shma gap stilistikasi”(1990)
4
 “Bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gaplar”(1955), “sabab va maqsad ergash gapli qo’shma  gaplar”(1957), 
“Aniqlovchi ergash gaplar”(1959), “Qo’shma gapning ko’chirma gapli turi haqida”(1987), “Ergashgan qo’shma 
gaplarning sintaktik sinonimikasi”(1963), “Hozirgi o’zbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar”(1966) ravishdosh va shart fe’li), yordamchi so‘zlar orqali munosabatga kirishishini
ta’kidlaydi 5
1. Qo shma gaplar haqida umumiy ma’lumotʻ
Gaplar   tuzilishiga   ko ʻ ra   (grammatik   asoslar   miqdoriga   ko ʻ ra)   ikkiga
bo ʻ linadi:
a) sodda gaplar b) qo ʻ shma gaplar
Qo ʻ shma gaplar sodda gaplardan quyidagi jihatdan farq qiladi:
a) sodda gaplarning grammatik asosi bitta – qo ʻ shma gaplarniki ikkidan ortiq;
b)   sodda   gaplar   bitta   kesimlik   belgisiga,   bitta   shakllangan   kesimga   ega   bo ʻ ladi   –
qo ʻ shma gaplarda esa ikkidan ortiq kesimlik belgisi bo ʻ ladi;
c)   sodda   gaplar   ma’lum   bir   fikrni   ba’zan   qo ʻ shimcha   ravishda   his-hayajonni
ifodalaydi –qo ʻ shma gaplar esa murakkabroq fikrni anglatadi.
Demak,   gaplarni   sodda   va   qo ʻ shma   gaplarga   ajratishda   kesimlik   belgisining
miqdori asos bo ʻ ladi.
Qo shma   gap   ikki   yoki   undan   ortiq   sodda   gaplarning   o	
ʻ ʻ zaro   grammatik   va
mazmuniy munosobatidan tashkil topadi. Bunda:
- qo ʻ shma gap tarkibidagi  sodda gaplarning   grammatik   munosobati  deganda shu
sodda   gaplarning   ma’lum   bir   grammatik   vositalar   yordamida   bog ʻ lanishi
tushuniladi.
-   qo ʻ shma   gap   tarkibidagi   sodda   gaplarning   mazmuniy   munosobati   deganda   esa
qo ʻ shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmunan muvofiqligi tushuniladi.
M:   qish   keldi   va   o ʻ rik   gulladi   –   bu   yerda   va   bog ʻ lovchi   vosita   hisoblanadi,
mazmunan xato. Shuningdek, ushbu gaplarni ham solishtirib ko ʻ raylik: Qo ng iroq	
ʻ ʻ
chalindi   va   dars   boshlandi.   Qo ng iroq   chalindi-yu,   dars   boshlandi.  	
ʻ ʻ Qo ng iroq	ʻ ʻ
chalingani   uchun,     dars   boshlandi.   Qo ng iroq   chalinib,     dars   boshlandi.	
ʻ ʻ
Qo ng iroq chalindi: dars boshlandi. 	
ʻ ʻ
Bu   gaplar   mazmun   tomondan   juda   yaqin:   hammasida   ham   sabab-natija
munosabati ifodalangan. Ular o ʻ zaro sinonimik gaplar qatorini yuzaga keltiradi va
istalganidan   foydalanish   mumkin   bo’ladi.   Lekin   bu   gaplar   grammatik   tomondan,
ma’no   ottenkasi   tomondan   ma’lum   darajada   bir-biridan   farq   qiladi.   Bu,   avvalo,
bog ʻ lovchilarda, ohangda, gaplar tartibida ko ʻ rinadi.
Qo ʻ shma   gapni   tashkil   etgan   sodda   gaplar   bilan   alohida   qo ʻ llangan   sodda   gaplar
teng emas:
- alohida qo ʻ llangan sodda gaplar   grammatik, mazmun va ohang  tugalligiga ega
bo ʻ ladi.
-   qo ʻ shma   gap   tarkibidagi   sodda   gaplarda   esa   grammatik,   mazmun   va   ohang
tugalligi   qo ʻ shma   gap   oxirida   namoyon   bo ʻ ladi.   Shuning   uchun   qo shma   gap	
ʻ
tarkibidagi sodda gaplar alohida mustaqil qo llanilgan gap emas, balki bir umumiy	
ʻ
gapning qismi hisoblanadi.
Qo shma gap — tuzilishiga ko ra sodda gapga o xshash ikki va undan ortiq	
ʻ ʻ ʻ
predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan
yuzaga   keluvchi   gap;   gapning   struktural   jihatdan   alohida   bir   turi.   Qo shma   gap	
ʻ
tuzilishi   va   qurilish   materialiga   ko ra   sodda   gapdan   farq   qiladi.   Sodda   gapning	
ʻ
5
 G’.Abdurahmonov.(1996,185-b) qurilish   materiali   so z   yoki   so z   birikmalari   bo lsa.   Qo shma   gapning   qurilishʻ ʻ ʻ ʻ
materiali   sodda   gaplardir.   Sodda   gap   bitta   predikativ   asosdan,   qo shma   gap   esa	
ʻ
ikki   va   undan   ortiq   predikativ   asosdan   tashkil   topadi.   Bir   qancha   turkiy   tillarda,
jumladan,   o zbek   tilida,   qo shma   gaplar   qanday   mazmun   munosabatlarini	
ʻ ʻ
ifodalashi,   grammatik   belgilari,   tuzilishi   va   intonatsiyasiga   ko ra   3   asosiy   turga	
ʻ
bo linadi:	
ʻ
  1. Bog lovchisiz qo shma gap;	
ʻ ʻ
  2. Bog langan qo shma gap; 
ʻ ʻ
  3. Ergashgan qo shma gap 	
ʻ 6
.
Tarkibidagi   predikativ   birliklar   o zaro   bog lovchi   yoki   bog lovchi	
ʻ ʻ ʻ
vazifasidagi   so z   yordamida   emas,   balki   boshqa   vositalar   yordamida   birikkan	
ʻ
qo shma   gaplar   bog lovchisiz   qo shma   gap   hisoblanib,   bunday  qo shma   gaplarda	
ʻ ʻ ʻ ʻ
ohang   muhim   rol   o ynaydi.   Bog lovchisiz   qo shma   gaplar   aksar   hollarda	
ʻ ʻ ʻ
bog langan   va   ergashgan   qo shma   gaplar   bilan   o xshash,   munosabatdoshday	
ʻ ʻ ʻ
ko rinsa-da,   ular   ana   shu   turdagi   gaplarning   bog lovchisiz   varianti   emas,   balki
ʻ ʻ
qo shma   gaplarning   alohida   turi   hisoblanadi:   "Saodatxon   eshikni   ochib   yubordi,
ʻ
uyga   muzday   kuz   havosi   kirdi"   (S.Zunnunova).   "Sultonmurod   o zini   chetga	
ʻ
olishga tirishdi, xalq to lqini uni surib ketdi" (Oybek).	
ʻ
Tarkibidagi   predikativ   birliklar   o zaro   teng   bog lovchilar   yordamida	
ʻ ʻ
birikkan   (teng   aloqali)   qo shma   gaplar   bog langan   qo shma   gaplar   deyilib,   uning	
ʻ ʻ ʻ
tarkibiy qismlari shaklan mustaqil ko rinsa-da,   mazmunan va tuzilish jihatdan bir	
ʻ
butunlikni   tashkil   etadi.   Mas:   "Bahor   keldi   va   gullar   ochildi".   "Dilafro z  chindan	
ʻ
ham o zgargan. Ammo o ktam kulgusi, quralay ko zlarining kibrona boqishi o sha-	
ʻ ʻ ʻ ʻ
o sha edi" (O .Hoshimov).	
ʻ ʻ
Tarkibidagi   predikativ   birliklar   (sodda   gaplar)   bosh   va   ergash   holatida
bo lib,   ya ni   bosh   va   ergash   gaplardan   tuzilib.   ergashtiruvchi   bog lovchilar,   bir
ʻ ʼ ʻ
qancha fe l shakllari, yuklama va ko makchilar, nisbiy so zlar va tobelanish ohangi	
ʼ ʻ ʻ
yordamida birikib, biri ikkinchisini aniqlash, to ldirish kabi vazifalarni bajaradigan	
ʻ
qo shma gaplar turi ergashgan qo shma gaplar yoki ergash g a p l i qo shma gaplar	
ʻ ʻ ʻ
deyiladi.   Mas:   "Bir   kuni   ko chada   ketayotsam,   Umri   bir   bosh   uzum   ko tarib	
ʻ ʻ
kelyapti"   (A.Qahhor)   gapidagi,   "bir   kuni   ko chada   ketayotsam"   qismi   ergash   gap	
ʻ
bo lib,   u   bosh   gapdagi   (Umri   bir   bosh   uzum   ko tarib   kelyapti)   ish-harakatning	
ʻ ʻ
amalga oshish payti (vaqti)ni aniqlab, uni to ldirmoqda, predikatdagi shaklga ko ra	
ʻ ʻ
tobe holatda turibdi. Demak,  bosh gap ergashgan  qo shma gap tarkibidagi  hokim	
ʻ
komponent,   ya ni   ergash   gap   tomonidan   o zi   yoki   biror   bo lagi   aniqlanadigan,	
ʼ ʻ ʻ
ergash gap tobe bo ladigan gapdir. Mas.: "Qaysi kishi ertalab shunday mashq qilsa,	
ʻ
u dardga chalinmaydi" gapi ega ergash gapli qo shma gap bo lib, undagi "u dardga	
ʻ ʻ
chalinmaydi"   qismi   bosh   gap   hisoblanib,   bosh   gapning   egasi   ergash   gap   orqali
izohlanmoqda.   Yoki   "Shoshish   kerak   emas,   chunki   bu   yil   toshqin   xavfi   yo q"	
ʻ
gapida   esa   "Shoshish   kerak   emas"   bosh   gap   bo lib,   ergash   gap   bosh   gapdan	
ʻ
6
  Ғуломов   А .,  Асқарова   М .  Ҳозирги   ўзбек   адабий   тили . – Тошкент ,  Ўқитувчи . 1987.  anglashilgan   harakatning   sababini   ko rsatmoqda.   Ergash   gapli   qo shma   gapʻ ʻ
tarkibidagi   tobe   qism   ergash   gap   hisoblanadi.   Ergash   gap   bosh   gapga   ergashib
(tobelanib),   bu   gapni   yoki   uning   biror   bo lagini   qandaydir   (payt,   o rin,   sabab,	
ʻ ʻ
natija   va   boshqalar)   jihatdan   aniqlab,   belgilab   keladi.   O zbek   tiliga   doir   mavjud	
ʻ
darslik va qo llanmalarda ergash gaplar (ergash gapli qo shma gaplar) mazmun va	
ʻ ʻ
vazifalariga ko ra 14 turga ajratiladi.
ʻ
Qo shma gap qismlarini bog lovchi vositalar:	
ʻ ʻ
Qo shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo shma gap qismlari deb nomlanadi.
ʻ ʻ
Qo shma   gap   qismlarini   bog lash   uchun   xizmat   qiladigan   vositalar  
ʻ ʻ bog lovchi	ʻ
vositalar   deyiladi.   Qo shma   gap   qismlarini   bog lash   uchun   quyidagi   vositalar	
ʻ ʻ
xizmat qiladi:
a) bog lovchilar – 	
ʻ teng bog lovchilar va ergashtiruvchi bog lovchilar;	ʻ ʻ
b) bog lovchi vazifasidagi vositalar:	
ʻ
-bog lovchi vazifasidagi yuklamalar	
ʻ
-bog lovchi vazifasidagi 
ʻ bo ʻ lsa, esa, deb  so zlari	ʻ
-nisbiy so zlar	
ʻ
-ko’makchili qurilmalar:  shuning uchun, shu sababli, shu tufayli, shu bois
-fe’lning -sa shart mayli qo shimchasi	
ʻ
c) ohang
2. Qo shma gap va uning turlarida  sinonimiya hodisasi.	
ʻ
Qismlarining qanday bog lovchi vositalar yordamida bog lanishiga ko ra qo shma	
ʻ ʻ ʻ ʻ
gaplar 3 guruhga bo linadi:	
ʻ
a) bog langan qo shma gaplar	
ʻ ʻ
b) ergashgan qo shma gaplar	
ʻ
c) bog lovchisiz qo shma gaplar	
ʻ ʻ 7
I. BOG LANGAN QO SHMA GAPLAR
ʻ ʻ
Qismlari teng bog lovchilar yoki teng bog lovchi vazifasidagi vositalar yordamida	
ʻ ʻ
birikkan qo shma gaplar 	
ʻ bog langan qo shma gaplar 	ʻ ʻ deyiladi.
Bog langan qo shma gap qismlari o zaro quyidagi vositalar bilan bog lanadi:	
ʻ ʻ ʻ ʻ
-teng bog lovchilar	
ʻ
-teng bog lovchi vazifasidagi yuklamalar
ʻ
-teng bog lovchi vazifasidagi bo lsa, esa so zlari yordamida
ʻ ʻ ʻ
Bog langan qo shma gapga xos xususiyatlar:	
ʻ ʻ
a) qismlari, ya’ni tarkibidagi sodda gaplar o ʻ zaro teng aloqada bo ladi	
ʻ
b) ular orasida tobe hokimlik bo lmaydi	
ʻ
c) bosh gap, ergash gap atamalari ishlatilmaydi
d) tarkibidagi sodda gaplar biri ikkinchisini aniqlab, izohlab kelmaydi
e) bir gapdan boshqasiga savol berilmaydi
Qismlarning   qanday   bog lovchi   vositalar   yordamida   bog lanishiga   ko ra	
ʻ ʻ ʻ
bog langan	
ʻ
qo shma gaplar o z ichida 4 guruhga bo linadi.
ʻ ʻ ʻ
a)  biriktiruv  bog lovchilari yordamida bog langan qo shma gap	
ʻ ʻ ʻ
7
  Ғуломов   А .,  Асқарова   М .  Ҳозирги   ўзбек   адабий   тили . – Тошкент ,  Ўқитувчи . 1987. 187- б . b)  zidlov  bog lovchilari yordamida bog langan qo shma gapʻ ʻ ʻ
c)  ayiruv  bog lovchilari yordamida bog langan b qo shma gap
ʻ ʻ ʻ
d)  bo lsa, esa so zlari 	
ʻ ʻ yordamida bog langan  qo shma gap	ʻ ʻ
1. Biriktiruv bog lovchilari yordamida bog langan qo shma gap	
ʻ ʻ ʻ
  Bunday qo shma gap qismlari o zaro quyidagi vositalar yordamida bog lanadi:	
ʻ ʻ ʻ
a) va, hamda biriktiruv bog lovchilari yordamida	
ʻ
- Novdalarni bezab g unchalar, Tongda aytdi hayot otini	
ʻ
-  Va  shabada qurg ur ilk sahar, Olib ketdi gulning totini	
ʻ
b) biriktiruv bog lovchisi vazifasidagi 
ʻ -u, -yu, -da yuklamalari  orqali bog lanadi	ʻ
- Gulchehra piq etib kuldi -da , cho zilib tugunini oldi.	
ʻ
c)   Oliy   ta’limda   yuqoridagilardan   tashqari   biriktiruv   bog lovchisi   vazifasidagi	
ʻ
yakka
qo llangan 	
ʻ ham yuklamasi  ham ko rsatiladi.	ʻ
- Ishim to g rilanib ketdi ham yerim o zimga qoldi.	
ʻ ʻ ʻ
  Bunday qo shma gaplar orasida quyidagicha ma’no munosabati bo ladi:	
ʻ ʻ
a) qismlari orasida payt munosabati bo ladi, ya’ni bir paytda yoki ketma- ket sodir	
ʻ
bo lgan voqealar ifodalanadi:	
ʻ
- Eshik ochildi va Qalandarovning ozg in yuzi ko rindi	
ʻ ʻ
b)   qismlar   orasida   sabab   natija   munosabati   ham   ifodalanishi   mumkin.   Bunday
holda
qo shma gapning ikkinchi qismi oldidan natijada so zini qo llash mumkin.	
ʻ ʻ ʻ
- Anor so zlar 	
ʻ va(natijada)  Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirardi.
c) -u, -yu, -da yuklamalari ham biriktiruv bog lovchilari bajargan vazifani bajaradi.	
ʻ
Bu   yuklamalar   bilan   bog langanda   asosiy   mazmundan   tashqari   tezlik   va	
ʻ
kutilmaganlik, uzluksiz yuz berayotgan voqea hodisalar, sabab kabi mazmun ham
ifodalanadi.
Bunday qo shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi:	
ʻ
  Agar qismlari va, hamda biriktiruv bog lovchilari, ham yuklamasi yordamida	
ʻ
bog langan   bo lsa   qismlar   orasida   hech   qanday   tinish   belgisi   qo yilmaydi.     Agar	
ʻ ʻ ʻ
qismlari bog lovchi vazifasidagi 	
ʻ -u, -yu, -da yuklamalari  yordamida bog langan	ʻ
bo lsa bu vositalardan keyin vergul qo yiladi.	
ʻ ʻ
2. Zidlov bog lovchilari yordamida bog langan qo shma gap	
ʻ ʻ ʻ
Bunday qo shma gap qismlari o zaro quyidagi vositalar yordamida bog lanadi:	
ʻ ʻ ʻ
a) ammo, lekin, biroq, balki zidlov bog lovchilari bilan bog lanadi	
ʻ ʻ
-Insonni tabiat vujudga keltiradi , ammo  jamiyat uni kamol toptiradi
b) Zidlov bog lovchisi vazifasidagi 	
ʻ -u, -yu, -da yuklamalari  yordamida bog lanadi	ʻ
-Gap ko p	
ʻ -u,  ko mir oz	ʻ
  Bunday qo shma gaplar orasida quyidagicha ma’no munosabati bo ladi:	
ʻ ʻ
a) zidlik manosi
b)   -u,   -yu,   -da   yuklamalari   zidlash,   ketma-ketlik   munosabati   borligini   bildiradi.
Bazan   zidlikni   kuchaytirish   uchun   ikkita   zidlov   bog lovchisi   yoki   zidlov	
ʻ
bog lovchisi vazifasidagi 	
ʻ -u, -yu, -da yuklamalari  bilan birga qo llanishi mumkin.	ʻ
-Mahalla   hali   obod   bo lganicha   yo g	
ʻ ʻ ʻ -u,   lekin   odam   ruhi   bor.   Bu   yerda   ma’no
kuchaygan. Bunday qo shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi:
ʻ a) Zidlov bog lovchilari qo shma gapning ikkinchi qismi boshida keladi bulardanʻ ʻ
oldin vergul qo yiladi.
ʻ
b)   Zidlov   bog lovchisi   vazifasidagi  
ʻ -u,   -yu,   -da   yuklamalari   esa   qo shma   gap	ʻ
birinchi
qismining oxirida keladi va ulardan keyin vergul qo yiladi.	
ʻ
3. Ayiruv bog lovchilari yordamida bog langan qo shma gap	
ʻ ʻ ʻ
  Bunday qo shma gap qismlari o zaro quyidagi vositalar yordamida bog lanadi:	
ʻ ʻ ʻ
a) yakka holda ham, takror holda ham qo llanishi mumkin bo lgan yo, yoki ayiruv	
ʻ ʻ
bog lovchilari yordamida.	
ʻ
- Ilgari ham havo shunday qizirmidi  yo  bu yil issiqroqmi.
b) faqat takror qo llanuvchi goh..-goh, ba’zan..-ba’zan, dam..-dam, bir..-bir.. ayiruv	
ʻ
bog lovchilari yordamida.	
ʻ
-Uzoqdan   goh   ko’m-ko’k   o t   bosib   ketgan   yaylovlar   ko rinadi,  	
ʻ ʻ goh   qop-qorong i	ʻ
dalalar ko zga tashlanadi.	
ʻ
c) Oliy ta’limda yohud, yoinki ayiruv bog lovchilari ham ko rsatiladi.	
ʻ ʻ
Bunday qo shma gaplar orasida quyidagicha ma’no munosabati bo ladi:	
ʻ ʻ
Agar qismlari yo, yoki, yohud, yoinki, ayiruv bog lovchilari yordamida bog lansa,	
ʻ ʻ
voqea-hodisalarning   faqat   biri   sodir   bo lishi   ifodalanadi,   ya’ni   voqea-hodisaning	
ʻ
biri   tasdiqlanadi   ikkinchisi   inkor   etiladi.   Agar   qismlari   faqat   takror   qo llanuvchi	
ʻ
goh..-goh,   ba’zan..-ba’zan,   dam..-dam,   bir..-bir..   kabi   bog lovchilar   yordamida	
ʻ
bog lansa, voqealarning galma-gal, navbatma-navbat sodir bo lishi ifodalanadi.	
ʻ ʻ
Bunday qo shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi:	
ʻ
Agar   qismlari   yakka   qo llanadigan   ayiruv   bog lovchilari   yordamida   bog lansa,	
ʻ ʻ ʻ
qismlari   orasida   hech   qanday   tinish   belgisi   qo yilmaydi.   Agar   qismlari   takror	
ʻ
qo llanuvchi ayiruv bog lovchilari yordamida bog lansa,   ikkinchi qismidan oldin	
ʻ ʻ ʻ
vergul qo yiladi.	
ʻ
Eslatma:
Teng bog lovchilarning barchasi bog langan qo shma gap qismlarini bog lashdan
ʻ ʻ ʻ ʻ
tashqari   sodda   gap   tarkibidagi   uyushiq   bo laklarni   bog lash   uchun   xizmat   qiladi.	
ʻ ʻ
Bu ikki holatni farqlay olish kerak.
Nafisa  va  men hovlini supirib, ovqatga unnadik. -uyushiq bo laklarni bog lagan.	
ʻ ʻ
Nafisa hovlini supirdi  va  men ovqatga unnadim - sodda gaplarni bog lagan.	
ʻ
4. Bo lsa, esa so zlari yordamida bog langan qo shma gap.	
ʻ ʻ ʻ ʻ
Bo lsa,   esa   bog lovchi   vazifasidagi   so zlari   bog langan   qo shma   gap   qismlarini	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
bog lash   bilan   birga   ular   o’rtasida   qiyoslash,   zidlash   munosabatlari   mavjudligini
ʻ
ham   ifodalaydi.   Bo lsa,   esa   bog lovchi   vazifasidagi   so zlari   qo shma   gapning	
ʻ ʻ ʻ ʻ
ikkinchi qismida qiyoslanuvchi bo lakdan keyin keladi.	
ʻ
-Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi, to g rilik 	
ʻ ʻ bo lsa 	ʻ uni saodatga boshlaydi.
Bu yerda qiyoslash va zidlash muosabati mavjud.
-Aql eskirmas kiyim, bilim  bo lsa 	
ʻ tuganmas buloqdir.
Bu yerda faqat qiyoslash munosabati ifodalanyapti.
  Bunday   qo shma   gaplar   orasiga   vergul   qo yiladi.   Bog langan   qo shma   gap	
ʻ ʻ ʻ ʻ
qismlari   orasida   bog lovchi   vazifasida   keladigan  	
ʻ bo lsa	ʻ   so zini,  	ʻ -sa   shart   maylini
olgan  bo l 	
ʻ fe’lidan farqlashimiz kerak. -Haqiqiy  do sting  ʻ bo lsa	ʻ , hayot   so qmoqlarida  adashmaysan.  -	ʻ ergashgan  qo shma	ʻ
gap
-Aql   ko pga   yetkazadi,   hunar  	
ʻ bo lsa  	ʻ insonni   ko kka   ko taradi.   -  	ʻ ʻ bog langan	ʻ
qo shma gap	
ʻ
  Litsey darsligida  bo lsa, esa 	
ʻ qatorida  yo ʻ qsa  bog lovchi vazifasidagi so zi ham	ʻ ʻ
qo llanadi.   Oliy   ta’lim   darsliklarida   bog langan   qo shma   gapning  	
ʻ ʻ ʻ to rtinchi  	ʻ turi
sifatida   inkor   munosabatli   bog langan   qo shma   gaplar  	
ʻ ʻ ham   ko rsatiladi.   Bunday	ʻ
qo shma   gap   qismlari   o zaro   takror   qo llanuvchi  	
ʻ ʻ ʻ na…na…   vositasi   yordamida
bog lanadi. Bunday qo shma gaplar tarkibidagi har ikki sodda gapdan anglashilgan
ʻ ʻ
mazmun voqea-hodisa inkor etiladi. Ular orasida vergul qo yiladi.	
ʻ
- Na  biror uyning mo risidan tutun chiqadi, 	
ʻ na  biror daraxt ko rinadi.	ʻ
  na…na inkor bog lovchisi bog langan qo shma gap qismlarinilarni yoki uyushiq	
ʻ ʻ ʻ
bo laklarni bog lash uchun xizmat qiladi. Bularni farqlash kerak.	
ʻ ʻ
-Seni   bir   dam   xafa   qilmoqqa   na   haqqim   bor,   na   huquqim   bor.   -sodda   gaplarni
bog layapti.
ʻ
- Seni bir dam xafa qilmoqqa  na  haqqim ,  na  huquqim bor.  - uyushiq kesimlarni
bog layapti.
ʻ
II. ERGASHGAN QO SHMA GAPLAR	
ʻ
  Qismlari   ergashtiruvchi   bog lovchilar   yoki   shunday   bog lovchi   vazifasidagi	
ʻ ʻ
vositalar   yordamida   tobe   bog langan   qo shma   gaplar  
ʻ ʻ Ergasggan   qo shma   gaplar	ʻ
deyiladi.  Ergashgan   qo shma   gaplar   tarkibida  nechta   gap  bo lishidan  qatiiy  nazar	
ʻ ʻ
doimo 2 qismdan iborat bo ladi.	
ʻ
a) hokim qism(bosh gap)
b) tobe qism (ergash gap)
  Bunday qo shma gaplar ergash gapning bosh gapga tobelanishidan hosil  bo ladi.	
ʻ ʻ
Mazmuni   izolanayotgan   gap   bosh   gap   hisoblanadi.   Bosh   gapning   mazmunini
izohlayotgan va ko’pincha tobe shaklda turgan qism   ergash   gap   deyiladi. Hamma
vaqt   bosh   gapdan   ergash   gapga   savol   beriladi.   Ergash   gap   bosh   gap   orqali
berilayotgan   so ʻ roqqa   javob   bo ladi.   Yozuvda   ergash   gap   bilan   bosh   gap   orasida	
ʻ
doimo vergul qo yiladi. Ergash gap bosh gapdan oldin yoki keyin kelishi mumkin.	
ʻ
9. Ergashgan qo shma gaplar tuzulishiga ko ra so z birikmasiga o
ʻ ʻ ʻ ʻ xshaydi, ya’ni:
a)   so z   birikmasi   ham   ergashtiruvchi   qo shma   gaplar   ham   2   qismdan,   ya’ni   tobe	
ʻ ʻ
hokim qismdan iborat bo ladi.	
ʻ
b) ikkalasida ham kompanentlar tobelanish munosabatiga kirishadi.
c) ikkalasida ham tobe qism hokimning so’rog’iga javob bo ladi	
ʻ
d) ikkalasida ham tobe qism hokimning ma’nosini aniqlab, izohlab keladi
e)   ikkalasining   farqi   shundaki,   so z   birikmasida   so zlar   tobe   hokimlik	
ʻ ʻ
munosabatiga   kirishadi,   gaplarning   tobe   hokimlik   munosabati   natijasida   esa
ergashgan qo shma gaplar	
ʻ
hosil bo ladi.	
ʻ
  Ergashgan qo shma gaplarda ergash gap bosh gapga quyidagilar bilan bog lanadi:	
ʻ ʻ
Vositalar:
a) ergashtiruvchi bog lovchilar-	
ʻ sabab, maqsad, shart, qiyoslash
b) ko’makchili qurilmalar - shuning uchun, shu tufayli, shu sababli, shu bois
c) bog lovchi vazifasidagi so zlar	
ʻ ʻ - deb  so zi	ʻ d) bog lovchi vazifasidagi yuklamalarʻ - ki
e) nisbiy so zlar	
ʻ
h) felning  –sa shart mayli  shakli
  Ergashtiruvchi bog lovchili ergashgan qo shma gaplar	
ʻ ʻ
Bunday   gaplarda   ergash   gap   bosh   gapdan   ifodalangan   mazmunning   sababini
maqsadini,   sharti   yoki   qiyosini   bildiradi.   Bunday   qo shma   gaplarda   ergash   gap,	
ʻ
bosh gapga ergashtiruvchi bog lovchilar, ya’ni	
ʻ
a) sabab bog lovchilari	
ʻ - chunki, negaki, zero, zotan,zeroki
b) maqsad bog lovchisi	
ʻ - toki
c) shart bog lovchilari	
ʻ - Agar, gar, agarda, basharti, mobodo
d)   qiyoslash-chog’ishtiruv   bog lovchilari   yordamida   bog lanadi	
ʻ ʻ -   xuddi,   g’oyo,
g’oyoki
  Sabab bog lovchilari yordamida bog langan ergashgan qo shma gap	
ʻ ʻ ʻ
  S abab bog lovchilariga 
ʻ - chunki, negaki, zero, zotan,zeroki  kabi ergashtiruvchi
bog lovchilari   kiradi.   Bu   bog lovchilar   ergash   gapning   boshida   qo llanadi,   bunda	
ʻ ʻ ʻ
ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
-Gapni cho zma	
ʻ , chunki  hayot qisqadir  – sabab holi ergashgan qo shma gap	ʻ
  yozuvda   chunki,   negaki ,   zero,   zotan,   zeroki   bog lovchilaridan   oldin   vergul	
ʻ
qo yiladi	
ʻ
Sabab   bog lovchilariga  	
ʻ zero,   zotan,zeroki   kabi   so zlar   ham   kiradi   bunda	ʻ
ko’tarinkilik bor.
Maqsad bog lovchilari yordamida bog langan ergashgan qo shma gap	
ʻ ʻ ʻ
Maqsad   bog lovchisi-
ʻ toki   bo lib   u   ham   ergash   gap   boshida   keladi   bunda   ham	ʻ
ergash   gap   bosh   gapdan   keyin   keladi.   Yozuvda   maqsad   bog ʻ lovchisidan   oldin
vergul qoyiladi.
-Bu  masalani  sinfda keng muxokama qilamiz , toki   boshqa qaytarilmasin. -maqsad
holli ergashgan qo shma gap	
ʻ
Shart bog lovchisi yordamida bog langan ergashgan qo shma gap	
ʻ ʻ ʻ
Shart   bog lovchilariga-  
ʻ Agar,   gar,   agarda,   basharti,   mobodo   kabi   so zlar   kiradi.	ʻ
Shart   bog lovchilari   ham   ergash   gapning   boshida   keladi.ammo   bunda   ergash   gap	
ʻ
bosh gapdan oldin keladi.
- Agar  yolg’iz bo lsang, hamdam kitobdir.	
ʻ -Shart holli ergashgan qo shma gap	ʻ
3. Shart bog lovchilari juda ko’p hollarda mustaqil kesim shaklini hosil qiluvchi –	
ʻ
sa shart  mayli bilan birga keladi. Bunday paytda shart bog lovchisi tushib qolishi	
ʻ
mumkin.
-   (Agar)   E’tiqod   butun   bo lsa,   naslimiz   yoqolmagay.-  	
ʻ Shart   holli   ergashgan
qo shma gap.	
ʻ
  Shart   holi   shart   bog lovchisi   va   –sa   shart   mayli   yordamida   bog langan   bo lsa,	
ʻ ʻ ʻ
shart   ma’nosi   kuchaytirilgan   bo ladi.   Kam   holarda   shart   bog lovchisi   yordamida	
ʻ ʻ
ergashgan qo shma gaplarda ergash gap kesimi –sa shart maylidan boshqa shaklda	
ʻ
bo lishi mumkin.	
ʻ
-  Gar  bo ʻ libdi oshkor yopiq siring, bilgil ey oqil tiymapsan tiling.
  Chog’ishtiruv bog lovchilari yordamida bog langan qo shma gap	
ʻ ʻ ʻ
Chog’ishtiruv   bog lovchilariga  
ʻ xuddi,   g’oyo,   g’oyoki   so zlari   kiradi   bu	ʻ
bog lovchilar   ham   ergash   gapning   boshida   keladi.   Bunda   ham   ergash   gap   bosh	
ʻ gapdan   keyin   keladi   Yozuvda   chog’ishtiruv   bog lovchilaridan   oldin   vergulʻ
qo yiladi.	
ʻ
-Misralarda   so zlar   gavhar   kabi   yonadi,  	
ʻ go’yo   yangi   ranglar,   jilvalar   bilan
porlaydi. -hol ergash gapli qo shma gap (o’xshatish).	
ʻ
Xuddi, go’yo, go’yoki so zlari asli chog’ishtiruv yuklamalaridir. Ularning yuklama	
ʻ
yoki bog lovchi vazifasida kelganda farqlash kerak.	
ʻ
- Qalbi go’yo bahor, yuzi  go’yoki  gul. - bunda go’yoki yuklama vazifasida
-Yomg’ir tinmay quyar,  go’yoki  osmon dengizi g’alvirga aylangan edi.  – bunda
bog lovchi	
ʻ
Ko’makchili   qurilmalar   yordamida   ergashgan   qo shma   gap.  	
ʻ Ko’makchili
qurilmalarga   shuning uchun, shu tufayli, shu sababli, shu bois   kabi so zlar	
ʻ   kiradi.
Bunday   qo shma   gaplarda   ergash   gap   bosh   gapda   ifodalangan   mazmunning	
ʻ
sababini bildiradi.   Ko’makchili qurilmalar asosan hokim gap boshida keladi.Bunda
ergash gap bosh gapdan oldin   keladi.
- Musofirlikka menda  havas  uyg’ondi,   shu sababli   uning sirlarini  o’rganishga  bel
bog ladim	
ʻ
  Yozuvda   shuning   uchun,   shu   tufayli,   shu   sababli,   shu   bois   ko’makchili
qurilmalaridan oldin vergul qo yiladi.	
ʻ
“Deb” so zi yordamida ergashgan qo shma gap. 	
ʻ ʻ “Deb” so zi yarim bog lovchi yoki	ʻ ʻ
bog lovchi  vazifasidagi   so z  sanaladi.	
ʻ ʻ   Deb  vositasi   ergash  gapning  oxirida  keladi
bunda   ergash   gap   bosh   gapdan   oldin   keladi.   Yozuvda   deb   so zidan   keyin   vergul	
ʻ
qo yiladi.   Deb   so zi   yordamida   hosil   bo lgan   qo	
ʻ ʻ ʻ ʻ shma   gaplarda   ergash   gap   bosh
gapda   ifodalangan   mazmunning   maqsadini   bildiradi.   Bunda:   Agar   deb   yarim
bog lovchisi   buyruq   va   shart   mayli   kelasi   zamon   fe’lidan   keyin   kelsa,
ʻ   maqsad
ma’nosini   ifodalaydi.-   Bolalar   chiniq sin   deb,   turli   musobaqalar   o’tkazildi.   Agar
deb   yarim   bog lovchisi   o’tgan   zamon   felidan   keyin   kelsa,  	
ʻ sabab   ma’nosini
ifodalaydi. – O’rtoqlarim kelish di deb , ko’chaga chiqdim. Deb yarim bog lovchisi	
ʻ
bilan hosil bo lgan ergashgan qo shma gaplarda ergash gapning	
ʻ ʻ   kesimi ko’pincha
III   shaxs   buyruq   maylidagi   fel   bilan   ifodalanadi.   Bunday   gaplar   tarkibidagi   deb
so zi   uchun   ko’makchisi   bilan   ma’nodosh   sanaladi.   Shuning   uchun   bir-biri   bilan	
ʻ
erkin almashina oladi.
- Yovlar yakson bo lsin 	
ʻ deb,  yigitlar jang boshladi. (deb = uchun)
Ko rsatish olmoshi yordamida ergashgan qo shma gap.  	
ʻ ʻ Bunday qo shma gaplarda	ʻ
ergash gap bosh gapdagi  ko rsatish  olmoshining ma’nosini	
ʻ   izohlab keladi. Bunda
ergash   gap   bosh   gapga   –ki   yuklamasi   yordamida   bog lanadi.   Bu   yuklama   bosh	
ʻ
gapning   kesimi   tarkibida   bo ladi.   Undan   keyin   yozuvda   vergul	
ʻ   qo yiladi.	ʻ   Bunda
ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
- Shunday odamlar bor ki,  gaplashib bahra olasan.
Bazan   ergash   gap   tomonidan   izohlanayotgan   bosh   gap   tarkibidagi   ko rsatish	
ʻ
olmoshi qo llanilmasligi, tushib qolishi mumkin. Ammo uning o’rni bilinib turadi.	
ʻ
- (Shuni) Aniqladim ki,  inson qobiliyati cheksiz ekan.
- ki bog lovchi vositasi eski o zbek adabiy tilida –kim shaklida ham ishlatiladi.	
ʻ ʻ
- Dedi kim , sevganimni aylama darig’ .- ki bog lovchi vositasi ko’p ma’nolidir-bu bog lovchi vosita ko’p turdagi ergashʻ ʻ
gaplarni   bosh   gapga   bog lashga   xizmat   qiladi.   Shuning   uchun   ko’p   ma’noli	
ʻ
hisoblanadi.
-Nur bor ki , soya bor – sabab  ergash gapli qo shma gap	
ʻ
-Shu   dargohga   kelibman ki ,   boshim   janjaldan   chiqmaydi   –   payt   ergash   gapli
qo shma gap	
ʻ
-Mol ketsa-ketsin ki , jon ketmasin –  to’siqsiz  ergash gapli qo shma gap	
ʻ
-Uning   bilganlari   shu   qadar   ko’p   edi k i,   so’rab   oxiriga   yetolmasday   ko rinadi.–	
ʻ
daraja  ergash gapli qo shma gap	
ʻ
- Istagim shu ki , hamangiz o’qishga kiring – kesim  ergash gapli qo shma gap	
ʻ
Quyidagi ikki holatni farqlashimiz kerak:
–ki asli  takid yuklamasi  hisoblanadi.
-Inson   nimaga ki   erisholmasa,   o’sha   aziz   tuyiladi.- nisbiy   so zlar   yordamida
ʻ
bog lanagan ergashgan qo shma gap.  –ki 	
ʻ ʻ ergash gapni bosh gapga bog lash 	ʻ uchun
xizmat qilishi, ya’ni ergashtiruvchi bog lovchi vazifasida kelishi mumkin.	
ʻ
-   Shuni   anglamoq   kerak ki ,   ota-ona   uchun   farzanddan   yaqin   kishi   yo’q   -
to’ldiruvchi ergash gapli qo shma gap.	
ʻ
  Nisbiy so zlar yordamida ergashgan qo shma gap	
ʻ ʻ
  Ergashgan   qo shma   gap   qismlarini   bog lash   uchun   nisbiy   so zlar   ham   xizmat	
ʻ ʻ ʻ
qiladi.  Nisbiy so zlar ikki komponentdan iborat bo ladi.
ʻ ʻ
a)   nisbiy   so zlarning   birinchi   komponenti   (so’roq   olmoshi   bilan   ifodalanadi).   U	
ʻ
ergash gap tarkibida bo ladi	
ʻ
b) nisbiy so zlarning ikkinchi komponenti shu so’roqqa javob bo luvchi ko rsatish	
ʻ ʻ ʻ
olmoshi   bo ladi.   (ba’zan   olmoshning   boshqa   turlari   bilan   ifodalanadi.   Bular   bosh
ʻ
gap tarkibida bo ladi.	
ʻ
Nisbiy   so zlar   bir-biriga   nisbatan   qo llanadi.   Biri   ikkinchisini   taqazo   qiladi.	
ʻ ʻ
Shuning uchun nisbiy so zlar deb ifodalanadi. Nisbiy so z vazifasida qo llanilgan	
ʻ ʻ ʻ
so’roq   olmoshi.   So’roq   ma’nosini   ifodalamaydi   ya’ni:   so’roq   gapni   yuzaga
keltirmaydi.   Nisbiy   so zli   ergashgan   qo shma   gaplarda   ergash   gapning   kesimi
ʻ ʻ
ko’pincha   -sa   shart   mayli   shaklida   bo ladi.  	
ʻ Ammo   unda   shart   ma’nosi
anglashilmaydi.   Bunday   qo shma   gaplarda   ergash   gap   bosh   gapdan   oldin   keladi.	
ʻ
Yozuvda ergash gap va bosh gap orasida vergul qo yiladi.   Nisbiy so zlarga kim-	
ʻ ʻ
u,   kim-o’sha,     kim-o zi,   nimayiki-hammasi,   nima-o’sha,   qancha-shuncha,   qay	
ʻ
darajada-   shu   darajada,   qachon-o’shanda,   qayerda-   shuyerda,   qaysi-shu   kabilar
kiradi.
- Kimning  ko’ngli ochiq bo lsa, 	
ʻ uning  el oldida martabasi baland bo ladi. 	ʻ
Bazan   nisbiy   so zlarning   ikkinchi   komponenti,   ya’ni   bosh   gap   tarkibidagi	
ʻ
izohlanayotgan ko rsatish olmoshi qo llanilmasligi, tushib qolishi mumkin. Ammo
ʻ ʻ
uning o’rni bilinib turadi.
- Kim   ko’p   o’qisa,   u   ko’p   biladi-   ega   ergash   gapli   qo shma   gap	
ʻ
Ko rsatish   olmoshli   ergashgan   qo shma   gaplar   bilan   nisbiy   so zli   ergashgan	
ʻ ʻ ʻ
qo shma gaplarni taqqoslash:
ʻ
-Ko rsatish olmoshili E.Q.G. da ergash gap bosh gapga 
ʻ –ki yuklamasi yordamida
bog lanadi.
ʻ Nisbiy   so zli   E.Q.G.da   bo lsa   ergash   gap   bosh   gapga  ʻ ʻ nisbiy   so zlar   yordamida	ʻ
bog lanadi.	
ʻ
- Ko rsatish olmoshili E.Q.G.larda 
ʻ bosh gap+ ergash gap  qolipida bo ladi.	ʻ
Nisbiy so zli E.Q.G.larda esa 	
ʻ ergash gap + bosh gap  qolipidabo ladi.	ʻ
O ʻ xshashligi:
-ikkalasida ham bosh gap tarkibida izohlanayotgan ko rsatish olmoshi bo ladi. Bu	
ʻ ʻ
ko rsatish olmoshi ma’nosi ergash gap bilan izohlanadi. Ikkalasida ham bosh gap	
ʻ
tarkibidagi izohlanayotgan ko rsatish olmoshi tushib qolishi mumkin.	
ʻ
Toleim shu ki,  vatanda bir guliston tanladim-  kesim  ergash gapli qo shma gap	
ʻ
Siz  qaysi  yo’ldan borsangiz, biz  shu  yo’lni tanlaymiz.-  aniqlovchi  E.Q.G.
  Bosh   gap   tarkibida   izohlanayotgan   ko rsatish   olmoshi   mavjud   bo lgan   qo shma	
ʻ ʻ ʻ
gaplar   havola   bo lakli   E.Q.G.   deyiladi.   Demak,   havola   bo lakli   qo shma   gaplar	
ʻ ʻ ʻ
deganda ikki narsa nazarda tutiladi.
a) ko rsatish olmoshili E.Q.G.(vosita 	
ʻ –ki  yuklamasi)
b) nisbiy so zli E.Q.G. (vosita 	
ʻ nisbiy so zlar	ʻ ) 
  Shart mayli -sa yordamida ergashgan qo shma gap
ʻ
  Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fel bilan ifodalanganda shart mayli
qo shimchasi   ergash   gapni   bosh   gapga   bog lash   uchun   xizmat   qiladi.   Bunday	
ʻ ʻ
qo shma gaplarda ergash gap bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga 
ʻ chiqish
yoki   chiqmaslik   shartini,   paytini   bildiradi .   –   sa   shart   mayli   ergash   gap   kesimi
tarkibida bo ladi. Yozuvda undan  keyin vergul  qo yiladi. Bunda ergash  gap bosh	
ʻ ʻ
gapdan oldin keladi.
  -Seni   hurmat   qilishlarini   ista sang ,   o zingni   hurmat   qil.-shart   holli   ergash   gapli	
ʻ
qo shma gap	
ʻ
  –sa   shart   mayli   vositasida   ergashgan   qo shma   gaplarda   shart   yoki   payt	
ʻ
munosabatidan   tashqari   bazan   boshqa   ma’no   munosabatlari   ham   ifodalanishi
mumkin.
-Qilich   sol sa   to’g’ralmayman,   o’lmayman   o’q   qadalsa   – to’siqsizlik   holli   ergash   gapli
qo shma gap	
ʻ
-Qo’rqoq   keta   turib   maqtan sa ,   jasur   qaytib   kelib   maqtanadi.-   qiyos   holli   ergash   gapli
qo shma gap
ʻ
–sa shart mayli shakli shart bog lovchisi yordamida E.Q.G. larda ham, nisbiy so zli	
ʻ ʻ
E.Q.G.larda ham ergash gapning kesimi tarkibida keladi.
Bu uch holatni farqlash kerak.
- Kimki  aqlu tadbir bilan ish tutsa,  u  o z maqsadiga erishadi. 	
ʻ –ega  E.Q.G.
-  Agar  daraxt shoxlari yoz faslida sarg’aysa, kuz erta keladi. -shart holli  E.Q.G.
-   Yaqin   borib   qara sa ,   qoraygan   yerga   bolalar   ko’ylagiga   qadaladigan   tugma
sanchilib yotibdi.- payt holli  E.Q.G.
  –sa   shart   mayli   qo shimchasi   ergash   gapning   kesimi   tarkibida   kelar   ekan	
ʻ
nomustaqil kesim shaklini hosil qiladi.
Biz   yuqoridagi   ergash   gapning   bosh   gapga   nisbatan   o’rnini   belgiladik   ba’zan
badiiy adabiyotda, sheriyatda ergash gap bosh gapga nisbatan o’rnini o zgartirishi	
ʻ
mumkin.
-   Onalarda   g’am   qolmas,   mustaxkam   bo lsa	
ʻ   tinchlik.-shart   ergash   gapli   qo shma	ʻ
gap -Har   kishi   ter   to’kib   qiladi   mehnat,   xalqimizning   turmushi   obod   bo lsin  ʻ deb .-
maqsad E.Q.G.
Ergash   gap   bosh   gapdan   oldin   yoki   keyin   keladi.Oliy   ta’limda   ko rsatilishicha,	
ʻ
sanoqli misollarda ergash gap bosh gap o’rtasida kelishi mumkin.
- Men, o’qituvchi besh baho qo yadi 	
ʻ deb , o’yladim.-to’ldiruvchi E.Q.G
Biz   yuqoridagi   ergash   gapni   bosh   gapga   bog lash   uchun   xizmat   qiladigan	
ʻ
vositalarni   ko rib   o’tdik.   Oliy   ta’limda   ko rsatilishicha,   yuqoridagilardan   tashqari	
ʻ ʻ
yana ayrim vositalar ergash gapni bosh gapga bog lash uchun xizmat qiladi.	
ʻ
- Bilar mi san, sevgan kishiga sodiq bo lmoq o zi sadoqat - 	
ʻ ʻ to’ldiruvchi  EQG
- Bir narsa desin chi , boshida tegirmon toshini yurguzaman -  shart  EQG
Ergash   gaplar   bosh   gap   tarkibidagi   qaysi   gap   bo lagini   izohlab   kelishi  	
ʻ yoki   bosh
gap   orqali   ifodalangan   qanday   ma’no   munosabatini   izohlashiga   ko ra   gap	
ʻ
bo laklari singari 5 ga bo linadi.	
ʻ ʻ
a)  kesim  ergash gapli qo shma gap	
ʻ
b)  ega  ergash gapli qo shma gap	
ʻ
c)  to’ldiruvchi  ergash gapli qo shma gap	
ʻ
d)  aniqlovchi  ergash gapli qo shma gap
ʻ
e)  hol  ergash gapli qo shma gap	
ʻ
  Kesim ergash gapli qo shma gap
ʻ
Bosh gap tarkibida  kesim vazifasida qo llanilgan ko rsatish olmoshining 	
ʻ ʻ ma’nosini
izohlab keluvchi  ergash gap  kesim ergash gap deyiladi. Kesim ergash gap bosh gap
bilan birgalikda   kesim ergash gapli qo shma gapni  
ʻ hosil qiladi. Kesim ergash gap
bosh gap orqali beriladigan nima, nimada, nimadan, hosil qiladi,
iborat,nima bo ldi, qanday, qayerda kabi so’roqlarga javob bo ladi.	
ʻ ʻ
  Kesim   ergash   gap   bosh   gap   tarkibida   kesim   vazifasida   kelayotgan   shu,   shunda,
shunday,shundan iborat, shu bo ldi, qayerda kabi so’roqlarning ma’nosini izohlab	
ʻ
keladi.   Kesim   ergash   gap   bosh   gapda   bitta   yo’l   bilan,   ya’ni   ko rsatish   olmoshi	
ʻ
tarkibidagi   –ki   yuklamasi   yordamida   bog lanadi.   Bunda   ergash   gap   bosh   gapdan	
ʻ
keyin keladi.
-Xalqning   xulosasi   shu ki ,   xudbin   odam   hech   qachon   elga   qo’shilmaydi.- kesim
EQG
Oliy ta’lim darsliklarida ko rsatilishicha sanoqli misollarda kesim ergash gap bosh	
ʻ
gapga   nisbiy so z  	
ʻ bilan bog lanishi  mumkin. Bunda:  ergash gapning kesimi shart	ʻ
mayli shaklida bo ladi. Bunda ergash gap bosh gapdan oldin keladi.	
ʻ
- Kim  ishlasa, yer  o’sha niki  - kesim EQG
Ega   ergash   gapli   qo shma   gap.	
ʻ   Bosh   gap   tarkibida   ega   vazifasida   qo llanilgan	ʻ
ko rsatish   olmoshining  	
ʻ ma’nosini   izohlab   keluvchi   ergash   gap   ega   ergash   gap
deyiladi.   Ergash   gap   bosh   gap   bilan   birga   ega   ergash   gapli   qo shma   gapni  	
ʻ hosil
qiladi.   Ergash   gap   bosh   gapdan   beriladigan   kim,   nima,   qaysisi,   qayer   kabi
so’roqlarga javob   bo ladi.	
ʻ
4. Ega ergash gap bosh gap tarkibida ega vazifasida kelayotgan:
a) u,shu, o’sha, shunisi, o’shanisi kabi ko rsatish olmoshlari	
ʻ
b) o zi, hammasi kabi ba’zan boshqa turdagi olmoshlar	
ʻ
c) shu narsa, bir narsa kabi birliklarning ma’nosini izohlab keladi.
5. Ega ergash gap bosh gapga 2 usul bilan bog lanadi.	
ʻ a)   nisbiy   so zlar   yordamida  ʻ bog lanadi.   Bunda   ergash   gap   kesimi   ko’pincha  	ʻ –sa
shart mayli  shaklidagi fe’llar bilan ba’zan  –r(-ar) ekan, -mas ekan  shaklidagi fe’llar
bilan   ifodalanadi. Bunda ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
- Kimki  rostgo’y samimiy bo lsa, 	
ʻ u  el orasida qadr topadi.- ega EQG
b)   Bosh   gap   kesimi   tarkibida   qo llanuvchi  	
ʻ –ki   yuklamasi   yordamida   bog lanadi.	ʻ
Bunda ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
-Shu narsa aniq ki , tarixni bilmagan qul bo ladi-	
ʻ ega EQG
Ba’zan   bosh   gap   egasi   sifatida   kelayotgan   ma’nosi   izojlanayotgan   ko rsatish	
ʻ
olmoshi tushib qolishi mumkin. Ammo uning o’rni bilinib turadi.
-Bu savoldan (shu) ma’lum bo ldi	
ʻ ki , aybnoma uydirma emas. - ega EQG
Eslatma:   Oliy   ta’limda   ko rsatilishicha   ba’zan   ega   ergash   gap   bosh   gapga  	
ʻ –mi,   -
ku,-yu yuklamalari  yordamida bog lanishi mumkin.	
ʻ
- (Shu) Eslaringda mi , bir yili u bir kunda 200 kg paxta tergan edi. - ega EQG
To’ldiruvchi ergash gapli qo shma gap	
ʻ
  Bosh gap tarkibida  to’ldiruvchi vazifasida qo llanilgan ko rsatish olmoshining	
ʻ ʻ
ma’nosini   izohlab   keluvchi   ergash   gap   to’ldiruvchi   ergash   gap   deyiladi.
To’ldiruvchi   ergash   gap   bosh   gap   bilan   birgalikda   to’ldiruvchi   ergash   gapli
qo shma   gapni   yuzaga   keltiradi.   To’ldiruvchi   ergash   gap   bosh   gap   orqali	
ʻ
beriladigan   kimni,   nimani,   kimga,   nimaga,   kimdan,   nimadan,   kim   haqida,   nima
to g risida,   kim   uchun,   nima   bilan   kabi   so’roqlarga   javob   bo ladi.   To’ldiruvchi
ʻ ʻ ʻ
ergash   gap   bosh   gap   tarkibida   to’ldiruvchi   vazifasida   kelayotgan   tushum,   o’rin
payt,   jo’nalish,   chiqish   yoki   ko’makchlarni   olgan   ko rsatish   olmoshi   ma’nosini	
ʻ
izohlab keladi. To’ldiruvchi ergash gap ham bosh gapga 2 yo’l bilan bog lanadi.	
ʻ
a) nisbiy so zlar- bunda ergash gap kesimi –sa shart mayli shaklidagi fe’llar bilan	
ʻ
(-r-ar ekan, -mas ekan) shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Bunda ergash gap bosh
gapdan oldin keladi.
-  Kimki  bo lsa dilozor, 
ʻ undan  el yurt bezor. -to’ldiruvchi EQG
b)   bosh   gapning   kesimi   tarkibida   qo llanuvchi   –ki   yuklamasi   yordamida	
ʻ
bog lanadi. Bunda ergash gap bosh gapdan keyin keladi.	
ʻ
-Shuni unutmang ki , do’stlar bilan suhbat qilish yaxshi.-  to’ldiruvchi EQG
6.   Ba’zan   bosh   gap   tarkibida   to’ldiruvchi   vazifasida   kelayotgan   ma’nosi
izohlanayotgan ko rsatish olmoshi qo llanilmasligi tushib qolishi mumkin. Ammo	
ʻ ʻ
uning o’rni bilinib turadi.
- (Shuni)Biling ki , jim turib salomat bo lish, gapirib malomatga qolishdan afzal.	
ʻ
Oliy   ta’limda   ko rsatilishicha,   ba’zan  	
ʻ to’ldiruvchi   ergash   gap   bosh   gapga   deb
yarim bog lovchisi yordamida bog lanishi mumkin. Bunda ergash gap bosh gapdan	
ʻ ʻ
oldin keladi,
ayrim hollarda esa ergash gap bosh gapning o’rtasida ham kelishi mumkin.
-Munavvar, Yo’ldosh biror narsa dermikin deb, kutdi- -to’ldiruvchi EQG
Oliy ta’limda ayrim misollarda   - to’ldiruvchi ergash gap bosh gapga –mi,- chi,-ku
yuklamalari yordamida bog lanishi mumkin. Bunda ergash gap bosh gapdan keyin	
ʻ
keladi.
-Bilar mi san, sevgan kishiga sodiq bo lmoq o zi saodat. 	
ʻ ʻ -to’ldiruvchi EQG
Aniqlovchi ergash gapli qo shma gap	
ʻ
  Bosh gap tarkibida  aniqlovchi vazifasida qo llanilgan ko rsatish olmoshining	
ʻ ʻ ma’nosini izohlab keluvchi   ergash gap  aniqlovchi ergash gap deyiladi. Aniqlovchi
ergash   gap   bosh   gap   bilan   birga   aniqlovchi   ergash   gapli   qo shma   gapni   hosilʻ
qiladi.
Aniqlovchi ergash gap bosh gap orqali beriladigan kimning, nimaning, qaysi kabi
so’roqlarga   javob   bo ladi.   Aniqlovchi   ergash   gap   bosh   gap   tarkibida   sifatlovchi	
ʻ
yoki   qaratqichli   aniqlovchi   vazifasida   kelayotgan   shu   ,   o’sha,   shunday,   shunaqa,
ba’zi, ayrim, bir xil, uning , o’shaning kabi so zlarning ma’nosini izohlab keladi.	
ʻ
Aniqlovchi ergash gap ham bosh gapga 2 yo’l bilan bog lanadi.	
ʻ
a) nisbiy so zlar bilan bunda ergash gap kesimi  –sa shart  mayli shaklidagi  fe’llar	
ʻ
bilan,   ba’zan   (-r-ar   ekan,   -mas   ekan)   shaklidagi   fe’llar   bilan   ifodalanadi.   Bunda
ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
-  Kim  birovga yaxshilik qilsa,  uning  obro’yi baland bo ladi.	
ʻ -aniqlovchi EQG
b)   Bosh   gap   kesimi   tarkibida   qo llanuvchi  	
ʻ –ki   yuklamasi   yordamida   bog lanadi.	ʻ
Bunda ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
-Shunday odamlar bor ki , ular kelajakni oldindan bashorat qiladi.-  aniqlovchi EQG
  Bazan   bosh   gap   tarkibida   aniqlovchi   vazifasida   kelayotgan   ma’nosi
izohlanayotgan   olmoshlar   qo llanilmasligi   tushib   qolishi   mumkin.   Ammo   uning	
ʻ
o’rni bilinib turadi.
-(shunday)Odam bor ki ,odamlarning naqshidir.
Bosh gapdagi atributiv – hol bo‘laklar bilan aloqalanadigan ergash gaplar.
Bu   guruhga   sabab-natija,   shart,   to‘siqsiz,   maqsad,   payt,   o‘xshatish   va
chog‘ishtirish   ergash   gaplarni   kiritadi.   Bosh   gap   tarkibida   hol   vazifasida
qo llanilgan   ko rsatish   olmoshining  	
ʻ ʻ ma’nosini   izohlab   keluvchi,   yoki   bosh   gap
orqali   ifodalangan   mazmunning   sababini,   maqsadini,shartini,   holatini,   daraja-
miqdorini bildirgan  ergash gap  hol ergash gap deyiladi.
Ergashgan   qo‘shma   gaplarning   guruhlanishi   ergash   gapning   bosh   gapdagi   qaysi
bo‘lakning   izohlab   kelishiga   qarab   belgilanadi.   Shuni   aytish   kerakki,   ergash
gaplarning   tasnifida   tilshunoslar   o‘rtasida   umumiylik   bor.   O‘zbek   tilshunosligida
ergash gaplar mazmuniy – shakliy jihatdan 14 turga ajratiladi: 1) ega, 2) kesim, 3)
to‘ldiruvchi,   4)   aniqlovchi,   5)   ravish,   6)   o‘lchov   daraja,   7)   chog‘ishtirish
o‘xshatish,   8)   sabab,   9)   maqsad,   10)   payt,   11)   o‘rin,   12)   shart,   13)   to‘siqsiz,   14)
natija ergash gaplar 8
  . N.Mahmudov ham ergashgan qo‘shma gaplar semantikasini
ayni shu tasnif asosida tahlil etadi 9
. G‘.Abdurahmonov esa ularni quyidagi turlarga
ajratadi: 1) aniqlovchi, 2) to‘ldiruvchi, 3) ega, 4) kesim, 5) payt, 6) sabab, 7) shart,
8) maqsad, 9) to‘siqsiz, 10) natija, 11) ravish, 12) qiyos, 13) umumlashtiruvchi -
  izoh   ergash   gaplar 10
.   Uning   bu   tasnifida   yuqoridagi   barcha   qo‘shma   gaplar   aks
etgan bo‘lsa-da, qiyos va umumlashtiruvchi ergash gaplar asossiz maydalashtirilib
yuborilgan. Masalan, umumlashtiruvchi - izoh ergash gapli qo‘shma gaplar tabiati
haqida to‘xtalar ekan, u shunday yozadi: «Ergash gaplarning shunday turlari borki,
ular   bosh   gapga   analitik-sintetik   yo‘l   bilan   bog‘lanadi.   Bu   holda   bosh   va   ergash
gap   o‘zaro   nisbiy   olmoshlar   orqali   birikib,   ergash   gapning   kesimi   shart   mayli
orqali   ifodalanadi.   Demak,   bunday   ergash   gaplar   bosh   gapga   asosan   leksik
8
    Ғуломов   А .,  Асқарова   М .  Ҳозирги   ўзбек   адабий   тили . – Тошкент ,  Ўқитувчи . 1987. 187- б .
9
    Маҳмудов Н. ва б. Ўзбек тилининг мазмуний синтаксиси. –Тошкент, Фан. 1992. 243-б.
10
  Абдураҳмонов Ғ. 1996, 191-216. vositalar   va   shart   mayli   orqali   bog‘lanadi.   Bu   bog‘lanish   ikki   tomonlama   bo‘lib,
bog‘lovchi   leksik   vositalar   ham   ergash   gap,   ham   bosh   gap   tarkibida   qo‘llanadi»
Bunday   qo‘shma   gaplarga   shunday   misollar   keltiradi:   Kimning   ko‘ngli   to‘g‘ri
bo‘lsa,   uning   yo‘li   ham   to‘gri   bo‘ladi   (Maqol).   Kimki   har   yili   chigitni   yerning
namiga erta ekar ekan, u mo‘l hosil oladi   (Gaz.).  Qayerdaki tartib buzilar   ekan, u
yerda xo‘jalik katta zarar ko‘radi 11
.   Yuqorida ta’kidlanganidek, ergash gaplarning
tasnifi   ularning   bosh   gapdagi   qaysi   bo‘lakning   izohlashi   bilan   belgilanadi.
Yuqoridagi   misollarning   birinchisida   ergash   gap   bosh   gapdagi   aniqlovchini,
ikkinchisida egani, uchinchisida esa o‘rin   holini izohlab kelmoqda. Anglashiladiki,
bu   tasnifda   yuqoridagi   tamoyil   buzilgan.   Bu   o‘rinda   N.Mahmudov   iborasi   bilan
aytganda,   havola   bo‘laklarning   ishtiroki   asos   qilib   olingan 12
.   Quyida   adib
asarlaridagi   qo‘shma   gaplar   semantikasi   haqida   so‘z   yuritamiz.   Alisher   Navoiy
nasriy asarlarida bir bosh bo‘lakli ergash gapli   qo‘shma gaplarning ayni subyektli
va   turli   subyektli   turlari   qayd   qilinadi.   Hol   ergash   gap   bosh   gap   bilan   birga   hol
ergash gapli qo shma gapni hosil qiladi.ʻ   Quyidagi vositalar yordamida bog lanadi.	ʻ
a) nisbiy so zlar	
ʻ
b) felning –sa shart mayli shakli
c) ergashtiruvchi bog lovchilar ya’ni: -sabab; -maqsad; -shart; -chog’ishtiruv	
ʻ
d)bog lovchi vazifasidagi “deb” so zi yordamida	
ʻ ʻ
  Hol ergash gap holning ma’no turiga muvofiq o z ichida bo linadi.	
ʻ ʻ
-o’rin EQG -payt EQG
-sabab EQG -maqsad EQG
-miqdor daraja EQG -shart EQG
  O'rin ergash gapli qo'shma gap
O'rin  ergash  gap  bosh   gap  tarkibida   o'rin  holi  vazifasida   qo'llangan  u  yer,  u  yoq,
shu   yoq,   o'sha   tomon   kabi   so'zlarning   ma'nosini   izohlab   keladi.   O'rin   ergash   gap
qayerga?   qayerda?   qayer   dan?   qayoqqa?   qay   tomonga?   kabi   so'roqlarga   javob
bo’ladi. O'rin er.g bosh gapga nisbiy so'zlar  yordamida bog lanadi. Bunda ergash	
ʻ
gap + bosh gap shaklida bo’ladi.
M: Oqsoqol qayerda bolsa, o^sha joy da ish bir tartibda borar edi.
Payt   ergash   gapli   qo'shma   gap.   Payt   ergash   gap   bosh   gapda   ifodalangan
mazmunning   yuzaga   chiqish   paytini   yoki   bosh   gapda   payt   holi   vazifasida
qo'llanilgan o'shanda, o'sha vaqtda kabi so'zlarning ma'nosini izohlab
keladi.
  Payt   ergash   gap   qachon?   qachongacha?   qachondan   beri?   qay   vaqtda?   kabi
so'roqlarga javob bo'ladi.
  Payt   ergash   gap   bosh   gapga   asosan,   -sa   shart   mayli   qo'shimchasi   yordamida
bog lanadi. Bunda ergash gap + bosh gap shaklida bo’ladi.	
ʻ
M:   Dutor   chalib   o'tirsam,   tori   uzilib   ketdi.   Ba'zan   nisbiy   so'zlar   yordamida
bog lanadi. Bunda ham ergash gap + bosh gap shaklida bo'ladi.
ʻ
M: Qachon uydagilaringiz kelsa, o'shanda bafurja gaplashamiz.
Oliy ta'lim darslilarida payt ergash gap bosh gapga ba'zan boshqa vositalar
11
  Абдураҳмонов Ғ. 1996. 216-217.
12
  Нурмонов А., Маҳмудов Н., Аҳмедов А., Солихўжаева С. Ўзбек тилининг мазмуний синтаксиси. -
Тошкент,Фан. 1992, 245 yordamida bog'lanishi mumkinligi ham ko'rsatiladi.
M: Dunyo yaralmishkj, oftob bor.
Yoki:   Toki   hayot   davom   etar   ekan,   ta'lim-tarbiya   muttasil   ravishda   yangilanib
boraveradi. 
  Sabab   ergash   gapli   qo shma   gap.  ʻ Sabab   ergash   gap   bosh   gapda   ifodalangan
mazmunning yuzaga chiqish sababini bildiradi.
  Sabab   ergash   gap   nega?   nima   uchun?   nima   sababdan?   kabi   so'roqlarga   javob
bo'ladi. Sabab ergash gap bosh gapga sabab bog'lovchilari  yordamida bog lanadi.	
ʻ
Bunda bosh gap + ergash gap shaklida bo'ladi.
Oynisa   opa   xatni   oxirigacha   o'qiy   olmadi,   chunki   hovlining   eshigini   kimdir
taqillata boshladi.
b)   kolmakchili   qurilmalar   yordamida   bog lanishi   mumkin.   Bunda   ergash   gap   +	
ʻ
bosh gap shaklida bdi.
M:   Olim   kishilar   har   yerda   aziz,   mo'tabardir,   shuning   uchun   har   vaqt   ilm   olish
ilinjida   bol.   (ba'zan   ko'makchili   qurilmalar   bilan   birga   -ki   yuklamasi   ham
qo'llanishi mumkin, bunda bosh gap + ergash gap shaklida bo'ladi.
M:   Yoshlarimizning   iqboli   shuning   u-n   ham   balandki,   ularning   O'zbekistonday
jannatmonand yurti bor.)
  Deb yarim bog lovchisi yordamida bog lanishi mumkin. Bunda ergash gap + bosh	
ʻ ʻ
gap   shaklida   bo’ladi.   Shular   quvib   keldi   deb,   jahlim   chiqdi.   Oliy   ta'limda   sabab
er.g   bosh   gapga   ba'zan   boshqa   vositalar   yordamida   bog lanishi   mumkinligi	
ʻ
k о 'rsatilgan. M: Nur borki, soya bor.
  Oliy ta'lim darsliklarida sabab ergash gaplar mazmuniga ko'ra 2 ga bo'lingan:
a)   bosh   gapdan   anglashilgan   voqea-hodisaning   aniq   sababini   bildirgan   ergash
gaplar –bunda ergash gap bosh gapga yuqoridagi vositalar yordamida bog lanadi;	
ʻ
b)   bosh   gapdan   anglashilgan   voqea-hodisaning   aniq   bo'lmagan   taxmin   qilingan,
gumon qilingan sababini bildirgan er.g -bunda ergash gap bosh gapga -sa kerak, -
mi vositalari yordamida bog lanadi.	
ʻ
M:   Oyoqlari   yerga   yopishib   qoldigmi,   sira   qimirlay   olmadi.   Yoki:   Majlis   uzoq
davom etmagan bolsa kerak, u tez qaytdi.
Maqsad ergash gapli qo'shma gap
Maqsad   ergash   gap   bosh   gapda   ifodalangan   mazmunning   yuzaga   chiqish
maqsadini bildiradi. Maqsad ergash gap nimaga? nima maqsadda? kabi so'roqlarga
javob   bo’ladi.   Maqsad   ergash   gap   bosh   gapga     maqsad   bog lovchisi  	
ʻ toki
yordamida bog lanishi mumkin. Bunda bosh gap + ergash gap shaklida bdi.	
ʻ
M: Vijdonni asrangiz har nedan ortiq Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki
avlodlarga yetolsin omon.
  Deb yarim bog lovchisi yordamida bog’lanishi mumkin. Bunda ergash gap + bosh
ʻ
gap shaklida bo’ladi. M: Kamalakdek rango-rang bo'lsin beb san'at, tillar asrlarcha
qildim jang.
   Miqdor-daraja ergash gapli qo'shma gap
Miqdor-daraja   ergash   gap   bosh   gapdan   anglashilgan   mazmun,   voqea-hodisa,   ish-
harakatniuning   miqdori   va   darajasiga   ko’ra   Vlchab   keladi.   Miqdor-daraja   er.g
qancha? qanchalik? qay darajada? qay miqdorda? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. 3.   Miqdor-daraja   ergash   gap   bosh   gapga   asosan,   nisbiy   so'zlar   yordamida
bog"lanadi. Bunda ergash gap + bosh gap shaklida bo'ladi.
M: O'simlikni qancha parvarish qilsang, hosil shuncha m о 'l bo'ladi. b) ba'zan bosh
gap kesimi tarkibida qo’llanuvchi -ki yuklamasi yordamida bog lanishi mumkin.ʻ
M: lining bilmaganlari shu qadar ko'p ediki so'rab oxiriga yetolmasday ko'rindi.
  Shart ergash gapli qo'shma gap
Shart   ergash   gap   bosh   gapdan   anglashilgan   mazmun,   voqea-hodisaning   yuzaga
chiqish   yoki   chiqmaslik   shartini   bildiradi.   Shart   ergash   gap   nima   bo'lsa?   qanday
shart   bilan?   kabi   so'roqlarga   javob   bo'ladi.   Shart   ergash   gap   bosh   gapga   shart
bog lovchilari   yordamida   bog lanadi.   Bunda   ergash   gap   +   bosh   gap   shaklida	
ʻ ʻ
bo'ladi. Bunda ergash gapning kesimi -sa shart mayli shaklida bo'ladi.
M: Agar e'tiqod susaysa, iymon ham unutilgay.
b)   shart   mayli   q-chasi   yordamida   bog lanadi.   Bunda   ham   ergash   gap   +  bosh   gap	
ʻ
shaklida bo'ladi. M: Boshingga tashvish tushmasa, qaytib kelmas eding.
4.   Oliy   ta'limda   ba'zan   shart   er.g   bosh   gapga   boshqa   vositalar   yordamida
bog lanishi mumkinligi ko'rsatilgan. 	
ʻ М : Intizom buzildimi ishda unum bo'lmaydi.
Yoki: Bir narsa desin-chi, boshidan tegirmon toshi yurgizaman.
5. Oliy ta'limda shart ergash gap ham mazmuniga ko'ra ikkiga bo'lingan:
a)   bosh   gapda   ifodalangan   voqea-hodisaning   aniq   shartini   bildiradigan   ergash
gaplar;
b)   bosh   gapda   ifodalangan   voqea-hodisaning   taxmin   qilingan,   tusmol   qilingan
shartini   bildirgan   ergash   gaplar.   Bunda   ergash   gapning   kesimi   -ar   edi   shaklida
bo'ladi.
  To'siqsiz ergash gapli qo'shma gap
To'siqsiz   ergash   gaplar   bosh   gapda   ifodalangan   mazmunning   yuzaga   chiqishiga
to'siq   bo'la   о 1magan   shartni   ifodalaydi.   To'siqsiz   ergash   gap   nima   bo'lsa   ham?
so'rog'iga javob bo'ladi. To'siqsiz ergash gap bosh gapga -sa shart maylidari keyin
ham yoki -da yuklamalarini
keltirish orqali bog lanadi. Bunda ergash gap + bosh gap shaklida bo'ladi.	
ʻ
M: Hali qish tugamagan bo'lsa ham, bahor nafasi sezilib turar edi.
4.   Oliy   ta'limda   to'siqsiz   er.g   bosh   gapga   ba'zan   boshqa   vositalar   yordamida
bog lanishi mumkinligi ko'rsatilgan.	
ʻ
M; Podsho o'lgan bo'lsa, zamona tirik.
Yoki: Mol ketsa-ketsinki jon ketmasin.
  Qiyos ergash gapli qo'shma gap
1. Bunday qo'shma gaplar o'xshatish-chog'ishtirish ergash gapli qo'shma gaplar deb
ham nomlanadi va oliy ta'limda o'z ichida ikkiga bo'lib o'rganiladi:
a) o'xshatish ergash gapli qo'shma gap; b) chog'ishtirish ergash gapli qo'shma gap.
O'xshatish   ergash   gapli   qo'shma   gaplarda   bosh   gapdan   anglashilgan   mazmun,
voqea-hodisa   ergash   gapga   o'xshatiladi.   Er.g   bosh   gapga   xuddi,   go'yo,   goyoki
chog'ishtiruv bog lovchilari yordamida bog lanadi,	
ʻ ʻ
M: Misralarda so'zlar gavhar kabi yonadi, go'yo yangi ranglar, yangi jilvalar bilan
porlaydi. Chog'ishtirish ergash gapli qo'shma gaplarda bosh gap va ergash gapdan
anglashilgan   voqea-hodisalar   taqqoslanadi,   qiyoslanadi.   Ergash   gap   bosh   gapga   -
sa shart mayli qo shimchasi yordamida bog'lanadi,
ʻ M: Gullar ishq haqida kuylasalar, bulbullar sadoqat haqida bahslashishardi
  Ravish ergash gapli qo'shma gap
Ravish   ergash   gap   bosh   gapda   ifodalangan   voqea-hodisaning   qay   tarzda   yuzaga
chiqishini   bildiradi.   Ravish   ergash   gap   qanday?   qay   tarzda?   qay   vaziyatda?   kabi
so'roqlarga   javob   bo'ladi.   Oliy   ta'lim   darsliklarida   ko'rsatilishicha,   ravish   ergash
gap bosh gapga quyidagicha bog lanadi:ʻ
a)   bosh   gapning   kesimi   tarkibida   qollanuvchi   (-ki)   yuklamasi   yordamida
bog lanadi. Bunda bosh gap + ergash gap shaklida bo'ladi.	
ʻ
M: Menga shunday tuyuldiki, u katta kuch-qudratga ega.
b)   ba'zan   (deb)   yarim   bog lovchisi   yordamida   bog lanadi.   Bunda   ergash   gap   +	
ʻ ʻ
bosh gap shaklida bo’ladi.
M: Baxtim bor deb, esadi yellar.
Oliy ta'lim darsliklarida natija ergash gapli qo'shma gaplar ham ko'rsatiladi. Bunda:
- qo'shma  gapning 2-qismi  qo'shma gapning 1-qismidan anglashilgan ish-harakat,
voqea-hodisaning natijasini bildiradi;
-   qo'shma   gapning   1-qismi   2-qismda-   ifodalangan   voqea-hodisaning   sababini
bildiradi;
- 2-qismdan oldin natijada, oqibatida kabi so'zlar qo'llaniladi;
- 1-qism tarkibida shunday, shunchalik, shu qadar kabi so'zlar bo'ladi;
- bog lanish vositasi -ki yuklamasi hisoblanadi.	
ʻ
M: U voqeani shunday ta'sirli qilib gapirib berdiki, natijada ota ko'ziga yosh oldi
3.Qo ʻ shma gaplarning nutq uslublarida qo ʻ llanilishi
Struktural paralellizm ritmik-sintaktik hodisa bo lib, nutqda undan ekspressivlikni	
ʻ
kuchaytirish maqsadida foydalaniladi. Struktural paralellizm qo’shma gapni tashkil
etuvchi   predikativ   birliklar   har   biri   tarkibidagi   gap   bo’laklarining   bir   xil   o’rinda
aynan takrorlanish usulidir 13
.
1. Qo ʻ shma gaplarning o ʻ ziga xos uslubiy vositalari bor bularga quyidagilar kiradi.
a)   takror:   ya’ni ma’lum bir gap bo ʻ lagi qo ʻ shma gap qismlarini boshida, o ʻ rtasida
yoki oxirida takror qo ʻ llanishi mumkin.
-Olamning  xurshidi  kundir, odamning  xurshidi  - ilm.
b)  Antonimlar:  ya’ni zid, qarama-qarshi ma’noli so ʻ zlar qo ʻ shma gap qismlarida
qo ʻ llanishi mumkin.
-Bizni  uchrashtirdi  sirli bir shodlik, endi  ayirmoqda  anglab bo’lmas.
c)   Paralellilik(bir xillilik):   ya’ni bir xil tuzulishdagi, bir xil qurulishdagi gaplardan
foydalanish mumkin.
- Shabnam  tomar , o ʻ rmon  shivirlar , bulbullar  sayrar .
d) Ellipsiya: ya’ni ma’lum bir gap bo ʻ lagi tushurilib qoldirilishi mumkin.
- Ot kishnab  topishar , odam eslashib. (topishar)
e)   ohang:   ya’ni   qo’shma   gap   qismlari   orasida   ohangning   o ʻ zgarishi   gapning
uslubiy mazmuniga ta’sir qilishi mumkin.
- Salimjon mashinaga o’tirdi, mashina yurib ketdi. -payt munosabati
13
 A. Mamajonov. “Qo’shma gap stilistikasi”(1990,42-b) -   Salimjon   mashinaga   o’tirdi   -   mashina   yurib   ketdi.-payt   munosabati-   ketma-
ketlik+ tezlik munosabati
Demak: Qo’shma gapning uslubiy vazifalari
- takror
- antonimlar
- paralellik
- ellipsiya
- ohang
-   ba’zan   bir   qo’shma   gapda   uslubni   yaratuvchi   yuqoridagi   vositalar   birdan   ortiq
qo’llanishi   mumkin.   Masalan:   -   Xalq   dengizdir,   xalq   kuchdir,   xalq   to’lqindir. -
qismlari   uyushgan   murakkab   qo’shma   gap.   Bu   yerda   takror   va   paralellik   uslubiy
vosita bo’lgan.
-  Obro ʻ  kelsa  misqollab kelar,  obro ʻ  ketsa  – qadoqlab.(ketar)
Qo ʻ shma   gaplarning   uslubiy   xususiyati   shundaki,   qo ʻ shma   gap   turlari   uslubiy
xoslanishga   ega   ya’ni:   Og ʻ zaki   nutqda   qo ʻ shma   gaplarning   sodda   ixcham
ko ʻ pincha   bog ʻ lovchisiz   turidan   foydalaniladi.   Yozma   nutqda   esa   qo ʻ shma
gaplarning murakkab, keng ko ʻ pincha bog ʻ lovchili turidan foydalaniladi.
-   Havola bo ʻ lakli   qo’shma gaplar ko ʻ proq   kitobiy uslub   uchun xos ularga sinonim
bo ʻ lgan sodda gaplar esa uslubiy betaraf hisoblanadi.
“Bosh   gapni   yaxlitligicha   izohlaydigan   ergash   gaplar   “   degan   ibora   aslida   ham
bosh   gapdagi   muayyan   bir   bo‘lak   –   hol   vazifasida   kelishga   xoslangan.
N.Mahmudov   yozadi:   “Ergash   gaplarning   bu   tipini   baholashda   ko‘pincha   ayrim
tilshunoslar ularnib hol ergash gaplar deyishdan o‘zlarini tiyadilar. Shu munosabat
bilan   R.Sayfullayeva:   “Hol   ergash   gapli   qo‘shma   gap   bilan   ikkinchi   darajali
bo‘laklardan   biri   bo‘lgan   hol   turlarining   son   jihatdan   teng   kelmasligidan
cho‘chiymizmi?! Hol predikativ birlik emas, balki u gap bo‘lagidir. Hol ergash gap
esa predikativ birlik bo‘lib, diskursning bir elementi. Demak, hol bilan hol ergash
gapni   bir   planda   o‘rganib   bo‘lmaydi,   ular   semantik   turlarining   son   jihatdan   teng
bo‘lishi   shart   emas”.   Lekin  R.Sayfullayeva   bir   an’anadan   chiqib  keta   olmaydi” 14
.
Aslida “butunicha izohlaydi”, “bosh gapga butunicha aloqador bo‘ladi” qabilidagi
iboralarning  o‘zi   aniq  emas.   Qanday  qilib  ergash  gap  yaxlit  bosh   gapni   izohlashi
mumkin?   Har   qanday   gap   bo‘lagi   (aniqlovchi   bundan   mustasno)   funksional
jihatdan   faqat   kesimga   aloqador   bo‘ladi.   Keng   ma’nodagi   hol   sintaktik   o‘rnini
egallagan predikativ birlik, ya’ni, demak, ergash gap ham yaxlit bosh gapga emas,
balki   uning   bir   konstruktiv   bo‘lagi   –   kesimga   aloqador   bo‘ladi.   Masalan:   Bahor
kelgach,   o‘lkamizning   hamma   yerida   gullar   ochiladi   gapidagi   ergash   gap   (bahor
kelgach)   bosh   gapning   kesimi   vazifasidagi   ochilmoq   fe’lining   ma’nosi   va
valentligiga   ko‘ra   mavjud   bo‘lgan   va   payt   ifodasi   bilan   berilishi   lozim   bo‘lgan
sintaktik   o‘rinni   berkitadi,   ya’ni   bosh   gapdagi   hol   vazifasidagi   predikativ   bo‘lak
sifatida   bevosita   kesimga   bog‘lanadi.   Hatto   ergash   gapning   o‘rnini   ham
almashtirish mumkin: O‘lkamizning hamma yerida gullar bahor kelgach, ochiladi.
14
    Маҳмудов   Н .  ва   б .  Ўзбек   тилининг   мазмуний   синтаксиси . – Тошкент ,  Ўқитувчи . 1992. 241- б . Bunday   tip   ergash   gapli   qo‘shma   gaplarda   ergash   va   bosh   gaplar   bir   qadar
birbiridan   mustaqilday   tuyuladi,   bosh   gapdagi   biror   bo‘lak   bilan   aloqalanadigan
ergash gapli qo‘shma gaplarda ega bunday emas, ergash va bosh gaplar anchayin
zichroq bog‘langan. Bu holat ham, ehtimol, oldingi tip gaplarda ergash gap yaxlit
bosh   gap   bilan   aloqalanadi,   degan   qarashlarga   olib   kelsa   kerak.   Ammo   gapdagi
sintaktik   o‘rinlar   orasida   hol   sintaktik   o‘rni   o‘zining   nisbiy   mustaqilligi   bilan
alohida   ajralib   turadi.   Boshqacha   aytganda,   gapning   hol   bo‘lagi,   shubhasiz,
kesimga   tobe   bo‘lsa-da,   kesim   pozitsiyasidagi   so‘zning   kuchli   sintagmatik
valentligini   mutaqo   reallashtira   olmaydi.   Ta’kidlash   lozimki,   hol   gapning   asosiy
mazmunini   tashkil   qiluvchi   voqea   bilan   u   yoki   bu   jihatdan   bog‘langan   voqeani
ifodalovchi   gap   bo‘lagi   bo‘lib   mazmun   tomondan   “gap   ichida   gap   ifodalovchi”
sifatida   kelishdek   o‘ziga   xoslik   bilan   xarakterlanadi.   Bu,   tayinki,   predikativ
birliklarni   bu   sintaktik   o‘rinni   egallab,   u   sodda   gapda   bo‘lsa   ham,   ergash   gapli
qo‘shma gapda bo‘lsa ham  nisbatan  erkin deb qarash mantiqiydir.   -   Biriktiruv va
zidlov bog’lovchili  qo’shma gaplar ko’proq  rasmiy uslub  uchun xos.
-   Ommabop   rasmiy   va   adabiy   uslublarga   ixcham   qisqa   tuzilgan   bog’lovchili
qo’shma gaplar hamda bog’lovchisiz qo’shma gaplardan foydalaniladi.
-   Ilmiy   uslubda   esa   bog’lovchilar   yordamida   tuzilgan   keng   murakkab   gaplarni
ta’lab qiladi.
Xulosa.
Qo‘shma   gaplar   uslubiyatini   o‘rganish   quyidagi   umumiy   xulosalarni   chiqarish
imkonini beradi.
1.  Qo‘shma   gap   sintaksisning   yuqori   sath   birliklaridan  bo‘lib,  qismlar   o‘rtasidagi
semantik-sintaktik munosabatlar  boshqa quyi  sath birliklariga nisbatan o‘ziga xos
tarzda namoyon bo‘ladi. Ergashgan qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi vositalar
to‘g‘risida   birmuncha   ma’lumotlar   bo‘lishiga   qaramay,   deyktik   birliklar,
olmoshlarning   qo‘shma   gap   qismlarini   biriktirishdagi   roli,   bunday   qo‘shma
gaplarda   shakl   va   mazmun   masalasi   e’tibordan   chetda   qolib   keldi.   Ijtimoiy
hayotning barcha jabhalarida shakl  va mazmun birligi  qonuniyati amal  qiladi. Bu
qonuniyat   tilshunoslikka   ham   taalluqli,   ya’ni   shaklini   mazmundan,   mazmunni
shakldan ayricha qilish mumkin emas. Ishda ta’kidlanganidek, gaplarning shakliy
tuzilishi uzoq yillardan buyon chuqur tadqiq qilingan.
Qo‘shma gaplar uslubiyatini tadqiq qilish shuni ko‘rsatadiki, kelgusida havola
bo‘lakli gaplar semantik planda jiddiy o‘rganilishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Абдураҳмонов Ғ. Ўзбек тили грамматикаси. –Т.: Ўқитувчи, 1996.
2.   Абдураҳмонов Ғ. Ўзбек тили синтаксисида мураккаб гаплар
масаласига доир// Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. –Т.: 1962. –№3 .
3. Ўзбек тили грамматикаси: II том. Синтаксис. –Т.: Фан, 1976.
4. Нурмонов А. Маҳмудов М. Ўзбек тилининг назарий
грамматикаси. - Т., Ў қ итувчи, 1995.
5.   A.Mamajonov. “Qo’shma gap stilistikasi”(1990)
6.“Bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gaplar”(1955)
7. “Sabab va maqsad ergash gapli qo’shma  gaplar”
8. “Aniqlovchi ergash gaplar”(1959)
9.“Qo’shma gapning ko’chirma gapli turi haqida”(1987)
10. “Ergashgan qo’shma gaplarning sintaktik sinonimikasi”(1963)
11. “Hozirgi o’zbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar”(1966)
12. ziyo.uz
13. kutubxonachi.uz

Mavzu: Qo shma gaplar uslubiyatiʻ Reja: Kirish 1. Qo shma gap haqida umumiy ma’lumot. ʻ 2. Qo shma gap va uning turlarida sinonimiya hodisasi. ʻ 3. Qo shma gaplarning nutq uslublarida qo llanilishi. ʻ ʻ Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati ʻ

Kirish Stilistika til yaruslariga tayangan holda fonetik, leksik, morfologik, sintaktik stilistika kabilarga bo ʻ linadi 1 . Stilistika bo ʻ limlarining o ʻ z tekshirish obyektlari mavjud. Bizning tekshiruvimiz qo ʻ shma gaplarning stilistik xususiyatlariga bag ʻ ishlangan bo ʻ lib, bu masala sintaktik stilistikaning eng murakkab muammolaridan hisoblanadi. U yoki bu sintaktik butunlik ma’lum bir stilistik funksiyani bajarar ekan, bu funksiya biror-bir grammatik struktura yoki uning varianti yordamida reallashuvi tabiiy. Shunday ekan, grammatika va stilistika bir-biri bilan uzviy bog ʻ liq, biri ikkinchisisiz yashay olmaydi. Grammatika stilistika uchun material beradi. Stilistika grammatik vositalarga tayanadi va ularning konnotativ ma’nolarini ochib beradi. Shuning uchun ba’zi olimlar stilistika bevosita grammatikaning davomidir deb izohlaydilar. 2 Qo shma gaplar va uning turlari, qo shma gaplarning tabiati masalalari rusʻ ʻ va yevropa tilshunosliklari qatori o zbek tilshunosligida ham keng, atroflicha ʻ o rganilgan. Bu sohada, ayniqsa, akad. G .Abdurahmonov va M.Asqarovalarning ʻ ʻ xizmatlarini alohida qayd etmoq kerak. Shuningdek, A. G ulomov, H. G oziyev, ʻ ʻ F.Kamolov, A. Azizova, H. Rustamov, E. Azlarov, A. Kononov, E. Grunina, X. Ab-durahmonov, A. Nurmonov, N. Mahmudov va boshqa ham o zbek tilida ʻ qo shma gaplar sintaksisini o rganish va rivojlantirishga munosib hissa ʻ ʻ qo shganlar. Keyingi yillarda (o tgan asrning 90-yillaridan) o zbek tilshunosligida ʻ ʻ ʻ qo shma gaplarni, umuman sintaktik hodisalarni yangicha nuqtai nazar bilan ʻ sistemaviy-struktur usulda o rganish boshlandi. ʻ Qo shma gaplar turlari va ularning stilistik xususiyatlari tilshunoslar ʻ tomonidan atroflicha tahlilga tortilgan. Xususan, M.Asqarova 3 , A.Mamajonov 4 ishlarida kuzatish mumkin. Hozirgacha mavjud lingvistik adabiyotlarda qo‘shma gaplar Grammatik shakli va komponentlarining munosabatiga qarab bog ʻ lovchisiz, bog ʻ langan, ergash gapli qo‘shma gaplarga bo‘lib o‘rganilayotganini kuzatamiz. Ergash gaplarning bosh gapni yaxlitligicha izohlashi yoki uning biror bir bo‘lagi bilan aloqador bo‘lishi haqidagi qarash turkiyshunoslikda ham keng tarqalgan. Masalan, M.A.Asqarova shunday ta’kidlaydi: “Ergash gap esa mazmun va strukturasiga ko‘ra bosh gapdan ko‘ra boshqacharoq tuzilib, bosh gapning bo‘lagini yoki bosh gapni yaxlitligicha izohlaydi”. G‘.Abdurahmonov ergashgan qo‘shma gaplarda ikki yoki undan ortiq soda gaplar o‘zaro hokim-tobe munosabati orqali bog‘lanishi, ergash gap bosh gapga tobe bog‘lanib, bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlab kelishi, bosh va ergash gap grammatik hamda mazmunan jips bog‘lanib, yaxlit birlikni tashkil etishi va umumiy bir fikrni ifodalashini qayd etadi. Ular o‘zaro fe’lning amaliy shakllarining qo‘llanishi (turli grammatik vositalar bilan birikkan sifatdosh, 1 ? A. Mamajonov. “Qo’shma gap stilistikasi”(1990) 2 O’sha asar 3 “Qo’shma gap stilistikasi”(1990) 4 “Bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gaplar”(1955), “sabab va maqsad ergash gapli qo’shma gaplar”(1957), “Aniqlovchi ergash gaplar”(1959), “Qo’shma gapning ko’chirma gapli turi haqida”(1987), “Ergashgan qo’shma gaplarning sintaktik sinonimikasi”(1963), “Hozirgi o’zbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar”(1966)

ravishdosh va shart fe’li), yordamchi so‘zlar orqali munosabatga kirishishini ta’kidlaydi 5 1. Qo shma gaplar haqida umumiy ma’lumotʻ Gaplar tuzilishiga ko ʻ ra (grammatik asoslar miqdoriga ko ʻ ra) ikkiga bo ʻ linadi: a) sodda gaplar b) qo ʻ shma gaplar Qo ʻ shma gaplar sodda gaplardan quyidagi jihatdan farq qiladi: a) sodda gaplarning grammatik asosi bitta – qo ʻ shma gaplarniki ikkidan ortiq; b) sodda gaplar bitta kesimlik belgisiga, bitta shakllangan kesimga ega bo ʻ ladi – qo ʻ shma gaplarda esa ikkidan ortiq kesimlik belgisi bo ʻ ladi; c) sodda gaplar ma’lum bir fikrni ba’zan qo ʻ shimcha ravishda his-hayajonni ifodalaydi –qo ʻ shma gaplar esa murakkabroq fikrni anglatadi. Demak, gaplarni sodda va qo ʻ shma gaplarga ajratishda kesimlik belgisining miqdori asos bo ʻ ladi. Qo shma gap ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning o ʻ ʻ zaro grammatik va mazmuniy munosobatidan tashkil topadi. Bunda: - qo ʻ shma gap tarkibidagi sodda gaplarning grammatik munosobati deganda shu sodda gaplarning ma’lum bir grammatik vositalar yordamida bog ʻ lanishi tushuniladi. - qo ʻ shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuniy munosobati deganda esa qo ʻ shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmunan muvofiqligi tushuniladi. M: qish keldi va o ʻ rik gulladi – bu yerda va bog ʻ lovchi vosita hisoblanadi, mazmunan xato. Shuningdek, ushbu gaplarni ham solishtirib ko ʻ raylik: Qo ng iroq ʻ ʻ chalindi va dars boshlandi. Qo ng iroq chalindi-yu, dars boshlandi. ʻ ʻ Qo ng iroq ʻ ʻ chalingani uchun, dars boshlandi. Qo ng iroq chalinib, dars boshlandi. ʻ ʻ Qo ng iroq chalindi: dars boshlandi. ʻ ʻ Bu gaplar mazmun tomondan juda yaqin: hammasida ham sabab-natija munosabati ifodalangan. Ular o ʻ zaro sinonimik gaplar qatorini yuzaga keltiradi va istalganidan foydalanish mumkin bo’ladi. Lekin bu gaplar grammatik tomondan, ma’no ottenkasi tomondan ma’lum darajada bir-biridan farq qiladi. Bu, avvalo, bog ʻ lovchilarda, ohangda, gaplar tartibida ko ʻ rinadi. Qo ʻ shma gapni tashkil etgan sodda gaplar bilan alohida qo ʻ llangan sodda gaplar teng emas: - alohida qo ʻ llangan sodda gaplar grammatik, mazmun va ohang tugalligiga ega bo ʻ ladi. - qo ʻ shma gap tarkibidagi sodda gaplarda esa grammatik, mazmun va ohang tugalligi qo ʻ shma gap oxirida namoyon bo ʻ ladi. Shuning uchun qo shma gap ʻ tarkibidagi sodda gaplar alohida mustaqil qo llanilgan gap emas, balki bir umumiy ʻ gapning qismi hisoblanadi. Qo shma gap — tuzilishiga ko ra sodda gapga o xshash ikki va undan ortiq ʻ ʻ ʻ predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap; gapning struktural jihatdan alohida bir turi. Qo shma gap ʻ tuzilishi va qurilish materialiga ko ra sodda gapdan farq qiladi. Sodda gapning ʻ 5 G’.Abdurahmonov.(1996,185-b)

qurilish materiali so z yoki so z birikmalari bo lsa. Qo shma gapning qurilishʻ ʻ ʻ ʻ materiali sodda gaplardir. Sodda gap bitta predikativ asosdan, qo shma gap esa ʻ ikki va undan ortiq predikativ asosdan tashkil topadi. Bir qancha turkiy tillarda, jumladan, o zbek tilida, qo shma gaplar qanday mazmun munosabatlarini ʻ ʻ ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga ko ra 3 asosiy turga ʻ bo linadi: ʻ 1. Bog lovchisiz qo shma gap; ʻ ʻ 2. Bog langan qo shma gap; ʻ ʻ 3. Ergashgan qo shma gap ʻ 6 . Tarkibidagi predikativ birliklar o zaro bog lovchi yoki bog lovchi ʻ ʻ ʻ vazifasidagi so z yordamida emas, balki boshqa vositalar yordamida birikkan ʻ qo shma gaplar bog lovchisiz qo shma gap hisoblanib, bunday qo shma gaplarda ʻ ʻ ʻ ʻ ohang muhim rol o ynaydi. Bog lovchisiz qo shma gaplar aksar hollarda ʻ ʻ ʻ bog langan va ergashgan qo shma gaplar bilan o xshash, munosabatdoshday ʻ ʻ ʻ ko rinsa-da, ular ana shu turdagi gaplarning bog lovchisiz varianti emas, balki ʻ ʻ qo shma gaplarning alohida turi hisoblanadi: "Saodatxon eshikni ochib yubordi, ʻ uyga muzday kuz havosi kirdi" (S.Zunnunova). "Sultonmurod o zini chetga ʻ olishga tirishdi, xalq to lqini uni surib ketdi" (Oybek). ʻ Tarkibidagi predikativ birliklar o zaro teng bog lovchilar yordamida ʻ ʻ birikkan (teng aloqali) qo shma gaplar bog langan qo shma gaplar deyilib, uning ʻ ʻ ʻ tarkibiy qismlari shaklan mustaqil ko rinsa-da, mazmunan va tuzilish jihatdan bir ʻ butunlikni tashkil etadi. Mas: "Bahor keldi va gullar ochildi". "Dilafro z chindan ʻ ham o zgargan. Ammo o ktam kulgusi, quralay ko zlarining kibrona boqishi o sha- ʻ ʻ ʻ ʻ o sha edi" (O .Hoshimov). ʻ ʻ Tarkibidagi predikativ birliklar (sodda gaplar) bosh va ergash holatida bo lib, ya ni bosh va ergash gaplardan tuzilib. ergashtiruvchi bog lovchilar, bir ʻ ʼ ʻ qancha fe l shakllari, yuklama va ko makchilar, nisbiy so zlar va tobelanish ohangi ʼ ʻ ʻ yordamida birikib, biri ikkinchisini aniqlash, to ldirish kabi vazifalarni bajaradigan ʻ qo shma gaplar turi ergashgan qo shma gaplar yoki ergash g a p l i qo shma gaplar ʻ ʻ ʻ deyiladi. Mas: "Bir kuni ko chada ketayotsam, Umri bir bosh uzum ko tarib ʻ ʻ kelyapti" (A.Qahhor) gapidagi, "bir kuni ko chada ketayotsam" qismi ergash gap ʻ bo lib, u bosh gapdagi (Umri bir bosh uzum ko tarib kelyapti) ish-harakatning ʻ ʻ amalga oshish payti (vaqti)ni aniqlab, uni to ldirmoqda, predikatdagi shaklga ko ra ʻ ʻ tobe holatda turibdi. Demak, bosh gap ergashgan qo shma gap tarkibidagi hokim ʻ komponent, ya ni ergash gap tomonidan o zi yoki biror bo lagi aniqlanadigan, ʼ ʻ ʻ ergash gap tobe bo ladigan gapdir. Mas.: "Qaysi kishi ertalab shunday mashq qilsa, ʻ u dardga chalinmaydi" gapi ega ergash gapli qo shma gap bo lib, undagi "u dardga ʻ ʻ chalinmaydi" qismi bosh gap hisoblanib, bosh gapning egasi ergash gap orqali izohlanmoqda. Yoki "Shoshish kerak emas, chunki bu yil toshqin xavfi yo q" ʻ gapida esa "Shoshish kerak emas" bosh gap bo lib, ergash gap bosh gapdan ʻ 6 Ғуломов А ., Асқарова М . Ҳозирги ўзбек адабий тили . – Тошкент , Ўқитувчи . 1987.

anglashilgan harakatning sababini ko rsatmoqda. Ergash gapli qo shma gapʻ ʻ tarkibidagi tobe qism ergash gap hisoblanadi. Ergash gap bosh gapga ergashib (tobelanib), bu gapni yoki uning biror bo lagini qandaydir (payt, o rin, sabab, ʻ ʻ natija va boshqalar) jihatdan aniqlab, belgilab keladi. O zbek tiliga doir mavjud ʻ darslik va qo llanmalarda ergash gaplar (ergash gapli qo shma gaplar) mazmun va ʻ ʻ vazifalariga ko ra 14 turga ajratiladi. ʻ Qo shma gap qismlarini bog lovchi vositalar: ʻ ʻ Qo shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo shma gap qismlari deb nomlanadi. ʻ ʻ Qo shma gap qismlarini bog lash uchun xizmat qiladigan vositalar ʻ ʻ bog lovchi ʻ vositalar deyiladi. Qo shma gap qismlarini bog lash uchun quyidagi vositalar ʻ ʻ xizmat qiladi: a) bog lovchilar – ʻ teng bog lovchilar va ergashtiruvchi bog lovchilar; ʻ ʻ b) bog lovchi vazifasidagi vositalar: ʻ -bog lovchi vazifasidagi yuklamalar ʻ -bog lovchi vazifasidagi ʻ bo ʻ lsa, esa, deb so zlari ʻ -nisbiy so zlar ʻ -ko’makchili qurilmalar: shuning uchun, shu sababli, shu tufayli, shu bois -fe’lning -sa shart mayli qo shimchasi ʻ c) ohang 2. Qo shma gap va uning turlarida sinonimiya hodisasi. ʻ Qismlarining qanday bog lovchi vositalar yordamida bog lanishiga ko ra qo shma ʻ ʻ ʻ ʻ gaplar 3 guruhga bo linadi: ʻ a) bog langan qo shma gaplar ʻ ʻ b) ergashgan qo shma gaplar ʻ c) bog lovchisiz qo shma gaplar ʻ ʻ 7 I. BOG LANGAN QO SHMA GAPLAR ʻ ʻ Qismlari teng bog lovchilar yoki teng bog lovchi vazifasidagi vositalar yordamida ʻ ʻ birikkan qo shma gaplar ʻ bog langan qo shma gaplar ʻ ʻ deyiladi. Bog langan qo shma gap qismlari o zaro quyidagi vositalar bilan bog lanadi: ʻ ʻ ʻ ʻ -teng bog lovchilar ʻ -teng bog lovchi vazifasidagi yuklamalar ʻ -teng bog lovchi vazifasidagi bo lsa, esa so zlari yordamida ʻ ʻ ʻ Bog langan qo shma gapga xos xususiyatlar: ʻ ʻ a) qismlari, ya’ni tarkibidagi sodda gaplar o ʻ zaro teng aloqada bo ladi ʻ b) ular orasida tobe hokimlik bo lmaydi ʻ c) bosh gap, ergash gap atamalari ishlatilmaydi d) tarkibidagi sodda gaplar biri ikkinchisini aniqlab, izohlab kelmaydi e) bir gapdan boshqasiga savol berilmaydi Qismlarning qanday bog lovchi vositalar yordamida bog lanishiga ko ra ʻ ʻ ʻ bog langan ʻ qo shma gaplar o z ichida 4 guruhga bo linadi. ʻ ʻ ʻ a) biriktiruv bog lovchilari yordamida bog langan qo shma gap ʻ ʻ ʻ 7 Ғуломов А ., Асқарова М . Ҳозирги ўзбек адабий тили . – Тошкент , Ўқитувчи . 1987. 187- б .