logo

Sodda gap uslubiyati

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

65.5458984375 KB
Mavzu:   Sodda gap uslubiyati
Reja:
Kirish
1. Sodda gap va uning mazmuniy qurilishi  
2. Sodda gaplar uslubiyati
3. Gap bo‘laklarning funktsional qo‘llanishi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Har   qanday   gap   shakl   va   mazmun   birligidan   iborat   butunlik   bo’lishiga
qaramasdan,   yaqin   yillargacha   sintaktik   tadqiqotlarda,   asosan,   gapning   shakliy
tomoniga   e’tibor   berilgan.   Faqat   ayrim   o’rinlardagina   (masalan,   gapning   ifoda
maqsadiga   ko’ra   turlarini   belgilashda   ikkinchi   darajali   bo’laklarning   ichki
tasnifida)   mazmun   tomoniga   murojaat   qilindi.   Hozirgi   kunda   gap   mazmunini
o’rganuvchi   mazmuniy   sintaksis   deyarli   hamma   tilshunoslar   tomonidan   e’tirof
etilgan bo’lsa ham, ammo mazmuniy sintaksis maqomi masalasida bir xillik yo’q.
Ular   orasida   ikki   qaramaqarshi   qo’nalish   ajralib   turadi.   Birinchi   yo’nalish
tarafdorlari gapning zaruriy unsurlarining grammatik ma’nosiga asoslanadilar. 
Bu   yo’nalishda   gapning   xar   bir   tuzilish   tarixning   umumiy   grammatik
ma’nosini   topishga   xarakat   qilinadi   va   tuzilish   tarixining   umumiy   grammatik
ma’nosi   doirasida   mazmuniy   tuzilish   aniqlanadi.   Ularning   fikriga   ko’ra,   mazmun
grammatik   shakllanmay,   o’z   xolicha   mavjud   bo’lmaydi.   Shuning   uchun   gapning
barcha sintaktik xususiyati gap mazmunining  ifodachisi bo’lib xizmat qiladi. 
Ikkinchi   yo’nalish   tarafdorlari   gapning   nominativ   minimumi   uzvlarining
leksik   ma’nolariga   asoslanadi.   Bunga   muvofiq,   gapning   mazmuniy   tuzilishi
tuzilish tarxlari  doirasida emas, balki  undan tashqarida ajratiladi. Tuzilish tarxlari
va mazmuniy tuzilish bir-biri bilan kesishmaydigan yonma-yon qatorlarga teriladi. 
O’zbek   tilida   gaplar   grammatik  asoslarining   miqdoriga  ko’ra   2   ga  bo’linadi:
Sodda   va   qo’shma:   Bu   shaharda   tanish   bilish   yo’qligi   Mirzayevga   shu   bugun
bilindi.   Kampirning   ko’zlarini   allanechuk   olayib   ketdi,   yuzining   suyakka
yopishgan chandir terisi oqardi. Sodda gap va uning mazmuniy qurilishi
Shakl va mazmun, sintaktik aloqa, sodda gap, qo’shma gap, egali gap, egasiz
gap, grammatik asos, gap bo’laklari, bosh bo’lak, ikkinchi darajali bo’lak, yig’iq
bo’lak, yoyiq bo’lak.
Sodda   gaplar   eganing   ishtirok   etish   etmasligiga   ko’ra   2   xil   bo’ladi:   Egasi
mavjud   gaplar   va   egasiz   gaplar:   Biz   yangi   filmni   tomosha   qildik   –   yangi   filmni
tomosha qildik. 
Sodda gaplar ikkinchi  darajali  bo’laklarning ishtirokiga ko’ra 2 ga bo’linadi:
sodda   yig’iq   gap   (Kamola   kirib   keldi),   sodda   yoyiq   gap:     (Kamola   darvozadan
shoshilib kirib keldi).
O’zbek   tilida   gapda   so’zlar   o’zaro   grammatik   munosabatga   kirishib   gap
bo’laklarini   hosil   qiladi.   Har   bir   gap   bo’ladi   boshqa   gap   bo’laklari   bilan   bo’lgan
grammatik   munosabatiga   ko’ra   belgilanadi,   ya’ni   har   bir   gap   bo’lagi   o’zi
munosabatga   kirishgan   so’z   bilan   ma’lum   sintaktik   aloqada   bo’ladi:   Dildora
kechagi   uchrashuv   haqida   zavqlanib   gapirdi   –   bu   gapda   so’zlar   qo’yidagicha
sintaktik   aloqaga   kirishgan:   1.   Dildora   gapirdi.   2.   Zavqlanib   gapirdi.   3.
Uchrashuv haqida gapirdi. 4. Kechagi uchrashuv. 
Kesim   gapning   asosini   tashkil   qiluvchi   markazdir.   Ega   kesimga   ergashib,
kesimda   ifodalangan   ish   harakatning   bajaruvchisini   ko’rsatadi.   Kesim   qaysi   so’z
turkumi  bilan ifodalanishiga ko’ra 2 xil  bo’ladi:  fe’l  kesim,  ot  kesim. Tuzilishiga
ko’ra esa sodda kesim va murakkab kesimga bo’linadi.
Fe’l kesim qo’yidagi ko’rinishlarga ega: 
A) sof fe’l kesim: Men maktabga boraman.
B) Ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurullab, mashina oldinga intildi.
S) Sifatdosh bilan ifodalangan kesim: It xurar – karvon o’tar. Fe’ldan boshqa so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so’z, harakat
nomi) bilan ifodalangan kesim ot kesimdir: 
A) Yaxshi ro’zg’or – jannat, yomon ro’zg’or – do’zax.
B) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.
S) Birniki – mingga, mingniki – tumanga.
D) Maqsadim – shu.
E) Sizdan umidim ko’p.
Y o ) Mening g’am ulug’ niyatlarim bor.
  Murakkab kesim ikki yoki undan ortiq so’z bilan ifodalanadi: Ayozli kunlar
asta-sekin o’tib borayotir. 
Murakkab   ot   kesimlar   ot+bog’lama   vazifasida   kelgan   yordamchi   fe’l   yoki
ko’makchi   fe’l   tarzidagi   qo’shilishdan   hosil   bo’ladi.   Bunda   asosiy   ma’no   otdan
anglashiladi.   Bog’lama   kesim   bilan   egani   bog’lovchi   so’zlardir.   Ular   mustaqil
ma’nosini   to’la   yoki   qisman   yo’qotib,   yordamchi   vazifaga   ko’chgan   so’zlardir.
Bularning vazifasi fe’l bo’lmagan so’zlar bilan qo’shilib, kesimni shakllantirishdir,
ya’ni   mayl,   zamon,   shaxs   son   ma’nolrini   ifodalashdan   iborat.   Kesimni
shakllantirishga   hizmat   qiladigan   bunday   bog’lamalar   bo’l   -   ,   qil   -   ,   edi,   ekan,
emish,   hisoblan-,  sana   –   kabi   yordamchilardir.     Kerak,   zarur,   darkor     so’zlari
ham bog’lama vazifasida qo’llanadi.
Xursand edi, qiziqarli bo’ldi, Yaxshilik qil, obod qildi, ozod bo’ldi, oz emish,
xursand bo’ldi, to’g’ri chiqdi, ko’p edi. 
Kesim   birikmalar   va   iboralar   bilan   ham   ifodalanadi.   Kengaygan   birikma   va
iboralar   gapda   yaxlit   xolda   bitta   gap   bo’lagi   bo’lib   keladi   va   o’z   ichida   boshqa
bo’laklarga   ajratilmaydi:   Vazifamiz   –   bilim   maskanlarida   hamisha   a’lo   o’qish.
Tarixni o’rganishdan asosiy maqsad – milliy o’zligimizni chuqurroq anglash.  Baquvvat   xotiraning   mohiyati   –   unutmaslik.   Komil   insonlardagi   olijanob   hislat   –
o’tmishni unutmaslik.
Ega va kesim gapning grammatik asosidir. Gapni  gap bo’laklariga ajratishda
bir   necha   usullardan   foydalaniladi.   Ulardan   ko’p   qo’llaniladigani   gap   tarkibidagi
so’zlarga so’roq berishdir. Ammo bu usul har doim ham o’zini oqlamaydi. Chunki
gapda   so’roqqa   javob   bo’la   oladigan,   amo   gap   bo’lagi   vazifasida   kelmaydigan
bo’laklar   –   undalmalar   ham   ishtirok   etadi.   Masalan:   Bolalar,   ilm   olish   –
yuksalishdir.   Gapida   bolalar   so’zi   so’roqqa   javob   bo’lsada   lekin   gap   bo’lagi
vazifasida   kelmagan.   S h uningdek   gapni   gap   bo’laklariga   ajratishda   ularning
grammatik   shakliga   ham   e’tibor   beriladi.   Ammo   bu   usul   ham   to’liq   o’zini
oqlamaydi.   Masalan,   qaratqich   kelishigidagi   so’z   qaratqichli   aniqlovchi
vazifasinibajarishi   mumkin,   ammo   jo’nalish,   o’rin-payt,   chiqish   kelishigidagi
so’zlar   to’ldiruvchi   ham,   hol   ham   bo’lishi   mumkin:   Paxtani   zavq   bilan   terdim   –
paxtani   mashina   bilan   terdim.   Sen   nimaga   kechikding   –   suvni   nimaga
quymoqchisan. 
Ba’zan   gap   bo’laklarini   belgilashda   uning   qaysi   so’z   turkumiga   taalluqli
ekanligi   ham   e’tiborga   olinadi.   Lekin   bu   usul   ham   to’liq   asos   bo’la   olmaydi.
Chunki biror bo’lak aynan bir so’z turkumi bilan har doim ham ifodalanavermaydi.
Shuning uchun gapni gap bo’laklariga ajratishda tobe aloqa asosiy vositadir.
Ega quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalanadi: 
Yo’lchi o’rnidan turdi. 
Mard maydondda bilinar. 
To’qqiz uchga kasrsiz bo’linadi. 
Men mnstitutda o’qiyman. 
Tirishgan tog’dan oshar. 
So’zlagandan so’zlamagan Yaxshiroq.  Taraq-turuq o’zgarishsiz davom etadi. 
Uzoqdan yosh bolaning dod-voyi eshitildi. 
Burgaga achchiq qilib kurpani kuydirish sizga yarashmaydi. 
“Edi” – to’liqsiz fe’l. 
“A” – unli tovush. 
Extiyot bo’ling, tag’in ketidan “lekin”i chiqib qolmasin.  
Masalan:   1.   Korxona   ilg’orlariga   mukofotlar   topshirildi.   2.   Sport   zalida
bolalar   badantarbiya   bilan   shug’ullanadilar.   3.   O’tkazilgan   sayr   sizda   qanday
taassurot   qoldirdi?   4.   Sinfingizda   kimlar   o’qish   va   intizomda   boshqa
o’quvchilarga   namuna   bo’lmoqda?   5.   Bolalar,   gullarni   parvarish   qilib   tkring.   6.
O’quvchilar uzrsiz dars qoldirmang.
Biz   gap   yordamida   biror   narsa   haqida   xabar   beramiz,   so’raymiz,   iltimos
qilamiz, buyuramiz,  o’zimizning  fikrimizni,  tuyg’umizni,  istagimizni   boshqalarga
bildiramiz.
Gap   tugallangan   fikr,   mazmun   bildiradi,   anglatgan   mazmuniga   mos   ohang
bilan o’qiladi (aytiladi).
Gapda   so’zlar   bir-biri   bilan   grammatik   bog’lanadi.   Gapning   asosini   bosh
bo’laklar – ega va kesim tashkil qiladi. 
Berilgan so’zlarni bir-biri bilan bog’lab gap tuzing:
1. Biz, topshiriqlar, o’z vaqtida, bajaramiz.
2. Shaharlar, ko’p, qavatli, binolar, qurilmoqda.
3. Biz, jonajon, Vatan, gullab-yashnatmoqda.
4. Biz, o’qish, uchun, qulay, sharoit, yaratilgan
Shu   kunga   qadar   o’rganib   chiqqan   sintaktik   hodisalar   va   ularga   xos   ba’zi
muhim   xususiyatlarni   umumlashtiriidir.   Darhaqiqat,   dastlabki   ma’ruzalarimizda- qayd   etganimizdek,   sintaksis   gap   va   uni   tashkil   etgan   so’z   shakllarining   o’zaro
grammatik   va   mazmuniy   munosabatlari   hamda   bu   munosabatlarni   yuzaga
chiqaruvchi   vositalarni   o’rganib   chiqdi.   Lekin   bu   uning   bir   qismi,   xolos.   Eng
asosiy qismiga endi  kirib boramiz. Hozirgacha bizga ma’lum  sintaktik aloqa turi,
vositasi va usullari, so’z birikmasi va gap haqidagi nazariy bilimlar go’yo binoning
qad rostlashini  eslatadi. Binoning qad ko’tarishida material bo’lgan ashyolar tilda
sintaktik   birliklar-so’z,   suz     irikmalari,   gaplar   shaklida   namoyon   bo’ladi.
So’zlardan   so’z   birikmalari,   so’z   birikmalaridan   gaplar   va   gaplardan   matnlar
keltirib chiqariladi. Biroq gapning sintaktik tahlili deganda ko’pchilikka faqat gap
bo’laklariga   ajratishgina   anglashiladi.   Biroq   sodda   gapning   tarkibiy   tahlili
bo’laklarga   ajratish   emas,   ularni   dastavval   so’z   birikmalariga   ajratish,   shu
birikmalarning   bog’lanish   turi,   yo’l   va   usullarini   o’rganish,   undan   keyin   gapning
o’zi   klassifikatsiya   nuqtai   nazaridan   qanday   tahlil   etilsa   shunga   e’tibor   qilinadi.
Bunda ayniqsa gapning ifoda maqsadiga   k o’ra turi, voqelikka munosabatiga ko’ra
turi, emotsionalligiga ko’ra turi, struktura asosining miqdoriga, struktura asosining
tarkibiga,   ikkinchi   darajali   bo’laklarning   ishtirokiga,   zaruriy   bo’laklarning
ishtirokiga   va   bo’laklarga   ajralish   va   ajralmasligiga   ko’ra-   turi   kabi   tahlil   tartibi
o’qiladi.   so’ngra   gapni   bo’laklaria   ajratilishi   maqsadga   muvofiq   hisoblanadi.
An’anaviy   tilshunosligimizda   esa   sodda   gapni   sintaktik   tahlil   qilinadigan   bo’lsa,
uni   bosh   va   ikkinchi   darajali   bo’laklarga   ajratiladi,   undalma   yoki   kirish   so’z
kabilar qatnashgan bo’lsa sintaktik aloqaga kirishmagan bo’laklar deb tahlil etiladi.
Bu   tahlilda   gap   yoki   so’z   birikmasi   klassifikatsiyasi   tartibi   ham   hisobga   olinadi,
biroq bu oliy va maktab dasturida birdek shakllanish kasb etmagan. Shuning uchun
hozirgi   davr   tilshunosligining   taraqqiyoti   ta’lim   tizimining   mazmunan   yangilash
yo’nalishlarini belgilab bermoqda. Bunga ko’ra maktab ona tili o’qituvchisi "So’z
birikmasi"   mavzusi   bo’yicha   quyidagi   bilimlar   silsilasini   to’la   o’zlashtirgan
bo’lishi   shartdir:"-bo’laklari   so’zlar   bilan   ifodalangan   gaplarni   kesimdan   berilgan
so’roq   orqali   tarkibiy   qismlarga   ajrata   olishi:   Paxtakor   dalada   ishlaydi:   paxtakor
ishlaydi;   dalada   ishlaydi;   va   shunga   o’xshash   bo’laklari   so’z   birikmalari   bilan
foydalangan   gaplarni   ham   tarkibiy   qismlarga   ajratishni   bilishi:     Mohir   paxtakor kolxoz   dalasida   fidokorona   ishlaydi.   Shu   tarkibiy   qismdagi   so’zlarni   ma’nodosh
yoki   uyadoshlari   bilan   almashtirib,   yangi   birikmalar   yaratishi:   mohir   paxtakor-
epchil   paxtakor,   kolxoz   dalasi-kolxoz   bog’i,   g’ayrat   bilan   ishlaydi   kabi-so’z
birikmasi   va   undagi   tobe,   hokim   so’zlarni   aniqlash,   biridan   ikkinchisiga   so’roq
berish. 
-berilgan matndagi gaplarni so’z birikmalariga ajratib, aniqlovchili, to’ldiruvchili, 
holli turlarini aniqlash:
-bo’laklari so’zlar bilan ifodalangan gaplarni aniqlovchili so’z
kiritish bilan kengaytirish, aniqlovchili so’z birikmalarida tobe va hokim so’zlarga 
ma’nodosh, uyadosh so’zlar tanlab, yangi birikma va  gaplar tuzish;
-so’z birikmalarini klassifikatsiya asosida tahlilini o’tkazish, bunda sodda tuzilishli
birikmalarni ma’noviy kengaytiruvchilar ta’sirida murakkab birikmalarga 
aylantirish;
-turg’un birikmali so’z birikmalarini shakl jihatidan o’zgartirish kabi tahlillar 
hozirgi kunning eng muhim ilmiy ham uslubiy yo’nalishlaridir.
"Gap" mavzusi va uning sintaktik tahlili bo’yicha esa quyidagi amaliy ishlarni 
bajarish talab etiladi:
-berilgan matndagi gaplarni bir bo’lakli va ikki bo’lakli turga ajrata olish; 
-Boraman. Bilmaysizmi? Ko’ramiz. kabi bir bo’lakli gaplarki ikki bo’lakli turga 
aylantirishni bilish;        
-gaplardagi tasdiq yoki inkor ma’nolarini farqlash va vositalarini aniqlay olish;  
-gap markazi kesim ekanini sharxlash va kesimni shakllantiruvchi grammatik 
formalarni aniqlash;
-kesimdan so’roq berish asosida gapni kengaytirish, so’z ma’nosiga  bog’liq holda
kelgan   kengaytiruvchilarni   gap   "kengaytiruvchilaridan   farqlash;-berilgan   gaplarni
bo’laklarga   ajratish,   sintaktik   aloqaga   kirishmaydigan   so’zlar   (gapni murakkablashtiruvchi   vositalar)   ma’noviy   guruhlarini   aniqlash   va   hokazolar.
Buning   uchun   albatta,   mutahasis   nafaqat   an’anaviy   tilshunosligimiz   nazariyalari,
balki   zamonaviy,   chuqur   nazariy   asosdagi   talqinlardan   ham   bohabar   bo’lmog’i
darkor.   Jumladan,   gap   kesimini   shakllantiradigan   vosita-zamon,   shaxs-son;   mayl,
tasdiq-inkor   ekanligini   bilmaydigan   shaxs,   kesimning   gap   markazi   bo’la   olish
imkoniyatini ham tushuntirib   bera olmaydi. Gap markazi esa predikativ yadro va
uning   atrofini   qurshab   turuvchi   argumentlardan   iborat.Bu   argumentlar   ham   o’z
mazmuniy   xususiyatlari   bilan   agons,   lokalis,   temporalis   kabi   turlarning
kengaytiruvchilik funksiyalari asosida reallashadi. Buni til birliklaridagi oddiydan
murakkabga  borish  deb tushunish  birmuncha  qulay.  CHunki  kichik sath  birliklari
katta  sath   birliklari   uchun   material   bo’lib   xizmat     qiladi.   Q immat   jihatdan   bir   xil
birliklarning   o’zaro   sintaktik     munosabati   o’zidan   yuqoriroq   va   yangi   sifatga   ega
bo’lgan butunlikni hosil qiladi.
Sintaktik birliklariing bunday butun va bo’lak munosabati -darajali munosabat
hisoblanadi.   Biroq   nima   bo’lganda   ham   gapda   obektiv   mazmun   ma’lum   moddiy
vositalar-sintaktik shakllarorqali ifodalanadi. Gapning bunday moddiy ifodalanish
tomoni   uning   sintaktik   tuzilishidir.   Sintaktik   tuzilish   esa   uzaro   munosabatda
bo’lgan bir necha unsurlarning bir butuklik sifatidagi birlashishi. Sintaktik tuzilish
unsurlarini   an’anaviy   tilshunoslikda   gap   bo’laklari   atamasi   bilan   nomlaydilar.
Lekin   sintaktik   tuzilish   tarkibidagi   barcha   sintaktik   shakllar   gap   bo’laklari
tarkibiga   kiritilmaydi.   An’anaviy   tilshunoslikda   sintaktik   shaklning   tobe   aloqaga
kirishi   (deminatsiya   munosabati)   uning   gap   bo’lagi   deb   hisoblanishining   bosh
mezoni sanaladi.
Gap   bo’lagi   ma’lum   sintaktik   shaklning   shakliy   sintagmatik-   munosabatdagi
vaziyatiga   qarab   belgilanadi:   ega   vaziyati,   kesim   vaziyati,   to’ldiruvchi   va
boshqalar.   Natijada   ayrim   mazmuniy   munosabatda   bo’lgan   shakliy   jihatdan   tobe
aloqa   orqali   emas,   balki   undash,   kirish   munosabati   orqali   ifodalangan   birliklar
snntaktik   tuzilish   birligi   sifatida   karalmaydi.   Bu   esa   butunni   bo’laklarga   bo’lish
asosiga   zid   keladi.   Chunki   butun   bo’laklarga   ma’lum   asosda   shunday   bo’linishi
kerakki,   butunning   birorta   ham   unsuri   bo’linishdan   tashqarida   qolmasligi   kerak. Lekin   an’anaviy   yo’nalishda   bunday   emas.   Gap   bo’laklari   gapni   tashkil   etgan
sintakiik   shakllarni   to’la   qamrab   olmas   ekan,   demak,   gapni   bo’laklarga   gap
bo’laklari   rubrikasi   ostida   ajratish-etarli   asosga   ega   emas.   Shuning   uchun   bu
tilshunoslikda eng munozarali masalalardan biri bo’lib kelmoqda.
Sintaktik   birlik   hisoblangan   ganining   shakliy   tuzilish   jihatdan   uning
ziddiyatini hisobga olgan holda quyidagicha sintaktik shakllarga bo’lish-mumkin:
1. Sintaktik aloqaga kirishadigan sintaktik shakllar;
2. Sintaktik aloqaga kirishmaydigan sintaktik shakllar;
Birinchisi   an’anaviy   gap   bo’laklari   hisoblanadi.   Ya’ni   tobe   aloqa   tarkibida
muayyan   sintaktik   vaziyatda   keluvchi   eng   kichik   sintaktik   shakl   gap   bo’lagi
sanaladi. Tobe aloqadorlik asosidagi so’z shakllar juftligida tobe qism hokim qism
talab   etgan   vaziyatda   keladi.   Bunda   tobe   kismning   vaziyati   anik,   hokim   qism
vaziyati   esa   noaniq   bo’ladi.   Uning   qaysi   vaziyatda   kelganligi   nutq   zanjirining
keyingi xalqasida aniqlanadi. Gap bo’lagi ham til birligi sifatida shakl va mazmun
qarama-qarshiligi   birligidan   iborat.   SHakl   va   mazmun   tomoni   ham   o’zining
muayyan   unsurlarga   egaligi   bilan   ajralib   turadi.   SHuning   uchun   gap   bo’laklari
shakliy   va   mazmuniy   tuzilishlarini   hamda   ular   o’rtasidagi   munosabatni   belgilash
nazariy tilshunoslikning muhim vazifasidir.
Har   qanday   gap   bo’lagi   shakliy   jihatdan   moddiy   asos   (morfologik   shakl)   va
sintaktik   vaziyat   (sintaktik   shakl)   qarama-qarshiligi   va   birligidan   iborat.
Morfologik   shakl   sintaktik   shaklning   vujudga   kelishi   uchun   asos   bo’lib   xizmat
qiladi. Lekin morfologik shakl asosida hosil bo’lgan sintaktik shakl sifat jihatidan
tamoman   farqli   bo’lgan   yangi   va   unga   nisbatan   yuqori   shakldir.   Bir   morfologik
shakl bir necha sintaktik shaklga asos  o’ulganidek bir necha morfologik shakl  bir
sintaktik shaklga asos bo’lishi ham mumkin. Masalan, O’zbekiston - go’zal o’lka
jumlasida   bnr   xil   morfologik   shakldagi(bosh   kelishik,   birlik)   ot   ikki   xil   sintaktik
vaziyatda kelyapti. O’zbekistonnning poytaxti - Toshkent. Toshkent kundan kunga
go’zallashib   boryapti   jumlalarida   esa   Toshkent   va   go’zallashib   boryapti   kesim
vaziyatiga o’tgan va uning bu vaziyatda shakllanishiga bosh kelishik birlikdagi ot hamda   o’tgan   zamon,   bo’lishli,   III   shaxs   birlikdagi   fe’l   morfologik   shakllar   asos
bo’lgan.   Lekin   bu   ikkisi   bir-birisiz   yashay   olmaydi.   Chunki   biri   moddiy   asos
bo’lsa,ikkinchisi   uning   vazifasi   hisoblanadi.   Sintaktik   shakl   morfologik   shakl
asosida   vujudga   kelgan   yuqoriroq   birlik   ekan,   sintaksis   uchun   sintaktik   shakl
belgilovchi rol o’ynaydi. Morfologik shakl  esa sintaktik shaklning ichki tomonini
ko’rsatadi.   Sintaktik   shakl   birlashtiruvchilik,   morfologik   shakl   esa   farqlovchilik
xususiyatiga   ega.   Ya’ni   ma’lum   sintaktik   shakl   bir   necha   morfologik   shakllarni
birlashtirish   asosida   maydonga   keladi.   Ayni   paytda   shu   sintaktik   shaklning   ichki
farqli   belgilarini   aniqlashda   uning   qanday   morfologik   shaklga   tayanganiga
asoslaniladi.   Sintaktik   shakl   morfologik   shakldan   tashkil   topgani   bois   u   sintaktik
shaklning   ichki   mundarijasini   belgilaydi.   Morfologik   shakl   sintaktik   shakl   ichida
o’z vazifasini bajaradi. Demak, morfologik shaklning vazifa olish sharoiti sintaktik
shakldir.   O’z   navbatida,   sintaktik   shaklning   vazifa   olish   sharoiti   jumla   sanalib,
jumla   mundarijasini   sintaktik   shakllar   belgilaydi.   Ma’lum   sintaktik   vaziyatga   har
qanday   morfologik   shakl   muvofiq   kelavermasligi   mumkin.   Chunonchi,   ega
vaziyatida  bosh  kelishikdagi   ot, otlashgan  sifat,son,olmosh   va boshqa   morfologik
shakllar   kela   oladi.   Shu   morfologik   shakllardan   biri   shu   vaziyat   uchun   ko’proq
xoslangan   bo’ladi.   Bosh   kelishik   shakli   ega   uchun   eng   xoslangan   belgi   sanalishi
mumkin.   Holat   yoki   ravishning   ba’zi   turlari   esa   asosan,   ikkinchi   darajali   bo’lak
bo’lib kelishi bilan xarakterlidir. Gap bo’lagi shakliy jihatdangina emas, mazmuniy
jihatdan   ham   o’z   unsurlariga   ega.   U   bir,   tomondan   borlikdagi   narsa,   xodisalar,
xarakat-holatlar   xakidagi   va   ular   orasidagi   munosabatlarni   aks   ettirsa,   ikkinchi
tomondan   gap   tarkibidagi   unsurlarning     bir-biriga   bo’lgan   munosabatini   ham
namoyon kiladi. 
Gap bo’laklarining birinchi ma’nosi  obektiv borliq bilan   bog’lansa, obektiv
borliq   unsurlarining   va   bu   unsurlar   o’rtasidagi   munosabatning   inson   ongida   aks
etishini   ko’rsatsa,   ikkinchi   ma’nosi   jumlaning   ma’no   unsurlari   munosabati
zanjirida   uning   qaysi   vazifada   kelishini   aks   ettiradi.   Buni   shartli   ravishda
morfologik ma’no yoki sintatik ma’no terminlari bilan yuritishimiz ham mumkin.
Sintaktik   ma’no   morfologik   ma’nolar   asosida   vujudga-keladi.Morfologik   ma’no sintaktik ma’noning mundarijasini belgilaydi. Sintaktik ma’no esa jumla tarkibida
boshqa   sintaktik   ma’no   bilan   munosabatda   vujudga   keladi.   Masalan,   sintaktik
ma’no   hisoblanadigan   predmet   ma’nosi   sub’ekt,   ob’ekt   ma’nolariga   nisbatan
belgilanadi   va   turli   morfologik   ma’nolarni     o’zida   birlashtiradi.   Ya’ni   xarakat
ma’nosi-o’quvchi   o’qiyapti ,   belgi   ma’nosi   qizildan   pushti   yaxshi,   holat   ma’nosi-
shoir   o’ylamoqda,   miqdor   ma’nosi-o’zi   bitta,   ko’zi   mingta,   va   hokazo.   Natijada,
predikat mundarijasini belgilovchi morfologik  ma’nolar tizimi vujudga keladi.
Morfologik   ma’nolar   tizimidan   bittasi   sintaktik   ma’no   uchun
ko’proq   xoslangan   buladi.   Masalan,   xarakat   ma’nosi   ko’proq   predikat   uchun
xoslanganlikni   bildiradi.   Sintaktik   ma’no   bilan   morfologik   ma’no   o’zaro   bog’liq,
biri   ikkinchisisiz   yashay   olmaydi,   ular   bir   hodisaning   ikki   tomoni   bo’lganligidan
butun   ichida   ma’lum   mustaqillikka   ega   bo’ladi.   Shu   jihatdan   ularni     bir-biriga
qarama-qarshi   qo’yish   ham   mumkin.   Ya’ni   bunda   sintaktik   ma’no   umumiylik
bo’lsa, morfologik ma’no sintaktik ma’noga nisbatan xususiylik bo’ladi. Sintaktik
ma’no   morfologik   ma’nolarni   o’zida   birlashtiradi,   shu   bilan   birga   so’z   turkumi
ma’nosining   o’zi   ham   qarama-qarshi   ma’nolar   birligidan   tashkil   topadi.   So’z
turkumining umumiy kategorial ma’nosi shu turkumga mansub so’zlarning xususiy
ma’nolarini   birlashtirish   asosida   vujudga   keladi.   Bu   esa   so’z   turkumlarining
umumiy   kategorial   xususiy   ma’nosi   o’rtasidagi   ziddiyatning   mavjudligini
ko’rsatadi. Masalan, stol so’zida "predmetlik" ma’nosi ikki marta ta’kidlanadi: 
1) so’z kategoriyasiga mansubligi; 
2)uning xususiy predmet ekanlik ma’nosi. 
Bu   so’zning   ikkala   ma’nosi   o’rtasida   muvofiqlik   bor,   lekin   yurish   so’zi
ma’nolari o’rtasida ziddiyat bor: uning xususiy ma’nosi jarayonni bildirsa, umumiy
kategorial   ma’nosi   predmetlikni   bildiradi.   Shuning   uchun   u   ot   shakli   orqali
ifodalanib,   otga   xos   shakllarni   o’zida   mujassamlashtiradi.   Gap   bo’lagi   shakli
morfologik, sintaktik shakl birligidan tashkil topgani kabi uning ma’nosi ham ikki
unsur   ma’nolari   birligidan     iborat   bo’ladi.   Birinchi   ma’no   butunlikning   ichiga
qarab   yunalishini,butun   bo’lak   munosabatini   ko’rsatsa,   ikkinchisi   butunliklar
o’rtasidagi   ketma-ket   munosabatda   namoyon   bo’ladi.   Ikki   butunlik   o’rtasidagi xoslanish   va   ba’zan   esa   nomuvofiqlik   holatlari   shakl   va   mazmun   o’rtasidagi
qarama-qarshiliklar   birligi   va   kurashining   gap   bo’laklari   orqali   voqelanishidir.
Jumladan, men keldimda sub’ekt -ega, mening kelishimda esa aniqlovchi shakliga
yoki kelgan men bo’lib kesimga aylanishi mumkin. Sodda gaplar uslubiyati
Gapda   so‘zlarning   oddiy   tartibining   o‘zi   turli   variantlarni   hosil   qiladi,   turli
ma`no yoki ekspressiv ottenkalar ifodalaydi. 
Funktsional   uslub larning   shaklanishida   sintaksis   muhim   rol’   o‘ynaydi.
Ayrim   sintaktik   hodisalar   stilistik   vosita   sifatida   funktsional   chegaralanganligi
bilan   o‘ziga   xos   xususiyatlarga   ham   egadir.   Masalan,   sifatdosh   va   ravishdosh
oborotlar,   bog‘lovchilarning   ayrim   turlari   ko‘proq   kitobiy   nutqqa   xos   bo‘lib,
ifodaga kitobiy kolorit beradi, to‘liqsiz gaplar, ko‘pgina elliptik qurilmalar, kesimi
undov   va   harakat   nomi   bilan   ifodalangan   gaplar   ko‘proq   so‘zlashuv   nutqida
qo‘llanadi.   Poetik   sintaksis   vositalari   esa   badiiy   nutq   uchun   xarakterlidir.   Ayrim
sintaktik   birliklar   ma`lum   funktsional   stillarda   keng   qo‘llanib,   boshqalari   uchun
esa tipik bo‘lmaydi. Masalan, ergashgan qo‘shma gaplar, yig‘iq gaplar funktsional
stilning   bir   ko‘rinishida   ko‘p,   boshqa   ko‘rinishida   esa   kam   qo‘llanadi.   Ammo
bunday   hollarda   ham   gapning   konkret   tipi,   uning   tuzilishi,   leksik   va   morfologik
tarkibi funktsional stillar uchun umumiy xarakterda bo‘ladi. 
Ayniqsa,   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   rivojlangan   sintaktik   hodisalar
sinonimiyasi funktsional stil uchun tuganmas manbadir. 
Sintaksisning stilistik imkoniyatlari.   Sintaktik stilistika birliklarini belgilash
bu   sohaning   predmetini   belgilash   demakdir.   Ritorika,   poetika,   adabiyot
nazariyasida sintaktik figuralar deb atalgan qurilmalar stilistik snntaksis vositalari
deb   qaraladi.   Bundan   tashqari,   o‘rinli   va   original   qo‘llangan   sintaktik   qurilmalar
ham stilistik vositalar bo‘lib xizmat qiladi. 
Antik   ritorikadan   boshlab   sintaktik   figuralar   deb   atalayotgan   hodisalar
(ritorik   so‘roq,   ellips,   gradatsiya,   band,   anafora,   epifora,   takror,   antiteza   kabilar)
badiiy-poetik   sintaksis   birliklari   hisoblanadi.   O‘zbek   tili   badiiy-poetik   sintaksisi
elementlari haqida fikr yuritilganda ham,    shular tilga olinadi.
O‘zbek tili taraqqiyotining hozirgi bosqichida funktsional uslublar farqlanib,
uning   ilmiy,   badiiy,   publitsistik,   rasmiy   ish   qog‘ozlari,   so‘zlashuv   kabi   uslublari
shakllandi. Sintaktik   qurilmalar   nutq   uslublarida   neytral   bo‘lgani   kabi,   funktsional
xarakterda   ham   bo‘ladi.   Sintaktik   stilistika   uchun   neytral   xarakterdagi   sintaktik
vositalar   emas,   nutq   uslublariga   xoslangan   funktsional   sintaktik   vositalar
muhimdir.
Ilmiy   uslub   sintaksisi   elementlari.   Ilmiy   nutq   uchun   fikrni   aniq,   logik
izchillik bilan ifodalash xarakterlidir. 
Umuman,   ifodaning   logik   izchil   bo‘lishi,   bunda   logik   uquv,   logik   zehn,
logik   qobiliyatga   mo‘ljallanishi,   mana   shu   maqsadda   ifodaning   intellektual
elementlariga   ko‘p   murojaat   qilinishi   ilmiy   uslubning   asosiy   belgilaridan
hisoblanadi.
Ilmiy asarlar mulohaza va isbotdan iborat bo‘ladi. Isbot  aniq  bayon qilinadi.
Buning   uchun   ifodaning   to‘liq   bo‘lishi   lozim.   SHunga   ko‘ra   ham   ilmiy   matnlar
uchun   to‘liq   gaplar   xarakterli.   Bunda   to‘liqsiz   gap   fikrning   aniqligiga   putur
etkazadi. 
Ilmiy   ifodada   logik   izchillikni   ta`minlovchi   muayyan   so‘z   tartibiga   amal
qilish   muhimdir.   Bunda   o‘zbek   adabiy   tilining   grammatik   qurilishi   talablariga
rioya   qilinadi.   SHu   bilan   birga,   fikrni   aniq,   izchil   ifodalash   uchun   ba`zan   gap
bo‘laklarining tartibini o‘zgartish ham mumkin.
Ilmiy   nutqning   o‘ziga   xos   belgilaridan   yana   biri   unda   qo‘shma   gap,   uning
murakkab   tiplarining   keng   qo‘llanishidir.   Qo‘shma   gap   komponetlari   ko‘pincha
semantik   munosabatlarni   aniqroq   ifodalovchi   bog‘lovchi   va   bog‘lovchi
vazifasidagi   boshqa   vositalar   orqali   birikadi.   Juda   ko‘p   hollarda   chunki,   shuning
uchun,   shu   sababli   kabi   bog‘lovchilar,   shart   mayli   va   ravishdosh   shakllari,   -dek
affiksi kabilardan keng foydalaniladi.
Ilmiy   uslubda   passiv   qurilmali   gaplar,   bir   tarkibli   gap   tiplaridan   egasi
topilmaydigan gaplar keng ishlatiladi.
Ilmiy   asarlarning   isbot,   xulosa   qismlarida   shunday   ekan,   aytiladi,   deb
ataladi,   masalan,   to‘xtab   o‘taylik,   diqqat   qilaylik,   diqqat   qiling,   qiyoslang,   qiyos
qiling  kabi iboralardan keng foydalaniladi. Ilmiy   matnlar   uchun   o‘quvchining   diqqatini   bayon   qilinayotgan   hodisaga
jalb qilish maqsadida  ayrim  so‘zlar, so‘z  birikmalari, gaplarni  ajratish,  havola va
turli izohlar berish ham xarakterlidir.
So‘zlashuv   uslubining   sintaktik   elementlari.   So‘zlashuv   uslubi   so‘zlashuv
nutqi tushunchasidan farq qiladi. So‘zlashuv nutqi adabiy so‘zlashuv uslubi bo‘lib,
tilning adabiy normalariga mos keladi. U «ishlangan», «tartibga solingan» bo‘lib,
kasbi   yoki   mutaxassisligidan   qat`i   nazar,   shu   tilda   so‘zlashuvchi   har   bir   kishi
uchun tushunarli bo‘lgan asosiy uslub hisoblanadi. 
So‘zlashuv   uslubi   erkin   holda   shakllanishi   bilan   farqlanadi,   unda
emotsionallik   kuchli   bo‘ladi.   So‘zlashuv   nutqida   adabiy   so‘zlashuv   nutqiga   xos
elementlarning   biror   jihatdan   adabiy   til   normalariga   mos   kelmaydigan
qurilmalarining   qo‘llaiishi   mumkinligi   ham   uning   xarakterli   belgilaridan
hisoblanadi.
So‘zlashuv nutqi sintaktikasining o‘ziga xos belgilari uning nutq momentida
shakllanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Oddiy so‘zlashuvning asosiy sintaktik belgilari quyidagilar:
1. Fikr ko‘proq to‘liqsiz gap shaklida ifodalanadi. 
2. Faqat kesimdan tashkil topgan to‘liqsiz gaplar ko‘p qo‘llanadi. 
3. Sifatdosh   +   emish,   sifatdosh+ekan   qurilmalari   hamda   tuslangan
ravishdoshlar bilan ifodalangan gaplar ko‘p ishlatiladi. 
4. Maqol va hikmatli so‘zlar, turli xalq iboralari keng qo‘llanadi. 
5. I nversiya xarakterli.
Badiiy   uslub   sintaksisi   elementlari.   Badiiy   nutq   kommunikativ   va   estetik
vazifa   bajaradi.   «Badiiy   uslubning   boshqa   uslublardan   ajralib   turadigan   asosiy
belgisi,—   deb   yozadi   A.   I.   Efimov,—   uning   estetik   vazifasi,   obrazliligi   va
ekspressivligidir».
Badiiy   uslubning   qo‘llanish   doirasi   juda   keng   bo‘lib,   tematik   va   stilistik
tomondan chegaralanmagan. Bunda barcha uslub imko-niyatlaridan foydalaniladi,
shu bilan birga, adabiy til normalaridan chekinilishi mumkin. Badiiy   uslub   sintaksisi   sifatlovchining   keng   qo‘llanishi,   so‘z   tartibida
teskari,   sub`ektiv   tartibga   keng   yo‘l   qo‘yilishi,   ritorik   so‘roq   va   undov   gaplar,
sintaktik figuralarning ko‘p qo‘llanishi kabi holatlar bilan xarakterlanadi.
Sintaktik   sinonimiya   stilistik   vosita   sifatida.   Fikrni   to‘g‘ri   va   ta`sirchan
ifodalashda sintaktik sinonimiya imkoniyatidan keng foydalaniladi. 
Stilistikada   sinonim   va   variant   tushunchalari   farq   qilinadi.   Sinonim   ma`no
ottenkasini   ko‘rsatadi.   Variant   esa   aniq   ma`no   ottenkasiga   ega   bo‘lmaydi.   U   bir
ma`no   ottenkasi   doirasida   bo‘ladi.   SHendel’s   E.   I.:   «Variantlar   sinonim
hisoblanmaydi,     ular       yo     ma`no     jihatidan       bir     xil     dublet   bo‘ladi   yoki
ma`nosidagi   farqi   grammatik   ma`nolar   sistemasiga   ta`sir   ko‘rsatmaydi».
Qiyoslang :   Bu boqqa juda ko‘p mehnatimiz singgan  (0) -   Mehnatimiz bu boqqa
juda ko‘p singgan; 
Sintaktik   sinonimiya   gap   bo‘lagi,   so‘z   birikmasi,   gap   doirasida   bo‘lishi
mumkin.
-gap bo‘laklari sinonimiyasi.   Odatda, gap bo‘laklarining har biri sinonimiya
hosil qilishi mumkin. Masalan:
1.  Bir   tarkibli  gaplarning  bir  turida  kesim  harakat  nomi   (o‘qish,  o‘qimoq,
o‘quv)   hamda   kerak, zarur, lozim, darkor   kabi so‘zlarning qo‘shilishidan tashkil
topgan   qurilmalar   bilan   ifodalanadi.   Bular   kesim   sinonimiyasidir.   Qiyoslang:
Jasoratlariga   ofarin o‘qimoq kerak.   (0.) Lekin zarur vaqtdagina tilga e rk bermoq
lozim.   (0.)   SHuning   uchun   ularni   g‘aflatdan   uyg‘otish   darkor.   (0.)   Aql,   fahm-
farosat bi-lan ko‘ngilni  yo‘lga solib turish kerak.  (A. Q.) 
Ko‘makchili va kelishikli shakldagi to‘ldiruvchi va hollar sinonimiya hosil
qiladi.
To‘ldiruvchi   sinonimiyasi:   Olim   uchun   vijdon   ham   o‘tkir   ilm   kabi   zarur.
(J. A.)  Olimga  vijdon ham o‘tkir ilm kabi zarur.
Hol   sinonimiyasi:   Abdulla   sevinganidan   sakrab   yuboray   dedi.   (U.   U.)
Abdulla  sevingani uchun (sababli)  sakrab yuboray dedi. -so‘z   birikmasi   doirasida   sinonimiya.   Bunday   sinonimiya   ko‘proq   tobe
bo‘lak   shakllari   asosida   hosil   bo‘ladi.   Tobe   bo‘lagi   turli   kelishik   shakllari   bilan
ifodalangan so‘z birikmalari sinonimiya hosil qiladi: 
-bosh   va   tushum   kelishiklari   o‘rtasida:   Zulfiyani,   boradi,   deb   o‘yladim.   —
Zulfiya  boradi, deb o‘yladim.
-tushum va jo‘nalish kelishiklari o‘rtasida:   O‘qishni   o‘rgandim. —   O‘qishga
o‘rgandim;  velosipedni  minmoq  —  velosipedga  minmoq.
-qaratqich   va   chiqish   kelishiklari   o‘rtasida :   studentlarning   biri   —
student lardan  biri.
Tobe   bo‘lagi   tushum   va   o‘rin-payt   kelishiklari   bilan   ifodalangan   so‘z
birikmalari:  ko‘chada  izg‘imoq  —  ko‘chani  izg‘imoq.
-   tushum   va   chiqish   kelishiklari   o‘rtasida:   kamchiliklarni   gapirmoq   —
kamchiliklar dan  gapirmoq.
Kelishikli   va   ko‘makchili   qurilmalar   sinonimiya   hosil   qiladi:   telefon orqali
so‘zlashmoq   —   telefonda   so‘zlashmoq;   te levizor   orqali   ko‘rsatish   —   televizorda
ko‘rsatish;  Zulfiya uchun  olmoq  —  Zulfiyaga  olmoq  va boshqalar.
Qaratuvchi-qaralmish   birikmasi   sifatlovchi-sifatlanmish   birikmasi   bilan
sinonimiya hosil qiladi:   Guruhimizdagi barcha talabalar   sport bilan shug‘ullanadi
—  Guruhimizning   barcha talabalari  sport bilan shug‘ullanadi.
Aniqlovchi-aniqlanmish birikmasi tojikcha izofali birikma bilan sinonimiya
hosil qiladi:   azim daryo   —   daryoyi azim, istirohat bog‘i   —   bog‘i istirohat, doston
madhi   —   madhi doston, bedavo dard   —   dardi bedavo, nafs balosi   —   baloyi nafs,
suhbat ahli  —  ahli suhbat.
Izofali   birikma   ko‘proq   badiiy,   so‘zlashuv   uslublari   uchun   xarakterlidir.
Ayniqsa,   eski   uslubda   yozilgan   she`riy   asarlada,   tarixiy   temaga   oid   prozaik
asarlarda izofali birikmalarga ko‘p murojaat qilinadi.
-gaplar   sinonimiyasi:   sodda   gaplar   sinonimiyasi,   qo‘shma   gaplar
sinonimiyasi.
Sodda  gap  sinonimiyasi.  1. Ikki   tarkibli   va   bir   tarkibli   gaplar
sinonimiyasi:   e lga   qo‘shilgan   er   bo‘ladi,   eldan   ajralgan   er   bo‘ladi. —   e lga qo‘shilsang,   er   bo‘lasan,   eldan   ajralsang,   er   bo‘lasan.   2. Bir   tarkibli   gaplar
sinonimiyasi:   Kechaga   taklif   qog‘ozi   bilan   kiritishadi   —   Kechaga   taklif   qog‘ozi
bilan   kiritiladi.   3. Deyarli   barcha   ritorik   so‘roq   gaplar   o‘z   sinonimiga   ega   bo‘ ladi:
Menga   nima   qilibdi?!   Ilmni   mehnatsiz   egallab   bo‘ladimi?!   4. Aktiv   va   passiv
qurilmali gaplar sinonimiyasi. Bunda   bir xil tipik mazmun aktiv va passiv qurilmali
gaplar   orqali   ifodalanadi:   A`lochi   studentlarga   mukofotlar   berish   Zulfiya
Nazirovna Rahimovaga topshirildi. —  Biz a`lochi studentlarga mukofotlar berishni
Zulfiya Nazirovna Rahimovaga topshirdik.   Har ikki misolda bir xil tipik mazmun
ifodalangan. Lekin birinchisi passiv, ikkinchisi — aktiv qurilmali gap.  5.  Tasdiq va
inkor shakldagi gaplar sinonimiyasi:  Qarab  tur, seni otangga chaqmasammi! (0.)  —
Qarab tur, seni otangga  chaqib beray. 
Ifoda   maqsadiga   ko‘ra   gap   turlarining   stilistik   xususiyatlari.   Darak   gap
nutqda   boshqa   gap   turlariga   qaraganda   ko‘p   qo‘llanadi.   Odatda,   butun   bir   matn
darak gapdan tashkil topadi.
Darak   gaplar   nutq   uslublarining   har   bir   turida   qo‘llanadi.   Ilmiy,   rasmiy   va
ish qog‘ozlari uslubiga oid matnlar deyarli darak gaplardan iborat bo‘ladi. Badiiy
va   publitsistik,   so‘zlashuv   uslublarida   ham   darak   gaplardan   keng   foydalaniladi.
Badiiy   adabiyotda   tabiat   manzarasi,   obrazlarning   portreti,   ularning   holati,   asosan
darak gaplar orqali  ifodalanadi. Drama asarlaridagi remarkalar, turli izohlar  faqat
darak gaplardan iborat bo‘ladi.
Darak   gap   biror   voqea-hodisa   haqidagi   xabarni   ifodalaganda   tinch   ohang
bilan   talaffuz   qilinadi,   ohang   kesim   tomon   pasayib   boradi.   Gap   tarkibidagi   biror
bo‘lak logik urg‘u olsa, ohang ko‘tarilib, keyin yana susayadi. Darak gap gumon,
sevinch kabilar  ifodalaganda,  ohang  ham  shunga   moslanadi. 
So‘roq   gap   larga   tasdiq   yoki   inkor   talab   qiladigan   so‘roq   gaplar   kiradi.
Bunda so‘roq gap so‘roq olmoshlarisiz, ohang yoki so‘roq yuklamalari orqali hosil
qilinadi.   Bunday   so‘roq   gaplar   ko‘proq   -mi   yuklamasi   yordamida   hosil   bo‘ladi.
Ular   badiiy,   publitsistik,   ilmiy,   so‘zlashuv   uslublariga   oid   adabiyotlarda   keng
qo‘llanadi.   -chi   so‘roq yuklamasi yordamida tuzilgan so‘roq gaplar esa so‘zlashuv
nutqi   uchun   xarakterli   bo‘lib,   to‘liqsiz   gaplardagina   qo‘llanadi.   -a   yuklamasi yordamida tuzilgan so‘roq gaplar ham so‘zlashuv nutqiga xos: — A? —   dedi
eshon, ko‘zlari baqrayib. (P. T.)
Nahotki   yuklamasi   taajjub   ifodalangan   so‘roq   gaplar   tarkibida   keladi.
Bunday gaplar ko‘proq badiiy, publitsistik, so‘zlashuv uslublarida qo‘llanadi.
Ular tarkibida  shekilli, chog‘i  kabi so‘zlar ham keladi. Bunday so‘roq gapda
taxmin, gumon ottenkasi bo‘ladi.
So‘roq   gaplarning   javobi   hamma   vaqt   ham   tasdiq   yoki   inkor   (ha,   yo‘q)
shakllarida   bo‘lavermaydi.   Ba`zan   javobda   ha,   yo‘q   gaplarini   qo‘llab   bo‘lmaydi:
Bu   nima?   Ungimmi   yoki   tushimmi?   (77.   T.)   Bu   tip   gaplar   asosan   badiiy,
publitsistik va so‘zlashuv uslublari uchun xarakterlidir.
— Nutqda   ba`zan   so‘zlovchi   so‘roq   javobini   kutmasdan,   o‘z   fikrini
davom ettiraveradi: e ndi bu yoqqa qara hu anavi  madrasani  ko‘rdingmi? Hu ana.
(P. T.)
Badiiy adabiyotda nutq ta`sirchanligini oshirish uchun so‘zlovchining o‘ziga
o‘zi   savol   berishi   usulidan   keng   foydalaniladi:   U   o‘ziga   savol   beradi:   «Mabodo,
men buni   ilgariroq, masalan,   avvalgi  kun  yoki  kecha  sezgan   bo‘lsam,  hayotimni,
qulayotgan   imora timni,   yong‘in   o‘z   girdobiga   yutayotgan   uyimni,   erimning
nomusi, sa doqatini omon saqlab qola bilarmidim? U o‘z savoliga o‘zi  javob bera
olmadi. (H. G‘.)
Ba`zan   bu   tip   so‘roq   gaplar   tarkibida   a   yuklamasi   keladi.   Bu   so‘roq
ma`nosini kuchaytiradi:  Hammasini aytib beraymi hozir, a? (P. T.) 
Badiiy   nutqning   emotsional-ekspressivligini   oshirish   uchun   bu   shakldagi
gaplardan keng foydalaniladi:  Bularku butun-butun respublika, yirik shaharlarning
beminnat do‘stligi oqibati. Ayrim kishilarning qalb haroratlarini aytmaysizmi? (R.
F.) 
Bu   tip   so‘roq   gaplarning   rasmiy   uslubga   xos   quyidagi   ko‘rinishiga   e`tibor
beraylik:   Loyihaga o‘zgartishlar  bo‘ladimi?   ( O v o z l a r :   Yo‘q.)   Qimki shu qaror
qabul qilinsin desa, qo‘l ko‘tarsin. Tushiring. Qarshilar? Yo‘q. Betaraflar? Yo‘q.  Ba`zan   so‘zlovchi   o‘ziga   noma`lum   bo‘lgan   ko‘p   narsani   bilishga   intiladi.
Bu   vaqtda   birin-ketin   so‘roq   berilaveradi:   Nima   deyapti,   a,   amaki?   Qanaqa
ozodlik bo‘lyapti-a? Kimlarga ozodlik bo‘lyapti? (P. T.)
So‘roq   gaplar,   so‘zlovchining   qanday   javob   kutishiga   qarab   ham   turlicha
tuziladi:
1. So‘roq   gaplarda   so‘zlovchi   javobning   qanday   bo‘lishini   oldindan
tasavvur qilolmaydi:  Tog‘asi, xolasi bo‘ldi nima-yu, bo‘lmadi nima? (P. T.)
2. So‘roq gaplarda javobning ijobiy bo‘lishiga shubha bildiriladi:   Nima,
xo‘jayining ust-bosh ber maydimi? (P. T.)
So‘roq   gaplarning   bu   tipida   ba`zan   javob   so‘zlovchining   o‘zi   tomonidan
beriladi. So‘roq gaplarning bu turi badiiy va publitsistik uslub uchun xarakterlidir.
So‘roq gaplar rasmiy-yuridik matnlarda deyarli qo‘llanmaydi. Ilmiy uslubga
oid   adabiyotlarda   ba`zan   o‘quvchining   diqqatini   biror   masalaga   tortish   vositasi
sifatida so‘roq  gaplarga  murojaat  qilinadi.  Bunday  so‘roq  gaplar  ko‘pincha  ilmiy
tadqiqot problemalarini belgilashda qo‘llanadi:
Moddiy   maydon   qanday   xossalarga   ega?   eng   avvalo,   moddiy   maydon
xossalarini   bilishni   er   tortishi   va   elektromagnit   ho disalarini   tekshirishdan
boshlamoq kerak. 
So‘roq   gaplar   ilmiy   uslubga   oid   adabiyotlarning   amaliy   qismlarida
(topshiriq   va   masalalarda)   ko‘p   qo‘llanadi.   Bunday   so‘roqlardan   ayrimlarining
javobi qo‘llanma oxirida ko‘rsatiladi.
Ba`zi   so‘roq   gaplar   javobi   bilan   (javob   so‘zlovchining   o‘zi   tomonidan
berilganda) shunday birikib ketadiki, ularni so‘roq va javobga ajratish sun`iylikka
olib keladi:   Siz jon-jigar ukalaringiz qoni uchun qonga qon, jonga jon oldingizmi
—   oldingiz   (Q.   YA.)   Bu   tip   gaplar   so‘zlashuv,   badiiy,   publitsistik   uslub   uchun
xarakterli bo‘lib, fikrning aniq va ta`sirchan bo‘lishiga xizmat qiladi. 
Buyruq   gaplar   badiiy   adabiyotlarda,   dialog   shaklidagi   nutqda,   rasmiy   ish
qog‘ozlari uslubida, turli chaqiriqlarda, ilmiy uslubga oid mashq va topshiriqlarda
ko‘p qo‘llanadi.  Buyruq   gaplar   kesimi   buyruq   maylining   I   shaxs   shakli   bilan   ifodalangan
bo‘lsa,   istak,   harakatni   bajarishga   xohish,   ahd   qilish,   so‘zlovchining   o‘zi
ishtirokida   ish-harakatni   bajarishga   undash   kabilar   ifodalanadi.   Bunday   gaplar
so‘zlashuv   va   badiiy   uslubga   xos   matnlarda   ko‘p   uchraydi:   Olimjon   aka,
erlarimizni   qondirib-qondirib   sug‘oraylik,   ana   shunda   bu   erlar   ham   hosil   koni
bo‘ladi. (SH. R.)
Badiiy   uslubda   ba`zan   bu   tip   gaplarning   kesimiga   -in   af-fiksi   qo‘shilib
keladi:   Qaysi   bir   istak   bayonin   oshkoro   aylayin,   Qaysi   dardimni   deyin   hamda
kimga da`vo  aylayin.  (S.Abd.)
Buyruq   gap   kesimi   harakat   nomi   kerak,   zarur,   lozim,   darkor   shaklidagi
qurilmalar   bilan   ifodalanganda,   ish-harakatni   bajarish   zaruriyligi   yoki   zarur
emasligi anglashiladi:  Va`daga vafo  qilmoq kerak.  (Maqol.)
Buyruq   gaplar   ilmiy   uslubga   oid   adabiyotlarda   ham   qo‘llanadi.   Ba`zan
o‘quvchining   diqqatini   bayon   etilayotgan   fikrga   jalb   qilish   uchun   Qiyoslang,
YAna   bir   masalaga   ahamiyat   bering,   CHog‘ishtiring   tipidagi   buyruq   gaplarga
murojaat etiladi.
Rasmiy   uslubga   xos   turli   qaror   va   buyruqlarda   buyruq   gaplar   ko‘p
qo‘llanadi:   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   qaror   qiladi:   O‘zbekiston
Respublikasining nikoh va oila kodeksi tasdiqlansin.
Buyruq gaplarning ayrim tiplari standart holda bo‘lib, ularda istak, maslahat
ottenkalari   sezilib   turadi.   Bu   tip   gaplar   so‘zlashuv   uslubiga   xosligi   bilan
xarakterlanadi:   Baraka   toping.   Hushyor   bo‘ling.   YAxshi   qoling.   Xafa   bo‘lmang.
Bor bo‘ling. SHukur qiling  kabi.
Buyruq   gaplarning   ikkinchi   shaxsga   qaratilgan   ba`zi   turlarining   kesimi
uchinchi   shaxs   shaklida   keladi:   Qani,   kirsinlar!   (S.   Abd.)     Bu   tip   gaplar   ko‘proq
so‘zlashuv uslubiga xosdir.
Buyruq   gap   o‘ziga   xos   ohang   bilan   aytiladi.   Bunda   ohang   gapning   modal
ma`nolariga   qarab   turlicha   bo‘ladi.   Qat`iy   buyruq,   do‘q   kabilar   ifoda   qilinganda,
kuchli   ohang   bilan   aytiladi.   Maslahat,   taklif   kabilar   ifodalanganda   esa,   ohang
kuchsizroq, lekin darak gap ohangidan kuchliroq bo‘ladi.  Undov gap larda  so‘zlovchining  ichki  his-hayajoni,  tuyg‘usi  yoki   voqelikka
bo‘lgan   turli   emotsional   munosabati   ifodalanadi.   So‘zlovchining   ichki   hayajoni,
tuyg‘usini ifoda qiluvchi gaplar sof undov gaplardir. Bunda emotsionallik gapning
asosiy magzini tashkil qiladi. Darak, so‘roq, buyruq gaplar ham his-hayajon bilan
aytilib,   undov   gapga   aylanishi   mumkin.   Bularda   asosiy   maqsad   ma`lum   fikrni
ifoda qilish bo‘lib, emotsiya, effektlarni ifodalash esa qo‘shimcha vazifadir.
Undov   gaplarda   zavqlanish,   shodlik,   hayratlanish,   taajjub,   achinish,   gazab,
nafrat   kabi   ichki   kechinmalar   ifodalanadi.   Umuman,   undov   gaplar   emotsionalligi
bilan ajralib turadi. Ular ko‘proq badiiy, so‘zlashuv va publitsistik uslublar uchun
xarakterlidir. Ularning shakllanishida   qanday, qanaqa, naqadar, qancha, qaysi   kabi
emotsional-kuchaytiruv ma`nosidagi olmoshlar, undov so‘zlar ishtirok etadi. 
Tasdiq   va   inkor   gaplarning   qo‘llanishi.   Garchi   tasdiq   va   inkor   logik
kategoriya   bo‘lib,   barcha   tillar   uchun   umumiy   bo‘lsa   ham,   lekin   barcha   tillarda
ifodalanishiga   ko‘ra   farq   qiladi.   Bu   stilistik   jihatdan   ham   alohida   ahamiyat   kasb
etadi.
Nutqda   inkor   shaklidagi   gap   tasdiqni   ifodalashi   mumkin:   U   kelmaydi-ya!
Bu   gap   inkor   shaklida   bo‘lib,   tasdiq   (U   keladi)   ni   ekspressivlik   orqali   ifodalab,
so‘zlashuv uslubiga xos. 
Tasdiqning   oddiy   shaklidan   boshqa   ekspressiv   shakli   ham   mavjud.
Qiyoslang:   Ra`no   keldi   —   Ra`noning   kelmasligi   mumkin   emas   edi.   Bunday
ekspressiv tasdiq ma`no ottenkasi bilan oddiy tasdiqdan farq qiladi.
Gap   kesimi   tarkibli   bo‘lib,   inkor   shakli   etakchi   fe`l   —   ravishda   kelganda,
tasdiq   ifodalanadi.   Bunday   gaplar   ko‘proq   ritorik   so‘roq   gap   bo‘ladi:—   e ,   uka,
shundoq kanal qaziladi-yu» hukumat taqdirlamay qo‘yadimi?! (S. A.)
Gapda   ikki   inkor   ko‘rsatkichi   qo‘llansa   tasdiq   anglashiladi,   bunda   tasdiq
kuchayib,   gap   modal   ottenka   oladi:   Odatda,   kelgan   vakillar   yotoqxonalarni   ham
birma-bir ko‘zdan  kechirmay ketmas e dilar. (P. T.) 
So‘zlashuv   nutqida   ba`zan  bu tip  qurilmalardan  keyin tasdiq ifodalovchi
so‘z ham  keltirilib, tasdiq kuchaytiriladi:  Zavodimizda intizom yo‘q emas, bor. Inkor   maxsus   grammatik   ko‘rsatkichlar,   leksik,   sintaktik,   intonatsion
vositalar orqali ifodalanadi. Bo‘lishsizlik  affiksi   -ma,   to‘liqsiz fe`lning bo‘lishsiz
shakli e mas, na  yuklamasi,  yo‘q  so‘zi mana shunday ko‘rsatkichlardir.
Inkor gap  na  yordamchisi orqali ham tuziladi :   Zulfiya na o‘qiydi, na yozadi.
—  Zulfiya na o‘qimaydi, na yozmaydi.
Inkor   gaplar   ba`zan   ohang   yordamida   ifodalanishi   mumkin:   Bu   vazifani
yakka   o‘zingiz   bajarib   bo‘psiz.   Koshki,   yaxshi   o‘qisa.   Ba`zan   inkor   tasdiq
shakldagi gaplar orqali ifodalanadi:  Keladi-ya? (Kelmaydi.)
Ba`zan   suhbatdosh   tasdig‘idan   hayratlanib,   so‘zlovchi   uning   fikriga   qarshi
yoki unga kinoya qilib, uning gapini qaytaradi:  U xizmatchi. —  U xizmatchi?
Bir   tarkibli   gaplarning   stilistik   xususiyatlari.   Bir   tarkibli   gaplarning
struktura asosi (grammatik markazi) ega yoki kesimdan iborat bo‘ladi.
Bir tarkibli gaplar, struktura asosining tabiatiga ko‘ra, ya`ni struktura asosi
gapning bosh bo‘laklari ega yoki kesimdan bo‘lishiga qarab, egasiz    va kesimsiz
gaplardan iborat bo‘ladi.
Egasiz gaplarning struktura asosi kesim bo‘lib, uning tabiati ikki xil: ayrim
gaplarning   kesimidan   uning   e gasini   topish   mumkin :   kesim   eganing   so‘rog‘ini
qabul   qiladi.   Ba`zilarida   esa   e gani   topib   bo‘lmaydi :     kesim   eganing   so‘rog‘ini
qabul   qilmaydi.   Quyidagi     ikki     gapni     qiyoslang:—   Hozirlik   ko‘ringiz,     toki
g‘aflatda   qolib   pushaymon   bo‘lmaylik!—   asablanib   dedi   Husayn   Boyqaro.
(0.)Aqcha bilan o‘lchab bo‘lmas u boshni, Tanga   bilan   to‘sib   bo‘lmas   quyoshni.
(H. 0.)
Egasi topiladigan shaxsi aniq, shaxsi noaniq, shaxsi umumlashgan gaplarga
bo‘linadi.
-shaxsi   aniq   gap.   Bunda   gapning   egasi   bo‘lmaydi.   Uning   struktura   asosi
kesimdan iborat bo‘ladi. Gapning kesimiga qarab, harakat qaysi shaxs tomonidan
bajarilayotganligini aniq bilish mumkin.        
Bir tarkibli gaplar ichida bunday gaplar nutqda eng ko‘p qo‘llanadi. Qishilik
olmoshlari   bilan   ifodalangan   eganing   qo‘llanmasligi   ayniqsa   poeziya   uchun
xarakterlidir.  Bunday  gaplar  nutqqa  ekspressiv-emotsional   ottenka   beradi,  nutqni silliqlashtiradi,   uni   yana   ham   ta`sirchan,   ifodali   qiladi,   fikrning   yo‘nalish
markazini kesimga ko‘chiradi:  YAxshiligin bilib yaxshilik qaytar,   Ammo   bil:
nokasdan yomonlik qaytar, (M.  Boboev.)
SHaxsi   aniq   gaplar   kesimining   uchinchi   shaxs   shakli   ko‘pincha   ko‘chma
ma`noda qo‘llanib, II shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Bu dialog shaklidagi nutqqagina
xosdir:   Gapirsinlar,   e shitaylik! —   iltimos   bilan   boqdi   Umarali.   (0.)   Muqimiy.
Salomat bo‘lsinlar!  (S. Abd.)
Shaxsi   aniq  gapning   kesimi   fe`lning  I   shaxs   shakli   bilan   ifodalanganda,   II
shaxsga qaratilgan buyruq, iltimos, maslahat ottenkalarini ifodalaydi:—  Tilingizga
shakar, otaxon, qani,  ketdik.  (H. G‘.)
Ba`zan I shaxsning ko‘plik shakli  birlik ma`nosi uchun ham  qo‘llanadi. Bu
vaqtda gap hurmat, kesatish, kamtarlik ottenkalariga ega bo‘ladi:  Mahmuddan gina
qildi: —   Keling.   Mahmudxon,   nechuk?   Qanaqa   shamol   uchirdi? — Mana,   keldik.
(A. Ubaydulla.)
Ba`zan   shaxsi   aniq   gaplar   dialog   shaklidagi   nutqda   ketma-ket   keladi:
Buyuring! Tabriklayman!  ( P . Q.)
SHaxsi   aniq   gaplarning   ba`zi   tiplari   so‘zlashuv   uslubida   rasm-odat
ifodalovchi   qurilmalarga   aylanib   bormoqda:   Xush   ko‘rdik.   Salom   berdik   va
boshqalar.
-shaxsi noaniq gap . Bunday gaplarning kesimi fe`lning III shaxs shakli bilan
ifodalanadi. Lekin kesimidan ish-harakatni bajaruvchi shaxsni aniqlab bo‘lmaydi.
Bunda   ega   nutqdan   ma`lum   maqsadda   chetlashtiriladi,   bajaruvchi   shaxs   ma`lum
maqsadda noma`lum,  noaniq bo‘ladi.
SHaxsi   noaniq   gapning   kesimi   ko‘proq   III   shaxsdagi   noma`lum   shaxsning
ish-harakatini   ifodalaydi.   Bunga   bosh   bo‘lakning   III   shaxs   bilan   munosabatga
kirishuvi   tufayli   erishiladi.   Bunday   gaplar   badiiy,   publitsistik,   so‘zlashuv
uslublarida kuchli stilistik vositadir:  Tana  —  qo‘rg‘on, dard  —  mehmon  deydilar.
(K. YA.) 
SHaxsi   noaniq   gaplarda   eganing   qo‘llanmasligi   quyidagi   holatlarda   yuz
beradi: 1.Bajaruvchi shaxs so‘zlovchi uchun ham, tinglovchi uchun ham noma`lum
bo‘ladi:  Dehqonboy aka, devoriy gazeta chiqdi. Klubga osib  ko‘yishdi. (A.  Q.) 
2.Harakatni   bajaruvchi   shaxs   so‘zlovchi   uchun   ma`lum   bo‘ladi,   lekin   u
nutqda qo‘llanmaydi:   Sizga hali Umri to‘g‘risida  gapirishdi. (A. Q.)    
3. Harakatni   bajaruvchi   shaxsni   atash   mo‘ljallanmaydi.   Asosiy   diqqat
harakatga   jalb   qilinishidan   tashqari,   so‘zlovchi   biror   sababga   ko‘ra   uni   ifoda
qilishni   noqulay   deb   biladi:   Nikolay   Vasil`evich!   Telefonga!   Polkdan
chaqirishyapti  (N. S.)
4. Harakatni   bajaruvchi   shaxs   konmatndan   bilinib   turadi.   SHuning
uchun   ham   u   nutqda   qo‘llanmaydi:   e shitganmiz,   chiroyli   qizlarni   tortiq   qilib,
podshodan katta  amal oladilar.  (0.) 
5. Harakatni   bajaruvchi   shaxsni   so‘zlovchi   aniq   ko‘rsata   olmaydi:
Oradan  ko‘p o‘tmasdan,  Badiuzzamonning  kelganidan  xabar berishdi. (0.)
6. Bajaruvchi   so‘zlovchi   shaxsning   o‘zi   bo‘lishi   mumkin.   Lekin
tinglrvchi   shaxsning   diqqatini   bunga   jalb   qilish   talab   etilmay-
di.   Bu   vaqtda   bajaruvchi   shaxs   noma`lum   ko‘pchilik   bilan   qo‘shi-
lib ketadi:     O‘larni kolxoz mash`allari deb atashadi.     («O‘zb.mad.»)
SHaxsi noaniq gaplar ilmiy adabiyotlarda, rasmiy uslub va ish qog‘ozlarida
deyarli.qo‘llanmaydi:  ilmiy asarlar, rasmiy ish qog‘ozlarida bajaruvchi shaxsning
aniq bo‘lishi talab etiladi.
-shaxsi   umumlashgan   gap .   Bunda   bosh   bo‘lak   kesimdan   iborat   bo‘lib,   har
uch shaxs bilan munosabatda bo‘ladi. Bunday gaplarda harakat umumga qaratilib,
hayotiy xulosalar, umumiy qoidalar, mehnat yakunlari, umumlashgan mulohazalar
ifodalanadi.   So‘zlovchi   bu   tip   gaplarni   qo‘llash   bilan   o‘z   xabariga   nasihat,
maslahat, undash tusini beradi, ifodalanayotgan harakatning tipikligini ta`kidlaydi.
SHaxsi umumlashgan gaplar semantik jihatdan quyidagi xususiyatlarga ega
bo‘ladi: 
1. Ish-harakat,   umuman,   barchaga   qaratiladi.   Bu   ko‘proq   chaqiriq,   undash
xarakterida   bo‘ladi:   O‘zining   butun   kuchi   va   quvvatini,   bilimini   hormay-tolmay
xalq  xizmatiga  sarf  etayotgan   o‘qituvchilarimizni    sharaflaylik! 2. Xalqning   donoligi,   an`anasi,   uzoq   asrlik   hayotiy   tajribalari,   umumiy
qoidalar,   umumlashgan   mulohazalar   ifodalanadi.   Bular   umumga   qaratiladi,
konkret   o‘rin   yo   vaqt   bilan   bog‘lanmaydi.   SHuning   uchun   ham   bu   tip   gaplar
ko‘pincha maqol xarakterida bo‘ladi:  O‘zing suv ichadigan quduqqa tupurma.
Badiiy   adabiyotda,   tashviqot-targ‘ibot   ishlarida,   didaktik   xarakterdagi
nutqlarda   shaxsi   umumlashgan   gaplardan   ta`sirchanlik   vositasi   sifatida   keng
foydalaniladi. 
-egasi topilmaydigan gap.  Bu tip gaplarda kesim orqali gapning egasini topib
bo‘lmaydi.   Lekin   harakat   sub`ekti   biror   shaxsga   bog‘lanmagan   holda   mavjud
bo‘ladi.
Egasi   topilmaydigan   gapning   kesimi   grammatik   shaxsni   ko‘rsatadi,   lekin
shaxs yoki predmetni ko‘rsatmaydi. U biror voqea-hodisa haqida tasdiq yoki inkor,
so‘roq ifoda qiladi, xolos. 
Egasi topilmaydigan gaplarning semantik-stilistik belgilari quyidagicha:
1. Harakatni   bajarish   uchun   yo‘l   qo‘yish-qo‘yilmasligi   kesimdan
anglashiladi:   Mavlon  aka,  bitta  mix bilan  imorat   solib  bo‘l maydi. (A.   Q.)   —   Ha,
qizlarning ko‘nglini  tushunib bo‘lmaydi. (P.  T.) e gasi topilmaydigan gaplarning bu
tipi nutqda ko‘pincha ritorik so‘roq gap shaklida :bo‘ladi.  Qandoq qilay, umrda bir
bo‘ladigan to‘yni  tashlab ketib bo‘ladimi?! (A. Q.)
2. Kishi   istagi,   irodasiga   bog‘liq   bo‘lmagan   harakat   yoki   holatni   ifoda
qiladi:  Dastlab, qo‘rg‘onning shikastlarini tuzatishga  kirishildi.  (0.)
3. Ish-harakat yoki holatning bajarilishi mumkin yoki mumkin emasligi
ifoda   qilinadi:   Toshni   tog‘dan   ko‘chirish   mumkin,   lekin   mening   aytganimni
muhayyo qilish mumkin emas.  (YA.)
4. Ish-harakat   yoki   holatni   bajarish   zarur-zarur   emasligi   ifodalanadi.
Bosh bo‘lak harakat nomi va  kerak, zarur, lozim, darkor, hojat, ma`qul, shart  kabi
so‘zli qurilmalar bilan ifodalanadi:  Qo‘zievga sushilka  soldirish kerak.  (A. Q.) 
5. Ba`zan   bosh   bo‘lak   e di   to‘liqsiz   fe`li   bilan   keladi:   SHuni
Dehqonboyga ilgariroq  maslahat berish kerak edi.  (A. Q.) Egasi   topilmaydigan   gaplarning   bu   turi   badiiy   adabiyotda,   rasmiy
qog‘ozlarda,   ma`ruza   va   suhbatlarda   keng   qo‘llanadi.   Bu   tip   gaplar   so‘roq   gap
vazifasida   kelganda,   badiiy   adabiyotda,   ayniqsa,   asar   qahramonlarining   ichki
dunyosini   ochishda,   voqea   rivojida   keng   foydalaniladi.   Masalan,   G‘afur   G‘ulom
YOdgorning ichki kechinmalarini ochish uchun mana shu tip gapdan juda o‘rinli
foydalangan:   Nima qilish kerak?   Axir «Hoy birodar-lar, bu xotin mening xotinim
emas. Men yollanib uni qo‘ydim, bolaning ham hali qiz-o‘g‘illigini bilmayman, —
desam,   baloga   qolaman.   Balki   jinoiy   mas`uliyatga   tortarlar.   Garangsib   qoldim».
(G‘. G‘.)
Badiiy   adabiyotda   voqealarni   rivojlantirish   usuli   sifatida   bu   tip   gaplardan
keng   foydalaniladi.   Bunday   gap   ko‘pincha   murojaat,   chaqiruv   ottenkasiga   ega
bo‘ladi:— Xaloyiq! — dedi   Yo‘lchi   hayajonlanib.—   Bo‘sh   kelmanglar,   oyoqni
tirash kerak, mushtni ko‘rsatish  kerak . (0.)
5.   Noilojlikdan   kelib   chiqqan   zaruriyatning   bajarilish-bajarilmasligi
ifodalanadi:   Kovun   sayilchilar   kechki   payt   kelishib   qolishsa,   osh   qilishga   to‘g‘ri
keladi.  (S.   Abd.)
Egasi topilmaydigan gaplar barcha nutq uslublarida qo‘llanadi:
Ilmiy   uslubga   oid   adabiyotlarda   egasi   topilmaydigan   gaplarga   ko‘p
murojaat   qilinadi.   Bunda   hodisa   va   harakatlar   uning   sub`ektini   ko‘rsatmasdan
ifodalanadi.   Ish-harakat,   holatni   so‘zlovchiga   bog‘lamay,   undan   chetlashtirib
ifodalash, uni ta`kidlashda bu tip gaplar eng qulay vositadir:   Misoldagi sifatdosh-
ga qo‘shilgan egalik affiksini u   bog‘lanib kelgan otga qo‘shsa ham bo‘ladi. (O‘zb.
t. gram., 1 t.)
-nominativ   gap.   Bu   kesimsiz   gaplarning   asosiy   ko‘rinishidir.   Bunda
predmet, voqea-hodisalarning nomi atalib, uning mavjudligi tasdiqlanadi.
Nominativ   gap   badiiy   va   publitsistik   uslubda   kuchli   stilistik   vositadir.
Ayniqsa,   proza   va   poeziyada,   drama   remarkalarida   sharoitni   tasvirlashda
nominativ   gaplardan   keng   foydalaniladi.   Milliy   naqshlar   bilan   bezalgan
mehmonxona,   madaniyat   saroyi,   magazinlar,   rang-barang   gullari   bilan   dilni xushnud   etuvchi   kengkeng   maydonlar,   ishchi   shaharchalari,   komso-mol   ko‘li,
oynaday shaffof yo‘llar... Mohidil sayr qilib to‘ymasdi. (J A.)
Nominativ   gap   grammatik   qurilishi   lo‘nda   bo‘lganligi   uchun   ham   so‘z
ustalari   bu   tip   gaplarni   ko‘proq   qo‘llaydilar.   Bu   tip   gaplar   syujetning   tez
rivojlanishiga   imkon   beradi.   Ayniqsa,   nutq   boshida   qo‘llangan   nominativ   gaplar
ko‘proq   shu   vazifani   bajaradi.   Uning   mazmuni   keyingi   gaplarda   ochilishiga
o‘quv-chi diqqatini jalb qiladi:   Mana bo‘zlik. Bunda qancha semiz, serhosil erlar
yastanib   yotibdi.   Bo‘z   o‘tlarning   ming-ming   yillardan   buyon   chirib   yotgan
ildizlari   bu   erlarni   o‘g‘itlab,   semirtirib   yuborgan,   agar   suv   bo‘lsami,   tog‘-tog‘
hosil bitardi. (SH. R.)
Ba`zan   nominativ   gap   matn   oxirida   keladi.   Bunda   u   oldingi   gap   bilan
semantik   munosabatda   bo‘lib,   yakun,   xulosa   ifodalaydi.   Qizning   otasi,
Mirzakarimboyning   yigirma   yillik   xiz-matkori,   bir   kechada   Salimboyvachchani
chavaqlab, o‘ligini jarga tepib yubordi.  Ana ofat! (0.) 
Nominativ gap ba`zan oldingi fikr bilan keyingi fikrni bog‘lash uchun ham
xizmat qiladi:   Qor  kuchli yog‘ardi. Ko‘chalar, gomlar, devorlar, daraxtlar oppoq.
Sokin,   g‘arib   qish   oqshomi.   Qor   kapalaklari   Yo‘lchining   qoshlariga,   kipriklariga
qo‘nadi, yuzlariga yopishib tomchilanadi. (O.) 
Nominativ   gaplar   murakkab   qo‘shma   gap   shaklida   kelib,   peyzaj
kartinalarining umumiy tasvirini ifoda  qiladi.
Nominativ gapning qo‘llanishi ko‘pincha kishining holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Kishi   hayajonlanganda   ko‘proq   fikrni   qisqa   ifodalaydi.   Bu,   ayniqsa,   reportaj,
xotira   daftarlari,   sayohatchilarning   yon   daftarlarida   ko‘p   ishlatiladi.   Drama,
kinostsenariyalarning butun-butun remarkalari nominativ gaplardan iborat bo‘ladi.
Nominativ gaplar ilmiy asarlarda, so‘zlushuv uslubida juda kam qo‘llanadi. Gap bo‘laklarning funktsional qo‘llanishi.
Gap   bo‘laklari   nutq   uslublarida   qo‘llanishiga   ko‘ra   o‘ziga   xos
xususiyatlarga ega. 
Ega ko‘pincha kishilik olmoshining birinchi va ikkinchi shaxs  shakllari bilan
ifodalanadi:   Men   butun   hayotimni   o‘qituvchilik   ishiga   bag‘ish-layman.   Butun
hayotimni o‘qituvchilik ishiga bag‘ishlayman.   Ikkinchi gapda kesim shakli asosiy
rol’ o‘ynagan.
Men   olmoshi   bilan   ifodalangan   ega   ko‘pincha   publitsistik   nutqda
tushirilmaydi.   Bu   publitsistik   nutq   tabiatidan   kelib   chiqadi:   so‘zlovchi   shaxs
muhim   hisoblanib,   suhbatdosh   diqqati   sub`ektga.   qaratilgan   bo‘ladi:   Lekin   baxt
tushunchasi   baxtli   hayot   tushun-chasidan   yuqoriroq   turadi   —   men   bu   gapni
yoshlarga aytayotirman. (T.  Qoriniyoziy.)
Bu   jihatdan   ilmiy   uslub   o‘zgacha:   unda   bunday   ega   o‘rnida   bi-rinchi
shaxsning ko‘plik shakli qo‘llanadi. Ilmiy uslubda harakat sub`ektini ko‘rsatmaslik
tendentsiyasi kuchli.
Eganing   bir   tarkibli   gap   turlaridan   shaxsi   aniq,   shaxsi   no-aniq,   shaxsi
umumlashgan   turlarida   qo‘llanmasligi   norma   hisoblanadi,   uni   tushirilgan   yoki
yashiringan   deb   bo‘lmaydi.   Agar   ega   nutqqa   kiritilsa,   gapning   mazmuni   ham,
strukturasi   ham   o‘zga-radi.   Q i y o s l a n g :   Boshingga   qilich   kelsa   ham,   to‘g‘ri
gapir. —  Boshingga qilich kelsa ham, sen to‘g‘ri gapir.
So‘zlashuv   uslubida   ega   vaziyatga   ko‘ra   nutqda   qo‘llanmaydi:   Terim
mashinasi   yo‘lda   ko‘ringan   zahoti   onasi:   —   Keldi!       Keldi! —   deb,       bizga
peshvoz   chiqdi (P.Q.)
Kesim,   nutq   uslublarida   qo‘llanishiga   ko‘ra,   ayrim   xususiyatlarga   ega.
Masalan, ot-kesim (sodda ot-kesim ham, tarkibli ot-kesim ham) ko‘proq ilmiy va
rasmiy idoraviy uslublarga, fe`l-kesim  (sodda fe`l-kesim  ham, tarkibli fe`l-kesim
ham)   esa   ko‘proq   so‘zlashuv,   badiiy,   publitsistik   uslublarga   xosdir.   Bu   hol
ularning maqsad va vazifalari bilan izohlanadi. Qiyoslang: Ilmiy   uslubdan:   Organizm   bilan   muhit   bir   butun   sistemadir.   Bu   sistemani
hosil   qiluvchi   ikkala   komponent   ziddiyat   bir-ligini   tashkil   qiladi.   Bu   ziddiyat
organizmning   yashash   manbai-dir   va   muhitning   o‘zgarishi,   rivojlanishi
vositalaridan biridir.
Rasmiy-idoraviy uslubdan:  Saylov binosida tartib saqlanishi uchun uchastka
saylov ko missiyasining raisi javobgardir.
Badiiy   uslubdan:   Ikromjon   na   bo‘ri   tovushini   e shitar,   na   yuzlariga
urilayotgan  kamishlarning  shitirlashini e shitar  e di.   (S. A.)
So‘zlashuv   uslubidan:—   Seni   akang   boqolmay   taqachiga   topshirgan   e kan.
— dedi ergash,  —  meni o‘z otam qashshoqlikdan bir boyga  topshirdi.  (P. T.)
Publitsistik uslubdan:   Bu kontsert kechasidan ko‘chaga bepoyon Vatanimiz,
ajoyib   xalqimiz,   nuroniy   hayotimiz   uchun   iftixor   tuyg‘usi   bilan   mag‘rurlanib
chiqqanimizda bir achchiq tarixiy faktni  aytib berishdi  menga. (V. 3.)
Badiiy,   publitsistik   va   so‘zlashuv   uslublarida   tarkibli   fe`l-kesimlarning
murakkab shakllari ko‘p kuzatiladi:   Mayli, men sizni   savodli kilganim bo‘lsin! —
dedi elmurod. (P. T.)
Badiiy   uslubning   obrazliligiga   sabab   unda   sifatlovchilarning   ko‘p
qo‘llanishidir. 
Bu   hol   publitsistik   uslub   uchun   ham   xarakterli:   Har   birisi     asrlarga   teng
keladigan bu azamat yillar  shu do‘stlik, shu ham- korlikning tantanasidir. (V. 3.)
So‘zlashuv   uslubida   egalik   affikslari   qo‘llanmasdan   taalluqlilik   belgisiz
ifodalanishi   mumkin.   e simni   tanibmanki,   bizning   xonadonda   ayolga   qo‘l
ko‘targan kimsani bilmayman.  («Sao dat» jurn.)
Gapda   so‘zlar   tartibining   stilistik   vazifasi.   So‘z   tartibi   nutq   uslublarining
differentsiyalashuvida   asosiy   omillardandir.   So‘z   tartibiga   oid   adabiyotlar   hamda
faktik   materiallarga   ko‘ra,   o‘zbek   tilida   so‘z   tartibi   haqida   gap   borganda   asosiy
axborot tashuvchi bo‘laklar gap oxirida, yordamchi axborot tashuvchi bo‘laklar esa
gap boshida keladi.  Gapda   yordamchi   axborot   tashuvchi   bo‘lak   tema ,   berilgan   deb,   asosiy
axborot tashuvchi bo‘lak  rema ,  yangilik  deb ham yuritiladi. 
So‘z   tartibini   o‘rganishda   gapning   aktual   bo‘linishi   bilan   formal   bo‘linishi
bir-biriga zid qo‘yilmaydi. Aksincha, ular bir-birini to‘ldiradi.
Gapda   so‘z   tartibi   sintaktik   va   stilistik   rol’   o‘ynaydi.   Tartib   sintaktik   rol’
o‘ynaganda,   uning   o‘zgarishi   qurilmaning   semantik-grammatik         tabiatini
o‘zgartadi :   Ko‘m-ko‘k   dala. — Dala   ko‘m-ko‘k.    
Tartib   stilistik   rol’   o‘ynaganda,   uning   o‘zgarishi   gap   mazmuni   va
grammatik   tabiatini   butunlay   o‘zgartib   yubormaydi.   Bunday   so‘z   tartibining
o‘zgarishi ma`lum mazmun o‘zgarishi, stilistik ottenka bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ega   va   kesimning   normal,   ob`ektiv,   to‘g‘ri   tartibi   ko‘proq   darak   gaplarga
xos   bo‘lib,   ilmiy,   rasmiy   ish   qog‘ozlari   uslubi   uchun   xarakterlidir.   So‘zlashuv,
badiiy va publitsistik uslubga oid adabiyotlarda esa bu tartib o‘zgarishi mumkin. 
Kesimning egadan oldin keltirilishi nutqni ta`sirchan, emotsional  qiladi: —
Qurib ketsin  bu Toshkent zilzilasi, hech esingizdan chiqmaydi-ya. (P. Q.) 
Inversiyaning bu turida ba`zan emotsionallik juda kuchli bo‘ladi. Bu vaqtda
bunday   gaplar   oxirida   yozuvda   undov   belgisi   qo‘yiladi:   Ha,   zoe   ketmadi   o‘sha
kurashlar, uyqusiz tunlar!— dedi u ilgarigidek jo‘shib. (Y. SH.)
Ega-kesim inversiyasi ko‘pincha so‘roq gaplarda uchraydi:. e sing dami  Katta
Farg‘ona kanalini qurish qanday boshlangani? (Y. SH.) 
CHaqiriqlarda ko‘pincha kesim birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Bu ekspressivlik,
emotsionallik uchun xizmat qiladi:  YAshasin sportchilarimiz!
Ega va kesim inversiyasi ayniqsa poeziya uchun xarakterlidir. 
To‘g‘ri, normal, ob`ektiv tartibda to‘ldiruvchi va hol kesimdan oldin keladi.
Bu   ilmiy,   rasmiy   ish   qog‘ozlari   uslubi   ham-da   badiiy   nutq   uchun   xarakterlidir.
So‘zlashuv   uslubida   esa   bu   holat   ko‘pincha   inversiyaga   uchraydi.   Umuman,
so‘zlashuv uslubida inversiya hodisasi kuchlidir. 
To‘ldiruvchi   va   kesim   inversiyasi:   Ovozingni   chiqarsang...   Ha   bilib   qo‘y!.
Ko‘rdingmi kuchimni? (P. T.) Hol   va   kesim   inversiyasi:   Ichimga   chiroq   yoqsa,   yorimasdi   o‘sha   kunlari.
(YA.) 
To‘g‘ri   tartibda   aniqlovchi   aniqlanmishdan   oldin   keladi.   Badiiy   va
so‘zlashuv   uslublarida   esa   bu   tartib   inversiyaga   uchrashi   mumkin:   —   Hech   kimi
yo‘q  sho‘rlikning,  — dedi otinoyi, etimning holi ga achinganday. (P. T.)
Poeziyada   qofiya,   vazn,   turoq   talabiga   ko‘ra   tarkibli   kesim   tarkibida   ham
tartib o‘zgarishi uchraydi:  Bilmaganin o‘rganib, Odamzod  topdi kamol.  (G‘. G‘.)
So‘zlashuv uslubida ba`zan ajratilgan bo‘laklar ham gap oxirida keltiriladi:
Kechqurun idorada majlis bor,  soat ettida.  (S. A.). 
Inversiya boy stilistik imkoniyatlarga ega. 
Uyushiq   bo‘laklarning   stilistik   vazifasi.   Bunday   bo‘laklar   yordamida
umumiy   kartinalarning   detallari,   harakat   dinamikasi   tasvirlanadi,   kuchli
ekspressiv-lik ifoda qiluvchi epitetlar qatori hosil qilinadi:  Odam o‘qiydi, ishlaydi,
dardga   chalinadi,   qiyinchiliklarga   uch-raydi,   oila   quradi,   bola   tarbiyalaydi,   do‘st
orttiradi, yaxshilikdan quvonadi, yomonlikdan azob chekadi, adolat, haqiqat uchun
kurashadi. (H. G‘.)
Fe`l   kesimlarning   uyushib   kelishi   nutqning   dinamikligi   haqida   tasavvur
beradi:   Dildor   ilgarilari   ham   eri   bilan   ko‘p   marta   bahslashgan,   aytishgan,
urishgan, arazlashgan. (H. G‘.)
Uyushiq sifatlovchilar nutqning ekspressivligi uchun xizmat qiladi:   Hamro
Rahimov   to‘ladan   kelgan,   o‘rta   bo‘y,   qo‘yko‘z,   bug‘doy   rang,   qirq   yoshlardan
oshmagan kishi ekan. (J. A.) 
Uyushiq   bo‘laklar   ba`zan   sinonimik   qator   hosil   qilishi   mumkin.   Bu,
ayniqsa,   badiiy, publitsistik uslubda ko‘p uchraydi:  Boshqa iloj qolmagach, ona
eng   tuban   bir   «hunar»ga   tutindi,   do‘kondorlarga,   mulkdorlarga,   badavlat
odamlarga  yanada ziyod davlat tilab, xayr-sadaqa so‘ray boshladi. (P. T.)
Gap   bo‘laklari   ko‘pincha   bog‘lovchilarsiz,   biriktiruvchi   pauza   va   sanash
ohangsi   yordamida   uyushib   keladi.   Bu   ko‘proq   so‘zlashuv,   badiiy   va   publitsistik
uslublarga   xos   bo‘lib,   nutqqa   keskinlik   tusini   berish   ehtiyoji   bilan   izohlanadi.
Misollar: Badiiy   uslubdan:   Nizomjon   o‘z   ishi   bilan,   axloqi   bilan   ko‘pchilikning
og‘ziga tushib qolgandi. (S. Ahm.)
Publitsistik   uslubdan:   Tashabbus   tashabbusni   tug‘diradi.   Unga,   xalq
tashabbusiga, madad bering, u qanot rostlaydi, parvoz qiladi! (Y.SH.) 
So‘zlashuv   uslubidan:   —   Ha,   mulla.   CHarchamasdan,   siqilmasdan
yuribsanmi? (P.T.) 
Poeziyada   uyushiq   bo‘laklar   qatori   keng   bo‘lsa,   ular   qofiya,   vazn,     turoq
talabiga     ko‘ra     guruhlanib   kelishi     mumkin:   Men   Syao,   Robson   bilan,   Pablo
Neruda bilan,Nekse, Barboslar bilan suhbatda bo‘lgan kshii.  (G‘. G‘.)
Ilmiy va rasmiy uslublarda uyushiq bo‘laklarning qo‘llanishida ayrim o‘ziga
xoslik kuzatiladi: ilmiy matnlarda uyushiq bo‘laklar raqam—(1),  ( 2 ) ,  (3), harf (a),
(b),   (v)   shakllarida   ham   ko‘rsatiladi.   Rasmiy   uslubda,   ayniqsa,   yuridik
adabiyotlarda,   uyushiq   bo‘laklar   alohida-alohida   satrda   ham   beriladi.   Ba`zan
uyushiq   bo‘laklar   ancha   keng   bo‘lib,   ular   alohida   abzatsdan   yoziladi.   Bunday
holatlarda uyushiq bo‘laklar yozma nutqda nuqtali vergul (;) bilan ajratiladi.
Undalma   stilistik   vosita   sifatida.   Undalma,   so‘zlovchi   nutqi   qaratilgan
shaxs,   jonli   va   jonsiz   predmetni   ifodalashiga   ko‘ra,   kuchli   stilistik   vosita
hisoblanadi. Undalmalar so‘zlovchining tinglovchiga munosabatini ifodalab, baho
xarakteristikasi   ottenkasi   (ijobiy,   salbiy,   neytral,   ko‘tarinki-tantanali   kabilar)ga
ega bo‘ladi.
Undalmalar   ko‘proq   so‘zlashuv,   badiiy,   publitsistik   uslublarda,   qisman
rasmiy-idoraviy   uslubda   qo‘llanadi.   Ilmiy   uslubda   undalmaga   deyarli   murojaat
qilinmaydi.
Undalmalarni baho xarakteristikasi ottenkasini ifodalashiga ko‘ra, ikki katta
guruhga ajratish mumkin:
1. Stilistik   neytral   undalmalar.   Bunday   undalmalarda   so‘zlovchining
baho   tavsifi   neytral   va   ko‘proq   so‘zlashuv,   rasmiy-idoraviy   uslublarga   xos:—
Seni,  Diyorova,  Karim ham, direktor ham laqillatishibdi. (H. G‘
Monologik   nutqda   qo‘llanadigan   Deputat   o‘rtoqlar,   Delegat   o‘rtoqlar   kabi
undalmalar logik jihatdan butun matnga qaratilgan bo‘ladi. 2. Baho   tavsifini   ifodalovchi   undalmalar   emotsional-
ekspressiv   bo‘yoqqa   ega   bo‘lib,   faqat   nutq   adresatini   ifodalamay,   uni
xarakterlaydi, unga munosabat bildiradi:
1) Undalma o‘z leksik ma`nosiga ko‘ra baho ifodalaydi. Bu ijobiy yoki
salbiy bo‘lishi mumkin:  CHuchvarani xom sanabsan,  iflos!  (S. Ahm.)
2) Baho   xarakteri,   undalmaning   obrazliligi   u     bilan   birga   kelgan
so‘zlarga   bog‘liq.   Obrazli   aniqlovchilar,   izohlovchilar   bilan   kelgan   undalmalar
nutqni   obrazli   qiladi:   Kurashayotgan   muazzam   SHarqdagi   aziz   birodarlarimiz!
Qudratli sovet xalqlari sizlarga ajoyib bahor bayrami salomini va sevgisini yo‘llay-
di, sizlarga yana ham ulug‘vor yutuqlar tilaydi. (V. 3.)
3) Baho   ifodalashda   ohangning   ham   roli   kattadir:   Hoy   yaxshilar,
sizlardan iltimos: mashina ichiga semichka po‘chog‘i tashlanmasin.
Ba`zan   undov   so‘zlarning   o‘zi   undalma   vazifasida   keladi.   Bu   vaqtda
so‘zlovchi   nutqi   qaratilgan   shaxs   konmatn   yoki   vaziyat-dan   bilinib   turadi:   Nima
qilayotibsan, e y,-   dedi Do‘smat xotiniga, —  aqlingni edingmi? (P. T.) 
4) Undalmaning   baho   tavsifi   ifoda   qilishida   egalik   hamda   -jon,   -xon,   -
cha,   -choq   affikslaridan   foydalaniladi:   SHigitcha,   tushmaysizmi? —   dedi   kimdir
orqadan(O‘.U.) 
So‘zlashuv   uslubida   undalmaning   I I I   shaxs   egalik   affiksi   bilan   kelishi
kuzatiladi:  Voy,  otasi,  keldingizmi? Nima gap? (P.T.)
5) So‘zlashuv   uslubida   buyruq   maylining   I   shaxs   birlik   shaklining
undalma vazifasida kelish hollari uchraydi:  O‘ ingiz o‘ylang,  aylanay,  oltita bolani
boqish osonmi? (U. U.)
6) Undalmalarning   takrorlanib   kelishi   ham   baho   ottenkasini
kuchaytiradi.   Bu   so‘zlashuv,   badiiy   va   publitsistik   uslublar   uchun   xarakterlidir:
Hoy,  yuksak tog‘, yuksak tog‘,  Deya yolvordi o‘tloq (H. G‘.)
Ba`zan   gap   boshida   kelgan   undalma   gap   oxirida   takrorlana-di:— Men
YOlqin   akamning: — Tursun,   qayoqqa   yo‘q   bo‘lding,   Tur-sun?   degan
hayqirig‘idan cho‘chib uyg‘ondim. (P. Q.) 7) Undalmalar gradatsiya (kuchaytirish) uchun xizmat qiladi:  Ha,  ablah,
yolg‘onchi, muttaham!..  Ket bu  rdan, ko‘zimga ko‘rinma!..   (P. T.)
Undalma   umumlashtiruvchi   birlik   va   uyushiq   undalmalar   shak lida   ham
uchraydi:  Aziz tojik do‘stlarimiz: tojik paxtakori va  agronomi, tojik ishchisi va olimi,
ajoyib   sehrgar   tojik   dok tori   va   san`atkori!   Sizlarning   mehnatingiz   va   paxtangiz
o‘zlaringizga o‘xshagan benihoya ko‘rkam va go‘zal! (V.Z.).
So‘zlashuv   uslubida   undalma   tarkibi   ba`zan   murakkab   holda   bo‘ladi:   e y
mening yorug‘ shamim! YOrug‘ shamimgina emas. Yo‘q. ey ko‘zimning ravshan
nuri!  So‘zlaringning latofati yuz ming jondan ortiq. (N.)
Rasmiy-idoraviy   uslubda   undalmalar   so‘zlovchi   nutqi   qaratilgan   shaxsni
ifodalaydi.   Badiiy,   publitsistik,   so‘zlashuv   uslublarida   esa   undalmalar   jonli   va
jonsiz   predmetlarga   qaratilishi   ham   mumkin:   e y-voy,   osmon   yiroq-u   er   qattiq.
CHarxing buzilsin,  falak! (P.  T.) 
Undalma   badiiy   adabiyotda   personajlar   nutqini   xarakterlash   uchun   ham
xizmat   qiladi.   Masalan,   tarixiy   temada   yozilgan   asarlarda   eskirgan   so‘z   bo‘lgan
undalmalarga murojaat qilinadi:  CHaqirtirgan ekansiz,  a`lo hazrat? (V. S.)
7) Undalmalarning   gapdagi   o‘rni   (gap   boshida,   o‘rtasida,   oxirida)   ham
bahoni   kuchaytirishda   muhimdir: To‘g‘ri   aytasiz,   e gachi! —   deb   uning   so‘zlarini
tasdiqladi. (H. G‘.)  
Undalmalar ko‘pincha gap boshida keladi. 
Kirish   bo‘laklarning   va   kiritmalarning   stilistik   xususiyatlari.   Kirishlar   so‘z,
so‘z, birikmasi, gap shaklida bo‘lib, barcha nutq uslublarida qo‘llanadi. 
I.   Kirishlar   so‘zlovchi   shaxsning   aytilayotgan   fikrga   bo‘lgan   munosabatini
ifodalaydi. Bular quyidagi semantik-stilistik xususiyatlarga egadirlar:
1.   Ishonch     yoki   tasdiq   ifodalaydi.   Bu   tip   kirishlar   deyarli   barcha   nutq
uslublari   uchun   xarakterli.   Lekin   bular   so‘zlashuv,   badiiy,   publitsistik   uslublarda
nisbatan ko‘proq qo‘llanadi:  Zokir ota, shubhasiz, juda tajribali paxtakor. (A. Q.)
Bu tip kirishlardan   so‘zsiz, o‘z-o‘zidan, aniqki   kabilar ko‘proq ilmiy uslub
uchun   xarakterlidir:   Agar   ravishdosh   shaklidagi   fe`l   keyingi   fe`lning   belgisini
ko‘rsatsa,  o‘z-o‘zidan,  keyingi fe`l mustaqil fe`l bo‘ladi. (O‘zb. t. gram., I t.) 2. Gumon ifoda qiladi. Bu tip   kirishlar  ham ko‘proq so‘zlashuv, badiiy
va   publitsistik   uslublarga   xosdir:   Aftidan,   Davron   unga   joy   band   qilib   o‘tiribdi!
( P . Q.) Mening so‘zlarim sizga, e htimol , achchiq tatiyotgandir. (H. G‘.) Boshlagan
ishimiz   ollo   taologa   yoqmadi,   chog‘i.   (S.   Ahm.)   Sirini   aytishiga,   yuragini
bo‘shatishiga g‘ururi yo‘l bermadi,  shekilli.  (H.G‘.)  
Ilmiy,   rasmiy-idoraviy   uslubning   ekstralingvistik   belgilari   bu   tip   kirish
qurilmalarning ilmiy, rasmiy-idoraviy matnlarda qo‘llanishini chegaralaydi.
So‘zlashuv uslubida  basharti, bordi-yu  kirishlari ko‘p qo‘lla-nadi:  Bordi-yu,
o‘sha yulduzlarda inson ham bo‘lsa-chi? (J.  A.) Basharti,  Hakima kech qolsa-chi?
So‘zlashuv   uslubida   kim   biladi   qurilmasi   ham   nutqdagi   vazifasi   va
ma`nosiga   ko‘ra   kirish   vazifasida   keladi:   Mana   shu   voqea,   kim   biladi,   nima
uchundir Abdullaning xayolidan sira ko‘tarilmasdi. (U.U.)
3.Orzu-umid,   istak,   mamnunlik   ifodalaydi.   Bu   tip   kirishlar   ko‘proq
so‘zlashuv   uslubiga   xos:   ishqilib,   qani   endi,   koshkiydi,   yaxshiyamki,   xayriyat
kabi .
3. Taajjub   ifodalaydi.   Bu   tip   kirishlar   ko‘proq   so‘zlashuv,   badiiy,
publitsistik   uslublarda   qo‘llanib,   ilmiy,   rasmiy-idoraviy   uslublarda   kuzatilmaydi:
nima balo, nahotki, tavba   kabi
4. Uxshatish ifodalaydi. Bu tip kirish qurilmalar ham so‘zlashuv, badiiy
uslublarga   xos:   Oqshom   pardasi   qoplagan   ko‘cha.   Xiyobonda   quyosh   charaqlab
ketdi,  misoli.  (R. F.)
5. Ta`kid ifodalaydi:  axir, xolos, qaytaga.
6. Taxmin ifodalaydi :  chamamda .
II. Aytilayotgan   fikrning   kimga   qarashli   ekanligini   ifoda laydi:
menimcha,   fikrimcha,   nazarimda,   ay tishlaricha,   bilishimcha...   aytmoqchi   kabilar
ko‘proq so‘zlashuv, ba diiy va publitsistik uslub uchun xarakterli.
Bu   tip   kirishlardan   bizningcha,   bizning   fikrimizcha,   uningcha,   ma`lum
bo‘lishicha, ... ning qayd qilishicha, ... ning fikriga ko‘ ra,   ...   ning   yozishicha   kabilar
ilmiy uslub uchun, ayniqsa, uning ilmiy bahs sohasi uchun xarakterlidir. Rasmiy-yuridik uslubda zsa   . . .   ga muvofiq, ... ga binoan, ... bo‘yicha, ... ga
asosan   kabi kirishlar ko‘p uchraydi. 
III. Aytilayotgan   fikrning   oldingi   fikr   bilan   aloqasini   ifodalaydi.   Bunda
quyidagi holatlar kuzatiladi:
1.   Bir   gap,   abzats   yoki   murakkab   sintaktik   butunlik   tarkibida   aytilgan
keyingi   fikr   oldingi   fikr   bilan   munosabatda   bo‘ladi.   Bunda   ko‘pincha   keyingi
kirishli  gap  oldingi   fikr   xulosasi,  yakuniday  hisoblanadi.  Bu  vazifada so‘zlashuv,
badiiy,  pub-litsistik   uslublarda   bundan  chiqdi,   qo‘ying-chi,   baribir,  yaxshisi,   shu-
shu,   qildi-qildi,   shunday   qilib,   bir   so‘z   bilan   aytganda,   xul-lasi   kalom,   vassalom,
binobarin, qarabsizki, qo‘yingki, umuman  kabi so‘zlar keladi.
So‘zlashuv uslubida:  yaxshisi, qo‘ying-chi, shunaqa qilib, shu-shu  kabi.
Publitsistik uslubda:  bir so‘z bilan aytganda, shunday qilib, baribir   kabi .
Badiiy uslubda:  binobarin, qo‘yingki,  q arabsizki  kabi.
Ilmiy uslubda:  demak, umuman olganda, shunday ekan   kabi.
Bir   abzats,   murakkab   sintaktik   butunlikda   aytilgan   fikr   oldingi   matnda
aytilgan   fikr   bilan   munosabatga   kirishib,   uning   xulosasi,   yakunini   ifodalaydi.   Bu
vaqtda  ko‘rinadiki, ang lashiladiki, ko‘rib o‘tdikki, xullas   kabi kirishlar keladi. 
IV.   Aytilayotgan   fikrning   tartibini   ifodalaydi.   Bu   vazifa da   birinchidan,
ikkinchidan, avvalo, nihoyat, so‘ngra, oxiri, dast lab, innaykeyin   kabi so‘zlar keladi.
Bulardan   nihoyat,   dastlab,   avvalo,   oxiri   kabilar   badiiy,   publitsistik,   so‘zlashuv
uslublarida ko‘proq qo‘llanadi.
So‘zlashuv uslubi uchun  innaykeyin   kirishi xos .
Birinchidan, ikkinchidan   kabi kirish so‘zlar ko‘proq ilmiy us lubga xosdir. 
V.   Fikrning   odatda   yuz   berib   turadigan   voqea-hodisani   anglatishini
ifodalaydi:  odatda, odatga ko‘ra, odat bo‘yicha  kabi 
Kiritmalar   tushunarsiz   yoki   tushunilishi   qiyin   so‘zlar   (dialektizm,
professionalizm, termin, jargon, arxaizm, istorizm kabilar) ma`nosini, ayrim leksik
birliklarning   talaffuzi   yoki   etimologiyasini   izohlash,   so‘zlovchining   sub`ektiv-
emotsional   munosabatini   ifodalash,   xabar   manbaini   ko‘rsatish,   qo‘shimcha ma`lumotlar   berish   uchun   xizmat   qilib,   ayrim   bo‘lak,   birikma,   gap   shaklida
bo‘ladi.
Odatda, so‘zlashuv uslubida kiritmalarga ko‘proq ehtiyoj seziladi. 
Kiritmalar   badiiy   va   publitsistik   uslublarda   ham   fikr   bayon   qilishning
maxsus   usuli   hisoblanib,   personaj   kechinmala-ri,   obrazlar   harakatining   ichki
motivlari,   his-hayajonning   sabablari,   tasvirlanayotgan   voqelikka   bo‘lgan
munosabat kabilar-ni ifodalaydi, ifoda qilinayotgan fikrni izohlaydi yoki bu haqda
qo‘shimcha   ma`lumot   beradi:   SHunday   kezlarda   (bunaqa   kezlar   ikki-uch   bor
bo‘lgan)  Azizxon ketishga shoshilmaydi. (S. A.) 
Ilmiy   va   rasmiy-idoraviy   uslublarda:   Bu   narsa   so‘zning   o‘zaro   bog‘langan
uch   xil   strukturaga   ega   ekanligini   ko‘rsatadi:   so‘zning   semantik   strukturasi   (so‘z
ang latadigan   ma`nolarning   butun   sistemasi),   so‘zning   fonetik   strukt urasi   (so‘zning
tipik   fonetik   xususiyatlari),   so‘zning   morfolo gik   strukturasi   (morfemalarga
bo‘linishi).  (O‘zb. t. gram., I t.)  Xulosa
Gap   bo’lagi   ma’lum   sintaktik   shaklning   shakliy   sintagmatik-   munosabatdagi
vaziyatiga   qarab   belgilanadi:   ega   vaziyati,   kesim   vaziyati,   to’ldiruvchi   va
boshqalar.   Natijada   ayrim   mazmuniy   munosabatda   bo’lgan   shakliy   jihatdan   tobe
aloqa   orqali   emas,   balki   undash,   kirish   munosabati   orqali   ifodalangan   birliklar
snntaktik   tuzilish   birligi   sifatida   karalmaydi.   Bu   esa   butunni   bo’laklarga   bo’lish
asosiga   zid   keladi.   Chunki   butun   bo’laklarga   ma’lum   asosda   shunday   bo’linishi
kerakki,   butunning   birorta   ham   unsuri   bo’linishdan   tashqarida   qolmasligi   kerak.
Lekin   an’anaviy   yo’nalishda   bunday   emas.   Gap   bo’laklari   gapni   tashkil   etgan
sintakiik   shakllarni   to’la   qamrab   olmas   ekan,   demak,   gapni   bo’laklarga   gap
bo’laklari   rubrikasi   ostida   ajratish-etarli   asosga   ega   emas.   Shuning   uchun   bu
tilshunoslikda eng munozarali masalalardan biri bo’lib kelmoqda.
O‘zbek tili taraqqiyotining hozirgi bosqichida funktsional uslublar farqlanib,
uning   ilmiy,   badiiy,   publitsistik,   rasmiy   ish   qog‘ozlari,   so‘zlashuv   kabi   uslublari
shakllandi.
Sintaktik   qurilmalar   nutq   uslublarida   neytral   bo‘lgani   kabi,   funktsional
xarakterda   ham   bo‘ladi.   Sintaktik   stilistika   uchun   neytral   xarakterdagi   sintaktik
vositalar   emas,   nutq   uslublariga   xoslangan   funktsional   sintaktik   vositalar
muhimdir.
Ilmiy   uslub   sintaksisi   elementlari.   Ilmiy   nutq   uchun   fikrni   aniq,   logik
izchillik bilan ifodalash xarakterlidir. 
Umuman,   ifodaning   logik   izchil   bo‘lishi,   bunda   logik   uquv,   logik   zehn,
logik   qobiliyatga   mo‘ljallanishi,   mana   shu   maqsadda   ifodaning   intellektual
elementlariga   ko‘p   murojaat   qilinishi   ilmiy   uslubning   asosiy   belgilaridan
hisoblanadi.
Ilmiy asarlar mulohaza va isbotdan iborat bo‘ladi. Isbot  aniq  bayon qilinadi.
Buning   uchun   ifodaning   to‘liq   bo‘lishi   lozim.   S h unga   ko‘ra   ham   ilmiy   matnlar
uchun   to‘liq   gaplar   xarakterli.   Bunda   to‘liqsiz   gap   fikrning   aniqligiga   putur
etkazadi.  Ilmiy   ifodada   logik   izchillikni   ta`minlovchi   muayyan   so‘z   tartibiga   amal
qilish   muhimdir.   Bunda   o‘zbek   adabiy   tilining   grammatik   qurilishi   talablariga
rioya   qilinadi.   SHu   bilan   birga,   fikrni   aniq,   izchil   ifodalash   uchun   ba`zan   gap
bo‘laklarining tartibini o‘zgartish ham mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar
1. M.Asqarova, Y.Abdullayev, M.Olimxonova “Ona tili” kitobi. 8-9 sinflar uchun.
T – 1994 y.
2. V.Egamov “Hozirgi o’zbek adabiy tili”.     T – 1988 y.
3. G’.Abduraxmonov, S.Mamajonov “ O’zbk tili va adabiyoti”.     T – 1995 y.
4. G’.Abduraxmonov “O’zbek tili grammatikasi”.    T – 1996 y.
5. “O’zbek tili grammatikasi” II tom O’zRFA.       T – 1976 y.
6. M.Olimxonova “Maktabda ona tili sintaksisini o’rgatish”.
7. A.Nurmanov, R.Rasulov “O’zbek tili jadvallarida”.       T – 1993 y.
8. N.Mahmudov, A.Nurmanov “O’zbek tilining nazariy grammatikasi”.  T – 1987 
9. A.G’ulomov, M.Asqarova “Hozirgi o’zbek adabiy tili” T – 1987 y.
10.   A.Nurmanov,   N.Mahmudov,   A.Axmedov,   S.Solixo’jayeva   “O’zbek   tilining
mazmuniy sintaksisi”.     T – 1992 y.
11.  www.ziyonet.uz

Mavzu: Sodda gap uslubiyati Reja: Kirish 1. Sodda gap va uning mazmuniy qurilishi 2. Sodda gaplar uslubiyati 3. Gap bo‘laklarning funktsional qo‘llanishi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat butunlik bo’lishiga qaramasdan, yaqin yillargacha sintaktik tadqiqotlarda, asosan, gapning shakliy tomoniga e’tibor berilgan. Faqat ayrim o’rinlardagina (masalan, gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlarini belgilashda ikkinchi darajali bo’laklarning ichki tasnifida) mazmun tomoniga murojaat qilindi. Hozirgi kunda gap mazmunini o’rganuvchi mazmuniy sintaksis deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e’tirof etilgan bo’lsa ham, ammo mazmuniy sintaksis maqomi masalasida bir xillik yo’q. Ular orasida ikki qaramaqarshi qo’nalish ajralib turadi. Birinchi yo’nalish tarafdorlari gapning zaruriy unsurlarining grammatik ma’nosiga asoslanadilar. Bu yo’nalishda gapning xar bir tuzilish tarixning umumiy grammatik ma’nosini topishga xarakat qilinadi va tuzilish tarixining umumiy grammatik ma’nosi doirasida mazmuniy tuzilish aniqlanadi. Ularning fikriga ko’ra, mazmun grammatik shakllanmay, o’z xolicha mavjud bo’lmaydi. Shuning uchun gapning barcha sintaktik xususiyati gap mazmunining ifodachisi bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari gapning nominativ minimumi uzvlarining leksik ma’nolariga asoslanadi. Bunga muvofiq, gapning mazmuniy tuzilishi tuzilish tarxlari doirasida emas, balki undan tashqarida ajratiladi. Tuzilish tarxlari va mazmuniy tuzilish bir-biri bilan kesishmaydigan yonma-yon qatorlarga teriladi. O’zbek tilida gaplar grammatik asoslarining miqdoriga ko’ra 2 ga bo’linadi: Sodda va qo’shma: Bu shaharda tanish bilish yo’qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. Kampirning ko’zlarini allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.

Sodda gap va uning mazmuniy qurilishi Shakl va mazmun, sintaktik aloqa, sodda gap, qo’shma gap, egali gap, egasiz gap, grammatik asos, gap bo’laklari, bosh bo’lak, ikkinchi darajali bo’lak, yig’iq bo’lak, yoyiq bo’lak. Sodda gaplar eganing ishtirok etish etmasligiga ko’ra 2 xil bo’ladi: Egasi mavjud gaplar va egasiz gaplar: Biz yangi filmni tomosha qildik – yangi filmni tomosha qildik. Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga ko’ra 2 ga bo’linadi: sodda yig’iq gap (Kamola kirib keldi), sodda yoyiq gap: (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi). O’zbek tilida gapda so’zlar o’zaro grammatik munosabatga kirishib gap bo’laklarini hosil qiladi. Har bir gap bo’ladi boshqa gap bo’laklari bilan bo’lgan grammatik munosabatiga ko’ra belgilanadi, ya’ni har bir gap bo’lagi o’zi munosabatga kirishgan so’z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo’ladi: Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi – bu gapda so’zlar qo’yidagicha sintaktik aloqaga kirishgan: 1. Dildora gapirdi. 2. Zavqlanib gapirdi. 3. Uchrashuv haqida gapirdi. 4. Kechagi uchrashuv. Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish harakatning bajaruvchisini ko’rsatadi. Kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: fe’l kesim, ot kesim. Tuzilishiga ko’ra esa sodda kesim va murakkab kesimga bo’linadi. Fe’l kesim qo’yidagi ko’rinishlarga ega: A) sof fe’l kesim: Men maktabga boraman. B) Ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurullab, mashina oldinga intildi. S) Sifatdosh bilan ifodalangan kesim: It xurar – karvon o’tar.

Fe’ldan boshqa so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so’z, harakat nomi) bilan ifodalangan kesim ot kesimdir: A) Yaxshi ro’zg’or – jannat, yomon ro’zg’or – do’zax. B) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. S) Birniki – mingga, mingniki – tumanga. D) Maqsadim – shu. E) Sizdan umidim ko’p. Y o ) Mening g’am ulug’ niyatlarim bor. Murakkab kesim ikki yoki undan ortiq so’z bilan ifodalanadi: Ayozli kunlar asta-sekin o’tib borayotir. Murakkab ot kesimlar ot+bog’lama vazifasida kelgan yordamchi fe’l yoki ko’makchi fe’l tarzidagi qo’shilishdan hosil bo’ladi. Bunda asosiy ma’no otdan anglashiladi. Bog’lama kesim bilan egani bog’lovchi so’zlardir. Ular mustaqil ma’nosini to’la yoki qisman yo’qotib, yordamchi vazifaga ko’chgan so’zlardir. Bularning vazifasi fe’l bo’lmagan so’zlar bilan qo’shilib, kesimni shakllantirishdir, ya’ni mayl, zamon, shaxs son ma’nolrini ifodalashdan iborat. Kesimni shakllantirishga hizmat qiladigan bunday bog’lamalar bo’l - , qil - , edi, ekan, emish, hisoblan-, sana – kabi yordamchilardir. Kerak, zarur, darkor so’zlari ham bog’lama vazifasida qo’llanadi. Xursand edi, qiziqarli bo’ldi, Yaxshilik qil, obod qildi, ozod bo’ldi, oz emish, xursand bo’ldi, to’g’ri chiqdi, ko’p edi. Kesim birikmalar va iboralar bilan ham ifodalanadi. Kengaygan birikma va iboralar gapda yaxlit xolda bitta gap bo’lagi bo’lib keladi va o’z ichida boshqa bo’laklarga ajratilmaydi: Vazifamiz – bilim maskanlarida hamisha a’lo o’qish. Tarixni o’rganishdan asosiy maqsad – milliy o’zligimizni chuqurroq anglash.

Baquvvat xotiraning mohiyati – unutmaslik. Komil insonlardagi olijanob hislat – o’tmishni unutmaslik. Ega va kesim gapning grammatik asosidir. Gapni gap bo’laklariga ajratishda bir necha usullardan foydalaniladi. Ulardan ko’p qo’llaniladigani gap tarkibidagi so’zlarga so’roq berishdir. Ammo bu usul har doim ham o’zini oqlamaydi. Chunki gapda so’roqqa javob bo’la oladigan, amo gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan bo’laklar – undalmalar ham ishtirok etadi. Masalan: Bolalar, ilm olish – yuksalishdir. Gapida bolalar so’zi so’roqqa javob bo’lsada lekin gap bo’lagi vazifasida kelmagan. S h uningdek gapni gap bo’laklariga ajratishda ularning grammatik shakliga ham e’tibor beriladi. Ammo bu usul ham to’liq o’zini oqlamaydi. Masalan, qaratqich kelishigidagi so’z qaratqichli aniqlovchi vazifasinibajarishi mumkin, ammo jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigidagi so’zlar to’ldiruvchi ham, hol ham bo’lishi mumkin: Paxtani zavq bilan terdim – paxtani mashina bilan terdim. Sen nimaga kechikding – suvni nimaga quymoqchisan. Ba’zan gap bo’laklarini belgilashda uning qaysi so’z turkumiga taalluqli ekanligi ham e’tiborga olinadi. Lekin bu usul ham to’liq asos bo’la olmaydi. Chunki biror bo’lak aynan bir so’z turkumi bilan har doim ham ifodalanavermaydi. Shuning uchun gapni gap bo’laklariga ajratishda tobe aloqa asosiy vositadir. Ega quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalanadi: Yo’lchi o’rnidan turdi. Mard maydondda bilinar. To’qqiz uchga kasrsiz bo’linadi. Men mnstitutda o’qiyman. Tirishgan tog’dan oshar. So’zlagandan so’zlamagan Yaxshiroq.