RASMIY USLUBGA OID MATNLARDA SODDA GAP QURILISHI
RASMIY USLUBGA OID MATNLARDA SODDA GAP QURILISHI MUNDARIJA ISHNING UMUMIY TAVSIFI ……………………………………………….3 I BOB. RASMIY USLUB VA UNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI 1.1.Rasmiy uslubning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi…………………………9 1.2.Rasmiy uslubning boshqa uslub matnlaridan farqlovchi leksik xususiyatlari………………………………………………………………………16 1.3.Rasmiy uslubga oid matnlarning morfologik xususiyatlari va bu xususiyatlarning hujjat turlarida aks etishi………………………………………24 Bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………………..35 II BOB. RASMIY USLUBDA SODDA GAPLARNING QO‘LLANISHI 2.1. Rasmiy uslubga oid matnlarda gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari, tasdiq va inkor gaplar……………………………………………………………………37 2.2. Gap bo‘laklarining rasmiy hujjatlar matnida qo‘llanilishi, gap bo‘laklari tartibi……………………………………………………………………………....42 2.3. Egasiz gaplar va ularning turlarining rasmiy uslubga oid matnlarda qo‘llanishi…………………………………………………………………………49 Bob bo‘yicha xulosa………………………………………………………………51 III BOB. RASMIY USLUBDA MURAKKABLASHGAN SODDA GAPLAR 3.1 Ajratilgan va uyushiq bo‘laklarning rasmiy uslubda qo‘llanilishi…………...53 3.2. Rasmiy uslubga oid matnlarda undalma………………………………….…60 3.3. Kiritma (kirish so‘z, kirish birikma, kirish gap)larning rasmiy uslubga oid matnlarda qo‘llanilishi……………………………………………………………62 3
Bob bo‘yicha xulosa…………………………………………………………….70 XULOS VA TAKLIFLAR …………………………………………………….72 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………………75 KIRISH. ISHNING UMUMIY TAVSIFI Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi . O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida tashkil topishi, uning dunyo hamjamiyatida o‘ziga xos va o‘ziga mos o‘rin egallashi juda ko‘plab masalalar qatorida til madaniyatini ham yuqori darajada ko‘tarish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyevning sa’y-harakatlari bilan ona tilimiz rivoji, taraqqiyoti sari yangi qadamlar tashlanmoqda, tilimizning jahon arenasidagi o‘rniga e’tibor qaratilmoqda, gullab-yashnashiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli , bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. 1 Har qanday til madaniyatini esa uning stilistikasini o‘rganmasdan turib egallab bo‘lmaydi. Mana shuning uchun ham til stilistikasi nutq madaniyatini o‘rganish o‘zbek tilshunosligi fanining dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Rasmiy uslubning qo‘llanish ko‘lami O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili” haqidagi qonun qabul qilingandan keyin va davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan so‘ng g‘oyatda kengaydi va yangicha mazmun kasb etdi. Davlat miqyosida amalda bo‘lgan har bir huquqiy hujjatning qat’iy me’yorlar asosida yaratilishi ham umumtil madaniyatining tarkibiy qismidir. Hujjatlar qanchalik tushunarli tilda yozilsa, uslubi qanchalik ravon bo‘lsa, uni tushunish, binobarin, ijrosini ta’minlash va unga amal qilish ham shunchalik oson kechadi. Shuning uchun ham bugungi kunda faol amalda bo‘lgan o‘zbek tili rasmiy uslubini zamon talablaridan kelib chiqib tadqiq etish, uning xulosalari va natijalarini ommalashtirish o‘zbek tili madaniyatining yanada takomillashuviga hamda uning barcha jabhalarda foydalanishga qulay imkoniyatlar yaratilishiga 1 Президент Шавкат Мирзиёевнинг ў збек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи. http://xs.uz/uz/ –Toshkent, 2019. 4
xizmat qiladi. Hujjatshunos A.S.Golovach shunday ta’kidlaydi: “Boshqaruv sohasidagi kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri ayni soha xodimlarining nazariy va amaliy tayyorgarlikning bo‘shligidir, ular muassasa, tashkilot va korxonalarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash yo‘riqlari va usullari majmuini yetarli darajada bilmaydilar” 2 . Shu sababdan ham bugungi kunda rasmiy uslubning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilishiga, tadqiq etilishiga alohida e’tibor berilmoqda. Bugungi kunga qadar rasmiy uslubga oid ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan, bir qator darslik hamda monografiyalarda rasmiy uslubning turli jihatlari tadqiq qilingan. Rasmiy uslubning leksik, morfologik, ayrim sintaktik xususiyatlari o‘rganib chiqilgan bo‘lib, ularning mazkur uslubda namoyon bo‘lish holatlari qayd etilgan. Lekin rasmiy uslubning sintaktik xususiyati haqida gapirilganda uning ko‘chirma gaplar, o‘zlashtirma gaplar, kritma gaplar, modal ma’nodagi gaplar qo‘llanilmasligi haqida fikr bildirilgan bo‘lsa-da, mazkur uslubda sodda gaplar qo‘llanishi haqida yetarlicha ma’lumotlar mavjud emas. Rasmiy uslubga oid matnlarda sodda gaplarning ifoda-maqsadiga ko‘ra qanday turlari ko‘proq qo‘llanishi, gap bo‘laklarining faollik darajasi, tasdiq va inkor gaplarning qo‘llanilish tarzi, egali va egasiz gaplarning rasmiy uslubdagi ishtiroki, gap bo‘laklari tartibi, gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan bo‘laklarning qo‘llanishi, uyushiq bo‘laklarning ishtiroki va o‘rnining o‘rganilishi mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. S tilistika sohasi bilan shug’ullangan deyarli barcha taniqli olimlar funksional uslublarga o‘z munosabatlarini bildirishgan, ularning tasnifini berishga harakat qilishgan, xususan, V.V.Vinogradov, I.A.Yefimov, M.N.Kojina, N.A.Baskakov, I.V.Gorelov, X.Kurbatov, I.V.Xovanskaya kabilar tadqiqotlarida ko‘rishimiz mumkin. A.Sulaymonovning “Til stillari” haqida nomli maqolasida “Stilistikaning vazifasi u yoki bu stilda yoki nutq formasida, ya’ni og‘zaki va yozma nutqda qanday til hodisalari ko‘proq qo‘llanishini aniqlashdan iboratdir” degan gaplaridan tushunish 2 Маҳмудов Н., Мадвалиев А., Маҳкамов Н., Аминов М. Ўзбек тилида иш юритиш (муншоат). – Тошкент: ЎзСЭ Бош редакцияси, 1990. 5
mumkinki, u til yoki nutq uslublarini yozma va og‘zaki uslublarga ajratgan. Akademik G‘.Abdurahmonov ham “Stilistik normalar haqida” nomli maqolasida ham bu masalaga to‘xtalib o‘tgan. B.O‘rinboyev “Funksional uslubiyat va uning mohiyati” asarida, S.Muhammedov “O‘zbek tili funksional stillarini belgilash to‘g‘risda” nomli maqolasida o‘zbek tilidagi uslublar sonini 3 ta deb ko‘rsatgan: rasmiy-ish funksional uslubi, ilmiy va publisistik uslublarga ajratgan. I.Qo‘chqortoyev “O‘zbek adabiy tilining stilistik ixtisoslashuvi, uning funksional uslublari ilmda ham qat’iy chegaralab berilgan emas. Shuning uchun bu masala yuzasidan hozirchalik izchil bir fikr aytish qiyin, albatta. Rasmiy uslubning o‘ziga xos jihatlari bir qator olimlarimiz tomonidan o‘rganilgan, xususan, S.Karimov “O‘zbek tili funksional stilistikasi”, A.Shomaqsudov, I.Rasulov, R.Qo‘ng‘urov, H.Rustamov “O‘zbek tili stilistikasi”, M.Halilova “O‘zbek tili stilistikasi” asarlarida rasmiy uslubning o‘ziga xos leksik, morfologik, sintaktik jihatlari ochib berilgan. Shu bilan birgha, o‘zbek tilshunosligida 1987-yilda D.Boboxonova “Hozirgi o‘zbek adabiy tilining rasmiy-ish uslubi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 3 Dissertatsiya muallifi o‘zbek tilshunosligida birinchi bo‘lib rasmiy uslub doirasidagi hujjatlar ro‘yxatini batafsil keltiradi va ularning har birini bir uslub ichida yana o‘z shakllanish uslubi (podstillari) mavjudligini ta’kidlaydi. Masalan, hukumat qarorlari, farmonlar, farmoyishlar, chaqiriqlar, qonunlar, buyruqlar, nizomlar, yo‘riqnomalar, diplomatik, hujjatlar, xalqaro shartnomalar, kelishuvlar, rasmiy xabarlar, notalar, ultimatumlar, elchilik konvensiyalari, kodeklar, chaqiriq qog‘ozlari, ishonch qog‘ozlari, ijro varaqalari, ajrimlar, sud varaqalari, yuridik dalolatnomalar, raddiyalar, tavsiyanomalar, tilxat, ayblov, tashqariga chiqmaslik haqida tilxat, ayblov nutqi, sudning alternativ qarori, hukm, davlat tashkilotlari o‘rtasidagi yozishmalar, dalolatnoma, bayonnoma, tushuntirish xati, bayonnoma, ma’lumotnoma, tarjimayi hol, tavsifnoma, ariza va boshqalar. Mazkur dissertatsiya rasmiy hujjatlarning har birining o‘ziga xos va umumuslubiy xususiyatlarini leksik-semantik , morfologik va sintaktik jihatdan tahlil etganligi bilan ilmiy ahamiyatga ega. Mazkur 3 Бабаханова Д.А . Официально – деловой стиль современного ў збекского литературного языка: K анд . филол . наук … av тореф. дисс. канд . филол . наук. – Ташкент , 1987. 6
dissertatsiyada sintaktik jihatdan tahlil qilinganda rasmiy uslubda so‘roq, undov mazmunidagi gaplar uchramasligi, shuningdek, eganing ishtirokiga ko‘ra shaxsi ma’lum, shaxsi noma’lum gaplar mazkur uslubga xos emasligi ta’kidlab otilgan bo‘lsada, ammo rasmiy uslubda sodda gaplarning qurishi haqida ma’lumotlar ko‘p keltirilmagan. Mazkur tadqiqot ishi yuzaga kelganligiga ham chorak asrdan ko‘proq vaqt o‘tdi va tadqiqot ishi o‘tgan asrda, o‘zga mafkura davrida yozilganligini ham e’tiborga olish lozim. Mazkur tadqiqot ishida o‘zbek rasmiy uslubining shakllanishida rus tilining ta’siri mavjudligi qayd etilganligini ko‘rishimiz mumkin. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng esa ona tilimizning rasmiy uslub doirasidagi hujjatlarda qo‘llanishi o‘ziga xos ma’no kasb etdi. Ushbu fikrning to‘g‘ri ekanligi Sh.Ko‘chimov tomonidan 1995-yilda “O‘zbekiston qonunlarining tili” mavzusida nomzodlik, 2004-yilda “Huquqiy normalarni o‘zbek tilida ifodalashning ilmiy-nazariy muammolari” mavzusida himoya qilgan doktorlik dissertatsiyalari ham tasdiqlaydi. Mazkur ishlarda huquqiy davlat qurishda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirishda qonunchilik texnikasi muhim ahamiyat kasb etib, qonunlarning xalqaro standart doirasida ishlab chiqishning asosiy omili sifatida bu sohadagi hujjatlar tilini ona tilimizning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib tayyorlash kerakligi ta’kidlangan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi va ahamiyati. Rasmiy uslubga oid matnlarda sodda gaplarning qurilishini o‘rganish dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi hisoblanadi: -rasmiy uslubga oid matnlarda sodda gaplarning ifoda-maqsadiga, voqelikka ko‘ra turlarining ishtiroki ochib berildi; -rasmiy uslubga oid matnlarda gap bo‘laklari ishtiroki, gap bo‘laklarining tartibiga e’tibor qaratildi; -rasmiy uslubga oid matnlarda egasiz gaplar va ularning turlari ishtiroki yori tib berildi; -rasmiy uslubga oid matnlarda ajratilgan bo‘laklar va uyushiq bo‘laklarning, undalma va kiritmalarning qo‘llanishiga e’tibor qaratildi. 7