O‘zbekistonda huquqiy-demokratik jamiyatning qurilishi
“O‘zbekistonda huquqiy-demokratik jamiyatning qurilishi ” MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………………………….2 I-BOB:MUSTAQ1LLIK VA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHNING "O‘ZBEK MODELI" ……………………………………………………… I.1. O‘zbekistonda demokratikjamiyat qurishning o‘ziga xos xususiatlari va "O‘zbek modeli"………………………………………………………………7 I.2. O‘zbek modelining jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va manaviy hayot sohalarida namoyon bo‘lishi………………………………………………….11 II-BOB: O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT BARPO ETISHDA O‘TISH DAVRINING ZARURLIGI. UNING XUSUS1YATLARI II.1. O‘tish davri tushunchasi, uning zarurligi va mohiyati………………….14 II.2. O‘zbekistonning totalitar mustamlaka mamlakatdan demokratik jamiyatga o‘tishinig o‘ziga xos xususiyatlari……………………………………………..19 Xulosa ………………………………………………………………………….30 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini qurish pirovard maqsadimiz. Bunday yuksak maqsadga mustaqillikni qo‘lga kiritish orqaligina erishish mumkin. Mustaqillik azaldan insoniyatning orzu-umidlari, armon va iztiroblarini o‘zida mujassam etadi. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va hurriyatga intilib yashaydi. U qalbida o‘zini hamisha har jihatdan erkin his qilishga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha mintaqalarida ozodlik uchun kurashning shaklan turlicha, mohiyatan o‘xshash bo‘lgan hurriyatga intilish hodisalarini ko‘p ko‘rgan. Mustaqillik nima? Istiqlol nimalarga asoslanadi va uning mazmun-mohiyati nimalardan iborat? Eng avvalo shuni aytish kerakki, mustaqillik tenglik sari yo‘l qo‘yilgan birinchi qadamdir. Chunki tenglik bo‘lmagan joyda kimdir kimgadir tobe bo‘ladi. Mutelik bir joyda hukmronlik, o‘zgalar hisobiga yashashi kabi illatlar paydo bo‘ladi. "Tenglik" so‘zining qudrati shundaki, u odamlarning o‘zaro munosabatlaridan tartib, mamlakatlararo munosabatlargacha hamma narsani me'yor-mezonga soladi, turli kamsitishlarga chek qo‘yadi. Istiqlol - o‘zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolari o‘zaro munosabatlarida ham, jahon davlatlari o‘rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, ana shu umumiy mezonlar asosida yashash demakdir. Mustaqillik - jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o‘z taqdiri bilan bogliq bo‘lgan istiqlol haqida o‘ylashdir. Istiqlol - erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir. 1 Kurs ishining maqsad va vazifalari: Ushbu kurs ishining maqsad va vazifalari qatorida aytish mumkinki: Mustaqil yashashga, mustaqil fikrlashga, o‘z taqdirini o‘zi belgilashga, o‘z hayotini o‘zi izga solishga qodir odam ziddiyatlarni 1 Каримов И. А. Биздан озод ва обод Ватан Красин. Президент И. Каримовнинг Б.МТ нинг 1993 йил 28 сентябрда булиб утган 48- сессиясида сУзлаган нутци. Т.8. -Т.: "Узбекистон”, 1996. 1
osonlik bilan yengadi, bu dunyoning shiddatli muammolar bo‘roni qarshisida dovdirab qolmaydi. Ana shunday haqiqatni davlat mustaqilligiga qiyoslash mumkin. Mustaqillik mustamlakachilikning har qanday shaklini, u taqozo etadigan to‘siqlar va zo‘ravonliklarni inkor etadi. Ayni paytda mustaqillik jahon taraqqiyotining ilg‘or tajribalari asosida o‘z ravnaqining o‘ziga xos tamoyillarini ishlab chiqish bilan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda o‘zaro hamkorlikning yangi, sifat jihatdan yuqori bo‘lgan, umuminsoniy manfaatlarga mos keladigan andozasi asosida yashash demakdir. Shuning uchun ham istiqlolning ana shu hayot tajribasidan o‘tgan tamoyillari hamma vaqt dolzarb bo‘lib qolaveradi. Chunki u doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib, ong va tafakkurni charxlab boradigan voqealikdir. Mustaqillik - tabiatdan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirish mezoni. Ayni paytda u harakatlarning, intilishlar va qobiliyatlaming kuchayishini taqoza etadigan hodisadir. Bu ayniqsa sobiq-ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mustaqil respublikalar hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki 130 yillik mustamlakachilik yillarida turli sohalarda, turli shakllarda yuz bergan qatag'onlar, ta’qib etishlar, otib tashlashlar xalq ruhiyatini sindirdi. Odamlar mislsiz qirg‘inlar natijasida bir umr tahlika va qo‘rquv bilan yashadi. Ana shu hadiksirashlar millat hayotini zaharladi. Turmush lazzatini, yashash zavqini zaqqumga aylantirdi. Mustaqillik ana shunday iztiroblar, qon yutushlar iskanjasida qolgan xalqimiz qalbiga nur, umudlariga qanot, dardlariga malham bo‘Iib keldi. Mustaqillikning manaviy-ijtimoiy mazmunining beqiyos mohiyati ana shunda. Mazkur xulosalardan kelib chiqib Prezident I.A.Karimov: "Mustaqil o‘zbek davlati xalqimizning tarixiy yutug'idir. Xalq yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu qilgan. O‘zbekiston chinakam mustaqillikni ko‘lga kiritib, gullab yashnashi va farovonlikka erishishi, taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatorida xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rinni egallashi - biz ko‘zlayotgan oliy maqsadimizdir”. O‘zbekistonning tanlagan yo‘li bozor iqtisodiyotiga asoslangan insonparvar demokratik odil, fuqarolik jamiyatini qurish bosh strategik vazifa deb belgilandi. 2
Ushbu oliy maqsadga erishish murakkab jarayondirki buni anglab yetish uchun xalqimizdan yuksak manaviylikni, chuqnr bilimni va jasoratli mehnatni talab etadi. Albatta bu vazifa nazariy jihatdan har taraflama puxta ishlangan bo‘lishi kerak. Demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini qurish uchun eng avvalo uning nazariy asoslarini chuqur o‘rganish va ijtimoiy hayotda bo‘layotgan iqtisodiy siyosiy va boshqa jarayonlarni anglab olish va tahlil etish mahoratini egallash kerak. Erishilgan yutuq va natijalarni, aniqlangan kamchiliklarni, dunyo voqealiklarining o‘zgaruvchanligi, milliy manfaatlarimizning mutlaq ustunligi shartini hisobga olgan holda jamiyatimizning rivojlanishini yangi, o‘zgargan sharoitlarda ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalaming mazmun va mohiyatini anglash darkor. Demak, bu barcha jamiyat a’zolaridan chuqur nazariy bilimdonlikni talab etadi. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini qurishni bir butun holda har tomomonlama nazariy va amaliy jihatdan mohiyatini ochib berishga qaratilgan fandir. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov asarlarida ilgari surilgan ilmiy ta’limotlar hamda mustaqillik yillarida qabul qilingan qonunlar, me'yoriy hujjatlar, prezident farmonlari, vazirlar mahkatnasi qarorlari, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag'ishlangan majlislarning hujjatlari, yangi ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarga o‘tish masalalariga bag'ishlab nashr etilgan jamiyatshunos olimlarimizning kitoblari, monografiyalari, risolalari bilan talabalarni yaqindan tanishitirish hamda ishlab chiqilgan nazariy xulosalarni amaliy hayotga to‘g'ri qollashga o‘rgatishdan, o‘quvchilarni har tomonlama kamolotga erishishlarida yordam berishdan iborat. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu fan bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi va MDHning boshqa daviatlarida darslik, o‘quv qo‘llanmalaryaratilmagan. O‘zbekistonda bu fan Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida professor I. Ergashev tomonidan 2005-yilda darslik yaratilgan. Ammo, hozirgi kunda bu darslik ma’lum darajada davr talablarini to‘liq qamrab 3
ololmaydi. Shuni e'tiborga olgan holda biz tavsiya qilayotgan ushbu qo‘llanma bu boradagi kemtikni to‘ldirshga bir oz bo‘lsada yordam berishi mumkin. Jamiyat doimo ravon yo‘ldan, qarshiliklarsiz rivojlanmasdan, balki yutuq va kamchiliklardan iboratligi, to‘siqlarni bartaraf etish orqali bosqichma-bosqich taraqqiy etadigan murakkab jarayon ekanligini talabalar ongiga singdirishni ushbu fan navbatdagi vazifa deb biladi. Toki yosh mutafakkirlar o‘tish davri o‘zgarishlari, yangilanish va islohotlar davri ekanligini, har bir islohot, u qaysi sohada bo‘lishidan qat'iy nazar jamiyatning tabiiy rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi muqarrarligini, shu sababdan, islohotlar jarayonida ko‘zlangan natijalardan tashqari. kutilmagan, favqulodda holatlar ham vujudga kelishi tabiiyligini, ana shunday holatlarni bartaraf etishi, jamiyat oldida yangi maqsad va vazifalar qo‘yish barobarida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ularni jamiyat taraqqiyotining yangi darajasi bilan muvofiqlashtirish davr talabi ekanligini tushunib yetishlari kerak. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani yangi o‘quv dasturi doirasiga qaratilgan masalalar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va manaviy hayotimizning ko‘p qirralarini qamrab olgan bo‘lib demokratik huquqiy davlat fuqarolik jamiyatini qurish haqida keng ma’lumotlarni beradi. O‘zbekiston zaminida adolatli jamiyat to‘g'risidagi dastlabki qarashlar, uning manbalari va rivojlanishi haqidagi, O‘zbekiston demokratik jamiyat qurishning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘tish davrining barcha mamlakatlar uchun umumiy qonuniyat ekanligi, I.Karimov tomonidan O‘zbekistonning "Evolyutsion tadrijiylik” asosida demokratik jamiyatga o‘tishga doir nazariy kontseptual metodologiyasining mohiyatini, demokratik jamiyat qurishning milliy va umumbashariy tamoyillari, demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishning nazariy va amaliy asoslarini puxta o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hech shubha yo‘q, O‘zbekistonda demokratikjamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanida ilgari surilgan nazariy xulosalar, mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va manaviy hayotida ro‘y berayotgan chuqur o‘zgarishlami aks ettirish malumotlar talaba va o‘quvchilarning siyosiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirishga, 4