Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy siyosat huquqiy asoslari,xususiyatlari va muammolari
“Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy siyosat : huquqiy asoslari,xususiyatlari va muammolari” MUNDARIJA KIRISH........................................................................................... ................7-14 .. I BOB. O‘ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, AN’ANALAR VA DINIY QADRIYATLARNING TIKLANISHI YO ‘LIDAGI DASTLABKI QADAMLAR …15-40. 1.1. Milliy va diniy qadriyatlar, urf-odatlar, bayramlarning tiklanishi omillari .............. .....................................................................................15-22........... 1.2. Diniy - ma’rifiy soha rivoji huquqiy asoslarining yarati li shi ....... .....23-32.... 1.3. Milliy urf-odatlar,bayramlar va boshqa qadriyatlarining tiklana boshlashi……… 33-40 ….. II BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGINI TA’MINLASHGA QARATILGAN TADBIRLARNING AMALGA OSHIRILISHI…41-77… 2.1.Mamlakatda masjidlar faoliyatining tiklanishi va bu sohada olib borilgan bunyodkorlik ishlari……………………………41-49…….. 2. 2. O‘zbekiston musulmonlar idorasi, viloyatlardagi diniy boshqarmalar, masjidlarning diniy ma’rifiy faoliyati.............................................. 50-58 .......... 2.3. O‘zbekistonda diniy matbuot, diniy-ma’rifiy asarlar nashr etilishi, anjumanlar o‘tkazilishining kengayib borishi va uning diniy targ‘ibotdagi o‘rni .......59-71....... 2. 4 . O‘zbekistonda ziyorat turizmining rivojlanishi .. ....................... 72-77 .......... III BOB. O‘ZBEKISTONDA DINIY IDORA, MASJIDLAR UCHUN ZAMONAVIY, YETUK KADRLAR TAYYORLASH JARAYONI… 78-113. 3.1. Madrasalar va diniy maktablarning ochilishi ............... 78-87 ...... 1
3.2. Diniy oliy ta’lim tizimining rivojlanishi .............. 88-94 ..... 3.3. Islomshunoslik diniy va dunyoviy tadqiqot markazlarining tashkil qilinishi va ularning diniy ma’rifiy faoliyati........................................................94- 113.................. XULOSA ......................................................................113-116......................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI .............. 116-125 .................. 2
KIRISH Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi . Bugungi kunda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar boy ilmiy-tarixiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib qilishga xizmat qilish bilan birga necha asrlardan beri Islom diniga e’tiqod qilib kelayotgan xalqimizning diniy ma’rifatini yanada yuksaltirishda katta ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizasiyasi markazi, Xalqaro Islom akademiyasi, Buxoro Mir Arab oliy instituti, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tarixiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tahlili diniy-ma’rifiy sohadagi faoliyat samaradorligini oshirishni va malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Mustaqillik yillarida, ayniqsa, 2016 yildan e’tiboran diniy ta’limni rivojlantirish va uni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ham ishlar amalga oshirildi. Jumladan, diniy ta’limni rivojlantirish maqsadida 2018 yilning 16 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1 Farmoni e’lon qilindi. Mazkur hujjat asosida O‘zbekistonda diniy ta’lim tizimining uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan vazifalar belgilab berildi. Bundan tashqari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2018 yil 16 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Mazkur Qarorga muvofiq 1 Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 16.04.2018 yildagi PF-5416-son 3
Qo‘mita huzurida faoliyat yuritadigan jamoatchilik-maslahat organi hisoblangan Konfessiya ishlari bo‘yicha kengashning yangi tarkibi tasdiqlandi. Kengash tarkibi 9 tadan 17 ta a’zoga – O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar vakillari hisobiga kengaytirildi. Mazkur davrda qorilar musobaqasi o‘tkazish ishlari ham yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, 2018 yilning yanvar-aprel oylarida Respublika miqyosida bir necha bosqichdan iborat (tuman, shahar, viloyat, respublika) Qur’oni karim tilovati bo‘yicha qorilar ochiq musobaqasi tashkil etilib, unda 5 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Shu bilan birga, mazkur davrda Islom sivilizasiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etildi, viloyatlarda esa kalom, hadis, fiqh, aqida ilmi va tasavvufni o‘rganishga ixtisoslashgan beshta ilmiy maktab ochildi. Bu boradagi ishlarni xalqaro miqyosida hal etish bo‘yicha ham Hukumat tomonidan tegishli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2018 yilning 12 dekabr oyida o‘tkazilgan yalpi majlisda «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» 2 deb nomlangan maxsus rezolyusiya qabul qilindi. O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi BMTning barcha a’zo davlatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Bundan tashqari, mazkur sohaga mo‘ljallangan oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, O‘zbekiston Islom akademiyasi va Toshkent Islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida Akademiya tarkibidagi malaka oshirish Markazi hududiy filiallari tashkil etildi. Bundan tashqari, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, viloyatlarda kalom, hadis, fiqh, aqida ilmi va tasavvufni o‘rganishga ixtisoslashgan beshta ilmiy maktab o‘z faoliyatini boshladi . 2 https://www.gazeta.uz/oz/2018/12/13/bmt-rezolyutsiya/ 4
Mazkur ta’lim muassasalarining tashkil etilishi diniy – ma’rifiy sohani yanada rivojlantirish, muqaddas Islom dini ta’limotini ilmiy tadqiq etish ishlarida katta rol o‘ynadi. Ajdodlarimizning diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qilish, dinning haqiqiy insonparvarlik maqsadini hamda diniy-ma’rifiy hayotda sodir bo‘layotgan yangiliklardan keng jamoatchilikni xabardor qilib borishni ta’minlash maqsadida muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzurida «Ziyo» media-markazi tashkil etildi. 3 Mazkur markazning tashkil etilishi bu boradagi yangiliklarning ommaga tez va xolis etkazilishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Respublikada Qur’oni karim tilovatini o‘tkazish bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2018 yilning yanvar-aprel oylarida Respublika miqyosida bir necha bosqichdan iborat (tuman, shahar, viloyat, respublika) Qur’oni karim tilovati bo‘yicha qorilar ochiq musobaqasi tashkil etildi. Va unda 5 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi. O‘zbekistonda 2016 yildan e’tiboran ekstremizmga qarshi kurashish chora- tadbirlarini amalga oshirishdagi yondashuvlar konseptual jihatdan qayta ko‘rib chiqildi. Bunda asosiy e’tibor aholi o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlariga qaratildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlar «Jaholatga qarshi ma’rifat» degan ezgu g‘oyaga asoslandi. 2018 yilning sentyabr oyida esa terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlarga adashib a’zo bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tartibi tasdiqlandi. Ajdodlarimizning merosini keng targ‘ib qilish bilan bir qatorda dinlararo bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, insonparvarlik tamoyillari hamda diniy- ma’naviy hayotda sodir bo‘layotgan yangiliklardan keng jamoatchilikni xabardor qilib borishni ta’minlash yo‘lida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzurida “Ziyo” 3 https://m.kun.uz/uz/news/2018/04/16/uzbekiston-halkaro-islom-akademiasi-taskil-etildi 5